logo

ITLARDA UCHRAYDIGAN INVAZION KASALLIKLAR.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

39.59765625 KB
ITLARDA UCHRAYDIGAN INVAZION KASALLIKLAR .
Reja:
1. Gelmintozlar
2. Itlarning  n ematodozlar  kasalliklarining  etiologiya si , patogenez i , klinik
belgilar i , diagnostikasi, oldini olish va davolash.
3. Itlarning   sestodoz   kasalliklarining   etiologiya si ,   patogenez i ,   klinik
belgilar i , diagnostikasi, oldini olish va davolash. Gelmintozlar
Itlarda   gelmintozlar   keng   tarqalgan   va   og‘ir   klinik   belgilar   bilan   namoyon
bo‘ladi, ko‘pgin hollarda ular hayvonlarning, ayniqsa it bolalarining o‘limiga ham
sabab bo‘ladi.
Ko‘p   gelmintoz   kasalliklari   itlarda   surunkali   kechadi,   natijada   ular   ozib
ketadi.   It   bolalari   rivojlanmaydi,   o‘sishdan   qoladi,   ularda   yuqumli   kasalliklarga
sezuvchanlik   oshadi.   Bundan   tashqari   itlar   odam   va   hayvonlar   uchun   xavfli
gelmintlarni   tashuvchisi   bo‘lib   hisoblanadi.   Kitobda   itlar   orasida   keng   tarqalgan
gelmintoz kasalliklari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Trematodozlar
Bu   itlar   kasalligi   bo‘lib,   qo‘zg‘atuvchisi   trematoda   bo‘lib   hisoblanadi,
umumiy nomlanishi  – trematodozlar. Itlarda trematodalar  jigarning o‘t  yo‘llarida,
oshqozon, ingichka ichakda parazitlik qiladi.
Opistorxoz (Opisthorchosis)
Bu   surunkali   invazion   kasallik   bo‘lib,   tulki,   it,   mushuk,   sobol,   sher,
cho‘chqa va boshqa sut emizuvchi hayvonlar hamda odam jigarining o‘t yo‘llarida,
o‘t   xaltasida,   oshqozon   osti   bezi   suyuqligini   o‘tkazuvchi   yo‘llarida   joylashadi   va
uni opistorxis oilasining Opisthorchis turkumiga kiruvchi trematodlar qo‘zg‘atadi. 
Ayrim  tumanlarda opistorxoz kasallik tarqatuvchi  manba bo‘lib qolgan. Bu
kasallik ba’zan hayvonlarning yalpi o‘latiga sabab bo‘ladi.
Etiologiyasi .   Opisthorchis   felineus   ning   uzunligi   8-12   mm,   eni   1,2-2   mm,
og‘iz   va   qorin   so‘rg‘ichlarining   diametri   0,25   mm.     Qorin   so‘rg‘ichi   parazit
tanasining birinchi va ikkinchi chorak qismida joylashgan. Parrak shaklidagi ikkita
urug‘donlari birin-ketin keyingi choragida joylashadi.
Urug‘donlar   orasida   “S”   shaklida   egilgan   chiqaruv   –   ekskretor   pufak
joylashib, tananing oxirgi qismidan ochiladi. Urug‘donning oldingi qismida retort
shaklidagi   urug‘don   xaltasi   va   tuxumdon   joylashgan.   Tananing   o‘rta   qismidagi
ichak ustunchalari orasida ilmoqsimon bachadon joylashgan.
Sariqlik   moddasini   chiqaruvchi   follikulalar   tana   devori   bilan   ichak
ustunchalari   orasida   ko‘rinib   turadi.   Jinsiy   teshiklari   qorin   so‘rg‘ichining   oldingi chekkasidan   ochiladi.   Trematod   tuxumlari   och   sariq   rangli,   ikki   qavatli   yupqa
parda   bilan   o‘ralgan,   bir   tomonida   qopqoqchasi,   ikkinchi   tomonida   esa   o‘simtasi
bor.
Tuxum uzunligi 0,020-0,030 mm, eni esa 0,010-0,015 mm.
Rivojlanishi.   Opistorxlar   o‘t   yo‘llarida,   o‘t   pufagiga   tuxum   qo‘yadi.
Tuxumlar o‘t suyuqligi bilan o‘n ikki barmoqli ichakka va u erdan yo‘g‘on ichakka
o‘tib,   tezak   bilan   birga   tashqariga   chiqadi.   Etilgan   opistorxis   tuxumi   ichida
miratsidiy   bor.   Ammo   bu   lichinka   tuxum   ichidan   chiqa   olmaydi,   tuxumni   oraliq
xo‘jayin – chuchuk suvda yashovchi  jabrali mollyuska – Bithynialeachi yutadi va
shu erda rivojlanadi.
Mollyuska   ichida   tuxumdan   miratsidiy   chiqib,   ichak   devorini   teshadi   va
xo‘jayinning   tana   bo‘shlig‘iga   o‘tadi.   U   bir   oy   muddat   ichida   sporotsistaga
aylanadi. Sporotsistadan rediy ajralib chiqadi va mollyuska jigariga kirib rivojlana
boshlaydi.   Rediy   ichida   dumli   serkariy   paydo   bo‘ladi.   mollyuska   organizmiga
tushgan opistorxis tuxumidan ikki oy ichida rediy va undan serkariy hosil bo‘ladi,
keyin   oraliq   xo‘jayin   tanasidan   chiqib   suvga   tushadi.   Ammo   suvga   tushgan
serkariy   definitiv   xo‘jayinda   kasallik   qo‘zg‘ata   olmaydi.   Ular   o‘zlarining
rivojlanish   davrida   qo‘shimcha   xo‘jayinga   muxtoj   bo‘ladi.   bular   uchun   karp
oilasiga kiruvchi baliqlar qo‘shimcha xo‘jayin (karp, lin, yaz, plotva, vobla, sazan,
leshch, jerex, ukleya va boshqalar) hisoblanadi.
Serkariy   chuchuk   suv   tagida   suzib   yuradi   va   qo‘shimcha   xo‘jayinlardan
birortasiga   duch   kelib   xujum   qilib   uning   terisini   teshib   go‘sht   qatlamiga,   teri
ostidagi   yog‘   to‘qimalariga   joylashib   oladi.   Serkariy   bu   erda   2-3   kundan   keyin
pardaga   o‘ralib,   taxminan   olti   hafta   ichida   metatserkariyga   aylanadi.   Tanasida
metatserkariysi bo‘lgan baliqlarni definitiv xo‘jayinlar (tulki, it, mushuk, cho‘chqa
va boshqalar) egan vaqtda ular opistorxoz bilan kasallanadi. Definitiv xo‘jayinning
oshqozoni va ingichka ichagining boshlanish qismida metatserkariy pardasi – sista
emi   rilib,  o‘t   yo‘li   orqali   o‘t   pufagiga  va   jigarga  o‘tadi.  Uch-to‘rt   haftadan   keyin
jigardagi parazitlar jinsiy voyaga etib, yana tuxum qo‘ya boshlaydi. Opistorxisning
tuxumlik davridan to jinsiy jihatdan voyaga etgan davrigacha to‘rt oy vaqt o‘tadi. Epizootologiyasi .   Opistorxoz     kasallik   tarqatuvchi   manb   sifatida   daryo   va
suv havzalariga yaqin joyda ko‘p uchraydi. Opistorxoz bilan kasallangan odamlar
kasallik tarqatuvchi manb hisoblanadi. Opistorxoz tuxumi odam axlati bilan suvga
tushadi.   Boshqa   definitiv   xo‘jayinlar   it,   mushuk,   cho‘chqa   tezaklari   bitiniya
mollyuskasi bo‘lgan suvga tushmaydi.
Organizmida   metatserkariylari   bo‘lgan   baliqlar   tuzlangan   yoki   muzlatilgan
bo‘lishiga qaramay, ularni egan hayvon kasallik yuqtiradi.
Bitiniya   mollyuskasi   qirg‘og‘ida   o‘simlik   ko‘p   o‘sadigan,   sekin   oqadigan
0,5-0,6   m   chuqur   suv   tagida   va   qumli   botqoqlik   joylarida   uchraydi.   Ular   suv
manbalarida juda ham ko‘p bo‘ladi.
Definitiv   xo‘jayinlarning   intensiv   kasallanishi   va   har   bir   trematodning   bir
kunda   900   gacha   tuxum   qo‘yish   qobiliyati   opistorxoz   kasalligining   tarqalishiga
sabab bo‘ladi.
Patogenez .   Opistorxozlar   og‘iz   so‘rg‘ichlaribilan   o‘t   yo‘llarining   devorini
shimib jarohatlaydi. Odatda parazit juda ko‘p bo‘ladi va joylarni tez-tez o‘zgartirib
turadi,   shuning   uchun   o‘t   yo‘llaridagi   mexanik   jarohatlanish   juda   kuchli   bo‘lishi
mumkin.   YOsh   opistorxis   tanasi   o‘tkir   xitin   tukchalar   bilan   qoplanganligi   va
ularning   doim   harakat   qilishi   sababli   o‘t   yo‘lining   devori   yanada   ko‘proq
shikastlanadi.   O‘t   yo‘llari   va   o‘t   xaltasida   joylashgan   gelmintlar,   ularning
tuxumlari,   o‘t   yo‘llari   devoridan   ajralib   chiqqan   shilliq   epitelial   hujayralar   o‘t
suyuqligining   oqishiga   to‘sqinlik   qiladi,   hatto   o‘t   oqimini   to‘xtatib,   u   erni   kistoz
kengaytirib yuboradi.
Boshqa   gelmintozlar   kabi   opistorxis   bilan   invaziyalangan   hayvonlar   ham
zaharlanadi.   Opistorxislarda   modda   almashinuvidan   hosil   bo‘lgan   metabolitlar
hayvon organizmini sensibilizatsiyalaydi. 10-15 kundan keyin allergik holatga olib
keladi.
Klinik   belgilar .   Kasallangan   it   juda   ozib   ketadi,   junlari   hurpayadi,   qorni
juda ham kattalashadi, shilliq pardalari sarg‘ayadi. Oshqozon va ichaklarning hazm
qilish   qobiliyati   buziladi,   jigar   atrofida   og‘riq   sezilib,   suv   to‘planadi.   It   ziflashib
holdan ketadi. Bundan tashqari qornini paypaslab ko‘rilsa uning jigari kattalashib, ustida   har   xil   shakl   va   kattalikdagi   qattiq   tugunlar   borligi   aniqlanadi.   Siydik
tarkibida ozroq qand moddasi bo‘ladi.
Patalogoanatomik   o‘zgarishlar .   Opistorxoz   kasalligida   uchraydigan
patalogoanatomik o‘zgarishlar itda o‘rganilib, uning jigarida opistorxis joylashgan
eri tekshirilgan. Jigar odatda normal bo‘ladi, faqat kuchli invaziyalangan vaqtda u
birmuncha   kattalashdi;   glisson   kapsula   ostidan   devorlari   qalinlashgan,   o‘t
yo‘llarida   kista   shaklida   kengaygan   joylar   ko‘rinadi.   Kistalar   tovuq   tuxumining
kattaligiday bo‘lishi mumkin.
O‘t   xaltasi   tarang,   jigar   tashqarisidagi   o‘t   yo‘llari   egri-bugri   va   kengaygan
bo‘ladi. jigar ichida joylashgan o‘t yo‘llarining devorlari qalinlashishidan tashqari
papilloma   yoki   adenoma   xarakteristikasidagi   epitelial   hujayralarning   o‘sishi   ro‘y
beradi.
Jigarning   o‘tkir   qirralaridan   tashqari   boshqa   joylarida   ham   sirrotik
o‘zgarishlar juda sezilarli bo‘ladi.
Tashxis .   Opistorxoz   kasalligini   aniqlaganda   hayvonning   maxsus   klinik
belgisidan   tashqari   kasallikka   gumon   qilingan   hayvonlar   gelmintokaprologik
tekshiriladi.   Buning   uchun   to‘yingan   osh   tuzi   eritmasi   ishlatildi.   Kasallikning
boshlanish davri immunobiologik usul bilan ham aniqlanadi.
Oldini   olish   va   kurashish   chora-tadbirlari .   Opistorxoz   bilan
kasallanuvchan   it,   tulki,   mushuk   va   boshqa   hayvonlarga   metatserkariy   bilan
zararlangan   xom   baliq   berilmaydi.   Metatserkariy   yuqqan   baliqlar   pishirish   yoki
muzlatish   yo‘li   bilan   zararsizlantiriladi.   Mayda   daliqlar   8-12 0
  sovuqda   5   kun
ichida,   katta   baliqlar   esa   17-29   sutkada   zararsizlantiriladi.Bundan   tashqari
hayvonlar vaqt-vaqti bilan tekshirib turiladi va davolanadi.Hayvonlarn davolashda
1   kg   tirik   vaznga   0,4-0,5   g   geksaxloretan   suspenziyasi   beriladi.   Hozirgi   vaqtda
opistorxoz   bilan   kasallangan   hayvonlarni   va   odamlarni   davolashda   0,1-0,3   g/kg
hisobida   beriladigan   geksaxloparaksilol   organizmga   zarar   etkazmaydigan     yaxshi
preparat hisoblanadi va u oziqa bilan 15-18 soat ochlikdan keyin beriladi.
Alyarioz (Alariosis) Alyariozning  qo‘zg‘atuvchisi – trematoda Alaria alata, etilgan davrida it va
boshqa   go‘shtxo‘r   hayvonlar   oshqozon   va   ichagida   joylashadi.   Bu   trematoda
ko‘pgina davlatlarda uchraydi.
Morfologiyasi.   Alyariylarning   uzunligi   2,4-4,4   mm,   eni   maksimal   1,2-2,1
mm.   Tanasining   old   tomoni   yalpoq,   orqa   tomoni   silindrik   shaklda.   Parazitning
xarakterli   belgisi   bu   og‘iz   so‘rg‘ichi   oldida   quloqsimon   bo‘rtiqlar   mavjud.
Alyariylarning   jinsiy   organlari   gelmintni   orqa   silindrik   qismida   joylashadi.   Jinsiy
teshik   tanasini   orqa   uchida   joylashadi.   Sariq   rangdagi   tuxumlarning   uzunligi
0,107-0,131 mm, eni 0,063-0,093 mm.
Rivojlanishi . Invaziyalangan itlarning axlati bilan alyariylarni tuxumi suvga
tushadi,   unda   ikki   haftadan   keyin   qurtcha   –   mirotsidiy   chiqadi,   ular   faol   harakat
qilib   oraliq   xo‘jayin   mollyuskalar   Planorbis   planorbis   va   P.vortex   ning   tanasiga
kirib oladi. Ular organizmida miratsidiyalar serkariy bosqichigacha rivojlanadi, bu
1 ½-2 ½ oy davom etadi. Mollyuskadan chiqqan serkariyalar qo‘shimcha xo‘jayin
itbaliq va baqalar to‘qimasiga faol kirib borib metatserkariyagacha rivojlanadi.
It,   tulki,   shog‘ol   va   boshqa   itsimon   oilasiga   kiruvchi   hayvonlar   alariozni
metatserkariy   bilan   invaziyalangan   itbaliq,   baqalarni   eb   yuqtiradi.   Itlar
organizmida   parazitni   jinsiy   balog‘atgacha   o‘sish   davri   30-45   kun   davom   etadi.
Alyariylarning   metatserkariylari   itning   hazm   qilish   traktiga   tushgani   bilan
birdaniga   jinsiy   balog‘at   davrigacha   rivojlana   olmaydi.   Ular   oldin   sista
pardalaridan   chiqib   oshqozon   yoki   ichak   devorini   perforatsiya   qilib   qorin
bo‘shlig‘iga   tushadi.   Keyinchalik   diafragmadan   o‘tib   ko‘krak   bo‘shlig‘iga   o‘tib
o‘pkaning   parenximasiga   kiradi.   Bu   erda   ikki   hafta   ichida   birinchi   bosqich
rivojlanishi   tugaydi   va   o‘pkadan   bronx,   kekirdak   va   xalqum   qizilo‘ngach   orqali
itlarni   oshqozon-ichak   traktiga   tushib,   u   erda   tez   orada   jinsiy   balog‘atga   etadi.
Alyariylarning   rivojlanish   davrida   rezervuar   xo‘jayinlar   qatnashadi,   ularga
sichqon,   ko‘r   sichqon,   sassiq   quzan,   sobol,   norka   va   boshqalar   kiradi.   Rezervuar
xo‘jayinlar   alyariyni   metatserkariylari   bilan   zararlangan   baqa   yoki   itbaliqlarni
eyishi natijasida invaziyaga uchraydi. Patogenez.   Itning   oshqozonidan     qorin   bo‘shlig‘iga,   undan   keyin   o‘pkaga
metatserkariyalar   migratsiya   qilganda   organ   va   to‘qimalarda,   ayniqsa   o‘pka
parenximasida   yallig‘lanish   o‘choqlari   paydo   bo‘ladi.   alyariylarni   intensiv
invaziyasida   oshqozon   va   ingichka   ichaklarni   shilliq   pardasida   yallig‘lanish
rivojlanadi.
Klinik belgilar . Sust invaziyada klinik belgilar sezilmaydi. YOsh itlar ko‘p
miqdorda metatserkariylarni yutsa bir necha kundan keyin tna harorati ko‘tariladi,
jabrlanish   boshlanadi,   nafas   olish   qiyinlashadi,   o‘pkada   xishillash   tovushi
eshitiladi,   bu   o‘pkani   kataral   yallig‘lanish   belgilari   bo‘lib,   o‘lim   darajasini
ko‘paytiradi, asosan yosh itlar orasida. Kuchli invaziya bo‘lganda ishtaha pasayadi
va qayt qilish, ich ketish kuzatiladi.
Patalogoanatomik   o‘zgarishlar .   O‘lgan   itlarning   o‘pkasida   yallig‘lanish
o‘choqlari, oshqozon va ichaklar shilliq pardasi qizarish belgilari kuzatiladi
Tashxis .   Tashxis   kasal   itlarning   axlatini   bir   necha   marta   yuvib   alyariy
tuxumlarini topishga asoslanib qo‘yiladi. 
O‘lgandan   keyin   organ   va   to‘qimalarda   alyariy   qurtchalarini   topishga
asoslangan.
Degelmintizatsiya.  Oshqozon-ichaklardagi alyariylarni yo‘qotish maqsadida
arekolin bilan degelmintizatsiya qilinadi, miqdori 0,002-0,003 g/kg.
Oldini   olish   va   q arshi   kurashish .   Buning   uchun   itlarga   alyariylarni
qo‘shimcha   va   rezervuar   xo‘jayinlarini   eyishga   yo‘l   qo‘ymaslik   kerak.   Alyariy
tuxumlarini suvga tushishini oldini olish maqsadida itlarning axlati har kuni yopiq
idishga yig‘ishtirilib axlatxonalarda yo‘qotiladi.
Dirofilyarioz (Dirofilariosis)
Dirofilyarioz   –   transmissiv,   zoonoz   invazion   kasallik   bo‘lib,   yurak,   o‘pka,
jigar   va   buyrakning   zararlanishi   bilan   xarakterlanadi.   Dirofilyarioz   bilan   it,
mushuk, yovvoyi go‘shtxo‘rlar va odam kasallanadi.
Qo‘zg‘atuvchi.   Kasallikning   qo‘zg‘atuvchisi   –  nematodalar   Onchocercidae
oilasiga mansub Dirofilaria immitis, D. repens va boshqalar. D. immitis yurakning
o‘ng   qorinchasida,   o‘pka   arteriyasida,   venada,     D.   repens   esa   teri   osti kletchatkasida   parazitlik   qiladi.   Ayrim   hollarda   dirofilyariyalar   odatli   bo‘lmagan
joylarda aniqlanadi: qorin bo‘shlig‘ida, ko‘z, bosh va orqa miyada.
D.   immitis   va   D.   Repens   ancha   katta   nematodalar,   rangi   och-sariq,   uchi
noziklashgan.   D.   Immitisning   etuk   urg‘ochisining   uzunligi   25-30   sm,   D.
Repensning   uzunligi   10-17   sm,   ular   tirik   tug‘adigan,   lichinkalari
(mikrofilyariylar)ning uzunligi 0,22-0,30 mm, eni 0,005-0,007 mm bo‘ladi.
Rivojlanishi.   Dirofilyariyalarning   oraliq   xo‘jayini   Culex,   Aedes   va
Anopheles avlodiga mansub pashsha (chivin)lar.
Dirofilyariyalarning urg‘ochisi qonga lichinkalarni tug‘ib tashlaydi,  ayniqsa
kechqurun va kechasi pashshalar faol bo‘lgan davrda ular periferik qonda yig‘iladi.
Bitta   otalangan   urg‘ochi   5-30   mingtagacha   lichinka   tashlaydi,   ular   qonda   katta
parazit   o‘lgandan   keyin   ham   ikki   yarim   yil   sirkulyasiya   qiladi.   Lichinkalar   qon
bilan   chivin   organizmiga   tushadi,   malpigiev   tomirlardan   o‘tib   10-15   kunda
invazioniga   aylanadi,   shundan   so‘ng   chivinni   boshiga   o‘tib   og‘iz   apparatida
yig‘iladi.   CHivin   og‘iqlanganda   lichinkalar   hayvonning   qoniga   tushadi,   qon
tomirlarda migratsiya qiladi va 3-4 oydan keyin ikki marta tullab doimiy joylashish
joyiga   boradi,   chunonchi   D.   Immitis   lichinkasi   yurakning   va   o‘pkaning   katta
tomiriga   va   yurakka,   D.   Repens   teri   osti   kletchatkasiga   boradi.   D.   Immitis   7-9
oyda,  D. Repens 6-8 oyda jinsiy voyaga etadi.
Tarqalishi.   Dirofilyarioz   asta-sekin   subtropik   iqlimdan   boshqa   iqlim
sharoitiga   tarqalmoqda.   Dirofilyarioz   Amerika,   Osiyo,   Avstraliya   va   Janubiy
Evropa   uchun   endemik   hisoblanadi.   D.   Immitis   ning   invaziya   hollari   Buyuk
Britaniya,   Niderlandiya,   SHvetsiya,   Vengriya,   Bolgariya,   Rumыniya,
SHveysariya,   Avstriya,   Polsha   va   Germaniyada   aniqlangan.   Sobiq   SSSR
davlatlaridan   Markaziy   Osiyo,   Kavkaz   orti,   Rossiya,   Qozog‘iston,   Ukrainada
kasallik   kuzatilgan.   O‘zbekistonda   dirofilyarioz   kasalligi   Toshkent,   Sirdaryo,
Surxondaryo viloyatlarida itlar orasida aniqlangan.
Dirofilyarioz   uchun   mavsumiylik   xos.   Hayvon   va   odamlarda   kasallikning
yuqishi chivinlarni ko‘payishi bilan bog‘liq (apreldan noyabr oylarigacha).
Dirofilyarioz (Dirofilariosis) Dirofilyarioz   –   transmissiv,   zoonoz   invazion   kasallik   bo‘lib,   yurak,   o‘pka,
jigar   va   buyrakning   zararlanishi   bilan   xarakterlanadi.   Dirofilyarioz   bilan   it,
mushuk, yovvoyi go‘shtxo‘rlar va odam kasallanadi.
Qo‘zg‘atuvchi.   Kasallikning   qo‘zg‘atuvchisi   –  nematodalar   Onchocercidae
oilasiga mansub Dirofilaria immitis, D. repens va boshqalar. D. immitis yurakning
o‘ng   qorinchasida,   o‘pka   arteriyasida,   venada,     D.   repens   esa   teri   osti
kletchatkasida   parazitlik   qiladi.   Ayrim   hollarda   dirofilyariyalar   odatli   bo‘lmagan
joylarda aniqlanadi: qorin bo‘shlig‘ida, ko‘z, bosh va orqa miyada.
D.   immitis   va   D.   Repens   ancha   katta   nematodalar,   rangi   och-sariq,   uchi
noziklashgan.   D.   Immitisning   etuk   urg‘ochisining   uzunligi   25-30   sm,   D.
Repensning   uzunligi   10-17   sm,   ular   tirik   tug‘adigan,   lichinkalari
(mikrofilyariylar)ning uzunligi 0,22-0,30 mm, eni 0,005-0,007 mm bo‘ladi.
Rivojlanishi.   Dirofilyariyalarning   oraliq   xo‘jayini   Culex,   Aedes   va
Anopheles avlodiga mansub pashsha (chivin)lar.
Dirofilyariyalarning urg‘ochisi qonga lichinkalarni tug‘ib tashlaydi,  ayniqsa
kechqurun va kechasi pashshalar faol bo‘lgan davrda ular periferik qonda yig‘iladi.
Bitta   otalangan   urg‘ochi   5-30   mingtagacha   lichinka   tashlaydi,   ular   qonda   katta
parazit   o‘lgandan   keyin   ham   ikki   yarim   yil   sirkulyasiya   qiladi.   Lichinkalar   qon
bilan   chivin   organizmiga   tushadi,   malpigiev   tomirlardan   o‘tib   10-15   kunda
invazioniga   aylanadi,   shundan   so‘ng   chivinni   boshiga   o‘tib   og‘iz   apparatida
yig‘iladi.   CHivin   og‘iqlanganda   lichinkalar   hayvonning   qoniga   tushadi,   qon
tomirlarda migratsiya qiladi va 3-4 oydan keyin ikki marta tullab doimiy joylashish
joyiga   boradi,   chunonchi   D.   Immitis   lichinkasi   yurakning   va   o‘pkaning   katta
tomiriga   va   yurakka,   D.   Repens   teri   osti   kletchatkasiga   boradi.   D.   Immitis   7-9
oyda,     D.   Repens   6-8   oyda   jinsiy   voyaga   etadi Tashxis.   Dirofilyariozga   tashxis
epizootologik   ma’lumotlar,   klinik   belgilar,   rentgenografiya,   exo   va
elektrokardiografiya va laborator tekshirishlar asoslanib qo‘yiladi.
Invaziyaning   yuqori   intensivligida   oddiy   va   tez   bajariladigan   nativ   tomchi
usuli   qo‘llaniladi.   Buning   uchun   bir   tomchi   qon   hayvonning   qulog‘idan   buyum
oynachasiga olinadi, qoplagich oyna bilan yopiladi va birdaniga mikroskop tagida ko‘riladi.   Invaziyaning   past   intensivligida   1   ml   qonda   dirofilyariyalarning   sonini
aniqlash   uchun   lichinkalarni   quyuqlashtirish   usuli   qo‘llaniladi.   Buning   uchun
venadan   qon   olinadi   va   1:1000   5   %   li   nordon   limonli   natriy   eritmasi   bilan
aralashtiriladi.   Sitrat   qoni   1   ml   ga   9   ml   2   %   li   formalin   eritmasi   qo‘shiladi,
aralashma   5   minut   davomida   minutiga   2000   aylanadigan   sentrifuga   qilinadi,
cho‘kma   ustidagi   suyuqlik   to‘kiladi,   0,5   ml   cho‘kma   shu   miqdordagi   1:1000
metilen   ko‘ki   bilan   aralashtiriladi   va   bo‘yalishi   uchun   5   minutga   qo‘yiladi.
Bo‘yalgan cho‘kma buyum oynachasiga olinadi. Qoplagich oyna bilan yopiladi va
1 ml qonda mikrofilyariyalar sanaladi. YAshirin invaziyani ELLSA immunologik
usul bilan aniqlash mumkin.
Davolash.   Dirofilyariozni   davolash   invaziyaning   intensivligiga   qarab
kompleks ravishda olib borilishi kerak. Davolashni boshlashdan oldin itni egasidan
yozma   ruxsat   olish   kerak,   chunki   davolash   jarayonida   hayvonning   ahvoli
yomonlashib o‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari davolashdan oldin itning qoni
klinik va bioximik tekshiriladi va hayotiy muhim organ va sistemalarning faoliyati
ham tekshirishdan o‘tkaziladi.
Davolash bir necha bosqichda olib boriladi.
Birinchidan hayvon parazitga qarshi  terapiyaga tayyorlanadi, buning uchun
qon   quyuqlashmasligi   uchun   aspirin,   0,5   mg/kg,   geparin,   antigistamin   preparati
dimedrol   1   mg/kg,   yurak   uchun   kofein   0,5-1   ml,   kardiamin   0,5   ml/10   kg,
gepatoprotektorlardan   karsil   2   tabletka   3   mahal,   essel   forte   1   kapsula   2   mahal,
galstena   3-5   tomchi   qo‘llaniladi.   SHishlar   hosil   bo‘lgan   bo‘lsa   siydik   so‘ruvchi
laziks, furasemid 2-5 mg/kg beriladi.
Voyaga   etgan   dirofilyariyalarga   qarshi   oxirgi   yillarda   melarsomina
digidroxlorid qo‘llaniladi, preparat 3-5 chi bel umurtqalari orasidagi mushaklarga,
miqdori   2,5   mg/kg   ikki   marta   har   24   soatda   yuboriladi.   In’eksiya   qilingan   joyda
og‘riydigan  shish   hosil   bo‘ladi,   u  2   haftada   so‘riladi.  Bu   terapiyani   jiddiy   asorati
o‘pka   tromboemboliyasi   davolashning   10-21   kunida   rivojlanadi.   Buning   oldini
olish uchun tinch sharoit yaratish kerak. Mikrofilyaritsid   terapiyani   3-4   haftadan   keyin   qo‘llash   mumkin,   buning
uchun ivermektin teri ostiga yuboriladi, 1 ml 50 kg t.v, brovermektin 0,2-0,4/10 kg
t.v.,   bundan   tashqari   milbemitsin   oksim,   moksidektin   qo‘llash   mumkin.   Dironet
preparati 1 tabletka 10 kg t.v., suspenziyasi 1 ml/kg.
Oldini   olish.   Dirofilyariozning   oldini   olish   maqsadida   chivinlar   paydo
bo‘lishdan oldin ivermektin preparati yuboriladi, keyin har oyda 1 marta, oxirgisi
noyabr   oyida   beriladi.   SHu   maqsadda   dironet   preparatini   qo‘llash   ham   mumkin,
chivinlarni uchishdan oldin, keyin har oydaa va oxirgisi noyabr oyida beriladi.
Sestodozlar
Difillobotrioz (Diphyllobothriosis)
Itlar   difillobotriozining   qo‘zg‘atuvchisi   har   xil   turdagi   sestodalar
Diphyllobothrium avlodi. Ko‘proq keng lentets D.latum turi uchraydi. Bu sestoda
itlarda parazitlik qiladi. odamlarga ham yuqadi. Ingichka ichakda joylashadi.
Morfologiyasi . Keng  lentetsning tanasi juda uzun. Odam organizmida 9 m,
itlarda   6   m   gacha   uchraydi.   Lentets   skoleksining   uzunligi   2-3   mm,   ikkita
yoriqsimon   so‘rg‘ichi   bor,   ular   yordamida   ichakning   shilliq   pardasiga   berkiladi.
Bo‘yin qismi juda ingichka. Ko‘p sonli urug‘donlar (700-800) bo‘g‘ini yonboshida
dorsal   joylashadi.   Har   bir   yuo‘g‘inda   ikkita   jinsiy   teshik   bor:   kindikniki   va
bachadonniki,   ular   bo‘g‘inning   oldingi   choragida   joylashadi.   Juft   tuxumdonning
shakli kapalak qanotiday, bo‘yinning orqa qirrasiga yaqin joylashadi. Bachadon 4-
8 ilmoqdan tuzilgan. Tuxumi  oval  shaklda.  Uzunligi  0,063-0,073 mm, eni  0,042-
0,052 mm, qopqoqcha bilan qoplangan. 
Rivojlanishi .   Keng     lentets   yordamchi   va   oraliq   xo‘jayinning   aralashishi
bilan   rivojlanadi.   Tuxumlari   itlarning   axlati   bilan   tashqi   muhitga   chiqadi.
Keyinchalik   rivojlanishi   uchun   ular   suvga   tushishi   kerak,   unda   kipriklar   bilan
qoplangan   qurtchalar-koratsidiyalar   chiqadi.   Suv   havzasida   qisqichbaqa   sikloplar
va   diantomuslar   ularni   yutib   va   ularning   tagida   kipriklarini   tashlab   2-3   haftada
protserokoidga   aylanadi.   YUqtirgan   qisqichbaqalarni   baliqlar   yutadi,   ular   hazm
bo‘lib   protserkoidlar   ichak   devoridan   o‘tib   mushaklar,   jigar,   tuxumdonga   o‘tib ulardan plerotserkoidlar rivojlanadi. Plerotserkoidlar bu yassi qurt bo‘lib, uzunligi
15-20 mm, eni 2-3 mm.
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   baliqlar   keng   lentetsni   yordamchi
xo‘jayini bo‘lib hisoblanadi.
Itlar difillobotrioz bilan xom baliqlardagi keng lentetslarni plerotserkoidlarni
eyishi natijasida o‘ziga yuqtiradi.
Klinik belgilar . Kasal  itlar susaygan, buzuq ishtaha rivojlanadi, qayt qilish
paydo   bo‘lib,   ich   ketish   qotish   bilan   almashib   turadi,   buning   natijasida   it   oriqlab
ketadi.   Kasal   itlarda   keng   lentets   intensiv   invaziya   chaqirsa,   ularda   anemiya,
leykotsitoz, eozinofeliya, disprotenemiya, giperxolenteremiya, qon zardobida kaliy
va natriy miqdori kamayishi, siydikda iqsilning paydo bo‘lishi rivojlanadi. Ayrim
paytlarda kasal itlarda markaziy nerv sistemasini zararlanishi kuzatiladi.
Patalogoanatomik   o‘zgarishlar .   Kasal   itlarning   jasadini   ochganda   ularda
anemiya, oriqlik, assit rivojlanganligi aniqlandi. Ingichka ichaklarning bo‘shlig‘ida
ko‘p   miqdorda   sestodalar   aniqlanadi,   ular   birlashib   o‘rama   hosil   qiladi,   bu   esa
ichaklarni   berkilib   qolishiga   olib   keladi.   Ingichka   ichaklarni   shilliq   pardasi
qizargan va kataral yallig‘langan bo‘ladi. 
Tashxis . Tiriklik  vaqtida tashxis qo‘yish uchun kasal itlarning axlatida keng
lentetsni   tuxumlarini   Fyulleborn   usuli   bilan   bir   necha   marta   yuvish   usulidan
foydalaniladi. Ayrim paytlarda axlatining ustida parazitning bo‘g‘inlari topiladi va
unga asosan tashxis qo‘yiladi.
O‘lgandan   keyingi   tashxis   ingichka   ichaklarda   gelmintlarni   topishga
asoslanib qo‘yiladi.
Degelmintizatsiya .   Difillobotriozda   degelmintizatsiya   qilish   uchun   eng
effektiv   modda   bu   brom   vodorodli   arekolin   miqdori   0,002-0,003   g/kg,   sintetik
arekolini miqdori 0,003-0,004 g/kg preparat oz-moz oziqa bilan beriladi.
Oldini  olish  va  kurashish   choralari .  Keng  lentets   bilan   itlarda  invaziyani
oldini   olish   maqsadida   xom   baliqni   edirish   mumkin   emas.   Baliqni   itga  berishdan
oldin pishirib, quritib, maydalab, -8-12 0
 da muzlatgichlarda saqlab berish kerak.  Kasal itlarning axlatini suv havzalariga tushishini oldini olish uchun axlatini
yig‘ib yo‘qotish kerak.
Teniozlar (Taeniosis)
Itlarda   teniozlarning   qo‘zg‘atuvchisi   har   xil   lentasimon   qurtlar,     Taenia
urug‘iga mansub, ingichka ichakda joylashadi. Itlarda asosan Taenia hydatigena, T.
pisifornis, T.krabbei parazitlik qiladi.
Teniyalar   lentasimon   chuvalchanglar,   skolekslardan   tashkil   topgan,   ularda
to‘rtta   so‘rg‘ich   va   ikki   qator   ilgaklar   joylashadi.   Tuxumlari   aylanasimon   0,027-
0,040 mm, unda to‘rt qator ilgaklari bor qurtchalar joylashadi. 
Oraliq   xo‘jayinlar   o‘t   va   boshqa   o‘simliklardagi   sestoda   tuxumlarini   eb,
lentasimon qurtlar bilan invaziyalanadi. Oshqozonda tuxumdan onkosfera chiqadi,
ular   faol   qon   va   limfa   tomirlariga   o‘tib,   jigar   va   mushaklarga   boradi.   Jigardan
qurtchalar qorin bo‘shlig‘iga migratsiya qilad va uning seroz qavatida sistotserklar
o‘sib   chiqadi,   bu   mayda   cho‘zincharoq   pufaklar   bo‘shlig‘ida   skolekslar   bo‘ladi.
Itlar   Thyolatigena   sestodasini   sistotserklari   bilan   zararlangan   ichki   organlarni
egandan   keyin   invaziyaga   uchraydi.   Itlarning   ichagida   teniyalar   2-3   oy   balog‘at
yoshigacha o‘sadi, sestodalarning hayot davri bir yil.
Patogenez.     Teniyalar   ilmoqlari   bor   skolekslari   bilan   ichakning   shilliq
pardasini   mexanik   shikastlantirib,   qon   oqishini   paydo   qildiradi.   Agar   teniyalar
ichakda   ko‘p   bo‘lsa   o‘tmay   qolish   paydo   bo‘lib,   keyinchalik   devorining   yorilishi
natijasida   peritonit   rivojlanadi.   Teniyalarni     toksinlari   qonga   so‘rilib   qon   hosil
qilish   organlarini,   ichki   sekretsiya   bezlari   va   markaziy   nerv   sistemasining
funksiyasini buzadi.
Klinik   belgilar .   Itlarning   ichagida   bir   necha   o‘nlab   teniyalar   bo‘lsa   itning
ishtahasi   pasayadi   yoki   teskarisi   juda   ko‘p   ovqat   eydi,   hazm   qilish   buziladi,   ichi
ketadi,   ba’zan   qayd   qiladi,   kasal   it   bolalari   o‘sishdan   qoladi,   junining   rangi   xira,
qornining   hajmi   kattalashgan.   Kasal   itlarda   bezovtalanish,   asabiylashish,   oriqlash
va kamqonlik kuzatiladi.
Tashxis .   Tiriklik   vaqtida   tashxis   itlarning   axlatida   teniyani   etilgan
bo‘g‘inchalarini topilishiga asoslanib qo‘yiladi. Degelmintizatsiya . Buning uchun brom vodorodli arekalin sxema bo‘yicha
beriladi.
Bundan tashqari erkak paporotnikning ildizidan tayyorlangan ekstrakt jelatin
kapsulada  itning yoshiga,   vazniga, zotiga  qarab  1-5  g, 2-3 soat  o‘tgach  so‘ruvchi
dori beriladi.
Filiksan   miqdori   0,3   g/kg   12-15   soatli   och   parhezdan   keyin   qiyma   bilan
beriladi.       
Kamalani   sut   yoki   qiymaga   aralashtirib   beriladi,   katta   itlarga   5-15   g,
maydalarga 2-5 g.
Aminoakrixinni ikki marta 10 kun oralig‘ida beriladi, miqdori 0,2 g/kg, 5-6
soatdan keyin so‘ruvchi vositalardan karboxolin beriladi, miqdori 0,001 g/kg.
Fenasol   ovqatga   qo‘shib   beriladi,   miqdori   0,1   g/kg,   sestodalar   7   soatdan
keyin chiqa boshlaydi.
Sulfen ovqatga qo‘shib beriladi, miqdori 0,1 g/kg.
Degelmintizatsiya   uchun   qovoq   urug‘i   yanchib,   itning   vazniga   qarab   100-
150 g. beriladi. 
Oldini   olish.   Reja   asosida   degelmintizatsiya   o‘tkaziladi.   Bundan   tashqari
sestodalarning lichinkalari bo‘lgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari xom berilmaydi.
Multitsepidoz (Multicepstosis)
Senuroz   –   gelmintoz   kasallik   bo‘lib,   uni   it,   tulki   va   bo‘rilarning   ingichka
ichaklarida   parazitlik   qiladigan   lentasimon   sestoda   –   Multiceps-Multiceps
lichinkasi - Coenurus cerebralis qo‘zg‘aydi. 
Qo‘zg‘atuvchisi.   Go‘shtxo‘r   hayvonlarning   ingichka   ichaklarida   parazitlik
qiladigan sestoda Multiceps-Multiceps strobilasining uzunligi 40-80 sm, u skoleks,
bo‘yin va bo‘g‘inlardan iborat. Skoleksning to‘rtta so‘rg‘ich va kichik shoxsimon
ilmoqchalari   bor.   Bo‘g‘inlarning   soni   200-250   ta.   Etilgan   bo‘g‘indagi
bachadonning   16-26   tagacha   yon   o‘simtasi   bo‘lib,   hammasi   tuxum   (onkosfera)
bilan to‘ladi. Tuxumlari to‘rtta parda bilan o‘ralgan, diametri 0,031-0,036 mm. Lichinka –
pufak – Coenurus tiniq suyuqlik bilan to‘lgan, uning ichki germinativ pardasining
diametri 2-3 mm. Unda 100-250 ta skoleksi to‘p-to‘p bo‘lib yopishib turadi.
Rivojlanishi.   Multiceps-Multiceps uchun definitiv xo‘jayin, asosan it, bo‘ri,
mushuk,   tulki   va   chiyabo‘rilar   bo‘lib,   ularning   ingichka   ichaklarida   parazitlik
qiladi. tuxum bilan to‘lib etilgan bo‘g‘inlar strobiladan uzilib, hayvon axlati bilan
er, suv, o‘tlarga tushadi. Oraliq xo‘jayin (qo‘y va boshqalar) o‘t va suv bilan birga
parazitning tuxumlarini yutib yuboradi. Ularning ichaklariga tushgan tuxumlarning
pardasi   hazm   bo‘lib,   olti   ilmoqli   embrion   shilliq   parda   orqali   qon   tomirlarining
kapillyarlarini teshib o‘tib, qon oqimi bilan orqa va bosh miyaga o‘tadi va u erda
pufak ko‘rinishiga aylanadi.
Itlar   senuroz   bilan   kasallangan   mollarning   boshini   eb   multitsepidoz   bilan
kasallanadi.   Ularning   ichaklarida   41-73   kundan   keyin   lentasimon,   jinsiy   voyaga
etgan gelmint Multiceps-Multiceps rivojlanadi. YOsh itlarning ichaklarida parazit
tezroq rivojlanadi.
Epizootologiyasi .   Kasallangan   it   axlati   bilan   birga   har   kuni   20-30   tadan
Multiceps-Multiceps ning etilgan bo‘g‘inlari ajralib tashqi muhitga tushadi. Ayrim
itlarning     ichaklarida   200   ta   va   undan   ham   ko‘proq   miqdorda   sestoda   bo‘lishi
hamda   it   ichagida   bir   necha   oylab   va   hatto   2   yilgacha   ham   yashashi   mumkin.
Itlarning bu sestoda bilan takror kasallanishi kuzatiladi. Ayrim hududlarda senuroz
kasalligi bahor va yoz oylarida ko‘proq uchraydi.
Sestodaning   bitta   etilgan   bo‘g‘inida   20-60   mingta   va   undan   ham   ko‘proq
tuxum   bo‘lishi   mumkin.   Axlat   bilan   tashqi   muhitga   tushgan   sestodning   etilgan
bo‘g‘inlari   bir   necha   soat   davomida   erda   yoki   o‘tlarda   harakat   qila   boshlaydi.
Etilgan   bo‘g‘in  harakat   qilib  juda   ko‘p   tuxumni   siqib   chiqaradi,  ular   yaylovni   va
suv   manbalarini   zararlaydi.   Parazitning   bo‘g‘inlari   ajratgan   yopishqoq   modda
hayvon eydigan o‘tlarga yopishib oladi.
It,   mushuk   va   boshqa   hayvonlarning   lentasimon   shakldagi   sestoda   -
Multiceps-Multiceps   bilan   zararlanganligini   aniqlash   uchun   ularning   axlati
laboratoriyada tekshiriladi. Oldini olish. Bu kasallikning asosan  it  orqali yuqishini nazarda tutib, avval
itlarni Multiceps-Multiceps gelmintlaridan tozalash kerak. SHu maqsadda senuroz
kasalligidan  o‘lgan  yoki   majburiy  so‘yilgan  mollarning boshini   itlarga  bermaslik,
o‘lgan   molni   faqat   hayvon   mozorlarida   yoki   maxsus   chuqurlar   yonida   yorib
ko‘rish va shu joyda yo‘qotish kerak.
Kerakli itlar ro‘yxatga olinadi, gelmintsizlantiriladi; daydi it, tulki, bo‘ri va
boshqalar   yo‘q   qilinadi   va   senurozdan   o‘lgan   hayvonlar   maxsus   maydon   yoki
punktlarda yoriladi.
Exinokokkoz (Echinococcosis)
Exinokokkoz   uzoq davom  etadigan gelmintoz kasalligi  bo‘lib, uni  it, bo‘ri
va   tulkilarning   ingichka   ichaklarida   parazitlik   qiladigan   sestoda   –   Echinococcus
granulosis qo‘zg‘aydi.
Qo‘zg‘atuvchisi.   Exinokokkning   uzunligi   2-6   mm     lentasimon   bo‘lib,
skoleks   va   3-4   bo‘g‘indan   iborat.   Eng   oxirgi   bo‘g‘inning   bachadoni   tuxum   bilan
to‘lgan bo‘ladi. 
Skoleksning   eni   0,3   mm   bo‘lib,   to‘rtta   so‘rg‘ich   va   xartumdan   iborat.
Xartumi ikki qator joylashgan, 28-50 dona ilmoq bilan qurollangan.
Skoleksdan keyingi birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘ini germafrodit bo‘ladi. unda
50   ga   yaqin   urug‘don,   spiral   shaklda   o‘ralgan   urug‘   tashuvchi   naycha,   nok
shaklidagi   jinsiy   bursa,   nag‘al   shaklidagi   tuxumdon,   melis   tanachasi   hamda   qin
joylashgan. Oxirgi etilgan bo‘g‘in 400-800 ta tuxum bilan to‘lgan. Uning uzunligi
1,5-2,5 mm  va eni  0,5-0,6 mm bo‘ladi. etilgan bo‘g‘indagi bachadon bo‘g‘inning
tik   uzunligiga   qarab   o‘simtalar   chiqaradi.   Onkosfera,   ya’ni   tuxum   tashqi
tomonidan   radial   shaklida   ko‘ndalang   chiziqli   po‘st   bilan   qoplangan.   Doimiy
xo‘jayinning   ingichka   ichaklarida   exinokokk   lentasi   1,5-3   oyda   etilib,   olti   oydan
ko‘proq yashaydi.
Rivojlanishi.   Exinokokk definitiv va oraliq xo‘jayin ishtirokida rivojlanadi.
It,   bo‘ri,   tulkilar   Echinococcus   granulosis   uchun   definitiv   xo‘jayin   bo‘lib
hisoblanadi.   Ularning   ingichka   ichaklarida   lenta   shaklidagi   exinokokk   parazitlik
qiladi va ichak exinokokkozini qo‘zg‘aydi. Exinokokkoz bilan kasallangan it, bo‘ri va   tulkilarning   ingichka   ichaklarida   o‘nlab,   yuzlab   va   minglab   exinokokk
parazitlik   qiladi.   Itlar   organizmidagi   exinokokklarning   bo‘g‘in   va   tuxumlari
ularning axlatiga aralashib tashqi muhitga tushadi.
Epizootologiyasi.   Exinokokk onkosferalari it, yovvoyi hayvonlarning axlati
bilan etilgan bo‘g‘inlar holatida tashqariga chiqib tarqaladi. Exinokokkning etilgan
bo‘g‘inlari   faol   harakat   qila   oladi.   Harakat   vaqtida   bo‘g‘indan   tuxumlar   –
onkosferalar   chiqib,   pichan   va   suvlarga   tushadi.   Ayrim   bo‘g‘inlari   hayvonning
orqa   chiqaruv   teshigi   atrofida   qolishi   ham   mumkin.   Bo‘g‘inlar   hayvon   tanasida
o‘rmalab   yuradi   va   junida   tuxumlarini   qoldiradi.   Bo‘g‘inlar   harakat   qilganda
hayvon   badani   qichiydi.   Natijada   hayvon   orqa   chiqaruv   organini   turli   narsalarga
ishqalaydi   yoki   tili   bilan   yalab,   parazit   tuxumlarini   tumshug‘iga   va   atrofdagi
narsalarga yuqtiradi.
Exinokokk   tuxumi   tashqi   muhit   ta’siriga   juda   chidamli   bo‘lib,   0 0
  S   da   116
kungacha   yashashi   mumkin.   U   kimyoviy   moddalarning   ta’siriga   ham   chidamli,
ammo yuqori haroratda (50 0
 S da 1 soatda) tez halok bo‘ladi.
Odam   it   bilan   doimiy   munosabatda   bo‘lib   turgani   uchun   exinokokk   bilan
ko‘p zararlanadi. Ayniqsa qishloqlarda daydiyu yuradigan egasiz itlar ko‘p bo‘ladi.
Qishloq  aholisi veterinariya vrachining ruxsatisiz uyida mol so‘yadi va exinokokk
pufagi bilan zararlangan jigar, o‘pka va boshqa organlarni itlarga beradi. Natijada
ular ichak exinokokkozi bilan takroran zararlanadi.
O‘zbekistonning   ko‘p   shaharlarida   itlar   ichak   exinokokkozi   bilan
kasallangan.   Ma’lum   bo‘lishicha,   shahardagi   itlarni   ichak   exinokokkozi   bilan
zararlaydigan manba mol so‘yadigan korxonalar hisoblanadi. 
Klinik belgilar.   Itlarda ichak exinokokkozi  kasalligining belgilari  etarlicha
o‘rganilmagan,   tajribada   ko‘p   exinokokk   skolekslari   yuqtirilgan   itning   qorni
kattalashadi,   ishtahasi   pasayadi   va   ayrim   vaqtlarda   1,5-2   oydan   keyin   halok
bo‘ladi.   bunday   itlar   o‘ligi   yorib   ko‘rilganda   uning   ingichka   ichaklarida   ko‘p
miqdorda exinokokk lentalari borligi aniqlanadi.
Tashxis.   Itlarning   exinokokkoz   kasalligi   axlatida   etilgan   exinokokk   lentasi
yoki   bo‘g‘inlari   borligiga   qarab   aniqlanadi.   Hayvonning   ichi   ketishi   bilan   darhol axlati   olinib   yaxshi   berkiladigan   shisha   idishga   solib   tekshirish   uchun
laboratoriyaga yuboriladi. 
Oldini olish.  Oldini olish uchun birinchidan, daydi itlarni, bo‘ri va tulkilarni
tugatish;   ikkinchidan,   xo‘jalikdagi   qo‘riqlovchi   va   ov   itlari   hamda   boqilayotgan
tulkilardagi   exinokokk   gelmintlarini   yo‘qotish   va   uchinchidan,   so‘yilgan
mollarning exinokokk pufaklari bilan zararlangan organ va to‘qimalarini yo‘qotish
yoki yuqumsizlantirish kerak. Buning uchun hamma daydi itlarni yo‘qotish uchun
maxsus   brigadalar   tuziladi;   exinokokk   tashuvchi   yirtqichlarni   yo‘q   qilish
maqsadida   ovchilar   bilan   shartnoma   tuziladi   va   yirtqichlar   otib   tashlanadi.   Turli
xo‘jaliklarda mol qo‘riqlaydigan itlar ro‘yxatga olinadi.
Degelmintizatsiya.   Itlarni   gelmintsizlantirishga   tayyorlash   uchun   alohida
joy   ajratiladi.     Ajratilgan   itlar   18-24   soat   och   qoldiriladi   va   ichaklari   axlatdan
tozalanadi.   Tayyorlangan   itlarni   gelmintsizlantirish   uchun   arekolin   vodorod
bromidi, filiksan, erkak paporotnik ekstrakti, fenasal kabi dorilar ishlatiladi.
Itning   1   kg   tirik   vazniga   o‘simlik   arekolinining   0,004   va   sintetik
arekolinning 0,005 miqdordagi dozasi qiymalangan go‘shtga qo‘shib ediriladi yoki
sut, qatiq bilan ichiriladi. Itlarda qusishning oldini olish uchun arekolin berishdan
20-30 minut oldin bir osh qoshiqdagi suvga 2 tomchi yod eritmasini tomizib, itga
ichiriladi yoki itning 1 kg vazniga 0,005 g aminazin preparati olinib, 1 % li eritma
tayyorlanadi va teri ostiga yuboriladi. Itni och qoldirmasdan gelmintsizlantirganda
arekolin   berishdan   1-2   soat   oldin   uning   terisi   ostiga   karboxolinning   0,04   %   li
suvdagi eritmasi yuboriladi. Vazni 5-10 kg keladigan itga 0,06-0,08 ml, 11-20 kg
og‘irlikdagi itga 0,09-1 ml va 21-30 kg og‘irlikdagi itga 1,6-2 ml yuboriladi.
It   zaharlanmasligi   uchun   olinayotgan   karboxolinning   miqdoriga   ahamiyat
berish   kerak.   Ikki   soat   o‘tgach   arekolin   ichiriladi   va   30-60   minutdan   keyin
exinokokk lentalari chiqa boshlaydi. 
Itni   och qo‘ymasdan  6  soat   oralatib  ikki  marta  arekolin  berish  quyidagicha
o‘tkaziladi: Itga 0,1 g arekolinni 1-2 ml   suvda eritib majburiy ichiriladi. Birinchi
ichirilgan arekolin surgi sifatida itning oshqozon va ichaklarini axlatdan tozalaydi. Har   bir   it   axlati   ko‘zdan   kechirilib   gelmintning   bo‘g‘inlari   yoki   lentalari
topilmasa,   itlar   egalariga   qaytarib   beriladi,   agar   it   axlatida   exinokokk   bo‘g‘inlari
yoki lentalari topilsa, bunday itlarga oradan 6 soat o‘tgach arekolinning yuqoridagi
dozasi ikkinchi marta beriladi. Itning tagiga solingan to‘shama va axlat bilan birga
chiqqan   parazitlar   kuydiriladi,   katak   hamda   boshqa   asbob-uskunalar   mexanik
ravishda tozalanib, qismlari propan-butan alangasi yoki qaynoq suv bilan yuviladi.
Fenasal   itlarga   0,1   g   hisobida   un   yoki   go‘shtdan   tayyorlangan   bolyus
shaklida beriladi. Itlar och saqlanmaydi, ammo davolash vaqtida 5-7 soat bog‘lab
qo‘yiladi.
Alveokokkoz (Alveococcosis)
Alveokokkoz   –   kemiruvchi   va   odamlarning   jigar   va   boshqa   parenximatoz
organlarida   uchraydigan   gelmintoz   kasallik.   Uni   sestodlardan   Alveococcus
multilocularis   qo‘zg‘atadi.   Parazit   definitiv   xo‘jayinlarning   (it,   bo‘ri,   tulki)
ingichka ichagida yashaydi.
Qo‘zg‘atuvchisi.   Jinsiy   etuk   alveokokk   va   kalta   sestodlar   bo‘lib,   uzunligi
1,5-3     mm,   strobilasi   skoleks   va   3-4   bo‘g‘indan   iborat.   Tuzilishi   exinokokkni
eslatadi,   ammo   germafrodit   bo‘g‘indagi   urug‘don   sonining   ozligi,   bo‘g‘inda
bachadonning   shar   shaklida   tuzilganligi   bilan   farq   qiladi.   alveokokkning
lichinkalik   davri   mayda   pufakchalardan   to‘plangan   konglomerat   bo‘lib,   unda
suyuqlik yo‘q, lekin skolekslari bo‘ladi.
Rivojlanishi.  Definitiv  (it, bo‘ri, tulki) xo‘jayinlarning ingichka ichaklarida
lentasimon davrida parazitlik qiladi. ular tezaklari orqali tuxumi va onkosfera bilan
to‘lgan   bo‘yinlarini   ajratib   tashqi   muhitni   zararlaydi.   Oraliq   xo‘jayinlar
(kemiruvchi   hayvonlar,   odam)   gelmintning   tuxum,   onkosfera   va   bo‘g‘inlari   bilan
zararlangan   o‘t,   suv   va   boshqa   oziqalarni   iste’mol   qilib   alveokokkoz   bilan
kasallanadi. Odam odatda kasallikni invaziyalangan tulki va bo‘ri ko‘p joylardagi
zararlangan mevalarni yuvmasdan iste’mol qilganda yuqtiradi. Kemiruvchi hayvon
va odamlarning hazm organlariga tushgan tuxumdan ajralib chiqqan embrion faol
holatda   ichak   va   qon   tomirlari   orqali   jigar   va   boshqa   organlarga   o‘tadi   va   pufak
ko‘rinishdagi   alveokokka   aylanadi.   Alveokokk   lichinkalari   bilan   invaziyalangan kemiruvchilarni   tulki,   bo‘ri   va   boshqa   yirtqichlar   iste’mol   qilganda   ularning
ingichka ichaklarida 1,5 oydan keyin jinsiy voyaga etgan alveokokk paydo bo‘ladi.
parazit ichakda 3,5 oyga yaqin yashaydi.
Epizootologiyasi .   Invaziyaning   asosiy   tarqatuvchisi   tulki,   bo‘ri   va
kemiruvchi   hayvonlardir.   SHuningdek,   alveokokk   tuxumlari   sovuqqa   chidamli
bo‘ladi.
Patogenez.   Alveokokkozning   rivojlanish   qonuniyatlari   etarlicha
o‘rganilmagan. Allergik reaksiya paydo bo‘ladi degan fikrlar ham mavjud.
Tashxis.   O‘lgan   kemiruvchi   hayvonlarni   yorib   tekshirganda   topiladigan
lichinkalarga   qarab   kasallik   aniqlanadi.   Mo‘ynachilik   bilan   shug‘ullanadigan
xo‘jaliklarda tulki va boshqa hayvonlar tezaklarini tekshirib, o‘liklarini yorib aniq
tashxis qo‘yiladi.
Davolash .   Jinsiy   etuk   alveokokk   bilan   invaziyalangan   tulki,   bo‘ri,   itlar
arekolin   bilan   davolanadi.   Preparat   0,01   g/kg   hisobida   olinadi   va   undan   2   %   li
eritma tayyorlanadi. So‘ngra oziqaga aralashtirib har bir hayvonga alohida beriladi.
Oldini   olish.   Mo‘ynachilik   bilan   shug‘ullanadigan   xo‘jalik   hududidagi
kemiruvchilarni yo‘qotib, ishchilarga shaxsiy gigiena qoidalari haqida tushuntirish
kerak. Zoogigiena qonun va qoidalarining qat’iyat amalga oshirilishini ta’minlash
kerak.
Dipilidioz (Dipylidiosis)
Itlar   dipilidiozining   qo‘zztuvchisi   –   sestoda   Dipylidium   caninum   bo‘lib,
ingichka ichakda joylashadi. Bu sestodaning definitiv xo‘jayinlariga tulki, shog‘ol,
enotsimon it, bo‘ri va mushuk kiradi. Odam ham kasallanadi.
Morfologiyasi.   Sestodaning uzunligi 400 mm va skoleks, bo‘yin, 80-120 ta
bo‘g‘indan   tuzilgan.   Skoleksning   xartumchasida   3-4   qator   60   tagacha   ilmoq
joylashadi.   Ularning   uzunligi   0,005-0,015   mm.   Skoleksning   yon   tomonida   to‘rtta
yaxshi   rivojlangan   so‘rg‘ichlar   joylashadi.   Kichik   va   ingichka   bo‘yinchadan
strobilalar   boshlanadi,   ular   oldin   kichkina   bo‘g‘inchalardan   tuzilib,   keyinchalik
oval shaklni hosil qiladi. Germafrodit bo‘g‘inchalarda 100-120 ta urug‘don va ikki
komplekt urg‘ochi jinsiy organlar tuxumdon, Melisa tanachalari joylashadi. Jinsiy teshiklar   bo‘g‘inchalarni   yon   tomonlarida   ochiladi.   Etilgan   bo‘g‘inchalarda
bachadon   tuxumsimon   kapsulalarga   bo‘linadi,   ularda   5-20   ta   yumaloq,   diametri
0,043-0,050   mm   li   tuxum   joylashadi.   Har   bir   tuxumda   qurtcha   (onkosfera)
joylashadi, unda oltita ilmoq mavjud.
Rivojlanish   davri .   Gelmintning   tuxumi   itning   axlati   bilan   tashqi   muhitga
chiqgandan   keyin   burganing     lichinkasi   yutadi.   Tuxumlarni   bir   qismi   itning
junlariga   yopishadi,   ayniqsa   dum   va   orqa   chiqaruv   teshik   atrofiga   u   erda   ularni
itning   junini   topib   yutadi.   Burga   va   jun   eyuvchi   oshqozonida   tuxumning   qobig‘i
hazm bo‘lib onkosfera ajralib chiqadi va u hasharotni tanasiga kiradi. U erda ular
sistotserkoidlarga   aylanadi.   Itlar   burga   va   jun   eyuvchini   yutishi   natijasida
dipilidozni yuqtiradi. Itning ichagida sissitserkoidlardan parazit o‘sib chiqadi.
Patogenez.  Dipilidiyalarning itlar organizmiga ta’siri teniozlarga o‘xshash.
Klinik   belgilar .   Itlarda     kasallikning   belgilari   teniozlarni   belgilariga
o‘xshash.
Patalogoanatomik   o‘zgarishlar .   Kuchsiz   invaziyada   o‘zgarishlar
sezilmaydi. Kuchli invaziyada hayvon vaznini yo‘qotadi, ichaklarni shilliq pardasi
qizargan bo‘ladi.
Tashxis .   Tirik   vaqtida   tashxis   itlarning   axlatida   bodiring   urug‘ining
shaklidagi etilgan bo‘g‘inchlarni topilishiga asoslanib qo‘yiladi.
Degelmintizatsiya.   Sestodozlarda   qo‘llaniladigan   antigelmintik-lar   tavsiya
qilinadi.
Oldini   olish  va  kurashish   choralari . Itlarning  tanasidagi  burga va  boshqa
hasharotlarni yo‘qotish uchun “Bars” tomchilaridan, ivermek, ivermektin, baymek,
ivamek   va   boshqalardan   foydalanish   mumkin.   CHo‘miltirishda   1:1000   nisbatda
suminak   bilan   ishlov   berish   kerak.   Itlarning   qafasini,   uychasi   va   valerini   3   %   li
issiq   kreolin   yoki   lizol   bilan   yuvish   kerak.   Itlarning   axlati   yig‘ishtirilib
axlatxonalarda ishlov beriladi.
Nematodozlar
Itlarda 30 dan ortiq nematodalar turi mavjud, ulardan ayrimlari, ayniqsa ko‘p
uchraydiganlari keltirilgan. Toksaskaridoz (Toxascaridosis)
It   va   mo‘ynali   hayvonlar   toksokarozi   bilan   toksaskaridozi   surunkali
gelmintoz   kasalliklaridan   bo‘lib,   ularni   askaridatlar   qo‘zg‘aydi.   Kasallik   klinik
jihatdan   it   va   mo‘ynali   hayvonlarning   ich   ketishi,   asabiylashib   oriqlashi,   mo‘yna
sifatining pasayishi bilan xarakterlanadi.
Toksakarozning   qo‘zg‘atuvchisi   –   Anisakidae   oilasiga   kiruvchi   Toxocara
canis,   toksaskaridozniki   esa   Ascaridae   oilasiga   kiruvchi   Toxoscaris   leonina
nematodasidir.   Har   ikkala   xili   it,   tulki,   ussuriy   enoti,   bo‘ri,   chiyabo‘ri   va   boshqa
go‘shtxo‘r   hayvonlar   ingichka   ichaklarida   va   oshqozonida   parazitlik   qilib,   bunda
Toxocara canis asosan itlarda, Toxoscaris leonina esa 6 oylikdan katta hayvonlarda
uchraydi.
Toxocara canis eng patogen shakl hisoblanadi. Uning ta’sirida itlar o‘sish va
rivojlanishdan to‘xtaydi, kasallik avj olganda hayvon o‘lishi ham mumkin.
Qo‘zg‘atuvchisi.   Toxocara   canis   boshida   qanoti,   qizilo‘ngach   va   ichak
o‘rtasida uncha katta bo‘lmagan qorinchasi bor.
Erkaklarining   uzunligi   50-100   mm,   dumi   egilgan   va   uchida   konussimon
ortig‘i   bor.   Urg‘ochilarining   uzunligi   90-180   mm,   dumi   to‘g‘ri,   jinsiy   teshiklari
tananing   oldingi   yarmida   joylashgan;   tuxumlari   0,068-0,085   mm   uzunlikda   va
0,064-0,072 mm kenglikda, tuxum pardasi aniq shakllangan katakchalardan iborat.
Toxoscaris leonina boshidagi qanoti cho‘zinchoqroq. Erkaklarining uzunligi
40-60   mm,   dumining   oxirida   konussimon   ortig‘i   yo‘q.   Urg‘ochilarining   uzunligi
65-100   mm   jinsiy   teshigi   tananing   oldingi   yarmida   joylashgan.   Tuxum   diametri
0,075-0,085 mm, tashqi pardasi katakcha tuzilishida bo‘lmay, silliq bo‘ladi.
Rivojlanishi.   Toxocara   canis   urg‘ochilari   joylashgan   erida   tuxum   qo‘yadi,
keyinchalik ular tezak bilan tashqi muhitga chiqarib tashlanadi. Qulay sharoitda 5
kundan   keyin   tuxum   ichida   lichinka   shakllanib,   invazionlik   davriga   etishadi.
Invazion   tuxumlarni   yutib   yuborgan   definitiv   xo‘jayin   ichagida   tuxumdan
lichinkalar   chiqib,   qon   tomirlariga   tushadi   va   qon   bilan   o‘pkaga   va   hatto   nafas
yo‘llariga   o‘tadi.   Bronxlar   bo‘ylab   va   traxeyadan   og‘izga   kelib,   ikkinchi   marta
ichakka tushadi va u erda lichinka jinsiy voyaga etilguncha o‘sadi. O‘pkadagi   lichinkalarning   bir   qismi   qon   tomirlaridan   chiqmaydi,   o‘pka
kapillyarlari orqali katta qon aylanish doirasiga o‘tadi va qon bilan har xil organ va
to‘qimalarga   boradi   hamda   shu   erda   inssistirlanadi.   Sistalar   ichida   lichinkalar
o‘smaydi, lekin o‘lmaydi ham. SHunday ko‘rinishda it va boshqa yirtqichlar yutib
yuborsa,   ular   hayvon   ichaklarida   jinsiy   voyaga   etguncha   o‘sadi.   Bo‘g‘oz
hayvonlarda   lichinkalar   katta   qon   aylanish   doirasidan   ko‘pincha   yo‘ldosh   orqali
homila organizmiga o‘tadi. 
Bunday   hollarda   itlar   toksokarlar   bilan   invaziyalanib   tug‘iladi.   Lichinkalar
bo‘g‘oz   hayvonlar   bachadonida,   homilaning   esa   faqat   o‘pka,   qon   va   jigarida
joylashadi.   Odatda   it   bolasi   tug‘ilgandan   keyin   lichinkalar   ularning   o‘pkasida
bo‘ladi,  2 kundn keyin esa ichaklariga o‘tadi.
Itning Toxocara canis turi qo‘zg‘atadigan toksokaroz bilan shikastlanishi: 1)
invazionli tuxumlarni oziqa yoki suv bilan yutganda; 
2) go‘sht bilan taksokarlarning kapsulasiga o‘ralgan lichinkalarini eganda va
3) ona qornida zararlanishi, ya’ni migratsiya qilayotgan lichinkalar yo‘ldosh orqali
homila organizmiga o‘tganda ro‘y berishi mumkin. 
Toxoscaris   leonina   ning   urg‘ochilari   definitiv   xo‘jayin   ichaklariga   tuxum
qo‘yadi, tuxumlari  keyinchalik tezak  bilan  tashqariga chiqariladi. Tashqi  muhitda
namlik   etarli   bo‘lsa   tuxumlar   3   kundan   keyin   invzion   darajasiga   etadi.   Invazion
tuxumlarni   yutgan   hayvon   ichagida   lichinkalar   ajralib   chiqadi   va   ichak   devoriga
kiradi, u erda rivojlanishni davom ettiradi. Bir oz vaqtdan keyin lichinkalar ichak
bo‘shlig‘iga qaytadi va 3-4 hafta o‘tgach jinsiy voyaga etadi.
Toksokariz   va   toksaskaridozning   mediko-sanitar   ahamiyati .   Toksokar
tuxumi   odamlar   uchun   xavfli.     Odam   ichagida   toksokar   tuxumidan   lichinkalar
chiqib, ular qon aylanish  tizimi bo‘ylab harakat qiladi va shu davrda har xil organ
va to‘qimalarga tushib, og‘ir patologik jarayonni qo‘zg‘aydi. SHuning uchun odam
fakultativ xo‘jayin bo‘lishi mumkin.
Epizootologiyasi.   Askaridatozlar asosan yosh hayvon kasalligi hisoblanadi.
Klinik belgilari  17-20 kunlik it bolalarida ma’lum bo‘ladi. Ko‘pincha invaziya 1-3 oylik   itlarda   ochiq   namoyon   bo‘ladi.   Invaziyaning   ekstensivligi   juda   yuqori
darajaga, intensivligi esa bir necha yuz nusxaga etishi mumkin.
Askarida   tuxumi   tashqi   muhit   ta’sirotlariga   juda   chidamli,   ular   karbol
kislotasining 5 % li eritmasida 22 kunda halok bo‘ladi.
Patogenez   va   patalogoanatomik   o‘zgarishlari .   Toksokara   lichinkalari
ko‘chib   yurganda   hayvon   organ   va   to‘qimalarini   jarohatlaydi,   to‘qima   va
organlarning   buzilishiga   sababchi   bo‘ladi   va   patogen   mikrofloraning
inokulyasiyalanishiga   imkon   beradi.   Jinsiy   etilgan   askaridalar   ichakda   ko‘p
to‘planib   uning   tiqilib   qolishiga   va   ichak   devorining   yorilishiga   sabab   bo‘lishi
mumkin.   Bundan   tashqari   askaridalar   ko‘pincha   jigarning   o‘t   yo‘llariga   kirib
odatda hayvonni o‘limga olib keladi.
Askaridatozlardan o‘lgan hayvonlar yorib ko‘rilganda ingichka ichak shilliq
pardasining   kataral   yallig‘lanishi,   intensiv   gemorragik   enterit,   ichak   yaralari
ko‘zga tashlanadi.
Klinik   belgilari.   Go‘shtxo‘r   hayvon   askaridatozlarining   xarakterli
belgilaridan   itlarning   oriqlab   ketishi,   shilliq   parda   anemiyasi,   ko‘pincha
asabiylashib ishtahaning yo‘qolishi, ich qotishi bilan almashinadigan ich ketishlar
kuzatiladi. Ko‘pincha qusish, epileptik talvasalanish ko‘rinishidagi nerv hodisalari
kuzatiladi. Y o sh hayvonlar o‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi, qorni shishadi.
Tashxis.  Klinik  belgilarini kuzatish va Fyulleborn bo‘yicha askarida tuxumi
borligini   aniqlash   yo‘li   bilan   tasdiqlanadi.   Toksokara   tuxumi   katakchali,
toksakaridlarda esa silliq bo‘ladi.
Davolash.   Go‘shtxo‘r   hayvon   askaridozini   davolashda   piperazin   tuzlari
hayvonlarning 1 kg vazniga 0,2-0,3 g dan oziqaga qo‘shib beriladi.
Askaridatozlarga   qarshi   kurash   va   oldini   olish.   It   kataklari   va   mo‘ynali
hayvonlar   xonalari,   shuningdek,   yayratiladigan   maydonchalardagi   axlatlar   o‘z
vaqtida   tozalab   turilishi   zarur.   SHuningdek,   kavsharlash   lampasida   kataklar
zararsizlantiriladi va yog‘och qismiga qaynoq suv qo‘yiladi
Oldini   olish   choralariga   amal   qilingan   holda   askaridalar   bilan
invaziyalangan   hamma   hayvonlar   gelmintsizlantiriladi.   Invaziyani   o‘z   vaqtida aniqlash maqsadida yosh itlar har oyda, katta yoshdagilari esa har uch oyda kamida
bir marta tekshiriladi.
Itlarda  kasallikning  oldini   olish  uchun yiliga  2 marta  birinchisi   yosh  itlarni
onasidan   ajratgandan   keyin   iyun-iyulda   va   ikkinchisi   qochishdan   oldin   dekabrda
gelmintsizlantiriladi.   Y o sh     itlar   tug‘ilgandan   25-30   kun   o‘tgach
gelmintsizlantiriladi.
Ankilostomatoz (Ancylostomatosis)
Kasallikning   qo‘zg‘atuvchisi   nematoda   Ancylostoma   caninum,   it,   mushuk
va   boshqa   go‘shtxo‘r   Canidae   va   Felidae   oilasiga   mansub   bo‘lib,   hayvonlarning
ingichka   ichagida   rivojlanadi.   Bu   kasallik   issiq   iqlimda   yashovchi   itlarda
uchraydigan   kasallik   bo‘lib,   shu   jumladan   Markaziy   Osiyo   davlatlarida   ham
uchraydi.
Morfologiyasi.   Ankilostomalar   mayda   yumaloq   qurtcha   bo‘lib,   bu
nematodaning rangi qon bilan oziqlanganligi uchun oqimshil qizg‘ich bo‘ladi.
Urg‘ochilarining  uzunligi   10-21   mm,   erkaklariniki   9-12   mm,  eni   maksimal
0,42-0,6   mm   bo‘ladi.   YAxshi   rivojlangan   og‘iz   kapsulasi   mavjud,   unda   uch   juft
konussimon xitin tishlar joylashadi. Erkaklarining dumini uchida jinsiy xaltacha va
ikkita   bir   xil   uzunlikdagi   0,74-0,87   mm   spikulalar   joylashadi.   Urg‘ochilarning
dumini uchi o‘tkirsimon va u kichikroq ilgak bilan tugaydi. Ankilostomalar tuxumi
oval shaklda bo‘lib, ikki konturli qobiq bilan o‘ralgan, uzunligi 0,06-0,066 mm, eni
0,032-0,042 mm bo‘ladi.
Patogenez.   Itlar   organizmiga   ankilostomalarning   patogen   ta’siri
unsinariyalar   invaziyasiga   o‘xshash,   lekin   ayrim   paytlarda   og‘ir   ham   kechishi
mumkin.
Klinik   belgilar.   Ankilostomozdagi   alinik   belgilar   unsinarioz   klinik
belgilariga   juda   o‘xshash.   Ankilostomalar   ingichka   ichaklarning   shilliq   pardasiga
berkilish vaqtida tishlari bilan chuqur shikastlantirib, ko‘p qon oqishga olib keladi.
Hosil   bo‘lgan   yaralarga   patogen   va   shartli-patogen   bakteriyalar   (salmonella, esherixiya)   kirib   rivojlanishi   natijasida,   ayniqsa   6-12   haftalk   it   bolasida   paratif,
kolibakterioz va boshqa infeksion kasallik paydo bo‘ladi.
Tashxis .   Tiriklik   vaqtida   tashxis   qo‘yish   uchun   itning   axlatida   Fyulleborn
yoki Darling usuli bilan ankilostoma tuxumlari topiladi.
O‘lgandan   keyingi   tashxis   patalogoanatomik   o‘zgarishlarga   asoslanib
qo‘yiladi.
Degelmintizatsiya.   Ankilomotozda   itlarni   degelmintizatsiya   qilish   uchun
quyidagi   antigelmintiklar   tavsiya   qilinadi,   ular   12-16   soatli   parxezdan   keyin
ovqatga   qo‘shib   beriladi:   dizofenol   miqdori   0,007-0,01   g/kg,   tetramizol   miqdori
0,015 g/kg, mebendazol 0,2 g/kg, vormit 1 ta tabletka 10 kg vaznga, prozimekt.

ITLARDA UCHRAYDIGAN INVAZION KASALLIKLAR . Reja: 1. Gelmintozlar 2. Itlarning n ematodozlar kasalliklarining etiologiya si , patogenez i , klinik belgilar i , diagnostikasi, oldini olish va davolash. 3. Itlarning sestodoz kasalliklarining etiologiya si , patogenez i , klinik belgilar i , diagnostikasi, oldini olish va davolash.

Gelmintozlar Itlarda gelmintozlar keng tarqalgan va og‘ir klinik belgilar bilan namoyon bo‘ladi, ko‘pgin hollarda ular hayvonlarning, ayniqsa it bolalarining o‘limiga ham sabab bo‘ladi. Ko‘p gelmintoz kasalliklari itlarda surunkali kechadi, natijada ular ozib ketadi. It bolalari rivojlanmaydi, o‘sishdan qoladi, ularda yuqumli kasalliklarga sezuvchanlik oshadi. Bundan tashqari itlar odam va hayvonlar uchun xavfli gelmintlarni tashuvchisi bo‘lib hisoblanadi. Kitobda itlar orasida keng tarqalgan gelmintoz kasalliklari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Trematodozlar Bu itlar kasalligi bo‘lib, qo‘zg‘atuvchisi trematoda bo‘lib hisoblanadi, umumiy nomlanishi – trematodozlar. Itlarda trematodalar jigarning o‘t yo‘llarida, oshqozon, ingichka ichakda parazitlik qiladi. Opistorxoz (Opisthorchosis) Bu surunkali invazion kasallik bo‘lib, tulki, it, mushuk, sobol, sher, cho‘chqa va boshqa sut emizuvchi hayvonlar hamda odam jigarining o‘t yo‘llarida, o‘t xaltasida, oshqozon osti bezi suyuqligini o‘tkazuvchi yo‘llarida joylashadi va uni opistorxis oilasining Opisthorchis turkumiga kiruvchi trematodlar qo‘zg‘atadi. Ayrim tumanlarda opistorxoz kasallik tarqatuvchi manba bo‘lib qolgan. Bu kasallik ba’zan hayvonlarning yalpi o‘latiga sabab bo‘ladi. Etiologiyasi . Opisthorchis felineus ning uzunligi 8-12 mm, eni 1,2-2 mm, og‘iz va qorin so‘rg‘ichlarining diametri 0,25 mm. Qorin so‘rg‘ichi parazit tanasining birinchi va ikkinchi chorak qismida joylashgan. Parrak shaklidagi ikkita urug‘donlari birin-ketin keyingi choragida joylashadi. Urug‘donlar orasida “S” shaklida egilgan chiqaruv – ekskretor pufak joylashib, tananing oxirgi qismidan ochiladi. Urug‘donning oldingi qismida retort shaklidagi urug‘don xaltasi va tuxumdon joylashgan. Tananing o‘rta qismidagi ichak ustunchalari orasida ilmoqsimon bachadon joylashgan. Sariqlik moddasini chiqaruvchi follikulalar tana devori bilan ichak ustunchalari orasida ko‘rinib turadi. Jinsiy teshiklari qorin so‘rg‘ichining oldingi

chekkasidan ochiladi. Trematod tuxumlari och sariq rangli, ikki qavatli yupqa parda bilan o‘ralgan, bir tomonida qopqoqchasi, ikkinchi tomonida esa o‘simtasi bor. Tuxum uzunligi 0,020-0,030 mm, eni esa 0,010-0,015 mm. Rivojlanishi. Opistorxlar o‘t yo‘llarida, o‘t pufagiga tuxum qo‘yadi. Tuxumlar o‘t suyuqligi bilan o‘n ikki barmoqli ichakka va u erdan yo‘g‘on ichakka o‘tib, tezak bilan birga tashqariga chiqadi. Etilgan opistorxis tuxumi ichida miratsidiy bor. Ammo bu lichinka tuxum ichidan chiqa olmaydi, tuxumni oraliq xo‘jayin – chuchuk suvda yashovchi jabrali mollyuska – Bithynialeachi yutadi va shu erda rivojlanadi. Mollyuska ichida tuxumdan miratsidiy chiqib, ichak devorini teshadi va xo‘jayinning tana bo‘shlig‘iga o‘tadi. U bir oy muddat ichida sporotsistaga aylanadi. Sporotsistadan rediy ajralib chiqadi va mollyuska jigariga kirib rivojlana boshlaydi. Rediy ichida dumli serkariy paydo bo‘ladi. mollyuska organizmiga tushgan opistorxis tuxumidan ikki oy ichida rediy va undan serkariy hosil bo‘ladi, keyin oraliq xo‘jayin tanasidan chiqib suvga tushadi. Ammo suvga tushgan serkariy definitiv xo‘jayinda kasallik qo‘zg‘ata olmaydi. Ular o‘zlarining rivojlanish davrida qo‘shimcha xo‘jayinga muxtoj bo‘ladi. bular uchun karp oilasiga kiruvchi baliqlar qo‘shimcha xo‘jayin (karp, lin, yaz, plotva, vobla, sazan, leshch, jerex, ukleya va boshqalar) hisoblanadi. Serkariy chuchuk suv tagida suzib yuradi va qo‘shimcha xo‘jayinlardan birortasiga duch kelib xujum qilib uning terisini teshib go‘sht qatlamiga, teri ostidagi yog‘ to‘qimalariga joylashib oladi. Serkariy bu erda 2-3 kundan keyin pardaga o‘ralib, taxminan olti hafta ichida metatserkariyga aylanadi. Tanasida metatserkariysi bo‘lgan baliqlarni definitiv xo‘jayinlar (tulki, it, mushuk, cho‘chqa va boshqalar) egan vaqtda ular opistorxoz bilan kasallanadi. Definitiv xo‘jayinning oshqozoni va ingichka ichagining boshlanish qismida metatserkariy pardasi – sista emi rilib, o‘t yo‘li orqali o‘t pufagiga va jigarga o‘tadi. Uch-to‘rt haftadan keyin jigardagi parazitlar jinsiy voyaga etib, yana tuxum qo‘ya boshlaydi. Opistorxisning tuxumlik davridan to jinsiy jihatdan voyaga etgan davrigacha to‘rt oy vaqt o‘tadi.

Epizootologiyasi . Opistorxoz kasallik tarqatuvchi manb sifatida daryo va suv havzalariga yaqin joyda ko‘p uchraydi. Opistorxoz bilan kasallangan odamlar kasallik tarqatuvchi manb hisoblanadi. Opistorxoz tuxumi odam axlati bilan suvga tushadi. Boshqa definitiv xo‘jayinlar it, mushuk, cho‘chqa tezaklari bitiniya mollyuskasi bo‘lgan suvga tushmaydi. Organizmida metatserkariylari bo‘lgan baliqlar tuzlangan yoki muzlatilgan bo‘lishiga qaramay, ularni egan hayvon kasallik yuqtiradi. Bitiniya mollyuskasi qirg‘og‘ida o‘simlik ko‘p o‘sadigan, sekin oqadigan 0,5-0,6 m chuqur suv tagida va qumli botqoqlik joylarida uchraydi. Ular suv manbalarida juda ham ko‘p bo‘ladi. Definitiv xo‘jayinlarning intensiv kasallanishi va har bir trematodning bir kunda 900 gacha tuxum qo‘yish qobiliyati opistorxoz kasalligining tarqalishiga sabab bo‘ladi. Patogenez . Opistorxozlar og‘iz so‘rg‘ichlaribilan o‘t yo‘llarining devorini shimib jarohatlaydi. Odatda parazit juda ko‘p bo‘ladi va joylarni tez-tez o‘zgartirib turadi, shuning uchun o‘t yo‘llaridagi mexanik jarohatlanish juda kuchli bo‘lishi mumkin. YOsh opistorxis tanasi o‘tkir xitin tukchalar bilan qoplanganligi va ularning doim harakat qilishi sababli o‘t yo‘lining devori yanada ko‘proq shikastlanadi. O‘t yo‘llari va o‘t xaltasida joylashgan gelmintlar, ularning tuxumlari, o‘t yo‘llari devoridan ajralib chiqqan shilliq epitelial hujayralar o‘t suyuqligining oqishiga to‘sqinlik qiladi, hatto o‘t oqimini to‘xtatib, u erni kistoz kengaytirib yuboradi. Boshqa gelmintozlar kabi opistorxis bilan invaziyalangan hayvonlar ham zaharlanadi. Opistorxislarda modda almashinuvidan hosil bo‘lgan metabolitlar hayvon organizmini sensibilizatsiyalaydi. 10-15 kundan keyin allergik holatga olib keladi. Klinik belgilar . Kasallangan it juda ozib ketadi, junlari hurpayadi, qorni juda ham kattalashadi, shilliq pardalari sarg‘ayadi. Oshqozon va ichaklarning hazm qilish qobiliyati buziladi, jigar atrofida og‘riq sezilib, suv to‘planadi. It ziflashib holdan ketadi. Bundan tashqari qornini paypaslab ko‘rilsa uning jigari kattalashib,

ustida har xil shakl va kattalikdagi qattiq tugunlar borligi aniqlanadi. Siydik tarkibida ozroq qand moddasi bo‘ladi. Patalogoanatomik o‘zgarishlar . Opistorxoz kasalligida uchraydigan patalogoanatomik o‘zgarishlar itda o‘rganilib, uning jigarida opistorxis joylashgan eri tekshirilgan. Jigar odatda normal bo‘ladi, faqat kuchli invaziyalangan vaqtda u birmuncha kattalashdi; glisson kapsula ostidan devorlari qalinlashgan, o‘t yo‘llarida kista shaklida kengaygan joylar ko‘rinadi. Kistalar tovuq tuxumining kattaligiday bo‘lishi mumkin. O‘t xaltasi tarang, jigar tashqarisidagi o‘t yo‘llari egri-bugri va kengaygan bo‘ladi. jigar ichida joylashgan o‘t yo‘llarining devorlari qalinlashishidan tashqari papilloma yoki adenoma xarakteristikasidagi epitelial hujayralarning o‘sishi ro‘y beradi. Jigarning o‘tkir qirralaridan tashqari boshqa joylarida ham sirrotik o‘zgarishlar juda sezilarli bo‘ladi. Tashxis . Opistorxoz kasalligini aniqlaganda hayvonning maxsus klinik belgisidan tashqari kasallikka gumon qilingan hayvonlar gelmintokaprologik tekshiriladi. Buning uchun to‘yingan osh tuzi eritmasi ishlatildi. Kasallikning boshlanish davri immunobiologik usul bilan ham aniqlanadi. Oldini olish va kurashish chora-tadbirlari . Opistorxoz bilan kasallanuvchan it, tulki, mushuk va boshqa hayvonlarga metatserkariy bilan zararlangan xom baliq berilmaydi. Metatserkariy yuqqan baliqlar pishirish yoki muzlatish yo‘li bilan zararsizlantiriladi. Mayda daliqlar 8-12 0 sovuqda 5 kun ichida, katta baliqlar esa 17-29 sutkada zararsizlantiriladi.Bundan tashqari hayvonlar vaqt-vaqti bilan tekshirib turiladi va davolanadi.Hayvonlarn davolashda 1 kg tirik vaznga 0,4-0,5 g geksaxloretan suspenziyasi beriladi. Hozirgi vaqtda opistorxoz bilan kasallangan hayvonlarni va odamlarni davolashda 0,1-0,3 g/kg hisobida beriladigan geksaxloparaksilol organizmga zarar etkazmaydigan yaxshi preparat hisoblanadi va u oziqa bilan 15-18 soat ochlikdan keyin beriladi. Alyarioz (Alariosis)