logo

“Infeksion va invazion kasalliklar. Transmissiv kasalliklar. Kasalliklarning tabiiy manbai haqidagi ta’limot”

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.21484375 KB
“Infeksion va invazion kasalliklar.  Transmissiv kasalliklar. Kasalliklarning
tabiiy manbai haqidagi ta’limot”
REJA :
1.  Infeksion   va   invazion   kasalliklar.   Ularning   bir-biridan   farqi   va
o’xshashliklari.
2.  Transmissiv kasalliklar. Obligat va fakultativ transmissiv kasalliklar.
3.  Transmissiv kasalliklarning asosiy guruhlari.
4.  Kasalliklarni   tabiiy   manbai   holida   tarqalishi   haqida   ta’limot.   Uning
asosiy xususiyatlari. Infeksion va invazion kasalliklar haqida tushuncha
Parazitlarning   salbiy   ta’siri   tufayli   hosil   qilgan   kasalliklarini   yuqumli
kasalliklar deb atash qabul qilingan. Bunday kasalliklarni yuzaga keltiruvchilar esa
yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchilar deb ataladi.
Yuqumli   kasalliklar   infeksion   va   invazion   (parazitar)   guruhlarga   bo’linadi.
O’simliklar   olamiga   mansub   bo’lgan   kasallik   qo’zg’atuvchilarining   hosil   qilgan
kasalliklari   infeksion   kasalliklari   deyiladi.   Ushbu   infeksion   kasalliklarni
qo’zg’atuvchilariga   mikroorganizmlardan   bakteriyalar,   rikketsiyalar,   spiroxetalar,
viruslar,   zamburug’lar   mansubdir.   Infeksion   kasalliklarga   misol   qilib   bakterial
dizenteriya, toun, vabo, tif, paratif, sil, qizamiq, Botkin kasalligi va boshqalar.
Hayvonlar   olamiga   mansub   bo’lgan   kasallik   qo’zg’atuvchilarining   hosil
qilgan kasalliklari    invazion   (parazitar) kasalliklar deyiladi. Invazion kasalliklarni
parazit   bir   xujayralilar,   chuvalchanglar,   bo’g’im   oyoqlilar,   ayrim   mollyuskalar
kabilar   keltirib   chiqaradi.   Invazion   kasalliklarga     amyobiaz,   bezgak   kasalligi,
leyshmaniozlar, turli-tuman gelmintozlar hamda parazit kanalar, qandalalar, bitlar,
burgalar va boshqalar tomonidan keltirib chiqarilgan kasalliklar.
Ayrim   adabiyotlarda   barcha   yuqumli   kasalliklar     infeksion   kasalliklar   deb
yuritiladi. Lekin bunday tushuncha  ilmiy va amaliy jihatdan noto’g’ridir. Bundan
tashqari   ko’p   hollarda   infeksion   va   invazion   kasalliklarni   ham   qisqartirib
“infeksiya”,   “invaziya”   deb   atashadi.   Bunday     atash   ham   to’g’ri   emas,   chunki
infeksiya va invaziya atamalari o’z mazmuni va mohiyati bilan xo’jayin va kasallik
qo’zg’atuvchining   o’zaro   ta’sir   etish   jarayonini   bildiradi.   Kasallik   esa   ushbu
jarayonning bir ko’rinish hisoblanadi. 
Shuni   aytish   kerakki,   invazion   kasalliklarini   atashda   kasallik
qo’zg’atuvchining   avlodini   lotin   tilidagi   nomini   o’zagiga   “az”,   “oz”,   “yoz”   kabi
suffikslar   qo’shiladi.   Masalan,   leyshmaniya   parazitining   qo’zg’atgan   kasalligi
“leyshmanioz”,   ichburug’   amyobasi   tomonidan   keltirib   chiqarilgan   kasallik
“amyobiaz”,   jigar   qurti   tomonidan   keltirib   chiqarilgan   kasallik   “fassiolyoz”
deyiladi va hokazolar. Tranmissiv kasalliklar haqida  tushuncha
  Tranmissiv kasalliklar deganda yuqumli (infeksion va invazion) kasalliklarni
qo’zg’atuvchilari   qon   so’ruvchi   bo’g’imoyoqlilar   (kanalar,   qandalalar,   bitlar,
burgalar, chivinlar, pashshalar) yordamida bir issiq qonli xo’jayindan boshqa issiq
qonli xo’jayinga yuqtiriladigan kasalliklar tushuniladi. Ushbu tushunchani birinchi
bo’lib akad. Ye.N.Pavlovskiy ifodalab bergan.
Tranmissiv   kasalliklarning   ikki   guruhi   farq   qilinadi,   ya’ni   chin   (obligat)
transmissiv kasalliklar va fakultativ-tranmissiv kasalliklar.
Bezgak   kasalligi,   epidemik   toshmali   tif,   bitli   qaytalama   tif,   ensefalit,   turli
shakllardagi isitmalar va bir qator kasalliklar chin (obligat) transmissiv kasalliklar
hisoblanadi,   chunki   ushbu   kasalliklarni   qo’zg’atuvchilari   albatta   yuqtiruvchilar
yordamida bir organizmdan boshqasiga o’tadi.
Fakultativ-transmissiv     kasalliklarni   qo’zg’atuvchilari   har   doim   faqat
yuqtiruvchilar yordamida emas, balki boshqa bir qator tashqi muhit omillari orqali
kasal   organizmdan   sog’lom   organizmga   o’tishi   ham   mumkin.   Bunday   yo’llarga
suv,   oziq-ovqat,   havo   orqali   yuquvchi   kasalliklarni,   shuningdek   sog’lom
organizmning   kasallangan   organizm   bilan   bog’lanishi,   kontaktda   bo’lishi   va
boshqalarni   aytib   o’tish   mumkin.   Masalan,   toun   kasalligini   qo’zg’atuvchi
mikroorganizmlar aslida burgalar yordamida kasal kemiruvchi hayvondan odamga
yuqadi.   Kasallik   gemiepizootiyasi   davrida   kasallik   odamdan   odamga   havo   orqali
o’tishi   ham   mumkin.   Shuningdek   odam   kasallangan   hayvonni   so’yib   terisidan
ajratganda, uning ichki organlarini kesib ochganda ham kasal yuqishi mumkin.
Sibir   kuydirgi   kasalligi   hayvonlar   orasida   tarqalishida   sunalar   va   ayrim
pashshalar mexanik ravishda yuqtiruvchilar vazifasini bajaradi. Bunday yo’l bilan
ayrim   hollarda   odamlarga   ham   yuqishi   mumkin.   Lekin   odamning   ushbu   kasallik
bilan   zararlanashini   asosiy   yo’li   uning   kasallangan   hayvonni   parvarish   qilishi
jarayonida yoki kasal hayvonni so’yib, terisini tozalaganda, uning go’shtini yaxshi
pishirmay   istemol   qilganda,   kasal   hayvonning   zararsizlantirilmagan   terisi   va
junidan tayyorlangan xar xil kiyim va buyumlar orqali yuqishi mumkin. Tranmissiv   kasalliklarni   qo’zg’atuvchi   parazitlarning   xususiyatlari   va
ularning   xo’jayin   bilan   munosabatlariga   qarab   qo’yidagi   guruhlarga   ajratish
mumkin:
1.  Zoonozlar.   Ushbu   guruhdagi   kasalliklar   faqat   hayvonlar   uchun   xos
bo’ladi.   Masalan,   qushlarda   uchrovchi   bezgak   kasalligi,   faqat   hayvonlarda
uchraydi.
2.  Antropozoonozlar.   Ushbu   guruhdagi   kasalliklar   aksariyat   hollarda
hayvonlar   uchun   xos   bo’ladi,   lekin   ayrim   hollarda   odamlar   ham   kasallanishi
mumkin.   Bunday kasalliklarga kanali qaytalama tif, kanali ensefalit, ayrim isitma
va   boshqalar.   Antropozoonozlar   uchun   har   doim   manba   kasal   hayvonlar
hisoblanib,   yuqtiruvchilar   qo’zg’atuvchilarni   aynan   ana   shu   manbadan   oladi   va
ba’zan uni odamga ham yuqtiradi.
3.  Antroponozlar.   Faqat   odamlar   uchun   xos   bo’lgan   kasalliklar
hisoblanib,   bironta   ham   hayvonlarda   uchramaydi   va   ular   kasallikka   manba   ham
bo’la olmaydi. Bunday kasalliklarga bezgak, epidemik toshmali tif, bitli qaytalama
tif, amyobiaz, lyamblioz, trixomonadoz va boshqalar.
Shunday   qilib,   yuqtiruvchilar   tranmissiv   kasalliklarning   epidemiologik   va
epizootologik zanjirida eng asosiy zvenolardan hisoblanadi.
Transmissiv kasalliklar uchun xarakterli xususiyat shundan iboratki, ular yil
davomida   birxil   ravishda   tarqalmasdan,   fasllar   davomida   o’zgarib   turadi.   Ushbu
xususiyat   shu   kasalliklarni   yuqtiruvchi   bo’g’imoyoqlilarning   miqdori   va
aktivligiga   bog’liqdir.   Masalan,   antroponoz   va   yilning   issiq   fasllarida   ko’payishi
(epidemiyasi),   ushbu   kasalliklarni   yuqtiruvchi   chivinlar,   iskaptoparlar,   so’nalar,
pashshalar,  kanalar  kabilarning aktivlik hayoti  bilan bog’liqdir. Lekin antroponoz
kasalliklardan   toshmali   va   qaytalama   tif   kasalliklari   asosan   yanvar-mart   oylarida
ko’payadi.   Buning   asosiy   sababini   birinchidan   yuqtiruvchi   (bitlar)ning   ekologik
xususiyati va ikkinchidan aynan shu faslda odamlarning turmush sharoitini o’ziga
xosligi bilan tushuntirish mumkin.
Transmissiv   yuqumli   kasalliklarning   ma’lum   hududda   manba   holida
mavjudligi   kasal   odamlar   va   hayvonlarning   borligi   bilan   ifodalanadi.   Bunday manbalar   epidemik   yoki   epizootik   manbalarga   bo’linadi.   Yuqumli   kasalliklarni
manbai   kasal   odamlar   bo’lsa,   bunday   manba   epidemik   manba     deyiladi.   Kasal
qo’zg’atuvchilarning   manbai   hayvonlar   bo’lsa,   bunday   manba   epizootik   manba
deyiladi. Aytilganlarga binoan antroponoz kasalliklarning (epidemik) manbai kasal
odamlar   hisoblansa,   antropozoonoz   kasalliklarga   esa   ham   kasal   odamlar
(epidemik) va ham kasal hayvonlar (epizootik) manba bo’laoladi.
Kasalliklarni tabiiy manbai holida tarqalishi haqida ta’limot
Odam   va   hayvonlarning   kasalliklarini   tabiiy   manba   holida   mavjud   bo’lishi
haqidagi   ta’limotni   1-nchi   bo’lib   akademik   Ye.N.   Pavlovskiy   1939   yilda   kashf
etgan.   Aslida   esa   1911   yilda   akademik   D.K.   Zabolotn ы y   toun   tabiiy   manbali
kasallik ekanligi haqidagi fikrlarni e’lon qiladi. Ushbu ilmiy yangilik, shuningdek
Ye.N.Pavlovskiyning   odamlarning   turli   xil   transmissiv   kasalliklar   bilan   og’rishi,
uning   kelib   chiqish   sabablarini   o’zoq   yillar   davomida   o’rganadi.   Bunday
kasalliklar   asosan   odamlar   yashamaydigan   joylar   va   o’zlashtirilmagan   qo’riq
hamda bo’z maydonlar bilan bog’liq bo’lishini aniqlaydi. 
Ma’lum harbir biotop o’zining xarakterli biosenoziga ega bo’ladi. Jumladan,
kasallik   qo’zg’atuvchi,   uni   yuqtiruvchilari   va   umurtqali   hayvonlar   tabiiy   manbali
kasallik   bo’lgan   biosenozning   zvenolaridan     hisoblanadi.   Evolyusiya   jarayonida
biosenozda   kasallik   qo’zg’atuvchi,   yuqtiruvchi   va   xo’jayin   hisoblanuvchi
umurtqali   hayvonlar   kabi   turlar   orasida   shunday   bog’lanishlar   yuzaga   keladiki,
ushbu   aloqalar   kasallik   qo’zg’atuvchining   uzluksiz   ravishda   bir   xo’jayindan
boshqa   bir   xo’jayinga   o’tishini   ta’minlaydi.   Ushbu   bog’lanish   sababi   birinchi
navbatda organizmlar orasida oziqa zanjirining mavjudligidadir. Yuqtiruvchi (kana
yoki   ektoparazit   hasharot)   umurtqali   hayvonning   (donorning)   qonini   so’rganda
kasallik   qo’zg’atuvchini   o’ziga   oladi   va   ma’lum   vaqt   oralig’ida   yuqtirish
imkoniyati   paydo   bo’lgandan   keyin   resepiyent-xo’jayin   (boshqa   bir   umurtqali
hayvon)   qonini   so’rganda   qo’zg’atuvchini   yuqtiradi.   Tabiiy   manbali   kasallikni qo’zg’atuvchisining   o’z   hududida   tur   sifatida   mavjud   bo’lishida   va   uning   doimiy
ravishda aylanishida atrof muhitning ma’lum omillari bo’lishini talab qiladi. Ushbu
mezon   manbali   kasalliklarni   tarqalishi   uchun   asosiy   shartlardan   biri   hisoblanadi.
Shuning   uchun   ham   bunday   kasalliklar   o’ziga   xos   iqlimli   geografik   zonalarda
tarqalgan   bo’ladi.   Masalan,   yapon   ensefalit   kasaligini   qo’zg’atuvchi   viruslarning
yuqtiruvchi-chivin   tanasida   ko’payishi   va   rivojlanishi   uchun   muhit   harorati   +21-
22 0
S   dan   past   bo’lmasligi   kerak.       Shunga   binoan   ushbu   kasallik   Primorye
o’lkasining   issiqroq   qismida,   ya’ni   eng   janubiy   qismida   tarqalgan.   Toun
kasalligining   tabiiy   manbalarini   tarqalishi   qonuniyatlari   ham   xuddi   yuqoridagiga
o’xshash   bo’ladi.   Masalan,   Rossiyaning   Urol   tog’lari   hududida   shimoliy
kenglikning   50-51 0
S   dan   yuqoridagi   joylarda   toun   kasalligiga   manba   bo’luvchi
kemiruvchilar tarqalgan bo’lsa ham tounning epidemiyasi umuman ko’zatilmaydi.
Ushbu hududning cho’l zonasida o’ziga xos iqlimi, tuprog’i, o’simlik va hayvonlar
uyushmasi   mavjud.   U   yerlarda   kemiruvchilar   (qumsichqonlar,   yumronqoziqlar,
sug’urlar)   orasida   toun   kasalligining   eng   yuqori   epizootik   holati   kemiruvchilar
sonining   oshishi   hamda   yuqtiruvchi   (burgalar)ning   turlar   soni   va   ularning
miqdorining   ko’payishi   bilan   bog’liq.   Ushbu   jarayon   faqatgina   haroratning
ko’tarilishi   davrlariga   to’g’ri   kelishi   bilan   bog’liq   bo’ladi.   Ushbu     xususiyatlar
boshqa tabiiy manbali kasalliklar uchun ham xosdir.
Shunday   qilib,   tabiiy   manbali   kasalliklar   o’zining   birqator   xususiyatlariga
egaki, bular qo’yidagilardan iboratdir, ya’ni 1) tabiiy manbali kasalliklar odamning
aralashuvisiz   tabiatda   doimo   aylanib   turadi;   2)   tabiiy   manbali   kasalliklarni
saqlanishida   yovvoiy   hayvonlar,   kasallik   qo’zg’atuvchilar   va   yuqtiruvchilar
birgalikda biosenotik majmuani hosil qiladi va nihoyat 3) tabiiy manbali kasalliklar
hamma   joylarda   ham   uchramasdan,   ma’lum   bir   chegaralangan   turli   kattalikdagi
maydonni egallovchi o’ziga xos geografik landshaftning biotik va abiotik omillari
bilan chambarchas bog’langan holda bo’ladi. 
Shuni  ham   aytish  kerakki   ma’lum   bir   yagona  landshaft   bir   vaqtning o’zida
birnecha   kasalliklarning   tabiiy   manbai   bo’lishi   mumkin.   Masalan,   cho’l   va   chala cho’l sharoitida kemiruvchi hayvonlarning inlari biryo’la teri leyshmaniozi, kanali
qaytalama tif va toun kasalliklarining manbai bo’la olishi mumkin.
Dastlab     tabiiy   manbali   kasalliklar   faqat   transmissiv   kasalliklari   bo’laolishi
mumkin   degan   yagona   fikr   mavjud   edi.   Shunga   binoan   bahorgi-yozgi   tayga
ensefaliti,   kanali   qaytalama   tif,   toun,   teri   leyshmaniozi   va   boshqalarning   tabiiy
manbalari   ko’rsatilar   edi.   Lekin   keyingi   yillardagi   ma’lumotlarga   binoan
transmissiv   xususiyatga   ega   bo’lmagan   ayrim   kasalliklar   ham   o’zlarining   tabiiy
manbalariga   ega   bo’lishi   aniqlangan.   Bunday   kasalliklar   yuqtiruvchilarsiz   ham
ma’lum   bir   hududda   tarqalgan   bo’lishi   mumkin.   Ushbu   transmissiv   bo’lmagan
gelmintozlarga opistorxoz, paragonimoz, trixinellyoz, difillobotrioz va boshqalarni
ko’rsatish mumkin.
Protozoy   kasalliklaridan   toksoplazmoz,   virusli   kasalliklaridan   quturish
kabilarni ham aytib o’tish mumkin. Ushbu guruhga yana toun, tulyaremiya, tayga
ensefaliti,   bavosilli   nefrozo-nefrit   kabilar   ham   mansubdir.   Aytilgan   barcha
trasmissiv   bo’lmagan   kasalliklarni   qo’zg’atuvchilari   oziq-ovqat   va   kontakt   yo’li
bilan   yuqish   imkoniyatiga   egadirlar.   Akad.   Ye.N.   Pavlovskiyning   kasalliklarning
tabiiy   manbai   haqidagi   ta’limoti   juda   katta   nazariy   va   amaliy   ahamiyatga   ega
bo’ldi, chunki ushbu guruhdagi kasalliklarning profilaktikasiga butunlay yangicha
yondoshish   lozimligi   ma’lum   bo’ldi.   Oldinlari   tabiiy   manbali   kasalliklarni   oldini
olishda faqat bemor organizmini davolash va yuqtiruvchi zvenoni yuqotish yetarli
deb   hisoblangan   bo’lsa,   hozirgi   vaqtda   esa   ushbu   kasalliklarni   tarqalashini   oldini
olishda   kasallik   saqlovchi   organizmni   (rezervuar   hayvonni)   yuqotishdan   iborat
bo’ldi.
Tabiiy   manbali   kasalliklarini   tarqalishini   oldini   olish   uchun   yangicha
yondoshishni   ahamiyatini   teri   leyshmaniozi   misolida   ko’rish   mumkin.   Ushbu
kasallikni   ma’lum   bir   hududda   yo’q   qilish   uchun   birinchi   navbatda   rezervuar
zveno   hisoblanuvchi   kemiruvchi   (qumsichqonlar,   yumronqoziqlar)   hayvonlarni
yo’q qilish va ular ichida yashovchi iskaptoparlarga qarshi ko’rashish ishlarini olib
borish   juda   katta   ijobiy   natijalar   beradi.   Masalan,   O’zbikistonning   teri
leyshmaniozi   keng   tarqalgan   cho’l   va   chala   cho’l   (Mirza   cho’l,   Qarshi   cho’li, Surxon-Sherobod cho’li, Janubiy-Sharqiy Qizil  Qum)  hududlarda ko’msichqonlar
va   yumronqozig’larni   qirib   tashlash   hamda   ularning   inlarida   doimo   boshpana
topgan iskaptoparlarni yo’qotish tufayli ushbu hududlarda kasallik 90% dan 0,04%
gacha kamaytirildi.
Hozirgi   vaqtda   kasalliklarni   tabiiy   manbai   haqidagi   ta’limot   barcha
mutaxassislar   tomonidan   tan   olingan   hamda   u   Jahon   sog’liqni   saqlash   tashkiloti
tomonidan   qabul   qilingan.   Ushbu   nazariya   qoydalariga   amalga   qilinib,   Yer
yuzining  ko’pgina  davlatlari   hududida  ilgari   fanga   ma’lum   bo’lmagan   shu   hudud
uchun   xos   bo’lgan   ayrim   tabiiy   manbali   kasalliklar   aniqlandi.   Bularga   chagas,
tripanosomoz, shistozamatoz, sariq isitma va boshqalar kiradi. Foydalanilgan adabiyotlar
 
1. Abduraxmanov G.M., Lopatan I.K., Ismailov Sh.I. Osnovo’ zoologii i 
zoogeografii. Uchebnik dlya studentov vo’sshix pedagogicheskix uchebno’x 
zavedeniy. M., Izdatelskiy tsentr «Akademiya» 2001.
2.   A buladze K.I. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni selskoxozyaystvenno’x 
jivotno’x.   Uchebnik d lya studentov VUZov po spetsialnosti "Veterinariya". M., 
1990.
3 .   Akbaev M.Sh. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni jivotno’x. Uchebnik 
dlya studentov VUZov po spetsialnosti «Veterinariya». M. KOLOS, 2000.
4. Biologiya. Bolshoy entsiklopedicheskiy slovar. Nauchnoe izdatelstvo "Bolshaya 
Rossiyskaya entsiklopediya". M. 1998.
5. Burdelev T.E. i dr. Osnovo’ veterinarii. Uchebnik. M.,1978.
6.   Genis D.E. Meditsinskaya parazitologiya. M. 1991.

“Infeksion va invazion kasalliklar. Transmissiv kasalliklar. Kasalliklarning tabiiy manbai haqidagi ta’limot” REJA : 1. Infeksion va invazion kasalliklar. Ularning bir-biridan farqi va o’xshashliklari. 2. Transmissiv kasalliklar. Obligat va fakultativ transmissiv kasalliklar. 3. Transmissiv kasalliklarning asosiy guruhlari. 4. Kasalliklarni tabiiy manbai holida tarqalishi haqida ta’limot. Uning asosiy xususiyatlari.

Infeksion va invazion kasalliklar haqida tushuncha Parazitlarning salbiy ta’siri tufayli hosil qilgan kasalliklarini yuqumli kasalliklar deb atash qabul qilingan. Bunday kasalliklarni yuzaga keltiruvchilar esa yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchilar deb ataladi. Yuqumli kasalliklar infeksion va invazion (parazitar) guruhlarga bo’linadi. O’simliklar olamiga mansub bo’lgan kasallik qo’zg’atuvchilarining hosil qilgan kasalliklari infeksion kasalliklari deyiladi. Ushbu infeksion kasalliklarni qo’zg’atuvchilariga mikroorganizmlardan bakteriyalar, rikketsiyalar, spiroxetalar, viruslar, zamburug’lar mansubdir. Infeksion kasalliklarga misol qilib bakterial dizenteriya, toun, vabo, tif, paratif, sil, qizamiq, Botkin kasalligi va boshqalar. Hayvonlar olamiga mansub bo’lgan kasallik qo’zg’atuvchilarining hosil qilgan kasalliklari invazion (parazitar) kasalliklar deyiladi. Invazion kasalliklarni parazit bir xujayralilar, chuvalchanglar, bo’g’im oyoqlilar, ayrim mollyuskalar kabilar keltirib chiqaradi. Invazion kasalliklarga amyobiaz, bezgak kasalligi, leyshmaniozlar, turli-tuman gelmintozlar hamda parazit kanalar, qandalalar, bitlar, burgalar va boshqalar tomonidan keltirib chiqarilgan kasalliklar. Ayrim adabiyotlarda barcha yuqumli kasalliklar infeksion kasalliklar deb yuritiladi. Lekin bunday tushuncha ilmiy va amaliy jihatdan noto’g’ridir. Bundan tashqari ko’p hollarda infeksion va invazion kasalliklarni ham qisqartirib “infeksiya”, “invaziya” deb atashadi. Bunday atash ham to’g’ri emas, chunki infeksiya va invaziya atamalari o’z mazmuni va mohiyati bilan xo’jayin va kasallik qo’zg’atuvchining o’zaro ta’sir etish jarayonini bildiradi. Kasallik esa ushbu jarayonning bir ko’rinish hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, invazion kasalliklarini atashda kasallik qo’zg’atuvchining avlodini lotin tilidagi nomini o’zagiga “az”, “oz”, “yoz” kabi suffikslar qo’shiladi. Masalan, leyshmaniya parazitining qo’zg’atgan kasalligi “leyshmanioz”, ichburug’ amyobasi tomonidan keltirib chiqarilgan kasallik “amyobiaz”, jigar qurti tomonidan keltirib chiqarilgan kasallik “fassiolyoz” deyiladi va hokazolar.

Tranmissiv kasalliklar haqida tushuncha Tranmissiv kasalliklar deganda yuqumli (infeksion va invazion) kasalliklarni qo’zg’atuvchilari qon so’ruvchi bo’g’imoyoqlilar (kanalar, qandalalar, bitlar, burgalar, chivinlar, pashshalar) yordamida bir issiq qonli xo’jayindan boshqa issiq qonli xo’jayinga yuqtiriladigan kasalliklar tushuniladi. Ushbu tushunchani birinchi bo’lib akad. Ye.N.Pavlovskiy ifodalab bergan. Tranmissiv kasalliklarning ikki guruhi farq qilinadi, ya’ni chin (obligat) transmissiv kasalliklar va fakultativ-tranmissiv kasalliklar. Bezgak kasalligi, epidemik toshmali tif, bitli qaytalama tif, ensefalit, turli shakllardagi isitmalar va bir qator kasalliklar chin (obligat) transmissiv kasalliklar hisoblanadi, chunki ushbu kasalliklarni qo’zg’atuvchilari albatta yuqtiruvchilar yordamida bir organizmdan boshqasiga o’tadi. Fakultativ-transmissiv kasalliklarni qo’zg’atuvchilari har doim faqat yuqtiruvchilar yordamida emas, balki boshqa bir qator tashqi muhit omillari orqali kasal organizmdan sog’lom organizmga o’tishi ham mumkin. Bunday yo’llarga suv, oziq-ovqat, havo orqali yuquvchi kasalliklarni, shuningdek sog’lom organizmning kasallangan organizm bilan bog’lanishi, kontaktda bo’lishi va boshqalarni aytib o’tish mumkin. Masalan, toun kasalligini qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar aslida burgalar yordamida kasal kemiruvchi hayvondan odamga yuqadi. Kasallik gemiepizootiyasi davrida kasallik odamdan odamga havo orqali o’tishi ham mumkin. Shuningdek odam kasallangan hayvonni so’yib terisidan ajratganda, uning ichki organlarini kesib ochganda ham kasal yuqishi mumkin. Sibir kuydirgi kasalligi hayvonlar orasida tarqalishida sunalar va ayrim pashshalar mexanik ravishda yuqtiruvchilar vazifasini bajaradi. Bunday yo’l bilan ayrim hollarda odamlarga ham yuqishi mumkin. Lekin odamning ushbu kasallik bilan zararlanashini asosiy yo’li uning kasallangan hayvonni parvarish qilishi jarayonida yoki kasal hayvonni so’yib, terisini tozalaganda, uning go’shtini yaxshi pishirmay istemol qilganda, kasal hayvonning zararsizlantirilmagan terisi va junidan tayyorlangan xar xil kiyim va buyumlar orqali yuqishi mumkin.

Tranmissiv kasalliklarni qo’zg’atuvchi parazitlarning xususiyatlari va ularning xo’jayin bilan munosabatlariga qarab qo’yidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Zoonozlar. Ushbu guruhdagi kasalliklar faqat hayvonlar uchun xos bo’ladi. Masalan, qushlarda uchrovchi bezgak kasalligi, faqat hayvonlarda uchraydi. 2. Antropozoonozlar. Ushbu guruhdagi kasalliklar aksariyat hollarda hayvonlar uchun xos bo’ladi, lekin ayrim hollarda odamlar ham kasallanishi mumkin. Bunday kasalliklarga kanali qaytalama tif, kanali ensefalit, ayrim isitma va boshqalar. Antropozoonozlar uchun har doim manba kasal hayvonlar hisoblanib, yuqtiruvchilar qo’zg’atuvchilarni aynan ana shu manbadan oladi va ba’zan uni odamga ham yuqtiradi. 3. Antroponozlar. Faqat odamlar uchun xos bo’lgan kasalliklar hisoblanib, bironta ham hayvonlarda uchramaydi va ular kasallikka manba ham bo’la olmaydi. Bunday kasalliklarga bezgak, epidemik toshmali tif, bitli qaytalama tif, amyobiaz, lyamblioz, trixomonadoz va boshqalar. Shunday qilib, yuqtiruvchilar tranmissiv kasalliklarning epidemiologik va epizootologik zanjirida eng asosiy zvenolardan hisoblanadi. Transmissiv kasalliklar uchun xarakterli xususiyat shundan iboratki, ular yil davomida birxil ravishda tarqalmasdan, fasllar davomida o’zgarib turadi. Ushbu xususiyat shu kasalliklarni yuqtiruvchi bo’g’imoyoqlilarning miqdori va aktivligiga bog’liqdir. Masalan, antroponoz va yilning issiq fasllarida ko’payishi (epidemiyasi), ushbu kasalliklarni yuqtiruvchi chivinlar, iskaptoparlar, so’nalar, pashshalar, kanalar kabilarning aktivlik hayoti bilan bog’liqdir. Lekin antroponoz kasalliklardan toshmali va qaytalama tif kasalliklari asosan yanvar-mart oylarida ko’payadi. Buning asosiy sababini birinchidan yuqtiruvchi (bitlar)ning ekologik xususiyati va ikkinchidan aynan shu faslda odamlarning turmush sharoitini o’ziga xosligi bilan tushuntirish mumkin. Transmissiv yuqumli kasalliklarning ma’lum hududda manba holida mavjudligi kasal odamlar va hayvonlarning borligi bilan ifodalanadi. Bunday

manbalar epidemik yoki epizootik manbalarga bo’linadi. Yuqumli kasalliklarni manbai kasal odamlar bo’lsa, bunday manba epidemik manba deyiladi. Kasal qo’zg’atuvchilarning manbai hayvonlar bo’lsa, bunday manba epizootik manba deyiladi. Aytilganlarga binoan antroponoz kasalliklarning (epidemik) manbai kasal odamlar hisoblansa, antropozoonoz kasalliklarga esa ham kasal odamlar (epidemik) va ham kasal hayvonlar (epizootik) manba bo’laoladi. Kasalliklarni tabiiy manbai holida tarqalishi haqida ta’limot Odam va hayvonlarning kasalliklarini tabiiy manba holida mavjud bo’lishi haqidagi ta’limotni 1-nchi bo’lib akademik Ye.N. Pavlovskiy 1939 yilda kashf etgan. Aslida esa 1911 yilda akademik D.K. Zabolotn ы y toun tabiiy manbali kasallik ekanligi haqidagi fikrlarni e’lon qiladi. Ushbu ilmiy yangilik, shuningdek Ye.N.Pavlovskiyning odamlarning turli xil transmissiv kasalliklar bilan og’rishi, uning kelib chiqish sabablarini o’zoq yillar davomida o’rganadi. Bunday kasalliklar asosan odamlar yashamaydigan joylar va o’zlashtirilmagan qo’riq hamda bo’z maydonlar bilan bog’liq bo’lishini aniqlaydi. Ma’lum harbir biotop o’zining xarakterli biosenoziga ega bo’ladi. Jumladan, kasallik qo’zg’atuvchi, uni yuqtiruvchilari va umurtqali hayvonlar tabiiy manbali kasallik bo’lgan biosenozning zvenolaridan hisoblanadi. Evolyusiya jarayonida biosenozda kasallik qo’zg’atuvchi, yuqtiruvchi va xo’jayin hisoblanuvchi umurtqali hayvonlar kabi turlar orasida shunday bog’lanishlar yuzaga keladiki, ushbu aloqalar kasallik qo’zg’atuvchining uzluksiz ravishda bir xo’jayindan boshqa bir xo’jayinga o’tishini ta’minlaydi. Ushbu bog’lanish sababi birinchi navbatda organizmlar orasida oziqa zanjirining mavjudligidadir. Yuqtiruvchi (kana yoki ektoparazit hasharot) umurtqali hayvonning (donorning) qonini so’rganda kasallik qo’zg’atuvchini o’ziga oladi va ma’lum vaqt oralig’ida yuqtirish imkoniyati paydo bo’lgandan keyin resepiyent-xo’jayin (boshqa bir umurtqali hayvon) qonini so’rganda qo’zg’atuvchini yuqtiradi. Tabiiy manbali kasallikni