OTLARDA UCHRAYDIGAN INVAZION KASALLIKLARI
OTLARDA UCHRAYDIGAN INVAZION KASALLIKLAR I Reja: 1. Invazion kasalliklarning umumiy tavsifi 2. Gelmintozlar 3. Otlar paraskaridozi 4. Otlar onxo t serkozlari 5 Otlar p iroplazmozi 6. Nuttallioz 7. Ektoparazitar kasalliklar
1. Invazion kasalliklarning umumiy tavsifi Invazion kasalliklar guruhiga tirik organizmlar (gelmint, o’rgamchiksimon, hasharot va sodda hayvonlar) kiradi. Hayvonlarga bu kasalliklar alimentar (ozuqa bilan birgalikda og’izga tushadi), kontaktli (sog’lom hayvon kasallangan bilan to’qnashganda), ona ichida bo’lganda, qon so’ruvchi bo’g’imoyoqlilar orqali yuqadi. Barcha invazion kasalliklar qo’zg’atuvchisiga qarab, yana bir nechta guruhlarga – gelmintozlar, protozoozlar, araxnozlar va entomozlarga bo’linadi Invazion kasalliklarni d avolash uchun qo’llanadigan etiotrop (spesifik) vositalarga quyidagi preparatlar guruhlari kiradi: Antgelmint vositalar yoki antgelminti klar, – organizmni gelmintlar yoki parazitik qurtlardan tozalash uchun qo’llanadigan preparatlar. Ular odatda og’iz orqali kiritiladi. Insekti sidlar – parazitik hasharotlarga qarshi qo’llanadigan preparatlar (akarisidlar – kanalarga qarshi vositalar, repellentlar – zararli bo’g’imoyoqlilarni haydaydovchi vositalar , attraktantlar – hasharotlarni jalb etadigan vositalar, xemo–sterilyantlar – jinsiy sterilizatorlar). Hasharotlarga va kanalarga qarshi ta’sir etuvchi preparatlar “ insektoakarisidlar” deb ataladi . Teri qoplamasiga ishlov berish uchun qo’llanadi. Anti protozoy vositalar – sodda hayvonlar chaqiradigan kasalliklarga qarshi qo’llanadi, teri ostiga yuboriladi. 2 Gelmintozlar Gelmintozlar – parazitik qurtlar chaqiradigan invazion kasalliklar. Ular eng ko’p sonli bo’lib (60 %), deyarli hamma joylarda uchraydi. Gelmintozlarga trematodozlar, sestodozlar va nematodozlar kiradi. Trematodozlar Trematodozlar – trematodalar sinfiga kiruvchi qo’zg’atuvchilar chaqiradigan i nvazion kasalliklar . Otlarda nisbatan kam uchraydi.
Nematodozlar Nematodozlar – nematodalar yoki yumaloq qurtlar chaqiradigan invazion kasalliklar bo’lib, ular jun, soch va muguz to’qimadan tashqari organizmning barcha to’qimalarini zararlaydi. Rivojlanish sikli har bir gelmint uchun individual bo’lib, oraliq xo’jayin ishtiroqisiz ham o’tishi mumkin. 3 Otlar paraskaridozi Paraskaridoz – tok tuyoqli hayvonlarning gelmintozi bo’lib, ko’pincha yosh hayvonlar ingichka ichagida parazitlik qiluvchi askarida oilasiga mansub nematoda orqali chaqiralidi. Invaziyaga ot, eshak va xachirlar chalinadi. Kasallik asosan qish faslida tarqaladi. Kasal hayvon fekaliyalari bilan ajralgan tuxumlar tashqi muhitda 10–20 kunlarda yetiladi. Oshqozonda tuxumdan lichinka chiqadi va qon bilan o’pkaga tushadi, 7–10 kunlardan so’ng u kapillyarlarni yoradi, alveola va bronxlarga o’tadi va shilliq bilan halqumga tushib, qayta yutiladi. O’pka orqali migrasiyadan so’ng lichinka ingichka ichakda yetilgan shaklga aylanadi. Ot organizmida paraskaridalar 44–77 kunlarda yetiladi. Invaziya alimentar yo’l bilan tushadi. Kasal toylarda praskaridozda hazm qilish buziladi, yo’tal, yengil shaklda pnevmoniya, oriqlash, anemiya, qisqa vaqtga tana harorati ko’tarilishi, ayrim hollarda asabning qo’zg’alishi kuzatiladi, hayvon o’lishi mumkin. Katta yoshli hayvonlarda kasallik yaqqol belgilarsiz kechadi. Sog’aygan hayvonlar qayta kasallanmaydi. Tashhisni aniq qo’yish maqsadida fekaliylar paraskarida tuxumlari mavjudligiga tekshiriladi. Davolash uchun piperazin asosida tayyorlangan preparatlar qo’llanadi, ular individual va guruhli usullarda 2 kun, 7–10 kunlik och qoldirishdan so’ng sal namlangan omixta yem (1–2 kg) bilan beriladi, 3–10 oylik qulunlarga ich surgini ishlatmasdan 8–10 g dan, 10 oydan 1 yoshli toylarga – 12–15 g dan, 1–2 yoshli yosh otlarga – 15–20 g dan, 2 yoshdan katta otlarga – 20–25 g/bosh dan (degelmintizasiya kursi mobaynida piperazin miqdori hayvon og’irligiga nisbatan
100 mg/kg dan oshmasligi lozim). Undan tashqari fenbendazol 6 oylik – 4 yashar otlarga – 15 mg, 4 yoshdan kattalarga – 10 mg bir marta og’iz orqali, febentel – 6 mg/kg tana vazniga nisbatan og’iz orqali beriladi. Kasallikning oldini olish uchun qulunlar avgustda va sutdan ajratilgandan so’ng, toylar va katta otlar bahorda va kuzda rejali degelmintizasiya qilinadi. Otxona fenol qatoriga kiruvchi preparatlar bilan ishlanadi. 4. Otlar onxoserkozlari Otlar onxoserkozlari – filariata kenja tartibi, Onxoserka turkumiga mansub nematodalar orqali chaqiriladigan gelmintozlar. Jinsiy yetilgan onxoserklar otlarning oldingi oyoqlar paylarida va bo’yin usti payida, lichinkalar (mikroonxoserklar) esa – terida parazitlik qiladi. Qo’zg’atuvchi hamma joylarda, ko’pincha o’rmon va o’rmon – cho’l zonalarida uchraydi. Otlar onxoserklari – uzun ipsimon nematodalar bo’lib, oraliq xo’jayin – qon so’ruvchi hasharot (mokres; rus.) ishtiroqi bilan rivojlanadi. 3–20 yoshli otlar pastlikda joylashgan, suv xavzalari mavjud yaylovlarda bo’lganda zararlanadi. Kasallik surunkali kechadi. Kasallik boshida yag’rin, ensa, bo’yin va orqa sohalarida kattaligi tovuq tuxumiday og’riqsiz shishlar paydo bo’ladi. Yag’rinning yon tomonlarida joylashgan yoki ko’krak umurtqalari yelka o’simtalari ostida tez vaqtda oqmalar paydo bo’ladi, ulardan tarkibida parazitlar fragmentlari mavjud ekssudat oqib chiqadi. Ot oyoqlari paylari zararlanganda oqsash, tendovaginit, flegmonalar qayd etiladi. Tashhis kindik sohasidan olingan teri na’munalarini tekshirish (dermolarvoskopiya) yo’li bilan qo’yiladi. Davolash faqat jarrohlik yo’li bilan amalga oshiriladi. 5. Otlar p iroplazmozi Piroplazmidozlar – invazion kasalliklarning katta guruhi bo’lib, eritrositlar va mononuklear fagositlarda joylashgan sodda hayvonlar orqali chaqiriladi. Qo’zg’atuvchilarni kanalar o’tkazadi. Kasallikda yuqori harorat, shilimshiq
pardalar anemiyasi, puls va nafas olish tezligi, hazm qilish tizimi faoliyatining buzilishlari kuzatiladi. Otlar p iroplazmozi – ot, eshak va xachirlarning transmissiv (bir issiq qonli hayvondan boshqasiga bo’g’imoyoqlilar orqali o’tkaziladigan invazion kasallik) kasalligi bo’lib, uni eritrositlar parazitlari piroplazmalar chaqiradi. Piroplazmalarning haytiy sikli ikki xo’jayinlarda: tok tuyokli hayvonda va kanada kechadi. Hayvon organizmida piroplazma qonda, kanada esa to’qima, gemolimfa va tuxumlarida oddiy bo’linish bilan ko’payadi. Otlar organizmida ular ichki a’zolarda keyin esa periferik qonda ko’payadi. Kasallik asosan bahorda va kuzda kuzatiladi. Spontan zararlanishda inkubasion davr 8–15 kun tashkil qiladi. Kasallik ko’pincha o’tkir, kam hollarda surunkali kechadi. Birinchi kunlarda tana harorati 42 °C gacha ko’tariladi, hayvon kuchli jabrlanadi. Shilimshiq pardalar kasallik boshida anemik, 3–4 inchi kunlarda esa sarg’ish bo’ladi. Hayvonlar ko’pincha yotadi, suv va ozuqani qabul qilmaydi, ko’zlardan suyuqlik ajraladi. Yurak kuchli uradi, bo’yinturuq vena pulsasiyasi kuzatiladi. Hazm tizimi faoliyati salbiylashadi. Birinchi bosqichda siydik sarg’ayadi, keyin esa qizaradi, 3–4 unlarda uning rngi to’q qizil bo’ladi. Siydik ajralishi tez – tez va og’riqli bo’ladi. Kasallik 8–12 kunlar davom etadi. Piroplazmozning surunkali kechishi yuqori rezistentlikka ega yoki avval kasallanib sog’aygan hayvonlarda kuzatiladi. Ayrim hollarda kasallik residivlari bo’lishi mumkin, bunda qaytalagan harorat ko’tarilishi, jabrlanish, kaxeksiya, shishlar rivojlanadi. Piroplazmalarni davolash uchun 7 % li berenilning (azidin) suvli eritmasi shaklida muskul orasiga yoki teri ostiga 3,5 mg/kg miqdorda bir marta yuboriladi. Og’ir holatlarda inyeksiya takrorlanadi; 10 % li diamedinning suvli eritmasi – 2 mg/kg miqdorda muskul orasiga ikki marta 24 soat oralatib yuboriladi. Hayvonlarga tinch sharoit va parxezli oziqlantirish ta’minlanadi. Bu kasallikda V12 (siankobalamin) vitamini defisiti hosil bo’lishi sababli u ozuqa bilan berildi yoki inyeksiya qilinadi. Undan tashqari sulfokamfokain kabi yurak preparati va gemodez qo’llanadi. Oldini olishda ximioprofilaktika va kanalarga qarshi kurash