logo

OTLARDA MUSKUL KASALLIKLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

116.7490234375 KB
OTLARDA  MUSKUL KASALLIKLARI
Reja:
1.  Travmatik, yiringli, revmatik, fibrozli  va  suyaklashuvchi miozit lar . 
1.1.   Travmatik miozit 
1.2.  Yelka – bosh muskulining yiringli yallig‘lanishi
1.3.  Revmatik miozit
1.4.  Fibroz li  miozit
1.5.  Suyaklashuvchi miozit
2.     Miopatozlar 1.  Travmatik, yiringli, revmatik, fibrozli  va  suyaklashuvchi miozit lar
Muskul   kasalliklariga   shikastlar   va   sovuq   ta’sirida,   yallig’lanish   jarayoni
qo’shni   to’qimalardan   o’tganda,   infeksion   va   invazion   kasalliklarda   (sil,
aktinomikoz)   rivojlanayotgan   miozit   kasalligi   (muskullar   yallig’lanishi)   hamda
otlarni   tashish,   uzoq   vaqt   fiksasiya   qilish,   mosion   yo’qligida   muskullar   qisqarish
qobiliyatining   funksional   buzilishi   natijasida   hosil   bo’ladigan   yallig’lanishsiz
kechadigan –  miopatoz  kasalligi kiradi. 
1.1.   Travmatik miozit  
Travmatik miozit   (Myositis  traumatica)   hayvonlarda muskullarning  II–    va
III – darajali lat yeyish, cho’zilishi va yirtilishlarida tez – tez hosil bo’lib turadi.
Patogenez.   Shikst   joyida   muskul   tolalari   bir   –   biridan   ajraladi,   qisman   va
to’liq   uziladi,   muskul   to’qimasiga   yoki   perimiziy   ostiga   qon   quyiladi,   gematoma
hosil   bo’lishi   mumkin.   Shikastdan   so’ng   muskulning   travmatik   shishishi   paydo
bo’lib,   unga   tez   vaqtda   yallig’lanish   shishi   qo’shiladi.   Yallig’lanish   jarayoni
ta’sirida   quyilgan   qonning     kam   qismi   so’riladi;   yirik   qon   quyilishlar   proliferat
rivojlanishiga   sabab   bo’ladi   va   chandiqli   to’qima   bilan   almashiniladi.   Chandiqli
tortishish natijasida mushak qisqarib, tegishli bo’g’imning miogen kontrakturasini
chaqirishi   mumkin.   Zararlangan   muskul   infeksiyalashganda   yiringli   miozit
rivojlanadi.
Klinik   belgilar.   Muskulning   zararlanish   darajasiga   bog’liq.   Barcha
holatlarda   shikastdan   so’ng   davomli   funksiya   buzilishi   kuzatiladi.   Masalan,   oyoq
muskuli zararlanganda oqsash rivojlanadi. Mahalliy to’qimalarning turli kattalikda
og’riqli,   issiq   shishi   rivojlanadi,   ko’p   hollarda   terida   sidirilishlar   hosil   bo’ladi.
Zararlangan   joyda   yallig’langan   muskul   yo’g’onlashgan,   tarang,   og’riqli   bo’lib,
qisman   va   to’liq   uzilishlarda   chuqur   flyuktuasiya   (gematoma)   qayd   etiladi.
Yallig’lanish   pasayishi   bilan   aytib   o’tilgan   belgilar   yo’qoladi,   muskul   kuchli
zararlanganda qon quyilgan joylarda g’adir – budirliklar rivojlanadi.
Davolash.   Dastlab   yallig’lanishga   qarshi   muolajalar   bajariladi   keyinchalik
quyilgan   qonning   so’rilishini   ta’minlaydigan   va   proliferatlar   rivojlanishini   oldini
oluvchi   vositalar   (parafinli   applikasiyalar,   massaj,   to’qimali   terapiya, pirogenoterapiya)   qo’llanadi.   Katta   va   qiyin   bartaraf   etiladigan   proliferatlarda
nuqtali   quydirish   bilan   qo’zg’atuvchi   malhamlar   qo’llanadi,   ultratovushli
muolajalar va o’lchamli yurgizish usullari ishlatiladi. 
1.2.  Yelka – bosh muskulining yiringli yallig‘lanishi
(Abscessus m.brachiocephalicus)
Yelka – bosh muskulining yiringli abssesslanuvchi mioziti surunkali kasallik
bo‘lib,   asosan   otlarda   kuzatiladi.   Qoramollarda   esa   bu   sohada   ko‘pincha
gemolimfoekstravazatlar uchraydi. 
Etiologiya.   Kasallikni   stafilokokk,   streptokokk,   ichak   tayoqchasi   yoki
botriomikoz   zamburug‘i   chaqiradi.   Ular     muskul   ichiga   ot   anjomlari   noto‘g‘ri
taqilganda   va   shunga   o‘xshash   holatlarda   hosil   bo‘ladigan   chuqur   jarohatlar   yoki
yuzaki   teri   shikastlar   orqali   kirib   boradi.   Ayrim   paytlarda,   yelka   –   bosh
muskulining   yiringli   abssesslanuvchi   mioziti,   saqov   kasalligida   mikroblar
muskulga metastatik yo‘l bilan kirib borganida hosil bo‘lishi mumkin.
Klinik   belgilar .   Yelka   –   bosh   muskulining   yiringli   abssesslanuvchi   mioziti
ko‘pincha   bir   tomonlama   va   kam   hollarda   ikki   tomonlama   bo‘ladi.   Patologik
jarayonning   boshlang‘ich   davrida   yelka   –   bosh   muskulining   zich,   og‘riqli,
chegarasiz   shishi   paydo   bo‘ladi.   Tananing   mahalliy   harorati   ko‘tariladi,
yallig‘langan   joyning   terisi   va   teri   osti   kletchatkasi   bir   oz   shishgan   bo‘ladi.
Hayvonda   “osilgan   oyoq”   oqsoqligi   kuzatilib,   qadamining   old   yarim   qadami
qisqaradi.
Oqibati.   Yangi   holatlarda   kasallik   oqibati   yaxshi;   kasallik   surunkali
kechganda – ehtiyotkor yoki gumon.
Davolash.   Kasallik   boshlanganida   hayvon   uchun   tinch   sharoit   yaratiladi;
abssess   rivojlanishi   tahmin   qilinadigan   joyga   iliq   nam   o‘ramlar,   spirt   –   ixtiolli
kompresslar,   balchiq   yoki   parafin   applikatsiyalari,   sollyuks   lampasi   bilan
nurlantirish   kabi   muolajalarni   qo‘llash   belgilanadi.   Yiringli   –   nekrotik   jarayon
chegaralanib, aniq to‘siq va flyuktuatsiya beradigan joylar paydo bo‘lgandan so‘ng
jarayon kesiladi va o‘lgan to‘qimalar chiqarib tashlanadi.
1.3.  Revmatik miozit   (Myositis rheumatica) Revmatik miozit yoki revma tizm (bod) – organizmning infeksion – allergik
k asalli gi   bo’lib,   biriktiruvchi   to’qima   tizimida   nerv   –   distrofik   jarayonlari   bilan
kechadi.   Kasallik   infeksion   –toksik   qo’zg’atgich   uzoq   vaqt   ta’sir   qilishida
organizmning immunobiologik reaktivligi buzilishi natijasida hosil bo’ladi. Bunda
asosan   yurak   –   qon   tomirlar   tizimi,   seroz   qoplamalar,   bo’g’imlar   va   muskullar
zararlanadi.
Etiologiya.  Ko’pchilik tadqiqotchilar ta’kidlashicha, revma tik yallig’lanishni
keng tarqalgan va odatda og’iz va burun bo’shliqlari shilliq pardalarida topiladigan
“A”   guruhiga   mansub   beta–gemolitik   strep tokokk   chaqiradi.   Nafas   yo’llari,
og’izhalqum va boshqa joylarda yashab, u tegishli sharoitlarida mahalliy patologik
jarayon   rivojlanishini   va   organizmning   murakkab   immunobiologik   reaksiyasi
chaqiradi.   Revmatizm   etiologiyasining   G.D.   Zales ski y   taklif   qilgan   virus   –
streptokok k li  konsepsiya si ham mavjud. Bu masala keng muhokama qilinmoqda.
Revmatik   jarayon   rivojlanishiga   turli   shamollash   omillari   (shamolda
sovqotish,   hayvonlar   nam   va   sovuq   xonalarda   uzoq   vaqt   saqlanishi   va   boshq.),
bironta kasallik borligi, organizmning yuqori allergik holati moyillik yaratadi. Bu
omillar   keyinchalik   streptokokklar   ishtiroqisiz   kasallik   residivini   chaqirishi
mumkin.
Patogenez.   Streptokokklar   ta’sirida   hosil   bo’lgan   patologik   o’choqdan   tirik
mikroblar   va  ularning  toksinlari   (yot  oqsillar)   qonga  tushadi.  Bunga   javoban,  yot
oqsilni   bartaraf   etish   maqsadida,   organizm   aniq   spesifik   antitelolarni   ishlab
chiqaradi.   Ammo   ayrim   paytlarda   bunday   tanlab   ta’sir   qilish   jarayoni   buziladi,
antitelolar   nafaqat   yot   oqsillarga,   balki   o’zinikiga   ham   qarshi   kurasha   boshlaydi.
Bu   hol   streptokokklar   oqsillari   yurak,   tomirlar,   bo’g’im   kapsulasi   va   muskullar
oqsillariga   juda   o’xshash   bo’lgani   bilan   bog’liqdir.   Antilolarning   o’z   oqsillarga
qarshi ta’siri revmatik yallig’lanish rivojlanishiga olib keladi.   
Revmatizm   bilan   kasallanib   tuzalgandan   so’ng   streptokokklarga   qarshi
antitelolar  ishlab   chiqarilish  mexanizmi  buzilishi   mumkin.  Vaqt  o’tishi  bilan  ular
nafaqat   organizmga   tushgan   spesifik   streptokokka   qarshi   antilolarni   ishlab chiqaradi,   balki   haddan   ziyod   sovqotishga   yoki   birorta   kasallikka   javoban   ham
ko’payadi va revmatizm residivini chaqiradi.
Revmatik   miozit   muskul   to’qimasining   serozli   ekssudasiyasi,   tomirlar
giperemiyasi,   ayrim   paytlarda   mayda   hujayrali   infiltrasiya   bilan   miofibrilalar   va
oraliq   to’qimaning   parchalanishi   bilan   kechadi.   Hosil   bo’lgan   mayda   nuqsonlar
chandiqli to’qima bilan almashiniladi.
V.T. Talalayev bo’yicha revmatizmda muskullarda 3 bosqichda kechadigan
revmatik granulyomalar hosil bo’ladi. 1 – bosqichda (ertangi revmatoidli infiltrat)
oraliq   biriktiruvchi   to’qimada   sosiy   modda   shishadi   (bo’kadi)   va   keyinchalik
fibrinidli   o’zgaradi.   2   –   bosqichda     (granulematoz)   biriktiruvchi   to’qimali
hujayralar ko’payadi va ulardan kichik va kattaroq tugunchalar paydo bo’ladi. 3 –
bosqichda revmatik tugunchalar fibrozli to’qimaga va chandiqqa aylanadi. Natijada
muskul   fibrozli   o’zgarib,   bo’g’imlarning   miogen   kontrakturasi   hosil   bo’lishi
mumkin.
Klinik   belgilar.   Revmatik   miozit   odatda   o’tkir   kechadi   va   14   kunlarda
tuzalish   bilan  tugaydi.   O’ziga  xos   belgilar:   kasallik   to’satdan   paydo   bo’ladi;   tana
harorati ko’tariladi; harakatlar chegaralangan bo’ladi, muskullar og’riydi, og’riqlar
ko’chib   o’tadi.   Hayvonlar   ko’pincha   yotadi,   ingraydi,   qiynalib   o’rnidan   turadi,
ayrim muskullarda fibrillyar qisqarishlar kuzatiladi. Hayvon yurgizilganda ko’chib
o’tadigan oqsoqlik kuzatiladi. Dam olingandan so’ng oqsash  alomatlari kamayadi
yoki yo’qoladi. Ayrim hollarda bo’yin yoki bel qiyshayib qoladi.
Palpasiyada   og’riq   reaksiyasi,   mukullar   taranglanishi   va   ayrim   hollarda
kattalashishi,   o’rab   turuvchi   tarqoq   kletchatkaning   yallig’lanish   shishi   kuzatiladi.
Issiq   muolajalar   va   ayrim   vositalar   (butadion,   salisilatlar,   analgin   va   boshq.)
revmatizmning   umumiy   va   mahalliy   alomatlarini   pasaytiradi.;   ularni   farqlovchi
diagnostika   uchun   qo’llaydilar.   Bir   nechta   xurujlardan   so’ng   muskullarda
zichlashish, g’adir – budirlik, ayrim paytlarda bo’g’imlar kontrakturasi kuzatiladi.
Og’ir kechuvchi revmatizm davolanmaydi. 
Davolash .   Kasallikni   chaqirgan   sabablarni,   infeksiya   o’chog’ini,   organizm
desensibilizasiyasi   yo’qotishga   va   immunobiologik   reaksiyalarni normallashtirishga   qaratilishi   kerak.  Buning   uchun   kompleks   tadbirlar   qo’llanadi.
Birinchi   navbatda   kasallarni   saqlash   sharoitlari   yaxshilanadi,   rasiondan   achchiq
ozuqalar (silos, barda) va omixta yem chiqariladi, ularnig o’rniga sifatli pichan va
ildizmevalilar   kiritiladi,     vita min   –   mineral   qo’shimchalar   beriladi.   Streptokok kli
infeksiya o’chog’ini bartaraf etish uchun muskul orasiga katta dozalarda pe nisillin,
bisillin–2   va   –3   yoki   streptomisin   yuboriladi.   Bu   antibiotiklarga   streptokokklar
juda   sezuvchi   bo’ladi   va   natijada   septik   jarayon   tezda   chegaralanadi.   Bir   vaqtda
haroratni   pasaytiruvchi,   analgetik   va   yallig’lanishga   qarshi   vositalar   sifatida
analgin,   buta dion   yoki   piramidon   og’iz   orqali   bir   kunga   1–2   marta,   klinik
tuzalgancha tegishli dozalarda beriladi.
Revmatizm   rivojlanishining   dastlabki   bosqichida   antibiotiklar   bilan
birgalikda 10% li natriy salisilati eritmasi bir kunga 1–2 marta, 2–3 kun mobaynida
venaga yuboriladi (katta hayvonlarga 100–200 ml, kichiklarga – 20–50 ml). Natriy
salisilati eritmasi tezda davolovchi samara beradi.
Butadion   analgetiklar   bilan   qo’llanganda   ta’siri   salisilatlarga   nisbatan
yaxshiroq   bo’ladi.   0,25%   li   novokain   eritmasi   venaga   va   prednizolon   muskul
orasiga yuborilganda aytib o’tilgan vositalarning faolligi yanada oshadi. Desensibi -
lizasiyalovchi   vosita   sifatida   natriy   tiosulfati   venaga   yuboriladi   yoki   dimedrol
og’iz orqali beriladi.
Mahalliy   turli   fizioterapevtik   muolajalar   (UYuCh,   yorug’lik   bilan
nurlantirish,   diatermiya,   ozoke rit   applikasiyalari)   qo’llanadi.   Zararlangan
muskullar sohasiga kuniga 1–2 marta metilsalisilat, kamfora yoki novshandil spirti,
bangidevona   moyi,   xloroformlardan   turli   variantlarda   tayyorlangan   davolovchi
aralashmalari suriladi va issiq o’rab qo’yiladi.
1.4.  Fibroz li  miozit  (Myositis chronica fibrosa)
Fibrozli   miozit   –   surunkali   jarayon   bo’lib,   oraliq   biriktiruvchi   to’qima
o’sishi   va   muskul   tolalari   atrofiyasi   va   chandiqlar   hosil   bo’lishi   bilan   kechadi.
Miozitning   bunday   shakli   travmatik   va   revmatik   miozitlar   hamda   muskullarning
botriomikozli, aktinomikozli, trixinellezli va onxoserkozli zararlanishlari natijasida
hosil   bo’ladi.   Fibrozli   to’qimaning   o’sishi   o’choqli   va   diffuz   bo’lishi   mumkin. Muskul   tolalarining   keng   atrofiyasi   natijasida   muskulning   qisqarishi   buziladi.
Chandiqlar   muskul   kaltashishiga   olib   keladi,   unda   oxaklashgan   o’choqlar   paydo
bo’ladi.
Klinik   belgilar.   Fibrozli   miozitda   o’choqli   va   diffuz   tasma   ko’rinishida
zichlashish   va   muskul   yo’g’onlashishi   kuzatiladi.   Og’riq   bo’lmaydi.   Funksional
buzilishlar   faqat   muskulning   ko’p   qismi   zararlanganda   va   u   kaltalashganda
rivojlanadi. 
Davolash.   Avval   bo’lib  o’tgan  miozitlar   asoratlarini  yo’qotishga  qaratiladi.
Vibrasion   massaj,   fibrolizinning   teri   osti   inyeksiyalari   va   to’qimali   terapiya,
nuqtali kuydirish, ultratovushli muolajalar qo’llanadi. Eskirgan holatlarda davolash
natija bermaydi.
1.5.  Suyaklashuvchi miozit  (Myositis ossificans)
Suyaklashuvchi   miozit   ko’pincha   otlarda,   kam   hollarda   –   boshqa
hayvonlarda uchraydi. U  shikastlar (muskullarning lat yeyishlari, qisman va to’liq
uzilishlari)   natijasida   hamda   miozitlarning   turli   shakllarida   hosil   bo’ladi.
Suyaklashuvchi   miozit   markaziy   asab   tizimi   zararlanganda   rivojlanganligi
to’g’risida ma’lumotlar mavjud.
Patogenez.   Suyak   to’qimasi   suyak   usti   pardasi   hisobidan   yoki   muskul
ichidagi biriktiruvchi to’qimali elementlar o’sishi natijasida hosil bo’lishi mumkin.
Mezenxima hujayralari ularning funksional fazifasi va qo’zg’alish tabiatiga bog’liq
holda   u   yoki   bu   to’qimalarga   aylanishi   mumkin.   Zararlangan   joylarda,   muskulli
tutamlar   orasida,   perimiziyda   yoki   muskullar   orasida   turli   shaklga   va   kattalikka
ega,   zich   plastinkalar   ko’rinishida   suyak   hosil   bo’ladi.   Ular   yakka   va   ko’p   sonli
bo’lishi mumkin.
Klinik   belgilar.   Ular   ko’p   jihatlardan   fibrozli   miozitnikiga   o’xshaydi.
Muskul   to’qimasidagi   kichik   suyakli   hosilalar   belgisiz   bo’ladi.   Faqat   diffuzli
zararlanishning tugallanish bosqichida muskul qattiq, g’adir – budir, kam harakatli,
og’riqsiz   bo’lib   qoladi.   Igna   sanchilganda   to’siq   borligi   seziladi,   g’ijirlash   ovoz
eshitiladi. Suyak to’qimasining kelib chiqishi periostal  bo’lganda muskul suyakka
birikadigan   joylarda   ekzostozsimon   hosilalar   paydo   bo’ladi.   Ayrim   hollarda   bu joylar   to’liq   suyak   to’qimasi   bilan   o’rab   olingan   bo’ladi.   Muskullardagi   barcha
suyakli hosilalar rentgenografiyada yaxshi ko’rinadi.
Kasallik oqibati  odatda yomon bo’ladi. 
Davolash.   Birinchi   bosqichda   nuqtali   kuydirish   va   so’rdiruvchi   malhamlar
bilan   massaj;   ultratovush   qo’llanadi.   Surunkali   holatlarda   yakka   suyak   hosilalari
ekstirpasiya qilinadi.
2.  Miopatozlar
Muskul   to‘qimasining   taraqqiyoti   organizmning   butun   umri   davomida
to‘xtamaydi   va   o‘zgaruvchan   sharoitlarga   moslashib   turadi,   masalan,   muskul
tolalari   uzayishi   va   yo‘g‘onlashishi   mumkin,   bu   jarayon   asosida   gipertrofiya
yotadi.
Regeneratsiya   paytida   yallig‘lanish,   degenerasiya   va   boshqa   sabablarga
ko‘ra,   tiklanish   ko‘pincha   to‘liq   bo‘lmaydi.   Hosil   bo‘lgan   nuqsonni   esa
biriktiruvchi   to‘qima   to‘ldiradi.   Ammo   ma’lum   sharoitlarda   to‘liq   regeneratsiya
ham   kuzatilishi   mumkin.   Shikastlanishdan   keyin   zararlangan   muskul   tolasida
sarkoplazma   va   ko‘plab   o‘zaklardan   iborat   muskul   kurtaklari   o‘sib   chiqadi   va
undagi   o‘zaklar   amitoz   yo‘li   bilan   bo‘lina   boshlaydi.   Keyin   muskul   kurtakdan
mioblastlar   ajraladi.   Zararlangan   tola   makrofaglar   ishtirokida   yemiriladi.
Tiklanishning   bundan   keyingi   fazalari   ko‘p   jihatdan   normal   gistogenezni   e slatadi
(Sh.I. Ibragimov va boshq., 2006) .
Miopatoz   –   ekstenzor   muskullarning   yallig‘lanishsiz   kechadigan   kasalligi
bo‘lib,   muskul   tolalari,   alohida   muskul   yoki   muskul   guruhlarining   toliqishi
natijasida   qiskarish   koordinatsiyasining   buzilishi   yoki   qisqarish   jarayonlarining
patologik   o‘zgarishidir.   Kasallik   asosan   3–4   yoshli   ot,   qoramol   va   cho‘chqalarda
kuzatiladi.
Klinik   nuqtai   nazardan   miopatozlarning   3   turi   qayd   etiladi.   Ular   oddiy
koordinator   miopatoz,   fassikulyar   koordinator   miopatoz   va   ko‘pincha
miofassikulitlarga farqlanadi.
Oddiy   koordinator   miopatozda   antogonistlar   hamda   antogonist   va   sinergist
muskullar orasida qisqarish koordinatsiyasi ya’ni uyushqoqligi buziladi. Harakatlar notekis va noaniq bo‘lishi natijasida hayvon tez charchaydi. Zararlangan muskullar
ko‘pincha   bo‘shashgan   va   shalviragan,   kam   hollarda   esa   taranglashgan   va   zich
bo‘ladi.     Oddiy   koordinator   miopatozda   bo‘shashish   fazasi   qisqaradi,   qisqarish
fazasi esa uzayadi.
Fassikulyar   koordinator   miopatozda   alohida   muskullar   yoki     muskul
tutamlari   orasidagi   uyushqoqligi   buziladi,   bir   yoki   ikki   oyoqlarning   oqsoqligi
kuzatiladi.   Kasallikka   ko‘pincha   3–4   yoshli   otlar   chalinadi.   Hayvon   qadamlari
keskin   ammo   noaniq   bosiladi.   Muskullar   paypaslanganda   ularning   dag‘al   tolaligi
va   notekisligi,   og‘riqligi   aniqlanadi.   Fassikulyar   koordinator   miopatozda
innervatsiya   buzilishi   natijasida   muskul   tutamlarida   spazm   hosil   bo‘ladi.   Muskul
tutamlarining spazmi esa muskul to‘qimasida zichlashgan o‘choqlar rivojlanishiga
olib keladi. Bo‘g‘im va pay qinlarida serozli suyuqliq to‘planadi. Otlarda, asosan,
yelka   kamari   muskullari   –   yelka   –   bosh,   o‘q   oldi   va   deltasimon   muskullar   va
orqaning uzun muskuli; qoramollarda tos kamari  muskullari;  cho‘chqalarda yelka
va tos kamarlari muskullari zararlanadi.
Miofassikulitda   trofika   buziladi   va   yallig‘lanish   rivojlanadi.   Bu   kasallik
fassikulyar miopatoz rivojlanib, muskul va muskullararo biriktiruvchi to‘qima, pay
va   bo‘g‘imlar   bir   vaqtda   yallig‘langanda   hosil   bo‘ladi.     Miofassikulitlar   aseptik,
yiringli   va   infeksion   (saqov,   brutsellyoz,   sil   va   boshqa   kasalliklarda)   bo‘lishi
mumkin .
Etiologiya.   Qishloq   xo‘jalik   hayvonlar   va   jumladan   otlarda   miopatozlarni
chaqiradigan   sabablar   turlicha   bo‘ladi.   Ularning   eng   asosiysi:   og‘ir,   uzoq   vaqt
davom   etadigan   ishni   bajarganda   bir   guruh   muskullarning   yoki   butun   oyoqning
toliqishi; hayvon bir holatda va tig‘iz xonalarda uzoq vaqt yotishi yoki tik turishi;
bir   xil   harakatni   qayta   –   qayta   uzoq   vaqt   bajarish;   yomon   o‘nqir   –   cho‘nqir
yo‘llarda, tog‘li yoki botqoqli yerlarda ishlash; ishchi otlarga aslahalarni noto‘g‘ri
taqish;   ot   anjomlarining   (juda   katta   yoki   kichik   bo‘yincha)   mos   kelmasligi;
chavandoz   otga   noto‘g‘ri   yoki   o‘quvsiz   minishi;   tuyoqlarni   noto‘g‘ri   tozalash   va
taqalash;   hayvon   yetarlicha   motsion   bilan   ta’minlamasligi;   bir   moslama   yoki aravaga   ot   yoki   xo‘kizlarni   juft   qilib   qo‘shganda   ularning   katta   –   kichikligini,
ishchanligini, yoshini inobatga olmaslik. 
Klinik   belgilar.   Hayvonlardagi   fassikulyar   miopatozda   quyidagi   klinik
belgilar kuzatiladi: 
1. Asta   –   sekin   kuchayadigan   aritmik,   uzlukli   va   noaniq   harakatlarning
rivojlanishi natijasida bir yoki ikkala oldingi oyoqlarning oqsoqligi kuzatiladi.
2. Zararlangan   muskullarda   (ko‘pincha   yelka   –   bosh,   o‘q   oldi,   o‘q   orti   va
deltasimon)   yumaloq   zich   hosilalar   (miogelozlar)   ko‘rinishida   muskul
tutamlarining   spazmi   kuzatiladi,   ular   muskul   payga   o‘tadigan   joylarda   yaqqolroq
namoyon bo‘ladi; undan tashqari, zararlangan muskullarda notekis, g‘adir – budir
va og‘riqli  joylar paydo bo‘ladi.
3. Bo‘g‘imlar   (barmoq,   karpal,   boldir   –   oshiq)   va   pay   qinlari   ichida
suyuqlik to‘planadi.
4. Umumiy   pay   –   muskulli   biotonus   pasayadi,   hayvon   tez   va   sababsiz
toliqadi.
5. Fassikulyar  miopatozning surunkali  holatlarida   rivojlangan miogelozlar
otning   ishchanligini   pasaytiradi,   yelka   muskullarining   jadallashuvchi   atrofiyasi
rivojlanadi.
6. Yarim   surunkali   bosqichda   kasallik   sekin   kechadi.   Davolashdan   so‘ng,
1,5–2   haftalarda   holatning   yaxshilanishi   kuzatiladi;   tez   –   tez   retsidivlar   hosil
bo‘ladi   va   shishsiz,   mahalliy   harorat   ko‘tarilmasdan,   ammo   kuchli   og‘riq   bilan
sovuq reaktiv jarayon rivojlanadi. 
Tos   yoki   yelka   kamarlari   muskullari   zararlanganda   oyoqlar   faoliyati
buziladi. Oyoqlarning bukilishi, oldinga chiqarilishi va tayanishi keskin uzlukli va
noaniq   bo‘ladi.   Oqsoqlanish   doimiy   bo‘lmaydi,   ammo   qadam   uzunligi   qisqaradi.
Zararlangan   muskulda   og‘riqli   reaksiya   va   fibrillyar   qisqarish   kuzatiladi.
Palpatsiyada   zichlashgan   joylar   seziladi.   Kasal   hayvonda   jabrlanish   alomatlari,
puls   va   nafas   olish   tezlashishi,   miofassikulitda   esa   tana   haroratining   ko‘tarilishi,
terlash,   ishtahaning   pasayishi   kuzatiladi   Muskullarda   kechadigan   surunkali
jarayonlarning   birinchi   belgisi   –   ularning   atrofiyasidir.   Miopatozlarda   atrofiya kuchsiz   namoyon   bo‘ladi.   Undan   tashqari,   muskullar     atrofiyasi   tuyoq,   pay   va
paychalar kasalliklarida ham rivojlanadi.
Tashhis.   Fassikulyar   miopatozga   tashhis   anamnez   ma’lumotlari,  funksional
tekshirishlar va muskullarning palpatsiya natijalari asosida  qo‘yiladi. 
Kasallik oqibati.  Kasallikning yarim o‘tkir shakllarida, ayniqsa davolash o‘z
vaqtida   va   to‘g‘ri   boshlanganda   hamda   hayvon   yosh   bo‘lganda   –kasallik   oqibati
yaxshi; kasallik surunkali kechganda – ehtiyotkor, ko‘pincha gumon yoki yomon. 
Farqlovchi   tashhis.   Farqlovchi   tashhisni   o‘tkazganda   miozit,   poliartrit   va
nevritlarning   klinik   belgilari   hisobga   olinadi.   Fassikulyar   miopatoz   va   infeksion
miofassikulitga   differensial   tashhis   qo‘yishda   asab   tizimining   kasalliklari
(radikulit, nevrit, pleksit, nevralgiya), bo‘g‘im kasalliklari (poliartritlar), va og‘riq
bilan kechadigan ichki yuqumsiz kasalliklarini inobatga olish lozim.
Miopatoz   va   miofassikulit   ko‘p   hollarda   butun   muskul   tizimining   kasalligi
ekanligi   hisobga   olinadi.   Shuning   uchun   noaniq   etiologiyali   og‘riqlarda,   ichki
yuqumsiz   kasallik   borligiga   shubxa   tug‘ilganda   tegishli   sohaning   muskullari
tekshiriladi.
Miopatoz   va   miofassikulitlardan   farqi   o‘laroq   nevrit,   pleksit   va
radikulitlarda   teri   sezuvchanligi,   trofika,   reflekslar   va   orqa   miya   suyuqligining
hossalari o‘zgaradi.
Miopatozga   chalingan   muskullar   palpatsiya   qilinganda   periferik   nervlar
zararlanishidagidek og‘riq bo‘lishi mumkin 
Davolash.     Otlarda uchraydigan miopatozlarni davolash misolida keltiriladi.
Davolash   ishlari   olib   borilmaganda   kasallik   surunkali   shaklga   o‘tadi   va   natijada
muskullar atrofiyasi rivojlanadi.
Fassikulyar   miopatozni   davolashda   birinchi   navbatda   kasallikni   chaqirgan
sabab yo‘qotiladi. Saqlash sharoiti yaxshilanadi. Rasion normallashtiriladi. Hayvon
uchun 2–3 kunga tinch sharoit yaratiladi. Zararlangan joy massaj qilinadi, isituvchi
muolajalar   (infraqizil   nurlar,   sollyuks   lampasi,   bug‘lamalar,   iliq   nam   o‘ramlar)
qo‘llanadi.  Zararlangan  muskullar  ichiga  150–200 ml   0,25%   li  novokain  eritmasi
yuborilganda   yaxshi   samara   kuzatiladi.   Novokainni   venaga   yuborish   tavsiya etiladi. Qisqa novokain – adrenalin qamali yaxshi ta’sir etadi. Yorug‘liq–, balchiq–
ozokeritli   terapiyalar,   vaporizatsiya,   ultratovush   muolajalari,   tiamin   bromidi,
riboflavin,   sianokobalamin,   kokarboksilaza,   glyukoza   bilan   insulin,   kalsiy
glyukonati, askorbin kislotasi in`yeksiyalari, gemodez belgilanadi. 
Harakatlar   ritmik   bo‘lmaganda   muskullardagi   patologik
jarayonjadallashishinining   oldini   olish   uchun,   kasal   otni   yengil   ishni   bajarishga
majburlash kerak. 
Oddiy   koordinator   miopatozda   ot   uchun   5–7   kunlarga   tinch   sharoit
yaratiladi.  Ot  har  kuni  30 daqiqa yurgiziladi. Massajda  kamforali  spirt  va boshqa
yengil   qo‘zg‘atuvchi   vositalar   qo‘llanadi.   Fassikulyar   –   koordinator   miopatozda
zararlangan muskulning 4–5 joyiga 0,25% li novokain eritmasi (300 ml dan har 2
kunda) in`yeksiya qilinadi.
Surunkali   fassikulyar   miopatozda   PDE   (plasenta   denaturirovannaya
emulgirovannaya)   –   denaturatlashgan   va   emulgasiya   qilingan   plasenta
qo‘llanganda   otlar   muvafaqiyatli   davolanadi.   Preparat   15   ml   dan,     36–72   soat
oralatib yuboriladi.
Otlardagi saqov kasalligida   muskul faoliyatida muammolalar hosil bo‘ladi.
Mushaklar   bo‘shashib,   sezuvchanligi   yo‘qoladi.   Kam   miqdordagi   koordinator
miopatozda   bu  belgilar   yaqqolroq  ko‘rinadi.   Tuyoqli   hayvonlarning  tos,   yelka   va
tuyoq   bo‘g‘imlarida   hamda   pay   qinlarida   ekssudat   to‘planadi.   Zararlangan
mushaklar bir oz og‘riqli bo‘lib, ichida zichlanishlar rivojlanadi.   Kuchli og‘riqda
teri   ostiga   0,22–0,4%   li   novokain   eritmasi   (katta   hayvonlarga   160–220   ml)   bilan
8–11   g   adrenalin   gidroxloridi   (1:1000)   yuboriladi.   Adrenalin   toliqqan   muskullar
tonusini yaxshilaydi. 
Muskullar   taranglashishini   kamaytirish   maqsadida   etil   –   novokainli
aralashmasi (32–40% li alkogol 0,2% li novokain eritmasida) bilan 20–34 ml dan
perivaskulyar   in`yeksiyalar   bajariladi.   Fassikulyar   miopatoz   bilan   kasallangan
hayvonni harakatsiz qoldirish mumkin emas. Davolanish 5–16 kun davom etadi.
Tayanch   –  harakat   apparatining  og‘ir   kasalliklarida;   bo‘g‘imning  fiziologik
harakat   hususiyatlarini   yaxshilash   uchun;   intensiv   jismoniy   yuklanishlarda   otlar tayanch – harakat apparatining intensiv regeneratsiyasi uchun   «GelaPoni Xondro»
(«ORLING»   Chexiya   kompaniyasi)   kollagenli   peptidlar   va
glikozaminoglikanlarning kompleks ozuqa qo‘shimchasi qo‘llanadi.  
1 kg ozuqa qo‘shimchasining tarkibi: SCHP 652 g, glyukozaminsulfat – 220
g, xondroitinsulfat – 50 g, Ye vitamini – 5000 mg,  C  vitamini – 8170 mg, biotin –
1000 mg, magniy – 20 g, mis – 490 mg, marganets – 2000 mg, beta – karotin – 17
mg, selen – 5 mg.
“STP–99K”  rusumli lazer apparati qo‘llanadi.
             
2–rasm.   Muskullar miopatozida “STP–99K”   rusumli lazer apparatini
qo‘llash Foydalanilgan adabiyotlar:  
1. Dorosh   M .   V .   Bolezni   loshadey.   Veche,   2007   g.   http://www.e–reading.
club/book.php?book=83010
2. Ibragimov   Sh.I.   va   boshq.   Sitologiya,   gistologiya   va   embriologiya.
Toshkent.  2006
3. Timofeyev   S.   V.,   Filippov   Yu.   I.,   Konsevaya   S.   Yu.   i   dr.   Ob щ aya
xirurgiya jivotn ы x  /  Pod red.  S. V. Timofeyeva . —  M.: Zoomedlit, 2007. — 687 s .
4.   http://vethirurg.ru/lechenie–i–profilaktika–miopatozov/
5. http://webmvc.om/bolezn/livestock/surgeon/myopat.php
6. http://voskresenie.com/info/sistemi3.htm 
7. ttp://www.medchitalka.ru/spravochnik_prakticheskogo_vracha/
zabolevaniya_sistemy_organov_dvizheniya/13150.html
8. http://zoo–help.narod.ru/lechenie–miopatoza.html;
9. http://www.moi–voronoi.ru/tendinit/borba–s–tendinitami.html).

OTLARDA MUSKUL KASALLIKLARI Reja: 1. Travmatik, yiringli, revmatik, fibrozli va suyaklashuvchi miozit lar . 1.1. Travmatik miozit 1.2. Yelka – bosh muskulining yiringli yallig‘lanishi 1.3. Revmatik miozit 1.4. Fibroz li miozit 1.5. Suyaklashuvchi miozit 2. Miopatozlar

1. Travmatik, yiringli, revmatik, fibrozli va suyaklashuvchi miozit lar Muskul kasalliklariga shikastlar va sovuq ta’sirida, yallig’lanish jarayoni qo’shni to’qimalardan o’tganda, infeksion va invazion kasalliklarda (sil, aktinomikoz) rivojlanayotgan miozit kasalligi (muskullar yallig’lanishi) hamda otlarni tashish, uzoq vaqt fiksasiya qilish, mosion yo’qligida muskullar qisqarish qobiliyatining funksional buzilishi natijasida hosil bo’ladigan yallig’lanishsiz kechadigan – miopatoz kasalligi kiradi. 1.1. Travmatik miozit Travmatik miozit (Myositis traumatica) hayvonlarda muskullarning II– va III – darajali lat yeyish, cho’zilishi va yirtilishlarida tez – tez hosil bo’lib turadi. Patogenez. Shikst joyida muskul tolalari bir – biridan ajraladi, qisman va to’liq uziladi, muskul to’qimasiga yoki perimiziy ostiga qon quyiladi, gematoma hosil bo’lishi mumkin. Shikastdan so’ng muskulning travmatik shishishi paydo bo’lib, unga tez vaqtda yallig’lanish shishi qo’shiladi. Yallig’lanish jarayoni ta’sirida quyilgan qonning kam qismi so’riladi; yirik qon quyilishlar proliferat rivojlanishiga sabab bo’ladi va chandiqli to’qima bilan almashiniladi. Chandiqli tortishish natijasida mushak qisqarib, tegishli bo’g’imning miogen kontrakturasini chaqirishi mumkin. Zararlangan muskul infeksiyalashganda yiringli miozit rivojlanadi. Klinik belgilar. Muskulning zararlanish darajasiga bog’liq. Barcha holatlarda shikastdan so’ng davomli funksiya buzilishi kuzatiladi. Masalan, oyoq muskuli zararlanganda oqsash rivojlanadi. Mahalliy to’qimalarning turli kattalikda og’riqli, issiq shishi rivojlanadi, ko’p hollarda terida sidirilishlar hosil bo’ladi. Zararlangan joyda yallig’langan muskul yo’g’onlashgan, tarang, og’riqli bo’lib, qisman va to’liq uzilishlarda chuqur flyuktuasiya (gematoma) qayd etiladi. Yallig’lanish pasayishi bilan aytib o’tilgan belgilar yo’qoladi, muskul kuchli zararlanganda qon quyilgan joylarda g’adir – budirliklar rivojlanadi. Davolash. Dastlab yallig’lanishga qarshi muolajalar bajariladi keyinchalik quyilgan qonning so’rilishini ta’minlaydigan va proliferatlar rivojlanishini oldini oluvchi vositalar (parafinli applikasiyalar, massaj, to’qimali terapiya,

pirogenoterapiya) qo’llanadi. Katta va qiyin bartaraf etiladigan proliferatlarda nuqtali quydirish bilan qo’zg’atuvchi malhamlar qo’llanadi, ultratovushli muolajalar va o’lchamli yurgizish usullari ishlatiladi. 1.2. Yelka – bosh muskulining yiringli yallig‘lanishi (Abscessus m.brachiocephalicus) Yelka – bosh muskulining yiringli abssesslanuvchi mioziti surunkali kasallik bo‘lib, asosan otlarda kuzatiladi. Qoramollarda esa bu sohada ko‘pincha gemolimfoekstravazatlar uchraydi. Etiologiya. Kasallikni stafilokokk, streptokokk, ichak tayoqchasi yoki botriomikoz zamburug‘i chaqiradi. Ular muskul ichiga ot anjomlari noto‘g‘ri taqilganda va shunga o‘xshash holatlarda hosil bo‘ladigan chuqur jarohatlar yoki yuzaki teri shikastlar orqali kirib boradi. Ayrim paytlarda, yelka – bosh muskulining yiringli abssesslanuvchi mioziti, saqov kasalligida mikroblar muskulga metastatik yo‘l bilan kirib borganida hosil bo‘lishi mumkin. Klinik belgilar . Yelka – bosh muskulining yiringli abssesslanuvchi mioziti ko‘pincha bir tomonlama va kam hollarda ikki tomonlama bo‘ladi. Patologik jarayonning boshlang‘ich davrida yelka – bosh muskulining zich, og‘riqli, chegarasiz shishi paydo bo‘ladi. Tananing mahalliy harorati ko‘tariladi, yallig‘langan joyning terisi va teri osti kletchatkasi bir oz shishgan bo‘ladi. Hayvonda “osilgan oyoq” oqsoqligi kuzatilib, qadamining old yarim qadami qisqaradi. Oqibati. Yangi holatlarda kasallik oqibati yaxshi; kasallik surunkali kechganda – ehtiyotkor yoki gumon. Davolash. Kasallik boshlanganida hayvon uchun tinch sharoit yaratiladi; abssess rivojlanishi tahmin qilinadigan joyga iliq nam o‘ramlar, spirt – ixtiolli kompresslar, balchiq yoki parafin applikatsiyalari, sollyuks lampasi bilan nurlantirish kabi muolajalarni qo‘llash belgilanadi. Yiringli – nekrotik jarayon chegaralanib, aniq to‘siq va flyuktuatsiya beradigan joylar paydo bo‘lgandan so‘ng jarayon kesiladi va o‘lgan to‘qimalar chiqarib tashlanadi. 1.3. Revmatik miozit (Myositis rheumatica)

Revmatik miozit yoki revma tizm (bod) – organizmning infeksion – allergik k asalli gi bo’lib, biriktiruvchi to’qima tizimida nerv – distrofik jarayonlari bilan kechadi. Kasallik infeksion –toksik qo’zg’atgich uzoq vaqt ta’sir qilishida organizmning immunobiologik reaktivligi buzilishi natijasida hosil bo’ladi. Bunda asosan yurak – qon tomirlar tizimi, seroz qoplamalar, bo’g’imlar va muskullar zararlanadi. Etiologiya. Ko’pchilik tadqiqotchilar ta’kidlashicha, revma tik yallig’lanishni keng tarqalgan va odatda og’iz va burun bo’shliqlari shilliq pardalarida topiladigan “A” guruhiga mansub beta–gemolitik strep tokokk chaqiradi. Nafas yo’llari, og’izhalqum va boshqa joylarda yashab, u tegishli sharoitlarida mahalliy patologik jarayon rivojlanishini va organizmning murakkab immunobiologik reaksiyasi chaqiradi. Revmatizm etiologiyasining G.D. Zales ski y taklif qilgan virus – streptokok k li konsepsiya si ham mavjud. Bu masala keng muhokama qilinmoqda. Revmatik jarayon rivojlanishiga turli shamollash omillari (shamolda sovqotish, hayvonlar nam va sovuq xonalarda uzoq vaqt saqlanishi va boshq.), bironta kasallik borligi, organizmning yuqori allergik holati moyillik yaratadi. Bu omillar keyinchalik streptokokklar ishtiroqisiz kasallik residivini chaqirishi mumkin. Patogenez. Streptokokklar ta’sirida hosil bo’lgan patologik o’choqdan tirik mikroblar va ularning toksinlari (yot oqsillar) qonga tushadi. Bunga javoban, yot oqsilni bartaraf etish maqsadida, organizm aniq spesifik antitelolarni ishlab chiqaradi. Ammo ayrim paytlarda bunday tanlab ta’sir qilish jarayoni buziladi, antitelolar nafaqat yot oqsillarga, balki o’zinikiga ham qarshi kurasha boshlaydi. Bu hol streptokokklar oqsillari yurak, tomirlar, bo’g’im kapsulasi va muskullar oqsillariga juda o’xshash bo’lgani bilan bog’liqdir. Antilolarning o’z oqsillarga qarshi ta’siri revmatik yallig’lanish rivojlanishiga olib keladi. Revmatizm bilan kasallanib tuzalgandan so’ng streptokokklarga qarshi antitelolar ishlab chiqarilish mexanizmi buzilishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan ular nafaqat organizmga tushgan spesifik streptokokka qarshi antilolarni ishlab

chiqaradi, balki haddan ziyod sovqotishga yoki birorta kasallikka javoban ham ko’payadi va revmatizm residivini chaqiradi. Revmatik miozit muskul to’qimasining serozli ekssudasiyasi, tomirlar giperemiyasi, ayrim paytlarda mayda hujayrali infiltrasiya bilan miofibrilalar va oraliq to’qimaning parchalanishi bilan kechadi. Hosil bo’lgan mayda nuqsonlar chandiqli to’qima bilan almashiniladi. V.T. Talalayev bo’yicha revmatizmda muskullarda 3 bosqichda kechadigan revmatik granulyomalar hosil bo’ladi. 1 – bosqichda (ertangi revmatoidli infiltrat) oraliq biriktiruvchi to’qimada sosiy modda shishadi (bo’kadi) va keyinchalik fibrinidli o’zgaradi. 2 – bosqichda (granulematoz) biriktiruvchi to’qimali hujayralar ko’payadi va ulardan kichik va kattaroq tugunchalar paydo bo’ladi. 3 – bosqichda revmatik tugunchalar fibrozli to’qimaga va chandiqqa aylanadi. Natijada muskul fibrozli o’zgarib, bo’g’imlarning miogen kontrakturasi hosil bo’lishi mumkin. Klinik belgilar. Revmatik miozit odatda o’tkir kechadi va 14 kunlarda tuzalish bilan tugaydi. O’ziga xos belgilar: kasallik to’satdan paydo bo’ladi; tana harorati ko’tariladi; harakatlar chegaralangan bo’ladi, muskullar og’riydi, og’riqlar ko’chib o’tadi. Hayvonlar ko’pincha yotadi, ingraydi, qiynalib o’rnidan turadi, ayrim muskullarda fibrillyar qisqarishlar kuzatiladi. Hayvon yurgizilganda ko’chib o’tadigan oqsoqlik kuzatiladi. Dam olingandan so’ng oqsash alomatlari kamayadi yoki yo’qoladi. Ayrim hollarda bo’yin yoki bel qiyshayib qoladi. Palpasiyada og’riq reaksiyasi, mukullar taranglanishi va ayrim hollarda kattalashishi, o’rab turuvchi tarqoq kletchatkaning yallig’lanish shishi kuzatiladi. Issiq muolajalar va ayrim vositalar (butadion, salisilatlar, analgin va boshq.) revmatizmning umumiy va mahalliy alomatlarini pasaytiradi.; ularni farqlovchi diagnostika uchun qo’llaydilar. Bir nechta xurujlardan so’ng muskullarda zichlashish, g’adir – budirlik, ayrim paytlarda bo’g’imlar kontrakturasi kuzatiladi. Og’ir kechuvchi revmatizm davolanmaydi. Davolash . Kasallikni chaqirgan sabablarni, infeksiya o’chog’ini, organizm desensibilizasiyasi yo’qotishga va immunobiologik reaksiyalarni