logo

TERI KASALLIKLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1150.2060546875 KB
TERI KASALLIKLARI
Reja:
1.  Otlarda gi  terining o’smali kasalliklari .  
2. D ermatitlar .  
3.  Terining yiringli kasalliklari (follikulit, furunkul, karbunkul).
4. E kzema lar. 1.  Otlarda gi  terining o’smali kasalliklari 
Ot   terisining   aksariyat   kasalliklari   o’smali   tabiatga   ega   bo’lib,   jiddiy
jarrohlik   konsultasiya   yoki   kirishishni   talab   etadi.   Shundan   kelib   chiqqan   holda
mavzuda teri kasalliklariga alohida ahamiyat beriladi. 
Sarkomalar
Otlar   sarkomalar i   birinchi   marta   1936   (1)   yilda   Djekson   tomonidan   ta’rif
berilgan.   Otlar   orasida   eng   ko’p   teri   sarko masi   ya’ni   epitelial   komponentli
fibroblastik   proliferativ   neoplaziyasi   tarqalgan   (1).   Fibroblastlarning   morfologik
xarakteristikasi, sekin o’sishi va ular zararlangan hayvonlarda biror – bir fiziologik
muammolarni   kam   chaqirishi   tufayli,   sarkomalar   ko’p   hollarda   gistopatologik
xatarsiz o’sma turiga kiritiladi. Ammo bunday tasniflanish noto’g’ri bo’lib, chunki
ko’p  sonli   bunday  o’smalarning   klinikasini   to’liq  ochmaydi  va   ular  xatarli   o’sma
klinikasiga ega bo’ladi  (2). Klinik manzarasi  bo’yicha   sarkomalar   sugalli, tugunli
fibroblastik, yarali fibroblastik, aralash  va xatarli kenja turlarga bo’linadi. Bunday
tasniflanish   ularning   biologik   hossalariga   to’g’ri   keladi.   (1–rasm).   Eng     agressiv
kenja turlari xatarli bo’lib, fassiya va qon tomirlar bo’ylab tarqaladi, tez o’sadi va
jarrohlik yo’l bilan olib tashlangandan so’ng  yuqori residivlikka ega bo’ladi (2).
O’smali   jarayon   boshning   yuz,   quloq   v   ko’z   atrofi,   oyoqning   distal   qismi,
bo’yin   va   qorinning   ventral   qismi   sohalarida   hamda   avvaldan   lat   yegan   va
tirnalgan   joylarda   rivojlanadi   (3).   Ko’z   atrofi   va   oyoqning   distal   qismida
joylashgan   sarkomalar   boshqa  sohalarda  joylashganlarga  nisbatan   ayniqsa  yomon
oqibatlarga olib keladi.
Epidemiologiya
Otning   zoti   va   sarkomalar   rivojlanish   xavfi   orasida   bog’liqlik   aniqlangan.
Mahalliy   otlarda   bu   kasallik   nasldor   toza   qonli   otlarga   nisbatan   2   marotaba   kam
uchraydi. Otlar leykositlarining antigeni (OLA) va   sarkomalar   rivojlanish darajasi
orasida   to’g’ridan   –   to’g’ri   genetik   bog’liqlik   mavjud.   Masalan,   sof   qonli   ingliz,
shveysar, fransuz va salt miniladigan irland ot zotlarining A3 va W13 allellarining
mavjudligi   sarkomalar   rivojlanish   havfi   bilan   tig’iz   bog’liq.     Mahalliy   zotlarda
W13 alleli bo’lmagani sababli ular  sarkomalar ga nisbatan kam chalinadi.  Sarkomalar   rivojlanishida   irsiy   bog’liqlik   mavjud.   Masalan,   naslida
sarkomalar   bilan   kasallangan   ajdodlari   bo’lgan   biyalardan   olingan   avlodda   bu
kasallikka   moyillik   bo’ladi.   Genetik   mutasiya   natijasida   hosil   bo’lgan   spontan
xatarli   o’smalar   asosan   qari   hayvonlarda   uchraydi,   sarkomalar   esa   ko’proq   yosh
(1yoshli   va   kichik)   hayvonlarda   kuzatilishi   ularda   genetik   moyillik   borligi   yoki
ekzogen omil ta’sir qilganidan dalolat beradi. 
Hayvonlar   tig’iz   saqlanganda   ham   bu   kasallik   ko’p   uchraydi.   Sarkomalar
ko’z   atrofi,   oyoqlar   va   qorin   sohasida   ko’proq   rivojlanishi   pashalar   bilan
bog’liqligi isbotlangan.
Kasallik   virusli   etiologiyaga   ega   ekanligi   to’g’risida   fikr   birinchi   marotaba
Olsen   va   Cook.10   lar   tomonidan   taklif   etilgan.   Teri   papillomalarining
transmissivligini o’rganishda ular otlar  sarkomalar i va ot terisiga buqa papillomasi
ekstraktini   yuborib   eksperimental   chaqirilgan   o’sma   orasida   juda   katta
o’xshashlikni aniqlagan.
Buqa   papillomasida   virusli   DNK   borligi   boshqa   mualliflar   tomonidan   ham
tasdiqlangan (11–20). Papillomalar o’smali transformasiyada ma’lum rol o’ynaydi,
ammo   ammo   faqat   virusli   infeksiyaning   mavjudligi   transformasiya   rivojlanishiga
yetarli emas, chuki buqa papillomasining virusli DNK si kasal hayvonlarning sog’
terisida ham topiladi (20,21). 
  A
  C B  D
 E 1 –r asm.   Sarkomalarning   kenja
tiplari   A.   Boshning   chaka   so h asidagi
sugalli   sarko ma .   B.   Teri   osti
fibroblastik   sarko ma .   C.   Yarali
fibroblastik   sarko ma .   D.   Sugalli   va
fibroblastik   komponentlardan   iborat
shakl.   E.   Xatarli   sarko ma   bilan   ot.
Zararlanish   b o’ yin   pastiga,   limfatik
zanjirlar    bo’ylab   hamda halqum orti va
quloq   oldi   limfatik   bezlar   tomonga
tarqalgan. 
Latent virusni faol holatga keltirish uchun birorta shikast  kerak bo’ladi. Bu
hol   sarkomalar   ko’pincha lat yegan joylarda rivojlanishini tushuntiradi. Kasallikni
tozalangan   virusli   DNK   yuborilishi   bilan   chaqirish   mumkin,   ammo   u   ko’pincha
spontan rivojlanadi (23). 
Sarkomalar   rivojlanishida   viruslar   rol   o’ynashi   virusli   DNK   va   virusli
oqsillar   topilganida   isbotlandi.   Ammo   virusli   transformasi - yaning   mexanizmi
xunuzgacha   aniq   emas.   Sarkomalar   hosil   bo’lishida   genetik   va   zot   moyilliklarini
hisobga   olganda   kasallik   polietiologik   xarakterga   ekanligi   to’g’risida   fikrlar   o’z
o’rnini topgan.
Davolash
Sarkomalar ni davolashga tegishli ko’p ma’lumotlar mavjud. Ammo ularning
barchasi   ham   muvafaqiyat   keltirmaydi.   Davolash   samarasining   baholanishi   qiyin kechadi; eng ertangi tadqiqotlar nazoratda bo’lmagan va asosan klinika yo’nalishi
bilan chegaralangan . Sarkomalar  odatda agressiv o’sma turi bo’lib, muvafaqiyatsiz
davolashda   yana   qaytadan   rivojlanadi.   va     yanada   agressiv   fenotipga   aylanib
keyingi   davolanishi   qiyinlashadi.   Maxsus   davolovchi   markazlarda   kuzatiladigan
o’smalardan   farqi   o’laroq   sarkomalar ning   ko’p   kenja   turlari   mavjud,   qaysikimlar
tinch holatda bo’lishi yoki spontan regressiyaga chalinishi mumkin.
Jarrohlik yo’l bilan kesib olib tashlash
O’smani qo’shimcha terapiyasiz jarrohlik yo’l bilan kesib olib tashlash eng
kam   samarali   usul   bo’lib   hisoblanadi   va   15,8   –   82%   larda   residivlar   hosil
bo’lishiga olib keladi (3,24–26). Bunga o’smali hujayralar sog’ to’qimalarga o’sib
kirishga   ulgurganligi   qisman   sabab   bo’ladi   (27).   Shuning   uchun   o’smani   to’liq
bartaraf   etib   bo’lmaydi.   Undan   tashqari,   atrof   to’qimalarda   latent   holatda   virusli
agentlar   bo’lishi   mumkin   (20,21).   Operasion   shikast   va   keyinchalik   o’sishning
stimulyasiyasi   virusni   faollashtiradi   va   virusli   onkogenlar   ekspressiyasini
chaqiradi.
Lazerli ablyasiya
O’smaning   lazerli   ablyasiyasi   uni   olib   tashlash   yoki   xajmini   kamaytirish
uchun   qo’llanadi   (24,   28–31).   U   mexanik   asboblarga   nisbatan   atrof   to’qimalarga
kamroq   zarar   yetkazadi   va   o’smali   hujayralar   tarqalishiga   yaxshiroq   to’sqinliq
qiladi.    SO 2
  –  lazeri  qo’llanganda  residivlar   faqat  38%  holatlarda  kuzatiladi  (29).
Lazerli ablyasiya   intralezionalnыy ximioterapiya yoki boshqa qo’shimcha terapiya
bilan qo’llanganda davolash samarasi yanada oshadi.
Krioterapiya
Krioterapiya   otlarda   uchraydigan   sarkomalar ni   davolash   uchun   eng   ko’p
qo’llanadigan usullardan biri bo’lgan (32–34). Samarasi 60–100% ni tashkil qiladi
degan   ma’lumotlar   mavjud.   Ammo   oxirgi   vaqtlarda   o’tkazilgan   tadqiqotlar
ko’rsatishicha   bunday   usulda   davolash   faqat   9%   usullarda   samara   berar   ekan.
Ya’ni   ma’lumotlarda   noaniqliq   bo’lgani   uchun   bu   masala   yanada   batafsil   va
uzoqroq   o’rganishni   talab   etadi.   Krioterapiya   usuli   veterinariyada   ko’proq
muvafaqiyatga  ega,  veterinarlar   uni  tez  – tez  qo’llab, samarali  ta’sir  qilish  uchun xizmat qiladigan sublimasiya davomiyligi va chuqurligini belgilash bo’yicha ancha
malakaga egadir. Termoparalar to’qimalardagi haroratni va muzlatish chuqurligini
aniqroq   o’lchash   uchun   qo’llanishi   mumkin.   Davolashda   –   –30   °C   va   –20   °C
haroratlar qo’llanganda birinchi usul 68% holatlarda samara berganligi aniqlangan.
Ko’p sonli  qayta ishlovlar  samarani  85%  gacha  oshiradi. Sovuqlik manbai  uchun
suyuq   azot   qo’llanadi.   Ayrim   paytlarda   bir   o’smaga   ta’sir   qilinganda   boshqalari
ham   regressiyaga   uchraydi,   ya’ni   uzoq   joylashgan   o’smalarda   ham   immun   javob
paydo bo’ladi.
2. D ermatitlar  
Teri   kasalliklari   mexanik,   kimyoviy   yoki   biologik   ta’sirlar   natijasida
qizarish, qo’zg’alish, junlar to’kilishi va xiralashishi bilan xarakterlanadi. Terining
asosiy   kasalliklari   ekzema,   dermatit,   abssess,   furunkulez,   flegmona   shakllarida
kechadi .
Dermatit  –   terining toshmalar hosil bo‘lmasdan yallig‘lanishi . 
Etio logik   va   klinik   belgilar   bo‘yicha   quyidagi   dermatitlar:   travmatik;
medikamentoz; termik; rentgenli; jarohat oldi; sugalli; nekrobasillyozli; bardali va
parazitar tafovut qilinadi.
Hayvonlar orasida  eng ko‘p t ravmati k   dermatit   uchraydi. U terining qashib
tirnalishi, lat yeyishlari, egar – jabduq bilan ishqalanishi, qattiq polda ko‘p yotish
kabi mexanik qo‘zg‘olishida hosil bo‘ladi. Dermatit tizza bo‘g‘imi, son, tushoq va
karpal bo‘g‘imlar, ayniqsa dorsal yuzalarida, paydo bo‘ladi, chunki bu yerdagi teri
tez   –   tez   siljib,   pastdagi   to‘qimalardan   ajralishi   mumkin.   Bu   sohalardagi
dermatitlar   ko‘p   hollarda   limfoekstravazatlar   va   travmatik   bursitlar   bilan   birga
kechadi.
Kechishi bo‘yicha o‘tkir va surunkali t ravmati k  dermatit lar uchraydi.
Klinik   belgilar.   Shikast   lokalizatsiyasi,   darajasi   va   davomiyligi   hamda   teri
sezuvchanligi,   hayvon   semizligi,   organizmning   mahalliy   va   umumiy   qarshiligi
klinik belgilar kam bilinadigan yoki yaqqol ifodalangan bo‘lishi mumkin.
O’tkir   travmatik   dermatitda   zararlangan   joydagi   junlar   to‘liq   yoki   qisman
ishqalanib   yemiriladi,   ayrim   hollarda   epidermis   ham   so‘rg‘ichsimon   qavatigacha ishqalanadi.   Bunda   og‘riq   va   mahalliy   xaroratning   ko‘tarilishi   kuzatiladi.   Avval
teri   qizil   rangga   kiradi,   kapillyar   qon   oqishi   paydo   bo‘lib   keyinchalik   teri   nozik
qonli   po‘stloqchalar   bilan   qoplanadi.   Chegaralangan   travmatik   shish   rivojlanib,
yallig‘lanish   shishga   aylanadi.   Yiring   hosil   qiluvchi   infeksiya   tushganda
chegaralangan   travmatik   shish   yallig‘lanishga   aylanadi.   Jarayon   davolanmaganda
abssess yoki flegmona rivojlanadi.
Ayrim   paytlarda   o‘tkir   travmatik   dermatit   surunkali   shaklga   o‘tadi.
Surunkali   travmatik   dermatitda   qata   –   qayta   shikastlanadigan   terining   juni
yo‘qoladi,   katta   shish   rivojlanadi,   kuchsiz   og‘riq   reaksiyasi   qayd   etiladi,   shish
sohasidagi   teri   va   teri   osti   kletchatkasi   hujayrali   infiltrasiya   va   proliferasiya
holatida bo‘lib, skleroti k yo‘g‘onlashgan bo‘ladi. Teri kam harakatli bo‘lib, tabiiy
elastiklikni   yo‘qotadi,   quriydi,   unda   burmalar   paydo   bo‘ladi,   yog‘   bezlari
atrofiyaga   uchraydi   va   natijada   yuzasida   yoriqlar   paydo   bo‘ladi.   Bunda   stafilo–
streptokokk li   infeksi ya   rivojlanishi   va   patologik   jarayon   yiringli   dermatitga
aylanishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Yiringli dermatit   ifloslangan terining mexanik shikasti yoki zararlangan teri
uzoq vaqt kimyoviy moddalar va go‘ng bilan qo‘zg‘atilishida hosil bo‘ladi.
Klinik belgilar.   Kasallikka yaqqol ifodalangan teri va teri osti kletchatkaning
shishishi, og‘riq reaksiyasi, tananing mahalliy va umumiy harorati ko‘tarilishi xos
bo‘ladi.   Yiringlash   jarayonlari   rivojlanadi,   sklerozga   chalingan   teri   nekrotik
parchalanadi. U po‘stloqchalar va quyuq, yopishqoq va badbo‘y xidli yiring bilan
qoplangan   bo‘ladi.   Yaqqol   keratoliz   natijasida   teridagi   yoriqlar   kattaradi,
so‘rg‘ichsimon   qavat   ochiladi.   Po‘stloqchalar   va   quyuq   yiring   olib   tashlanganda
teri   nuqsonining   tubida  yorqin  –   qizil   gipertrofiyalashgan   so‘rg‘ichlar   aniqlanadi,
ular   tuzilishi   bo‘yicha   yallig‘langan   granulyatsion   to‘qimaga   o‘xshaydi.   Yiringli
dermatit   tushoq   bo‘g‘imining   volyar   yuzasida   joylashganda   so‘rg‘ichlar   doim
qo‘zg‘aladi.   Reseptor   apparat   uzoq   vaqt   g‘o‘zg‘alishi   esa   trofika   buzilishiga   va
jarayon   yomonlashishga   olib   keladi.   Natijada   ayrim   so‘rg‘ichlar   nekrozlashadi,
boshqalari – giperplaziyaga uchraydi va teri yuzasidan bo‘rtib chiqadi. Teri va teri
osti kletchatkada skleroz rivojlanadi. Kasallikni chaqirgan sabablar o‘z vaqtida bartaraf etilmaganda va u tegishli
davolanmaganda   oyoqning   yiringli   dermatiti   surunkali   va   keyinchalik     verrukoz
(sugalli) shaklga o‘tadi.
Davolash.   Davolash   tartibi   kompleksli   bo‘lishi   lozim.   junlar   olib
tashlangandan so‘ng zararlangan sovun bilan yuviladi va   2 % li xloramin, 0,5– 2%
li   kaliy   permanganati   va   boshqa   antiseptiklar   bilan   vannalar   qo‘llanadi.
Zararlangan   teri   yuzasidan   nekrozlashgan   to‘qimalar   olib   tashlanadi   va   u   spirtli
eritmalar bilan yuviladi yoki murakkab bakteriostatik kukunlar sepiladi.
Yiringli   dermatit   so‘rg‘ichlar   gipertrofiya   va   gi perplaziya   bilan   kechganda
tozaluvchi   antiseptik   vannalardan   so‘ng   zararlangan   teri   va   atrofiga   spirt   –
gliseringa   (50x50)     namlangan   tampon   bilan   ishlov   beriladi   yoki   2%   li   spirtli
formalin   eritmasiga   namlangan   bog‘lam   qo‘yiladi.   Bunday   applikasiyalar   kunaro
2–3   marta   almashtiriladi,   keyin       bakteriostatik     malhamlar   yoki   linimentlar
(sintomisin emulsiyasi, A. V. Vish nevskiyning balzamik malhami va boshq.) bilan
bog‘lamlar   qo‘yiladi.   Granulyasiyalar   paydo   bo‘lgandan   so‘ng   epitelizasiya
o‘sishini   yaxshilovchi     Lassar   pastasi   va   boshqa   malhamlar   qo‘llanadi.   Jarayon
tananing   boshqa   joylarida   rivojlanganda   tez   –   tez   almashiniladigan   bog‘lamlar
qo‘llanadi.   Teriga   qo‘rg‘oshin   va   boshqa   burishtiruvchi   primochkalar   qo‘yiladi,
pioktanin,   brilliant   yashili   va   malaxit   yashili,   metilen   ko‘kining   sprtli   eritmalari
qo‘llanadi.   Keyin   zararlangan   yuzaga   sintomisin   emulsiyasi,   A.   V.   Vish -
nevskiyning   balzamik   malhami   bilan   yumshatuvchi   –   bakterisid   yengil   himoya
bog‘lam qo‘yiladi.
Yumshatuvchi   va   keratolitik   malhamlari,   qisqa   novokain   qamali   bilan
parafinli   yoki   ozokeritovыmi   applikasiyalar   yaxshi   samra   beradi.   Undan   tashqari
vaporizasiya, to‘qimali terapiya, pirogenal, antibiotiklar qo‘llanadi. Organizmning
umumiy   ahvolini   yaxshilovchi   va   infeksiyani   bostiruvchi   boshqa   vositalar
qo‘llanadi.  
3.  Terining yiringli kasalliklari (follikulit, furunkul, karbunkul)
  Terining   yiringli   kasalliklari   yoki   piodermit lar   –   tilla   rang,   oq   va   kamroq
virulent   limon– sariq   stafilokokk lar   chaqiradigan   kasalliklar .   Hayvonlarda uchraydigan   t erining   yiringli   kasalliklari   orasida   eng   ko’p   follikulit,   furunkul   va
karbunkul lar kuzatiladi .
Piodermatitlar   rivojlanishiga   ichki   va   tashqi   omillar   moyillik   yaratadi.
Tashqi   omillarga   ter   va   yog’   bezlari   chiqaruvchi   yo’llari   tiqilib   qolishiga   olib
keladigan   ifloslanishlar;   epidermis   maserasiyasi;   teri   yog’ining   aynishi;   noto’g’ri
tozalash   va   teri   yog’sizlanishiga   olib   keladigan   sovun   bilan   tez–tez   yuvish;
mexanik   shikastlar   (tirnalish,   sidirilish,   ishqalanish)   hamda   teri   immunitetining
pasayishi kiradi.
Ichki   omillardan   trofik   buzilishlar,   modda   almashinuvining   patologiyalari,
sifatsiz   oziqlantirish,   hazm   qilish   traktin   surunkali   katarlari,   buyraklarning
ajratuvchi   faoliyati   buzilishlari   natijasida   hosil   bo’ladigan   avitaminoz,   endokrin
buzilishlar va autointoksika siyalar yetakchi ahamiyatga ega. 
Follikulit   –   jun   tolasi   atrofida   rivojlanayotgan   yiringxona .   Dastlab   u   jun
xaltachasining   teshigi   atrofida   osteo follikulit   sifatida   joylashadi,   keyinchalik   esa
jarayonga terining boshqa joylari qo’shiladi.
Klinik belgilar.  Jun atrofida qizarish keyin kichik tuguncha shaklida infiltrat
paydo bo’ladi. Tuguncha 3–5 kunlar  ichida kam  miqdorda sarg’ish – oq yiringga
ega   pustulaga   (yarim   sharsimon   yoki   konussimon   shaklda   yiringxona)   aylanadi.
Pustulaning o’rtasida jun turadi. Pustula devori  shikastlanganda  undan bir  tomchi
yiring   chiqadi;   uning   tubi   yorqin   –   qizil   granulyasiyalar   bilan   qoplangan;   yiring
po’stloqchaga   aylanadi,   yallig’lanish   belgilari   so’nadi.   Viru lent   stafilokokk
mavjudligida furunkul rivojlanishi mumkin.
Davolash.   Jun   qoplamasi   olib   tashlanadi,   zararlangan   teri   yodli   yoki
kamforali   spirt   bilan   ishlanadi;   keyin   igna   bilan   pustula   yoriladi,   tampon   bilan
yiring   shimib   (surtmasdan)   olinadi   va   ichi   formalinning   2%   li   spirtli   eritmasi,
brilliant  (malaxit) yashili, pioktanin yoki metilen ko’ki  bilan ishlanadi. Pustulalar
ko’p   bo’lganda   zararlangan   joy   har   kuni   yokm   kun   aro   ultrabinafsha   nurlarining
suberitemli dozalari bilan nurlantiriladi
Furunkul   (chipqon)   –     jun   xaltachasi,   yog’   bezi   va   ularni   o’rab   turadigan
atrof dermaning yiringli – nekrotik yallig’lanishi  (–rasm). Terining   furunkullar   bilan   yoppasiga   zararlanishi   furunkulyoz   deb   ataladi.
Kasallik   ko’p   hollarda   surunkali   kechadi   va   residivlar   beradi.   Furunkulyoz   teri
ifloslanishiga   avitaminoz,   modda   almashinuvining   buzilishi,   oriqlash,
sensibilizasiya,   trofika   va   baryerli   funksiya   pasayishi   kabi   omillar   qo’shilganda
hosil bo’ladi.
2–rasm.  Furunkul
Patogenez.   Jarayon   osteo follikulitdan   boshlanadi   qaysikim   asta   –   sekin
chuqurroq   joylashgan   to’qimalarga   o’tadi   va   katta   hajmdagi   hujayrali   infiltrasiya
hosil   bo’lishiga   olib   keladi.   Ayrim   hollarda   furunkul   mustaqil   ravishda
chegaralangan   zich,   atrofi   shishgan   tuguncha   shaklida   rivojlanadi.   Teri   tarang,
qizargan   va   shishgan   bo’ladi.   Shakllanayotgan   furunkul   juda   og’riqli   bo’ladi.
Keyinchalik umumiy harorat ko’tariladi. 
Furunkul   rivojlanishi   bilan   ko’proq   konussimon   shaklni   egallaydi.   Bir
vaqtda jun atrofida stafilokokklar to’planadi. Ularning ta’sirida jun follikuli va uni
o’rab   turadigan   derma   nekrozga   uchrab,   “o’lgan   o’zak”   hosil   bo’ladi.   Bunga
parallel   holda   konussimon   zich   shishning   uchida   sarg’ish   dog’   paydo   bo’ladi,
sekvestrasiya   va   “o’zak”   parchalanishi   bilan   mazkur   dog’   bo’rtib   chiqadi   va
yumshaydi   ya’ni   flyuktuasiya   paydo   bo’ladi.   Tez   vaqtda   epidermis   yoriladi   va
yiring tashqariga chiqadi. Yiringdan bo’shagan kichik bo’shliqda “o’zak” qoladi va
bir   nechta   kun   ichida   asta   –   sekin   tashqariga   ittarib   chiqariladi   va   shu   bilan
regenerasiyani   sekinlashtiradi.   Furunkul   bo’shlig’ining   ochiq   kratersimon bo’shlig’i   yorqin   pushtirang   yoki   qizil   rangda   granulyasiyalar   bilan   qoplangan.
Infiltrat so’riladi, og’riq so’nadi va nuqson 3–4 kun ichida chandiqlashadi.
Klinik   belgilar.   Jun   qoplamsi   rivojlangan   hayvonda   furunkulning
boshlang’ich   bosqichlari   aniqlanmasligi   mumkin.   Sinchkovlik   bilan   kuzatganda
chegaralangan zich, markazida zangori – sarg’ish dog’ – pustula   mavjud og’riqli
shish   aniqlanadi.   Kattaligi   yong’oqday,   shakli   bo’yicha   sferik   yoki   konussimon
shish odatda teridan ko’tarilib turadi. Pishib yetilgan furunkul nisbatan og’rimaydi,
markazida   katta   bo’lmagan   flyuktuasiya   beradigan   yiringxona   joylashadi.   Sal
qattiqroq bosib ko’rilganda tashqariga quyuq, sarg’ish – oq rangda yiring chiqadi.
Quriganda u junni yopishtiradi. Yiringli – junli tiqin hosil bo’lib, o’zak chiqishiga
va drenajlashga to’sqinliq qiladi. 
Zararlanish   keng   bo’lganda   furunkullar   turli   rivojlanish   bosqichlarida
bo’ladi (3 –rasm ). Ayrimlari yoriladi, boshqalari endi rivojlanib keladi, uchinchilari
chandiqlanish   bosqichida   bo’ladi.   Hayvonlarda   tana   harorati   ko’tariladi,   ishtaxasi
yo’qoladi, ular  oriqlaydi  va maxsuldorligi psayadi. Jarayon uzoq vaqtga cho’zilib
ketadi. Davolamaganda hayvonlar oriqlash yoki sepsisdan o’ladi.
Tashhis.   Enzooti k   limfangoit ni   inkor   qilish   lozim.   Bu   kasallikda   tugunlar
keyinchalik   esa   kichik   abssess   va   yaralar   (kam   yoki   umuman   og’riqsiz)   odatda
limfatik   tugunlar   bo’ylab   to’g’ri   qatorlar   bo’yicha   joylashadi   va   yiringda
kriptokokklar topiladi.
Davolash.   Jarayon rivojlanishi, zararlanish darajasi va hayvonning umumiy
holati hisobga olingan holda o’tkaziladi. U umumiy va mahalliyga bo’linadi. 
Mahalliy   davolash.   Junni   olib   tashlashdan   boshlanadi.   Keng   zararlanishda
buni   teri   sovun   va   antiseptik   eritmalar   bilan   yuvilgandan   so’ng   (2%   li   xloramin,
kreolin,   lizol   va   boshq.)   yaxshilab   yuvgandan   so’ng   bajarish   lozim.   Keyin
zararlangan   joy   quritiladi   va   obdan   70%   li   yo dlangan,   2%   li   salisil   spirtlar   yoki
malaxit va brilliant yashilining spirtli eritmalari  bilan ishlanadi. 3–rasm.  Otdagi furunkulyoz   (B. M. Olivkov  bo’yicha )
Furunkullar   yuzasiga   toza   ixtiol   yupqa   qilib   surilganda   va   keyin   ular
sollyuks,   Minin   lampalari,   infraqizil   nurlar   bilan   nurlantirilganda   yaxshi   natijalar
kuzatilmoqda.
Shish   va   infiltrasiya   bosqichlarida   boshlanayotgan   infeksion   jarayonni
to’xtatadigan   yoki   kechishni   normallashtiradigan     va   furunkullar   tezroq
yetishishini ta’minlaydigan qisqa novokain–antibiotikli qamal bajariladi. Novokain
va   antibiotiklar   yoki   yaxshisi     neomisin   sulfati   ionoforezi   qo’llanishi   tavsiya
etiladi. Spirt quriydigan bog’lamlar qo’llanadi.
Pishib   yetilgan   furunkul   demarkasion   to’siq   (kratersimon   bo’shliq
devorlariga)   zarar   yetkazmasdan   to’g’ri   yoki   xochsimon   kesimlar   yordamida
ochiladi. Yiring tampon yordamida tozalanadi, furunkulga yuqorida aytib o’tilgan
spirtli eritmalar yoki A. V. Vishnevskiy, naftalan, sintomisin linimentlari suriladi.
Furunkul mustaqil yorilgandan so’ng o’zak ajralmaganda 5–10% li magniy sulfati
eritmasi bilan shimdirilgan salfetkalar qo’yiladi.
Umumiy davolash.  Hayvonlar to’la qiymatli vitaminlashtirilgan ozuqa (qizil
sabzi,   yangi   o’rilgan   o’t,   beda,   baliq   moyi)   bilan   ta’minlanadi   yoki   ularga
polivitaminlar   konsentratlari   beriladi;   autogemotera piya   bilan   birgalikda
antibiotikoterapiya   kursi   o’tkaziladi.   Furunkulyozda   6–10   kunlar   mobaynida,   har
kuni   venaga   glyukoza   va   askorbin   kislotasi   bilan   geksametilentetramin   eritmasi
yuboriladi (katta hayvonlarga geksameti lentetramin 16 g, 20% li glyukoza 200 ml,
askorbin   kislo tasi   1   g).   Qonning   kichik   dozalarini   qayta   quyish   tavsiya   etiladi. Hayvonda surunkali  gastrit, gastroenterit, jigar yoki buyrak kasalliklari  bo’lganda
tegishli simptomati k terapiya kerak bo’ladi.
Profilaktika.     Asosan   to’la   qiymatli   ozuqlantirish,   terini   to’g’ri
parvarishlash, egar jabduqlarni to’g’ri taqish va kiygizish, ularni yaxshilab quritish
va terlik ifloslanishining oldini olishga qaratiladi.
Karbunkul.  Bir – biriga yaqin joylashgan bir nechta jun xaltachalari va yog’
bezlarining   o’tkir   yiringli   yallig’lanishi   bo’lib,   teri   va   teri   osti   kletchatkasining
tarqalgan infiltrati va nekrozi kuzatiladi ( –rasm ).
Karbunkulni ham  furunkul rivojlanishiga olib keladigan sabablar chaqiradi.
Karbunkulda   teri   va   teri   osti   kletchatkaning   yirik   nekrozi   natijasida   ko’p   sonli,
yiring va nekrozga uchragan  to’qimalarga to’lgan “cho’ntaklari” mavjud bo’shliq
hosil   bo’ladi.   Flegmonalardagiday   granulyasion   to’siq   sekin   shakllanadi   va   to’la
rivojlanmagan   bo’lmaydi.   Bu   hol   mikroblar   qo’shni   to’qimalarga   o’tishi   va
karbunkul   ko’proq   generallashgan   shaklga   –   flegmonaga   aylanishiga   moyillik
tug’diradi.
–rasm .   Karbunkul  (B. M. Olivkov  bo’yicha ).
Strelkalar bilan yog’ bezlarining yiringli erish o’choqlri ko’rsatilgan.
Klinik   belgilar.   Avval   zich   va   tarqalgan,   bir   nechta   pustulalarga   ega
yallig’lanish   infiltrati   paydo   bo’ladi.   Keyin   infiltrat   miqdori   tezda   ko’payadi   va
zararlangan   joy   qattiq,   deyarli   yog’ochsimon   konsistensiyali   bo’ladi;   infiltrat
periferiyasi   bo’ylab   pigmentlashgan   teri   to’q   qizil   (arg’uvon)   rangda   va   shishgan
bo’ladi. Buning barchasi kuchli og’riq, ishtaxa yo’qolishi, oriqlash va maxsuldorlik
pasayishi bilan kechadi. Bir necha kunlardan so’ng epidermis yupqalashadi va bir
nechta   joylarda   junlar   asosida   yoriladi.   Barcha   teshiklardan   quyuq   zangori   –
kulrang   yiring   chiqadi,   bo’shliqda   nekrozga   uchragan   to’qimalar   ko’rinadi.   Tez
vaqtda   kichik   teshiklar   birlashib,   katta   yara   hosil   bo’ladi,   uning   ichidan   ko’p
miqdorda yiring va o’lgan to’qima parchalari ajraladi.    Ya qqol yiringli – rezorbtiv
isitma   kuzatiladi,   tana   harorati   40   °S   va   yuqoriroq   bo’ladi,   puls   va   nafas   olish
tezlashgan.   Karbunkul   rivojlanishi   limfangoit,   limfonodulitlar   hosil   bo’lishi   va zararlangan joyning jadallashuvchi tromboflebiti bilan kechadi. Sepsis rivojlanishi
mumkin.
Davolash.  Flegmonadagiday kompleksli antiseptik bo’lishi lozim.
Furunkulez   –   furunkullar   hosil   bo’lishi   bilan   kechadigan   jun   xaltachalari,
yog’ bezlari va ularni o’rab turuvchi tarqoq kletchatkaning stafilokokkli yiringli –
nekrotik   yallig’lanishidir.   Furunkul   kattaligi   yong’oqday   keladigan   juda   og’riqli
zich   konussimon   shaklda   shish.   Kasallikka   terining   ifloslanishi,   qashishish   va
boshqa,   teri   butunligini   buzadigan   shikastlar,     poligipovitaminozlar   va   modda
almashinuvi   buzilishlari   moyillik   yaratadi.   Furunkulyoz   seboreya   (yog’   bezlari
faoliyati   kuchayishi   bilan   kechadigan   kasallik)   va   akne   (yiringxonachalar)   larda
ham paydo bo’lishi mumkin. Ko’pincha tananing ochiq, jun bilan kam qoplangan
sohalari zararlanadi.
Davolash.  Terining zararlangan joylari  70   %  li  yod langan , 2   %  li  salisil  yoki
kamfor ali   spirt   yoki   brilliant   yashili eritmasi bilan ishlanadi. Undan tashqari ixtiol
bilan   parafin   va   boshqa   quruq   iliq   muolajalar,   ultrabinafshali   nurlantirish
qo’llanadi.   Furunkullar   ochilgandan   so’ng,   patologik   jarayonning   rivojlanish
bosqichiga   qarab   antibiotikoterapiya,   rasionga   vitaminli   preparatlar   kiritilishi,
novokain qamallari belgilanadi.
Furunkulyoz   profilaktikasi   kasallik   sabablarini   yo’qotishga,   polivitaminnli
preparatlarni   berishga   va   zararlangan   joyni   dyogotli   sovun   bilan   yuvishga
qaratiladi. 
4.  Ekzema lar
Ekzema   ( eczema ,   yunonchadan   ekzeo   –   birdan   lovillab   yonish,   qaynab
ketish) – terining re t sidivlashadigan kasalligi bo‘lib, derma (asosiy, ya’ni chin teri)
so‘rg‘ichsimon   qavatining   serozli   yallig‘lanishi   va   epidermis   o‘rta   qavatining
spongiozi   bilan   kechadi   hamda   polimorf   qichishadigan   toshma   chiqishi   bilan
xarakterlanadi. Ko‘pincha itlar, keyin ot, mushuk va qoramollar kasallanadi.
Kechishi   bo‘yicha   o‘tkir   yarim   o‘tkir   va   surunkali   ekzemalar   tafovut
qilinadi.   Ular   chegaralangan   va   diffuz   bo‘lib,   har   bittasi   namlanuvchi   ekzema shaklida kechishi  mumkin. Surunkali ekzema ko‘pincha quruq bo‘ladi. Reflektor,
nevropatik, jarohat oldi yoki paratravmatik ekzemalar uchraydi.
Etiologiya   va   patogenez .   P.V.   Nikolskiy   ta’qidlashicha ,   ekzemalar   hosil
bo‘lishida   asab   tizimining   holati   muhim   o‘rin   tutadi.   M.   K.   Petrova   fikricha,
bichilgan   hayvonlardagi   eksperimental   nevroz da   dermatit   va   ekzem alar   oson
chaqiriladi.   Bunda   endokrin   tizimi   asab   tizimiga   patologik   ta’sir   etib,     simpatik
nerv–trofik regulyasiyani buzadi va ekzema rivojlanishiga olib keladi.
Klinik tomondan bu, birinchi navbatda,   fizi k ,   kimyoviy , biologi k va boshqa
omillarga   chalingan   terida   namoyon   bo‘ladi.   Zararlan   to‘qimalar   qayerda
bo‘lmasin, ular o‘ziga qo‘zg‘atgichlarni va patologik impulslarini tortishi ilgaridan
ma’lum.   Natijada   ekzo–   va   endoqo‘zg‘atgichlar   ta’siri   va   ichki   sekresiya   bezlari
funksiyasining   buzilishlari   hayvon   organizmida   ekzema   va   dermatitlarni
qo‘zg‘atadigan o‘ziga xos sensibilizasiyani chaqiradi.
Teri   ichki   a’zolar   va   ichki   sekresiya   bezlari   bilan   tig‘iz   bog‘liq   bo‘lgani
sababli,   ulardagi   buzilishlar   va   kasalliklar   ekzema   va   dermatitlar   rivojlanishini
chaqiradi.   Bunga   quyidagilar   sabab   bo‘ladi:   me’yorda   oshqozon   –   ichak   tizimida
hosil   bo‘lgan   toksik   maxsullarning   aksariyati   tashqi   muhitga   chiqariladi,   qonga
so‘rilganlari   esa   jigarda   dezintoksikasiyaga   uchraydi   va   buyraklar   orqali   chiqarib
tashlanadi.   Oshqozon   –   ichak   tizimining   baryerli   funksiyasi   buzilganda,   jigar   va
buyraklar kasallanganda esa toksik maxsullar teri orqali ko‘p miqdorda chiqariladi
va natijada unga ichkaridan ta’sir qiladi.      
Ekzemalarni   quyidagi   ekzogen   omillar   chaqiradi:   mexanik   (ishqalanish,
qashinish   sidirilishlari,   parazitlar  ta’siri);  terining  tabiiy  drenajlanishiga  to‘sqinlik
qiladigan   mikrobli   va   boshqa   ifloslanishlar;   kimyoviy;   nurli   va   termik.   Endogen
omillarga   angiovegetativ   nevrozlar,   qalqonsimon   bez,   tuxumdonning   funksional
buzilishlari, avitaminoz, gastrit, nefrit, gepatit, gepatoxolesistitlar, ich qotishi yoki
ketishlari kiradi.
Klinik   belgilar.   O’tkir   ekzemada   polimorfli   toshmalar   paydo   bo‘ladi.   Bir
joyda   ekzemaning   har   xil   bosqichlari   kuzatilishi   mumkin.   Erimatoz   bosqichda
terida  qizil  dog‘lar  paydo bo‘ladi, ustiga  barmoq bilan  bosilganda ular  yo‘qoladi. Mahalliy harorat ko‘tariladi, qichishish kuzatiladi. Qizargan joy og‘riqsiz bo‘ladi.
Hayvon qichishadigan joyni qashib tirnaydi va infeksiya kirishiga yo‘l ochadi. Bu
bosqichda   epidermis   va   terining   so‘rg‘ichsimon   qavati   shishadi.   Shish   natijasida
epidermisning bigizsimon qavatidagi  hujayralar  orasi  kengayadi; kollagen tolalar,
ayniqsa so‘rg‘ichsimon qavatda, va bazal membrananing argentofil kar kasi kuchli
shishadi,   gel   holatidan   zol   holatiga   o‘tadi.   Keyingi   bosqichlarda   bu   o‘zgarishlar
yanada kuchayadi. 
Tez   vaqtda   giperemiyaga   uchragan   va   sal   shishgan   terida   tugunchalar
(papulalar)   paydo   bo‘lib,   jarayon   papulyoz   bosqichga   o‘tadi.   Kichik   (tariqday),
pushti – qizil rangli va zich papulalar teri ustida bo‘rtib turadi.
Ularning   orasi   och   –   qizil   rangda   bo‘ladi.   Ayrim   paytlarda   kasallikning
birinchi   kunlarida   yallig‘lanish   hodisalari   pasayadi   va   yangi   tugunchalar   paydo
bo‘lmaydi.   Mavjud   papulalar   kichik   po‘stloqchalar   bilan   qoplanadi,   giperemiya
yo‘qoladi va terining holati yaxshilanadi.
Bunday   ekzema   papulyoz   deb   ataladi.   U   ko‘p   hollarda   yana   qaytalaydi   va
yangi   papulalar   hosil   bo‘ladi.   Avvaldan   mavjudlari   esa   tiniq   serozli   ekssudatga
to‘lgan   kichik   pufakchalarga   aylanadi.   Ekzematoz   jarayon   keyingi   –   vezikulyoz
bosqichga o‘tadi.
Vezikulyoz   bosqichda   yallig‘lanish   alomatlari   va   ekssudasiya   yanada
kuchayadi.   Epidermisning   o‘rta   qavatida   avval   kichik   keyin   esa   katta   bo‘shliqlar
rivojlanadi. So‘rg‘ichsimon qavatidagi elastik to‘r parchalanib boshlaydi. So‘rg‘ich
va   derma,   tomirlar   atrofi   va   teri   qo‘shimchalari   atrofida   segment–yadroli   infiltrat
to‘planadi;   nerv   tolalari   bo‘kadi   va   shishadi;   bazillyar   membrananing   argentofil
elementlari   deyarli   to‘liq   zol   holatiga   o‘tadi.   Bu   holat   zkssudat   so‘rg‘ichlardan
epidermisga o‘tishini tezlashtiradi va unda intraepitelial bo‘shliqlar hosil bo‘lishiga
sabab   bo‘ladi.   So‘rg‘ichlar   ustida   to‘plangan   ekssudat   epidermisni   ko‘taradi   va
natijada papulalar o‘rnida pufakchalar (vezikulalar) rivojlanadi. Ularning ayrimlari
yorilib, ekssudat teri ustiga quyiladi.
Vezikulez   bosqich   deyarli   ko‘p   holatlarda   pustu lez   yoki   impetiginoz
bosqichlarga   o‘tadi.   Bunda   malpigiy   qavatida,   ayniqsa   pufakchalarda,   ko‘p miqdorda   leykosi tar   infiltrat   to‘planadi.   Buning   natijasida   ekssudat   loyqalanadi,
yiringsimon   holatiga   o‘tadi   va   yiringxona   –   pustulaga   aylanadi.   Tez   vaqtda
pustulalar   yorilib,   yiringsimon   ekssudat   teri   ustiga   quyiladi.   Papulalar   o‘rnida
yorqin   qizil   eroziyalar   paydo   bo‘ladi.   Ularning   tubida   yalang‘och,
giperemiyalashgan   va   shishgan   so‘rg‘ichlar   ko‘rinadi.   Ulardan   ekssudat   oqib
chiqishga davom etadi. Buning atijasida eroziya so‘hasidagi giperemiyalashgan va
shishgan   teri   doim   nam   bo‘lib   turadi.   Shunday   qilib,   jarayon   nam   ekzema
bosqichiga o‘tadi. 
Nam   ekzema   bosqichida   so‘rg‘ichlar   va   dermada   segment–yaderoli
leykositlar   miqdori   yanada   ko‘payadi.   Terining   a rgentofil   karkas i   deyarli   to‘liq
erib, ichki membranalarda ham yo‘qolib ketadi. So‘rg‘ichsimon qavatining elastik
to‘ri   va   kollagen   tolalar   parchalanish   bosqichida   bo‘ladi.   Bunday   o‘zgarishlar
nafaqat zararlangan joyda, balki atrof  to‘qimalarda ham  kuzatiladi. Junlarning bir
qismi to‘kiladi, qolganlari esa bir – biriga yopishadi. Infeksiya qo‘shilganda barcha
belgilar   yanada   kuchli   namoyon   bo‘ladi.   Epidermal   qoplamasi   yo‘qotgan   teri
osongina   infeksiyaga   chalinadi,   va   kasallikning   kechishi   og‘ir   va   uzoq   muddatli
bo‘ladi. Jarayon yengil kechganda esa yallig‘lanish xodisalari asta – sekin so‘nadi,
yaqqol   qizarish   bir   necha   kunlardan   so‘ng   kamayadi,   teri   shishishi   pasayadi.
Ekssudat   quriydi   va   sarg‘ish   po‘stloqchalarga   aylanadi.   Shikastlarda   uning   rangi
to‘q   qo‘ng‘ir   bo‘ladi.   Bu   holat     po‘stloqchali   bosqich   boshlanganligidan   dalolat
beradi.
Po‘stloqchali   bosqich   pustulyoz   yoki   nam   infeksiyalashgan   bosqichlar
alomatlari   bilan   kechganda,   po‘stloqchalar   ostida   yiring   to‘planadi.   Bunday
holatda   avval   yupqa   sarg‘ish   –   yashil   rangda   bo‘lgan   po‘stloqchalar   asta   –   sekin
qalinlashib,   qavat   –   qavat   bo‘lib   terini   qoplaydi.   Jarayon   yaxshi   kechganda,
epidermis   po‘stloq   osti   nuqsonining   epidermizasiyasi   boshlanadi.   Epidermis
tiklanganda  po‘stloqchalar   to‘kiladi.  Epidermis  bilan qoplangan  teri  sal  yaltiraydi
va qayzg‘oq bilan qoplangan bo‘ladi, jarayon tangachali bosqichga o‘tadi.  
Tangachali   bosqichda   muguzsimon   tangachalar   o‘zgarganda   epidermisning
quruq yuzasi muguz plastinkalar yoki kepakka o‘xshash yanada kichik tangachalar bilan   qoplanadi.   Yallig‘lanish   jarayonlar   to‘liq   yo‘qolganda   teri   avvalgi   tabiiy
holatiga keladi va jun bilan qoplanadi.
Yuqorida   qayd   etilgan   ekzematoz   jarayonining   bosqichlari   2–4   haftalar
mobaynida   kechadi.   Jarayon   yaxshi   kechmaganda   tuzalish   nam   yoki   tangachali
bosqichlarda   to‘xtaydi.   Bunda   yarim   o‘tkir   ekzema   rivojlanadi.   Tuzalib   ketgan
terida ekzematoz jarayon yana boshlanganda residivlashgan ekzema hosil bo‘ladi.
O’tkir   va   ayniqsa   yarim   o‘tkir   ekzemalar   uzoq   vaqt   davom   etganda   teri
qalinlashadi, shikastlanadi, unda turg‘un o‘zgarishlar kechadi va natijada surunkali
ekzema rivojlanadi.
Surunkali   ekzemada   epidermisda   akantoz   hosil   bo‘ladi   ya’ni   bigizsimon
qavati   hujayralari   kuchli   ko‘payib   boshlaydi.   Parakeratoz   ya’ni   epidermisning
donador   qavati   yo‘qolishi   kuzatiladi.   Infiltratda   asosan   limfo sit   va   fibroblastlar
aniqlanadi; segment–yadroli leykositlar va plazmati k hujayralar kamayadi.
Argentofil   tolalar   to‘liq   erib,   kollagenizasiyaga   uchragan   massani   hosil
qiladi.   Buning   natijasida   teri   ellastikligini   yo‘qotadi   va   qalinlashadi.   Terining
baryerli, ximoya va boshqa funksiyalari sezilarli ravishda pasayadi.
Reflektor   ekzema   teri   sensibili zasi yasi   va   hayvon   organizmining   yuqori
reaktiv ligida paydo bo‘ladi. Qayta rivojlangan reflektor ekzemada barcha hodisalar
asosiy   birlamchi   ekzematozli   o‘choqdan   uzoqroqda   va   kuchsizroq   rivojlanadi.
Masalan,   toshmalar   papulalardan   chetlanib   rivojlanadi,   nam   bosqich   esa   kamroq
ifodalanadi.
Nevropatik ekzema  vegeta tiv buzilishlar   (asosan  otlarda va  itlarda o‘latdan
so‘ng)   negizida   rivojlanadi.   Ekzematoz   zararlanishlar   asab   buzilishlar   belgilari
(yaqqol qo‘zg‘alish yoki bostirilish, parez, falaj, tomirli buzilishlar va boshq.) bilan
simmetrik holda kechadi.   
Jarohat   oldi   yoki   paratravmatik   ekzema   asosan   yiringli   ekssudat   oqib
chiqqan   joylarda   va   travmatik   zararlanishlar   (kuyish,   sovuq   urigi   va   boshq.)
atrofida   kuzatiladi.   Ekssudat   oqib   chiqqan   joyda   giperemiya   paydo   bo‘ladi,
keyinchalik pufakchalar va pustulalar hosil bo‘ladi. Tez vaqtda ularning o‘rinlarida
eroziyalar paydo bo‘ladi. Eroziyalar yiring va keyinchalik hosil bo‘ladigan nekroz ta’sirida kengayadi va chuqurlashadi. Yoppasiga follikulitlar rivojlanishi mumkin.
Shunday qilib, ekzema dermatitga aylanadi.  
Kasallik   oqibati.   O’tkir   ekzemada   –   yaxshi   yoki   ehtiyotkor;   surunkali,
nervnopatik   va   nerv–trofik   ekzemalar   qiyin   davolanadi,   chunki   asosiy   sababni
yo‘qotish   ishlari   samara   bermasligi   mumkin.   Ekzemalar   qayta   rivojlanishi
mumkin.
Davolash.   Terapevtik   muolajalar   iloji   boricha   ertaroq   boshlanishi   lozim.
Ekzemaning   bosqichi   hisobga   olinadi,   sababchi   va   moyillik   yaratuvchi   omillarga
qarshi   choralar   ko‘riladi.   Mahalliy   davolash   kam   hollatlarda   qisqa   muddatda
tuzalishga   olib   keladi.   Davolash   kompleksli   bo‘lib,   klinik–laborator   tekshirishlar
natijalariga tayanadi.
Bir   vaqtda   organizmning   desensibilizasi yasi   o‘tkaziladi.   Buning   uchun
venaga   10–20%   li   natriy   tiosulfati   eritmalari:   katta   hayvonlarga   10–20   ml   dan
boshlanib,   so‘ng   har   bir   avvalgi   dozaga   5–10   ml   dan   qo‘shib   150   ml   gacha   (bir
inyeksiyaga) quyiladi. 15–20 inyeksiya qilish tavsiya etiladi. 
Venaga100–150   ml   dan   10%   li   natriy   bromidi   bilan   birgalikda   100–50   ml
dan   10%   li   rastvorom   kalsiy   xloridi   eritmalari   quyilganda   yaxshi   natijalar
kuzatilgan (katta hayvonlarga 1 kunda 1 marta, 5–7 kun).
Autogemo–  va  laktoterapi yalarni qo‘llash mumkin.
Anti gistamin li   va   desensibiliz asiya   qiluvchi   vositalar   sifatida   dimedrol
qo‘llanadi  ( katta hayvonlarga  0,3–0,5 g  dan ).
Kalsi y   xlorid i   yoki   natri y   salisilat i   bilan   konservatsiya   qilingan   qon
transfuziya si  ( kichik hayvonlarga  50 – 100 ml  dan ,  kattalarga   –  1000 – 2000 ml  dan )
yaxshi natijalar beradi. Ular organizmga desensibilizasion ta’sir qiladi. 
Desensibilizasiya   vositasi   sifatida   muskullarga   5%   li   askorbin   kislotasi
yuboriladi   (1   inyeksiyaga   kichik   hayvonlarga   1   am puladan,   kattalarga   –   8–10
ampuladan), 15–20 inyeksiya qilish tavsiya etiladi. 
Askorbin   kislotasi   bilan   tiamin   aralashmasi   har   2–3   kunda   yuborilganda
natijalar   yanada   yaxshi   bo‘ladi.   Siankobalamin   ham   qo‘llanishi   mumkin.   Draje
shaklida polivitaminlar beriladi. Epitelial   qoplamani   va   terining   baryer   funksiyasini   himoyalash,   uning
tiklanishini   yaxshilash   maqsadida   retinolning  drajelari   va   inyek siyalari   qo‘llanadi
(kichik hayvonlarga 1, kattalarga –8–10 drajedan),
Surunkali   gastritlar,   jigar   xastaliklari   va   vegetativ   buzilishlardan   kelib
chiqqan   ekzemada   og‘iz   orqali   0,5–2%   li   novokain   eritmasi   (kichik   hayvonlarga
kuniga  3  marta,   oziqlantirishdan   30  daqiqa  oldin  10–15  ml   dan,  kattalarga  –  50–
100  ml   dan)  20  kun  mobaynida   beriladi.  Venaga   0,25–0,5%  li  novokain  eritmasi
sekin   yuborilganda   yaxshi   samara   kuzatiladi;   kichik   hayvonlarga   1–2   ml   dan
boshlanib, har kuni 1 ml dan qo‘shiladi va10 ml gacha yetkaziladi; kattalarga100–
150 ml dan boshlanib, har kuni 10 ml dan qo‘shiladi va150 ml gacha yetkaziladi.
10–15   inyeksiya   bajariladi.   Ekzema   hayvonning   oyog‘ida   joylashganda   aylana
antibiotk – novokain qamali bajariladi.
Bosh   va   bo‘yin   sohalaridagi   ekzemalarda   0,25%– li   novokain   eritmasi   teri
ichiga yuboriladi.
Inyeksiyalar   zararlanish   tomonda,   bo‘yin   tarog‘idan   yon   tarafdan   2–3–
bo‘yin   umurtasidan   to   3–4–   ko‘krak   umurtqasi   yelka   o‘simtasigacha,   katta
hayvonlarda kaft va kichik hayvonlarda ikki barmoq enligida maydonda bajariladi.
Inyeksiyadan   1   kun   avval   junlar   qirib   (uzun   bo‘lganda)   olinadi.   Har   bir   nuqtaga
0,1–0,2   ml   eritma   yuboriladi,   orasi   1–1,5   sm.   Kerak   bo‘lganda   muolajalar   3
kundan so‘ng takrorlanadi.
Ekzematoz   jarayon   oldingi   oyoqni   zararlanganda   inyeksiyalar   yag‘rinning
yon   tomonida   3–   dan   7–9–   ko‘krak   umurtqalarigacha;   tananing   ko‘krak   sohasi
zararlanganda   orqa   va   belning   yon   tomonida   8–12–   ko‘krak   umurtqalari   yelka
o‘simtalari sohasida bajariladi.
Intoksikasiya natijasida rivojlangan ekzemada 40%–li geksametilentetra min
yoki   10%–li   natriy   salisilati   eritmalari   (kichik   hayvonlarga   10–20   ml   dan,
kattalarga – 100–200 ml dan kuniga 1 marta, 3–4 kun) vena orqali yuboriladi.
  Ichakdan   allergenlar   so‘rilishining   oldini   olish   uchun   surgi   dorilari   va
klizma qo‘llanadi, xloridlar chegaralanadi va oson achiydigan ozuqalar berilmaydi.
Pirogenal yaxshi davolovchi ta’sir qiladi. Yarim   o‘tkir   va   surunkali   ekzemalarda   o‘ta   yumshoq   rentgen   nurlarini
qo‘llash mumkin. 
Mahalliy davolash.
Ekzemada   suvni   ehtiyotkorlik   bilan   qo‘llash   lozim,   shuning   uchun
ifloslangan   ekzematozli   joylar   faqat   bir   martta   va   albatta   neytral   sovun   bilan
tozalanadi.   Yuvilgan  joyning   junlari   qaychi   bilan   olib  tashlanadi.   Keyinchalik   bu
joylar   faqat   quruq   steril   paxtali   sharik,   qo‘shni   sohalar   esa   70%   li   spirtga
namlangan paxtali shariklar bilan ishlanadi.   Foydalanilgan adabiyotlar:1.  
Dorosh M . V . Bolezni loshadey.   Veche , 2007.   http://www.e–reading .
club/book.php?book=83010
2. Elsevier’s Health.  Equine surgery, ed 3 ,  11830 Westline Industri al Drive
Sciences Rights Department in Philadelphia, PA, USA Copyright © 2006 . 29–bob,
309–317 betlar

TERI KASALLIKLARI Reja: 1. Otlarda gi terining o’smali kasalliklari . 2. D ermatitlar . 3. Terining yiringli kasalliklari (follikulit, furunkul, karbunkul). 4. E kzema lar.

1. Otlarda gi terining o’smali kasalliklari Ot terisining aksariyat kasalliklari o’smali tabiatga ega bo’lib, jiddiy jarrohlik konsultasiya yoki kirishishni talab etadi. Shundan kelib chiqqan holda mavzuda teri kasalliklariga alohida ahamiyat beriladi. Sarkomalar Otlar sarkomalar i birinchi marta 1936 (1) yilda Djekson tomonidan ta’rif berilgan. Otlar orasida eng ko’p teri sarko masi ya’ni epitelial komponentli fibroblastik proliferativ neoplaziyasi tarqalgan (1). Fibroblastlarning morfologik xarakteristikasi, sekin o’sishi va ular zararlangan hayvonlarda biror – bir fiziologik muammolarni kam chaqirishi tufayli, sarkomalar ko’p hollarda gistopatologik xatarsiz o’sma turiga kiritiladi. Ammo bunday tasniflanish noto’g’ri bo’lib, chunki ko’p sonli bunday o’smalarning klinikasini to’liq ochmaydi va ular xatarli o’sma klinikasiga ega bo’ladi (2). Klinik manzarasi bo’yicha sarkomalar sugalli, tugunli fibroblastik, yarali fibroblastik, aralash va xatarli kenja turlarga bo’linadi. Bunday tasniflanish ularning biologik hossalariga to’g’ri keladi. (1–rasm). Eng agressiv kenja turlari xatarli bo’lib, fassiya va qon tomirlar bo’ylab tarqaladi, tez o’sadi va jarrohlik yo’l bilan olib tashlangandan so’ng yuqori residivlikka ega bo’ladi (2). O’smali jarayon boshning yuz, quloq v ko’z atrofi, oyoqning distal qismi, bo’yin va qorinning ventral qismi sohalarida hamda avvaldan lat yegan va tirnalgan joylarda rivojlanadi (3). Ko’z atrofi va oyoqning distal qismida joylashgan sarkomalar boshqa sohalarda joylashganlarga nisbatan ayniqsa yomon oqibatlarga olib keladi. Epidemiologiya Otning zoti va sarkomalar rivojlanish xavfi orasida bog’liqlik aniqlangan. Mahalliy otlarda bu kasallik nasldor toza qonli otlarga nisbatan 2 marotaba kam uchraydi. Otlar leykositlarining antigeni (OLA) va sarkomalar rivojlanish darajasi orasida to’g’ridan – to’g’ri genetik bog’liqlik mavjud. Masalan, sof qonli ingliz, shveysar, fransuz va salt miniladigan irland ot zotlarining A3 va W13 allellarining mavjudligi sarkomalar rivojlanish havfi bilan tig’iz bog’liq. Mahalliy zotlarda W13 alleli bo’lmagani sababli ular sarkomalar ga nisbatan kam chalinadi.

Sarkomalar rivojlanishida irsiy bog’liqlik mavjud. Masalan, naslida sarkomalar bilan kasallangan ajdodlari bo’lgan biyalardan olingan avlodda bu kasallikka moyillik bo’ladi. Genetik mutasiya natijasida hosil bo’lgan spontan xatarli o’smalar asosan qari hayvonlarda uchraydi, sarkomalar esa ko’proq yosh (1yoshli va kichik) hayvonlarda kuzatilishi ularda genetik moyillik borligi yoki ekzogen omil ta’sir qilganidan dalolat beradi. Hayvonlar tig’iz saqlanganda ham bu kasallik ko’p uchraydi. Sarkomalar ko’z atrofi, oyoqlar va qorin sohasida ko’proq rivojlanishi pashalar bilan bog’liqligi isbotlangan. Kasallik virusli etiologiyaga ega ekanligi to’g’risida fikr birinchi marotaba Olsen va Cook.10 lar tomonidan taklif etilgan. Teri papillomalarining transmissivligini o’rganishda ular otlar sarkomalar i va ot terisiga buqa papillomasi ekstraktini yuborib eksperimental chaqirilgan o’sma orasida juda katta o’xshashlikni aniqlagan. Buqa papillomasida virusli DNK borligi boshqa mualliflar tomonidan ham tasdiqlangan (11–20). Papillomalar o’smali transformasiyada ma’lum rol o’ynaydi, ammo ammo faqat virusli infeksiyaning mavjudligi transformasiya rivojlanishiga yetarli emas, chuki buqa papillomasining virusli DNK si kasal hayvonlarning sog’ terisida ham topiladi (20,21). A C

B D E 1 –r asm. Sarkomalarning kenja tiplari A. Boshning chaka so h asidagi sugalli sarko ma . B. Teri osti fibroblastik sarko ma . C. Yarali fibroblastik sarko ma . D. Sugalli va fibroblastik komponentlardan iborat shakl. E. Xatarli sarko ma bilan ot. Zararlanish b o’ yin pastiga, limfatik zanjirlar bo’ylab hamda halqum orti va quloq oldi limfatik bezlar tomonga tarqalgan. Latent virusni faol holatga keltirish uchun birorta shikast kerak bo’ladi. Bu hol sarkomalar ko’pincha lat yegan joylarda rivojlanishini tushuntiradi. Kasallikni tozalangan virusli DNK yuborilishi bilan chaqirish mumkin, ammo u ko’pincha spontan rivojlanadi (23). Sarkomalar rivojlanishida viruslar rol o’ynashi virusli DNK va virusli oqsillar topilganida isbotlandi. Ammo virusli transformasi - yaning mexanizmi xunuzgacha aniq emas. Sarkomalar hosil bo’lishida genetik va zot moyilliklarini hisobga olganda kasallik polietiologik xarakterga ekanligi to’g’risida fikrlar o’z o’rnini topgan. Davolash Sarkomalar ni davolashga tegishli ko’p ma’lumotlar mavjud. Ammo ularning barchasi ham muvafaqiyat keltirmaydi. Davolash samarasining baholanishi qiyin

kechadi; eng ertangi tadqiqotlar nazoratda bo’lmagan va asosan klinika yo’nalishi bilan chegaralangan . Sarkomalar odatda agressiv o’sma turi bo’lib, muvafaqiyatsiz davolashda yana qaytadan rivojlanadi. va yanada agressiv fenotipga aylanib keyingi davolanishi qiyinlashadi. Maxsus davolovchi markazlarda kuzatiladigan o’smalardan farqi o’laroq sarkomalar ning ko’p kenja turlari mavjud, qaysikimlar tinch holatda bo’lishi yoki spontan regressiyaga chalinishi mumkin. Jarrohlik yo’l bilan kesib olib tashlash O’smani qo’shimcha terapiyasiz jarrohlik yo’l bilan kesib olib tashlash eng kam samarali usul bo’lib hisoblanadi va 15,8 – 82% larda residivlar hosil bo’lishiga olib keladi (3,24–26). Bunga o’smali hujayralar sog’ to’qimalarga o’sib kirishga ulgurganligi qisman sabab bo’ladi (27). Shuning uchun o’smani to’liq bartaraf etib bo’lmaydi. Undan tashqari, atrof to’qimalarda latent holatda virusli agentlar bo’lishi mumkin (20,21). Operasion shikast va keyinchalik o’sishning stimulyasiyasi virusni faollashtiradi va virusli onkogenlar ekspressiyasini chaqiradi. Lazerli ablyasiya O’smaning lazerli ablyasiyasi uni olib tashlash yoki xajmini kamaytirish uchun qo’llanadi (24, 28–31). U mexanik asboblarga nisbatan atrof to’qimalarga kamroq zarar yetkazadi va o’smali hujayralar tarqalishiga yaxshiroq to’sqinliq qiladi. SO 2 – lazeri qo’llanganda residivlar faqat 38% holatlarda kuzatiladi (29). Lazerli ablyasiya intralezionalnыy ximioterapiya yoki boshqa qo’shimcha terapiya bilan qo’llanganda davolash samarasi yanada oshadi. Krioterapiya Krioterapiya otlarda uchraydigan sarkomalar ni davolash uchun eng ko’p qo’llanadigan usullardan biri bo’lgan (32–34). Samarasi 60–100% ni tashkil qiladi degan ma’lumotlar mavjud. Ammo oxirgi vaqtlarda o’tkazilgan tadqiqotlar ko’rsatishicha bunday usulda davolash faqat 9% usullarda samara berar ekan. Ya’ni ma’lumotlarda noaniqliq bo’lgani uchun bu masala yanada batafsil va uzoqroq o’rganishni talab etadi. Krioterapiya usuli veterinariyada ko’proq muvafaqiyatga ega, veterinarlar uni tez – tez qo’llab, samarali ta’sir qilish uchun