BUYRAK KASALLIKLARI
B U Y R AK K ASALLI K LAR I
■ Ko’pincha bemor o’zida buyrak kasalligining o’tkazib yuborilgan bosqichi mavjudligini tasodifan bilib qoladi, u shifokor huzuriga mutlaqo boshqa muammodan shikoyat qilib kelgan bo’ladi. Shifokorlar buyraklarni hatto o’zaro «soqov a’zolar» deb ham atashadi, chunki kasallikning dastlabki belgilari ayrim holatlarda buyrak ishdan chiqganidagina paydo bo’ladi.
B U Y R AK K ASALLI GI : P I ELONEFR I T ■ Pielonefrit — surunkali buyrak kasalligi. Kasallik urologik amaliyotda keng tarqalgan. Urologga qilingan barcha tashriflar holatlarining 2/3 qismi o’tkir yoki surunkali pielonefrit kasalligiga tashxis qo’yish bilan yakunlanadi.
B U Y R AK K ASALLI K LAR I : GLOM ER U LONEFR I T ■ Glomerulonefrit — bu asosan buyrak koptokchalarining shikastlanishi bilan kechadigan immunoyallig’lanishli kasallik. Patologik jarayonga shuningdek buyrak naylari va interstiyalar ham jalb etiladi. Patologiya ham birlamchi bo’lishi, ham boshqa tizimli kasalliklar fonida rivojlanishi mumkin. ■ Ko’pincha glomerulonefritdan bolalar aziyat chekadi, bu kasallik siydik tizimining infektsion kasalliklaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Bundan tashqari, glomerulonefrit boshqa urologik kasalliklarga qaraganda ko’proq nogironlikka olib keladi, chunki u buyrak yetishmovchiligining erta rivojlanishini keltirib chiqaradi.
B U Y R AK Y ETI SH M OVCH I LI GI ■ O’tkir buyrak yetishmovchiligi — bu buyak faoliyatining buzilishi bo’lib, ba’zi hollarda bu jarayonni ortga qaytarish mumkin. Kasallik a’zoning jiddiy darajada yoki to’liq ishdan chiqishi bilan tavsiflanadi. Buyraklar bajaradigan barcha funktsiyalar buziladi: ajratuvchi, sekretor, filtrlash.