Qandli diabet
Mavzu: Qandli diabet
Qandli diabet (lot. diabetes mellitus, «saxar kasalligi») — glyukozaning o’zlashtirilishi buzilishi bilan bog’liq bo’lgan va insulin gormonining nisbiy yoki mutlaq yetishmovchilgi yuzaga keladigan endokrin kasalliklar guruhi. Buning oqibatida giperglikemiya — qonda qand miqdorining turg’un oshishi kuzatiladi. Kasallik surunkali kechishi, shuningdek uglevod, yog’, oqsil, mineral va suv-tuz metabolizmi buzilishi bilan xarakterlanadi.
Tavsifi Qonda glyukoza miqdorining me’yordan oshib ketishi qandli diabetning birinchi alomati hisoblanadi. Inson organizmida insulin ishlab chiqarilishi uchun me’da osti bezi hujayralari (beta-hujayralar) javobgar. U gormon hujayralarga glyukozani o’zlashtirishga yordam beradi. Qandli diabetda insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, qonda glyukoza miqdori oshadi. Biroq, glyukoza insulinsiz o’lzashtirila olmasligi sababli hujayralarda glyukoza yetishmovchiligi kuzatiladi. Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Insulin yetishmasligida terida yiringli va boshqa kasalliklar paydo bo’lishi, tishlar, buyrak, asab tizimi shikastlanishi, ateroskleroz, stenokardiya, gipertoniya rivojlanishi, ko’rishning buzilishi kabi ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi.
Kasalli k riv ojlani shi ning asosi y sabablari ga: Irsiyat. Albatta, kasallik ta’sir etuvchi omillar bo’lmaganda rivojlanmaydi, lekin moyillik yuqori bo’ladi. Semizlik . Ortiqcha vazn ikkinchi turdagi diabet shakillanishiga olib keladi. Kasalliklar. Insulin ishlab chiqarish uchun javobgar β- hujayralari shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar. Ularga pankreatit, me’da osti bezi saratoni, boshqa endokrin bezlar kasalliklari kiradi. Virusli infeksiyalar — qizamiq, suvchechak, yuqumli gepatit va boshqa kasalliklar. Ushbu infektsiyalar diabet rivojlanishiga hissa qo’shadi. Ayniqsa, xavf guruhida bo’lgan insonlar uchun. Asabiylashish, stress. Stress, asabiylashishdan yiroq bo’lish tavsiya etiladi. Yosh. Yosh ortishi bilan har o’n yilda diabet rivojlanish ehtimoli ikki barobarga ortadi.
Bundan tashqari, kasallik rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir o’tkazishi mumkin: Feoxromositoma — buyrak usti bezi o’simtasi, natijada insulinga aks ta’sir etuvchi gormonlar ko’p ishlab chiqariladi; Buyrak usti bezlari giperfaolligi (giperkortitsizm); Gipertireoz; Jigar sirrozi; Uglevodlarga sezuvchanlik buzilishi; Vaqtinchalik giperglikemiya — qonda glyukoza miqdorining vaqtinchalik oshishi. Muammoning eng muhim asosi to’qima bilan insulin o’zaro ta’sirlashuvi buzilishi hisoblanadi. Glyukoza organizmga hayotiy jarayonlarni davom ettirish uchun asosiy energiya substrati sifatida kerak.