Baliqlarning protozooz kasalliklari. Xilodenillez. Trixodinioz. Kostioz kasalliklari.
Baliqlarning protozooz kasalliklari. Xilodenillez. Trixodinioz. Kostioz kasalliklari. Reja: 1. Kostioz kasalliklari. 2. Xilodenillez kasalligi 3. Trixodinioz kasalligi.
Baliqlarning invazion kasalliklari hayvonot olamiga mansub parazitlar tomonidan chaqiri ladi. Bu kasalliklarning nomenklaturasi hozirgi kun da 1928 yilda K.I.Skryabin va R.S.Shuls tomonlaridan ishlab chiqilgan nomenklaturasi bilan amalga oshiriladi (zoologik asosida). Kasalliklarga qo‘zg‘atuvchilarning avlodiga «oz» yoki «yoz» suffiks qo‘shimchasini berishi natijasida n om berishni tavsiya etishgan. Masalan, kosti avlodi – kostioz kasalligi, Ligula – ligulyoz va boshqalar. Baliqlarning invazion kasallik qo‘zg‘atuvchilar bir xujayrali patogen organizmlar, parazit gelmintlar, parazit qisqichbaqalar va mollyuskalar bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ham ixtiopatologiyada baliq kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarning guruh va tiplariga qarab q u yidagilarga bo‘lishi mumkin: protozoozlar, trematodozlar, gelmintozlar, krustotseozlar va mollyuskalar. Baliqlarning protozooz kasalliklari. Bir xujayrali patogen organizmlarga mansub baliqlarning kasalliklari 500 dan ortiq bo‘lib, bu kasallik qo‘zg‘atuvchilari chuchuk suv havzalarida urchitilayotgan baliqlar organizmida parazitlik qilishga moslashgan bo‘lib, og‘ir ko‘rinishda kechadi va baliqlarning ommaviy ravishda nobud bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Ko‘pchilik protozoooz kasalliklar yaxshi o‘rganilgan, ularning diagnostika usullari, kasallikni oldini olish va qarshi k u rashish tadbirlari ishlab chiqilgan. Biroq, sporalilar, mikrosporiydilar, knidosporidiylar, xivchinlilar tomonidan sodir etiladigan kasalliklar etarli darajada urganilmagan. Hozirgacha bu kasalliklarning laboratoriya sharoitida diagnoz qo‘yish usullari yo‘q, radikal qarshi ko‘rashish tadbirlari ishlab chiqilmagan. SHuning uchun ham hozirgi kunda barcha baliqchilik xo‘jaliklarida ushbu kasalliklarga qarshi ko‘rashishda veterinariya-sanitariya, baliqchilik-biologik va meliorativ tadbirlarni m u ntazam ravishda amalga oshirib, suv havzalarida baliqlar uchun optimal zoogigienik sharoitlarni yaratish va baliqlarning kasallik qo‘zg‘atuvchilariga qarshi tabiiy rezistentligini oshirishga qaratilishi lozim. Kostioz - bu baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, tana terisi ustida k u lrang dog‘larning paydo bo‘lishi, jabrasining zararlanishi, suzgich kanotlarini i z dan chiqishi, yallig‘lanib to‘qima xujayralarning nekrozi-emirilishi bilan
xarakterlanadi. Kasallikka asosan yosh baliqlar moyil. Kasallik SHarqiy va G‘ arbiy Evropa, SHimoliy Amerika, Xitoyda, Ukrainada va Rossiyaning markaziy viloyatlarida qayd etilgan. Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – xivchinlilar tipiga mansub Costia necatrix (Bodonidae oilasi) paraziti hisoblanadi. Parazitning tana uzunligi 5-20 mkm, eni 2,5-10 mkm. Uning qorin tomondan shakli ovalsimon yoki buyraksimon, oldingi tomoni zichlashgan, tanasi sitoplazma, kichkina o‘zak va ikkita qisqaruvchi vakuol a lardan iborat. Ikkita xivchini bor. Parazit shilliq modda va teri va jabra da n ajralgan epitelial xujayra bilan oziqlanadi. Ikkiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Noqulay sharoit ga tushib qolganida sistaga aylanib bir necha vaqt o‘zining hayotchanligini saqlab qolishi mumkin. Epizootologik ma’lumotlar. Kostioz kasallik qo‘zg‘atuvchisi tabiatda keng tarqalgan bo‘lib barcha suv havzalaridagi baliqlarda uchraydi. Biroq, kasallikning epizootiya va enzootiya ko‘rinishi tabiiy suv havzalaridagi baliqlar orasida qayd etilmagan, daryo va ko‘llardagi baliqlar invaziya manbai va tabiatda gi rezervuari bo‘lib xizmat qiladi. Kostioz bilan chuchuk suv havzalaridagi barcha turdagi baliqlarning yoshlari kasallanishi mumkin, shuningdek yarim o‘tuvchi baliqlar (poluproxodn ы e r ы b ы ) xam. Kasallikning epizootiya ko‘rinishi asosan bahor va yozda baliq ikralari (urug‘lari) mavjud suv havzalarida va baliqchilik zavodlarida, suvning harorati + 16-25 grad bo‘lganida kuzatiladi. Bunday sharoitda parazitlarning rivojlanishlari uchun qulay vaziyat vujudga keladi. Sog‘lom baliqlar kasallari bilan kontaktda bo‘lganlarida kasallikka chalinadi, hamda qo‘zg‘atuvchilar mavjud bo‘lgan suv havzalarida saqlanganda zararlanadilar. Kostiylarning sistalari ka t ta yoshdagi baliqlarning shilliqlarida ko‘p muddat davomida saqlanib qoladi, hamda nam tuprokda, hovuzlarning loyqalarida ancha muddat saqlanadi, agarda suv bilan to‘ldirilsa, parazitlarning harakati aktivlashib baliqlarni zararlanishiga olib keladi. Baliqlar suv havzalarda juda ham zich saqlanganda, boqilganda, kasallik qishda ham suv harorati 2-7 gradus bo‘lganida ham kasallikka chalinadilar. Fore l li xo‘jaliklarda zararlanish baliqlarni xom farshlar bilan qisqaruvlantirilganda kuzatiladi. Bir suv havzalaridan ikkinchisiga
qo‘zg‘atuvchilar kasal baliqlarni tashish natijasida yoki suv orqali keltiriladi. Kostiozning rivojlanishida baliq organizmning fiziologik holati ham katta axamiyatga ega. Baliqlarning semizlik darajasi qanchalik past bo‘lsa, kasallik og‘ir o‘tadi, va aksincha, semiz bo‘lsa – engil o‘tadi. Kostiylarni ko‘payishi va kasallikning rivojlanishida ishkorli muhit (rN-5,0-5,5 dan yuqori bo‘lmasa), gidrologik, gidroximik, gaz almashinuv rejimi hamda zoogigienik sharoitlarning yomonlashuvi ham qulay imkoniyat yaratadi. Kasallikning klinik belgilari. Kostiylar baliqlarning terisida va jabrasida parazitlik qilishi oqibatida epitelial xujayralarni kuchli kichishi va emirilishiga olib keladi, natijada ko‘p shilliq moddasi ajraladi. Baliqlarning tanasida dastlab ko‘rimsiz ko‘lrang dog‘lar paydo bo‘ladi, keyinchalik patologik jarayonning progressiv rivojlanishi oqibatida bu dog‘lar birlashib, bir-biriga kushilib butun tanani kamrab oladi. Terining ayrim qismlarida nekroz paydo bo‘ladi, u erda patogen mikrofloralar va parazit zamburug‘lar kirib olishi va rivojlanishi natijasida patologik jarayon yana ham chuqurlashadi. Qon q u yilish kuzatiladi, s uzg ich apparatining ayrim joylari emiriladi va parchalanadi, to‘qiladi, jabra anemiya oqibatida oqish tusda, shilliq bilan koplangan, shilliq moddalarning teri va jabra epiteliyasi xujayrasida k o‘p ayishi oqibatida nafas olish va gaz almashinuvi buziladi, kasal baliqlar suv oqimida yoki suvning yuzasiga tuplanadi, kislorod va havoni ko‘proq yutishga urinadi, tashqi muhit taasurotlariga e’tibor qilmaydi va kasallik baliqlarning nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi. Kostiozda baliqlarning nobud bo‘lishi 95-97%-gacha etadi. Diagnoz epizootik ma’lumotlar, klinik belgilar va shilliq moddalarni mikroskopik tekshirish asosida qo‘yiladi. Agarda, mikroskopning xar bir ko‘rish maydonchasida kamida 10-15 ekz. parazit topilsa kostioz deb diagnoz qo‘yiladi, 1- 2 ekz. parazit topilsa yakunlovchi diagnoz bo‘la olmasada, biroq, qulay sharoit tugilganida esa parazitlar tezda ko‘payib baliqlar hayoti uchun xavf to‘g‘diradi. Davolash, oldini olish va qarshi ko‘rashish tadbirlari. Davolashda vanna usuli ko‘llaniladi. YOsh baliqlarni 1-2%-li Osh tuzi eritmasida 15-20 min. d avomida saqlab turish, formaldegidning 1:4000 nisbatidagi eritmasida bir soat
davomida ushlab turish yaxshi samara beradi. Katta yoshdagi baliqlarni osh tuzining 5%-li eritmasida 5 min. ekspozitsiya qilinadi. Qishda ishlatiladigan basseylarda esa erkin xlor 0,5-1,0 mg/l dozada 30-50 min saqlab turish tavsiya etiladi. Kasallikni oldini olish va qarshi ko‘rashishda baliqchilik-meliorativ, veterinariya-sanitariya va davolash tadbirlarini m u ntazam ravishda olib borish yaxshi samara beradi. YOsh baliqlarni o‘ stiruvchi suv havzalarida ularning o‘sishi va rivojlanishi uchun optimal sharoitni yaratish, ona baliqlar sa q lovchi suv havzalarining zoogigienik sharoitini yaxshilash , tashqi muhitda va baliq tanasida parazitlarni yo‘qotishni amalga oshirish maqsadga muvofikdir. Zararlangan havzalarni baliqlarni ovlab bo‘lgach so‘ndirilmagan ohak (25 s/ga), bilan dezinfeksiya qilinadi. Xilodonellez kasalligi . Kasallikni qo‘zg‘atuvchisi-Chilodonella cyprini, mayda (uzunligi 0,03-0,07mm, eni 0,03-0,04 mm) to‘g‘ri shakllanmagan infuzoriya turi hisoblanadi. Tana shakli dorzo-ventral siqilgan bo‘lib, yuraksimon. Bu infuzoriya baliqni terisiga va jabrasiga tezda tarqaladi. Asosan, teri shilimshik moddasi bilan, to‘qima xujayralari bilan ham. Infuzoriyaning bu turi organik ifloslangan suvda keng tarqalgan bo‘ladi. Bular bo‘linish yuli bilan ko‘payadi. Nokulay sharoitda sistaga o‘raladi. Sistalar suvda suzib baliqlarga duch kelishi bilan (masalan-karp) uning tanasiga yopishib oladi. Ular o‘simlikxo‘r baliqlar, forel va boshqa turdagi baliqlarga ziyon keltiradi. Infuzoriyaiing bu turi sovuq sevar bo‘lib, suv harorati 4-10°S bo‘lganda rivojlanadi, agarda suv harorati 15°S gacha ko‘tarilsa infuzoriyalar rivojlanishi va ko‘payishi ancha sekinlashadi. Suv harorati 20 'S bo‘lishi bilan ko‘payishi umuman to‘xtab qoladi. SHuning uchun ham infuzoriyalarning bu turi qish faslida baliqlarga keltiradigan zarari katta. Xususan qishlash hovuzlarida infuzoriyalarning keltiradigan zarari katta. Lasossimonlarda bu parazitlar yoz fasliga ham ziyon keltiradi. Baliq tanasi va jabrasiga infuzoriyalar ko‘p sonli rivojlangandan keyin baliq tanasi ko‘k-sarg‘ish tus oladi, avvaliga dog‘lar paydo bo‘ladi, so‘ngra baliqning butun tanasini qoplaydi.