logo

Baliqlarning krustatsiozlari (Ergazilyoz, Sinergazilyoz, Argulyoz) va nematodoz (Dioktofimoz, Filometroidoz) kasalliklari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.83203125 KB
Baliqlarning  krustatsiozlari  (Ergazilyoz, Sinergazilyoz, Argulyoz) va
nematodoz (Dioktofimoz, Filometroidoz) kasalliklari.
Reja: 
1. Ergazilyoz kasalligi
2. Sinergazilyoz kasalligi
3. Argulyoz kasalligi
4. Dioktofimoz kasallig i
5. Filometroidoz kasalligi Baliq   krustatsiozlarini   bo‘g‘imoyoqlila   keltirib   chiqaradi.
Bo‘gimoyoklilar   (Arthropoda )   tipi   nixoyatda   xilma-xil   tuzilgan   va   xar   xil
muxitga   moslashgan   2,0   mlndan   ortik   umurtkasiz   xayvonlar   turlarini   uz
ichiga   oladi.   Ular   dengiz,   okean   va   chuchuk   suv   xavzalarida,   ayniksa   er
yuzining kuruklik kismida keng tarkalgan.
Bugimoyoklilar   tipiga   mansub   bulgan   xayvonlar   tuzilishining   asosiy
xususiyatlari kuyidagilardan iborat:
1. Tanasi kattik va pishik kutikula bilan koplangan.
2. Bugimoyoklilar tanasi va oyoklari bugimlarga bulingan.
3. Bugimoyoklilarning tanasi – bosh, kukrak va korindan iborat uchta
bulimga bulinadi.
4. Bugimoyoklilarning   muskullari   tanada   tup-tup   bulib   joylashgan
kundalang targil muskullardan iborat.
5. Bugimoyoklilarning   tana   bushligi   aralash   bushlik   –   miksotseldan
iborat.
6. Ovkat xazm kilish  sistemasi oldingi,   o‘ rta va orka ichakdan xamda
ovkat   xazm   kilish   fermentlari   ishlab   chikaradigan   bir   kancha
bezlardan iborat.
7. Kon   aylanish   sistemasi   ochik   bulib,   tananing   orka   tomonidan
joylashgan uzunchok yoki pufakka uxshash yurakdan boshlanadi.
8. Nafas olish a’zolari jabra, upka yoki traxeyalardan iborat.
9. Suvda   xayot   kechiruvchi   bugimoyoklilar   ayirish   sistemasi   xalkali
chuvalchanglar   metanefridiylarining   uzgarishidan   xosil   bulgan   bir
juft   naysimon   bezlardan   iborat.   Kuruklikda   yashovchi
bugimoyoklilar - ayirish sistemasi malpigi naychalaridir.
10. Nerv sistemasi   xalkali chuvalchanglarga uxshash tuzilgan bulib,
bir   juft   bosh   nerv   tugunlari,   ya’ni   bosh   miya,   xalkumni   aylanib utadigan   nerv   tomirlari   –   konnektivalar   va   korin   nerv   zanjiridan
iborat.
11. Bugimoyoklilarning kupchilik turlari ayrim jinsli.
12. Bugimoyoklilar fakat tullagandan sung usadi. 
Baliq   krustatsiozlari   va   ularni   qo‘zg‘atuvchilari.   Baliq
krustatsiozlarini   parazit   qisqichbaqasimonlar   keltirib   chiqaradi.
Qisqichbaqasimonlar   bo‘g‘imoyoqlilar   tipi   ( Arthropoda)
Qisqichbaqasimonlar-   ( Crustacea )   sinfiga   kiradi.   Baliqlarda
qisqichbaqasimonlar   keltitradigan   kasalliklar   krustatsiozlar   deyiladi.
Qisqichbaqasimonlarning   3   ta   avlod   vakillari   baliqlarda   parazitlik   qiladi.
Baliq krustatsiozlariga lernioz, argulyoz va boshqalar kiradi.  
               Ergazilyoz  – chuchuk suv  bilaklarning invazion kasalligi bo‘lib, uni
Ergasilus  avlodiga   mansub   Ergasilus   sieboldi   va     E.briani     qisqichbaqalarni
baliqlarni jabra bo‘lmalarida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik
jabra to‘qimasining yallig‘lanishi va nekrozi, organgizmning intoksikatsiyasi
va ba’zan esa nobud bo‘lishi bilan xarpakterlanadi.
                    Kuzgatuvchisi.   Jinsiy   voyagv   etgan   urg‘ochi   E.sieboldi
qisqichbaqasining   tanasi   noksimon   shaklda,   uzunligi   1-1,5   mm   bo‘lib,
parazitning oldingi qismi biroz kengaygan, orqa qismi esa toraygan, Birinchi
ko‘krak segmenti bosh qismi bilan qo‘shilgan. Orqa toraygan qismida 5 juft
suzuvchm oyoqchalari mavjud. Tananing qorin tomonidan oldingi qismining
bo‘rtib chiqqan joyida og‘iz teshigi joylashgan.
          Rivojlanishi.   Jinsiy   voyaga   etgan   urg‘ochi   qisqichbaqalarning   tuxum
xaltasida   tashqi   muhit   harorati   18-20   gradus     selsiyada   yosh
qisqichbaqalar(naupliuslar)   rivojlanadi   va   tuxumdan   tashqarida   chiqadi.
Tuxum va yosh qisqichbaqalarning rivojlanish muddati suvning temperatura
rejimiga bog‘liq.           Epizootologik     ma’lumotlar.   Kasallik   Sobiq   Ittifoq   va   G‘arbiy
Evropaning chuchuk suv havzalarida  uchraydi. Quyidagi ko‘pchilik oilasiga
mansub   50   turdan   ortiq   chuchuk   suv   baliqlari   kasallikka   chalinadilar:   karp,
okun,   loss,   sig,щuka   va   boshqalar.   Ko‘proq   pelagik
baliqlar:lin,leщ,sig,pelyad,dengiz   gulmoyi   kabi   baliqlar   zararlanadi.
Lin,pelyad va sig turlardagi baliqlarni o‘lish holatlari kuzatilgan. Zararlanish
ko‘proq   bahor-yoz   fasllarida   qisqichbaqalar   rivojlangan   paytda   kuzatiladi.
Bunda   invaziyaning   ekstensivligi   70-90%   gacha   ,   invaziyaning   intensivligi
bir   necha   o‘nlab   ekzemplyardan   bir   necha   minglab   ekzemplyargacha   etishi
mumkin.   Invaziyaning   manbai   qisqichbaqalarni   tashuvchi   baliqlar
hisoblanadi.   Lichinkalari   rivojlanish   davrida   suv   oqimi   bilan   pastki   suv
havzalariga oqib borib baliqlarni zararlanishi mumkin.    
  Sinergazilyoz   -   bu   o‘txo‘r   baliqlarning   invazion   kasalligi   bo‘lib,   uni
Sinergasilus   avlodiga   mansub   qisqichbaqalarni   baliqlarning   jabrasida
parazitlik   qilishi   oqibatida   qo‘zg‘atilib,   kasallik   jabra   to‘qimasining
yallig‘lanishi va nekrozi, organizmning intoksikatsiyasi bilan xarakterlanadi.
Oq   amur   turdagi   baliqlariga     Sinergasilus   major,   oq   va   ola   peshonado‘ng
baliqlarga   Sinergasilus   lieni   parazitlik   qiladi.   Bu   har   ikkala   turdagi
qisqichbaqalar   o‘z   xo‘jayinlariga   nisbatan   qat’iy   spetsifik(o‘ziga   xoslik)
xususiyatga ega , faqat ko‘rsatilgan turdagi xo‘jayinlar organizmida parazitlik
qiladi. Bu  qisqichbaqalar Xitoydan  akklimatatsiyalash  maqsadida keltirilgan
baliqlar bilan birga kelgan.
          Qo‘zg‘atuvchisi.   Jinsiy   voyaga   etgan   urg‘ochi   qisqichbaqalarning
tanasi silindriksimon shaklda, uzunchoq. S.major .
             Epizootologik ma’lumotlar.  Sinergazilyoz ko‘proq Sobiq Ittifoqning
Janubiy   hududlaridagi   hovuzli   xo‘jaliklarida   va   tabiiy   suv   havzalarida,
qaysikim   bu   erda   ko‘proq   o‘txo‘r   baliqlar   o‘stirilib   urchitiladi,   tarqalgan.
Kasallik   bahor-yoz   fasllarida   namoyon   bo‘ladi.Kasallikka   ko‘proq   shu   yilgi yosh baliqlar(segoletki) va yoshi katta baliqlar moyil, 2- va 3-yoshli baliqlar
kuchli   zararlanadi.   Bir   yoshgacha   bo‘lgan   baliqlarda   7-12   tadan
qisqichbaqalar   parazitlik   qilsa,   2-3-yoshli   baliqlarda   ularning   soni   o‘nlab,
hattoki   yuzlab   nusxani   tashkil   qilishi   mumkin.   Kasallik   manbai   –   bu
zararlangan   baliqlardir.   Baliqchilik   suv   xo‘jaliklarida   qisqichbaqalarning
nauplial va kopepoditli bosqichlari suv oqimi bilan kirib qolishi mumkin.
                      Patogenezi.   Qisqichbaqalar   o‘zlarining   antennalari   yordamida
baliqlarning jabra qatlamlarini jarohatlaydi va yallig‘lanishni chaqiradi, jabra
epiteliyasi   o‘sib   qalinlashadi,   qon   tomirlarni   tiqilib   qolishi   kuzatiladi.
Zararlangan   jabra   qatlamlari   oqaradi,   so‘ngra   esa   to‘qimalarni   nekrozi
rivojlanadi.   Qon   bilan   ta’minlanish   va   kislorod   almashuvi   buziladi   va
asfiksiya kelib chiqadi.  
               K asallikni oldini olish va karshi kurashish tadirlari. Suv   h avzalariga
invaziyaning   kirib   q olishini   oldini   olishga   q aratilgan   tadbirlarni   amalga
oshirish.   Tashib   keltirilayotgan   o‘ tx o‘ r   bali q larni   q is q ichba q alar   bilan
zararlanganligiga   tekshirish   shart.   Katta   yoshdagi   bali q lar   invaziyaning
tashuvchi ekanligini inobatga olib ,  yosh va katta yoshdagi bali q larni alo h ida-
alo h ida   sa q lash.   Invaziyaning   keng   mi q ’yosda   tar q alganligi   va   uni   bartaraf
etishning   murakkabligini   inobatga   olib,   bunday   suv   h avzalariga
sinergazilyozga   chalinmaydigan   bali q larni   o‘ stirish,urchitish   (karp,sazan   va
ularning gibridlari, tovonbali q , pelyad, kit va bosh q alar) tavsiya etiladi. Bosh
h ovuzlar,   h avzalar   va   suv   tashuvchi   kanallardan   pastki   suv   h avzalariga
invaziyaning kirishiga yul  qo‘ ymaslik choralarini k o‘ rish ,  
Argulyoz   –   bu   baliqlarning   invazion   kasalligi   bo‘lib,   uni   Argulus
avlodiga   mansub   A.foliaceus,   A.coregoni   va   A.japonicus   qisqichbaqalarni
parazitlik   qilishi   oqibatida   qo‘zg‘atilib,   kasallik   baliqlarning   oriqlanishi,
kamqonligi,   oziqani   emay   qo‘yishi,   terida   turli   kattalikdagi   yaralarni   paydo
bo‘lishi va ba’zan esa baliqlarni nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi.           Evropa hududida, Sibirda, Markaziy Osiyo Respublikalaridagi chuchuk
suv   havzalarida   Argalus   foliaceus   turi   tarqalgan   bo‘lsa,   Uzoq   SHarq
o‘lkasida   esa         A.coregoni,   G‘arbiy   Evropa,Ukraina   va   Amur   basseynida
A.japonicus turlari tarqhkalgan. Qisqichbaqalar baliq terisida parazitlik qilib,
qon   bilan   oziqlanishi   oqibatida   baliqlarni   oriqlatib,   ba’zan   esa   nobud
bo‘lishiga olib kelishi ham mumkin.
                  Qo‘zg‘atuvchisi.   Argylus   foliaceus   katta   hajmdagi   qisqichbaqa
hisoblanadi. 
                  Epizootologik   ma’lumotlar.   Argulyuslar   issiqsevar   qisqichbaqalar
hisoblanadi.Ular barcha yoshdagi baliqlarda parazitlik qiladi, shu yilgi karp,
kulmoy, oq va qora amur, buffalo, sazan, sudak, leщ turlardagi baliqlar ancha
sezgir   bo‘ladi.   Katta   yoshddagi   baliqlar   esa   parazit   tashuvchi   bo‘lib   xizmat
qiladi.   Tabiatda   argulyuslarning   rezerventlari,   yovvoyi   baliqlar:   okun,   3-
ignali kolyushka, tovonbaliq (karas), ershlar bo‘lishi mumkin, qaysikim ular
suv   ta’minoti   va   yayrovchi   hovuzlarda   yashaydi,   Baliqlarning   maksimal
zararlanishi   yozda   iyul-avgust   oylarida   kuzatiladi,   kuz   va   qishda   kelib
zararlanish   pasayadi.   Qisqichbaqalar   qishda   baliqlarning   tanasida   qishlab
bahorda   kelib   invaziyaning   tarqalish   manbai   bo‘lib   qoladi.
Qisqichbaqalarning   lichinkali   bosqichlari   suv   oqimi   bilan   boshqa   sog‘lom
suv havzalariga borib baliqlarni zararlantirilishi mumkin.  
                  Patogenezi .   Baliq   tanasida   joylashib   olgan   argulyuslar   xartumi
yordamida baliq terisini teshib qon so‘riydi. Parazit yopishgan joyda shishlar
hosil bo‘ladi, qon kuyiladi, teri jarohatlanib, yarachalar hosil bo‘ladi. Baliqlar
bezovtalanadi,   ozuqani   xoxlamay   qabul   qiladi,   o‘sishdan   qoladi,   suv
o‘simliklari orasida yashirinadi, suv  o‘simliklariga terisini ishqalaydi, kuchli
intensiv zararlangan baliqlar nobud bo‘ladi.          Diag n oz.   Kasallikning   klinik   belgilari   va   argulyuslarni   baliq   terisida
topish   asosida   qo‘ yiladi.   Topilgan   argulyuslarni   probirkada   yi g‘ ib   olinib,
q aysi turlarga mansubligi ani q lanadi.
K asallikni   oldini   olish   va   q arshi   kurashish   chora-tadbirla ri.
Kasallikni   oldini   olish   kasal   baliqlarni   sog‘lom   baliqlar   bilan   kontaktda
(aloqada) bo‘lishini oldini olishga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
Dioktofimoz   –   bu   it   va   boshqa   go‘shtxo‘r   hayvonlarning
nematodoz   kasalligi   bo‘lib,   uni     Dioctophymidae   oilasiga   mansub
Dioctophyme renale ning hayvonlarning, siydik pufagida, siydik chiqaruvchi
kanalda,   qorin   va   ko‘krak   qafasida,   ba’zan   esa   yuragida   parazitlik   qilishi
natijasida qo‘zg‘atiladi.
Qo‘zg‘atuvchisi.   D.   renale   katta   qizil   tusdagi   parazit   bo‘lib,   ayrim
jinsli. Og‘iz teshigi 12 ta lablar bilan o‘ralgan bo‘lib, ular ikki qator xalqaga
o‘xshash     shaklda   joylashgan.   Erkaklarning   uzunligi   14-40   sm,   dumdagi
jinsiy bursasi xuddi qo‘ng‘iroqqa o‘xshash  shaklda, spikulasi bitta, ingichka
5-6   mm   uzunligi.   Urg‘ochilarning   uzunligi   20-100   sm,   vulva   teshigi
qizillo‘ngachning   boshlang‘ich   qismi   to‘g‘risida   ochiladi.   Parazitning
tuxumlari   ovalsimon,   diametri   0,077-0,083   mm.   Epitelial   qobig‘ida   yarim
yumaloq,   unchalik   chuqur   bo‘lmagan   xuddi   kissaga   o‘xshash   mayda
chuqurchalar mavjud. 
Biologik   rivojlanishi.   Parazit   biogelmint.   Asosiy   xo‘jayinlari   it   va
boshqa   go‘shtxo‘rt   hayvonlar   bo‘lsa,   oraliq   xujayinlari   oligoxetlar   (qurtlar),
rezervuar xo‘jayini esa baliqlar.
K asallikning   klinik   belgilari.   Jinsiy   voyaga   etgan   parazitlarning
ko‘pchiligi buyrakda, faqatgina ba’zan qorin bo‘shlig‘ida joylashib parazitlik
qiladi. Nematodalar buyrakka etib borgach dastlab oshqozon  
.   Bularning   oqibatida   ushbu   organlarning   funksiyasi   buziladi,   butun
organizmga,   tanaga   og‘riq   paydo   bo‘ladi.   Odam   yoki   hayvonlarda   ishtaha yo‘qoladi, qusish kuzatiladi, oriqlanadi, loxaslanadi. Buyrak ichida loyqa qon
aralash   suyuqlik   to‘planadi,   uning   hidi   xuddi   siydik   hidiga   o‘xshash.
Buyrakning   ichki   shilliq   pardasi   ko‘kimtir-oq   yoki   sariq   tusga   kiradi.
O‘zgargan joyarda ohak moddasi to‘planadi.
Diagnoz  hayvonlarni yorib parazitlarni topish asosida qo‘yiladi. 
Davolash  faqat xirurgik yo‘l  b ilan amalga oshiriladi .
Profilaktikasi.   Dio k tofimoz   uchun       nosog‘lom   suv     havzalarni
aniqlash,   go‘shtxo‘r   hayvonlarga   xom,   pishirilmagan   baliqlarni   edirmaslik ,
dio k tofimoz   b o‘ yicha   nosog‘lom   xo‘jaliklarda   baliqlarni   ovlash   va   u nga
ishlov berish  h ududlarida itlarni yo‘latmaslik. Muy i nali hayvonlar ratsionidan
xom   baliqlarni   olib   tashlash.   Baliqchilik     xo‘jaliklarid a   ishlovchilar   orasida
tar g‘ ibot-tashvi q ot   ishlarni   amalga   oshirish   kasallikni   oldini   olishda   kat t a
ahamiyatga ega.
Filometroidoz -bu   karp,   sazan   va   ularning   gibridlari   bo‘lgan
baliqlarning   gelmintoz   kasalligi   bo‘lib,   uni     Philometridae   oilasiga   mansub
Rhilometroides   lusiana   nematodasining   jinsiy   voyaga   etgan   shakli   muskul
to‘qimasida,   teri   tangachalardagi   kosachalarda,   lichinkalari   esa   ichki
organlarda (jigar, buyrak, suzg‘ich pufagi, ichki yog‘ qatlamlarida) parazitlik
qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik organizmning umumiy intoksinatsiyasi
bilan xarakterlanadi.
Qo‘zg‘atuvchisi.     Jinsiy voyaga etgan filometroideslar och-qizil tusda
bo‘lib,   ayrim   jinsli,   urg‘ochilarning   uzunligi   80-125   mm,   eni   0,8-
1mm.,kutikulasi   oq   tusdagi   so‘rg‘ichlar   bilan   qoplangan.   Bosh   tomoni
konussimon   shaklda,   4-ta   tepachasi   mavjud   bo‘lib,   ular   orasida   parazitning
og‘iz teshigi joylashgan, undan og‘iz kapsulasiga, kalta qizilo‘ngach va ichak
bilan   tugaydi.   Ichakning   uchi   b er k   holatda.   Parazitning   dum   tomonida   4ta
jinsiy  s o‘r g‘ i ch i bor. Qo‘zg‘atuvchining   biologik   rivojlanishi.   Parazit   biogelmint,   oraliq
xujayin   ishtiroqida   rivojlanadi,   oraliq   xujayin   vazifasini   qisqichba q a   –
sikloplar   bajaradi.   Jinsiy   voyaga   etgan   urg‘ochi   nematodalar   muskul
to‘qimasida,   teri   tangachalar i   orasidagi kissachalarda joylashib   o lib bahorda,
suv harorati 16-18 grad-ga ko‘tarilganida tirik ichinka tu g‘ a boshlaydi va suv
havzalarini zarar lan tiriladi. Barcha lichinkalarni tu g‘ ib bo‘lgach,  o‘ ladi.
Kasallik   belgilari.   Kasallik     o‘tkir   va   surunkali   oqimlarda   kechadi.
Kasallikning   o‘tkir   oqimi     2-3   h aftalik   malkilar   orasida   bahor-yoz   oylarida
kuzatiladi.Malki   organizmiga   tushgan   qo‘zg‘atuvchining   lichinkalari   turli
ichki   organlarga   migratsiya   qiladi.   Natijada   jigarning,   suz g‘ ich   pufagi,
buyraklar va boshqa organlarning funksiyasi   buziladi. Ha li u nchalik chidamli
bo‘lmagan   malki   organizmi   lichinkalarning   ta’siriga   ancha   sezuvchan
bo‘ladi.   Kasallikning     boshlang‘ich   davrida   baliqlarning   harakat
koordinatsiyasining  b u zilishi   xarakterlidir.  Malkilar   tez  va  tartibsiz   aylanma
harakat   qiladi.   Bunday   harakat   tartibsiz   yonboshiga   s u zish,   suvdan     otilib
chiqishi   kabi   harakatlar   b ilan   almashib   turadi.   YA qq ol   klinik   belgilar   bilan
kasallikning   kechishi   1-3   kun       davom   etib,   malkilarni   nobud   bo‘lishi   bilan
yakunlanadi.
O‘lgan   malkilarni   yorib   ko‘rilganda   7-12   filometroid es   lichinkalar
topiladi, suz g‘ ich pufagining devori yorilib ketgan bo‘ladi.   Segoletkalarning
nobud bo‘lishi 40-75% gacha etib borishi mumkin.
Kasallikni   yo‘qotishda   kompleks   profilaktik   va   davolash   tadbirlari
o‘tkaziladi.   Hovuzlarda   qat’iy   ravishda   baliqlarni   yoshiga   qarab   guro‘hga
bo‘lingan   holda   o‘stirish,   o‘stiruvchi   va   yayrovchi   hovuzlardagi   baliqlar
ovlab   bo‘lgach   suv   havzasi   quritiladi,   suvlari   oqmaydigan   joylari
dezinfeksiyalanadi   va   qishda   suvsiz   qoldiriladi.   Bosh   va   suv   bilan
ta’minlovchi hovuzlarga baliqlar (karp turdagi baliqlar) kiritilmaydi, bunday
hovuzlarga   faqat   kasallikka   chalinmaydigan   baliq   turlari:   lin,   karas,   nelyad, oq   amur,   peshonado‘ngg   va   boshqa   turdagi   baliqlar   o‘stiriladi.
Invaziyalangan   baliqlar   tovarlik   og‘irligiga   etguncha   bir-biri   bilan   bog‘liq
bo‘lgan   hovuzlarning   eng   oxirgisida   o‘stiriladi,   bu   bilan   esa
qo‘zg‘atuvchilarni kirib qolishini oldini olishiga erishiladi.
Nosog‘lom   xo‘jaliklardagi   naslli   va   yosh   remont   baliqlarni   ditrazin-
sitrat   yoki   loksuran   bilan   gelmintsizlantiriladi.   Bunda   preparatlar   0,3   g/kg
dozada   qorin   bo‘shlig‘iga   yuborish   uchun       30%-li   suvli   eritma   shaklida   va
peroral   yuborish   uchun       0,4g/kg   dozada   40%-li   suvli   eritma   shaklida
qo‘llaniladi.   Ditrazin veterinarn ы y mos ravishda 20 va 30% eritma shaklida
ishlatiladi.   Preparatning     davolovchi   dozasi   uning   yuborish   usuliga   bog‘liq.
Agarda ,   og‘iz  orqali yuborilsa  0,3  g/kg dozada,  qorin  bo‘shlig‘iga in’eksiya
qilinsa   0,2   g/kg   mikdorni   tashkil     qiladi.   Naslli   va   remont   gur o‘ hidagi
baliqlarni   yuqorida   ko‘rsatilgan   preparatlardan   birontasi   b ilan   7-8   kun
oralig‘ida   bahorda   suvning   harorati   16-17   grad.   b o‘lganida     va   baliqlarni
tuxum   (ikra)   qo‘yishiga   2-3   h afta   q olganida   ikki   marotaba
gelmintsizlantiriladi,   k u zda   esa   suv   harorati   15-16   grad.   b o‘lganida
gelmintsizlantiriladi.
Asosiy adabiyotlar:
1.   Gerasimchik   V,A.,   E.F.   Sadovnikova   ”Bolezni   r i b   i   pchel”   uchebnoe
posobie, Minsk, 2017 god
2.   Osetrov   V.S.   (pod   redaksiey)   «Bolezni   rib».   Spravochnik,   Moskva   VO
Agropromizdat, 1989.
3 .     Poltev I., Neshataeva E .V.// Bolezni vrediteli pchel. Moskva, Kolos, 1977
god
4.  Haqberdiev   P.S.,   Tursunqulov   A.R.   «Baliqlarning   yuqumli   va
yuqumsiz kasalliklari». O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2010 yil.
5.  Haqberdiev   P.S.   va   boshqalar/   «Baliqchilik   va   baliq   kasalliklari»,
Samarkand, 2008. 6.  Haqberdiev   P.S.,   Qurbonov   F.I.,   Qarshiyeva   V.SH.   «Baliq   va   asalari
kasalliklari» O‘quv qullanma. Toshkent, 2016 y. 
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Karimov I.A. «YUksak ma’naviyat engilmas kuch».Ma’naviyat T, 2008.
2.   Mirziyoev   SH.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
3.   Mirziyoev   SH.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   Toshkent,   “O‘zbekiston”
NMIU, 2017. – 47 b.
4. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
5.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi
“O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   harakatlar
strategiyasi   to‘g‘risida”gi   PF-4947-sonli   Farmoni.   Toshkent,   O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. 
6. Haqberdiev P.S., Tursunqulov A.R. «Baliqlarning yuqumli va yuqumsiz
kasalliklari».O‘quv qo‘llanma., Samarqand, 2010.
7.   Haqberdiev   P.S.,   Tayloqov   T.I.   «Baliqlarning   parazitar   kasalliklari».
O‘quv qo‘llanma., Samarqand, 2009 yil.
8.   Haqberdiev   P.S.,   Qarshieva   V.SH.   «Baliqlarning   zaharlanishi».O‘quv
qo‘llanma., Samarqand, 2009.
Internet ma’lumotlari.
w ww.ziyonet.uz
Email:zooveterinariya@ mail.ru
Email:veterinariya@ astavis.ru/
www. sea@mail.net21.ru
www. veterinary@actavis.ru

Baliqlarning krustatsiozlari (Ergazilyoz, Sinergazilyoz, Argulyoz) va nematodoz (Dioktofimoz, Filometroidoz) kasalliklari. Reja: 1. Ergazilyoz kasalligi 2. Sinergazilyoz kasalligi 3. Argulyoz kasalligi 4. Dioktofimoz kasallig i 5. Filometroidoz kasalligi

Baliq krustatsiozlarini bo‘g‘imoyoqlila keltirib chiqaradi. Bo‘gimoyoklilar (Arthropoda ) tipi nixoyatda xilma-xil tuzilgan va xar xil muxitga moslashgan 2,0 mlndan ortik umurtkasiz xayvonlar turlarini uz ichiga oladi. Ular dengiz, okean va chuchuk suv xavzalarida, ayniksa er yuzining kuruklik kismida keng tarkalgan. Bugimoyoklilar tipiga mansub bulgan xayvonlar tuzilishining asosiy xususiyatlari kuyidagilardan iborat: 1. Tanasi kattik va pishik kutikula bilan koplangan. 2. Bugimoyoklilar tanasi va oyoklari bugimlarga bulingan. 3. Bugimoyoklilarning tanasi – bosh, kukrak va korindan iborat uchta bulimga bulinadi. 4. Bugimoyoklilarning muskullari tanada tup-tup bulib joylashgan kundalang targil muskullardan iborat. 5. Bugimoyoklilarning tana bushligi aralash bushlik – miksotseldan iborat. 6. Ovkat xazm kilish sistemasi oldingi, o‘ rta va orka ichakdan xamda ovkat xazm kilish fermentlari ishlab chikaradigan bir kancha bezlardan iborat. 7. Kon aylanish sistemasi ochik bulib, tananing orka tomonidan joylashgan uzunchok yoki pufakka uxshash yurakdan boshlanadi. 8. Nafas olish a’zolari jabra, upka yoki traxeyalardan iborat. 9. Suvda xayot kechiruvchi bugimoyoklilar ayirish sistemasi xalkali chuvalchanglar metanefridiylarining uzgarishidan xosil bulgan bir juft naysimon bezlardan iborat. Kuruklikda yashovchi bugimoyoklilar - ayirish sistemasi malpigi naychalaridir. 10. Nerv sistemasi xalkali chuvalchanglarga uxshash tuzilgan bulib, bir juft bosh nerv tugunlari, ya’ni bosh miya, xalkumni aylanib

utadigan nerv tomirlari – konnektivalar va korin nerv zanjiridan iborat. 11. Bugimoyoklilarning kupchilik turlari ayrim jinsli. 12. Bugimoyoklilar fakat tullagandan sung usadi. Baliq krustatsiozlari va ularni qo‘zg‘atuvchilari. Baliq krustatsiozlarini parazit qisqichbaqasimonlar keltirib chiqaradi. Qisqichbaqasimonlar bo‘g‘imoyoqlilar tipi ( Arthropoda) Qisqichbaqasimonlar- ( Crustacea ) sinfiga kiradi. Baliqlarda qisqichbaqasimonlar keltitradigan kasalliklar krustatsiozlar deyiladi. Qisqichbaqasimonlarning 3 ta avlod vakillari baliqlarda parazitlik qiladi. Baliq krustatsiozlariga lernioz, argulyoz va boshqalar kiradi. Ergazilyoz – chuchuk suv bilaklarning invazion kasalligi bo‘lib, uni Ergasilus avlodiga mansub Ergasilus sieboldi va E.briani qisqichbaqalarni baliqlarni jabra bo‘lmalarida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik jabra to‘qimasining yallig‘lanishi va nekrozi, organgizmning intoksikatsiyasi va ba’zan esa nobud bo‘lishi bilan xarpakterlanadi. Kuzgatuvchisi. Jinsiy voyagv etgan urg‘ochi E.sieboldi qisqichbaqasining tanasi noksimon shaklda, uzunligi 1-1,5 mm bo‘lib, parazitning oldingi qismi biroz kengaygan, orqa qismi esa toraygan, Birinchi ko‘krak segmenti bosh qismi bilan qo‘shilgan. Orqa toraygan qismida 5 juft suzuvchm oyoqchalari mavjud. Tananing qorin tomonidan oldingi qismining bo‘rtib chiqqan joyida og‘iz teshigi joylashgan. Rivojlanishi. Jinsiy voyaga etgan urg‘ochi qisqichbaqalarning tuxum xaltasida tashqi muhit harorati 18-20 gradus selsiyada yosh qisqichbaqalar(naupliuslar) rivojlanadi va tuxumdan tashqarida chiqadi. Tuxum va yosh qisqichbaqalarning rivojlanish muddati suvning temperatura rejimiga bog‘liq.

Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik Sobiq Ittifoq va G‘arbiy Evropaning chuchuk suv havzalarida uchraydi. Quyidagi ko‘pchilik oilasiga mansub 50 turdan ortiq chuchuk suv baliqlari kasallikka chalinadilar: karp, okun, loss, sig,щuka va boshqalar. Ko‘proq pelagik baliqlar:lin,leщ,sig,pelyad,dengiz gulmoyi kabi baliqlar zararlanadi. Lin,pelyad va sig turlardagi baliqlarni o‘lish holatlari kuzatilgan. Zararlanish ko‘proq bahor-yoz fasllarida qisqichbaqalar rivojlangan paytda kuzatiladi. Bunda invaziyaning ekstensivligi 70-90% gacha , invaziyaning intensivligi bir necha o‘nlab ekzemplyardan bir necha minglab ekzemplyargacha etishi mumkin. Invaziyaning manbai qisqichbaqalarni tashuvchi baliqlar hisoblanadi. Lichinkalari rivojlanish davrida suv oqimi bilan pastki suv havzalariga oqib borib baliqlarni zararlanishi mumkin. Sinergazilyoz - bu o‘txo‘r baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, uni Sinergasilus avlodiga mansub qisqichbaqalarni baliqlarning jabrasida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik jabra to‘qimasining yallig‘lanishi va nekrozi, organizmning intoksikatsiyasi bilan xarakterlanadi. Oq amur turdagi baliqlariga Sinergasilus major, oq va ola peshonado‘ng baliqlarga Sinergasilus lieni parazitlik qiladi. Bu har ikkala turdagi qisqichbaqalar o‘z xo‘jayinlariga nisbatan qat’iy spetsifik(o‘ziga xoslik) xususiyatga ega , faqat ko‘rsatilgan turdagi xo‘jayinlar organizmida parazitlik qiladi. Bu qisqichbaqalar Xitoydan akklimatatsiyalash maqsadida keltirilgan baliqlar bilan birga kelgan. Qo‘zg‘atuvchisi. Jinsiy voyaga etgan urg‘ochi qisqichbaqalarning tanasi silindriksimon shaklda, uzunchoq. S.major . Epizootologik ma’lumotlar. Sinergazilyoz ko‘proq Sobiq Ittifoqning Janubiy hududlaridagi hovuzli xo‘jaliklarida va tabiiy suv havzalarida, qaysikim bu erda ko‘proq o‘txo‘r baliqlar o‘stirilib urchitiladi, tarqalgan. Kasallik bahor-yoz fasllarida namoyon bo‘ladi.Kasallikka ko‘proq shu yilgi

yosh baliqlar(segoletki) va yoshi katta baliqlar moyil, 2- va 3-yoshli baliqlar kuchli zararlanadi. Bir yoshgacha bo‘lgan baliqlarda 7-12 tadan qisqichbaqalar parazitlik qilsa, 2-3-yoshli baliqlarda ularning soni o‘nlab, hattoki yuzlab nusxani tashkil qilishi mumkin. Kasallik manbai – bu zararlangan baliqlardir. Baliqchilik suv xo‘jaliklarida qisqichbaqalarning nauplial va kopepoditli bosqichlari suv oqimi bilan kirib qolishi mumkin. Patogenezi. Qisqichbaqalar o‘zlarining antennalari yordamida baliqlarning jabra qatlamlarini jarohatlaydi va yallig‘lanishni chaqiradi, jabra epiteliyasi o‘sib qalinlashadi, qon tomirlarni tiqilib qolishi kuzatiladi. Zararlangan jabra qatlamlari oqaradi, so‘ngra esa to‘qimalarni nekrozi rivojlanadi. Qon bilan ta’minlanish va kislorod almashuvi buziladi va asfiksiya kelib chiqadi. K asallikni oldini olish va karshi kurashish tadirlari. Suv h avzalariga invaziyaning kirib q olishini oldini olishga q aratilgan tadbirlarni amalga oshirish. Tashib keltirilayotgan o‘ tx o‘ r bali q larni q is q ichba q alar bilan zararlanganligiga tekshirish shart. Katta yoshdagi bali q lar invaziyaning tashuvchi ekanligini inobatga olib , yosh va katta yoshdagi bali q larni alo h ida- alo h ida sa q lash. Invaziyaning keng mi q ’yosda tar q alganligi va uni bartaraf etishning murakkabligini inobatga olib, bunday suv h avzalariga sinergazilyozga chalinmaydigan bali q larni o‘ stirish,urchitish (karp,sazan va ularning gibridlari, tovonbali q , pelyad, kit va bosh q alar) tavsiya etiladi. Bosh h ovuzlar, h avzalar va suv tashuvchi kanallardan pastki suv h avzalariga invaziyaning kirishiga yul qo‘ ymaslik choralarini k o‘ rish , Argulyoz – bu baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, uni Argulus avlodiga mansub A.foliaceus, A.coregoni va A.japonicus qisqichbaqalarni parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik baliqlarning oriqlanishi, kamqonligi, oziqani emay qo‘yishi, terida turli kattalikdagi yaralarni paydo bo‘lishi va ba’zan esa baliqlarni nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi.