logo

Baliqlarning sestodoz (Ligulyoz, Difillobotrioz, Botriotsefalyoz) kasalliklari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2163.451171875 KB
Baliqlarning   sestodoz (Ligulyoz, Difillobotrioz, Botriotsefalyoz)
kasalliklari.
Reja:
1. Ligulyoz kasalligi 
2. Difillobotrioz   kasalligi
3. Botriotsefalyoz   kasalligi Baliqlar   sestodozlarini   t asmasimon   chuvalchanglar   (YAssi
chuvalchanglar tipi) keltirib chiqaradi. Tasmasimon chuvalchanglar (Sestoda)
sinfiga kiradi . 
Tasmasimon   chuvalchanglar   yoki   sestodlarni   tuzilishi .   Tanasining
oldingi   uchida   kichkinagina   boshcha-skoleks   bo‘lib,   unda   to‘rtta   so‘rg‘ich
joylashgan.   Bular   yordamida   solityor   ichak   devoriga   yopishib   oladi.   Bosh
qismining pastidagi bo‘g‘imlariga (proglottidlar) bo‘linmagan qismi bo‘yinni
tashqil qiladi. Bo‘yin qismi ko‘ndalang bo‘linib yangi yosh bo‘g‘inlarni hosil
qiladi. Bu jarayonni strobilyasiya, solityorning uzun zanjirsimon tanasini esa
strobila   deyiladi.   Qoramol   solityorining   tanasining   (strobilasi)   o‘n   mingdan
ortiq proglottidlardan iborat. Lekin tanani tashqil qiladigan bo‘g‘inlar har xil
tuzilishga ega. Bo‘yin qismidan keyin bevosita boshlanadigan bo‘g‘inlarning
uzunligi   kengligiga   qaraganda   ancha   kichik,   ularda   jinsiy   organlar
rivojlanmagan   bo‘ladi.   Solityor   tanasining   o‘rta   qismidagi   bo‘g‘imlar   (200-
250   bo‘g‘inlardan   boshlab)   to‘rtburchak   shaklida   bo‘ladi.   Bular   erkaklik   va
urg‘ochilik   jinsiy   organlar   sistemalari   rivojlangan   germafrodit   bo‘g‘inlardir.
Tananing   keyingi   qismidagi   etilgan   bo‘g‘imlar   ancha   ingichka   va   uzunro q
bo‘ladi.  Ular  urug‘langan  tuxumlar  bilan to‘lgan  bo‘lib,  bitta-bittadan  uzilib
tushadi.   Qoramol   solityorining   bo‘g‘imlarida   muskullar   yaxshi   rivojlangan
ular   aktiv   h arakatlanib   odamlarning   anusi   orqali   mustaqil   chikishi   ham
mumkin.   Lekin   ko‘pincha   najas   (ekskrement)   bilan   birga   chiqadi.
Solityorning tana devori, ya’ni teri muskul xaltasi xuddi so‘rg‘ichlilarnikiga
o‘xshagan   tegumentdan   iborat.   Fakat   tegumentning   yuza   qismi   h ar   xil
bo‘rtmalar   yoki   barmoksimon   o‘simtalar   hosil   qilishi   bilan   farq   qiladi.   Bu
o‘simtalarning   ustki   qismi   juda   ingichka   mikrovorsinkalar,   ya’ni
mikrotrixiyalar   bilan   qoplangan.   Bular   tashqi   ko‘rinishidan   va   fiziologik
jihatidan umurtkali hayvonlarning ingichka ichaklaridagi mikrovorsinkalarga
o‘xshaydi.   Bular   solityorning   ovqatlanishida   muhim   ahamiyatga   egadir, chunki   ular   tananing   ovqat   so‘ruvchi   yuzasini   kengaytiradi   va   ingichka
ichakdagi   tayyor   ozuqalarini   shimib   olishda   muhim   vazifalarni   bajaradi.
Qon  aylanish  va nafas olish  sistemasi bo‘lmaydi.  Hamma tasmasimon
chuvalchanglar   oziqlanish   jarayonida   ularning   tanasida   korbonsuv-gilikogen
to‘planadi.   Keyin   uning   fermentlar   ta’sirida   parchalanishida   korbonad
angidrit, vodorod va moy kislotalari (sut va valerian kislotalari) hosil bo‘ladi.
Ana   shu   jarayonda   ajraladigan   energiyadan   foydalanib   solityorlar   anaerob
usulda nafas oladi.  Ayiruv   organlar   sistemasi   protonefridial   tarzda
tuzilgan   bo‘lib,   parenximadagi   kiprikli   (terminal)   hujayralardan   mayda
naychalar   boshlanadi.   Asosan   ikkita   ayiruv   kanali   bor.   Ular   tananing   orqa
uchidan   boshlanib   chuvachangning   elka   qismidan   proglottidlarning   ikkala
yonidan   o‘tadi   va   skoleksgacha   davom   etadi.   Bu   erda   esa   bo‘ralgan   holda
chuvalchangning qorin tomoniga o‘tib, tananing orqa uchigacha davom etadi.
Har   bir   bo‘g‘inda   bu   kanallar   uning   pastki   qismida   joylashgan   ko‘ndalang
kanal bilan qo‘shiladi va siydik pufagini hosil qiladi. U esa chiqarish teshigi
orqali   tashqariga   ochiladi.   Keyinchalik   ya’ni   bir   etilgan   bo‘g‘im   uzilib
tushganidan   so‘ng   ayiruv   kanallarining   h ar   biri   mustaqil   ochiladi.   Markaziy
nerv sistemasi bosh nerv tugunidan iborat bo‘lib undan bir necha nerv tolalari
chiqadi.   Asosiy   nerv   tolalari   bir   juft   bo‘lib   tananing   ikkala   yon   tomonidan
joydashadi.   Ular   ikki   jinsli-germafrodit.   Erkaklik   jinsiy   organlari   har   bir
bo‘g‘inda   parenxima   to‘qimasi   orasida   joylashgan   urug‘donlardan   iborat.
Ulardan juda ingichka urug‘ o‘tkazuvchi naychalar boshlanadi va ular bir-biri
bilan qo‘shilib, toq umumiy   urug‘ yo‘lini hosil kiladn. Urug‘ yo‘li bir qancha
burmalar   tashqil   qilib,   proglottidning   yon   tomonida   sirrus   qopchig‘i   ichida
joylashgan   qo‘shilish   organi   -   sirrusga   kelib   to‘tashadi.   Urg‘ochilik   jinsiy
organlari   proglottidning   pastki   qismida   joylashgan   bir   juft   tuxumdondan
boshlanadi.   Tuxumdon  bo‘laklari   kushilgan   joydan  tuxum     yo‘li    chiqadi,   u
esa   ingichka   naysimon   qinga   tutashadi.   Kinning   boshlang‘ich   qismi   biroz kengaygan         bo‘lib,       urug‘   qabul   qiluvchi   pufakchani   hosil   qiladi.   Uning
qarama-qarshi uchi erkaklik jinsiy sistemasining teshigi yonida bitta umumiy
teshikka,   jinsiy   kloakaga   ochiladi.   Bo‘g‘inning   eng   pastki   qismida
uchburchak shaklidagi sariqdon joylashgan.  Uning yuqori    tomoniga qarab
yunalgan   naychasi   tuxum   yo‘li   bilan   qo‘shilib   ootipni   hosil   qiladi.   Ootipga
Melis tanachasi va bachadon kelib ochiladi. Bu erda tuxum hujayralari sariq
modda   bilan   ta’minlanadi   va   po‘stga       o‘raladi.   Bunday   urug‘langan     va
rivojlangan   tuxumlar   bachadonga   o‘tadi.   Natijada   bachadon   kengayib,   unda
juda   ko‘p   yon   shoxchalar   paydo   bo‘ladi.   Bu   davrda   ko‘pchilik   jinsiy
a’zolarning   faoliyati   tugaydi   va   ular   asta-sekin   yo‘qolib     ketadi.   Faqat
shoxchali bachadon saqlanib qoladi. Bular etilgan bo‘g‘inlardir.
Ligulyoz   –   bu   baliqlarning   sestodoz   kasalligi   bo‘lib,   uni
Diphyllobhotridae   oilasiga   mansub   ligula   intetsinalis   sestodasining   invazion
lichinkasi   –   plerotserkoidni   baliqlarning,   asosan   karp   turdagi   baliqlarning
qorin   bo‘shlig‘ida   parazitlik   qilishi   tufayli   qo‘zg‘atilib,   kasallik   ichki
organlarning   atrofiyasi,   pushtsizlik,   ayrim   paytlarda   esa   qorin   devorining
yorilishi   va   baliqlarning   nobud   bo‘lishi   bilan   xarakterlanadi.
Qo‘zg‘atuvchining jinsiy voyaga etgan shakli turli baliqxo‘r  parrandalarning
ichaklarida parazitlik qiladi.
Qo‘zg‘atuvchisi.   Plerotserkoidlar   –   bu   oq   yoki   oq-sarg‘ich   tusdagi
tasmasimon shakldagi uzunligi 2 m gacha keladigan parazit. Parazitning bosh
tomonida   unchalik   yaxshi   rivojlangan   ikkita   botriyasi,   ya’ni   chuqurchasi
mavjud.   Tashqi     tomondan   strobilasi-tanasi   bug‘inlarga   bo‘linmagan,   biroq
ketma-ketlik   tarzda   parazitning   jinsiy   organlari   joylashgan.   Qolgan
tuzilishini laboratoriya mashg‘ulotlariga o‘tamiz.
Biologik   rivojlanish .   Parazit   biogelmint.   Asosiy   xujayinlari   qisqa
parrandalar, oraliq xujayinlari qisqichbaqalar, qo‘shimcha xujayini baliqlar. Epizootologik   ma’lumotlar.   Kasallik   barcha   hududlarda:   ko‘llarda,
suv   omborlarida,   kamroq   daryo   va   hovuzlarda   uchraydi.   Kasallikka   ko‘p
turdagi baliqlar: leщ, plotva, taran, krasnoperka, karas, gustera, peskar, usach,
oq amur, peshonado‘ngach g, Marinka, verxovka va boshqalar moyil. Ba’zan
sazan va karp baliqlarda ham
Uchratish   mumkin.   Plerotserkoidlarni   2-4   yoshda   baliqlarda   uchratish
mumkin.   Invaziyaning   ekstensivligi   40-60%,   II   -3-7   ekz.   Tashkil   qilishi
mumkin. Kasallik asosan bahor-yoz oylarida kuzatiladi.
Patogenezi.   Plerotserkoidlar   rivojlanishi,   o‘sishi   oqibatida   qorin
bo‘shlig‘idagi organlar atrofiyaga uchraydi, ularning normal funksiyasi izdan
chiqadi.   Tuxumdan   atrofiyaga   uchrashi   oqibatida   baliqlar   pushtsiz   bo‘lib
qoladi. Qo‘zg‘atuvchi haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, qorin bo‘shlig‘i shishadi,
qorin devori yorilib, baliqlar nobud bo‘lishi mumkin.
Difillobotrioz -  antropozoonoz, tabiiy o‘choqli invazion kasallik bo‘lib,
uni     Diphyllobothrium   avlodiga   mansub   tasmali   sestodalarning   odam   va
go‘shtxo‘r hayvonlarning ingichka bo‘lim ichaklarida parazitlik qilishi tufayli
qo‘zg‘atiladi.   Kasallikka     it,   mushuk,   tulki   va   boshqa   muynali   hayvonlar
moyil.
Qo‘zg‘atuvchisi. Diphyllobothrium   latum   boshqa   turlariga   nisbatan
ko‘proq uchraydi, uning uzunligi 10 m gacha  etadi.
Biologiyasi.  Parazit biogelmint. Asosiy xo‘jayinlari odam va go‘shtxo‘r
hayvonlar,   oraliq   xujayini   qisqichbaqalar   va   diaptomuslar,   qo‘shimcha
xo‘jayini chuchuk suv baliqlari (oqun, ersh, nalim, forel). 
Epizootologik ma’lumotlar.  Zararlangan baliqlarni ham yozda va ham
qishda   uchratish   mumkin.   Kasallik   ko‘proq   Balti q   b o‘ yi   respublikalarda,
Sankt-Peterburgda,   Arxangelsk,   Tyumen   oblastlarda,   Orol   dengizida
uchraydi.   Invaziyaning   ekstensivligi80-90%,   II-yuzdan   ortiq   plerotserkoid
h ar   bir   baliq   xisobiga.   Baliqlar   asosan   yilning   bahor-yoz   oylarida zararlanadiar.   Odam   yoki   go‘shtxo‘r   hayvonlar   yilning   barcha   fasllarida
zararlanishlari mumkin, agarda invaziyalangan baliqlarni is’temol qilsalar.
Patogenezi.   Qo‘zg‘atuvchining   jinsiy   voyaga   etgan   shakli   odam   va
go‘shtxo‘r hayvonlarning organizmiga mexaniq, toksik ta’sir etib, ikkilamchi
infeksiyalarning   rivojlanishi   uchun   qulay   sharoit   yaratadi.   Baliqlar
organizmida esa Plerotserkoidlar qo‘yidagicha ta’sir etadi. Organ va muskul
to‘qimalarida   o‘zgarish   kuzatiladi,   muskullarning     elastikligi     yo‘qoladi,
strukturasi o‘zgaradi, muskul bog‘lamlari o‘rtasida biriktiruvchi to‘qima hosil
bo‘ladi.
Botriotsefalez     -   bu   baliqlarning   gelmintoz   kasalligi   bo‘lib,
ichaklarning   zararlanishi   bilan   xarakterlanadi.Bothriocephalidae     oilasiga
mansub     Bothriocephalus   acheilognathi   deb   ataluvchi   lentasimon   gelmint
tomonidan   qo‘zg‘atiladi.   Kasallikka   karp,   sazan,   karas,   leщ,   oq   amur,
peshonado‘ng,   plotva,   yaz,   usach,   som   va   boshqa   turdagi   baliqlar   moyil,
biroq   karp,   sazan,   oq   amur   baliqlarning   malkilari     (lichinkalari)   ko‘proq
sezuvchan   bo‘lib,   ularning   zararlanishi   ayrim   paytlarda   80-100%   -gacha
borib   etadi,   natijada   baliqlarning   ommaviy   ravishda   nobud   bo‘lishi
kuzatiladi.
Qo‘zg‘atuvchisi   – Bothriocephalus acheilognathi – oq tusdagi sestoda
(yoki krem tusida) uzunchoq, lentasimon shaklda, uzunligi 15-25 sm, eni 1-4
mm.ga teng.  Baliqlarning gelmintoz kasallik qo‘zg‘atuvchilari:
1-botriotsefalyus; 2-kavia; 3-etilgan filometroideslar
bilan zararlangan karp balig‘i
Biologik   rivojlanishi .   Parazit   biogelmint,   oraliq   xo‘jayin   ishtiroqida
rivojlanadi.   Oraliq   xo‘jayin   vazifasini   eshkakoyoqli   (veslonogix)
qisqichbaqalar – sikloplar bajaradi. 
Epizootologik   ma’lumotlar .   Botriotsefalyoz   ham   hovuzli
xo‘jaliklarda va ham tabiiy suv  havzalarida keng tarqalgan. Bunda baliqlarni
nazoratsiz   tashishlari,   umumiy     suv   ta’minot   manbalarining   borligi,   bosh
hovuzlarda   baliqlarni   o‘stirish   va   xokazo   kabi   omillar   yordam   beradi.
Malkilar   o‘z   hayotining   dastlabki   kunlarida   zooplanktonlar   bilan
oziqanishlari   oqibatida       kasallikka   chalinadilar:   janubiy     mintaqalarda   –
may-iyunlarda,   markaziy   mintaqalarda   iyun-iyulda   10-12   kunlik   malkilarda
invaziyaning   intensivligi   ancha   past,   biroq   ularning   rivojlanishi,   o‘sishi
natijasida invaziyaning ekstensivligi va intensivligi ham ortib boradi. Malki,
segoletkalar iyul-avgust oylarida intensiv ravishda zararlanadilar, chunki shu
vaqtda   hovuzlarda   zooplanktonlar   juda   ham   ko‘p   bo‘lib,   baliqlar   ular   bilan
jadal   ravishda   oziqlanadilar.   Kuzda   kelib   esa   hovuzlarda   zooplanktonlar
kamayib   qoladi,   hamda   yosh   baliqlarni   kombikormalar   bilan   oziqlantirish yo‘lga qo‘yiladi, zararlanish ham keskin kamayadi. Karp turdagi baliqlarning
segoletkalarini   qishlovchi   hovuzlarga   o‘tkazish   paytida,   ularning   35-50%
botriotsefalezga   chalingan   bo‘lishi   mumkin.   Qish   davrida     baliqlarning
zararlanish darajasi kuzgi zararlanish darajasi atrofida saqlanib qoladi, ayrim
paytlarda   esa   sestodalarning   nobud   bo‘lishi   evaziga   pasayishi   kuzatiladi.
Qishda baliqlar oziqlanmaydi, natijada  gelmintlarning rivojlanishi to‘xtaydi,
yangi   zararlanish   kuzatilmaydi.   2   yoshdagi   karp   baliqlarning   zararlanishi
bahor-yoz   oylarida   kuzatiladi   va   35-55%   atrofida   bo‘lib,   invaziyaning
intensivligi   juda   ham   past   bo‘ladi.   Uch   yoshli   va   undan   katta   yoshdagi
baliqlarda   faqatgina   sporodik   zararlanish   kuzatiladi,   bu   ularda   yoshi   bilan
bog‘liq chidamlilik (immunitet) hosil  bo‘lishidan dalolat beradi.
Invaziyaning     manbai-   bu   asosan   katta   yoshdagi   parazit-*tashuvchi
baliqlar hamda zararlangan qisqichbaqalar.
Patogenezi.   Gelmintlarni   ichaklarda   parazitlik   qilishi   oqibatida
oziqaning   so‘rilish   jarayoni   buziladi   va   organ,   to‘qimalarning   funksiyasi
izdan   chiqadi.   Ichaklarning   shilliq   pardasi   yallig‘lanadi.   Sestodalar   o‘zining
botriyalari bilan shilliq parda va vorsinkalarini qisib qo‘yadi, shu bilan shilliq
pardani oziqalardan izolyasiya qilib qo‘yadi, natijada xazmlangan oziqaning
assimilyasiya   jarayoni   buziladi.   Parazitlar   o‘zidan   chiqarayotgan   chiqindilar
bilan   organizmni   zaharlaydi.   Ichak   shilliq   pardasining   jarohatlangan
joylaridan   ikkilamchi   patogen   mikrofloralar   kirib,   kasallik   kechishini   yana
ham   og‘irlashtiradi.   Qonda   gemoglobin   mi q dori   25-30%ga   kamayadi,
polimorfo‘zakli   leykotsitlar   va   neytrofillar   soni   ko‘payadi.   Invaziyalangan
segoletkalarning   tana   og‘irligi     vegetatsiya   davrining   oxirida   15-20%   va
undan yuqori kamayadi.
Oldini olish  va qarshi  ko‘rashish. Nosog‘lom   xo‘jaliklarda
kompleks  veterinar iya -sanitar iya   va   davolash   tadbirlari   o‘tkaziladi.   Buningg
uchun   qo‘yidagilarni amalga oshirish zarur: suv  havzalarni qo‘zg‘atuvchini kirib   qolishidan   mu h ofaza   qilish,   kasallikni   yo‘qolish,   buningg   uchun ,
baliqlarni   reja   asosida   gelmints i zlantirib   borish.   Gelmintsizlantirish   uchun
davolovchi   o ziqa   –   sipronotsestin   (tarkibida   1%   fen a sal   mavjud)   p reparat i
gur o‘ h usulida beriladi. Baliqlarni bir   oziqlantirish   uchun     davolovchi   o ziqa
mikdorini   (dozasini)   suvning   harorati   va   baliq   yoshiga   qarab   q u yidagi
formula b o‘ yicha aniqlanadi.
X=AVS/100
X-sipronotsestinning zaruriy mikdori, kg
A - bir bosh baliqning  o‘rtacha  og‘irligi, kg
V - suv  havzasidagi baliqlar soni,ekz.
S   –   baliq   massisiga   nisbatan   sipronotsestinning   talab   qilinadigan   mikdori
ma’lum suv haroratida foiz (%)xisobida.
Segoletkalar   iyul   yoki   avgust   oylarida   invaziyaning   avj
(ko‘tarilayotgan) olinayotgan vaqtida gelmintsizlantiriladi. 7-8 kun     o‘t g ach
q ayta   gelmintsizlantirilib   100%-lik   natijaga   erishiladi.   Ushbu     suv
hovuzlarida   segoletkalarni   q ayta   zararlanish   ehtimoli   bor,   chunki
gelmintsizlantirish   jarayonida   suvda   qo‘zg‘atuvchining   b o‘g‘ inlari   va
tuxumlari   tushgan,     SHuning   uchun             k u zda   (sentyabr   yoki   oqtyabr
oylarida)   u shbu   gur o‘ hdagi   baliqlarni   gelmintsizlantirish   o‘tkazilishi   shart.
Suv   harorati   8-10   grad-cha   tushib     qolsa   davolovchi   o ziqani   ikki   marotaba
beriladi.   Ikki   yoshdagi   karp   baliqlarni   bir   marotaba   yayr ovchi   suv
hovuzlariga  o‘tkazilgandan  so‘ng   bir   oy  o‘tgach   gelmintsizlantiriladi.   Naslli
va remont gur o‘ hidagi baliqlarga bahorda ikra   qo‘yishdan oldin davolovchi
o ziqa   beriladi.   Naslli   va   remont   guruhidagi   baliqlarni   individual   tarzda
gelmintsizlantirish   mumkin.   Buningg   uchun       fen a salni   suv   b ilan
aralashtiriladi, hosil bo‘lgan emulsiyani shpritsga tortib olinadi, uchiga rezina
shlang ch a   ulanadi   (yoki   elastik   kateter)   va   baliqning   og‘zi   orqali   ichagida
yuboriladi.   0,5-1,5   kg   tana   og‘irlikdagi   baliqlar   uchun       0,3-0,4   g/kg mikdorda   beriladi.   Termal   va   geotermal   suvlarda   o‘ stirilayotgan   karp
baliqlarga   davolovchi   o ziqani   zararlanish   vaqtini   inobatga   olib   h ar   60-70
kun da   be rib   boriladi.   Nosog‘lom   suv     havzalaridan   vegetatsiya   davri   tugab
bo‘lgach ,   barcha   baliqlar   ovlanib   sotuvga   chi q ariladi.   Hovuzlarning   suvlari
xo‘jalik   chegarasidan   tashqariga,   umumiy   suv     havzasiga,   tarmo g‘ iga
tushmasligi uchun   chiqarib tashlanadi. Hovuz ostidagi loyqalar quritiladi va
suv   havzasi qishda suvsiz   q oldiriladi, m u zlatiladi, so‘ngra xlorli ohak   b ilan
5-6   s/ga   h isobiga   yoki   so‘ndirilmagan   ohak   bilan   25s/ga   h isobiga   ishlov
beriladi. Hovuzlar  q uritilgach  botriotsefalyus tuxumlari 15-20 soatdan so‘ng
nobud bo‘ladi, m u zlatilganda esa 48 soatdan so‘ng  o‘ ladi. Asosiy adabiyotlar:
1.   Gerasimchik   V,A.,   E.F.   Sadovnikova   ”Bolezni   r i b   i   pchel”   uchebnoe
posobie, Minsk, 2017 god
2. Osetrov V.S. (pod redaksiey) «Bolezni rib». Spravochnik, Moskva VO
Agropromizdat, 1989.
3 .     Poltev   I.,   Neshataeva E .V.//   Bolezni   vrediteli   pchel.   Moskva,   Kolos,
1977 god
4.  Haqberdiev   P.S.,   Tursunqulov   A.R.   «Baliqlarning   yuqumli   va
yuqumsiz kasalliklari». O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2010 yil.
5.  Haqberdiev   P.S.   va   boshqalar/   «Baliqchilik   va   baliq   kasalliklari»,
Samarkand, 2008.
6.  Haqberdiev   P.S.,   Qurbonov   F.I.,   Qarshiyeva   V.SH.   «Baliq   va   asalari
kasalliklari» O‘quv qullanma. Toshkent, 2016 y.

Baliqlarning sestodoz (Ligulyoz, Difillobotrioz, Botriotsefalyoz) kasalliklari. Reja: 1. Ligulyoz kasalligi 2. Difillobotrioz kasalligi 3. Botriotsefalyoz kasalligi

Baliqlar sestodozlarini t asmasimon chuvalchanglar (YAssi chuvalchanglar tipi) keltirib chiqaradi. Tasmasimon chuvalchanglar (Sestoda) sinfiga kiradi . Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodlarni tuzilishi . Tanasining oldingi uchida kichkinagina boshcha-skoleks bo‘lib, unda to‘rtta so‘rg‘ich joylashgan. Bular yordamida solityor ichak devoriga yopishib oladi. Bosh qismining pastidagi bo‘g‘imlariga (proglottidlar) bo‘linmagan qismi bo‘yinni tashqil qiladi. Bo‘yin qismi ko‘ndalang bo‘linib yangi yosh bo‘g‘inlarni hosil qiladi. Bu jarayonni strobilyasiya, solityorning uzun zanjirsimon tanasini esa strobila deyiladi. Qoramol solityorining tanasining (strobilasi) o‘n mingdan ortiq proglottidlardan iborat. Lekin tanani tashqil qiladigan bo‘g‘inlar har xil tuzilishga ega. Bo‘yin qismidan keyin bevosita boshlanadigan bo‘g‘inlarning uzunligi kengligiga qaraganda ancha kichik, ularda jinsiy organlar rivojlanmagan bo‘ladi. Solityor tanasining o‘rta qismidagi bo‘g‘imlar (200- 250 bo‘g‘inlardan boshlab) to‘rtburchak shaklida bo‘ladi. Bular erkaklik va urg‘ochilik jinsiy organlar sistemalari rivojlangan germafrodit bo‘g‘inlardir. Tananing keyingi qismidagi etilgan bo‘g‘imlar ancha ingichka va uzunro q bo‘ladi. Ular urug‘langan tuxumlar bilan to‘lgan bo‘lib, bitta-bittadan uzilib tushadi. Qoramol solityorining bo‘g‘imlarida muskullar yaxshi rivojlangan ular aktiv h arakatlanib odamlarning anusi orqali mustaqil chikishi ham mumkin. Lekin ko‘pincha najas (ekskrement) bilan birga chiqadi. Solityorning tana devori, ya’ni teri muskul xaltasi xuddi so‘rg‘ichlilarnikiga o‘xshagan tegumentdan iborat. Fakat tegumentning yuza qismi h ar xil bo‘rtmalar yoki barmoksimon o‘simtalar hosil qilishi bilan farq qiladi. Bu o‘simtalarning ustki qismi juda ingichka mikrovorsinkalar, ya’ni mikrotrixiyalar bilan qoplangan. Bular tashqi ko‘rinishidan va fiziologik jihatidan umurtkali hayvonlarning ingichka ichaklaridagi mikrovorsinkalarga o‘xshaydi. Bular solityorning ovqatlanishida muhim ahamiyatga egadir,

chunki ular tananing ovqat so‘ruvchi yuzasini kengaytiradi va ingichka ichakdagi tayyor ozuqalarini shimib olishda muhim vazifalarni bajaradi. Qon aylanish va nafas olish sistemasi bo‘lmaydi. Hamma tasmasimon chuvalchanglar oziqlanish jarayonida ularning tanasida korbonsuv-gilikogen to‘planadi. Keyin uning fermentlar ta’sirida parchalanishida korbonad angidrit, vodorod va moy kislotalari (sut va valerian kislotalari) hosil bo‘ladi. Ana shu jarayonda ajraladigan energiyadan foydalanib solityorlar anaerob usulda nafas oladi. Ayiruv organlar sistemasi protonefridial tarzda tuzilgan bo‘lib, parenximadagi kiprikli (terminal) hujayralardan mayda naychalar boshlanadi. Asosan ikkita ayiruv kanali bor. Ular tananing orqa uchidan boshlanib chuvachangning elka qismidan proglottidlarning ikkala yonidan o‘tadi va skoleksgacha davom etadi. Bu erda esa bo‘ralgan holda chuvalchangning qorin tomoniga o‘tib, tananing orqa uchigacha davom etadi. Har bir bo‘g‘inda bu kanallar uning pastki qismida joylashgan ko‘ndalang kanal bilan qo‘shiladi va siydik pufagini hosil qiladi. U esa chiqarish teshigi orqali tashqariga ochiladi. Keyinchalik ya’ni bir etilgan bo‘g‘im uzilib tushganidan so‘ng ayiruv kanallarining h ar biri mustaqil ochiladi. Markaziy nerv sistemasi bosh nerv tugunidan iborat bo‘lib undan bir necha nerv tolalari chiqadi. Asosiy nerv tolalari bir juft bo‘lib tananing ikkala yon tomonidan joydashadi. Ular ikki jinsli-germafrodit. Erkaklik jinsiy organlari har bir bo‘g‘inda parenxima to‘qimasi orasida joylashgan urug‘donlardan iborat. Ulardan juda ingichka urug‘ o‘tkazuvchi naychalar boshlanadi va ular bir-biri bilan qo‘shilib, toq umumiy urug‘ yo‘lini hosil kiladn. Urug‘ yo‘li bir qancha burmalar tashqil qilib, proglottidning yon tomonida sirrus qopchig‘i ichida joylashgan qo‘shilish organi - sirrusga kelib to‘tashadi. Urg‘ochilik jinsiy organlari proglottidning pastki qismida joylashgan bir juft tuxumdondan boshlanadi. Tuxumdon bo‘laklari kushilgan joydan tuxum yo‘li chiqadi, u esa ingichka naysimon qinga tutashadi. Kinning boshlang‘ich qismi biroz

kengaygan bo‘lib, urug‘ qabul qiluvchi pufakchani hosil qiladi. Uning qarama-qarshi uchi erkaklik jinsiy sistemasining teshigi yonida bitta umumiy teshikka, jinsiy kloakaga ochiladi. Bo‘g‘inning eng pastki qismida uchburchak shaklidagi sariqdon joylashgan. Uning yuqori tomoniga qarab yunalgan naychasi tuxum yo‘li bilan qo‘shilib ootipni hosil qiladi. Ootipga Melis tanachasi va bachadon kelib ochiladi. Bu erda tuxum hujayralari sariq modda bilan ta’minlanadi va po‘stga o‘raladi. Bunday urug‘langan va rivojlangan tuxumlar bachadonga o‘tadi. Natijada bachadon kengayib, unda juda ko‘p yon shoxchalar paydo bo‘ladi. Bu davrda ko‘pchilik jinsiy a’zolarning faoliyati tugaydi va ular asta-sekin yo‘qolib ketadi. Faqat shoxchali bachadon saqlanib qoladi. Bular etilgan bo‘g‘inlardir. Ligulyoz – bu baliqlarning sestodoz kasalligi bo‘lib, uni Diphyllobhotridae oilasiga mansub ligula intetsinalis sestodasining invazion lichinkasi – plerotserkoidni baliqlarning, asosan karp turdagi baliqlarning qorin bo‘shlig‘ida parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atilib, kasallik ichki organlarning atrofiyasi, pushtsizlik, ayrim paytlarda esa qorin devorining yorilishi va baliqlarning nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Qo‘zg‘atuvchining jinsiy voyaga etgan shakli turli baliqxo‘r parrandalarning ichaklarida parazitlik qiladi. Qo‘zg‘atuvchisi. Plerotserkoidlar – bu oq yoki oq-sarg‘ich tusdagi tasmasimon shakldagi uzunligi 2 m gacha keladigan parazit. Parazitning bosh tomonida unchalik yaxshi rivojlangan ikkita botriyasi, ya’ni chuqurchasi mavjud. Tashqi tomondan strobilasi-tanasi bug‘inlarga bo‘linmagan, biroq ketma-ketlik tarzda parazitning jinsiy organlari joylashgan. Qolgan tuzilishini laboratoriya mashg‘ulotlariga o‘tamiz. Biologik rivojlanish . Parazit biogelmint. Asosiy xujayinlari qisqa parrandalar, oraliq xujayinlari qisqichbaqalar, qo‘shimcha xujayini baliqlar.

Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik barcha hududlarda: ko‘llarda, suv omborlarida, kamroq daryo va hovuzlarda uchraydi. Kasallikka ko‘p turdagi baliqlar: leщ, plotva, taran, krasnoperka, karas, gustera, peskar, usach, oq amur, peshonado‘ngach g, Marinka, verxovka va boshqalar moyil. Ba’zan sazan va karp baliqlarda ham Uchratish mumkin. Plerotserkoidlarni 2-4 yoshda baliqlarda uchratish mumkin. Invaziyaning ekstensivligi 40-60%, II -3-7 ekz. Tashkil qilishi mumkin. Kasallik asosan bahor-yoz oylarida kuzatiladi. Patogenezi. Plerotserkoidlar rivojlanishi, o‘sishi oqibatida qorin bo‘shlig‘idagi organlar atrofiyaga uchraydi, ularning normal funksiyasi izdan chiqadi. Tuxumdan atrofiyaga uchrashi oqibatida baliqlar pushtsiz bo‘lib qoladi. Qo‘zg‘atuvchi haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, qorin bo‘shlig‘i shishadi, qorin devori yorilib, baliqlar nobud bo‘lishi mumkin. Difillobotrioz - antropozoonoz, tabiiy o‘choqli invazion kasallik bo‘lib, uni Diphyllobothrium avlodiga mansub tasmali sestodalarning odam va go‘shtxo‘r hayvonlarning ingichka bo‘lim ichaklarida parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atiladi. Kasallikka it, mushuk, tulki va boshqa muynali hayvonlar moyil. Qo‘zg‘atuvchisi. Diphyllobothrium latum boshqa turlariga nisbatan ko‘proq uchraydi, uning uzunligi 10 m gacha etadi. Biologiyasi. Parazit biogelmint. Asosiy xo‘jayinlari odam va go‘shtxo‘r hayvonlar, oraliq xujayini qisqichbaqalar va diaptomuslar, qo‘shimcha xo‘jayini chuchuk suv baliqlari (oqun, ersh, nalim, forel). Epizootologik ma’lumotlar. Zararlangan baliqlarni ham yozda va ham qishda uchratish mumkin. Kasallik ko‘proq Balti q b o‘ yi respublikalarda, Sankt-Peterburgda, Arxangelsk, Tyumen oblastlarda, Orol dengizida uchraydi. Invaziyaning ekstensivligi80-90%, II-yuzdan ortiq plerotserkoid h ar bir baliq xisobiga. Baliqlar asosan yilning bahor-yoz oylarida