logo

Baliqlarning trematodoz (Opistorxoz. Diplostomoz. Postodiplostomoz) kasalliklari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

31.5869140625 KB
Baliqlarning  trematodoz   (Opistorxoz. Diplostomoz. Postodiplostomoz)
kasalliklari.
Reja:
1. Opistorxoz kasalligi
2. Diplostomoz kasalligi
3. Postodiplostomoz kasalligi Baliqlar   trematodoz   va   ularning   qo‘zg‘atuvchilari.     Baliqlar
gelmintozlarini   yuqorida   gapirganimizdek   parazit   chuvalchanglar   keltirib
chiqaradi.   Baliq   trematodozlariga,   so‘rg‘ichlilar   keltirib   chiqaradigan   kasalliklar
kiradi, ya’ni kariofillez, batriotsefaliyoz, filometroidoz va boshqalar kiradi.
So‘rg‘ichlilar     (Trematoda)  sinfi  vakilari   trematodozlarni   keltirib chiqaradi .
So‘rg‘ichlilar   sinfiga   400   dan   ortik   tur   kiradi.   Xamma   vakillari   umurtkali   va
umurtkasiz   xayvonlarning   ichki   organlarida   parazit   yashaydi.   Tanasining   shakli
kiprikli   chuvalchanlarga   uxshash   bargsimon,   lekin   tanasi   sirtida   kipriklar
bulmaydi.   So‘rg‘ichlilarning   teri-muskul   kopchasi   ham   kiprikli
chuvalchanglarnikiga   o‘xshaydi,       lekin   trematodalar,   shu   jumladan,   jigar
qurtining tanasi   ham tegument deb ataluvchi sitoplazmatik po‘st bilan qoplangan.
Bu ikki, ya’ni yadrosiz   tashqi va    yadroga ega    bo‘lgan   ichki qavatdan iborat.
Tegumentnnng tashqi va  ichki     qavati plazmatik membrana orqali ajralib turadi.
Membrana   ostidagi   sitoplazmada   bir   necha   mayda   vakuolalar,   shuningdek
mitoxondriyalar   va   ko‘tikuladan   iborat   kichik   tukchalar   mavjuddir.   Tegument
tashqi     qavatining   ostki   tomoni   bazal   membrana   bilan   qoplangan,   uning   mayda
teshikchalari   orqali sitoplazmatik       ipchalar o‘tib, tegumentninng ikkala qavatini
bir-biri bilan tutashtirib turadi. 
Ovqat   hazm   qilish   sistemasi   tananing   oldingi   qismidagi   so‘rg‘ichining
o‘rtasida   joylashgan   og‘iz   teshigidan   boshlanadi.   Og‘izdan   keyin   tomoq   oldi
bo‘shlig‘i   va   muskullik   tomoq   joylashadi.   So‘rg‘ich   tomoq   oldi   bo‘shlig‘i   va
tomoq   bular   hammasi   birgalikda   ovqat   so‘ruvchi   apparatni   hosil   qiladi.
Endodermadan rivojlangan o‘rta ichak ikkita asosiy shoxchaga bo‘linadi, ular esa
bir necha yon ko‘r o‘simtalar hosil qiladi. Anal teshigi yo‘q, ovqat qoldiqlari og‘iz
teshigi   orqali   chiqadi.Ayiruv   organlari   protonefridiy   tarzida   tuzilgan.   Tananing
o‘rta   qismida   tok   ayiruv   naychasi   bo‘lib,   unga   bir   necha   mayda   yig‘uvchi
naychalar   kelib   qo‘shiladi.   Asosiy   ayiruv   naychasi   tananing   orqa   uchidan
tashqariga   ochiladi.   Qon   aylanish   va   nafas   olish         organlar         sistemasi
rivojlanmagan.   Nerv         sistemasi     kiprikli     chuvalchanglarga   nisbatan   sust
rivojlangan.   Xalqum       oldi   nerv   tugunidan   og‘iz   so‘rg‘ichiga   va   tananing   orqa uchnga qarab uch juft    (qorin, elka   va yon) bo‘ylama   nerv tolalari tarqalgan. Bu
nerv   tolalari   o‘zaro   komissuralar   bilan   bog‘langandir.   K o‘pchili k   surgichlilar
germafrodit.   So‘rg‘ichlilarning   ko‘pchiligida,     shu   jumladan,   jigar   qurtida   ham
ootip bo‘lmaydi. Bunday holatda ootip vazifasini bajaruvchi tuxumdonning oxirgi
uchidagi   kengaygan     qismiga     sariqdonlarning         chiqarish   naychasi   kelib
qo‘shiladi. Tuxumdonning bu qismini  ustki  tomondan koplab turgan bir hujayrali
mayda bezlar esa Melis tanachasini hosil       qiladi. Urug‘langan tuxumlar shu erda
sarik moddaga o‘raladi va po‘st bilan koplanadi. Tuxumdonning shu qismida juda
ko‘p   bo‘ralgan   organ   —   bachadon   boshlanadi.   U   qorin   so‘rg‘ichi   oldida
ingichkalashib   borib   jinsiy   kloakaga   ochiladi.   Jigar   qurtlari   qo‘shilishi   paytida
bachadon   orqali   spermatozoidlar   o‘tadi,   demak   u   yaqin   vazifasini   ham   bajaradi.
Etilgan   jigar   qurtida   urug‘langan   tuxumlar   bachadonda   saqlanadi   va   dastlabki
rivojlanish davrini shu erda o‘tkazadi. Erkaklik organlar sistemasi juda ko‘p mayda
shoxchalar   hosil   qiladigan   va   jigar   qurti   tanasining   markaziy   qismida   joylashgan
juft   urug‘dondan   iborat.   Har   bir   urug‘dondan   chiqqan   urug‘   yo‘llari   qorin
so‘rg‘ichiga yaqin joyda o‘zaro qo‘shilib, urug‘ pufagini hosil qilib, keyin ingichka
urug‘   chiqarish   naychasiga   aylanadi.   U   esa   qo‘shilish   organi   sirrusga   ochiladi.
Sirrus   odatda   sirrus   xaltasining   ichida   joylashgan,   u   faqat   qo‘shilish   vaqtidagina
tashqariga buralib chiqadi.
Opistorxoz   –   bu   it   va   boshqa   go‘shtxo‘r   hayvonlar   hamda   odamlarning
tabiiy-o‘choqli   invazion   kasalligi   bo‘lib,   uni   Opistorchis   felileus   (oilasi
Opistorchidae)ni   hayvonlarning   jigar   o‘t   yo‘llarida,   o‘t   pufagida,   ba’zan   esa
oshqozon  osti bezining yo‘llarida parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atiladi .
Biologiyasi.  Parazit biogelmint. Oraliq xo‘jayinlari Bithynia leachi avlodiga
mansub   chuchuk   suv   mollyuskalari,   qo‘shimcha   xo‘jayinlari   esa   ko‘pchilik   karp
turdagi baliqlar  (plotva, lin, yaz, karp, leщ, sazan, chebak va boshqalar).
E pizootologi   ma’lumotlar.   Opistorxoz   asosan   o‘choqli,   manbali   ravishda
tarqalgan.   Kasallik   Ob,   Irtыsh,   Volga,   Kama,   Dnepr,   Janubiy   Buga,   Neman
daryolarida, qaysikim bu erlarda qo‘zg‘atuvchining oraliq xo‘jayini mollyuskalari
keng   tarqalgan,   ko‘proq   uchraydi.   Suv     havzalarning   zararlanish   manbai   –   bu opistorxoz bilan kasallangan odamlar va go‘shtxo‘r hayvonlar. Zararlanish ko‘proq
bahor-yoz   oylarida   kuzatiladi.   Odam   va   go‘shtxo‘r   hayvonlar   xom   va   yaxshi
pishirilmagan   baliqlarni   is’temol   qilganlarida   kasallikka   chalinadilar.   EI-75-80%,
II-bir necha ming metatserkariylar bir boshda.
Qo‘zg‘atuvchining   oraliq   xo‘jayinlari   -   suvning   oqimi   past   bo‘lgan
daryolarda,  o‘simliklari ko‘p bo‘lgan suv havzalarda ko‘proq uchraydi.
Patogenez.   Opistorxuslar   o‘t   yo‘llarini   jarohatlanishi   oqibatida   o‘t
suyuqligining   oqishi   qiyinlashib,   jigarda   turg‘unlik   holati   vujudga   keladi.
Organizmda   zaharlanish   kuzatilib,   allergik   holat   paydo   bo‘ladi.   Xolitsistit,   sirroz
rivojlanadi.   Metatserkariylar   ko‘p   mikdorda   baliq   organizmiga   parazitlik   qilishi
natijasida   kapsulaga   o‘ralgan   uchastkalar   hosil   bo‘ladi,   muskul   tolasining
elastikligi yo‘qoladi.
Kasallikni oldini olish maqsadida go‘shtxo‘r hayvonlarga hamda odamlarga
xom,   yaxshi   qovurilmagan,   qaynatilmagan   baliqlarni   bermaslik.   Ayniqsa   Ob   va
Irtыsh   daryolaridan,   Volga   va   uning   ilmoqdaridan   ovlangan   baliqlarni   go‘shtxo‘r
hayvonlar   ratsioniga   kiritmaslik.   Motorli   baliq   ovlovchi   kemalarga   yopiq   tipdagi
hojatxonalarni bo‘lishi shart. Bundan tashqari, aholining gelmintologiya sohasidagi
bilimlarini,   ayniqsa   baliqchilar,   ovchilar,   baliqchilik   zavodlardagi   xodimlar,
moryaklarni   bilimlarini   yanada   oshirish.   Opistorxoz   bo‘yicha   nosog‘lom
xo‘jaliklardan   ovlangan   baliqlarni     kamida   ikki   hafta   davomida   tuzlatish.   Bunda
muskuldagi   tuzning   miqdori   14%   ga   etishi   kerak,   yoki   muzlatish.   Harorat   21-23
grad-da bo‘lishi kerak. Targ‘ibot-tashviqot ishlarni yo‘lga qo‘yish.
  Diplostomoz   –   bu   baliqlarning   keng   tarqalgan   invazion,   gelmintoz
(trematodoz)   kasalligi   bo‘lib,   uni   Diplostomatide   oilasiga   mansub   4-ta   trematod
turlarining   lichinkalari   –   metatserkariylarining   (Diplostomatide   Diplostomum
spathaclum)   baliqlarning   ko‘zida:   ko‘z   shishasida,   ko‘zning   olmasida,   sklera   va
retin   oralig‘ida   parazitlik   qilishi   oqibatida   qo‘zg‘atilib,   kasallik   ko‘z   shishasining
xiralashuvi,   ko‘rish     funksiyasining  buzilishi  bilan  xarakterlanadi.  (katarakta  ham
deb yuritiladi). Qo‘zg‘atuvchisi. D. Spathaceum  tanasi yassi, ovalsimon bo‘lib, uzunligi 0,4-
0,5 mm, eni 0,2-0,3 mm. 
Epizootologik   ma’lumotlar.   Diplostomoz   keng   tarqalgan   invazion
kasalliklardan   biri   hisoblanadi.   Qo‘zg‘atuvchilarini   ko‘llarda,   daryolarda,
hovuzlarda,   suv   omborlarida   uchratish   mumkin.   Kasallikka   karp,   leщ,   plotva,
okun, sudak, nalim, щuka, gustera, forel, karas, pelyad, oq amur, peshonado‘ng va
boshqa   100   dan   ortiq   baliq   turlari   moyil.   Kasallikka   barcha   yoshdagi   baliqlar,
biroq yoshlari ancha moyil bo‘lib, ularda o‘lim darajasi  ancha yuqoridir. Kasallik
manbai   –   bu   metatserkariylar   bilan   zararlangan   baliqlar,   Serkariylari   bor
mollyuskalar.   Diplostomozning   tarqalishida   asosiy   rol-   baliqxo‘r   parrandalar,
qaysikim   ular   bir   suv     havzasidan   ikkinchisiga   o‘tganlarida   natijalari   bilan   suvni
ifloslanishiga   olib   keladilar.   Serkariylar   bilan   zararlangan   mollyuskalar   suvning
oqimi   bilan   boshqa   suv   havzalarida  suzib   borib   u  erni   ham   zararlanishi   mumkin.
Kasallik   asosan   bahor-yoz   oylarida   kuzatiladi.   Zararlanish   yosh   baliqlarni
ikrasidan chiqqach, 5-6-chi kunlarida sodir bo‘ladi.
Diplostomoz   o‘tkir   va   surunkali   oqimda   kechadi.   Lichinkalari   baliqlarning
ko‘zining   xrustalida   parazitlik   qilinishi   natijasida   unda   yallig‘lanish   jarayoni
kechib,   uning   xiralashuviga,   ko‘zning   ichki   kamerasida   yorug‘likni   borishini
qiyinlashuviga,   ohak   moddasining   yig‘ilib   qolishiga,   xiralashuv   va   unda   oq-sut
rangidagi parda hosil bo‘lishiga olib keladi. Ko‘zning oldingi kamerasida ekssudat
yig‘ilib   qoladi,   uning   bosimi   ostida   esa   ko‘zning   shox   pardasi   qayrilib
pucheglaziening   kelib   chiqishiga   sabab   bo‘ladi.   Zararlangan   muguz   pardaning
shakli   o‘zgaradi   va   oq   pardasining   yorilishi   natijasida   tashqariga   chiqib   qoladi,
baliqlar ko‘r  bo‘lib qoladi, normal oziqlanmaydi, oriqlanadi va nobud bo‘ladi yoki
parrandalar tomonidan is’temol qilinadi.
Patogenezi.  Metatserkariylar o‘zlarining so‘rg‘ichlari bilan ko‘zning muguz
pardasini jarohatlaydi va yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Muguz pardada
ohak moddasini yig‘ilib qolishi uning xiralashuviga olib keladi. Ko‘rish funksiyasi
qisman yoki butunlay buziladi. Postodiplostomoz   –   bu   ham   keng   tarqalgan   gelmintoz   kasallik   bo‘lib,
terining,   muskul   qatlamining   zararlanishi   va   umurtqa   pog‘onasining   qiyshayib
qolishi   bilan   xarakterlanadi.   Kasallik   ham   tabiiy   suv     havzalarida   va   ham
baliqlarning   ikrasini   qo‘yib   baliq   ko‘paytiruvchi   xo‘jaliklarda   uchraydi.
Zararlangan   baliqlarning   tanasida   qora   dog‘lar   (turli   xajmdagi)   hosil   bo‘ladi.
SHuning   uchun   ham   kasallikning   dastlabki   nomi   «qora-dog‘li»   kasallik   deb
yuritilgan.   Bu   qora   dog‘lar   gelmint   lichinkalarining   joylashgan   joyida   qora
pigmentlarning yig‘ilib qolishi oqibatida paydo bo‘ladi.
Qo‘zg‘atuvchisi.  Postodiplostomozning qo‘zg‘atuvchisi bu Diplostomotidae
oilasiga mansub Postodiplostomum cuticola. 
Biologiyasi.   Parazit   biogelmint.   Oraliq   xujayinlari   Planorhbidae   oilasiga
mansub chuchuk suv mollyukalari. Lichinkalarni invazion bosqichga etish muddati
suvning   harorati,   mollyuskalarning   turi   va   yoshiga   bog‘liq   bo‘lib,   75-95   kun     ga
teng. Prepatent muddati 3-7 kun. 
Epizootologik   ma’lumotlar.   Kasallik   asosan   Sobiq   Ittifoqning     janubiy-
g‘arbiy   rayonlaridagi   suv     havzalarida   ko‘p   uchraydi.   Baliqlarning   zararlanishi
yilning bahor-yoz fasllarida kuzatiladi, bu esa qo‘zg‘atuvchining rivojlanishi bilan
bog‘liqdir. Postodiplostomozga turli chuchuk suv baliqlari (60 turdan ortiq): karp,
sazan, plotva, oq amur, peshonado‘ng, krasnoperka, chexon, vobla, taran, gustera,
okun, beloglazka va boshqalar moyildir. Bu baliqlarning   ov qiluvchi ahamiyatga
e ga.   Kasallikka   sezgirlari   bu   malki   va   segoletkalar.   Kasallikning   birinchi   klinik
belgilari   –   bu   terida   qora   dog‘larni   paydo   bo‘lishi   hisoblanadi.   10-12   kunlik
malkilarda ushbu klinik   belgilar  ularning hayotining birinchi kunlarida namoyon
bo‘ladi.   Malkilar   kuchli   invaziyalanganlarida   ularning   nobud   bo‘lishi   kuzatiladi.
Invaziyaning intensivligi baliqlar kattargan sari oshadi va ayrim xo‘jaliklarda IE -
85-100%, II-150-200 va undan ham   ko‘p mikdorni tashkil etishi mumkin. Kasallik
manbai – zararlangan baliqlar, mollyuskalar va  baliqxo‘r   parrandalar (sapli).
Patogenez.  Serkariylar baliq organizmiga kirganida teri va muskul qatlamini
jarohatlaydi,   lichinkalar   atrofida   biriktiruvchi   to‘qimadan   iborat   kapsula   hosil
bo‘lgach, teri va muskul qatlamining yumshashiga olib keladi. Modda almashinuv jarayoni buziladi. Kuchli zararlangan joylarda nekrotik jarayon kuzatiladi, natijada
umurtqa   pog‘onasini   qiyshayishiga   olib   keladi.   Qon   tarkibida   ham   o‘zgarish
kuzatiladi:   gemoglobin   mikdori   va   eritrotsitlar   soni   kamayadi,   monotsit   va
neytrofillar soni esa oshadi. Ko‘p sonli qora dog‘lar baliqning tovarlik ko‘rinishini
buzadi. Asosiy adabiyotlar:
1.   Gerasimchik   V,A.,   E.F.   Sadovnikova   ”Bolezni   r i b   i   pchel”   uchebnoe   posobie,
Minsk, 2017 god
2.   Osetrov   V.S.   (pod   redaksiey)   «Bolezni   rib».   Spravochnik,   Moskva   VO
Agropromizdat, 1989.
3 .    Poltev I., Neshataeva E .V.// Bolezni vrediteli pchel. Moskva, Kolos, 1977 god
4.  Haqberdiev   P.S.,   Tursunqulov   A.R.   «Baliqlarning   yuqumli   va   yuqumsiz
kasalliklari». O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2010 yil.
5.  Haqberdiev P.S.  va boshqalar/   «Baliqchilik  va baliq  kasalliklari»,   Samarkand,
2008.
6.  Haqberdiev   P.S.,   Qurbonov   F.I.,   Qarshiyeva   V.SH.   «Baliq   va   asalari
kasalliklari» O‘quv qullanma. Toshkent, 2016 y. 
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Karimov I.A. «YUksak ma’naviyat engilmas kuch».Ma’naviyat T, 2008.
2.   Mirziyoev   SH.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
3.   Mirziyoev   SH.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash   yurt
taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   Toshkent,   “O‘zbekiston”   NMIU,
2017. – 47 b.
4. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
5. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2017 yil  7 fevraldagi  “O‘zbekiston
Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   harakatlar   strategiyasi
to‘g‘risida”gi   PF-4947-sonli   Farmoni.   Toshkent,   O‘zbekiston   Respublikasi
qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. 
6.   Haqberdiev   P.S.,   Tursunqulov   A.R.   «Baliqlarning   yuqumli   va   yuqumsiz
kasalliklari».O‘quv qo‘llanma., Samarqand, 2010.
7.   Haqberdiev   P.S.,   Tayloqov   T.I.   «Baliqlarning   parazitar   kasalliklari».   O‘quv
qo‘llanma., Samarqand, 2009 yil. 8.   Haqberdiev   P.S.,   Qarshieva   V.SH.   «Baliqlarning   zaharlanishi».O‘quv
qo‘llanma., Samarqand, 2009.
Internet ma’lumotlari.
w ww.ziyonet.uz
Email:zooveterinariya@ mail.ru
Email:veterinariya@ astavis.ru/
www. sea@mail.net21.ru
www. veterinary@actavis.ru

Baliqlarning trematodoz (Opistorxoz. Diplostomoz. Postodiplostomoz) kasalliklari. Reja: 1. Opistorxoz kasalligi 2. Diplostomoz kasalligi 3. Postodiplostomoz kasalligi

Baliqlar trematodoz va ularning qo‘zg‘atuvchilari. Baliqlar gelmintozlarini yuqorida gapirganimizdek parazit chuvalchanglar keltirib chiqaradi. Baliq trematodozlariga, so‘rg‘ichlilar keltirib chiqaradigan kasalliklar kiradi, ya’ni kariofillez, batriotsefaliyoz, filometroidoz va boshqalar kiradi. So‘rg‘ichlilar (Trematoda) sinfi vakilari trematodozlarni keltirib chiqaradi . So‘rg‘ichlilar sinfiga 400 dan ortik tur kiradi. Xamma vakillari umurtkali va umurtkasiz xayvonlarning ichki organlarida parazit yashaydi. Tanasining shakli kiprikli chuvalchanlarga uxshash bargsimon, lekin tanasi sirtida kipriklar bulmaydi. So‘rg‘ichlilarning teri-muskul kopchasi ham kiprikli chuvalchanglarnikiga o‘xshaydi, lekin trematodalar, shu jumladan, jigar qurtining tanasi ham tegument deb ataluvchi sitoplazmatik po‘st bilan qoplangan. Bu ikki, ya’ni yadrosiz tashqi va yadroga ega bo‘lgan ichki qavatdan iborat. Tegumentnnng tashqi va ichki qavati plazmatik membrana orqali ajralib turadi. Membrana ostidagi sitoplazmada bir necha mayda vakuolalar, shuningdek mitoxondriyalar va ko‘tikuladan iborat kichik tukchalar mavjuddir. Tegument tashqi qavatining ostki tomoni bazal membrana bilan qoplangan, uning mayda teshikchalari orqali sitoplazmatik ipchalar o‘tib, tegumentninng ikkala qavatini bir-biri bilan tutashtirib turadi. Ovqat hazm qilish sistemasi tananing oldingi qismidagi so‘rg‘ichining o‘rtasida joylashgan og‘iz teshigidan boshlanadi. Og‘izdan keyin tomoq oldi bo‘shlig‘i va muskullik tomoq joylashadi. So‘rg‘ich tomoq oldi bo‘shlig‘i va tomoq bular hammasi birgalikda ovqat so‘ruvchi apparatni hosil qiladi. Endodermadan rivojlangan o‘rta ichak ikkita asosiy shoxchaga bo‘linadi, ular esa bir necha yon ko‘r o‘simtalar hosil qiladi. Anal teshigi yo‘q, ovqat qoldiqlari og‘iz teshigi orqali chiqadi.Ayiruv organlari protonefridiy tarzida tuzilgan. Tananing o‘rta qismida tok ayiruv naychasi bo‘lib, unga bir necha mayda yig‘uvchi naychalar kelib qo‘shiladi. Asosiy ayiruv naychasi tananing orqa uchidan tashqariga ochiladi. Qon aylanish va nafas olish organlar sistemasi rivojlanmagan. Nerv sistemasi kiprikli chuvalchanglarga nisbatan sust rivojlangan. Xalqum oldi nerv tugunidan og‘iz so‘rg‘ichiga va tananing orqa

uchnga qarab uch juft (qorin, elka va yon) bo‘ylama nerv tolalari tarqalgan. Bu nerv tolalari o‘zaro komissuralar bilan bog‘langandir. K o‘pchili k surgichlilar germafrodit. So‘rg‘ichlilarning ko‘pchiligida, shu jumladan, jigar qurtida ham ootip bo‘lmaydi. Bunday holatda ootip vazifasini bajaruvchi tuxumdonning oxirgi uchidagi kengaygan qismiga sariqdonlarning chiqarish naychasi kelib qo‘shiladi. Tuxumdonning bu qismini ustki tomondan koplab turgan bir hujayrali mayda bezlar esa Melis tanachasini hosil qiladi. Urug‘langan tuxumlar shu erda sarik moddaga o‘raladi va po‘st bilan koplanadi. Tuxumdonning shu qismida juda ko‘p bo‘ralgan organ — bachadon boshlanadi. U qorin so‘rg‘ichi oldida ingichkalashib borib jinsiy kloakaga ochiladi. Jigar qurtlari qo‘shilishi paytida bachadon orqali spermatozoidlar o‘tadi, demak u yaqin vazifasini ham bajaradi. Etilgan jigar qurtida urug‘langan tuxumlar bachadonda saqlanadi va dastlabki rivojlanish davrini shu erda o‘tkazadi. Erkaklik organlar sistemasi juda ko‘p mayda shoxchalar hosil qiladigan va jigar qurti tanasining markaziy qismida joylashgan juft urug‘dondan iborat. Har bir urug‘dondan chiqqan urug‘ yo‘llari qorin so‘rg‘ichiga yaqin joyda o‘zaro qo‘shilib, urug‘ pufagini hosil qilib, keyin ingichka urug‘ chiqarish naychasiga aylanadi. U esa qo‘shilish organi sirrusga ochiladi. Sirrus odatda sirrus xaltasining ichida joylashgan, u faqat qo‘shilish vaqtidagina tashqariga buralib chiqadi. Opistorxoz – bu it va boshqa go‘shtxo‘r hayvonlar hamda odamlarning tabiiy-o‘choqli invazion kasalligi bo‘lib, uni Opistorchis felileus (oilasi Opistorchidae)ni hayvonlarning jigar o‘t yo‘llarida, o‘t pufagida, ba’zan esa oshqozon osti bezining yo‘llarida parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atiladi . Biologiyasi. Parazit biogelmint. Oraliq xo‘jayinlari Bithynia leachi avlodiga mansub chuchuk suv mollyuskalari, qo‘shimcha xo‘jayinlari esa ko‘pchilik karp turdagi baliqlar (plotva, lin, yaz, karp, leщ, sazan, chebak va boshqalar). E pizootologi ma’lumotlar. Opistorxoz asosan o‘choqli, manbali ravishda tarqalgan. Kasallik Ob, Irtыsh, Volga, Kama, Dnepr, Janubiy Buga, Neman daryolarida, qaysikim bu erlarda qo‘zg‘atuvchining oraliq xo‘jayini mollyuskalari keng tarqalgan, ko‘proq uchraydi. Suv havzalarning zararlanish manbai – bu

opistorxoz bilan kasallangan odamlar va go‘shtxo‘r hayvonlar. Zararlanish ko‘proq bahor-yoz oylarida kuzatiladi. Odam va go‘shtxo‘r hayvonlar xom va yaxshi pishirilmagan baliqlarni is’temol qilganlarida kasallikka chalinadilar. EI-75-80%, II-bir necha ming metatserkariylar bir boshda. Qo‘zg‘atuvchining oraliq xo‘jayinlari - suvning oqimi past bo‘lgan daryolarda, o‘simliklari ko‘p bo‘lgan suv havzalarda ko‘proq uchraydi. Patogenez. Opistorxuslar o‘t yo‘llarini jarohatlanishi oqibatida o‘t suyuqligining oqishi qiyinlashib, jigarda turg‘unlik holati vujudga keladi. Organizmda zaharlanish kuzatilib, allergik holat paydo bo‘ladi. Xolitsistit, sirroz rivojlanadi. Metatserkariylar ko‘p mikdorda baliq organizmiga parazitlik qilishi natijasida kapsulaga o‘ralgan uchastkalar hosil bo‘ladi, muskul tolasining elastikligi yo‘qoladi. Kasallikni oldini olish maqsadida go‘shtxo‘r hayvonlarga hamda odamlarga xom, yaxshi qovurilmagan, qaynatilmagan baliqlarni bermaslik. Ayniqsa Ob va Irtыsh daryolaridan, Volga va uning ilmoqdaridan ovlangan baliqlarni go‘shtxo‘r hayvonlar ratsioniga kiritmaslik. Motorli baliq ovlovchi kemalarga yopiq tipdagi hojatxonalarni bo‘lishi shart. Bundan tashqari, aholining gelmintologiya sohasidagi bilimlarini, ayniqsa baliqchilar, ovchilar, baliqchilik zavodlardagi xodimlar, moryaklarni bilimlarini yanada oshirish. Opistorxoz bo‘yicha nosog‘lom xo‘jaliklardan ovlangan baliqlarni kamida ikki hafta davomida tuzlatish. Bunda muskuldagi tuzning miqdori 14% ga etishi kerak, yoki muzlatish. Harorat 21-23 grad-da bo‘lishi kerak. Targ‘ibot-tashviqot ishlarni yo‘lga qo‘yish. Diplostomoz – bu baliqlarning keng tarqalgan invazion, gelmintoz (trematodoz) kasalligi bo‘lib, uni Diplostomatide oilasiga mansub 4-ta trematod turlarining lichinkalari – metatserkariylarining (Diplostomatide Diplostomum spathaclum) baliqlarning ko‘zida: ko‘z shishasida, ko‘zning olmasida, sklera va retin oralig‘ida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik ko‘z shishasining xiralashuvi, ko‘rish funksiyasining buzilishi bilan xarakterlanadi. (katarakta ham deb yuritiladi).

Qo‘zg‘atuvchisi. D. Spathaceum tanasi yassi, ovalsimon bo‘lib, uzunligi 0,4- 0,5 mm, eni 0,2-0,3 mm. Epizootologik ma’lumotlar. Diplostomoz keng tarqalgan invazion kasalliklardan biri hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilarini ko‘llarda, daryolarda, hovuzlarda, suv omborlarida uchratish mumkin. Kasallikka karp, leщ, plotva, okun, sudak, nalim, щuka, gustera, forel, karas, pelyad, oq amur, peshonado‘ng va boshqa 100 dan ortiq baliq turlari moyil. Kasallikka barcha yoshdagi baliqlar, biroq yoshlari ancha moyil bo‘lib, ularda o‘lim darajasi ancha yuqoridir. Kasallik manbai – bu metatserkariylar bilan zararlangan baliqlar, Serkariylari bor mollyuskalar. Diplostomozning tarqalishida asosiy rol- baliqxo‘r parrandalar, qaysikim ular bir suv havzasidan ikkinchisiga o‘tganlarida natijalari bilan suvni ifloslanishiga olib keladilar. Serkariylar bilan zararlangan mollyuskalar suvning oqimi bilan boshqa suv havzalarida suzib borib u erni ham zararlanishi mumkin. Kasallik asosan bahor-yoz oylarida kuzatiladi. Zararlanish yosh baliqlarni ikrasidan chiqqach, 5-6-chi kunlarida sodir bo‘ladi. Diplostomoz o‘tkir va surunkali oqimda kechadi. Lichinkalari baliqlarning ko‘zining xrustalida parazitlik qilinishi natijasida unda yallig‘lanish jarayoni kechib, uning xiralashuviga, ko‘zning ichki kamerasida yorug‘likni borishini qiyinlashuviga, ohak moddasining yig‘ilib qolishiga, xiralashuv va unda oq-sut rangidagi parda hosil bo‘lishiga olib keladi. Ko‘zning oldingi kamerasida ekssudat yig‘ilib qoladi, uning bosimi ostida esa ko‘zning shox pardasi qayrilib pucheglaziening kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Zararlangan muguz pardaning shakli o‘zgaradi va oq pardasining yorilishi natijasida tashqariga chiqib qoladi, baliqlar ko‘r bo‘lib qoladi, normal oziqlanmaydi, oriqlanadi va nobud bo‘ladi yoki parrandalar tomonidan is’temol qilinadi. Patogenezi. Metatserkariylar o‘zlarining so‘rg‘ichlari bilan ko‘zning muguz pardasini jarohatlaydi va yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Muguz pardada ohak moddasini yig‘ilib qolishi uning xiralashuviga olib keladi. Ko‘rish funksiyasi qisman yoki butunlay buziladi.