Asalarilarning Amerika va Evropa chirish kasalliklari. Aspergillyoz kasalliklari
Asalarilarning Amerika va Evropa chirish kasalliklari. Aspergillyoz kasalliklari. Reja: 1. Amerika chirish kasalligi. 2. Evropa chirish kasalligi. 3. Aspergillyoz kasalligi.
1.Amerika chirish kasalligi – bu asalari oilasining infeksion kasalligi bo‘lib, uni Bacillus larvae tomonidan chaqirilib, kasallik asalari lichinkalarini g‘umbaklik davrida kuchsizlanib nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Tarqalishi. Kasallik er sharining barcha Asalarichilik rivojlangan davlatlarida uchraydi. Kasallik shimoliy mintaqalarga nisbatan tropik va subtropik davlatlarida ko‘proq tarqalgan. Kasallik Markaziy Osiyo davlatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham uchrab turadi. Qo‘zg‘atuvchisi. Bacillus larvae – bu to‘g‘ri tayoqchalar bo‘lib, uzunligi 2- 5 mkm, eni esa 0,5-0,7 mkm ga teng. Bacillus larvae – bu grammusbat mikroblar turiga mansub bo‘lib, oddiy bo‘yoqlarda yaxshi bo‘yaladi, 1,2-1,8x0,6-0 mkm keladigan spora hosil qiladi. Qo‘zg‘atuvchining chidamliligi. O‘suvchi to‘qimalarda Bacillus larvae bir necha o‘nlab yillar davomida o‘zining hayotchanligini saqlab qoladi. Asalda quyosh nurining ta’siri ostida sporalar 4-6-haftagacha saqlanadi. 10%-li formalin eritmasi sporalarni 6 soatdan so‘nggina o‘ldiradi Suvqda mikrob sporalari 90 gradus issiqlikda 3 soatgacha, 100 gradusda esa 13 daqiqadan so‘ng nobud bo‘ladi. Asalni qaynatilganda sporalar 40 minutdan so‘ng, suv bilan iteng miqdorda aralashtirib qaynatilganda esa 20 daqiqadan keyingina o‘ladi. Epizootologik ma’lumotlar. Infeksiyaning manbai bu kasal asalari oilalari. Amerika chirish kasallik qo‘zg‘atuvchisi bilan faqat ishchi va ona asalari va ba’zan erkak asalarilarning etilgan lichinkalari zararlanadi. Qo‘zg‘atuvchi odam va issiq qonli hayvonlar uchun xavfli emas. Bitta kasal yoki o‘lgan lichinka tanasida besh milliardgacha mikroorganizmlar rivojlanadi. Bitta asalari lichinkasini zararlantirish uchun 0,01 ml siropda 10000 ta batsilla spora bo‘lishi talab etiladi. Asalari oilasida infeksiya oziqlantiruvchi va tozalanuvchi asalarilardan tarqaladi, ya’ni ular asalni zararlaydi. Bir oiladan ikkinchi oilaga infeksiyalar o‘g‘ri asalarilar orqali tarqaladi. Infeksiyaning tarqalishida asalari parazitlari (mum kuyasi, terixo‘r, kanalar) katta rol o‘ynaydi, chunki ular sporalar bilan zararlangan mumlarni is’temol qilganlarida sporalarni mexanik tarzda tashiydi.
SHuningdek, sanitariya qoidalariga rioya qilmaslik (kasal oilalardan sog‘lomlariga ramkalarni joylarini almashtirilgand, sporalar bilan zararlangan asallar bilan oziqlantirilganda, zararsizlantirilmagan asbob-uskunalardan foydalanish vaqtida) ham infeksiyani tarqalishiga olib keladi. Sog‘lom asalarixonalarni kasallik qo‘zg‘atuvchilari kirib qolishidan muxofaza qilinadi, sistematik ravishda asalxonalardagi asbob-uskunalar dezinfeksiya qilinib, toza holda saqlanishi kerak, boshqa asalarixonalardagi asbob- uskunalardan zararsizlantirilmasdan turib foydalanish man’ etiladi. Kasallik kelib chiqqan taqdirda asalarixonalardagi barcha asalari oilalari tekshiruvdan o‘tkaziladi, kasal oilalar ajratiladi, ulardan lichinkalari zararlangan asalari uyalaridan tekshirish uchun namuna olinib, laboratoriyaga yuboriladi. Asalarixonalariga karantin o‘rnatiladi. YAngi aniqlangan zararlangan asalari oilasi yo‘qotiladi, undagi asalarilar oltingo‘girdli gaz, efir yoki formalin bilan ishlovdan o‘tkaziladi. Asalari uyalari qatakchalari va o‘lgan asalarilari bilan birgalikda yoqib yuboriladi. Agarda kasallik ancha ko‘p oilalarga tarqalgan bo‘lsa, kasal oilalar yangi sog‘lom, zararsizlantirilgan uyalarga o‘tkaziladi va davolash muolajalari olib boriladi. Asalarilar kunning oxirida arilarni uchishi kamayganda, o‘g‘ri asalarilarning kirib-chiqish xavfi yo‘q bo‘lganida ko‘chiriladi. Arilar qog‘ozga qoqib tushiriladi va dud yordamida yangi asalarixona teshikchalariga yo‘naltiriladi. Asalarilar ko‘chirilgandan so‘ng qog‘ozlar yoqib yuboriladi, bo‘shagan mum inlar arizordan tezda chiqariladi. Bir hafta o‘tgach toza mum inlardan yasalgan sun’iy inli romlar qo‘yiladi, ona arilar almashtiriladi. Evropa chirish kasalligi – bu asalari oilalarining yuqumli kasalligi bo‘lib, uni Streptococcus pluton mikroblari tomonidan qo‘zg‘atilib, kasallik asalarining tuxumdan chiqqan 3-4-kunlik nasllarini nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Kasallikning kelib chiqishiga havoning bulutli, namli bo‘lishi, arixonalarni sovuqda qolishi, ozuqaning etarli bo‘lmasligi kabi asalari oilasini kuchsizlantiriladigan omillar sabab bo‘ladi.
Kasallikni tarqalishi. Kasallik asalarichilik rivojlangan barcha davlatlarda tarkalgan. Kasallik Markaziy Osiyoning barcha davlatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham uchraydi. Iqtisodiy zarari. Har bir kasallangan asalari oilalaridan olinadigan daromad 20-80% ga kamayadi. Antibiotik va su3lfanilamid preparatlarni qo‘llanilishi tufayli asalni kam olishidan keladigan zarar biroz kamaygan bo‘lsada, biroq, davolash muolajalariga ketadigan xarajotlar ko‘payib ketdi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi . Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – bu grammusbat stroptokokklar bo‘lib, uni Streptococcus pluton deb ataladi. Evropa chirish kasalligi ikkilamchi infeksiyalar bilan murakkablashadi. Bularga Bacillus alvei, Streptococcus apis, Bacillus orpheus va boshqalar kiradi. O‘lgan lichinka to‘qimalaridan tayyorlangan preparatlarni tekshirilganda qo‘zg‘atuvchi lansetniksimon shakldagi kokklar bo‘lib, bittadan, juft bo‘lib, zanjirsimon shaklda joylashgan bo‘ladi.Ularning kattaligi 0,7-1,5 mkmgacha, notekis bo‘yaladi, maxsus muhitlarga, harorat +35 gradus rn esa 6,6 –da o‘sadi. Stroptokokklar kapsula hosil qiladi. Epizootologik ma’lumotlar . Asalari lichinkalari 4-chi kundan boshlab kasallikka chalina boshlaydi. Kasallikning yashirin davri 1,5-3 kunni tashkil qiladi. Invaziyaning manbai bu kasallangan asalari oilalari hisoblanadi. Kasallikni tarqalishida o‘g‘ri asalari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular asalarilarning boshqa arixonalarga adashib uchib borishiga imkon yaratib beradi. Aspergillyoz (toshli nasl). Aspergillyoz – bu asalari oilalarining infeksion kasalligi bo‘lib, uni Aspergillus flavus va Aspergillus niger zambo‘rug‘lari bilan zararlanishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik asalari nasllari va qanotli asalarilarning o‘lini va qurib qolishi bilan xarakterlanadi. Aspergillyoz odam va uy hayvonlari uchun xavafli kasallikdir. Kasallikni kelib chiqishiga asalari oilalarini haddat tashqari nam joylarga o‘rnatilishi va unda changlarni yig‘ilib qolishi, hamda yozda yomg‘irgarchilikni ko‘p kuzatilishi kabi omillar sabab bo‘ladi.
Aspergillus flavus va Aspergillus niger zambo‘rug‘lari mitseliy va homilali (mevali) tana qismlardan iborat. Aspergillyoz zambo‘rug‘lari barcha ozuqaviy muhitlarga, harorat +7-+40 gradusgacha (optimal harorat 20-35 gradus), rn 2,8-7,4 (optimal 3,1-4,0) gacha bo‘lganida o‘sadi. Qo‘zg‘atuvchilar jidiy aeroblardir, zambo‘rug‘larning o‘sishida yoru0lik ta’sir etmaydi. Aspergillus flavus koloniyalari (to‘dalari) yashil-sarg‘ich tusda bo‘lib, mayda donali bo‘lsa, Aspergillus niger koloniyalari to‘q-jigarrang tusda. Zambo‘rug‘lar tomonidan hosil qiladigan pigmentlari suvda erimaydi. Aspergillalar isitishda chidamli nerv va muskul to‘qimalariga ta’sir etuvchi toksinlarni ishlab chiqaradi. Bu toksinlarni issiq qonli hayvonlar qoniga yuborilganda dastlab qaltirash, so‘ngra o‘limni keltirib chiqaradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilarni 60 gradusgacha isitilganda 30 daqiqada nobud bo‘ladi, 2-5% fenol va 5%-li formalik eritmalari qo‘zg‘atuvchini tezda o‘ldiradi. Epizootologik ma’lumotlar . Kasallik qo‘zg‘atuvchilari asalarilar (ham lichinkalari va ham voyaga etganlari uchun), pilla va dub (eman) qurtlari, ko‘pgina yovvoyi hasharotlar, issiq qonli hayvonlar va ba’zan odamlar uchun juda ham patogenli hisoblanadi. Aspergillalar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib,ularo‘lik organik substratlarda, o‘simliklarda yashaydi va ko‘payadi. Asalari uyalariga arilar tomonidan kiritiladi va namlik yuqori bo‘lganida ular arixonalarda rivojlanib ko‘payib ketadi va kasallikni keltirib chiqaradi. Katta yoshdagi arilar aspergillyoz bilan erta bahorda kasallanadi, ular bezovtalanadi, qorinchasiningnafas olish harakati keskin oshadi, arilar tezda kuchsizlanadi, uyachalari devoridan tezda tushib ketadi va uyachalarida yoki ularning atroflarida borib nobud bo‘ladi. Kasal arilar odatda uyalaridan uchib chiqib, uyasidan yon tomonlarga o‘rmalab boradi. SHunga qarab kasal arilarni ajratish mumkin. Arilarni ikki barmoq orasiga olib qisganimizda,ularning qorinchasida qattiq narsa borligini his etamiz, bu ari nobud bo‘lgandan bir necha soat o‘tgach yana ham yaqqol namoyon bo‘ladi.