SPORT OTLARI KASALLIKLARINING TASNIFLANISHI VA XUSUSIYATLARI
SPORT OTLARI KASALLIKLARINING TASNIFLANISHI VA XUSUSIYATLARI Reja: 1. Ot kasalliklarining tasniflanishi 2. Sport otlarining shikastlari 3. Trening davri kasalliklari 4. Noto’g’ri oziqlantirishdan kelib chiqadigan kasalliklar 5. Zoogigiyenik talablarni bajarmaslikdan kelib chiqadigan kasalliklar 6. Mashq vaqtida shikastlanishlarga karshi qo’llaniladigan moslamalar
1. Ot kasalliklarining tasniflanishi Uzoq vaqt yashash, ishchanlik sifatlari, ot go’shti va sutining yuqori biologik qiymati kasalliklar tufayli juda kamayib ketishi mumkin. “Kasallik” tushunchasi – bu sog’liqdan sifatiy farq qiladigan organizm yashashining shakli ya’ni me’yorda hayot kechirishining buzilishi bo’lib, tashqi va ichki ta’sirlarga javoban rivojlanadi va fiziologik tizimlarda funksional va organik buzilishlar hamda ximoya – adaptasion mexanizmlar mobilizasiyasi bilan kechadi. Tashqi omillarga turli shikastlar, organizmga issiq va sovuqning ta’siri, nurli energiya va elektrtok, atmosfera bosimi, kimiyoviy moddalar va shu jumlada zaharlar hamda biologik omillarning (patogen mikroblar, zamburug’, virus, oddiylar, hasharotlar, bo’g’im oyoqlilar, parazitik qurtlar va boshq.) ta’siri kiradi. Kasallik rivojlanishiga ta’sir etuvchi ichki omillar – majruhlik, tug’ma kamchiliklar, organizmning turli omillarga yuqori sezuvchanligi va boshq. Rivojlanishiga olib keluvchi hayvonlarning irsiy sifatlari va konstitusional xususiyatlari. Istalgan kasallikda butun organizm u yoki bu darajada reaksiya qiladi, ammo bu hol qandaydir bitta a’zo yoki tizimda asosiy zararlanish borligini inkor qilmaydi. Patologik jarayonning kechish dinamikasi va spesifik xususiyatlari patogen omilning o’ziga xosligi va mazkur organizmning reaktiv hossalaridan, hayvon hayotining tashqi sharoitlaridan kelib chiqadi. Patologik holatni chaqirgan sababga bog’liq holda barcha kasalliklarni yuqumsiz va yuqumlilarga bo’lish mumkin. Yuqumsiz kasalliklar lokalizasiyasi va patologik jarayonning tavsifi ya’ni a’zolar va tizimlar kasalliklari bo’yicha tasniflanadi. Yuqumli kasalliklar, o’z navbatida, infeksion (patogen mikroblar chaqiradi) va invazion yoki parazitarlarga (oddiy organizmlar va tuban hayvonlar chaqiradi) bo’linadi. Infeksion kasalliklar orasida odam va hayvonlar uchun umumiy bo’lgan kasalliklar – zooantropozlarga nisbatan alohida e’tibor berish kerak. Kasalliklar yilqichilikka katta zarar yetkazadi: bularga davolashga ketadigan harajatlar, otlar ishchanlikni va nasldor sifatlarini yo’qotishi va ularning o’limi
kiradi. Har bir kasallik, hayvon o’limiga olib kelmaganda ham, ularning keyinchalik hayotida sezilarli iz qoldiradi: yrimlari o’sishdan qoladi, boshqalar ishchanligini yo’qotadi, uchinchilari oriqlaydi. Sog’lom hayvonni o’stirish uchun uni to’g’ri parvarishlash lozim, uni saqlash, oziqlantirish, sug’orish bo’yicha asosiy veterinariya–sanitariya tadbirlarini o’tkazish kerak hamda sog’lom hayvonni kasaldan ajratish, birinchi yordamni ko’rsatish, dori vositalarini berish priyomlarini bilish kerak. 2. Sport otlarining shikastlanishlari Sport otlarda shikastlanishlar asosan mashq qildirish jarayonini va musobaqalarni yomon tashkillashtirishdan kelib chiqadi. Undan tashqari, ko’p hollarda sportda yuqori natijalarning orqasidan quvib otlarning fiziologik holati va ko’nikmalik tayyorgarligi xisobga olinmaydi. Trener va chavandoz otning kuchini va chidamliligini oshirish o’rniga organizmning anatomik va fiziologik xususiyatlarini inobatga olinmasdan mashq qildirish (trening) usullarini belgilaydilar. Ayrim hollarda shikastlar sportchi va xizmatkorlarning otga nisbatan bo’lgan noto’g’ri va qo’pol munosabatlaridan kelib chiqishi mumkin. Mashqda birin – ketinlik, ehtiyotkorlik va individual yondoshish prinsiplariga ahamiyat bermaslik otning xolsizlanishi va shikastlanishiga olib keladi. Shikastlar ko’pincha ot to’siqdan sakrab o’tishda, yiqilganida, mashq qilinadigan joyning yaxshi tayyorlanmasligida, sport inventarining nosozligida, taqaning tishlari bo’lmaganida paydo bo’ladi. Otlarni noto’g’ri egarlash yag’rin, yelka, orqa va ko’krak devorining jarohatlanishiga olib kelishi mumkin. Hayvonning haddan ziyod charchashi harakat koordinasiyasi va ishlab chiqilayotgan reflekslar buzilishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun yaxshi tayyorlangan ot ham charchagan holida shikastga olib boruvchi hatolarga yo’l qo’yishi mumkin. Tayanch – harakat apparati tomonidan bir xil takrorlanadigan harakatlarni bajarish muskul va paylarning mikrouzilishlariga olib keladi. Sport otlari shikastlarining profilaktikasida og’ir ishdan so’ng ot ishchanligini yuqori darajada va tez tiklashga qaratilgan sharoitlarni yaratish va otda jarohat hamda boshqa kasalliklar paydo bo’lganda uning funksional
xususiyatlarini stimulyasiya qilish kabi choralar katta rol o’ynaydi. Bu yerda ot organizmi fiziologik funksiyalarining o’z – o’zidan tiklanishida biologik omillar katta ahamiyatga ega. Bunday omillarga quyidagilar kiradi: otga yaxshi asrash sharoitlarini tashkillashtirish ya’ni toza havo kiradigan, yoruq, to’shamali polga ega dennikda dam oldirish; otni to’liq rasion bilan ta’minlash; rasional treninngni tashkil qilish. 3. Trening davri kasalliklari Ot sportining oliy turlarini (vыyezdka) bajaradigan otlarda quyidagi asosiy shikastlar kuzatiladi: tushoq va yelka – kurak bo’g’imlar bog’lamlarining cho’zilishi, yelka kamari muskullarining yallig’lanishi, tuyoq kaftining lat yeyishi, tuyoq aylanasining jarohatlari. Zararlanishlarning hosil bo’lish mexanizmida ot oliy maktab turlarining elementlarini bajarishi paytida oyoq bo’g’imlari va muskullariga tushadigan katta zo’rlanishlar, otni uzoq vaqt mobaynida minish elementlarini bajarishga undaydigan chavandozning malakasizligi, oyoqlarning tug’ma noto’g’ri bosilishi, mashq bajariladigan yerning haddan ziyod qattiqligi yoki yumshoqligi va notekisligi, manej yuzasida mayda toshchalarning mavjudligi va boshq. ishtiroq etadilar. Konkur musobaqasida qatnashadigan otlarda ko’pincha oyoq apparatining muskul va paylari zararlanadi, xususan shikastga barmoq bukuvchi yuza payi va oldingi oyoqlarning o’rta suyaklararo muskullar, yelka – bosh, kurakning o’simta oldi va deltasimon muskullari chalinadi. Qattiq yerda mashq qilishda oldingi oyoqlarning kaftida lat yeyishlar hosil bo’ladi. Undan tashqari konkurda qatnashadigan otlarda kaft suyaklarining periostiti ham kuzatiladi (to’siqqa urib olish natijasida). Uch kurashda qatnashadigan otlarda shikastlanishlar darajasi va og’irligi bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Viyezdkada, dala musobaqalarida va to’siqlardan o’tishda oyoqlarning pastki qismlarida lat yeyishlar, tirnalishlar, jarohatlar, pay – bog’lam apparati va muskullarning cho’zilishi, ko’krak va qorin devorlarining lat yeyishi va jarohatlari, tos, yag’rin va orqa sohalarining lat yeyishlari va jarohatlari, oyoq suyaklari va bo’yin umurtqalarining sinishlari kuzatiladi.
Besh kurashda qatnashadigan otlarda ko’pincha oyoqlar jarohatlari; bog’lam va pay cho’zilishlari, bilakuzuk bo’g’imining cho’zilishlari kuzatiladi. Aytib o’tilgan shikastlanishlarni oldini olish uchun sportchilar mashqiga ko’proq e’tibor berish, besh kurash uchun mahsus otlarni ajratish va tayyorlash va ularning ishlarini doim kuzatib turish maqsadga muvofiq bo’ladi. 4. Noto’g’ri oziqlantirishdan kelib chiqadigan kasalliklar Ozuqali shikastlanishlar asosan otga beriladigan ozuqaning sifatisizligi, qabul qilinishga tayyor emasligi, noto’g’ri saqlanganlik va norma bo’yicha berilmasligi, rasionga amal qilinmaslik, hayvon yoshi, ishchanligi, zoti va bajaradigan ishi hisobga olinmasligi hamda boshqalardan kelib chiqadi. Oziq ovqatni hazm qilish siistyemasi kasalliklarini bo’limlarga qarab tahlil qilishda quyidagi shikastla– nishlar kuzatiladi: og’iz bo’shligi shilliq pardalarining yallig’ldanishlari (stomatitlar), mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va termik ta’sirlar – ya’ni dag’al, sifatsiz, issiq, zaharli moddalar mavjud ozuqani qabul qilinishidan kelib chiqadi. Halqumning yallig’lanishi – shamollash, dag’al hashakning ta’siri, yod jismlardan jarohatlanishi, toksik moddalar ta’siridan xosil bo’ladi. Ozuqa qizilo’ngachda so’li, arpa, makajuxori va boshqa quruq yemlar, somon sechkasi qabul qilishda tiqilib qolishi mumkin. Bu kasallik ko’pincha qari hayvonlarda tish kasalligi va qizilo’ngach muskullarining tonusi pasayganda kuzatiladi. Otlar oshqozoni sekretor faoliyatining buzilishi (gipoasidli yoki asidli) yoki kuchayishi (giperasidli) oziqlantirish va sug’orish normalarning buzilishi, rejimga rioya qilmaslik, stress, qo’pol munosabat va oshqozonning organik kasalliklaridan kelib chiqadi. Gastritlar toksik moddalar ta’siri, chiritilgan, muzlatilgan, sifatsiz ozuqalar berilishida, o’tkir parazitar va epizootologik kasalliklarda (gastrofilyoz), ichki a’zolar va tish kasalliklarida ozuqani yaxshi chaynamaslikdan hosil bo’ladi. 5. Zoogigiyenik talablarni bajarmaslikdan kelib chiqadigan kasalliklar Otlar viyezdkasida shikastlanishlarni oldini olish ko’nikmalariga to’la ega bo’lmagan chavandozlar harakatlari ustidan veterinariya nazorati o’rnatiladi.