logo

Sport mashqining tamoyillari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.6181640625 KB
Sport  mashq ining tamoyillari
.
Reja
1. Yuksak ko’rsatkichlarga intilish.
2. Sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi.
3. Sport mashqi jarayonining uzluksizligi.
4. Sport mashqi yuklamalarni asta-sekin ortib borishi.
5. Sport mashqi yuklamalarining to’lqinsimon o’zgarishi.
6. Sport mashqi jarayonining davriyligi (siklligi). Tamoyillarning sport mashqi qonuniyatlari ekanligi, yuksak ko’rsatkichlarga
intilish,   sportchi   umumiy   va   maxsus   tayyorgarligining   birligi,   sport   mashqi
jarayonining uzluksizligi, sport mashqi yuklamalarni asta-sekin ortib borishi.Sport
mashqi   yuklamalarining   to’lqinsimon   o’zgarishi.Sport   mashqi   jarayonining
davriyligi (siklligi).Sport mashqi tamoyillarining o’zaro aloqadorligi va h.k.
Sport mashqi barcha jarayonlar kabi o’zining qonuniyatlarini 
(vazifasi)ni bajaruvchi tamoyillariga ega. Bu tamoyillar sport mashqini ko’p yillar
jarayonida o’rganilishi, to’plangan tajribalarni tahlili va jahonda sportda erishilgan
yutuqlarni   shakllanish   jarayonlarini   asoslarini   ilmiy   tahlil   qilishning   natijalaridan
kelib chiqqan xulosalar deb hisoblash mumkin. Anashularga tayanib, sport mashqi
qo’yidagi asosiy tamoyillardan iborat.  
Yuksak ko’rsatkichlarga intilish
Sport   yuksak   ko’rsatkichlarga   intilish   va   ularni   doimo   yaxshilab   borish
vazifasini nazarda tutadi. Jismoniy mashqlardan sport maqsadisiz foydalanilganda
natijalar   imkon   boricha   yuqori   darajada   bo’lishi   nazarda   tutilmaydi.   Sport
faoliyatida   esa,   eng   yuqori   natijaga   erishish   turli   sportchilar   uchun   turlichadir.
Umumiylik   esa,   ularning   har   biri   sport   kamoloti   yo’lida   mumkin   qadar   ko’proq
natija sari intilishdadir.
Sport   yutuqlari   albatta   shunchaki   o’zicha   muhim   bo’lmay,   balki   kuch-
quvvat,   qobiliyat,   mahorat   taraqqiyotining   aniq   belgili   ifodasi   sifatida   muhimdir.
Yuksak   sport   natijalariga   intilish   shu   munosabat   bilan   ulkan   ijtimoiy-pedagogik
ahamiyat   kasb   etadi,   chunki   u   insonning   eng   muhim   hayotiy   qobiliyatlarini   eng
yuqori   darajada   takomillashtirishga   intilish   degan   ma’noni   bildiradi.   Bunday
intilish   sport   faoliyatining   barcha   tashkiliy   tomonlari   va   shart-sharoitlari   bilan,
jumladan,   sport   musobaqalari   tizimi   va   obro’   ortiruvchi   rag’batlantirish   choralari
bilan (boshlang’ich sport razryadi berilishidan to chempionlik oltin medaligacha va
yuksak   sport   ko’rsatkichlari   uchun   umumhalq   olqishiga   sazovor   bo’lishigacha)
qo’llab-quvvatlab   boriladi.   (m:   Muhammadqodir   Abdullayev,   Abdullo   Tangriyev
va b.) Yuksak ko’rsatkichlarga intilish sport mashqini shunga moslab tashkil qilish,
eng ta’sirli (mashqni ko’proq foyda keltirishi ma’nosida) vosita va uslubiyatlardan
foydalanish,   nihoyat   darajada   chuqur   ixtisoslanish   yo’li   bilan   amalga   oshiriladi.
Eng yuqori natijaga intilishda sport mashqining o’ziga xos belgilari: 
-   mashqlarni   yuksak   darajada   bo’lishi,   yuklama   va   dam   olishning
davriylikdan iborat bo’lib almashib turishi va hokazolar – mavjud bo’lishini talab
etadi.
Sport mashqining yuqorida aytib o’tilgan qonuniyatlari sportdagi ko’p yillik
kamolot   bosqichlariga   bog’liq   tarzda   turlicha   namayon   bo’ladi.   Dastlabki
bosqichlarda sport bilan umumiy tayyorgarlik yo’lida o’tkaziladi, bunda trenirovka
jarayoni sport ixtisoslashtirilishining yorqin ifoda etilgan belgilarga ega bo’lmaydi
– oliy ko’rsatkichlarga intilish uzoq kelajak xarakteriga ega bo’ladi. Organizmning
yosh   jihatdan   shakllana   borishi   va   mashq   darajasining   yuksala   borishiga   qarab,
bunday intilish to kishi faoliyatini cheklab qo’yadigan yosh ulg’ayishiga bog’liq va
boshqa omillar sodir bo’lmaguncha to’liq ravishda amalga oshirilib boradi.
Yuqoridagi   aytilganlardan   ko’rish   mumkinki,   orta   borishning   umumiy
tamoili   sport   mashqi   sohasida   alohida   mazmun   kasb   etar   ekan.   Uni   sportning
ma’lum   turida   imkoniyat   boricha   maksimal   darajada   kamol   topishni   ta’minlash
talabi   sifatida   tushunish   kerak.   Bu   esa   chuqur   ixtisoslashtirish   zaruriyatini
anglatadi.
Sportda   ixtisoslashish   sport   faoliyati   jarayonida   vaqt   va   kuch-g’ayrat
sarflashning shunday taqsimlanishi  bilan xarakterlanadiki, bu sportning tanlangan
mazkur   turini   takomillashtirish   uchun   g’oyat   qo’lay   bo’lgani   holda,   sportning
boshqa   turlari   uchun   bunday   bo’lmaydi.   Shu   munosabat   bilan   sport   mashqini
uyushtirishda shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish g’oyatda muhimdir.
Sportchining shaxsiy moyilligiga muvofiq ravishda o’tkaziladigan ixtisoslashtirish
uning sport sohasidagi iste’dodini mumkin qadar to’laroq namoyon etishga hamda
sport   qiziqishlarini   qondirishga   imkon   beradi.   (m:   Muxammadqodir   Abdullayev,
M.Safin).   Aksincha   ixtisosning   xatto   sportchining   shaxsiy   fazilatlariga   mos kelmaydigan   bo’lishi   sportchi   va   ustozlarning   ko’pgina   harakatlarini   yo’qqa
chiqaradi.
Sportda   yuksak   ko’rsatkich   faqat   ijodiy   izlanish   sharoitidagina   erishilish
mumkin.   Yangi   sport   yutug’i   hamisha   u   yoki   bu   darajada   kashfiyotdir,   sportchi
imkoniyatlardan   foydalanishning   yangi   usullarini   sport   mashqining   yangi
uslubiyatlarini kashf etishdir. Shuning uchun   sportchidan ishga shunchaki ongli
munosabatda   bo’lishigina   emas,   balki   uning   mohiyatiga   chuqur   tushunib
yetish va shunchaki faollik emas, balki doimiy, ijodiy tashabbus talab qilinadi.
Shuning uchun sport mashqiga rahbarlik qilishda onglilik va faollilikning umumiy
pedagogik tamoyili alohida ahamiyat kasb etishi tushunarlidir.
SPORTChINING UMUMIY VA MAXSUS 
    TAYYORGARLIGINING BIRLIGI
Sportda   ixtisoslashish   sportchining   har   tomonlama   rivojlanishini   inkor
etmaydi. Aksincha organizmning funksional imkoniyatlarini umumiy yuksaltirish,
jismoniy   va   ruhiy   qobiliyatlarini   har   tomonlama   rivojlantirish   asosidagina
tanlangan   sport   turida   mumkin   qadar   ko’proq   yutuqqa   erishiladi.   Sport
amaliyotidagi   butun   tajriba   ham,   nazariy   va   eksperimental   tadqiqotlarning   juda
ko’p   ma’lumotlari   ham   ana   shuni   ta’kidlaydi   (A.N.Krestovnikov,   G.V.Vasilyev,
N.G.Ozolin, A.P.Matveyev, N.N.Yakovlev va boshqalar).
Sport   yutuqlari   sportchining   har   tmonlama   taraqqiy   etganligiga
bog’liqligining   ikkita   asosiy   sababi   bor.   Birinchidan,   organizmning   ajralmas
ekanligi   –   uning   barcha   a’zolari,   tuzulma   va   funksiyalari   faoliyat   va   taraqqiyot
jarayoniga   o’zaro   uzviy   bog’liqdir.   Qaysi   jismoniy   sifat   ko’proq,   qaysisiniki
kamroq rivojlanishi zarur ekani, har qaysi sport turining o’ziga xos nisbatda bo’lsa-
da,   biron   jismoniy   qobiliyatni   g’oyat   yuksak   darajada   rivojlantirishi   uchun
organizm   funksional   imkoniyatlari   umuman   yuksak   darajada   bo’lishi   shart,   ya’ni
har tomonlama rivojlanish jarayonidagina bunga erishish mumkin, degan umumiy
qonuniyat   ham   hamisha   kuchda   qoladi.   Ikkinchidan   turli   harakat   malakalari   va
mahoratlari   o’zaro   hamkorlikda   ishlaydi.   Sportchi   tomonidan   o’zlashtirilgan harakat malakalari va mahoratlari doirasi qanchalik keng bo’lsa (albatta, tanlangan
sport   turining   o’ziga   xos   xususiyatlariga   bog’liq   bo’lgan   ma’lum   me’yorda)
harakat   shakllarining   yangi   shakllarini     yaratish   va   ilgari   o’zlashtirilganlarini
takomillashtirish   uchun   shunchalik   qulay   asos   mavjud   bo’ladi.   Yangi   harakat
shakllari ilgari tarkib topgan shakllar asosida paydo bo’ladi va ularning u yoki bu
unsurlarini   o’z   ichiga   oladi.   Xilma-xil   harakat   koordinasiyalarini   qiyinchiliklarni
yenga   borish   natijasida   harakat   faoliyatini   yana   ham   takomillashtirish   qobiliyati,
mashqlanishni rivojlanishi yana ham muhimroqdir.
Demak,   sportda   takomil   topishning   obyektiv   qonunlari   sport   mashqining
chuqur ixtisoslashtirilgan jarayon bo’lishi bilan birga, har tmonlama rivojlanishga
olib   kelishini   talab   qiladi.   Shunga   ko’ra   sport   mashqida   umumiy   va   maxsus
jismoniy tayyorgarlik bir-biriga mahkam qo’shib olib boriladi.
Shu  narsa  muhimki,  umumiy  va   maxsus   jismoniy  tayyorgarlikning  organik
hamohangligi   faqat   sport   takomilining   qonuniyatlariga   javob   beribgina   qolmay,
balki hamma narsa insonni har tomonlama o’stirishga qaratilgan tarbiya tizimining
umumiy   qonuniyatlariga   ham   mos   keladi.   Shuning   uchun   umumiy   va   maxsus
jismoniy   tayyorgarlik   birligini   shaxsni   har   tomonlama   rivojlantirishning   umumiy
tamoyilini   sport   mashqida   aniq   ifoda   etadigan   sport   maktabining   eng   muhim
tamoyili deb qarash zarur.
Sportchini   umumiy   va   maxsus   tayyorgarligining   birligi   degan   so’z   sport
yutuqlariga   erishishga   hamda   oqibat   natijada   sportdan   tarbiya   vositasi   sifatida
foydalanishga   ziyon   yetkazmay   turib,   bu   birlikning   qaysidir   tomonini   sport
mashqidan olib tashlab bo’lmaydi, demakdir. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning
birligi,   shuningdek,   ular   mazmunining   bir-biriga   bog’liq   ekanligi   bilan   ham
ifodalanadi,   chunki   umumiy   jismoniy   tayyorgarlikning   mazmuni,   yuqorida
ko’rsatib   o’tilganidek,   tanlangan   sport   turining   xususiyatlariga   qarab   belgilanadi,
maxsus   tayyorgarlikning   mazmuni   esa   umumiy   tayyorgarlik   natijasida   paydo
bo’lgan shart-sharoitlarga bog’liq bo’ladi.
Umumiy   va   maxsus   tayyorgarlik   birligini   dialektik   tarzda   qarama-qarshi
birlik sifatida tushunmoq kerak. Mashq qilish vaqtida bu birlik tomonlarining har xil nisbati ishga birdek foyda keltiravermaydi. Har bir aniq holatda ma’lum me’yor
mavjud   bo’lib,   uning   buzilishi   sportda   taraqqiyotga   erishishga   halaqit   berdi.   Bu
me’yor tanlangan sport turining o’ziga xos xususiyatlariga hamda boshqa bir qator
shart-sharoitlarga   bog’liq.   Amalda   mashq   jarayonining   ayrim   bosqichlarida
umumiy tayyorgarlikka yetarli baho bermaslik hollarini ham, unga haddan tashqari
ko’p   o’rin   berib   yuborish   hollarini   ham   kuzatish   mumkin.   Bu   yana   shu   bilan
murakkablashadiki,   umumiy   va   maxsus   tayyorgarlikning   optimal   nisbati   doimiy
bo’lib   qolmay,   balki   sport   takomilining   turli   bosqichlarida   qonuniy   sur’atda
turlicha o’zgarib turadi. Hozircha bu muammo garchi to’liq hal etilmagan bo’lsa-
da   mazkur   o’zgarishlarning   asosiy   tendensiyalari   aniqlab   chiqilgan.   Mazkur
muammoning   qanday   hal   etilishini   bir   yillik   va   ko’p   yillik   mashqni   tuzilishiga
xarakteristika berilishi munosabati  bilan maxsus ishlab chiqiladi. 
                            MAShQ QILISh JARAYONINING UZLUKSIZLIGI
Sport   mashqi   jarayonining   uzluksizligi   qo’yidagi   asosiy   holatlar   bilan
tavsiflanadi:
1)    sportda mashq qilish jarayoni  tanlangan sport  turida kamolotga erishish
maqsadida butun yil va ko’p yillar mobaynida surunkasiga davom etadi:
2) navbatdagi har bir mashq mashg’ulotining ta’siri bundan ilgarisining «izi»
ustiga boradi:
3)   mashg’ulotlar   o’rtasidagi   dam   olish   oralig’i   ish   qobiliyatini   tiklash   va
o’stirishning   umumiy   tendensiyasini   kafolatlaydigan   darajada   bo’lib,   goho   ish
qobiliyati   qisman   tiklanib   ba’zan   yetmay   turib   mashg’ulot   o’tkazishga   ham   yo’l
qo’yildi.
So’ngi   ikki   holat   ayrim   ma’noda   bahsli   bo’lib,   shuning   uchun   izoh   talab
qiladi.   Navbatdagi   har   bir   mashq   mashg’ulotining   ta’siri   ilgarisining   «izi»   ustiga
qo’shilishi   haqida   gapirlganda   «izi»   so’zini   organizmda   mashq   mashg’ulotlari
natijasida   yuzaga   keladigan   va   oqibat   natijada   sportchi   organizimining   ish
qobiliyati   yuksalishda,   uning   fazilatlari,   malakalari   va   mahoratlarining
rivojlanishida   o’z   ifodasini   topadigan   ijobiy   o’zgarishlar   (fiziologik,   bioximik   va morfologik   o’zgarishlar)   deb   umumiylashgan   ma’noda   tushunish   kerak.   Demak,
ikkinchi   holatning   ma’nosi   mashq,   mashg’ulotlari   haddan   tashqari   uzaytirib
yuborishlariga   yo’l  qo’ymasliklari   ilgarigi  ta’sir   etishlar   natijasi  saqlana  borishini
ta’min etishdan va shu yo’l bilan sport faoliyatida uzluksiz yuksalish uchun shart-
sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Uchinchi   holatning   ahamiyati   yuqorida   muntazamlilikning   umumiy
tamoyilini   tahlil   etilishi   munosabati   bilan   yo’l-yo’lakay   tushuntirib   o’tilgan   edi.
Bunda,   sport   mashqi   vaqtida,   yuklama   bilan   dam   olishni   almashtirib   turish
tizimining   o’ziga   xos   tomonlarini   ta’kidlab   o’tish   kerak.   Gap   shundaki,
sportchining   trenirovka   mashg’ulotlari,   hamma   vaqt   faqat   ish   qobiliyati   to’la
tiklangan   va   «o’ta   tiklangan»   sharoitda   o’tkazilavermaydi.   Vaqti-vaqti   bilan   ish
qobiliyati   ham   to’la   tiklanmagan   sharoitda,   bir   necha   trenirovka   mashg’ulotlari
samarasini   jamlashga   yo’l   qo’yiladi.   Buning   ma’nosi   organizmga   alohida   yuksak
talab   qo’yish   va   natijada   navbatdagi   dam   olish   vaqtida   ish   qobiliyatini   yuksak
darajaga ko’tarishdir.
Keyingi   yillardagi   sport   amaliyoti   va   olib   borilgan   ilmiy   tadqiqotchilar
hamda tajribalarning ma’lumotlari, sport mashqida yuklamalarning bunday rejimi
ma’lum   sharoitlarda   rasional   hisoblanish   mumkin   ekanligidan   dalolat   beradi.
Bunda   charchoqni   tamomila   qondirish   uchun,   yetarli   darajada   dam   olish
sportchining oldindan mashq ko’rganligining yuqori bo’lishi bilan birgalikda tibbiy
va puxta pedagogik nazoratlarni muntazam o’tkazib turish albatta shartdir.
Shunday   qilib,   umumiy   qoida-navbatdagi   har   bir   mashq   mashg’ulotini   ish
qobiliyatini   to’la   tiklab   va   «o’ta   talab»   bo’lgandan   keyin   boshlash   –   sport
mashqida   maxsus   xususiyatda   bo’ladi.   Bu   yerda   mazkur   qoida   har   bir
mashg’ulotga   alohida   tatbiq   etilishi   shart   bo’lmay,   balki   bir   necha
mashg’ulotlardan   iborat   mashg’ulotlar   shodasiga   tatbiq   etiladi.   Bu   ana   shu
shodalar   jamlangan   ulkan   bitta   yuklama   hisoblanadi.   Bu   shodadagi
mashg’ulotlarning   miqdori   va   ular   o’rtasidagi   oraliqlarning   kattaligi   ko’pgina
shart-sharoitlarga, jumladan mashqning davr va bosqichlariga bog’liqdir. Mashq   jarayonini   bunday   zichlash   tufayli   mashg’ulotlarning   umumiy
miqdori   anchagina   ortib,   ayrim   vaqtlarda   (yetarli   darajada   yuksak   malakali
sportchilarda) haftasiga 6 ta, va undan ortiq martaga yetadi.   Albatta bunda barcha
mashg’ulotlar   asosiy   emas   va   nagruzka   jihatidan   teng   bo’lmaydi.   Ularning
ba’zilari   olg’a   tomon   odimlashga,   ya’ni   sportchilarning   yangi   marralarni
egallashlariga   xizmat   qilib,   ularga   eng   yuksak   mashq   talablari   qo’yiladi.   Boshqa
ba’zi mashg’ulotlar esa qo’shimcha ahamiyatga ega bo’ladi. Asosiy mashqlar agar
ular   chidamlilikni   tarbiyalashga   ko’proq   qaratilgan   bo’lmasa,   odatda   umumiy   ish
qobiliyati   tiklangan   va   ortgan   sharoitda   olib   boriladi.   Qo’shimcha   mashg’ulotlar
esa   g’oyat   xilma-xil   sharoitlarda   o’tkazilishi   mumkin.   Chunki   ularning   ma’lum
qismidan hatto dam olishning faol shakli sifatida ham foydalaniladi.  
SPORT MAShQI  YuKLAMALARINING ASTA-SEKIN ORTIB
BORIShI
Inson   taraqqiyotini   boshqarish   jarayonida   funksional   yuklamalarni   doimiy
suratda   yuksaltirib   borish   zaruriyati   to’g’ilishi   yuqorida   ko’rsatilib   o’tilgan   edi.
Tug’ilgan  buzoq   misoli   bu  sport   mashqi   uchun  nihoyatda   to’g’ridir,   chunki   sport
yutuqlarining   darajasi   (boshqa   sharoitlar   teng   bo’lganda)   mashq   talablari   darajsi
mutanosibdir. Sport mashqi jarayonida jismoniy yuklamalar ham, texnik, taktik va
iroda   tayyorgarligi   sohasidagi   talablar   ham   ortib   boradi.   Sportchining   tobora
mukammalroq   va   murakkabroq   malaka   va   ko’nikmalarni   egallab   borishga,
jismoniy   va   ma’naviy   kuch-quvvatini   tobora   ko’proq   namayon   qilishga   safarbar
etadigan vazifalarni izchillik bilan bajarilishi ana shundan dalolat beradi.
Sport   mashqida,   jismoniy   tarbiyaning   boshqa   turlaridan   farqli   o’laroq,
yuklanishlar faqat  asta-sekingina emas,  balki maksimal  suratda ham o’sib boradi.
«Maksimum»   eng   yuqori   so’zini   bu   yerda   sport   bilan   ko’p   yillar   davomida
shug’ullanilganda   yuklamaning   istiqboli   ko’paya   borishi   ma’nosida   ham,   sport
taraqqiyotining   har   bir   yangi   bosqichida   eng   ko’p   yuklamalardan   muntazam
ravishda   foydalanib   borish   ma’nosida   ham   tushunmoq   kerak.   Sport   mashqining
mazkur   xususiyati,   uning   ilmiy   prinsipi   sifatida   birinchi   marta   A.N.Krestovnikov tomonidan   ta’riflangan.   Mashq   yuklamalarining   ta’siri   ostida   organizmda   sodir
bo’ladigan   o’zgarishlarning   miqdori   ish   qobiliyati   «o’ta   tiklanishi»ga   bog’liq
ekanligining topilishi, bu tamoyilini tasdiqlangan eng muhim omil bo’ladi.
«Maksimal yuklama»  deganda ko’pincha «haddan tashqari ko’p», batamom
charchatib   tashlaydigan   yuklama   tushuniladi.   Uni   organizmning   funksional
qobiliyatlari   chegarasidagi,   hyech   qachon   uning   moslashuv   (adaptasion)
imkoniyatlaridan   tashqari   chiqmaydigan   yuklama   deyish   to’g’riroq   bo’ladi.   Agar
sportchi   mashq   qila   turib,   o’zining   moslashuv   imkoniyatlari   me’yoridan   chiqib,
«haddan   tashqari   charchab   qolsa»   va   buning   natijasida   o’ta   mashq   ko’rganlik
holatiga tushib qolsa, unda mazkur yuklama maksimal emas, balki haddan tashqari
yuklama   bo’ladi.   Maksimal   yuklama   esa,   organizmga   uning   fiziologik
me’yorlariga   to’la   mos   tushadigan   talablarni   qo’yib,   mashq   ko’rganlikni   eng
yuqori darajaga ko’taruvchi omil hisoblanadi.
Maksimal   yuklamaning   aniq   miqdor   o’lchami,   tabiiyki,   sportchining
oldindan qay  darajada  mashq  ko’rganligiga, uning  shaxsiy  xususiyatlariga   hamda
sport   turining   xususiyatlariga   bog’liq.   Masalan,   yugurishga   endi   o’rganayotgan
stayer   uchun   bir   mashg’ulotda   10-15   kilometr   atrofida   yugurish   maksimal
hisoblansa, yuksak malakali stayerlar bir mashg’ulotda 60 kilometr va undan ortiq
masofani   bemalol   bosib   o’tadilar,   kichik   razryadli   shtangachilarning   trenirovka
mashg’ulotlari   vaqtida   maksimal   nagruzka   kamdan-kam   10   tonnaga   boradi,   eng
kuchli og’ir atletikachilar esa bu miqdorni 20-30 tonnaga va undan ortiq darajaga
(og’irlik   toifasiga   qarab)   yetkazadilar.   Bunda   shtanganing   o’rtacha   og’irligi   130-
180   kilogramm   va   undan   ortiq   bo’ladi.   Hozirgi   zamon   sport   amaliyoti   mashq
yuklamalarining   risional   miqdori   haqidagi   ilgarigi   tasavvurlarni   ancha   o’zgartirib
yubordi.   Insonning   imkoniyatlari   va   ularning   taraqqiy   etish   darajasi   eng   dadil
taxminlardan ham yuksakroq bo’lib chiqdi. Shu munosabat bilan oshirilgan mashq
yuklamalari   amalda   tobora   kengroq   va   dadil   qo’llanilmoqda,   yuklamalar   miqdori
ayrim   mashq   mashg’ulotlarida   ham,   haftalik,   oylik,   yillik   jami   mashg’ulotlar
ma’nosida   ham   ortib   bormoqda.   Yaqindagina   faqat   yetakchi   sportchilar   ishlatib kelgan   yillik   yuklma   hajmi   endilikda   o’rta   malakali   sportchilar   uchun   me’yor
bo’lib qolmoqda.
Yuklamani oshirishda asta-sekinlik va maksimal yuklamani qo’llash, garchi
ular   o’rtasida   qarama-qarshiliklar   bo’lishi   mumkin   bo’lsada,   bir-birini   inkor
etmaydi.   Maksimal   yuklamalardan   foydalanish   dastlabki   tayyorgarlik   jarayonida
ularning   asta-sekin   yuksala   borishining   natijasi   bo’lmog’i   kerak.   Aks   holda
maksimal   yuklamalar   salomatlikni   mustahkamlash   va   sport   yutuqlarini   o’stirish
ishiga   qarama-qarshi   bo’lib   chiqadi.   Yuklamaning   chegarasi   har   doim
organizmning   mazkur   taraqqiyot   bosqichidagi   imkoniyatlariga   muvofiq   ravishda
belgilanishi   kerak.   Sport   mashqi   natijasida   organizmning   ishlash   qobiliyati   va
moslashuv imkoniyatlarining osha borishiga qarab yuklamaning maksimumi asta-
sekin ortib boradi: oldingi bosqichda maksimal bo’lgan ko’rsatkich undan keyingi
bosqichda   oddiy   nagruzka   bo’lib   qoladi.   Misol:   Uchinchi   razryadli   shtangachi
uchun 90 kg maksimal bo’lsa, sport ustasi uchun u oddiy yuklama bo’ladi.
SPORT MAShQI YuKLAMALARINING TO’LQINSIMON
O’ZGARIShI
Mashq yuklamalarining ortib borishi jarayonida,  yuqorida aytib o’tilgandek,
ularning   hajmi   va   shiddatligi   o’zgaradi.   Lekin   ularning   o’sa   borishi   barcha
bosqichlarda   birdek   parallel   ravishda   bo’lmaydi.   Ma’lum   bosqichlarda   hajm
ko’proq   yuksalsa,   boshqalarida   shiddatlik   ortadi.   Bu   nisbatan   uncha   katta
bo’lmagan   mashq   jarayonlari   uchun   ham,   ko’p   yillik   sport   faoliyat   uchun   ham
xarakterlidir.
Biroq   sportchi   butun   umri   davomida   yuklamani   cheksiz   orttirib   bora
olmaydi. O’zbekiston sportchisining asosiy faoliyati – yaratuvchi mehnat. Ana shu
mehnat   bilan   sport   mashg’uloti   muvofiqlashmog’i   kerak.   Yosh   o’tishi   bilan   tana
a’zolarining ish qobiliyatlari va imkoniyatlarining tabiiy suratda pasayib borishini
ham   hisobga   olmoq   kerak.   Bularning   hammasi   mashq   yuklamalarini   parametr
(ko’rsatkich)larining   maksimal   qiymati   odatda   bir-biriga   mos   kelmaydi.   O’rtacha
va   ayniqsa,   katta   «to’lqin»larda   dastlab   hajm   ko’rsatkichlari   (bir   hafta   va   bir   oy ichidagi mashq ishlarining umumiy miqdori) apogey (eng yuqori nuqta)ga yetadi,
keyin hajm sokinlashadi va kamaya boradi, ana shu holatda esa, shiddatlikning har
bir ko’rsatkichlari (mashg’ulotlarning harakat zichligi, harakatlarning tezkorlik va
kuch-quvvat tavsifi va boshqalar) eng yuqori qiymatga yetadi.
Kichik   «to’lqin»larda   eng   yuqori   yuklamalarning   aksini   ko’ramiz:   dastlab
tezkorlik   –   kuch   xarakteridagi   (ya’ni     shiddatliroq)   mashg’ulotlar,   keyinroq   esa
hajmi   ko’proq   mashg’ulotlar   o’tkaziladi.   Bu   umumiy   tendensiyalar   mashq
jarayonidagi   u   yoki   bu   mashqlarning   o’rni   va   roliga   qarab   turlicha   namoyon
bo’ladi.
Sport   mashqidagi   yuklamaning   to’lqinsimon   o’zgarishining   sabablari   ilgari
jismoniy   tarbiyaning   umumiy   tamoyillarining   bayon   etilishi   munosabati   bilan
qisman   tushuntirib   o’tilgan   edi.   Bunda   kichik   «to’lqin»lar   avvalo   charchash   va
kuch-quvvatni   tiklash   jarayonlarining   o’zaro   aloqasi   natijasida   paydo   bo’lishini
hisobga olish kerak. Bu jarayonlar sportchi organizmida mashq ta’siri ostida hosil
bo’ladi   va   mikrosiklarda   nagruzka   hamda   dam   olishni   almashtirib   turish,
shuningdek, yuklama miqdori va xarakterini o’zgartira borish zaruratini ko’rsatadi.
Shu   bilan   bir   qatorda   hayot   va   faoliyatning   umumiy   rejimi,   fiziologik
jarayonlarning   tabbiy   ritmi   tufayli   organizm   funksional   holati   vaqt-vaqti   bilan
o’zgartirib turishi ham muhim rol o’ynaydi.
Katta  va o’rta  «to’lqin»lar  avvalo  kechikib  sodir  bo’ladigan  transformasiya
qonuniyatlari tufayli paydo bo’ladi. Organizmdagi turli organlar va sistemalarning
moslashuv   o’zgarishlari   trenirovka   nagruzkalari   dinamikasidan   orqada   qolib
ketayotgandek   yuz   beradi.   Shuning   uchun   organizm   funksional   imkoniyatlarini
mutanosib   orttirish   maqsadida,   yuklamalarni   sistematik   o’zgartirib   turish   zarur
bo’lib   qoldi,   kechikib   sodir   bo’ladigan   transformasiyani,   jumladan,   yuklamaning
oylik   hajmlari   dinamikasi   bilan   sport   natijalari   dinamikasini   solishtirib,
keltirganidek tashqi ko’rinishda kuzatish mumkin. Natijalarning eng ko’p yuksala
borishi   yuklama   hajmining   eng   ko’paygan   davriga   mos   kelmaydi   –   qilingan   ish
hajmi   sport   natijalarini   yuksaltirishga   o’tishga   qadar   anchagina   vaqt   o’tishi   talab
etiladi. Shu misolning o’zida yuklamalar shiddatligining dinamikasi sport natijalari dinamikasi bilan ko’proq bevosita aloqador ekani ham ko’rinib turibdi: natijaning
o’zgarishi deyarli shu zahoti shiddatlikning xuddi shu yo’nalishda o’zgarishini aks
ettiradi. Biroq bunday holatda yuklama hajmi  kamroq rol  o’ynaydi, degan xulosa
chiqmasligi kerak. Sport natijasi pirovardida hajmga ham, shiddatlikka ham birdek,
lekin   turlicha   nisbatda   bog’liqdir.   Yuklamalar   hajmining   o’sib   borishi   keyingi
yutuqlar   uchun   poydevor   yaratishda   ko’proq   rol   o’ynaydi,   shiddatlikning   o’sib
borishi   esa,   o’zlashtirilgan   hajmlar   bazasida   sport   yutuqlarini   amalga   oshirish
ishida yetakchi rol o’ynaydi.
Mashq   yuklamalarining   to’lqinsimon   o’zgarishi,   ular   hajmi   bilan   shidatligi
o’rtasidagi   qarama-qarshilikni   eng   yaxshi   hal   etish   imkonini   beradi.   Bunday
dinamika   hajmi   «to’lqin»   apogeyi   bilan   shiddatlik   «to’lqin»i   apogeyini   vaqt
jihatidan   bir-biridan   ajratib,   yuklamani   barcha   ko’rsatkichlarining   qiymati   eng
katta   bo’lishiga   erishishi   imkonini   beradi.   Shu   bilan   birga   u   monelik   ham   qiladi,
chunki  yuklamani  nisbatan  kamaytirib turishni  muntazam  o’z ichiga oladi  va shu
bilan   ish   qobiliyatini   to’liq   tiklab   olish   uchun   ham   mashq   ko’rganlik   to’xtovsiz
o’sa borishi uchun ham zarur shart-sharoitini ta’min etadi.
Amalda   yuklamalar   dinamikasidan   u   yoki   bu   «to’lqin»larning   «tushib
qolish» hodisasini kuzatish mumkin. Buni barcha hollarda mashq qonuniyatlaridan
chekinish,   deb   bo’lmaydi.   Mashq   jarayoni   ba’zi   bir   bo’laklarida   kichik   va   o’rta
«to’lqin»   larni   yuklamalar   dinamikasining   boshqa   shakllari   «bosqichli»,   «to’g’ri
chiziqli»  bilan   almashtirilishi   ham   mumkin.  Biroq   bunga  faqat   ayrim   xol   sifatida
yo’l   qo’yiladi.   Umumiy   tendensiyada   esa,   yuklamalar   dinamikasi,   albatta,
to’lqinsimon   yoki   shunga   o’xshash   shaklga   kiradi,   «to’lqin»larning   turli
elementlari   orasidagi   nisbat   esa,   sport   mashqining   bosqich   va   davrlariga   qarab
o’zgarib turadi.
Mashq   yuklamlari   dinamikasining   to’lqinsimon   xarakteri   sport   mashqining
yuqorida   ko’rib   chiqilgan   boshqa   qonuniyatlari   bilan,   ularning   oliy
ko’rsatkichlarga   yo’naltirilganligi,   mashq   talablarining   asta-sekin   va   ayni   vaqtda
maksimal orta borishi, yuklamalar uzluksizligi va dam olishi bilan, rasional suratda
almashinib   turishi   bilan   bevosita   aloqador.   Mana   shu   qonuniyatlarning   barcha sport   mashqini   tashkil   etishning   eng   muhim   asosi   sifatida   ayniqsa,   muntazamlik
hamda   rivojlana   borish   tamoyillari   munosabati   bilan   doimo   hisobga   olib   turilishi
kerak. 
                             
SPORT MAShQI JARAYONINING DAVRIYLIGI
Davriylik,   ya’ni   ma’lum   mashg’ulotlarning,   bosqichlarning,   davrlarning
nisbatan to’la takrorlanib turishi sport mashqi jarayonining butun strukturasi uchun
xarakterlidir. Sport mashqining katta   (mekro, yillik va yarim yillik) o’rta (mezo)
hamda kichik (mikrosikl) davrlari bo’ladi. (Bu haqda sport mashqining davrlanishi
movzusida kengroq to’xtalamiz).
Mikrosiklar   bir   necha   kun,   ko’pincha   bir   hafta   davom   etadi.   Ularning
strukturasiga   ta’sir   etadigan   juda   ko’p   shart-sharoitlardan   eng   muhimlarini
ko’rsatib   o’tamiz.   Bulardan   birinchisi   yuklamalar   dinamikasining   kichik
«to’lqin»larini hosil qiladigan faktorlarning o’zidir.
Ikkinchidan o’zaro optimal aloqada bo’lgan turli yo’nalishdagi mashqlarni takror 
tatbiq etish zaruriyatidir. Sport mashqida nimagadir ortiqroq qaratilgan turli 
mashqlar bir qancha mashqlardan foydalinadi, bunda ularning mashg’ulotlarda 
qanday to’plangani va bir-biri bilan qanday tartibda almashinib turishiga ham aslo 
befarq qarab bo’lmaydi. Masalan. Tezkorlik mashqlarini ko’p hollarda chidamlilik 
mashqlari bilan bir mashg’ulotda bajarish to’g’ri bo’lmaydi. Ular turli 
mashg’ulotlarda to’plangan bo’lsa, tezkorlikni rivojlantirishga mo’ljallangan 
mashqlar bajariladigan mashg’ulotlar asosan chidamlilikka ahamiyat beriladigan 
mashg’ulotlardan oldin bo’lsa, eng yaxshi samara beradi. Boshqa mashg’ulotlarga 
nisbatan ham shu kabi ma’lum navbat tartibi saqlanishi kerak. Bular bari 
mikorsikllar strukturasida o’z ifodasini topadi. Asosiy adabiyotlar.
1. A.Abdullayev. Sh.Xonkeldiyev. Jismoniy tarbiya nazariyasi va 
metodikasi. Toshkent. 2005 u
2.
R.S.Salomov. Sport mashg'ulotlarining nazariy asoslari. T. 2005 yil
3. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. T. 
2008.
4.
R.S.Salomov.  Jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyati. T. 2014 y.
5. R.S.Salomov. Jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyati. (II-jild) T. 
2015 y.
6. R.S.Salomov, Y.Y.Aripov. Maktab yoshidagi bolalar jismoniy  tarbiyasi 
uslubiyati asoslari. T. “Molya” 2011 y.
7. U.S.Do’sanov.   Jismoniy   madaniyat   nazariyasi   va   metodikasi .   O’quv
qo’llanma  Tashkent 20 19  y

Sport mashq ining tamoyillari . Reja 1. Yuksak ko’rsatkichlarga intilish. 2. Sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi. 3. Sport mashqi jarayonining uzluksizligi. 4. Sport mashqi yuklamalarni asta-sekin ortib borishi. 5. Sport mashqi yuklamalarining to’lqinsimon o’zgarishi. 6. Sport mashqi jarayonining davriyligi (siklligi).

Tamoyillarning sport mashqi qonuniyatlari ekanligi, yuksak ko’rsatkichlarga intilish, sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi, sport mashqi jarayonining uzluksizligi, sport mashqi yuklamalarni asta-sekin ortib borishi.Sport mashqi yuklamalarining to’lqinsimon o’zgarishi.Sport mashqi jarayonining davriyligi (siklligi).Sport mashqi tamoyillarining o’zaro aloqadorligi va h.k. Sport mashqi barcha jarayonlar kabi o’zining qonuniyatlarini (vazifasi)ni bajaruvchi tamoyillariga ega. Bu tamoyillar sport mashqini ko’p yillar jarayonida o’rganilishi, to’plangan tajribalarni tahlili va jahonda sportda erishilgan yutuqlarni shakllanish jarayonlarini asoslarini ilmiy tahlil qilishning natijalaridan kelib chiqqan xulosalar deb hisoblash mumkin. Anashularga tayanib, sport mashqi qo’yidagi asosiy tamoyillardan iborat. Yuksak ko’rsatkichlarga intilish Sport yuksak ko’rsatkichlarga intilish va ularni doimo yaxshilab borish vazifasini nazarda tutadi. Jismoniy mashqlardan sport maqsadisiz foydalanilganda natijalar imkon boricha yuqori darajada bo’lishi nazarda tutilmaydi. Sport faoliyatida esa, eng yuqori natijaga erishish turli sportchilar uchun turlichadir. Umumiylik esa, ularning har biri sport kamoloti yo’lida mumkin qadar ko’proq natija sari intilishdadir. Sport yutuqlari albatta shunchaki o’zicha muhim bo’lmay, balki kuch- quvvat, qobiliyat, mahorat taraqqiyotining aniq belgili ifodasi sifatida muhimdir. Yuksak sport natijalariga intilish shu munosabat bilan ulkan ijtimoiy-pedagogik ahamiyat kasb etadi, chunki u insonning eng muhim hayotiy qobiliyatlarini eng yuqori darajada takomillashtirishga intilish degan ma’noni bildiradi. Bunday intilish sport faoliyatining barcha tashkiliy tomonlari va shart-sharoitlari bilan, jumladan, sport musobaqalari tizimi va obro’ ortiruvchi rag’batlantirish choralari bilan (boshlang’ich sport razryadi berilishidan to chempionlik oltin medaligacha va yuksak sport ko’rsatkichlari uchun umumhalq olqishiga sazovor bo’lishigacha) qo’llab-quvvatlab boriladi. (m: Muhammadqodir Abdullayev, Abdullo Tangriyev va b.)

Yuksak ko’rsatkichlarga intilish sport mashqini shunga moslab tashkil qilish, eng ta’sirli (mashqni ko’proq foyda keltirishi ma’nosida) vosita va uslubiyatlardan foydalanish, nihoyat darajada chuqur ixtisoslanish yo’li bilan amalga oshiriladi. Eng yuqori natijaga intilishda sport mashqining o’ziga xos belgilari: - mashqlarni yuksak darajada bo’lishi, yuklama va dam olishning davriylikdan iborat bo’lib almashib turishi va hokazolar – mavjud bo’lishini talab etadi. Sport mashqining yuqorida aytib o’tilgan qonuniyatlari sportdagi ko’p yillik kamolot bosqichlariga bog’liq tarzda turlicha namayon bo’ladi. Dastlabki bosqichlarda sport bilan umumiy tayyorgarlik yo’lida o’tkaziladi, bunda trenirovka jarayoni sport ixtisoslashtirilishining yorqin ifoda etilgan belgilarga ega bo’lmaydi – oliy ko’rsatkichlarga intilish uzoq kelajak xarakteriga ega bo’ladi. Organizmning yosh jihatdan shakllana borishi va mashq darajasining yuksala borishiga qarab, bunday intilish to kishi faoliyatini cheklab qo’yadigan yosh ulg’ayishiga bog’liq va boshqa omillar sodir bo’lmaguncha to’liq ravishda amalga oshirilib boradi. Yuqoridagi aytilganlardan ko’rish mumkinki, orta borishning umumiy tamoili sport mashqi sohasida alohida mazmun kasb etar ekan. Uni sportning ma’lum turida imkoniyat boricha maksimal darajada kamol topishni ta’minlash talabi sifatida tushunish kerak. Bu esa chuqur ixtisoslashtirish zaruriyatini anglatadi. Sportda ixtisoslashish sport faoliyati jarayonida vaqt va kuch-g’ayrat sarflashning shunday taqsimlanishi bilan xarakterlanadiki, bu sportning tanlangan mazkur turini takomillashtirish uchun g’oyat qo’lay bo’lgani holda, sportning boshqa turlari uchun bunday bo’lmaydi. Shu munosabat bilan sport mashqini uyushtirishda shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish g’oyatda muhimdir. Sportchining shaxsiy moyilligiga muvofiq ravishda o’tkaziladigan ixtisoslashtirish uning sport sohasidagi iste’dodini mumkin qadar to’laroq namoyon etishga hamda sport qiziqishlarini qondirishga imkon beradi. (m: Muxammadqodir Abdullayev, M.Safin). Aksincha ixtisosning xatto sportchining shaxsiy fazilatlariga mos

kelmaydigan bo’lishi sportchi va ustozlarning ko’pgina harakatlarini yo’qqa chiqaradi. Sportda yuksak ko’rsatkich faqat ijodiy izlanish sharoitidagina erishilish mumkin. Yangi sport yutug’i hamisha u yoki bu darajada kashfiyotdir, sportchi imkoniyatlardan foydalanishning yangi usullarini sport mashqining yangi uslubiyatlarini kashf etishdir. Shuning uchun sportchidan ishga shunchaki ongli munosabatda bo’lishigina emas, balki uning mohiyatiga chuqur tushunib yetish va shunchaki faollik emas, balki doimiy, ijodiy tashabbus talab qilinadi. Shuning uchun sport mashqiga rahbarlik qilishda onglilik va faollilikning umumiy pedagogik tamoyili alohida ahamiyat kasb etishi tushunarlidir. SPORTChINING UMUMIY VA MAXSUS TAYYORGARLIGINING BIRLIGI Sportda ixtisoslashish sportchining har tomonlama rivojlanishini inkor etmaydi. Aksincha organizmning funksional imkoniyatlarini umumiy yuksaltirish, jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish asosidagina tanlangan sport turida mumkin qadar ko’proq yutuqqa erishiladi. Sport amaliyotidagi butun tajriba ham, nazariy va eksperimental tadqiqotlarning juda ko’p ma’lumotlari ham ana shuni ta’kidlaydi (A.N.Krestovnikov, G.V.Vasilyev, N.G.Ozolin, A.P.Matveyev, N.N.Yakovlev va boshqalar). Sport yutuqlari sportchining har tmonlama taraqqiy etganligiga bog’liqligining ikkita asosiy sababi bor. Birinchidan, organizmning ajralmas ekanligi – uning barcha a’zolari, tuzulma va funksiyalari faoliyat va taraqqiyot jarayoniga o’zaro uzviy bog’liqdir. Qaysi jismoniy sifat ko’proq, qaysisiniki kamroq rivojlanishi zarur ekani, har qaysi sport turining o’ziga xos nisbatda bo’lsa- da, biron jismoniy qobiliyatni g’oyat yuksak darajada rivojlantirishi uchun organizm funksional imkoniyatlari umuman yuksak darajada bo’lishi shart, ya’ni har tomonlama rivojlanish jarayonidagina bunga erishish mumkin, degan umumiy qonuniyat ham hamisha kuchda qoladi. Ikkinchidan turli harakat malakalari va mahoratlari o’zaro hamkorlikda ishlaydi. Sportchi tomonidan o’zlashtirilgan

harakat malakalari va mahoratlari doirasi qanchalik keng bo’lsa (albatta, tanlangan sport turining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq bo’lgan ma’lum me’yorda) harakat shakllarining yangi shakllarini yaratish va ilgari o’zlashtirilganlarini takomillashtirish uchun shunchalik qulay asos mavjud bo’ladi. Yangi harakat shakllari ilgari tarkib topgan shakllar asosida paydo bo’ladi va ularning u yoki bu unsurlarini o’z ichiga oladi. Xilma-xil harakat koordinasiyalarini qiyinchiliklarni yenga borish natijasida harakat faoliyatini yana ham takomillashtirish qobiliyati, mashqlanishni rivojlanishi yana ham muhimroqdir. Demak, sportda takomil topishning obyektiv qonunlari sport mashqining chuqur ixtisoslashtirilgan jarayon bo’lishi bilan birga, har tmonlama rivojlanishga olib kelishini talab qiladi. Shunga ko’ra sport mashqida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bir-biriga mahkam qo’shib olib boriladi. Shu narsa muhimki, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning organik hamohangligi faqat sport takomilining qonuniyatlariga javob beribgina qolmay, balki hamma narsa insonni har tomonlama o’stirishga qaratilgan tarbiya tizimining umumiy qonuniyatlariga ham mos keladi. Shuning uchun umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik birligini shaxsni har tomonlama rivojlantirishning umumiy tamoyilini sport mashqida aniq ifoda etadigan sport maktabining eng muhim tamoyili deb qarash zarur. Sportchini umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi degan so’z sport yutuqlariga erishishga hamda oqibat natijada sportdan tarbiya vositasi sifatida foydalanishga ziyon yetkazmay turib, bu birlikning qaysidir tomonini sport mashqidan olib tashlab bo’lmaydi, demakdir. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi, shuningdek, ular mazmunining bir-biriga bog’liq ekanligi bilan ham ifodalanadi, chunki umumiy jismoniy tayyorgarlikning mazmuni, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, tanlangan sport turining xususiyatlariga qarab belgilanadi, maxsus tayyorgarlikning mazmuni esa umumiy tayyorgarlik natijasida paydo bo’lgan shart-sharoitlarga bog’liq bo’ladi. Umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini dialektik tarzda qarama-qarshi birlik sifatida tushunmoq kerak. Mashq qilish vaqtida bu birlik tomonlarining har