HARAKAT SIFATLAR RIVOJLANISHI TAMOYILLARI
HARAKAT SIFATLAR RIVOJLANISHI TAMOYILLARI Reja : 1. Sport mashqlarini o‘rgatish tamoyillari; 2. Jismoniy sifatlar rivojlanishining umumiy mexanizmlari; 3. Mushaklar kuchining fiziologik tavsifi; 4. Kuchli mashqlarni o‘rganish usullarining fiziologik asoslari; 5. Kuchlar rivojlanishining yoshga oid xususiyatlari. 1
1. Sport mashqlarini o‘rgatish tamoiyllari Sport mashqlarini o‘rgatish birinchi navbatda umumiy didaktik tamoyillarga bo‘ysinishi zarur. Bularga eng avvalo turg‘un motivatsiyani saqlab turuvchi, yuqori his-hayajonli, harakat talablarini ushlab turish yo‘li bilan amalga oshuvchi – faollik tamoyili kiradi. Bularga doimiylik, doimiy ravishda mashq qilish tamoyili , ketma- ketlik , ya’ni jismoniy yuklamalar o‘lchadaqing murakkabligiga qarab asta-sekin oshirish hamda sportchini dastlabki jismoniy tayyorlanganligi, tipologik xususiyatlari – temperamenti tamoyillari kiradi. Sport mashqlarini o‘rgatish jarayonlari maxsus fiziologik tamoyillarni qamrab oladi va ularga quyidagilar kiradi: - maksimal qo‘zg‘atuvchi tamoyili. Buning mohiyati shundan iboratki, aynan shu sportchi uchun vaqti-vaqti bilan zo‘riqish chaqiruvchi maksimal yuklamalardan foydalaniladi, qaysiki organizmda superkompensatsiyaga olib boruvchi o‘ta jiddiy biokimyoviy, morfologik va fiziologik qayta qurilishlarni chaqiradi; - umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik tamoyili sportchining ko‘p yillik tayyorgarlik davri davomida u bilan birga kechadi, ammo maxsus jismoniy tayyorgarlikning solishtirma og‘irligi bu paytda ortadi, umumiy jismoniy tarbiya esa kamayadi; - variantivlik tamoyilida katta yuklamalar ta’siridan keyin jiddiy asoratlar qoladi, shuning uchun yuklamalar to‘lqinsimon almashinishi kerak; - tez axborot tamoyili , sportchi imkon qadar turli harakatlar natijalari va xususiy holati haqidagi ma’lumotlarni (bu biologik teskari bog‘lanish - BTB) olishi kerak, bu esa musobaqalashadigan mashqlarni maxsus funksional tizidaqi tez va samarali shakllantirish va o‘rgatish jarayonlarini boshqarish imkonini beradi; - tiklanish jarayoni fazalarini hisobga olish tamoyili shu bilan xarakterlanadiki, tezlik va kuch singari jismoniy sifatlari superkompensatsiya fazasida mashqlarni boshlanishi kutiladi, navbatdagi chidamlilik esa tiklanishgacha bo‘lgan fazada qator navbatdagi ko‘rsatiladigan ta’sirlar yig‘indisi uchun xarakterlidir. 2
20.2. Jismoniy sifatlar rivojlanishining umumiy mexanizmlari Jismoniy tarbiyalashda jarayonning ikki tomoni farqlanadi: harakatlarga o‘rgatish, ya’ni texnik tayyorgarlik : harakat sifatlarini rivojlanishi odamning harakat imkoniyatlarini ayrim sifatlari tomonlarini takomillashtirish, ya’ni jismoniy tayyorgarlik . Fiziologiyada quyidagi jismoniy sifatlar farqlanadi (JS): kuch , tezlik , chaqqonlik va egiluvchanlik . Ularni birma-bir baholash uchun SI tizimida metrli o‘lchagichlar mavjud. Kuch kilogramm, nyuton (N) va dinalarda (D), tezlik- metrlarda bir soniyada, chidamlilik-soniya, daqiqa, soatlarda (ma’lum masofalarda) baholanadi, ammo chaqqonlik va egiluvchanlikni jismoniy sifatlari aniq metrli o‘lchagichlarga ega emas. Individual hayot jarayonida jismoniy sifatlarning rivojlanishini umumiy mexanizmi bo‘lib, vaqtinchalik bog‘lanishlar hisoblanadi (shartli refleks). Shu jumladan, kuchning (K), tezlikning (T) va chidamlilik (Ch) larning ortishi bir martalik mashqlarni o‘rganishdan, keyinroq qaysiki hali morfunksional qayta qurish jarayonlari yuz bermasidanoq amalga oshiriladi. Kuchning va tezlikning ortishi simmetrik, ammo hali mashq qilmagan qo‘l-oyoqlarda kuzatiladi; kuch, tezlik va chidamlilik ko‘rsatkichlari markaziy asab tizimi holatiga hamda sirkadian ritmlar (kecha va kunduz ritmlari) bilan bevosita bog‘liqdir. Jismoniy sifatlarning rivojlanishi mashqlarini o‘rganish paytida turli tizimlarning zaxiradagi imkoniyatlarini safarbar etilishi bilan xarakterlanuvchi organizmdagi biokimyoviy, tuzilish va funksional o‘zgarishlar yig‘indisi bilan ta’daq etiladi. Misol sifatida mushaklar kuchini rivojlanishi, qaysiki uning davomida mushaklarning gipertrofiyasi yuz beradi. Unda AUF va KrF glikogenni jamlanishini keltirish mumkin. Chidamlilikni rivojlanishida kislorodning maskimal o‘zlashtirish hajdaqi ortishi nafas olish va yurak-qon tomirlar tizimi zaxiralarini safarbar etilishi yuz beradi. Tezlik rivojlanayotgan paytda markaziy asab tizimida quyidagi 3
o‘zgarishlar kuzatiladi: harakat markazlarini funksional harakatchanligi va qo‘zg‘aluvchanligi oshadi, moslashishning turli bosqichlarida organizmning turli tizimlari ishida yangi funksional integratsiya darajasini xarakterlovchi barcha yangi zaxiralar o‘zlashtiriladi. Jismoniy sifatlar rivojlanishining navbatdagi ixtisoslashtirish mexanizmi – bu turli tizimlar faoliyatining foydali ish koeffisentini oshirish bilan xarakterlanadi. Masalan, mushaklar kuchining rivojlanishi paytida harakat a’zosining faoliyati sinxronlashadi, chidamlilikni rivojlanishi paytida esa kisloroddan foydalanish foizi ortadi hamda tezlik rivojlanayotgan paytda harakat reaksiyalarining harakatchanligi va yashirin davrining muddati keskin oshadi. Har qanday harakat faoliyatining dastlabki bosqichi barcha jismoniy sifatlarning o‘sishini ta’daq etadi. Tezda bu jarayon biroz to‘xtaydi, so‘ngra esa mushaklarning spesifik faoliyatlarga moslashishning oxirgi bosqichlarida butunlay to‘xtaydi. Bu davrda bitta jismoniy sifatning rivojlanishining boshqa jismoniy sifatga o‘zaro salbiy ta’siri yuzaga kelishi mumkin (umumiy va tezlikga chidamlilik, chidamlilik va tezlik, kuch va chaqqonlik va boshqalar). Bitta jismoniy sifatning rivojlanishining eng yuqori ko‘rsatkichlari darajasiga boshqa sifatlarni rivojlanishi uchun ma’lum darajada gi rivojlanish talab qilishi ehtimoldan xoli emas. Masalan, chidamlilikni ko‘rinishi vegetativ chidamlilik deb ataluvchi mexanizmning shakllanishi bilan bog‘langan, uning asosiy ko‘rsatkichi kislorodning daqiqalik hajmi hisoblanadi. Kuchning ko‘chirilishi turli harakatlarda namoyon bo‘lib, mushaklarning oddiy yoki murakkab harakatlarga ishtirok etish xususiyatlari bilan bog‘liq. Masalan, sprinter, boksyor, qilichbozlar tezlikni namoyon qilishlari turlicha va ularda jismoniy sifatlarning namoyon etilishi bir-biridan farq qiladi. Statik va dinamik kuchlar har xil harakatlarda o‘zaro bog‘liqlikka ega emas va aynan shu sababli jismoniy sifatlar xususiyatlari turli sport turida turlicha bo‘ladi. 20.3. Mushaklar kuchining fiziologik tavsifi 4
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, kuch – bu tashqi qarshilikni yengish qobiliyati yoki mushaklar kuchlanishi bilan unga qarshi turishdir. Mushaklar kuch hisobiga ish bajaradi (A): A=F·S. Bu yerda F – kuch, S-yo‘l, masofa. Yuk ko‘targanda (R). bajaradigan ish qobiliyati yukning og‘irligi va ko‘tarilish balandligiga bog‘liq bo‘ladi: A=R·h (h-ko‘tarilish balandligi). Tezlik bilan harakatlanganda F=m·a (Nyutonning II qonuni) kuch, tezlashgan tana bilan bog‘langan holda tezlashuvchi (a) massa (m) yig‘indisiga teng. Shu sababli F Nyutonlarda (N) ifodalanidi; 1N=1 kg/m/s 2 va dinalarda (D): 1D=1 g/sm/s 2 , ya’ni 1 N=10 5 D larda o‘lchanadi. Kuchlar ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: statik kuchda F=P (kg-kilogramm- kuch) va dinamik kuchda F=m·a (N yoki D). Odamlarning kuchlilik qobiliyati turlari tasnifi va ularning namoyon bo‘lish sharoitlari V.M.Zasiorskiy (1987)tomonidan quyidagicha bo‘lishi tavsiya qilingan: Kuchlilik qobiliyati va kuchlarning turlari Namoyon bo‘lish sharoiti 1. O‘z-o‘zidan kuchlilik qobiliyati (statik, maksimal kuch) → statik ish (izometrik tartib). 2. Tezlashuvchi kuchlilik qobiliyati (F max ning 40-70%) A) dinamik sekin kuch → miometrik (izotonik) tartib tez portlovchi kuch → konsetrik tartib B) amortizatsiyalovchi kuch → pliometrik (ekssentrik) tartib Mushaklarning maksimal kuchlanishining o‘lchadaqi aniqlovchi periferik va markaziy omillar hisoblanadi. Periferik omillar guruhi strukturaviy va funksional omillarga bo‘linadi. Strukturaviy omillar qatoriga quyidagilar kiradi: mushak tolalarining miqdori, mushak tolalarining uzunligi, mushaklar strukturasining tashkil topishi (harakat o‘qiga mushak tolalarining egilish darajasi). 5