logo

Harakat tushunchasining falsafiy talqini

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.3984375 KB
Mavzu :   Harakat tushunchasining falsafiy talqini
Reja:
1. Xarakat va rivojlanish tushunchalari.
2. Insonning kelib chiqishi haqida turli nazariyalar.
3. Anomal hodisalar nazariyasi
4. Mehnat nazariyasi Xarakat va rivojlanish tushunchalari.
Tabiat   va  jamiyatdagi  hamma  narsa  harakat  va  rivojlanishda,   o’zgarish  va  o’zaro
ta’sirda   boladi.   Hech   bir   tinch   turgan   narsa   yo’q.Olamdagi   narsalar   harakatda
bo’lib,   biri   ikkinchisiga   aylanadi,   biri   ikkinchisidan   paydo   boladi.   Butun   tabiat-
eng kichik zarradan tortib quyoshgacha, odamjodgacha doimo paydo bolish va yoq
bolish, uzluksiz oqish, betoxtov harakat qilish va ozgarish holatini kechirib turadi.
Har   qanday  obyekt  uni   tashkil  etuvchi   elementlarning  ozaro  tasiri  tufayli   mavjud
bola  oladi.Masalan,tirik   organizmlar   ularni   tashkil   etuvchi   molekulalar   hujayralar
va   organizmlaning   ozaro   tasiri   tufayli   mavjud.Umumiy   tarzda   olingan   bu
ozgarishlar moddiy olam borlig’ining ajralmas xususiyatidir.
O’zgarish   falsafada   harakat   tushunchasini   ifodalaydi.Harakat   –   eng   oddiy   mayda
zarrachalarning   o’zaro   aylanishi,   metagalaktikaning   kengayishi,   organizmlar
hujayralarida   modda   almashinuvi,   ijtimoiy   hayotda   odamlarning   faoliyat
almashinuvidir.
Harakat   bu   har   qanday   ozaro   tasir   va   o’zaro   tasir   natijasida   boladigan
ozgarishlardir.Materiya   harakatsiz   bo’la   olmaydi.   Har   qanday   obyekt,   unda
harakatning   muayyan   tiplari   mujassamlashgani   uchun   ham   mavjuddir.Harakat
toxtaganda   obyekt   ham   oz   mavjudligini   tugatadi,   u   boshqa   obyektga
aylanadi.Boshqacha   aytganda   harakat   materiyaning   ichki   timsolidir,   atributi
hisoblanadi.Harakatsiz   materiya   hech   qayerda   ba   hech   qachon   bolgan   emas   va
bolishi mumkin emas.
Kuzatilayotgan u yoki  bu predmetning tinchlik sukunat  holati deyilganda mazkur
predmetning muayyan fazoviy konfiguratsiyaga ega ekanligi muayyan tarkibga ega
ekanligi, bu tarkib barqarorligini saqlay olishi, o’z elementlari muayyan majmuini
takror   hosil   qila   olishi   tushuniladi.   Lekin   aytaylik   oddiy   elementdan   tortib   tirik
organizmlargacha   electron   mikroskop   bilan   kuzatilganda   ularning   hammasi
muayyan zarrachalarning to’xtovsiz harakatidan iboratligini payqash mumkin. Bu
bizning tanamiz ruhimizga ham talluqlidir.
  Falsafiy   adabiyotlarda   moddiy   borliqning   quyidagi   Harakat   shakllari   ajratib
ko rsatiladi:ʻ Mexanik   Harakat   —   jismlarning   fazodagi   o rniʻ   vaqt   o tishi   bilan   boshqa	ʻ
jismlarga   nisbatan   o zgarishi.   Barcha   jismlarning   Harakati   nisbiydir,   chunki	
ʻ
harakat Yerga nisbatan (keng ma noda) va atrofdagi jismlarga (mas, yo l chetidagi	
ʼ ʻ
daraxtga) nisbatan qaraladi.
Fizik   Harakat   ( elementar   zarralar,   atom   yadrosi   va   atomning   Harakatdan   tortib,
olamning   fundamental   kuchlari,   issiqlik,   elektr   va   maydon   harakatigacha,
yorug likdan   tortib   koinotning	
ʻ   gravitatsiya   kuchigacha   barchasi   shu   Harakat
shakliga mansubdir);
  Kimyoviy   Harakat   (bunga   mole-kulalarning   assotsiatsiyasi   va
dissotsiatiyasi,   ionlar   harakti,   moddaning   muzlashi   va   kristallanish   jarayonlari,
kimyoviy   reaksiyalar,   kimyoviy   sintez   va   parchalanish,   yonish   va   ok-sidlanish   va
b. kimyoviy jarayonlar kiradi);
Biologik   Harakat   (hayotiy   jarayonlar).   Ayrim   manbalarda   kimyoviy   Harakatdan
keyin   moddiy   obyektlarning   progressiv   va   regressiv   yo nalishda   rivojlanishiga	
ʻ
qarab,   yuksaklikka   —   biologik   Harakatga   va   quyi   yo nalishiga,   inqiroziga   qarab	
ʻ
—   geologik   Harakat   ham   ko rsatiladi,   chunki,   yer   yuzida   jonli   organizmlarning	
ʻ
halok bo lishi oqibatida katta-katta materiklar,	
ʻ   marjon   orollar vujudga keladi.
  Ijtimoiy   Harakat   (jamiyatdagi   ijtimoiy   jarayonlarning   namoyon   bo lishi).	
ʻ
Bulardan   tashqari,   inson   aql-zakovati   hamda   axborot   jarayonlari   bilan   bog liq	
ʻ
bo lgan goyaviy, ma naviy ko rinishdagi Harakat shakllari ham mavjud	
ʻ ʼ ʻ
Harakatni   rivojlanish   tushunchasi   bilan   aralashtirmaslik   lozim.Rivojlanish   bu   –
faqat   sifat   o’zgarishlari   natijasida   eskining   o’rnida   yangi   paydo   boladi,quyidan
yuqoriga   oddiydan   murakkabga   o’tish   sodir   bo’ladi.Harakat   tushunchasi
rivojlanish tushunchasidan kengroq tushunchadir
    Insonning kelib chiqishi haqida turli nazariyalar.
Asotirlar va dinlarda insonning yaratilganligi to‘g‘risida
Dastlabki   asotiriy   tushunchalarga   ko‘ra   inson   yaratilgan   mavjudot   hisoblanadi.
Shumerliklarning   saqlanib   qolgan   miflari dan   birida   tasvirlanishicha,   erkak   va ayol   xudolar   suv   xudosi   bo‘lgan   eng   dono   Enkiga   oziq-ovqat   va   ichimlik
miqdorini ko‘paytirish usulini topishini so‘rab murojaat qiladilar. U Yer boyliklari
xudosi   bo‘lgan   xotini   Ninmax   bilan   birgalikda   mastlik   holatida   loydan   birinchi
odamni nuqsonli qilib yasaydi. Loydan ikkinchi yasalgan odamlar erkak va ayol
bo‘lgan.
Birinchi   insonning   paydo   bo‘lishi   xususida   qadimgi   yunon   miflarida   hikoya
qilinishicha,  Olimp  cho‘qqisida yashagan xudolardan odamlar tug‘ilgan.
Nasroniylikning   muqaddas kitobi   «Injil»da   aytilishicha ,   «…Yana Xudo: «O‘z
suratimizga   ko‘ra,   O‘zimizga   o‘xshash   odamni   yarataylik.   U   dengizdagi   baliqlar,
ko‘k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun yer yuzi va yerda harakat qiluvchi
barcha   maxluqot   ustidan   hokimlik   qilsin»,   dedi   …   Xudovandi   karim   yerning
tuprog‘idan   odamni   yasab,   uning   dimog‘iga   hayot   nafasini   pufladi.   Shu   yo‘sinda
odam tirik jon bo‘ldi»
Qur’oni   karimda   bu   jarayon   quyidagicha   ifodalangan :   «…Biz   insonni
(Odamni)   loyning   sarasidan   yaratdik.   So‘ngra   uni   (inson   naslini,   avvalo)
mustahkam qarorgoh (bachadon) da maniy qildik. So‘ngra (bu) maniyni laxta qon
qilib   yaratdik,   bas,   laxta   qonni   parcha   go‘sht   qilib   yaratdik,   bas,   parcha   go‘shtni
uyaklar qilib yaratib, (bu) suyaklarga go‘sht qopladik, so‘ngra (unga jon kirgizib,
oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik».
Buddaviy   dinida   ta’kidlanishicha ,   voqelik   nomoddiy   zarracha   hisoblangan
dxarma   harakatidan   iborat.   Bunda   har   bir   alohida   mavjudotga   doim   harakatda
bo‘lgan   kuchlarning   o‘tkinchi   yig‘indisi   sifatida   qaraladi.   Jumladan,   hayot   ham
abadiy qonunlarga ko‘ra va ularga bog‘liqlikda paydo bo‘lib, yana yo‘qolib turadi.
Ko‘rinib turibdiki, diniy nuqtayi nazarlarda ham javoblar xilma xil.
Shuning uchun qadimdanoq kishilar muqobil javoblarni topishga harakat qilishgan.
Albatta,   bunda   tayanch   nuqta   bo‘lib   asta-sekin   to‘planib   borgan   ilmiy   dalillar
xizmat qilgan.
Tabiatshunoslik dalillari
Diniy   ta’limotlarga   muqobil   ilgari   surilgan   nazariyalar   o‘tmishda,   ayniqsa,yangi
zamonning   boshlaridan   Yevropada   to‘plangan   ma’lumotlar   insonning   paydo bo‘lishiga   doir   avvalgi   diniy   nazariyalarga   qarama-qarshi   kelib   qolgan   edi.
Masalan,  tasodifan yoki  maxsus izlanishlar  tufayli topilgan turli xil   suyaklarning ,
garchi ular boshqa biologik tur – hayvonlarga tegishli bo‘lsa-da, inson suyaklariga
ham o‘xshashligi ma’lum bo‘ldi.
Tadrijiylik ilmiy yo‘nalish nazariyasi
Bu nazariyaga ko’ra hayvonlar, o’simliklar o’zining tuzilishini mukammallashtirib
boradi   va   bunga   tashqi   ta’sir   ham   ta’sir   qiladi   deyilgan.Shunda   hayvonlar   yildan
yilga rivojlanib inson qiyofasiga kelgan deb hisoblanadi .
Inson   kelib   chiqishi   to‘g‘risidagi   ilmiy   yo‘nalish   organik   olamdagi   barcha
mavjudotlarning   rivojlanishi   to‘g‘risida   XIX   asrda   tabiatshunos   olimlarning
izlanishlari natijasi o‘laroq xiyla asoslab berilgan. Tadrijiylik nazariyasida qiyosiy
anatomiya,   fiziologiya   va   hozirgi   mavjud   turlarning   rivojlanishi   tarixiy
ma’lumotlar, shuningdek, qirilib ketgan turlar haqidagi paleontologiya materiallari
har tomonlama o‘rganilgan edi. Bu nazariya o‘z ichiga kishilik dunyosini qamrab
olmasligi   mumkin   emasdi.   Antropogenezning   tadrijiylik   nazariyasi   ba’zi
jihatlardan   XVIII   asrda   Yevropada   ilgari   surilgan   turli   qarashlarning   davomi
sifatida maydonga kelgan.
Darvinizm nazariyasi
Tadrijiylik   doirasidagi   Darvin   ta’limotiga   ko‘ra   insonning   kelib   chiqishi   va
mavjudligi   tirik   dunyodagi   tabiiy   tanlanish,   irsiyat   va   o‘zgaruvchanlik   omillari
bilan   belgilanadi.   Charlz   Robert   Darvin   «Tabiiy   tanlanish   yo‘li   bilan   turlarning
kelib chiqishi yoki yashash uchun kurashda maqbul zotlarning saqlanishi»   (1859),
«Madaniy   o‘simliklarning   va   uy   hayvonlarining   o‘zgarishi»   (1859),   «Madaniy
o‘simliklar   va   uy   hayvonlarining   o‘zgarishi»   (2   jildlik,   1871),   «Inson   va
hayvonlarda   emotsiyaning   ifodalanishi»   (1878)   va   boshqa   asarlarida   tirik
tabiatning tadrijiy qiyofasini ishlab chiqdi. Biologiyaviy tushuntirish me’yorlari va
ideallarini qayta qurdi. Darvinizm ta’limoti maydonga kelganda genetika fani to‘la
shakllanib bo‘lmagan edi. Shuning uchun ham unda insonning   biologiyaviy, ruhiy
va  ijtimoiy   jihatlari o‘z aksini topmagan.
Vernadskiy va Teyar de Sharden nazariyasi Bu   nazariyaga   ko‘ra   moddiy   obyektlar   harakati   maqsadga   yo‘naltirilgan   tarzda
kechadiki,   inson   bu   jarayonga   nafaqat   tortilgan,   balki   o‘zida   uni   ifodalaydi.   Bu
nazariyaga   ko‘ra,   olamdagi   butun   mavjudot   ruh   uchqunlaridan   tashkil   topgan.
Olam   hodisalari   oddiydan   murakkabga   tomon,   pastdan   yuqoriga   qarab   doimo
o‘zgarishdadir.   Bunda   ular   o‘zaro   bog‘liqlikda   bo‘lib,   miqdoriy   yoki   sifatiy
tomonlari   bir-biriga   o‘tib   turadi.   «Barcha   sohalarda,   –   ta’kidlaydi   olim,   –
qandaydir miqdor yetarli darajada kuchaysa, ularning ko‘rinishi, holati yoki tabiati
keskin   o‘zgaradi:   qiyshiqlik   harakat   yo‘nalishini   o‘zgartiradi,   tekislik   nuqtaga
aylanadi, barqarorlik yo‘qoladi, suyuqlik qaynaydi, butun bo‘laklarga ajraladi. Bu
nazariyadagi,   diniy   asosda   bo‘lsa-da,   amal   qiladigan   qat’iy   determinizm
tadrijiylikda hech qanday tasodifga o‘rin qoldirmaydi
Mehnat nazariyasi
Mehnat   nazariyasi   tarafdorlari   insonga   tirik   mavjudotlar   ichida   alohida   maqom
berib,   uning   kelib   chiqishini   sakrashlar,   inqilobiy   jarayonlar   tarzida   talqin   etadi.
Mehnat   nazariyasiga   ko‘ra   insonning   maymundan   qanday   kelib   chiqqanligini
asoslash muammoligicha qolmoqda. Bunda, ayniqsa, insonning maymundan uchta
asosiy farqi –   tik yurishi, qo‘llarining rivojlanganligi   hamda katta hajm va vaznga
ega bo‘lgan  miyaga  egaligi o‘z izohini talab qilmoqda.
Olimlar, jumladan, fransuz atropologi  Buje da Pert  qo‘yilgan
masalaning javobini inson ilk ajdodlarining mehnat qurollarini yasash
faoliyatidan topishga harakat qildi. Tik yurishni izohlashda esa yashash
muhitining o‘zgarishi, masalan, inson ajdodlarining o‘rmondan keng
tekislikka chiqishi yoki qoyali joyda hayot kechirishiga o‘tish va h. k.
bilan   bog‘liq   omillarni   asos   qilib   oladi.   Miyaning   hajmi   va   og‘irligi   hamda
qo‘llarning   rivojlanishi   to‘g‘risida   ham   ko‘pdan   ko‘p   o‘zaro   yaqin   bo‘lgan
qarashlar ilgari surildi.
Bextereva nazariyasi
Antropogenezning   mehnat   nazariyasi   bilan   tushuntirib   bo‘lmaydigan   jihatlari   XX
asrning ikkinchi yarmida koinotni o‘zlashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlar bilan
bog‘lab izohlanmoqda. Rus fiziolog olimi, inson miyasi bo‘yicha katta mutaxassis
hisoblangan akademik N.P.Bextereva nuqtayi nazariga ko‘ra inson
koinotdan Yerga kelib ko‘payib ketgan. Haqiqatan ham, hozirgi
zamon fani inson miyasini o‘rganishda juda ilgarilab ketganligi
tufayli, uning beqiyos imkoniyatlari to‘g‘risida ko‘pgina ma’lumotlar
to‘plangan. Masalan, inson miyasida 1014 miqdordagi neyronlar
va ularning birikmalari bo‘lib, bular yordamida butun insoniyat
to‘plagan ma’lumotlarni unga singdirish mumkin. Lekin Yerda inson
miyasiga qo‘yiladigan talablar uning imkoniyatlari darajasidan ancha
past. Binobarin, uning miyasidagi beqiyos imkoniyatlar o‘z vaqtida
koinotdagi sayyora shart-sharoitlari va talablari bilan bog‘liq bo‘lib,
hozirgacha saqlanib qolgan.
Bu nazariya doirasida shveytsariyalik  Erix Fon Denikenning
1968-yilda bosilib chiqqan  «Kelajak haqida xotiralar»  kitobida ilgari
surilgan qarashlar ham e’tiborga molikdir. Uning ta’kidlashicha,
Yerdan tashqaridagi sivilizatsiya vakillari o‘zlarining qaysidir
maqsadlari bilan sayyoramizga kelganidan so‘ng insonning gominid
ajdodlarida irsiy jihatdan muayyan o‘zgarishlar yuz bergan. Natijada
aql va nutqqa ega yangi mavjudotlar kelib chiqqan. Koinot vakillari
ma’rifiy maqsadlar bilan yana bir necha marta Yerga kelib ketgan.
Bunga misol tariqasida muallif Yerda (Iroq va Misrda) topilgan kristall
linzalarni, to‘qima materialdan tikilgan kiyim parchasini, galvanik
tamoyilda ishlaydigan elektr batareyasini va boshqa qator ashyolarni
keltiradi. Old Osiyoning Qo‘histon mintaqasidagi g‘orda topilgan
qoya suratlarida yulduzlarning 10 ming yil avvalgi joylashuvi
aks ettirilgan.Zuhra va Yer chiziqlar bilan tutashtirilgan. Bizning
madaniyatimizdan oldin juda yuqori madaniyat, texnikamizdan
oldin ham texnika mavjud bo‘lganligini tan olamizmi yoki yo‘q,
bundan qat’i nazar, aynan koinotdan safar qilib kelganlar to‘g‘risida faraz   mavjud.   Inson   ajdodlariga   boshqa   sayyoralardan   kelganlarning
ta’sirito‘g‘risida turli mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda ham xilma-xilqarashlar
ilgari surildi. Bir-birini takrorlamaydigan bu qarashlarga xos
umumiylik shundan iboratki, ularning hammasida Yerda Koinotdan
kelganlar qoldirib ketgan dalillarni topishga harakat qilishdir.
Hozirgi vaqtda Koinotning insoniyat ixtiyoridagi barcha vositalar
yordamida tekshirilgan qismida qandaydir sivilizatsiyalar bo‘lish
ehtimoli tasdiqlanmadi. Bunga astronomlarning Yerda hayotning
noyobligi, uning boshqa biron joyda bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi
qarashlari ham qo‘shilsa, koinotiy nazariyaning asosli emasligi ko‘zga
tashlanadi.
Anomal hodisalar nazariyasi
Insonning  kelib chiqishi  bilan bog‘liqbo‘lgan nuqtayi  nazarlarning yuqorida  qayd
qilingan   kamchiliklarini   bartaraf   qilish   maqsadida   keyingi   yillarda
antropogenezning   ilk   tabiiy   zaminlariga   e’tibor   kuchaymoqda.   Jumladan,   bunda
vulqonlarning   tevarak-atrofga   ko‘rsatadigan   ta’siri,   Yerda   iqlimning   o‘zgarishi,
Quyosh va boshqa koinot  obyektlaridan keladigan ta’sirlar, radia- tsiyaviy fon va
hokazolar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda. 
Ma’lumki, Afrika qit’asining janubida Yer ostida jahondagi barcha
uranning 70 foizi mavjud. Fan ma’lumotlariga ko‘ra, ayni shu mintaqa
odamlarning ilk vatani – ularning kelib chiqqan joyidir.  Radiatsiyaviy
fon  Yer qobig‘ining yorilishi, vulqonlarning faollashuvi, geomagnit
anomaliyalar va hokazolar natijasida kuchayib, bu yerdagi odamsimon
mavjudotlar tanasida  mutatsiya  – jiddiy o‘zgarishlar hosil qilishi faraz
qilinadi. Mutatsiyalar tufayli primatlarda to‘la tarzda tik yurishga
o‘tish, bosh suyagi hajmining kattalashuvi, jinsiy instinkt tabiatining
o‘zgarishi va hokazolar ro‘y bergan. Inson kelib chiqishining anomal nazariyasida
boshqa   nuqtayi   nazarlardan   anchagina   ustunlik   mavjud.   Bu   nazariya   ba’zi
primatlarning   insonga   aylanishini,   boshqalarining   aylanmaslik   sabablarini,
dastlabki   odamning   ilk   tosh   qurollardan   qadimiyroq   ekanini   va   hokazolarni mantiqan izchil tushuntirib bera oladi. Faqat unda tadrijiylik tamoyillari va ushbu
nazariyani tasdiqlovchi misollar hozircha yetarli emas.
1. “Dialektika”ni Siz qanday tushunasiz?
A. Munozara va tortishuv asosida ma’lum bir fikrga kelishni.
B. Falsafiy qonunlar yig’indisini.                       V. O’zgarish va rivojlanishni.
G. Umumiy aloqadorlik, o’zgarish va rivojlanish haqidagi ta’limotni.
2. “Qonun” nima?
A. Kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi eng umumiy, muhim bog’lanishlardir.
B. Inson aqlining mahsuli bo’lib, u narsa, voqea- hodisalarning muayyan tartibini
aniqlashga xizmat qiladi.
V. Tabiatdagi doimiy va muhim o’zgarishlar, rivojlanish tendentsiyalari.
G.   Narsa   va   hodisalarning   muhim,   zaruriy,   umumiy   va   barqaror   ichki
bog’lanishlari.
3. “Sifat” tushunchasi nima?
A. Barcha voqea - hodisalarning ma’lum shaklda namoyon bo’lishi.
B. Narsa va hodisalarning yaroqli va yaroqsizligini bildiradigan tushuncha.
V. Narsa, hodisaning asosiy bir xususiyati, xossasi. G.   Narsalarning   ichki   va   tashqi   muayyanligini   ta’minlovchi   xossa,   belgi,
xususiyatlar birligi.
4 «Dialektik inkor”ni siz qanday tushunasiz?
A.   Narsalarning   yaroqsiz   tomonlarini   uloqtirish.         B.   Tashqi   ta’sir   natijasida
narsani umuman yo’q qilib yuborish.
V. Subyektning “sof” ruhiy holatiga asoslangan rad javobi.
G. Narsa va hodisaning ichki  rivojlanish zarurati  natijasi, vorisiylikka asoslangan
sifat o’zgarishi.
5. Falsafaning bilish nazariyasi bilan bog’liq atamani toping.
A. Ontologiya.     B. Logika.                V. Teleologiya.                 G. Gnoseologiya.
6. “Amaliyot” (“praktika”) tushunchasini ta’riflang.
A. Tabiiy va ijtimoiy borliqni qayta o’zgartirishdagi moddiy- hissiy faoliyat.       B.
Kishining bilish faoliyati.
V. Texnikaviy imkoniyatlardan yuzaga keluvchi ilmiy bilimlar.
G. Kishining maqsadga muvofiq faoliyati.
7. Aqliy bilish shakllari (bosqichlari) ning tartibini aniqlang.
A.   Hukm,   xulosa,   tushuncha.     B.   Tushuncha,   hukm.       V.   Muhokama,   ijodiyot,
nazariya.G. Tushuncha, hukm, xulosa
8. “Haqiqat”ning turlarini aniqlang.
A. Diniy va mifologik.                   B. Ilmiy va amaliy.       V. Obyektiv va subyektiv.
G. Absolyut (mutloq) va nisbiy.
9. Ilmiy bilishning nazariy darajasi usullarini toping.
A. Matematik, aksiomatik, sistemalilik, ideallashtirish, o’lchash. B.   Kibernetik,   biologik,   lingivistik,   tarixiylik   va   mantiqiylik,   modellashtirish,
taqqoslash.
V. Modellashtirish,  taqqoslash.          G. Analiz va sintez;  induktsiya  va deduktsiya;
analogiya; modellashtirish; tarixiylik va mantiqiylik.
10. “Fan”ning tarifini toping.
A. Ma’naviy ishlab chiqarish shakli.
B. Ijtimoiy ong shakllaridan biri, inson bilimining asosiy ko’rsatqichi va natijasi.
V. Tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi amaliyot sinovidan o’tgan bilimlar tizimi.
G. Ijtimoiy mexnat taqsimotining zaruriy va qonuniy natijasidir.

Mavzu : Harakat tushunchasining falsafiy talqini Reja: 1. Xarakat va rivojlanish tushunchalari. 2. Insonning kelib chiqishi haqida turli nazariyalar. 3. Anomal hodisalar nazariyasi 4. Mehnat nazariyasi

Xarakat va rivojlanish tushunchalari. Tabiat va jamiyatdagi hamma narsa harakat va rivojlanishda, o’zgarish va o’zaro ta’sirda boladi. Hech bir tinch turgan narsa yo’q.Olamdagi narsalar harakatda bo’lib, biri ikkinchisiga aylanadi, biri ikkinchisidan paydo boladi. Butun tabiat- eng kichik zarradan tortib quyoshgacha, odamjodgacha doimo paydo bolish va yoq bolish, uzluksiz oqish, betoxtov harakat qilish va ozgarish holatini kechirib turadi. Har qanday obyekt uni tashkil etuvchi elementlarning ozaro tasiri tufayli mavjud bola oladi.Masalan,tirik organizmlar ularni tashkil etuvchi molekulalar hujayralar va organizmlaning ozaro tasiri tufayli mavjud.Umumiy tarzda olingan bu ozgarishlar moddiy olam borlig’ining ajralmas xususiyatidir. O’zgarish falsafada harakat tushunchasini ifodalaydi.Harakat – eng oddiy mayda zarrachalarning o’zaro aylanishi, metagalaktikaning kengayishi, organizmlar hujayralarida modda almashinuvi, ijtimoiy hayotda odamlarning faoliyat almashinuvidir. Harakat bu har qanday ozaro tasir va o’zaro tasir natijasida boladigan ozgarishlardir.Materiya harakatsiz bo’la olmaydi. Har qanday obyekt, unda harakatning muayyan tiplari mujassamlashgani uchun ham mavjuddir.Harakat toxtaganda obyekt ham oz mavjudligini tugatadi, u boshqa obyektga aylanadi.Boshqacha aytganda harakat materiyaning ichki timsolidir, atributi hisoblanadi.Harakatsiz materiya hech qayerda ba hech qachon bolgan emas va bolishi mumkin emas. Kuzatilayotgan u yoki bu predmetning tinchlik sukunat holati deyilganda mazkur predmetning muayyan fazoviy konfiguratsiyaga ega ekanligi muayyan tarkibga ega ekanligi, bu tarkib barqarorligini saqlay olishi, o’z elementlari muayyan majmuini takror hosil qila olishi tushuniladi. Lekin aytaylik oddiy elementdan tortib tirik organizmlargacha electron mikroskop bilan kuzatilganda ularning hammasi muayyan zarrachalarning to’xtovsiz harakatidan iboratligini payqash mumkin. Bu bizning tanamiz ruhimizga ham talluqlidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi Harakat shakllari ajratib ko rsatiladi:ʻ

Mexanik Harakat — jismlarning fazodagi o rniʻ vaqt o tishi bilan boshqa ʻ jismlarga nisbatan o zgarishi. Barcha jismlarning Harakati nisbiydir, chunki ʻ harakat Yerga nisbatan (keng ma noda) va atrofdagi jismlarga (mas, yo l chetidagi ʼ ʻ daraxtga) nisbatan qaraladi. Fizik Harakat ( elementar zarralar, atom yadrosi va atomning Harakatdan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, yorug likdan tortib koinotning ʻ gravitatsiya kuchigacha barchasi shu Harakat shakliga mansubdir); Kimyoviy Harakat (bunga mole-kulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatiyasi, ionlar harakti, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy sintez va parchalanish, yonish va ok-sidlanish va b. kimyoviy jarayonlar kiradi); Biologik Harakat (hayotiy jarayonlar). Ayrim manbalarda kimyoviy Harakatdan keyin moddiy obyektlarning progressiv va regressiv yo nalishda rivojlanishiga ʻ qarab, yuksaklikka — biologik Harakatga va quyi yo nalishiga, inqiroziga qarab ʻ — geologik Harakat ham ko rsatiladi, chunki, yer yuzida jonli organizmlarning ʻ halok bo lishi oqibatida katta-katta materiklar, ʻ marjon orollar vujudga keladi. Ijtimoiy Harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon bo lishi). ʻ Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bog liq ʻ bo lgan goyaviy, ma naviy ko rinishdagi Harakat shakllari ham mavjud ʻ ʼ ʻ Harakatni rivojlanish tushunchasi bilan aralashtirmaslik lozim.Rivojlanish bu – faqat sifat o’zgarishlari natijasida eskining o’rnida yangi paydo boladi,quyidan yuqoriga oddiydan murakkabga o’tish sodir bo’ladi.Harakat tushunchasi rivojlanish tushunchasidan kengroq tushunchadir Insonning kelib chiqishi haqida turli nazariyalar. Asotirlar va dinlarda insonning yaratilganligi to‘g‘risida Dastlabki asotiriy tushunchalarga ko‘ra inson yaratilgan mavjudot hisoblanadi. Shumerliklarning saqlanib qolgan miflari dan birida tasvirlanishicha, erkak va

ayol xudolar suv xudosi bo‘lgan eng dono Enkiga oziq-ovqat va ichimlik miqdorini ko‘paytirish usulini topishini so‘rab murojaat qiladilar. U Yer boyliklari xudosi bo‘lgan xotini Ninmax bilan birgalikda mastlik holatida loydan birinchi odamni nuqsonli qilib yasaydi. Loydan ikkinchi yasalgan odamlar erkak va ayol bo‘lgan. Birinchi insonning paydo bo‘lishi xususida qadimgi yunon miflarida hikoya qilinishicha, Olimp cho‘qqisida yashagan xudolardan odamlar tug‘ilgan. Nasroniylikning muqaddas kitobi «Injil»da aytilishicha , «…Yana Xudo: «O‘z suratimizga ko‘ra, O‘zimizga o‘xshash odamni yarataylik. U dengizdagi baliqlar, ko‘k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik qilsin», dedi … Xudovandi karim yerning tuprog‘idan odamni yasab, uning dimog‘iga hayot nafasini pufladi. Shu yo‘sinda odam tirik jon bo‘ldi» Qur’oni karimda bu jarayon quyidagicha ifodalangan : «…Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. So‘ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon) da maniy qildik. So‘ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go‘sht qilib yaratdik, bas, parcha go‘shtni uyaklar qilib yaratib, (bu) suyaklarga go‘sht qopladik, so‘ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik». Buddaviy dinida ta’kidlanishicha , voqelik nomoddiy zarracha hisoblangan dxarma harakatidan iborat. Bunda har bir alohida mavjudotga doim harakatda bo‘lgan kuchlarning o‘tkinchi yig‘indisi sifatida qaraladi. Jumladan, hayot ham abadiy qonunlarga ko‘ra va ularga bog‘liqlikda paydo bo‘lib, yana yo‘qolib turadi. Ko‘rinib turibdiki, diniy nuqtayi nazarlarda ham javoblar xilma xil. Shuning uchun qadimdanoq kishilar muqobil javoblarni topishga harakat qilishgan. Albatta, bunda tayanch nuqta bo‘lib asta-sekin to‘planib borgan ilmiy dalillar xizmat qilgan. Tabiatshunoslik dalillari Diniy ta’limotlarga muqobil ilgari surilgan nazariyalar o‘tmishda, ayniqsa,yangi zamonning boshlaridan Yevropada to‘plangan ma’lumotlar insonning paydo

bo‘lishiga doir avvalgi diniy nazariyalarga qarama-qarshi kelib qolgan edi. Masalan, tasodifan yoki maxsus izlanishlar tufayli topilgan turli xil suyaklarning , garchi ular boshqa biologik tur – hayvonlarga tegishli bo‘lsa-da, inson suyaklariga ham o‘xshashligi ma’lum bo‘ldi. Tadrijiylik ilmiy yo‘nalish nazariyasi Bu nazariyaga ko’ra hayvonlar, o’simliklar o’zining tuzilishini mukammallashtirib boradi va bunga tashqi ta’sir ham ta’sir qiladi deyilgan.Shunda hayvonlar yildan yilga rivojlanib inson qiyofasiga kelgan deb hisoblanadi . Inson kelib chiqishi to‘g‘risidagi ilmiy yo‘nalish organik olamdagi barcha mavjudotlarning rivojlanishi to‘g‘risida XIX asrda tabiatshunos olimlarning izlanishlari natijasi o‘laroq xiyla asoslab berilgan. Tadrijiylik nazariyasida qiyosiy anatomiya, fiziologiya va hozirgi mavjud turlarning rivojlanishi tarixiy ma’lumotlar, shuningdek, qirilib ketgan turlar haqidagi paleontologiya materiallari har tomonlama o‘rganilgan edi. Bu nazariya o‘z ichiga kishilik dunyosini qamrab olmasligi mumkin emasdi. Antropogenezning tadrijiylik nazariyasi ba’zi jihatlardan XVIII asrda Yevropada ilgari surilgan turli qarashlarning davomi sifatida maydonga kelgan. Darvinizm nazariyasi Tadrijiylik doirasidagi Darvin ta’limotiga ko‘ra insonning kelib chiqishi va mavjudligi tirik dunyodagi tabiiy tanlanish, irsiyat va o‘zgaruvchanlik omillari bilan belgilanadi. Charlz Robert Darvin «Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun kurashda maqbul zotlarning saqlanishi» (1859), «Madaniy o‘simliklarning va uy hayvonlarining o‘zgarishi» (1859), «Madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarining o‘zgarishi» (2 jildlik, 1871), «Inson va hayvonlarda emotsiyaning ifodalanishi» (1878) va boshqa asarlarida tirik tabiatning tadrijiy qiyofasini ishlab chiqdi. Biologiyaviy tushuntirish me’yorlari va ideallarini qayta qurdi. Darvinizm ta’limoti maydonga kelganda genetika fani to‘la shakllanib bo‘lmagan edi. Shuning uchun ham unda insonning biologiyaviy, ruhiy va ijtimoiy jihatlari o‘z aksini topmagan. Vernadskiy va Teyar de Sharden nazariyasi