logo

HARAKAT APPARATINING UMUMIY TA’RIFI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

566.212890625 KB
HARAKAT APPARATINING UMUMIY TA’RIFI
Reja:
1. Harakat birligi haqida tushuncha. Harakat birliging turlari;
2. Mushak qisqarishining mexanizm iva energiya bilan ta’minlanishi;
3. Mushak qisqarishining shakli va tiplari;
4.   Mushak   kuchi   va   unga   ta’sir   etadigan   omillar.   Silliq   mushaklarning
xususiyatlari. 1. Harakat birligi haqida tushuncha va uning turlari
Organizmning   tabiiy   faoliyat   sharoitida   tetanik   qisqarishga   asos   bo’ladigan
hodisalarning   umumiy   tasviri   bilan   mukammalroq   tanishmoq   uchun   skelet
mushaklarining   harakat   asabi   bilan   innervasiyalanishidagi   ba’zi   xususiyatlarga
to’xtab   o’taylik.   Orqa   miyaning   oldingi   shoxlaridagi   harakatlantiruvchi   hujayra
o’sig’i   bo’lmish   har   bir   motor   asab   tolasi   mushakning   bir   tolasi   emas,   balki
mushak   tolalarining   bir   guruhi   innervasiya   qiladi.   Bu   guruh   harakat   birlik   deb
ataladi   (11.1.1-rasm).   Odamning   turli   mushaklarida   harakat   birlik   tarkibiga
kiruvchi mushak tolalarining soni 10 dan 3000 gacha boradi. Aniqroq harakatlarni
bajaruvchi   ildam   mushaklarning   harakat   birliklarida   tolalar   hammadan   kam.
Masalan,   ko’z   mushaklarida   va  qo’l   barmoqlarining  mushaklarida   motor   birliklar
tarkibidagi   mushak   tolalari   10-25   ta,   ulardan   har   biri   bir   necha   asab   tolasidan
innervasiya   oladi.   Bunga   qarama-qarshi   o’laroq,   gavda   holatini   to’g’rilashda
qatnashadigan va aniq nazoratga ehtiyoj sezmaydigan sust  mushaklarning   harakat
birligida 2000 dan 3000 gacha tola bor. Boldir mushaklarning   harakat   birliklarida
1500 ga yaqin tola bor.
Mushaklar   odam   organizmida   asosiy   ish   bajaruvchi   (ishchi)   a’zolar-
effektorlar   hisoblanadi.   Odamda   ikki   tip   mushaklar:   ko’ndalang   targ’il   va   silliq
mushaklarning bo’lishi e’tirof etiladi.
Ko’ndalang-targ’il   mushaklar   skeletning   harakatlanishini,   ko’zni   harakatga
keltirishini   va   boshqa   muhim   harakatlarni   amalga   oshirishni   ta’minlovchi
funksional tizimlarni shakllantiradi. Ko’ndalang-targ’il mushaklar jumlasiga yurak
mushaklari ham kiradi. 11.1.1 - rasm. Harakat birligining tuzilishi. 1-orqa miya, 2-mushak tolalari, 3-harakat birligi,
4-motoneyron.
Odam   va   umurtqali   hayvonlarning   ko’ndalang-targ’il   mushaklari   markaziy
asab   tizimi   tomonidan   nazorat   qilinadi.   Ular   avtomatiyadan   marhumdirlar,   ya’ni
markaziy   asab   tizimi   buyrug’iga   qarab   ishlash   qobiliyatiga   ega   emas.   Ular
odamning   o’z   xoxishi   irodasiga   bo’ysunganligi   tufayli   ixtiyoriy   mushaklar
deyiladi.
Odamning   silliq   mushaklari   ichki   a’zolarga   xizmat   qiladi.   Ular   markaziy
asab tizimi tomonidan kuchsiz nazorat qiladi, hamda ularga avtomatizm va xususiy
intramural yoki metasimpatik asab turlanishi xos, bu narsa ularni ko’p jihatdan o’z-
o’zini boshqarishlarini ta’minlaydi. Silliq  mushaklarni  (shuningdek,   yurak  mushaklarini  ham)  ba’zan  noixtiyoriy
mushaklar   deb   yuritiladi,   bunda   uning   inson   xoxishi-irodasi   bo’yicha   nazorat
qilinmaganligi e’tiborga olinadi.
Odamda   ham   ko’ndalang-targ’il   va   ham   silliq   mushaklar   mavjud,   lekin
ularning xossalari va markaziy asab tizimiga munosabati biroz boshqacha.
Odam skeletmmg ko’ndalang-targ’il mushaklari juda ko’p miqdordagi alohida
olingan   mushak   tolalaridan   -   miofibrillalardan   tashkil   topgan   ular   umumiy
biktiruvchi   –   to‘qimali   qinda   joylashgan   va   skelet   bilan   birikkan   paylarga
mahkamlangan.
Ba’zi   mushaklarda   mushak   tolasini   hammasi   mushak   o’qi   uzunligi   bo’ylab
parallel-tolasimon   tipli   tarzda   joylashgan   bo’ladi.   Boshqa   xillarda   tolalar   bir
omondan markaziy pay tuguniga, boshqa tomondan esa tashqi pay qiniga birikadi
mahkamlanadi. Ko’ndalang kesimda bunday tuzilish qush patini esiatadi  patsimon
tip  (11.1.1-rasm) . 
Skelet   mushakining   har   bir   tolasi   bu   ingichka   (diametri   10   dan   100   mkm
gacha) ancha uzun (2-3 sm gacha), ko‘p yadroli yig‘ilma – simplast hujayralarning
birikishidan hosil bo‘ladi.
Bir qancha kimyoviy o’zgarishlar mushaklarning ishlashiga asos bo’ladi (103-
rasm). Shu reaksiyalarda bo’shab chiqadigan energiyadan mushak qisqarish  uchun
foydalanadi.   Binobarin,   mushak   energiyasining   manbai   kimyoviy   o’zgarishlardir.
Bu   kimyoviy   o’zgarishlarning   xususiyati   shuki,   murakkab   moddaning   oddiyroq,
tarkibiy   qismga   bo’linish   jarayonni   parchalangan   moddaning   tiklanishiga
chambarchas   ulanib   ketadi.   Navbatdagi   har   bir   reaksiya   shuning   uchun   zarur
energiyani beradi (11.1.2-rasm).  11.1.2- rasm .  Miozinning   qisqarish   tasviri .
Mushakda   ro ’ y   beradigan   kimyoviy   reaksiyalar   ikki   fazaga   bo ’ linadi :  kislorod
kerak   bo ’ lmaydigan   birinchi   faza ,   ya ’ ni   kislorodsiz   faza   va   ikkinchi   faza ,   ya ’ ni
kislorodli   faza .
Kislorodsiz   ( anaerob )   faza .   Mushakning   qisqarishi   uchun   zarur   energiya
anaerob   fazada   bo ’ shab   chiqadi .   Bu   fazada   mushakdagi   fosforli   birikmalar
parchalanadi. 
Bunday   birikmalarga   adenozintrifosfat   kislota   (ATF)   kiradi.   Reaksiyalar
ATFning adenil va fosfat kislotalarga parchalanishidan boshlanadi. Bu reaksiyada
ancha energiya ajralib chiqadi, mushaklar ish bajarish   uchun ana  shu energiyadan
foydalanadi.  ATF parchalangandan keyin kreatin-fosfat kislota kreatin bilan fosfat
kislotaga   parchalanadi.   Kreatinfosfat   kislota   parchalanganda   bo’shab   chiqadigan
energiya     adenil   va   fosfat   kislotalardan   yana   ATF   sintez   qilinishiga   sarf   bo’ladi.
Kreatinfosfat   kislota   parchalangandan   keyin   glikogen   bilan   fosfat   kislota
birikmasi-geksofosfat   parchalanib,   sut   kislotasi   bilan   fosfat   kislota   hosil   bo’ladi.
Bunda   ajralib   chiquvchi   energiya   kreatinfosfat   kislotaning   qaytarilishiga   sarf
bo’ladi.   Shunday   qilib,   ketma-ket   keluvchi   shu   reaksiyalar   natijasida   ATF   va
kreatinfosfat   kislota   qaytariladi,   faqat   glyukozaning   o’zi   sut   kislotasigacha
parchalanadi.   Shu   kimyoviy   o’zgarishlar   zanjiri   aniqlanib,   asosiy   energiya
mambalari   -   ATF   va   kreatinfosfat   kislota   tamomila   qaytarilishi     ma’lum
bo’lgandan   keyingina   kislorodsiz   muhitda   baqa   mushakning   1500   marta   qisqara olish   sababi   ochib   berildi.   Anaerob   sharoitda   baqa   mushakining   bunday   ko’p
qisqarish   sababi   shuki,   adenozintrifosfat   va   kreatinfosfat   kislotalar   qaytarilishi
uchun kislorod bo’lishi  shart emas. Ammo keyinchalik mushakning ish qobiliyati
baribir kamayadi, provardida mushak ishlamay qoladi. Keyingi reaksiyalar  uchun
kislorod   zarurligi,   navbatdagi   reaksiyalar   esa   kislorodli   (yoki   aerob)   fazada-
kislorod ishtirokidagina yuzaga chiqishi ma’lum bo’ldi.
B) Kislorodli (aerob) faza . Kislorod ishtirokida sut kislotasi parchalanib, suv
va karbonat angidrid hosil bo’ladi. Ammo sut kislotasining hammasi ham suv bilan
karbonat angidriga parchalanmay, faqat 1/3 qismi parchalanadi. Bu reaksiyada ham
energiya ajralib chiqadi.
11.1.3-rasm. Mushak qisqarishida energiyaning hosil bo’lish jarayoni .
Sut   kislotasining   1/3   qismi   oksidlanganda   bo’shab   chiqadigan   energiyadan
foydalanib, qolgan  2/3 qismi yana glikogenga aylanadi. 
Shunday   qilib,   bir   qancha   juda   murakkab   kimyoviy   o’zgarishlar   ro’y
berishiga qaramay. mushaklarning qisqarishiga organizmning qiladigan sarfi faqat
bir qism glikogenni yo’qotishidan iborat bo’ladi.
Odam   va   hayvonlarning   mushaklari   qisqarish   va   ish   bajarish   uchun   zarur
energiyani   kimyoviy   reaksiyalar   natijasida   oladi   va   bu   energiyani   mexanik
energiya bilan issiqlik energiyasiga aylantiradi. 
Kimyoviy   reaksiyalar   natijasida   bo’shab   chiqadigan   energiyaning   ko’p
deganda 30 % ini mushaklar ishlata oladi.
Shunday   qilib,   mushak   qisqarishidagi   asosiy   hodisa   mushak   tolasining
qisqarishidan   iborat.   Ayni   vaqtda   tolaning   tabiiy   uzunligi   kamayib,   mushak mexanik ish bajaradi. Yuqorida aytganimizdek, mushak qisqarish uchun ATFning
parchalanishidan energiya oladi. Mushakning qisqarishi  esa mushak oqsili-miozin
molekulasining qisqarishi hisobiga ro’y beradi. 
Mushakka   kelgan   qo’zg’olish   to’lqini   mushak   tolalarida   fizikaviy   va
kimyoviy   o’zgarishlarni   vujudga   keltiradi,   jumladan   tola   ichidagi   kaliy   ionlari
miqdori   kamayadi,   kalsiy   ionlari   miqdori   esa   oshadi.   Bu   o’zgarishlarning   sababi
miozin   molekulasining   qisqarishidadir.   Miozinning   yana   bir   xossasi   bor:   4
adenozintrifosfat kislotaning hosil bo’lishiga imkon beradi.
Mushak   tolasining   asosiy   xususiyati   –   uning   protoplazmasida
(sarkoplazmasida)   ko’p   miqdordagi   ingichka   (diametri   1   mkm)   iplar-
miofibrillalarning   bo’lishi,   ular   tolaning   uzun   o’qi   bo’ylab   joylashgan   bo’ladi
(11.1.3.-   rasm).   Miofibrillalar   navbatma-navbat   keladigan   yaltiroq   va   to’k
qismlardan   tashkil   topadi.   Bu   narsa   mushak   tolasiga   doimiy   ravishda   ko’zga
tashlanadigan ko’ndalang tasvirlilik (ko’ndalang-targ’illik) ni ifodalaydi. Bita to’k
va   unga   kelib   qo’shiladigan   Z   chiziqlari   bilan   ajralib   turadigan   ikkita   yaltiroq
kompleksini sarkomer deyiladi.
11.1.4-rasm. Parallel-tolasimon (A) va patsimon (B) mushaklarning sitoarxitektonikasi. A-
tola tuguni yo’nalishi mushakning uzun o’qiga mos keladi: B-tolalar uzun mushakga o’tkir
burchak bilan yo’nalgan.
Miofibrillar   aniqrog’i   ularning   sarkomerlari   bu   qisqartiruvchi   apparat   bo’lib,
mushak tolasining motoridir (11.1.4-rasm).  Ko’ndalang   targ’il   mushak   tolalarining   miofibrillalari   uzunasiga   to’g’ri
navbatlanuvchi  qism  (disk)larga bo’lingan, bular  optik xossalari  bilan farq qiladi.
Bu   disklardan   ba’zilari   nurni   ikki   marta   sindiradi,   ya’ni   anizotrop   bo’ladi,   ular
oddiy   yorug’likda   qaramtir   ko’rinadi.   Diskning   boshqa   bo’laklari   odatdagi
yorug’da och ko’rinadi, ya’ni nurni ikki marta sindirmaydi, izotrop bo’ladi.
Ko’ndalang-targ’il   mushaklarini   innervasiyasi   orqa   miya   yoki   miya   ustuni
motoneyronlari evaziga yuz beradi. Bitta neyron o’z aksonining tarmoqlari  orqali
bir   necha   mushak   tolalarini   innervasiyalaydi.   Bir   motoneyron   va   u
innervasiyalaydigan  mushak  tolalari  kompleksini  harakat  yoki  motoneyron birligi
deyiladi. 
Mushaklarda   innervasiya   jarayoni   “nozik”   harakatlar   uchun   moslashgan,
harakatlarni   amalga   oshiruvchi   mushaklar   (barmoq,   til,   ko’zning   tashqi
mushaklari) asab tolalaridan muntazam ravishda axborot olib turadi.
Mushak   tolalarining   yakka   va   ko’p   sonli   innervasiya   tiplari   farqalanadi.
Ko’pincha   uncha-muncha   yakka   tarzdagi   innervasiyalanish   tipi   uchraydi.   Odatda
ular   yirik   metoneyronlarning   aksoni   orqali   shakllanadi.   Motor   innervasiyali
mushak   tolalari   asab   impulslariga   javoban   tola   bo’ylab   tarqaluvchi   ta’sir
potensialini   yuzaga   keltiradi.   Ularni   ko’pincha   tez   ta’sirli   tolalar   deb   yuritiladi,
chunki ular qisqarishni tez keltirib chiqaradi.
Mushak   tolalarining   ko‘p   sonli   innervatsiya   tipii   odamning   skelet
mushaklarida   hamda   ko‘zlarni   tashqi   mushaklarida   uchraydi,   bu   mushaklarda
yakka tartibda.
Ko‘p   sonli   innervatsiyada   har   bir   mushak   tolasida   bir   yoki   necha
motoneyronlardan chiqqan ko‘pdan-ko‘p harakat sinapslar joylashadi.
Qisqarish   jarayoni   bu   yerda   yakka   innervasiyalangan   tolalardagiga   nisbatan
ancha   sekin   amalga   oshadi,   shuning   uchun   bu   tolalarni   sekin   ta’sirli   tolalar
deyiladi.   11.1.5-rasm. Mushak tolasi (I) va miofibrillaning (II) tuzilishi.
A-anizotrop disklar, I-izotrop disklar, H va Z- plastinkalar. Mushak qisqarishi paytida aktin
va miozin iplarning siljish tasviri: I va II-mushak bo’shaganda, III-mushak qisqarganda
(Dj.Bendollu, 1970 bo’yicha)
Shunday   qilib,   mushaklarning   asosiy   fiziologik   xossalari-ularning
qo’zg’aluvchanligi,   o’tkazuvchanligi   va   qisqaruvchanligidir.   Bu   xossalar
mushaklarning kaltalanishida, yoki taranglanishida namoyon bo’ladi.
2. Miografiya
Mushak   qisqarishini   qayd   qilish   uchun   miografiya ,   ya’ni   mushakning   bir
uchiga birlashtirilgan richag yordamida yozib olish usuli qo’llaniladi. Richagning
bo’sh   turgan   uchi   kimograf   lentasida   qisqarish   egri   chizig’ini   -   miogrammani chizib turadi. Mushak  qisqarishini bu usulida qayd qilish murakkab asbob-uskuna
talab   qilmaydi,   ammo   kamchiligi   ham   bor,   u   ham   bo’lsa   shuki,   richag   inersiyali
bo’lgani   uchun   kimograf   lentasiga   ishqalanganda   yozuvni   bir   muncha   buzib
qo’yadi.   Bu   kamchilikning   oldini   olish   uchun   hozirgi   vaqtda   mexanik
o’zgarishlarni   elektr   tokning   kuch   tebranishlariga   aylantiruvchi   maxsus   datchik
qo’llanilmoqda.   Elektr   tokini   kuch   tebranishlari   shleyf   yoki   katod   ossillografi
yordamida qayd qilinadi. 
3. Mushak qisqarishining shakli va tiplari
Asab-mushak preparatining asabiga bir marta qisqa vaqt ta’sir etilsa, mushak
yakka   qisqaradi.   Mushak   asabdan   bir   impuls   olib,   unga   bir   marta   javob   beradi.
Yakka   qisqarish   uch   fazaga   bo’linadi:   qisqarishning   latent   (yashirin)   davri,
qisqarish fazasi, bo’shashish fazasi.
Yaxlit bir butun organizmda normal sharoitda mushaklar yakka qisqarmaydi,
chunki   mushaklarga   markaziy   asab   tizimidan   hamisha   bir   talay   impulslar   kelib
turadi.   Mushakga   ko’pincha   ketma-ket   keluvchi   bir   qancha   impulslar   kirganda
mushak   bunga   javoban   uzoq   qisqaradi.   Impulslarning   tez-tez   kelib   turishi   tufayli
mushakning shu tariqa uzoq qsiqarishi  tetanik  yoki  tetanus  deb ataladi.
Tetanik   qisqarishni   yuzaga   chiqarmoq   uchun   impulslar   o’rtasidagi   interval
yakka   qisqarish   davriga   qaraganda   kaltaroq   bo’lishi   kerak,   aks   holda   mushak
ketma-ket   yakka   qisqaradi.   Binobarin,   tetanus   kelib   chiqishi   uchun   zarur   shart
shundan   iboratki,   avvalgi   ta’sirot   tufayli   paydo   bo’lgan   qisqarish   hali   tamom
bo’lmasdan   turib,   navbatdagi   ta’sirotni   berish   kerak.     Shu   shartga   rioya   qilganda
ham ikki xil tetanik qisqarish ro’y beradi: tishli tetanus va silliq tetanus.
Tetanik   qisqarish   balandligi   (amplitudasi)   yakka   qisqarishning   balandligidan
ancha yuqori bo’ladi, chunki ritmik ta’sirotda qo’zg’alishning har bir yangi to’lqini
mushaklarning   qo’shimcha   qisqarishini   paydo   qiladi.   Bu   qisqarish   avvalgi
qisqarishga qo’shilib ketadi ( summasiya hodisasi ). G.Gelmgols (1847) navbatdagi har   bir   impulsda   mushak   shu   payt   bo’shashib   turganday   kaltanaveradi   deb   farz
qilib, bu jarayonga  superpozisiya , ya’ni qisqarishlarning taxlanishi deb nom berdi.
Mushak   qisqarishining   ikki   turi:   izotonik   va   izometrik   qisqarish   tafovut
qilinadi. 
Izotonik   qisqarish   mushakning   shunday   qisqarishiki,   unda   tolalari   kalta
tortadi-yu, tarangligi doimiy bo’lib qolaveradi. Mushakning bemalol yuk ko’tarishi
izotonik   qisqarishga   misol   bo’ladi,   yuk   bunda     mushakning   doimiy   tarangligiga
sabab bo’ladi.
Izometrik   qisqarishda   mushak   kaltalana   olmaydi   masalan,   mushakning   ikki
uchi qimirlamay yopishib turganda shunday bo’ladi. Bu holda mushak tolalarining
uzunligi   o’zgarmaydi-yu,   tarangligi   oshadi.   Izometrik   qisqarishni   qayd   qilish
uchun   mushakga   deyarli   kalatalanish   imkonini   bermaydigan   qattiq   prujina
biriktirilib,   mushakni   ishlashga   majbur   etiladi.   Bu   holda   har   xil
kuchaytirgichlardan foydalanib, mushakning   juda oz (bir necha mikron chamasi)
kaltalanishni   yozib   oladi.   Bu   kaltalanish   aslida   mushakning   taranglashini   aks
ettiradi.   Odam   statikani   saqlab   zo’r   berganda   mushaklari   shu   xilda   faoliyat
ko’rsatadi.
Qo’zg’alishni vujudga keltirish uchun, binobarin, mushakni qisqartirish uchun
asabni  ta’sirlash   vositali ta’sirlash   deb, to’g’ridan-to’g’ri mushakni  ta’sirlash esa
bevosita ta’sirlash  deb ataladi (11.3.1-rasm).
Mushak   faoliyatining   izometrik   sharoitlari   deganda,   mushak   uzunligi
o‘zgarmasdan   turib,   uning   kuchi   yuzaga   chiqishi   tushuniladi.   «Izometrik»   so‘zi
«uzunligi doimiy» demakdir. 11.3.1-rasm. Mushakning qisqarishini yozib olish va unda hosil bo’ladigan egri chiziq.
Mushak kuchini rivojlantirishning izometrik usuli, ya’ni izometrik mashqlami
qo‘llanishi sportda mushak kuchini rivojlantirish bo‘yicha keng ommaviy tus olishi
bilan   birga,   hatto   jarohatlangandan   keyin   klinikada   normal   funksiyani   tiklashda
ham   kuchli   vosita   sifatida   qo‘llaniladi.   Mushakning   izometrik   rejimdagi   ishida
harakatning   faqat   qo‘llanilayotgan   mashqqa   tegishli   yo‘nalishi   bo‘yicha   kuch
ortishi kuzatiladi. Bu rejimda mashq qilish orqali erishilgan kuch dinamik tusdagi
ishda   deyarli   bilinmaydi.   Izometrik   mashqlar   bilan   shug‘ullanishning   afzalligi
shundaki,   ayrim   mushak   guruhlariga   shiddatli   mahalliy   ta’sir   berish   imkoniyati
vujudga   keladi;   mahalliy   statik   kuchlanishlarda   sport   texnikasi   asosiy
elementlarining   kinestetik   sezgilari   eng   ko‘p   yuzaga   chiqadi,   bu   hoi   quwatning
sifatlarini   oshirish   bilan   bir   qatorda,   uning   ayrim   ko‘rsatkichlarini
takominlashtiradi   (V.V.Kuznesov,   1970).   Statik   mashqlami   bajarishda   mashq
oldidan   chuqur   nafas   olish   va   mashq   vaqtida   nafasni   bir   necha   soniya   ushlash,
mashqning tugashi qismida sekin nafas chiqarish kabi mashg‘ulotlar nafasning eng
yaxshi texnikasi bo‘ladi.
Izometrik   mashqlami   qo‘llashda   Xattinger   (1966)   maksimal   kuchining   50-
40%  ni  optimal  bo‘lishini  aniqlangan. Maksimal  kuchning 20-30 %  i esa,  kuchni
mutlaqo o‘zgartirmaydi.
Odatdagi   og‘irliklar   (masalan   shtanga)   bilan   dinamik   rejimdagi   mashqlami
bajarishda butun harakat davomida qarshilik doimiy ravishda bo‘ladi. Kuchni   rivojlantirish   bo‘yicha   odatdagi   dinamik   ishlaming   turli-tuman
usullari   mushakning   a’zosiga   har   tomonlama   ta’sir   ko‘rsatadi,   kuch   sifatlari   va
texnik   ustalikning   asosiy   elementlarini   birgalikda   takominlashtiradi.
Mushaklaming   yengiladigan   va   yon   beradigan   rejimlaridagi   ishlarining   bir-biriga
qo‘shilishi  ancha  katta amplitudali  harakatlami  bajarish  imkonini  beradi, bu kuch
sifatlarining yuzaga chiqishi va rivojlanishi uchun ijobiy omil bo‘ladi.
. Sillik mushaklarning xususiyatlari
Odam organizmdagi silliq mushaklar, ichki a’zolar, tomirlar va terida bo’ladi.
Silliq mushaklar bir qadar sekin harakat qiladi va uzoq tonik qisqarishlarga qodir
bo’ladi.
Kavak a’zolar: me’da, ichak, hazm bezlarining yo’llari, qovuq (siydik pufagi),
o’t   pufagi   va   boshqalar   devoridagi   silliq   mushaklarning   ko’pincha   ritm   bilan   bir
qadar sekin qisqarishi, o’sha kovak a’zolar ichidagi suyuqlikning siljib borishini va
tashqariga   chiqarilishini   ta’minlaydi.   Ichak   mushaklarining   mayatniksimon   va
peristaltik harakatlari bunga misol bo’la oladi. 
Silliq mushaklarning uzoq tonik qisqarishlari kavak a’zolarning sfinkterlarida
ayniqsa   yaqqol   ko’rinadi:   ularning   tonik   qisqarishi   a’zo   ichidagi   suyuqlikning
chiqib   ketishiga   to’sqinlik   qiladi.   Bu   esa   o’t   pufagiga   o’tning   va   qovuqda
siydikning to’planishi, to’g’ri ichakda axlatning shakllanishi va shunga o’xshashlar
uchun zarur shartdir.
Qon   tomirlari,   ayniqsa   arteriyalar   va   arteriolalarning   devorlaridagi   silliq
mushaklarda   ham   ro’y-rost   tonus   bor.   Arteriyalar   devoridagi   mushak   qavatining
tonusi   arteriyalar   diametrining   kattaligini   idora   etadi,   shu   bilan   qon   bosimining
darajasini va a’zolarning qon ta’minotini tartibga soladi.
Silliq   mushaklar   tonusi   va   harakat   funksiyasini   vegetativ   asab   tizimi   orqali
keluvchi impulslar va gumoral ta’sirotlar boshqaradi .
Silliq   mushakning   juda   plastikligi,   ya’ni   o’z   tarangligini   o’zgartirmay
cho’zilishdan   keyingi   uzunligini   zo’r   bermasdan   saqlay   olish   qobiliyati   uning muhim   xossasidir .   Plastikligi   kam   skelet     mushaki   bilan   ro’y-rost   plastik   silliq
mushak   o’rasidagi   tafovutni   aniqlash   uchun   ularni   avvaliga   sekin-asta   cho’zib,
keyin   shu   cho’zuvchi   yukni   olib   qo’yish   kifoya.   Yuk   olingandan   keyin   skelet
mushaki   darhol   kaltalanadi.   Bunga   qarama-qarshi   o’laroq,   silliq   mushak   biron
ta’sirot   tufayli   faol   ravishda   qisqarmaguncha   yuk   olingandan   keyin   ham
cho’zilganicha qolaveradi.
Plastiklik   xossasi   kavak   a’zolar,   masalan,   qovuq   devoridagi   silliq
mushaklarning   mu’tadil   faoliyati   uchun   juda   katta   ahamiyatga   egadir,   qovuq
devorlaridagi   silliq   mushaklar   plastik   bo’lgani   uchun   qovuq   ozmi-ko’pmi
to’lganda ichidagi bosim nisbatan kam o’zgaradi.
5. Silliq mushakning qo’zg’aluvchanligi va qo’zg’alishi
Silliq   mushaklar   skelet   mushaklariga   qaraganda   kamroq   qo’zg’aluvchan:
ularning  ta’sirlanish   bo’sag’alari  ortiqroq,  xronaksiyasi   esa   uzunroq.  Aksari   silliq
mushak tolalarining harakat potenisallari kichik amplitudali (skeletning ko’ndalang
targ’il   mushak   tolalarida   120   mv   o’rniga   60   mv   chamasi)   bo’lib,   uzunligi   ham
ortiq, ya’ni 1-3 soniya davom etadi.
Odam   tanasida   silliq   mushaklarning   ko’pgina   turli-tuman   tiplari   mavjud.
Tanamizdagi   kavak   a’zolarning   ko’pchiligini   sinsitiy   tipida   tuzilgan   silliq
mushaklar qoplangan. Bunday mushaklarning ayrim tolalari bir-biriga jips taqalib
turadi,   shu   sababli   ular   morfologik   jihatdan   yaxlit   bir   butun   degan   tassurot
tug’iladi.   Ammo   mushak   sinsitiysining   ayrim   tolalari   o’rtasida   membrana   va
protoplazmatik   uzluksiz   emasligi:   ular   ingichka   (200-500   A 0
)   yoriq   bilan
ajralganligi   elektron   mikroskopda   tekshirib   aniqlangan.   “Sinsitiydan   tuzilish”
tushunchasini   hozir   morfologik   tushuncha   deyishdan   ko’ra   fiziologik   tushuncha
deyish to’g’riroq bo’ladi.   Sinsitiy   - harakat potensiallarining va qutbsizlanish sust
to’lqinlarining   bir   toladan   ikkinchi   tolaga   bemalol   tarqalishini   ta’minlaydigan
funksional   tuzilmadir.   Asab   oxirlari   sinsitiy   tolalarining   ozgina   bir   qismida   bor.
Lekin   qo’zg’alish   (asab   impulsi)   mushak   tolalarining   ozgina   bir   qismiga   o’tsa, qo’zg’alishning   bir   toladan   ikkinchi   tolaga   beto’xtov   tarqalishi   tufayli   butun
mushak reaksiyasiga tortilishi mumkin. 
Ba’zi   silliq   mushaklarda,   masalan,   ko’zning   kipriksimon   mushakida   yoki
rangdor   pardaning   radial   mushakida   tolalar   alohida-alohida   joylashgan   (diskret
tipda   tuzilgan)   bo’lib,   har   birining   skelet   mushaki   tolalariga   o’xshash   mustaqil
innervasiyasi bor. 
Silliq   mushakning   qisqarishi .   Yakka   ta’sirot   kuchi   katta   bo’lganda   silliq
mushak qisqarishi  mumkin. Bu mushakning  yakka qisqarish yashirin  davri  skelet
mushagiga   qaraganda   kattaroq,   masalan,   quyonning   ichak   mushaklarida   0,25-1
soniyagacha   yetadi,   quyon   me’dasida   5   soniyagacha,   baqa   me’dasida   esa   1
daqiqaga yetadi  va  undan ham  oshadi. Silliq mushak qisqargandan  keyin ayniqsa
sekin   bo’shashadi.   Silliq   mushaklarda   qisqarish   to’lqini   ham   juda   sekin   tarqalib,
soniyaga atigi 3 sm ga yaqin yo’l bosadi. Biroq, silliq mushaklar sekin qisqargani
bilan kuchi katta. Masalan, qushlar me’dasining mushaklari ko’ndalang kesimining
1 sm 2
 ga 1 kg hisobida yuk ko’tara oladi.
Silliq   mushakning   tonusi.   Silliq   mushak   sekin   qisqargandan,   hatto   ritmik
ta’sirotlarda   ham   uzoq   va   turg’un   qisqarish   holatiga   osonginga   o’tadi,   bu   holat
skelet   mushaklarining   tetanusiga   o’xshaydi.   Biroq,   silliq   mushak   ana   shunday
turg’un qisqarish holatida turgani bilan energiyani juda kam sarf qiladi va shu bilan
ko’ndalang targ’il mushak tetanusidan farq qiladi. 
Silliq   mushaklarning   skelet   mushaklariga   nisbatan   ko’p   marta   sekinroq
qisqarishi   va   bo’shashining   sabablari   ham   batafsil   aniqlangani   yo’q.   Ma’lumki,
skelet mushaklarining miofibrillalari kabi, silliq mushak miofibrillalari ham miozin
bilan   aktindan   iborat.   Biroq,   silliq   mushaklar   kundalang   targ’il   emas,   ularda   Z
membrana yo’q va sarkoplazma ancha ko’p bo’ladi. Silliq mushak tolalarining shu
tizim xususiyatlari ularni sekin qisqarishiga sabab bo’lsa kerak. Silliq mushaklarda
moddalar   almanishuvining   bir   qadar   past   darajada   ekanligi   ham   shundan   kelib
chiqadi.
Silliq   mushaklar   avtomatiyasi .   Silliq   mushaklarning   skelet   mushaklaridan
farq   qiladigan   xarakterli   xususiyati   shuki,   spontan,   avtomatik   faoliyatga   qodir bo’ladi. Me’da, ichak, o’t pufagi, siydik yo’llari va boshqa bir qancha a’zolarning
silliq mushaklarini tekshirganda ularning avtomatik qisqarishini kuzatsa bo’ladi.
Silliq mushaklar avtomatiyasi miogen yo’l bilan kelib chiqqan. Bu avtomatiya
mushak tolalarining o’ziga xos bo’lib, uni silliq mushakli a’zolar devoridagi asab
elementlari   idora   etadi.   Ichak   devorining   asab   chigillaridan   sinchiklab   xolos
qilingan   mushak   bo’laklari   ustidagi   tajribalar   avtomatiyaning   miogen   yo’l   bilan
kelib   chiqqanini   isbot   etadi.   Kislorod   bilan   boyitiladigan   Ringer-Lokk   eritmasiga
shunday mushak bo’laklari solinganda ular avtomatik ravishda qisqara oladi. O’sha
mushak   bo’laklarida   asab   hujayralarinini   yo’qligi   keyingi   gistologik
tekshirishlarda ham aniqlanadi.
6. Silliq mushaklarning ta’sirlovchilari.
Silliq   mushaklarning   tez   va   kuchli   cho’zilishi   ularning   muhim   fiziologik
adekvat   ta’sirlovchilaridan   biri   hisoblanadi.   Cho’zilish   natijasida   mushak
tolasining membranasi qutbsizlanib, tarqaluvchi harakat potensiali vujudga keladi.
Pirovard natijasida mushak qisqaradi. 
Silliq   mushaklarning   yana   bir   xususiyati   shuki,   ular   ba’zi   kimyoviy
ta’sirlovchilarga,   jumladan   parasimpatik   asab   tolalarining   oxirlaridan   ajralib
chiqadigan   asetilxolinga,   buyrak   usti   bezlaring   mag’iz   moddasidan   va   simpatik
asab   tolalarining   oxirlaridan   ishlanib   chiqadigan   noradrenalinga,   shuningdek
boshqa   bir   qancha   moddalar   (gistamin,   serotonin,   dofamin,   neyropeptidlar)ga
yuksak   darajada   sezuvchan   bo’ladi.   Bu   modda   (agent)larning   turli   silliq
mushaklarga ta’sir ko’rsatish natijasi bir xil emas. Masalan, me’da-ichak yo’lidagi
silliq   mushaklar   uchun   asetilxolin   qo’zg’atuvchi   modda,   adrenalin   esa
tormozlovchi modda hisoblanadi. Qon tomirlar devoridagi mushaklar esa adrenalin
ta’siri   bilan   qisqaradi,   asetilxolin   esa   ularni   bo’shashtiradi.   Bu   tafovutlarni   boisi
shundaki,   yuqorida   aytilgan   agentlar   turli   silliq   mushak   hujayralarida membrananing   ion   o’tkazuvchanligini   va   shunga   yarasha   membrana   potensialini
turlicha o’zgartiradi.
Ta’sirlovchi   agent   membrananing   qutbsizlanishini   vujudga   keltirsa,
qo’zg’olish   kelib   chiqadi,   aksincha,   membrana   kimyoviy   agent   ta’sirida
giperpolyarizasiyalansa, faolligi kamayadi va binobarin, silliq mushak bo’shashadi.
Silliq   mushaklarga   simpatik   va   parasimpatik   asablardan   tolalar   keladi,   bu
asablar esa, odatdagidek,  mushak tolalariga qarama-qarshi ta’sir ko’rsatadi.
Mushaklarga zo’r keladigan ishda mashq qilgan kishining yurak urishi bir oz
tezlashgani   holda   qonning   sistolik   hajmi   oshadi   va   shuning   hisobiga   yurakning
daqiqalik   hajmi   ko’payadi;   mashq   qilmagan   kishilarda   esa   sistolik     hajmi   sal
oshgani holda yurak tez-tez urib, daqiqalik hajmi shuning hisobiga ko’payadi.
Mashq qilgan kishilarda qonning kislorod sig’imi ko’payadi, qon reaksiyasi u
qadar o’zgarmaydi va hokazo.
Mashq   qilish   markaziy   asab   sistemasining   faoliyatiga   bevosita   bog’liq.
Xarakat   qilishga   doir   ko’nikmalar   ixtiyoriy   harakatlardir,   shu   tufayli   ular   bosh
miya po’stlog’ining shartli reflektor faoliyatiga asoslanadi. Yuqorida tasvir etilgan
o’zgarishlarning   hammasi   ham   bosh   miya   katta   yarim   sharlari   po’stlog’ining
faoliyatiga   bog’liq.   Mashq   qilish,   chidamli   bo’lish,   organizmni   chiniqtirish,
mushaklarni   unumli   ishlatishning,   shuningdek   sabot-matonat   hosil   qilishning
birdan-bir usulidir.
Dj.Styuart   Fox   (1993)   ta’kidlanganidek,   “sekin-asta   va   muntazam   mashq
qilish-umuman   olganda,   muvaffaqiyatli   va   unumli   ishlash   uchun   eng   ishonchli
usulidir. Adabiyot
1.   Agadjanyan   N.A.,   Tell   L.Z.   Sirkin   V.I.,   CHesnokova   S.A.   Fiziologiya
cheloveka. Uchebnik. – S. Pb., «Sotis», 1998, 527. s.
2.   Agadjanyan N.A., Vlasova I.G., Ermakova N.V., Troshin V.I. M.: Izd-vo
Rossiyskogo universiteta drujb ы  narodov, Osnov ы  fiziologii cheloveka. 2004, 383
s.
3.  Nuritdinov E.N. Odam fizologiyasi. Toshkent, «Aloqachi», 2005, 505 b.
4. SHmidt R., Tevs M. Fiziologiya cheloveka (per s angl v 3 x tomax), 1996.
5.   Raff   G.   Sekret ы   fiziologii.   –   Spb,   Izd-vo   «Binom»,   2001,   448   s   (per.   s
angl).
6. Sudakov K.V. Fiziologiya. Osnov ы   i funksionaln ы e sistem ы . Kurs leksiy.
«Meditsina», 2000, 778 s.
7. Smirnov V.M. Fiziologiya cheloveka. – M., «Meditsina», 2001, 606 s.
8. Qodirov U.Z. Odam fiziologiyasi (o‘quv adabiyoti). Toshkent, Abu Ali ibn
Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1996, 479 b.
9. Best, Taylor. Physiolohical Basis of Medical practice. USA, 1990.
10. Chatterill. Human physiolohical. Medical alied agensy. – Yndia, Calcutta,
1993, 510 s.
11. Stuart Y. Fox. Human physiolohical. WKB and Oxford. – England., 1993.
12. Kostil D.L. Fiziologiya sporta i dvigatelnoy aktivnosti, K.: Olimpiyskaya
literatura, 1997b 504 s.
13. Mormand D., Xeller L. Fiziologiya serdechno-sosudistoy sistem ы . – Spb,
Izd-vo Piter, 2000, 250 s. ( per. s angl).

HARAKAT APPARATINING UMUMIY TA’RIFI Reja: 1. Harakat birligi haqida tushuncha. Harakat birliging turlari; 2. Mushak qisqarishining mexanizm iva energiya bilan ta’minlanishi; 3. Mushak qisqarishining shakli va tiplari; 4. Mushak kuchi va unga ta’sir etadigan omillar. Silliq mushaklarning xususiyatlari.

1. Harakat birligi haqida tushuncha va uning turlari Organizmning tabiiy faoliyat sharoitida tetanik qisqarishga asos bo’ladigan hodisalarning umumiy tasviri bilan mukammalroq tanishmoq uchun skelet mushaklarining harakat asabi bilan innervasiyalanishidagi ba’zi xususiyatlarga to’xtab o’taylik. Orqa miyaning oldingi shoxlaridagi harakatlantiruvchi hujayra o’sig’i bo’lmish har bir motor asab tolasi mushakning bir tolasi emas, balki mushak tolalarining bir guruhi innervasiya qiladi. Bu guruh harakat birlik deb ataladi (11.1.1-rasm). Odamning turli mushaklarida harakat birlik tarkibiga kiruvchi mushak tolalarining soni 10 dan 3000 gacha boradi. Aniqroq harakatlarni bajaruvchi ildam mushaklarning harakat birliklarida tolalar hammadan kam. Masalan, ko’z mushaklarida va qo’l barmoqlarining mushaklarida motor birliklar tarkibidagi mushak tolalari 10-25 ta, ulardan har biri bir necha asab tolasidan innervasiya oladi. Bunga qarama-qarshi o’laroq, gavda holatini to’g’rilashda qatnashadigan va aniq nazoratga ehtiyoj sezmaydigan sust mushaklarning harakat birligida 2000 dan 3000 gacha tola bor. Boldir mushaklarning harakat birliklarida 1500 ga yaqin tola bor. Mushaklar odam organizmida asosiy ish bajaruvchi (ishchi) a’zolar- effektorlar hisoblanadi. Odamda ikki tip mushaklar: ko’ndalang targ’il va silliq mushaklarning bo’lishi e’tirof etiladi. Ko’ndalang-targ’il mushaklar skeletning harakatlanishini, ko’zni harakatga keltirishini va boshqa muhim harakatlarni amalga oshirishni ta’minlovchi funksional tizimlarni shakllantiradi. Ko’ndalang-targ’il mushaklar jumlasiga yurak mushaklari ham kiradi.

11.1.1 - rasm. Harakat birligining tuzilishi. 1-orqa miya, 2-mushak tolalari, 3-harakat birligi, 4-motoneyron. Odam va umurtqali hayvonlarning ko’ndalang-targ’il mushaklari markaziy asab tizimi tomonidan nazorat qilinadi. Ular avtomatiyadan marhumdirlar, ya’ni markaziy asab tizimi buyrug’iga qarab ishlash qobiliyatiga ega emas. Ular odamning o’z xoxishi irodasiga bo’ysunganligi tufayli ixtiyoriy mushaklar deyiladi. Odamning silliq mushaklari ichki a’zolarga xizmat qiladi. Ular markaziy asab tizimi tomonidan kuchsiz nazorat qiladi, hamda ularga avtomatizm va xususiy intramural yoki metasimpatik asab turlanishi xos, bu narsa ularni ko’p jihatdan o’z- o’zini boshqarishlarini ta’minlaydi.

Silliq mushaklarni (shuningdek, yurak mushaklarini ham) ba’zan noixtiyoriy mushaklar deb yuritiladi, bunda uning inson xoxishi-irodasi bo’yicha nazorat qilinmaganligi e’tiborga olinadi. Odamda ham ko’ndalang-targ’il va ham silliq mushaklar mavjud, lekin ularning xossalari va markaziy asab tizimiga munosabati biroz boshqacha. Odam skeletmmg ko’ndalang-targ’il mushaklari juda ko’p miqdordagi alohida olingan mushak tolalaridan - miofibrillalardan tashkil topgan ular umumiy biktiruvchi – to‘qimali qinda joylashgan va skelet bilan birikkan paylarga mahkamlangan. Ba’zi mushaklarda mushak tolasini hammasi mushak o’qi uzunligi bo’ylab parallel-tolasimon tipli tarzda joylashgan bo’ladi. Boshqa xillarda tolalar bir omondan markaziy pay tuguniga, boshqa tomondan esa tashqi pay qiniga birikadi mahkamlanadi. Ko’ndalang kesimda bunday tuzilish qush patini esiatadi patsimon tip (11.1.1-rasm) . Skelet mushakining har bir tolasi bu ingichka (diametri 10 dan 100 mkm gacha) ancha uzun (2-3 sm gacha), ko‘p yadroli yig‘ilma – simplast hujayralarning birikishidan hosil bo‘ladi. Bir qancha kimyoviy o’zgarishlar mushaklarning ishlashiga asos bo’ladi (103- rasm). Shu reaksiyalarda bo’shab chiqadigan energiyadan mushak qisqarish uchun foydalanadi. Binobarin, mushak energiyasining manbai kimyoviy o’zgarishlardir. Bu kimyoviy o’zgarishlarning xususiyati shuki, murakkab moddaning oddiyroq, tarkibiy qismga bo’linish jarayonni parchalangan moddaning tiklanishiga chambarchas ulanib ketadi. Navbatdagi har bir reaksiya shuning uchun zarur energiyani beradi (11.1.2-rasm).

11.1.2- rasm . Miozinning qisqarish tasviri . Mushakda ro ’ y beradigan kimyoviy reaksiyalar ikki fazaga bo ’ linadi : kislorod kerak bo ’ lmaydigan birinchi faza , ya ’ ni kislorodsiz faza va ikkinchi faza , ya ’ ni kislorodli faza . Kislorodsiz ( anaerob ) faza . Mushakning qisqarishi uchun zarur energiya anaerob fazada bo ’ shab chiqadi . Bu fazada mushakdagi fosforli birikmalar parchalanadi. Bunday birikmalarga adenozintrifosfat kislota (ATF) kiradi. Reaksiyalar ATFning adenil va fosfat kislotalarga parchalanishidan boshlanadi. Bu reaksiyada ancha energiya ajralib chiqadi, mushaklar ish bajarish uchun ana shu energiyadan foydalanadi. ATF parchalangandan keyin kreatin-fosfat kislota kreatin bilan fosfat kislotaga parchalanadi. Kreatinfosfat kislota parchalanganda bo’shab chiqadigan energiya adenil va fosfat kislotalardan yana ATF sintez qilinishiga sarf bo’ladi. Kreatinfosfat kislota parchalangandan keyin glikogen bilan fosfat kislota birikmasi-geksofosfat parchalanib, sut kislotasi bilan fosfat kislota hosil bo’ladi. Bunda ajralib chiquvchi energiya kreatinfosfat kislotaning qaytarilishiga sarf bo’ladi. Shunday qilib, ketma-ket keluvchi shu reaksiyalar natijasida ATF va kreatinfosfat kislota qaytariladi, faqat glyukozaning o’zi sut kislotasigacha parchalanadi. Shu kimyoviy o’zgarishlar zanjiri aniqlanib, asosiy energiya mambalari - ATF va kreatinfosfat kislota tamomila qaytarilishi ma’lum bo’lgandan keyingina kislorodsiz muhitda baqa mushakning 1500 marta qisqara