logo

Psixik jarayonlar va miyaning o’zaro aloqadorligi. Harakat inson faoliyatning birligi sifatida. Xatti-harakat qurilmalar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

54.107421875 KB
Psixik jarayonlar va miyaning o’zaro aloqadorligi. Harakat inson faoliyatning
birligi sifatida. Xatti-harakat qurilmalar
Reja:
1. Insonda miya va psixik jarayonlarni shakllanishi
2. Psixik jarayonlar va miya faolligini o’zaro munosabatlari
3. Psixologik fanlarda o’ziga xoslik va qonuniyatlarni shakllanishi
4. Xarakat inson faoliyatining o’ziga xosligi sifatida
5.  Xatti harakatni qurilish darajalari
6. Maqsadga qaratilgan harakatlar Insonda   miya   va   psixik   jarayonlarni   shakllanishi. Asab   tizimi   markaziy,
periferik   va   vegetativ   bo’limlardan   iborat.   Markaziy   asab   tizimi   (MAT)   bosh   va
orqa miyani o’z ichiga oladi. Miya organizmda boshqaruvchi vazifasini o’taydi va
psixomotor   faoliyatni   ta’minlab   beradi.   Bundan   tashqari,   miya   fikrlarimizni
mahorat   bilan   boshqarib,   inson   organizmining   beshta   asosiy   tuyg’ulari   –   ko’rish,
eshitish, ta’m bilish, hid bilish va sezishni nazorat qiladi. 
Periferik asab tizimi – nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik nervlar
majmuasi yurak, o’pka, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar
va   to’qimalarni   ta’minlaydi,   bularning   barchasi   vegetativ   asab   tizimini   tashkil
etadi. Uning faoliyati inson iroda kuchiga bog’liq bo’lmaydi. 
Asab   tizimi   organizmning   ixtiyoriy   va   ixtiyorsiz   bajariladigan   vazifalarini
boshqaradi.   Ixtiyorsiz   bajariladigan   vazifalarga   misol   qilib   ovqat   hazm   qilish
vazifasini   keltirishimiz   mumkin.   Asab   tizimini   tashkil   etuvchi   milliardlab   asab
hujayralari   organizmning   o’zidan,   shuningdek,   tashqi   muhitdan   axborot   qabul
qiladilar. 
Bosh va orqa miya – ikki hayotiy muhim organlar – miya qutisi va umurtqa
pog’onasi   suyaklari   bilan   o’ralgan   va   himoya   qilinadi.   Miyaning   asosiy   tarkibiy
qismlari   bo’lib   katta   miya   (ikki   yarim   sharlar),   miyacha,   orqa   miya   hisoblanadi.
Miya   yarim   sharlari   –   bu   organning   axborotni   qabul   qilib,   tananing   boshqa
qismlariga   o’tkazuvchi   asosiy   qismidir.   Yarim   sharlar   nutq,   tafakkur   va   xotiraga
ma’suldirlar.   Miyacha   asosan   tana   harakatlarini   muvofiqlashtirishga   yordam   be-
radi.   Orqa   miya   yurak   faoliyati,   nafas   olish   va   qon   bosimi   kabi   vazifalarni
boshqaradi. 
Asab   tizimi   endokrin   tizim   bilan   uzviy   hamkorlikda   inson   barcha
organlarining   faoliyatini   boshqaradi.   Inson   fikrlari,   xotiralari,   hissiyotlari   yoki
sezgilari,   shuningdek,   uning   har   bir   anglangan   harakati   amalga   oshirgan
faoliyatining aksi bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari, asab tizimi, ichki, vegetativ,
anglamaydigan   vazifalar:   tana   harorati,   yurak   urishi   va   boshqa   gomeostaz
(muvozanat, doimiylik)ni tashkil etuvchilarni boshqaradi.  Asab   tizimi   somatik   va   vegetativ   bo’limlarga   ajratiladi.   Birinchisi,   skelet
mushaklari qisqarishi yordamida sezuvchanlik va harakat bilan ta’minlagan holda
organizm   bilan   tashqi   muhit   o’rtasidagi   aloqani   amalga   oshiradi.   Ikkinchisi,
moddalar almashinuvi, nafas olish, ajratishga o’z ta’sirini o’tkazadi. 
Miya oq va kul rang moddadan iborat. Kul rang modda asab hujayralarining
to’plamlaridan   hosil   bo’ladi,   oq   moddani   esa   asab   tolalari   tashkil   etadi.   Yaqin
vaqtgacha   kul   rang   modda   asosan   yurish   va   yugurishga   bo’lgan   ko’nikma   hosil
qilish   bilan   bog’lanar   edi.   Hozirgi   kunlarda   olimlar   yana   bir   qonuniyatni
aniqladilar   –   yangi   raqs   harakatlarini   o’rganib,   ijro   etishga   layoqatli   insonlarning
miyasi faolroq bo’lar ekan. 
Amerikalik olimlar (R. Xayer va boshqalar) erkaklar va ayollar turlicha fikr
yuritishlarini   aniqladilar.  Miya  anatomiyasini  tadqiq  etish  orqali   erkaklar   ko’proq
kul   rang   moddani,   ayollar   esa   oq   moddani   faollashtirishlari   ma’lum   bo’ldi.
Boshqacha   aytganda,   tafakkur   jarayonida   kuchli   jins   ayollarga   nisbatan   kul   rang
moddadan   6,5   marta   ko’proq,   go’zal   jins   vakillari   esa   oq   moddadan   10   marta
ko’proq foydalanar ekan. 
Asab   tizimining   strukturaviy   birligi   neyrondir.   Asab   tizimi   neyronlar
yig’indisidan   iborat   bo’lib,   ular   o’zaro   bir-birilari   bilan   maxsus   tuzilmalar   –
sinapslar 1
orqali   aloqada   bo’ladilar.   Har   bir   neyronda   muntazam   ravishda
almashinuv jarayonlari ro’y berib, oqsillar sintezlanadi, asab impulslari to’plangan
holda o’tkazilib turiladi. 
Neyron   –   o’ziga   xos   hujayra   bo’lib,   o’simtalari   bo’ladi:   uzun   o’simtalari
aksonlar 2
,  kalta   sertarmoq  o’simtalar   –   dendritlar 3
deb  ataladi.   Neyron   tanasining
o’rtacha diametri  0,01 mmni, bosh miyadagi neyronlarning umumiy soni  esa  100
mlrd.ni tashkil etadi 
Rivojlanib   kelayotgan   miyaga   tabiat   yuqori   darajadagi   mustahkamlik
zahirasini   joylaydi,   va   natijada,   ko’p   miqdorda   ortiqcha   neyronlar 4
  hosil   bo’ladi.
1
Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p     4   
2
Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p     3   
3
Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p     3   
4
Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p     3    Ularning taxminan 70% bolaning tug’ilish davrigacha nobud bo’ladi va bu jarayon
tug’ilgandan   so’ng   ham,   umri   bo’yi   davom   etadi.   Hujayralarning   bunday   nobud
bo’lishi   irsiyat   tomonidan   oldindan   belgilab   berilgan   bo’ladi.   Neyronlar   o’ta
egiluvchandir.   Egiluvchanlikning   ma’nosi   shundan   iboratki,   nobud   bo’lgan   asab
hujayralarining   vazifalari   ularning   o’z   hayotchanligini   saqlab   qolgan
«hamkasblari»   zimmasiga   yuklanadi,   ularning   o’lchamlari   kattalashgani   hisobiga
yo’qotilgan   vazifalarning   o’rni   to’ldiriladi.   Ma’lumotlarga   ko’ra,   bosh   miyadagi
neyronlarning   90%   ga   yaqini   nobud   bo’lmagunicha,   kasallik   belgilari   namoyon
bo’lmay,   inson   sog’lom   ko’rinishini   saqlab   qolar   ekan.   Ya’ni,   bitta   tirik   asab
hujayrasi to’qqizta nobud bo’lgan hujayralarning o’rnini bosishi mumkin ekan. 
Lekin   asab   tizimining   egiluvchanligi   keksalik   davrigacha   zehnni   tiniq
holatda saqlab qolishning yagona mexanizmi emas. Tabiatning zahiradagi yana bir
yo’li   –   voyaga   yetgan   sut   emizuvchilarning   bosh   miyasida   yangi   asab
hujayralarining   hosil   bo’lishi,   yoki   neyrogenez   hodisasi   ham   mavjud.   Agar   asab
hujayralari   bo’linmaydigan  bo’lsa,  yangi  neyronlar   qayerdan  paydo bo’ladi? Ular
voyaga yetgan organizmning o’zak hujayralaridan hosil bo’ladi. 
Nerv   faoliyatining   asosiy   mexanizmi   bo’lib   refleks   hisoblanadi.   Refleks   –
organizmning markaziy asab tizimidan beriladigan va u orqali nazorat qilinadigan
ta’sirga   javob   reaksiyasi.   «Refleks»   atamasi   ilk   bora   17   asrda   fiziologiyaga
fransiyalik   olim   Rene   Dekart   tomonidan   kiritilgan.   Ammo   bu   atama   psixik
faoliyatni   tushuntirib   berish   uchun   1863   yildagina   I.M.   Sechenov   tomonidan
qo’llanilgan   edi.   I.M.   Sechenov   ta’limotini   rivojlantirgan   holda,   I.P.   Pavlov
tajribada refleksning o’z vazifalarini bajarish xususiyatlarini tadqiq etdi. 
Barcha   reflekslar   ikki   guruhga   ajratiladi:   shartli   va   shartsiz.   Shartsiz
reflekslar   –   organizmning   muhim   hayotiy   ta’sirlovchi   omillar   (ozuqa,   xavf   va
shunga o’xshashlar)ga nisbatan tug’ma reaksiyasi. Ularning paydo bo’lishi u yoki
bu sharoitlarni talab etmaydi, masalan, ko’zni pirpiratish, ozuqani ko’rganda so’lak
ajratish   reflekslari   va   boshqalar.   Shartsiz   reflekslar   organizmning   tayyor   tabiiy
zahiradagi   javob   reaksiyalaridir.   Ular   ma’lum   hayvon   turining   evolyusiya
davomida   rivojlanishi   natijasida   yuzaga   kelgan.   Shartsiz   reflekslar   bir   turga mansub   bo’lgan   organizmlarda   bir   xilda   bo’ladi   –   bu   tabiiy   tuyg’ularning
fiziologik   mexanizmi.   Ammo   yuqori   tuzilgan   hayvonlar   va   insonlarda   tug’ma
reaksiyalardan   tashqari,   ushbu   organizm   shaxsiy   hayotiy   faoliyatida   orttirgan
reaksiyalar, ya’ni shartli reflekslar ham o’rin tutadi. 
Shartli   reflekslar   –   bu   organizmning   shunday   reksiyalaridirki,   ular   tug’ma
bo’lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi. Ular ko’p marotaba takrorlanishlar va
u yoki bunga bo’lgan qat’iy odatning shakllanishi sababidan paydo bo’ladi. 
Psixik   jarayonlar   va   miya   faolligini   o’zaro   munosabatlari .   Bosh   miya
xaritasini   tuzib,   nervlar   vazifalarini   aniqlashga   ilk   marotaba   Tomas   Uillis   (1621-
1675) qo’l urgan edi. Nemis vrachi Frans Gall (1758-1828) miyaning frenologiya
xaritasini   yaratib,   unda   «ruh   layoqatlari»   deb   nomlagan   psixikaning   xossalarini
joylashtirdi . 
Barcha   sezgi   organlari   katta   yarim   sharlar   po’stlog’ida   o’zlarining   ta’sir
doiralariga   egadirlar.   Masalan,   inson   miyasining   ensa   bo’limida   ko’rish   doirasi,
chakka   bo’limida   –   eshitish,   hid   bilish   doirasi   esa   miyaning   bir   necha   bo’limlari
bo’ylab   tarqalgan.   Miya   po’stlog’ida,   shuningdek,   assosiasiya   bilan   bog’liq
maydonlar ham mavjud, ularda his-tuyg’u organlarining birlamchi maydonlaridan
keluvchi   axborot   analizi   va   sintezi   amalga   oshiriladi.   Oddiy   harakat   reaksiyalari
orqa miya tomonidan boshqariladi, murakkabroq harakatlar (yurish, yugurish) esa
miya va miyacha tomonidan muvofiqlashtiriladi 5
. 
XIX   asrning   o’rtalaridayoq   fransiyalik   olim   Pol   Broka   va   nemis   psixiatri
Karl   Vernike   inson   miyasining   chap   yarim   sharida   nutqqa   tegishli   bo’lgan   ikki
sohani aniqladilar. Broka doirasining zararlanishida (pastki peshona burmasi  orqa
tomonining uchdan bir qismida) bemorning nutqi izdan chiqadi (talaffuzi), yesli je
zatronuta   zona   Vernike   doirasi   zarar   ko’rganida   esa   (tepa   chakka   burmasi   orqa
tomonining   uchdan   bir   qismida),   bemor   gapira   oladi,   lekin   nutqi   mazmunsiz,
ma’nosiz bo’lib qoladi. 
Neyropsixologiyaning   hozirgi   zamon   qarashlari   (A.R.   Luriya)ga   binoan
inson miyasining tuzilishi uchta asosiy bo’limdan iborat: I – bosh miya po’stlog’i
5
Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p     3    yuqori   qavatlarining   faoliyatini   saqlab   turuvchi   quvvat   bo’limi   (miyaning   yuqori
bo’limlarida   joylashgan);   2   –   axborotni   qabul   qilish,   qayta   ishlash   va   saqlash
bo’limi   (ikkala   yarim   sharlarning   tepa,   ensa   va   chakka   bo’limlarini   o’z   ichiga
oladi);   3   –   faoliyatni   oldindan   belgilash,   boshqarish   va   nazorat   qilishni
ta’minlovchi bo’lim (po’stloqning peshona bo’limlari). 
Birinchi   bo’lim   vazifalarining   zararlanishida   diqqat   barqarorligi   yo’qolib,
loqaydlik,   uyquchilik   paydo   bo’ladi.   Ikkinchi   bo’lim   faoliyatining   buzilishi
sezgirlik   (teri   va   proprioseptiv)ning   yo’qolishiga   sabab   bo’ladi,   harakatlarning
aniqligi buziladi va h.k. Uchinchi bo’limning zararlanishi xulq-atvor nuqsonlariga,
harakatlar sohasidagi o’zgarishlarga olib keladi. 
Bosh   miyasining   tuzilishiga   tegishli   ko’plab   farazlar,   konsepsiyalar   va
tajriba   ma’lumotlari   mavjud.   Akademik   P.K.   Anoxinning   taxminlariga   ko’ra,
peshona po’stlog’ining faoliyati miyaning alohida vazifalari – xotira, qabul qilish,
motivasiyalar,  hissiyotlar   bilan   bog’liq   bo’lmasdan,   ularning   qo’shilishini   amalga
oshiradi, xolos. Amerikalik neyropsixolog K. Pribram fikricha, peshona po’stlog’i
motivasiyalar   (ochlik,   tashnalik,   jinsiy   ehtiyoj)   ni   tashqi   rag’batlar   bilan
taqqoslaydi,   va   bu   taqqoslash   asosida   niyatlar   yoki   istalgan   oqibatlarni   hisobga
olgan holda harakatlar dasturini tuzib chiqadi. Polshalik tadqiqotchi Yu. Konorskiy
oldinga   qaratilgan   po’stloqning   turli   bo’limlari   turlicha   vazifalarni,   jumladan,
fazoviy   yoki   vaqtincha   xotira,   tirik   mavjudot   yoki   jonsiz   jismning   izidan   borish
kabi   vazifalarni   bajarishiga   amin   bo’lgan   edi.   Hozirda   miya   termografiyasi
bo’yicha o’tkazilgan oxirgi tadqiqotlarga asoslangan  holda ishonch bilan peshona
po’stlog’ida   inson   tashqi   muhitning   taxminiy   obrazi   bilan   real   vaziyat   bilan
taqqoslash sodir bo’ladi, deb tasdiqlash mumkin. Agar miyaning bu bo’limi zarar
ko’rgan (o’sma, jarohat, yallig’lanish) bo’lsa, tashqi muhitni real holda qabul qilish
va o’zini baholash izdan chiqadi. 
Ma’lumki,   chap   yarim   sharining   vazifasini   verbal-belgili   axborot   bilan
ishlash:   o’qish,   hisoblash   tashkil   etadi.   O’ng   yarim   sharining   vazifasi   esa   –
obrazlar   bilan   ish   ko’rish,   fazoda   harakatni   aniqlash   va   shu   kabilar   hisoblanadi.
Chap yarim shari «mantiq»ni, o’ngi – «ijodiy jarayon»ni nazorat qiladi; chap yarim shari   tananing   o’ng   tomonini,   o’ngi   –   chap   tomonini   boshqaradi.   Miya   yarim
sharlarining vazifalarini ko’rgazmali tarzda quyidagicha tasvirlash mumkin 
Yemosional   markazlar,   shuningdek,   inson   miyasida   ham   aniqlangan.
Miyaning   bir   xil   nuqtalari   ta’sirlantirilganda   sinaluvchilarda   juda   yoqimli   hislar,
boshqalari   ta’sirlantirilganda   esa   cho’chish,   xavotir   va,   hatto,   dahshat   hislari
yuzaga   kelgan.   Garchi   sinaluvchilar   bu   hissiyotlar   tadqiqotchi   tomonidan   sun’iy
ravishda   chaqirilganini   tushunib   yesalar   ham,   ularga   bu   hissiyotlar   real   voqyelik
bo’lib tuyuladi. 
Miya   inson   organizmi   barcha   hujayralarining   to’rtdan   uch   qismini   tashkil
etadi.   U   organlarga   yetkaziluvchi   axborotlar   o’tadigan   neyronlarning
to’plamlaridan iborat. 
Voyaga   yetgan   odamning   miya   og’irligi   1100   dan   2000   grammgacha
bo’ladi.   20   yoshdan   boshlab   60   yoshgacha   bo’lgan   vaqt   orlig’ida   har   bir   individ
uchun miya og’irligi va hajmi o’z doimiyligini yo’qotmaydi. Ammo aqliy qobliyat
bosh   miyaning   kattaligi   bilan   aniqlanmaydi.   Miya   o’lchamlari   va   tana   umumiy
og’irligi o’rtasidagi  nisbat  muhim ahamiyatga egadir: kashalotning bosh miyasi 9
kg   og’irlikka   ega,   lekin   bu   tana   og’irligining   atigi   0,02%   ini   tashkil   etadi;   fil
miyasi 5 kg og’irlikka ega, lekin bu og’irlik umumiy massasining 0,1% ini tashkil
etadi,   shuning   uchun   filda   misli   ko’rilmagan   qobiliyatlar   ko’zga   tashlanmaydi;
inson miyasining og’irligi tanasi umumiy massasining 2% ini tashkil etadi. 
Miya   15   yoshgacha   o’sadi   va   15   yoshdan   25   yoshgacha   esa   jadal   faoliyat
yuritadi.   45   yoshdan   keyin   uning   ish   qobiliyati   neyronlarning   nobud   bo’lishi
hisobiga   pasayadi.   Agar   20   yoshda   neyronlarning   nobud   bo’lish   tezligi   sutkasiga
10000   hujayrani   tashkil   esa,   40   yoshda   –   bu   ko’rsatkich   50000   hujayraga,   90
yoshda   esa   –   100   ming   hujayraga   yetadi.   Shunga   ko’ra,   qarishda   bosh   miya
og’irligi kamayadi (90 yoshlarda 1,1 kggacha). 
Bosh   miya   po’stlog’i   hududining   yirik   bo’linmalari   –   qadimgi
(paleokorteks), eski (arxikorteks), yangi (neokorteks) va oraliq po’stloqdan iborat.
Inson   miyasidagi   yangi   po’stloqning  yuzasi   95,6%   ni,  eski   –   2,2%   ni,  qadimgi   –
0,6%   ni   va   oraliq   –   1,6%   ni   tashkil   etadi.   Miya   po’stlog’i   –   davomli   evolyusion rivojlanishning   mahsuli   bo’lib,   bu   jarayonda   baliqlarda   hid   bilish   analizatorining
rivojlanishi   munosabati   bilan   birlamchi   qadimgi   po’stloq   yuzaga   keladi.
Hayvonlarning   quruqlikka   chiqishi   bilan   eski   va   yangi   po’stloq   qismlari   jadal
rivojlana boshlaydi. Evolyusiya jarayonida yangi po’stloqning assosiativ  doiralari
boshqalarga   nisbatan   ko’proq   o’zgarishlarga   uchrab,   kattalashadi,   birlamchi,
sensor maydonlar esa nisbiy kattaligi bo’yicha kichrayadi. 
Berklidagi   Kaliforniya   universiteti   gistologi   Merian   Daymondning
tadqiqotlariga   ko’ra,   mashhur   fizik   olim   Albert   eynshteynning   miyasi   asab
hujayralarining   soni   va   o’lchamlari   bo’yicha   oddiy   odamning   miyasidan   farq
qilmaydi.   Lekin   ong   faoliyatining   yuqori   shakllarini   boshqaruvchi   po’stloqning
assosiativ   sohasida   nerv   to’qimasining   yordamchi   elementlari   –neyrogliya
hujayralarining juda ko’p miqdori aniqlandi. 
Yangi po’stloqning o’sishi eski va qadimgi qismlarining miyaning pastki va
o’rta   yuzalariga   surilib   borishiga   sabab   bo’ladi.   Odam   bosh   miyasi   yarim
sharlarining   po’stlog’i   doiralarga   bo’linadi.   Hissiy   va   harakatlantiruvchi   doiralar
mavjud. Hissiy doira ko’rish, eshitish, ta’m va hid bilish, shuningdek, teri-mushak
doiralariga   bo’linadi.   His-tuyg’u   organlari,   teri,   ichki   organlardan   chiqqan
impulslar   hissiy   doiralarga   o’tkaziladi.   Hissiy   doiralar   neyronlarining
ta’sirlanishidan sezgilar paydo bo’ladi. 
Rochester   Universiteti   tibbiy   maktabining   vrachlari   bosh   miyaning   hazil-
mutoyiba   hissiyotini,   bundan   tashqari,   ijtimoiy   va   hissiy   baholash,   rejalashtirish
vazifasini   boshqaruvchi   qismini   aniqlashga   muvaffaq   bo’ldilar.   U   peshona
qismining pastki bo’limlarida joylashgan. 
Yaqinda   amerikalik   tadqiqotchilar   miyada   kechadigan   jarayonlarning   inson
idroki darajasiga ta’sirini ochib berishga erishdilar. Olimlarda oddiy bolalar va IQ
darajasi o’rtachadan yuqori bo’lgan bolalarning miya tuzilishidagi tafovut qiziqish
uyg’otdi. Miya salomatligi Milliy instituti (Merilend) ilmiy xodimi Filipp Shau va
hamkasblari   307   ta   bolaning   miya   rivojlanishini   kuzatdilar.   Maxsus   testlar
yordamida   ularning   idrok   koyeffisiyentini   aniqladilar   va   natijalar   bo’yicha   uch
guruhga ajratdilar. Bir necha yillar mobaynida, 6 yoshdan 19 yoshgacha muntazam ravishda   bosh   miyaning   yadroviy-magnit-rezonans   tomografiyasini   o’tkazib
bordilar. YaMR-tomografiyasi – bu ichki organlarni tekshirishning maxsus metodi
bo’lib,   har   xil   turdagi   hujayra   va   to’qimalardagi   molekulalar   magnit   xossalari
tafovutlarining   kompyuter   tahliliga   asoslangan,   buning   uchun   hujayra   va
to’qimalar kuchli magnit maydoniga joylashtiriladi. 
Natijalarni   ishlab   chiqib,   tadqiqotchilar,   turli   guruhlardagi   bolalar
miyalarining xususiyatlari bir-biridan farq qilishini aniqladilar. Xotira kabi yuqori
darajadagi   vazifalarni   nazorat   qiluvchi   miya   ustki   qavatining   qalinligi   «aqlli»
bolalarda   qolganlariga   qaraganda   ancha   kechroq   kamaya   boshlar   ekan.   Miya
po’stlog’i o’rtacha 9 yoshdan boshlab, idrok darajasi yuqori bo’lgan bolalarda esa
11   yoshda   «sayozlasha»   boshlaydi.   Eng   katta   tafovut   miya   po’stlog’ining   rejalar
tuzish   va   mulohaza   yuritishga   mas’ul   peshona   oldi   qismlarida   kuzatiladi.   Lekin
vaqt o’tishi  bilan bu tafovut  yo’qolib, 19 yoshlarga yetganda barcha odamlarning
miya po’stlog’i bir xil qalinlikda bo’ladi. 
Miya   faoliyatini   tushunib   yetishning   mohiyati   neyronlar   o’rtasidagi   ko’p
sonli   aloqaning   mavjudligidir.   Miya,   yangi   sifat   –   odam   psixikasining   paydo
bo’lishiga xizmat qiluvchi neyronlar o’rtasidagi juda ko’p miqdordagi bir soniyali
o’zaro ta’sirlar mavjud bo’lgan tizimdir. 
Miyaga   qon   juda   ko’p   miqdorda   yetkazib   beriladi.   Miyadagi   qon
aylanishining   buzilishi   natijasida   keksa   odamlarda   aqliy   zaiflik   rivojlanib,   asab
tizimining faoliyati sustlashadi. 
Psixologik   fanlarda   o’ziga   xoslik   va   qonuniyatlarni   shakllanishi
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir.  Ongsizlik  – bu shunday psixik jarayonlar va
hodisalar   yig’indisiki,   unda   inson   o’z   xatti-harakatlariga   javob   bermaydi,
anglamaydi. Bunga tush ko’rish, ba’zi patologik hodisalar, alahlash, gallyusinasiya
kabilar kiradi. 
Onglilikdan   farqli   o’laroq,   ongsizlikda   amalga   oshirilayotgan   harakatlarni
maqsadli   nazorat   qilish,   shuningdek,   natijalarini   baholash   imkoniyati   mavjud
emas.  Ongsizlik   tushunchasi   psixologik   va   falsafiy   fikrlarning   turli   yo’nalish
vakillari tomonidan quyidagi ko’rinishlarda ta’riflanadi: 
- axborotni qayta ishlashni bu jarayonni subyekt kechinmalari darajasida aks
ettirmagan holda amalga oshiruvchi miya faoliyati sifatida; 
- subyekt tomonidan anglanmagan kechinmalar sifatida. 
Ongsizlikda   subyekt   voqyelikni   o’zini   boshqa   odamlar   va   hodisalar   bilan
tenglashtirgan   holda,   obyektlar   o’rtasidagi   mantiqiy   qarama-qarshiliklar   va
farqlarni u yoki bu muayyan belgilar bo’yicha aniqlash orqali emas, balki, bevosta
emosional   his   etish,   identifikasiya,   emosional   ta’sirlanish,   turli   hodisalarning
aloqadorligi orqali bir qatorga birlashishi kabi o’xshatish shakllari orqali boshidan
kechiradi.   Ongsizlikda   ko’pincha   o’tmish,   hozirgi   va   kelajak   zamon   u   yoki   bu
psixik aktga, masalan, tushda qo’shilgan holda birgalikda mavjud bo’ladi. 
Ongsizlik   sohasiga:   biologik   ehtiyojlar   (jinsiy   mayllar,   tabiiy   ehtiyojlar,
ozuqaga   bo’lgan   ehtiyoj   va   boshqalar);   tilaklarni   siqib   chiqarish   (kimningdir
muhabbatini   qozonishga   behuda   urinish,   amalga   oshmagan   orzular,   yashirin
hafagarchilik);   tushda   sodir   bo’ladigan   psixik   hodisalar   (tush   ko’rish);
sezilmaydigan,   lekin   real   ta’sir   ko’rsatadigan   seskantiruvchilarga   nisbatan   javob
reaksiyalari   («subsensor»   ta’sirlanishlar);   avval   anglangan,   lekin   takrorlanishlar
tufayli   avtomatlashgan   va   shuning   uchun   anglanmaydigan   bo’lib   qolgan   hara-
katlar; maqsadi anglanmagan faoliyatga nisbatan ayrim mayllar va boshqalar kira-
di. Anglanmagan hodisalarga bemor odam psixikasida yuzaga keladigan alahlash,
gallyusinasiyalar kabi ayrim patologik hodisalar ham kiradi. 
Ongsizlik ko’rinishlari to’rt sinfga ajratiladi: 
- ong usti hodisalari; 
-   shaxsning   kelajakdagi   tilak   mohiyatiga   ega   bo’lgan   faoliyatning
anglanmagan qo’zg’atuvchilari (anglanmaydigan motivlar va ma’noli mayllar). Bu
sinf   hodisalari   subyektning   gipnotik   holatdan   chiqqandan   so’ng   hulq-atvorini
tadqiq qilishda aniqlangan edi; 
-   faoliyat   kechishining   yo’nalishli   va   barqaror   bo’lishini   ta’minlaydigan,
uning bajarilish usullarining anlanmaydigan boshqaruvchilari (operasional mayllar va   avtomatlashtirilgan   hulq-atvor   stereotiplari).   Ular   avtomatlashtirilgan   va
ixtiyorsiz harakatlarning boshqarilishi, masalan, masalalar yechish jarayoni asosida
yotadi   va   anlanmagan   tarzda   oldindan   seziladigan   hodisalar   va   bo’lib   o’tgan
o’xshash   vaziyatlardagi   hulq-atvorning   o’tmish   tajribasiga   tayanadigan   harakat
usullari obrazlariga bog’liq bo’ladi; 
- quyi sensor idrokning ifodalanishi. 
Falsafada   birinchi   bo’lib   ongsizlik   haqidagi   tasavvurlar   subyekt   ongida
mavjud bo’lmagan psixik jarayonlar, usullar va holatlar yig’indisi sifatida  18  asrda
G.V.   Leybnis   tomonidan   ifodalangan   edi.   19   asrda   ongsizlik   psixologik
tadqiqotlarning   predmetiga   aylandi   (I.F.   Gerbert,   G.T.   Fexner,   V.   Vundt).   Uni
o’rganishga   XIX   asr   oxirida   psixopatalogiya   sohasida   bajarilgan   Z.   Freyd   ishlari
turtki   berdi.   Uning   fikriga   ko’ra   ongda   mavjud   bo’lmagan   ongsizlik   psixik
mazmun sifatida unga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Z.   Freyd   nazariyasiga   binoan   inson   psixikasida   uch   soha:   ong,   ongosti   va
ongsizlik   mavjud.   Ong   darajasiga   u   inson   tomonidan   anglanadigan   va   nazorat
qilinadiganlarning barchasini kiritgan. Ong osti sohasiga Freyd yashirin yoki latent
bilimlarni   kiritgan   edi.   Bu   insonga   tegishli   bo’lgan,   lekin   ayni   vaqtda   ongda
mavjud   bo’lmagan   bilimlardir.   Bilimlar   muayyan   rag’batning   yuzaga   kelishida
dolzarblashtiriladi, masalan, Yer  - sayyora. Shunday qilib, ong – bu muztog’ning
ko’zga   ko’rinayotgan   qismi,   uning   katta   qismi   esa   inson   tomonidan   anglangan
nazoratdan yashirilgan. 
Ongsizlik sohasi,  Freyd bo’yicha, umuman boshqa xossalarga  ega. Ulardan
biri   bu   sohaning   mazmuni   anglanmasligidan,   lekin   hulq-atvorimizga   katta   ta’sir
ko’rsatishidan   iborat.   Ongsizlik   sohasi   harakatchandir.   Boshqa   xossasi   ongsizlik
sohasida joylashgan axborotning ongga qiyinchilik bilan o’tishidan iborat. Bu ikki
mexanizm:   siqib   chiqarish   va   qarshilik   ko’rsatishlarning   faoliyati   bilan
tushuntiriladi. 
Ongsizlik sohasini Z. Freyd, ong bilan kelishmaydigan motivasion energiya
manbai   deb   hisoblagan   edi.   Ijtimoiy   sohadagi   taqiqlar,   Freydga   ko’ra,   ong
«nazorat»ini hosil qiladi, nevrotik asabiylashishlarda namoyon bo’ladigan ong osti mayllar   energiyasini   susaytiradi.   Individ   nizoli   vaziyatlardan   xalos   bo’lishga
intilib,   himoya   mexanizmlari   –   siqib   chiqarish,   sublimasiya   (o’rin   olish),
omilkorlik va regressiyaga murojaat qiladi. 
Shunday   qilib,   insonning   psixik   faoliyati,   uning   psixikasi   bir-biri   bilan
o’zaro   bog’liq   bo’lgan   uch   daraja:   ongsizlik,   ong   osti   va   onglilikda   faoliyat
ko’rsatadi.   Psixik   faoliyatning   ongsizlik   darajasi   tug’ma   instinktiv-refleksga
asoslangan   faoliyat   hisoblanadi;   ong   osti   darajasi   –   ma’lum   individ   tajribasidagi
hulq-atvorining   umumlashtirilgan,   avtomatlashtirilgan   bir   qolipdagi   nusxalari   –
malakalari, ko’nikmalari, odatlari, ichki tuyg’ulari. 
Tush   ko’rish,   affekt,   vahima,   gipnoz,   ishonch,   umid,   sevgi,   turli
ko’rinishdagi   parapsixik   hodisalar   (bashorat   qilish,   telepatiya,   ekstrasensor
hodisalar),   fobiyalar,   qo’rquvlar,   asabiy   xayollar,   o’z-o’zidan   paydo   bo’ladigan
xavotirlanish   va   oldindan   quvonchni   sezish   –   sanab   o’tilgan   bu   hodisalar
anglanmaydigan va ong osti hodisalari hisoblanadi.
Xarakat   inson   faoliyatining   o’ziga   xosligi   sifatida Faoliyat   –   bu
subyektning   olam   bilan   o’zaro   ta’sirlashuvining   rivojlanuvchi   tizimi.   Bunday
o’zaro   ta’sir   jarayonida   psixik   tasvirning   yuzaga   kelishi   va   uning   obyektda
ifodalanishi, shuningdek, subyektning voqyelik bilan o’z munosabatlarini ro’yobga
chiqarishi   sodir   bo’ladi.   Faoliyatning   istalgan   oddiy   akti   subyekt   faolligining
ifodalanish   shakli   bo’lib   hisoblanadi,   bu   esa,   har   bir   faoliyatning   undovchi
sabablarga ega bo’lishi va ma’lum natijalarga erishishga yo’naltirilishini bildiradi. 
Shunday   qilib,   faoliyatni   odamga   xos   bo’lgan,   ong   tomonidan
boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni
bilish,   shuningdek,   ularni   o’zgartirishga   qaratilgan   faollik   sifatida   ta’riflash
mumkin. 
Faoliyat   predmetlilik  va  subyektlilik   xususiyatlariga  ega.   Faoliyat   predmeti
deb, u bevosita shug’ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining
predmeti bo’lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o’quv faoliyatining pred-
meti   –   bilim,   malaka   va   ko’nikmalar,   mehnat   faoliyatining   predmeti   –   yaratilgan muayyan   moddiy   mahsulot   hisoblanadi.   Faoliyat   subyekti   bo’lib   odam,   individ
hisoblanadi. 
Faoliyatning   predmeti   va   subyektidan   tashqari,   ushbu   tushuncha   bilan
faoliyat   vositalari   va   natijalari   ham   bog’liq.   Faoliyatni   amalga   oshirishda   odam
uchun   mehnat   vositalari   sifatida   u   yoki   bu   harakat   va   muolajalarni   bajarishda
foydalanadigan   asboblar   tushuniladi.   Faoliyat   natijalari   bo’lib,   moddiy   yoki
ma’naviy xususiyatga ega bo’lgan yaratilgan mahsulotlar hisoblanadi. 
Shunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi: 
- faollikning ichki motivga ega shaklidir; 
-   inson   faoliyatining   mahsuldorligi.   Moddiy   yoki   har   tomonlama   yetuk
mahsulotning yaratilishi; 
- insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi; 
-   insonning   faoliyati   o’zi   ishlab   chiqargan   mahsulotda   namoyon   bo’ladi,
faoliyatning   bunday   ifodalanishi   yoki   aks   etishi   o’zida   insoniy   bilimlar   va
malakalarni mujassamlashtiradi. 
Faoliyat nazariyasi to’laligicha A.N. Leontyevning ilmiy ishlarida, xususan,
«Faoliyat. Ong. Shaxs» asarida (M., 1982) bayon etilgan. 
Faoliyatning   tuzilishi   haqidagi   tasavvurlar   faoliyat   nazariyasini   to’liq
tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi. 
Inson   faoliyati   murakkab   tartibli   zinapoyali   ketmaketlik   tuzilishiga   ega.   U
bir   necha   qatlam   yoki   darajalardan   iborat.   Yuqoridan   quyiga   harakatlanib,   ularni
nomlab   chiqamiz:   alohida   faoliyatlar   darajasi   (yoki   faoliyatning   alohida   turlari);
harakatlar darajasi; muolajalar darajasi; psixofiziologik vazifalar darajasi. Shunday
qilib,   faoliyat   tuzilishining   tarkibiy   qismlariga   motiv,   maqsad,   harakat   (tashqi,
predmetli   va   ichki,   aqliy;   interiorizasiya   va   eksteriorizasiya   jarayonlari),
muolajalar, psixofiziologik vazifalar kiradi. Motiv – bu faoliyatga undovchi sabab.
Maqsad   –   bu   istalgan,   ya’ni,   faoliyatni   bajarish   bilan   erishiladigan   natijaning
tasviri.  Harakat   –   bu   faoliyat   tahlilining   asosiy   birligi.   Ta’rifga   ko’ra   harakat   –   bu
maqsadni   amalga   oshirishga   yo’naltirilgan   jarayon.   «Harakat»   tushunchasiga   oid
quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin. 
Birinchi   xususiyat:   harakat   zarur   tarkibiy   qism   sifatida   maqsad   qo’yish   va
uni ushlab qolish ko’rinishidagi ong aktini o’z ichiga oladi. 
Ikkinchi   xususiyat:   harakat   –   bu   bir   vaqtning   o’zida   hulqatvor   akti   ham
bo’lib hisoblanadi . 
Shunday   qilib,   faoliyat   nazariyasi   avvalgi   konsepsiyalardan   (bixeviorizm)
tafovutlari   ko’rsatilgan   birlamchi   ikki   xususiyatlarining   ong   va   hulqatvorning
uzluksiz birligini tan olishidan iborat. 
Uchinchi,   juda   muhim   xususiyat:   faoliyat   nazariyasi   faollik   tamoyilini
«harakat»tushunchasi orqali ta’sirchanlik tamoyiliga qarama-qarshi qo’ygan holda
tasdiqlaydi.   Faollik   va   ta’sirchanlik   tamoyillarining   alohida   har   biridan   kelib
chiqqan   holda   faoliyat   tahlilining   boshlang’ich   nuqtasi   tashqi   muhitga   yoki
subyekt organizmiga joylashtirilishi lozim. 
To’rtinchi xususiyat: harakat tushunchasi odam faoliyatini ijtimoiy va jismli
dunyoga «olib chiqadi». 
Harakat   doimo   maqsad   bilan   bog’liq   bo’ladi.   Maqsad   harakatni   belgilaydi,
harakat   esa   maqsadning   amalga   oshishini   ta’minlaydi.   Maqsadning   xususiyati
orqali   harakat   xususiyatini   aniqlash   mumkin.   Inson   maqsadlarini   tahlil   qilib,
nimalarni aytish mumkin? Avvalambor, ularning juda xilma-xilligini, muhimi esa
keng hajmliligini keltirish mumkin. 
Yirik   maqsadlar   maydaroq,   xususiy   maqsadlarga   bo’linadi,   ular   ham   o’z
o’rnida   bulardan   ham   xususiyroq   maqsadlarga   bo’linishi   mumkin  va   h.k.  Shunga
mos ravishda har bir yetarli darajadagi yirik harakat quyi tartibli ketma-ketlikning
harakatlar tizimida turli darajalarga o’tib turishidan iborat. Masalan, boshqa shahar
bilan   telefon   orqali   bog’lanmoqchisiz.   Bu   harakatni   amalga   oshirish   uchun   (I
tartib) siz bir qator xususiy harakatlarni bajarishingiz kerak (II tartib): shaharlararo
so’zlashuv   telefon   tarmog’iga   borib,   zarur   avtomatni   topib,   navbatga   turishingiz
lozim   va   h.k.   Kabinaga   kirgandan   so’ng,   abonent   bilan   bog’lanishingiz   kerak. Lekin buning uchun qator mayda ishlarni bajarishingizga to’g’ri keladi (III tartib):
tanga tashlab, tugmachani bosib turib, ma’lum sonlarni terish kerak bo’ladi va h.k. 
Muolaja   –   bu   faoliyat   bajarilishining   navbatdagi   quyiroq   darajasi.   Muolaja
deb,   harakat   bajarilishining   usuliga   aytiladi.   Masalan,   ikkita   ikki   xonali   sonlarni
ko’paytirish   amalini   xotirada   va   misolni   ustuncha   shaklida   yozgan   holda   yechish
mumkin. Bu bir xildagi matematik misolning ikki turlicha usuli yoki ikki xil amal
bo’ladi. 
Qo’llaniladigan   muolajalarning   xususiyati   nimaga   bog’liq   bo’ladi?
Avvalambor, ular  harakat  amalga oshiriladigan sharoitlarga bog’liq. Agar harakat
maqsadning   o’ziga   javob   bersa,   muolaja   maqsad   qo’yilgan   sharoitlarga   javob
beradi.   Bunday   sharoitlarga   tashqi   vaziyatlardan   tashqari,   shuningdek,   faoliyat
ko’rsatayotgan subyektning imkoniyatlari yoki ichki vositalari ham kiradi. 
Faoliyat   nazariyasida   ma’lum   sharoitlardan   ko’zlangan   maqsad   masala   deb
ataladi.   Masala   yechish   jarayonini   tasvirlashda   ularni   amalga   oshiruvchi
harakatlarni ham, muolajalarni ham ko’rsatish lozim. 
Muolajalarning asosiy xossasi ularning kamroq anglanganligi yoki umuman
anglanmaganligidan   iborat.   Bu   xossalari   bilan   muolajalar   ongli   maqsadni   ham,
harakatning   bajarilishini   nazorat   qilishni   ham   belgilab   beradigan   harakatlardan
tamomila farq qiladi. 
Muolajalar   ikki   turga   bo’linadi:   ba’zilari   adaptasiya,   moslashish,   bevosita
taqlid   qilish   yordamida   yuzaga   keladi;   boshqalari   harakatlarni   avtomatlashtirish
vositasida   paydo   bo’ladi.   Birinchi   turdagi   muolajalar   anglanmaydi,   ularni
ongimizda,   hatto,   maxsus   vositalar   yordamida   ham   hosil   qilish   mumkin   emas.
Ikkinchi   tur   muolajalar   ong   chegarasida   joylashadi.   Ular   osongina   dolzarb
anglanuvchilarga aylanishi mumkin. 
Har   bir   murakkab   harakat   harakatlar   ketma-ketligi   va   «to’shaluvchi»
muolajalar qatlamidan iborat. Har bir murakkab harakatda dolzarb bo’lgan ongli va
anglanmagan   faoliyatlar   o’rtasidagi   chegaraning   belgilanmaganligi   harakatlar
ketma-ketligini   muolajalar   ketma-ketligidan   ajratib   turuvchi   chegaraning
harakatchanligini   bildiradi.   Bu   chegaraning   yuqoriga   yo’nalgan   harakati muolajadagi ba’zi harakatlarning (asosan, eng soddalarining) o’zgarishini anglata-
di.   Chegaralarning   pastga   harakatlanishi   esa,   aksincha,   muolajalarning   harakatga
aylanishini, ya’ni, faoliyatning maydaroq birliklarga bo’linishini bildiradi. Quyida
shunga mos misol keltiramiz. Munozara vaqtida sizda yangi g’oya tug’ildi, va siz
ifodalanish usulini  hisobga olmagan holda, asosan,  mazmunidan kelib chiqib, uni
bayon   qildingiz,   deb   tasavvur   qilamiz.   Siz   ko’plab,   ya’ni,   aqliy,   nutqli   va   h.k.
muolajalar   bilan   ta’minlangan   harakatni   amalga   oshirgan   bo’lasiz.   Ularning
barchasi birgalikda g’oyani bayon qilish faoliyatini amalga oshirgan bo’ladilar. 
Faoliyat   tuzilishidagi   eng   quyi   daraja   –   psixofiziologik   vazifalarni   ko’rib
chiqamiz.   Faoliyat   nazariyasida   bu   vazifalarga   psixik   jarayonlarning   fiziologik
ta’minoti   kiradi.   Ularga   odam   organizmiga   xos   bo’lgan   his   etish,   o’tmish
taassurotlarining qoldiqlarini hosil qilish va qayd etish layoqatlari, motor layoqati
va   boshqalar   kiradi.   Mos   ravishda   sensor,   mnemik,   motor   vazifalar   haqida   so’z
yuritish mumkin. Bu darajaga shuningdek, asab tizimi morfologiyasida mustahkam
o’rin   tutgan   tug’ma   va   hayotning   birinchi   oylarida   yuzaga   keladigan   mexanizlar
kiradi.   Barcha   layoqat   va   mexanizmlar   insonga   tug’ilishi   bilanoq   beriladi,   ya’ni
ular irsiyat tomonidan belgilangan bo’ladi. 
Psixofiziologik   vazifalar   psixik   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   faoliyat
vositalarini   zarur   dastlabki   shart-sharoitlar   bilan   ta’minlaydi.   Masalan,   biror
ma’lumotni xotiramizda saqlab qolish uchun tez va sifatli yodda saqlab qolishning
maxsus   usullaridan   foydalanamiz.   Lekin   agarda   biz   yodda   saqlab   qolish
layoqatidan iborat mnemik vazifalarga ega bo’lmaganimizda, bu faoliyatni amalga
oshira olmagan bo’lardik. Mnemik vazifalar tug’ma bo’ladi. Bola tug’ilishi bilanoq
katta miqdordagi ma’lumotni yodida saqlay boshlaydi. Dastlab, bu oddiy axborot
bo’lib, keyinchalik rivojlanish jarayonida xotirada saqlanishi zarur bo’lgan axborot
hajmidan tashqari, yodda saqlashning sifat ko’rsatkichlari ham o’zgaradi. 
«Korsakov   sindromi»   deb   ataladigan   (uni   ilk   marotaba   o’rgangan   mashhur
rossiyalik psixiatr S.S. Korsakov nomi bilan) xotira kasalligi mavjud. Bunda aynan
mnemik   vazifa   oqsaydi.   Bu   kasallikda   voqyealar,   hatto,   bir   necha   daqiqa   avval
sodir   bo’lganlari   ham   umuman   yodda   saqlanib   qolmaydi.   Bunday   bemorlar, masalan, shifokor bilan kuniga bir necha marta salomlashib, bugun ovqatlanganmi
yoki yo’qmi, eslamasligi ham mumkin. Bir bemor onasiga kitobiy asarning o’ziga
yoqib   qolgan   parchasini   hozirgina   o’qib   berganini   yodidan   chiqarib   yuborib,
beto’xtov   o’qib   berardi   va,   shu   asnoda   bir   necha   o’n   martalab   takrorlardi.   Agar
bunday bemor biror matnni yod olishga urinib ko’rsa, u shu zahotiyoq matn bilan
birga yod olishningrni o’zini ham yodidan chiqarib yuborishi mumkin. 
Shunday   qilib,   psixofiziologik   vazifalar   faoliyat   jarayonlarining   organik
ustqurmasini   tashkil   etadi,   deb   xulosa   yasash   mumkin.   Ularga   tayanmay   turib,
harakatlar va muolajalarning bajarilishidan tashqari vazifalar belgilanishining ham
imkoniyati mavjud emas. 
Istalgan faoliyat tuzilishida ichki va tashqi tarkibiy qismlarni ajratish mum-
kin.   Ichki   tarkibiy   qismlarga   markaziy   asab   tizimi   tomonidan   boshqariladigan
faoliyatlarda ishtirok etadigan anatomik va fiziologik tuzilmalar hamda jarayonlar,
shuningdek,   faoliyatni   boshqarishga   taalluqli   psixologik   jarayonlar   va   holatlar
kiradi.   Tashqi   tarkibiy   qismlarga   esa   faoliyatni   amaliyotda   bajarish   bilan   bog’liq
turli harakatlarni kiritish mumkin (N.A. Bernshteyn). 
Faoliyatning   taraqqiy   etib   va   o’zgarib   borishi   bilan   tashqi   tarkibiy
qismlarning   ichkilariga   tizimli   o’tishi   amalga   oshiriladi.   Bunda   interiorizasiya,
avtomatizasiya va eksteriorizasiya ham kuzatiladi. 
Shunday qilib, tashqi faoliyatdan tashqari ichki, aqliy faoliyatni ham ajratish
mumkin.   Bunday   faoliyatning   vazifalari   nimalardan   iborat?   Avvalambor,   bu
vazifalar ichki harakatlarning tashqi harakatlarni tayyorlashidan iborat. Ular zarur
harakatni tezda tanlab olishga imkon yaratib, inson kuchini tejashga, shuningdek,
qo’pol   xatoliklarga   yo’l   qo’ymaslikka   yordam   beradilar.   Masalan,   odam   kitob
javonlarini devorga qoqib qo’yish uchun joyni mo’ljallaydi. Bir yo’lni tanlab olib,
baholaydi,   so’ngra   undan   voz   kechib,   ikkinchisiga,   uchinchisiga   o’tadi,   nihoyat,
o’ziga   mos   va   qulay   holatda   to’xtaladi.   Garchi   bu   vaqt   ichida   bir   marta   ham
«barmog’ini   qimirlatib»   qo’ymaydi,   ya’ni,   biror   bir   amaliy   harakatni   amalga
oshirmaydi.  Harakatlarni miyada «aylantirib chiqish» ularni oldindan o’ylab olishga kira-
di.   Qanday   harakat   qilishni   o’ylayotgan   inson   qanday   yo’l   tutadi?   Qandaydir
harakatning   ro’yobga   chiqqanligini   tasavvur   qilib,   uning   oqibatlarini   ko’rib
chiqadi.   Ularga   qarab,   o’zining   holatiga   mos   keladigan   harakatni   tanlaydi.   Yoki
boshqa   misol,   ko’p   hollarda   inson   qandaydir   quvonchli   hodisani   kutganida,
vaqtdan   o’zib,   o’sha   hodisani   bo’lib   o’tganday   tasavvur   qiladi.   Natijada   o’zini
yuzida   baxtli   tabassum   bilan   o’tirganini   ko’radi.   Bu   misollar   insonning   ichki
faoliyatiga   misol   bo’la   oladi.   U   o’zining   ikki   asosiy   xususiyati   bilan   farqlanadi.
Birinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyat kabi tuzilishga ega, ular bir-biridan faqat
codir   bo’lish   shakli   bilan   tafovutlanadi.   Bu   ikki   faoliyat   motivlar   yordamida
uyg’otilishini,   hissiy   kechinmalar   bilan   birga   kuzatilishini,   o’zining   muolajaviy
texnik   tarkibi   mavjudligini   bildiradi.   Ichki   faoliyatning   tashqi   faoliyatdan   farqi
harakatlar   real   jismlar   bilan   emas,   ularning   xayoliy   tasviri   bilan   amalga
oshirilishidan,   real   mahsulot   o’rniga   g’oyaviy   natija   hosil   bo’lishidan   iborat.
Ikkinchidan,   ichki   faoliyat   tashqi   faoliyatdan   mos   harakatlarning   ichki   holatga
o’tkazilish yo’li  bilan paydo bo’lgan. Biror-bir harakatni  samarali ravishda fikran
amalga   oshirish   uchun   uni   avvalo   amaliyotda   o’zlashtirib   olib,   real   natija   olish
lozim.   Masalan,   shaxmat   o’yinida   donalarning   yurishi   o’zlashtirilib,   ularning
oqibatlari   idrok   etilgandan   keyingina   shaxmat   yurishini   o’ylab   olish   imkoniyati
tug’iladi. 
Shuni   ta’kidlab   o’tish   lozimki,   faoliyat   nazariyasining   mualliflari   ichki
faoliyat   tushunchasi   orqali   ong   va   psixik   jarayonlar   tahlili   muammosi   bilan
to’qnashdilar.   Faoliyat   nazariyasi   mualliflarining   fikriga   ko’ra,   psixik   jarayonlar
faoliyat   nuqtai   nazaridan   tahlil   qilinishi   mumkin,   chunki   istalgan   psixik   jarayon
o’z   vazifalari   va   muolajaviy-texnik   tuzilishiga   ega   bo’lib,   ma’lum   maqsadda
amalga oshiriladi. Masalan, ta’mni idrok qilish ta’m sifatlarining o’zaro farqlari va
mos kelish darajalarini aniqlash bilan bog’liq perseptiv maqsad va vazifalariga ega.
Perseptiv   vazifaga   yana   bir   misol   sifatida   aniqlash   jarayonini   keltirish   mumkin.
Bunday vazifalarni kundalik hayotimizda muntazam holatda ko’z bilan chamalash
masalalarini   hal   etishda,   chehralarni,   ovozlarni   tanib   olishda   va   h.k.da   bajarishga to’g’ri keladi. Barcha vazifalarni hal etish uchun har biriga mos ravishda farqlash,
aniqlash, o’lchash, tanish va boshqa  harakatlar ko’rinishidagi  perseptiv harakatlar
amalga oshiriladi. 
Psixik jarayonlar (idrok, diqqat, xotira, tafakkur va h.k.)ni faoliyat nazariyasi
nuqtai nazaridan faoliyatning alohida shakli sifatida o’rganib, ma’lum axborotlar –
faoliyatning   umumiy   tuzilishi,   darajalari,   kechish   shakllari   va   h.k.ni   qo’llash
mumkin va zarurdir. 
Faoliyatning   muolajaviy-texnik   aspektlarini   ko’rib   chiqish   jarayonida,   u
yoki bu harakat nima uchun bajariladi, maqsadning o’zi qanday paydo bo’ladi kabi
savollar paydo bo’lishi mumkin. Bunday savollarga javob topish uchun ehtiyojlar
va motivlar kabi tushunchalarga murojaat qilishimiz zarur.
Xatti harakatni qurilish darajalari
Yehtiyoj   –   bu   tirik   organizmlar   faolligining   boshlang’ich   shakli.   Tirik
organizmda   davriy   ravishda   zo’riqishning   ma’lum   holatlari   yuzaga   keladi;   ular
organizmning   ma’lum   hayotiy   faoliyatini   davom   ettirishi   uchun   zarur   bo’lgan
moddalarning   obyektiv   yetishmovchiligi   bilan   bog’liq.   Organizmda   normal
faoliyat   ko’rsatishi   uchun   zarur   sharoitlarni   tashkil   etuvchi   biror   narsaning
obyektiv   yetishmovchiligi   holatlari   ehtiyojlar   deb   ataladi.   Bunday   ehtiyojlar
sirasiga ozuqaga, suvga, kislorodga bo’lgan ehtiyojlar va boshqalar kiradi. 
Insondagi,   shuningdek,   yuqori   tuzilgan   hayvonlarda   tug’ma   bo’lgan
ehtiyojlar   haqida   so’z   yuritilganida,   sodda   biologik   ehtiyojlarga   yana   ikkitasini
qo’shib   qo’yish   lozim.   Bu,   birinchidan,   o’zi   kabilar   bilan,   va   birinchi   navbatda,
yoshi   katta   individlar   bilan   aloqaga   bo’lgan   ehtiyojdir.   Bolalarda   bu   juda   erta
namoyon   bo’ladi.   Onaning   tovushi,   yuzi,   qo’l   harakatlari   –   bolada   paydo
bo’ladigan   ijobiy   reaksiyani   keltirib   chiqaruvchi   birlamchi   seskantiruvchilar.   Bu
1,5-2 oylik bolada kuzatiladigan «jonlantirish majmuasi»dir. 
Insondagi   ijtimoiy   aloqalar   yoki   muloqotga   bo’lgan   ehtiyoj   yetakchi
ehtiyojlardan   biri   bo’lib   hisoblanadi.   Faqat   inson   hayoti   davomida   u   o’zining
shakllarini o’zgartiradi.  Bola   hayotining   dastlabki   oylari   va   yillarida   unga   mehribonlik   qiluvchi
onaga   va   yaqinlarga   bo’lgan   ehtiyoj.   Vaqt   o’tishi   bilan   bu   manzara   o’zgara
boshlaydi,   chunki   avvalgi   ehtiyoj   tengdoshlar   jamoasida   hurmatga   sazovor
bo’lishga   intilish   bilan   almashinadi.   Do’stga,   maslakdosh   insonga,   ruhlantiruvchi
ustozga   ehtiyoj   ortadi.   Keyinchalik   esa   hayotda   o’z   o’rnini   topish,   ta’lim   olish,
jamiyat e’tirofini qozonishga va boshqalarga intilish paydo bo’ladi. 
Insonda   tug’ma   xususiyatga   ega   bo’lib,   organik   ehtiyojlarga   taalluqli
bo’lmagan  ikkinchi  ehtiyoj   -  bu tashqi  taassurotlarga   ehtiyoj,  yoki  keng  ma’noda
bilishga ehtiyoj hisoblanadi. 
O’tkazilgan   tadqiqotlarga   ko’ra,   yangi   tug’ilgan   chaqaloqlar   hayotining
birinchi   soatlaridan   boshlab   ko’rish,   eshitish,   tovush   seskantiruvchilariga   javoban
ta’sir   ko’rsatibgina   qolmasdan,   ularni   o’rganadilar   ham.   Xususan,   yangi
seskantiruvchilarga nisbatan ularda jonliroq javob reaksiyalari paydo bo’ladi. 
Ikki-uch   oylik   chaqaloqlarda   bilishga   ehtiyoj   mavjudligini   tasdiqlovchi
tajribalar o’tkazildi. Bolaga so’rg’ich berib, uni rezinali nay orqali televizorga ulab
qo’ydilar. Bunda so’rg’ich pnevmatik o’tkazgich vazifasini bajaradi. Qurilmaning
ishlash   mexanizmi   quyidagicha   edi:   agar   bola   so’rg’ichni   so’rsa,   televizor   ekrani
yorishib, tasvir – yoki harakasiz rasm, yoki so’zlayotgan ayol paydo bo’lardi. Agar
bola so’rishdan to’xtagudek bo’lsa, ekran asta-sekin o’chib qolardi.  Bolaning qorni
to’q   bo’lishi   kerak   (bu   tajribaning   zarur   sharti),   lekin   bunday   holatda   bola
so’rg’ichni istar-is-tamas so’radi. Shunday qilib, tajriba davomida bir muncha vaqt
o’tib, bola so’rish harakatlarining ekrandagi tasvir bilan aloqasini  payqab qolardi,
shunda quyidagi voqyea sodir bo’lardi: u jadallik bilan, harakatlarini bir soniyaga
ham   to’xtatmay,   so’rg’ichni   so’ra   boshlardi!   Bu   natija   ishonarli   tarzda   ikki   oylik
bolaning   faollik   bilan   tashqi   olamdan   axborot   o’zlashtirishga   qodirligidan   dalolat
beradi. Bunday faollik bilish ehtiyoji ifodasining o’zidir. 
Ko’rib   o’tilgan   bu   ikki   ehtiyojga   nisbatan   ikki   muhim   holatni   qayd   etib
o’tish mumkin. Birinchidan, munosabatlarga va bilishga bo’lgan ehtiyoj dastlabki
vaqtlarda bir-biri  bilan uzviy tutashib ketgan bo’ladi. Bolaga yaqin bo’lgan inson
uning   faqat   munosabatlarga   bo’lgan   ehtiyojlarini   qondirmasdan,   bolada   hosil bo’ladigan   turli   taassurotlarning   eng   birinchi   va   asosiy   manbaidir.   Ota-onaning
faol   harakatlari,   gap-so’zlari,   bolani   boshqarishi,   o’yinlar   uning   bilish   ehtiyojini
«oziqlantiruvchi» taassurotlarning bosh manbai bo’lib xizmat qiladi. 
Shunday   qilib,   ehtiyojlar   haqidagi   umumiy   qarashlar:   ta’riflari,   organik
ehtiyojlar bilan birgalikda inson uchun juda muhim bo’lgan ikki: ijtimoiy va bilish
ehtiyojlarining mavjudligi ko’rib chiqildi. 
Endi   ehtiyojlarning   faoliyat   bilan   bo’ladigan   aloqalariga   murojaat   qilamiz.
Bunda har bir ehtiyoj hayotidagi ikki bosqichni ajratish lozim. Birinchi bosqich –
ehtiyojni   qondiruvchi   jismni   uchratishgacha   bo’lgan   davr;   ikkinchi   bosqich   –   bu
uchrashuvdan keyingi davr. 
Birinchi bosqichda ehtiyoj subyektga taqdim etilmagan bo’ladi. U qandaydir
zo’riqish, qoniqmaslik holatini boshidan kechirishi, lekin bu holatning asl sababini
bilmasligi   mumkin.   Hulq-atvor   tomonidan   esa   bunday   holat   notinchlikda,   turli
jismlarni izlash, tanlashda ifodalanadi. Masalan, mashhur bolalar shifokori B. Spok
farzandlari   ortiqcha   vazndan   aziyat   chekayotgan   ota-onalarni   ortiqcha
ishtahalarining asl  sababi  haqida chuqur  fikr  yuritishga chaqiradi. Uning fikricha,
ota-onalarning   e’tibori   va   mehribonligi   yetishmaganida   bolalar   o’zlarini   shunday
tutadilar.  Bunday   bolalar   qoniqmaslik  holatini   boshidan  kechirib,  uni  aniqlashtira
olmaydilar va ovqatga ruju qo’yadilar! 
Izlash   faoliyati   davomida,   odatda,   ehtiyojning   jism   bilan   uchrashuvi   sodir
bo’ladi va shu bilan ehtiyoj «hayotidagi» birinchi bosqich o’z nihoyasiga yetadi. 
Yehtiyoj tomonidan o’z jismini «bilib olish» jarayoni ehtiyojning jismga ega
bo’lishi   nomini   olgan.   O’zining   sodda   shakllarida   u   «imprinting   mexanizmi»,
ya’ni, yodda qolish sifatida ma’lum. Imprintingga misol – yangi tuxumdan chiqqan
g’ozda yonidan o’tib ketayotgan jismning iziga tushish reaksiyasining uyg’onishi:
u har bir harakatlanayotgan jismning, u jonsiz bo’lsa ham, ortidan keta boshlaydi.
Xuddi onasi ortidan yurganday (K. Lorens tajribalari). 
Jismga   ega   bo’lish   jarayonida   ehtiyojning   ikki   asosiy   xususiyati   namoyon
bo’ladi.   Birinchisi,   ushbu   ehtiyojni   qondira   olish   xususiyatiga   ega   bo’lgan
jismlarning   dastlabki   juda   keng   tarkibiy   qismidan,   ikkinchisi   –   ehtiyojni   birinchi bo’lib qondirgan jismda tezda qayd etishdan iborat. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki,
ehtiyojlarni qayd etish fakti bolalarni tarbiyalash amaliyotida yaxshi tanish. 
Masalan, bola hayoti birinchi yilining oxirida ozuqasiga turli qo’shimchalar
kiritish tavsiya etiladi. Aks holda bola bo’tqa va sutga o’rganib qolib, keyinchalik
go’sht,   tuxum   va   shunga   o’xshash   mahsulotlarni   og’ziga   olishdan   bosh   tortishi
mumkin. 
Ko’pincha   o’g’il   bolaning   ota-onasi   haqli   ravishda   uning   yonidagi
o’rtoqlaridan,   qiz   bolaning   ota-onasi   esa   uning   didiga   mos   keladigan   yigitdan
xavotir   oladilar.   Ular   ichki   tuyg’ulari   orqali   o’z   farzandlarining   tanloviga
keyinchalik ta’sir ko’rsata olmasliklarini anglaydilar, bu aynan ehtiyojlarning tezda
qayd etilishi sababli sodir bo’ladi. 
Shunday   qilib,   ehtiyojning   jism   bilan   uchrashuvi   vaqtida   uning   jismga   ega
bo’lishi   sodir   bo’ladi.   Bunday   holat   bu   aktda   ehtiyoj   jismi   sifatida   ta’riflanuvchi
motiv paydo bo’lganligi uchun juda muhim bo’lib hisoblanadi. 
Yehtiyojning jismga  ega  bo’lishidan  va  motivning yuzaga  kelishidan  so’ng
hulq-atvor turi keskin o’zgaradi. Agar shu vaqtgacha hulq-atvor yo’naltirilmagan,
izlanuvchi xususiyatga ega bo’lgan bo’lsa, endi u «vektor» yoki yo’nalish oladi. U
jism   tomon   yo’nalgan   bo’ladi,   agar   motiv   salbiy   valentlikka   ega   bo’lsa,   jismdan
tashqariga yo’naladi. Bir yosh bolaning keskin yo’nalgan hulq-atvorini misol qilib
keltirish mumkin. Bir yoshli bolada tuzga berilish aniqlandi. «Tuz» uning birinchi
bo’lib   tushungan   va   talaffuz   qilishni   o’rgangan   so’zi   bo’ldi.   Bola   uyda   tuzning
saqlanish joyini bilar, doimiy ravishda uni  so’rab, qo’llari  bilan unga intilib, agar
bermasalar,   yig’i   ko’tarardi.   Nihoyat,   unga   erishgandan   so’ng   qoshiqlab   iste’mol
qilardi. Bola bir yarim yoshga yetganida uni kasalxonaga tekshiruvga yotqizdilar.
U   yerda   normal   oziqlanish   tartibi   belgilandi,   ya’ni,   bola   talab   etayotgan   tuzni
bermay   qo’ydilar,   va   u   tez   orada   nobud   bo’ldi.   Tanasining   ichki   tekshiruvidan
uning   buyrak   usti   po’stlog’ida   o’sma   borligi,   natijada   organizmdan   tuz   yuvilib
chiqib ketishi ma’lum bo’ldi. 
Shunday   qilib,   o’tkir   organik   ehtiyoj   o’zining   jismi   –   tuzni   topgan.   Tuzga
intilish   bolani   turli   harakatlarga   undardi:   u   tuzni   o’zi   olishga   intilar,   uni   so’rab yig’lar,   uni   katta   miqdorda   iste’mol   qilardi   va   h.k.   Yuqorida   keltirilgan   ushbu
ta’rifdan kelib chiqqan holda, tuz bola faoliyatida motiv, shu bilan birga yetakchi
motiv bo’lganini aytish mumkin. 
Yana   bir   ta’rifga   asosan   motiv   –   bu   harakatning   nima   sababdan   amalga
oshirilishi. «Biror bir sababdan»  odam  ko’plab turli  xarakatlarni  amalga oshiradi.
Mana   shu   bir   motiv   tomonidan   chaqiriladigan   harakatlar   yig’indisi   faoliyat,
aniqroq   aytiladigan   bo’lsa,   alohida   faoliyat   yoki   faoliyatning   alohida   turi   deb
ataladi. Bunday faoliyat turlari sifatida o’yin, o’quv, mehnat faoliyatlarini keltirish
mumkin. 
Shuni   ta’kidlab   o’tish   lozimki,   bir   motivning   o’zi   turli   harakatlar   to’plami
bilan   qondirilishi   mumkin,   va   aksincha,   bir   harakatning   o’zi   turli   motivlar
tomonidan uyg’otilishi mumkin. 
Agar   bir   odam   misolida   ko’rib   chiqadigan   bo’lsak,   odatda,   uning   amalga
oshiradigan   harakatlariga   birdaniga   bir   necha   motiv   sabab   bo’ladi.   Inson
harakatlarining   ko’pchilik   motivlar   tomonidan   uyg’otilishi   –   odatiy   hodisa.
Masalan,   odam   natijaning   yuqori   sifati   uchun   mehnat   qilish   bilan   birga,   yo’l-
yo’lakay   o’zining   boshqa   motivlari   –   jamiyat   e’tirofi,   moddiy   rag’bat   kabilarni
ham qondirishi mumkin. 
Tutgan o’rni yoki bajaradigan vazifasiga ko’ra barcha motivlar ham bir day
ahamiyat   kasb   etmasligi   mumkin.   Ulardan   biri   asosiy,   qolganlari   –   ikkinchi
darajali   bo’lishi   mumkin.   Bosh   motiv   yetakchi   motiv,   ikkinchi   darajalilari   –
rag’batlantiruvchilar deb ataladi. 
Endi   motivlar   nisbati   va   ong   muammosini   ko’rib   chiqamiz.   Yuqorida
bildirilgan   fikrlarga   ko’ra,   motivlar   harakatlarni   yuzaga   keltiradi,   ya’ni
maqsadlarning hosil bo’lishiga olib keladi, maqsadlar esa doim anglangan holatda
bo’ladi. Motivlarning o’zi esa anglanadigan va anglanmaydigan turlarga bo’linadi.
Maqsad motivi birinchi turdagi motivlarga misol bo’la oladi. 
Agar motivlar anglanmaydigan bo’lsa, ularni ongda umuman ifodalanmaydi,
deb  hisoblash   mumkinmi?  Yo’q,  bunday   hisoblanmaydi.   Ular   ongda   alohida   ikki
shakl: hissiyotlar va shaxsiy mohiyatlarda ifodalanadi.  Hissiyotlar motivlar bilan bog’liq bo’lgan hodisalar yoki harakatlar natijalari
bahonasida   paydo   bo’ladi.   Agar   odam   biror   narsadan   xavotirlanayotgan   bo’lsa,
demak,   «o’sha   narsa»   uning   motivlariga   dahldordir.   Faoliyat   nazariyasida
hissiyotlar faoliyat natijasining uning motiviga nisbatan munosabatining aks ta’siri
sifatida   ta’riflanadi.   Agar   motiv   nuqtai   nazaridan   faoliyat   samarali   amalga
oshirilsa, ijobiy hissiyotlar, agar samara bermasa, salbiy hissiyotlar yuzaga keladi.
Masalan, qaysi holatlarda odamda g’azab hissi paydo bo’ladi: qachonki, maqsadga
erishishimiz   yo’lida   to’sqinliklarga   duch   kelsak.   Qo’rquv   hissichi?   O’zini
muhofazalash   motivi   tahdid   ostida   qolgan   holatda.   Shodlikchi?   Aksincha,   motiv
o’zidan qoniqish hissiga ega bo’lgan holatda. 
Bundan shunday xulosa kelib chiqadi: hissiyotlar – juda muhim ko’rsatkich
bo’lib, ularning yordamida inson motivlarini aniqlash mumkin. 
Endi   shaxsiy   mohiyat   haqida   so’z   yuritamiz.   Yetakchi   motiv   faoliyat
maydoniga   tushib   qolgan   yuqori   subyektiv   ahamiyatga   ega   bo’lgan   jism,   harakat
yoki hodisa kechinmasidir. Shuni ta’kidlash muhimki, bunda faqat yetakchi motiv
mohiyat hosil qiluvchi vazifasini bajaradi. 
Shaxsiy   mohiyat   bilan   bog’liq   noyob   hodisani   bungacha   betaraf   bo’lgan
obyekt   kutilmaganda   subyektiv   muhim   bo’lgan   kechinma   sifatida   ko’riladigan
«o’tish   jarayonlarida»   oson   aniqlash   mumkin.   Masalan,   agar   o’zingiz   sayohat
rejalashtirib,   uning   yo’nalishini   tanlaydigan   bo’lsangiz,   zerikarli   geografik
ma’lumotlar ham muhim va ahamiyatli bo’lib qoladi. 
Qisqacha,   motivlar   va   shaxs   aloqasi   muammosida   to’xtalamiz.   Inson
motivlari sohasi tomonidan shaxs ko’lami va uning fe’l-atvori aniqlanadi. 
Odatda, motivlarning zinapoyali munosabatlari to’laqonli anglanmaydi. Ular
motivlar   kelishmovchiligi   yuzaga   keladigan   vaziyatlarda   oydinlashadi.   Juda   ko’p
holatlarda   hayot   turli   motivlarni   to’qnashtirib,   insondan   ularning   birini:   moddiy
manfaatdorlik   yoki   ishga   bo’lgan   qiziqish,   shaxsiy   muhofaza   yoki   g’urur   va
h.k.larni tanlashga majbur qiladi. 
ndi   motivlar   rivoji   kabi   muhim   masalani   ko’rib   chiqamiz.   Bu   masala,
avvalo, shaxs tarbiyasi va o’zini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.  Faoliyat   tahlilida   harakatning   tabiiy   yo’nalishi   quyidagicha   bo’ladi:
ehtiyojdan   motivga,   so’ngra   maqsad   va   harakat   tomon   (Ye   M   M   H).   Voqyeiy
faoliyatda   esa   muntazam   ravishda   teskari   jarayon   ro’y   beradi:   faoliyat   davomida
yangi motivlar va ehtiyojlar shakllanib boradi (F M e). 
Faoliyat   nazariyasida   motivning   maqsad   tomon   harakat   mexanizmi   yoki
maqsadning motivga aylanish mexanizmi mavjud. Ushbu mexanizmning mohiyati
shundan   iboratki,   qandaydir   motiv   tomonidan   erishishga   harakat   qilinadigan
maqsad   vaqt   o’tishi   bilan   o’zi   mustaqil   holatda   undovchi   kuchga   ega   bo’ladi,
ya’ni, maqsadning  o’zi  motivga aylanadi. Maktab  hayotidan bir  misol  keltiramiz.
O’quvchi   ma’lum  fan  bilan  unga  o’zining  sevimli   ustozi  bilan  muloqotda  bo’lish
zavqli   bo’lgani   uchun   shug’ullanadi.   Lekin   asta-sekin   ushbu   fanga   qiziqish
chuqurlashib  boradi, va o’quvchi  uni  bo’lajak mutaxassislik  sifatida ham  tanlashi
mumkin.   Shunday   qilib,   motiv   maqsadga   aylandi.   Shuni   ta’kidlash   lozimki,
maqsadning   motivga   aylanishi   ijobiy   hissiyotlar   to’planganidagina   yuz   berishi
mumkin,   masalan,   hammaga   ma’lumki,   faqat   jazo   berish   va   majburiy   ravishda
ishga nisbatan qiziqish yoki muhabbat uyg’otish mumkin emas. 
Maqsadga qaratilgan harakatlar.   Inson hulq-atvorida funksional  jihatdan
bog’liq   bo’lgan   qo’zg’atuvchi   va   boshqaruvchi   tomonlar   mavjud.   Psixologiyada
inson   hulq-atvoridagi   qo’zg’atuvchi   holatlarni   tasvirlash   va   tushuntirish   uchun
qo’llaniladigan   tushunchalar   orasida   motivasiya   va   motiv   tushunchalari   eng
umumiy va asosiy bo’lib hisoblanadi. 
«Motivasiya»   atamasi   «motiv»   atamasiga   qaraganda   kengroq   tushunchaga
ega.   «Motivasiya»   so’zi   hozirgi   zamon   psixologiyasida   hulq-atvorni
determinasiyalovchi   omillardir.   Bunga,   xususan,   ehtiyojlar,   motivlar,   maqsadlar,
intilishlar   va   boshqa   ko’pchilik)   tizimini   belgilovchi   va   hulq-atvor   faolligini
ma’lum darajada tutib turuvchi, rag’batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida 
ikkilangan   ma’noda   qo’llaniladi.   Biz   motivasiya   tushunchasini   birinchi
ma’noda   qo’llaymiz.   Shunday   qilib,   motivasiyani   inson   hulq-atvori,   uning   kelib
chiqishi,   yo’nalishi   va   faolligini   tushuntirib   beruvchi   psixologik   xususiyatga   ega
bo’lgan sabablar yig’indisi sifatida belgilash mumkin.  Hulq-atvorning paydo bo’lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo’nalganlik va
ko’zlangan   maqsadga   erishilgandan   so’ng   yakunlanishi,   kelajakdagi   voqyealarga
moyillik,   alohida   olingan   hulq-atvor   aktining   mutanosibligi   va   mazmun   jihatidan
yaxlitligi,   samaradorligini   oshirish   kabi   tomonlari   motivasion   jihatdan
tushuntirishni talab etadi. 
«Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday
mohiyatga   ega?»   va   boshqa   shu   turdagi   savollarga   javob   izlash   motivasiyaga
muvofiq amalga oshiriladi. 
Hulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi
mumkin.   Birinchi   vaziyatda   tushuntirishning   boshlang’ich   va   yakuniy   holatlari
sifatida   subyekt   hulq-atvorining   psixologik   xossalari,   ikkinchisida   –   tashqi   va
faoliyat   sharoitlari   namoyon   bo’ladi.   Birinchi   vaziyatda   motivlar,   ehtiyojlar,
maqsadlar,   tilaklar,   qiziqishlar   va   h.k.lar,   ikkinchisida   esa   –   yuzaga   kelgan
vaziyatdan   kelib   chiqqan   rag’batlar   haqida   so’z   yuritiladi.   Ba’zan   inson   hulq-
atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs dispozisiyalari deb ataladi.
U   holda   muvofiq   ravishda   dispozision   va   vaziyatli   motivasiyalar   haqida   hulq-
atvorni   determinasiyalashning   ichki   va   tashqi   analoglari   sifatida   so’z   yuritiladi.
Shuning   uchun   insonning   istalgan   harakati   ikki   tomonlama:   dispozision   va
vaziyatli determinasiya sifatida ko’rib o’tiladi. 
Dispozisiyalar o’z mohiyatiga ko’ra motivlardir. Motiv motivasiyadan farqli
o’laroq,   –   bu   hulq-atvor   subyektining   o’ziga   tegishli   bo’lgan,   uning   ma’lum
harakatlari   amalga   oshirishga   ichkaridan   undovchi   barqaror   shaxsiy   xossasi.
Motivni,   shuningdek,   umumlashtirilgan   ko’rinishda   ko’pchilik   dispozisiyalarni
ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin. 
Mavjud   bo’lgan   dispozisiyalardan   eng   muhimi   ehtiyojlar   tushunchasi
hisoblanadi.   Ehtiyoj   deb,   inson   yoki   hayvonning   ma’lum   sharoitlarda   ularga
normal   yashash   va   rivojlanishi   uchun   yetishmovchilik   holatiga   aytiladi.   Ehtiyoj
shaxs   holati   sifatida   muntazam   ravishda   insondagi   organizm   (shaxs)   uchun
yetishmovchilik bilan bog’liq bo’lgan qoniqmaslik hissi bilan bog’liq  Inson   ehtiyojlarining   asosiy   xususiyatlariga   qondirish   kuchi,   paydo
bo’lishining   davriyligi   va   usuli   kiradi.   Shaxsning   ahamiyatli   ehtiyoji,   uning   jisga
bog’liq   mazmuni,   ya’ni,   ushbu   ehtiyojni   qondira   oladigan   moddiy   va   ma’naviy
madaniyat obyektlarining yig’indisidir. 
Yehtiyojdan   keyingi   motivasion   ahamiyatga   ega   bo’lgan   tushuncha   –   bu
maqsad. Maqsad deb, faoliyat bilan bog’liq bo’lgan, dolzarb ehtiyoji  qondiruvchi
bevosita   anglanuvchi   natijaga   aytiladi.   Psixologik   jihatdan   maqsad   ongning
motivasiyali qo’zg’atuvchi mazmuni, u inson tomonidan faoliyatining bevosita va
yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi. 
Ko’rib   chiqilgan   motivasiyali   hosilalardan   dispozisiyalar   (motivlar),
ehtiyojlar   va   maqsadlar   inson   motivasion   sohasining   asosiy   tashkil   etuvchilari
bo’lib hisoblanadi. 
Shaxsning   motivasion   sohasini   rivojlanganlik   nuqtai   nazaridan   kenglik,
egiluvchanlik   va   iyerarxiyalashtirish   ko’rsatkichlari   bo’yicha   baholash   mumkin.
Motivasion   sohaning   kengligi   deyilganda,   darajalarning   har   birida   keltirilgan
dispozisiyalar,   ehtiyoj   va   maqsadlar   kabi   motivasion   omillarning   sifat   jihatidan
turli-tumanligi   tushuniladi.   Odamda   turli   xil   motivlar,   ehtiyoj   va   maqsadlar
qanchalik   ko’p   bo’lsa,   uning   motivasion   sohasi   ham   shunchalik   rivojlangan
hisoblanadi. 
Motivasion   sohaning   egiluvchanligi   motivasiya   jarayonini   quyidagicha
xarakterlaydi:   yuqori   darajadagi   motivasion   maylning   qondirilishi   uchun   quyi
darajadagi   turli   xil   motivasion   mayllar   qanchalik   ko’proq   qo’llanilgan   holatda
motivasion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo’ladi. Masalan, bir individ
uchun   bilim   olishga   bo’lgan   ehtiyoj   faqat   televideniye,   radio   va   kino   hisobiga
qondirilsa,   boshqasi   uchun   xuddi   shunday   ehtiyojni   qondirish   vositasi   turli
kitoblar,   davriy   matbuot,   odamlar   bilan   muloqot   hisoblanadi.   Keyingi   holatda
motivasion soha egiluvchanroq bo’lib sanaladi. 
Iyerarxiyalashtirilganlik – bu alohida olingan motivasion sohasidagi  har bir
tuzilish   darajasining   xususiyati.   Bir   xil   dispozisiyalar   (motivlar,   maqsadlar)
boshqalaridan   kuchliroq   bo’lib   tez-tez   hosil   bo’lib   turadi;   boshqalari   kuchsizroq bo’ladi,   va   kamroq   dolzarblashtiriladi.   Ma’lum   darajadagi   motivasion
hosilalarningdolzarblashtirish   kuchi   va   chastotasidagi   farqlar   qanchalik   ko’p
bo’lsa, motivasion sohaning iyerarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo’ladi. 
Motivlar,   ehtiyojlar   va   maqsadlardan   tashqari,   inson   hulq-atvori
qo’zg’atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va maqsadlar
ham   ko’rib   chiqiladi.   Qiziqish   deb,   bilish   xususiyatiga   ega   bo’lgan,   to’g’ridan-
to’g’ri   bir   xil,   ayni   damda   dolzarb   bo’lgan   ehtiyoj   bilan   bog’lanmagan,   alohida
motivasion holatga aytiladi. Muammo ma’lum maqsadga erishishga yo’naltirilgan
harakatni   bajarishda   organizm   yengib   o’tishi   zarur   bo’lgan   to’siqlarga   duch
kelganida   paydo   bo’ladi.   Tilaklar   va   maqsadlar   –   bu   darhol   yuz   beradigan   va
ko’pincha   bir-birini   almashtirib   turadigan,   harakat   bajarish   sharoitlarining
o’zgarishlariga javob beradigan motivasion subyektiv holat. 
Inson   hulq-atvori   motivasiyasi   ongli   va   ongsiz   bo’lishi   mumkin.   Bu   inson
hulq-atvorini   boshqaruvchi   ba’zi   ehtiyoj   va   maqsadlar   inson   tomonidan
anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi. 
Shunday   qilib,   motivlar   anglangan   yoki   anglanmagan   bo’lishi   mumkin.
Shaxs yo’nalganligi shakllanishidagi asosiy o’rinni anglangan motivlar egallaydi. 
Harakatda   motor,   sensor   va   markaziy   tarkibiy   qismlarni   ajratish   mumkin.
Ular   mos   holatda   bajarish,   nazorat   yoki   boshqarish   vazifalarini   bajaradilar.
Faoliyat davomida inson tomonidan qo’llaniladigan harakatni bajarish, nazorat va
boshqarish uslublari ushbu faoliyatning usullari deb ataladi.  Adabiyotlar:
1. Karimov   I.A.   “Ona   yurtimizbaxtuiqbolivabuyukkelajagiyo’lidaxizmatqilish   –
engoliysaodatdir”. – Toshkent, “O’zbekiston”, 2015.
2. KarimovI.A.   “Yagonamsanmuqaddassan,   Vatanim,
sevgivasadoqatimsengabaxshida,   go’zalO’zbekistonim”   Mustaqillikning   23
yilligigabag’ishlanganma’ruza. Xalqso’zi, 2014 yil 1 sentyabr.
3. Karimov I.A. Asarlarto’plami. 1-21 jildlar. – Toshkent, “O’zbekiston”, 1996-
2013.
4. KarimovI.A. Yuksakma’naviyat – yengilmaskuch. – Toshkent, “Ma’naviyat”,
2008.  
5. Evolutionary   Psychology   David   M.   Buss,   third   edition   ,   The   University   of   
Texas at Austin, 2008.
6. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan    
7. V ы gotskiy L. S. Sobr. soch. v 6 t. M., 1982-1984.
8. Galperin   P.   Ya.   Vvedeniye   v   psixologiyu.   M.,   1976.   Galperin   P.   Ya.   K
ucheniyu ob interiorizasii // Vopr. psixologii.  1966. № 6.

Psixik jarayonlar va miyaning o’zaro aloqadorligi. Harakat inson faoliyatning birligi sifatida. Xatti-harakat qurilmalar Reja: 1. Insonda miya va psixik jarayonlarni shakllanishi 2. Psixik jarayonlar va miya faolligini o’zaro munosabatlari 3. Psixologik fanlarda o’ziga xoslik va qonuniyatlarni shakllanishi 4. Xarakat inson faoliyatining o’ziga xosligi sifatida 5. Xatti harakatni qurilish darajalari 6. Maqsadga qaratilgan harakatlar

Insonda miya va psixik jarayonlarni shakllanishi. Asab tizimi markaziy, periferik va vegetativ bo’limlardan iborat. Markaziy asab tizimi (MAT) bosh va orqa miyani o’z ichiga oladi. Miya organizmda boshqaruvchi vazifasini o’taydi va psixomotor faoliyatni ta’minlab beradi. Bundan tashqari, miya fikrlarimizni mahorat bilan boshqarib, inson organizmining beshta asosiy tuyg’ulari – ko’rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish va sezishni nazorat qiladi. Periferik asab tizimi – nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik nervlar majmuasi yurak, o’pka, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar va to’qimalarni ta’minlaydi, bularning barchasi vegetativ asab tizimini tashkil etadi. Uning faoliyati inson iroda kuchiga bog’liq bo’lmaydi. Asab tizimi organizmning ixtiyoriy va ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarini boshqaradi. Ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarga misol qilib ovqat hazm qilish vazifasini keltirishimiz mumkin. Asab tizimini tashkil etuvchi milliardlab asab hujayralari organizmning o’zidan, shuningdek, tashqi muhitdan axborot qabul qiladilar. Bosh va orqa miya – ikki hayotiy muhim organlar – miya qutisi va umurtqa pog’onasi suyaklari bilan o’ralgan va himoya qilinadi. Miyaning asosiy tarkibiy qismlari bo’lib katta miya (ikki yarim sharlar), miyacha, orqa miya hisoblanadi. Miya yarim sharlari – bu organning axborotni qabul qilib, tananing boshqa qismlariga o’tkazuvchi asosiy qismidir. Yarim sharlar nutq, tafakkur va xotiraga ma’suldirlar. Miyacha asosan tana harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam be- radi. Orqa miya yurak faoliyati, nafas olish va qon bosimi kabi vazifalarni boshqaradi. Asab tizimi endokrin tizim bilan uzviy hamkorlikda inson barcha organlarining faoliyatini boshqaradi. Inson fikrlari, xotiralari, hissiyotlari yoki sezgilari, shuningdek, uning har bir anglangan harakati amalga oshirgan faoliyatining aksi bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari, asab tizimi, ichki, vegetativ, anglamaydigan vazifalar: tana harorati, yurak urishi va boshqa gomeostaz (muvozanat, doimiylik)ni tashkil etuvchilarni boshqaradi.

Asab tizimi somatik va vegetativ bo’limlarga ajratiladi. Birinchisi, skelet mushaklari qisqarishi yordamida sezuvchanlik va harakat bilan ta’minlagan holda organizm bilan tashqi muhit o’rtasidagi aloqani amalga oshiradi. Ikkinchisi, moddalar almashinuvi, nafas olish, ajratishga o’z ta’sirini o’tkazadi. Miya oq va kul rang moddadan iborat. Kul rang modda asab hujayralarining to’plamlaridan hosil bo’ladi, oq moddani esa asab tolalari tashkil etadi. Yaqin vaqtgacha kul rang modda asosan yurish va yugurishga bo’lgan ko’nikma hosil qilish bilan bog’lanar edi. Hozirgi kunlarda olimlar yana bir qonuniyatni aniqladilar – yangi raqs harakatlarini o’rganib, ijro etishga layoqatli insonlarning miyasi faolroq bo’lar ekan. Amerikalik olimlar (R. Xayer va boshqalar) erkaklar va ayollar turlicha fikr yuritishlarini aniqladilar. Miya anatomiyasini tadqiq etish orqali erkaklar ko’proq kul rang moddani, ayollar esa oq moddani faollashtirishlari ma’lum bo’ldi. Boshqacha aytganda, tafakkur jarayonida kuchli jins ayollarga nisbatan kul rang moddadan 6,5 marta ko’proq, go’zal jins vakillari esa oq moddadan 10 marta ko’proq foydalanar ekan. Asab tizimining strukturaviy birligi neyrondir. Asab tizimi neyronlar yig’indisidan iborat bo’lib, ular o’zaro bir-birilari bilan maxsus tuzilmalar – sinapslar 1 orqali aloqada bo’ladilar. Har bir neyronda muntazam ravishda almashinuv jarayonlari ro’y berib, oqsillar sintezlanadi, asab impulslari to’plangan holda o’tkazilib turiladi. Neyron – o’ziga xos hujayra bo’lib, o’simtalari bo’ladi: uzun o’simtalari aksonlar 2 , kalta sertarmoq o’simtalar – dendritlar 3 deb ataladi. Neyron tanasining o’rtacha diametri 0,01 mmni, bosh miyadagi neyronlarning umumiy soni esa 100 mlrd.ni tashkil etadi Rivojlanib kelayotgan miyaga tabiat yuqori darajadagi mustahkamlik zahirasini joylaydi, va natijada, ko’p miqdorda ortiqcha neyronlar 4 hosil bo’ladi. 1 Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 4 2 Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 3 3 Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 3 4 Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 3

Ularning taxminan 70% bolaning tug’ilish davrigacha nobud bo’ladi va bu jarayon tug’ilgandan so’ng ham, umri bo’yi davom etadi. Hujayralarning bunday nobud bo’lishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan bo’ladi. Neyronlar o’ta egiluvchandir. Egiluvchanlikning ma’nosi shundan iboratki, nobud bo’lgan asab hujayralarining vazifalari ularning o’z hayotchanligini saqlab qolgan «hamkasblari» zimmasiga yuklanadi, ularning o’lchamlari kattalashgani hisobiga yo’qotilgan vazifalarning o’rni to’ldiriladi. Ma’lumotlarga ko’ra, bosh miyadagi neyronlarning 90% ga yaqini nobud bo’lmagunicha, kasallik belgilari namoyon bo’lmay, inson sog’lom ko’rinishini saqlab qolar ekan. Ya’ni, bitta tirik asab hujayrasi to’qqizta nobud bo’lgan hujayralarning o’rnini bosishi mumkin ekan. Lekin asab tizimining egiluvchanligi keksalik davrigacha zehnni tiniq holatda saqlab qolishning yagona mexanizmi emas. Tabiatning zahiradagi yana bir yo’li – voyaga yetgan sut emizuvchilarning bosh miyasida yangi asab hujayralarining hosil bo’lishi, yoki neyrogenez hodisasi ham mavjud. Agar asab hujayralari bo’linmaydigan bo’lsa, yangi neyronlar qayerdan paydo bo’ladi? Ular voyaga yetgan organizmning o’zak hujayralaridan hosil bo’ladi. Nerv faoliyatining asosiy mexanizmi bo’lib refleks hisoblanadi. Refleks – organizmning markaziy asab tizimidan beriladigan va u orqali nazorat qilinadigan ta’sirga javob reaksiyasi. «Refleks» atamasi ilk bora 17 asrda fiziologiyaga fransiyalik olim Rene Dekart tomonidan kiritilgan. Ammo bu atama psixik faoliyatni tushuntirib berish uchun 1863 yildagina I.M. Sechenov tomonidan qo’llanilgan edi. I.M. Sechenov ta’limotini rivojlantirgan holda, I.P. Pavlov tajribada refleksning o’z vazifalarini bajarish xususiyatlarini tadqiq etdi. Barcha reflekslar ikki guruhga ajratiladi: shartli va shartsiz. Shartsiz reflekslar – organizmning muhim hayotiy ta’sirlovchi omillar (ozuqa, xavf va shunga o’xshashlar)ga nisbatan tug’ma reaksiyasi. Ularning paydo bo’lishi u yoki bu sharoitlarni talab etmaydi, masalan, ko’zni pirpiratish, ozuqani ko’rganda so’lak ajratish reflekslari va boshqalar. Shartsiz reflekslar organizmning tayyor tabiiy zahiradagi javob reaksiyalaridir. Ular ma’lum hayvon turining evolyusiya davomida rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. Shartsiz reflekslar bir turga

mansub bo’lgan organizmlarda bir xilda bo’ladi – bu tabiiy tuyg’ularning fiziologik mexanizmi. Ammo yuqori tuzilgan hayvonlar va insonlarda tug’ma reaksiyalardan tashqari, ushbu organizm shaxsiy hayotiy faoliyatida orttirgan reaksiyalar, ya’ni shartli reflekslar ham o’rin tutadi. Shartli reflekslar – bu organizmning shunday reksiyalaridirki, ular tug’ma bo’lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi. Ular ko’p marotaba takrorlanishlar va u yoki bunga bo’lgan qat’iy odatning shakllanishi sababidan paydo bo’ladi. Psixik jarayonlar va miya faolligini o’zaro munosabatlari . Bosh miya xaritasini tuzib, nervlar vazifalarini aniqlashga ilk marotaba Tomas Uillis (1621- 1675) qo’l urgan edi. Nemis vrachi Frans Gall (1758-1828) miyaning frenologiya xaritasini yaratib, unda «ruh layoqatlari» deb nomlagan psixikaning xossalarini joylashtirdi . Barcha sezgi organlari katta yarim sharlar po’stlog’ida o’zlarining ta’sir doiralariga egadirlar. Masalan, inson miyasining ensa bo’limida ko’rish doirasi, chakka bo’limida – eshitish, hid bilish doirasi esa miyaning bir necha bo’limlari bo’ylab tarqalgan. Miya po’stlog’ida, shuningdek, assosiasiya bilan bog’liq maydonlar ham mavjud, ularda his-tuyg’u organlarining birlamchi maydonlaridan keluvchi axborot analizi va sintezi amalga oshiriladi. Oddiy harakat reaksiyalari orqa miya tomonidan boshqariladi, murakkabroq harakatlar (yurish, yugurish) esa miya va miyacha tomonidan muvofiqlashtiriladi 5 . XIX asrning o’rtalaridayoq fransiyalik olim Pol Broka va nemis psixiatri Karl Vernike inson miyasining chap yarim sharida nutqqa tegishli bo’lgan ikki sohani aniqladilar. Broka doirasining zararlanishida (pastki peshona burmasi orqa tomonining uchdan bir qismida) bemorning nutqi izdan chiqadi (talaffuzi), yesli je zatronuta zona Vernike doirasi zarar ko’rganida esa (tepa chakka burmasi orqa tomonining uchdan bir qismida), bemor gapira oladi, lekin nutqi mazmunsiz, ma’nosiz bo’lib qoladi. Neyropsixologiyaning hozirgi zamon qarashlari (A.R. Luriya)ga binoan inson miyasining tuzilishi uchta asosiy bo’limdan iborat: I – bosh miya po’stlog’i 5 Myers D.G. Psychology.Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p 3