TA’LIM TAMOYILLARI VA METODLARI.


TA’LIM TAMOYILLARI VA METODLARI. R E J A : 1) T a’lim qonuniyatlari va tamoyillari. 2) Ta’lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif. 3) Ta’lim metodlarni klassifikasiyasi. 4) Ta’lim metodlarini tanlash.
T a’lim qonuniyatlari va tamoyillari . O’quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko’ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy , amal qilinishiga ko’ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo’lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi. I.P.Podlasy 1 ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib ko’rsatadi: 1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog’liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi. 2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog’liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o’quvchilarning yoshi imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o’quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari. 3.Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog’liq: avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o’rganilayotgan material xususiyati va hajmi, o’quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko’rsatish hamda o’quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti. 4. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog’liq: metodlarni qo’llashda bilimlari va ko’nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o’quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o’quv jarayonini tashkil etish. 5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog’liq: ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko’rsatishlarning asoslanganliligi. 6. Ta’limni rag’batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog’liq: ta’limning ichki rag’batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag’batlari. Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko’plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: 1
1. Didaktik qonuniyatlar. 2. Gnoseologik qonuniyatlar. 3. Psixologik qonuniyatlar. 4. Kibernetik qonuniyatlar. 5. Sosiologik qonuniyatlar. 6. Tashkiliy qonuniyatlar. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang’ich qoidalardir. Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang’ich qoidasi; boshqaruvchi g’oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab. Ta’lim tamoyillari . Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko’ra tashkil etiluvchi ta’lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Ta’lim tamoyillarida ta’limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi me’yoriy asoslari (qoidalari) o’z ifodasini topgan. Ta’lim tamoyillarini bilish o’quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o’quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq ta’lim shakli va metodlarini tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o’qituvchilar va o’quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, o’zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi. Ta’lim tamoyillari o’zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta’lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko’rinishlari o’zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O’qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko’zga tashlanmoqda.
Tamoyillar ta’lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida tomonlarini aks ettiradi. Ta’limni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillari dan tashkil topgan tizim sifatida e’tirof etish mumkin: I. Ta’limning mazmunli tamoyillari . Ular ta’lim mazmunini tanlash bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g’oyalarni ifodalaydi: - fuqarolik; - ilmiyligi; - tarbiyalovchi ta’lim; - fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi); - tabiat bilan uyg’unligi; - madaniyat bilan uyg’unligi; - insonparvarligi. Fuqarolik tamoyili. Unga ko’ra ta’lim mazmunini shaxsning subyektivligini rivojlantirish, uning ma’naviyligi va ijtimoiy yetukligiga yo’naltirishda namoyon bo’lishi kerak. U ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, o’zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bog’liq. Ta’limning ilmiyligi tamoyili ta’lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizasiyasi to’plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta’lim vaqtida va o’qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta’lim mazmuni o’quvchilarni obyektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo’naltirilgan bo’lishini talab etadi. Ta’limning tarbiyalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta’lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta’lim jarayonida