logo

TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI .

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.154296875 KB
TA’LIM  METODLARI  VA VOSITALARI  .
R E J A :
1) Ta’lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif. 
2) Ta’lim  metodlarni  klassifikasiyasi.
3) Ta’lim metodlarini tanlash. Ta’lim   metodlari .   «Metod»   so’zining   yunoncha   tarjimasi   «tadqiqot,   usul,
maqsadga   erishish   yo’li»   kabi   ma’nolarni   anglatadi.   Filofosiya   lug’atida   ushbu
tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharhlangan.
Ayni vaqtda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan
ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lish mumkin. 
Shuningdek,   ta’lim   metodlarining   o’qituvchi   va   o’quvchilarning   o’zaro
hamkorlikdagi   tartibli   faoliyatlari   usullari   ekanligi   to’g’risidagi   fikrlar   ham
mavjud.
«Ta’lim   metodlari   dastlab   pedagog   ongida   muayyan   yo’nalishdagi
faoliyatning   umumlashma   loyihasi   tarzida   namoyon   bo’ladi.   Mazkur   loyiha
amaliyotga   o’qituvchi   va   o’quvchilar   faoliyatining   o’zaro   tutashuvi,   o’qitish   va
o’qishga   qaratilgan   aniq   harakatlar,   amallar   yoki   usullar   majmuasi   sifatida   joriy
etiladi. Metod boshqa  shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi  ta’lim metodi
o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi».
                  Qayd   etilayotgan   tushuncha   mohiyatini   to’laqonli   yorituvchi   ta’rifni
aniqlashga   bo’lgan   urinish   bugun   ham   davom   etyapti,   yangi-yangi   ta’riflar   ilgari
surilmoqda.   Biroq,   «ta’lim   metodi»   tushunchasi   mohiyatini   yoritishga   nisbatan
turlicha   qarashlarning   mavjudligiga   qaramay,   ularni   o’zaro   yaqinlashtiruvchi
umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-
bilish   faoliyatini   tashkil   etish   usullari»   degan   qarashga   yon   bosadilar.   Demak,
ta’lim   metodlari   ta’lim   jarayonida   qo’llanilib,   uning   samarasini   ta’minlovchi
usullar   majmuidir.   Ta’lim   metodlari   ta’lim   maqsadini   yoritishga   xizmat   qiladi,   u
yordamida   ta’lim   mazmunini   o’zlashtirish   yo’llari   ifoda   etiladi,   o’qituvchi   va
o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. 
Metod,   bir   tomondan,   ta’lim   maqsadiga   erishish   vositasi   sifatida   namoyon
bo’lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti
hisoblanadi.
Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi,
shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz. Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars
boshida   belgilagan   maqsadiga   mos   kelavermaydi.   Ta’lim   maqsadi   o’qituvchi   va
o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi,
ushbu   jarayonda   aniq   maqsadga   yo’naltirilgan   mexanizm   ishga   tushadi.   Ta’lim
tizimlari   maqsadga   erishish   jarayonida   bosh   halqa   aynan   qanday   va   qaysi
mexanizm   asosida   hamda   mavjud   tarkibiy   unsurlarni   qanday   ishga   solish
mumkinligini   ifodalashga   xizmat   qiladi.Bu   funksiyalar   ta’lim   metodini   qo’llash
jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-
biriga o’zaro singib ketadi. Misol uchun, tashhisli funksiya o’qituvchining bir qator
metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi.
«Ta’lim   metodi»   atamasi   bilan   birga   ko’p   hollarda   «metodik   usul»
(sinonimlari   –   pedagogik   usul,   didaktik   usul)   tushunchasi   ham   qo’llaniladi.   U
ta’lim   metodining   tarkibiy   qismi,   uning   muhim   unsuri,   metodni   joriy   qilishdagi
alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini
chog’ishtirish orqali joriy etiladi. 
Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari
esa   birmuncha   samarasiz   bo’lishi   mumkin.   Universal   ta’lim   metodlari   mavjud
emas,   shu   bois   darsda   turli   ta’lim   metodlaridan   yoki   ularning   majmuasidan
foydalanish mumkin.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:
- didaktik maqsad asosida;
- ta’lim mazmuni asosida;
- o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
- o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
Ta’lim   metodlaridan   foydalanish   ko’lami,   holati   o’qituvchining   kasbiy
tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog’liq holda o’zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo’layotgan yana bir muhim obyekt ta’lim
metodlarining   tasnifidir.   «Ta’lim   metodlari   tasnifi   ularning   ma’lum   belgilari
bo’yicha   tartibini   ifodalovchi   tizimdir.   Hozirgi   vaqtda   o’nlab   ta’lim   metodlari
ma’lum»,   -   ekanligini   ta’kidlagan   holda   I.P.Podlasy   fikrini   quyidagicha   davom ettiradi,   -   «Biroq   bugungi   kunda   yetakchi   sanaluvchi   didaktik   g’oya   yagona   va
o’zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga
yordam   beradi.   O’qitish   –   favqulodda   harakatchan,   dialektik   jarayon.   Metodlar
tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo’shqin bo’lishi, metodlarni
qo’llash amaliyotidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olishi kerak» 1
.  
1. Materialni   og’zaki   bayon   qilish   (hikoya,   tushuntirish,   maktab   ma’ruzasi)    .
O’quvchilar   tomonidan   bilimlarni   o’zlashtirish   o’qituvchining   tushuntirishini   faol
qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi
sifatida   o’qituvchi   nutqi   muhim   ahamiyatga   ega.   Bu   o’rinda   o’qituvchining
o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar
faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi.
2. Suhbat    .   O’quvchilar   tomonidan   bilimlarni   o’zlashtirish   jarayoni:   ular
e’tiboriga   havola   etilayotgan   savolning   mohiyatini   anglash,   mavjud   bilimlar   va
tajribani   safarbar   qilish,   savolga   oid   obyektlarni   o’zaro   taqqoslash,   puxta   o’ylash
va savollarga to’g’ri javob tayyorlashdan iborat.
O’qituvchining   rahbarligi:   mavzuni   qo’yish,   savollarni   ifodalash,   berilgan
javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi.
Suhbat   metodi   yordamida   bilimlarni   o’zlashtirishda   o’quvchilar   mavjud
bilimlari va tajribalariga tayanadilar.
3. Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash,   
ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
Bilimlarni   o’zlashtirish   manbai   bo’lib   bosma   matn   xizmat   qiladi.
O’qituvchining   rahbarligi   esa   topshiriqni   ifodalash,   faoliyat   maqsadini   belgilash,
o’quvchilarga   darslik   bilan   ishlashning   yangi   usullarini   o’rgatish,   o’zlashtirilgan
bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini  tekshirish kabi ko’rinishlarda
aks etadi. 
4. O’qituvchilarning   kuzatuvi   (sinfda   va   sinfdan   tashqari   (shu   jumladan,   
sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda).
1 O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va hodisalarni
kuzata   borib,   turli   fan   o’qituvchilarining   ko’rsatmalari   bo’yicha   ularni   qismlarga
taqsimlab   har   bir   o’quvchining   o’ziga   xos,   o’xshash   va   muhim   jihatlarini
aniqlashga yo’naltiriladi.
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba,
model,   xaritalar   xizmat   qiladi.   O’qituvchining   rahbarligi   kuzatish   vazifasini
belgilash,   uni   ma’lum   shaxs   zimmasiga   yuklash,   obyektni   belgilash,   umumiy
rahbarlikni   olib   borish,   qismlarga   ajratish,   asosiylarini   aniqlash   va
umumlashtirishdan iboratdir.
5. Laboratoriya ishlari    . Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda
muayyan   hodisalarni   kuzatish   yuklanadi.   O’quvchilar   hodisalarni   kechish
jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar   manbai   kuzatilayotgan   hodisalar   va   ularning   kechish   jarayonidir.
O’qituvchi   vazifa   mohiyatini   ifodalaydi,   o’quvchilarni   nazariy   bilimlar   bilan
qurollantiradi,   umumiy   jarayon   va   bosqichlarni   kuzatish   yo’llari   hamda   yakuniy
xulosa chiqarishni o’rgatadi.
6. Mashq   (aqliy   va   faoliyatli   mashqlar).   O’quvchilar   tomonidan   bilimlarni
o’zlashtirish   jarayonining   o’ziga   xosligi,   nazariy   asoslar   o’zlashtirilgach,   ayrim
materiallardagi o’xshash harakatlarning ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbai: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi.O’qituvchi
mashqni   bajarish   uchun   joy   hamda   vaqtni   belgilaydi,   topshiriqni   ifodalaydi,   uni
bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, shuningdek, yakuniy
natijalarni tekshiradi.
      7.  Ijodiy mashq . Ushbu metod o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’ziga xoslik
masalaning   mohiyatini   chuqur   anglash,   uni   bajarishga   nisbatan   mustaqil
yondashish, dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy
bajarish   jarayonida   bilimlarni   qo’llash   va   kengaytirish   kabi   holatlar   bilan
tavsiflanadi.           Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi,
mavjud   bilimlar,   kuzatuvlar,   shaxsiy   tajriba,   o’qilgan   hikoya,   ijtimoiy-foydali
ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi.
          O’qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o’zlashtirilishini ta’minlash,
mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat
va   tahlil   qilish,   sintezlash,   xatoni   ko’rsatish   hamda   to’g’rilashdan   kabi   holatlarda
namoyon bo’ladi 1
.
                 Keltirilgan tasnif  «bilimlar  manbai» bo’yicha  tizimlashtirilgan  metodlar  –
og’zaki,   ko’rgazmali   va   amaliy   metodlarni   u   yoki   bu   darajada   o’zida
mujassamlashtiradi.   Biroq,   M.A.Danilov   va   B.P.Yesipovlar   asosiy   e’tiborni
«ta’lim   metodini   to’g’ri   tanlash»ga   qaratishadi.   Gap   shundaki,   sobiq   Sho’ro
umumta’lim maktablarining o’quv jarayonida metodlarning cheksiz ko’pligi, hatto
ularni bir necha tasnif bilan ham qamrab olish mumkin emasligi, shu boisdan ham
o’quv-tarbiyaviy   ishlar   muvaffaqiyatining   bosh   omili   va   eng   muhimi   to’g’ri,
asoslangan   metodni   tanlash   hisoblangan,   Ana   shu   «g’oya»   mohiyat   jihatidan
noto’g’ri   bo’lishiga   qaramay,   o’n   yillar   davomida   didaktika   «rivoji»da   muhim
o’rin  tutib   keldi.  Nihoyat,   har   ikki   tasnif   bilimlar   manbai   bo’yicha   ham,  didaktik
maqsadlar   bo’yicha   aniqlangan   ta’lim   metodlari   tizimi   maktab   amaliyotining
asosiy muammosini hal eta olmasligiga tanqidiy yondashildi, ularni qo’llash ta’lim
sifatining   yuqori   darajasini   ta’minlaganligi   anglab   yetildi   va   bu   boradagi
izlanishlar   davom   ettirildi.   O’tgan   asrning   80-yillaridan   boshlab   o’quvchilarning
bilish faoliyati xarakteriga mos ta’lim tasnifi yaratildi.
         Izohli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli-repsepsiya)ning
mohiyati:   odatda   nazariy   bilimlar   tayyor   holda   uzatiladi,   o’quvchilar   esa   ularni
qabul   qiladilar   (repsepsiya).   Bu   yo’lda   turli   ta’lim   vositalari   (shu   jumladan,
ko’rgazmali   vositalar)dan   foydalaniladi.   O’qituvchi   faoliyati   bunda   nafaqat
axborotlarni   uzatish,   balki   ularning   o’quvchilar   tomonidan   qabul   qilinishini   ham
tashkil etishdan iborat bo’ladi.
1                 Izohli-tasvirli   metoddan   ta’lim   jarayonida   foydalanishda   quyidagi   holatlar
yuzaga keladi:
O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi O’quvchi faoliyatining tuzilmasi
- Tushuntirish;
- Harakatni ko’rsatish;
- Dalillardan xabardor qilish;
- o’quvchining materialni anglab 
yetishini   rag’batlantirishga   yo’naltiruvchi
usullar;
- turli didaktik materiallardan 
foydalanish - axborotlarni qabul qilish;
- o’quv materialini tushunib 
olishga intilish va dastlabki 
ma’lumotlarni yodda saqlash;
- o’quv materialini tushunish
Reproduktiv   ta’lim   metodlari   yuqorida   keltirilgan   metodlardan   quyidagi
unsurlarning   mavjudligi   bilan   farqlanadi:   o’qituvchining   bilimlarni   tushuntirishi,
ularni   o’quvchilarning   yodida   saqlanishini   ta’minlashi     va   qayta   ishlab   chiqishi
(reproduksiya).   O’zlashtirilgan   bilimlarning   mustahkam   bo’lishiga   ularni   ko’a
marta   takrorlash   evaziga   erishiladi.   Mazkur   metod   ta’limning   barcha   bosqichlari,
asosan,   boshlang’ich   sinflarda   o’qish   va   yozish,   arifmetik   harakatlarni   amalga
oshirish ko’nikmalarini o’zlashtirishda muhim o’rin tutadi.
Reproduktiv metoddan foydalanishda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan
quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi O’quvchi faoliyatining tuzilmasi
- avval   o’zlashtirilgan   mavzu,   paragraf
yoki
 bob bo’yicha so’rov;
- o’quvchilar   uchun   turli   mashqlarni
saralash
 va taklif qilish;
- masalalarni   yechishdagi   o’quv
harakatlarining   namunasi   va
algoritmini namoyish qilish; - turli konteksda bilimlarni 
- qayta ishlash;
- namuna bo’yicha topshiriqlarni
-  bajarish;
- mashqlarni bajarish;
- namunaviy masalalarni yechish 
- usullarini egallash;
- namunaviy masalalarni yechish
-  algortmini egallash. - -o’quv harakatlari ko’nikmasi va 
malakasini  shakllantirish.
  Evristik   ta’lim   metodini   qo’llashda   o’qituvchi   tomonidan   turli   vositalar
yordamida   yangi   bilimlarni   izlab   topish   talab   etiladi.   O’qituvchi   bilimlarning   bir
qismini   o’quvchilarga   ma’lum   qiladi,   qolganini   esa   o’quvchilar   bilish
topshiriqlarini  yechish jarayonida savollarga javoblar topish asosida  o’zlashtiradi,
o’zlari   bilimlarni   mustaqil   egallashadi.   O’qituvchi   tomonidan   qo’yilgan   masalani
bir  necha   qarashlarga  ajratilishi,  ularni   bajarishda   o’quvchilarning  ketma-ketlikka
rioya   etishlari   muhim   metodik   jihat   sanaladi.   Shu   bois   mazkur   metod   qisman
izlanuvchan  metod ham deb ataladi.
Evristik metodni qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi
harakatlar amalga oshiriladi: 
O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi O’quvchi faoliyatining tuzilmasi
- o’quvchilarni masalaning mohiyatini 
o’rganishga jalb etish;
- yechim rejasini aniqlashda mulohaza
 yuritish  namunasini ko’rsatish;
- masalani bosqichlarga ajratish;
-    evristik suhbat - evristik suhbatda qatnashish;
- masalani yechish rejasini olg’a 
surish;
- izlanuvchan harakat usullarini
 egallash;
- masalalar yechish yo’llarini 
izlab topish.
Muammoli   metod ning   mohiyati     mashg’ulotlar   jarayonida   muammoli
vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo’lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar
yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo’li shu bilan birga o’quv
yo’li xamdir.
              Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli
vaziyat»,   «muammo»,   «muammoni   topish»     kabilar   hisoblanadi.   Chizmadan
anglanadiki,   muammoli   vaziyat   bu   metodning   dastlabki   ko’rinishi   hisoblanib,
o’zida subyektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni
bartaraf   etish   yangi   bilimlar,   usullar   va   harakat   ko’nikmalarini   o’zlashtirishni
taqozo   etadi.   Agar   o’quvchida   qiyinchiliklarni   yo’qotish   yo’llarini   izlab   topish uchun   boshlang’ich   ma’lumotlar   bo’lmasa,   shubhasiz,   muammoli   vaziyat
yechimini   u   qabul   qilmaydi,   ya’ni,   muammoning   yechimi   uning   ongida   aks
etmaydi.   Fikrlash   muammo   mohiyatini   tushunib   yetilishi,   ifodalanishi,   mavjud
bilim   va   ko’nikmalar   majmuasi   va   izlanish   tajribasi   asosida   muammoli   vaziyatni
qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi.
Har   bir   muammo   muammoli   vaziyatni   o’zida   namoyon   etadi,   biroq,   barcha
muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi.
Mazkur   metoddan   foydalanish   jarayonida   muammo   yechimini   topishga
yordam   beruvchi   yo’nalishlar   ko’rsatilmaydi   va   chegaralanmaydi.   Bu   xususiyat
muammoli   masalaga   xosdir.   Muammoda   yechimning   qandaydir   parametrlari
ko’rsatilsa,   u   muammoli   masala   hisoblanadi.   Har   qanday   muammoli   topshiriq
ma’lum   muammoni,   demak,   muammoli   vaziyatni   ham   qamrab   oladi.   Biroq,
yuqorida   ta’kidlanganidek,   barcha   muammoli   vaziyat   muammo   bo’la   olmaydi.
Inson   har   doim   muammoli   masalalarni   hal   yetadi.   Agar   uning   oldida   muammo
paydo   bo’lsa,   uni   muammoli   masalaga   aylantiradi,   ya’ni,   uning   yechimi   uchun
o’zidagi   bilimlar   tizimiga   tayanadi   va   ma’lum   ko’rsatishlarni   belgilab   oladi.
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa  ko’rsatkichlarni  qidiradi  va shu
muammo bo’yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.
Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar
tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 
O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi O’quvchi faoliyatining tuzilmasi - o’quv materialiga oid 
tafovutlarni taklif etilishi;
- muammoli vaziyatlarni tuzish;
- muammoning mavjudligini 
aniqlab berish;
- muammoli topshiriqlarni 
loyihalash. - o’quv materiali mohiyatining 
anglab yetilishi;
- muammoli   vaziyat   yuzasidan
fikrlash;
- mavjud bilimlar va tajribani 
qayta tiklash;
- muammoli masalaga o’tkazish;
- topshiriqni bajarish.
    Tadqiqotchilik   o’qitish   metodi ni   qo’llashda   o’qituvchi   o’quvchilar   bilan
hamkorlikda   hal   etilishi   zarur   bo’lgan   masalani   aniqlab   oladi,   o’quvchilar   esa
mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni
o’zlashtirib   oladilar   va   uning   yechimi   bo’yicha   boshqa   vaziyatlar   bilan
taqqoslaydi.   O’rnatilgan   masalani   yechish   davomida   o’quvchilar   ilmiy   bilish
metodlarini o’zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko’nikmasi, tajribasini
egallaydilar.
Ta’lim   jarayonida   tadqiqotchilik   o’qitish   metodini   qo’llashda   o’qituvchi   va
o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 
 
O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi O’quvchi faoliyatining tuzilmasi
- o’quvchilarga   o’quv
muammosini 
taklif etish;
- o’quvchilar bilan hamkorlikda 
tadqiqot masalasini o’rnatish;
- o’quvchilarning ilmiy 
faoliyatini tashkil etish. - o’quv   muammolari   mohiyatini   anglab
olish;
- tadqiqot muammosini o’qituvchi va
 o’quvchilar bilan birgalikda o’rnatishda 
faollik ko’rsatish;
- ularni yechish usullarini topish;
- tadqiqiy masalalarni yechish 
usullarini o’zlashtirish. 
 
Evristik   va   tadqiqotchilik   metodlari   o’quvchilardan   ijodiy   xususiyat   kasb
etuvchi   yuqori   darajadagi   bilish   faoliyatini   tashkil   eta   olish   ko’nikma   va malakalariga   ega   bo’lishni   taqozo   etadi.   Buning   natijasida   o’quvchilar   mustaqil
ravishda   yangi   bilimlarni   o’zlashtira   oladilar.   Ular   odatda   yuqori   sinf
o’quvchilarining   o’zlashtirish   darajalarini   hisobga   olgan   holda   ma’lum   holatlarda
qo’llaniladi.   Ushbu   metodlardan   boshlang’ich   sinflarda   foydalanish   amaliyotchi-
o’qituvchilarning   fikrlariga   ko’ra   bir   muncha   murakkab   hisoblanadi.   Biroq
uzluksiz   ta’lim   tizimiga   shaxsga   yo’naltirilgan   ta’limni   faol   joriy   etishga
yo’naltirilgan   ijtimoiy   harakat   amalga   oshirilayotgan   mavjud   sharoitda   ushbu
yo’nalishdagi   loyihalarni   tayyorlash   o’ziga   xos   dolzarb   ahamiyatga   ega   bo’lib
bormoqda.
Shunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan
va   pedagogik   hamjamiyat   tomonidan   e’tirof   etilgan.   Shuningdek,   buyuk   didakt
I.Ya.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot 1
 ham amalga oshirilgan. 
Didaktikada   ta’lim   metodlarining   binar   (ikki)li   va   ko’pbinarli   omil   asosida
tizimlashtirishga bo’lgan urinishlarni ham kuzatish mumkin.
Shuningdek,   V.F.Palamarchuk   va   V.I.Palamarchuklar   ta’lim   metodlarining
uch   o’lchovli   modelini   taklif   qilishgan.   Unda   bilimlar   manbai,   o’quvchilarning
bilish faolligi va mustaqillik darajasi hamda o’quv-bilishning mantiqiy yo’li yaxlit
tarzda chog’ishtiriladi.
S.G.Shopavalenko   ta’lim   metodlari   tasnifini   to’rt   belgi   asosida   asoslovchi
quyidagi tetroeddik yondashuvni taklif etadi:
1) mantiqiy-mazmunli;
2) manbali;
3) mazmunli;
4) tashkiliy boshqaruvchi.
I.P.Podlasy birmuncha keng tarqalgan ta’lim metodlari tasnifiga yaqinlashar
ekan,   quyidagi   fikrni   ta’kidlaydi:   «Boshqa   bir   qator   ta’lim   metodlari   tasnifi   ham
mavjud.   Masalan,   nemis   didakti   L.Klinberg   ta’lim   jarayonida   metodlarni
hamkorlik   shakllari   bilan   uyg’unlashtirishga   alohida   urg’u   beradi» 1
  va   quyidagi
metodlarni ko’rsatadi:
1
1 Monologik metodlar Hamkorlik shakllari Diologik metodlar
Ma’ruza Individual Suhbatlar
Hikoya Guruhli Intervyu
Namoyish            Frontal -
- Jamoaviy -
  Ta’lim metodlari turli shakllar hamda xilma-xil ta’lim vositalari yordamida
joriy etiladi. 
Ta’lim   shakllari   ta’lim   jarayonining   tashkiliy-tuzilmaviy   ko’rinishidir.
Bugungi   kunda   ta’lim   muassasalarida   quyidagi   ta’lim   shakllaridan   samarali
foydalanib   kelinmoqda:   ma’ruza,   seminar,   amaliy   mushg’ulot,   uchrashuv,
taqdimot, sayohat, o’quv konferensiyasi va boshqalar. 
Ta’lim   jarayonida   ta’limning   samaradorligini   ta’minlovchi   muhim
elementlardan biri sifatida ta’lim vositalari e’tirof etiladi. Ta’lim vositalari sirasiga
quyidagilar   kiradi:   texnik   hamda   axborot   qurilmalari   (dioproyektor,   kinedoskop,
uskunalar,   radio,   televideniye,   kompyuter,   audio   hamda   video   magnitofonlar),
laboratoriya   jihozlari   (kolbalar,   probirkalar,   kimyoviy   reaktivlar,   mikroskop),
xarita,   maketlar,   diagrammalar,   plakatlar,   rasmlar,   chizmalar   va   hokazolardan
foydalaniladi. 
Shunday   qilib,   taqdim   etilayotgan   ta’lim   metodlari   tizimi   nazariy-amaliy
jihatdan asoslangan va mazkur tizim yaxlit o’quv-tarbiya jarayonini qamrab oladi.
Ushbu tizim bir qarashda akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan asoslangan ta’lim
metodlari   tizimiga   o’xshash.   Biroq,   Yu.K.Babanskiy   tasnifi 1
ga   ko’ra   ta’lim
jarayoniga   nisbatan   kibernetik   yondashuv   maqsadga   muvofiq,   unga   ko’ra   har
qanday   murakkab   faoliyat,   shu   jumladan,   ta’limiy   faoliyat   ham   quyidagi   uchta
tarkibiy qismdan iboratdir:
1) tashkiliy;
2) rag’batlantiruvchi;
3) nazorat.
Ana shu asosida ta’lim metodlari quyidagicha guruhlanadi:
1 1. O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.
2. O’quv-bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivlash metodlari.
3. Nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlari. 
Didaktik   jarayon   nazariyasi   asosida   ko’rilgan   o’qish   metodlarining   tasnifi
kichik   guruhlar   tarkibi,   soni   va   unga   kiritilgan   metodlar   nomenklaturasi   hamda
funksiyalari   bilan   kibernetik   yondashuvli   tizimdan   tubdan   farqlanadi   va   o’quv-
tarbiya jarayonining metodik jihatdan birmuncha yuqori darajasini ta’minlaydi 1. 
1. 
              Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni. Qayd etib o’tilganidek,
ta’lim metodlari tizimida og’zaki bayon qilish metodlari muhim o’rin tutadi. 
Og’zaki   mashqlardan   ta’lim   jarayonida   keng   foydalaniladi.   Ular
o’quvchilarning   umumiy   madaniyati,   mantiqiy   fikrlashi   hamda   bilish   qobiliyatini
rivojlantirish   bilan   bog’liqdir.   Shuningdek,   og’zaki   mashqlarning   nutq   boyligini
oshirish va xorijiy tillarni o’rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Hikoya – o’qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqyealarning
yaxlit   yoki   qismlarga   bo’lib,   tasviriy   vositalar   yordamida   obrazli   tasvirlash   yo’li
bilan   ixcham,   qisqa   va   izchil   bayon   qilinishi.   Metodning   samarasi   ko’p   jihatdan
o’qituvchining   nuqt   mahorati,   so’zlarni   o’z   o’rnida,   ifodali   bayon   qilishi,
shuningdek,   o’quvchilarning   yoshi,   rivojlanish   darajasini   inobatga   olgan   holda
yondashuviga   bog’liq.   Shu   bois   hikoya   mazmuni   o’quvchilarning   mavjud
bilimlariga   tayanishi,   ularni   kengaytirishga   xizmat   qilishi   zarur.   Hikoyaning
axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya   qilinayotgan   materialni   maxsus   reja   asosida   amalga   oshiriladi.
O’qituvchi   har   bir   darsda   uning   maqsadini   aniq   belgilab   oladi,   undagi   asosiy
tushunchalarga   alohida   urg’u   berishga   e’tiborni   qaratadi.   Hikoya   qisqa   (5-10
daqiqa), shu bilan birga o’quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni
uyg’otishi   kerak.   Bu   holat   hikoyani   boshqa   ta’lim   metodlari   (xususan,   namoyish
yoki   muammoli   bayon   etish   va   hokazolar)   bilan   birga   solishtirganda   ro’y   berishi
mumkin.   
1.  Suhbat   –  savol   va  javob shaklidagi  dialogik  ta’lim   metodi   bo’lib,  u fanga
qadimdan ma’lum, hatto undan o’z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan.
Suhbat   ta’lim   jarayonida   ko’p   funksiyalar   (aqliy   fikrlash,   hozirjavoblik,   muloqot
madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o’quvchida
faollikni   yuzaga   keltiradi.   Suhbat   o’qituvchi   fikriga   mos   harakat   qilish,   natijada
yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat – faoliyatini endigina boshlagan o’qituvchi uchun murakkab ta’lim
metodi   hisoblanadi,   binobarin,   savollarni   tayyorlash,   ularning   ketma-ketligini
ta’minlash   ko’p   vaqt   talab   etadi,   uni   tashkil   etishda   esa   barcha   o’quvchilarning
diqqatini jalb etish talab qilinadi. O’qituvchi oddiy savollar berishi, o’quvchilarga
ular yuzasidan batafsil o’ylash uchun vaqt ajratishi, o’quvchilarning javoblarini esa
diqqat  bilan tinglashi, zarur  o’rinlarda  ularni  sharhlashi  lozim. Shu bois suhbatda
bilish   deduktiv   yoki   induktiv   yo’l   bilan   amalga   oshadi.   Deduktiv   suhbat
o’quvchilarga   oldindan   ma’lum   bo’lgan   qoidalar,   tushunchalar,   hodisalar,
jarayonlar asosida   tashkil etilib, o’quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga
keladilar.   Suhbatning   induktiv   shaklida   alohida   dalillar,   tushunchalarning   tahlil
asosida umumiy xulosaga kelinadi.
Suhbat   ko’proq   o’quvchilarni   yangi   bilimlar   bilan   tanishtirish,   bilimlarni
tizimlashtirish   va   mustahkamlash,   nazoratni   tashkil   etish   hamda   o’zlashtirilgan
bilimlarni tashhislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko’rinishlarda, ya’ni,
kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat  tarzida tashkil etiladi.
Kirish suhbati  o’quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan
ko’zlangan   maqsad   hal   etilishi   zarur   bo’lgan   ishlar   mohiyatining   o’quvchilar
tomonidan   anglab   yetilganligini   tekshirib   ko’rishdan   iborat.   Bunday   suhbatlar
o’quvchilarning o’quv salohiyatini  aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil  etish
hamda yangi bilimlarni o’zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi.
Yakuniy suhbat o’quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish
va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Katexizism   (qisqa   bayonli)   suhbat   –   o’quvchilarning   boshlang’ich   bilim
darajasi   hamda   ularning   yangi   o’quv   metodikasini   o’zlashtirishga   tayyorgarligini aniqlash   uchun   tajribali   o’qituvchilar   tomonidan   dars   avvalida   yohud   o’rganilgan
materialni mustahkamlash uchun dars so’nggida qo’llaniladi.
Evristik suhbat  yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo’naltiriladi.
Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki
«yo’q»   tarzidagi   javoblarni   olish   emas,   aksincha,   o’quvchilarni   mustaqil   fikrlash,
ularda   faollikning   yuzaga   kelishini   ta’minlash,   ularni   tahlil   qilishga   undash,
dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.
Demak,   evristik   suhbat   jarayonida   o’quvchilar   bilimlarni   o’zlarining
tirishqoqliklari   va   mustaqil   fikr   yuritish   layoqatiga   egaliklari   bois   o’zlashtira
olsinlar.
Tushuntirish   o’quv   materiali   mazmunini   isbot,   tahlil,   umumlashma,
taqqoslash   asosida   bayon   qilishdir.   Bu   metod   hikoyaga   nisbatan   birmuncha   keng
qo’llaniladi.   Undan   odatda   nazariy   materiallar   hamda   murakkab   masalalarni
o’rganishda   foydalaniladi.   Tushuntirish   jarayonida   o’quv   materialining   bir   qadar
qiyin   unsurlari   ko’zga   tashlanadi   va   shu   asosda   materialning   mohiyati   ochib
beriladi.   Tushuntirish   samarasi   ko’p   hollarda   o’qituvchining   ko’rgazmali
vositalardan oqilona foydalanishiga bog’liq bo’ladi.
Ma’ruza   –   yirik   hajmdagi   o’quv   materialini   og’zaki   bayon   qilish   metodi
sanalib,   uning   o’ziga   xos   xususiyatlari   quyidagilardan   iborat:   qat’iy   mantiqiy
ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko’pligi, bilimlar bayonining tizimliligi.
Maktab   ma’ruzasi   mazmunini   murakab   tizimlar,   hodisalar,   obyektlar,   jarayonlar,
ularning   sababli-oqibatli   bog’lanishlari,   qonun  va   qoidalar   tashkil   etadi.   Shu   bois
ma’ruza maktab  sharoitida yuqori  sinflardagina qo’llaniladi. Chunki  u butun dars
jarayonini   qamrab   olishi   mumkin.     Ma’ruza   metodi   tushuntirish   va   suhbatning
asta-sekin   kengayib   borishidan   vujudga   keladi   va   bir   vaqida   o’quvchilarni
qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o’rgata boradi.
Maktab ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari 1
 quyidagilardan
iborat:
- o’qituvchi tomonidan eng maqbul ma’ruza rejasining tuzilishi;
1 - rejadan   o’quvchilarni  xabardor   etish,  ularni   ma’ruza  mavzusining   maqsadi  va
vazifalari bilan tanishtirish;
- rejada   aks   etgan   barcha   bandlarning   mantiqiylik   va   ketma-ketlikda   bayon
etilishi;
- rejaning   har   bir   bandi   yoritilgach,   ular   yuzasidan   qisqacha   umumlashma
asosida xulosalanishi;
- ma’ruzaning   bir   qismidan   ikkinchisiga   o’tishda   ular   o’rtasidagi   mantiqiy
aloqalarning o’rnatilishini ta’minlash;
- bayon qilishning muammoli va emosional xususiyat kasb etishi;
- jonli til, o’z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish;
- auditoriya,   muloqot   jarayoni,   shuningdek,   o’quvchilarning   aqliy   faoliyatlarini
mohirlik bilan boshqarish;
- ma’ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib berilishi;
- ma’ruzaning   asosiy   qismlarini   o’quvchilar   tomonidan   qayd   etib   (yozib)
borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish tezligi;
- zarur (yozib olinadigan) o’rinlarni oldindan ajratib qo’yish;
- o’rganilayotgan   holatlarni   yozib   olish   asosida   qabul   qilish   va   ularning
mohiyatini   aniqlashtirish   maqsadida   ko’rgazmalar   (namoyish,   illyustrasiya,
videofilm va boshqalar)dan foydalanish;
- alohida   holatlarni   chuqur   muhokama   qilishda   ma’ruzani   seminar,   amaliy
mashg’ulotlar bilan uyg’unlashtirish.  
Ta’lim   sifati   va   samaradorligini   ta’minlashda   ko’rgazmali   metodlar   ham
alohida   ahamiyatga   ega.   bu   metodlardan   foydalanish   zaruriyati   ko’rsatmalilik
tamoyiliga amal   qilish  maqsadga  muvofiq  ekanligida  ko’rinadi. Inson  miyasining
30   foiz   hajmini   ko’rishni,   faqat   3   foizigina   eshitishni   ta’minlovchi   neyronlar
tashkil   etadi.   Pedagogik-psixologik   yo’nalishda   olib   borilgan   tadqiqotlar
natijalaridan   ma’lum   bo’ladiki,   shaxs   tomonidan   o’zlashtirilayotgan   bilimlarning
85   foizi   ko’rish   reseptorlari   yordamida   o’zlashtiriladi.   Demak,   o’zbek   xalqi
tomonidan   ko’p   bora   qo’llaniladigan   «Yuz   marta   eshitgandan   bir   marta   ko’rgan
yaxshi» maqoli ilmiy asosga ega ekan. Namoyish   metodi   o’rganilayotgan   obyekt   harakat   dinamikasini   ochib
berishda   qo’l   keladi   va   ayni   chog’da   predmetning   tashqi   ko’rinishi   va   ichki
tuzilishi haqida to’laqonli ma’lumot berishda keng qo’llaniladi. Tabiiy obyektlarni
namoyish   qilishda   odatda   uning   tashqi   ko’rinishi   (shakli,   hajmi,   miqdori,   rangi,
qismlari, ularning o’zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so’ngra ichki tuzilishi
yoki   alohida   xususiyatlarini   o’rganishga   o’tiladi.   Ko’rsatish   ko’p   holatlarda
o’rganilayotgan   obyektlarning   subyekti   yoki   chizmasi   yordamida   kuzatiladi.
Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o’qituvchining maxsus jihozlar
yordamida   ko’rsatib   berishi   hisobiga   amalga   oshadi,   bunda   ushbu   tajriba   asosida
yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi.
Predmetlar,  hodisa   yoki   jarayonlarni   tabiiy  holatda  namoyish   qilish   yanada
ko’proq   didaktik   samara   beradi,   biroq,   bunday   namoyishni   amalga   oshirish   har
doim   ham   mumkin   bo’lavermaydi.   Shu   bois   o’qituvchilar   tabiiy   predmetlarni
namoyish   qilishda   sun’iy   muhitga   murojaat   qilishadi   (masalan,   hayvonlar   bilan
hayvonot bog’ida, turli o’simliklar bilan esa issiqxonalarda   tanishish) yoki sun’iy
ravishda   yaratilgan   obyektlar   (maket,   model,   mulyaj,   skelet   va   boshqalar)dan
foydalaniladi.
Bu metod yordamida o’qituvchi o’quvchilarni mustaqil ravishda obyektlarni
o’rganish,   zaruriy   o’lchov   ishlarini   olib   borish,   aloqadorlikni   o’rnatish,
shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab yetishga bir so’z bilan aytganda faol
bilish   jarayoniga   yo’naltirishi   lozim.   Namoyish   samarasi   ko’p   jihatdan
o’qituvchining   bilish   jarayoni   mohiyatan   o’quvchilarning   yoshiga   mos   holda
to’g’ri   tanlanishi   hamda   mumkin   qadar   ularning   diqqatini   namoyish   etilayotgan
predmetning muhim jihatlariga yo’naltirishiga bog’liqdir.
Tasvir   (illyustratsiya )   metodi   namoyish   metodiga   chambarchas   bog’liq
bo’lsada,   didaktikada   alohida   o’rganiladi.   Illyustrasiya   narsa,   hodisalar   va
jarayonlarni   ularning   ramziy   ko’rinishlari   –   chizma,   port,   rasm,   fotosurat,   yassi
modellar va boshqalar yordamida ko’rsatishni taqozo etadi. 
Namoyish va tasvir metodlari o’zaro bog’liqlikda bir-birini to’ldirgan holda
qo’llaniladi.   Agar   hodisa   va   jarayonni   o’quvchi   yaxlit   holda   qabul   qilishi   zarur bo’lsa   namoyishdan   foydalanish,   agar   hodisa   mohiyati   hamda   uning   unsurlari
o’rtasidagi bog’lanishlarni anglash talab etilsa illyustrasiyaga murojaat qilinadi.
Tasvirning   samarasi   ko’pincha   o’qituvchi   tomonidan   ko’rsatuv
texnologiyasi   qay   darajada   o’zlashtirilganligiga   bog’liq   bo’ladi.   Ko’rsatmalardan
foydalanishning   bilish   jarayonidagi   didaktik   ahamiyati   o’rganilayotgan   obyekt
mohiyatini   to’laqonli   yorita   olishi   bilan   belgilanadi.   Aslida   illyustrasiyalar
oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o’rinlarda kerakli hajmda ko’rsatiladi,
aks   holda   ular   sonining   oshib   ketishi   o’quvchilarni   hodisa   mohiyatini   anglashda
chalg’itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy obyektlar
va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to’g’ri keladi.
Ko’rgazmali   metodlardan   foydalanishda   samaradorlikka   erishish   uchun
quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
- ko’rgazmalilikning o’quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi;
- namoyish etilayotgan obyektlar barcha o’quvchilarga yaxshi ko’rinib turishi;
- namoyishda   uning   boshlang’ich   bosqichi   va   asosiy   jarayon   (holat)larning
ajralib turishi;
- tajribalar   namoyishi   maket,   jihoz,   qurollar   yoki   tajriba   sxemasini   chizib
ko’rsatish asosida tashkil etilishi; 
- namoyish   va   illyustrasiya   o’quv   materialining   mazmuni   bilan   uyg’un   bo’la
olishi lozim.
Amaliy   ishlar   metodlari   o’quvchilar   tomonidan   o’zlashtirilgan   nazariy
bilimlar   yordamida  ularda amaliy  ko’nikma  va  malakalarni   hosil   qilishda  alohida
ahamiyat kasb etadi.  
Amaliy ishlar metodi  – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini
topishga yo’naltirilgan jarayonda qo’llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni
amaliyotda   qo’llash   ko’nikmasi   hosil   qilinadi.   Amaliy   ishlar   sinfda   yoki   tabiiy
sharoitlar   –   maktab   yer   maydoni,   issiqxona,   geografik   maydonlarda   amalga
oshiriladi.   Ularni   amalga   oshirishda   sodir   etiladigan   harakatlar   o’qituvchi
tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo’riqnoma yoki maxsus ko’rsatmani
o’quvchilar e’tiboriga havola etadi. Qayd   etilganidek,   ushbu   metodlar   o’quvchilarda   amaliy   ko’nikma   va
malakalarni   shakllantirishga   yordam   beradi.   Aynan   amaliy   faoliyat   jarayonida
nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo’ladi.
Mashq   -   aqliy   yoki   amaliy   (jismoniy)   harakatlarni   bajarish   ko’nikmalarini
egallash   yo’lidagi   ko’p   marta   takrorlanishlar   bo’lib,   mashqsiz   ko’nikma   hamda
malakalarni   shakllantirish   mumkin   emas.   Mashqlar   og’zaki,   yozma,   grafikaviy
(texnik   jarayonlar   mohiyatini   ifodalash),   ijtimoiy-foydali,   jismoniy   va   boshqa
turlarga bo’linadi.
Yozma   mashq lar   –   ta’limning   tarkibiy   qismi   sifatida   zaruriy   ko’nikma   va
malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash  maqsadida qo’llaniladi. Diktant,
insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham
yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Grafikaviy   ishlar   ham   yozma   ishlar   bilan   o’xshash   jihatlarga   ega   bo’lib,
ulardan   asosan   texnik   jarayonlar   (jumladan,   geografiya,   fizika,   matematika,
chizmachilik, rasm hamda texnologik ta’lim)da keng ko’lamda foydalaniladi.
Mashqlarning   bajarilish   samarasi   quyidagi   shartlar   hisobga   olinganda
birmuncha yuqori bo’ladi:
- mashqlarni bajarishga nisbatan ongli yondashish;
- bajarish qoidasini bilish;
- vaqt bo’yicha takrorlanishning to’g’ri taqsimlanishi.
         Mashqni bajarishni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat:
- o’qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi;
- topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko’rsatishi;
- o’qituvchi nazorati ostida o’quvchilar tomonidan o’quv harakatining dastlabki
bajarilishi;
- zarur   ko’nikma   va   malakalar   shakllanganicha   o’quv   harakatlarning   ko’p   bora
takrorlanishi.
Ayrim   holatlarda   o’quvchilar   ovoz   chiqarib   o’quv   harakatlarini
takrorlashlari va bajarishlari lozim bo’ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va bajariladigan   harakatlarning   mohiyatini   anglagan   holda   ko’nikma   va   malakalarni
egallashga imkon beradi.
Laboratoriya ishlari  o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli
texnikaviy   qoliplardan   foydalangan   holda   tajribalarni   o’tkazish   metodlari   bo’lib,
ular   ko’proq   tabiiy   fanlar   asoslarini   o’rganishda   qo’llaniladi.   Bu   metod
o’quvchilarning   asbob-uskunalar   bilan   ish   ko’rish,   o’lchash   ishlarini   amalga
oshirish   va   ularning   natijalariga   ishlov   berish   kabi   ko’nikmalarini   tezkor
shakllantirishga   imkon   beradi.   Laboratoriya   ishlarini   bajarish   maxsus   qurilma   va
jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga
keltirishni   talab   etadi.   Biroq   bu   harakatlar   o’quvchilarning   yuqori   darajadagi
faolligi   asosida   mustaqil   ravishda   tajriba   va   o’lchash   ishlarini   tashkil   etish   bilan
takomillashtirilib boriladi.
Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqi shundaki, bu metod o’quvchilarning
mavjud   nazariy   bilimlarni   amaliy   masalalar   yechimini   topishga   yo’naltirilgan
faoliyatini   tashkil   etishga   xizmat   qiladi.   U   o’quvchilarning   bilimlarini
chuqurlashtirish,   bilish   faoliyatini   nazorat   qilish   hamda   yo’l   qo’yilgan
kamchiliklarni tuzatish borasidagi ko’nikmalarini shakllantirish kabi funksiyalarni
bajaradi.
Amaliy   mashg’ulotlarda   o’quvchilarning   bilish   faoliyati   quyidagi   besh
bosqichda tashkil etiladi:
1. O’qituvchining   tushuntirishi,   faoliyat   mohiyatini   nazariy   jihatdan   anglash
bosqichi.
2. Ko’rsatma, yo’l– yo’riq berish bosqichi.
3. Sinov bosqichi  (bu bosqichda ikki-uch nafar  o’quvchi  amaliy harakatlarni
bajaradi, qolgan o’quvchilar esa ularning faoliyatini kuzatadi).
4. Faoliyat     (harakat)ni   bajarish   (har   bir   o’quvchi   topshiriqni   mustaqil
ravishda   bajaradi,   ayni   o’rinda   topshiriqni   bajarishga   qiynalgan   o’quvchilarga
alohida e’tibor qaratilib, ularga yordam ko’rsatiladi).
5. Nazorat   bosqichi   (bu   bosqichda   o’quvchilarning   ishlari   qabul   qilinadi   va
baholanadi;   ishning   sifati,   materialning   maqsadga   muvofiq   tanlanganligi,   vaqt nuqtai   nazardan   tezkorlik,   topshiriqni   bajarish   tizimining   to’g’riligi   va
samaradorligi kabi holatlarga alohida e’tibor beriladi). 
Zamonaviy   ta’lim   tizimida   o’quvchilar   tomonidan   o’zlashtirilgan   nazariy
bilimlar   negizida   amaliy   ko’nikma   va   malakalarni   shakllantirishda   didaktik
o’yinlar dan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
6. Didaktik   o’yin   o’rganilayotgan   obyekt,   hodisa   va   jarayonlarni
modellashtirish   asosida   o’quvchining   bilishga   bo’lgan   qiziqishi   va   faollik
darajasini   rag’batlantiruvchi   o’quv   faoliyati   turi.   Ayni   vaqtda   o’yin   ham   ijtimoiy
faoliyat ko’rinishi sanaladi.
Hozirgi   vaqtda   o’qituvchilar   qo’lida   barcha   o’quv   fanlari   bo’yicha   didaktik
o’yinlarning ishlanmalari mavjud, ayniqsa, boshlang’ich ta’lim bo’yicha yaratilgan
o’quv dasturlarda turli didaktik o’yinlarning ro’yxati yetarli darajada ko’rsatilgan. 
Ta’limning   globallashuvi   ta’limiy   va   rivojlantiruvchi   xarakteriga   ega   va
yo’nalishi jihatidan xilma-xil bo’lgan kompyuter o’yinlarining maktab amaliyotiga
jadal   kirib   kelishini   ta’minlamoqda.   Didaktik   o’yinlar   o’quvchilarga   ijtimoiy-
foydali   mehnat   hamda   o’qish   ko’nikmalarini   faol   o’zlashtirishda   muhim
ahamiyatga   ega.   Didaktik   o’yinlarning   ahamiyati   uning   natijasi   bilan   emas,   balki
jarayonning   mazmuni   va   uning   kechishi   bilan   belgilanadi.   O’yinlar   bolalarni
ijtimoiy   munosabatlar   jarayonida   faol   ishtirok   etishga   tayyorlaydi,   ularning   turli
psixologik   zo’riqishlarini   kamaytiradi.   Didaktik   o’yinlardan   foydalanilganda
o’quvchilarning manfaatdor bo’lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo’lgan taqdirdagina
ularni taqdirlash mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda
shunchaki tashkil etilgan o’yin ijobiy natija bermaydi. 
Ta’lim   metodlarini   tanlash.   Pedagogika   fanida   o’qituvchilarning   amaliy
tajribasini o’rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga  o’quv-
tarbiya   jarayoni   kechayotgan   shart-sharoitlar   va   aniq   holatlarga   bog’liq   muayyan
yondashuvlar   vujudga   keladi.   Ta’lim   metodlarini   tanlashda   quyidagi   holatlar
inobatga olinishi lozim:
- zamonaviy   didaktikaning   yetakchi   g’oyalari,   ta’lim,   tarbiya   va
rivojlantirishning umumiy maqsadlari; - o’rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o’ziga xosligi;
- xususiy   fanlar   metodikasining   o’ziga   xosligi   va   umumdidaktik   metodlarni
saralashga qo’yiluvchi talablarning o’zaro aloqadorligi;
- muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;
- u yoki bu mavzuni o’rganishga ajratilgan vaqt;
- o’quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi; 
- o’quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi;
- o’quv   muassasalari,   auditoriyalarning   moddiy   ta’minlanganlik   darajasi,
jihozlar, ko’rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;
- o’qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik
darajasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;
- o’quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o’rnatilganligi.
O’qituvchi   bu   holatlarni   inobatga   olib,   u   yoki   bu   ketma-ketlikda   og’zaki,
ko’rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish
metodlarini   nazorat   va   o’z-o’zini   nazorat   metodlarini   tanlash   borasida   aniq
yechimlar qabul qiladi.
                                           
Adabiyotlar : 1. Babanskiy   Yu.K.   Metod   obucheniya   v   sovremennoy   obщyeobrazovatelnoy
shkole. – Moskva, Prosveщyeniye, 1985. – 205 s.
2. Lerner   I.Ya.   Didakticheskiye   osnov   metodov   obucheniya.   –   Moskva,
Pedagogika, 1981. – 186 s.
3. Okan V. Vvedeniye v obщuyu didaktiku. – Moskva, Vo’sshaya shkola, 1990.
– 382 s.
4. Pedagogika   Ucheb.   posobiye   dlya   studentov   pedagogicheskix   vuzov   i
pedagogichskix   kolledjey.   Pod   red.   P.I.Pidkasistogo.   –   Moskva,
Pedagogicheskoye obщyestvo Rossii, 200. – 640 s.
5. Rjkov V.N. Didaktika. – Moskva, YuNITI-DANA, 2004. – 318 s.
6. Sayidaxmedov N.S. Metod obucheniya shkolnikov mexanizirovannomu trudu
v xlopkovodstve. – Tashkent, O’qituvchi, 1991, - 112 s.
7. Sayidahmedov N.S. Yangi  pedagogogik texnologiyalar. – Toshkent, Moliya,
2003. – 172 b.

TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI . R E J A : 1) Ta’lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif. 2) Ta’lim metodlarni klassifikasiyasi. 3) Ta’lim metodlarini tanlash.

Ta’lim metodlari . «Metod» so’zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharhlangan. Ayni vaqtda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lish mumkin. Shuningdek, ta’lim metodlarining o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to’g’risidagi fikrlar ham mavjud. «Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi». Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to’laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo’lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o’zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv- bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi. Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.

Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh halqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi.Bu funksiyalar ta’lim metodini qo’llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir- biriga o’zaro singib ketadi. Misol uchun, tashhisli funksiya o’qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi. «Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko’p hollarda «metodik usul» (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog’ishtirish orqali joriy etiladi. Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin. Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi: - didaktik maqsad asosida; - ta’lim mazmuni asosida; - o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida; - o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko’lami, holati o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog’liq holda o’zgaradi. Didaktikada munozaralarga sabab bo’layotgan yana bir muhim obyekt ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo’yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o’nlab ta’lim metodlari ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlasy fikrini quyidagicha davom

ettiradi, - «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g’oya yagona va o’zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O’qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo’shqin bo’lishi, metodlarni qo’llash amaliyotidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olishi kerak» 1 . 1. Materialni og’zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi) . O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi. 2. Suhbat . O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid obyektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va savollarga to’g’ri javob tayyorlashdan iborat. O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi. Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar. 3. Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi). Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib bosma matn xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda aks etadi. 4. O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan, sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda). 1

O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi. Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, obyektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir. 5. Laboratoriya ishlari . Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O’quvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar. Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O’qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy xulosa chiqarishni o’rgatadi. 6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o’xshash harakatlarning ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi. Bilimlar manbai: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi.O’qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi. 7. Ijodiy mashq . Ushbu metod o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’ziga xoslik masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish, dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo’llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi.