logo

Ta’lim metodlari va ta’lim shakllarining tasnifi.

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

99.3876953125 KB
Mavzu: Ta’lim metodlari va ta’lim shakllarining tasnifi.
Reja:
1. Ta’lim metodlari tuzilmasi.
2. Ta’lim metodlarining tasnifi. Kirish
Ilmiy-texnik,  texnokratik paradigma ning asosiy maqsadi amaliyotni 
takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga aniq ilmiy bilimlarni berish va 
ularning o’zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim kuchdir, shu bois shaxs qimmati 
uning o’rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan 
(o’rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo’lsagina qadriyat 
sifatida e’tirof etiladi degan g’oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
So’nggi yillarda  noinstitutsional paradigma  rivojlana boshladi. U ta’limni 
ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil 
etish g’oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim «tabiatda» — Internet, «ochiq maktablar» 
— komputerlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o’qitish) muvofiq 
o’qitish samarali deya hisoblaydi. Quyida ta’lim metodlari haqida gapiramiz.
Metod  -  yunon tilidan olingan bo’lib, yo’l, usul, yo’naltiruvchi uslub degan
ma’noni beradi,  ya’ni maqsadga erishish yo’lidir
  Vosita   -   metodlarni   muvaffaqiyatli   amalga   oshirmoq   uchun   zarur   bo’lgan
yordamchi   o’quv     materiallari,   asbob-uskuna,     qurol,   apparat,   kompyuterlar   va
boshq.
«Metod»   so’zining   yunoncha   tarjimasi   «tadqiqot,   usul,   maqsadga   erishish
yo’li»   kabi   ma’nolarni   anglatadi.   Filofosiya   lug’atida   ushbu   tushuncha   umumiy
tarzda   «maqsadga   erishish   usullari»   deya   sharhlangan.   Ayni   vaqtda   pedagogik
manbalarda   «ta’lim   metodi»   tushunchasiga   berilgan   ta’riflarning   xilma-xil
ekanligiga guvoh bo’lish mumkin. Mazkur o’rinda ularning ayrimlarini keltiramiz:
Ta’lim metodi – 
zamonaviy darajada 
o’quv-tarbiyaviy 
maqsadlarga erishishga 
yo’naltirilgan pedagog va 
o’quvchilarning o’zaro 
bog’liq faoliyat 
usullaridir 
(V. I.Zagvyazinskiy) Ta’lim metodlari – 
o’quv jarayonining 
murakkab tarkibiy 
unsuri (komponenti) 
bo’lib, o’qituvchi va 
o’quvchi faoliyatining 
barcha yo’nalishlarini 
yoritishga xizmat 
qiladi, ular o’rtasida 
ko’p sonli aloqa va 
bo g’lanishlarni yuzaga 
keltiradi (G.I.Hukina) Ta’lim metodlari deganda 
o’qituvchining 
o’rgatuvchanligi va 
o’quvchilarning o’quv 
materialini egallashga 
yo’naltirilgan turli 
didaktik masalalar 
echimini topishga oid 
o’quv-bilish faoliyatlarini 
tashkil etish usullari 
tushuniladi 
(I.F.Xarlamov)   Ta’lim 
metodi – belgilangan 
maqsadga erishishni 
ta’minlovchi 
algoritmlashtirilgan, 
muayyan mazmunga 
ega  xarakatlar tizimidir 
(P.I.Podlaso’y)
«Ta’lim metodi» tushunchasining mo hi yatini yorituvchi qarashlar Shuningdek,   ta’lim   metodlarining   o’qituvchi   va   o’quvchilarning   o’zaro
hamkorlikdagi   tartibli   faoliyatlari   usullari   ekanligi   to’g’risidagi   fikrlar   ham
mavjud .
«Ta’lim   metodlari   dastlab   pedagog   ongida   muayyan   yo’nalishdagi
faoliyatning   umumlashma   loyihasi   tarzida   namoyon   bo’ladi.   Mazkur   loyiha
amaliyotga   o’qituvchi   va   o’quvchilar   faoliyatining   o’zaro   tutashuvi,   o’qitish   va
o’qishga   qaratilgan   aniq   harakatlar,   amallar   yoki   usullar   majmuasi   sifatida   joriy
etiladi. Metod boshqa  shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi  ta’lim metodi
o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi» 1
.
1. Qayd   etilayotgan   tushuncha   mohiyatini   to’laqonli   yorituvchi   ta’rifni
aniqlashga   bo’lgan   urinish   bugun   ham   davom   etyapti,   yangi-yangi   ta’riflar   ilgari
surilmoqda.   Biroq,   «ta’lim   metodi»   tushunchasi   mohiyatini   yoritishga   nisbatan
turlicha   qarashlarning   mavjudligiga   qaramay,   ularni   o’zaro   yaqinlashtiruvchi
umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-
bilish   faoliyatini   tashkil   etish   usullari»   degan   qarashga   yon   bosadilar.   Demak,
ta’lim   metodlari   ta’lim   jarayonida   qo’llanilib,   uning   samarasini   ta’minlovchi
usullar majmuidir. 
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida 
ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning 
o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. 
Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon 
bo’lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti
hisoblanadi.
Ta’lim   metodlari   doimo   u   yoki   bu   o’qish   vositalari   yordamida   joriy   etiladi,
shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Ta’lim   metodi   tuzilmasi   chizmada   quyidagicha   namoyon   bo’ladi
(M.N.Skatkin qarashlariga ko’ra):
1 O’quv faoliyati O’quvchi faoliyati
Ta’lim 
ma qsadi Ta’lim 
metodi Ma qsad sari 
harakatlanish 
mexnaizmi Erishilgan
ma qsad
O’qituvchi faoliyati O’quvchining vositali 
faoliyati
TA’LIM METODI TUZILMASI Chizmadan anglanib turibdiki, ta’lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib
turadi: maqsadli tarkib; faoliyatli tarkib; ta’lim vositalari.
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars
boshida   belgilagan   maqsadiga   mos   kelavermaydi.   Ta’lim   maqsadi   o’qituvchi   va
o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi,
ushbu   jarayonda   aniq   maqsadga   yo’naltirilgan   mexanizm   ishga   tushadi.   Ta’lim
tizimlari   maqsadga   erishish   jarayonida   bosh   xalqa   aynan   qanday   va   qaysi
mexanizm   asosida   hamda   mavjud   tarkibiy   unsurlarni   qanday   ishga   solish
mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi.
Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
Ta’lim   metodlarini   tanlash   muammosi   uzoq   davrdan   buyon   tadqiq   qilib
kelinmoqda.   Biroq   tadqiqotlar   soni   ko’p   bo’lsada,   bu   borada   yagona   to’xtamgan
kelinmagan.   Ushbu   o’rinda   ta’lim   amaliyotida   qo’llanilib   kelayotgan   metodlar
tizimi (tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz. Ta’lim metodlari
Motivatsiyali Rivojlantiruvchi
Tashkiliy
Tarbiyaviy Ta’limiy
Ta’lim metodlarining tasnifi
M.A.Danilov va B.P.Esipovlarning karashlariga k o’ra
Bilimlarni egallash metodlari.
K o’ nikma va malakalarni shakllantirish metodlari.
Bilimlarni  qo’llash metodlari.
Nazorat (bilim, k o’ nikma va malakalarni musta h kamlash va tekshirish) metodlari Ta’lim   metodlarining   tasnifi   asosiy   didaktik   maqsadlar   bo’yicha
quyidagicha tizimlashtiriladi.
1. Materialni og’zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi).
O’quvchilar   tomonidan   bilimlarni   o’zlashtirish   o’qituvchining   tushuntirishini   faol
qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi
sifatida   o’qituvchi   nutqi   muhim   ahamiyatga   ega.   Bu   o’rinda   o’qituvchining
o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar
faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi.
2. Suhbat.      O’quvchilar   tomonidan   bilimlarni   o’zlashtirish   jarayoni:   ular
e’tiboriga   havola   etilayotgan   savolning   mohiyatini   anglash,   mavjud   bilimlar   va
tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va
savollarga to’g’ri javob tayyorlashdan iborat.
O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan 
javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi.
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud 
bilimlari va tajribalariga tayanadilar.
3. Darslik   (umuman,   kitob)   bilan   ishlash   (umumlashma   va   xulosalarni   
anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib bosma matn xizmai qiladi. 
O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, 
o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan 
bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda 
aks etadi. 
4. O’qituvchilarning   kuzatuvi   (sinfda   va   sinfdan   tashqari   (shu   jumladan,   
sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda).
O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va 
hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni 
qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim 
jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi.
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), 
tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini
belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy 
rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va 
umumlashtirishdan iboratdir.
5. Laboratoriya   ishlari.      Mazkur   jarayonda   aniq   vazifa,   ya’ni,   ma’lum
sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O’quvchilar hodisalarni kechish
jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. 
O’qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan  qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy 
xulosa chiqarishni o’rgatadi.
6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan bilimlarni 
o’zlashtirish jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim 
materiallardagi o’xshash harakatlarning ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbai: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi.
O’qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni
ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, 
shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
7.   Ijodiy   mashq.   Ushbu   metod   o’ziga   xos   xususiyatga   ega   bo’lib,   o’ziga
xoslik   masalaning   mohiyatini   chuqur   anglash,   uni   bajarishga   nisbatan   mustaqil
yondashish, dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy
bajarish   jarayonida   bilimlarni   qo’llash   va   kengaytirish   kabi   holatlar   bilan
tavsiflanadi.
Bilimlar   manbai   va   materiali   sifatida   avval   egallangan   ijodiy   ishlar
tajribasi,   mavjud   bilimlar,   kuzatuvlar,   shaxsiy   tajriba,   o’qilgan   hikoya,   ijtimoiy-
foydali ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi.
O’qituvchining   rahbarligi:   nazariy   materiallarni   o’zlashtirilishini
ta’minlash,   mavzuni   ifodalash,   ijodiy   ishlar   xarakterini   belgilash,   ularning
bajarilishini   nazorat   va   tahlil   qilish,   sintezlash,   xatoni   ko’rsatish   hamda
to’g’rilashdan kabi holatlarda namoyon bo’ladi 1
.
Keltirilgan   tasnif   «bilimlar   manbai»   bo’yicha   tizimlashtirilgan   metodlar   –
og’zaki,   ko’rgazmali   va   amaliy   metodlarni   u   yoki   bu   darajada   o’zida
mujassamlashtiradi. Biroq, M.A.Danilov va B.P.Esipovlar asosiy e’tiborni «ta’lim
metodini   to’g’ri   tanlash»ga   qaratishadi.   Gap   shundaki,   sobiq   Sho’ro   umumta’lim
maktablarining   o’quv   jarayonida   metodlarning   cheksiz   ko’pligi,   xatto   ularni   bir
necha   tasnif   bilan   ham   qamrab   olish   mumkin   emasligi,   shu   boisdan   ham   o’quv-
tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatining bosh omili va eng muhimi to’g’ri, asoslangan
metodni   tanlash   hisoblangan,   Ana   shu   «g’oya»   mohiyat   jihatidan   noto’g’ri
bo’lishiga   qaramay,   o’n   yillar   davomida   didaktika   «rivoji»da   muhim   o’rin   tutib
keldi.   Nihoyat,   har   ikki   tasnif   bilimlar   manbai   bo’yicha   ham,   didaktik   maqsadlar
bo’yicha   aniqlangan   ta’lim   metodlari   tizimi   maktab   amaliyotining   asosiy
muammosini   hal   eta   olmasligiga   tanqidiy   yondashildi,   ularni   qo’llash   ta’lim
sifatining yuqori darajasini ta’minlaganligi anglab etildi va bu boradagi izlanishlar
davom   ettirildi.   O’tgan   asrning   80-yillaridan   boshlab   o’quvchilarning   bilish
faoliyati xarakteriga mos ta’lim tasnifi yaratildi.
1 I.Ya.Lerner va M.N.Skatkinlarning  q arashlariga k o’ ra
Izo hli-tasvirli.
Reproduktiv.
Evristik yoki  q isman-izlanuvchan muammoli bayon.
Tad qiqotchilik mazmuni   turlarini   o’zlashtirishda   amalga   oshadigan   bilish   faoliyatlari
xarakteri   va   o’quvchilarning   xilma-xil   faoliyatlarini   tashkil   etuvchi   o’qituvchi
holati ... bo’yicha farqlanadi 1
.
Izohli-tasvirli   ta’lim   metodlari   (boshqa   nomlanishi   axborotli-
reptseptsiya)ning   mohiyati:   odatda   nazariy   bilimlar   tayyor   holda   uzatiladi,
o’quvchilar   esa   ularni   qabul   qiladilar   (reptseptsiya).   Bu   yo’lda   turli   ta’lim
vositalari   (shu   jumladan,   ko’rgazmali   vositalar)dan   foydalaniladi.   O’qituvchi
faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning o’quvchilar tomonidan
qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo’ladi.
Izohli-tasvirli   metoddan   ta’lim   jarayorida   foydalanishda   quyidagi   holatlar
yuzaga keladi:
O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi O’quvchi faoliyatining tuzilmasi
- Tushuntirish;
- Harakatni ko’rsatish;
- Dalillardan xabardor qilish;
- o’quvchining   materialni   anglab   etishini
rag’batlantirishga yo’naltiruvchi usullar;
- turli didaktik materiallardan foydalanish - axborotlarni qabul qilish;
- o’quv   materialini   tushunib   olishga
intilish   va   dastlabki   ma’lumotlarni
yodda saqlash;
- o’quv materialini tushunish
Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni.   qayd etib o’tilganidek, ta’lim metodlari tizimida
og’zaki bayon qilish metodlari  muhim o’rin tutadi. 
Og’zaki   mashq lardan   ta’lim   jarayonida   keng   foydalaniladi.   Ular
o’quvchilarning   umumiy   madaniyati,   mantiqiy   fikrlashi   hamda   bilish   qobiliyatini
rivojlantirish   bilan   bog’liqdir.   Shuningdek,   og’zaki   mashqlarning   nutq   boyligini
oshirish va xorijiy tillarni o’rganishdagi ahamiyati beqiyos.
1 O g’zaki bayon qilish metodlari
Hikoya Suhbat
TUShUNTIRISh MA’RUZA
         O g’ zaki bayon  qi lish metodlarining turlari Hikoya   – o’qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning
yaxlit   yoki   qismlarga   bo’lib,   tasviriy   vositalar   yordamida   obrazli   tasvirlash   yo’li
bilan   ixcham,   qisqa   va   izchil   bayon   qilinishi.   Metodning   samarasi   ko’p   jihatdan
o’qituvchining   nuqt   mahorati,   so’zlarni   o’z   o’rnida,   ifodali   bayon   qilishi,
shuningdek,   o’quvchilarning   yoshi,   rivojlanish   darajasini   inobatga   olgan   holda
yondashuviga   bog’liq.   Shu   bois   hikoya   mazmuni   o’quvchilarning   mavjud
bilimlariga   tayanishi,   ularni   kengaytirishga   xizmat   qilishi   zarur.   Hikoyaning
axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya   qilinayotgan   materialni   samaralash   maxsus   reja   asosida   amalga
oshiriladi.   O’qituvchi   har   bir   darsda   uning   maqsadini   aniq   belgilab   oladi,   undagi
asosiy   tushunchalarga  alohida   urg’u  berishga  e’tiborni  qaratadi.  Hikoya  hisha   (5-
10   daqiqa),   shu   bilan   birga   o’quvchilarda   his-hayajon   va   mavzuga   nisbatan
qiziqishni   uyg’otishi   kerak.   Bu   holat   hikoyani   boshqa   ta’lim   metodlari   (xususan,
namoyish yoki muammoli bayon etish va hokazolar) bilan birga solishtirganda ro’y
berishi mumkin.   
Suhbat   –  savol   va  javob shaklidagi  dialogik  ta’lim   metodi   bo’lib,  u fanga
qadimdan ma’lum, xatto undan o’z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan.
Suhbat   ta’lim  jarayonida  ko’p  funktsiyalar  (aqliy  fikrlash,   hozirjavoblik,  muloqot
madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o’quvchida
faollikni   yuzaga   keltiradi.   Suhbat   o’qituvchi   fikriga   mos   harakat   qilish,   natijada
yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat – faoliyatini endigina boshlagan o’qituvchi uchun murakkab ta’lim
metodi   hisoblanadi,   binobarin,   savollarni   tayyorlash,   ularning   ketma-ketligini
ta’minlash   ko’p   vaqt   talab   etadi,   uni   tashkil   etishda   esa   barcha   o’quvchilarning
diqqatini jalb etish talab qilinadi. O’qituvchi oddiy savollar berishi, o’quvchilarga
ular yuzasidan batafsil o’ylash uchun vaqt ajratishi, o’quvchilarning javoblarini esa
diqqat  bilan tinglashi, zarur  o’rinlarda  ularni  sharhlashi  lozim. Shu bois suhbatda
bilish   deduktiv   yoki   induktiv   yo’l   bilan   amalga   oshadi.   Deduktiv   suhbat
o’quvchilarga   oldindan   ma’lum   bo’lgan   qoidalar,   tushunchalar,   hodisalar,
jarayonlar asosida   tashkil etilib, o’quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga
keladilar.   Suhbatning   induktiv   shaklida   alohida   dalillar,   tushunchalarning   tahlil
asosida umumiy xulosaga kelinadi.
Suhbat   ko’proq   o’quvchilarni   yangi   bilimlar   bilan   tanishtirish,   bilimlarni
tizimlashtirish   va   mustahkamlash,   nazoratni   tashkil   etish   hamda   o’zlashtirilgan
bilimlarni tashhislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko’rinishlarda, ya’ni,
kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat  tarzida tashkil etiladi.
Kirish suhbati  o’quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan
ko’zlangan   maqsad   hal   etilishi   zarur   bo’lgan   ishlar   mohiyatining   o’quvchilar
tomonidan   anglab   etilganligini   tekshirib   ko’rishdan   iborat.   Bunday   suhbatlar
o’quvchilarning o’quv salohiyatini  aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil  etish
hamda yangi bilimlarni o’zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi.
Yakuniy suhbat  o’quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va 
tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Katexizism   (qisqa   bayonli)   suhbat   –   o’quvchilarning   boshlang’ich   bilim
darajasi   hamda   ularning   yangi   o’quv   metodikasini   o’zlashtirishga   tayyorgarligini
aniqlash   uchun   tajribali   o’qituvchilar   tomonidan   dars   avvalida   yohud   o’rganilgan
materialni mustahkamlash uchun dars so’nggida qo’llaniladi.
Evristik suhbat  yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo’naltiriladi.
Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki
«yo’q»   tarzidagi   javoblarni   olish   emas,   aksincha,   o’quvchilarni   mustaqil   fikrlash,
ularda   faollikning   yuzaga   kelishini   ta’minlash,   ularni   tahlil   qilishga   undash,
dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.
Demak,   evristik   suhbat   jarayonida   o’quvchilar   bilimlarni   o’zlarining
tirishqoqliklari   va   mustaqil   fikr   yuritish   layoqatiga   egaliklari   bois   o’zlashtira
olsinlar.
Tushuntirish   o’quv   materiali   mazmunini   isbot,   tahlil,   umumlashma,
taqqoslash   asosida   bayon   qilishdir.   Bu   metod   hikoyaga   nisbatan   birmuncha   keng
qo’llaniladi.   Undan   odatda   nazariy   materiallar   hamda   murakkab   masalalarni
o’rganishda   foydalaniladi.   Tushuntirish   jarayonida   o’quv   materialining   bir   qadar
qiyin   unsurlari   ko’zga   tashlanadi   va   shu   asosda   materialning   mohiyati   ochib
beriladi.   Tushuntirish   samarasi   ko’p   hollarda   o’qituvchining   ko’rgazmali
vositalardan oqilona foydalanishiga bog’liq bo’ladi.
Ma’ruza   –   yirik   hajmdagi   o’quv   materialini   og’zaki   bayon   qilish   metodi
sanalib,   uning   o’ziga   xos   xususiyatlari   quyidagilardan   iborat:   qat’iy   mantiqiy
ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko’pligi, bilimlar bayonining tizimliligi.
Maktab   ma’ruzasi   mazmunini   murakab   tizimlar,   hodisalar,   ob’ektlar,   jarayonlar,
ularning   sababli-oqibatli   bog’lanishlari,   qonun  va   qoidalar   tashkil   etadi.   Shu   bois
ma’ruza maktab  sharoitida yuqori  sinflardagina qo’llaniladi. Chunki  u butun dars
jarayonini   qamrab   olishi   mumkin.     Ma’ruza   metodi   tushuntirish   va   suhbatning
asta-sekin   kengayib   borishidan   vujudga   keladi   va   bir   vaqida   o’quvchilarni
qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o’rgata boradi.
Maktab ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari 1
 quyidagilardan
iborat:
- o’qituvchi tomonidan eng maqbul ma’ruza rejasining tuzilishi;
- rejadan   o’quvchilarni   xabardor   etish,   ularni   ma’ruza   mavzusining
maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;
- rejada   aks   etgan   barcha   bandlarning   mantiqiylik   va   ketma-ketlikda
bayon etilishi;
- rejaning har bir bandi yoritilgach, ular yuzasidan qisqacha umumlashma
asosida xulosalanishi;
- ma’ruzaning   bir   qismidan   ikkinchisiga   o’tishda   ular   o’rtasidagi
mantiqiy aloqalarning o’rnatilishini ta’minlash;
- bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb etishi;
- jonli   til,   o’z   vaqtida   misollar,   aniq   dalillar   va   qiyoslashlardan
foydalanish;
1 - auditoriya,   muloqot   jarayoni,   shuningdek,   o’quvchilarning   aqliy
faoliyatlarini mohirlik bilan boshqarish;
- ma’ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib berilishi;
- ma’ruzaning asosiy qismlarini o’quvchilar tomonidan qayd etib (yozib)
borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish tezligi;
- zarur (yozib olinadigan) o’rinlarni oldindan ajratib qo’yish;
- o’rganilayotgan   holatlarni   yozib   olish   asosida   qabul   qilish   va   ularning
mohiyatini   aniqlashtirish   maqsadida   ko’rgazmalar   (namoyish,   illyustratsiya,
videofilm va boshqalar)dan foydalanish;
- alohida   holatlarni   chuqur   muhokama   qilishda   ma’ruzani   seminar,
amaliy mashg’ulotlar bilan uyg’unlashtirish.  
Ta’lim   sifati   va   samaradorligini   ta’minlashda   ko’rgazmali   metodlar   ham
alohida ahamiyatga ega. 
  Ushbu   metodlardan   foydalanish   zaruriyati   ko’rsatmalilik   tamoyiliga   amal
qilish   maqsadga   muvofiq   ekanligida   ko’rinadi.   Inson   miyasining   30   foiz   hajmini
ko’rishni,   faqat   3   foizigina   eshitishni   ta’minlovchi   neyronlar   tashkil   etadi.
Pedagogik-psixologik   yo’nalishda   olib   borilgan   tadqiqotlar   natijalaridan   ma’lum
bo’ladiki,   shaxs   tomonidan   o’zlashtirilayotgan   bilimlarning   85   foizi   ko’rish
retseptorlari  yordamida o’zlashtiriladi. Demak, o’zbek xalqi tomonidan ko’p bora
qo’llaniladigan   «Yuz   marta   eshitgandan   bir   marta   ko’rgan   yaxshi»   maqoli   ilmiy
asosga ega ekan.
Namoyish metodi  o’rganilayotgan ob’ekt harakat dinamikasini ochib berishda
qo’l keladi va ayni chog’da predmetning tashqi ko’rinishi va ichki tuzilishi haqida
to’laqonli   ma’lumot   berishda   keng   qo’llaniladi.   Tabiiy   ob’ektlarni   namoyish
qilishda   odatda   uning   tashqi   ko’rinishi   (shakli,   hajmi,   miqdori,   rangi,   qismlari,
ularning   o’zaro   munosabatlari)ga   e’tibor   qaratiladi,   so’ngra   ichki   tuzilishi   yoki
alohida   xususiyatlarini   o’rganishga   o’tiladi.   Ko’rsatish   ko’p   holatlarda
o’rganilayotgan   ob’ektlarning   sub’ekti   yoki   chizmasi   yordamida   kuzatiladi.
Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o’qituvchining maxsus jihozlar
yordamida   ko’rsatib   berishi   hisobiga   amalga   oshadi,   bunda   ushbu   tajriba   asosida
yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada
ko’proq   didaktik   samara   beradi,   biroq,   bunday   namoyishni   amalga   oshirish   har K o‘ rgazmali metodlar
Namoyish
Tasvir
K o’ rgazmali metodlarning turlari doim   ham   mumkin   bo’lavermaydi.   Shu   bois   o’qituvchilar   tabiiy   predmetlarni
namoyish   qilishda   sun’iy   muhitga   murojaat   qilishadi   (masalan,   hayvonlar   bilan
hayvonot bog’ida, turli o’simliklar bilan esa issiqxonalarda   tanishish) yoki sun’iy
ravishda   yaratilgan   ob’ektlar   (maket,   model,   mulyaj,   skelet   va   boshqalar)dan
foydalaniladi.
Bu   metod   yordamida   o’qituvchi   o’quvchilarni   mustaqil   ravishda
ob’ektlarni o’rganish, zaruriy o’lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o’rnatish,
shuningdek,   hodisalarning   mohiyatini   anglab   etishga   bir   so’z   bilan   aytganda   faol
bilish   jarayoniga   yo’naltirishi   lozim.   Namoyish   samarasi   ko’p   jihatdan
o’qituvchining   bilish   jarayoni   mohiyatan   o’quvchilarning   yoshiga   mos   holda
to’g’ri   tanlanishi   hamda   mumkin   qadar   ularning   diqqatini   namoyish   etilayotgan
predmetning muhim jihatlariga yo’naltirishiga bog’liqdir.
Tasvir         (i    llyustratsiya    )   metodi   namoyish   metodiga   chambarchas   bog’liq
bo’lsada,   didaktikada   alohida   o’rganiladi.   Illyustratsiya   narsa,   hodisalar   va
jarayonlarni   ularning   ramziy   ko’rinishlari   –   chizma,   port,   rasm,   fotosurat,   yassi
modellar va boshqalar yordamida ko’rsatishni taqozo etadi. 
Namoyish va tasvir metodlari o’zaro bog’liqlikda bir-birini to’ldirgan holda
qo’llaniladi.   Agar   hodisa   va   jarayonni   o’quvchi   yaxlit   holda   qabul   qilishi   zarur
bo’lsa   namoyishdan   foydalanish,   agar   hodisa   mohiyati   hamda   uning   unsurlari
o’rtasidagi bog’lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.
Tasvirning   samarasi   ko’pincha   o’qituvchi   tomonidan   ko’rsatuv
texnologiyasi   qay   darajada   o’zlashtirilganligiga   bog’liq   bo’ladi.   Ko’rsatmalardan
foydalanishning   bilish   jarayonidagi   didaktik   ahamiyati   o’rganilayotgan   ob’ekt
mohiyatini   to’laqonli   yorita   olishi   bilan   belgilanadi.   Aslida   illyustratsiyalar
oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o’rinlarda kerakli hajmda ko’rsatiladi,
aks   holda   ular   sonining   oshib   ketishi   o’quvchilarni   hodisa   mohiyatini   anglashda
chalg’itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy ob’ektlar
va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to’g’ri keladi.
Ko’rgazmali   metodlardan   foydalanishda   samaradorlikka   erishish   uchun
quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
- ko’rgazmalilikning   o’quvchilar   yoshi   va   rivojlanish   darajasiga   mos
kelishi;
- namoyish   etilayotgan   ob’ektlar   barcha   o’quvchilarga   yaxshi   ko’rinib
turishi;
- namoyishda   uning   boshlang’ich   bosqichi   va   asosiy   jarayon
(holat)larning ajralib turishi;
- tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib
ko’rsatish asosida tashkil etilishi; 
- namoyish   va   illyustratsiya   o’quv   materialining   mazmuni   bilan   uyg’un
bo’la olishi lozim.
Amaliy   ishlar   metodlari   o’quvchilar   tomonidan   o’zlashtirilgan   nazariy
bilimlar   yordamida  ularda amaliy  ko’nikma  va  malakalarni   hosil   qilishda  alohida
ahamiyat kasb etadi.   
Amaliy ishlar metodi  – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini
topishga yo’naltirilgan jarayonda qo’llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni
amaliyotda   qo’llash   ko’nikmasi   hosil   qilinadi.   Amaliy   ishlar   sinfda   yoki   tabiiy
sharoitlar   –   maktab   er   maydoni,   issiqxona,   geografik   maydonlarda   amalga
oshiriladi.   Ularni   amalga   oshirishda   sodir   etiladigan   harakatlar   o’qituvchi
tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo’riqnoma yoki maxsus ko’rsatmani
o’quvchilar e’tiboriga havola etadi.
Qayd   etilganidek,   ushbu   metodlar   o’quvchilarda   amaliy   ko’nikma   va
malakalarni   shakllantirishga   yordam   beradi.   Aynan   amaliy   faoliyat   jarayonida
nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo’ladi.
Mashq   - aqliy yoki  amaliy (jismoniy) harakatlarni  bajarish ko’nikmalarini
egallash   yo’lidagi   ko’p   marta   takrorlanishlar   bo’lib,   mashqsiz   ko’nikma   hamda
malakalarni   shakllantirish   mumkin   emas.   Mashqlar   og’zaki,   yozma,   gradikaviy
(texnik   jarayonlar   mohiyatini   ifodalash),   ijtimoiy-foydali,   jismoniy   va   boshqa
turlarga bo’linadi.
Yozma   mashq lar   –  ta’limning  tarkibiy  qismi   sifatida   zaruriy   ko’nikma   va
malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash  maqsadida qo’llaniladi. Diktant,
insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham
yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Grafikaviy   ishlar   ham   yozma   ishlar   bilan   o’xshash   jihatlarga   ega   bo’lib,
ulardan   asosan   texnik   jarayonlar   (jumladan,   geografiya,   fizika,   matematika,
chizmachilik, rasm hamda texnologik ta’lim)da keng ko’lamda foydalaniladi.
Mashqlarning   bajarilish   samarasi   quyidagi   shartlar   hisobga   olinganda
birmuncha yuqori bo’ladi:
- mashqlarni bajrishga nisbatan ongli yondashish;
- bajarish qoidasini bilish;
- vaqt bo’yicha takrorlanishning to’g’ri taqsimlanishi.
Mashqni bajarishni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat:
- o’qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi;
- topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko’rsatishi;
- o’qituvchi   nazorati   ostida   o’quvchilar   tomonidan   o’quv   harakatining
dastlabki bajarilishi; Amaliy metodlar
Mashq
Amaliy ishlar
Amaliy metodlarning turlari Laboratoriya - zarur   ko’nikma   va   malakalar   shakllangunicha   o’quv   harakatlarning
ko’p bora takrorlanishi.
Ayrim   holatlarda   o’quvchilar   ovoz   chiqarib   o’quv   harakatlarini
takrorlashlari va bajarishlari lozim bo’ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va
bajariladigan   harakatlarning   mohiyatini   anglagan   holda   ko’nikma   va   malakalarni
egallashga imkon beradi.
Laboratoriya   ishlari   o’quvchilarning   jihoz,   maxsus   uskuna,   qurol   hamda
turli   texnikaviy   qoliplardan   foydalangan   holda   tajribalarni   o’tkazish   metodlari
bo’lib,   ular   ko’proq   tabiiy   fanlar   asoslarini   o’rganishda   qo’llaniladi.   Bu   metod
o’quvchilarning   asbob-uskunalar   bilan   ish   ko’rish,   o’lchash   ishlarini   amalga
oshirish   va   ularning   natijalariga   ishlov   berish   kabi   ko’nikmalarini   tezkor
shakllantirishga   imkon   beradi.   Laboratoriya   ishlarini   bajarish   maxsus   qurilma   va
jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga
keltirishni talab etadi. 
Xulosa
Yuqoridagi ma’ruzada ko‘rinadiki ta’lim metodlarining rangbarangligi uquvchiga 
darsning asosiy g‘oyasini yetkazib berish oson kechadi. Ayniqsa zamonaviy 
texnika vositalari orqali darsni tashkil qilish samaradorlikni sezirarli oshiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent 2023-yil.
2. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni // Xalq so’zi gazetasi 
2020-yil 23-sentabr soni. 
3. Pedagogika (Pedagogika nazariyasi va tarixi) 0 ‘qituvchilar tayyorlash va 
pedagogika fani sohasi: bakalavriat yo‘nalishi uchun darslik // 
prof.M.X.Toxtaxadjayevaning umumiy tahriri ostida, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. — Toshkent “O’zbekiston faylasuflar milliy 
jamiyati” nashriyoti, 2010-yil. 
4. B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. “Sanostandart” 
nashriyoti. Toshkent 2017-yil. 
5. RA.Mavlonova, O.To’rayeva, K.M.Xoliqberdiyev, Pedagogika. Darslik T:         
О  'qituvchi 2018-yil.
6. K.Xoshimov, S.Ochilov. O’zbek pedagogikasi antologiyasi.

Mavzu: Ta’lim metodlari va ta’lim shakllarining tasnifi. Reja: 1. Ta’lim metodlari tuzilmasi. 2. Ta’lim metodlarining tasnifi.

Kirish Ilmiy-texnik, texnokratik paradigma ning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga aniq ilmiy bilimlarni berish va ularning o’zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o’rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o’rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo’lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g’oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi. So’nggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g’oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim «tabiatda» — Internet, «ochiq maktablar» — komputerlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o’qitish) muvofiq o’qitish samarali deya hisoblaydi. Quyida ta’lim metodlari haqida gapiramiz. Metod - yunon tilidan olingan bo’lib, yo’l, usul, yo’naltiruvchi uslub degan ma’noni beradi, ya’ni maqsadga erishish yo’lidir Vosita - metodlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo’lgan yordamchi o’quv materiallari, asbob-uskuna, qurol, apparat, kompyuterlar va boshq. «Metod» so’zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharhlangan. Ayni vaqtda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lish mumkin. Mazkur o’rinda ularning ayrimlarini keltiramiz: Ta’lim metodi – zamonaviy darajada o’quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan pedagog va o’quvchilarning o’zaro bog’liq faoliyat usullaridir (V. I.Zagvyazinskiy) Ta’lim metodlari – o’quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri (komponenti) bo’lib, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining barcha yo’nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o’rtasida ko’p sonli aloqa va bo g’lanishlarni yuzaga keltiradi (G.I.Hukina) Ta’lim metodlari deganda o’qituvchining o’rgatuvchanligi va o’quvchilarning o’quv materialini egallashga yo’naltirilgan turli didaktik masalalar echimini topishga oid o’quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushuniladi (I.F.Xarlamov) Ta’lim metodi – belgilangan maqsadga erishishni ta’minlovchi algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega xarakatlar tizimidir (P.I.Podlaso’y) «Ta’lim metodi» tushunchasining mo hi yatini yorituvchi qarashlar

Shuningdek, ta’lim metodlarining o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to’g’risidagi fikrlar ham mavjud . «Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi» 1 . 1. Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to’laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo’lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o’zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv- bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi. Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz. Ta’lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagicha namoyon bo’ladi (M.N.Skatkin qarashlariga ko’ra): 1 O’quv faoliyati O’quvchi faoliyati Ta’lim ma qsadi Ta’lim metodi Ma qsad sari harakatlanish mexnaizmi Erishilgan ma qsad O’qituvchi faoliyati O’quvchining vositali faoliyati TA’LIM METODI TUZILMASI

Chizmadan anglanib turibdiki, ta’lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib turadi: maqsadli tarkib; faoliyatli tarkib; ta’lim vositalari. Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi. Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona to’xtamgan kelinmagan. Ushbu o’rinda ta’lim amaliyotida qo’llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz. Ta’lim metodlari Motivatsiyali Rivojlantiruvchi Tashkiliy Tarbiyaviy Ta’limiy Ta’lim metodlarining tasnifi M.A.Danilov va B.P.Esipovlarning karashlariga k o’ra Bilimlarni egallash metodlari. K o’ nikma va malakalarni shakllantirish metodlari. Bilimlarni qo’llash metodlari. Nazorat (bilim, k o’ nikma va malakalarni musta h kamlash va tekshirish) metodlari

Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha quyidagicha tizimlashtiriladi. 1. Materialni og’zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi. 2. Suhbat. O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va savollarga to’g’ri javob tayyorlashdan iborat. O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi. Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar. 3. Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi). Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib bosma matn xizmai qiladi. O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda aks etadi. 4. O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan, sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda). O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi. Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir. 5. Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O’quvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar. Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O’qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan