logo

Tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari va vositalari

Yuklangan vaqt:

27.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.4560546875 KB
Mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari  va vositalari :
Reja:
1.Tarbiya shakllari (turlari) haqida tushuncha. 
2.Tarbiyaning umumiy metodlari va vositalari. 
3.Boshlang‘ich sinflarda tarbiya metodlari, vositalari tasnifi va ularni   tanlab
olish shartlari. Tayanch   so’zlar :   Tarbiya   shakllari,   tarbiyaning   umumiy
metodlari,tarbiyaning vositalari.,maqsad, mazmun, shakl.
Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining
mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o’ziga xos ahamiyatga
ega   bo’lgan   yana   bir   tushuncha   ham   mavjud,   bu   tarbiya   metodlari   tushunchasidir.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li;
tarbiyalanuvchilarning   ongi,   irodasi,   tuyg’ulari   va   xulqiga   ta’sir   etish   usullari.
Maktab   amaliyotiga   tatbiq   etilganda,   metodlar   –   bu   tarbiyalanuvchilarning   ongi,
irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning   mutlaqo   yangi   metodlarini   yaratishga   bironta   tarbiyachining   kuchi
yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi
o’zining   imkoniyatiga   ko’ra   uni   hal   qiladi,   tarbiya   jarayonining   aniq   shart-
sharoitlariga mos ravishda o’zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy
metodikani boyitadi.
Metodning   ijobiy   va   salbiysi   bo’lmaydi,   tarbiya   jarayonida   ma’lum   yo’lni   yuqori
darajadagi   samarali   va   samarasiz   deya   baholash   mumkin   emas.   Metodning
samaradorligini   u   qo’llanilayotgan   sharoit   nuqtai   nazaridan   baholash   mumkin.
Tarbiya   metodlarini   maqsadga   muvofiq   tanlash   bir   qator   omillarga
bog’liq.Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni
to’g’ri   muvofiq   bo’lishi   zarur.   Tarbiyaning   mazmuni   shaxsning   shakllanishiga
qo’yiluvchi   ijtimoiy   talablar   mohiyatidan   iborat.   Unutmaslik   kerakki,   aynan   bitta
vazifa turli xil fikrlar bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni
umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog’lash g’oyat muhimdir.
3.2.Tarbiya metodlari tasnifi.
Metodlarni bilish ularni biror asos, belgi bo’yicha guruhlarga ajratishga olib keladi.
Pedagogikada   biron   bir   asos   bo’yicha   metodlarni   qat’iy   klassifikatsiyasi   ishlab
chiqilmagan. Mutaxassislar metodlarni ko’p qo’llanishiga qarab ishontirish, mashq,
namuna,   taqdirlash,   jazolash   metodlarini   o’rganganlar.   Albatta   pedagogik
amaliyotda ushbu metodlarni ko’p uchratamiz. Pedagog o’quvchilar bilan birgalikda
axloqiy   normalarni   muhokama   qilib,   tushuntirib,   ularni   faoliyatga   jalb   etib,   ularga namuna   bo’lib   tarbiyalaydi.   Va   nihoyat   u   o’quvchilarni   xatti-harakatlarini
muhokama qilib, ularni stimullashtiradi hamda xulq-atvorini tuzatib, rivojlantiradi.
Ilmiy tavsiflash obyektlarni bir-biridan farqlash uchun qat’iy asos va belgiga
ko’ra ajratishni talab etadi. Shuning uchun metodlar klassifikatsiyasi ularni bilishni,
ikkinchidan   ularni   ongli,   samarali   qo’llashni   ifodalaydi.Tahlillar   shuni   ko’satadiki,
klassifikatsiyalar asosini shaxsning u yoki bu sohasiga (ongiga, xulqiga, hissiyotiga)
ta’sir etish yo’naltirilishi bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda shaxsni bilimini,
qarashlarini,   idrokini   shakllantirishga   yo’naltirilgan   metodlar   bor.   Ular   ongni
shakllantiruvchi   metodlar   deyiladi.   Bundan   tashqari,   shaxsni   xulq-atvoriga   va
faoliyatiga   yo’naltirilgan   metodlar   mavjud.   Bularni   xulqni   shakllantiruvchi   va
faoliyatni   tashkil   etuvchi   metodlar   deyiladi.   Yana   xulqni   stimullashtirishga   va
tuzatishga   yo’naltirilga   metodlar   mavjud   bo’lib,   ular   xulqni   stimullashtiruvchi
metodlar   deyiladi.Yu.K.Babanskiy   tomonidan   tavsiya   etilgan   ta’lim   va   tarbiya
metodlari   klassifikatsiyasining   asosini   faoliyat   konsepsiyasi   tashkil   etadi.   Unga
ko’ra har qanday faoliyat komponentlarini anglash, tashkil etish, stimullashtirish va
nazorat   tashkil   etadi.   Faoliyat   tarbiya   jarayoni   tuzilishida   muhim   o’rin   egallab,
butun   pedagogik   jarayonni   umumiy   metodlarini   to’rt   guruhga   ajratishning   asosi
hisoblanadi.   Shunday   qilib,   an’anaviy   pedagogika   fanida   tarbiya   metodlarini   to’rt
guruhga ajratilganligini ko’plab mutaxassislar tomonidan guvohi bo’lamiz:
a) ongni shakllantirish metodlari: hikoya, suhbat, ma’ruza, munozara, muhokama;
b) faoliyatni tashkil etish va xulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, o’rgatish,
topshiriq, talab va tarbiyaviy vaziyatlarni yaratish;
d) xulqni stimullashtiruvchi metodlar: musobaqa, o’yin, taqdirlash va jazolash;
e)   nazorat,   o’z-o’zini   nazorat   va   baholash   metodlari:   kuzatish,   so’rov,   faoliyat
natijalarini tahlil qilish.
Metodlarni guruhlar bo’yicha ajratish mumkin, lekin shaxs qismlar bo’yicha emas,
balki   bir   butun   holda   shakllanadi,   nimagaki   ong,   munosabatlar,   xulq,   atvor   har
qanday   holatda   mo’ljalli   va   tasodifiy   harakatlar   ta’sirida   butunlikda   shakllanadi.
Psixologiyada   ong   va   faoliyat   birligi   prinsipi   mavjud,   ya’ni   ong   faoliyatda
shakllanadi.   Birinchi   guruh   metodlarining   asosiy   vazifasi   tarbiyalanuvchilarda munosabatlarni,   yo’nalganlikni,   ishonch   va   qarashlarni   shakllantirish   hisoblanadi.
Bular asosida xulq-atvor normalari, ijtimoiy qadriyatlar to’g’risidagi bilimlar yotadi.
Birinchi   navbatda   insonni   ishonchi   uning   xattiharakatlarida   ifodalanadi.Ikkinchi
guruh   metodlari   tarbiyani   faoliyatda   amalga   oshishi   prinsipiga   amal   qilishni   talab
etadi.   Shaxsda   u   yoki   bu   sifatlarni   sharoit   yaratmasdan   shakllantirib   bo’lmaydi.
Pedagoglarni   vazifasi   ana   shunday   sharoitlarni   hosil   qilish   hisoblanadi.   Uchinchi
guruh   metodlari   yordamida   pedagoglar   va   tarbiyalanuvchilarni   o’zlari   o’z   xatti-
harakatlarini nazorat qilib, tarbiyalanuvchilarni faoliyat motivlariga ta’sir etadilar.
Nazorat   va   o’z-o’zini   nazorat   qilish   metodlari   tarbiya   natijalarini   baholashga   va
tahlil   etishga   yo’naltirilgan   bo’lib,   tarbiyalanuvchilarni   shakllanashiga   ta’sir   etadi.
Agar   tarbiya   natijalari   tarbiyalanuvchilar   bilan   birga   tahlil   etilsa,   samaradorlilikka
erishiladi hamda ularni o’z-o’zini tarbiyalashi stimullashadi.
3.3. Ijtimoiy ongini shakllantiruvchi metodlar.
Ijtimoiy   ongni   shakllantiruvchi   metodlar   o’quvchilarda   ma’naviy-axloqiy   sifatlar,
e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, histuyg’usi va
irodasiga   ta’sir   ko’rsatish   usullari   sanaladi.   Bu   guruh   usullarining   mohiyati
shundaki,   ular   orqali   o’quvchilar   ongiga   jamiyatda   ustuvor   o’rin   tutuvchi   ijtimoiy
g’oya   va   maqsadlar   singdiriladi.   Yoshlar   dunyoqarashini   shakllantirish,   ularning
hayot   mazmunini   tushunib   olishlariga   ko’maklashish   uchun   ijtimoiy   ongni
shakllantiruvchi   usullar   qo’llaniladi.   O’quvchilarda   g’oyaviy   onglilik   va   ijtimoiy
faollik,   ya’ni,   davlatning   ichki   va   xalqaro   siyosati   mazmunini   tushunish   va   idrok
qilish ko’nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda
eng   ko’p   ishlatiladigan   usuldir.Tushuntirishning   vazifasi   o’quvchilarni   yuksak
madaniyatli,   milliy   g’urur   tuyg’usiga   ega   bo’lib   voyaga   yetishlarini   tarbiyalashga
yordam berishdan iborat.
Tushuntirishda   o’quvchilarga   mamlakat   fuqarosining   davlatga   nisbatan   muayyan
huquq   va   burchlar   asosida   bog’langanligi   borasida   ma’lumotlar   beriladi.   Bunda
davlat   bayrog’i,   gerbi,   madhiyasi   hamda   konstitusiyasiga   sadoqat   ruhida   tarbiya
berishning   ahamiyati   katta.   Shu   sababli   davlat   bayrog’i,   gerbi,   madhiyasi   hamda
konstitusiyasining mohiyati tushuntirialdi. Suhbat.   O’quvchi   shaxsini   g’oyaviy   va   ma’naviy-axloqiy   jihatdan   shakllantirishda
o’qituvchining   jonli   so’zi   eng   ta’sirchan   usul   hisoblanadi.   Suhbat   uchun   mavzu
tanlashda   uning   mazkur   sinf   o’quvchilari   uchun   dolzarbligi,   o’quvchilarda
ma’naviy-axloqiy  ishonch   uyg’otishning   suhbat  mazmuniga  bo’lgan  munosabatlari
va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda
uyushtirilishi mumkin:
a)   etik   mavzular   (ijtimoiy   ma’naviy-axloqiy   me’yorlar,   jamiyatda   ustuvor   o’rin
tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o’zini tutish qoidalari va boshqalar);
b) estetik mavzular (tabiat go’zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go’zalligi);
v)   siyosiy   mavzular   (davlatning   ichki   va   tashqi   siyosati,   dunyo   voqealari,   xalqaro
munosabatlar va boshqalar);
g)   ta’lim   va   bilishga   oid   mavzular   (koinot,   hayvonot   va   o’simliklar   dunyosi,
elektronika va boshqalar).
Suhbatlarning,   shuningdek,   ijtimoiy-foydali   mehnatni   tashkil   etish,   huquqiy,
ekologik,   iqtisodiy   va   gigienik   mavzularda   ham   tashkil   etilishi   o’zining   ijobiy
natijalarini beradi. Suhbat davomida o’quvchilarga ularning o’z fikrlarini erkin ifoda
etishlari hamda mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish
juda   muhimdir.   Bu   borada   bahs-munozaralarning   ahamiyati   katta.   Hikoya.
O’quvchilar   odatda   hayot   va   turli   adabiyotlardan   olingan   aniq   misollar   bilan
boyitilgan   hikoyalarni   katta   qiziqish   bilan   tinglaydilar.   Ularga   axloq   me’yorlari,
xalq   o’tmishi,   tabiiy   boylar,   qahramonlar   hayoti   va   jasorati,   shuningdek,   tarix,
adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari,
shuningdek,   ommaviy   axborot   vositalari   -   radio,   televideniya,   gazeta   va   jurnallar
sahifalarida   e’lon   qilingan   ma’lumotlar   ham   o’quvchilar   uchun   qimmatli   material
bo’ladi.   Suhbat   ham,   hikoya   ham   o’quvchilarning   yoshiga   mos   mavzularda   ular
tushunadigan   so’zlar   vositasida   adabiy   tilda   o’tkazilishi   maqsadga   muvofiqdir.
Suhbat   yoki   hikoya   mavzusining   o’quvchilar   tomonidan   belgilanishi,   ularning
samarali   kechishini   ta’minlaydi,   buning   natijasida   o’quvchilar   ilgari   surilayotgan
mavzuga befarq qaramaydilar. O’quvchilar o’z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko’rishlari va
ibrat   olishlari   nihoyatda   muhim.O’qituvchining   shaxsan   o’zi   namuna   bo’lishi,
ayniqsa,   yoshlarga   kata   ta’sir   ko’rsatadi.   Ular   o’qituvchining   darsda   va   hayotda
o’zini   qanday   tutishini,   kishilar   bilan   qanday   muomala   qilishini,   o’z   vazifalarini
qanday bajarishini kuzatib yuradilar.
O’quvchilar o’zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, xulq-atvorlar
bolalarda   yaxshi   sifatlarning,   ba’zan   esa   yomon   sifatlarning   ham   tarkib   topishiga
ta’sir   ko’rsatadi.   Shuning   uchun   o’qituvchi   va   ota-onalar   har   qanday   holatda   ham
o’zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qayerda bo’lishmasin, atroflarida bolalar borligini
his   etishlari   lozim.   Kattalarning   so’zi   bilan   yurishturishi   va   xatti-harakatlarida
tafovut bo’lmasligi kerak.
Ilg’or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan ma’lumotlar, adabiy asar,kinofilm
va   spektakllar   qahramonlarining   xatti-harakatidagi   yaxshi   namunalar   bolalarning
ongiga kuchli ta’sir qiladi. Maktablarda ishlab chiqarish ilg’orlari bilan uchrashuvlar
o’tkaziladi.
O’quvchilar   o’z   ota-onalarining   ishlab   chiqarishdagi   muvaffaqiyatlari   bilan
faxrlanadilar,   ularga   taqlid   qilishga   intiladilar.   Namunada   xalq   pedagogikasi
g’oyalaridan ham foydalaniladi. Ota-onalar o’z farzandlarini hamisha katta hayotiy
tajribaga   ega,   dunyoqarashi   va   bilim   doirasi   keng   kishilardan   ibrat   olishga   da’vat
qilib kelganlar. Masalan, «qush uyasida ko’rganini qiladi». Juda oddiy xulosa. Shu
oddiy   xulosa   ostida   qancha   fikrlar   jamlanib   yotganligini   hamisha   ham   fahmiga
boravermaymiz.   Bu   bilan   xalq   «uyingda   tartibli   bo’l,   aks   holda   bolang   ko’chada
tartibsiz   bo’ladi»,   «bola   oldida   birovlarning   g’iybatini   qilma,   bolang   g’iybatchi
bo’ladi».
Izohlash   –   tarbiyalanuvchiga   hissiy-og’zaki   ta’sir   etish   usuli.   Izohlashning   hikoya
va   tushuntirishdan   farqlanadigan   muhim   belgisi   muayyan   guruh   yoki   alohida
shaxsga   yo’naltirilganligidir.   Ushbu   metodni   qo’llash   sinfning   o’quvchilarining
umumiy   yoki   jamoa   a’zolarining   shaxsiy   xususiyatlarini   bilishga   asoslanadi.
Boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   bilan   ish   olib   borishda   izohlashning   elementar   usul
va   vositalari   qo’llaniladi:   «Shunday   harakat   qilish   kerak»,   «Hamma   shunday qiladi».   O’smirlar   bilan   ishlaganda   ma’naviy-axloqiy   tushunchalarning   ijtimoiy
ahamiyati va ma’nosini izohlash zarur. Izohlash quyidagi holatlarni yuzaga keltirish
uchun qo’llaniladi:
1)   yangi   ma’naviy-axloqiy   sifatlar   yoki   xulq   ko’nikmalarini   tarkib   toptirish   va
mustahkamlash;
2)  tarbiyalanuvchilarning sodir etilgan muayyan hodisa (masalan,  sinf o’quvchilari
ommaviy ravishda darsga kelmaganlari)ga to’g’ri, ongli munosabatni hosil qilish.
Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o’quvchi
ruhiyatiga   sezilarsiz   holda   ta’sir   etiladi.   Boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   hamda
o’smirlar   ishonuvchan   bo’lishadi.   Pedagog   ishontirishdan   tarbiyalanuvchi   ma’lum
ko’rsatmani qabul qilishi zarur bo’lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan
boshqa   metodlarning   ta’sirini   kuchaytirish   uchun   ham   foydalaniladi.   Munozara
tarbiyalanuvchilarga   hissiy-og’zaki   ta’sir   ko’rsatish   asosida   ularda   ma’naviy-
axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bahs-munozara usuli bo’lib, siyosiy,
iqtisodiy,   madaniy,   estetik   va   huquqiy   mavzular   («Did   haqida   bahs»,   «Mashhur
bo’lish   yo’llari»,   «Biz   madaniyatli   kishilarmizmi?»   va   hokazolar)da   o’tkaziladi.
Munozara   turli   nuqtai   nazarlar   to’qnashgan   vaziyatda   o’quvchilarda   ma’lum
hodisaga   nisbatan   ishonch   hosil   qilishga   yordam   beradi.   Munozara   asosida   turli
qarashlar   yotadi.   Bahs   ijobiy   natija   berishi   uchun   puxta   tayyorgarlik   ko’rish
maqsadga   muvofiq.   Munozara   uchun   mustaqil   mulohaza   va   qarashni   yuzaga
keltiruvchi 5-6 ta savol tayyorlanadi. Ushbu savollar bilan munozara ishtirokchilari
oldindan   tanishtiriladilar.   Ba’zan   tarbiyachi   munozara   ishtirokchilarini   o’zi
tayinlashi   ham   mumkin.   Chiqishlar   jonli,   erkin   va   qisqa   bo’lishi   zarur.   Matnni
yozish kerak emas, agar shunday holat yuz bersa munozara
zerikarli   tus   oladi.  Pedagog   munozara  ishtirokchilariga  fikrlarini   ixcham,   asosli   va
dalillar asosida bayon etishga yordam beradi.
3.4.   Faoliyatni   tashkil   etish   va   ijtimoiy   xulq   -   atvor   me’yorlarinishakllantirish.
Mashq   va   o’rgatish   (faoliyatda   mashqlantirish)   metodlari   muayyan   mashq
yordamida  bolalar  faoliyatini  oqilona, maqsadga  muvofiq va har  tomonlama puxta
tashkil   qilish,   ularni   axloq   me’yorlari   va   xulq-atvor   qoidalarini   bajarishga odatlantirishdir.   Odatlar   bolalikdan   tarkib   topadi   va   shaxs   rivojlanishining   keying
bosqichlarida mustahkamlanib boradi.O’qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy
odatlarning   tarbiyalanib   borayotganligini   kuzatib   borishlari   kerak.   O’quvchilar
odatlarni   o’z   yaqinlaridan   meros   qilib   olmaydi,   balki   ular   atrofdagilar   bilan   faol
muloqotga   kirishishlari   tufayli   taqlid   qilish,   uzluksiz   tarbiyani   yo’lga   qo’yish
asosida tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi. Mashq muayyan xatti-
harakatlarni   ko’p   marotaba   takrorlashni   o’z   ichiga   oladi.   Mashq   va   odatlantirish
o’quvchi   uchun   ongli,   ijobiy   jarayondir.   Mashq   natijasini   ko’nikma,   odat,   yangi
bilimlar hosil qilinadi, o’quvchining aqliy
qobiliyati   rivojlanadi,   ma’naviy-axloqiy   sifatlari   boyiydi,   hayotiy   tajribasi
ortadi.O’rgatish   tarbiyalanuvchilar   ijtimoiy   xulq-atvor   ko’nikmalari,   odatlarini
shakllantirish  maqsadida  rejali   va  izchil  tashkil  qilinadigan  turli   harakatlar,  amaliy
ishlardir.O’rgatish   bir   necha   izchil   harakatlar   yig’indisidir.   O’qituvchi   bu
harakatlarni ko’rsatib berishi, tushuntirishi, kuzatishi lozim.
Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xili mavjud:
1) faoliyatda mashq qilish;
2) kun tartibi mashqlari;
3) maxsus mashqlar.
Faoliyatda   mashq   qilish   mehnat,   ijtimoiy   hamda   jamoa   faoliyatini   tashkil   etish   va
o’zaro munosabatni yo’lga qo’yish odatlarini tarbiyalashga qaratilgandir. Kun tartibi
mashqlari   belgilangan   kun   tartibiga   amal   qilish,   shu   bilan   bog’liq   istak   va
harakatlarni boshqarish, ish va bo’sh vaqtdan to’g’ri foydalanish odatiga o’rgatadi.
Maxsus   mashqlar   madaniy   xulq   ko’nikma   va   malakalarini   hosil   qiladi,
mustahkamlaydi.Topshiriq   o’quvchilarda   mehnat,   ijtimoiy   xulq   va   hayotiy   tajriba
ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida qo’llaniladigan usul.
O’quvchilarning   topshiriqlarni   jamoa   bo’lib   bajarishlari   ularda   ijtimoiy   xulq
tajribalarini   shakllantirishda   alohida   ahamiyatga   ega.   O’quvchilar   o’z   kuchlarini
unum ishiga sarflashga, jamoa uchun ma’suliyatni his etishga o’rganadilar, mehnat
qilish o’quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi. Pedagogik talab turli  xatti-harakatlarni  bajarish hamda  faoliyatda  ishtirok etish  jarayonida o’quvchi
tomonidan amal qilinishi zarur bo’lgan
ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan
biridir.   Pedagogik   talab   ma’lum   harakatlarni   rag’batlantiruvchi   yoki   to’xtatuvchi
hamda o’quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo’lishi
mumkin.
3.5. Pedagogik rag’batlantirish xulq-atvorni tuzatish metodlari.
Rag’batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish
asosida   unga   ishonch   bildirish,   ko’ngilini   ko’tarish   va   uni   qo’llab-   quvvatlash
usulidir. O’qituvchi har bir o’quvchi shaxsida ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarni
anglash   olishi   zarur.   Shundagina   o’quvchi   o’zining   kamolga   yetayotganligini   his
qiladi, unda o’z kuchiga nisbatan ishonch paydo bo’ladi. Uni hurmat qilishadi, unga
ishonishadi, uning fikrlari bilan qiziqishadi, unga quloq solishadi, demak, u jamoada
o’z   o’rniga   ega.   O’qituvchi   ana   shunday   holatning   yuzaga   kelishi   uchun
rag’batlantiruvchi usullardan foydalanadi. O’quvchining yanada ijobiy sifatlarga ega
bo’lishga   intilishiga   yordam   beradi.   Maktablar   tajribasida   rag’batlantirishning
quyidagi   turlari   qo’llaniladi:   Har   qanday   rag’batlantirish   mavjud   pedagogik
talablarga   muvofiq   bo’lishi,   ketma-ket   bo’lmasligi   zarur,   shuningdek,   o’quvchini
yoki   uning   xatti-harakatlarini   haddan   oshirib   maqtash,   boshqa   o’quvchilarga
taqqoslash,   ularni   kamsitmaslik,   talabchanlikni   bo’shashtirmaslik   kabi   shartlarga
muvofiq qo’llaniladi.
Jazolash tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo
ham   o’quvchining   individual   xatti-harakatlari   va   umumjamoaning   faoliyati   uchun
qo’llaniladigan eng so’nggi tarbiya usuli. Jazo choralarini qo’llashda jismoniy jazo,
urish,   kaltaklash   kabi   usullardan   foydalanish   mumkin   emas,   o’quvchini   qo’rqitish,
g’azablantirish ham ijobiy natija bermaydi. Aksincha, o’quvchi qo’rqqanda yolg’on
gapirishni   o’rganadi,   ikki   yuzlamachi   bo’lib   qoladi.O’quvchining   zimmasiga
ma’suliyatli vazifa yuklash Maqtash (ota-onalar hamda o’quvchilar jamoasi oldida)
Maqtov   yorliqi   bilan   taqdirlash   Estalik   sovg’asini   berish   (badiiy   kitob   va   o’quv
qurollari) Maxsus stipendiyalar Fotosuratini hurmat taxtasiga qo`yish tayinlash Safda birinchi
o’rinda   turishi   Musobaqalarda   bayroqdor   bo’lishi   Qo’llab-quvvatlash   Jamoa
nomidan   minnatdorchilik   bildirish   Maktab   devoriy   gazetasi   yoki   radiosi   orqali
nomini qayd etish
Maktablarda qo’llash mumkin bo’lgan jazo choralariga quyidagilar kiradi:
Tanbeh  berish  – eng muhim  jazo chorasi. O’qituvchi  o’qituvchiga  yuzmayuz turib
tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo’yish mumkin.
Ogohlantirish   –   sodir   etilishi   mumkin   bo’lgan   muayyan   xattiharakatlarning   oldini
olish maqsadida qo’llaniladi.
Hayfsan   berish   –   o’quvchining   ma’lum   xatti-harakatlarini   qat’iy   choralar   asosida
baholash.   Agar   tanbeh   va   ogohlantirish   kutilgan   natijani   bermasa,   o’quvchi
belgilangan   intizomni   buzaversa,   uning   aybi   qay   darajada   bo’lishi   va   intizomni
qanday   sharoitda   buzganligini   inobatga   olib   unga   hayfsan   e’lon   qilish   mumkin.
Uyaltirish   -   o’quvchining   ma’lum   xatti-harakatlariga   jamoa   yoki   uning   tarbiyasi
uchun   mas’ul   bo’lgan   sub’ektlar   (ota-onalar,   vasiylar,   jamoatchilik   vakillari   va
boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus
va   sharm-hayodir.   Odamda   insonda   izzat-nafs,   odamiylik   qancha   kuchli   bo’lsa,
avvalo, o’zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli
bo’ladi.   Bolalarni   tarbiyalashda   shu   his-tuyg’ularni   ehtiyotkorlik   bilan   o’stirish
lozim,  lekin   hadeb   uyaltiraverish   va   qizartiraverish   yaramaydi.   Bundan   oqilona   va
o’z o’rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin. Jazo
puxta   o’ylab   qo’llanilishi   lozim,   aksincha,   jahl   ustida   jazolash   mumkin   emas.
Jazolar   yakka   xarakterda,   ya’ni,   birgina   usulni   qo’llash   asosida   bo’lsin,
o’quvchining aybiga mos, muvofiq bo’lishi, tez-tez qo’llanilmasligi,
jazolanuvchida   jazoning   to’g’ri   belgilanganligiga   nisbatan   shubha   tug’ilmasin   va
ular   o’z   ayblarini   sezsin.   Jamoada   muhokama   qilish   va   jamoa   tomonidan
qo’llabquvvatlangan   jazo   berilsa,   uning   ta’sir   kuchi   yanada   oshadi.   Barcha
holatlarda   ham   jazo   tarbiyalanuvchining   jismoniy   va   ruhiy   azob-uqibatlariga
solmasligi,   uni   tahqirlamasligi,   sha’nini   yerga   urmasligi   kerak.   Xulosa   qilib aytganda   ,yuqorida   ta’riflangan   tarbiyaning   umumiy   metodlari   o’quvchilarga
pedagogik ta’sir ko’rsatish sohalarini qamrab olmaydi.
Jazo
Tanbeh berish
 Ogohlantirish
Uyaltirish Hayfsan berish
Jazolash turlari
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib borar ekan, unga muvofiq ravishda
tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi. Bu guruhlar o’z navbatida bir qator
tarbiya   elementlaridan   tashkil   etadi.Chunonchi,   shaxs   ongini   shakllantirish
metodlariga:   hikoya,   tushuntirish,   izohlash,   ma’ruza,   etik   suhbat,   ishontirish,
nasihat, yo’riqnoma, munozara, ma’ruza, namuna; faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy
xulqni shakllantirish metodlariga
mashqlantirish,   odatlantirish,   pedagogik   talablar,   jamoat   fikri,
topshiriq,tarbiyalovchi   vaziyat;   xulq   va   faoliyatni   rag’batlantirish   metodlariga:
musobaqa,rag’batlantirish va jazolash kiradi.
3.6. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.
Ma’lumki,   tarbiya   metodlarini   tanlashdagi   muhim   shartlardan   biri   tarbiyalanganlik
natijalarini   hisobga   olishdir.   Bu   o’quvchilar   xulqida,   ularning   o’qish   va   mehnatga
munosabatlaridagi   o’zgarishlarni   ifodalaydigan   pedagogik   o’lchamdir.   Tarbiyaviy
faoliyat   samaradorligini   aniqlash   masalasi   murakkab   masaladir.   Hech   qachon
tarbiya   natijalarini   o’tkazilgan   tadbirlar,   ishtirok   etgan   o’quvchilar   soni   bilan
belgilab   bo’lmaydi.   Tarbiyaviy   tarbiya   metodlari   samaradorligi   natija,ya’ni
o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi bilan
baholanadi.Tarbiyachi-o’qituvchi   o’quvchilarning   qiziqish   va   ehtiyojlarini   chuqur
his etgan
holda,   vaziyatni   hisobga   olib   tarbiya   metodlari   tanlashi,   uni   qo’llashda   tarbiya
metodlari xususiyatlarini   va   o’quvchilarning   yosh   jihatlarini   hisobga   olishi   lozim.   Yuksak
samaradorlikni   ta’minlanishiga   e’tibor   berish   bilan   birga,   har   bir   o’quvchining
xohishini
hisobga   olishi,   keskin   rad   etmasdan,   ,   qiziqarliroq,   soddaroq   yo’llarini   topish
o’rinlidir.Tarbiyachi   ijodkor   bo’lishi,   o’quvchilarni   ham   ijodiy   faoliyat   yuritishga
jalb   etishi,   har   bir   tarbiyalanuvchida   o’zini   va   o’zgalarni   hurmat   qilishga   ishonch
hosil qilishi lozim.
Tarbiya metodlari samarali bo’lishi uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, har bir
o’quvchining   tarbiya   jarayonidagi   faoliyatini   yaxshi   bilish   kerak.   Buning   uchun
o’qituvchi quyidagi holatlarni unutmasligi lozim:
 tarbiyalanuvchi ruhiyatini puxta bilish;
 ota-onalar bilan muntazam aloqada bo’lib, ular ishtirokida o’quvchi bilan

tarbiyaviy mazmunda suhbatlar o’tkazish;
 o’quvchining ichki dunyosini, xarakterini bilish;

 o’quvchining qiziqishlarini, uni o’rab turgan tashqi muhitni doimiy nazorat

qilish;
 o’quvchini qat’iy kundalik rejimga o’rgatish va uni kuzatib borish;

 iste’dodini, qobiliyatini va o’zi tanlagan kasbga moyilligini e’tiborga olish;

 o’quvchining bola ekanligini, adashishga, ba’zan xatoliklarga yo’l qo’yishini

unutmaslik, ushbu salbiy holatlarni kechiktirmasdan tuzatib borish.
Shaxsni   shakllantirish,   boshqarish,   nazorat   xarakteriga   ega   bo’lib,   bu   borada
belgilangan   tarbiya   metodlari   tasodifiy   harakatlar   orqali   emas,   balki   oldindan
modellashtirilgan va puxta o’ylangan rejalar asosida qo’llanilishi talab etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1. B.X.Xodjayev.  Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-
standart. 2017-yil
2. Abdullaeva Sh. Umumiy pedagogika.O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2021-yil
3.   Ismatova   Nargiza     va   boshalar.   Tarbiya   1,   2,   3,   4.   Darslik.     G‘afur   G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.: Toshkent – 2020
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
5. Dexkanova M.U. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6.   Мирзиёев   Ш . М .   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз   билан
бирга   қурамиз . –  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2017. – 488  б .
7.   Мирзиёев   Ш . М .   Миллий   тараққиёт   йўлимизни   қатъият   билан   давом
эттириб ,  янги   босқичга   кўтарамиз . 1- жилд . –  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2017. – 592  б .
8.  Мирзиёев   Ш . М .  Халқимизнинг   розилиги   бизнинг   фаолиятимизга   берилган
энг   олий   баҳодир . 2- жилд .  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2018. – 507  б .
9.   Мирзиёев   Ш . М .   Нияти   улуғ   халқнинг   иши   ҳам   улуғ ,   ҳаёти   ёруғ   ва
келажаги   фаровон   бўлади .  3-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2019. – 400 б.
10. Мирзиёев Ш.М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. 
4-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2020. – 400 б.
11.   Ўзбекистон   Республикасининг   2020   йил   23   сентябрда   қабул   қилинган
“Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сонли Қонуни.
12.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 28 январь 2022 йилдаги “2022
— 2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси
тўғрисида”ги 60-сонли Фармони.

Mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari va vositalari : Reja: 1.Tarbiya shakllari (turlari) haqida tushuncha. 2.Tarbiyaning umumiy metodlari va vositalari. 3.Boshlang‘ich sinflarda tarbiya metodlari, vositalari tasnifi va ularni tanlab olish shartlari.

Tayanch so’zlar : Tarbiya shakllari, tarbiyaning umumiy metodlari,tarbiyaning vositalari.,maqsad, mazmun, shakl. Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o’zining imkoniyatiga ko’ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart- sharoitlariga mos ravishda o’zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Metodning ijobiy va salbiysi bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo’lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo’llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog’liq.Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to’g’ri muvofiq bo’lishi zarur. Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog’lash g’oyat muhimdir. 3.2.Tarbiya metodlari tasnifi. Metodlarni bilish ularni biror asos, belgi bo’yicha guruhlarga ajratishga olib keladi. Pedagogikada biron bir asos bo’yicha metodlarni qat’iy klassifikatsiyasi ishlab chiqilmagan. Mutaxassislar metodlarni ko’p qo’llanishiga qarab ishontirish, mashq, namuna, taqdirlash, jazolash metodlarini o’rganganlar. Albatta pedagogik amaliyotda ushbu metodlarni ko’p uchratamiz. Pedagog o’quvchilar bilan birgalikda axloqiy normalarni muhokama qilib, tushuntirib, ularni faoliyatga jalb etib, ularga

namuna bo’lib tarbiyalaydi. Va nihoyat u o’quvchilarni xatti-harakatlarini muhokama qilib, ularni stimullashtiradi hamda xulq-atvorini tuzatib, rivojlantiradi. Ilmiy tavsiflash obyektlarni bir-biridan farqlash uchun qat’iy asos va belgiga ko’ra ajratishni talab etadi. Shuning uchun metodlar klassifikatsiyasi ularni bilishni, ikkinchidan ularni ongli, samarali qo’llashni ifodalaydi.Tahlillar shuni ko’satadiki, klassifikatsiyalar asosini shaxsning u yoki bu sohasiga (ongiga, xulqiga, hissiyotiga) ta’sir etish yo’naltirilishi bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda shaxsni bilimini, qarashlarini, idrokini shakllantirishga yo’naltirilgan metodlar bor. Ular ongni shakllantiruvchi metodlar deyiladi. Bundan tashqari, shaxsni xulq-atvoriga va faoliyatiga yo’naltirilgan metodlar mavjud. Bularni xulqni shakllantiruvchi va faoliyatni tashkil etuvchi metodlar deyiladi. Yana xulqni stimullashtirishga va tuzatishga yo’naltirilga metodlar mavjud bo’lib, ular xulqni stimullashtiruvchi metodlar deyiladi.Yu.K.Babanskiy tomonidan tavsiya etilgan ta’lim va tarbiya metodlari klassifikatsiyasining asosini faoliyat konsepsiyasi tashkil etadi. Unga ko’ra har qanday faoliyat komponentlarini anglash, tashkil etish, stimullashtirish va nazorat tashkil etadi. Faoliyat tarbiya jarayoni tuzilishida muhim o’rin egallab, butun pedagogik jarayonni umumiy metodlarini to’rt guruhga ajratishning asosi hisoblanadi. Shunday qilib, an’anaviy pedagogika fanida tarbiya metodlarini to’rt guruhga ajratilganligini ko’plab mutaxassislar tomonidan guvohi bo’lamiz: a) ongni shakllantirish metodlari: hikoya, suhbat, ma’ruza, munozara, muhokama; b) faoliyatni tashkil etish va xulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, o’rgatish, topshiriq, talab va tarbiyaviy vaziyatlarni yaratish; d) xulqni stimullashtiruvchi metodlar: musobaqa, o’yin, taqdirlash va jazolash; e) nazorat, o’z-o’zini nazorat va baholash metodlari: kuzatish, so’rov, faoliyat natijalarini tahlil qilish. Metodlarni guruhlar bo’yicha ajratish mumkin, lekin shaxs qismlar bo’yicha emas, balki bir butun holda shakllanadi, nimagaki ong, munosabatlar, xulq, atvor har qanday holatda mo’ljalli va tasodifiy harakatlar ta’sirida butunlikda shakllanadi. Psixologiyada ong va faoliyat birligi prinsipi mavjud, ya’ni ong faoliyatda shakllanadi. Birinchi guruh metodlarining asosiy vazifasi tarbiyalanuvchilarda

munosabatlarni, yo’nalganlikni, ishonch va qarashlarni shakllantirish hisoblanadi. Bular asosida xulq-atvor normalari, ijtimoiy qadriyatlar to’g’risidagi bilimlar yotadi. Birinchi navbatda insonni ishonchi uning xattiharakatlarida ifodalanadi.Ikkinchi guruh metodlari tarbiyani faoliyatda amalga oshishi prinsipiga amal qilishni talab etadi. Shaxsda u yoki bu sifatlarni sharoit yaratmasdan shakllantirib bo’lmaydi. Pedagoglarni vazifasi ana shunday sharoitlarni hosil qilish hisoblanadi. Uchinchi guruh metodlari yordamida pedagoglar va tarbiyalanuvchilarni o’zlari o’z xatti- harakatlarini nazorat qilib, tarbiyalanuvchilarni faoliyat motivlariga ta’sir etadilar. Nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari tarbiya natijalarini baholashga va tahlil etishga yo’naltirilgan bo’lib, tarbiyalanuvchilarni shakllanashiga ta’sir etadi. Agar tarbiya natijalari tarbiyalanuvchilar bilan birga tahlil etilsa, samaradorlilikka erishiladi hamda ularni o’z-o’zini tarbiyalashi stimullashadi. 3.3. Ijtimoiy ongini shakllantiruvchi metodlar. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, histuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari sanaladi. Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o’quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy g’oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo’llaniladi. O’quvchilarda g’oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko’nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko’p ishlatiladigan usuldir.Tushuntirishning vazifasi o’quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g’urur tuyg’usiga ega bo’lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat. Tushuntirishda o’quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida bog’langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi hamda konstitusiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi hamda konstitusiyasining mohiyati tushuntirialdi.

Suhbat. O’quvchi shaxsini g’oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o’quvchilari uchun dolzarbligi, o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy ishonch uyg’otishning suhbat mazmuniga bo’lgan munosabatlari va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin: a) etik mavzular (ijtimoiy ma’naviy-axloqiy me’yorlar, jamiyatda ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o’zini tutish qoidalari va boshqalar); b) estetik mavzular (tabiat go’zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go’zalligi); v) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar va boshqalar); g) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o’simliklar dunyosi, elektronika va boshqalar). Suhbatlarning, shuningdek, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etish, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigienik mavzularda ham tashkil etilishi o’zining ijobiy natijalarini beradi. Suhbat davomida o’quvchilarga ularning o’z fikrlarini erkin ifoda etishlari hamda mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish juda muhimdir. Bu borada bahs-munozaralarning ahamiyati katta. Hikoya. O’quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o’tmishi, tabiiy boylar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari - radio, televideniya, gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o’quvchilar uchun qimmatli material bo’ladi. Suhbat ham, hikoya ham o’quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so’zlar vositasida adabiy tilda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining o’quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta’minlaydi, buning natijasida o’quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar.