logo

MILLIY TARBIYANING O’ZIGA XOSLIGI VA MAZMUNI. TARBIYA METODLARI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.9775390625 KB
MILLIY    TARBIY A NING    O’ZIGA    XOSLIGI    VA    MAZMUNI. TARBIY A
METODLARI.
R  E J A :
1. Milliy tarbiyaning o’ziga xosligi.
2. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
3. Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari.
4. Tarbiya metodlari.
5. Tarbiyaning tarkibiy qismlari. Ona   tili   milliy   iftixorni,milliy   fikrlashni   asosidir.Barcha   milliy
qadriyatlar,an’analar   zamirida   ona   tili   yotadi.Shu   bois   O’zbek   tilin,uning   barcha
boyliklarini   ,go’zalligini   maktablarda   chuqur,atroflicha   o’rganishni   yo’lga
qo’ymoq   darkor.Aks   xolda   milliy   maktab   yaratish   borasidagi   hamma   harakatu
niyatlarimiz   bekor   ketishi   hyech   gap   emas.Uning   uchun   tilimizning   ildizlari-yu
go’zal   va   beqiyos   imkoniyatlarini-yu   kuz-kuz   qiladigan   ommabop   risolalar   chop
yotib borishni xam unutmaslik kerak.
Milliy   maktab   xar   bir   o’quvchining   qalbi   va   shuuriga   O’zbek   xalqi   tarixi
madaniy merosining butun ulug’vorligi xamda go’zalligini olib kirishi bilan birga
milliy   an’anaviy   axloq   qoidalarini   o’quvchi   hayotining   mazmuniga   aylantirmoq
kerak.Bu esa maktabdagi juda ko’plab qoida va mezonlarni qayta ko’rib chiqishni
taqozo   etadi.O’quv   dasturlari,o’qitish   usullari,darsliklar   mazmuni   va   boshqa   juda
ko’p   narsalar   o’zgarishi   kerak.Masalan,jismoniy   tarbiya   darsida   o’quvchilar
ko’proq uz milliy o’yinlari bilan mashg’ul bulmoqlari zarur.
Xar   bir   milliy,xalqning   o’ziga   xos   tafakkur   tarzi   mavjud.   Xar   bir   til   vakili
dunyoni   o’zicha   kuradi.Shunday   ekan   faqat   ona   tili,   a dabiyot   va   tarixdagina
emas,balki   tabiiy   fanlardan   xam   umumjahon   xamda   mahalliy   fan   yutuqlariga
asoslangan ona tilidan original darsliklar yaratish zarur.Darsliklarda Al Xorazmiy,
Ibn Sino, Beruniy,Ulug’bekdan tortib Habib Abdullayev, Kori Niyoziy, Obid Sodi -
kov,   Sobir   Yunusov,   Toshmuhammad   Sarimsokov,   Maxmud   Saloxiddinov   va
boshqa   zamondosh   olimlarimizning   fan   va   madaniyatga   qo’shgan   hissalari   uz
aksini topish kerak.Milliy maktabning o’quv rejalari, dasturlarida,jumladan,mehnat
darslari   zamonaviy   ixtisosliklar   bilan   birga   kulolchilik,ganch
o’ymakorligi,miskarlik,naqqoshlik,zargarlik kabi milliy kasb hunarlar xam hisobga
olingan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Bizning buyuk ajdodlarimiz asarlari qilgan savob ishlari va ajoyib tarifga ega
hunarpesha,   usta-olimu   fozil   kishilar   bizning   ajdodlarimizdir.   Ulardan   bizgacha
juda kup hunarlar yetib kelgan.
Turkiston xalqining qullari qadoq,qalbi sof,nigohlari mehr bilan olamga nazar
tashlagan   va   undan   ma’naviy   ozuqa   ololgan   kishilar   yashagan.Bunga   misol   qilib butun   jahonga   dongi   ketgan   Buxo ro,Samarqand   obidalari,Rishton
kulolchiligi,Chust,Marg’ilon   dup pi-do’zligi   bizni   madaniyat   va   ma’naviyatimiz
bo’lib,ular   qadriyatlarimiz   asosidir.Xalqimiz   xotira   si   ajoyib   nomlarga   boy,butun
jahonga dongi ketgan Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, At-Termiziy, Navoiy, Ahmad
Yassaviy,   Al-Farg’oniy   kabi   kup   allomalar   ma’naviyati   keng   ,Ulug’
qadriyatlarimiz   siymosidir.Biz   uchun   ular   kadrli   bo’lgan   qadriyat   hisoblanadi.
Qadriyatni o’zi ikkiga bo’linadi. Moddiy va ma’na viy qadriyat. Qadriyat nomanfiy
tushuncha   bo’lib,u   tushunchalar   qatoridan   urin   tutadi.   Qadriyat   tarixiy   amaliyot
jarayonida kishilar tomonidan yoyilgan.
Ajdodlarimiz   buyuk   qalb   egalari   bo’lganlar.   Bizga   ulardan   meros   qolgan
(Rasadxona,maqbarai masjid, ku tubxonalaru madrasalar va uz zamonasining yetuk
avlodlari yozib qoldirgan noyob kitoblar) misolida ko’rishimiz mumkin.Bularning
ba ri O’tmish madaniyati va ma’naviyatimizni belgilab beruvchi qadriyatlarimizga
asos   bula   oluvchi   meros   hisoblanadi.bu   tabarruk   merosimizni   o’rganish,uni   kuz
qorachig’iday   asrash,kelgusi   avlodga   yetkazish   biz   uchun   xam   qarz,xam
farzdir.Biz   yosh   avlod   bobolardan   qolgan   merosdan   bugungi   kunda   juda   ko’p
foydalanmoqdamiz.   Ular   yaratgan   kashfiyotlar,buyuk   asrlar   biz
olayotgan,o’rganayotgan bilimning asosi xamda mustahkam poydevoridir.
Masalan:Ibn   Sinoning   "Tib   qonunlari   "asari   bugungi   tibbiyotimizda   keng
foydalanilmoqda.
Beruniyning   yer   shari   aylanma   shaklida   ekanligini   kashf   etishi   esa   hozirgi
kundagi astronomlarning olib borayotgan ishlarida poydevor bo’lib xizmat qiladi.
Olamga dongi ketgan Samarqand, Shahrisabz, Xi va, Qo’qon singari azim shaharlar
yaratuvchilari   bo’lmish   ulug’   ajdodlarimizning   ijodiyoti   o’zini   ulug’vorligi   va
go’zalligi bilan hozir xam in sonni lol qoldirmoqda.
Ulug’bek qurdirgan rasadxona nafaqat O’zbeklar,balki butun il m-fan olamiga
ulkan merosdir.She’riyat   va ma’rifat   dunyosining  ulug’i  bo’lmish  Navoiy yozgan
dilkusho   g’azallar   ruboiylar   xar   xil   millat   qalbidan   joy   olgan.Milliy   maktabni
yaratish   uchun   hozirgi   ta’lim   mazmuni   va   o’qitish   jarayonidagi   ko’pgina kamchiliklarni   tuzatish,muammolarni   hal   qilish   zarur.Buning   uchun   kuyidagi
tamoyillar va ustuvor yo’nalishlarni hayotga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir:
-Xar   bir   fan   o’qituvchisi   o’z   sohasi   bo’yicha   madaniy   va   tarixiy   merosni
chuqur bilishga e’tiborni kuchaytirish,qayta tayyorlash kurslarida ularni malakasini
oshirish:
-Birinchi sinfdan boshlab milliy zamin,xalq turmush tarzi bilan bog’lanmagan
materiallarni   darslikdan   chiqarib   tashlash,ular   o’rniga   xalq   pedagogikasi,tarixiy
hikoyatlardan kiritish:
-Boshlang’ich   sinfdan   boshlab   ona   tili   bilan   bir   qatorda
xorijiy(arab,Fors,ingliz,ispan,nemis   va   boshqa)   tillarni   o’qitishni,qiroatxonlikni
o’rgatishni yo’lga kuyish:
- Maktabda   milliy   kasb   hunarni   o’rgatadigan   to’garaklar   birlashmalar   tashkil
etish(masalan:o’ymakorliklik,ganchkorlik,sopol va chinni idishlar yasash,gilam
to’qish,milliy chevarchilik,kosibchilik va hakazo):
- Maktabda   barcha   uchun   ta’limning   uch   bosqichini   qo’llash,behuda   mablag’
sarflanishiga   yo’l   kuymaslik,o’qish   istagi   bo’lmagan   yoki   fan   asoslarini
o’zlashtirishga   qiynalayotganlar   boshlang’ich   ma’lumot     bilan   cheklangan
xolda ularni kasb hunarga o’rgatish masalasini hal etish: 
- iqtidorli o’quvchilarda iborat sinflar tashkil etish:
- Xar   bir   maktabda   "Meros   muzeyi"ni   tashkil   etish.Ushbu     muzeyda   ilm-
fan,san’at,O’tmish tarix haqidagi materiallarini joylashtirish.
- Xar   bir   sinfda   "Madaniy   va   tarixiy   merosimizni   o’rgana miz"   rukni   asosida
qiziqarli burchak tashkil etish:
- Xar   bir   maktab   binosining   zalini   milliy,madaniy   va   tarixiy   me6rosni   aks
ettiruvchi ko’rgazmali materiallar bilan bezash.
- Sinfdan   tashqari   o’tkaziladigan   tarbiyaviy   tadbirlarda   milliy   urf-
odat,an’analarga e’tiborni kuchaytirish:
- "Xalq pedagogikasi" fakultativ kursini joriy etish.
Yuqoridagilardan   ko’rinib   turibdiki,xar   bir   inson   bolalikdan   uz
xalqini,millatini qadriyatlarini,og’zaki va yozma adabiyotini xamda san’atini,  urf- odatlarini, ilg’or an’analarini,   xalqchil,   ruhiy,   ma’naviy   merosini   o’rgansagina,
o’sha   xalqqa   va     millatga     mansub   bula   oladi.   Shu   sababli   oila,bolalar
yaslilari,bog’chalari   va   boshlang’ich   sinfdan   boshlab   maktabni   tugatguncha
bolalarga   xalqni   g’ururi,milliy   qarashlari,erka   xamda   qadriyatlarini   singdira
olmasak,bu   borada   ko’zlangan   maqsadga   erisha   olmaymiz.Farzandlarimizning
barkamolligi   va   yuksak   odobliligiga   erishish   uchun   esa   milliy   ta’lim   tarbiyaga
asoslangan maktabning bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Shuni   ta’kidlash   kerakki,milliy   maktabni   yaratish   xususiyatida gi   dastlabki
harakatlar   ijobiy   natija   bermoqda.Mazkur   ezgu   ishga   ko’pgina   iqtidorli   olim   va
O’qituvchilar,xalq ta’limining tashkilot lari uz hissalarini qo’shmoqdalar.
1996-19976   yildan   boshlab   maktablarning   birinchi   sinflarida   o’qish   yangi
alifboda olib boriladi.Yangi imlo,alifboda o’qitish uchun zarur dastur,qo’llanma va
darsliklar yaratildi.
Shu   davr   mobaynida   300   ga   yaqin   yangi   turdagi   ta’lim   muassasa lari
ochildi.Oliy o’quv yurtlari qoshida 46ta lisey tashkil  etil di, 800ga yaqin o’quvchi
chet   ellarda   ta’lim   oldi.Ko’pgina   O’qituvchilar   xorijiy   davlatlarining   tajribalarini
o’rganish maqsadida chet mamla katlariga borib qaytdi.
Joylarda   maktablarga   va   O’qituvchi   murabbiylarga,moddiy   va   ma’naviy
rag’batlantirish,yordam berish masalalariga e’tibor ancha ku chaytirildi.
Shu   urinda   Respublikamiz   Prezidenti   Islom   Karimovning   O’zbekiston
Respublikasi  Oldiy majlisi IX sesiyasida  1999 yil 29 av gustda so’zlagan nutki va
uning   asosida   qabul   qilingan   "Ta’lim   to’g’risida"   va   "Kadrlar   tayyorlash   milliy
dasturi   to’g’risida"   qonun lar   qabul   qilingach,uzluksiz   ta’lim   tarbiya   tizini   joriy
etish   va   uning   asosini   tashkil   etuvchi   milliy   maktabning   shakllantirish   borasida
juda katta ishlar   amalga   oshirildi. Jumladan: maktabning   I-IX sinflari doirasida
sifatli   unumli   o’rta   ta’lim     olishni     ta’minlovchi   davlat   ta’lim   standartlari   ishlab
chiqilib joriy etilmoqda.
O’zbekiston   mustakqilligi   prinsiplariga   sadoqatli   xamda   jamiyat
taraqqiyotiga   munosib   hissa   qo’shishga   qodir   shaxsning   shakllantirish   maqsadida
ta’lim   muassasalari,ota-onalar,oila,mahalla   qo’mita lari,   "Ma’naviyat   va   ma’rifat" jamoatchilik   markazi,jamoa   tashkilot lari,   fondlar   bilan   o’zaro   puxta   hamkorlik
qilmoqdalar.
Tarbiya   metodlari   haqida   tushuncha.   Maqsad,   mazmun,   shakl,   metod   va
vositalar   kabi   tushunchalar   tarbiya   jarayonining   mohiyatini   ochib   beradi.   Biroq,
tarbiya   mohiyatini   yoritishda   o’ziga   xos   ahamiyatga   ega   bo’lgan   yana   bir
tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir.
Tarbiya   metodi   (yunoncha   «metodos»   –   yo’l)   tarbiya   maqsadiga
erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir
etish   usullari.   Maktab   amaliyotiga   tatbiq   etilganda,   metodlar   –   bu
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning   mutlaqo   yangi   metodlarini   yaratishga   birorta   tarbiyachining
kuchi   yetmaydi.   Metodlarni   takomillashtirish   muammosi   doimo   mavjud,   har   bir
tarbiyachi   o’zining   imkoniyatiga   ko’ra   uni   hal   qiladi,   tarbiya   jarayonining   aniq
shart-sharoitlariga   mos   ravishda   o’zining   xususiy   qarashlarini   ifoda   etish   asosida
umumiy metodikani boyitadi.
Metodning ijobiy va salbiysi  bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum  yo’lni
yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning
samaradorligini u qo’llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog’liq.
Tarbiya   maqsadi   va   mazmuni   metodlarni   to’g’ri   tanlashga   imkon   beradi.
Maqsad qanday bo’lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo’lishi zarur.  
Tarbiyaning   mazmuni   shaxsning   shakllanishiga   qo’yiluvchi   ijtimoiy
talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar
bilan   to’ldirilgan   bo’lishi   mumkin.   Shuning   uchun   metodlarni   umuman   mazmun
bilan emas, balki aniq fikr bilan bog’lash g’oyat muhimdir.
                        Tarbiyalanuvchilarning   yosh   xususiyatlari .Tarbiya   jarayonida
tarbiyalanuvchilarning   yosh   xususiyatlarini   inobatga   olish   maqsadga   muvofiqdir.
Yosh   xususiyatlari   muayyan   bir   yosh   davriga   xos   bo’lgan   anatomik,   fiziologik
(jismoniy)   va   psixologik   xususiyatlardir.   Aytaylik,   mas’uliyat   tuyg’usini
boshlang’ich   ta’lim,   o’rta   ta’lim   va   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi muassasalarida  ta’lim   olayotgan  o’quvchilarda   ham   shakllantirish  mumkin.  Biroq
har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo’llaniladi.
Xalq   pedagogikasida   tarbiya   metodlari .   Xalq   pedagogikasi   o’zbekona
axloq,   odob   va   tarbiyaning   barcha   qirralarini   o’zida   mujassamlashtirgan.   Xalq
pedagogikasida   turlicha   tarbiya   metodlari   hamda   vositalaridan   foydalaniladi.   Bu
metod   va   vositalar   nihoyatda   rang-bo’rang   bo’lib,   ko’p   jihatlari   bilan   ilmiy
pedagogikadan   ustunlik   qiladi.   Binobarin,   ushbu   metodlar   ilmiy   pedagogikaning
shakllanishiga   ham   o’z   ta’sirini   o’tkazgan.   Xalq   pedagogikasida   qo’llanilgan
xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
1. Tushuntirish (hikoya qilish, o’rgatish).
2. Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).
3. Namuna   (maslahat   berish,   uzr   so’rash,   yaxshiliklar   haqida   so’rash,
o’rnak bo’lish).
4. Nasihat   qilish,   o’git   (undash,   ko’ndirish,   iltimos   qilish,   yolvorish,
tilak-istak   bildirish,   ma’qullash,   rahmat   aytish,   duo   qilish,   oq   yo’l   tilash   va
hokazolar).
5. Qoralash   va   jazo   (ta’kidlash,   ta’na,   gina,   tanbeh   berish,   majbur
qilish,   koyish,   ayblash,   uyaltirish,   qo’rqitish,   nafratlanish,   ont-qasam   ichirish,
urish, kaltaklash va hokazolar).
Agar e’tibor berilsa, yuqoridagi beshta metod umumiy yaxlitlikni ifodalaydi.
Oldin bolaga umumiy jarayonning mohiyati tushuntiriladi. Bolalar narsa, hodisa va
jarayonlarning   mohiyatiga   tushunmaganlarida   tarbiyachi   namuna   vositasidan
foydalanadi,   ya’ni,   yoshlarning   mustaqil   kuzatuvchanligiga   e’tibor   beriladi.   Bu
holatda   ham   tushunmaganlar   kattalarning   nasihati,   o’g’iti   asosida   narsa,   hodisa
yoki   jarayonlarning   mohiyatini   anglaydilar.   Bordi-yu,   bu   holatda   ham   kutilgan
natijaga   erishilmasa   yoki   bolalar   e’tibor   qaratilgan   holatning   mohiyatini
tushunishni   istamasalar,   eng   so’nggi   chora   sifatida   qoralash   va   jazo   metodida
foydalanishga to’g’ri keladi. Biroq, bu eng so’nggi chora. Zamonaviy pedagogika
g’oyalariga   ko’ra   qoralash   va   jazo   metodlarini   so’nggi,   aniqrog’i   kam   samara
beradigan chora  ekanligini isbotlangan. Xalq   pedagogikasi   namunalari,   tarbiya   metodlari   va   tarbiyaviy   ta’sirlar
muayyan   vositalar   yordamida   qo’llanilgan.   Mehmon   kutish,   mehmonga   borish,
turli   mehnat   jarayonlari,   hasharlar,   turli   gurunglar   (choyxona,   to’y   marosimlari),
sayillar,   oilaviy   an’analar   (tug’ilgan   kun,   fuqarolik   pasporti,   umumiy   o’rta,   o’rta
maxsus   hamda   oliy   ma’lumotga   egalik   to’g’risidagi   attestat   va   diplom,
shuningdek, davlat mukofotlarini olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar
o’ziga xos tarbiya vositasi sanaladi.
Ijtimoiy   ongni   shakllantiruvchi   metodlar   o’quvchilarda   ma’naviy-axloqiy
sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-
tuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari sanaladi.
                               Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o’quvchilar
ongiga   jamiyatda   ustuvor   o’rin   tutuvchi   ijtimoiy   g’oya   va   maqsadlar
singdiriladi.Yoshlar   dunyoqarashini   shakllantirish,   ularning   hayot   mazmunini
tushunib   olishlariga   ko’maklashish   uchun   ijtimoiy   ongni   shakllantiruvchi   usullar
qo’llaniladi.O’quvchilarda   g’oyaviy   onglilik   va   ijtimoiy   faollik,   ya’ni,   davlatning
ichik   va   xalqaro   siyosati   mazmunini   tushunish   va   idrok   qilish   ko’nikmalarini
tarbiyalash   lozim.   Tushuntirish   ijtimoiy   ongni   shakllantirishda   eng   ko’p
ishlatiladigan usuldir.  Tushuntirishning vazifasi o’quvchilarni yuksak madaniyatli,
milliy   g’urur   tuyg’usiga   ega   bo’lib   voyaga   yetishlarini   tarbiyalashga   yordam
berishdan   iborat.Tushuntirishda   o’quvchilarga   mamlakat   fuqarosining   davlatga
nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida bog’langanligi borasida ma’lumotlar
beriladi. Bunda davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitusiyasiga sadoqat
ruhida   tarbiya   berishning   ahamiyati   katta.   Shu   sababli   davlat   bayrog’i,   gerbi,
madhiyasi hamda Konstitusiyasining mohiyati tushuntiriladi.
Suhbat.   O’quvchi   shaxsini   g’oyaviy   va   ma’naviy-axloqiy   jihatdan
shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat
uchun   mavzu   tanlashda   uning   mazkur   sinf   o’quvchilari   uchun   dolzarbligi,
o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy ishonch uyg’otishning suhbat mazmuniga bo’lgan
munosabatlari   va   suhbatdan   kutilayotgan   natijani   hisobga   olish   zarur.   Suhbat
quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin: a)   etik   mavzular   (ijtimoiy   ma’naviy-axloqiy   me’yorlar,   jamiyatda   ustuvor
o’rin   tutuvchi   ijtimoiy   munosabatlar,   jamoa   orasida   o’zini   tutish   qoidalari   va
boshqalar);b)   estetik   mavzular   (tabiat   go’zalligi,   shaxslararo   munosabatlar,   inson
go’zalligi);v)   siyosiy   mavzular   (davlatning   ichki   va   tashqi   siyosati,   dunyo
voqyealari, xalqaro munosabatlar va boshqalar);g) ta’lim va bilishga oid mavzular
(koinot, hayvonot va o’simliklar dunyosi, elektronika va boshqalar).
                  Suhbatlarning,   shuningdek,   ijtimoiy-foydali   mehnatni   tashkil   etish,
huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigiyenik mavzularda ham tashkil etilishi o’zining
ijobiy natijalarini beradi.
Suhbat   davomida   o’quvchilarga   ularning   o’z   fikrlarini   erkin   ifoda   etishlari
hamda   mustaqil   fikrlashlariga   imkon   beruvchi   savollar   bilan  murojaat   qilish   juda
muhimdir. Bu borada bahs-munozaralarning ahamiyati katta.
Hikoya.   O’quvchilar   odatda   hayot   va   turli   adabiyotlardan   olingan   aniq
misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq
me’yorlari,   xalq   o’tmishi,   tabiiy   boylar,   qahramonlar   hayoti   va   jasorati,
shuningdek,   tarix,   adabiyot   va   san’at   haqida   hikoya   qilib   berish   mumkin.   Badiiy
adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari - radio, televideniye,
gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o’quvchilar uchun
qimmatli material bo’ladi. Suhbat ham, hikoya ham o’quvchilarning yoshiga mos
mavzularda ular tushunadigan so’zlar vositasida adabiy tilda o’tkazilishi maqsadga
muvofiqdir. Suhbat  yoki  hikoya  mavzusining o’quvchilar  tomonidan belgilanishi,
ularning   samarali   kechishini   ta’minlaydi,   buning   natijasida   o’quvchilar   ilgari
surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar.
Namuna.   O’quvchilar   o’z   atrofidagi   kishilarda   hamma   yaxshi   axloqiy
sifatlarni ko’rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim. 
O’qituvchining   shaxsan   o’zi   namuna   bo’lishi,   ayniqsa,   yoshlarga   katta   ta’sir
ko’rsatadi. Ular o’qituvchining darsda va hayotda o’zini qanday tutishini, atrofdagi
kishilar bilan qanday muomala qilishini, o’z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib
yuradilar. O’quvchilar  o’zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq-
atvorlar   bolalarda   yaxshi   sifatlarning,   ba’zan   esa   yomon   sifatlarning   ham   tarkib
topishiga   ta’sir   ko’rsatadi.   Shuning   uchun   o’qituvchi   va   ota-onalar   har   qanday
holatda   ham   o’zlarini   tuta   bilishlari   kerak.   Ular   qayerda   bo’lishmasin,   atroflarida
bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so’zi bilan yurish-turishi va xatti-
harakatlarida tafovut bo’lmasligi kerak.
Ilg’or   kishilarning   hayoti   va   faoliyatidan   olingan   ma’lumotlar,   adabiy   asar,
kinofilm   va   spektakllar   qahramonlarining   xatti-harakatidagi   yaxshi   namunalar
bolalarning ongiga kuchli ta’sir qiladi.
Maktablarda   ishlab   chiqarish   ilg’orlari   bilan   uchrashuvlar   o’tkaziladi.
O’quvchilar   o’z   ota-onalarining   ishlab   chiqarishdagi   muvaffaqiyatlari   bilan
faxrlanadilar, ularga taqlid qilishga intiladilar.
Namunada xalq pedagogikasi g’oyalaridan ham foydalaniladi. Ota-onalar o’z
farzandlarini   hamisha   katta   hayotiy   tajribaga   ega,   dunyoqarashi   va   bilim   doirasi
keng   kishilardan   ibrat   olishga   da’vat   qilib   kelganlar.   Masalan,     «Qush   uyasida
ko’rganini   qiladi».   Juda   oddiy   xulosa.   Shu   oddiy   xulosa   ostida   qancha   fikrlar
jamlanib   yotganligini   hamisha   ham   fahmiga   boravermaymiz.   Bu   bilan   xalq
«uyingda   tartibli   bo’l,   aks   holda   bolang   ko’chada   tartibsiz   bo’ladi»,   «bola   oldida
birovlarning g’iybatini qilma, bolang g’iybatchi bo’ladi», demoqchi.
                            Izohlash   –   tarbiyalanuvchiga   hissiy-og’zaki   ta’sir   etish   usuli.
Izohlashning   hikoya   va   tushuntirishdan   farqlanadigan   muhim   belgisi   muayyan
guruh yoki alohida shaxsga yo’naltirilganligidir. Ushbu metodni qo’llash sinfning
o’quvchilarining umumiy yoki jamoa a’zolarining shaxsiy xususiyatlarini bilishga
asoslanadi.   Boshlang’ich   sinf   o’quvchilari   bilan   ish   olib   borishda   izohlashning
elementar usul va vositalari qo’llaniladi: «Shunday harakat qilish kerak», «Hamma
shunday   qiladi».   O’smirlar   bilan   ishlaganda   ma’naviy-axloqiy   tushunchalarning
ijtimoiy   ahamiyati   va   ma’nosini   izohlash   zarur.   Izohlash   quyidagi   holatlarni
yuzaga keltirish uchun qo’llaniladi:
1) yangi   ma’naviy-axloqiy   sifatlar   yoki   xulq   ko’nikmalarini   tarkib
toptirish va mustahkamlash; 2) tarbiyalanuvchilarning   sodir   etilgan   muayyan   hodisa   (masalan,   sinf
o’quvchilari ommaviy ravishda darsga kelmaganlari)ga to’g’ri, ongli munosabatni
hosil qilish.
Maktab   amaliyotida   izohlash   ishontirishga   tayanadi.   Ishontirish   vositasida
o’quvchi   ruhiyatiga   sezilarsiz   holda   ta’sir   etiladi.   Boshlang’ich   sinf   o’quvchilari
hamda   o’smirlar   ishonuvchan   bo’lishadi.   Pedagog   ishontirishdan   tarbiyalanuvchi
ma’lum ko’rsatmani  qabul qilishi  zarur bo’lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur
metoddan boshqa metodlarning ta’sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi.
Munozara   tarbiyalanuvchilarga   hissiy-og’zaki   ta’sir   ko’rsatish   asosida
ularda   ma’naviy-axloqiy   sifatlarni   shakllantirishga   yo’naltirilgan   bahs-munozara
usuli bo’lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzular («Did haqida
bahs»,   «Mashhur   bo’lish   yo’llari»,   «Biz   madaniyatli   kishilarimizmi?»   va
hokazolar)da   o’tkaziladi.   Munozara   turli   nuqtai   nazarlar   to’qnashgan   vaziyatda
o’quvchilarda ma’lum hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi.
Munozara   asosida   turli   qarashlar   yotadi.   Bahs   ijobiy   natija   berishi   uchun
puxta   tayyorgarlik   ko’rish   maqsadga   muvofiq.   Munozara   uchun   mustaqil
mulohaza va qarashni yuzaga keltiruvchi 5-6 ta savol tayyorlanadi. Ushbu savollar
bilan   munozara   ishtirokchilari   oldindan   tanishtiriladilar.   Ba’zan   tarbiyachi
munozara ishtirokchilarini o’zi tayinlashi  ham mumkin. Chiqishlar  jonli, erkin va
qisqa   bo’lishi   zarur.   Matnni   yozish   kerak   emas,   agar   shunday   holat   yuz   bersa
munozara zerikarli tus oladi. Pedagog munozara ishtirokchilariga fikrlarini ixcham,
asosli va dalillar asosida bayon etishga yordam beradi.
Mashq  va  o’rgatish  (faoliyatda  mashqlantirish)   metodlari   muayyan  mashq
yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta
tashkil   qilish,   ularni   axloq   me’yorlari   va   xulq-atvor   qoidalarini   bajarishga
odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi va shaxs rivojlanishining keyingi
bosqichlarida mustahkamlanib boradi.
O’qituvchi   hamda   ota-onalar   bolalarda   ijobiy   odatlarning   tarbiyalanib
borayotganligini   kuzatib   borishlari   kerak.   O’quvchilar   odatlarni   o’z   yaqinlaridan
meros   qilib   olmaydi,   balki   ular   atrofdagilar   bilan   faol   muloqotga   kirishishlari tufayli   taqlid   qilish,   uzluksiz   tarbiyani   yo’lga   qo’yish   asosida   tarkib   topshiriladi.
Natijada odat xarakterga aylanadi.
Mashq  muayyan  xatti-harakatlarni   ko’p  marotaba  takrorlashni   o’z  ichiga oladi.
Mashq   va   odatlantirish   o’quvchi   uchun   ongli,   ijobiy   jarayondir.   Mashq   natijasini
ko’nikma,   odat,   yangi   bilimlar   hosil   qilinadi,   o’quvchining   aqliy   qobiliyati
rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi. 
O’rgatish   tarbiyalanuvchilar   ijtimoiy   xulq-atvor   ko’nikmalari,   odatlarini
shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy
ishlardir.
O’rgatish   bir   necha   izchil   harakatlar   yig’indisidir.   O’qituvchi   bu
harakatlarni ko’rsatib berishi, tushuntirishi, kuzatishi lozim.
Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xili mavjud:
1) faoliyatda mashq qilish;
2) kun tartibi mashqlari;
3) maxsus mashqlar.
Faoliyatda   mashq   qilish   mehnat,   ijtimoiy   hamda   jamoa   faoliyatini   tashkil
etish  va o’zaro munosabatni   yo’lga  qo’yish  odatlarini  tarbiyalashga  qaratilgandir.
Kun tartibi mashqlari belgilangan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog’liq istak
va   harakatlarni   boshqarish,   ish   va   bo’sh   vaqtdan   to’g’ri   foydalanish   odatiga
o’rgatadi.   Maxsus   mashqlar   madaniy   xulq   ko’nikma   va   malakalarini   hosil   qiladi,
mustahkamlaydi. Topshiriq   o’quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba
ko’nikmalarini   shakllantirish   maqsadida   qo’llaniladigan   usul.   O’quvchilarning
topshiriqlarni   jamoa   bo’lib   bajarishlari   ularda   ijtimoiy   xulq   tajribalarini
shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O’quvchilar o’z kuchlarini  umum ishiga
sarflashga,   jamoa   uchun   mas’uliyatni   his   etishga   o’rganadilar,   Mehnat   qilish
o’quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi. Pedagogik talab   turli
xatti-harakatlarni   bajarish   hamda   faoliyatda   ishtirok   etish   jarayonida   o’quvchi
tomonidan amal  qilinishi zarur bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari. Pedagogik
talab   tarbiyaning   eng   muhim   usullaridan   biridir.   Pedagogik   talab   ma’lum harakatlarni   rag’batlantiruvchi   yoki   to’xtatuvchi   hamda   o’quvchini   oqilona
harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo’lishi mumkin.
              Rag’batlantirish   va   jazolash   metodlari .   Rag’batlantirish
tarbiyalanuvchining   xatti-harakati   va   faoliyatiga   ijobiy   baho   berish   asosida   unga
ishonch   bildirish,   ko’ngillini   ko’tarish   va   uni   qo’llab-quvvatlash   usulidir.
O’qituvchi har bir o’quvchi shaxsida ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarni anglash
olishi   zarur.   Shundagina   o’quvchi   o’zining   kamolga   yetayotganligini   his   qiladi,
unda   o’z   kuchiga   nisbatan   ishonch   paydo   bo’ladi.   Uni   hurmat   qilishadi,   unga
ishonishadi,   uning   fikrlari   bilan   qiziqishadi,   unga   quloq   solishadi,   demak,   u
jamoada o’z o’rniga ega. O’qituvchi  ana shunday  holatning yuzaga kelishi  uchun
rag’batlantiruvchi   usullardan   foydalanadi.   O’quvchining   yanada   ijobiy   sifatlarga
ega   bo’lishga   intilishiga   yordam   beradi.Har   qanday   rag’batlantirish   mavjud
pedagogik   talablarga   muvofiq   bo’lishi,   ketma-ket   bo’lmasligi   zarur,   shuningdek,
o’quvchini   yoki   uning   xatti-harakatlarini   haddan   oshirib   maqtash,   boshqa
o’quvchilarga   taqqoslash,   ularni   kamsitmaslik,   talabchanlikni   bo’shashtirmaslik
kabi shartlarga muvofiq qo’llaniladi.
             Jazolash  tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho
berishdir.Jazo   ham   o’quvchining   individual   xatti-harakatlari   va   umumjamoaning
faoliyati   uchun   qo’llaniladigan   eng   so’nggi   tarbiya   usuli.   Jazo   choralarini
qo’llashda   jismoniy   jazo,   urish,   kaltaklash   kabi   usullardan   foydalanish   mumkin
emas, o’quvchini qo’rqitish, g’azablantirish ham ijobiy natija bermaydi. Aksincha,
o’quvchi qo’rqganda yolg’on gapirishni o’rganadi, ikki yuzlamachi bo’lib qoladi.
                      Tanbeh   berish   –   eng   muhim   jazo   charosi.   O’qituvchi   o’qituvchiga
yuzma-yuz   turib   tanbeh   beradi,   buni   kundaligiga   yozib   qo’yish
mumkin.Ogohlantirish   –   sodir   etilishi   mumkin   bo’lgan   muayyan   xatti-
harakatlarning oldini olish maqsadida qo’llaniladi.
                      Hayfsan   berish   –   o’quvchining   ma’lum   xatti-harakatlarini   qat’iy
choralar asosida baholash. Agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa,
o’quvchi   belgilangan   intizomni   buzaversa,   uning   aybi   qay   darajada   bo’lishi   va intizomni   qanday   sharoitda   buzganligini   inobatga   olib   unga   hayfsan   e’lon   qilish
mumkin.
            Uyaltirish  - o’quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning
tarbiyasi   uchun   mas’ul   bo’lgan   subyektlar   (ota-onalar,   vasiylar,   jamoatchilik
vakillari   va   boshqalar)   oldida   baho   berish.   Odamning   eng   nozik   sezgilaridan   biri
uyat,   or-nomus   va   sharm-hayodir.   Odamda   insonda   izzat-nafs,   odamiylik   qancha
kuchli bo’lsa, avvalo, o’zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli
bo’ladi.   Bolalarni   tarbiyalashda   shu   his-tuyg’ularni   ehtiyotkorlik   bilan   o’stirish
lozim, lekin hadeb uyaltiraverib va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va
o’z o’rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.Jazo
puxta   o’ylab   qo’llanilishi   lozim,   aksincha,   jahl   ustida   jazolash   mumkin   emas.
Jazolar   yakka   xarakterda,   ya’ni,   birgina   usulni   qo’llash   asosida   bo’lsin,
o’quvchining   aybiga   mos,   muvofiq   bo’lishi,   tez-tez   qo’llanilmasligi,
jazolanuvchida   jazoning   to’g’ri   belgilanganligiga   nisbatan   shubha   tug’ilmasin   va
ular o’z ayblarini sezsin. Jamoada muhokama qilish va jamoa tomonidan qo’llab-
quvvatlangan jazo berilsa, uning ta’sir kuchi yanada oshadi. Barcha holatlarda ham
jazo   tarbiyalanuvchining   jismoniy   va   ruhiy   azob-uqubatlariga   solmasligi,   uni
tahqirlamasligi, sha’nini yerga urmasligi kerak. 
Xulosa qilib aytganda yuqorida ta’riflangan tarbiyaning umumiy metodlari
o’quvchilarga pedagogik ta’sir ko’rsatish sohalarini qamrab olmaydi. 
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib borar ekan, unga muvofiq
ravishda tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi.
Tarbiyaning tarkibiy qismlari.
Aqliy   tarbiya   –   shaxsga   tabiat   va   jamiyat   taraqqiyoti   to’g’risidagi   bilim
asoslarini   berish,   uning   aqliy   (bilish)   qobiliyati,   tafakkurini   shakllantirishga
yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat,
shuningdek,   inson   tafakkuri   haqidagi   bilimlarni   o’zlashtirish,   unda   ilmiy
dunyoqarashni shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga
ega shaxsni tarbiyalashda yetakchi o’rin tutadi.  Jismoniy   tarbiya   o’quvchilarda   jismoniy   va   irodaviy   sifatlarni
shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga
tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning ajralmas
tarkibiy   qismi   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Yuqori   darajada   rivojlangan   ishlab
chiqarishga   asoslangan   mavjud   ijtimoiy   sharoit   jismonan   baquvvat,   ishlab
chiqarish   jarayonida   yuqori   unum   bilan   ishlashga   qodir,   qiyinchiliklardan
cho’chimaydigan,   shuningdek,   vatan   himoyasiga   doimo   tayyor   bo’lgan   yosh
avlodni tarbiyalash zarurligini ko’rsatmoqda.
Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi
zarur   bo’lgan   tartib,   odob,   o’zaro   munosabat,   muloqot   va   xulq-atvor   qoidalari,
mezonlarini o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish maqsadida tashkil
etiluvchi   pedagogik   jarayondir.   Axloqiy   tarbiya   ham   ijtimoiy   tarbiyaning   muhim
tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Axloqiy tarbiya asosini shaxsni ijtimoiy axloqiy
me’yorlardan   xabardor   etish   tashkil   qiladi.   Axloq   (lot.   «moralis»   -   xulq-atvor
ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllarida biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar
hamda   shaxs   xatti-harakatini   tartibga   soluvchi,   muayyan   jamiyat   tomonidan   tan
olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va
xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi. 
Ijtimoiy   tarbiyaning   yana   bir   muhim   tarkibiy   qismi   mehnat   tarbiyasi
sanaladi. Mehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda
mehnatga   ongli   munosabat,   shuningdek,   muayyan   ijtimoiy-foydali   harakat   yoki
kasbiy   ko’nikma   va   malakalarni   shakllantirishga   yo’naltirilgan   pedagogik
jarayondir.   asosi,   hayot   manbai,   umr   mazmuni   hisoblanadi.   Mehnat   tarbiyasidan
ko’zlangan   maqsad,   avvalo,   o’quvchilarga   mehnatning   mohiyati,   mazmunini
chuqur anglatishdan iboratdir. 
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya: lot. «estezio» – «go’zallikni his etaman»
ma’nosini   bildiradi)   shaxsni   ijtimoiy   voqyelik,   tabiat   va   mehnat   munosabatlari
hamda   turmush   go’zalliklarini   anglash,   idrok   etish,   to’g’ri   tushunishni   o’rganish,
ularning   estetik   didini   o’stirish,   ularda   go’zallikka   muhabbat   uyg’otish,
shuningdek, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning   yana   bir   muhim   tarkibiy   qismi   sanaladi.   Aqliy,   axloqiy,   mehnat
tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 
Ijtimoiy   tarbiya   maqsadi   va   vazifalarini   amalga   oshirishda   iqtisodiy   ,
huquqiy,   fuqarolik,   ekologik   tarbiyaning   xususiyatlarini   anglab   olish   muhim
ahamiyatga ega. Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Barkamol  avlod – O’zbekiston  taraqqiyotining poydevori. –
Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 
2.   Pedagogika.   Jismoniy   tarbiya   institutlari   uchun   darslik   –   Toshkent,
O’qituvchi, 1990.
3. Podlasy I.P.. Pedagogika. Novy kurs. – Moskva, Vlados, 1999.
4. Ivanov I.P. Vospitatel kollektivistov. – Moskva, Pedagogika, 1992.
5.   Pedagogika     A.Q.Munavvarovning   umumiy   tahriri   ostida.   –   Toshkent,
O’qituvchi, 1996.
6. Hoshimov K. va boshq. Pedagogika tarixi (pedagogika oliy o’quv yurtlari 
va univ-tlar talabalari uchun qo’ll. – Toshkent, O’qituvchi, 1996.

MILLIY TARBIY A NING O’ZIGA XOSLIGI VA MAZMUNI. TARBIY A METODLARI. R E J A : 1. Milliy tarbiyaning o’ziga xosligi. 2. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. 3. Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. 4. Tarbiya metodlari. 5. Tarbiyaning tarkibiy qismlari.

Ona tili milliy iftixorni,milliy fikrlashni asosidir.Barcha milliy qadriyatlar,an’analar zamirida ona tili yotadi.Shu bois O’zbek tilin,uning barcha boyliklarini ,go’zalligini maktablarda chuqur,atroflicha o’rganishni yo’lga qo’ymoq darkor.Aks xolda milliy maktab yaratish borasidagi hamma harakatu niyatlarimiz bekor ketishi hyech gap emas.Uning uchun tilimizning ildizlari-yu go’zal va beqiyos imkoniyatlarini-yu kuz-kuz qiladigan ommabop risolalar chop yotib borishni xam unutmaslik kerak. Milliy maktab xar bir o’quvchining qalbi va shuuriga O’zbek xalqi tarixi madaniy merosining butun ulug’vorligi xamda go’zalligini olib kirishi bilan birga milliy an’anaviy axloq qoidalarini o’quvchi hayotining mazmuniga aylantirmoq kerak.Bu esa maktabdagi juda ko’plab qoida va mezonlarni qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi.O’quv dasturlari,o’qitish usullari,darsliklar mazmuni va boshqa juda ko’p narsalar o’zgarishi kerak.Masalan,jismoniy tarbiya darsida o’quvchilar ko’proq uz milliy o’yinlari bilan mashg’ul bulmoqlari zarur. Xar bir milliy,xalqning o’ziga xos tafakkur tarzi mavjud. Xar bir til vakili dunyoni o’zicha kuradi.Shunday ekan faqat ona tili, a dabiyot va tarixdagina emas,balki tabiiy fanlardan xam umumjahon xamda mahalliy fan yutuqlariga asoslangan ona tilidan original darsliklar yaratish zarur.Darsliklarda Al Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy,Ulug’bekdan tortib Habib Abdullayev, Kori Niyoziy, Obid Sodi - kov, Sobir Yunusov, Toshmuhammad Sarimsokov, Maxmud Saloxiddinov va boshqa zamondosh olimlarimizning fan va madaniyatga qo’shgan hissalari uz aksini topish kerak.Milliy maktabning o’quv rejalari, dasturlarida,jumladan,mehnat darslari zamonaviy ixtisosliklar bilan birga kulolchilik,ganch o’ymakorligi,miskarlik,naqqoshlik,zargarlik kabi milliy kasb hunarlar xam hisobga olingan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bizning buyuk ajdodlarimiz asarlari qilgan savob ishlari va ajoyib tarifga ega hunarpesha, usta-olimu fozil kishilar bizning ajdodlarimizdir. Ulardan bizgacha juda kup hunarlar yetib kelgan. Turkiston xalqining qullari qadoq,qalbi sof,nigohlari mehr bilan olamga nazar tashlagan va undan ma’naviy ozuqa ololgan kishilar yashagan.Bunga misol qilib

butun jahonga dongi ketgan Buxo ro,Samarqand obidalari,Rishton kulolchiligi,Chust,Marg’ilon dup pi-do’zligi bizni madaniyat va ma’naviyatimiz bo’lib,ular qadriyatlarimiz asosidir.Xalqimiz xotira si ajoyib nomlarga boy,butun jahonga dongi ketgan Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, At-Termiziy, Navoiy, Ahmad Yassaviy, Al-Farg’oniy kabi kup allomalar ma’naviyati keng ,Ulug’ qadriyatlarimiz siymosidir.Biz uchun ular kadrli bo’lgan qadriyat hisoblanadi. Qadriyatni o’zi ikkiga bo’linadi. Moddiy va ma’na viy qadriyat. Qadriyat nomanfiy tushuncha bo’lib,u tushunchalar qatoridan urin tutadi. Qadriyat tarixiy amaliyot jarayonida kishilar tomonidan yoyilgan. Ajdodlarimiz buyuk qalb egalari bo’lganlar. Bizga ulardan meros qolgan (Rasadxona,maqbarai masjid, ku tubxonalaru madrasalar va uz zamonasining yetuk avlodlari yozib qoldirgan noyob kitoblar) misolida ko’rishimiz mumkin.Bularning ba ri O’tmish madaniyati va ma’naviyatimizni belgilab beruvchi qadriyatlarimizga asos bula oluvchi meros hisoblanadi.bu tabarruk merosimizni o’rganish,uni kuz qorachig’iday asrash,kelgusi avlodga yetkazish biz uchun xam qarz,xam farzdir.Biz yosh avlod bobolardan qolgan merosdan bugungi kunda juda ko’p foydalanmoqdamiz. Ular yaratgan kashfiyotlar,buyuk asrlar biz olayotgan,o’rganayotgan bilimning asosi xamda mustahkam poydevoridir. Masalan:Ibn Sinoning "Tib qonunlari "asari bugungi tibbiyotimizda keng foydalanilmoqda. Beruniyning yer shari aylanma shaklida ekanligini kashf etishi esa hozirgi kundagi astronomlarning olib borayotgan ishlarida poydevor bo’lib xizmat qiladi. Olamga dongi ketgan Samarqand, Shahrisabz, Xi va, Qo’qon singari azim shaharlar yaratuvchilari bo’lmish ulug’ ajdodlarimizning ijodiyoti o’zini ulug’vorligi va go’zalligi bilan hozir xam in sonni lol qoldirmoqda. Ulug’bek qurdirgan rasadxona nafaqat O’zbeklar,balki butun il m-fan olamiga ulkan merosdir.She’riyat va ma’rifat dunyosining ulug’i bo’lmish Navoiy yozgan dilkusho g’azallar ruboiylar xar xil millat qalbidan joy olgan.Milliy maktabni yaratish uchun hozirgi ta’lim mazmuni va o’qitish jarayonidagi ko’pgina

kamchiliklarni tuzatish,muammolarni hal qilish zarur.Buning uchun kuyidagi tamoyillar va ustuvor yo’nalishlarni hayotga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir: -Xar bir fan o’qituvchisi o’z sohasi bo’yicha madaniy va tarixiy merosni chuqur bilishga e’tiborni kuchaytirish,qayta tayyorlash kurslarida ularni malakasini oshirish: -Birinchi sinfdan boshlab milliy zamin,xalq turmush tarzi bilan bog’lanmagan materiallarni darslikdan chiqarib tashlash,ular o’rniga xalq pedagogikasi,tarixiy hikoyatlardan kiritish: -Boshlang’ich sinfdan boshlab ona tili bilan bir qatorda xorijiy(arab,Fors,ingliz,ispan,nemis va boshqa) tillarni o’qitishni,qiroatxonlikni o’rgatishni yo’lga kuyish: - Maktabda milliy kasb hunarni o’rgatadigan to’garaklar birlashmalar tashkil etish(masalan:o’ymakorliklik,ganchkorlik,sopol va chinni idishlar yasash,gilam to’qish,milliy chevarchilik,kosibchilik va hakazo): - Maktabda barcha uchun ta’limning uch bosqichini qo’llash,behuda mablag’ sarflanishiga yo’l kuymaslik,o’qish istagi bo’lmagan yoki fan asoslarini o’zlashtirishga qiynalayotganlar boshlang’ich ma’lumot bilan cheklangan xolda ularni kasb hunarga o’rgatish masalasini hal etish: - iqtidorli o’quvchilarda iborat sinflar tashkil etish: - Xar bir maktabda "Meros muzeyi"ni tashkil etish.Ushbu muzeyda ilm- fan,san’at,O’tmish tarix haqidagi materiallarini joylashtirish. - Xar bir sinfda "Madaniy va tarixiy merosimizni o’rgana miz" rukni asosida qiziqarli burchak tashkil etish: - Xar bir maktab binosining zalini milliy,madaniy va tarixiy me6rosni aks ettiruvchi ko’rgazmali materiallar bilan bezash. - Sinfdan tashqari o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda milliy urf- odat,an’analarga e’tiborni kuchaytirish: - "Xalq pedagogikasi" fakultativ kursini joriy etish. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki,xar bir inson bolalikdan uz xalqini,millatini qadriyatlarini,og’zaki va yozma adabiyotini xamda san’atini, urf-

odatlarini, ilg’or an’analarini, xalqchil, ruhiy, ma’naviy merosini o’rgansagina, o’sha xalqqa va millatga mansub bula oladi. Shu sababli oila,bolalar yaslilari,bog’chalari va boshlang’ich sinfdan boshlab maktabni tugatguncha bolalarga xalqni g’ururi,milliy qarashlari,erka xamda qadriyatlarini singdira olmasak,bu borada ko’zlangan maqsadga erisha olmaymiz.Farzandlarimizning barkamolligi va yuksak odobliligiga erishish uchun esa milliy ta’lim tarbiyaga asoslangan maktabning bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Shuni ta’kidlash kerakki,milliy maktabni yaratish xususiyatida gi dastlabki harakatlar ijobiy natija bermoqda.Mazkur ezgu ishga ko’pgina iqtidorli olim va O’qituvchilar,xalq ta’limining tashkilot lari uz hissalarini qo’shmoqdalar. 1996-19976 yildan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o’qish yangi alifboda olib boriladi.Yangi imlo,alifboda o’qitish uchun zarur dastur,qo’llanma va darsliklar yaratildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassasa lari ochildi.Oliy o’quv yurtlari qoshida 46ta lisey tashkil etil di, 800ga yaqin o’quvchi chet ellarda ta’lim oldi.Ko’pgina O’qituvchilar xorijiy davlatlarining tajribalarini o’rganish maqsadida chet mamla katlariga borib qaytdi. Joylarda maktablarga va O’qituvchi murabbiylarga,moddiy va ma’naviy rag’batlantirish,yordam berish masalalariga e’tibor ancha ku chaytirildi. Shu urinda Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oldiy majlisi IX sesiyasida 1999 yil 29 av gustda so’zlagan nutki va uning asosida qabul qilingan "Ta’lim to’g’risida" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida" qonun lar qabul qilingach,uzluksiz ta’lim tarbiya tizini joriy etish va uning asosini tashkil etuvchi milliy maktabning shakllantirish borasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan: maktabning I-IX sinflari doirasida sifatli unumli o’rta ta’lim olishni ta’minlovchi davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib joriy etilmoqda. O’zbekiston mustakqilligi prinsiplariga sadoqatli xamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga qodir shaxsning shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalari,ota-onalar,oila,mahalla qo’mita lari, "Ma’naviyat va ma’rifat"