Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsad va vazifalari. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati
Mavzu: Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsad va vazifalari. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati Reja: 1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. 2. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. 3. «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasining mazmuni va unda o’quvchilar tarbiyasining asosiy yo’nalishlari. 4. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati.
Mustaqil O’zbekistonimizda islohotlar tobora keng quloch ochmoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, jumladan yosh avlod ta’lim tarbiyasida ham keskin o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Respublikamizning ijtimoiy, iqtisodiy kamoloti yosh avlodning sayi harakatlariga bog’liq ekanligi hech kimga sir emas. O’sib kelayotgan yosh avlodlar va ularning kelajagi Respublikamiz kelajagi bilan chambarchas bog’liqdir . « Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hyech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etilishi » 1 o’quvchi - yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor berilayotganliginini yorqin dalilidir . Shuning uchun yo shlar ta’lim-tarbiyasi har bir ota-onaning, o’qituvchining va jamiyatimizning Vatan oldidagi muqaddas burchlari hisoblanadi . Lekin bu ishlarni o’qituvchi boshqara oladi, chunki o’qituvchi jamiyatimizning tayanch shaxsidir, u ota-onalarning tarbiyadagi ta’sirini yo’naltiradi va ularga ilmiy pedagogik yordam beradi. Ta’lim muassasalarida xususan boshlang’ich ta’limda fidokor, mustaqil fikrlovchi, masalalarni ongli ravishda mas’uliyat bilan hal qila oladigan, izlanuvchan yangilikka intiluvchan va istiqlol g’oyalariga sadoqatli avlodni tarbiyalashni yo’lga qo’yish va ularni samarali amalga oshirish ko’p jihatdan bo’lajak mutaxassislarni maxsus tayyorgarligiga bog’liqdir. Shuning uchun hozirgi zamon mafkuraviy qarashlar asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tarbiya jarayonini tashkil etishga ham nazariy, ham uslubiy ham amaliy jihatdan tayyorlashga xizmat qiladigan «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fan kiritilgan. Fanning predmeti - boshlang’ich maktab o’quvchilari bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar tizimi. 1 Sh.M. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratii O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi. - T.: O’zbekiston, NMIU, 2016. 14 b.
Fanni o’qitish maqsadi: Bo’lajak o’qituvchilarni mustaqil Respublikamizning yangi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kichik maktab yoshidagi bolalarni xalqning boy milliy, ma’naviy- tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan muvaffaqiyatli tarbiyalashga tayyorlash. Fanning vazifalari: 1) talabalar ga tarbiyaviy ishlar metodikasining pedagogik va psixologik asoslarni ochib borish; 2) ularga boshlang’ich maktabda tarbiya jarayonida foydalaniladigan uslub va vosita, shakl va bolalarning uyushmalari ishlarini tashkil etishning eng samaralilarini yo’llarini o’rgatish; 3) o’quvchilarga hamkorlik pedagogikasi asoslari va uni tarbiya jarayonida amalda qo’llash metodikasini o’rgatish. Ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, boshlang’ich sinf o’quvchilarining barkamol avlod etib tarbiyalash quyidagi muhim manbalarga tayangan holda amalga oshiriladi. Ular: - qadimdan tarbiya vositasi bo’lib kelgan xalq pedagogikasi. Uning tarkibiy qismlari xalq og’zaki ijodi, xalq hunarmandchiligi, xalq tasviriy va amaliy san’ati, xalq musiqasi, teatri mazmunida xalqning tarbiyaga oid g’oyalari, tasavvurlari, orzu-istaklari, an’analari milliy qadriyatlarning boshlang’ich negizi tarzida o’z ifodasini topadi; - xalqning qadimiy turmush tarzi, axloq normalari, kelajak orzulari haqida ma’lumot beruvchi dastlabki manbalar (bitiklar); - diniy manbalar («Avesto», «Qur’on»», «Hadis»); - Sharq xalqlari milliy qadriyatlari haqida asosli bilim beruvchi Sharq mutafakkirlari madaniy merosi; - yozma badiiy ijodiyot shakllari (pandnoma, klassik va hozirgi zamon badiiy ijod namunalari); - turli xarakterdagi san’at asarlari, xalq hunarmandchiligi, badiiy-estetik an’analar, urf-odatlar, bayramlar va boshqalar.
O’zbekiston mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarning ta’lim- tarbiya jarayonidagi ahamiyatiga e’tibor kuchaydi. Zero, milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biridir. Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros tarzida kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ular ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, hayo, andisha kabi xususiyatlarning ustuvorligi, boshqa xalqlarnikiga o’xshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an’analar bilan tavsiflanadi. Milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyat shakllari. Dunyoda o’ziga xos qadriyatlari bo’lmagan millat yo’q. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’na-viyati hamda madaniyati bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi. Ma’lumki, qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. Shu sababli ular mahalliy, milliy, mintaqaviy shakllar va umuminsoniy shakl va mazmunda mavjud bo’ladi. Mahalliy qadriyatlarning yetuklari va milliy manfaatlarga moslari asta- sekin saralanib, umum milliy darajaga ko’tariladi. Milliy muhit qadriyatlarni yaratish va saralashning asosiy manbaidir: u milliy qadriyatlarning eng yaxshilarini voyaga yetkazib, jahon miqyosiga olib chiqadi. Qadriyatlar - narsa va voqealar, jamiyat, moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo’llaniladigan tushuncha. Qadriyatlarning G’arbda «Aksiologiya» fani o’rganadi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasida o’tgan asrning ikkinchi yarmida nemis aksiologi E. Gartman va fransuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Aksiologiyani qadriyatlar to’g’risidagi fan yoki to’g’ridan-to’g’ri «qadriyatshunoslik» deb atash ham mumkin. Har bir fanga o’z nomini bergan asosiy tushunchalar bo’lgani kabi «qadriyat» tushunchasi ham «qadriyatshunoslik» atamasi uchun shunday asos bo’la oladi. G’arbda bu atama yunoncha «axio» (qadriyat) va «logos» (fan, ta’limot) tushunchalaridan tashkil topgan. Qadriyatlar axloqiy qoida va me’yorlar, ideallar va maqsadlardagi baholash mezoni va usullarini ham o’zida aks ettiradi. Ular halollik, poklik, o’zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgo’ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, mas’uliyat
kabi axloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo’ladi. Qadriyat o’z tabiatiga ko’ra, ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u o’zgaradi va takomillashadi. Shuning uchun qadriyat to’g’risidagi ta’limotlar ham takomillashib, rivojlanib boradi. Qadriyatlarning xilma-xil shakllari bor: moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy, umumbashariy, jamiyat hayotining sohalari bo’yicha iqtisodiy, ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqalar. Hozirgi zamonda ilg’or davlatlar hayotining demokratik tamoyillari ham inson qadrini nechog’li yuksaklikka ko’tarishi bilan baholanadi. Mamlakatimizdagi tub o’zgarishlar, islohotlarning mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi. Bu tamoyilni amalga oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga asoslangan yangicha dunyoqarash, sog’lom tafakkurning shakllanishi katta ahamiyat kasb etadi. Bu tushunchaning mohiyatida voqelikdagi muayyan hodisalarning ijtimoiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ifodasi yotadi. Demak, qadriyatlar inson tomonidan qadrlanadigan narsalar (shuningdek tabiat, ijtimoiy hodisalar, inson xatti-harakatlari va madaniy hodisalardan iborat bo’lib, kishilarning talabi, xohishi, qiziqishi va maqsadi asosida munosabat, o’zaro ta’sir atrof-muhit bilan, insonlar bilan natijasida vujudga keladigan holatdir. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar manfaatiga mos keladigan ma’naviy xazinadan iborat bo’lib, milliy qadriyatlar bilan yagona tarbiyaviy asosga egadir. Umuminsoniy ilg’or ma’naviy g’oya va bilimdan har bir millat o’zining milliy xususiyatidan kelib chiqqan holda foydalanadi va amaliyotga tatbiq etadi. Umuminsoniy qadriyatlar negizida ma’lum millat tomonidan olg’a surilgan insonparvarlik, adolat, demokratiya, hamkorlik kabi muhim qadriyatlar mujassam bo’lib, ular barcha millatlar uchun hayotiy ehtiyoj hisoblanadi. Milliy qadriyatlar milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, uning paydo bo’lishi va shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayon hisoblanadi. An’analarning kelib chiqishi tarixiga nazar solinsa, ular din hukmronlik qilgan bir davrda paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Demak diniy an’analar shu