SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHGA TANLASHNING FIZIOLOGIK ASOSLARI.
SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHGA TANLASHNING FIZIOLOGIK ASOSLARI. Reja : 1. Sport bilan shug‘ullanishga tanlash haqida umumiy tamoyillar; 2. Sportchilik qobiliyatn6i bashorat qilish. Ideal sportchi etalonini modellashtiri; 3. Ontogenezda ancha turg‘un bo‘lgan belgilarni tanlash; 4. Turli sport turlarida tanlash tizimi;
1. Sport bilan shug‘ullanishga tanlash haqida umumiy tamoyillar. Jismoniy mashqlar har bir insonning hayotida muhim, lekin har xildagi ahamiyat kasb etadi. Bu esa organizmning individual morfologik va funksional xususiyatlariga bog‘liqdir. Masalan, jismoniy rivojlanishdan qolgan bolalar uchun korreksiyalovchi jismoniy mashqlar zarur bo‘lsa, boshqalari uchun sport turi bo‘yicha rekord natijalariga erishish imkoniyatiga ega bo‘lish sport bilan shug‘ullanishni tavsiya qilish mumkin. Sportga tanlash – bu tanlab olinadiganlarni qobiliyatini oldindan aniqlash asosida sport faoliyatini bajarishishi mumkin ekanligini tasdiqlashdir va murabbiy faoliyatining ajralmas qismidir. Tanlash usuli faqatgina yetarlicha tibbiy-biologik nuqtai-nazardan asoslangan tamoyillar asosida bajarilgandagina samarali bo‘lishi mumkin. Sportga tayyorlash guruhiga bolalarni tanlashda takomillashmagan usullardan foydalanish natijasida sportga tayyorlash guruhiga spott bilan shug‘ullanishga qobiliyati bo‘lmagan bolalar ham tushib keladi. Bunday bolalardan yuqori sinfdagi sportchilar tayyorlash uchun sarflanadigan mehnat va material vositalari samarasiz hisoblanadi. Bo‘ladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi komandaga ishtirokchilar tanlashning yana bir shakli mavjuddir. Tanlashning bu turi uzoq muddatli bashoratlarni talab qilmaydi va uslubiy jihatdan juda oddiy. Tayyorlash guruhiga dastlabki tanlash ikki yo‘l bilan bajariladi: jismoniy- sport oriyentasiya yoki sport seleksiyasi shakllarida. Jismoniy-sport mo‘ljallashuvning mohiyati bo'yicha qobiliyatli va harakatchan bolalarni aniqlash, tayyorlash guruhidan qobiliyatli bolalarni tanlab olish yo‘li bilan yuqori sport natijalariga erishish mumkin. Bunday bolalar ko‘p emas, bor yo‘g‘i 3-5% ni tashkil etadi. Qolganlariga esa sog‘lig‘i va jismoniy tayyorgarligi hisobiga olingan holda maxsus dastur asosida umumiy sog‘lomlashtirish tayyorgarligi uchun tavsiya qilinadi.
Nozik, jismoniy rivojlanishi jihatdan ma’lum asoratli bolalar taklif qilinadi. Bunday oriyentasiyaning birinchi bosqichi maktab yoshigacha bo‘lgan muassasalarda mavjud bo‘lgan va tashkil qilingan tadbirlarni qamrab oluvchi 5-7 yoshli bolalarda o‘tkazish tavsiya qilinadi. Yuqorida qayd qilingan turdagi tanlash asosida faqatgina murabbiylar tomonidan istalgan, lekin kelajakdan ancha uzoq bo‘lgan xohishdir. Hozirgi paytda sport seleksiyasidan keng foydalanilmoqda. Bu tanlash ancha tor doiradagi masalalarni yechadi, ma’lum turdagi sport bilan shug‘ullanishiga yoki tanlangan turdagi sportning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishga qodir ekanligi yoki qodir emasligi aniqlanadi. Sport seleksiyasining ikki turi farqlanadi: saralash va tanlovdan o‘tmaganlar. Saralash – sportning ushbu turi bo‘yicha o‘z xohish muammolarini yecha olmagan yoki sportning ushbu turi bilan shug‘ullanishni istamagan bolalar kiradi. Saralash odatda maktabgacha bo‘lgan muassasalarda va maktablarda o‘tkaziladi va ajratish uchun loyiq bo‘lmagan, lekin shug‘ullanishni istovchilar qatoridan tanlab olinadi. Sportchilar tayyorlash guruhiga saralash tamoyili ko‘p yillardan buyon davom etib kelmoqda va u ko‘p bosqichlidir. Yuqorida qayd qilingan dastlabki saralash bosqichidan tashqari yana (ayrim paytlarda undan ham ko‘p) asosiy va hal qiluvchi bosqichlari mavjud, bularni o‘tkazish paytida sportga tayyorlashning navbatdagi ancha yuqori bosqichlarini egallashi mumkinligi tekshirib ko‘riladi va aniqlanadi (21 .1.1.-rasm). 2. Sportchilik qobiliyatini bashorat qilish . Saralashning ob’ekti bo‘lib, tanlab olingan shaxsni ushbu turdagi faoliyatining bajarishdagi turli tuman o‘rtachadan yuqori bo‘lgan qobiliyatlari hisoblanadi. Sportga tanlashda bita muammo hal qilinadi, ya’ni tanlab olingan shaxs, tanlangan sport turi bo‘yicha tayyorgarlikning ma’lum muddatida o‘z mahoratining oshira oladiki, sportchining yashirin imkoniyatlari qanday ekanligi
aniqlanadi. Uni aniqlash uchun quyidagi ikkita xususiyatni hisobga olish zarur bo‘ladi. 1. O‘zi xohlagan turda faoliyat ko‘rsatishi davomida talabga erishish uchun mavjud bo‘lgan nishonalar, tuzilishi va funksional jihatdan avloddan avlodga o‘tuvchi imkoniyatlar darajasi, ya’ni tanlash paytidagi jismoniy holatining dastlabki darajasi inobatga olinadi; 2. Bolalarni 1,5-2 yil mobaynida kuzatish hisobiga irsiy nishonalarni rivojlantirishdagi mashqlarga barham beraolishdagi shaxsiy imkoniyati jismoniy sifatlarini rivojlanishi darajalari bilan aniqlanadi. Tanlash bosqichlari: 21.1.1 -rasm. Sport tanlovi turlari va uni tashkil qilish tasviri
Faqatgina aynan ana shu xususiyatlarni hisobga olish, ushbu sifatlarni rivojlanishi darajasini hal qiluvchi juda ishonchli bo‘lgan bashoratni ta’min etishi mumkin. Jismoniy holatni o‘rganish bo‘yicha dastlabki testlash o‘tkazilganidan keyin, yoki shu sport turi uchun muhim bo‘lgan ko‘rsatkichlar navbati bilan eng yuqoridan, eng pastgigacha qo‘yib chiqiladi. So‘ngra yuqori o‘rtacha va pastki dastlabki darajalarga ega bo‘lgan guruhlar ajratiladi. Qator sport turlarida turli yoshdagi bolalar uchun baholashning statistik normalari tasdiqlangan: yuqori, o‘rta, past. So‘ngra 0,5; 1,5 va 2,0 yildan keyin aynan ana shu ko‘rsatkichlarning qaytadan o‘lchanishi bajariladi va quyidagi formula bo‘yicha o‘sish tempi (T) hisoblab chiqiladi. % 100 0 g g X X X T ; bu yerda, X 0 – 0,5-2 yilda o‘lchanishdagi oxirgi tanlash X g – dastlabki ko‘rsatkich. Shunday qilib, biz yuqori, o‘rtacha va past baholash mumkin bo‘lgan o‘sish tempini (% larda) ko‘rsatkichini olishimiz mumkin. Navbatdagi bosqich tavsiya qilingan chizma bo‘yicha yashirin imkoniyatlarni aniqlash hisoblanadi (21.2.1- jadval). 21.2.1-jadval Sportchilarning yashirin imkoniyatlarini aniqlash chizmasi . № O‘rganiladigan ko‘rsatkichlarning nisbati Qobiliyatlar tavsifi 1 Dastlabki yuqori daraja + yuqori o‘sishi Eng katta qobiliyat