AYOLLAR SPORTINING FIZIOLOGIK ASOSLARI
AYOLLAR SPORTINING FIZIOLOGIK ASOSLARI Reja: 1. Ayollar organizmining morfofunksional xususiyatlari; 2. Ayollar jismoniy sifatlarining rivojlanishi va harakatlanish apparatining xususiyatlari; 3. Ayollarning energiya xarajatlari, aerobli va anaerobli imkoiyatlari; 4. Mashg‘ulot jarayonida ayollar organizmining funksional o‘zgarishi; 5. Sportchi ayollar organizmiga katta yuklamalarning ta’siri; 6. Biologik siklarning ayollar ish qobiliyatiga ta’siri. Biologik sikllar fazalarini hisobga olgan holda mashg‘ulot jarayonlarini individuallashtirish.
1. Ayollar organizmining morfofunksional xususiyatlari Ayollar organizmining tuzilish va funksional jihatdan o‘ziga xos xususiyatlar, ularning aqliy va jismoniy jihatdan ish bajarish qobiliyatini aniqlaydi. Umumbiologik jihatdan olib qaralganda ayollar organizmi erkaklarnikiga nisbatan tashqi muhitning o‘zgarishlariga yaxshi chmdamliligi bilan xarakterlanadi (haroratining o‘zgarishiga, ochlikga, qonning oqishiga, qator kasalliklarga). Hayotning katta davomiyliklariga yaxshi moslashadi ( 19 .1.1.-rasm). 19 .1.1-rasm. Ayollarning morfofiziologik ko‘rsatkichlari va ish qobiliyati . Ayollar organizmi uchun faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari xarektarlidir. Ularga chap yarim sharning hukmronlik roli erkaklardagiga nisbatan past darajada namoyon bo‘ladi. Bu ayollardagi funksiyalarini vakolatlovchi joy faqatgina chap yarim sharlarda emas, balki o‘ng yarim sharda ham yetarlicha ko‘rinishi bilan bog‘liq. Ayollar nutqiy axborotlarni qayta ishlash, ona tili va xorijiy tillarni tez o‘rganish va birinchidan ikkinchisiga sinxron tarzda o‘ta olishi hamda muammolarni so‘z bilan tahrirlash strategiyasi va harakatlarni nutqiy boshqarishning yuqori darajada bo‘lishi bilan ajralib turadi. Shu sababdan ularga
jismoniy mashqlarni bajarish paytida tushuntirish usuliga ko‘proq e’tibor berish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga axborotlarni qayta ishlash tezligi erkaklardagiga nisbatan ancha past bo‘ladi. Shuning uchun ayollar stereotipli vazifalarni yengil bajarsa, erkaklar esa ayniqsa vaqt yetishmagan sharoitlarda yangi vazifalarni yengil bajaradilar. Shu bilan birga ancha yuqori darajadagi motivatsiya hamda ayollarning o‘rganuvchanligini yuqori ko‘rsatkichlari ular tomonidan yuqori darajadagi jiddiy muvofiqiyatlarga erishish imkoniyatlarini beradi. Ayollar uchun ancha yuqori bo‘lgan emosional qo‘zg‘aluvchanlik, turg‘unsizlik va erkaklarga nisbatan tezroq vahimaga tushish xosdir. Ular ogohlantirishga juda-juda sezuvchan bo‘ladi, buni esa pedagog va murabbiylar hisobga olishlari zarur. Teri reseptorlarining yuqori sezuvchanligi, harakat va vestibulyar sensor tizimlarining mushaklar sezgisining nozik tabaqalanishi harakatlar koordinatsiyasining yaxshi rivojlanishini, ularning tekisligi va aniqligini ta’minlaydi. Ayollar juda yaxshi ichki tuyg‘ular bilan ko‘rish ranglarni yuqori darajada farqlay olish qobilyatiga, o‘tkir ko‘rish xususiyatlariga ega. Erkaklardagiga nisbatan ularda ko‘rish maydoni ancha keng. Ko‘rish signallari katta yarim sharlar po‘stlog‘iga juda tez yetib boradi va katta reaksiya chaqiradi. Bularning barchasi bo‘shliqda ishonchli harakatlana olishi va ko‘z harakatlari reaksiyasining takomillashishini ta’min etadi. Ranglarni ko‘rish, farqlay olishini buzilishi erkaklarga (8%) nisbatan ayollarda juda ko‘p marta kam (0,5%) kuzatiladi. Eshitish tizimi yuqori chastotali tovush diapazonlariga katta sezuvchanligi bilan ajralib turadi. Ayollarda musiqiy eshitish erkaklarnikiga nisbatan 6 marta yaxshi, bu esa ularning musiqa ostida harakatlanishini yengillashtiradi. 2. Ayollar jismoniy sifatlarning rivojlanishi va harakatlanish a’zosining xususiyatlari Ayollar tanasining uzunligi erkaklarnikiga nisbatan o‘rtacha 10sm gacha vazni esa 10 kg ga kamdir. Ayollarning qo‘l oyoqlari kalta, gavda esa uzunroq, tos
suyagining ko‘ndalang kesimi katta, yelka esa ensizdir. Tanani bunday tuzilishi massa markazining umumiy holatining ancha muvozanat bo‘lishini ta’minlaydi (masalan, eshkak eshishda, yog‘ochlar ustida mashqlarni bajarishda va hokazo). Shu bilan birga tos suyagining kengligi lokomosiyalar paytida harakat samaradorligini pasaytiradi. Ayollarda juda ko‘pchilik holatlarda tovoni baland bo‘lishi ko‘proq va yassi oyoqlik kamroq uchraydi bu esa ularning harakatlanish chiroyi va samaradorligini oshiradi. Ularda chanoqoylik erkaklarga nisbatan 3 marta kam uchraydi. O‘ng tomonlama assimetriya ustun bo‘ladi. Ayollarda mushaklarning mutloq kuchi erkaklarga nisbatan ancha kam, chunki ularning mushak tolalari ingichka va mushaklar massasi kam (gavdaning 30-35% ini tashkil etadi). Tez va sekin qisqaruvchi tolalarning nisbati jinsga bog‘liq emas. Nisbiy kuchlilik bo‘yicha ayollarda tana og‘irligi kam bo‘lganligi sababli erkaklar ko‘rsatkichlari deyarli teng bo‘ladi, son mushaklari uchun esa hatto ulardan ustun bo‘ladi. Eng kuchsiz qo‘l mushaklarning yelka belbog‘i va gavdaning maksimal erkin kuchi ayollarda erkaklar ko‘rsatkichlarining 40-70% ini tashkil etadi. Ancha kuchli bo‘lgan oyoqlar mushaklarning erkin kuchi 70-80% ni tashkil etadi. Eng maksimal kuchga 15-16 yoshda erishiladi. Tana massasining ortishiga qarab nisbiy kuch amalda oshmaydi, aksincha kamayishi mumkin. Tezlashuvchi kuchlilik imkoniyatlari eng yuqori darajada 10- 14 yoshda takomillashadi. Bu davrda, ayniqsa, sezirarli darajada sakrovchanlik ortadi. Ayollar erkaklarga nisbatan tezlik sifatlarini kam rivojlanishi bilan farq qiladi. Yuqori malakali sprotchi ayollarda yorug‘lik qo‘zg‘atuvchilarga kunlik oddiy harakat reaksiyalarning vaqti o‘rtacha 140 ms ni tashkil etadi. Tezlikni maksimal ahamiyatli ko‘rsatkichlarga ayollar 13 yoshda erishadilar. Harakat chastotasi va tezligining maksimal darajasi voyaga yetgan ayollarda erkaklarga nisbatan 10-15% ga kam. Ayollar aerob xarakterdagi uzoq muddatli siklik ishlarga yaxshi chidam berishiga qodir. Boshqacha aytganda, ular yuqori umumiy chidamlilik xususiyatiga ega. Bu xususiyatning maksimal ko‘rsatkichlariga ayollar 18-22 yoshda erishadilar. Tezlikka chidamlilikka esa 14-15 yoshda erishadilar. Ayollarning
organizmiga uzoq muddatli va kuchli statik yuklamalar jiddiy ta’sir yetkazadi Ular organizmiga, jumladan yurak tomirlar tizimida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ancha yuqori statik chidamlilik ayollarda 15-20 yoshda paydo bo‘ladi va yozuvchi mushaklar orqali amalga oshiriladi. Bo‘g‘inlarning egiluvchanlik xususiyatlari qiz bolalarni ancha erta yoshida xarakterlidir, chunki bu xususiyat umurtqa pog‘onasining katta harakatchanligi va bog‘lovchi a’zolarning yuqori elastikligi bilan ta’min etiladi. Harakat chaqqonligi ham yaxshi ko‘rinadi. 3. Ayollarning e nergiya xarajatlari, aerobli va anaerobli imkoniyatlar Ayollar uchun erkaklarga nisbatan ancha past bo‘lgan asosiy almashinuv xarakterlidir (deyarli 7%). Ayollarda uning samaradorligi ayrim noqulay sharoitlarda ancha yuqori hayotchanligini aniqlaydi (masalan ochlik paytida). Ishchi energiya harakatlari yuklamalar xarakteriga bog‘liq. Harakatlarning biomexanikli sharoitlari bir xil o‘xshashlikka ega bo‘lganida 1 kg tirik vaznga energiya xarajatlari ayollarda ham xuddi erkaklaridagidek. Ammo tabiiy harakat sharoitlarida ular erkaklar ko‘rsatkichlaridan ustun bo‘ladi: yurishda 6-7% ga, yugurishda 10% ga. Bu paytda umum ishchi energiya xarajati ayollarda ancha yuqori bo‘ladi. Bu sport mashqlarini bajarishda texnik ekonomiyasi bilan bog‘liq (ayollarda qisqa va tez-tez qadam tashlash, tananing kattaroq o‘zgarishi). Kungi energiya iste’mol qilinishi yuqori malakali sportchi qizlarda 3200-4000 kkal darajasida bo‘ladi. Ayollar uchun ancha takomillashgan termogulyatsiya xarakterlidir.Ularning tana yuzasida ter bezlari bir xil tekis joylashgan, teri kapillyarlarga boy va ish bajarish paytida issiqlikni juda samarali beradi. Ayollar erkaklarga nisbatan energiyaning anaerobli manbalar- dan 20% ga kam ish bajarish qobiliyatiga ega,chunki ularning organizmida adenozin uch fosfat kislotasi, kreatinfosfat va uglevodlarning umumiy miqdori kam. Shu bilan birga ayollarda anaerobli jarayonlarning quvvati ham, uning hajmi ham kam (sut kislotaning maksimal konsentratsiyasi va maksimal kislorod taqchilligi