Ot sportining mohiyati
Ot sportining mohiyati Reja: 1. Kirish. 2. Ot sportining mohiyati. 3. Sport otlari zotlari 4. Ayrim sport otlarining tavsifi 4.1. Salt miniladigan ot zotlari 4.2. Yo’rtoqi ot zotlari 5. Otga yaqinlashishda va u bilan ishlashda havfsizlik texnikasi
1. Kirish Yilqichilikda faoliyat ko’rsatadigan ko’pchilik olimlar, veterinariya mutaxassislari va ot hatti–harakatlarini o’rganadigan etologlar hozirgi vaqtning fanida miniladigan otlar xulqining buzilishi odamga bog’liq ekanligi to’g’risida ma’lumotlar yo’qligini ta’qidlaydilar. Otlarning soni dunyoda ko’p bo’lib, ular yanada ko’payishni davom etmoqda. Natijada ot egalari ham ko’paymoqda, ularning ko’pchiligi esa otni saqlashga qaratilgan talablar va uni o’rgatish uchun usullar bo’yicha yetarli bilimlarga ega emas. Bu hol katta iqtisodiy zararga olib keladigan ot sog’ligi bilan bog’liq muammolarning ko’payishiga olib keldi. Bu muammolar malakasiz chavandozlar , samarasiz o’rgatish uslublari, o’rgatish jihozlarini noto’g’ri qo’llash, ayrim hollarda esa otga nisbatan yomon munosabatda bo’lish kabi omillar bilan bog’liq. Undan tashqari otlar bilan bog’liq shikastlar sog’liqni saqlash tizimining jiddiy muammosi bo’lib, ular ko’pincha chavandoz ot ustida bo’lganda hosil bo’ladi. O’lim bilan tugaydigan otlar keltiradigan shikastlar million odamning bittasiga to’g’ri keladi, bu nuqtai nazardan otni minish motosikl sporti va regbi o’yinidan havfliroqdir. Ot hulqini yaxshiroq tushunish va shu bilan chavandoz va ot orasidagi nizoni kamaytirish omili bunday shikastlarni kamaytirishga olib keladi. Undan tashqari psixologiya, etologiya va veterinariya fanlari ot minishda bilim va ko’nikmalar oshishiga hamda otga yaqinlashmay uni ovoz va tana harakatlari bilan boshqarish usullarining ko’payishiga, ot treningiga ayrim an’anaviy usullarni kiritishga va ot minishga qaratilgan ekspluatasiyaning yangi usullarini ishlab chiqishga yordam beradi. Ot yovvoyi otdan – Yevrop a , Osiyo , Afrik ada yashagan tarpandan kelib chiqqan bo’lib, otsimonlar oilasiga mansub o’txo’r hayvondir. Tarpanlar miloddan avval uchinchi ming yillikda Duna y va B o l qo n dan to Ural gacha bo’lgan territoriyada barcha slavyan, german, yunon , xett, forslar va xindilar ajdodlari yoki yaqin qondoshi bo’lgan – indoyevropaliklar tomonidan qo’lga o’rgatilgan. Avval indoyevropaliklar yovvoyi otlarni ovlagan keyinchalik esa ularni qo’lga o’rgatib, minishga o’rgangan. Otlarni ilgaridan qishloq xo’jalik ishlari va transport ishlari uchun hamda armiyada qo’llaganlar. Bu hayvonlarning xususiyatlari oyoqlari
qattiq yerda tez chopishga moslashganligi va katta tortish kuchga egaligidadir. Yuqori va pastki jag’larda, Yirtqich (bo’ri) tishlar va jag’ tishlari orasidagi bo’sh joy otni suvliq yordamida boshqarishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda otlarni naslli urchitish ishlari va ot sporti yilqichiligi keng tarqalgan. Masalan sovet og’ir yuk tortuvchi ot 22991 kg yukni o’rnidan siljitgan, poygada esa eng tez yo’rtoqilar 1 milya (1,609 km) masofani 2 daqiqadan kam vaqtda ya’ni soatiga 70 km ga yaqin tezlikda chopib o’tadi. Otlar halq xo’jaligida turli maqsadlar (ishlatish, sport, mahsulot olish va boshq.) uchun ko’paytiriladi. Zamonaviy q ishloq xo’jaligida asosiy ishlar mexanizasiya yordamida bajariladi, ammo ba’zida ot kuchidan ham foydalaniladi. Odam ot go’shtini iste’mol qiladi, uning ta’mi mazali bo’lib, ozuqali sifatlarga boydir. O’rta asrlarda dengizchilar sayoxatga tuzlangan ot go’shtini o’zi bilan olgan, hozirgi vaqtda esa ot go’shtidan turli konserva, dutlangan go’sht va kolbasa tayyorlanadi. Go’shtdan tashqari odamlar ot sutini achitib, qimiz iste’mol qila boshlaganlar. Bu ichimlik sil, anemiya, oshqozon va ichak kasalliklarida foydali bo’ladi. Bu ndan tashqari ot lar zardoblar va preparatlar tayyorlash uchun qo’llanadi. Masalan, bo’g’oz biyalar zardobi, gripp, dizenteriya va sil kasalligiga qarshi
zardoblar veterinariya va tibbiyotning davolash amaliyotlarida va boshqa maqsadlarda qo’llanadi. Otlar yordamida o’tkaziladigan ippoterapiya serebral falaj bilan kasallangan bolalar, yurak – qon tomir kasalliklari va ruhiy xastaliklarga chalingan odamlarni davolashda faol qo’llanadi. 2. Ot sportining mohiyati O t sporti va unga bo’lgan qiziqish keyingi yillarda katta istiqbollar ochmoqda. Natijada yuqori klassli sport otlariga bo’lgan talablar juda ortib bormoqda. Ot sporti bilan ko’p sonli mutaxassislar shug’ullanadi, ot sporti musobaqalarini hamda milliy ot o’yinlarini o’tkazish odat tusiga kirib qolgan. Respublikamiz sportchilari esa halqaro musobaqalarida katta muvofaqiyatlarni qo’lga kiritmoqda. Ulug’ Vatan urushida ko’p sportsmenlar nemis bosqinchilariga qarshi kurashganlar. Ularning ko’pchiligi tinchlik davrda ot sportini tashkillashtirishda ishtiroq etgan. Ot sporti sport turlari ichida o’zining chiroyliligi va qiziqtiruvch an ligi bilan ajralib turadi. Chiroyli, itoatkor, tarbiyalangan va sog’ otni ko’rib biz behosdan unga va chavandozning chaqqonligiga qoyil qolamiz. Ot sporti va otni minishga o’rgatadigan mashgulotlar o’rganuvchilarda chaqqonlilik, jasurlik va chidamlilik kabi hislatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Shakllari bo’yicha boy ot sporti odamda jismoniy rivojlanishga yaxshi imkoniyat yaratadi Ot sporti ko’nikmalari ayrim mutaxassislar, masalan geologlar, cho’l zonada ishlovchi vrachlar, harbiylar va boshqalar uchun juda ham qo’l keladi. Ot sporti chavandozlik san’atidir. Bunga har bir xalq o’z xissasini qo’shgan. Ot sportining san’ati chavandoz egarda to’g’ri, chiroyli va muvozanatini saqlab o’tirishi, otni sharoitga qarab boshqarishidan iborat. 3. Sport otlari zotlari Otlar dunyoning hamma yerida urchitiladi. Bugungi kunda bu hayvonlarning bosh soni 62 mln bo’lib, 200 dan ziyod zotlari mavjud (1–jadval). 1 –jadval Ot zotlarining tasnifi
Zot guruhlari Zotlar Otlar xarakteristikasi Salt miniluvchi Axaltaka, sof qonli salt miniluvchi, don, budyonn ы y zotlari Baland bo’yli, juda tez va chidamli Yo’rtoqi yoki yengil arava tortadigan Orlov va rus yo’rtoqi zotlar Kichikroq, tez va ishchan Arava tortadigan Toriy, kuznesk, latviya zotlari Yirik tanali, massiv, ishchan Og’ir yuk tortadigan Sovetskiy va vladimir og’ir yuk tortuvchi zotlar Yirik tanali, kuchli, chidamli Zamonaviy otning bo’yi (yag’rin balandligi) 50 sm dan 185 sm gacha bo’ladi, vazni esa 60 kg dan – 1500 kg gacha yetadi. Hayvon 5–6 yoshida o’sishdan to’xtaydi. Otlar o’rtacha 25–30 yil yashaydi, qayd etilgan eng ko’p yashash muddati 56 yilni tashkil qilgan. Xo’jaliklardagi otlar 14–15 yil, naslli otlar esa 20–25 yilgacha yashaydi. Ot 1,5 yoshda jinsiy yetiladi va 3–3,5 yoshida urchitiladi. Otning yozgi rasionini yaylov o’tlari, ayniqsa kalta poyali donli o’tlar, qishda esa donli o’tlar ko’p bo’lgan yaxshi yaylov pichani tashkil qiladi. Ot bir kecha – kunduzda 100 kg gacha o’t yeyishi mumkin. Undan tashqari otlar so’li, bug’doy, arpa, javdar, makajo’xori, bug’doy kepagi, quritilgan kunjara, lavlagi shinnisi (patoka; rus.), dert, melassa, lavlagi, sabzi va boshqa shirali ildizmevalilar, senaj, silos, o’t granulalarni yeydi. Otlar otxonada saqlanadi. Yilqichilik sohasida malakasi kam odamlar yaxshisi biyani saqlashlari lozim, chunki u yuvoshroq bo’ladi va boshqarilishi osonroqdir. Ishchi ot sifatida bichilgan ayg’ir qo’lanishi afzalroqdir, chunki bichilgandan so’ng ayg’irchalar tinchiydi va yuvoshroq bo’ladi. 4. Ayrim sport otlarining tavsifi 4.1. Salt miniladigan ot zotlari