Ot so'z turkumi dars ishlanmasi
Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili yo’nalishi IV kurs 311-guruh talabasi, Lapasova Maftuna Shavkat qizining bir soatlik dars ishlanmasi Fan: Ona tiliMavzu: Ot so'z turkumi
Mavzu: Ot so'z turkumi Darsning maqsadlari: a) ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga ot so'z turkumi haqida yakuniy bilim berish, mavzusi bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilarga ot so’z turkumi va ular haqida nazariy ma’lumotlar berish, o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish. b) tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash. v) rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, tafakkurini, og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish, gap bo‘laklariga nisbatan bilim, ko‘nikmalarini boyitish. Dars turi: aralashgan dars: nazariy-amaliy, bahs-munozara. Ta’lim metodlari va texnologiyalari: suhbat, “Jadvalni to‘ldiring” usuli, tushuntirish, ko‘rsatish, namuna, og‘zaki va yozma bayon qilish (debat), eshitish, Ta’lim shakllari: slaydlar asosida guruhlarda ishlash Ta’lim usuli: o‘yin va topshiriqlar, bahs-munozara asosida Baholash metodlari: rag‘batlantirish va baholash Axborot manbalari va texnik vositalari: kompyuter, proyektor, ekran, slayd, ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, videolavhalar, Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 daqiqa. Darsning texnologik xaritasi
T/r Mashg‘ulot bosqichlari Ajratil gan vaqt Mashg‘ulot mazmuni Ta’lim metodlari Ta’lim vositalari 1. Tashkiliy qism 5 minut O‘quvchilar bilan salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. Davomatni aniqlash. Dars shiorini va kun hikmati e’lon qilish. Suhbat Jurnal, doska, o‘quv qurollari 2. Kirish qismi (Motivatsiya) 10 minut O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. O‘tilgan mavzuga oid qoida so‘raladi.“Tushunchalar tahlili”, “Zanjir” metodi o‘tkaziladi. Suhbat, ko‘rsatish, “Tushunchalar tahlili”, “Zanjir” Kompyuter, proyektor, slaydlar, darslik, tarqatmalar 3. Yangi mavzu bayoni 15 minut O‘quvchilar mavzu bilan tanishtiriladi. Mavzu bo‘yicha qo‘shimcha nazariy ma’lumotlar beriladi. Mavzuga mos holda tayyorlangan slaydlar o‘quvchilarga ko‘rsatiladi va mazmuni izohlanadi. Suhbat, kichik guruhlarda ishlash, tushuntirish, ko‘rsatish Kompyuter, proyektor, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar, darslik 4. Mustahkamlash (Qo‘llash) 10 minut Mavzuni mustahkamlash uchun “O‘z o‘rningni top!” o‘yini o‘tkaziladi. O‘quvchilar guruhlar asosida darslikdagi topshiriq va mashqlarni bajaradilar. Ularning javoblari umumlashtiriladi. Kichik guruhlarda ishlash, “O‘z o‘rningni top!” o‘yini, “Teskari test” metodi, grammatik topishmoqlar Tarqatma materiallar 5. Yakuniy qism 5 minut Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholanadi. Uyga vazifa beriladi. Rag‘batlantirish, topshiriq berish Rag‘bat kartochkalari, jurnal, darslik Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. (5 daqiqa) a) o‘quvchilar bilan salomlashish; Salomlashgan so‘ng hamma birgalikda quyidagi baytni aytadilar.
Sen bugun sinfda shod yurak bilan Sinov navbatini kutib turasan A’lo mamlakatning a’lo farzandi Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi b) o‘quvchilarni darsga hozirlash; d) o‘quvchilar davomatini aniqlash; e) dars shiori hamda kun hikmatini e’lon qilish va uni muhokama qilish. Dars shiori: Bilagi zo'r birni yiqar, bilimi zo'r - mingni. (O‘zbek xalq maqoli) Kun hikmati : Bilimli kishi xor bo'lmas. (O‘zbek xalq maqoli) Bugungi dasimizda o‘quvchilar bilan guruhlarda ishlash malakasini ham mustahkamlaymiz. O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadilar va nomlaydilar. I guruh II guruh III guruh O’tilgan mavzuni mustahkamlash da o’quvchilar “Aqliy hujum” metodidan foydalanib, savol-javob qilinadi. Bunda uchta guruh qatnashchilariga ham, tezkor savollar beriladi. Berilgan javoblarga qarab o’quvchilar baholanadi. Yangi mavzu bayoni: