Ot so‘z turkumi
Ot so‘z turkumi
Kim ? Nima ? Qayer ?Predmetlik ma’nosini anglatadigan so‘z turkumi ot deyiladi. Ot- mustaqil turkumlardan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi-xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ot so‘zning leksik ma’no tashuvchi qismi (so‘zdagi bunday qism leksema deb yuritiladi ) predmetlik ma’nosini anglatadi. Ot leksema nutqda ikki grammatik kategoriyaning – son kategoriyasi – formasini oladi.
Ot bu ma’noni son, egalik va kelishik grammatik kategoriyalari ifodalaydi. Ot turkumiga kirgan so‘zlar semantik jihatdan turli-tumandir. Otlarga real borliqdagi narsa-predmetlarni anglatgan (uy, dala daraxt ) kabi.
1. Otning asosiy morfologik belgilariga grammatik son, egalik va kelishik kategoriyalari kiradi. 2. Otlarda shu grammatik kategoriyalarga mos ravishda grammatik shakllar sistemasi mavjuddir. 3. Ular orqali xilma-xil grammatik ma’nolar ifodalanadi va ba’zi vaqtlarda turlicha sintaktik vazifada kelishi mumkin. 4. Otning sintaktik belgilariga, birinchi navbatda, uning gapda ega va to‘ldiruvchi vazifasida qo’llanadi. M-n, Dilingda jo’sh urar shodlikning seli. Komila chamadonchani qo‘liga olib, o‘rtog‘ini uy tomon boshladi.
1 ) Atoqli otlar va turdosh otlar; 2 ) Konkret otlar va mavhum otlar; 3 ) Yakka otlar va jamlovchi otlar. Otlar har xil ma’no anglatadi. Shunga ko’ra ularning grammatik xususiyatlari ham turlicha. Otlar quyidagicha leksik- grammatik turlarga bo‘linadi.