logo

Ot so‘z turkumining pragmatik xususiyati

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1747.8896484375 KB
Mavzu: Ot so‘z turkumining pragmatik xususiyati 
Atoqli otlar ichi bo‘sh so‘zlar sifatida.

Atoqli otlarga xos nazariy qarashlar.

Birlamchi nomlar va ularning xususiyatlari.

Ikkilamchi nomlar va ularning xususiyati.  Reja:  Foydalanilgan adabiyotlar:

M.Hakimov, ,,O‘zbek pragmalingvistikasi 
asoslari‘‘. T-2013

Wikipediya.uz axborot sayti.

Sh.Safarov, G.Toirova, ,,Nutqning 
etnosotsioprogmatik tahlili asoslari‘‘. S-
2007 Ichi  bo‘sh  so‘zlar  –  ma’no  qobig‘i  bo‘sh 
so‘zlarga  olmoshlar  va  atoqli  otlar  kiritiladi.  Otlar 
pragmatik  funksiyaga  ega  bo‘lib,  matn  ichida 
ma’lum  nutq  vaziyati  bilan  aloqador  ma’no 
ottenkalari  bilan  to‘ldiriladi.  Aynan  nutq  vaziyati 
bilan  bog‘liq  ma’no  ottenkalari  matnda  pragmatik 
funksiya bajarish uchun xizmat qiladi. Tabiiy ravishda savol tug‘iladi.
Birinchidan,  nima  uchun  olmosh  va  atoqli 
otlar  ,,ichi bo‘sh‘‘ so’zlar deb qaraladi?
Ikkinchidan,  pragmatikaning  muammosi  sifatida 
ularning  qanday  belgilari  yoki  xususiyatlari  asos 
qilib olinadi? Bu  savollarga  javob  topish  uchun  olmosh 
va atoqli otlarga xos mavjud nazariy qarashlarni 
yodga  olishimiz  tabiiydir.  Faqat  shundagina 
ularni pragmatik tahlil qilish mumkin.  So‘zlarni  turkumlarga  ajratishning  til  sistemasi 
bilan  bog  ‘liq  yangicha  talqini  faqat  kontekst,  nutq 
vaziyati  ta’sirida  ma’nosi  oydinlashuvi  so‘zlarning 
pragmatik  xususiyatlari  to‘g‘risida  fikr  yuritish 
imkonini  beradi.  Nutq  vaziyati  va  kontakst  bilan 
bog‘liq  so‘zlarning  yangicha  talqin  va 
tasnifida  ,,Narsa  va  hodisalarni  nomlash  nuqtai 
nazaridan ismlar ikki darajaga bo‘linadi. •
Narsa otlari
•
Belgi otlari
•
Miqdor otlariBirlamc
hi 
nomlar
•
Antroponim
•
Toponim 
•
Gidronim Ikkilam
chi 
nomlar   B
i
r
l
a
m
c
h
i
 	
n
o
m
l
a
rNarsa 
otlari
Belgi otlari
Miqdor 
otlari Bu  ikki  turkum  borliqdagi  narsa  va 
hodisalarni  bevosita  nomlamaydi.  Oldin 
nomlangan  narsalarni  bir-biridan  ajratadi  yoki 
ularga ishora qiladi. Bu jihatdan atoqli otlar va 
olmoshlar  atash  ma’nosiga  ega 
bo‘lmagan  ,,ichi bo‘sh‘‘  so‘zlar sifatida o‘zaro 
umumiylikni hosil qiladi. Lekin  atoqli  otlar  faqat  narsa  otlarini  bir-
biridan  ajratish  uchun  qo‘llanilsa,  olmoshlar 
barcha  so‘z  shakllari  o‘rnida  almashinib  kelib, 
ularga  ishora  qilish  hamda  og‘zaki  va  yozma 
matn tarkibidagi matn qismlarini bajaradi. Atoqli  otlar  ham  o‘zida  leksik  ma’no  ifodalash 
va ishora qilish funksiyasini bajarish nuqtai nazaridan 
olmoshlardek  nominativ  qimmatga  ega.  ,,…Atoqli 
otlar  logik  jihatdan  bu,  shu,  u,  o‘sha  kabi  ko‘rsatish 
olmoshlariga  juda  yaqin  turadi.  Chunki  atoqli  otlar 
ham,  ko‘rsatish  olmoshlari  ham  semantik 
jihatdan, ,,to‘q‘‘ emas, ya’ni ularning har ikkalasi ham 
muayyan  obyektni  bevosita  emas  balki  ayni 
obyektlarga ishora qiladi‘‘. Atoqli  otlar  obyektiv  olamdagi  narsa  va 
hodisalarni  bevosita  nomlamaydi.  Jumladan,  har 
qanday  atoqli  otlar  birini  ikkinchisidan  farqlash 
ma’nosida  ikkilamchi  nomlanish  hisoblanadi. 
Obyektiv  nuqtai  nazardan  qaraladigan  bo‘lsa,  odam, 
kishi,  inson  kabi  nomlar  jonli  zot  uchun  umumiy 
birlamchi nomlanish hisoblanadi. ,,Ikkilamchi  nomlarga  atoqli  otlar  kiradi… 
Bu  jihatdan  atoqli  otlar  atash  ma’nosiga  ega 
bo‘lmagan  ,,ichi  bo‘sh‘‘  so‘zlar  sifatida  o‘zaro 
umumiylikni  hosil  qiladi,  atoqli  otlar  faqat  narsa 
otlarini bir-biridan ajratish uchun qo‘llaniladi‘‘.  Ikkilamch
i nomlar
Antroponi
m  Toponim  Girdonim 
Ilyos, Qodir, 
Jasur, Shahlo Samarqand, 
Toshkent,
  Jizzax Darg‘om kanali
Amudaryo 
Zarafshon daryosi Antroponim  Jasur 
Toponim Samarqand 
Gidronim Amudaryo     Atoqli otlarning konkret ma’nosi ham kontekstda 
namoyon  bo‘ladi.  Jumladan,  ma’lum  matn  tarkibidagi 
axborotning  to‘g‘ri  bo‘lishi  va  to‘g‘ri  anglanishi 
uchun atoqli ot hisoblangan nom – odam haqidagi real 
ma’lumot  so‘zlovchiga  ham,  tinglovchiga  ham 
ma’lum bo‘lishi lozim. Masalan,  Safar  ismli  shaxs  haqidagi  barcha 
ma’lumot  nutq  ishtirokchilariga  nutq  momentiga 
qadar ma’lum bo‘lishi shart.
…  Jilovxonaga  to‘rtinchi  kishi  kirib  keldi.  Bunisi 
jikkak,  qirq  bilan  elliyning  orasi,  yelkasi  turtib 
chiqqan  Safar  bo‘zchi  ismlik  edi.  Imomga  salom 
berib,  so‘fining  yoniga  o‘ltirdi  va  so‘zg‘a  bir  og‘iz 
quloq  solg‘och  tushunar-tushunmas  bahsga  aralashib 
qoldi.  (A.Qodiriy) Xullas,  olmosh  va  atoqli  otlar  narsa  va 
hodisalarni  bevosita  nomlamaydi,  ularga  ishora 
qiladi. Ularning ma’nosi, birinchidan, nutq vaziyati 
bilan bog‘liq ravishda konkretlashadi. Ikkinchidan, 
ma’noning  konkret  ifodalanishi  uchun  so‘zlovchi 
va  nutq  ishtirokchilari  aniq  pragmatik  bilimlarga 
ega bo‘lishi shart.

Mavzu: Ot so‘z turkumining pragmatik xususiyati

 Atoqli otlar ichi bo‘sh so‘zlar sifatida.  Atoqli otlarga xos nazariy qarashlar.  Birlamchi nomlar va ularning xususiyatlari.  Ikkilamchi nomlar va ularning xususiyati. Reja:

Foydalanilgan adabiyotlar:  M.Hakimov, ,,O‘zbek pragmalingvistikasi asoslari‘‘. T-2013  Wikipediya.uz axborot sayti.  Sh.Safarov, G.Toirova, ,,Nutqning etnosotsioprogmatik tahlili asoslari‘‘. S- 2007

Ichi bo‘sh so‘zlar – ma’no qobig‘i bo‘sh so‘zlarga olmoshlar va atoqli otlar kiritiladi. Otlar pragmatik funksiyaga ega bo‘lib, matn ichida ma’lum nutq vaziyati bilan aloqador ma’no ottenkalari bilan to‘ldiriladi. Aynan nutq vaziyati bilan bog‘liq ma’no ottenkalari matnda pragmatik funksiya bajarish uchun xizmat qiladi.

Tabiiy ravishda savol tug‘iladi. Birinchidan, nima uchun olmosh va atoqli otlar ,,ichi bo‘sh‘‘ so’zlar deb qaraladi? Ikkinchidan, pragmatikaning muammosi sifatida ularning qanday belgilari yoki xususiyatlari asos qilib olinadi?