Olmosh so‘z turkumining pragmatik xususiyatlari
Mavzu : Olmosh so‘z turkumining pragmatik xususiyatlari
Reja: 1.Olmosh so‘z turkumining pragmasemantik tabiati. 2.Deyksis belgilar. 3.Kishilik olmoshlariga xos pragmatik belgilar.
• MA‘LUMKI, TILSHUNOSLIKGA OID NAZARIY ADABIYOTLARDA OLMOSH SO‘Z TURKUMI XUSUSIDA BOSHQA SO‘Z TURKUMLARIGA NISBATAN NOAN‘ANAVIY LISONIY QARASHLAR MAVJUD. BUNDAY QARASHLAR, ALBATTA, OLMOSH SO‘Z TURKUMIGA XOS SO‘ZLARNING LINGVISTIK TABIATIGA BOG‘LIQ HOLDA SHAKLLANADI. ICHI BO‘SH SO‘ZLAR- MA‘NO QOBIG‘I BO‘SH SO‘ZLARGA OLMOSHLAR VA ATOQLI OTLAR KIRITILADI. OLMOSH PRAGMATIK FUNKSIYAGA EGA BO‘LIB, MATN ICHIDA MA‘LUM NUTQ VAZIYATI BILAN ALOQADOR MA‘NO OTTENKALARI BILAN TO‘LDIRILADI. AYNAN NUTQ VAZIYATI BILAN BOG‘LIQ MA‘NO OTTENKALARI MATNDA PRAGMATIK FUNKSIYA BAJARISH UCHUN XIZLAT QILADI Ma’lumki, tilshunoslikga oid nazariy adabiyotlarda olmosh so‘z turkumi xususida boshqa so‘z turkumlariga nisbatan noan’anaviy lisoniy qarashlar mavjud. Bunday qarashlar, albatta, olmosh so‘z turkumiga xos so‘zlarning lingvistik tabiatiga bog‘liq holda shakllanadi. Ichi bo‘sh so‘zlar-ma’no qobig‘i bo‘sh so‘zlarga olmoshlar va atoqli otlar kiritiladi. Olmosh pragmatik funksiyaga ega bo‘lib, matn ichida ma’lum nutq vaziyati bilan aloqador ma’no ottenkalari bilan to‘ldiriladi. Aynan nutq vaziyati bilan bog‘liq ma’no ottenkalari matnda pragmatik funksiya bajarish uchun xizmat qiladi.
Olmosh predmet yoki belgini konkret ko‘rsatib bermaydi. Olmoshlarning qaysi so‘z turkumi o‘rnida qo‘llanilishi grammatik bog‘langan nutq jarayonida konkretlashadi. Olmoshning ma’nosi noaniqroq, umumiyroq bo‘ladi. Olmoshlar predmetni faqat ko‘rsatish, ularning mavjudligini bildirish uchun xizmat qiladi. Olmoshning konkret ma’nosi kontekst, situatsiya- nutq jarayonida ishtirok etuvchilarning munosabatiga qarab konkretlashadi. Demak, olmoshlar o‘zining leksik-semantik hamda grammatik belgilaridan tashqari yana boshqa qator xususiyatlarga egaki, bu uni tildagi yangi bir yo‘nalish asosida tadqiq etish imkonini yaratadi.
Nutq vaziyati va kontekst bilan bog‘liq so‘zlarning yangicha talqin va tasnifida "Narsa va hodisalarni nomlash” nuqtai nazaridan ismlar ikki darajaga bo‘linadi. 1. Birlamchi nomlar (narsa otlari, belgi otlari, miqdor otlari) va fe’llar. 2. Ikkilamchi nomlar (antroponim, toponim, gidronim, oronim va hokazo) va olmoshlar kiradi.