Morfologik uslubiyat. Ot uslubiyati.
Morfologik uslubiyat. Ot uslubiyati. Reja: 1.Morfologik uslubiyatning o‘zbek tili uslubshunosligida o‘rganilishi. 2.Morfologiyaning uslubiy manbalari: sinonimlar, dubletlar va variantlar. Ulardagi emotsional-eksperssiv bo‘yoqlarning leksika va so‘z yasovchi vositalardagi nisbattan kamligi. 3.Morfologik vositalarning adabiy til me’yori nuqtai nazaridan barcha vazifaviy uslublar, nutq shakllari va ko‘rinishlari uchun umumiyligi hamda, ayni paytda, qo‘llanishdagi uslublararo chegaralanish holatlari. Kitobiy va og‘zaki uslubda morfologik birliklar qo‘llanishining o‘zaro farqlari. 4.Ot uslubiyati uning o‘zbek uslubshunosligida o‘rganilishi. Otlarda son kategoriyasi va ularning uslubiy xususiyatlari. Egalik kategoriyasi va ularning uslubiy xususiyatlari. Kelishiklar va ko‘makchilar sinonimiyasi. Otlardagi sub’ektiv baho shakllari. Ularning ekspressiv-emotsionallik nuqtai nazaridan tasnifi. 5.Ot turkumi doirasidagi grammatik birliklarda variantlilik va ularning sinonimiyasi uslubiy rang-baranglikni keltirib chiqaruvchi vositalar ekanligi.
MORFOLOGIK STILISTIKA. Ma’lum bir fikrni ifodalash uchun morfologik shakllarning va stilistik qurilmalarning stilistik variantlaridan foydalanish va tilda ana shunday sintaktik va morfologik sinonimiyaning mavjudligi grammatik stilistika haqida ham so‘z yuritishga asos bo‘ladi. Maslan, Men kecha qishlog‘imizga kelgan Ahmedov bilan tanishman. Men qishlog‘imizga kecha kelgan Ahmedov bilan tanishman. Kecha qishlog‘imizga kelgan Ahmedov bilan men tanishman gaplarining uchalasi ham grammatik jihatdan sodda, yoyiq, darak gap. Stilistik jihatdan esa ular fikr nozikliklariga ega. SHunga ko‘ra ularga stilistikada bir xil hodisa sifatida befarq qarash mumkin emas. Stilistika har bir gapning ma’lum maqsadda ishlatilishiga alohida ahamiyat beradi va ularni tanlash imkoniyatini yaratadi, ya’ni: so‘zlovchi bir necha Ahmedovlar ichidan qishloqqa kelgan Ahmedovning tanishligini bayon qilmoqchi bo‘lsa, yuqoridagi gaplarning birinchisidan, agar qishloqqa bir nechta Ahmedov kelib ketgan-u, ammo ulardan qishloqqa faqat kecha kelganininigina tanishligini aytmoqchi bo‘lsa, ikkinchi gapdan foydalanish lozim. Uchinchi gap esa tamoman boshqa maqsad uchun ishlatiladi: bunda qishloqqa kelgan Ahmedov bilan boshqa kishi emas, balki faqat so‘zlovchigina tanish ekanligi ifodalangan. Hozirgi o‘zbek tilida kelishik affikslarining, zamon, mayl shakllarining, ayrim yasovchi affikslarning bir-biriga nisbatan sinonimik munosabatda bo‘lishi, ularning biri o‘rnida ikkinchisini ishlatish imkoniyati masalasi ham grammatik stilistikaning o‘rganish ob’ektidir. Ming yillik aloqalar natijasida o‘zbek tiliga arab, fors-tojik tillaridan turli- tuman grammatik shaklllar kirib kuldi. Ularning ba’zilari sof o‘zbek affikslariga sinonim bo‘lib qoldi. Bunday affikslarning ba’zilari hozir ham qo‘llanmoqda. Jumladan, fors-tojik tilidan qabul qilingan no-, be-, ser-, ba- kabi prefikslardan no-, -be - prefikslari o‘zbek tilidagi sifat yasovchi – li affiksi bilan sinonimdir. Lekin ularning qaysi negizlarga qo‘shila olish, qo‘shila olmaslik xususiyatini, qaysi vaqtlarda biri o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin emasligini – sinonim bo‘la olmasligini bilish lozim. Masalan, noo‘rin, nobop, nomahram so‘zlaridagi no- prefiksi o‘rnida o‘zbekcha –siz affiksini ishlatish mumkin bo‘lmagani kabi,
o‘zbekcha tuzsiz so‘zidagi –siz o‘rnida no- prefiksini qo‘llash mumkin emas. CHog‘ishtiring : noto‘g‘ri//to‘g‘risiz, nobop//bopsiz, nomahram//mahramsiz, tuzsiz//notuz kabi. Stilist, adabiy kuzatuv ishi bilan shug‘ullanuvchi kishi, normativ grammatika talablarini hisobga olish bilan birga, morfologik va sintaktik vositalardan stilistik maqsadda foydalana olish imkoniyatlariga ham ahamiyat berishi kerak. Tilning u yoki bu grammatik shakli ma’lum davr uchun eskirgan bo‘lishi yoki faqat yoki faqat ayrim uslublar uchungina xarakterli bo‘lib qolishi mumkin. SHu sababli zarur grammatik shaklni tanlayotganda, uning to‘ri yoki noto‘g‘ri tanlanganligini tekshirayotganda matn mazmuni, uning qanday janrga tegishli ekanligi, qaysi davr voqea-hodisasi bayoniga bag‘ishlanganligi yoki umumiy stilistik yo‘nalishini albatta hisobga olish lozim. Sintaktik vositalarning va so‘z turkumlarining stilistik maqsadda qo‘llanishi faqat ularning ma’ndeb chegaralab qo‘yish ham to‘g‘ri emas.osi bilangina emas, balki ayrim qo‘rilma va grammatik shakllarning bir necha xil variantlarga ega bo‘lishi, u yoki bu kqurilma va shakllarning birini ozroq, birini esa ko‘proq qo‘llanishi adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari bilan ham bog‘liqdir. Lekin sintaktik sinonimlarning va morfologik variantlarning qo‘llanishida ularning bir-biridan farqi grammatikami yoki stilistikami ekanligini anglash lozim. Qurilma va grammatik shakllarning har qanday farqlanishiha stilistik qiymatga ega bo‘la bermaydi. Stilistikaning ob’ektini faqat sinonimiya hodisasini o‘rganish deb chegaralab qo‘yish ham to‘g‘ri emas. +++ Morfologik stilistika. Uslubshunoslikda morfologiya doirasidagi grammatik ko‘rsatkichlarda uslubiy imkoniyatlar chegaralangan, degan fikr mavjud. Bu mulohazani hatto V.V.Vinogradov, A.M.Peshkovskiydek taniqli tilshunoslar ham e’tirof etishgan. M.N.Kojina bu haqda quyidagilarni yozgan: “Morfologik vositalar leksik va so‘z yasovchi vositalardan farq qilib, ularga nisbatan kam
darajada emotsional-ekspressiv, ammo u yoki bu shaklni og‘zaki-so‘zlashuv yoki ilmiy va rasmiy usulbga xos yozma-kitobiy doiralarda bo‘lgan an’analar bilan bog‘liq holda ko‘proq funksional bo‘yoq beradi”. 1 R.Qo‘ng‘urov ko‘p yillik kuzatishlari natijalariga tayanib, ana shu qarashning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi hamda uning sabablarini o‘zbek tilidagi grammatik shakllarning semantik-stilistik xususiyatlari to‘g‘risida keng miqyosda monografik kuzatishlar amalga oshirilmayotganligi, affikslarning sinonimiyasi, omonimiya, polisemiya va antonimiyasi etarli tadqiq etilmaganligi bilan izohlaydi. 2 Fikrni isbotlash uchun keltirilgan dalillar asosli, albatta. Ammo amalda esa olim ot so‘z turkumining egalik, kelishik, sub’ektiv baho ifodalovchi grammatik shakllari misolidagi kuzatishlari bilan morfologik ko‘rsatkichlarda ham uslubiy imkoniyatlarning keng ekanligini isbotlab berdi. Agar bu tadqiqotlar doirasiga uning olmosh, sifat va ko‘makchilar uslubiyati, 3 M.Sodiqovaning fe’l uslubiyati 4 yuzasidan olib borgan kuzatishlarini ham kiritsak, o‘zbek tili morfologiyasining uslubiy imkoniyatlari haqidagi xulosa biroz shoshilib aytilganday tuyuladi. R.Qo‘ng‘urovning quyidagi fikriga ham munosabat bildirishga to‘g‘ri keladi: “To‘g‘ri, ba’zi olimlar grammatik formalarning qaysi biri qaysi stilda ko‘proq ishlatilishini aniqlash ham stilistikaning vazifasiga kiradi, deyishadi va shundan kelib chiqib, grammatik formalarning stillarda qo‘llanish statistikasi bilan shug‘ullanishni lozim ko‘radilar. Ma’lum darajada bu usul ham ayrim formalarning qaysi stilga xosligini aniqlashga yordam beradi. Lekin bu masalani to‘liq va to‘g‘ri hal qilib berolmaydi”. 5 1 Кожина М.Н. Стилистические ресурсы русского языка как предмет исследования лингвистической стилистики. Глава вторая . Дата индексирования: 30.11.2004 . 120 Kb - http://syrrik.narod.ru/ kozhina.htm . 2 2 Қўнғуров Р. Юқоридаги асар, 12-13-бетлар. 3 3 Қўнғуров Р. Олмош стилистикасига оид айрим мулоҳазалар // Ўзбек тили стилистикасидан кузатишлар. – Самарқанд, 1981, 4-21-бетлар; Шу муаллиф. Сифат стилистикаси // Ўзбек тили стилистикаси ва нутқ маданияти масалалари. – Самарқанд, 1982. 3-10-бетлар.Шу муаллиф. Кўмакчилар синонимиясига доир // Ўзбек тили стилистикаси ва нутқ маданияти масалалари. – Самарқанд, 1982. 20-41-бетлар. 4 4 Содиқова М. Феъл стилистикаси. – Тошкент, 1975. 5 5 Қўнғуров Р. Субъектив баҳо формаларининг семантик ва стилистик хусусиятлари, 13-бет.
Harqalay, grammatik shakllar o‘rtasida sinonimik munosabatlar mavjud bo‘lishining o‘zi bir boylik. Ularning qo‘llanishida ajralishlar yuz berib, farqlanishlar, nozikliklar sezilib, qaysi vazifaviy uslubda qaysi morfologik birlikning faol qo‘llanilishi tobora aniq bo‘lib borishi esa ona tilimiz uslubiy ko‘lamining yana ham kengayayotganidan dalolat beradi, degan fikr tarafdorimiz. Lekin “grammatik stilistika, xususan morfologik stilistika ko‘proq ma’no masalasi, ingrent adgrent ekspressivlik masalalari bilan shug‘ullanadi”, 6 deganda olim mutlaqo haq. M.N.Kojina ta’kidlaydiki, morfologiyaning stilistik resurslarini faqat stilistik sinonimiya bilan chegaralab qo‘yish to‘g‘ri emas. CHunki morfologik vositalar leksik vositalardan farqli o‘laroq nutqning barcha uslublari, janrlari va shakllarida bab-baravar qo‘llaniladi. Leksikaning funksionla-stilistik qatlamlanishi haqida gapirish mumkin bo‘lgani holda, u fikrni umumiy xarakter kasb etadigan grammatika, uning kategoriyalari, shakllari va qurilishlari haqida aytib bo‘lmaydi. Ammo, baribir funksional-stilistik ixtisoslashish grammatikani ham zabt etadi. Bu ikki holatda ifodalanadi: birinchidan, turli funksional uslublarda u yoki bu shakllarning qo‘llanish chastotasining turli darajadaligi; ikkinchidan, ayrim shakllar ma’nolarining ayrim funksional uslublar bilan bog‘liqligi (Mana shu ma’nolarni funksional-stilistik deb atash mumkin). Ikkinchi holat asosan muhim. CHunki, morfologik sathdagi til birliklarining semantik-grammatik xususiyatlarida u yoki bu uslubning o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi. Morfologiyaning stilistik resurslariga morfologik shakllarning shunday funksional imkoniyatlari daxldorki, ular bir xil shakllarga turli xil stilistik vazifalarni ado etish uchun imkon beradi. Bu bilan ko‘pincha semantika tomon siljish ro‘y beradi. Nihoyat, an’anaviy stilistika o‘z o‘rganish orbitasiga morfologik vositalar beradigan barcha ma’no ottenkalarini qamrab oladi. 2 6 6 Қўнғуров Р. Юқоридаги асар, 13-бет. 2 Кожина М.Н. Стилистические ресурсы русского языка как предмет исследования лингвистической стилистики. Глава вторая . Дата индексирования: 30.11.2004 . 120 Kb - http://syrrik.narod.ru/ kozhina.htm .