logo

USLUBIYAT (STILISTIKA). NUTQ USLUBLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.7783203125 KB
   USLUBIYAT  (STILISTIKA).  NUTQ    USLUBLARI
Reja:
1. Uslubiyat haqida umumiy ma’lumot
2. Nutq   uslublari:   so‘zlashuv     uslubi,   ilmiy     uslub,   rasmiy-idoraviy   uslub,
ommabop  (publitsistik) uslub,  badiiy  uslub.
3. Nutq  madaniyati 
4. Uslubiyat   turlari:   leksik   uslubiyat,   fonetik   uslubiyat,   grammatik
uslubiyat, morfologoik uslubiyat, sintaktik uslubiyat. 1-§.  Uslubiyat haqida umumiy ma’lumot
      U s l u b i y a t    tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida  til
hodisalarining   maqsadga,   sharoitga   va   muhitga   mos   ravishda   foydalanish
qonuniyatlari     bilan     tanishtiradi.   Uslubiyatda   uslublar,   til   vositalarining   nutqda
qo‘llanish   yo‘llari,   fonetik,   lug‘aviy,   frazeologik   va   grammatik   birliklarning
qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi.
       Adabiy   tilning   ijtimoiy   hayotdagi   ma’lum   bir   sohada   qo‘llanadigan,   bir
qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan  ko‘rinishi  adabiy til uslubi  deyiladi.
Uslub   orqali   so‘zlovchi   shaxs   narsalarga,   voqealarga   shaxsiy   munosabatini   aks
ettiradi.
      O‘zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor:   so‘zlashuv uslubi,
badiiy  uslub,  rasmiy  uslub,  ommabop  uslub,  ilmiy  uslub     (Ayrim   darsliklarda
so‘zlashuv   uslubidan   boshqa   barcha   uslublar     kitobiy  uslub     degan   umumiy  nom
ostida   beriladi):       durust,   metro,   ko‘k,   tuzuk   (so‘zlashuv   uslubi);     moviy,
metropoliten  (kitobiy). 
     Har   bir   uslubni   yaratuvchi   vositalar   mavjud.   Bularni   quyidagi   turlarga
bo‘lish mumkin: 
1.   Leksik   vositalar:   Sinonim,   omonim,   antonim,   paronim,   ko‘p   ma’nolilik,   tag
ma’no   (gapning   tagida   yashiringan   ma’no),   sifatlash,   o‘xshatishlar,   frazeologik
birlik, sheva, noadabiy so‘zlar (jargon, argo, so‘kish, qarg‘ish kabilar) kasb-hunar
so‘zlari,  mubolag‘a (giperbola), arxaik va tarixiy so‘zlar, atamalar.  
2. Fonetik vositalar:   nutq tovushlari, ohang, urg‘u.
3.   Grammatik   vositalar:     a)   morfologik   vositalar:   har   bir   so‘z   turkumi;   b)
sintaktik   vositalar:   gap   bo‘laklari,   ritorik   so‘roq   gaplar,   undalma,   kirish   so‘z,
kirish birikma, sodda va qo‘shma gaplar, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar.
    Ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lgan so‘zlar   uslubiy xoslangan so‘zlar   deb
yuritiladi:   yanglig‘     so‘zi badiiy uslubga,   omonim, sinonim   so‘zlari ilmiy uslubga,
balli, ketvorgan  kabi so‘zlar so‘zlashuv uslubiga,  faollar yig‘ilishi, siyosiy maydon
kabi so‘z birikmalari ommabop uslubga  xosdir.  So‘zlashuv uslubida ham, kitobiy
uslubda   ham   ishlatilaveradigan   so‘zlar   uslubiy   betaraf   so‘zlar   hisoblanadi:   suv, tog‘   ,   bola,   xat.   Bu   so‘zlar   ko‘chma   ma’noda   qo‘llansa,   ma’lum   bir   uslubga
tegishli bo‘lishi mumkin. 
2-§.  Nutq uslublari
 1. So‘zlashuv  uslubi
     Uyda,     ko‘chada,   insonlarning   o‘zaro   so‘zlashuvida   qo‘llanadigan   uslub
so‘zlashuv     uslubi   deb   ataladi.   Bu   uslubning         adabiy   til   me’yorlariga   rioya
qiladigan   ko‘rinishi   adabiy   so‘zlashuv   uslubi   deb   yuritilsa,   bunday   me’yorlarga
rioya   qilinmaydigan   ko‘rinishi   oddiy   so‘zlashuv   uslubi   deb   ataladi.   So‘zlashuv
uslubidagi   nutq   ko‘pincha   dialogik   shaklda   bo‘ladi.   Ikki     yoki   undan   ortiq
shaxsning luqmasidan tuzilgan nutq  dialogik nutq  deyiladi.
      So‘zlashuv uslubida  ko‘pincha  turli  uslubiy   bo‘yoqli   so‘zlar, grammatik
vositalar, tovushlar  tushib qolishi, orttirilishi mumkin:  Kep  qoling!  Obbo , hamma
ishni  do‘ndiribsiz-da.  Mazza  qildik.   Ketaqo-o-ol !
      So‘zlashuv   uslubida     gapdagi   so‘zlar   tartibi   ancha   erkin   bo‘ladi,   piching,
qochiriqlar,   kinoyalar   ko‘plab   ishlatiladi.   Ko‘proq   sodda   gaplar,   to‘liqsiz   gaplar,
undalmali gaplardan foydalaniladi.
2.  Ilmiy  uslub
      Fan-texnikaning  turli  tarmoqlariga  doir ilmiy asarlar, darsliklar        yoziladi.
Mantiqlilik, aniqlik   bu uslubga xos xususiyatlardir. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar
asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo‘lishi bilan boshqa
uslublardan   farq   qiladi:       YOmg‘ir   -   suyuq   tomchi   holidagi   atmosfera   yog‘ini.
Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo‘ladi.
     Ilmiy uslubda   har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu
uslubda so‘zlar   o‘z  ma’nosida qo‘llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga
xizmat   qiladigan   ajratilgan   bo‘laklar,   kirish   so‘zlar,   kirish   birikmalar,   shuningdek,
qo‘shma  gaplardan  ko‘proq foydalaniladi.
 3. Rasmiy-idoraviy uslub
      Davlat   idoralari     tomonidan   chiqariladigan   qarorlar,   qonunlar,   nizomlar,
xalqaro   hujjatlar   rasmiy-idoraviy   uslubda     yoziladi.   Ariza,   tilxat,   ma’lumotnoma,
chaqiruv     qog‘   ozi,   taklifnoma,   shartnoma,   tarjimai   hol,   e’lon,   tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday  uslubdagi hujjatlar
qisqa,   aniq,   barcha   uchun   tushunarli   qilib   tuziladi.   Bu   uslubning   asosiy   belgisi:
jumlalarning   bir   qolipda,   bir   xil   shaklda   bo‘lishi.   Bu   uslubda   ham   so‘zlar   o‘z
ma’nosida   qo‘llanadi,   ko‘pchilikka   ma’lum   bo‘lgan   ayrim   qisqartma   so‘zlar
ishlatiladi,   har   bir   sohaning   o‘ziga   xos     atamalaridan   foydalaniladi,   q aror   q ilindi,
inobatga   olinsin,   ijro   uchun   q abul   qilinsin,   tasdi q lanadi,   yuklatilsin,   tayinlansin
kabi so‘z va so‘z birikmalari ko‘plab uchraydi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko‘pincha
darak   gaplardan,   qaror,   buyruq,   ko‘rsatma   kabilarda   esa   buyruq     gaplardan     ham
foydalaniladi.   Bu     uslubda   gap   bo‘laklarining   odatdagi   tartibda   bo‘lishiga   rioya
qilinadi:   O‘z   lavozimini   suiiste’mol   qilganligi   uchun   M.Ahmedovga   hayfsan   e’lon
qilinsin .
  4. Ommabop  (publitsistik) uslub
      Tashviqot-targ‘ibot   ishlarni   olib   borishda   qo‘llanadigan     uslub,   ya’ni
matbuot   uslubi   ommabop   uslub   hisoblanadi.   Soddalik,   tushunarli   bo‘lish,
ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy belgilaridan
hisoblanadi.   Ommabop   uslubning   radio,   televidenieda   ishlatiladigan   ko‘rinishi
og‘zaki   ommabop   uslub   deyilsa,   gazeta,   jurnallarda   ishlatiladigan   ko‘rinishi
yozma   ommabop   uslub   hisoblanadi.   Bu   uslubda   ijtimoiy-siyosiy   so‘zlar   ko‘p
qo‘llanadi. Nutq ta’sirchan bo‘lishi uchun ta’sirchan so‘z va birikmalardan, maqol
va   hikmatli   so‘zlardan   ham   foydalaniladi.   Bunday   uslubda   gap     bo‘laklari
odatdagi     tartibda     bo‘ladi,   kesimlar   buyruq     va     xabar     maylidagi   fe’llar   bilan
ifodalanadi,   darak,   his-hayajon  va  ritorik  so‘roq  gaplardan,   yoyiq  undalmalardan,
takroriy   so‘z   va   birikmalardan   unumli   foydalaniladi:   1.   Azamat   paxtakorlarimiz
mo‘l   hosil   etishtirish   uchun   fidokorona   mehnat   qilishyapti.   2.   Partiya   faollari
o‘zlarining navbatdagi majlisiga yig‘ilishdi.
5. Badiiy  uslub
      Voqelikni   badiiy   obrazlar   (timsollar)   vositasida   aks   ettirib,   tinglovchi   yoki
o‘quvchiga   estetik   jihatdan   ta’sir   qiluvchi   uslub   badiiy   uslub   deb   ataladi.   Badiiy
asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga
ma’lumot   berish   bilan   birga,   timsollar   (obrazlar)   vositasida   estetik   ta’sir   ham ko‘rsatadi:   O‘lkamizda   fasllar   kelinchagi   bo‘lmish   bahor   o‘z   sepini   yoymoqda.
Badiiy uslubda   qahramonlar nutqida oddiy nutq so‘zlari, sheva,   vulgarizmlardan
ham foydalaniladi.
      Badiiy     uslub   aralash   uslub   hisoblanadi,   chunki   bu   uslubda   so‘zlashuv   va
kitobiy uslublarga xos o‘rinlar ham uchraydi.
3-§.  Nutq  madaniyati haqida
                  Nutq   to‘g‘   ri,   aniq   va   yoqimli   bo‘lishi   lozim.   To‘g‘   ri,   aniq   va   yoqimli
gapirish uchun mantiqiy izchillikka va adabiy me’yorlarga rioya qilish kerak.
                  Nutq  madaniyati   deganda     mantiqiy    izchillikka, adabiy  til  me’yorlariga
rioya qilgan holda to‘g‘ ri, aniq va yoqimli so‘zlash tushuniladi.
USLUBIYAT TURLARI
1-§.  Yozma va og‘zaki nutq me’yorlari haqida
                  Lug‘aviy,     grammatik,     uslubiy     me’yorlar     adabiy     tilning     hamma
ko‘rinishlari   uchun   xarakterli,   imlo   va   tinish   belgilarga   oid   me’yorlar     adabiy
tilning faqat  yo z m a  shakli uchun, to‘g‘ ri talaffuz me’yorlari esa faqat  o g‘zaki
nutq shakli uchun xosdir.
2-§.  Leksik uslubiyat
1.   Omonimlarning   uslubiy   xususiyatlari .   Nutqda     omonimlardan   foydalangan
holda   turli   so‘z   o‘yinlari   hosil   qilinadi :   Qo‘lingdan   kelgancha   chiqar   yaxshi   ot ,
Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni  ot , Nasihatim yod qilib ol, farzandim, Yolg‘iz yursa
chang   chiqarmas   yaxshi   ot .   Bu   o‘rinda   ot     omonim   so‘zlari   turlicha   ma’nolarni
ifodalayapti. Omonim so‘zlardan foydalangan holda so‘z o‘yinlarini yaratish    tajnis
(jinos ) san’ati deyiladi. Badiiy adabiyotda shu badiiy san’at qo‘llanib yaratilgan to‘rt
qator she’r esa   tuyuq   deb ataladi. 
2.   Sinonimlarning   uslubiy   xususiyatlari .     Sinonimlarni   qo‘llashda   hissiy-ta’siriy
bo‘yoq   mavjudligi   jihatidan   farqlanadi:   yuz,   aft,   bashara,   bet,   chehra,   jamol,
ruxsor, diydor   sinonimik qatoridagi   yuz   so‘zi ma’nosi betaraf so‘z bo‘lsa,   bet, aft
so‘zlari   salbiy   bo‘yoqqa   ega,   bashara   so‘zida   esa   salbiy   bo‘yoq   yanada   kuchli,
turq   so‘zida   bashara   so‘ziga   nisbatan   ham   kuchliroqdir;   chehra   ijobiy   bo‘yoqqa
ega,   jamol   so‘zida   bu   bo‘yoq   yanada   kuchli.   SHuningdek,   sinonimlarning ishlatilish   doirasi   chegaralangan   yoki   chegaralanmagan   bo‘lishi   mumkin:   keksa,
qari,   oqsoqol,   nuroniy,   mo‘ysafid   sinonimik   qatoridagi   qari   so‘zining   ishlatilish
doirasi   keng,   qolganlariniki   esa   chegaralangan.   Sinonimlarni   o‘rinsiz   ishlatish
oqibatida   turli   uslubiy   xatolar   kelib   chiqadi:   Buldozer   ko‘chamizda   yiqilay   deb
turgan   devorlarni  bir chekkaga surib  yo‘l  ochar edi   gapida   yiqilay   so‘zi noo‘rin
qo‘llangan,   chunki   bu   so‘z   odamlarga   nisbatan   ishlatiladi;   bu   gapda   devorga
nisbatan  qulamoq   so‘zi ishlatilishi kerak edi.
3.   Antonimlarning   uslubiy   xususiyatlari .     Antonimlardan   to‘g‘   ri   foydalana
olmaslik ham uslubiy xatoliklarni keltirib chiqaradi:      Choyxona mudiri YUsufjon
Nozimov   turmushning   issiq-chuchugini   totigan   kishiga   o‘xshaydi.   Bu   gapdagi
issiq-chuchugini   juftligi   o‘rnida   achchiq-chuchugini   juftligi   ishlatilishi   kerak   edi.
Antonimlardan foydalangan holda yaratiladigan badiiy san’at  tazod (antiteza)  deb
ataladi.
4.   Paronimlarning   uslubiy   xususiyatlari .   Paronimlarni   to‘g‘   ri   qo‘llamaslik
natijasida   ham   xatoliklar   kelib   chiqadi:   Chanoqlardagi   lo‘ppi   ochilgan   paxtalar
quyoshda   yarqirab   kumushdek   toblanadi .     Bu   gapdagi   toblanadi   so‘zi   o‘rnida
tovlanadi  so‘zi ishlatilishi kerak edi. 
5.   Turli   sabablarga   ko‘ra   qo‘llanishi   chegaralangan   so‘zlarning   uslubiy
xususiyatlari . Bunday so‘zlarga eskirgan va yangi so‘zlar, sheva, kasb-hunarga oid
so‘zlar,   atamalar,   jargonlar   kiradi.   Nutqda   bu   kabi   so‘zlar   ham   muhim   uslubiy
vazifalar  bajaradi.  Arxaizmlardan  badiiy  yoki   ommabop  asarlarda  nutqqa  kinoya,
hajv   ruhini   kiritish   uchun   foydalanil     sa,   tarixiy   so‘zlardan   o‘tmish   voqeligini
ifodalash   maqsadida   foydalaniladi.   Sheva   so‘zlari   mahalliy   ruhni   ifodalashda
ishlatilsa,   atamalar   ilmiy   va   badiiy   asarlarda   fan-texnikaga   oid   tushunchalarni
ifodalash   uchun   ishlatiladi,   jargonlar   esa   ma’lum   toifaga   mansub   kishilar   nutqini
berish uchun zarurdir. 
       Albatta,   bu   guruh   so‘zlardan   foydalanganda,   chegaradan   chiqmaslik   lozim,
aks holda nutqda g‘alizlik paydo bo‘ladi: 
1. Terilgan paxtani tashib turish uchun  ko‘tarimchi  ajratildi.  2.   Buning   ustiga   tokarlik   stanogining   reztsoderjateli   o‘rniga   maxsus   moslama
tayyorlanib   unga   grebenlarni   tozalovchi   frez   o‘rnatildi.   Birinchi   gapda
ko‘tarimchi    degan o‘rinsiz yasalgan yangi so‘z ishlatilgan bo‘lsa, ikkinchi  gapda
atamalar me’yordan ortiq   ishlatilgan. 
      Nutqda   ibora,   tasviriy   ifoda   va   maqollar     ham   ma’lum   uslubiy   vazifa
bajaradi.   Iboralardagi   omonimlik,   sinonimlik,   antonimlik   xususiyatlari,   tasviriy
ifodalardagi   balandparvozlik,   maqollardagi   mazmuniy   ixchamlik   katta   uslubiy
imkoniyatlar yaratadi:   Bir yoqadan bosh chiqarmoq   iborasi badiiy nutqqa mansub
bo‘lsa,   bir   jon,   bir   tan   bo‘lmoq   iborasi   umumnutqqa   xosdir.   Yozuvchi   va
shoirlarimiz   ham   ibora   va   maqollar   ijod   qilishadi:   O‘likning   yog‘ini,   tirikning
tirnog‘ini eydi bu. (Abdulla Qahhor) O‘qsiz soldat – qilichsiz qin. (Oybek)
6.  Mubolag‘a   ( yoki   giperbola)   uslubiy   vosita   bo‘lib,     ifodalangan  tushunchaning
ko‘pirtirib,   orttirilib   tasvirlanishidir.   Mubolag‘a   xalq   dostonlarida,   ertaklarda,
aytishuv   va   loflarda     faol   ishlatiladi:   To‘qson   molning   terisidan   kavushi...
(“Alpomish” dostonidan)
7. Sifatlash ( yoki  epitet)  narsa, shaxs,    hodisalarning belgisini ifodalash vositasidir.
Bu   vazifada   tilimizdagi   belgi   bildiruvchi   so‘z   turkumlari   (asosan,     sifatlar)
qo‘llanadi:  Zolim  jallod, bilmaganim bildirgin...  (“Kuntug‘ mish” dostonidan)
3-§.  Fonetik uslubiyat
 1. Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari
     1)   asir,   devon   kabi   so‘zlardagi   tovushlarning   noto‘g‘   ri   ( asr,   divan   kabi)
talaffuz qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga keladi.          
     2)   –da, -va, -qa (yoki -q)     kabi bo‘g‘inlardan keyin yana shunday tovushlar
bilan   boshlanadigan   so‘zlarni   keltirish   nutqiy   g‘alizlikni   keltirib   chiqaradi:
So‘zlarning gapda qo‘llanishi  va   va zifalari...
2. Urg‘uning uslubiy xususiyatlari     So‘z urg‘usining ko‘chishi shu so‘z ma’nosini o‘zgartirishi mumkin:   yangи́
kiyim (sifat)   -   я	
́ngi     damlandi   (ravish).   Gapda   ohangning     o‘zgarishi   ham   yangi
uslubiy mazmun paydo bo‘lishiga olib keladi:    Siz ahmoq odam emassiz  jumlasida
ahmoq   so‘zidan   keyin   to‘xtam   (pauza)   qilinsa,   fikr   qaratilgan   shaxsning   ham
ahmoq, ham odam emasligi ifodalanishi mumkin:  Siz ahmoq,  odam emassiz.
 
   GRAMMATIK USLUBIYAT.   MORFOLOGIK  USLUBIYAT
1-§.  Ot turkumiga xos uslubiy xususiyatlar 
1. Kelishik qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari. 
Kelishik qo‘shimchalari o‘zaro almashib qo‘llanishi mumkin: 
1)   – ni   va   – dan   qo‘shimchalari   almashib   qo‘llanishi   mumkin:   Qani,   osh dan   ( ni )
oling, mehmon. 
2)   – ni   va   – ga     qo‘shimchalari   almashib   qo‘llanishi   mumkin:   Gapingiz ga
(gapingiz ni ) tushunmadim.
3)  – ni  va  – da   qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin:  Dala ni  ( da ) aylandim.
4 )  –ning   va   –dan   qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin:   kelganlar ning  biri
– kelganlar dan  biri.
5) kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar almashib qo‘llanadi:
      a)   – ga     qo‘shimchasi   o‘rnida   uchun   ko‘makchisi   qo‘llanadi:   Ukam ga   oldim   –
Ukam  uchun  oldim.
   b)  – da   qo‘shimchasi o‘rnida  bilan  ko‘makchisi qo‘llanadi:  Xatni qalam da  yozdi
– Xatni qalam  bilan  yozdi.
     v)   – dan    qo‘shimchasi o‘rnida   orqali   ko‘makchisi qo‘llanadi:   Xabarni radio dan
eshitdik – Xabarni radio  orqali  eshitdik. 
      g)   – ni     qo‘shimchasi   o‘rnida   haqida   ko‘makchisi   qo‘llanadi:     Akasi   kelgani ni
gapirdi – Akasi kelgani  haqida  gapirdi. 
2. Egalik qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari. 
1)   otlarda   qo‘llangan   egalik   qo‘shimchasi   qaratqich   kelishigi   qo‘shimchasining
mavjudligini,   qaratqich   kelishigi   qo‘shimchasi   esa   egalik   qo‘shimchasining
mavjudligini ko‘rsatib turadi:  maktab hovli si , biz ning  maktab. 2)   egalik   (qarashlilik   ma’nosi)   – niki   qo‘shimchasi   yordamida   ham   ifodalanishi
ham   mumkin,   faqat   bu   qo‘shimcha   shaxs-son   ko‘rsatmaydi:   Biz ning   maktab   –
maktab biz niki . 
3) qaratqichli birikmalarda shaxs almashib qo‘llanishi ham mumkin:  Mening  uyim
shu erda –  Kaminaning  uyi shu erda. 
3.   Ot   yasovchi   qo‘shimchalarning   uslubiy   xususiyatlari .   Bu   qo‘shimchalar
orasida  o‘zaro  sinonim   bo‘lgan   qo‘shimchalar  ham   uchraydi:       adabiyot shunos   –
adabiyot chi , mehnat kash  – mehnat chi .  
2-§.  Sifat turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
1. Sifatlardagi   qiyosiy  darajani  yasovchi   –roq   qo‘shimchasi  o‘rnida              –mtir,  -
imtil,   -ish   qo‘shimchalari   qo‘llanishi   mumkin:   ko‘k roq   –   ko‘k ish ,   qora roq   –
qora mtir .
2.   Sifat   yasovchi   qo‘shimchalar   orasida   sinonimlik   hodisasi   ko‘plab   uchraydi:
ayb dor   –   ayb li ,   ser g‘ayrat   –   g‘ayrat li ,   chop qir   –   chop ag‘   on ,   be g‘ubor   –
g‘ubor siz ,  ba ma’ni – ma’ni li . 
3. Bu qo‘shimchalar orasida antonimlik hodisasi ham uchraydi:  suv li  – suv siz .
3-§.  Olmosh turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
1.   U,   bu,   shu   olmoshlari   o‘rnida   bir     so‘zi   (yoki   bir   xil   so‘zlari)   qo‘llanadi:   Bir
(shunday)   chamanki,   atrofida   bulbullar   giryon.   Bir   xil   (shunday)   odamlar
tushunmaydi. 
2.   Men     olmoshi   o‘rnida   kamina   so‘zi,   siz     o‘rnida   o‘zlari   so‘zi   qo‘llanadi:   Bu
ishda   kaminaning   zarracha   tajribasi   yo‘q.   Siz   va’da   bergan   edingiz   –   O‘zlari
va’da bergan edilar.
3. Ilmiy ishlarda, rasmiy hujjatlarda, yig‘ilishlarda    men    olmoshining o‘rnida   biz
olmoshi ishlatiladi :  Bizning  ( mening ) bu ilmiy ishimizda ko‘rsatish olmoshlarining
xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi . 
4.   Hurmatni   ifodalash   uchun   sen     olmoshi   o‘rnida   siz     olmoshi   ishlatiladi.   Siz
bugun   kelasizmi?     Aksincha   hurmatsizlikni   ifodalash   uchun   esa   sen   olmoshiga
ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shiladi:  Senlar  buni tushunmaysanlar. 5.   Ko‘rsatish   olmoshlari   ta’kidlash,   ajratish   ma’nolarini   ifodalaydi:   Kitob   –   bu
dono maslahatchi.
4-§.  Fe’llarga xos uslubiy xususiyatlar
1. S h axs-son qo‘shimchalarining sinonimiyasi:
1)   fe’lning   2-shaxs   birlik   qo‘shimchasi   o‘rnida   2-shaxs   ko‘plik   qo‘shimchasi
qo‘llanadi:  Amaki, ertaga kela siz mi?
2)   fe’lning   1-shaxs   birlik   qo‘shimchasi   o‘rnida   2-shaxs   birlik   qo‘shimchasi
ishlatiladi:  Tabiatning ishlariga hayron qola san  kishi.
3)   2-shaxs   ko‘plik   o‘rnida   1-shaxs   ko‘plik   qo‘shimchasi   qo‘llanadi:   Bolalar,
bugun diktant yoza miz .
4)   2-shaxs   ko‘plik   o‘rnida   3-shaxs   birlik   qo‘shimchasi   ishlatiladi:   U   norozi
ohangda dedi: - Shunaqa ish bilan hazillashib bo‘la di mi?
2. Zamon qo‘shimchalarining sinonimiyasi: 
1)   hozirgi   zamon   davom   fe’li     o‘rnida   hozirgi-kelasi   zamon   shakli   qo‘lla-nadi:
Butun qishloq ular haqida  gaplashishadi  ( gaplashishyapti ).  
2)   kelasi   zamon   o‘rnida   hozirgi   zamon   shakli   qo‘llanadi:   Ertaga   terimga
tushyapmiz.  
3)   hozirgi   zamon   o‘rnida   o‘tgan   zamon   shakli   keladi:   Qarasam,   yugurib
kelayotibdi.
3. Mayl qo‘shimchalari sinonimiyasi:
1) ijro maylidagi fe’l buyruq mayli o‘rnida keladi:  Qani,  ketdik , bolalar.
2) ijro mayli shart mayli o‘rnida keladi:  Kelaman  dedingmi , kelish kerak.
4. Nisbat qo‘shimchalari sinonimiyasi:
1) birgalik nisbati qo‘shimchasi ko‘plik qo‘shimchasiga sinonimdir:   Ular kel ish di
– Ular keldi lar .
2) nisbat qo‘shimchalari ichida o‘zaro sinonimlikni hosil qiladiganlari ham bor:  -l,
il,-n, -in, -sh, -ish; -t, -tir, -dir, -ir, -giz; -kiz, -kaz, -qiz, -qaz.
5. Fe’l yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi: 
1) ba’zi yasama fe’llar iboralarga sinonim bo‘ladi:  gul la di – gulga kirdi. 2)   qo‘shimcha   yordamida   yasalgan   fe’llar   qo‘shma   fe’llarga   sinonim   bo‘ladi:
himoya la di – himoya qildi.
3)   fe’l   yasovchilar   o‘zaro   sinonim   bo‘ladi:   siz la moq   –   siz sira moq,   suv sa moq-
suv sira moq.   
SINTAKTIK USLUBIYAT
1-§.  Gap bo‘laklarining uslubiy xususiyatlari
1)   sifatlovchi   aniqlovchilar   ot   bilan   ifodalansa,   majoziy   ma’no   ifodalaydigan
bo‘lib   qoladi:   Kumush   choyshab   yopib   dalalar,   qor   qo‘ynida   uxlab   yotadi.
(Uyg‘un)
2)   sifatlovchi   aniqlovchilar   turli   so‘z   turkumlaridan   tuzilib,   sifatlash   vazifasini
bajargan ibora va so‘z birikmalari bilan ifodalanadi:   Osmon o‘par   tog‘lar,   bag‘ ri
keng  inson,  cheki yo‘q  qirlar,  fikri tiniq  insonlar.
3)   sifatlovchi-aniqlovchi   takroriy   so‘zlar   bilan   ifodalanganda   ma’no   kuchayishi
yuz beradi:  Baland-baland  binolar tez uchray boshladi. 
4)   izohlovchi   ham   uslubiy   vazifa   bajaradi.   Ma’lumki,   izohlovchi   laqab,
qarindoshlik,   o‘xshatish   kabi   ma’nolarni   ifodalash   uchun   xizmat   qiladi.     Bunda
ma’lum shaxsga nisbatan munosabat seziladi, ya’ni uslubiy ma’no yuzaga keladi:
Mamajon quruq, Ali tajang, Soli sovuq    va h. O‘xshashlik ma’nosidagi izohlovchi
jumlaga ko‘tarinkilik(pafos) xususiyatini kiritadi:  ona-Vatan, gulchalar-qizchalar. 
5)   ajratilgan   bo‘laklar   jumla   tarkibidagi   ayrim   bo‘laklarga   urg‘u   berish,   ularni
alohida   ajratib   ko‘rsatish,   shaxs   va   narsa   haqida   qo‘shimcha   ma’lumot   berish,
belgi-xususitlarni   ta’kidlash   kabi   vazifalarni   bajaradi:   Biz,   yoshlar ,     ota-
bobolarimiz merosini ko‘z qorachig‘iday asrashimiz lozim.
6)   undalmalar     ham   turli   uslubiy   vazifalarni   bajaradi.   Ular   gap   boshida   va
o‘rtasida   kelsa,   chaqiriq   va     murojaatni   ifodalaydi:   Uka ,   mening   yo‘qligimni
bilintirma.     Gap   oxirida   kelgan   undalma     tinglovchiga   nisbatan   hurmat,
muhabbatni     ifodalaydi:     Tuprog‘ingni   zar   bilarman,   ona-Vatanim!       Bulardan
tashqari   undalmalar   iltimosni,   so‘zlovchining   his-tuyg‘usini,       kuchli   ehtirosini,
ko‘tarinki holatni, piching va kinoyani ifodalash uchun ham xizmat qiladi.  7)   kirish   so‘z   va   kirish   birikmalar   so‘zlovchining   o‘z   fikriga   bo‘lgan
munosabatini   bildiradi.   Bu   munosabat     sifat,   son,   olmosh,   fe’l   va   modal   so‘zlar
yordamida ifodalanib, gumon, tasdiq, inkor, fikr tartibi, fikr izohi, e’tiborni tortish,
xulosa, ikki fikrni o‘zaro bog‘lash kabi ma’nolarni aks ettiradi:   U bugun kelmaydi,
shekilli .  
2-§.  Ayrim gap turlari o‘rtasidagi sinonimiya
1) ayni bir fikr gapning har xil turlari bilan ifodalanadi: 
a)   sodda   gap   bilan:   Har   kim   ekkanini   o‘radi .   b)   qo‘shma   gap   bilan:   Kim   nimani
eksa, shuni o‘radi.   
2)   bir   bosh   bo‘lakli   va   ikki   bosh   bo‘lakli   gaplar   o‘zaro   sinonim   bo‘ladi:   Bugun
ketamiz – Biz bugun ketamiz. 
3) darak va so‘roq gap sinonim bo‘ladi:  Vatanni kim sevmaydi – Vatanni hamma 
sevadi.
3-§.  Qo‘shma gaplarning uslubiy xususiyatlari
1) bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibida biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari o‘rnida
–u, -yu, -da   yuklamalari sinonim holatda qo‘llanishi mumkin:  Havo bulutlashdi  va
yomg‘ir yog‘a boshladi. Havo bulutlashdi- yu , yomg‘ir yog‘a boshladi . 
2) ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar sodda gaplarga
sinonim bo‘ladi:  Shunisi aniqki, biz bugun yo‘lga chiqa olmaymiz -  Bizning bugun
yo‘lga chiqa olmasligimiz aniq . 
3) sabab, maqsad, o‘xshatish ergash gaplarning kesimlari sifatdosh, harakat nomi,
ot   bilan   ifodalansa,   sodda   gaplarga   sinonim   bo‘ladi:   Tog‘     etagi   juda   go‘zal   edi,
go‘yo   chiroyli   gilam   to‘shalganday   –   C h iroyli   gilam   to‘shalganday   tog‘     etagi
juda go‘zal edi. 
4)   payt,   sabab,   shart,   to‘siqsiz,   natija,   ravish   ergash   gaplarni   o‘z   doirasida
sinonimlari bilan almashtirish mumkin: 
U kelsa (kelgan paytda, kelar ekan), hamma ketib bo‘libdi.
5)   bog‘lovchisiz   qo‘shma   gaplar   bog‘langan   va   ergashgan   qo‘shma   gaplarga
sinonim bo‘ladi:  Qor yog‘ di – don yog‘ di (Qor yog‘ sa, don yog‘adi. Qor yog‘ di-
yu, don yog‘ di). 4-§. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplarning uslubiy xususiyatlari 
      Birovlarning   hech   o‘zgarishsiz   berilgan   gapi   (ko‘chirma   gap)   o‘zgalarning
mazmuni   saqlanib,   shakli   o‘zgartirilgan   holda   berilgan   gapi   (o‘zga   gap)   bilan
sinonimik   holatda   bo‘ladi:   O‘qituvchimiz     dedi:   “Topshiriqlarni   o‘z   vaqtida
bajaring”   –   O‘qituvchimiz   topshiriqlarni   o‘z   vaqtida   bajarish   lozimligi   haqida
gapirdi.
      Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda quyidagi o‘zgarishlar yuz
beradi: 
1.   Ko‘chirma   gap   birikmali   to‘ldiruvchiga   aylanadi:   “Hamma   yig‘ildi”,   -   dedi
navbatchi.   Navbatchi  hammaning yig‘ilganini  aytdi.
2. Ko‘chirma gap tarkibidagi undalma vositali to‘ldiruvchiga aylanadi : “ Rasulbek ,
biz   bilan   yuring”,   -   deb   taklif   qildi   do‘sti.     Rasulbekka   do‘sti   o‘zlari   bilan
yurishni taklif qildi.
3.   Ko‘chirma   gap   tarkibida     kirish   so‘z   vazifasida   kelgan   undovlar,   taqlid   so‘zlar
tushiriladi:  “Voy, qo‘rqib ketyapman”, - dedi xotini. Xotini qo‘rqib ketayotganini aytdi.
Savol va topshiriqlar
1. Uslubiyat nima va bu bo‘limda nimalar o‘rganiladi? 2. Adabiy til uslubining ta’rifini ayting. 3.
So‘zlashuv   uslubi   haqida   gapiring.   4.   So‘zlashuv   uslubida   ko‘proq   qanday   gaplardan
foydalaniladi?   5.   Ilmiy   uslub   haqida   gapiring.   6.   Ilmiy   uslubda   ko‘proq   qanday   til   vositalaridan
foydalaniladi? 7. Rasmiy-idoraviy uslubda nimalar yoziladi? 8. Rasmiy-idoraviy uslubda qanday
gaplardan foydalaniladi? 9. Ommabop uslub haqida gapiring. 10. Ommabop uslubda qanday gap
va til vositalaridan foydalaniladi? 11. Badiiy uslubning xususiyatlari haqida gapiring. 12. Badiiy
uslub nega aralash uslub deyiladi?  13. Nima uchun ma’nodoshlik uslubiyatning asosi deyiladi?
14.   To‘liq   sinonimlar   haqida   gapiring.   15.   Ma’noviy   sinonimlar   haqida   so‘zlang.   16.   Uslubiy
sinonimlar   haqida   gapiring.   17.   Frazeologik   sinonimlar   haqida   gapiring.   18.   Grammatik
sinonimlar   haqida   so‘zlang.   19.   Qanday   me’yorlar   adabiy   tilning   hamma   ko‘rinishlari   uchun
xos?   20.   Qanday   me’yorlar   adabiy   tilning   hamma   ko‘rinishlari   uchun   xos   emas?   21.   Nutq
madaniyati   haqida   so‘zlang.     22.   Omonimlarninng   uslubiy   xususiyatlari   haqida   gapiring.   23.   Sino -
nimlarninng   uslubiy   xususiyatlari   haqida   gapiring.   24.   Antoni mlar ning   uslubiy   xususiyatlari   haqida
gapiring. 25. Paronimlarning uslu biy xususiyatlari haqida gapiring. 26. Turli sabablarga ko‘ra qo‘llanishi chegaralangan   so‘zlarning   uslubiy   xususiyatlari     haqida   gapiring.   27.   Nutq   tovushlarining     uslubiy
xususiyatlari haqida gapiring. 28. Ur g`u ning uslubiy xususiyatlari haqida gapiring. 29. Kelishik qo‘shim -
chalarining   uslubiy   xususiyatlari   haqida   gapiring.   30.   Egalik   qo‘shimcha larining   uslubiy   xususiyatlari
haqida gapiring. 31. Ot yasovchi qo‘shim chalarning uslubiy  xususiyatlari haqida gapiring.  11. Sifatning uslu biy
xususiyatlari   haqida   gapiring.   32.   Olmoshning   uslubiy   xususiyat lari   haqida   gapiring.   33.   Shaxs-son
qo‘shimchalarining uslubiy xusu siyatlari haqida gapiring. 34. Mayl qo‘shimchalarining uslubiy xusu siyatlari
haqida   gapiring.   35.   Nisbat   qo‘shimchalarining   uslubiy   xususiyatlari   haqida   gapiring.   36.   Fe’l   yasovchi
qo‘shimchalarning uslubiy xususiyatlari haqida gapiring. 37. Gap bo‘laklarining   uslubiy xususiyatlari haqida
gapiring. 38. Ayrim gap bo‘laklari o‘rtasidagi sinonimiya haqida gapiring. 39. Qo‘shma gaplarning   uslubiy
xususiyatlari haqida gapiring.

USLUBIYAT (STILISTIKA). NUTQ USLUBLARI Reja: 1. Uslubiyat haqida umumiy ma’lumot 2. Nutq uslublari: so‘zlashuv uslubi, ilmiy uslub, rasmiy-idoraviy uslub, ommabop (publitsistik) uslub, badiiy uslub. 3. Nutq madaniyati 4. Uslubiyat turlari: leksik uslubiyat, fonetik uslubiyat, grammatik uslubiyat, morfologoik uslubiyat, sintaktik uslubiyat.

1-§. Uslubiyat haqida umumiy ma’lumot U s l u b i y a t tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo‘llanish yo‘llari, fonetik, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘llanadigan, bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ko‘rinishi adabiy til uslubi deyiladi. Uslub orqali so‘zlovchi shaxs narsalarga, voqealarga shaxsiy munosabatini aks ettiradi. O‘zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor: so‘zlashuv uslubi, badiiy uslub, rasmiy uslub, ommabop uslub, ilmiy uslub (Ayrim darsliklarda so‘zlashuv uslubidan boshqa barcha uslublar kitobiy uslub degan umumiy nom ostida beriladi): durust, metro, ko‘k, tuzuk (so‘zlashuv uslubi); moviy, metropoliten (kitobiy). Har bir uslubni yaratuvchi vositalar mavjud. Bularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 1. Leksik vositalar: Sinonim, omonim, antonim, paronim, ko‘p ma’nolilik, tag ma’no (gapning tagida yashiringan ma’no), sifatlash, o‘xshatishlar, frazeologik birlik, sheva, noadabiy so‘zlar (jargon, argo, so‘kish, qarg‘ish kabilar) kasb-hunar so‘zlari, mubolag‘a (giperbola), arxaik va tarixiy so‘zlar, atamalar. 2. Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg‘u. 3. Grammatik vositalar: a) morfologik vositalar: har bir so‘z turkumi; b) sintaktik vositalar: gap bo‘laklari, ritorik so‘roq gaplar, undalma, kirish so‘z, kirish birikma, sodda va qo‘shma gaplar, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar. Ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lgan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar deb yuritiladi: yanglig‘ so‘zi badiiy uslubga, omonim, sinonim so‘zlari ilmiy uslubga, balli, ketvorgan kabi so‘zlar so‘zlashuv uslubiga, faollar yig‘ilishi, siyosiy maydon kabi so‘z birikmalari ommabop uslubga xosdir. So‘zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatilaveradigan so‘zlar uslubiy betaraf so‘zlar hisoblanadi: suv,

tog‘ , bola, xat. Bu so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llansa, ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lishi mumkin. 2-§. Nutq uslublari 1. So‘zlashuv uslubi Uyda, ko‘chada, insonlarning o‘zaro so‘zlashuvida qo‘llanadigan uslub so‘zlashuv uslubi deb ataladi. Bu uslubning adabiy til me’yorlariga rioya qiladigan ko‘rinishi adabiy so‘zlashuv uslubi deb yuritilsa, bunday me’yorlarga rioya qilinmaydigan ko‘rinishi oddiy so‘zlashuv uslubi deb ataladi. So‘zlashuv uslubidagi nutq ko‘pincha dialogik shaklda bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan tuzilgan nutq dialogik nutq deyiladi. So‘zlashuv uslubida ko‘pincha turli uslubiy bo‘yoqli so‘zlar, grammatik vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! Obbo , hamma ishni do‘ndiribsiz-da. Mazza qildik. Ketaqo-o-ol ! So‘zlashuv uslubida gapdagi so‘zlar tartibi ancha erkin bo‘ladi, piching, qochiriqlar, kinoyalar ko‘plab ishlatiladi. Ko‘proq sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. 2. Ilmiy uslub Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar yoziladi. Mantiqlilik, aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo‘lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: YOmg‘ir - suyuq tomchi holidagi atmosfera yog‘ini. Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo‘ladi. Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlar, kirish birikmalar, shuningdek, qo‘shma gaplardan ko‘proq foydalaniladi. 3. Rasmiy-idoraviy uslub Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma,

dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy belgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. Bu uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi, q aror q ilindi, inobatga olinsin, ijro uchun q abul qilinsin, tasdi q lanadi, yuklatilsin, tayinlansin kabi so‘z va so‘z birikmalari ko‘plab uchraydi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo‘laklarining odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi: O‘z lavozimini suiiste’mol qilganligi uchun M.Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin . 4. Ommabop (publitsistik) uslub Tashviqot-targ‘ibot ishlarni olib borishda qo‘llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Soddalik, tushunarli bo‘lish, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Ommabop uslubning radio, televidenieda ishlatiladigan ko‘rinishi og‘zaki ommabop uslub deyilsa, gazeta, jurnallarda ishlatiladigan ko‘rinishi yozma ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Nutq ta’sirchan bo‘lishi uchun ta’sirchan so‘z va birikmalardan, maqol va hikmatli so‘zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so‘roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so‘z va birikmalardan unumli foydalaniladi: 1. Azamat paxtakorlarimiz mo‘l hosil etishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti. 2. Partiya faollari o‘zlarining navbatdagi majlisiga yig‘ilishdi. 5. Badiiy uslub Voqelikni badiiy obrazlar (timsollar) vositasida aks ettirib, tinglovchi yoki o‘quvchiga estetik jihatdan ta’sir qiluvchi uslub badiiy uslub deb ataladi. Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estetik ta’sir ham

ko‘rsatadi: O‘lkamizda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor o‘z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so‘zlari, sheva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi. Badiiy uslub aralash uslub hisoblanadi, chunki bu uslubda so‘zlashuv va kitobiy uslublarga xos o‘rinlar ham uchraydi. 3-§. Nutq madaniyati haqida Nutq to‘g‘ ri, aniq va yoqimli bo‘lishi lozim. To‘g‘ ri, aniq va yoqimli gapirish uchun mantiqiy izchillikka va adabiy me’yorlarga rioya qilish kerak. Nutq madaniyati deganda mantiqiy izchillikka, adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to‘g‘ ri, aniq va yoqimli so‘zlash tushuniladi. USLUBIYAT TURLARI 1-§. Yozma va og‘zaki nutq me’yorlari haqida Lug‘aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning hamma ko‘rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning faqat yo z m a shakli uchun, to‘g‘ ri talaffuz me’yorlari esa faqat o g‘zaki nutq shakli uchun xosdir. 2-§. Leksik uslubiyat 1. Omonimlarning uslubiy xususiyatlari . Nutqda omonimlardan foydalangan holda turli so‘z o‘yinlari hosil qilinadi : Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot , Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot , Nasihatim yod qilib ol, farzandim, Yolg‘iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot . Bu o‘rinda ot omonim so‘zlari turlicha ma’nolarni ifodalayapti. Omonim so‘zlardan foydalangan holda so‘z o‘yinlarini yaratish tajnis (jinos ) san’ati deyiladi. Badiiy adabiyotda shu badiiy san’at qo‘llanib yaratilgan to‘rt qator she’r esa tuyuq deb ataladi. 2. Sinonimlarning uslubiy xususiyatlari . Sinonimlarni qo‘llashda hissiy-ta’siriy bo‘yoq mavjudligi jihatidan farqlanadi: yuz, aft, bashara, bet, chehra, jamol, ruxsor, diydor sinonimik qatoridagi yuz so‘zi ma’nosi betaraf so‘z bo‘lsa, bet, aft so‘zlari salbiy bo‘yoqqa ega, bashara so‘zida esa salbiy bo‘yoq yanada kuchli, turq so‘zida bashara so‘ziga nisbatan ham kuchliroqdir; chehra ijobiy bo‘yoqqa ega, jamol so‘zida bu bo‘yoq yanada kuchli. SHuningdek, sinonimlarning