logo

Sintaktik uslubiyat. Sodda gaplar uslubiyati.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

47.6015625 KB
Sintaktik uslubiyat. Sodda gaplar uslubiyati.
R e j a:
1. Sintaktik uslubiyatning mundarijasi, maqsad va vazifalari.
2. Sintaksisning stilistik imkoniyatlari.
3. Ilmiy uslub sintaksisi elementlari.
4. So‘zlashuv uslubining sintaktik elementlari.
5. Badiiy uslub sintaksisi elementlari.
6. Sintaktik sinonimiya stilistik vosita sifatida.
-gap bo‘laklari sinonimiyasi;
-so‘z birikmasi doirasida sinonimiya;
-gaplar   sinonimiyasi:   sodda   gaplar   sinonimiyasi,   qo‘shma   gaplar
sinonimiyasi.
7. Ifoda maqsadiga ko‘ra gap turlarining stilistik xususiyatlari.
8. Tasdiq va inkor gaplarning qo‘llanishi.
9. Bir tarkibli gaplarning stilistik xususiyatlari :
-shaxsi aniq gap;    
  -shaxsi noaniq gap;
-shaxsi umumlashgan gap;
-egasi topilmaydigan gap;                  
   -nominativ gap.
10. Gap bo‘laklarning funksional qo‘llanishi.
11. Gapda so‘zlar tartibining stilistik vazifasi.
12. Uyushiq bo‘laklarning stilistik vazifasi.
13. Undalma stilistik vosita sifatida.
14. Kirish bo‘laklarning va kiritmalarning stilistik xususiyatlari. 1.  Sintaktik  uslubiyatning  mundarijasi,  maqsad  va  vazifalari.   Verli  M.:
«Uslub   so‘zga   qaraganda   ko‘proq   gapda   shakllanadi».   Galperin   I.   R.:   uslubning
o‘ziga xos belgilari uning sintaktik qurilishidadir. Gvozdev A. N.: «Sintaksisning
stilistika uchun juda muhimligi shu bilan belgilanadiki, gap nutqning asosiy birligi
sifatida tafakkur va aloqa uchun xizmat qiladi.
Gapda   so‘zlarning   oddiy   tartibining   o‘zi   turli   variantlarni   hosil   qiladi,   turli
ma’no yoki ekspressiv ottenkalar ifodalaydi.
Funksional uslublarning shaklanishida sintaksis muhim rol o‘ynaydi. Ayrim
sintaktik hodisalar stilistik vosita sifatida funksional chegaralanganligi bilan o‘ziga
xos   xususiyatlarga   ham   egadir.   Masalan,   sifatdosh   va   ravishdosh   oborotlar,
bog‘lovchilarning ayrim turlari ko‘proq kitobiy nutqqa xos bo‘lib, ifodaga kitobiy
kolorit   beradi,   to‘liqsiz   gaplar,   ko‘pgina   elliptik   qurilmalar,   kesimi   undov   va
harakat   nomi   bilan   ifodalangan   gaplar   ko‘proq   so‘zlashuv   nutqida   qo‘llanadi.
Poetik   sintaksis   vositalari   esa   badiiy   nutq   uchun   xarakterlidir.   Ayrim   sintaktik
birliklar   ma’lum   funksional   stillarda   keng   qo‘llanib,   boshqalari   uchun   esa   tipik
bo‘lmaydi.   Masalan,   ergashgan   qo‘shma   gaplar,   yig‘iq   gaplar   funksional   stilning
bir   ko‘rinishida   ko‘p,   boshqa   ko‘rinishida   esa   kam   qo‘llanadi.   Ammo   bunday
hollarda   ham   gapning   konkret   tipi,   uning   tuzilishi,   leksik   va   morfologik   tarkibi
funksional stillar uchun umumiy xarakterda bo‘ladi.
Ayniqsa,   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   rivojlangan   sintaktik   hodisalar
sinonimiyasi funksional stil uchun tuganmas manbadir.
  2.   Sintaksisning   stilistik   imkoniyatlari.   Sintaktik   stilistika   birliklarini
belgilash   bu   sohaning   predmetini   belgilash   demakdir.   Ritorika,   poetika,   adabiyot
nazariyasida sintaktik figuralar deb atalgan qurilmalar stilistik snntaksis vositalari
deb   qaraladi.   Bundan   tashqari,   o‘rinli   va   original   qo‘llangan   sintaktik   qurilmalar
ham stilistik vositalar bo‘lib xizmat qiladi.
Antik   ritorikadan   boshlab   sintaktik   figuralar   deb   atalayotgan   hodisalar
(ritorik   so‘roq,   ellips,   gradatsiya,   band,   anafora,   epifora,   takror,   antiteza   kabilar)
badiiy-poetik   sintaksis   birliklari   hisoblanadi.   O‘zbek   tili   badiiy-poetik   sintaksisi
elementlari haqida fikr yuritilganda ham,        shular tilga olinadi. O‘zbek tili taraqqiyotining hozirgi bosqichida funksional uslublar farqlanib,
uning   ilmiy,   badiiy,   publitsistik,   rasmiy   ish   qog‘ozlari,   so‘zlashuv   kabi   uslublari
shakllandi.
Sintaktik   qurilmalar   nutq   uslublarida   neytral   bo‘lgani   kabi,   funksional
xarakterda   ham   bo‘ladi.   Sintaktik   stilistika   uchun   neytral   xarakterdagi   sintaktik
vositalar emas, nutq uslublariga xoslangan funksional sintaktik vositalar muhimdir.
  3.   Ilmiy   uslub   sintaksisi   elementlari.   Ilmiy   nutq   uchun   fikrni   aniq,   logik
izchillik bilan ifodalash xarakterlidir.
Umuman,   ifodaning   logik   izchil   bo‘lishi,   bunda   logik   uquv,   logik   zehn,
logik   qobiliyatga   mo‘ljallanishi,   mana   shu   maqsadda   ifodaning   intellektual
elementlariga   ko‘p   murojaat   qilinishi   ilmiy   uslubning   asosiy   belgilaridan
hisoblanadi.
Ilmiy asarlar mulohaza va isbotdan iborat bo‘ladi. Isbot   aniq   bayon qilinadi.
Buning   uchun   ifodaning   to‘liq   bo‘lishi   lozim.   SHunga   ko‘ra   ham   ilmiy   matnlar
uchun   to‘liq   gaplar   xarakterli.   Bunda   to‘liqsiz   gap   fikrning   aniqligiga   putur
etkazadi.
Ilmiy   ifodada   logik   izchillikni   ta’minlovchi   muayyan   so‘z   tartibiga   amal
qilish   muhimdir.   Bunda   o‘zbek   adabiy   tilining   grammatik   qurilishi   talablariga
rioya   qilinadi.   SHu   bilan   birga,   fikrni   aniq,   izchil   ifodalash   uchun   ba’zan   gap
bo‘laklarining tartibini o‘zgartish ham mumkin.
Ilmiy   nutqning   o‘ziga   xos   belgilaridan   yana   biri   unda   qo‘shma   gap,   uning
murakkab   tiplarining   keng   qo‘llanishidir.   Qo‘shma   gap   komponetlari   ko‘pincha
semantik   munosabatlarni   aniqroq   ifodalovchi   bog‘lovchi   va   bog‘lovchi
vazifasidagi   boshqa   vositalar   orqali   birikadi.   Juda   ko‘p   hollarda   chunki, shuning
uchun,	
 shu	 sababli   kabi   bog‘lovchilar,   shart   mayli   va   ravishdosh   shakllari,   -dek
affiksi kabilardan keng foydalaniladi.
Ilmiy   uslubda   passiv   qurilmali   gaplar,   bir   tarkibli   gap   tiplaridan   egasi
topilmaydigan gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy   asarlarning   isbot,   xulosa   qismlarida   shunday ekan,	 aytiladi,	 deb
ataladi,	
 masalan,	 to‘xtab	 o‘taylik,	 diqqat	 qilaylik,	 diqqat	 qiling,	 qiyoslang,	 qiyos
qiling   kabi iboralardan keng foydalaniladi.
Ilmiy   matnlar   uchun   o‘quvchining   diqqatini   bayon   qilinayotgan   hodisaga
jalb   qilish   maqsadida   ayrim   so‘zlar,   so‘z   birikmalari,   gaplarni   ajratish,   havola   va
turli izohlar berish ham xarakterlidir.
  4.   So‘zlashuv   uslubining   sintaktik   elementlari.   So‘zlashuv   uslubi
so‘zlashuv   nutqi   tushunchasidan   farq   qiladi.   So‘zlashuv   nutqi   adabiy   so‘zlashuv
uslubi   bo‘lib,   tilning   adabiy   normalariga   mos   keladi.   U   «ishlangan»,   «tartibga
solingan» bo‘lib, kasbi yoki mutaxassisligidan qat’i nazar, shu tilda so‘zlashuvchi
har bir kishi uchun tushunarli bo‘lgan asosiy uslub hisoblanadi.
So‘zlashuv   uslubi   erkin   holda   shakllanishi   bilan   farqlanadi,   unda
emotsionallik   kuchli   bo‘ladi.   So‘zlashuv   nutqida   adabiy   so‘zlashuv   nutqiga   xos
elementlarning   biror   jihatdan   adabiy   til   normalariga   mos   kelmaydigan
qurilmalarining   qo‘llaiishi   mumkinligi   ham   uning   xarakterli   belgilaridan
hisoblanadi.
So‘zlashuv nutqi sintaktikasining o‘ziga xos belgilari uning nutq momentida
shakllanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Oddiy so‘zlashuvning asosiy sintaktik belgilari quyidagilar:
1.Fikr ko‘proq to‘liqsiz gap shaklida ifodalanadi.
2.Faqat kesimdan tashkil topgan to‘liqsiz gaplar ko‘p qo‘llanadi.
3.               Sifatdosh	
 +	 emish,	 sifatdosh+ekan   qurilmalari   hamda   tuslangan
ravishdoshlar bilan ifodalangan gaplar ko‘p ishlatiladi.
4.               Maqol va hikmatli so‘zlar, turli xalq iboralari keng qo‘llanadi.
5.               Inversiya xarakterli.
  5.   Badiiy   uslub   sintaksisi   elementlari.   Badiiy   nutq   kommunikativ   va
estetik   vazifa   bajaradi.   «Badiiy   uslubning   boshqa   uslublardan   ajralib   turadigan
asosiy belgisi,— deb yozadi  A. I. Efimov,— uning estetik vazifasi, obrazliligi va
ekspressivligidir». Badiiy   uslubning   qo‘llanish   doirasi   juda   keng   bo‘lib,   tematik   va   stilistik
tomondan chegaralanmagan. Bunda barcha uslub imko-niyatlaridan foydalaniladi,
shu bilan birga, adabiy til normalaridan chekinilishi mumkin.
Badiiy   uslub   sintaksisi   sifatlovchining   keng   qo‘llanishi,   so‘z   tartibida
teskari,   sub’ektiv   tartibga   keng   yo‘l   qo‘yilishi,   ritorik   so‘roq   va   undov   gaplar,
sintaktik figuralarning ko‘p qo‘llanishi kabi holatlar bilan xarakterlanadi.
  6. Sintaktik sinonimiya stilistik vosita sifatida.   Fikrni to‘g‘ri va ta’sirchan
ifodalashda sintaktik sinonimiya imkoniyatidan keng foydalaniladi.
Stilistikada   sinonim   va   variant   tushunchalari   farq   qilinadi.   Sinonim   ma’no
ottenkasini   ko‘rsatadi.   Variant   esa   aniq   ma’no   ottenkasiga   ega   bo‘lmaydi.   U   bir
ma’no   ottenkasi   doirasida   bo‘ladi.   SHendels   E.   I.:   «Variantlar   sinonim  
hisoblanmaydi,     ular       yo     ma’no     jihatidan       bir     xil     dublet   bo‘ladi   yoki
ma’nosidagi   farqi   grammatik   ma’nolar   sistemasiga   ta’sir   ko‘rsatmaydi».
Qiyoslang: Bu boqqa	 juda	 ko‘p	 mehnatimiz	 singgan    	(0)	 -      	Mehnatimiz	 bu	 boqqa
juda	
 ko‘p	 singgan;
Sintaktik   sinonimiya   gap   bo‘lagi,   so‘z   birikmasi,   gap   doirasida   bo‘lishi
mumkin.
-gap   bo‘laklari   sinonimiyasi.   Odatda,   gap   bo‘laklarining   har   biri
sinonimiya hosil qilishi mumkin. Masalan:
1.   Bir   tarkibli   gaplarning   bir   turida   kesim   harakat   nomi   (o‘qish,	
 o‘qimoq,
o‘quv)   hamda   kerak,	
 zarur,	 lozim,	 darkor   kabi   so‘zlarning   qo‘shilishidan   tashkil
topgan   qurilmalar   bilan   ifodalanadi.   Bular   kesim   sinonimiyasidir.
Qiyoslang:   Jasoratlariga   ofarin   o‘qimoq   kerak.   (0.)	
 Lekin	 zarur	 vaqtdagina
tilga   erk   bermoq   lozim.   (0.)   SHuning	
 uchun	 ularni	 g‘aflatdan   uyg‘otish   darkor.
(0.)   Aql,	
 fahm-farosat	 bi-lan	 ko‘ngilni   yo‘lga solib turish kerak.   (A.	 Q.)
Ko‘makchili   va   kelishikli   shakldagi   to‘ldiruvchi   va   hollar   sinonimiya   hosil
qiladi.
To‘ldiruvchi sinonimiyasi:   Olim uchun   vijdon	
 ham	 o‘tkir	 ilm	 kabi	 zarur.	 (J.
A.)   Olimga   vijdon	
 ham	 o‘tkir	 ilm	 kabi	 zarur. Hol   sinonimiyasi:   Abdulla   sevinganidan   sakrab yuboray	 dedi.	 (U.	 U.)
Abdulla   sevingani uchun (sababli)   sakrab	
 yuboray	 dedi.
-so‘z   birikmasi   doirasida   sinonimiya.   Bunday   sinonimiya   ko‘proq   tobe
bo‘lak   shakllari   asosida   hosil   bo‘ladi.   Tobe   bo‘lagi   turli   kelishik   shakllari   bilan
ifodalangan so‘z birikmalari sinonimiya hosil qiladi:
-bosh   va   tushum   kelishiklari   o‘rtasida:   Zulfiyani,   boradi,	
 	deb
o‘yladim.   —   Zulfiya   boradi,	
 deb	 o‘yladim.
-tushum   va   jo‘nalish   kelishiklari   o‘rtasida:   O‘qishni   o‘rgandim.
—   O‘qishga   o‘rgandim;   velosipedni   minmoq   —   velosipedga   minmoq.
-qaratqich   va   chiqish   kelishiklari
o‘rtasida:   studentlarning   biri   —   studentlardan   biri.
Tobe   bo‘lagi   tushum   va   o‘rin-payt   kelishiklari   bilan   ifodalangan   so‘z
birikmalari:   ko‘chada   izg‘imoq   —   ko‘chani   izg‘imoq.
-   tushum   va   chiqish   kelishiklari
o‘rtasida:   kamchiliklarni   gapirmoq   —   kamchiliklar dan   gapirmoq.
Kelishikli   va   ko‘makchili   qurilmalar   sinonimiya   hosil   qiladi:   telefon
orqali   so‘zlashmoq   —   telefonda   so‘zlashmoq;   televizor
orqali   ko‘rsatish   —   televizorda   ko‘rsatish;   Zulfiya
uchun   olmoq   —   Zulfiyaga   olmoq   va boshqalar.
Qaratuvchi-qaralmish   birikmasi   sifatlovchi-sifatlanmish   birikmasi   bilan
sinonimiya   hosil   qiladi:   Guruhimizdagi   barcha   talabalar   sport	
 	bilan
shug‘ullanadi   —   Guruhimizningbarcha talabalari   sport	
 bilan	 shug‘ullanadi.
Aniqlovchi-aniqlanmish birikmasi tojikcha izofali birikma bilan sinonimiya
hosil qiladi:   azim	
 daryo   —   daryoyi	 azim,	 istirohat	 bog‘i   —   bog‘i	 istirohat,	 doston
madhi   —   madhi	
 doston,	 bedavo	 dard   —   dardi	 bedavo,	 nafs	 balosi   —   baloyi	 nafs,
suhbat	
 ahli   —   ahli	 suhbat.
Izofali   birikma   ko‘proq   badiiy,   so‘zlashuv   uslublari   uchun   xarakterlidir.
Ayniqsa,   eski   uslubda   yozilgan   she’riy   asarlada,   tarixiy   temaga   oid   prozaik
asarlarda izofali birikmalarga ko‘p murojaat qilinadi. -gaplar   sinonimiyasi:   sodda   gaplar   sinonimiyasi,   qo‘shma   gaplar
sinonimiyasi.
Sodda     gap     sinonimiyasi.   1.                     Ikki   tarkibli   va   bir   tarkibli   gaplar
sinonimiyasi:   Elga qo‘shilgan	 er	 bo‘ladi,	 eldan	 ajralgan	 er	 bo‘ladi. —   Elga
qo‘shilsang,	
 er	 bo‘lasan,	 eldan	 ajralsang,	 er	 bo‘lasan. 2.Bir   tarkibli   gaplar
sinonimiyasi: Kechaga	
 taklif	 qog‘ozi   bilan	 kiritishadi   —   Kechaga	 taklif	 qog‘ozi
bilan	
 kiritiladi.   3.Deyarli   barcha   ritorik   so‘roq   gaplar   o‘z   sinonimiga   ega
bo‘ladi:   Menga	
 nima	 qilibdi?!Ilmni	 mehnatsiz	 egallab	 bo‘ladimi?!   4.Aktiv   va
passiv  qurilmali  gaplar  sinonimiyasi.  Bunda bir  xil  tipik mazmun  aktiv va passiv
qurilmali gaplar orqali ifodalanadi:   A’lochi	
 studentlarga	 mukofotlar	 berish	 Zulfiya
Nazirovna	
 Rahimovaga	 topshirildi. —   Biz	 a’lochi	 studentlarga	 mukofotlar	 berishni
Zulfiya	
 Nazirovna	 Rahimovaga	 topshirdik.   Har ikki misolda bir xil tipik mazmun
ifodalangan. Lekin birinchisi passiv, ikkinchisi — aktiv qurilmali gap. 5. Tasdiq va
inkor   shakldagi   gaplar   sinonimiyasi:   Qarab	
 tur,	 seni	 otangga	 chaqmasammi!
(0.)   —   Qarab	
 tur,	 seni	 otangga   chaqib	 beray.
  7.   Ifoda   maqsadiga   ko‘ra   gap   turlarining   stilistik   xususiyatlari.   Darak
gap   nutqda boshqa gap turlariga qaraganda ko‘p qo‘llanadi. Odatda, butun bir matn
darak gapdan tashkil topadi.
Darak   gaplar   nutq   uslublarining   har   bir   turida   qo‘llanadi.   Ilmiy,   rasmiy   va
ish qog‘ozlari uslubiga oid matnlar deyarli darak gaplardan iborat bo‘ladi. Badiiy
va   publitsistik,   so‘zlashuv   uslublarida   ham   darak   gaplardan   keng   foydalaniladi.
Badiiy   adabiyotda   tabiat   manzarasi,   obrazlarning   portreti,   ularning   holati,   asosan
darak gaplar   orqali   ifodalanadi.  Drama asarlaridagi   remarkalar,  turli   izohlar   faqat
darak gaplardan iborat bo‘ladi.
Darak   gap   biror   voqea-hodisa   haqidagi   xabarni   ifodalaganda   tinch   ohang
bilan   talaffuz   qilinadi,   ohang   kesim   tomon   pasayib   boradi.   Gap   tarkibidagi   biror
bo‘lak logik urg‘u olsa, ohang ko‘tarilib, keyin yana susayadi. Darak gap gumon,
sevinch kabilar    ifodalaganda,    ohang    ham    shunga      moslanadi.
So‘roq	
 gap   larga   tasdiq   yoki   inkor   talab   qiladigan   so‘roq   gaplar   kiradi.
Bunda so‘roq gap so‘roq olmoshlarisiz, ohang yoki so‘roq yuklamalari orqali hosil qilinadi.   Bunday   so‘roq   gaplar   ko‘proq   -mi   yuklamasi   yordamida   hosil   bo‘ladi.
Ular   badiiy,   publitsistik,   ilmiy,   so‘zlashuv   uslublariga   oid   adabiyotlarda   keng
qo‘llanadi.   -chi   so‘roq yuklamasi yordamida tuzilgan so‘roq gaplar esa so‘zlashuv
nutqi   uchun   xarakterli   bo‘lib,   to‘liqsiz   gaplardagina   qo‘llanadi.   -a   yuklamasi
yordamida   tuzilgan   so‘roq   gaplar   ham   so‘zlashuv   nutqiga   xos:   —         A? —   dedi
eshon, ko‘zlari	 baqrayib.	 (P.	 T.)
Nahotki   yuklamasi   taajjub   ifodalangan   so‘roq   gaplar   tarkibida   keladi.
Bunday gaplar ko‘proq badiiy, publitsistik, so‘zlashuv uslublarida qo‘llanadi.
Ular tarkibida   shekilli,
 chog‘i   kabi so‘zlar ham keladi. Bunday so‘roq gapda
taxmin, gumon ottenkasi bo‘ladi.
So‘roq   gaplarning   javobi   hamma   vaqt   ham   tasdiq   yoki   inkor   (ha,
yo‘q)   shakllarida   bo‘lavermaydi.   Ba’zan   javobda   ha,	
 yo‘q   gaplarini   qo‘llab
bo‘lmaydi:   Bu	
 nima?	 Ungimmi	 yoki	 tushimmi?   (77.   T.)   Bu   tip   gaplar   asosan
badiiy, publitsistik va so‘zlashuv uslublari uchun xarakterlidir.
—       Nutqda ba’zan so‘zlovchi so‘roq javobini kutmasdan, o‘z fikrini davom
ettiraveradi:   Endi	
 bu	 yoqqa	 qara	 hu	 anavi	 madrasani	 ko‘rdingmi?	 Hu	 ana.	 (P.	 T.)
Badiiy adabiyotda nutq ta’sirchanligini oshirish uchun so‘zlovchining o‘ziga
o‘zi   savol   berishi   usulidan   keng   foydalaniladi:   U	
 o‘ziga	 savol	 beradi:	 «Mabodo,
men	
 buni	 ilgariroq,	 masalan,	 avvalgi	 kun	 yoki	 kecha	 sezgan	 bo‘lsam,	 hayotimni,
qulayotgan	
 imoratimni,	 yong‘in	 o‘z	 girdobiga	 yutayotgan	 uyimni,	 erimning
nomusi,	
 sadoqatini	 omon	 saqlab	 qola	 bilarmidim?	 U	 o‘z	 savoliga	 o‘zi	 javob	 bera
olmadi.	
 (H.	 G‘.)
Ba’zan   bu   tip   so‘roq   gaplar   tarkibida   a   yuklamasi   keladi.   Bu   so‘roq
ma’nosini kuchaytiradi:   Hammasini	
 aytib	 beraymi	 hozir,	 a?	 (P.	 T.)
Badiiy   nutqning   emotsional-ekspressivligini   oshirish   uchun   bu   shakldagi
gaplardan   keng   foydalaniladi:   Bularku	
 	butun-butun	 	respublika,	 	yirik
shaharlarning	
 beminnat	 do‘stligi	 oqibati.	 Ayrim	 kishilarning	 qalb	 haroratlarini
aytmaysizmi?	
 (R.	 F.) Bu   tip   so‘roq   gaplarning   rasmiy   uslubga   xos   quyidagi   ko‘rinishiga   e’tibor
beraylik:   Loyihaga o‘zgartishlar	 bo‘ladimi?   (Ovozlar:   Yo‘q.)   Qimki	 shu	 qaror
qabul	
 qilinsin	 desa,	 qo‘l	 ko‘tarsin.	 Tushiring.	 Qarshilar?	 Yo‘q.	 Betaraflar?	 Yo‘q.
Ba’zan   so‘zlovchi   o‘ziga   noma’lum   bo‘lgan   ko‘p   narsani   bilishga   intiladi.
Bu   vaqtda   birin-ketin   so‘roq   berilaveradi:   Nima	
 deyapti,	 a,	 amaki?	 Qanaqa
ozodlik	
 bo‘lyapti-a?	 Kimlarga	 ozodlik	 bo‘lyapti?	 (P.	 T.)
So‘roq   gaplar,   so‘zlovchining   qanday   javob   kutishiga   qarab   ham   turlicha
tuziladi:
1.     So‘roq   gaplarda   so‘zlovchi   javobning   qanday   bo‘lishini   oldindan
tasavvur qilolmaydi:   Tog‘asi,	
 xolasi	 bo‘ldi	 nima-yu,	 bo‘lmadi	 nima?	 (P.	 T.)
2.                   So‘roq   gaplarda   javobning   ijobiy   bo‘lishiga   shubha
bildiriladi:   Nima,	
 xo‘jayining	 ust-bosh	 bermaydimi?	 (P.	 T.)
So‘roq   gaplarning   bu   tipida   ba’zan   javob   so‘zlovchining   o‘zi   tomonidan
beriladi. So‘roq gaplarning bu turi badiiy va publitsistik uslub uchun xarakterlidir.
So‘roq gaplar rasmiy-yuridik matnlarda deyarli qo‘llanmaydi. Ilmiy uslubga
oid   adabiyotlarda   ba’zan   o‘quvchining   diqqatini   biror   masalaga   tortish   vositasi
sifatida   so‘roq   gaplarga   murojaat   qilinadi.   Bunday   so‘roq   gaplar   ko‘pincha   ilmiy
tadqiqot problemalarini belgilashda qo‘llanadi:
Moddiy	
 maydon	 qanday	 xossalarga	 ega?	 Eng	 avvalo,	 moddiy	 maydon
xossalarini	
 bilishni	 er	 tortishi	 va	 elektromagnit	 hodisalarini	 tekshirishdan
boshlamoq	
 kerak.
So‘roq gaplar ilmiy uslubga oid adabiyotlarning amaliy qismlarida (topshiriq
va   masalalarda)   ko‘p   qo‘llanadi.   Bunday   so‘roqlardan   ayrimlarining   javobi
qo‘llanma oxirida ko‘rsatiladi.
Ba’zi   so‘roq   gaplar   javobi   bilan   (javob   so‘zlovchining   o‘zi   tomonidan
berilganda) shunday birikib ketadiki, ularni so‘roq va javobga ajratish sun’iylikka
olib   keladi:   Siz	
 jon-jigar	 ukalaringiz	 qoni	 uchun	 qonga	 qon,	 jonga	 jon
oldingizmi   —   oldingiz	
 (Q.	 YA.)   Bu tip gaplar so‘zlashuv, badiiy, publitsistik uslub
uchun xarakterli bo‘lib, fikrning aniq va ta’sirchan bo‘lishiga xizmat qiladi. Buyruq gaplar   badiiy   adabiyotlarda,   dialog   shaklidagi   nutqda,   rasmiy   ish
qog‘ozlari uslubida, turli chaqiriqlarda, ilmiy uslubga oid mashq va topshiriqlarda
ko‘p qo‘llanadi.
Buyruq   gaplar   kesimi   buyruq   maylining   I   shaxs   shakli   bilan   ifodalangan
bo‘lsa,   istak,   harakatni   bajarishga   xohish,   ahd   qilish,   so‘zlovchining   o‘zi
ishtirokida   ish-harakatni   bajarishga   undash   kabilar   ifodalanadi.   Bunday   gaplar
so‘zlashuv   va   badiiy   uslubga   xos   matnlarda   ko‘p   uchraydi:   Olimjon	
 aka,
erlarimizni	
 qondirib-qondirib   sug‘oraylik,   ana	 shunda	 bu	 erlar	 ham	 hosil	 koni
bo‘ladi.	
 (SH.	 R.)
Badiiy   uslubda   ba’zan   bu   tip   gaplarning   kesimiga   -in   af-fiksi   qo‘shilib
keladi:   Qaysi
 bir	 istak	 bayonin	 oshkoro   aylayin,   Qaysi	 dardimni   deyin   hamda
kimga	
 da’vo   aylayin.   (S.Abd.)
Buyruq   gap   kesimi   harakat   nomi   kerak,	
 zarur,	 lozim,	 darkor   shaklidagi
qurilmalar   bilan   ifodalanganda,   ish-harakatni   bajarish   zaruriyligi   yoki   zarur
emasligi anglashiladi:   Va’daga	
 vafo   qilmoq kerak.   (Maqol.)
Buyruq   gaplar   ilmiy   uslubga   oid   adabiyotlarda   ham   qo‘llanadi.   Ba’zan
o‘quvchining diqqatini bayon etilayotgan fikrga jalb qilish uchun   Qiyoslang,	
 YAna
bir	
 masalaga	 ahamiyat	 bering,	 CHog‘ishtiring   tipidagi buyruq gaplarga     murojaat
etiladi.
Rasmiy   uslubga   xos   turli   qaror   va   buyruqlarda   buyruq   gaplar   ko‘p
qo‘llanadi:   O‘zbekiston	
 Respublikasi	 Oliy	 Majlisi	 qaror	 qiladi:	 O‘zbekiston
Respublikasining	
 nikoh	 va	 oila	 kodeksi	 tasdiqlansin.
Buyruq gaplarning ayrim tiplari standart holda bo‘lib, ularda istak, maslahat
ottenkalari   sezilib   turadi.   Bu   tip   gaplar   so‘zlashuv   uslubiga   xosligi   bilan
xarakterlanadi:   Baraka	
 toping.	 Hushyor	 bo‘ling.	 YAxshi	 qoling.	 Xafa	 bo‘lmang.
Bor	
 bo‘ling.	 SHukur	 qiling   kabi.
Buyruq   gaplarning   ikkinchi   shaxsga   qaratilgan   ba’zi   turlarining   kesimi
uchinchi   shaxs   shaklida   keladi:   Qani,	
 kirsinlar!	 (S.	 Abd.)     Bu   tip   gaplar   ko‘proq
so‘zlashuv uslubiga xosdir. Buyruq   gap   o‘ziga   xos   ohang   bilan   aytiladi.   Bunda   ohang   gapning   modal
ma’nolariga   qarab   turlicha   bo‘ladi.   Qat’iy   buyruq,   do‘q   kabilar   ifoda   qilinganda,
kuchli   ohang   bilan   aytiladi.   Maslahat,   taklif   kabilar   ifodalanganda   esa,   ohang
kuchsizroq, lekin darak gap ohangidan kuchliroq bo‘ladi.
Undov gap larda   so‘zlovchining   ichki   his-hayajoni,   tuyg‘usi   yoki   voqelikka
bo‘lgan   turli   emotsional   munosabati   ifodalanadi.   So‘zlovchining   ichki   hayajoni,
tuyg‘usini ifoda qiluvchi gaplar sof undov gaplardir. Bunda emotsionallik gapning
asosiy magzini tashkil qiladi. Darak, so‘roq, buyruq gaplar ham his-hayajon bilan
aytilib,   undov   gapga   aylanishi   mumkin.   Bularda   asosiy   maqsad   ma’lum   fikrni
ifoda qilish bo‘lib, emotsiya, effektlarni ifodalash esa qo‘shimcha vazifadir.
Undov   gaplarda   zavqlanish,   shodlik,   hayratlanish,   taajjub,   achinish,   gazab,
nafrat   kabi   ichki   kechinmalar   ifodalanadi.   Umuman,   undov   gaplar   emotsionalligi
bilan ajralib turadi. Ular ko‘proq badiiy, so‘zlashuv va publitsistik uslublar uchun
xarakterlidir.   Ularning   shakllanishida   qanday,	
 qanaqa,	 naqadar,	 qancha,
qaysi   kabi   emotsional-kuchaytiruv   ma’nosidagi   olmoshlar,   undov   so‘zlar   ishtirok
etadi.
  8.   Tasdiq   va   inkor   gaplarning   qo‘llanishi.   Garchi   tasdiq   va   inkor   logik
kategoriya   bo‘lib,   barcha   tillar   uchun   umumiy   bo‘lsa   ham,   lekin   barcha   tillarda
ifodalanishiga   ko‘ra   farq   qiladi.   Bu   stilistik   jihatdan   ham   alohida   ahamiyat   kasb
etadi.
Nutqda inkor shaklidagi gap tasdiqni ifodalashi mumkin:   U	
 kelmaydi-ya!   Bu
gap   inkor   shaklida   bo‘lib,   tasdiq   (U	
 keladi)   ni   ekspressivlik   orqali   ifodalab,
so‘zlashuv uslubiga xos.
Tasdiqning   oddiy   shaklidan   boshqa   ekspressiv   shakli   ham   mavjud.
Qiyoslang:   Ra’no	
 keldi   —   Ra’noning	 kelmasligi	 mumkin	 emas	 edi.   Bunday
ekspressiv tasdiq ma’no ottenkasi bilan oddiy tasdiqdan farq qiladi.
Gap   kesimi   tarkibli   bo‘lib,   inkor   shakli   etakchi   fe’l   —   ravishda   kelganda,
tasdiq   ifodalanadi.   Bunday   gaplar   ko‘proq   ritorik   so‘roq   gap   bo‘ladi:—   E,	
 uka,
shundoq	
 kanal	 qaziladi-yu»	 hukumat	 taqdirlamay	 qo‘yadimi?!	 (S.	 A.) Gapda   ikki   inkor   ko‘rsatkichi   qo‘llansa   tasdiq   anglashiladi,   bunda   tasdiq
kuchayib,   gap   modal   ottenka   oladi:   Odatda, kelgan	 vakillar	 yotoqxonalarni	 ham
birma-bir	
 ko‘zdan   kechirmay ketmas   edilar.	 (P.	 T.)
So‘zlashuv      nutqida      ba’zan    bu tip    qurilmalardan    keyin tasdiq ifodalovchi
so‘z ham    keltirilib, tasdiq kuchaytiriladi:   Zavodimizda	
 intizom	 yo‘q	 emas,	 bor.
Inkor   maxsus   grammatik   ko‘rsatkichlar,   leksik,   sintaktik,   intonatsion
vositalar   orqali   ifodalanadi.   Bo‘lishsizlik   affiksi   -ma,   to‘liqsiz   fe’lning   bo‘lishsiz
shakli   emas,	
 na   yuklamasi,   yo‘q   so‘zi mana shunday ko‘rsatkichlardir.
Inkor   gap   na   yordamchisi   orqali   ham   tuziladi: Zulfiya	
 na	 o‘qiydi,	 na
yozadi.   —   Zulfiya	
 na	 o‘qimaydi,	 na	 yozmaydi.
Inkor   gaplar   ba’zan   ohang   yordamida   ifodalanishi   mumkin:   Bu	
 vazifani
yakka	
 o‘zingiz	 bajarib	 bo‘psiz.	 Koshki,	 yaxshi	 o‘qisa.   Ba’zan   inkor   tasdiq
shakldagi gaplar orqali ifodalanadi:   Keladi-ya?	
 (Kelmaydi.)
Ba’zan   suhbatdosh   tasdig‘idan   hayratlanib,   so‘zlovchi   uning   fikriga   qarshi
yoki unga kinoya qilib, uning gapini qaytaradi:   U
 xizmatchi. —   U	 xizmatchi?
9.   Bir   tarkibli   gaplarning   stilistik   xususiyatlari.   Bir   tarkibli   gaplarning
struktura asosi (grammatik markazi) ega yoki kesimdan iborat bo‘ladi.
Bir   tarkibli  gaplar,  struktura   asosining   tabiatiga  ko‘ra,  ya’ni   struktura  asosi
gapning bosh bo‘laklari ega yoki kesimdan bo‘lishiga qarab, egasiz         va kesimsiz
gaplardan iborat bo‘ladi.
Egasiz gaplarning struktura asosi  kesim bo‘lib, uning tabiati ikki xil: ayrim
gaplarning   kesimidan   uning   egasini   topish   mumkin :   kesim   eganing   so‘rog‘ini
qabul   qiladi.   Ba’zilarida   esa   egani   topib   bo‘lmaydi :     kesim   eganing   so‘rog‘ini
qabul   qilmaydi.   Quyidagi     ikki     gapni     qiyoslang:—   Hozirlik
 ko‘ringiz,    	toki
g‘aflatda	
 qolib	 pushaymon	 bo‘lmaylik!—	 asablanib	 dedi	 Husayn	 Boyqaro.
(0.)Aqcha	
 bilan	 o‘lchab	 bo‘lmas	 u boshni,                  	Tanga	 bilan	 to‘sib	 bo‘lmas
quyoshni.	
 (H.	 0.)
Egasi topiladigan shaxsi aniq, shaxsi  noaniq, shaxsi  umumlashgan gaplarga
bo‘linadi. -shaxsi   aniq   gap.   Bunda   gapning   egasi   bo‘lmaydi.   Uning   struktura   asosi
kesimdan iborat  bo‘ladi. Gapning kesimiga qarab, harakat  qaysi  shaxs  tomonidan
bajarilayotganligini aniq bilish mumkin.              
Bir tarkibli gaplar ichida bunday gaplar nutqda eng ko‘p qo‘llanadi. Qishilik
olmoshlari   bilan   ifodalangan   eganing   qo‘llanmasligi   ayniqsa   poeziya   uchun
xarakterlidir.   Bunday   gaplar   nutqqa   ekspressiv-emotsional   ottenka   beradi,   nutqni
silliqlashtiradi, uni yana ham ta’sirchan, ifodali qiladi, fikrning yo‘nalish markazini
kesimga   ko‘chiradi:   YAxshiligin bilib	 yaxshilik	 qaytar,             Ammo   bil:   nokasdan
yomonlik	
 qaytar,	 (M.    	Boboev.)
SHaxsi   aniq   gaplar   kesimining   uchinchi   shaxs   shakli   ko‘pincha   ko‘chma
ma’noda qo‘llanib, II shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Bu dialog shaklidagi nutqqagina
xosdir:   Gapirsinlar,   eshitaylik! —   iltimos	
 	bilan	 	boqdi	 	Umarali.	 	(0.)
Muqimiy.   Salomat bo‘lsinlar!   (S.	
 Abd.)
SHaxsi aniq gapning kesimi fe’lning I shaxs shakli bilan ifodalanganda,    II    
shaxsga     qaratilgan       buyruq,       iltimos,       maslahat   ottenkalarini   ifodalaydi:
—   Tilingizga	
 shakar,	 otaxon,	 qani,   ketdik.   (H.	 G‘.)
Ba’zan I shaxsning ko‘plik shakli  birlik ma’nosi uchun ham  qo‘llanadi. Bu
vaqtda gap hurmat, kesatish, kamtarlik ottenkalariga ega bo‘ladi:   Mahmuddan	
 gina
qildi: —   Keling.	
 	Mahmudxon,	 	nechuk?	 	Qanaqa	 	shamol	 	uchirdi? —
Mana,   keldik.   (A.	
 Ubaydulla.)
Ba’zan   shaxsi   aniq   gaplar   dialog   shaklidagi   nutqda   ketma-ket
keladi:   Buyuring!
 Tabriklayman!   ( P . Q.)
SHaxsi   aniq   gaplarning   ba’zi   tiplari   so‘zlashuv   uslubida   rasm-odat
ifodalovchi   qurilmalarga   aylanib   bormoqda:   Xush	
 ko‘rdik.	 Salom	 berdik   va
boshqalar.
-shaxsi   noaniq   gap .   Bunday   gaplarning   kesimi   fe’lning   III   shaxs   shakli
bilan   ifodalanadi.   Lekin   kesimidan   ish-harakatni   bajaruvchi   shaxsni   aniqlab
bo‘lmaydi. Bunda ega nutqdan ma’lum maqsadda chetlashtiriladi, bajaruvchi shaxs
ma’lum maqsadda noma’lum,    noaniq bo‘ladi. SHaxsi   noaniq   gapning   kesimi   ko‘proq   III   shaxsdagi   noma’lum   shaxsning
ish-harakatini   ifodalaydi.   Bunga   bosh   bo‘lakning   III   shaxs   bilan   munosabatga
kirishuvi   tufayli   erishiladi.   Bunday   gaplar   badiiy,   publitsistik,   so‘zlashuv
uslublarida   kuchli   stilistik   vositadir:   Tana   —   qo‘rg‘on,
dard   —   mehmon   deydilar.   (K. YA.)
SHaxsi   noaniq   gaplarda   eganing   qo‘llanmasligi   quyidagi   holatlarda   yuz
beradi:
1.Bajaruvchi shaxs so‘zlovchi uchun ham, tinglovchi uchun ham noma’lum
bo‘ladi:   Dehqonboy	
 aka,	 devoriy	 gazeta	 chiqdi.	 Klubga	 osib   ko‘yishdi. (A.   Q.)
2.Harakatni   bajaruvchi   shaxs   so‘zlovchi   uchun   ma’lum   bo‘ladi,   lekin   u
nutqda qo‘llanmaydi: Sizga	
 hali	 Umri	 to‘g‘risida   gapirishdi. (A. Q.)
3.               Harakatni   bajaruvchi   shaxsni   atash   mo‘ljallanmaydi.   Asosiy   diqqat
harakatga   jalb   qilinishidan   tashqari,   so‘zlovchi   biror   sababga   ko‘ra   uni   ifoda
qilishni   noqulay   deb   biladi:   Nikolay	
 	Vasil’evich!	 	Telefonga!
Polkdan   chaqirishyapti   (N.	
 S.)
4.               Harakatni bajaruvchi shaxs konmatndan bilinib turadi. SHuning uchun
ham u nutqda qo‘llanmaydi:   Eshitganmiz,	
 chiroyli	 qizlarni	 tortiq	 qilib,	 podshodan
katta   amal oladilar.   (0.)
5.               Harakatni   bajaruvchi   shaxsni   so‘zlovchi   aniq   ko‘rsata
olmaydi:       Oradan    	
ko‘p	 o‘tmasdan,    	Badiuzzamonning    	kelganidan   xabar
berishdi. (0.)
6.                   Bajaruvchi   so‘zlovchi   shaxsning   o‘zi   bo‘lishi   mumkin.   Lekin
tinglrvchi   shaxsning   diqqatini   bunga   jalb   qilish   talab   etilmay-
di.   Bu   vaqtda   bajaruvchi   shaxs   noma’lum   ko‘pchilik   bilan   qo‘shi-
lib ketadi:         O‘larni	
 kolxoz	 mash’allari	 deb	 atashadi.          	(«O‘zb.mad.»)
SHaxsi noaniq gaplar ilmiy adabiyotlarda, rasmiy uslub va ish qog‘ozlarida
deyarli.qo‘llanmaydi:   ilmiy   asarlar,   rasmiy   ish   qog‘ozlarida   bajaruvchi   shaxsning
aniq bo‘lishi talab etiladi.
-shaxsi umumlashgan gap . Bunda bosh bo‘lak kesimdan iborat bo‘lib, har
uch shaxs bilan munosabatda bo‘ladi. Bunday gaplarda harakat umumga qaratilib, hayotiy xulosalar, umumiy qoidalar, mehnat yakunlari, umumlashgan mulohazalar
ifodalanadi.   So‘zlovchi   bu   tip   gaplarni   qo‘llash   bilan   o‘z   xabariga   nasihat,
maslahat, undash tusini beradi, ifodalanayotgan harakatning tipikligini ta’kidlaydi.
SHaxsi umumlashgan gaplar semantik jihatdan quyidagi xususiyatlarga ega
bo‘ladi:
1.Ish-harakat,   umuman,   barchaga   qaratiladi.   Bu   ko‘proq   chaqiriq,   undash
xarakterida   bo‘ladi:   O‘zining butun	 kuchi	 va	 quvvatini,	 bilimini	 hormay-tolmay
xalq    	
xizmatiga    	sarf    	etayotgan      	o‘qituvchilarimizni        	sharaflaylik!
2.Xalqning   donoligi,   an’anasi,   uzoq   asrlik   hayotiy   tajribalari,   umumiy
qoidalar, umumlashgan mulohazalar ifodalanadi. Bular umumga qaratiladi, konkret
o‘rin   yo   vaqt   bilan   bog‘lanmaydi.   SHuning   uchun   ham   bu   tip   gaplar   ko‘pincha
maqol xarakterida bo‘ladi:   O‘zing	
 suv	 ichadigan	 quduqqa	 tupurma.
Badiiy   adabiyotda,   tashviqot-targ‘ibot   ishlarida,   didaktik   xarakterdagi
nutqlarda   shaxsi   umumlashgan   gaplardan   ta’sirchanlik   vositasi   sifatida   keng
foydalaniladi.
-egasi   topilmaydigan   gap.   Bu   tip   gaplarda   kesim   orqali   gapning   egasini
topib bo‘lmaydi. Lekin harakat sub’ekti biror shaxsga bog‘lanmagan holda mavjud
bo‘ladi.
Egasi   topilmaydigan   gapning   kesimi   grammatik   shaxsni   ko‘rsatadi,   lekin
shaxs yoki predmetni ko‘rsatmaydi. U biror voqea-hodisa haqida tasdiq yoki inkor,
so‘roq ifoda qiladi, xolos.
Egasi topilmaydigan gaplarning semantik-stilistik belgilari quyidagicha:
1.                   Harakatni   bajarish   uchun   yo‘l   qo‘yish-qo‘yilmasligi   kesimdan
anglashiladi:   Mavlon	
 aka,	 bitta	 mix	 bilan	 imorat   solib   bo‘l maydi.	 (A.   Q.)   —   Ha,
qizlarning	
 ko‘nglini   tushunib   bo‘lmaydi.   (P.   T.)   Egasi   topilmaydigan   gaplarning
bu tipi nutqda ko‘pincha ritorik so‘roq gap shaklida :bo‘ladi.   Qandoq	
 qilay,	 umrda
bir	
 bo‘ladigan	 to‘yni   tashlab ketib bo‘ladimi?! (A. Q.)
2.                     Kishi   istagi,   irodasiga   bog‘liq   bo‘lmagan   harakat   yoki   holatni
ifoda qiladi:   Dastlab,	
 qo‘rg‘onning	 shikastlarini	 tuzatishga   kirishildi.   (0.) 3.                     Ish-harakat   yoki   holatning   bajarilishi   mumkin   yoki   mumkin
emasligi   ifoda   qilinadi:   Toshni tog‘dan	 ko‘chirish	 mumkin,	 lekin	 mening
aytganimni   muhayyo qilish mumkin emas.   (YA.)
4.         Ish-harakat yoki holatni bajarish zarur-zarur emasligi ifodalanadi. Bosh
bo‘lak harakat nomi va   kerak,	
 zarur,	 lozim,	 darkor,	 hojat,	 ma’qul,	 shart   kabi so‘zli
qurilmalar bilan ifodalanadi:   Qo‘zievga	
 sushilka   soldirish kerak.   (A.	 Q.)
5.         Ba’zan bosh bo‘lak   edi   to‘liqsiz fe’li bilan keladi:   SHuni
 Dehqonboyga
ilgariroq   maslahat berish kerak edi.   (A.	
 Q.)
Egasi   topilmaydigan   gaplarning   bu   turi   badiiy   adabiyotda,   rasmiy
qog‘ozlarda,   ma’ruza   va   suhbatlarda   keng   qo‘llanadi.   Bu   tip   gaplar   so‘roq   gap
vazifasida   kelganda,   badiiy   adabiyotda,   ayniqsa,   asar   qahramonlarining   ichki
dunyosini   ochishda,   voqea   rivojida   keng   foydalaniladi.   Masalan,   G‘afur   G‘ulom
YOdgorning  ichki  kechinmalarini  ochish   uchun  mana  shu   tip  gapdan  juda  o‘rinli
foydalangan:   Nima qilish kerak?   Axir	
 «Hoy	 birodar-lar,	 bu	 xotin	 mening	 xotinim
emas.	
 Men	 yollanib	 uni	 qo‘ydim,	 bolaning	 ham	 hali	 qiz-o‘g‘illigini	 bilmayman,
—   desam,	
 	baloga	 	qolaman.	 	Balki	 	jinoiy
mas’uliyatga   tortarlar.   Garangsib   qoldim».   (G‘.	
 G‘.)
Badiiy   adabiyotda   voqealarni   rivojlantirish   usuli   sifatida   bu   tip   gaplardan
keng   foydalaniladi.   Bunday   gap   ko‘pincha   murojaat,   chaqiruv   ottenkasiga   ega
bo‘ladi:— Xaloyiq! — dedi	
 Yo‘lchi	 hayajonlanib.—	 Bo‘sh	 kelmanglar,   oyoqni
tirash kerak, mushtni ko‘rsatish    kerak .	
 (0.)
5.   Noilojlikdan   kelib   chiqqan   zaruriyatning   bajarilish-bajarilmasligi
ifodalanadi:   Kovun	
 sayilchilar	 kechki	 payt	 kelishib	 qolishsa,   osh   qilishga   to‘g‘ri
keladi.   (S.Abd.)
Egasi topilmaydigan gaplar barcha nutq uslublarida qo‘llanadi:
Ilmiy uslubga oid adabiyotlarda egasi topilmaydigan gaplarga ko‘p murojaat
qilinadi.   Bunda   hodisa   va   harakatlar   uning   sub’ektini   ko‘rsatmasdan   ifodalanadi.
Ish-harakat,   holatni   so‘zlovchiga   bog‘lamay,   undan   chetlashtirib   ifodalash,   uni
ta’kidlashda   bu  tip  gaplar   eng  qulay   vositadir:   Misoldagi	
 sifatdosh-ga	 qo‘shilgan
egalik	
 affiksini	 ubog‘lanib	 kelgan	 otga	 qo‘shsa	 ham	 bo‘ladi.	 (O‘zb.	 t. gram.,	 1 t.) -nominativ   gap.   Bu   kesimsiz   gaplarning   asosiy   ko‘rinishidir.   Bunda
predmet, voqea-hodisalarning nomi atalib, uning mavjudligi tasdiqlanadi.
Nominativ   gap   badiiy   va   publitsistik   uslubda   kuchli   stilistik   vositadir.
Ayniqsa,   proza   va   poeziyada,   drama   remarkalarida   sharoitni   tasvirlashda
nominativ   gaplardan   keng   foydalaniladi.   Milliy naqshlar	 bilan	 bezalgan
mehmonxona,   madaniyat   saroyi,   magazinlar,   rang-barang	
 gullari	 bilan	 dilni
xushnud	
 etuvchi   kengkeng   maydonlar,   ishchi	 shaharchalari,	 komso-mol	 ko‘li,
oynaday	
 shaffof	 yo‘llar...	 Mohidil	 sayr	 qilib	 to‘ymasdi.	 (J	 A.)
Nominativ   gap   grammatik   qurilishi   lo‘nda   bo‘lganligi   uchun   ham   so‘z
ustalari   bu   tip   gaplarni   ko‘proq   qo‘llaydilar.   Bu   tip   gaplar   syujetning   tez
rivojlanishiga   imkon   beradi.   Ayniqsa,   nutq   boshida   qo‘llangan   nominativ   gaplar
ko‘proq shu vazifani bajaradi. Uning mazmuni keyingi gaplarda ochilishiga o‘quv-
chi   diqqatini   jalb   qiladi:   Mana	
 bo‘zlik.	 Bunda	 qancha	 semiz,	 serhosil	 erlar
yastanib	
 yotibdi.	 Bo‘z	 o‘tlarning	 ming-ming	 yillardan	 buyon	 chirib	 yotgan	 ildizlari
bu	
 erlarni	 o‘g‘itlab,	 semirtirib	 yuborgan,	 agar	 suv	 bo‘lsami,	 tog‘-tog‘	 hosil
bitardi.	
 (SH.	 R.)
Ba’zan   nominativ   gap   matn   oxirida   keladi.   Bunda   u   oldingi   gap   bilan
semantik   munosabatda   bo‘lib,   yakun,   xulosa   ifodalaydi.   Qizning	
 otasi,
Mirzakarimboyning	
 yigirma	 yillik	 xiz-matkori,	 bir	 kechada	 Salimboyvachchani
chavaqlab,	
 o‘ligini	 jarga	 tepib	 yubordi.   Ana ofat! (0.)
Nominativ gap ba’zan oldingi fikr bilan keyingi fikrni bog‘lash uchun ham
xizmat   qiladi:   Qor	
 kuchli	 yog‘ardi.	 Ko‘chalar,	 gomlar,	 devorlar,	 daraxtlar
oppoq.   Sokin,   g‘arib   qish   oqshomi.   Qorkapalaklari	
 Yo‘lchining	 qoshlariga,
kipriklariga	
 qo‘nadi,	 yuzlariga	 yopishib	 tomchilanadi.	 (O.)
Nominativ   gaplar   murakkab   qo‘shma   gap   shaklida   kelib,   peyzaj
kartinalarining umumiy tasvirini ifoda    qiladi.
Nominativ gapning qo‘llanishi ko‘pincha kishining holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Kishi   hayajonlanganda   ko‘proq   fikrni   qisqa   ifodalaydi.   Bu,   ayniqsa,   reportaj,
xotira   daftarlari,   sayohatchilarning   yon   daftarlarida   ko‘p   ishlatiladi.   Drama,
kinossenariyalarning butun-butun remarkalari nominativ gaplardan iborat bo‘ladi. Nominativ gaplar ilmiy asarlarda, so‘zlushuv uslubida juda kam qo‘llanadi.
10.   Gap   bo‘laklarning   funksional   qo‘llanishi.   Gap   bo‘laklari   nutq
uslublarida qo‘llanishiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Ega ko‘pincha kishilik olmoshining birinchi va ikkinchi shaxs   shakllari bilan
ifodalanadi:   Men butun	 hayotimni	 o‘qituvchilik	 ishiga	 bag‘ish-layman.	 Butun
hayotimni	
 o‘qituvchilik	 ishiga	 bag‘ishlayman.   Ikkinchi gapda kesim shakli asosiy
rol o‘ynagan.
Men   olmoshi   bilan   ifodalangan   ega   ko‘pincha   publitsistik   nutqda
tushirilmaydi.   Bu   publitsistik   nutq   tabiatidan   kelib   chiqadi:   so‘zlovchi   shaxs
muhim   hisoblanib,   suhbatdosh   diqqati   sub’ektga.   qaratilgan   bo‘ladi:   Lekin	
 baxt
tushunchasi	
 baxtli	 hayot	 tushun-chasidan	 yuqoriroq	 turadi   —   men	 bu	 gapni
yoshlarga	
 aytayotirman.	 (T.    	Qoriniyoziy.)
Bu   jihatdan   ilmiy   uslub   o‘zgacha:   unda   bunday   ega   o‘rnida   bi-rinchi
shaxsning ko‘plik shakli qo‘llanadi. Ilmiy uslubda harakat sub’ektini ko‘rsatmaslik
tendensiyasi kuchli.
Eganing   bir   tarkibli   gap   turlaridan   shaxsi   aniq,   shaxsi   no-aniq,   shaxsi
umumlashgan   turlarida   qo‘llanmasligi   norma   hisoblanadi,   uni   tushirilgan   yoki
yashiringan   deb   bo‘lmaydi.   Agar   ega   nutqqa   kiritilsa,   gapning   mazmuni   ham,
strukturasi   ham   o‘zga-radi.   Qiyoslang: Boshingga	
 qilich	 kelsa	 ham,	 to‘g‘ri	 gapir.
—   Boshingga	
 qilich	 kelsa	 ham,	 sen	 to‘g‘ri	 gapir.
So‘zlashuv   uslubida   ega   vaziyatga   ko‘ra   nutqda   qo‘llanmaydi:   Terim
mashinasi	
 yo‘lda	 ko‘ringan	 zahoti	 onasi:   —   Keldi!      	Keldi! —   deb,      	bizga    
peshvoz      	
chiqdi	 (P.Q.)
Kesim,   nutq   uslublarida   qo‘llanishiga   ko‘ra,   ayrim   xususiyatlarga   ega.
Masalan,  ot-kesim  (sodda ot-kesim  ham, tarkibli  ot-kesim  ham)  ko‘proq ilmiy va
rasmiy   idoraviy   uslublarga,   fe’l-kesim   (sodda   fe’l-kesim   ham,   tarkibli   fe’l-kesim
ham)   esa   ko‘proq   so‘zlashuv,   badiiy,   publitsistik   uslublarga   xosdir.   Bu   hol
ularning maqsad va vazifalari bilan izohlanadi. Qiyoslang:
Ilmiy   uslubdan:   Organizm	
 bilan	 muhit	 bir	 butun	 sistemadir.	 Bu	 sistemani
hosil	
 qiluvchi	 ikkala	 komponent	 ziddiyat	 bir-ligini	 tashkil	 qiladi.	 Bu	 ziddiyat organizmning yashash	 manbai-dir	 va	 muhitning	 o‘zgarishi,	 rivojlanishi
vositalaridan	
 biridir.
Rasmiy-idoraviy   uslubdan:   Saylov	
 binosida	 tartib	 saqlanishi	 uchun
uchastka	
 saylov	 komissiyasining	 raisi	 javobgardir.
Badiiy   uslubdan:   Ikromjon	
 na	 bo‘ri	 tovushini   eshitar,   na	 yuzlariga  
urilayotgan    	
kamishlarning    	shitirlashini   eshitar     edi. (S. A.)
So‘zlashuv   uslubidan:—   Seni	
 akang	 boqolmay	 taqachiga   topshirgan   ekan.
—	
 dedi	 Ergash,   —   meni	 o‘z	 otam	 qashshoqlikdan	 bir	 boyga   topshirdi.   (P.	 T.)
Publitsistik   uslubdan:   Bu	
 konsert	 kechasidan	 ko‘chaga	 bepoyon	 Vatanimiz,
ajoyib	
 xalqimiz,	 nuroniy	 hayotimiz	 uchun	 iftixor	 tuyg‘usi	 bilan	 mag‘rurlanib
chiqqanimizda	
 bir	 achchiq	 tarixiy	 faktni   aytib berishdi   menga.	 (V.	 3.)
Badiiy,   publitsistik   va   so‘zlashuv   uslublarida   tarkibli   fe’l-kesimlarning
murakkab   shakllari   ko‘p   kuzatiladi:   Mayli,	
 men	 sizni   savodli   kilganim   bo‘lsin!
—   dedi	
 Elmurod.	 (P.	 T.)
Badiiy   uslubning   obrazliligiga   sabab   unda   sifatlovchilarning   ko‘p
qo‘llanishidir.
Bu   hol   publitsistik   uslub   uchun   ham   xarakterli:   Har	
 birisi   asrlarga   teng
keladigan bu azamat yillar   shu	
 do‘stlik,	 shu	 ham-korlikning	 tantanasidir.	 (V.	 3.)
So‘zlashuv   uslubida   egalik   affikslari   qo‘llanmasdan   taalluqlilik   belgisiz
ifodalanishi   mumkin.   Esimni	
 tanibmanki,	 bizning   xonadonda   ayolga	 qo‘l
ko‘targan	
 kimsani	 bilmayman.    	(«Saodat»	 jurn.)
  11.   Gapda   so‘zlar   tartibining   stilistik   vazifasi.   So‘z   tartibi   nutq
uslublarining   differensiyalashuvida   asosiy   omillardandir.   So‘z   tartibiga   oid
adabiyotlar hamda faktik materiallarga ko‘ra, o‘zbek tilida so‘z tartibi haqida gap
borganda   asosiy   axborot   tashuvchi   bo‘laklar   gap   oxirida,   yordamchi   axborot
tashuvchi bo‘laklar esa gap boshida keladi.
Gapda   yordamchi   axborot   tashuvchi   bo‘lak   tema ,   berilgan   deb,   asosiy
axborot tashuvchi bo‘lak   rema ,   yangilik   deb ham yuritiladi.
So‘z   tartibini   o‘rganishda   gapning   aktual   bo‘linishi   bilan   formal   bo‘linishi
bir-biriga zid qo‘yilmaydi. Aksincha, ular bir-birini to‘ldiradi. Gapda   so‘z   tartibi   sintaktik   va   stilistik   rol   o‘ynaydi.   Tartib   sintaktik   rol
o‘ynaganda,   uning   o‘zgarishi   qurilmaning   semantik-grammatik         tabiatini        
o‘zgartadi:   Ko‘m-ko‘k      dala.	 —	 Dala      	ko‘m-ko‘k.      
Tartib stilistik rol o‘ynaganda, uning o‘zgarishi  gapmazmuni va grammatik
tabiatini   butunlay   o‘zgartib   yubormaydi.   Bunday   so‘z   tartibining   o‘zgarishi
ma’lum mazmun o‘zgarishi, stilistik ottenka bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ega   va   kesimning   normal,   ob’ektiv,   to‘g‘ri   tartibi   ko‘proq   darak   gaplarga
xos   bo‘lib,   ilmiy,   rasmiy   ish   qog‘ozlari   uslubi   uchun   xarakterlidir.   So‘zlashuv,
badiiy va publitsistik uslubga oid adabiyotlarda esa bu tartib o‘zgarishi mumkin.
Kesimning   egadan   oldin   keltirilishi   nutqni   ta’sirchan,   emotsional   qiladi:
—   Qurib ketsin   bu	
 Toshkent	 zilzilasi,	 hech	 esingizdan	 chiqmaydi-ya.	 (P.	 Q.)
Inversiyaning bu turida ba’zan emotsionallik juda kuchli bo‘ladi. Bu vaqtda
bunday   gaplar   oxirida   yozuvda   undov   belgisi   qo‘yiladi:   Ha,   zoe   ketmadi   o‘sha
kurashlar,	
 uyqusiz	 tunlar!—	 dedi	 u ilgarigidek	 jo‘shib.	 (Y.	 SH.)
Ega-kesim   inversiyasi   ko‘pincha   so‘roq   gaplarda
uchraydi:.   Esing dami   Katta	
 Farg‘ona	 kanalini	 qurish	 qanday	 boshlangani?	 (Y.
SH.)
CHaqiriqlarda ko‘pincha kesim birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Bu ekspressivlik,
emotsionallik uchun xizmat qiladi:   YAshasin	
 sportchilarimiz!
Ega va kesim inversiyasi ayniqsa poeziya uchun xarakterlidir.
To‘g‘ri, normal, ob’ektiv tartibda to‘ldiruvchi va hol kesimdan oldin keladi.
Bu   ilmiy,   rasmiy   ish   qog‘ozlari   uslubi   ham-da   badiiy   nutq   uchun   xarakterlidir.
So‘zlashuv   uslubida   esa   bu   holat   ko‘pincha   inversiyaga   uchraydi.   Umuman,
so‘zlashuv uslubida inversiya hodisasi kuchlidir.
To‘ldiruvchi   va   kesim   inversiyasi:   Ovozingni	
 chiqarsang...	 Ha	 bilib	 qo‘y!.
Ko‘rdingmi	
 kuchimni?	 (P.	 T.)
Hol   va   kesim   inversiyasi:   Ichimga	
 chiroq	 yoqsa,	 yorimasdi   o‘sha
kunlari.   (YA.) To‘g‘ri   tartibda   aniqlovchi   aniqlanmishdan   oldin   keladi.   Badiiy   va
so‘zlashuv   uslublarida   esa   bu   tartib   inversiyaga   uchrashi   mumkin:   —   Hech kimi
yo‘q   sho‘rlikning,   —	
 dedi	 otinoyi,	 etimning	 holi	 ga	 achinganday.	 (P.	 T.)
Poeziyada   qofiya,   vazn,   turoq   talabiga   ko‘ra   tarkibli   kesim   tarkibida   ham
tartib o‘zgarishi uchraydi:   Bilmaganin	
 o‘rganib,	 Odamzod   topdi kamol.   (G‘.	 G‘.)
So‘zlashuv   uslubida   ba’zan   ajratilgan   bo‘laklar   ham   gap   oxirida
keltiriladi:   Kechqurun	
 idorada	 majlis	 bor,   soat ettida.   (S.	 A.).
Inversiya boy stilistik imkoniyatlarga ega.
12.   Uyushiq   bo‘laklarning   stilistik   vazifasi.   Bunday   bo‘laklar   yordamida
umumiy   kartinalarning   detallari,   harakat   dinamikasi   tasvirlanadi,   kuchli
ekspressiv-lik ifoda qiluvchi epitetlar qatori hosil qilinadi:   Odam	
 o‘qiydi,	 ishlaydi,
dardga	
 chalinadi,	 qiyinchiliklarga	 uch-raydi,	 oila	 quradi,	 bola	 tarbiyalaydi,	 do‘st
orttiradi,	
 yaxshilikdan	 quvonadi,	 yomonlikdan	 azob	 chekadi,	 adolat,	 haqiqat
uchun	
 kurashadi.	 (H.	 G‘.)
Fe’l   kesimlarning   uyushib   kelishi   nutqning   dinamikligi   haqida   tasavvur
beradi:   Dildor	
 ilgarilari	 ham	 eri	 bilan	 ko‘p	 marta	 bahslashgan,	 aytishgan,
urishgan,	
 arazlashgan.	 (H.	 G‘.)
Uyushiq   sifatlovchilar   nutqning   ekspressivligi   uchun   xizmat   qiladi:   Hamro
Rahimov	
 to‘ladan	 kelgan,	 o‘rta	 bo‘y,	 qo‘yko‘z,	 bug‘doy	 rang,	 qirq	 yoshlardan
oshmagan	
 kishi	 ekan.	 (J.	 A.)
Uyushiq   bo‘laklar   ba’zan   sinonimik   qator   hosil   qilishi   mumkin.   Bu,
ayniqsa,       badiiy, publitsistik uslubda  ko‘p uchraydi:   Boshqa	
 iloj	 qolmagach,	 ona
eng	
 tuban	 bir	 «hunar»ga	 tutindi,   do‘kondorlarga,   mulkdorlarga,   badavlat
odamlarga   yanada	
 ziyod	 davlat	 tilab,	 xayr-sadaqa	 so‘ray	 boshladi.	 (P.	 T.)
Gap   bo‘laklari   ko‘pincha   bog‘lovchilarsiz,   biriktiruvchi   pauza   va   sanash
ohangsi   yordamida   uyushib   keladi.   Bu   ko‘proq   so‘zlashuv,   badiiy   va   publitsistik
uslublarga   xos   bo‘lib,   nutqqa   keskinlik   tusini   berish   ehtiyoji   bilan   izohlanadi.
Misollar:
Badiiy   uslubdan:   Nizomjon	
 o‘z	 ishi	 bilan,	 axloqi	 bilan	 ko‘pchilikning
og‘ziga	
 tushib	 qolgandi.	 (S.	 Ahm.) Publitsistik   uslubdan:   Tashabbus tashabbusni	 tug‘diradi.	 Unga,   xalq
tashabbusiga,	
 madad	 bering,	 u qanot	 rostlaydi,	 parvoz	 qiladi!	 (Y.SH.)
So‘zlashuv   uslubidan:   —   Ha,	
 mulla.	 CHarchamasdan,	 siqilmasdan
yuribsanmi?	
 (P.T.)
Poeziyada   uyushiq   bo‘laklar   qatori   keng   bo‘lsa,   ular   qofiya,   vazn,     turoq
talabiga     ko‘ra     guruhlanib   kelishi     mumkin:   Men	
 Syao,	 Robson	 bilan,	 Pablo
Neruda	
 bilan,Nekse,	 Barboslar	 bilan	 suhbatda	 bo‘lgan	 kshii.    	(G‘.	 G‘.)
Ilmiy va rasmiy uslublarda uyushiq bo‘laklarning qo‘llanishida ayrim o‘ziga
xoslik kuzatiladi: ilmiy matnlarda uyushiq bo‘laklar raqam—(1), (2), (3), harf (a),
(b),   (v)   shakllarida   ham   ko‘rsatiladi.   Rasmiy   uslubda,   ayniqsa,   yuridik
adabiyotlarda,   uyushiq   bo‘laklar   alohida-alohida   satrda   ham   beriladi.   Ba’zan
uyushiq   bo‘laklar   ancha   keng   bo‘lib,   ular   alohida   abzatsdan   yoziladi.   Bunday
holatlarda uyushiq bo‘laklar yozma nutqda nuqtali vergul (;) bilan ajratiladi.
13. Undalma stilistik vosita sifatida.   Undalma, so‘zlovchi nutqi qaratilgan
shaxs,   jonli   va   jonsiz   predmetni   ifodalashiga   ko‘ra,   kuchli   stilistik   vosita
hisoblanadi. Undalmalar so‘zlovchining tinglovchiga munosabatini  ifodalab, baho
xarakteristikasi ottenkasi (ijobiy, salbiy, neytral, ko‘tarinki-tantanali kabilar)ga ega
bo‘ladi.
Undalmalar   ko‘proq   so‘zlashuv,   badiiy,   publitsistik   uslublarda,   qisman
rasmiy-idoraviy   uslubda   qo‘llanadi.   Ilmiy   uslubda   undalmaga   deyarli   murojaat
qilinmaydi.
Undalmalarni baho xarakteristikasi ottenkasini ifodalashiga ko‘ra, ikki katta
guruhga ajratish mumkin:
1.                     Stilistik   neytral   undalmalar.   Bunday   undalmalarda   so‘zlovchining
baho   tavsifi   neytral   va   ko‘proq   so‘zlashuv,   rasmiy-idoraviy   uslublarga   xos:
—   Seni,   Diyorova,   Karim	
 ham,	 direktor	 ham	 laqillatishibdi.	 (H.	 G‘)
Monologik   nutqda   qo‘llanadigan   Deputat	
 o‘rtoqlar,	 Delegat	 o‘rtoqlar   kabi
undalmalar logik jihatdan butun matnga qaratilgan bo‘ladi. 2.                   Baho   tavsifini   ifodalovchi   undalmalar   emotsional-
ekspressiv   bo‘yoqqa   ega   bo‘lib,   faqat   nutq   adresatini   ifodalamay,   uni
xarakterlaydi, unga munosabat bildiradi:
1)                     Undalma o‘z leksik ma’nosiga ko‘ra baho ifodalaydi. Bu ijobiy yoki
salbiy bo‘lishi mumkin:   CHuchvarani xom	 sanabsan,   iflos!   (S.	 Ahm.)
2)         Baho xarakteri, undalmaning obrazliligi u     bilan birga kelgan so‘zlarga
bog‘liq.   Obrazli   aniqlovchilar,   izohlovchilar   bilan   kelgan   undalmalar   nutqni
obrazli qiladi:   Kurashayotgan muazzam SHarqdagi aziz birodarlarimiz!   Qudratli
sovet	
 xalqlari	 sizlarga	 ajoyib	 bahor	 bayrami	 salomini	 va	 sevgisini	 yo‘llay-di,
sizlarga	
 yana	 ham	 ulug‘vor	 yutuqlar	 tilaydi.	 (V.	 3.)
3)         Baho   ifodalashda   ohangning   ham   roli   kattadir:   Hoy
yaxshilar,   sizlardan	
 iltimos:	 mashina	 ichiga	 semichka	 po‘chog‘i	 tashlanmasin.
Ba’zan   undov   so‘zlarning   o‘zi   undalma   vazifasida   keladi.   Bu   vaqtda
so‘zlovchi   nutqi   qaratilgan   shaxs   konmatn   yoki   vaziyat-dan   bilinib   turadi:   Nima
qilayotibsan,   ey,- dedi	
 Do‘smat	 xotiniga, —   aqlingni	 edingmi?	 (P.	 T.)
4)                   Undalmaning baho tavsifi ifoda qilishida egalik hamda   -jon,	
 -xon,	 -
cha,	
 -choq   affikslaridan   foydalaniladi: SHigitcha,   tushmaysizmi? —   dedi	 kimdir
orqadan(O‘.U.)
So‘zlashuv   uslubida   undalmaning   III   shaxs   egalik   affiksi   bilan   kelishi
kuzatiladi:   Voy,   otasi,   keldingizmi?	
 Nima	 gap?	 (P.T.)
5)                   So‘zlashuv   uslubida   buyruq   maylining   I   shaxs   birlik   shaklining
undalma vazifasida kelish hollari uchraydi:   O‘ingiz	
 o‘ylang,   aylanay,   oltita	 bolani
boqish	
 osonmi?	 (U.	 U.)
6)         Undalmalarning   takrorlanib   kelishi   ham   baho   ottenkasini   kuchaytiradi.
Bu   so‘zlashuv,   badiiy   va   publitsistik   uslublar   uchun   xarakterlidir:   Hoy,   yuksak
tog‘, yuksak tog‘,   Deya	
 yolvordi	 o‘tloq	 (H.	 G‘.)
Ba’zan   gap   boshida   kelgan   undalma   gap   oxirida   takrorlana-di:— Men
YOlqin	
 	akamning: — Tursun,   qayoqqa	 	yo‘q	 	bo‘lding,   Tur-sun?   degan
hayqirig‘idan	
 cho‘chib	 uyg‘ondim.	 (P.	 Q.) 7)                   Undalmalar   gradatsiya   (kuchaytirish)   uchun   xizmat
qiladi:   Ha,   ablah,   yolg‘onchi,   muttaham!..   Ket 	bu	 	rdan,	 	ko‘zimga
ko‘rinma!..     (P. T.)
Undalma   umumlashtiruvchi   birlik   va   uyushiq   undalmalar   shaklida   ham
uchraydi:   Aziz   tojik   do‘stlarimiz:   tojik   paxtakori   va   agronomi,   tojik   ishchisi   va
olimi,   ajoyib   sehrgar   tojik   doktori   va   san’atkori!   Sizlarning	
 mehnatingiz	 va
paxtangiz	
 o‘zlaringizga	 o‘xshagan	 benihoya	 ko‘rkam	 va	 go‘zal!	 (V.Z.).
So‘zlashuv   uslubida   undalma   tarkibi   ba’zan   murakkab   holda   bo‘ladi:   Ey
mening   yorug‘   shamim!   YOrug‘   shamimgina   emas.   Yo‘q.   Ey   ko‘zimning
ravshan nuri!   So‘zlaringning	
 latofati	 yuz	 ming	 jondan	 ortiq.	 (N.)
Rasmiy-idoraviy   uslubda   undalmalar   so‘zlovchi   nutqi   qaratilgan   shaxsni
ifodalaydi.   Badiiy,   publitsistik,   so‘zlashuv   uslublarida   esa   undalmalar   jonli   va
jonsiz   predmetlarga   qaratilishi   ham   mumkin:   Ey-voy,	
 osmon	 yiroq-u	 er	 qattiq.
CHarxing	
 buzilsin,   falak! (P.   T.)
Undalma   badiiy   adabiyotda   personajlar   nutqini   xarakterlash   uchun   ham
xizmat   qiladi.   Masalan,   tarixiy   temada   yozilgan   asarlarda   eskirgan   so‘z   bo‘lgan
undalmalarga murojaat qilinadi:   CHaqirtirgan	
 ekansiz,   a’lo hazrat? (V. S.)
7)         Undalmalarning   gapdagi   o‘rni   (gap   boshida,   o‘rtasida,   oxirida)   ham
bahoni   kuchaytirishda   muhimdir: To‘g‘ri	
 aytasiz,   egachi! —   deb	 uning	 so‘zlarini
tasdiqladi.	
 (H.	 G‘.)
Undalmalar ko‘pincha gap boshida keladi.
 
14.   Kirish   bo‘laklarning   va   kiritmalarning   stilistik
xususiyatlari.   Kirishlar   so‘z,   so‘z,   birikmasi,   gap   shaklida   bo‘lib,   barcha   nutq
uslublarida qo‘llanadi.
I.   Kirishlar   so‘zlovchi   shaxsning   aytilayotgan   fikrga   bo‘lgan   munosabatini
ifodalaydi. Bular quyidagi semantik-stilistik xususiyatlarga egadirlar:
1.   Ishonch     yoki   tasdiq   ifodalaydi.   Bu   tip   kirishlar   deyarli   barcha   nutq
uslublari   uchun   xarakterli.   Lekin   bular   so‘zlashuv,   badiiy,   publitsistik   uslublarda
nisbatan ko‘proq qo‘llanadi:   Zokir	
 ota,	 shubhasiz,	 juda	 tajribali	 paxtakor.	 (A.	 Q.) Bu   tip   kirishlardan   so‘zsiz, o‘z-o‘zidan,	 aniqki   kabilar   ko‘proq   ilmiy   uslub
uchun   xarakterlidir:   Agar	
 ravishdosh	 shaklidagi	 fe’l	 keyingi	 fe’lning	 belgisini
ko‘rsatsa,   o‘z-o‘zidan,   keyingi	
 fe’l	 mustaqil	 fe’l	 bo‘ladi.	 (O‘zb.	 t. gram.,	 I t.)
2.                   Gumon ifoda qiladi. Bu tipkirishlar ham ko‘proq so‘zlashuv, badiiy
va   publitsistik   uslublarga   xosdir:   Aftidan,   Davron	
 unga	 joy	 band	 qilib
o‘tiribdi!   ( P . Q.)	
 Mening	 so‘zlarim	 sizga,   ehtimol ,	 achchiq	 tatiyotgandir.	 (H.	 G‘.)
Boshlagan	
 ishimiz	 ollo	 taologa	 yoqmadi,   chog‘i.   (S.	 Ahm.)	 Sirini	 aytishiga,
yuragini
bo‘shatishiga	
 g‘ururi	 yo‘l	 bermadi,   shekilli.   (H.G‘.)
Ilmiy,   rasmiy-idoraviy   uslubning   ekstralingvistik   belgilari   bu   tip   kirish
qurilmalarning ilmiy, rasmiy-idoraviy matnlarda qo‘llanishini chegaralaydi.
So‘zlashuv   uslubida   basharti,   bordi-yu   kirishlari   ko‘p   qo‘lla-nadi:   Bordi-
yu,   o‘sha	
 yulduzlarda	 inson	 ham	 bo‘lsa-chi?	 (J.   A.) Basharti,   Hakima	 kech	 qolsa-
chi?
So‘zlashuv   uslubida   kim	
 biladi   qurilmasi   ham   nutqdagi   vazifasi   va
ma’nosiga   ko‘ra   kirish   vazifasida   keladi:   Mana	
 shu	 voqea,   kim   biladi,   nima
uchundir	
 Abdullaning	 xayolidan	 sira	 ko‘tarilmasdi.	 (U.U.)
3.Orzu-umid,   istak,   mamnunlik   ifodalaydi.   Bu   tip   kirishlar   ko‘proq
so‘zlashuv uslubiga xos:   ishqilib,	
 qani	 endi,	 koshkiydi,	 yaxshiyamki,	 xayriyat kabi .
3.                 Taajjub   ifodalaydi.   Bu   tip   kirishlar   ko‘proq   so‘zlashuv,   badiiy,
publitsistik   uslublarda   qo‘llanib,   ilmiy,   rasmiy-idoraviy   uslublarda
kuzatilmaydi:   nima	
 balo,	 nahotki,	 tavba kabi
4.                 Uxshatish ifodalaydi. Bu tip kirish qurilmalar ham so‘zlashuv, badiiy
uslublarga   xos:   Oqshom	
 pardasi	 qoplagan	 ko‘cha.	 Xiyobonda	 quyosh	 charaqlab
ketdi,   misoli.   (R.	
 F.)
5.                 Ta’kid ifodalaydi:   axir,	
 xolos,	 qaytaga.
6.       Taxmin ifodalaydi:   chamamda.
                        II.                   Aytilayotgan   fikrning   kimga   qarashli   ekanligini
ifodalaydi:   menimcha,	
 	fikrimcha,	 	nazarimda,	 	aytishlaricha,	 	bilishimcha...
aytmoqchi kabilar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslub uchun xarakterli. Bu   tip   kirishlardan   bizningcha, bizning	 fikrimizcha,	 uningcha,   ma’lum
bo‘lishicha,	
 ...	 ning	 qayd	 qilishicha,	 ...	 ning	 fikriga	 ko‘ra,	 ...	 ning	 yozishicha kabilar
ilmiy uslub uchun, ayniqsa, uning ilmiy bahs sohasi uchun xarakterlidir.
Rasmiy-yuridik uslubda zsa  ... ga	
 muvofiq,	 ...	 ga	 binoan,	 ...	 bo‘yicha,	 ...	 ga
asosan kabi kirishlar ko‘p uchraydi.
III.             Aytilayotgan   fikrning   oldingi   fikr   bilan   aloqasini   ifodalaydi.   Bunda
quyidagi holatlar kuzatiladi:
1.   Bir   gap,   abzats   yoki   murakkab   sintaktik   butunlik   tarkibida   aytilgan
keyingi   fikr   oldingi   fikr   bilan   munosabatda   bo‘ladi.   Bunda   ko‘pincha   keyingi
kirishli   gap  oldingi  fikr   xulosasi,   yakuniday  hisoblanadi.  Bu   vazifada  so‘zlashuv,
badiiy, pub-litsistik  uslublarda   bundan	
 chiqdi,	 qo‘ying-chi,	 baribir,	 yaxshisi,	 shu-
shu,	
 qildi-qildi,	 shunday	 qilib,	 bir	 so‘z	 bilan	 aytganda,	 xul-lasi	 kalom,	 vassalom,
binobarin,	
 qarabsizki,	 qo‘yingki,	 umuman   kabi so‘zlar keladi.
So‘zlashuv uslubida:   yaxshisi,	
 qo‘ying-chi,	 shunaqa	 qilib,	 shu-shu   kabi.
Publitsistik uslubda:   bir	
 so‘z	 bilan	 aytganda,	 shunday	 qilib,	 baribir kabi .
Badiiy uslubda:   binobarin, qo‘yingki,   q arabsizki   kabi.
Ilmiy uslubda:   demak,	
 umuman	 olganda,	 shunday	 ekan kabi.
Bir   abzats,   murakkab   sintaktik   butunlikda   aytilgan   fikr   oldingi   matnda
aytilgan   fikr   bilan   munosabatga   kirishib,uning   xulosasi,   yakunini   ifodalaydi.   Bu
vaqtda   ko‘rinadiki,	
 anglashiladiki,	 ko‘rib	 o‘tdikki,	 xullas kabi kirishlar keladi.
IV.   Aytilayotgan   fikrning   tartibini   ifodalaydi.   Bu   vazifada   birinchidan,
ikkinchidan,	
 avvalo,	 nihoyat,	 so‘ngra,	 oxiri,	 dastlab,	 innaykeyin kabi so‘zlar keladi.
Bulardan   nihoyat,	
 dastlab,	 avvalo,	 oxiri kabilar   badiiy,   publitsistik,   so‘zlashuv
uslublarida ko‘proq qo‘llanadi.
So‘zlashuv uslubi uchun   innaykeyin kirishi xos .
Birinchidan,	
 ikkinchidan kabi kirish so‘zlar ko‘proq ilmiy uslubga xosdir.
V.   Fikrning   odatda   yuz   berib   turadigan   voqea-hodisani   anglatishini
ifodalaydi:   odatda,
 odatga	 ko‘ra,	 odat	 bo‘yicha   kabi
Kiritmalar   tushunarsiz   yoki   tushunilishi   qiyin   so‘zlar   (dialektizm,
professionalizm, termin, jargon, arxaizm, istorizm kabilar) ma’nosini, ayrim leksik birliklarning   talaffuzi   yoki   etimologiyasini   izohlash,   so‘zlovchining   sub’ektiv-
emotsional   munosabatini   ifodalash,   xabar   manbaini   ko‘rsatish,   qo‘shimcha
ma’lumotlar   berish   uchun   xizmat   qilib,   ayrim   bo‘lak,   birikma,   gap   shaklida
bo‘ladi.
Odatda, so‘zlashuv uslubida kiritmalarga ko‘proq ehtiyoj seziladi.
Kiritmalar   badiiy   va   publitsistik   uslublarda   ham   fikr   bayon   qilishning
maxsus   usuli   hisoblanib,   personaj   kechinmala-ri,   obrazlar   harakatining   ichki
motivlari,   his-hayajonning   sabablari,   tasvirlanayotgan   voqelikka   bo‘lgan
munosabat kabilar-ni ifodalaydi, ifoda qilinayotgan fikrni izohlaydi yoki bu haqda
qo‘shimcha   ma’lumot   beradi:   SHunday kezlarda   (bunaqa   kezlar   ikki-uch   bor
bo‘lgan)   Azizxon	
 ketishga	 shoshilmaydi.	 (S.	 A.)
Ilmiy   va   rasmiy-idoraviy   uslublarda:   Bu	
 narsa	 so‘zning	 o‘zaro	 bog‘langan
uch	
 xil	 strukturaga	 ega	 ekanligini	 ko‘rsatadi:	 so‘zning	 semantik	 strukturasi   (so‘z
anglatadigan   ma’nolarning   butun   sistemasi),   so‘zning	
 	fonetik
strukturasi   (so‘zning   tipik   fonetik   xususiyatlari),   so‘zning	
 	morfologik
strukturasi   (morfemalarga bo‘linishi).   (O‘zb.	
 t. gram.,	 I t.)
Adabiyotlar:
1.  Мамажонов	
  А.   Қўшма гап стилистикаси.- Тошкент, 1990.
2.  Шомақудов	
 А.,	 Расулов	 И.,	 Қўнғуров	 Р.  Ўзбек тили              стилистикаси. –
Тошкент, 1983.
3.  	
Содиқова	 М.  Феъл стилистикаси. – Тошкент, 1975.
4. Қў нғуров
 Р.  Ўзбек тили стилистикасидан очерклар.- Самарқанд, 1975.
5.   Қў нғуров
 Р.   Грамматик   стилистика   //   “Ўзбек   филологияси”   тўплами.
СамДУ асарлари, янги серия, № 315. – Самарқанд, 1975.
6.   Қў нғуров
 Р.   Субъектив   баҳо   формаларининг   семантик   ва   стилистик
хусусиятлари. – Тошкент, 1980.
7.   Қў нғуров   Р.   Стилистика   имени   существительного   в   узбекском   языке.   –
Ташкент, 1983. 8. Қў нғуров Р.  Олмош стилистикасига оид айрим мулоҳазалар // “Ўзбек тили
стилистикасидан кузатишлар” тўплами. – Самарқанд, 1981. 
9.Қў нғуров Р.   Сифат стилистикаси // “Ўзбек тили стилистикаси
ва нутқ маданияти” тўплами. – Самарқанд, 1982.
10.   Қў нғуров   Р.     Каримов   С.     Ўзбек   тили   стилистикаси   ва   нутқ   маданияти.
Библиографик кўрсаткич.– Самарқанд, 1984.
11.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   I     том   –   Тошкент,   1975.   II     том   –   Тошкент,
1975.

Sintaktik uslubiyat. Sodda gaplar uslubiyati. R e j a: 1. Sintaktik uslubiyatning mundarijasi, maqsad va vazifalari. 2. Sintaksisning stilistik imkoniyatlari. 3. Ilmiy uslub sintaksisi elementlari. 4. So‘zlashuv uslubining sintaktik elementlari. 5. Badiiy uslub sintaksisi elementlari. 6. Sintaktik sinonimiya stilistik vosita sifatida. -gap bo‘laklari sinonimiyasi; -so‘z birikmasi doirasida sinonimiya; -gaplar sinonimiyasi: sodda gaplar sinonimiyasi, qo‘shma gaplar sinonimiyasi. 7. Ifoda maqsadiga ko‘ra gap turlarining stilistik xususiyatlari. 8. Tasdiq va inkor gaplarning qo‘llanishi. 9. Bir tarkibli gaplarning stilistik xususiyatlari : -shaxsi aniq gap; -shaxsi noaniq gap; -shaxsi umumlashgan gap; -egasi topilmaydigan gap; -nominativ gap. 10. Gap bo‘laklarning funksional qo‘llanishi. 11. Gapda so‘zlar tartibining stilistik vazifasi. 12. Uyushiq bo‘laklarning stilistik vazifasi. 13. Undalma stilistik vosita sifatida. 14. Kirish bo‘laklarning va kiritmalarning stilistik xususiyatlari.

1. Sintaktik uslubiyatning mundarijasi, maqsad va vazifalari. Verli M.: «Uslub so‘zga qaraganda ko‘proq gapda shakllanadi». Galperin I. R.: uslubning o‘ziga xos belgilari uning sintaktik qurilishidadir. Gvozdev A. N.: «Sintaksisning stilistika uchun juda muhimligi shu bilan belgilanadiki, gap nutqning asosiy birligi sifatida tafakkur va aloqa uchun xizmat qiladi. Gapda so‘zlarning oddiy tartibining o‘zi turli variantlarni hosil qiladi, turli ma’no yoki ekspressiv ottenkalar ifodalaydi. Funksional uslublarning shaklanishida sintaksis muhim rol o‘ynaydi. Ayrim sintaktik hodisalar stilistik vosita sifatida funksional chegaralanganligi bilan o‘ziga xos xususiyatlarga ham egadir. Masalan, sifatdosh va ravishdosh oborotlar, bog‘lovchilarning ayrim turlari ko‘proq kitobiy nutqqa xos bo‘lib, ifodaga kitobiy kolorit beradi, to‘liqsiz gaplar, ko‘pgina elliptik qurilmalar, kesimi undov va harakat nomi bilan ifodalangan gaplar ko‘proq so‘zlashuv nutqida qo‘llanadi. Poetik sintaksis vositalari esa badiiy nutq uchun xarakterlidir. Ayrim sintaktik birliklar ma’lum funksional stillarda keng qo‘llanib, boshqalari uchun esa tipik bo‘lmaydi. Masalan, ergashgan qo‘shma gaplar, yig‘iq gaplar funksional stilning bir ko‘rinishida ko‘p, boshqa ko‘rinishida esa kam qo‘llanadi. Ammo   bunday hollarda ham gapning konkret tipi, uning tuzilishi, leksik va morfologik tarkibi funksional stillar uchun umumiy xarakterda bo‘ladi. Ayniqsa, hozirgi o‘zbek adabiy tilida rivojlangan sintaktik hodisalar sinonimiyasi funksional stil uchun tuganmas manbadir. 2. Sintaksisning stilistik imkoniyatlari. Sintaktik stilistika birliklarini belgilash bu sohaning predmetini belgilash demakdir. Ritorika, poetika, adabiyot nazariyasida sintaktik figuralar deb atalgan qurilmalar stilistik snntaksis vositalari deb qaraladi. Bundan tashqari, o‘rinli va original qo‘llangan sintaktik qurilmalar ham stilistik vositalar bo‘lib xizmat qiladi. Antik ritorikadan boshlab sintaktik figuralar deb atalayotgan hodisalar (ritorik so‘roq, ellips, gradatsiya, band, anafora, epifora, takror, antiteza kabilar) badiiy-poetik sintaksis birliklari hisoblanadi. O‘zbek tili badiiy-poetik sintaksisi elementlari haqida fikr yuritilganda ham, shular tilga olinadi.

O‘zbek tili taraqqiyotining hozirgi bosqichida funksional uslublar farqlanib, uning ilmiy, badiiy, publitsistik, rasmiy ish qog‘ozlari, so‘zlashuv kabi uslublari shakllandi. Sintaktik qurilmalar nutq uslublarida neytral bo‘lgani kabi, funksional xarakterda ham bo‘ladi. Sintaktik stilistika uchun neytral xarakterdagi sintaktik vositalar emas, nutq uslublariga xoslangan funksional sintaktik vositalar muhimdir. 3. Ilmiy uslub sintaksisi elementlari. Ilmiy nutq uchun fikrni aniq, logik izchillik bilan ifodalash xarakterlidir. Umuman, ifodaning logik izchil bo‘lishi, bunda logik uquv, logik zehn, logik qobiliyatga mo‘ljallanishi, mana shu maqsadda ifodaning intellektual elementlariga ko‘p murojaat qilinishi ilmiy uslubning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Ilmiy asarlar mulohaza va isbotdan iborat bo‘ladi. Isbot aniq bayon qilinadi. Buning uchun ifodaning to‘liq bo‘lishi lozim. SHunga ko‘ra ham ilmiy matnlar uchun to‘liq gaplar xarakterli. Bunda to‘liqsiz gap fikrning aniqligiga putur etkazadi. Ilmiy ifodada logik izchillikni ta’minlovchi muayyan so‘z tartibiga amal qilish muhimdir. Bunda o‘zbek adabiy tilining grammatik qurilishi talablariga rioya qilinadi. SHu bilan birga, fikrni aniq, izchil ifodalash uchun ba’zan gap bo‘laklarining tartibini o‘zgartish ham mumkin. Ilmiy nutqning o‘ziga xos belgilaridan yana biri unda qo‘shma gap, uning murakkab tiplarining keng qo‘llanishidir. Qo‘shma gap komponetlari ko‘pincha semantik munosabatlarni aniqroq ifodalovchi bog‘lovchi va bog‘lovchi vazifasidagi boshqa vositalar orqali birikadi. Juda ko‘p hollarda chunki, shuning uchun,  shu  sababli   kabi bog‘lovchilar, shart mayli va ravishdosh shakllari, -dek affiksi kabilardan keng foydalaniladi. Ilmiy uslubda passiv qurilmali gaplar, bir tarkibli gap tiplaridan egasi topilmaydigan gaplar keng ishlatiladi.

Ilmiy asarlarning isbot, xulosa qismlarida shunday ekan,  aytiladi,  deb ataladi,  masalan,  to‘xtab  o‘taylik,  diqqat  qilaylik,  diqqat  qiling,  qiyoslang,  qiyos qiling   kabi iboralardan keng foydalaniladi. Ilmiy matnlar uchun o‘quvchining diqqatini bayon qilinayotgan hodisaga jalb qilish maqsadida ayrim so‘zlar, so‘z birikmalari, gaplarni ajratish, havola va turli izohlar berish ham xarakterlidir. 4. So‘zlashuv uslubining sintaktik elementlari. So‘zlashuv uslubi so‘zlashuv nutqi tushunchasidan farq qiladi. So‘zlashuv nutqi adabiy so‘zlashuv uslubi bo‘lib, tilning adabiy normalariga mos keladi. U «ishlangan», «tartibga solingan» bo‘lib, kasbi yoki mutaxassisligidan qat’i nazar, shu tilda so‘zlashuvchi har bir kishi uchun tushunarli bo‘lgan asosiy uslub hisoblanadi. So‘zlashuv uslubi erkin holda shakllanishi bilan farqlanadi, unda emotsionallik kuchli bo‘ladi. So‘zlashuv nutqida adabiy so‘zlashuv nutqiga xos elementlarning biror jihatdan adabiy til normalariga mos kelmaydigan qurilmalarining qo‘llaiishi mumkinligi ham uning xarakterli belgilaridan hisoblanadi. So‘zlashuv nutqi sintaktikasining o‘ziga xos belgilari uning nutq momentida shakllanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Oddiy so‘zlashuvning asosiy sintaktik belgilari quyidagilar: 1.Fikr ko‘proq to‘liqsiz gap shaklida ifodalanadi. 2.Faqat kesimdan tashkil topgan to‘liqsiz gaplar ko‘p qo‘llanadi. 3. Sifatdosh  +  emish,  sifatdosh+ekan   qurilmalari hamda tuslangan ravishdoshlar bilan ifodalangan gaplar ko‘p ishlatiladi. 4. Maqol va hikmatli so‘zlar, turli xalq iboralari keng qo‘llanadi. 5. Inversiya xarakterli. 5. Badiiy uslub sintaksisi elementlari. Badiiy nutq kommunikativ va estetik vazifa bajaradi. «Badiiy uslubning boshqa uslublardan ajralib turadigan asosiy belgisi,— deb yozadi A. I. Efimov,— uning estetik vazifasi, obrazliligi va ekspressivligidir».

Badiiy uslubning qo‘llanish doirasi juda keng bo‘lib, tematik va stilistik tomondan chegaralanmagan. Bunda barcha uslub imko-niyatlaridan foydalaniladi, shu bilan birga, adabiy til normalaridan chekinilishi mumkin. Badiiy uslub sintaksisi sifatlovchining keng qo‘llanishi, so‘z tartibida teskari, sub’ektiv tartibga keng yo‘l qo‘yilishi, ritorik so‘roq va undov gaplar, sintaktik figuralarning ko‘p qo‘llanishi kabi holatlar bilan xarakterlanadi. 6. Sintaktik sinonimiya stilistik vosita sifatida. Fikrni to‘g‘ri va ta’sirchan ifodalashda sintaktik sinonimiya imkoniyatidan keng foydalaniladi. Stilistikada sinonim   va variant   tushunchalari farq qilinadi. Sinonim ma’no ottenkasini ko‘rsatadi. Variant esa aniq ma’no ottenkasiga ega bo‘lmaydi. U bir ma’no ottenkasi doirasida bo‘ladi. SHendels E. I.: «Variantlar sinonim hisoblanmaydi, ular yo ma’no jihatidan bir xil dublet bo‘ladi yoki ma’nosidagi farqi grammatik ma’nolar sistemasiga ta’sir ko‘rsatmaydi». Qiyoslang: Bu boqqa  juda  ko‘p  mehnatimiz  singgan     (0)  -       Mehnatimiz  bu  boqqa juda  ko‘p  singgan; Sintaktik sinonimiya gap bo‘lagi, so‘z birikmasi, gap doirasida bo‘lishi mumkin. -gap bo‘laklari sinonimiyasi. Odatda, gap bo‘laklarining har biri sinonimiya hosil qilishi mumkin. Masalan: 1. Bir tarkibli gaplarning bir turida kesim harakat nomi (o‘qish,  o‘qimoq, o‘quv)   hamda kerak,  zarur,  lozim,  darkor   kabi so‘zlarning qo‘shilishidan tashkil topgan qurilmalar bilan ifodalanadi. Bular kesim sinonimiyasidir. Qiyoslang: Jasoratlariga   ofarin o‘qimoq kerak. (0.)  Lekin  zarur  vaqtdagina tilga   erk bermoq lozim. (0.) SHuning  uchun  ularni  g‘aflatdan   uyg‘otish darkor. (0.) Aql,  fahm-farosat  bi-lan  ko‘ngilni   yo‘lga solib turish kerak. (A.  Q.) Ko‘makchili va kelishikli shakldagi to‘ldiruvchi va hollar sinonimiya hosil qiladi. To‘ldiruvchi sinonimiyasi: Olim uchun vijdon  ham  o‘tkir  ilm  kabi  zarur.  (J. A.)   Olimga vijdon  ham  o‘tkir  ilm  kabi  zarur.