Sodda gap uslubiyati
![Mavzu: Sodda gap uslubiyati
Reja:
Kirish
1. Sodda gap va uning mazmuniy qurilishi
2. Sodda gaplar uslubiyati
3. Gap bo‘laklarning funktsional qo‘llanishi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_1.png)
![Kirish
Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat butunlik bo’lishiga
qaramasdan, yaqin yillargacha sintaktik tadqiqotlarda, asosan, gapning shakliy
tomoniga e’tibor berilgan. Faqat ayrim o’rinlardagina (masalan, gapning ifoda
maqsadiga ko’ra turlarini belgilashda ikkinchi darajali bo’laklarning ichki
tasnifida) mazmun tomoniga murojaat qilindi. Hozirgi kunda gap mazmunini
o’rganuvchi mazmuniy sintaksis deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’tirof
etilgan bo’lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasida bir xillik yo’q.
Ular orasida ikki qaramaqarshi qo’nalish ajralib turadi. Birinchi yo’nalish
tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik ma’nosiga asoslanadilar.
Bu yo’nalishda gapning xar bir tuzilish tarixning umumiy grammatik
ma’nosini topishga xarakat qilinadi va tuzilish tarixining umumiy grammatik
ma’nosi doirasida mazmuniy tuzilish aniqlanadi. Ularning fikriga ko’ra, mazmun
grammatik shakllanmay, o’z xolicha mavjud bo’lmaydi. Shuning uchun gapning
barcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodachisi bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari gapning nominativ minimumi uzvlarining
leksik ma’nolariga asoslanadi. Bunga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi
tuzilish tarxlari doirasida emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish tarxlari
va mazmuniy tuzilish bir-biri bilan kesishmaydigan yonma-yon qatorlarga teriladi.
O’zbek tilida gaplar grammatik asoslarining miqdoriga ko’ra 2 ga bo’linadi:
Sodda va qo’shma: Bu shaharda tanish bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun
bilindi. Kampirning ko’zlarini allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka
yopishgan chandir terisi oqardi.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_2.png)
![Sodda gap va uning mazmuniy qurilishi
Shakl va mazmun, sintaktik aloqa, sodda gap, qo’shma gap, egali gap, egasiz
gap, grammatik asos, gap bo’laklari, bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’lak, yig’iq
bo’lak, yoyiq bo’lak.
Sodda gaplar eganing ishtirok etish etmasligiga ko’ra 2 xil bo’ladi: Egasi
mavjud gaplar va egasiz gaplar: Biz yangi filmni tomosha qildik – yangi filmni
tomosha qildik.
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi:
sodda yig’iq gap (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gap: (Kamola darvozadan
shoshilib kirib keldi).
O’zbek tilida gapda so’zlar o’zaro grammatik munosabatga kirishib gap
bo’laklarini hosil qiladi. Har bir gap bo’ladi boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan
grammatik munosabatiga ko’ra belgilanadi, ya’ni har bir gap bo’lagi o’zi
munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi: Dildora
kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi – bu gapda so’zlar qo’yidagicha
sintaktik aloqaga kirishgan: 1. Dildora gapirdi. 2. Zavqlanib gapirdi. 3.
Uchrashuv haqida gapirdi. 4. Kechagi uchrashuv.
Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib,
kesimda ifodalangan ish harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi. Kesim qaysi so’z
turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: fe’l kesim, ot kesim. Tuzilishiga
ko’ra esa sodda kesim va murakkab kesimga bo’linadi.
Fe’l kesim qo’yidagi ko’rinishlarga ega:
A) sof fe’l kesim: Men maktabga boraman.
B) Ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurullab, mashina oldinga intildi.
S) Sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It xurar – karvon o’tar.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_3.png)
![Fe’ldan boshqa so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so’z, harakat
nomi) bilan ifodalangan kesim ot kesimdir:
A) Yaxshi ro’zg’or – jannat, yomon ro’zg’or – do’zax.
B) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
S) Birniki – mingga, mingniki – tumanga.
D) Maqsadim – shu.
E) Sizdan umidim ko’p.
Y o ) Mening g’am ulug’ niyatlarim bor.
Murakkab kesim ikki yoki undan ortiq so’z bilan ifodalanadi: Ayozli kunlar
asta-sekin o’tib borayotir.
Murakkab ot kesimlar ot+bog’lama vazifasida kelgan yordamchi fe’l yoki
ko’makchi fe’l tarzidagi qo’shilishdan hosil bo’ladi. Bunda asosiy ma’no otdan
anglashiladi. Bog’lama kesim bilan egani bog’lovchi so’zlardir. Ular mustaqil
ma’nosini to’la yoki qisman yo’qotib, yordamchi vazifaga ko’chgan so’zlardir.
Bularning vazifasi fe’l bo’lmagan so’zlar bilan qo’shilib, kesimni shakllantirishdir,
ya’ni mayl, zamon, shaxs son ma’nolrini ifodalashdan iborat. Kesimni
shakllantirishga hizmat qiladigan bunday bog’lamalar bo’l - , qil - , edi, ekan,
emish, hisoblan-, sana – kabi yordamchilardir. Kerak, zarur, darkor so’zlari
ham bog’lama vazifasida qo’llanadi.
Xursand edi, qiziqarli bo’ldi, Yaxshilik qil, obod qildi, ozod bo’ldi, oz emish,
xursand bo’ldi, to’g’ri chiqdi, ko’p edi.
Kesim birikmalar va iboralar bilan ham ifodalanadi. Kengaygan birikma va
iboralar gapda yaxlit xolda bitta gap bo’lagi bo’lib keladi va o’z ichida boshqa
bo’laklarga ajratilmaydi: Vazifamiz – bilim maskanlarida hamisha a’lo o’qish.
Tarixni o’rganishdan asosiy maqsad – milliy o’zligimizni chuqurroq anglash.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_4.png)
![Baquvvat xotiraning mohiyati – unutmaslik. Komil insonlardagi olijanob hislat –
o’tmishni unutmaslik.
Ega va kesim gapning grammatik asosidir. Gapni gap bo’laklariga ajratishda
bir necha usullardan foydalaniladi. Ulardan ko’p qo’llaniladigani gap tarkibidagi
so’zlarga so’roq berishdir. Ammo bu usul har doim ham o’zini oqlamaydi. Chunki
gapda so’roqqa javob bo’la oladigan, amo gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan
bo’laklar – undalmalar ham ishtirok etadi. Masalan: Bolalar, ilm olish –
yuksalishdir. Gapida bolalar so’zi so’roqqa javob bo’lsada lekin gap bo’lagi
vazifasida kelmagan. S h uningdek gapni gap bo’laklariga ajratishda ularning
grammatik shakliga ham e’tibor beriladi. Ammo bu usul ham to’liq o’zini
oqlamaydi. Masalan, qaratqich kelishigidagi so’z qaratqichli aniqlovchi
vazifasinibajarishi mumkin, ammo jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigidagi
so’zlar to’ldiruvchi ham, hol ham bo’lishi mumkin: Paxtani zavq bilan terdim –
paxtani mashina bilan terdim. Sen nimaga kechikding – suvni nimaga
quymoqchisan.
Ba’zan gap bo’laklarini belgilashda uning qaysi so’z turkumiga taalluqli
ekanligi ham e’tiborga olinadi. Lekin bu usul ham to’liq asos bo’la olmaydi.
Chunki biror bo’lak aynan bir so’z turkumi bilan har doim ham ifodalanavermaydi.
Shuning uchun gapni gap bo’laklariga ajratishda tobe aloqa asosiy vositadir.
Ega quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi:
Yo’lchi o’rnidan turdi.
Mard maydondda bilinar.
To’qqiz uchga kasrsiz bo’linadi.
Men mnstitutda o’qiyman.
Tirishgan tog’dan oshar.
So’zlagandan so’zlamagan Yaxshiroq.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_5.png)
![Taraq-turuq o’zgarishsiz davom etadi.
Uzoqdan yosh bolaning dod-voyi eshitildi.
Burgaga achchiq qilib kurpani kuydirish sizga yarashmaydi.
“Edi” – to’liqsiz fe’l.
“A” – unli tovush.
Extiyot bo’ling, tag’in ketidan “lekin”i chiqib qolmasin.
Masalan: 1. Korxona ilg’orlariga mukofotlar topshirildi. 2. Sport zalida
bolalar badantarbiya bilan shug’ullanadilar. 3. O’tkazilgan sayr sizda qanday
taassurot qoldirdi? 4. Sinfingizda kimlar o’qish va intizomda boshqa
o’quvchilarga namuna bo’lmoqda? 5. Bolalar, gullarni parvarish qilib tkring. 6.
O’quvchilar uzrsiz dars qoldirmang.
Biz gap yordamida biror narsa haqida xabar beramiz, so’raymiz, iltimos
qilamiz, buyuramiz, o’zimizning fikrimizni, tuyg’umizni, istagimizni boshqalarga
bildiramiz.
Gap tugallangan fikr, mazmun bildiradi, anglatgan mazmuniga mos ohang
bilan o’qiladi (aytiladi).
Gapda so’zlar bir-biri bilan grammatik bog’lanadi. Gapning asosini bosh
bo’laklar – ega va kesim tashkil qiladi.
Berilgan so’zlarni bir-biri bilan bog’lab gap tuzing:
1. Biz, topshiriqlar, o’z vaqtida, bajaramiz.
2. Shaharlar, ko’p, qavatli, binolar, qurilmoqda.
3. Biz, jonajon, Vatan, gullab-yashnatmoqda.
4. Biz, o’qish, uchun, qulay, sharoit, yaratilgan
Shu kunga qadar o’rganib chiqqan sintaktik hodisalar va ularga xos ba’zi
muhim xususiyatlarni umumlashtiriidir. Darhaqiqat, dastlabki ma’ruzalarimizda-](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_6.png)
![qayd etganimizdek, sintaksis gap va uni tashkil etgan so’z shakllarining o’zaro
grammatik va mazmuniy munosabatlari hamda bu munosabatlarni yuzaga
chiqaruvchi vositalarni o’rganib chiqdi. Lekin bu uning bir qismi, xolos. Eng
asosiy qismiga endi kirib boramiz. Hozirgacha bizga ma’lum sintaktik aloqa turi,
vositasi va usullari, so’z birikmasi va gap haqidagi nazariy bilimlar go’yo binoning
qad rostlashini eslatadi. Binoning qad ko’tarishida material bo’lgan ashyolar tilda
sintaktik birliklar-so’z, suz irikmalari, gaplar shaklida namoyon bo’ladi.
So’zlardan so’z birikmalari, so’z birikmalaridan gaplar va gaplardan matnlar
keltirib chiqariladi. Biroq gapning sintaktik tahlili deganda ko’pchilikka faqat gap
bo’laklariga ajratishgina anglashiladi. Biroq sodda gapning tarkibiy tahlili
bo’laklarga ajratish emas, ularni dastavval so’z birikmalariga ajratish, shu
birikmalarning bog’lanish turi, yo’l va usullarini o’rganish, undan keyin gapning
o’zi klassifikatsiya nuqtai nazaridan qanday tahlil etilsa shunga e’tibor qilinadi.
Bunda ayniqsa gapning ifoda maqsadiga k o’ra turi, voqelikka munosabatiga ko’ra
turi, emotsionalligiga ko’ra turi, struktura asosining miqdoriga, struktura asosining
tarkibiga, ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga, zaruriy bo’laklarning
ishtirokiga va bo’laklarga ajralish va ajralmasligiga ko’ra- turi kabi tahlil tartibi
o’qiladi. so’ngra gapni bo’laklaria ajratilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
An’anaviy tilshunosligimizda esa sodda gapni sintaktik tahlil qilinadigan bo’lsa,
uni bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga ajratiladi, undalma yoki kirish so’z
kabilar qatnashgan bo’lsa sintaktik aloqaga kirishmagan bo’laklar deb tahlil etiladi.
Bu tahlilda gap yoki so’z birikmasi klassifikatsiyasi tartibi ham hisobga olinadi,
biroq bu oliy va maktab dasturida birdek shakllanish kasb etmagan. Shuning uchun
hozirgi davr tilshunosligining taraqqiyoti ta’lim tizimining mazmunan yangilash
yo’nalishlarini belgilab bermoqda. Bunga ko’ra maktab ona tili o’qituvchisi "So’z
birikmasi" mavzusi bo’yicha quyidagi bilimlar silsilasini to’la o’zlashtirgan
bo’lishi shartdir:"-bo’laklari so’zlar bilan ifodalangan gaplarni kesimdan berilgan
so’roq orqali tarkibiy qismlarga ajrata olishi: Paxtakor dalada ishlaydi: paxtakor
ishlaydi; dalada ishlaydi; va shunga o’xshash bo’laklari so’z birikmalari bilan
foydalangan gaplarni ham tarkibiy qismlarga ajratishni bilishi: Mohir paxtakor](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_7.png)
![kolxoz dalasida fidokorona ishlaydi. Shu tarkibiy qismdagi so’zlarni ma’nodosh
yoki uyadoshlari bilan almashtirib, yangi birikmalar yaratishi: mohir paxtakor-
epchil paxtakor, kolxoz dalasi-kolxoz bog’i, g’ayrat bilan ishlaydi kabi-so’z
birikmasi va undagi tobe, hokim so’zlarni aniqlash, biridan ikkinchisiga so’roq
berish.
-berilgan matndagi gaplarni so’z birikmalariga ajratib, aniqlovchili, to’ldiruvchili,
holli turlarini aniqlash:
-bo’laklari so’zlar bilan ifodalangan gaplarni aniqlovchili so’z
kiritish bilan kengaytirish, aniqlovchili so’z birikmalarida tobe va hokim so’zlarga
ma’nodosh, uyadosh so’zlar tanlab, yangi birikma va gaplar tuzish;
-so’z birikmalarini klassifikatsiya asosida tahlilini o’tkazish, bunda sodda tuzilishli
birikmalarni ma’noviy kengaytiruvchilar ta’sirida murakkab birikmalarga
aylantirish;
-turg’un birikmali so’z birikmalarini shakl jihatidan o’zgartirish kabi tahlillar
hozirgi kunning eng muhim ilmiy ham uslubiy yo’nalishlaridir.
"Gap" mavzusi va uning sintaktik tahlili bo’yicha esa quyidagi amaliy ishlarni
bajarish talab etiladi:
-berilgan matndagi gaplarni bir bo’lakli va ikki bo’lakli turga ajrata olish;
-Boraman. Bilmaysizmi? Ko’ramiz. kabi bir bo’lakli gaplarki ikki bo’lakli turga
aylantirishni bilish;
-gaplardagi tasdiq yoki inkor ma’nolarini farqlash va vositalarini aniqlay olish;
-gap markazi kesim ekanini sharxlash va kesimni shakllantiruvchi grammatik
formalarni aniqlash;
-kesimdan so’roq berish asosida gapni kengaytirish, so’z ma’nosiga bog’liq holda
kelgan kengaytiruvchilarni gap "kengaytiruvchilaridan farqlash;-berilgan gaplarni
bo’laklarga ajratish, sintaktik aloqaga kirishmaydigan so’zlar (gapni](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_8.png)
![murakkablashtiruvchi vositalar) ma’noviy guruhlarini aniqlash va hokazolar.
Buning uchun albatta, mutahasis nafaqat an’anaviy tilshunosligimiz nazariyalari,
balki zamonaviy, chuqur nazariy asosdagi talqinlardan ham bohabar bo’lmog’i
darkor. Jumladan, gap kesimini shakllantiradigan vosita-zamon, shaxs-son; mayl,
tasdiq-inkor ekanligini bilmaydigan shaxs, kesimning gap markazi bo’la olish
imkoniyatini ham tushuntirib bera olmaydi. Gap markazi esa predikativ yadro va
uning atrofini qurshab turuvchi argumentlardan iborat.Bu argumentlar ham o’z
mazmuniy xususiyatlari bilan agons, lokalis, temporalis kabi turlarning
kengaytiruvchilik funksiyalari asosida reallashadi. Buni til birliklaridagi oddiydan
murakkabga borish deb tushunish birmuncha qulay. CHunki kichik sath birliklari
katta sath birliklari uchun material bo’lib xizmat qiladi. Q immat jihatdan bir xil
birliklarning o’zaro sintaktik munosabati o’zidan yuqoriroq va yangi sifatga ega
bo’lgan butunlikni hosil qiladi.
Sintaktik birliklariing bunday butun va bo’lak munosabati -darajali munosabat
hisoblanadi. Biroq nima bo’lganda ham gapda obektiv mazmun ma’lum moddiy
vositalar-sintaktik shakllarorqali ifodalanadi. Gapning bunday moddiy ifodalanish
tomoni uning sintaktik tuzilishidir. Sintaktik tuzilish esa uzaro munosabatda
bo’lgan bir necha unsurlarning bir butuklik sifatidagi birlashishi. Sintaktik tuzilish
unsurlarini an’anaviy tilshunoslikda gap bo’laklari atamasi bilan nomlaydilar.
Lekin sintaktik tuzilish tarkibidagi barcha sintaktik shakllar gap bo’laklari
tarkibiga kiritilmaydi. An’anaviy tilshunoslikda sintaktik shaklning tobe aloqaga
kirishi (deminatsiya munosabati) uning gap bo’lagi deb hisoblanishining bosh
mezoni sanaladi.
Gap bo’lagi ma’lum sintaktik shaklning shakliy sintagmatik- munosabatdagi
vaziyatiga qarab belgilanadi: ega vaziyati, kesim vaziyati, to’ldiruvchi va
boshqalar. Natijada ayrim mazmuniy munosabatda bo’lgan shakliy jihatdan tobe
aloqa orqali emas, balki undash, kirish munosabati orqali ifodalangan birliklar
snntaktik tuzilish birligi sifatida karalmaydi. Bu esa butunni bo’laklarga bo’lish
asosiga zid keladi. Chunki butun bo’laklarga ma’lum asosda shunday bo’linishi
kerakki, butunning birorta ham unsuri bo’linishdan tashqarida qolmasligi kerak.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_9.png)
![Lekin an’anaviy yo’nalishda bunday emas. Gap bo’laklari gapni tashkil etgan
sintakiik shakllarni to’la qamrab olmas ekan, demak, gapni bo’laklarga gap
bo’laklari rubrikasi ostida ajratish-etarli asosga ega emas. Shuning uchun bu
tilshunoslikda eng munozarali masalalardan biri bo’lib kelmoqda.
Sintaktik birlik hisoblangan ganining shakliy tuzilish jihatdan uning
ziddiyatini hisobga olgan holda quyidagicha sintaktik shakllarga bo’lish-mumkin:
1. Sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar;
2. Sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar;
Birinchisi an’anaviy gap bo’laklari hisoblanadi. Ya’ni tobe aloqa tarkibida
muayyan sintaktik vaziyatda keluvchi eng kichik sintaktik shakl gap bo’lagi
sanaladi. Tobe aloqadorlik asosidagi so’z shakllar juftligida tobe qism hokim qism
talab etgan vaziyatda keladi. Bunda tobe kismning vaziyati anik, hokim qism
vaziyati esa noaniq bo’ladi. Uning qaysi vaziyatda kelganligi nutq zanjirining
keyingi xalqasida aniqlanadi. Gap bo’lagi ham til birligi sifatida shakl va mazmun
qarama-qarshiligi birligidan iborat. SHakl va mazmun tomoni ham o’zining
muayyan unsurlarga egaligi bilan ajralib turadi. SHuning uchun gap bo’laklari
shakliy va mazmuniy tuzilishlarini hamda ular o’rtasidagi munosabatni belgilash
nazariy tilshunoslikning muhim vazifasidir.
Har qanday gap bo’lagi shakliy jihatdan moddiy asos (morfologik shakl) va
sintaktik vaziyat (sintaktik shakl) qarama-qarshiligi va birligidan iborat.
Morfologik shakl sintaktik shaklning vujudga kelishi uchun asos bo’lib xizmat
qiladi. Lekin morfologik shakl asosida hosil bo’lgan sintaktik shakl sifat jihatidan
tamoman farqli bo’lgan yangi va unga nisbatan yuqori shakldir. Bir morfologik
shakl bir necha sintaktik shaklga asos o’ulganidek bir necha morfologik shakl bir
sintaktik shaklga asos bo’lishi ham mumkin. Masalan, O’zbekiston - go’zal o’lka
jumlasida bnr xil morfologik shakldagi(bosh kelishik, birlik) ot ikki xil sintaktik
vaziyatda kelyapti. O’zbekistonnning poytaxti - Toshkent. Toshkent kundan kunga
go’zallashib boryapti jumlalarida esa Toshkent va go’zallashib boryapti kesim
vaziyatiga o’tgan va uning bu vaziyatda shakllanishiga bosh kelishik birlikdagi ot](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_10.png)
![hamda o’tgan zamon, bo’lishli, III shaxs birlikdagi fe’l morfologik shakllar asos
bo’lgan. Lekin bu ikkisi bir-birisiz yashay olmaydi. Chunki biri moddiy asos
bo’lsa,ikkinchisi uning vazifasi hisoblanadi. Sintaktik shakl morfologik shakl
asosida vujudga kelgan yuqoriroq birlik ekan, sintaksis uchun sintaktik shakl
belgilovchi rol o’ynaydi. Morfologik shakl esa sintaktik shaklning ichki tomonini
ko’rsatadi. Sintaktik shakl birlashtiruvchilik, morfologik shakl esa farqlovchilik
xususiyatiga ega. Ya’ni ma’lum sintaktik shakl bir necha morfologik shakllarni
birlashtirish asosida maydonga keladi. Ayni paytda shu sintaktik shaklning ichki
farqli belgilarini aniqlashda uning qanday morfologik shaklga tayanganiga
asoslaniladi. Sintaktik shakl morfologik shakldan tashkil topgani bois u sintaktik
shaklning ichki mundarijasini belgilaydi. Morfologik shakl sintaktik shakl ichida
o’z vazifasini bajaradi. Demak, morfologik shaklning vazifa olish sharoiti sintaktik
shakldir. O’z navbatida, sintaktik shaklning vazifa olish sharoiti jumla sanalib,
jumla mundarijasini sintaktik shakllar belgilaydi. Ma’lum sintaktik vaziyatga har
qanday morfologik shakl muvofiq kelavermasligi mumkin. Chunonchi, ega
vaziyatida bosh kelishikdagi ot, otlashgan sifat,son,olmosh va boshqa morfologik
shakllar kela oladi. Shu morfologik shakllardan biri shu vaziyat uchun ko’proq
xoslangan bo’ladi. Bosh kelishik shakli ega uchun eng xoslangan belgi sanalishi
mumkin. Holat yoki ravishning ba’zi turlari esa asosan, ikkinchi darajali bo’lak
bo’lib kelishi bilan xarakterlidir. Gap bo’lagi shakliy jihatdangina emas, mazmuniy
jihatdan ham o’z unsurlariga ega. U bir, tomondan borlikdagi narsa, xodisalar,
xarakat-holatlar xakidagi va ular orasidagi munosabatlarni aks ettirsa, ikkinchi
tomondan gap tarkibidagi unsurlarning bir-biriga bo’lgan munosabatini ham
namoyon kiladi.
Gap bo’laklarining birinchi ma’nosi obektiv borliq bilan bog’lansa, obektiv
borliq unsurlarining va bu unsurlar o’rtasidagi munosabatning inson ongida aks
etishini ko’rsatsa, ikkinchi ma’nosi jumlaning ma’no unsurlari munosabati
zanjirida uning qaysi vazifada kelishini aks ettiradi. Buni shartli ravishda
morfologik ma’no yoki sintatik ma’no terminlari bilan yuritishimiz ham mumkin.
Sintaktik ma’no morfologik ma’nolar asosida vujudga-keladi.Morfologik ma’no](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_11.png)
![sintaktik ma’noning mundarijasini belgilaydi. Sintaktik ma’no esa jumla tarkibida
boshqa sintaktik ma’no bilan munosabatda vujudga keladi. Masalan, sintaktik
ma’no hisoblanadigan predmet ma’nosi sub’ekt, ob’ekt ma’nolariga nisbatan
belgilanadi va turli morfologik ma’nolarni o’zida birlashtiradi. Ya’ni xarakat
ma’nosi-o’quvchi o’qiyapti , belgi ma’nosi qizildan pushti yaxshi, holat ma’nosi-
shoir o’ylamoqda, miqdor ma’nosi-o’zi bitta, ko’zi mingta, va hokazo. Natijada,
predikat mundarijasini belgilovchi morfologik ma’nolar tizimi vujudga keladi.
Morfologik ma’nolar tizimidan bittasi sintaktik ma’no uchun
ko’proq xoslangan buladi. Masalan, xarakat ma’nosi ko’proq predikat uchun
xoslanganlikni bildiradi. Sintaktik ma’no bilan morfologik ma’no o’zaro bog’liq,
biri ikkinchisisiz yashay olmaydi, ular bir hodisaning ikki tomoni bo’lganligidan
butun ichida ma’lum mustaqillikka ega bo’ladi. Shu jihatdan ularni bir-biriga
qarama-qarshi qo’yish ham mumkin. Ya’ni bunda sintaktik ma’no umumiylik
bo’lsa, morfologik ma’no sintaktik ma’noga nisbatan xususiylik bo’ladi. Sintaktik
ma’no morfologik ma’nolarni o’zida birlashtiradi, shu bilan birga so’z turkumi
ma’nosining o’zi ham qarama-qarshi ma’nolar birligidan tashkil topadi. So’z
turkumining umumiy kategorial ma’nosi shu turkumga mansub so’zlarning xususiy
ma’nolarini birlashtirish asosida vujudga keladi. Bu esa so’z turkumlarining
umumiy kategorial xususiy ma’nosi o’rtasidagi ziddiyatning mavjudligini
ko’rsatadi. Masalan, stol so’zida "predmetlik" ma’nosi ikki marta ta’kidlanadi:
1) so’z kategoriyasiga mansubligi;
2)uning xususiy predmet ekanlik ma’nosi.
Bu so’zning ikkala ma’nosi o’rtasida muvofiqlik bor, lekin yurish so’zi
ma’nolari o’rtasida ziddiyat bor: uning xususiy ma’nosi jarayonni bildirsa, umumiy
kategorial ma’nosi predmetlikni bildiradi. Shuning uchun u ot shakli orqali
ifodalanib, otga xos shakllarni o’zida mujassamlashtiradi. Gap bo’lagi shakli
morfologik, sintaktik shakl birligidan tashkil topgani kabi uning ma’nosi ham ikki
unsur ma’nolari birligidan iborat bo’ladi. Birinchi ma’no butunlikning ichiga
qarab yunalishini,butun bo’lak munosabatini ko’rsatsa, ikkinchisi butunliklar
o’rtasidagi ketma-ket munosabatda namoyon bo’ladi. Ikki butunlik o’rtasidagi](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_12.png)
![xoslanish va ba’zan esa nomuvofiqlik holatlari shakl va mazmun o’rtasidagi
qarama-qarshiliklar birligi va kurashining gap bo’laklari orqali voqelanishidir.
Jumladan, men keldimda sub’ekt -ega, mening kelishimda esa aniqlovchi shakliga
yoki kelgan men bo’lib kesimga aylanishi mumkin.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_13.png)
![Sodda gaplar uslubiyati
Gapda so‘zlarning oddiy tartibining o‘zi turli variantlarni hosil qiladi, turli
ma`no yoki ekspressiv ottenkalar ifodalaydi.
Funktsional uslub larning shaklanishida sintaksis muhim rol’ o‘ynaydi.
Ayrim sintaktik hodisalar stilistik vosita sifatida funktsional chegaralanganligi
bilan o‘ziga xos xususiyatlarga ham egadir. Masalan, sifatdosh va ravishdosh
oborotlar, bog‘lovchilarning ayrim turlari ko‘proq kitobiy nutqqa xos bo‘lib,
ifodaga kitobiy kolorit beradi, to‘liqsiz gaplar, ko‘pgina elliptik qurilmalar, kesimi
undov va harakat nomi bilan ifodalangan gaplar ko‘proq so‘zlashuv nutqida
qo‘llanadi. Poetik sintaksis vositalari esa badiiy nutq uchun xarakterlidir. Ayrim
sintaktik birliklar ma`lum funktsional stillarda keng qo‘llanib, boshqalari uchun
esa tipik bo‘lmaydi. Masalan, ergashgan qo‘shma gaplar, yig‘iq gaplar funktsional
stilning bir ko‘rinishida ko‘p, boshqa ko‘rinishida esa kam qo‘llanadi. Ammo
bunday hollarda ham gapning konkret tipi, uning tuzilishi, leksik va morfologik
tarkibi funktsional stillar uchun umumiy xarakterda bo‘ladi.
Ayniqsa, hozirgi o‘zbek adabiy tilida rivojlangan sintaktik hodisalar
sinonimiyasi funktsional stil uchun tuganmas manbadir.
Sintaksisning stilistik imkoniyatlari. Sintaktik stilistika birliklarini belgilash
bu sohaning predmetini belgilash demakdir. Ritorika, poetika, adabiyot
nazariyasida sintaktik figuralar deb atalgan qurilmalar stilistik snntaksis vositalari
deb qaraladi. Bundan tashqari, o‘rinli va original qo‘llangan sintaktik qurilmalar
ham stilistik vositalar bo‘lib xizmat qiladi.
Antik ritorikadan boshlab sintaktik figuralar deb atalayotgan hodisalar
(ritorik so‘roq, ellips, gradatsiya, band, anafora, epifora, takror, antiteza kabilar)
badiiy-poetik sintaksis birliklari hisoblanadi. O‘zbek tili badiiy-poetik sintaksisi
elementlari haqida fikr yuritilganda ham, shular tilga olinadi.
O‘zbek tili taraqqiyotining hozirgi bosqichida funktsional uslublar farqlanib,
uning ilmiy, badiiy, publitsistik, rasmiy ish qog‘ozlari, so‘zlashuv kabi uslublari
shakllandi.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_14.png)
![Sintaktik qurilmalar nutq uslublarida neytral bo‘lgani kabi, funktsional
xarakterda ham bo‘ladi. Sintaktik stilistika uchun neytral xarakterdagi sintaktik
vositalar emas, nutq uslublariga xoslangan funktsional sintaktik vositalar
muhimdir.
Ilmiy uslub sintaksisi elementlari. Ilmiy nutq uchun fikrni aniq, logik
izchillik bilan ifodalash xarakterlidir.
Umuman, ifodaning logik izchil bo‘lishi, bunda logik uquv, logik zehn,
logik qobiliyatga mo‘ljallanishi, mana shu maqsadda ifodaning intellektual
elementlariga ko‘p murojaat qilinishi ilmiy uslubning asosiy belgilaridan
hisoblanadi.
Ilmiy asarlar mulohaza va isbotdan iborat bo‘ladi. Isbot aniq bayon qilinadi.
Buning uchun ifodaning to‘liq bo‘lishi lozim. SHunga ko‘ra ham ilmiy matnlar
uchun to‘liq gaplar xarakterli. Bunda to‘liqsiz gap fikrning aniqligiga putur
etkazadi.
Ilmiy ifodada logik izchillikni ta`minlovchi muayyan so‘z tartibiga amal
qilish muhimdir. Bunda o‘zbek adabiy tilining grammatik qurilishi talablariga
rioya qilinadi. SHu bilan birga, fikrni aniq, izchil ifodalash uchun ba`zan gap
bo‘laklarining tartibini o‘zgartish ham mumkin.
Ilmiy nutqning o‘ziga xos belgilaridan yana biri unda qo‘shma gap, uning
murakkab tiplarining keng qo‘llanishidir. Qo‘shma gap komponetlari ko‘pincha
semantik munosabatlarni aniqroq ifodalovchi bog‘lovchi va bog‘lovchi
vazifasidagi boshqa vositalar orqali birikadi. Juda ko‘p hollarda chunki, shuning
uchun, shu sababli kabi bog‘lovchilar, shart mayli va ravishdosh shakllari, -dek
affiksi kabilardan keng foydalaniladi.
Ilmiy uslubda passiv qurilmali gaplar, bir tarkibli gap tiplaridan egasi
topilmaydigan gaplar keng ishlatiladi.
Ilmiy asarlarning isbot, xulosa qismlarida shunday ekan, aytiladi, deb
ataladi, masalan, to‘xtab o‘taylik, diqqat qilaylik, diqqat qiling, qiyoslang, qiyos
qiling kabi iboralardan keng foydalaniladi.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_15.png)
![Ilmiy matnlar uchun o‘quvchining diqqatini bayon qilinayotgan hodisaga
jalb qilish maqsadida ayrim so‘zlar, so‘z birikmalari, gaplarni ajratish, havola va
turli izohlar berish ham xarakterlidir.
So‘zlashuv uslubining sintaktik elementlari. So‘zlashuv uslubi so‘zlashuv
nutqi tushunchasidan farq qiladi. So‘zlashuv nutqi adabiy so‘zlashuv uslubi bo‘lib,
tilning adabiy normalariga mos keladi. U «ishlangan», «tartibga solingan» bo‘lib,
kasbi yoki mutaxassisligidan qat`i nazar, shu tilda so‘zlashuvchi har bir kishi
uchun tushunarli bo‘lgan asosiy uslub hisoblanadi.
So‘zlashuv uslubi erkin holda shakllanishi bilan farqlanadi, unda
emotsionallik kuchli bo‘ladi. So‘zlashuv nutqida adabiy so‘zlashuv nutqiga xos
elementlarning biror jihatdan adabiy til normalariga mos kelmaydigan
qurilmalarining qo‘llaiishi mumkinligi ham uning xarakterli belgilaridan
hisoblanadi.
So‘zlashuv nutqi sintaktikasining o‘ziga xos belgilari uning nutq momentida
shakllanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Oddiy so‘zlashuvning asosiy sintaktik belgilari quyidagilar:
1. Fikr ko‘proq to‘liqsiz gap shaklida ifodalanadi.
2. Faqat kesimdan tashkil topgan to‘liqsiz gaplar ko‘p qo‘llanadi.
3. Sifatdosh + emish, sifatdosh+ekan qurilmalari hamda tuslangan
ravishdoshlar bilan ifodalangan gaplar ko‘p ishlatiladi.
4. Maqol va hikmatli so‘zlar, turli xalq iboralari keng qo‘llanadi.
5. I nversiya xarakterli.
Badiiy uslub sintaksisi elementlari. Badiiy nutq kommunikativ va estetik
vazifa bajaradi. «Badiiy uslubning boshqa uslublardan ajralib turadigan asosiy
belgisi,— deb yozadi A. I. Efimov,— uning estetik vazifasi, obrazliligi va
ekspressivligidir».
Badiiy uslubning qo‘llanish doirasi juda keng bo‘lib, tematik va stilistik
tomondan chegaralanmagan. Bunda barcha uslub imko-niyatlaridan foydalaniladi,
shu bilan birga, adabiy til normalaridan chekinilishi mumkin.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_16.png)
![Badiiy uslub sintaksisi sifatlovchining keng qo‘llanishi, so‘z tartibida
teskari, sub`ektiv tartibga keng yo‘l qo‘yilishi, ritorik so‘roq va undov gaplar,
sintaktik figuralarning ko‘p qo‘llanishi kabi holatlar bilan xarakterlanadi.
Sintaktik sinonimiya stilistik vosita sifatida. Fikrni to‘g‘ri va ta`sirchan
ifodalashda sintaktik sinonimiya imkoniyatidan keng foydalaniladi.
Stilistikada sinonim va variant tushunchalari farq qilinadi. Sinonim ma`no
ottenkasini ko‘rsatadi. Variant esa aniq ma`no ottenkasiga ega bo‘lmaydi. U bir
ma`no ottenkasi doirasida bo‘ladi. SHendel’s E. I.: «Variantlar sinonim
hisoblanmaydi, ular yo ma`no jihatidan bir xil dublet bo‘ladi yoki
ma`nosidagi farqi grammatik ma`nolar sistemasiga ta`sir ko‘rsatmaydi».
Qiyoslang : Bu boqqa juda ko‘p mehnatimiz singgan (0) - Mehnatimiz bu boqqa
juda ko‘p singgan;
Sintaktik sinonimiya gap bo‘lagi, so‘z birikmasi, gap doirasida bo‘lishi
mumkin.
-gap bo‘laklari sinonimiyasi. Odatda, gap bo‘laklarining har biri sinonimiya
hosil qilishi mumkin. Masalan:
1. Bir tarkibli gaplarning bir turida kesim harakat nomi (o‘qish, o‘qimoq,
o‘quv) hamda kerak, zarur, lozim, darkor kabi so‘zlarning qo‘shilishidan tashkil
topgan qurilmalar bilan ifodalanadi. Bular kesim sinonimiyasidir. Qiyoslang:
Jasoratlariga ofarin o‘qimoq kerak. (0.) Lekin zarur vaqtdagina tilga e rk bermoq
lozim. (0.) SHuning uchun ularni g‘aflatdan uyg‘otish darkor. (0.) Aql, fahm-
farosat bi-lan ko‘ngilni yo‘lga solib turish kerak. (A. Q.)
Ko‘makchili va kelishikli shakldagi to‘ldiruvchi va hollar sinonimiya hosil
qiladi.
To‘ldiruvchi sinonimiyasi: Olim uchun vijdon ham o‘tkir ilm kabi zarur.
(J. A.) Olimga vijdon ham o‘tkir ilm kabi zarur.
Hol sinonimiyasi: Abdulla sevinganidan sakrab yuboray dedi. (U. U.)
Abdulla sevingani uchun (sababli) sakrab yuboray dedi.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_17.png)
![-so‘z birikmasi doirasida sinonimiya. Bunday sinonimiya ko‘proq tobe
bo‘lak shakllari asosida hosil bo‘ladi. Tobe bo‘lagi turli kelishik shakllari bilan
ifodalangan so‘z birikmalari sinonimiya hosil qiladi:
-bosh va tushum kelishiklari o‘rtasida: Zulfiyani, boradi, deb o‘yladim. —
Zulfiya boradi, deb o‘yladim.
-tushum va jo‘nalish kelishiklari o‘rtasida: O‘qishni o‘rgandim. — O‘qishga
o‘rgandim; velosipedni minmoq — velosipedga minmoq.
-qaratqich va chiqish kelishiklari o‘rtasida : studentlarning biri —
student lardan biri.
Tobe bo‘lagi tushum va o‘rin-payt kelishiklari bilan ifodalangan so‘z
birikmalari: ko‘chada izg‘imoq — ko‘chani izg‘imoq.
- tushum va chiqish kelishiklari o‘rtasida: kamchiliklarni gapirmoq —
kamchiliklar dan gapirmoq.
Kelishikli va ko‘makchili qurilmalar sinonimiya hosil qiladi: telefon orqali
so‘zlashmoq — telefonda so‘zlashmoq; te levizor orqali ko‘rsatish — televizorda
ko‘rsatish; Zulfiya uchun olmoq — Zulfiyaga olmoq va boshqalar.
Qaratuvchi-qaralmish birikmasi sifatlovchi-sifatlanmish birikmasi bilan
sinonimiya hosil qiladi: Guruhimizdagi barcha talabalar sport bilan shug‘ullanadi
— Guruhimizning barcha talabalari sport bilan shug‘ullanadi.
Aniqlovchi-aniqlanmish birikmasi tojikcha izofali birikma bilan sinonimiya
hosil qiladi: azim daryo — daryoyi azim, istirohat bog‘i — bog‘i istirohat, doston
madhi — madhi doston, bedavo dard — dardi bedavo, nafs balosi — baloyi nafs,
suhbat ahli — ahli suhbat.
Izofali birikma ko‘proq badiiy, so‘zlashuv uslublari uchun xarakterlidir.
Ayniqsa, eski uslubda yozilgan she`riy asarlada, tarixiy temaga oid prozaik
asarlarda izofali birikmalarga ko‘p murojaat qilinadi.
-gaplar sinonimiyasi: sodda gaplar sinonimiyasi, qo‘shma gaplar
sinonimiyasi.
Sodda gap sinonimiyasi. 1. Ikki tarkibli va bir tarkibli gaplar
sinonimiyasi: e lga qo‘shilgan er bo‘ladi, eldan ajralgan er bo‘ladi. — e lga](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_18.png)
![qo‘shilsang, er bo‘lasan, eldan ajralsang, er bo‘lasan. 2. Bir tarkibli gaplar
sinonimiyasi: Kechaga taklif qog‘ozi bilan kiritishadi — Kechaga taklif qog‘ozi
bilan kiritiladi. 3. Deyarli barcha ritorik so‘roq gaplar o‘z sinonimiga ega bo‘ ladi:
Menga nima qilibdi?! Ilmni mehnatsiz egallab bo‘ladimi?! 4. Aktiv va passiv
qurilmali gaplar sinonimiyasi. Bunda bir xil tipik mazmun aktiv va passiv qurilmali
gaplar orqali ifodalanadi: A`lochi studentlarga mukofotlar berish Zulfiya
Nazirovna Rahimovaga topshirildi. — Biz a`lochi studentlarga mukofotlar berishni
Zulfiya Nazirovna Rahimovaga topshirdik. Har ikki misolda bir xil tipik mazmun
ifodalangan. Lekin birinchisi passiv, ikkinchisi — aktiv qurilmali gap. 5. Tasdiq va
inkor shakldagi gaplar sinonimiyasi: Qarab tur, seni otangga chaqmasammi! (0.) —
Qarab tur, seni otangga chaqib beray.
Ifoda maqsadiga ko‘ra gap turlarining stilistik xususiyatlari. Darak gap
nutqda boshqa gap turlariga qaraganda ko‘p qo‘llanadi. Odatda, butun bir matn
darak gapdan tashkil topadi.
Darak gaplar nutq uslublarining har bir turida qo‘llanadi. Ilmiy, rasmiy va
ish qog‘ozlari uslubiga oid matnlar deyarli darak gaplardan iborat bo‘ladi. Badiiy
va publitsistik, so‘zlashuv uslublarida ham darak gaplardan keng foydalaniladi.
Badiiy adabiyotda tabiat manzarasi, obrazlarning portreti, ularning holati, asosan
darak gaplar orqali ifodalanadi. Drama asarlaridagi remarkalar, turli izohlar faqat
darak gaplardan iborat bo‘ladi.
Darak gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni ifodalaganda tinch ohang
bilan talaffuz qilinadi, ohang kesim tomon pasayib boradi. Gap tarkibidagi biror
bo‘lak logik urg‘u olsa, ohang ko‘tarilib, keyin yana susayadi. Darak gap gumon,
sevinch kabilar ifodalaganda, ohang ham shunga moslanadi.
So‘roq gap larga tasdiq yoki inkor talab qiladigan so‘roq gaplar kiradi.
Bunda so‘roq gap so‘roq olmoshlarisiz, ohang yoki so‘roq yuklamalari orqali hosil
qilinadi. Bunday so‘roq gaplar ko‘proq -mi yuklamasi yordamida hosil bo‘ladi.
Ular badiiy, publitsistik, ilmiy, so‘zlashuv uslublariga oid adabiyotlarda keng
qo‘llanadi. -chi so‘roq yuklamasi yordamida tuzilgan so‘roq gaplar esa so‘zlashuv
nutqi uchun xarakterli bo‘lib, to‘liqsiz gaplardagina qo‘llanadi. -a yuklamasi](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_19.png)
![yordamida tuzilgan so‘roq gaplar ham so‘zlashuv nutqiga xos: — A? — dedi
eshon, ko‘zlari baqrayib. (P. T.)
Nahotki yuklamasi taajjub ifodalangan so‘roq gaplar tarkibida keladi.
Bunday gaplar ko‘proq badiiy, publitsistik, so‘zlashuv uslublarida qo‘llanadi.
Ular tarkibida shekilli, chog‘i kabi so‘zlar ham keladi. Bunday so‘roq gapda
taxmin, gumon ottenkasi bo‘ladi.
So‘roq gaplarning javobi hamma vaqt ham tasdiq yoki inkor (ha, yo‘q)
shakllarida bo‘lavermaydi. Ba`zan javobda ha, yo‘q gaplarini qo‘llab bo‘lmaydi:
Bu nima? Ungimmi yoki tushimmi? (77. T.) Bu tip gaplar asosan badiiy,
publitsistik va so‘zlashuv uslublari uchun xarakterlidir.
— Nutqda ba`zan so‘zlovchi so‘roq javobini kutmasdan, o‘z fikrini
davom ettiraveradi: e ndi bu yoqqa qara hu anavi madrasani ko‘rdingmi? Hu ana.
(P. T.)
Badiiy adabiyotda nutq ta`sirchanligini oshirish uchun so‘zlovchining o‘ziga
o‘zi savol berishi usulidan keng foydalaniladi: U o‘ziga savol beradi: «Mabodo,
men buni ilgariroq, masalan, avvalgi kun yoki kecha sezgan bo‘lsam, hayotimni,
qulayotgan imora timni, yong‘in o‘z girdobiga yutayotgan uyimni, erimning
nomusi, sa doqatini omon saqlab qola bilarmidim? U o‘z savoliga o‘zi javob bera
olmadi. (H. G‘.)
Ba`zan bu tip so‘roq gaplar tarkibida a yuklamasi keladi. Bu so‘roq
ma`nosini kuchaytiradi: Hammasini aytib beraymi hozir, a? (P. T.)
Badiiy nutqning emotsional-ekspressivligini oshirish uchun bu shakldagi
gaplardan keng foydalaniladi: Bularku butun-butun respublika, yirik shaharlarning
beminnat do‘stligi oqibati. Ayrim kishilarning qalb haroratlarini aytmaysizmi? (R.
F.)
Bu tip so‘roq gaplarning rasmiy uslubga xos quyidagi ko‘rinishiga e`tibor
beraylik: Loyihaga o‘zgartishlar bo‘ladimi? ( O v o z l a r : Yo‘q.) Qimki shu qaror
qabul qilinsin desa, qo‘l ko‘tarsin. Tushiring. Qarshilar? Yo‘q. Betaraflar? Yo‘q.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_20.png)
![Ba`zan so‘zlovchi o‘ziga noma`lum bo‘lgan ko‘p narsani bilishga intiladi.
Bu vaqtda birin-ketin so‘roq berilaveradi: Nima deyapti, a, amaki? Qanaqa
ozodlik bo‘lyapti-a? Kimlarga ozodlik bo‘lyapti? (P. T.)
So‘roq gaplar, so‘zlovchining qanday javob kutishiga qarab ham turlicha
tuziladi:
1. So‘roq gaplarda so‘zlovchi javobning qanday bo‘lishini oldindan
tasavvur qilolmaydi: Tog‘asi, xolasi bo‘ldi nima-yu, bo‘lmadi nima? (P. T.)
2. So‘roq gaplarda javobning ijobiy bo‘lishiga shubha bildiriladi: Nima,
xo‘jayining ust-bosh ber maydimi? (P. T.)
So‘roq gaplarning bu tipida ba`zan javob so‘zlovchining o‘zi tomonidan
beriladi. So‘roq gaplarning bu turi badiiy va publitsistik uslub uchun xarakterlidir.
So‘roq gaplar rasmiy-yuridik matnlarda deyarli qo‘llanmaydi. Ilmiy uslubga
oid adabiyotlarda ba`zan o‘quvchining diqqatini biror masalaga tortish vositasi
sifatida so‘roq gaplarga murojaat qilinadi. Bunday so‘roq gaplar ko‘pincha ilmiy
tadqiqot problemalarini belgilashda qo‘llanadi:
Moddiy maydon qanday xossalarga ega? eng avvalo, moddiy maydon
xossalarini bilishni er tortishi va elektromagnit ho disalarini tekshirishdan
boshlamoq kerak.
So‘roq gaplar ilmiy uslubga oid adabiyotlarning amaliy qismlarida
(topshiriq va masalalarda) ko‘p qo‘llanadi. Bunday so‘roqlardan ayrimlarining
javobi qo‘llanma oxirida ko‘rsatiladi.
Ba`zi so‘roq gaplar javobi bilan (javob so‘zlovchining o‘zi tomonidan
berilganda) shunday birikib ketadiki, ularni so‘roq va javobga ajratish sun`iylikka
olib keladi: Siz jon-jigar ukalaringiz qoni uchun qonga qon, jonga jon oldingizmi
— oldingiz (Q. YA.) Bu tip gaplar so‘zlashuv, badiiy, publitsistik uslub uchun
xarakterli bo‘lib, fikrning aniq va ta`sirchan bo‘lishiga xizmat qiladi.
Buyruq gaplar badiiy adabiyotlarda, dialog shaklidagi nutqda, rasmiy ish
qog‘ozlari uslubida, turli chaqiriqlarda, ilmiy uslubga oid mashq va topshiriqlarda
ko‘p qo‘llanadi.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_21.png)
![Buyruq gaplar kesimi buyruq maylining I shaxs shakli bilan ifodalangan
bo‘lsa, istak, harakatni bajarishga xohish, ahd qilish, so‘zlovchining o‘zi
ishtirokida ish-harakatni bajarishga undash kabilar ifodalanadi. Bunday gaplar
so‘zlashuv va badiiy uslubga xos matnlarda ko‘p uchraydi: Olimjon aka,
erlarimizni qondirib-qondirib sug‘oraylik, ana shunda bu erlar ham hosil koni
bo‘ladi. (SH. R.)
Badiiy uslubda ba`zan bu tip gaplarning kesimiga -in af-fiksi qo‘shilib
keladi: Qaysi bir istak bayonin oshkoro aylayin, Qaysi dardimni deyin hamda
kimga da`vo aylayin. (S.Abd.)
Buyruq gap kesimi harakat nomi kerak, zarur, lozim, darkor shaklidagi
qurilmalar bilan ifodalanganda, ish-harakatni bajarish zaruriyligi yoki zarur
emasligi anglashiladi: Va`daga vafo qilmoq kerak. (Maqol.)
Buyruq gaplar ilmiy uslubga oid adabiyotlarda ham qo‘llanadi. Ba`zan
o‘quvchining diqqatini bayon etilayotgan fikrga jalb qilish uchun Qiyoslang,
YAna bir masalaga ahamiyat bering, CHog‘ishtiring tipidagi buyruq gaplarga
murojaat etiladi.
Rasmiy uslubga xos turli qaror va buyruqlarda buyruq gaplar ko‘p
qo‘llanadi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston
Respublikasining nikoh va oila kodeksi tasdiqlansin.
Buyruq gaplarning ayrim tiplari standart holda bo‘lib, ularda istak, maslahat
ottenkalari sezilib turadi. Bu tip gaplar so‘zlashuv uslubiga xosligi bilan
xarakterlanadi: Baraka toping. Hushyor bo‘ling. YAxshi qoling. Xafa bo‘lmang.
Bor bo‘ling. SHukur qiling kabi.
Buyruq gaplarning ikkinchi shaxsga qaratilgan ba`zi turlarining kesimi
uchinchi shaxs shaklida keladi: Qani, kirsinlar! (S. Abd.) Bu tip gaplar ko‘proq
so‘zlashuv uslubiga xosdir.
Buyruq gap o‘ziga xos ohang bilan aytiladi. Bunda ohang gapning modal
ma`nolariga qarab turlicha bo‘ladi. Qat`iy buyruq, do‘q kabilar ifoda qilinganda,
kuchli ohang bilan aytiladi. Maslahat, taklif kabilar ifodalanganda esa, ohang
kuchsizroq, lekin darak gap ohangidan kuchliroq bo‘ladi.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_22.png)
![Undov gap larda so‘zlovchining ichki his-hayajoni, tuyg‘usi yoki voqelikka
bo‘lgan turli emotsional munosabati ifodalanadi. So‘zlovchining ichki hayajoni,
tuyg‘usini ifoda qiluvchi gaplar sof undov gaplardir. Bunda emotsionallik gapning
asosiy magzini tashkil qiladi. Darak, so‘roq, buyruq gaplar ham his-hayajon bilan
aytilib, undov gapga aylanishi mumkin. Bularda asosiy maqsad ma`lum fikrni
ifoda qilish bo‘lib, emotsiya, effektlarni ifodalash esa qo‘shimcha vazifadir.
Undov gaplarda zavqlanish, shodlik, hayratlanish, taajjub, achinish, gazab,
nafrat kabi ichki kechinmalar ifodalanadi. Umuman, undov gaplar emotsionalligi
bilan ajralib turadi. Ular ko‘proq badiiy, so‘zlashuv va publitsistik uslublar uchun
xarakterlidir. Ularning shakllanishida qanday, qanaqa, naqadar, qancha, qaysi kabi
emotsional-kuchaytiruv ma`nosidagi olmoshlar, undov so‘zlar ishtirok etadi.
Tasdiq va inkor gaplarning qo‘llanishi. Garchi tasdiq va inkor logik
kategoriya bo‘lib, barcha tillar uchun umumiy bo‘lsa ham, lekin barcha tillarda
ifodalanishiga ko‘ra farq qiladi. Bu stilistik jihatdan ham alohida ahamiyat kasb
etadi.
Nutqda inkor shaklidagi gap tasdiqni ifodalashi mumkin: U kelmaydi-ya!
Bu gap inkor shaklida bo‘lib, tasdiq (U keladi) ni ekspressivlik orqali ifodalab,
so‘zlashuv uslubiga xos.
Tasdiqning oddiy shaklidan boshqa ekspressiv shakli ham mavjud.
Qiyoslang: Ra`no keldi — Ra`noning kelmasligi mumkin emas edi. Bunday
ekspressiv tasdiq ma`no ottenkasi bilan oddiy tasdiqdan farq qiladi.
Gap kesimi tarkibli bo‘lib, inkor shakli etakchi fe`l — ravishda kelganda,
tasdiq ifodalanadi. Bunday gaplar ko‘proq ritorik so‘roq gap bo‘ladi:— e , uka,
shundoq kanal qaziladi-yu» hukumat taqdirlamay qo‘yadimi?! (S. A.)
Gapda ikki inkor ko‘rsatkichi qo‘llansa tasdiq anglashiladi, bunda tasdiq
kuchayib, gap modal ottenka oladi: Odatda, kelgan vakillar yotoqxonalarni ham
birma-bir ko‘zdan kechirmay ketmas e dilar. (P. T.)
So‘zlashuv nutqida ba`zan bu tip qurilmalardan keyin tasdiq ifodalovchi
so‘z ham keltirilib, tasdiq kuchaytiriladi: Zavodimizda intizom yo‘q emas, bor.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_23.png)
![Inkor maxsus grammatik ko‘rsatkichlar, leksik, sintaktik, intonatsion
vositalar orqali ifodalanadi. Bo‘lishsizlik affiksi -ma, to‘liqsiz fe`lning bo‘lishsiz
shakli e mas, na yuklamasi, yo‘q so‘zi mana shunday ko‘rsatkichlardir.
Inkor gap na yordamchisi orqali ham tuziladi : Zulfiya na o‘qiydi, na yozadi.
— Zulfiya na o‘qimaydi, na yozmaydi.
Inkor gaplar ba`zan ohang yordamida ifodalanishi mumkin: Bu vazifani
yakka o‘zingiz bajarib bo‘psiz. Koshki, yaxshi o‘qisa. Ba`zan inkor tasdiq
shakldagi gaplar orqali ifodalanadi: Keladi-ya? (Kelmaydi.)
Ba`zan suhbatdosh tasdig‘idan hayratlanib, so‘zlovchi uning fikriga qarshi
yoki unga kinoya qilib, uning gapini qaytaradi: U xizmatchi. — U xizmatchi?
Bir tarkibli gaplarning stilistik xususiyatlari. Bir tarkibli gaplarning
struktura asosi (grammatik markazi) ega yoki kesimdan iborat bo‘ladi.
Bir tarkibli gaplar, struktura asosining tabiatiga ko‘ra, ya`ni struktura asosi
gapning bosh bo‘laklari ega yoki kesimdan bo‘lishiga qarab, egasiz va kesimsiz
gaplardan iborat bo‘ladi.
Egasiz gaplarning struktura asosi kesim bo‘lib, uning tabiati ikki xil: ayrim
gaplarning kesimidan uning e gasini topish mumkin : kesim eganing so‘rog‘ini
qabul qiladi. Ba`zilarida esa e gani topib bo‘lmaydi : kesim eganing so‘rog‘ini
qabul qilmaydi. Quyidagi ikki gapni qiyoslang:— Hozirlik ko‘ringiz, toki
g‘aflatda qolib pushaymon bo‘lmaylik!— asablanib dedi Husayn Boyqaro.
(0.)Aqcha bilan o‘lchab bo‘lmas u boshni, Tanga bilan to‘sib bo‘lmas quyoshni.
(H. 0.)
Egasi topiladigan shaxsi aniq, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan gaplarga
bo‘linadi.
-shaxsi aniq gap. Bunda gapning egasi bo‘lmaydi. Uning struktura asosi
kesimdan iborat bo‘ladi. Gapning kesimiga qarab, harakat qaysi shaxs tomonidan
bajarilayotganligini aniq bilish mumkin.
Bir tarkibli gaplar ichida bunday gaplar nutqda eng ko‘p qo‘llanadi. Qishilik
olmoshlari bilan ifodalangan eganing qo‘llanmasligi ayniqsa poeziya uchun
xarakterlidir. Bunday gaplar nutqqa ekspressiv-emotsional ottenka beradi, nutqni](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_24.png)
![silliqlashtiradi, uni yana ham ta`sirchan, ifodali qiladi, fikrning yo‘nalish
markazini kesimga ko‘chiradi: YAxshiligin bilib yaxshilik qaytar, Ammo bil:
nokasdan yomonlik qaytar, (M. Boboev.)
SHaxsi aniq gaplar kesimining uchinchi shaxs shakli ko‘pincha ko‘chma
ma`noda qo‘llanib, II shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Bu dialog shaklidagi nutqqagina
xosdir: Gapirsinlar, e shitaylik! — iltimos bilan boqdi Umarali. (0.) Muqimiy.
Salomat bo‘lsinlar! (S. Abd.)
Shaxsi aniq gapning kesimi fe`lning I shaxs shakli bilan ifodalanganda, II
shaxsga qaratilgan buyruq, iltimos, maslahat ottenkalarini ifodalaydi:— Tilingizga
shakar, otaxon, qani, ketdik. (H. G‘.)
Ba`zan I shaxsning ko‘plik shakli birlik ma`nosi uchun ham qo‘llanadi. Bu
vaqtda gap hurmat, kesatish, kamtarlik ottenkalariga ega bo‘ladi: Mahmuddan gina
qildi: — Keling. Mahmudxon, nechuk? Qanaqa shamol uchirdi? — Mana, keldik.
(A. Ubaydulla.)
Ba`zan shaxsi aniq gaplar dialog shaklidagi nutqda ketma-ket keladi:
Buyuring! Tabriklayman! ( P . Q.)
SHaxsi aniq gaplarning ba`zi tiplari so‘zlashuv uslubida rasm-odat
ifodalovchi qurilmalarga aylanib bormoqda: Xush ko‘rdik. Salom berdik va
boshqalar.
-shaxsi noaniq gap . Bunday gaplarning kesimi fe`lning III shaxs shakli bilan
ifodalanadi. Lekin kesimidan ish-harakatni bajaruvchi shaxsni aniqlab bo‘lmaydi.
Bunda ega nutqdan ma`lum maqsadda chetlashtiriladi, bajaruvchi shaxs ma`lum
maqsadda noma`lum, noaniq bo‘ladi.
SHaxsi noaniq gapning kesimi ko‘proq III shaxsdagi noma`lum shaxsning
ish-harakatini ifodalaydi. Bunga bosh bo‘lakning III shaxs bilan munosabatga
kirishuvi tufayli erishiladi. Bunday gaplar badiiy, publitsistik, so‘zlashuv
uslublarida kuchli stilistik vositadir: Tana — qo‘rg‘on, dard — mehmon deydilar.
(K. YA.)
SHaxsi noaniq gaplarda eganing qo‘llanmasligi quyidagi holatlarda yuz
beradi:](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_25.png)
![1.Bajaruvchi shaxs so‘zlovchi uchun ham, tinglovchi uchun ham noma`lum
bo‘ladi: Dehqonboy aka, devoriy gazeta chiqdi. Klubga osib ko‘yishdi. (A. Q.)
2.Harakatni bajaruvchi shaxs so‘zlovchi uchun ma`lum bo‘ladi, lekin u
nutqda qo‘llanmaydi: Sizga hali Umri to‘g‘risida gapirishdi. (A. Q.)
3. Harakatni bajaruvchi shaxsni atash mo‘ljallanmaydi. Asosiy diqqat
harakatga jalb qilinishidan tashqari, so‘zlovchi biror sababga ko‘ra uni ifoda
qilishni noqulay deb biladi: Nikolay Vasil`evich! Telefonga! Polkdan
chaqirishyapti (N. S.)
4. Harakatni bajaruvchi shaxs konmatndan bilinib turadi. SHuning
uchun ham u nutqda qo‘llanmaydi: e shitganmiz, chiroyli qizlarni tortiq qilib,
podshodan katta amal oladilar. (0.)
5. Harakatni bajaruvchi shaxsni so‘zlovchi aniq ko‘rsata olmaydi:
Oradan ko‘p o‘tmasdan, Badiuzzamonning kelganidan xabar berishdi. (0.)
6. Bajaruvchi so‘zlovchi shaxsning o‘zi bo‘lishi mumkin. Lekin
tinglrvchi shaxsning diqqatini bunga jalb qilish talab etilmay-
di. Bu vaqtda bajaruvchi shaxs noma`lum ko‘pchilik bilan qo‘shi-
lib ketadi: O‘larni kolxoz mash`allari deb atashadi. («O‘zb.mad.»)
SHaxsi noaniq gaplar ilmiy adabiyotlarda, rasmiy uslub va ish qog‘ozlarida
deyarli.qo‘llanmaydi: ilmiy asarlar, rasmiy ish qog‘ozlarida bajaruvchi shaxsning
aniq bo‘lishi talab etiladi.
-shaxsi umumlashgan gap . Bunda bosh bo‘lak kesimdan iborat bo‘lib, har
uch shaxs bilan munosabatda bo‘ladi. Bunday gaplarda harakat umumga qaratilib,
hayotiy xulosalar, umumiy qoidalar, mehnat yakunlari, umumlashgan mulohazalar
ifodalanadi. So‘zlovchi bu tip gaplarni qo‘llash bilan o‘z xabariga nasihat,
maslahat, undash tusini beradi, ifodalanayotgan harakatning tipikligini ta`kidlaydi.
SHaxsi umumlashgan gaplar semantik jihatdan quyidagi xususiyatlarga ega
bo‘ladi:
1. Ish-harakat, umuman, barchaga qaratiladi. Bu ko‘proq chaqiriq, undash
xarakterida bo‘ladi: O‘zining butun kuchi va quvvatini, bilimini hormay-tolmay
xalq xizmatiga sarf etayotgan o‘qituvchilarimizni sharaflaylik!](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_26.png)
![2. Xalqning donoligi, an`anasi, uzoq asrlik hayotiy tajribalari, umumiy
qoidalar, umumlashgan mulohazalar ifodalanadi. Bular umumga qaratiladi,
konkret o‘rin yo vaqt bilan bog‘lanmaydi. SHuning uchun ham bu tip gaplar
ko‘pincha maqol xarakterida bo‘ladi: O‘zing suv ichadigan quduqqa tupurma.
Badiiy adabiyotda, tashviqot-targ‘ibot ishlarida, didaktik xarakterdagi
nutqlarda shaxsi umumlashgan gaplardan ta`sirchanlik vositasi sifatida keng
foydalaniladi.
-egasi topilmaydigan gap. Bu tip gaplarda kesim orqali gapning egasini topib
bo‘lmaydi. Lekin harakat sub`ekti biror shaxsga bog‘lanmagan holda mavjud
bo‘ladi.
Egasi topilmaydigan gapning kesimi grammatik shaxsni ko‘rsatadi, lekin
shaxs yoki predmetni ko‘rsatmaydi. U biror voqea-hodisa haqida tasdiq yoki inkor,
so‘roq ifoda qiladi, xolos.
Egasi topilmaydigan gaplarning semantik-stilistik belgilari quyidagicha:
1. Harakatni bajarish uchun yo‘l qo‘yish-qo‘yilmasligi kesimdan
anglashiladi: Mavlon aka, bitta mix bilan imorat solib bo‘l maydi. (A. Q.) — Ha,
qizlarning ko‘nglini tushunib bo‘lmaydi. (P. T.) e gasi topilmaydigan gaplarning bu
tipi nutqda ko‘pincha ritorik so‘roq gap shaklida :bo‘ladi. Qandoq qilay, umrda bir
bo‘ladigan to‘yni tashlab ketib bo‘ladimi?! (A. Q.)
2. Kishi istagi, irodasiga bog‘liq bo‘lmagan harakat yoki holatni ifoda
qiladi: Dastlab, qo‘rg‘onning shikastlarini tuzatishga kirishildi. (0.)
3. Ish-harakat yoki holatning bajarilishi mumkin yoki mumkin emasligi
ifoda qilinadi: Toshni tog‘dan ko‘chirish mumkin, lekin mening aytganimni
muhayyo qilish mumkin emas. (YA.)
4. Ish-harakat yoki holatni bajarish zarur-zarur emasligi ifodalanadi.
Bosh bo‘lak harakat nomi va kerak, zarur, lozim, darkor, hojat, ma`qul, shart kabi
so‘zli qurilmalar bilan ifodalanadi: Qo‘zievga sushilka soldirish kerak. (A. Q.)
5. Ba`zan bosh bo‘lak e di to‘liqsiz fe`li bilan keladi: SHuni
Dehqonboyga ilgariroq maslahat berish kerak edi. (A. Q.)](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_27.png)
![Egasi topilmaydigan gaplarning bu turi badiiy adabiyotda, rasmiy
qog‘ozlarda, ma`ruza va suhbatlarda keng qo‘llanadi. Bu tip gaplar so‘roq gap
vazifasida kelganda, badiiy adabiyotda, ayniqsa, asar qahramonlarining ichki
dunyosini ochishda, voqea rivojida keng foydalaniladi. Masalan, G‘afur G‘ulom
YOdgorning ichki kechinmalarini ochish uchun mana shu tip gapdan juda o‘rinli
foydalangan: Nima qilish kerak? Axir «Hoy birodar-lar, bu xotin mening xotinim
emas. Men yollanib uni qo‘ydim, bolaning ham hali qiz-o‘g‘illigini bilmayman, —
desam, baloga qolaman. Balki jinoiy mas`uliyatga tortarlar. Garangsib qoldim».
(G‘. G‘.)
Badiiy adabiyotda voqealarni rivojlantirish usuli sifatida bu tip gaplardan
keng foydalaniladi. Bunday gap ko‘pincha murojaat, chaqiruv ottenkasiga ega
bo‘ladi:— Xaloyiq! — dedi Yo‘lchi hayajonlanib.— Bo‘sh kelmanglar, oyoqni
tirash kerak, mushtni ko‘rsatish kerak . (0.)
5. Noilojlikdan kelib chiqqan zaruriyatning bajarilish-bajarilmasligi
ifodalanadi: Kovun sayilchilar kechki payt kelishib qolishsa, osh qilishga to‘g‘ri
keladi. (S. Abd.)
Egasi topilmaydigan gaplar barcha nutq uslublarida qo‘llanadi:
Ilmiy uslubga oid adabiyotlarda egasi topilmaydigan gaplarga ko‘p
murojaat qilinadi. Bunda hodisa va harakatlar uning sub`ektini ko‘rsatmasdan
ifodalanadi. Ish-harakat, holatni so‘zlovchiga bog‘lamay, undan chetlashtirib
ifodalash, uni ta`kidlashda bu tip gaplar eng qulay vositadir: Misoldagi sifatdosh-
ga qo‘shilgan egalik affiksini u bog‘lanib kelgan otga qo‘shsa ham bo‘ladi. (O‘zb.
t. gram., 1 t.)
-nominativ gap. Bu kesimsiz gaplarning asosiy ko‘rinishidir. Bunda
predmet, voqea-hodisalarning nomi atalib, uning mavjudligi tasdiqlanadi.
Nominativ gap badiiy va publitsistik uslubda kuchli stilistik vositadir.
Ayniqsa, proza va poeziyada, drama remarkalarida sharoitni tasvirlashda
nominativ gaplardan keng foydalaniladi. Milliy naqshlar bilan bezalgan
mehmonxona, madaniyat saroyi, magazinlar, rang-barang gullari bilan dilni](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_28.png)
![xushnud etuvchi kengkeng maydonlar, ishchi shaharchalari, komso-mol ko‘li,
oynaday shaffof yo‘llar... Mohidil sayr qilib to‘ymasdi. (J A.)
Nominativ gap grammatik qurilishi lo‘nda bo‘lganligi uchun ham so‘z
ustalari bu tip gaplarni ko‘proq qo‘llaydilar. Bu tip gaplar syujetning tez
rivojlanishiga imkon beradi. Ayniqsa, nutq boshida qo‘llangan nominativ gaplar
ko‘proq shu vazifani bajaradi. Uning mazmuni keyingi gaplarda ochilishiga
o‘quv-chi diqqatini jalb qiladi: Mana bo‘zlik. Bunda qancha semiz, serhosil erlar
yastanib yotibdi. Bo‘z o‘tlarning ming-ming yillardan buyon chirib yotgan
ildizlari bu erlarni o‘g‘itlab, semirtirib yuborgan, agar suv bo‘lsami, tog‘-tog‘
hosil bitardi. (SH. R.)
Ba`zan nominativ gap matn oxirida keladi. Bunda u oldingi gap bilan
semantik munosabatda bo‘lib, yakun, xulosa ifodalaydi. Qizning otasi,
Mirzakarimboyning yigirma yillik xiz-matkori, bir kechada Salimboyvachchani
chavaqlab, o‘ligini jarga tepib yubordi. Ana ofat! (0.)
Nominativ gap ba`zan oldingi fikr bilan keyingi fikrni bog‘lash uchun ham
xizmat qiladi: Qor kuchli yog‘ardi. Ko‘chalar, gomlar, devorlar, daraxtlar oppoq.
Sokin, g‘arib qish oqshomi. Qor kapalaklari Yo‘lchining qoshlariga, kipriklariga
qo‘nadi, yuzlariga yopishib tomchilanadi. (O.)
Nominativ gaplar murakkab qo‘shma gap shaklida kelib, peyzaj
kartinalarining umumiy tasvirini ifoda qiladi.
Nominativ gapning qo‘llanishi ko‘pincha kishining holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Kishi hayajonlanganda ko‘proq fikrni qisqa ifodalaydi. Bu, ayniqsa, reportaj,
xotira daftarlari, sayohatchilarning yon daftarlarida ko‘p ishlatiladi. Drama,
kinostsenariyalarning butun-butun remarkalari nominativ gaplardan iborat bo‘ladi.
Nominativ gaplar ilmiy asarlarda, so‘zlushuv uslubida juda kam qo‘llanadi.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_29.png)
![Gap bo‘laklarning funktsional qo‘llanishi.
Gap bo‘laklari nutq uslublarida qo‘llanishiga ko‘ra o‘ziga xos
xususiyatlarga ega.
Ega ko‘pincha kishilik olmoshining birinchi va ikkinchi shaxs shakllari bilan
ifodalanadi: Men butun hayotimni o‘qituvchilik ishiga bag‘ish-layman. Butun
hayotimni o‘qituvchilik ishiga bag‘ishlayman. Ikkinchi gapda kesim shakli asosiy
rol’ o‘ynagan.
Men olmoshi bilan ifodalangan ega ko‘pincha publitsistik nutqda
tushirilmaydi. Bu publitsistik nutq tabiatidan kelib chiqadi: so‘zlovchi shaxs
muhim hisoblanib, suhbatdosh diqqati sub`ektga. qaratilgan bo‘ladi: Lekin baxt
tushunchasi baxtli hayot tushun-chasidan yuqoriroq turadi — men bu gapni
yoshlarga aytayotirman. (T. Qoriniyoziy.)
Bu jihatdan ilmiy uslub o‘zgacha: unda bunday ega o‘rnida bi-rinchi
shaxsning ko‘plik shakli qo‘llanadi. Ilmiy uslubda harakat sub`ektini ko‘rsatmaslik
tendentsiyasi kuchli.
Eganing bir tarkibli gap turlaridan shaxsi aniq, shaxsi no-aniq, shaxsi
umumlashgan turlarida qo‘llanmasligi norma hisoblanadi, uni tushirilgan yoki
yashiringan deb bo‘lmaydi. Agar ega nutqqa kiritilsa, gapning mazmuni ham,
strukturasi ham o‘zga-radi. Q i y o s l a n g : Boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri
gapir. — Boshingga qilich kelsa ham, sen to‘g‘ri gapir.
So‘zlashuv uslubida ega vaziyatga ko‘ra nutqda qo‘llanmaydi: Terim
mashinasi yo‘lda ko‘ringan zahoti onasi: — Keldi! Keldi! — deb, bizga
peshvoz chiqdi (P.Q.)
Kesim, nutq uslublarida qo‘llanishiga ko‘ra, ayrim xususiyatlarga ega.
Masalan, ot-kesim (sodda ot-kesim ham, tarkibli ot-kesim ham) ko‘proq ilmiy va
rasmiy idoraviy uslublarga, fe`l-kesim (sodda fe`l-kesim ham, tarkibli fe`l-kesim
ham) esa ko‘proq so‘zlashuv, badiiy, publitsistik uslublarga xosdir. Bu hol
ularning maqsad va vazifalari bilan izohlanadi. Qiyoslang:](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_30.png)
![Ilmiy uslubdan: Organizm bilan muhit bir butun sistemadir. Bu sistemani
hosil qiluvchi ikkala komponent ziddiyat bir-ligini tashkil qiladi. Bu ziddiyat
organizmning yashash manbai-dir va muhitning o‘zgarishi, rivojlanishi
vositalaridan biridir.
Rasmiy-idoraviy uslubdan: Saylov binosida tartib saqlanishi uchun uchastka
saylov ko missiyasining raisi javobgardir.
Badiiy uslubdan: Ikromjon na bo‘ri tovushini e shitar, na yuzlariga
urilayotgan kamishlarning shitirlashini e shitar e di. (S. A.)
So‘zlashuv uslubidan:— Seni akang boqolmay taqachiga topshirgan e kan.
— dedi ergash, — meni o‘z otam qashshoqlikdan bir boyga topshirdi. (P. T.)
Publitsistik uslubdan: Bu kontsert kechasidan ko‘chaga bepoyon Vatanimiz,
ajoyib xalqimiz, nuroniy hayotimiz uchun iftixor tuyg‘usi bilan mag‘rurlanib
chiqqanimizda bir achchiq tarixiy faktni aytib berishdi menga. (V. 3.)
Badiiy, publitsistik va so‘zlashuv uslublarida tarkibli fe`l-kesimlarning
murakkab shakllari ko‘p kuzatiladi: Mayli, men sizni savodli kilganim bo‘lsin! —
dedi elmurod. (P. T.)
Badiiy uslubning obrazliligiga sabab unda sifatlovchilarning ko‘p
qo‘llanishidir.
Bu hol publitsistik uslub uchun ham xarakterli: Har birisi asrlarga teng
keladigan bu azamat yillar shu do‘stlik, shu ham- korlikning tantanasidir. (V. 3.)
So‘zlashuv uslubida egalik affikslari qo‘llanmasdan taalluqlilik belgisiz
ifodalanishi mumkin. e simni tanibmanki, bizning xonadonda ayolga qo‘l
ko‘targan kimsani bilmayman. («Sao dat» jurn.)
Gapda so‘zlar tartibining stilistik vazifasi. So‘z tartibi nutq uslublarining
differentsiyalashuvida asosiy omillardandir. So‘z tartibiga oid adabiyotlar hamda
faktik materiallarga ko‘ra, o‘zbek tilida so‘z tartibi haqida gap borganda asosiy
axborot tashuvchi bo‘laklar gap oxirida, yordamchi axborot tashuvchi bo‘laklar esa
gap boshida keladi.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_31.png)
![Gapda yordamchi axborot tashuvchi bo‘lak tema , berilgan deb, asosiy
axborot tashuvchi bo‘lak rema , yangilik deb ham yuritiladi.
So‘z tartibini o‘rganishda gapning aktual bo‘linishi bilan formal bo‘linishi
bir-biriga zid qo‘yilmaydi. Aksincha, ular bir-birini to‘ldiradi.
Gapda so‘z tartibi sintaktik va stilistik rol’ o‘ynaydi. Tartib sintaktik rol’
o‘ynaganda, uning o‘zgarishi qurilmaning semantik-grammatik tabiatini
o‘zgartadi : Ko‘m-ko‘k dala. — Dala ko‘m-ko‘k.
Tartib stilistik rol’ o‘ynaganda, uning o‘zgarishi gap mazmuni va
grammatik tabiatini butunlay o‘zgartib yubormaydi. Bunday so‘z tartibining
o‘zgarishi ma`lum mazmun o‘zgarishi, stilistik ottenka bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ega va kesimning normal, ob`ektiv, to‘g‘ri tartibi ko‘proq darak gaplarga
xos bo‘lib, ilmiy, rasmiy ish qog‘ozlari uslubi uchun xarakterlidir. So‘zlashuv,
badiiy va publitsistik uslubga oid adabiyotlarda esa bu tartib o‘zgarishi mumkin.
Kesimning egadan oldin keltirilishi nutqni ta`sirchan, emotsional qiladi: —
Qurib ketsin bu Toshkent zilzilasi, hech esingizdan chiqmaydi-ya. (P. Q.)
Inversiyaning bu turida ba`zan emotsionallik juda kuchli bo‘ladi. Bu vaqtda
bunday gaplar oxirida yozuvda undov belgisi qo‘yiladi: Ha, zoe ketmadi o‘sha
kurashlar, uyqusiz tunlar!— dedi u ilgarigidek jo‘shib. (Y. SH.)
Ega-kesim inversiyasi ko‘pincha so‘roq gaplarda uchraydi:. e sing dami Katta
Farg‘ona kanalini qurish qanday boshlangani? (Y. SH.)
CHaqiriqlarda ko‘pincha kesim birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Bu ekspressivlik,
emotsionallik uchun xizmat qiladi: YAshasin sportchilarimiz!
Ega va kesim inversiyasi ayniqsa poeziya uchun xarakterlidir.
To‘g‘ri, normal, ob`ektiv tartibda to‘ldiruvchi va hol kesimdan oldin keladi.
Bu ilmiy, rasmiy ish qog‘ozlari uslubi ham-da badiiy nutq uchun xarakterlidir.
So‘zlashuv uslubida esa bu holat ko‘pincha inversiyaga uchraydi. Umuman,
so‘zlashuv uslubida inversiya hodisasi kuchlidir.
To‘ldiruvchi va kesim inversiyasi: Ovozingni chiqarsang... Ha bilib qo‘y!.
Ko‘rdingmi kuchimni? (P. T.)](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_32.png)
![Hol va kesim inversiyasi: Ichimga chiroq yoqsa, yorimasdi o‘sha kunlari.
(YA.)
To‘g‘ri tartibda aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Badiiy va
so‘zlashuv uslublarida esa bu tartib inversiyaga uchrashi mumkin: — Hech kimi
yo‘q sho‘rlikning, — dedi otinoyi, etimning holi ga achinganday. (P. T.)
Poeziyada qofiya, vazn, turoq talabiga ko‘ra tarkibli kesim tarkibida ham
tartib o‘zgarishi uchraydi: Bilmaganin o‘rganib, Odamzod topdi kamol. (G‘. G‘.)
So‘zlashuv uslubida ba`zan ajratilgan bo‘laklar ham gap oxirida keltiriladi:
Kechqurun idorada majlis bor, soat ettida. (S. A.).
Inversiya boy stilistik imkoniyatlarga ega.
Uyushiq bo‘laklarning stilistik vazifasi. Bunday bo‘laklar yordamida
umumiy kartinalarning detallari, harakat dinamikasi tasvirlanadi, kuchli
ekspressiv-lik ifoda qiluvchi epitetlar qatori hosil qilinadi: Odam o‘qiydi, ishlaydi,
dardga chalinadi, qiyinchiliklarga uch-raydi, oila quradi, bola tarbiyalaydi, do‘st
orttiradi, yaxshilikdan quvonadi, yomonlikdan azob chekadi, adolat, haqiqat uchun
kurashadi. (H. G‘.)
Fe`l kesimlarning uyushib kelishi nutqning dinamikligi haqida tasavvur
beradi: Dildor ilgarilari ham eri bilan ko‘p marta bahslashgan, aytishgan,
urishgan, arazlashgan. (H. G‘.)
Uyushiq sifatlovchilar nutqning ekspressivligi uchun xizmat qiladi: Hamro
Rahimov to‘ladan kelgan, o‘rta bo‘y, qo‘yko‘z, bug‘doy rang, qirq yoshlardan
oshmagan kishi ekan. (J. A.)
Uyushiq bo‘laklar ba`zan sinonimik qator hosil qilishi mumkin. Bu,
ayniqsa, badiiy, publitsistik uslubda ko‘p uchraydi: Boshqa iloj qolmagach, ona
eng tuban bir «hunar»ga tutindi, do‘kondorlarga, mulkdorlarga, badavlat
odamlarga yanada ziyod davlat tilab, xayr-sadaqa so‘ray boshladi. (P. T.)
Gap bo‘laklari ko‘pincha bog‘lovchilarsiz, biriktiruvchi pauza va sanash
ohangsi yordamida uyushib keladi. Bu ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publitsistik
uslublarga xos bo‘lib, nutqqa keskinlik tusini berish ehtiyoji bilan izohlanadi.
Misollar:](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_33.png)
![Badiiy uslubdan: Nizomjon o‘z ishi bilan, axloqi bilan ko‘pchilikning
og‘ziga tushib qolgandi. (S. Ahm.)
Publitsistik uslubdan: Tashabbus tashabbusni tug‘diradi. Unga, xalq
tashabbusiga, madad bering, u qanot rostlaydi, parvoz qiladi! (Y.SH.)
So‘zlashuv uslubidan: — Ha, mulla. CHarchamasdan, siqilmasdan
yuribsanmi? (P.T.)
Poeziyada uyushiq bo‘laklar qatori keng bo‘lsa, ular qofiya, vazn, turoq
talabiga ko‘ra guruhlanib kelishi mumkin: Men Syao, Robson bilan, Pablo
Neruda bilan,Nekse, Barboslar bilan suhbatda bo‘lgan kshii. (G‘. G‘.)
Ilmiy va rasmiy uslublarda uyushiq bo‘laklarning qo‘llanishida ayrim o‘ziga
xoslik kuzatiladi: ilmiy matnlarda uyushiq bo‘laklar raqam—(1), ( 2 ) , (3), harf (a),
(b), (v) shakllarida ham ko‘rsatiladi. Rasmiy uslubda, ayniqsa, yuridik
adabiyotlarda, uyushiq bo‘laklar alohida-alohida satrda ham beriladi. Ba`zan
uyushiq bo‘laklar ancha keng bo‘lib, ular alohida abzatsdan yoziladi. Bunday
holatlarda uyushiq bo‘laklar yozma nutqda nuqtali vergul (;) bilan ajratiladi.
Undalma stilistik vosita sifatida. Undalma, so‘zlovchi nutqi qaratilgan
shaxs, jonli va jonsiz predmetni ifodalashiga ko‘ra, kuchli stilistik vosita
hisoblanadi. Undalmalar so‘zlovchining tinglovchiga munosabatini ifodalab, baho
xarakteristikasi ottenkasi (ijobiy, salbiy, neytral, ko‘tarinki-tantanali kabilar)ga
ega bo‘ladi.
Undalmalar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy, publitsistik uslublarda, qisman
rasmiy-idoraviy uslubda qo‘llanadi. Ilmiy uslubda undalmaga deyarli murojaat
qilinmaydi.
Undalmalarni baho xarakteristikasi ottenkasini ifodalashiga ko‘ra, ikki katta
guruhga ajratish mumkin:
1. Stilistik neytral undalmalar. Bunday undalmalarda so‘zlovchining
baho tavsifi neytral va ko‘proq so‘zlashuv, rasmiy-idoraviy uslublarga xos:—
Seni, Diyorova, Karim ham, direktor ham laqillatishibdi. (H. G‘
Monologik nutqda qo‘llanadigan Deputat o‘rtoqlar, Delegat o‘rtoqlar kabi
undalmalar logik jihatdan butun matnga qaratilgan bo‘ladi.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_34.png)
![2. Baho tavsifini ifodalovchi undalmalar emotsional-
ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lib, faqat nutq adresatini ifodalamay, uni
xarakterlaydi, unga munosabat bildiradi:
1) Undalma o‘z leksik ma`nosiga ko‘ra baho ifodalaydi. Bu ijobiy yoki
salbiy bo‘lishi mumkin: CHuchvarani xom sanabsan, iflos! (S. Ahm.)
2) Baho xarakteri, undalmaning obrazliligi u bilan birga kelgan
so‘zlarga bog‘liq. Obrazli aniqlovchilar, izohlovchilar bilan kelgan undalmalar
nutqni obrazli qiladi: Kurashayotgan muazzam SHarqdagi aziz birodarlarimiz!
Qudratli sovet xalqlari sizlarga ajoyib bahor bayrami salomini va sevgisini yo‘llay-
di, sizlarga yana ham ulug‘vor yutuqlar tilaydi. (V. 3.)
3) Baho ifodalashda ohangning ham roli kattadir: Hoy yaxshilar,
sizlardan iltimos: mashina ichiga semichka po‘chog‘i tashlanmasin.
Ba`zan undov so‘zlarning o‘zi undalma vazifasida keladi. Bu vaqtda
so‘zlovchi nutqi qaratilgan shaxs konmatn yoki vaziyat-dan bilinib turadi: Nima
qilayotibsan, e y,- dedi Do‘smat xotiniga, — aqlingni edingmi? (P. T.)
4) Undalmaning baho tavsifi ifoda qilishida egalik hamda -jon, -xon, -
cha, -choq affikslaridan foydalaniladi: SHigitcha, tushmaysizmi? — dedi kimdir
orqadan(O‘.U.)
So‘zlashuv uslubida undalmaning I I I shaxs egalik affiksi bilan kelishi
kuzatiladi: Voy, otasi, keldingizmi? Nima gap? (P.T.)
5) So‘zlashuv uslubida buyruq maylining I shaxs birlik shaklining
undalma vazifasida kelish hollari uchraydi: O‘ ingiz o‘ylang, aylanay, oltita bolani
boqish osonmi? (U. U.)
6) Undalmalarning takrorlanib kelishi ham baho ottenkasini
kuchaytiradi. Bu so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublar uchun xarakterlidir:
Hoy, yuksak tog‘, yuksak tog‘, Deya yolvordi o‘tloq (H. G‘.)
Ba`zan gap boshida kelgan undalma gap oxirida takrorlana-di:— Men
YOlqin akamning: — Tursun, qayoqqa yo‘q bo‘lding, Tur-sun? degan
hayqirig‘idan cho‘chib uyg‘ondim. (P. Q.)](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_35.png)
![7) Undalmalar gradatsiya (kuchaytirish) uchun xizmat qiladi: Ha, ablah,
yolg‘onchi, muttaham!.. Ket bu rdan, ko‘zimga ko‘rinma!.. (P. T.)
Undalma umumlashtiruvchi birlik va uyushiq undalmalar shak lida ham
uchraydi: Aziz tojik do‘stlarimiz: tojik paxtakori va agronomi, tojik ishchisi va olimi,
ajoyib sehrgar tojik dok tori va san`atkori! Sizlarning mehnatingiz va paxtangiz
o‘zlaringizga o‘xshagan benihoya ko‘rkam va go‘zal! (V.Z.).
So‘zlashuv uslubida undalma tarkibi ba`zan murakkab holda bo‘ladi: e y
mening yorug‘ shamim! YOrug‘ shamimgina emas. Yo‘q. ey ko‘zimning ravshan
nuri! So‘zlaringning latofati yuz ming jondan ortiq. (N.)
Rasmiy-idoraviy uslubda undalmalar so‘zlovchi nutqi qaratilgan shaxsni
ifodalaydi. Badiiy, publitsistik, so‘zlashuv uslublarida esa undalmalar jonli va
jonsiz predmetlarga qaratilishi ham mumkin: e y-voy, osmon yiroq-u er qattiq.
CHarxing buzilsin, falak! (P. T.)
Undalma badiiy adabiyotda personajlar nutqini xarakterlash uchun ham
xizmat qiladi. Masalan, tarixiy temada yozilgan asarlarda eskirgan so‘z bo‘lgan
undalmalarga murojaat qilinadi: CHaqirtirgan ekansiz, a`lo hazrat? (V. S.)
7) Undalmalarning gapdagi o‘rni (gap boshida, o‘rtasida, oxirida) ham
bahoni kuchaytirishda muhimdir: To‘g‘ri aytasiz, e gachi! — deb uning so‘zlarini
tasdiqladi. (H. G‘.)
Undalmalar ko‘pincha gap boshida keladi.
Kirish bo‘laklarning va kiritmalarning stilistik xususiyatlari. Kirishlar so‘z,
so‘z, birikmasi, gap shaklida bo‘lib, barcha nutq uslublarida qo‘llanadi.
I. Kirishlar so‘zlovchi shaxsning aytilayotgan fikrga bo‘lgan munosabatini
ifodalaydi. Bular quyidagi semantik-stilistik xususiyatlarga egadirlar:
1. Ishonch yoki tasdiq ifodalaydi. Bu tip kirishlar deyarli barcha nutq
uslublari uchun xarakterli. Lekin bular so‘zlashuv, badiiy, publitsistik uslublarda
nisbatan ko‘proq qo‘llanadi: Zokir ota, shubhasiz, juda tajribali paxtakor. (A. Q.)
Bu tip kirishlardan so‘zsiz, o‘z-o‘zidan, aniqki kabilar ko‘proq ilmiy uslub
uchun xarakterlidir: Agar ravishdosh shaklidagi fe`l keyingi fe`lning belgisini
ko‘rsatsa, o‘z-o‘zidan, keyingi fe`l mustaqil fe`l bo‘ladi. (O‘zb. t. gram., I t.)](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_36.png)
![2. Gumon ifoda qiladi. Bu tip kirishlar ham ko‘proq so‘zlashuv, badiiy
va publitsistik uslublarga xosdir: Aftidan, Davron unga joy band qilib o‘tiribdi!
( P . Q.) Mening so‘zlarim sizga, e htimol , achchiq tatiyotgandir. (H. G‘.) Boshlagan
ishimiz ollo taologa yoqmadi, chog‘i. (S. Ahm.) Sirini aytishiga, yuragini
bo‘shatishiga g‘ururi yo‘l bermadi, shekilli. (H.G‘.)
Ilmiy, rasmiy-idoraviy uslubning ekstralingvistik belgilari bu tip kirish
qurilmalarning ilmiy, rasmiy-idoraviy matnlarda qo‘llanishini chegaralaydi.
So‘zlashuv uslubida basharti, bordi-yu kirishlari ko‘p qo‘lla-nadi: Bordi-yu,
o‘sha yulduzlarda inson ham bo‘lsa-chi? (J. A.) Basharti, Hakima kech qolsa-chi?
So‘zlashuv uslubida kim biladi qurilmasi ham nutqdagi vazifasi va
ma`nosiga ko‘ra kirish vazifasida keladi: Mana shu voqea, kim biladi, nima
uchundir Abdullaning xayolidan sira ko‘tarilmasdi. (U.U.)
3.Orzu-umid, istak, mamnunlik ifodalaydi. Bu tip kirishlar ko‘proq
so‘zlashuv uslubiga xos: ishqilib, qani endi, koshkiydi, yaxshiyamki, xayriyat
kabi .
3. Taajjub ifodalaydi. Bu tip kirishlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy,
publitsistik uslublarda qo‘llanib, ilmiy, rasmiy-idoraviy uslublarda kuzatilmaydi:
nima balo, nahotki, tavba kabi
4. Uxshatish ifodalaydi. Bu tip kirish qurilmalar ham so‘zlashuv, badiiy
uslublarga xos: Oqshom pardasi qoplagan ko‘cha. Xiyobonda quyosh charaqlab
ketdi, misoli. (R. F.)
5. Ta`kid ifodalaydi: axir, xolos, qaytaga.
6. Taxmin ifodalaydi : chamamda .
II. Aytilayotgan fikrning kimga qarashli ekanligini ifoda laydi:
menimcha, fikrimcha, nazarimda, ay tishlaricha, bilishimcha... aytmoqchi kabilar
ko‘proq so‘zlashuv, ba diiy va publitsistik uslub uchun xarakterli.
Bu tip kirishlardan bizningcha, bizning fikrimizcha, uningcha, ma`lum
bo‘lishicha, ... ning qayd qilishicha, ... ning fikriga ko‘ ra, ... ning yozishicha kabilar
ilmiy uslub uchun, ayniqsa, uning ilmiy bahs sohasi uchun xarakterlidir.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_37.png)
![Rasmiy-yuridik uslubda zsa . . . ga muvofiq, ... ga binoan, ... bo‘yicha, ... ga
asosan kabi kirishlar ko‘p uchraydi.
III. Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi. Bunda
quyidagi holatlar kuzatiladi:
1. Bir gap, abzats yoki murakkab sintaktik butunlik tarkibida aytilgan
keyingi fikr oldingi fikr bilan munosabatda bo‘ladi. Bunda ko‘pincha keyingi
kirishli gap oldingi fikr xulosasi, yakuniday hisoblanadi. Bu vazifada so‘zlashuv,
badiiy, pub-litsistik uslublarda bundan chiqdi, qo‘ying-chi, baribir, yaxshisi, shu-
shu, qildi-qildi, shunday qilib, bir so‘z bilan aytganda, xul-lasi kalom, vassalom,
binobarin, qarabsizki, qo‘yingki, umuman kabi so‘zlar keladi.
So‘zlashuv uslubida: yaxshisi, qo‘ying-chi, shunaqa qilib, shu-shu kabi.
Publitsistik uslubda: bir so‘z bilan aytganda, shunday qilib, baribir kabi .
Badiiy uslubda: binobarin, qo‘yingki, q arabsizki kabi.
Ilmiy uslubda: demak, umuman olganda, shunday ekan kabi.
Bir abzats, murakkab sintaktik butunlikda aytilgan fikr oldingi matnda
aytilgan fikr bilan munosabatga kirishib, uning xulosasi, yakunini ifodalaydi. Bu
vaqtda ko‘rinadiki, ang lashiladiki, ko‘rib o‘tdikki, xullas kabi kirishlar keladi.
IV. Aytilayotgan fikrning tartibini ifodalaydi. Bu vazifa da birinchidan,
ikkinchidan, avvalo, nihoyat, so‘ngra, oxiri, dast lab, innaykeyin kabi so‘zlar keladi.
Bulardan nihoyat, dastlab, avvalo, oxiri kabilar badiiy, publitsistik, so‘zlashuv
uslublarida ko‘proq qo‘llanadi.
So‘zlashuv uslubi uchun innaykeyin kirishi xos .
Birinchidan, ikkinchidan kabi kirish so‘zlar ko‘proq ilmiy us lubga xosdir.
V. Fikrning odatda yuz berib turadigan voqea-hodisani anglatishini
ifodalaydi: odatda, odatga ko‘ra, odat bo‘yicha kabi
Kiritmalar tushunarsiz yoki tushunilishi qiyin so‘zlar (dialektizm,
professionalizm, termin, jargon, arxaizm, istorizm kabilar) ma`nosini, ayrim leksik
birliklarning talaffuzi yoki etimologiyasini izohlash, so‘zlovchining sub`ektiv-
emotsional munosabatini ifodalash, xabar manbaini ko‘rsatish, qo‘shimcha](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_38.png)
![ma`lumotlar berish uchun xizmat qilib, ayrim bo‘lak, birikma, gap shaklida
bo‘ladi.
Odatda, so‘zlashuv uslubida kiritmalarga ko‘proq ehtiyoj seziladi.
Kiritmalar badiiy va publitsistik uslublarda ham fikr bayon qilishning
maxsus usuli hisoblanib, personaj kechinmala-ri, obrazlar harakatining ichki
motivlari, his-hayajonning sabablari, tasvirlanayotgan voqelikka bo‘lgan
munosabat kabilar-ni ifodalaydi, ifoda qilinayotgan fikrni izohlaydi yoki bu haqda
qo‘shimcha ma`lumot beradi: SHunday kezlarda (bunaqa kezlar ikki-uch bor
bo‘lgan) Azizxon ketishga shoshilmaydi. (S. A.)
Ilmiy va rasmiy-idoraviy uslublarda: Bu narsa so‘zning o‘zaro bog‘langan
uch xil strukturaga ega ekanligini ko‘rsatadi: so‘zning semantik strukturasi (so‘z
ang latadigan ma`nolarning butun sistemasi), so‘zning fonetik strukt urasi (so‘zning
tipik fonetik xususiyatlari), so‘zning morfolo gik strukturasi (morfemalarga
bo‘linishi). (O‘zb. t. gram., I t.)](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_39.png)
![Xulosa
Gap bo’lagi ma’lum sintaktik shaklning shakliy sintagmatik- munosabatdagi
vaziyatiga qarab belgilanadi: ega vaziyati, kesim vaziyati, to’ldiruvchi va
boshqalar. Natijada ayrim mazmuniy munosabatda bo’lgan shakliy jihatdan tobe
aloqa orqali emas, balki undash, kirish munosabati orqali ifodalangan birliklar
snntaktik tuzilish birligi sifatida karalmaydi. Bu esa butunni bo’laklarga bo’lish
asosiga zid keladi. Chunki butun bo’laklarga ma’lum asosda shunday bo’linishi
kerakki, butunning birorta ham unsuri bo’linishdan tashqarida qolmasligi kerak.
Lekin an’anaviy yo’nalishda bunday emas. Gap bo’laklari gapni tashkil etgan
sintakiik shakllarni to’la qamrab olmas ekan, demak, gapni bo’laklarga gap
bo’laklari rubrikasi ostida ajratish-etarli asosga ega emas. Shuning uchun bu
tilshunoslikda eng munozarali masalalardan biri bo’lib kelmoqda.
O‘zbek tili taraqqiyotining hozirgi bosqichida funktsional uslublar farqlanib,
uning ilmiy, badiiy, publitsistik, rasmiy ish qog‘ozlari, so‘zlashuv kabi uslublari
shakllandi.
Sintaktik qurilmalar nutq uslublarida neytral bo‘lgani kabi, funktsional
xarakterda ham bo‘ladi. Sintaktik stilistika uchun neytral xarakterdagi sintaktik
vositalar emas, nutq uslublariga xoslangan funktsional sintaktik vositalar
muhimdir.
Ilmiy uslub sintaksisi elementlari. Ilmiy nutq uchun fikrni aniq, logik
izchillik bilan ifodalash xarakterlidir.
Umuman, ifodaning logik izchil bo‘lishi, bunda logik uquv, logik zehn,
logik qobiliyatga mo‘ljallanishi, mana shu maqsadda ifodaning intellektual
elementlariga ko‘p murojaat qilinishi ilmiy uslubning asosiy belgilaridan
hisoblanadi.
Ilmiy asarlar mulohaza va isbotdan iborat bo‘ladi. Isbot aniq bayon qilinadi.
Buning uchun ifodaning to‘liq bo‘lishi lozim. S h unga ko‘ra ham ilmiy matnlar
uchun to‘liq gaplar xarakterli. Bunda to‘liqsiz gap fikrning aniqligiga putur
etkazadi.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_40.png)
![Ilmiy ifodada logik izchillikni ta`minlovchi muayyan so‘z tartibiga amal
qilish muhimdir. Bunda o‘zbek adabiy tilining grammatik qurilishi talablariga
rioya qilinadi. SHu bilan birga, fikrni aniq, izchil ifodalash uchun ba`zan gap
bo‘laklarining tartibini o‘zgartish ham mumkin.](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_41.png)
![Foydalanilgan adabiyotlar
1. M.Asqarova, Y.Abdullayev, M.Olimxonova “Ona tili” kitobi. 8-9 sinflar uchun.
T – 1994 y.
2. V.Egamov “Hozirgi o’zbek adabiy tili”. T – 1988 y.
3. G’.Abduraxmonov, S.Mamajonov “ O’zbk tili va adabiyoti”. T – 1995 y.
4. G’.Abduraxmonov “O’zbek tili grammatikasi”. T – 1996 y.
5. “O’zbek tili grammatikasi” II tom O’zRFA. T – 1976 y.
6. M.Olimxonova “Maktabda ona tili sintaksisini o’rgatish”.
7. A.Nurmanov, R.Rasulov “O’zbek tili jadvallarida”. T – 1993 y.
8. N.Mahmudov, A.Nurmanov “O’zbek tilining nazariy grammatikasi”. T – 1987
9. A.G’ulomov, M.Asqarova “Hozirgi o’zbek adabiy tili” T – 1987 y.
10. A.Nurmanov, N.Mahmudov, A.Axmedov, S.Solixo’jayeva “O’zbek tilining
mazmuniy sintaksisi”. T – 1992 y.
11. www.ziyonet.uz](/data/documents/86c5ce84-c8cf-41b1-8200-5b27a2e0582c/page_42.png)
Mavzu: Sodda gap uslubiyati Reja: Kirish 1. Sodda gap va uning mazmuniy qurilishi 2. Sodda gaplar uslubiyati 3. Gap bo‘laklarning funktsional qo‘llanishi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat butunlik bo’lishiga qaramasdan, yaqin yillargacha sintaktik tadqiqotlarda, asosan, gapning shakliy tomoniga e’tibor berilgan. Faqat ayrim o’rinlardagina (masalan, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlarini belgilashda ikkinchi darajali bo’laklarning ichki tasnifida) mazmun tomoniga murojaat qilindi. Hozirgi kunda gap mazmunini o’rganuvchi mazmuniy sintaksis deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan bo’lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasida bir xillik yo’q. Ular orasida ikki qaramaqarshi qo’nalish ajralib turadi. Birinchi yo’nalish tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik ma’nosiga asoslanadilar. Bu yo’nalishda gapning xar bir tuzilish tarixning umumiy grammatik ma’nosini topishga xarakat qilinadi va tuzilish tarixining umumiy grammatik ma’nosi doirasida mazmuniy tuzilish aniqlanadi. Ularning fikriga ko’ra, mazmun grammatik shakllanmay, o’z xolicha mavjud bo’lmaydi. Shuning uchun gapning barcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodachisi bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari gapning nominativ minimumi uzvlarining leksik ma’nolariga asoslanadi. Bunga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi tuzilish tarxlari doirasida emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish tarxlari va mazmuniy tuzilish bir-biri bilan kesishmaydigan yonma-yon qatorlarga teriladi. O’zbek tilida gaplar grammatik asoslarining miqdoriga ko’ra 2 ga bo’linadi: Sodda va qo’shma: Bu shaharda tanish bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. Kampirning ko’zlarini allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
Sodda gap va uning mazmuniy qurilishi Shakl va mazmun, sintaktik aloqa, sodda gap, qo’shma gap, egali gap, egasiz gap, grammatik asos, gap bo’laklari, bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’lak, yig’iq bo’lak, yoyiq bo’lak. Sodda gaplar eganing ishtirok etish etmasligiga ko’ra 2 xil bo’ladi: Egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar: Biz yangi filmni tomosha qildik – yangi filmni tomosha qildik. Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi: sodda yig’iq gap (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gap: (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi). O’zbek tilida gapda so’zlar o’zaro grammatik munosabatga kirishib gap bo’laklarini hosil qiladi. Har bir gap bo’ladi boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan grammatik munosabatiga ko’ra belgilanadi, ya’ni har bir gap bo’lagi o’zi munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi: Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi – bu gapda so’zlar qo’yidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1. Dildora gapirdi. 2. Zavqlanib gapirdi. 3. Uchrashuv haqida gapirdi. 4. Kechagi uchrashuv. Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi. Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: fe’l kesim, ot kesim. Tuzilishiga ko’ra esa sodda kesim va murakkab kesimga bo’linadi. Fe’l kesim qo’yidagi ko’rinishlarga ega: A) sof fe’l kesim: Men maktabga boraman. B) Ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurullab, mashina oldinga intildi. S) Sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It xurar – karvon o’tar.
Fe’ldan boshqa so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so’z, harakat nomi) bilan ifodalangan kesim ot kesimdir: A) Yaxshi ro’zg’or – jannat, yomon ro’zg’or – do’zax. B) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. S) Birniki – mingga, mingniki – tumanga. D) Maqsadim – shu. E) Sizdan umidim ko’p. Y o ) Mening g’am ulug’ niyatlarim bor. Murakkab kesim ikki yoki undan ortiq so’z bilan ifodalanadi: Ayozli kunlar asta-sekin o’tib borayotir. Murakkab ot kesimlar ot+bog’lama vazifasida kelgan yordamchi fe’l yoki ko’makchi fe’l tarzidagi qo’shilishdan hosil bo’ladi. Bunda asosiy ma’no otdan anglashiladi. Bog’lama kesim bilan egani bog’lovchi so’zlardir. Ular mustaqil ma’nosini to’la yoki qisman yo’qotib, yordamchi vazifaga ko’chgan so’zlardir. Bularning vazifasi fe’l bo’lmagan so’zlar bilan qo’shilib, kesimni shakllantirishdir, ya’ni mayl, zamon, shaxs son ma’nolrini ifodalashdan iborat. Kesimni shakllantirishga hizmat qiladigan bunday bog’lamalar bo’l - , qil - , edi, ekan, emish, hisoblan-, sana – kabi yordamchilardir. Kerak, zarur, darkor so’zlari ham bog’lama vazifasida qo’llanadi. Xursand edi, qiziqarli bo’ldi, Yaxshilik qil, obod qildi, ozod bo’ldi, oz emish, xursand bo’ldi, to’g’ri chiqdi, ko’p edi. Kesim birikmalar va iboralar bilan ham ifodalanadi. Kengaygan birikma va iboralar gapda yaxlit xolda bitta gap bo’lagi bo’lib keladi va o’z ichida boshqa bo’laklarga ajratilmaydi: Vazifamiz – bilim maskanlarida hamisha a’lo o’qish. Tarixni o’rganishdan asosiy maqsad – milliy o’zligimizni chuqurroq anglash.
Baquvvat xotiraning mohiyati – unutmaslik. Komil insonlardagi olijanob hislat – o’tmishni unutmaslik. Ega va kesim gapning grammatik asosidir. Gapni gap bo’laklariga ajratishda bir necha usullardan foydalaniladi. Ulardan ko’p qo’llaniladigani gap tarkibidagi so’zlarga so’roq berishdir. Ammo bu usul har doim ham o’zini oqlamaydi. Chunki gapda so’roqqa javob bo’la oladigan, amo gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan bo’laklar – undalmalar ham ishtirok etadi. Masalan: Bolalar, ilm olish – yuksalishdir. Gapida bolalar so’zi so’roqqa javob bo’lsada lekin gap bo’lagi vazifasida kelmagan. S h uningdek gapni gap bo’laklariga ajratishda ularning grammatik shakliga ham e’tibor beriladi. Ammo bu usul ham to’liq o’zini oqlamaydi. Masalan, qaratqich kelishigidagi so’z qaratqichli aniqlovchi vazifasinibajarishi mumkin, ammo jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigidagi so’zlar to’ldiruvchi ham, hol ham bo’lishi mumkin: Paxtani zavq bilan terdim – paxtani mashina bilan terdim. Sen nimaga kechikding – suvni nimaga quymoqchisan. Ba’zan gap bo’laklarini belgilashda uning qaysi so’z turkumiga taalluqli ekanligi ham e’tiborga olinadi. Lekin bu usul ham to’liq asos bo’la olmaydi. Chunki biror bo’lak aynan bir so’z turkumi bilan har doim ham ifodalanavermaydi. Shuning uchun gapni gap bo’laklariga ajratishda tobe aloqa asosiy vositadir. Ega quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi: Yo’lchi o’rnidan turdi. Mard maydondda bilinar. To’qqiz uchga kasrsiz bo’linadi. Men mnstitutda o’qiyman. Tirishgan tog’dan oshar. So’zlagandan so’zlamagan Yaxshiroq.