logo

Qo‘shma gap uslubiyati.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

38.9873046875 KB
Qo‘shma gap uslubiyati.
R e j a :
1. B og‘lovchili va bog‘lovchisiz q o‘ shma gaplar   sinonimimyasi .
2. Bog‘lovchilarning uslubiy    vazifasi, ular orasidagisinonimiya .
3. Ergash      gapning    stilistik      xususiyatlari.
4. Ravishdosh oborot    va q o‘ shma    gap     stil istikasi
5. Sifatdosh oborot va ergash gapli    q o‘ shma    gap   stil istikasi .
6. Murakkab qushma gaplar   stil istikasi .
9. Murakkab sintaktik butunlik . 1.   B og‘lovchili   va   bog‘lovchisiz   q o‘ shma   gaplar   sinonimimyasi . Ushbu
gaplarni   solishtirib   ko‘raylik:   Vatan   qo‘limizdan   etakladi   va   biz   g‘alaba   qildik.
Vatan   qo‘limizdan   etakladi-yu,   biz   g‘alaba   qildik.   Vatan   qo‘limizdan   etaklagani
uchun,   ...Vatan   qo‘limizdan   etaklab,   ...   Vatan   qo‘limizdan   etaklagach,   ...   Vatan
qo‘limizdan etakladi: biz g‘alaba qildik.
Bu   gaplar   mazmun   tomondan   bir   xil   yoki   juda   yaqin:   hammasida   ham
sabab-natija munosabati ifodalangan. Ular o‘zaro sinonimik gaplar qatorini yuzaga
keltiradi va istalganidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Lekin bu gaplar grammatik
tomondan, ma’no ottenkasida ma’lum darajada bir-biridan farq qiladi: bu, avvalo,
bog‘lovchilarda, ohangda, gaplar tartibida ko‘rinadi.
Ergashish   yo‘li   bilan   hosil   bo‘lgan   qo‘shma   gaplarning   aksariyati   ikki   xil
qo‘llanadi:   bog‘lovchi   orqali   va   bog‘lovchisiz   —   yolg‘iz   ohang
vositasida:   Bilamizki, tinchlik urushni engadi. —   Bilamiz: tinchlik urushni engadi.
Bog‘lovchili   va   bog‘lovchisiz   qo‘shma   gaplar   avvalo   uslub   talabi   bilan
qo‘llanadi.   Masalan,   ilmiy   nutqda   faktlar   qiyoslanadi,   fikr   isbotlanadi,   narsa-
hodisalar   orasidagi   mantiqiy   bog‘lanish   qayd   etiladi:   Agar   ixtiro   yoki
ratsionalizatorlik   taklifi   bir   necha   shaxs   tomonidan   berilgan   bo‘lsa,   ular   sherik
avtorlar   bo‘ladilar   va   ularning   har   qaysilariga   taklifni   yaratishda   avtor
bo‘lganliklarini guvohlantiradigan hujjatlar olish huquqi beriladi.
Ayiruvchi bog‘lovchilar   (goh, ba’zan, dam, yoki   va b.) gap mazmunini yoki
qo‘shimcha   ma’noni   tayin   etishda   muhim   belgi   sanaladi:   Ba’zan   ravon   tug‘ilsa
misra,   ba’zan   bir so‘z   —   soatlab mehnat. (J. J.)
Umumlashgan va qiyosiy munosabat  ifodalovchi gaplarda nisbiy olmoshlar
halqa   vazifasini   bajaradi,   demak,   bunday   qurilmalar   ham   doimo   bog‘lovchilar
orqali shakllanadi:   Nima   eksang,   shuni   o‘rasan. (Maqol.)
Bo‘lishsizlik   —   inkor   bildirgan   gaplar   ham   bog‘lovchili   qo‘llaiadi.   Bu
vaqtda   na   bog‘lovchisi ham o‘z vazifasida (qat’iy bo‘lishsizlnk, kuchaytirish), ham
bog‘lovchi   o‘rnida   keladi:   Na   sen   nazar   qilding   holimga   bir   bor,   Na   men   ayta
oldim senga biror so‘z. (A. 0.) Hozirgi o‘zbek tili nutq uslublarining qariyb hammasida, ayniqsa badiiy va
publitsistik asarlarda komponentlari   hatto, faqat, yolg‘iz, -gina   yuklamalari;   ya’ni,
masalan,   ayniqsa,   jumladan,   shaxsan   kabi   kirish   so‘zlar;   deylik,   demak,
boshqacha   aytganda,   shunday   qilib   kabi   fe’l-kirishlar,   shu   bilan   birga,   shunday
qilib   kabi   birikmalar,   emas   to‘liqsiz   fe’li   va   boshqalar   yordamida   bog‘langan
qo‘shma   gap   tiplari   ko‘p   uchraydi.   Bu   vositalar,   asosan,   uslubiy   vazifa   bajaradi:
ular   orqali   shakllangan   qo‘shma   gaplar   miqdor-qurilishi   jihatidan   bog‘lovchili
qo‘shma   gapning   u   yoki   bu   tipiga   (bog‘langan   yo   ergash   gapli)   o‘xshasa   ham,
mazmun-hukm   nuqtai   nazaridan   o‘ziga   xos   ayrim   tomonlari   bilan   ajralib   turadi.
Bunday gaplarda ayni bir fikr ikki sodda gap orqali berilib, ikkinchi qism birinchi
gapda   berilgan   fikrga   aniqlik   kiritadi,   izohlaydi;   u   yoki   bu   belgini   ta’kidlash,
kuchaytirish   maqsadida   u   gap   alohida   zarb   bilan   aytiladi;   fakt   yo   hodisalar
solishtiriladi;   nihoyat,   badiiy   va   publitsistik   asarlarda   fikr   tadrijiy   rivojlantiriladi
(gradatsiya):   YAshagil,   ketmonim,   nonim,   mehnatim,   YA’ni   ona-Vatan,   senga
tashakkur!   (G‘.G‘.) .   Ilmiy   nutqda   esa   ana   shu   ikki   gap   orqali   umumiylik   va
xususiylik orasidagi nisbat ochiladi.
Bog‘lovchili   qo‘shma   gaplarda   ifoda   imkoniyatlari,   bog‘lovchisiz
qurilmalarga   nisbatan,   xiyla   keng   bo‘ladi.   Jumladan,   ergashtiruvchi   bog‘lovchi
orqali   hosil   bo‘lgan   qo‘shma   gaplarda   biror   stilistik   ehtiyoj   bilan   ergash   gapning
o‘rnini   o‘zgartish   (inversiya)   mumkin:   Ona   kulganda,   olam   yailarar. —   Olam
yasharar, ona kulganda.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar uchun quyidagi tip gaplarni kiritish mumkin:
1.   Bosh   gap   tarkibida   ko‘pincha   ko‘rsatish   olmoshlari   (u,bu,   shu)   va
ularning   turli   shakllari   (uni,   shuni   va   b.)   bo‘ladi:   Odatim   shu:   ishning   chalasini
yomon ko‘raman.   Bunday gaplar og‘zaki nutqda ko‘p uchraydi.
2.   Qo‘shma   gap   qismlarida   antonimlar   qo‘llanib,   ular   yorda-mida   gaplar
mazmuni aniqlanadi:   YAxshi   oshini eydi, yomon   —   boshini.
3.   Ayrim   gaplarda   bo‘laklar   takrorlanishi   mumkin:   Bunda   bulbul   kitob
o‘qiydi,   bunda   qurtlar ipak to‘qiydi. (H. 0.) 4.   Qo‘shma   gapning   birinchi   qismi   shunday   mazmun   ifodalab,   shunday
ohang   bilan   aytiladiki,   undan   keyin   ikkinchi   gap   kerak-ligi   aniq   sezilib
turadi:   SHukur, befarzand emasman: ikki o‘g‘il-cham, bir qizim bor. (0.)
Badiiy   nutqda   bir   necha   sodda   gap   vositasida   biror   shaxsga   tavsif   berilsa
yoki tabiat manzarasi chizilsa, ortiqcha belgiga o‘rin qolmaydi. Agar ular orasida
har   safar   biror   bog‘lovchi   qo‘llayversak,   ifodaga   «ortiqcha»   yuk   bo‘ladi;   ayrim
bog‘lovchi   takrorlanib   qolsa,   fikr   g‘alizlashadi.   Poetik   asarda   ritm,   vazn   talabi
tufayli   bog‘lovchiga   sira   ehtiyoj   qolmasligi   mumkin:   Daryolar   quriydi,   nuraydi
tog‘lar,   Xazon   bo‘lar   hatto   yam-yashil   bog‘lar...   Ona   mehri   yashar   qalblar-da,
Dillarni-dillarga umrbod bog‘lar... (H.O.)
Bog‘lovchisiz shakllangan qurilmalar mazmunan uzviy bog‘liq bo‘ladi; ular
shunday   tartibda   joylashadiki,   bir   gap   ikkinchisi   uchun   juda   zarur   elementga
aylanadi,   bir-birini   talab   qiladi.   Ular   orasidagi   ohang   esa   ifodaga   tasviriylik,
obrazlilik, jonlilik kiritadi.
Bog‘lovchisiz   qo‘shma   gaplarda   ta’siriy   bo‘yoq,   tasviriylik,   jozibalilik
kuchli bo‘ladi; ifoda ravonligi tufayli engil o‘qiladi.
Bog‘lovchisiz   qo‘shma   gaplar   bog‘lovchili   qo‘shma   gaplarga   sinonim
bo‘lib, uslub tomondan ikki xil qo‘llanadi:
a)   bog‘langan   qo‘shma   gapga   teng   keladigan   bog‘lovchisiz   qo‘shma
gaplarning   qismlari   payt   bildirsa,   ular   orasiga   biriktiruvchi   bog‘lovchini,   zidlik
munosabati ifodalansa,   lekin, ammo, biroq   bog‘lovchilaridan birini (ba’zan   -u, -yu,
-da   yuklamalarini) qo‘yish mumkin:   Oftob so‘ndi, ufqda qip-qizil shafaq yondi. (S.
Ahm.)   —   Oftob so‘ndi   va   ufqda qip-qizil  shafaq  yondi. Bulbul  ketdi   —   gul  qoldi;
—   Bulbul ketdi,   lekin   gul qoldi. Olam quyosh bilan yorug‘„ odam   esa   ilm bilan;
—   Olam quyosh bilan yorug‘, odam   —   ilm bilan.   Bu gaplar mazmunan bir-biriga
teng bo‘lib, ifoda va uslubda farq qiladi.
b)   bog‘lovchisiz   qo‘shma   gaplar   ergash   gapli   qo‘shma   gaplarga   sinonim
bo‘ladi:   Otangiz   bor:   belingiz   baquvvat,   o‘g‘lim   (0.)   -   Otangiz   bor,   shuning
uchun   belingiz   baquvvat,   o‘g‘lim.   YUrt   tinch   —   sen   tinch. —   YUrt   tinch   bo‘lsa,
sen ham tinch. B og‘lovchisiz   qo‘shma   gaplarda   ayrim   mazmuniy   munosabatlar   xiyla
umumlashib ketadi:   Sen yana kelding, yasandi dunyo, Sahrolarga to‘shaldi gilam.
(Qiyos uchun qo‘shma gapga aylantirish zarur).
2.   Bog‘lovchilarning   uslubiy     vazifasi,   ular
orasidagisinonimiya .   Qurilmaning   bog‘lovchiga   qarab   o‘zgaradigan
variantlari :   Ko‘nglimni   zavq   asir   etdi- yu ,   yosh   boladay   har   yon   yugurdim.
(H.O.).   Ko‘nglimni   zavq   asir   etdi   va yosh   boladay   har   yon   yugurdim.Ko‘nglimni
zavq asir et gach , yosh boladay har yon yugurdim.Ko‘nglimni zavq asir et ib , yosh
boladay   har   yon   yugurdim.Ko‘nglimni   zavq   asir   et ganiuchun,   yosh   boladay   har
yon yugurdim.Ko‘nglimni zavq asir etganda, yosh boladay   har yon yugurdim.
YUqoridagi   har   bir   gapda   stilistik   ma’nolar   (sabab,   natija,   holat,   payt)ni
ifodalash   uchun   turli   bog‘lovchilardan   foydalanilgan.Bog‘lovchilar   ko‘proq
kitobiy uslubga xosdir.
Va   bog‘lovchisi,   asosan,   ikki   sodda   gap   orasida   keladi.   Hamda,
ham   bog‘lovchilari nisbatan kam qo‘llanadi. Lekin publitsistika va badiiy nutqda,
ba’zan   ilmiy   uslubda   bu   bog‘lovchining   takroriy   shaklidan
foydalaniladi:   Er   ham   soz, o‘g‘it   ham   yaxshi. (U.)
Ham   bog‘lovchisi   takror   qo‘llanib,   gapda   inkor   ma’nosi   berilsa,   uning
o‘rnida   na   bog‘lovchisidan   foydalanish   mumkin:   Na   ota   qoldi,   na   ona
qoldi.   Demak,   na   bog‘lovchisi   bunday   holda   ham   yuklama,   ham   bog‘lovchi
vazifasini bajaradi.
Lekin, biroq, ammo   bog‘lovchilari yordamida ko‘proq tazod (antiteza) hosil
qilinadi:   Ey   sen,   buyuk   shahar,   muzaffar   poytaxt,   SHohi   jahonlarni   tuproqqa
qording, Ammo menga yasab shunday taxt, Jahon shohi qilib ko‘tarding. (E. V.)
Bu   bog‘lovchilar   o‘rnida   faqat,   yolg‘iz,   -u   (-yu),   -da   yuklamala-ri,   emas,
bo‘lsa,   esa   fe’llari,   balki   so‘zi   kelib,   xilma-xil   ma’-no   bo‘yoqlari   (kutilmaganlik,
to‘siqsizlik,   zidlik,   ta’kid,   kinoya,   voqea-hodisalarning   almashinuvi   kabi)
ifodalanadi. Bu hol so‘zlashuv, badiiy va publitsistik nutqda ko‘proq uchraydi.
-u (-yu), -da   yuklamalari biriktiruv bog‘lovchilariga sinonim bo‘la oladi. Bu
vaqtda qiyoslash, zidlik, tenglik, sabab, natija kabi ma’nolar anglashiladi:   Mashina xo‘p yaxshi narsa-yu, o‘ziga yarasha uning ham nag‘malari bor-da. (S. A.) Ikki yil
burungi eoqeani eslayman-u, vujudim titraydi. (Y. Sulaymon.) .
Demak,   zidlov,   biriktiruv,   qiyos,   inkor   bog‘lovchilari   orasida   uslubiy
vazifadoshlik   bor.   SHuning   uchun   hatto   zndlik   bildir-gan   gaplarda
ba’zan   va   bog‘lovchisi   ham   qo‘llanishi   mumkin:   Baxt   axtarar   va   qora   taqdir
Mazax bilan qilar haqorat. (H.0.)
Hozirgi   zamon   poetik   asarlarida,   ba’zan   prozada   ham,   xilma-xil   uslubiy
bo‘yoqlarni   (ritorika,   savol,   ta’kid)   berish   uchun   hatto   bog‘langan   qo‘shma   gap
qismlari   orasida   ergashtiruvchi   bog‘lovchi   vazifasida   keladigan     -chi   yuklamasi
qo‘llanmoqda:   Bir chelak suv bo‘lib aylanar jahon, Men-chi, bir tomchiman o‘sha
to‘lqin-da. (E. V.) Oftob olamni yaratgani rost, Ona-chi, odamni yaratgan zot. (J.
J.)
Mumtoz   adabiyotda   ham,   bugungi   poetik   va   publitsistik   asarlarda   ham   bir
gapning o‘zida ikki va undan ortiq har xil ma’noli bog‘lovchilar qo‘llanib, uslubiy
vazifa bajarganini ko‘rish mumkin:   Agarchi   ahli navodur   vale   ul oy boqmas. (N.)
Lekin u kamroq topildi,   garchi   bisyor istadim (N.) .
Bu   faktlar   sinonimiyaning   bog‘lovchilar   orasida   ham   kuchli   ekanini
ko‘rsatadi.   Demak,   bog‘lovchilarning   yakka   yoki   qo‘shaloq,   hatto   uch   marta
qo‘llanishi   ham   muayyan-maqsad   bilan   bog‘langandir:   ta’kid   va   zidlik   ma’nosini
berish   uchun   -u   (-yu),   -da   yuklamalari   bilan   bir   qatorda   lekin,   ammo,
biroq   bog‘lovchilari ham qo‘llanadi:   Kolxozda ishlarim boshdan oshib yotibdi-yu,
lekin kelmaslikka ilojim yo‘q. (As. M.)
Tenglik   va   zidlik   ma’nolarini   ifodalash   uchun   va,   lekin   (biroq,
ammo)   bog‘lovchilari   yonma-yon   keladi:   Do‘sti   sodiq   yo‘q   ekan,   deb   o‘rtanib
kuyma   va lek   Mehr uyin keng ochsang, Erkin, do‘st bo‘lur begona ham. (E. V.)
Tenglik   va   ayiruv   ma’nolarini   bir   yo‘la   berish   uchun   va,   yo
(yoki)   bog‘lovchilari   ishlatiladi:   Ko‘l   uzra   oqqushlar   parvoz   etdimi   Va   yo
o‘ylaringni olib ketdimi, Sochlaringni silab o‘tganda shamol? (E. V.)
Zaruriyat tufayli ba’zan, ayniqsa, so‘zlashuv uslubida ikki bir xil bog‘lovchi
yonma-yon keladi:   Ammo	
 lekin,   SHohistaxonim, vahima bo‘lib qolibsiz. (U.) Xullas,   bog‘lovchilarning   o‘ziga   xos   mohiyati,   gapda   o‘z   o‘rni   va   uslubiy
vazifasi   bo‘ladi.   Badiiy   adabiyotda,   ba’zan   publitsisti-kada   teng   bog‘lovchilardan
oldin nuqta qo‘yib, ikkinchi gapni bosh harf bilan berish hollari ham uchraydi.
Ayrim   fe’l   shakllari   (-gach,   -ganda,   -ib)   o‘rni   bilan   biriktiruvchi
bog‘lovchilar   (va,   ham,   hamda)   o‘rnida   qo‘llanishi   mumkin:   Oradan   o‘n   yil
o‘tdi   va   go‘zal Farg‘ona Borib tutasha oldi kommunizmga. (G‘. G‘.)
Hozirgi   nutq   janrlarida   -gach,   -ib   shakllarining   vazifasi   ancha   keng,
Masalan,   -gach,   -ib   shakllari   uslub   talabi   bilan   ba’zan   ergashtiruvchi
bog‘lovchilar   (chunki,   shuning   uchun,   -gani   uchun   va   b.)   vazifasini
bajaradi:   Farzandi  bu erda student  bo‘lgach, Otasi  yashaydi  tinch va osuda. (G‘.
G‘.)
-gan   (-kan,   -qan...)   shaklidan   keyin   kelib,   payt   bildirgan   -da   (kelishik
shakli)   o‘rnida   turli   ko‘makchilar   (chog‘da,   paytda,   zumda,   hamon,   damda   va
(boshqalar)  qo‘llanadi:   Kreml  kuranti  zang  urgan damda, Qon  to‘la tepadi  jonon
yuraklar.    (G‘. G‘.)
O‘xshatish   ergash   gapni   o‘zaro   bog‘laydigan   vositalar   ham   bir-birining
o‘rkini   qoplaydi:   -dek,   -day,   kabi,   go‘yo,   xuddi,   yanglig‘,   o‘xshab,   bamisoli   va
boshqalar:   Baxtimga   o‘xshaydi   yulduzlar,   go‘yo   Mening   tuprog‘imda   eng   go‘zal
bahor. (R. Parfi.)
Sabab   ergash   gapda   qo‘llanadigan   hamma   bog‘lovchilar   bir-birining
sinonimi   sanaladi:   Baxtim   bor,   shuning uchun   har   narsako‘zimga   go‘zal
ko‘rinadi.   Baxtim   borki,   ....   Baxtim   bor   bo‘l- gani	
 uchun,   ...   ,   Baxtim   borligi
sababli,   ... ,Baxtim borligi-dan,   ....
To‘siqsiz ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar ham  bir-biriga juda
yaqin   turadi,   shunga   ko‘ra   ular   o‘zaro   almashinib   qo‘llanilishi   mumkin:   Er
ko‘pchib   yotganiga   qaramay,   g‘o‘zani   sug‘oraverishdi.   Quyosh   hamma   erga
baravar nur sochgan holda, bog‘da gul, cho‘lda yantoq ko‘karadi. (N.)
Zidlikni   kuchaytirish   uchun   she’riyatda,   ba’zan   publitsistikada   ana   shu   fe’l
shakllari   bilan   bir   qatorda   afsus,   baribir,   qancha   kabi   modal   so‘zlar,   yuklama
vazifasidagi   ham   bog‘lovchisi,   ayrim   olmoshlar   qo‘llanishi   mumkin:   Olisda shaharlar   vayron   bo‘lishiga,   odamlar   o‘qqa   uchishiga   qaramay,
bahor   baribir   odam-lar qalbiga allaqanday iliqlik olib keldi. (S. A.)
Og‘zaki   so‘zlashuv   uslubida   fe’lning   shart   mayli,   undan   ke-yin   aniq   mayli
takror   qo‘llanib,   to‘siqsiz   ergash   gap   bilan   bosh   gap   o‘zaro   -ki   yuklamasi
yordamida   bog‘lanadi:   Xotin   kishining   yuragidan   farzand   dog‘i   ketsa   ketadiki,
bunday gapning alami ketmaydi. (S. A.)
Demak,   ayrim   ergash   gaplar   mazmuni   bilan   ham,   bog‘lovchi   vo-sitalari
bilan ham bir-biriga sinonim bo‘la oladi.
Ergash   gaplarning   ikkinchi   bir   tipi   bosh   gapga   nisbiy-so‘roq   olmoshlari
yordamida   bog‘lanib,   g‘oyatda   umumlashgan-qiyosiy   mazmun   munosabatlarini
ifodalash   uchun   xizmat   qiladi.   Bu   olmoshlar   qatoriga   kim,   nima,   qaysi,   qaer,
qanday,   qachon,   qancha,   nechta   nechanchi   olmoshlari,   ularning   turli   shakllari
yoki ko‘makchili holatlari kiradi.
Nisbiy   olmoshlar   ishtirokida   shakllangan   qo‘shma   gaplar   og‘-zaki
so‘zlashuv   uslubida   kam   (nisbatan)   uchraydi:   Katta   arava   kaysi   yo‘ldan   yursa,
kichigi   ham   shu   yo‘ldan   boradi.   Publitsistik   va   poetik   nutqda   esa   bu   olmoshlar
yordamida   shakllangan   gaplar   etakchi   o‘rin   egallaydi:   Kim   quyosh   nurin     nihon
qildi, Badrni mis tabaq gumon qildi (Navoiy).
Nisbiy-so‘roq   olmoshili   qurilmalar   hozirgi   adabiy   tilimizda   ham   keng
tarqalgan.   Nisbiy   so‘roq   olmoshlari,   ayniqsa   kim   olmoshi   o‘rnida   klassik
mavbalarda   har   kim,   birov,   ulki,   kishi   so‘zlari   qo‘llanib,   so‘roq   olmoshining
sinonimi   vazifasini   bajargan.   Lekin   ma’noda   umumiylik   ottenkasi
saqlangan:   Birovkim   bir  oyoq osh  uchun  qul, YUziga  kerakdir  qozonning  qarosi.
(N.)   Ulki   buyurib,   o‘zi   qilmag‘ay   Va   hech   kimga   foyda   va   asar   aning   so‘zi
qilmag‘ay. (N.)
Qo‘shma   gap   va   uning   bog‘lovchilari   bilan   aloqador   bo‘lgan   masalalardan
biri   sodda   gaplar   tartibidir.   Qo‘shma   gap   tarkibidagi   sodda   gaplarning   o‘z   o‘rni
bo‘ladi. Bu o‘rin, ayniqsa, bog‘lov-chisiz qurilmalarda qat’iydir. Sabab   ergash   gap   bosh   gapga   -ki,   uchun,   shuning   uchun,   deb,   -ga-nidan,
sababli   kabi vositalar yordamida bog‘lansa, har doim bi-rinchi o‘rinda keladi:   Har
kun ortar ko‘zlarimda nur,   SHuning   uchun yo‘q aslo g‘amim. (H. 0.)
Bog‘lovchi   ergash   gap   uchun   muhim   belgidir.   Bosh   va   ergash   gap-larning
mazmuniy   munosabatini,   ergash   gaplarning   tO‘rin   i   aniqlashda   bog‘lovchilar
ma’lum   darajada   rol   o‘ynaydi.   Bosh   va   ergash   gaplarning   o‘rni   stilistik   va   logik
talablarga   ko‘ra   o‘zgarishi   mumkin,   bunda   mazmunga   putur   etmaydi.   Hatto
og‘zaki so‘z-lashuv uslubida fikran birinchy o‘ringa qo‘yilgan sodda gap, masalan,
ikkinchi   o‘rinda   kelishi   lozim   bo‘lgan   bosh   gap   birinchi   o‘rinda   qo‘llanadi   va
uslub   tomondan   o‘zini   oqlaydi:   Egilganga   egilgin,   boshing   erga   tekkuncha.
(Maqol.)
Poetik asarlarda esa vazn, qofiya, turoq kabilar talabi bi-lan bosh va erga.sh
gaplarning   o‘rin   almashuvi   (inversiya)   tabiiy   bir   hol   sanaladi.   Hol   ergash
gaplarning   deyarli   hammasida   inversiya   hodisasi   bor:   Ulug‘   muallimdan   men
oldim o‘rnak, yulduz-lar quyoshdan nur olganidek. (A. 0.)
Bu hol ilmiy va publitsistik nutqda ham uchraydi:   San’at asarining hammasi
shu   sababli   badiiydirki,   ulardan   birorta   so‘z,   tovush   yoki   chiziqchani   boshqasi
bilan almashtirib bo‘lmaydi. (V. Belinskiy)
SHunday qilib,  hozirgi   o‘zbek  tilida (qisman  klassik   asarlarda ham)  ergash
gap bosh gapga nisbatan to‘rt xil o‘rinlashuvi mumkin:
a)     bosh   gapdan   oldin:   Terlar oltin	 bo‘lib,	 oppoq	 baxt	 bo‘lib,   Baraka
qo‘shildi kuzda xirmonga. (M. Boboev.)
b)                 bosh gapdan keyin:   Kishining holini so‘zidan bilish mumkin,   chunki
so‘z	
 kishining	 ko‘nglidan	 xabar	 beradi.   («Qobusnoma»   dan).  
v)                  bosh gapning o‘rtasida:   Ro‘zimat,   kulgi	
 bosilmasdan,   so‘zini davom
ettirdi. (A. Q.)
g)         ergash gap bosh gapning ikki tomonida keladi:   SHaraf qo‘l   yozmasi	
 deb
atalgan	
 bu	 katta	 xatda,	 Bilib	 qo‘yki,   azizim,   Sening   ulug‘   noming   bor.   (G‘. G‘.)
Ergash   gaplar   tartibi   erkinligining   asosiy   sabablaridan   biri   yozuvchi   yo
so‘zlovchining uslubidir:   Er o‘rik emaski, o‘zi gullab, o‘zi meva bersa... 3.   Ergash       gapning     stilistik       xususiyatlari.   Ergash   gap   semantik   va
stilistik   tomondan   muhim   uslubiy   vazifa   bajaradi:   berilgan   gap   mazuniga   biror
aniqlik   kiritadi,   biror   muhim   o‘rinni   izohlaydi,   umumiy   tushunchani
konkretlashtiradi,   mazmunni   to‘ldiradi;   o‘rni   bilan   hatto   zarur   badiiy   vosita
(o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘a kabi) sifatida qo‘llanadi.
Biror   gapning   to‘la   shaklini,   tugalligini   va   etakchi   ma’nosini   ko‘rsatishda
ikkinchi darajali bo‘laklar o‘ziga xos mohiyat kasb etadi.
Solishtiring:   Navoiy tug‘ildi. — Navoiy 1441 yilda Hirotda tug‘ildi.
Ergash   gaplar   haqida   ham   shuni   aytishga   to‘g‘ri   keladi.   Hozirgi   o‘zbek
tilining   hamma   nutq   uslublarida   «Nur   borki,   soya   bor»,   «Odam   borki,
odamlarning naqshidir», «Sezdimki, rais  xafa»   tipidagi qurilmalar  ko‘p uchraydi.
Har   ikki   qismda   ham   ma’lum   bir   maqsad   bor,   har   biri   o‘ziga   xos   intonatsion
tugallikka   ega.   Lekin   uslub   tomondan   «Soya   bor»,   «Odam   bor»,
«Sezdim»   gaplarida     nimadir,     juda     zarur,   hukmni     oydinlashtirish     ehtiyojini
qondiradigan   bo‘lak   etishmaydi.   Buni   gaplarning   mantiqiy   yo‘nalishi   ham,
struktura   ham,   ifoda   ham   aniq   ko‘rsatib   turibdi;   birinchi   bosh   gapga   (Soya
bor)   sabab   holi,   ikkinchi   bosh   gapga   (Odam   borki)   aniqlovchi,
uchinchisiga     (Sezdim)   to‘ldiruvchi zarur.
Bosh gapda ifodalanmay qolgan biror bo‘lak o‘rnida ekvivalent tarzida biror
ergash gap olinishi mumkin.
Ega   o‘rnida:   Hammaga   ma’lumki   (nima?), paxtaning   sifati   uning   tezroq
terib olinishiga ham bog‘liq.
Kesim   o‘rnida:   U   ham   dongdor.   Paxtachilik   institutida   o‘qiy-di...   Lekin
Umarovdan   farqi   —   u   hali   yosh.   («S.   Uzb.») —Birinchi   gapda   (Umarovdan
farqi)   kesim,   U   hali   yosh   gapi   bosh   gapning   farqi   degan   egasi   uchun     kesimlik
funksiyasini    bajaradi.
To‘ldiruvchi   o‘rnida:   Sen   sezdingmi   (nimani?), bizning   na-fasdan   Koinotda
otgan edi nur. (3.)
Aniqlovchi o‘rnida:   Bir o‘lkaki   (qanday?), tuprog‘ida oltin   gullaydi. (0.) Hol o‘rnida:   Men osmonga qo‘l uzatganda, Sayyoralar qo‘nar kaftimga. (E.
V.)
Bunday   qurilmalarda   bosh   va   ergash   gaplar   semantik   jihatdan   bir-birining
zarur elementiga aylanadi: biri ikkinchisisiz qo‘llanmaydi.  
Bular   stil istikada   parallelqurilmalar   nomi   bilan   yuritiladi :   Ko‘rdimki,  
komandir     kelayotir. —   Komandirning   kelayotganini   ko‘rdim.       Sezdimki,     daryo
sayoz. —   Daryoning    sayozligini sezdim.
Badiiy   va   publitsistik   nutqda   nisbiy   olmoshli   qurilmalar   ko‘p   uchraydi.
Bunda   mazmun   g‘oyat   umumlashgan   bo‘ladi.   Bu   vaqtda   ergash   gap   shaxs,
predmet,   o‘rin,   holat,   sifat-belgilar   orasidagi   munosabatni   qiyoslash,   ularga
ma’lum darajada aniq-lik kiritish uchun xizmat qiladi:   Kim egri bo‘lsa, so‘zi ham
to‘g‘-ri   emas.   (N.)   Har   kimki   vafo   qilsa,   vafo   topgusidir.   (Bobir.)   Kimiki   mard
erur, insof lozim. (Fuzuliy.) Qayga desang, qaytmay borurman. (H.   0.)— Birinchi
ergash gap bosh gap uchun aniqlovchilik, ikkinchi ergash gap bosh gap uchun ega,
uchinchi ergash gap   (Kimiki mard erur)   bosh gap uchun to‘ldiruvchi va to‘rtinchi
ergash gap   (Qayga desang...)   bosh gap uchun o‘rin holi vazifasini bajargan.
Bosh  gapda  ifodalanmay qolgan  bo‘lak  o‘rnida  ba’zan   shu,  shuni,  u, unga,
undan, u erda, o‘sha   kabi ko‘rsatish olmoshlarini qo‘llash mumkin.
Bunday gaplar yoyiq sodda gapga aylantirilganda, ergash gap bosh gapning
olmosh   bo‘lagi   o‘rnini   egallaydi:   Kim   istasa   saltanat   saxovatdir   anga   shart.   —
Saltanat istaganga saxovat shart. (N.)
Albatta   bu   gaplar   orasiga   uzil-kesil   tenglik   qo‘yib   bo‘lmaydi:   hukmda,
maqsadda   yaqinlik  bo‘ladi,  lekin  gap  tarkibida,  bog‘lovchilarda,  demak,   qo‘shma
gap va yoyiq sodda gap orasida ayrim tafovutlar bo‘ladi.
4.   Ravishdosh   oborot     va   q o‘ shma     gap     stil istikasi .   Ravishdosh   o‘ziga
ergashgan   so‘zlar   bilan   kengayib,   quyidagi     gap     bo‘laklari     bilan   sinonimik
munosabatda    bo‘ladi:
1.   Birikmali   kesimlar   bilan:   Xotin   uzoq   yig‘ladi,   eriga   qattiq   gapirganiga
pushaymon   bo‘ldi,   o‘zini   qarg‘adi,   o‘lim   tiladi.—   ..eriga   qattiq   gapirganiga
pushaymon bo‘lib, o‘zini qarg‘adi... (S. A.).   Har ikki variant ham bir xil mazmun anglatadi.   Lekin   birinchi   tip   gaplar   ko‘proq   og‘zaki   nutq   uchun   xosdir:   unda
harakat-holatlar ketma-ket qayd etiladi va sanash (tenglik) ohangi bilan aytiladi.
Ravishdosh   oborotli   gaplar   esa   ko‘proq   badiiy   va   publitsistik   nutqda
qo‘llanib,   ta’siriy   tomoni   va   qo‘shimcha   ma’nolari   bilan   ajralib   turadi.   Fe’l
ravishdosh   shaklida  tur-sa,  ikki   xil  vazifa  bajaradi:   a)  dastlabki  ma’no —harakag
yo   holatni   bildiradi;   b)   asosiy   fe’l-kesimdan   anglashilgan   ish-harakatning
qaytarzda bajarilganini, sababini, paytini, zidlik va boshqa ma’no bo‘yoqlarini ham
anglatib,   bosh   bo‘lak   bilan   relyativ   ( relyativ   –   nisbat,   munosabat,   belgi
tushunchalarini   bildiradi)   munosabatga   kirishadi:   Farzand   dog‘i   har   qanday
irodali   kishini   ham   bukib,   yuziga   ajin   soladi.   (S.   A.)   Ulug‘   yo‘ldan   etaklab,
maktabingga eltmoqchi. (G‘. G‘.)
Ma’no   tomondan   o‘zaro   yaqin   bo‘lgan   ravishdoshlar   yakka   holda   ham
qo‘llanib,   uyushadi;   bunda   fikr   kuchaytiriladi,   tadrijiy   rivojlantiriladi:   Ey
Farg‘ona, Ey mushkul kunlar bolasini ti-ishda   tishlab, yuvib,   tarab,   sevib,	 o‘pib,
opichlab,   Ey baxtlarni balog‘atga etkazgan ona! (H. 0.)
Ravishdosh oborot o‘z tuzilishi bilan ayrim ergash gaplarga o‘xshab ketadi:
ular   orasida   ba’zan   sinonimiya   hosil   bo‘ladi,   Bunday   yoyiq   strukturalarni   bir   oz
o‘zgartish   bilan   ergash.gapli   qo‘shma   gap   hosil   qilish   va,   aksincha,   ergash   gapli
qurilmalarni   oborotli   sodda   gapga   aylantirish   mumkin:   Nuri   Gulnorni
jo‘natgandan so‘ng, ancha vaqt xayol surib o‘tirdi. (0.) Gulnor jo‘nab ketgandan
so‘ng, Nuri ancha vaqt xayol surib o‘tirdi
Bunday qurilmalarning o‘ziga xos mazmun va uslubiy xususiyatlari bo‘ladi,
albatta.   Ravishdosh   kesim   vazifasida   kelsa,   ega   haqidagi   tasavvurni   ifodalaydi;
oborot bo‘lsa, asosiy fe’lga bog‘lanib, turli holat ma’nolari anglashiladi.
Gap   strukturasini   o‘zgartish   avtor   uslubiga   bog‘liqdir:   Xo‘jlik   terimni
boshlab,   o‘n   ish   kunida   planni   bajardi. —   Xo‘jlik   terimni   boshlab,   plan   o‘n   ish
kunida bajarildi. —   Xo‘jlik boshlanib, kolxoz o‘n ish kunida planni bajardi.
5.   Sifatdosh   oborot   va   ergash   gapli     q o‘ shma     gap   stil istikasi .   Tarkibida
sifatdosh   bo‘lgan   qurilmalar   va   nisbiy   olmoshlar   yordamida   shakllangan   gaplar
o‘zaro   sinonimik   qator   hosil   qiladi.   Ular   bir-birini   taqozo   etadi,   mazmunda   farq qilmaydi:   Jahlni   kechiktirgan   yutar,   Ekinni   kechiktirgan   yutqazar.
(Maqol.)   —   Kim jahlni kechiktirsa, u yutadi, Kim ekinni kechiktirsa, yutqazadi.
Lekin   sodda   gap   shakllari   ko‘proq   og‘zaki   so‘zlashuv   uslubida,   qo‘shma
gaplar   (kim,   nima,   qaer   olmoshlari   bilan   kelgan   tiplar)   publitsistik   va   badiiy
nutqda uchraydi.
YOyiq (murakkab) qurilmalarda bir xil shakllar   (...-gan, ...-gan)   takrorlanib
qolmasin   uchun,   sinonim   shakllar   tanlash   va   ulardan   eng   muvofig‘ini   qo‘llash
uslub tomondan to‘g‘ri hisoblanadi:   Ra’no ohistagina Anvar yoniga kelib, supaga
suyandi,   ikki   qo‘li   bilan   iyagini   ko‘tarib,   oraliqdan   Anvarning   tahririga   qaradi,
Anvar   ham   muloyimgina   kulimsirab,   Ra’no-ga   ko‘z   qirini   tashlab   olgach,   go‘yo
iltifotsiz,   yana   qalamini   qoralab,   qog‘oz   ustiga   bir-ikki   kalima   yozdi,   ammo
uchinchi kalima-ga o‘tganda, qalami qo‘lida, o‘ylanib qoldi va boyagidek yonida-
giga kulimsirab qaradi. Ra’noning ko‘zi ham unga to‘qnashib, bir oz bir-birlariga
kulimsiragan holda tikilishdilar.      (A. Qod.)
Sifatdosh   shakllarni   ortiqcha   takrorlamaslik   yo‘llaridan   biri   oborot   o‘rnida
ergash gapli qo‘shma gaplardan foydalanishdir.
Sifatdosh   oborotlar   bilan   ayrim   ergash   gaplar   orasida   parallellik   bor.
Masalan,   nisbiy   olmosh   yordamida   hosil   qilinadigan   ko‘pgina   ergash   gaplar
sifatdosh oborotlarga sinonim  bo‘ladi:   Bahorni  yomon ko‘rgan odam qaldirg‘och
uyasini buzadi. —   Qim bahorni yomon ko‘rsa, qaldirg‘och uyasini buzadi.
Sifatdosh   oborotlarni   ergash   gapga   aylantirishning   yana   bir   yo‘li   bor:
sifatdoshdan keyingi ot sifatdoshdan oldin qo‘llanadi va bosh kelishik shakli orqali
predikativ   aloqa   hosil   qilinadi:   Qo‘yning   izidan   ketgan   qo‘zi   kabi,   Orqangdan
qolmasdan jo‘nadim jangga. —   Qo‘yning izidan qo‘zi ketgan kabi, .... (H. 0.)
6.   Murakkab   q o‘ shma   gaplar   stil istikasi .   Abdulla   Qodiriy   «Mehrobdan
chayon»   romanida   Ra’noning   tashqi   ko‘rinishini   ta’rif-tavsiflash   uchun   birgina
abzatsda 28 sodda gapdan foydalan gan . Agar ayrim  o‘rinlarda ishlatilgan nuqtani
shartli belgi — uslub talabi bilan qo‘yilgan, deb faraz qilsak, ana shu sodda gaplar
bir butun obrazning, go‘yo bir kartinaning tarkibiy qismlari sanalib, bizga chiroyli
rasmning   turli   bo‘yoqlarini   eslatadi:   bir-birini   muqoyasa   qiladi,   to‘ldiradi, izohlaydi;   belgilar   o‘xshatiladi;   biri   ikkinchisining   sabab-natijasini   ko‘rsatadi;
orada   yozuvchining   his-tuyg‘ulari   ham   o‘rin   oladi.   Xullas,   o‘zaro   bog‘langan   bir
necha   gap   yordamida   tugallikka   ega   bo‘lgan   yaxlit   bir   manzara   chiziladi,   go‘yo
o‘ziga xos bir insho yuzaga keladi.
Murakkab   qo‘shma   gaplar   bir   necha   voqeani   sanash   maqsadida   qo‘llansa,
sanash   ohangi   bilan   aytiladi.   Ayrim   o‘rinlar   turli   vositalar   bilan   ajratilsa,   qayd
etilsa,   ohang   bir   oz   ko‘tariladi:   Kun   botgan,   tog‘lar   ustidagi   nafis   bo‘yoqlar
so‘ngan,   lekin   ha-li   yorug‘;   pastdagi   soy,   soyning   u   yuzidagi   tor   ko‘chalar,
mash’um poliz, uzoqda, bog‘lar orasida, oqarib turgan maktab   —   hammasi, hatto
to‘g‘on   bo‘yidagi   terak   uchida   — uyasida   qo‘nib   o‘tirgan   lay-lakkacha   aniq
ko‘rinardi,   go‘yo   oftob   so‘nishi   bilan,   qishloqni   to‘sib   turgan   allaqanday   parda
ko‘tarilgan-u, hamma narsa. bo‘-lakcha bir tiniqlik kasb etgan. (O.YO.)
Murakkab   qo‘shma   gaplar   orasidagi   munosabat   almasha   boshlasa   (tobelik
tenglik   bilan   va,   aksincha,   teng   ma’no   tobelik   bilan),   ohang   ham   bir   oz
ko‘tariladi:   Mehnat   qanchalik   og‘ir   bo‘l-masin,   Mashrablar   turmushdan
nolishmaydi,   chunki   ish   og‘irlash-gan   sayin,   ular   o‘zlarini   frontga,   urushda
yurgan yigitlarga yaqinroq his etishadi-yu, vijdonlari  qiynalmaydi, hatto yozdagi
ko‘ngilsiz voqealar... eslaridan chiqadi, chunki front degan so‘z oldida bularning
hammasi qandaydir juda mayda ko‘rinadi, faqat bir narsa yigitlarni sal qiynaydi:
u ham bo‘lsa Gulchehra! (0. YO.)
Murakkab   qo‘shma   gaplar   ba’zan   og‘zaki   so‘zlashuv   uslubida   ham
uchraydi:   Dunyoda nima yomon, desalar, o‘lim yomon, deb javob beradilar. Lekin,
o‘g‘lim, o‘limdan ham yomon narsa bor: bu   —   obro‘ning to‘kilishi.
Murakkab   qo‘shma   gaplar   publitsistik-poetik   asarlarda,   ayniqsa,   keng
tarqalgan.   Fakt   va   dalillarni   qiyoslash,   tegishli   xulosa   chiqarish,   ikki   narsani
qarama-qarshi   qo‘yish   kabi   uslu-biy     maqsadlar       murakkab     qo‘shma       gaplar    
yordamida       beriladi:   Hayotimiz — daryo, tubida inju, Odamlar shu daryo tubida
g‘avvos,   Birov   shodlik   topar,   boshqasi   qayg‘u;   Kim   yashar,   kim   esa   kun   ko‘rar
lohas. (S. Vohidov.) Matbuot   tilida,   badiiy   asarlarning   publitsistik   sahifalarida   uchraydigan
murakkab qo‘shma gaplarda voqealar sanaladi, muhim o‘rinlar izohlanadi, harakat-
holatning natijasi  ko‘rsati-ladi:   So‘nggi paytda ishlar ancha yurishib ketdi; yozda
chekilgan   qiyinchiliklar,   qilingan   og‘ir   mehnat   behuda   ketmadi:   paxta   yax-shi
bo‘ldi,   kolxoz   rayonda   ilg‘orlar   safida   boryapti:   ayniqsa,   Qizil   Armiya   fondagi
500   000   so‘m   o‘tkazib,   alohida   tank   zakaz   etishga   qaror   qilingandan   beri,
kolxozning obro‘si oshib ketdi. (0. YO.)
Poetik asarlar ichida H. Olimjonning «O‘zbekiston» she’ri, E. Vohidovning
«O‘zbekiston»   faxriyasi,   A.   Oripovning   xuddi   shu   nomdagi   balladasi   va   boshqa
she’rlar   murakkab   qo‘shma   gap   tarkibidagi   sodda   gaplarni   tanlash   va   mutanosib
joylashtirish san’atining eng yaxshi namunalari sanaladi.
Qo‘shma gaplarning mohiyati va stilistik qimmati ulardati sodda gaplarning
soni   bilan   emas,   ularning   mantiqan   to‘g‘ri   tan-lanishi,   tartibi,   bog‘lovchilarni
me’yorida   qo‘llash,   bunda   bog‘lovchi   sinonimlardan   foydalanish   kabilar   bilan
o‘lchanadi.
Demak,   qo‘shma   gap,avvalo,   mazmunan   bir-birini   taqozo   etuvchi   sodda
gaplar yig‘indisidir: ular o‘zidagi ma’no orqali bir-biriga bog‘lanadi.
Ba’zan sodda gaplarning «tasodifiy» tizmasidan hosil bo‘lgan, mantiqan bir-
biriga   mos   tushmaydigan   qismlardan   tuzilgan   qo‘shma   gaplar   hozirgi   adabiy   til
uslublarida   uchrab   turadi:   Va.~   tanga   munosib   farzand   bo‘lamiz,   Janglarda
chiniqdik,   o‘qiymiz-a’lo;   Dengizda   suzamiz,   ko‘kda   uchamiz.   Mehnatda
toblandik,. yurt der tasanno! («YOshlik daftari», Itom, 32- bet.)
Qo‘shma   gap   tuzishda   uchraydigan   asosiy   stilistik   xatolar   quyidagilardan
iborat:
1.Mazmunan va mantiqan mos bo‘lmagan gaplar qatori tuzilib, qo‘shma gap
sifatida  beriladi:   YAngi   hosillarga   baraka   bo‘lib,   Qor   yog‘sin   dalaga,  shudgorga
qishda; Uqituvchilarga, o‘quvchi-larga g‘alaba tilaymiz o‘qishda, ishda. (U.)
2.Gap   bo‘laklari   va   bosh   gap   bilan   ergash   gap   o‘rnini   noto‘g‘ri   belgilash,
bunda   harakat   yo   holatning   bo‘lish   navbatini   hisobga   olmaslik:   Tog‘lar   boshi oqarib,   tong   ota   boshladi.   (U.   Ismoilov.) Bu   gapda   tong   otishi   bilan   bog‘langan
hukm birinchi o‘rinda ifoda etilishi kerak.
3. Bog‘lovchilarni   ortiqcha   yo   o‘rinsiz   qo‘llash,   hatto   ayrim   oborot   yoki
gaplarni   zo‘rma-zo‘raki   qo‘llash   natijasida   ifodada   g‘alizlik   yuzaga   kelishi
mumkin:   Hikmat   ikki   yildan   beri   maktab   devoriy   gazetasini   o‘z   rasmlari   bilan
bezatadi.   Bu   unga   yot   emas.   Bolalar:   «Qoyil   qilibsan-ku,   Hikmat!»   —   desa
ajablanmaydi, chunki  buning nimasiga ajablanadi: o‘zi  ko‘rib yurgan  narsalarni
chizyapti.   (SHuhrat.   «Eskiz»   hikoyasidan.) —Bu   gapda   ikkinchi   sod-da   gap
va   chunki   bog‘lovchisi ortiqcha.
4.Bog‘lovchilarni   tanlashda   mantiqiy   amallarga   rioya   qilmas-lik.   To‘g‘ri,
she’riyatda   ba’zan   hijo   talabi   tufayli   ikkita   bir-biriga   zid   bog‘lovchi   bir   o‘rinda
qo‘llanadi:   Va   lekin   shu   fur-satda   qalbimda   hasrat   bilan   Uzbegim   diyorining
kechmishini   o‘y-layman.   (E.   V.)   Prozaik   asarlarda   esa   shunday   qilish   xato
sanaladi:   U juda mung‘ayib qoldi va lekin shartta orqasiga buri-lib, o‘z pulemyoti
qoshiga   kelib   cho‘kdi.   (S.   Muqanov.   «Qahramon   qiz»,   S.   Xudoyberganov
tarjimasi.)
5.Bog‘lovchisiz   qo‘shma   gaplarda   ayrim   bo‘laklar   takrorlanadi.:   Eridan
ayrilgan   etti   yil   yig‘lar,   Elidan   ayrilgan   o‘lguncha   yig‘lar. —   Bu   gapda   kesim
takrorlangan, uslub tomondan bu takror o‘rinli hisoblanadi . Ammo   quyidagi takror
uslub   tomondan   o‘zini   oqlamagan:   Alimardonning   qo‘llari   pardadan   pardaga
engilgina   ko‘char,   toshqin sadolar engilgina   ko‘char   edi. (U. H.)
6.   Vazn ,   qofiya,   turoq,   gradatsiya   talabi   bilan   bo‘ladigan   takror   uslub
tomondan   o‘rinli   sanaladi.   Lekin   biror   maqsadsiz   kaytarilgan   shakllar   nutqni
og‘irlashtiradi,   ifoda   ta’sirini   susaytiradi,   quloqqa   yoqimsiz   eshitiladi:   Yig‘lab-
yig‘lab charchagan  Rahbarxon qizargan  ko‘zlarini  chaman bo‘lib ochilgan o‘rik
gullariga   tikib,   ayvonda   o‘tirar   edi.   (H.   No‘‘mon.)   —   Bu   gapda   sifatdosh   va
ravishdosh shakllarining uch martadan qaytarilishi ifoda-uslub me’yorlariga bir oz
putur etkazgan. 7.   Murakkab   sintaktik   butunlik.   Akademik   V.   V.   Vinogradov   qayd
qilganidek,   «Stilistik   sintaksisning   butunlay   yangi   sohasi   paydo   bo‘lib,   uning
asosini murakkab sintaktik butunlik qurilishi masalalari tashkil qiladi».
Gapning real «hayoti» bog‘lanishli nutq oqimida namoyon bo‘ladi. Matndan
ajratib olingan gap grammatik mustaqilligini saqlasa ham, matndagi boshqa gaplar
bilan   bog‘liq   bo‘lgan   fikriy   tugalligini   yo‘qotadi.   Nutq   oqimidan   ajratib   olingan
gaplarning fikran mustaqilligi nisbiydir.
Fikran   va   sintaktik   jihatdan   o‘zaro   bog‘liq   bo‘lgan   gaplar
birlashmasi   murakkabsintaktikbutunlik   deyiladi.   Bunda   fikr   gapga   nisbatan   to‘liq
ifodalanadi.   Bu   butunlik   konmatn   tarkibida   fikran   gapga   xos   bo‘lmagan
mustaqillikka   ega   bo‘ladi.   Uning   komponentlari   orasida   pauza   qo‘shma   gap
komponentlari   orasidagiga   nisbatan   cho‘ziqroq   bo‘ladi,   kesimlari   esa   mustaqil
shaklda bo‘ladi.
Nutqda gaplarning o‘zaro bog‘lanishi asosan oldingi gapdagi biror bo‘lakni
keyingi   gapda   takrorlash,   oldingi   gap   struktura   qismlarini   keyingi   gapda
kengaytirish   orqali   yuz   beradi:   YAngi   Toshkentim   ko‘chalarini,   osmono‘par
binolarini, so‘lim xiyobonlarini zavq bilan tomosha qilib, ajib koshona qarshisida
bir zum to‘xtayman. Oppoq marmardan tiklangan chinniday qasr. Bu binoni qo‘li
gul ustalar, mo‘‘jizakor naqqoshlar yaratishdi. Qadoq qo‘l imoratsozlar va mohir
muhandislar unga ko‘rk va fusun baxsh etdilar. Ittifoqimizning turli shaharlaridan
kelgan   qon-qardoshlarimiz   bu   qasrni   biz   bilan   birga   qurishdi.   Bu   bino
poytaxtimning   ayni   markazida   —   Toshkent   yuragida   qad   ko‘tardi.   U   SHarq
quyoshi nurlariga cho‘milib, oppoq tovlanib turibdi. (R. F.)
Bu   matnda   7   ta   gap   bo‘lib,   ular   fikran   va   grammatik   jihatdan   bog‘lanib,
murakkab   sintaktik   butunlik   tashkil   qilgan.   Buning   tarkibidagi   har   bir   gap
grammatik jihatdan tugal, fikran esa tugal  emas. Masalan,  3-gap   (Bu binoni  qo‘li
gul   ustalar,   mo‘‘jizakor   naqqoshlar   yaratishdi)   niolib   ko‘raylik.   Bu   gapdagi   bu
binoni   qurilmasining   ma’nosini   anglash   uchun   oldingi   gaplar   kerak   bo‘ladi.   Har
bir gapda takrorlanib kelgan bo‘laklar:   qasr, bu binoni, unga, bu qasrni, bu binoni,
u, bu bino, uni   gaplarni logik va grammatik jihatdan o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qilgan. Ko‘rinadiki, murakkab sintaktik butunlik komponentlarining bog‘lanishida
leksik takror, olmoshlar muhim rol o‘ynaydi.
Murakkab sintaktik butunlik o‘ziga xos kompozitsion tuzilishga zga. Uning
komponentlari   turli   vaziyatda   bo‘ladi.   Odatda,   uning   birinchi   komponenti   ancha
mustaqil   bo‘lishi   bilan   boshqa-laridan   farq   qiladi.   Bu   gap   boshlovchi   bo‘lib,
murakkab   sintaktik   butunlikni   tashkil   qiluvchi   sintaktik   markaz   hisoblanadi.
Keyingi   gaplar   fikrning   rivojlanishini   ifoda   qiladi.   Oxirgi   gap   esa   tugallovchi
bo‘lib,  ko‘proq  xulosa,   natija,  yakun  ifodalaydi.  Quyida  ilmiy  va  badiiy  matndan
misol keltiramiz:
Adabiyotlarda   -lar   ko‘p ma’noli bitta affiks sifatida tal-qin qilinadi. Bunday
yondashuv   tarixiy-etimologik   nuqtai   na-zardangina   to‘g‘ri.   Hozirgi   tilning
grammatik   sistemasidan   kelib   chiqsak,   yagona   -lar   affiksiniki   deb   keltiriladigan
ba’zi   ma’nolar   ham   mazmunan,   ham   vazifada   mustaqilligini   ko‘ramiz.   Ana
shunday   ma’nolardan   biri   —   hurmat   ma’nosi.   Misollarni   tahlil   qilish
ko‘rsatadiki,   hurmat   ma’nosini   ifodalovchi   -lar   alohida   affiks   deb,   son
kategoriyasi   va   egalik   kategoriyasi   sistemasidan   tashqarida   turuvchi   mustaqil
forma deb qaralishi lozim. (SH. Rahmatullaev.)
Ona-bola   o‘z   yurtlariga   piyoda   sekin-asta   etib   olish   niyatida   yo‘lga
chiqdilar. Ular bog‘lar, chorbog‘larni oralab, katta dala yo‘liga chiqdilar. Biroq
yo‘l-yo‘lakay onaning dardi zo‘raydi. YUrgan sari ko‘z oldi qorong‘ilashib, oyog‘i
tola   boshladi.   U   yo‘l   chetlariga   o‘tirar,   dam   olar   va   hol   yig‘ib   o‘ziga   kelgach,
yana turib harakat qilar edi. Lekin uzoq yurolmadilar. Buviniso harsillab, oyoqda
turolmaydigan bo‘lib qoldi.   ( P.T.)
Murakkab   sintaktik   butunlik   intonatsion   jihatdan   ritmik-intonatsion
butunligi bilan xarakterlanadi: bir murakkab sintaktik butunlik ikkinchisidan gaplar
orasidagi pauzaga qaraganda cho‘ziqroq pauza bilan ajratiladi.
Murakkab   sintaktik   butunlik   logik   butunlikni   ifodalaydi.   Odatcha,
bog‘lanishli   nutqdan   ajratib   olingan   hukm   fikrni   to‘liq   ifoda   etolmaydi.   Har   bir
hukmning dialektik tabiati shundaki, u struktura jihatidan tugal, fikran esa notugal
xarak-terda   bo‘ladi.   Fikr   rivoji   o‘zaro   bog‘liq   bo‘lgan   hukmlar   yig‘indisi   orqali ifodalanadi.   Bunda   hukmlar   ularning   komponent-larini   takrorlash   orqali
bog‘lanadi. Bu vaqtda oldingi hukmning predikati keyingi hukmning sub’ekti yoki,
aksincha,   oldingi   hukmdagi   sub’ekt   keyingi   hukmda   predikat   vazifasida   keli-shi
mumkin. Mana shu asosda fikrlar bir tomonlama rivojlanayotgan logik butunlikka
birlashadi. Bu ham xulosa kabi fikr shaklidir.
Murakkab   sintaktik   birliklarni   o‘rganish   juda   ko‘p   sintaktik
tushunchalarimizni,   birinchi   navbatda   gap   haqidagi   tushunchalarimizni
kengaytiradi, chuqurlashtiradi. Gapni nutqning kichik birligi sifatida o‘rganishdan
tashqari,   murakkab   sintaktik   butunlikning   komponenti   sifatida   o‘rganish   uning
dialektik   tabiatini   ochishga   yordam   beradi:   bir   tomondan,   uning   fikran   nisbiy
mustaqillikka   ega   bo‘lgan   model   ekanligi,   ikkinchi   tomon-dan   esa   murakkab
sintaktik   butunlikdagi   boshqa   gaplar   bilan   ham   fikran,   ham   grammatik   jihatdan
bog‘liq ekanligi angla-shiladi.
Adabiyotlar:
1.  Мамажонов  А.   Қўшма гап стилистикаси.- Тошкент, 1990.
2.  Шомақудов А., Расулов И., Қўнғуров Р.  Ўзбек тили              стилистикаси. –
Тошкент, 1983.
3.  Содиқова М.  Феъл стилистикаси. – Тошкент, 1975.
4. Қў нғуров Р.  Ўзбек тили стилистикасидан очерклар.- Самарқанд, 1975.
5.   Қў нғуров   Р.   Грамматик   стилистика   //   “Ўзбек   филологияси”   тўплами.
СамДУ асарлари, янги серия, № 315. – Самарқанд, 1975.
6.   Қў нғуров   Р.   Субъектив   баҳо   формаларининг   семантик   ва   стилистик
хусусиятлари. – Тошкент, 1980.
7.   Қў нғуров   Р.   Стилистика   имени   существительного   в   узбекском   языке.   –
Ташкент, 1983.
8. Қў нғуров Р.  Олмош стилистикасига оид айрим мулоҳазалар // “Ўзбек тили
стилистикасидан кузатишлар” тўплами. – Самарқанд, 1981. 
9.Қў нғуров Р.   Сифат стилистикаси // “Ўзбек тили стилистикаси
ва нутқ маданияти” тўплами. – Самарқанд, 1982. 10.   Қў нғуров   Р.     Каримов   С.     Ўзбек   тили   стилистикаси   ва   нутқ   маданияти.
Библиографик кўрсаткич.– Самарқанд, 1984.
11.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   I     том   –   Тошкент,   1975.   II     том   –   Тошкент,
1975.

Qo‘shma gap uslubiyati. R e j a : 1. B og‘lovchili va bog‘lovchisiz q o‘ shma gaplar sinonimimyasi . 2. Bog‘lovchilarning uslubiy vazifasi, ular orasidagisinonimiya . 3. Ergash gapning stilistik xususiyatlari. 4. Ravishdosh oborot va q o‘ shma gap stil istikasi 5. Sifatdosh oborot va ergash gapli q o‘ shma gap stil istikasi . 6. Murakkab qushma gaplar stil istikasi . 9. Murakkab sintaktik butunlik .

1. B og‘lovchili va bog‘lovchisiz q o‘ shma gaplar sinonimimyasi . Ushbu gaplarni solishtirib ko‘raylik: Vatan qo‘limizdan etakladi va biz g‘alaba qildik. Vatan qo‘limizdan etakladi-yu, biz g‘alaba qildik. Vatan qo‘limizdan etaklagani uchun, ...Vatan qo‘limizdan etaklab, ... Vatan qo‘limizdan etaklagach, ... Vatan qo‘limizdan etakladi: biz g‘alaba qildik. Bu gaplar mazmun tomondan bir xil yoki juda yaqin: hammasida ham sabab-natija munosabati ifodalangan. Ular o‘zaro sinonimik gaplar qatorini yuzaga keltiradi va istalganidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Lekin bu gaplar grammatik tomondan, ma’no ottenkasida ma’lum darajada bir-biridan farq qiladi: bu, avvalo, bog‘lovchilarda, ohangda, gaplar tartibida ko‘rinadi. Ergashish yo‘li bilan hosil bo‘lgan qo‘shma gaplarning aksariyati ikki xil qo‘llanadi: bog‘lovchi orqali va bog‘lovchisiz — yolg‘iz ohang vositasida: Bilamizki, tinchlik urushni engadi. — Bilamiz: tinchlik urushni engadi. Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar avvalo uslub talabi bilan qo‘llanadi. Masalan, ilmiy nutqda faktlar qiyoslanadi, fikr isbotlanadi, narsa- hodisalar orasidagi mantiqiy bog‘lanish qayd etiladi: Agar ixtiro yoki ratsionalizatorlik taklifi bir necha shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa, ular sherik avtorlar bo‘ladilar va ularning har qaysilariga taklifni yaratishda avtor bo‘lganliklarini guvohlantiradigan hujjatlar olish huquqi beriladi. Ayiruvchi bog‘lovchilar (goh, ba’zan, dam, yoki va b.) gap mazmunini yoki qo‘shimcha ma’noni tayin etishda muhim belgi sanaladi: Ba’zan   ravon tug‘ilsa misra, ba’zan   bir so‘z — soatlab mehnat. (J. J.) Umumlashgan va qiyosiy munosabat ifodalovchi gaplarda nisbiy olmoshlar halqa vazifasini bajaradi, demak, bunday qurilmalar ham doimo bog‘lovchilar orqali shakllanadi: Nima   eksang, shuni   o‘rasan. (Maqol.) Bo‘lishsizlik — inkor bildirgan gaplar ham bog‘lovchili qo‘llaiadi. Bu vaqtda na bog‘lovchisi ham o‘z vazifasida (qat’iy bo‘lishsizlnk, kuchaytirish), ham bog‘lovchi o‘rnida keladi: Na sen   nazar qilding holimga bir bor, Na men ayta oldim senga biror so‘z. (A. 0.)

Hozirgi o‘zbek tili nutq uslublarining qariyb hammasida, ayniqsa badiiy va publitsistik asarlarda komponentlari hatto, faqat, yolg‘iz, -gina yuklamalari; ya’ni, masalan, ayniqsa, jumladan, shaxsan kabi kirish so‘zlar; deylik, demak, boshqacha aytganda, shunday qilib kabi fe’l-kirishlar, shu bilan birga, shunday qilib kabi birikmalar, emas to‘liqsiz fe’li va boshqalar yordamida bog‘langan qo‘shma gap tiplari ko‘p uchraydi. Bu vositalar, asosan, uslubiy vazifa bajaradi: ular orqali shakllangan qo‘shma gaplar miqdor-qurilishi jihatidan bog‘lovchili qo‘shma gapning u yoki bu tipiga (bog‘langan yo ergash gapli) o‘xshasa ham, mazmun-hukm nuqtai nazaridan o‘ziga xos ayrim tomonlari bilan ajralib turadi. Bunday gaplarda ayni bir fikr ikki sodda gap orqali berilib, ikkinchi qism birinchi gapda berilgan fikrga aniqlik kiritadi, izohlaydi; u yoki bu belgini ta’kidlash, kuchaytirish maqsadida u gap alohida zarb bilan aytiladi; fakt yo hodisalar solishtiriladi; nihoyat, badiiy va publitsistik asarlarda fikr tadrijiy rivojlantiriladi (gradatsiya): YAshagil, ketmonim, nonim, mehnatim, YA’ni ona-Vatan, senga tashakkur! (G‘.G‘.) . Ilmiy nutqda esa ana shu ikki gap orqali umumiylik va xususiylik orasidagi nisbat ochiladi. Bog‘lovchili qo‘shma gaplarda ifoda imkoniyatlari, bog‘lovchisiz qurilmalarga nisbatan, xiyla keng bo‘ladi. Jumladan, ergashtiruvchi bog‘lovchi orqali hosil bo‘lgan qo‘shma gaplarda biror stilistik ehtiyoj bilan ergash gapning o‘rnini o‘zgartish (inversiya) mumkin: Ona kulganda, olam yailarar. — Olam yasharar, ona kulganda. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar uchun quyidagi tip gaplarni kiritish mumkin: 1. Bosh gap tarkibida ko‘pincha ko‘rsatish olmoshlari (u,bu, shu) va ularning turli shakllari (uni, shuni va b.) bo‘ladi: Odatim shu:   ishning chalasini yomon ko‘raman. Bunday gaplar og‘zaki nutqda ko‘p uchraydi. 2. Qo‘shma gap qismlarida antonimlar qo‘llanib, ular yorda-mida gaplar mazmuni aniqlanadi: YAxshi   oshini eydi, yomon — boshini. 3. Ayrim gaplarda bo‘laklar takrorlanishi mumkin: Bunda bulbul kitob o‘qiydi, bunda   qurtlar ipak to‘qiydi. (H. 0.)

4. Qo‘shma gapning birinchi qismi shunday mazmun ifodalab, shunday ohang bilan aytiladiki, undan keyin ikkinchi gap kerak-ligi aniq sezilib turadi: SHukur, befarzand emasman: ikki o‘g‘il-cham, bir qizim bor. (0.) Badiiy nutqda bir necha sodda gap vositasida biror shaxsga tavsif berilsa yoki tabiat manzarasi chizilsa, ortiqcha belgiga o‘rin qolmaydi. Agar ular orasida har safar biror bog‘lovchi qo‘llayversak, ifodaga «ortiqcha» yuk bo‘ladi; ayrim bog‘lovchi takrorlanib qolsa, fikr g‘alizlashadi. Poetik asarda ritm, vazn talabi tufayli bog‘lovchiga sira ehtiyoj qolmasligi mumkin: Daryolar quriydi, nuraydi tog‘lar, Xazon bo‘lar hatto yam-yashil bog‘lar... Ona mehri yashar qalblar-da, Dillarni-dillarga umrbod bog‘lar... (H.O.) Bog‘lovchisiz shakllangan qurilmalar mazmunan uzviy bog‘liq bo‘ladi; ular shunday tartibda joylashadiki, bir gap ikkinchisi uchun juda zarur elementga aylanadi, bir-birini talab qiladi. Ular orasidagi ohang esa ifodaga tasviriylik, obrazlilik, jonlilik kiritadi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ta’siriy bo‘yoq, tasviriylik, jozibalilik kuchli bo‘ladi; ifoda ravonligi tufayli engil o‘qiladi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bog‘lovchili qo‘shma gaplarga sinonim bo‘lib, uslub tomondan ikki xil qo‘llanadi: a) bog‘langan qo‘shma gapga teng keladigan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning qismlari payt bildirsa, ular orasiga biriktiruvchi bog‘lovchini, zidlik munosabati ifodalansa, lekin, ammo, biroq bog‘lovchilaridan birini (ba’zan -u, -yu, -da yuklamalarini) qo‘yish mumkin: Oftob so‘ndi, ufqda qip-qizil shafaq yondi. (S. Ahm.) — Oftob so‘ndi va ufqda qip-qizil shafaq yondi. Bulbul ketdi — gul qoldi; — Bulbul ketdi, lekin   gul qoldi. Olam quyosh bilan yorug‘„ odam esa   ilm bilan; — Olam quyosh bilan yorug‘, odam — ilm bilan. Bu gaplar mazmunan bir-biriga teng bo‘lib, ifoda va uslubda farq qiladi. b) bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ergash gapli qo‘shma gaplarga sinonim bo‘ladi: Otangiz bor: belingiz baquvvat, o‘g‘lim (0.) - Otangiz bor, shuning uchun   belingiz baquvvat, o‘g‘lim. YUrt tinch — sen tinch. — YUrt tinch bo‘lsa, sen ham tinch.

B og‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ayrim mazmuniy munosabatlar xiyla umumlashib ketadi: Sen yana kelding, yasandi dunyo, Sahrolarga to‘shaldi gilam. (Qiyos uchun qo‘shma gapga aylantirish zarur). 2. Bog‘lovchilarning uslubiy vazifasi, ular orasidagisinonimiya . Qurilmaning bog‘lovchiga qarab o‘zgaradigan variantlari : Ko‘nglimni zavq asir etdi- yu , yosh boladay har yon yugurdim. (H.O.). Ko‘nglimni zavq asir etdi va yosh boladay har yon yugurdim.Ko‘nglimni zavq asir et gach , yosh boladay har yon yugurdim.Ko‘nglimni zavq asir et ib , yosh boladay har yon yugurdim.Ko‘nglimni zavq asir et ganiuchun,   yosh boladay har yon yugurdim.Ko‘nglimni zavq asir etganda, yosh boladay har yon yugurdim. YUqoridagi har bir gapda stilistik ma’nolar (sabab, natija, holat, payt)ni ifodalash uchun turli bog‘lovchilardan foydalanilgan.Bog‘lovchilar ko‘proq kitobiy uslubga xosdir. Va bog‘lovchisi, asosan, ikki sodda gap orasida keladi. Hamda, ham bog‘lovchilari nisbatan kam qo‘llanadi. Lekin publitsistika va badiiy nutqda, ba’zan ilmiy uslubda bu bog‘lovchining takroriy shaklidan foydalaniladi: Er ham   soz, o‘g‘it ham yaxshi. (U.) Ham bog‘lovchisi takror qo‘llanib, gapda inkor ma’nosi berilsa, uning o‘rnida na bog‘lovchisidan foydalanish mumkin: Na ota qoldi, na ona qoldi. Demak, na bog‘lovchisi bunday holda ham yuklama, ham bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Lekin, biroq, ammo bog‘lovchilari yordamida ko‘proq tazod (antiteza) hosil qilinadi: Ey sen, buyuk shahar, muzaffar poytaxt, SHohi jahonlarni tuproqqa qording, Ammo menga yasab shunday taxt, Jahon shohi qilib ko‘tarding. (E. V.) Bu bog‘lovchilar o‘rnida faqat, yolg‘iz, -u (-yu), -da yuklamala-ri, emas, bo‘lsa, esa fe’llari, balki so‘zi kelib, xilma-xil ma’-no bo‘yoqlari (kutilmaganlik, to‘siqsizlik, zidlik, ta’kid, kinoya, voqea-hodisalarning almashinuvi kabi) ifodalanadi. Bu hol so‘zlashuv, badiiy va publitsistik nutqda ko‘proq uchraydi. -u (-yu), -da yuklamalari biriktiruv bog‘lovchilariga sinonim bo‘la oladi. Bu vaqtda qiyoslash, zidlik, tenglik, sabab, natija kabi ma’nolar anglashiladi: Mashina