logo

Yordamchi so‘zlar uslubiyati. Ko‘makchi uslubiyati.

Yuklangan vaqt:

29.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

78.0478515625 KB
Yordamchi so‘zlar uslubiyati. Ko‘makchi uslubiyati.
R e j a :
1. Yordamchi so‘zlarning grammatik tabiati.
2. Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlari.
3. Bog‘lovchilarning stilistik xususiyatlari.
4. Yuklamalarning stilistik xususiyatlari.
5. O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar sinonimiyasi. O‘zbek   tilshunosligida   ko‘makchilarning   funksional-stilistik   xususiyatlari
A.Pardaev   tomonidan   monografik   yo‘nalishda   o‘rganilgan   va   nomzodlik
dissertatsiyasi   himoya   qilingan.   Ko‘makchilarning   stilistik   xususiyatlarini
o‘rganishda ana shu tadqiqot materiallaridan foydalanamiz.
Ko‘makchilar o‘zbek tilshunosligida ushbu tadqiqotga qadar ham o‘rganish
ob’ekti bo‘lgan va buning natijasida katta-kichik maqolalardan tortib, monografik
yo‘nalishdagi ishlar yuzaga kelgan.
Jumladan,   H.Berdiyorovning“Hozirgi   zamon   o‘zbek   adabiy   tilida
so‘ngko‘makchilar”   mavzuidagi   (Samarqand,   1949),   X.T.Axtamovaning“Hozirgi
o‘zbek   adabiy   tilida   murakkab   analitik   so‘ngshakllar”   nomli   nomzodlik
dissertatsiyalari   (Toshkent,1981),   A.N.Kononovning“Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida
so‘ngko‘makchilar”   (Toshkent,   1951),   SH.SHoabdurahmonovning   “O‘zbek   tilida
yordamchi   so‘zlar”   (Toshkent,1953),   R.Rasulovning“O‘zbek   tilida   yordamchi
so‘zlarning   semantik-grammatik   xususiyatlari”     (Toshkent,)
T.Rustamovning“O‘zbek   tilida   ko‘makchilar”   (Toshkent,1995),   “Sof
ko‘makchilar”   (Toshkent,1991)   monografiyalari   bevosita   o‘zbek   tilidagi
ko‘makchilarning lingvistik tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan.  
“O‘zbek tili grammatikasi,   I   tom. Morfologiya” (Toshkent, 1975.) akademik
nashrida,   A.N.Kononovning“Grammatika   yaz ы ka   tyurkskix   runicheskix
pamyatnikov.VII-IX   vv.”     (L.,1980),   “Grammatika   sovremennogo   uzbekskogo
literaturnogo   yaz ы ka”   (M.-L.,   1960),   S.Mutallibovning“Morfologiya   va   leksika
tarixidan qisqacha ocherk” (Toshkent,1959), E.Fozilovning“O‘zbek tilining tarixiy
morfologiyasi”   (Toshkent,1965),   A.M. Щ erbakning“Grammatika   starouzbekskogo
yaz ы ka”   (M.-L.,1962),   G‘.Abdurahmonov   va   SH.SHukurovlarning“O‘zbek
tilining   tarixiy   grammatikasi”     (Toshkent,   1973)   singari   asarlarda   ham
ko‘makchilar tadqiqiga doir maxsus bo‘limlar mavjud.
Bundan   tashqari   o‘zbek   tili   tarixi   va   adabiy   til   grammatikasini   o‘rganishga
doir   darslik   va   o‘quv   qo‘llanmalarida   ham   ko‘makchilar     borasidagi   fikrlar
anchagina.   U.Tursunov,   J.Muxtorov,   SH.Rahmatullaevlarning   “Hozirgi   o‘zbek
adabiy   tili”   (Toshkent,1992),   SH.SHoabdurahmonov,   M.Asqarova,   A.Hojiev, I.Rasulov,   X.Doniyorovlarning   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili”   (Toshkent,   1980),
G‘.Abdurahmonov,   A.Rustamovlarning   “Qadimgi   turkiy   til”   (Toshkent,1982),
J.Hamdamovning   “O‘zbek   tili   tarixi.   Ikkinchi   qism.Tarixiy   morfologiya.Ikkinchi
bo‘lim”   (Samarqand,   2003)   singari   darslik   va   o‘quv   qo‘llanmlari   shular
jumlasidandir.
Ko‘makchilarni   o‘rganishga   bag‘ishlangan   ilmiy   maqolalar   son   jihatdan
salmoqli   bo‘lganligi   uchun   ularni   ma’lum   guruhlarga   ajratish   mumkin.   A.A.
Koklyanovaning   “O‘zbek   tilida   so‘ngko‘makchilar   va   ko‘makchi   otlar”,
H.G‘.Ne’matovning“XI-XII   asr   yozma   yodgorliklarida   ko‘makchilar   (“Qutadg‘u
bilig”,   “Devonu   lug‘otit   turk”,   “Hibatul   haqoyiq”   materiallari   asosida)”,
G.F.Blagovaning“XV-XVI   asrlar eski o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilar haqida”
maqolalari   ko‘makchilarni   diaxronik,   A.G‘ulomovning“Ko‘makchili   konstruksiya
haqida”, U.Tursunovning“O‘zbek tilida so‘ng ko‘makchilar” maqolalari sinxronik
yo‘nalishda   o‘rganishga   bag‘ishlangan   bo‘lsa,   O‘.Saidovning   “Hozirgi   o‘zbek
adabiy   tilidagi   ko‘makchilarning   o‘rganilishiga   doir”   maqolasida   esa   bu   borada
yaratilgan tadqiqotlarga obzor berilgan. V.Egamovning “O‘zbek shevalarida so‘ng
ko‘makchili   so‘z   birikmalarining   semantik-grammatik   munosabatlari”,
X.Jo‘raevning   “Ko‘makchilarni   sheva   materiallariga   taqqoslab   o‘rganish”,
T.Almamatovning   “Xalq   shevalarida   “tur”   ko‘makchi   fe’li   haqida”   maqolalariga
sheva   materiallari   asos   bo‘lgan.   A.Abdullaevning   “Ko‘makchilar   yordami   bilan
tarkib   topgan   so‘z   birikmalarida   ifodalangan   sintaktik   munosabatlar”,
O.Amirovaning“Sabab   hollarining   ko‘makchi   konstruksiyali   so‘zlar   bilan
ifodalanishi” ko‘makchilar sintakik munosabatlar doirasida qaralgan.
Biz ularga zaruriyatga qarab kerakli    o‘rinlarda murojaat qilamiz. Ammo bu
sohada   maxsus   kuzatishlar   olib   borgan   H.Berdiyorov   va   T.Rustamovlarning
tadqiqotlariga to‘xtalish joizdir.
Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilidagi   ko‘makchilarni   lingvistik   tahlil   qilishga
bag‘ishlangan   dastlabki   ishlardan   biri   H.Berdiyorovning   “Hozirgi   zamon   o‘zbek
adabiy   tilida   so‘ngko‘makchilar”   (Samarqand,   1949)   deb   atalgan   nomzodlik
dissertatsiyasi bo‘lib hisoblanadi. Dissertatsion   ish   ikki   qismdan   iborat   bo‘lib,   uning   1-qismida   tanlangan
mavzuning dolzarbligi, so‘z turkumlarining, jumladan yordamchi so‘zlarning kelib
chiqishi,   so‘ngko‘makchilarning   grammatik   va   relivatsion   ahamiyati   hamda   ular
bilan   qo‘shimchalar   o‘rtasidagi   munosabatlar   masalasiga   to‘xtalib   o‘tilgan.   2-
qismida esa bevosita so‘ngko‘makchilarning grammatik tabiati yoritilgan. Ular asl,
ravish,   ravishdosh,   chog‘ishtirma   so‘z   va   affiks   so‘ngko‘makchilar   tarzida
guruhlarga bo‘lib o‘rganilgan. Ko‘makchi otlar keng yoritilgan.
Ishning   birinchi   qismi   so‘z   turkumlarining,   jumladan   ko‘makchilarning  
kelib   chiqishini   o‘rganishga   bag‘ishlangan.Dissertatsiya   muallifi
ta’kidlaydiki,   XIX   asrning bir qancha tilshunoslari (L.Nuare, V.Vundt, M.Myuller)
so‘z   turkumlarining   kelib   chiqishi   to‘g‘risida   gapirganda,   fe’l   turkumini   kishilar
tomonidan birinchi martaba qo‘llangan so‘zlar deb hisoblaydilar va fe’ldan boshqa
so‘z   turkumlari   ajralib   chiqqan   deydilar.   Demak,   bularning   fikricha,   fe’l   boshqa
so‘z   turkumlarining   taraqqiyoti   uchun   ajralib   chiqish   imkoniyati   bo‘lib   xizmat
etadi. (BH, 9).
H.Berdiyorov   N.YA.Marrning   “Bir   vaqtlar   so‘z   turkumlari   bo‘lmagan   edi.
Asta-sekin gap bo‘laklaridan harakatni, ya’ni o‘timli fe’l, keyinroq o‘timsiz fe’lni
hosil   qilish   uchun   asos   bo‘lib   xizmat   qiluvchi   ot   ajraladi.   Ot   –   aniqlovchi,   sifat
funksiyasini   bajaradi,   ot   (otlarning   ma’lum   doirasida)   olmosh   bo‘ladi,   so‘ngra
bog‘lovchi   bo‘ladi   va   qolgan   so‘z   turkumlari   yuqorida   ko‘rsatilgan   so‘z
turkumlarining birontasidan hosil bo‘ladilar”. ( Marr N.YA.   Izbrann ы e rabot ы , t.II.
–   M.,1934,   s.417.   Tarjima   H.Berdiyorovniki).   (BH,11),   degan   fikriga   tayanib,
“birinchi so‘z, turmushda, ishlab chiqarish protsessida kishilik fikrlashi tomonidan
ajratilgan,   ya’ni   predmetlarning   nomini   va   muhit   ko‘rinishlarini,   hodisalarini
ko‘rsatuvchi   ot   ekan”,   degan   xulosaga   keladi   (BH,12)   va   yana   quyidagilarni
aytadi:“Umuman biz ayta olamizki, ot, fe’l va olmosh turkumlari til taraqqiyotida
sifat, son, ravish va yordamchi so‘zlarga qaraganda eng avval ajralib chiqqan so‘z
turkumlaridir”. (BH,12).
Muallif   tadqiqotda   o‘zbek   tilshunosligida   birinchi   marta   hozirgi   o‘zbek
adabiy tilida mavjud bo‘lgan ko‘makchilarning o‘zi qo‘shilib kelayotgan so‘zning qanday   semantik   ma’nolari   reallishuviga   hamda   gapda   qanday   vazifalarda
kelishiga oid nazariy qarashlarini bayon qiladi. Bu ko‘makchilarning o‘zbek tilida
mavjud   bo‘lgan   ma’nodosh   variantlari   to‘g‘risida   esa,   buni   o‘z   oldiga   asosiy
maqsad qilib qo‘ymagani  uchun, yo‘l-yo‘lakay mulohaza yuritadi. Tilshunoslikda
mavjud bo‘lgan an’anaviy usullardan chiqmagan holda biz hozirda “ko‘makchilar”
deb   o‘rganib   kelayotgan   til   birliklarini   oldko‘makchilar ga   qarama-qarshi
ravishda   so‘ngko‘makchilar   tarzida   talqin   qiladi.   Bu   qarashlar   orasida   so‘z
turkumlarining,   xususan   yordamchi   so‘zlarning   kelib   chiqishi   to‘g‘risidagi   fikrlar
muhim o‘rin tutadi.
Tadqiqotda   o‘rni   bilan   ayrim   faktlarning   lingvostitistik   tahlili   berilganligi
xulosalarning ilmiyligini ta’minlashda va amaliy jihatlarini ko‘rsatib berishda katta
ahamiyatga ega bo‘lgan.
Dissertant   ish   yakunida   bugungi   kunda   ham   yordamchi   so‘zlar   relivatsion
tabiatini   o‘rganishda   ahamiyatli   bo‘lgan   quyidagi   xulosaga   keladi:
so‘ngko‘makchilar   til   taraqqiyoti   nuqtai   nazaridan   mustaqil   leksik   ma’noga   ega
bo‘lgan   so‘zlardan   kelib   chiqqandir.   Bular   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilining   gap
qurilishida,   gaplarning   ma’nosini   tayinlashda,   so‘zlarni   o‘zaro   munosabatga
keltirishda katta rol o‘ynaydi.(BH,126). So‘ngko‘makchilar gapda turli sintaksistik
munosabatlarni   bajarib,   gapning   biror   bo‘lagiga   bog‘langan   holda   qo‘llaniladi.
So‘ngko‘makchilar   mustaqil   leksik   ma’noga   ega   bo‘lgan   so‘zlardan,   mustaqil
holda   qo‘llana   olmasligi,   sintagmalarni   yoki   so‘zlarni   birlashtirish,   kengaytirish
qobiliyatiga   ega   emasligi,   morfologik   tomondan   ayrim   semantik   morfemalarga
bo‘linmasligi,   urg‘uni   qabul   qilmasligi,   gapning   biror   mustaqil   bo‘lagi   bo‘lib
kelolmasligi   bilan   ajaralib   turadi.   Ular   gapda   ishtirok   etgan   so‘zlarga   bog‘lanib
kelgandagina   atash,   sabab,   maqsad,   fazo   kabi   qo‘shimcha   ma’nolarni   ifodalab
keladilar. (BH,127).
O‘zbek   tili,   qolaversa   turkologiyada   ko‘makchilarni   o‘rganishga   oid   ishlar
orasida   T.Rustamovning   tadqiqotlari   ham   sezilarlidir.   U   ko‘makchilarni
o‘rganishga   bag‘ishlangan   “O‘zbek   tilida   ko‘makchilar”   (Toshkent,1965),   “Sof ko‘makchilar”   (Toshkent,   1991)   singari   monografiyalar   hamda   o‘nlab   maqolalar
e’lon qilgan.
Jumladan, uning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar” monografiyasi
ko‘makchilarning   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilidagi   qo‘llanish   xususiyatlari   va
ularning   tasnifiga   bag‘ishlangan   bo‘lib,   yordamchi   so‘zlarning   ushbu   turi
tilshunosligimizda   qay   darajada   o‘rganilganilganligi   hamda     ularning   grammatik
xususiyatlari   boy   til   materiali   asosida   tahlil   etilgan.   Materialni   yoritishda
E.D.Polivanov, I.A.Batmanov, Q.Ramazon, H.Qayumiy, O.Usmon, A.N.Kononov,
SH.SHoabrurahmonov,   A.A.Koklyanova,   U.Tursunov,   H.Berdiyorov,
A.Abdullaev,   V.V.Reshetov   kabi   olimlarning   qarashlariga   tayangan   holda   ish
ko‘radi, ularga munosabat bildiradi va “ko‘makchilar gap bo‘laklarining tobelanish
munosabatini   yaratuvchi   va   turli   grammatik   ma’nolarni   ifodalashda   xizmat
qiluvchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan leksik-grammatik kategoriya” ekanligi va
uning   “gap   qurilishidagi   muhim   xususiyati   bilan   ham   boshqa   so‘z   turkumlaridan
tubdan farqlanishi” haqida o‘z nuqtai nazarini bayon etadi (RT.HO‘ATK).
Olimning   “Sof   ko‘makchilar”   asari   o‘zbek   tilshunosligida   ko‘makchilarni
diaxronik   yo‘nalishda   o‘rganishga   bag‘ishlangan   yirik   hajmdagi   tadqiqotlardan
biridir.   Asarning   yozilishiga   XIII-XX   asrlar   yozma   yodgorliklari   manba   bo‘lib
hisoblangan va ming yilga yaqin davrni o‘z ichiga olgan materiallar uchga bo‘lib
o‘rganilgan:
XIII-XIV   asr yozma yodgorliklari.
XV-XVI   asr yozma yodgorliklari.
XVII-XX   asrning boshlari yozma yodgorliklari.
SHu   asosda   turkiy   tillar   (o‘zbek,   turkman,   chuvash,   qozoq)   va   dialektolok
manbalar qiyosiy o‘rganilgan.
Muallif   tadqiqotning   kirish   qismida   ko‘makchilarni   o‘rganish   nafaqat
grammatikaning,   shu   bilan   birga,   leksikologiya   va   semasiologiyaning   ham   ba’zi
masalalarini   hal   etishga   ko‘maklashishini   va   ko‘makchilar   mustaqil   ma’noli
so‘zlardan kelib chiqqanligi haqidagi fikrning to‘g‘ri ekanligini ta’kidlaydi. Muallif   ko‘makchilar   keyingi   paytlarda,   asosan,   ikkita   katta   guruhga   –   sof
ko‘makchilar     va   funksional   ko‘makchilarga   bo‘lib   o‘rganilayotganlini,   sof
ko‘makchilar   tarkibidagi   morfologik   qo‘shimchalar   o‘zlarining   grammatik
xususiyatini   batamom   yoki   qisman   yo‘qotib,   o‘zi   birikib   kelgan   so‘zning
ko‘makchi   funksiyasini   bajarishi   uchun   xizmat   qilishini,   hozirgi   nutqimizda   ham
ko‘makchi,   ham   mustaqil   so‘z   sifatida   qo‘llanayotgan   ko‘makchilar   funksional
ko‘makchilar deb atalishini qayd qiladi. Ko‘makchilar so‘zmi, ularda leksik ma’no
mavjudmi degan savollarni o‘rtaga qo‘yib, ularga aniq javoblar beradi. Jumladan,
T.Rustamov   ko‘makchilarning   so‘z   ekanligini   asoslaydi,   ko‘makchilarning   leksik
ma’nosi   o‘zi   birikib   kelayotgan   mustaqil   ma’noli   so‘zning   leksik   ma’nosiga
bog‘liq ekanligini, ularning barchasi  uchun umumiy bo‘lgan xususiyat  sinonimlik
bo‘lib, albatta, har qaysi ko‘makchining o‘ziga xos stilistik ahamiyati ham sezilib
turishini misollar asosida dalillaydi.
U   ko‘makchilarning   mustaqil   ma’noli   so‘zlardan   farqi   ko‘makchilar
mustaqil   leksik   ma’no   yo‘q   ekanligidagina   emas,   balki   ko‘makchilardagi   leksik
ma’no   qandaydir   o‘ziga   xos   xususiyatga   ega   bo‘lib,   ular   mustaqil   ma’noli
so‘zlarga birikkandagina paydo bo‘lishidadir, deb hisoblaydi.
T.Rustamovning   ko‘makchilarni   ham   diaxronik,   ham   sinxronik   tarzda
o‘rganishga,   ularning   taraqqiyot   darajasi   haqida   aniq   tasavvurga   ega   bo‘lishga
ko‘maklashadi.   Muallif   yuqorida   sanab   o‘tilgan   ko‘makchilarning   turkiy   tillarda,
jumladan   o‘zbek   tilidagi   amalda   bo‘lish   va   me’yorlashuv   bosqichlarini   o‘rganar
ekan   juda   katta   hajmdagi   tarixiy   manbalardan   material   sifatida   foydalangan.
Olimning   xizmatlari   shundaki,   ko‘makchilarni   yordamchi   so‘zlar   sifatida   tahlil
etar    ekan ularning grammatik ma’nolarini leksik ma’nolari bilan birgalikda kichik
sintaktik qurshovda olib o‘rganadi va shu yo‘l bilan ular birikib kelgan so‘zlar va
ularning   leksik-grammatik   ma’nolarining   yuzaga   kelishidagi   xizmatlari,   boshqa
so‘zlarga   birikish   xususiyatlari     ko‘rsatib   beriladi.   SHu   bilan   birga   o‘rni   bilan
ayrim   ko‘makchilarlarning   boshqa   ko‘makchilarga   yoki   grammatik   vositalarga
sinonimiyasi,   frazeologik   birliklar   hosil   qilish   jarayonidagi   ishtiroki   xususida
hamda   ularning   funksional   imkoniyatlari     haqida   ham   gap   boradiki,   bu   ushbu dissertatsionning   ish   mavzu   e’tibori   bilan   ahamiyatlidir.   Biz   ularga   o‘rni   bilan
murojaat qilamiz.
Garchi   o‘zbek   tilshunosligida   ko‘makchilarning   grammtik   xususiyatlarini
diaxronik   va   sinxronik   yo‘nalishda   tekshirishga   bag‘ishlangan   tadqiqotlar   etarli
darajada   bo‘lsa-da,   biz   qarab   chiqqan   manbalardan   shu   narsa   ma’lum   bo‘ldiki,
o‘zbek   tilidagi   ko‘makchilarning   stilistik   xususiyatlarini   o‘rganishga   oid   hatto
maqola   xarakteridagi   kuzatishlar   ham   barmoq   bilan   sanarlidir.   Faqatgina
R.Qo‘ng‘urov   va   T.Qurbonovning   “Ko‘makchilar   sinonimiyasiga   doir”,
T.Qurbonov   va   N.Ernazarovning   “YOrdamchi   so‘zlar   stilistikasiga   doir”
maqolalarida   bevosita   ko‘makchilar   stilistikasiga   doir   mulohazalar   bayon   etilgan
bo‘lsa,   R.Qo‘ng‘urovning   “O‘zbek   tili   stilistikasidan   ocherklar”   asarida,
R.Rasulovning“Avval”,   “keyin”   so‘zlarining   ba’zi   bir   stilistik   xususiyatlari
haqida”,   S.Karimovning   “YOrdamchi   so‘z   turkumlarining   badiiy   uslubdagi
ko‘rinishlari” maqolalarida esa o‘rni  bilan bu turkum  so‘zlarning sinonimiyasi  va
vazifaviy chegaralanishlari    haqida fikrlar bildirilgan, xolos.
O‘zbek   tilshunosligida   XX   asrning   80-yillarigacha   erishilgan   yutuqlarni
o‘zida   mujassam   qilgan     “O‘zbek   tili   stilistikasi”   (Toshkent,   1983)   asarida
yordamchi   so‘zlar   uslubiyatiga   oid   hech   narsa   deyilmaganligining   o‘zi   ham   bu
masalani o‘rganishning fanimiz uchun naqadar    muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar hisoblanib, o‘z leksik ma’nolariga ega
bo‘lgan,   ammo   davrlar   o‘tishi   bilan   bu   leksik   ma’nolarni   yo‘qotib,   ularning
ma’lum   qismi   o‘zgarmas   bo‘lib,   hech   qanday   grammatik   shakllarni   qabul
qilmaydigan   holiga   kelib   qolgan,   o‘zidan   oldin   kelgan   so‘zlar   bilan   birgalikda
vosita,   maqsad,   sabab,   vaqt,   makon,   ob’ekt,   o‘xshatish,   payt,   masofa,   yo‘nalish
singari   grammatik   ma’nolarni   ifoda   etadigan   va   yordamchi   vosita   sanaladigan   til
birliklaridir.
Ko‘makchilar haqidagi bu fikrdan quyidagi muhim xulosalar kelib chiqadi:
-ular nutqda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi grammatik vositadir;
-grammatik   vosita   bo‘lish   jarayonida   ularda   ma’lum   grammatik   ma’nolar
ham shakllanadi; -bu   grammatik   ma’nolarni   anglatish   imkoniyatlari   o‘zidan   oldin   kelgan
so‘zlarga   bog‘liq   bo‘ladi.   Buning   ustiga   ko‘makchilar   bo‘lmasa   bu   oldin   kelgan
so‘zning   o‘zi   ham   ana   shu   ma’nolarni   bera   olmaydi.   Faqatgina   ularning
birikuvigina bu ma’nolarni keltirib chiqarishi mumkin;
-so‘zlarning ko‘makchilar bilan birikish yo‘llari va ularning bir xil qolip va
mazmunda   boshqa   ko‘makchilar   hamda   kelishik   ko‘rsatkichlari   bilan   sinonimlik
munosabatlari   shu   darajada   turli-tuman   va   rang-barangki,   ular   o‘z-o‘zidan   bu
turkum so‘zlarning stilistik imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi.
SHunday   qilib,   yuqorida   nomlari   sanab   o‘tilgan   va   mazkur   ishda   qisman
tahlil   qilingan   kuzatishlar   natijasi   o‘laroq   o‘zbek   tilshunosligida   ko‘makchilar
o‘zining nazariy bahosiga ega bo‘ldi, yordamchi so‘zlar tizimidagi o‘rni belgilandi,
nutq jarayonidagi grammatik vazifalari aniqlab olindi.
Bu   o‘rinda   shu   narsani   ta’kidlash   zarurki,   ular   ma’lum   ma’noda   mustaqil
so‘zlar   bilan   yordamchi   so‘zlar   o‘rtasida   ko‘prik   vazifasini   o‘tab,   “yordamchi
so‘zlar   mustaqil   so‘zlardan   kelib   chiqqan”   degan   fikrni   doimo   eslatib   turadi.   Bu
nozik munosabatlarni payqagan H.Ne’matov ularga nisbatan “mustaqil-yordamchi
so‘zlar”   atamasini   qo‘llaydi   va   bu   atamaning   mohiyatini   quyidagicha   tushuntirib
beradi:   “…   morfologik   qo‘shimchalarga   qisman   yaqinlashadigan   yordamchi
so‘zlar   bilan   mustaqil   so‘zlar   orasida   mustaqil   leksik   xususiyatini   yo‘qotmagan,
yordamchi funksiyada kela oladigan ko‘plab so‘zlar bordir. Bunday so‘zlar sirasiga
yordamchi   fe’llar,   ot   ko‘makchilar,   ravish   ko‘makchilar   va   boshqalar   kiradi.   Bu
xildagi   so‘zlar,   birinchidan,   mustaqil   qo‘llanila   olish   va   mustaqil   leksik   ma’no
anglatishga   qodir   bo‘lsa,   ikkinchidan,   ular   yordamchi   so‘zlar   sifatida   qo‘llanilib,
turli grammatik ma’nolarni ifodalashga ham xizmat qiladi; lekin shunda ham so‘z
o‘zgartirish   qobiliyatini   yo‘qotmaydi   (yordamchi   fe’llarga   nisbat,   mayl-zamon,
shaxs-son qo‘shimchalari, ot ko‘makchilarga egalik va kelishik affikslari qo‘shila
oladi)”. (NH,48).
“Mustaqil   va   sof   yordamchi   so‘zlardan   farqlash   maqsadida   ham   mustaqil,
ham yordamchi vazifasida kela oladigan so‘zlarni mustaqil-yordamchi so‘zlar deb
ataymiz. Sof ko‘makchilar funksiyasi, morfologik o‘zgarmasligi, alohida urg‘uga ega
emasligi,   mustaqil   so‘zlarsiz   qo‘llana   olmasligi   bilan,   qisman   bo‘lsa-da,
qo‘shimchalarga   (kelishik   affikslariga)   o‘xshasa,   mustaqil-yordamchi   so‘zlar
morfologik   xususiyatlari,   yakka   holda   qo‘llanila   olishi   bilan   mustaqil   so‘zlarga
yaqin   turadi.   Demak,   mustaqil-yordamchi   so‘zlar   sof   yordamchi   so‘zlar   va   sof
mustaqil so‘zlar orasida oraliq o‘rinni egallaydi”.(NH,48-49).
“Mustaqil   va   sof   yordamchi   so‘zlar   orasidagi   munosabatlarni   oraliq
uchinchisiz   –   mustaqil-yordamchi   so‘zlarsiz   aniqlash   qiyin.   SHuning   uchun
yordamchi   so‘zlarni   hech   qanday   mustasnosiz   yo   qo‘shimchalar,   yoyinki   so‘zlar
sostaviga   kiritish   bir   tomonlama   fikrdir;   yordamchi   so‘z   turkumlarida   ularni
qo‘shichalar   bilan   yaqinlashtiruvchi   elementlar   ham,   mustaqil   so‘zlar   bilan   ham
yaqinlashtiruvchi elementlar mavjud”, deydi va buni til tizimidagi oraliq uchinchi
hodisa sifatida belgilaydi. (NH,49-50).
Ko‘makchilarning   leksik   ma’noga   ega   emasligi,   ularning   o‘ziga   xos
lingvistik   birlik   ekanligi   bundan   55   yil   muqaddam   H.Berdiyorov   tomonidan
asoslab   berilgan   edi.   Jumladan,   olim   bu   haqda   quyidagilarni   yozgan   edi:
“So‘ngko‘makchilar gapda turli sintaksistik munosabatlarni bajarib, gapning biror
bo‘lagiga   bog‘langan   holda   qo‘llaniladi.   So‘ngko‘makchilar   mustaqil   leksik
ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan, mustaqil holda qo‘llana olmasligi, sintagmalarni
yoki   so‘zlarni   birlashtirish,   kengaytirish   qobiliyatiga   ega   emasligi,   morfologik
tomondan   ayrim   semantik   morfemalarga   bo‘linmasligi,   urg‘uni   qabul   qilmasligi,
gapning biror mustaqil bo‘lagi bo‘lib kelolmasligi bilan ajaralib turadi. Ular gapda
ishtirok   etgan   so‘zlarga   bog‘lanib   kelgandagina   atash,   sabab,   maqsad,   fazo   kabi
qo‘shimcha ma’nolarni ifodalab keladilar”. (BH,127). YAna: “So‘ngko‘makchilar
gap  ichida   mustaqil   mavqeni   (holat)   egallay   olmaydilar,  shuning   uchun   ham   ular
gap   bo‘laklari   bo‘lolmaydilar.   Bu   esa   ularning   qadimgi   vaqtda   mustaqil   leksik
ma’noli so‘z ekanligini va mustaqil gap bo‘lagi bo‘lib kelganligini inkor qilmaydi.
Bular,   o‘tmishda   mustaqil   so‘zlar   bo‘lib,   til   taraqqiyotining   keyingi   davrlarida
so‘ngko‘makchi holiga kelganligi bizga ma’lum. (BH,31). Ko‘makchilarning   leksik-semantik   ma’nolari   mavjud   emasligi   haqidagi
fikrni asosli  deb hisoblar ekanmiz, ular ifoda etayotgan grammatik ma’nolar yo‘q
joydan paydo bo‘lib qolmaganligi, balki bu birliklarning qadimda mavjud bo‘lgan
leksik   ma’nolariga   asoslangan   holda   vujudga   kelishini   ta’kidlaymiz.   SHunday
qilib, yuqorida aytilganlarga asoslangan holda aytishimiz mumkinki, leksik ma’no
ko‘makchilar   uchun   xos   xususiyat   emas.   Ammo   bu   fikr   aytilganda   faqat   o‘zbek
tilidagi   sof   ko‘makchilar   nazarda   tutiladi.   Funksional   ko‘makchilar   esa   matniy
xususiyatga   ega.   Ular   bir   matnda   o‘zlarining   mavjud   leksik   ma’nolarini   saqlagan
bo‘lishi,   boshqa   bir   o‘rinda   esa   ko‘makchi   vazifasini   bajarayotgan   bo‘lishi
mumkin.   H.Ne’matov   “mustaqil-yordamchi   so‘zlar”   deb   nomlagan   oraliq
so‘zlarning mavjudligi  va ularning ko‘makchi vazifasini  bajarishi  bu birliklardagi
leksik va grammatik ma’nolarning bir-birlariga bog‘liq ekanligidan dalolat beradi.
Xullas,   ko‘makchilarning   nutq   jarayonidagi   asosiy   vazifasi   sintaktik
munosabatlarni   shakllantirishdan   iborat   bo‘lib   qoladi.   Ammo   shakllangan
munosabatlar   shunchaki   grammatik   aloqadangina   iborat   bo‘lib   qolmasdan,
ularning   har   birida   matniy   holatga   qarab   alohida   uslubiy   ottenkalar   namoyon
bo‘ladi.   Bu   narsa,   ayniqsa,     ularni   kelishik   qo‘shimchalari   bilan   taqqoslaganda
yanada   yaqqol   seziladi.   SHuning   uchun   ham   ular   funksional-stilistik   yo‘nalishda
o‘rganilishi lozim bo‘ladi.
Sof   ko‘makchilar   stilistikasi.   Milliy   til   rivojlanish   jarayonining   tarkibiy
qismi   bo‘lgan   ko‘makchilar   ham   tildagi   alohida   kategoriya   sifatida   mazmunan
boyib,   takomillashib,   davrga   hamohang   tarzda   me’yorlashib   borgan   va   ularning
o‘zbek tilida uzoq yillar davomida quyidagi arsenali vujudga kelgan:   ad ы n, azaq,
az ы n,	
 	ayag,	 	ayru/ajru,	 	al,	 	ald/aldïda/aldïnda,	 	alïda/alida/alig‘a/
ald ы g‘a/alidin/alinda,	
 alt,	 anshu,	 ara/aram ы zda,	 arqa,	 aro,	 art,	 asno,	 asnoda,
asnosida,	
 asosan,	 asosida,	 asra,	 ast,	 atraf,	 atrofida/atrafïda,	 asha,	 ashnu,
arasïda/arasïnda/arasïdïn,	
 astïg‘a/	 astïda/astïnda/	 astïn/astïdïn;	 babpnda,
baka/baqa,	
 	baravariga/baravarida,	 	basa,	 	bash,	 	basha,	 	bashadu,
bashïda/bashïnda/	
 bash ы nta,	 bashlayu,	 bashka/bashqa,	 beri;,	 birld/	 birldn,
bikin,bekin/bikin,	
 	biki,	 	bilan/bildn/	 	birlan/birla/	 	birle	 	/birld,bila/bild/ ilan/ila/   ild/ildn/ 	la,	 	binoan,	 	bo‘y+i/ig‘a/ida/idan,	 	bo‘yincha,
bob/bobda/bobinda/bobidin,	
 bobida,	 bois+i/dan(din),	 bola,	 borasida,	 burno,
burun,	
 burun/burna,	 burunroq    	(shevada	 - burnog‘i);	 beri/	 beri/beru/	 bero‘;	 gird;
damana/	
 damanasïda,	 deb,	 doir,	 degro‘/	 tegro‘,	 degin/	 deginchä/	 dego‘nchä/
teginchä;   j(j)ïxatïdin;	
 iye,	 ilgari/	 ilgeru/ilgeri,	 ilgarida	 (shevada	 –ilgeri,	 illey),
ilgida/ilkida/ilkidin,	
 ich/ichinte/ichidä/ichindä/   ichigä/ichingä,	 ichra/ichre/ichrä;
yavug,	
 yaqa,	 yan,	 yanl ы g‘	 yarasha,	 yir,	 yo‘z/	 yuz,	 yo‘lida,	 yo‘sinda,
yoqaru/yo‘gero‘,    	
yuzasinde,	 y ы naq	 (y ы ngaq);	 kabi/kibi/	 kebi/kebi,	 keyin
keyin/kejin/kejinichä,	
 kidin,	 kidirti,	 kiz/kez,	 kin/ki-,	 kiru/keru,	 kuyi,	 kedin,	 , keru,
körä,	
 	ko‘ch;	 maqsadida,	 mengiz,	 mobaynida,	 muvofiq,	 mukäbiläsïda;
naru/nar ы /narï/	
 narïg‘a,	 nisbatan,	 niyatida;	 odo‘nte,	 og‘zida/og‘zig‘a,	 og‘renta,
og‘ur,	
 ozga/özgä,	 oldida,	 on	 (ong),	 ongaru,	 oni	 (ongi),	 ora/orada/orala/orasi/
orasiga/orasida/orasidan,	
 	orqali,	 	orqasida,	 	ornïg‘a,	 	orta/ortasïg‘a/
ortasïng‘a/ortasïda/	
 ortasïnda/	 ortasïdïn,	 ortu,	 orunta,	 otkuru,	 osha,	 ornïda/
ornunïg‘a/	
 ornïg‘a/	 ornïna;	 ravishda,	 robaro/ro‘para/	 ro‘bäro‘jig‘a/	 ro‘bäro‘jida;
sabab;	
 sajp/sajpn/sayin,	 sayu,	 sari/sarï/	 sarïg‘a,	 singari,	 sifatida,	 so‘/so‘y/so‘yi,
song/	
 	sonïcha/son/sonra/songra/sonraraq,	 	sonïmïzcha,	 	soyasida,	 	surat/
suratiga/g‘a/suratida,	
 s ы nar	 (s ы ngar);	 taba/tapa,	 taban,	 tabaru,	 tabug‘ïda,	 tapuq,
taraf,	
 	tash,	 	tashqaru/tashqar ы /	 	tashkarï/tashg‘aru,	 	teg/deg/dek,	 	tegi,
teginch/tegincha,	
 tegri/	 tegru/dekru/tekru,	 tegi/tegin/tekin,	 timin,	 togr ы ,	 tog‘a,
tomon/tomonga/tomoniga,	
 	tomondan/tomonidan,tomonda/	 	tomonida,
tomonimizda,	
 tono‘,	 tub,	 tubindä,	 tufayli/	 tufayligina,	 t ы ltaq ы nta,	 tegi,
tegra/tegru,    	
tegre/tegire/tegräsigd/tegräsidä/	 tegräsidin,	 tepe,	 to‘g‘ri+dan/da/ga,
to‘g‘rimda,	
 to‘g‘risi+dan/da/ga,	 tog‘rïsïdïn,	 to‘bida,	 tegräsingä	 / tegräsidä/
tog‘rpsïg‘a;	
 uza/	 uze/	 o‘zä/	 uzä,	 uzala,	 uzra/uzre/uzrä,	 ulat ы ,	 usk,	 uskinte,
ust/o‘stigä	
 	/	 	ustinä/o‘stingä/	 	o‘stidä/	 	o‘stindä/	 	o‘sto‘mä/	 	o‘stidin;
utru/otru/otro‘,/o‘tru/	
 utrusïg‘a,	 uchun/,	 o‘cho‘n/-chun;	 xizmatig‘a/	 xizmatida,
xusus/	
 xususda/xususida;	 chag‘lïg‘;	  ы y ы n/iyin/ivin,	  ы naru/ineru;	 etek;	 yuzasidan,
yuzidin;	
 	yanglig‘/yanlig‘/   janlïg‘,	 	yarasha/   jarasha,   javukcha;	 	o‘zga,
o‘ng/o‘ngin,o‘ngdin/o‘ngdun,	
 o‘nginda,	 o‘ngu,	 o‘rniga,	 o‘st,	 o‘tinte;	 qadar, qarata, qarsh ы /karshu,	 qat/katïda	 / katïnda/	 katïdïn/	 katïmïzda,	 qata,	 katïg‘a/
katïng‘a/	
 katïna/	 katïda/	 katïnda,	 qatorida,	 qash/kashïda/	 kashïmda	 /kashig‘a/
kashing‘a/kashinda/	
 	katïmïzg‘a,	 	qod ы ,	 	quyi,    	q ы rg‘aq;
haq/haqda/haqina/haqinda/haqig‘a/haqimda,	
 uzur+i/dan(din)/da,	 ga(g‘a),	 holda,
huzurlariga.
Biz   ham   tadqiqotlarimiz   jarayonida   ulardan   foydalanamiz   va   bunda   asosiy
diqqatimizni bu ko‘makchilarni hozirgi adabiy tilimiz nuqtai nazaridan    funksionl-
stilistik   jihatdan   baholashga   qaratamiz.Leksik   ma’noga   ega   emasligi   va   shuning
uchun   ham   nutqda     alohida   ishlatilmasligi   hamda   so‘z   o‘zgartuvchi
qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi sof yoki asl ko‘makchilarni ajratishda asosiy
o‘chlov   bo‘lib   xizmat   qiladi.   SHu   nuqtai   nazardan   ushbu   bobda   asosan   bilan,
binoan,   bo‘yicha,   kabi,   ora,   sayin,   sari,   uzra,   uchun,   qadar   ko‘makchilari   va
ularga sinonimik holatda bo‘lgan boshqa ko‘makchilar    tahlil qilinadi.
Tahlil   jarayonida   ko‘makchilarga   murojaat   qilishda   takroriylikdan   qochish
maqsadida   ularni   iloji   boricha   bir   sinonimik   uya   doirasida   guruhlab   o‘rganish
maqsadga   muvofiq   ko‘rinadi.   To‘g‘ri,   ayrim   ko‘makchilar   ikkinchi   bir   ma’nosi
bilan boshqa uyadagi ko‘makchilar bilan ham sinonim bo‘lishi mumkin. Bu holat
tahlilda hisobga olinadi.
BILAN.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   bilan     shaklida   qo‘llaniladigan
ko‘makchi   tarixan     birla ko‘rinishida   bo‘lgan   (AG‘.,   SHSH,   200).
H.Ne’matov   birle-bile   ko‘makchisining   eng   qadimgi   ma’nosi   birlikni   ifodalash
bo‘lsa   kerak,   degan   fikrni   bildiradi.(NH,39).   Uning   boshqa   shakllari   keyinchalik
paydo bo‘lgan. Masalan:   birlan, bilan, ila, ilan, -la.
H.Berdiyorovning “Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar”
nomli   dissertatsion   ishida     bilan     ko‘makchisi   vosita,   sabab,   birgalik,   holat,   usul,
payt,   miqdor,   jamlik,   holatning   nima   bilan   mavjudligi,   fikrning   biror   muhim
voqeaga   oidligi,   tomon   ma’nolarini   anglatishi   hamda   gapda   vositali   to‘ldiruvchi,
ravish,   payt,   sabab   va   maqsad   holi   vazifalarini   bajarishga   va   shu   ma’nolarning
reallashuviga   ko‘maklashishi   tahlil   qilingan.   (BH,36-40).   J.Hamdamov   ham   bu
fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. (HJ,82). Bu   ko‘makchida   turli     variantlarining   yuzaga   kelishiga     poetik   matn   va
poeziya   talablari   sabab   bo‘lgan,   deb   o‘ylaymiz .   Ilgari   ham,   hozirda   ham   she’riy
asarlarda,   ayniqsa   aruz   vaznida   yozilgan   matnda   uning   -ila,   -la,   birla,
birlan shakllari   faol   ishlatilib,   ular   badiiy   uslub   va   ommabop   uslubning   ba’zi
janrlarida   xoslangan:   Boshim hech	 chiqmasa	 mayli,	 malomat   birla   bo‘htondan
Fido	
 jonimni	 qildim	 yo‘lingga,	 mayli,	 uvol	 bo‘lsam   (H.Olimjon),   Siz     birlan     biz
parda	
 ichra	 navo	 qilali     (IF.73 )	 Bu	 kulbaga	 kelganimdan	 bir	 necha	 yil	 keyin
mazkur	
 	qalandarlar   ila   shunosa	 	bo‘ldim.	 	Ul	 	buzruk	 	adib  
sabablari   ilan     Muntazir	
 va	 Gulxaniy	 borasida	 ilm	 paydo	 bo‘ldi.	 Ammo	 shoir	 va
mutafakkir	
 Gulxaniy	 bori	 favt	 bo‘lg‘on	 ekan   (IF,12).
Bu   fikrni   tarixiy-badiiy   manbalar   va   ularga   oid   olib   borilgan   tadqiqotlar
ham     tasdiqlaydi.(RT,31).   T.Rustamov   bu   borada   statistik   kuzatishlar   ham   olib
borgan:   XV-XVI   asrlarda   qo‘llangan   ila     ko‘makchisi,   asosan,   poeziyaga   xos
bo‘lib, Lutfiyning biz ko‘rib chiqqan asarida 38 marta; Alisher Navoiy asarida 59
marta uchrasa, “Bobirnoma”da ikki martagina uchraydi.
XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XX   asrning   boshlarida   ila     ko‘makchisining
qo‘llanishi   yanada   aktivlashadi.   U   Muqimiyning   ikki   tomlik   “Tanlangan
asarlar”ida   136   marta,   Munisning   bir   tomlik   she’rlar   to‘plamida   esa   69   marta
uchraydi.   A.Qodiriyning   “Mehrobdan   chayon”   asarida   3   martagina   qo‘llanishi
uning   proza   asariga   emas,   balki   poetik   asarlargagina   xos   ekanini   bildiradi”.
(RT,32).
T.Rustamov   bilan     ko‘makchisining   fonetik   varianti   hisoblangan   birlan,
birla,   ila,   -la     hozirgi   o‘zbek   tilida   uchrasa   ham,   uning   uchun   norma
hisoblanmaydi, deydi. (RT,33). Uning    fikriga to‘la qo‘shilib bo‘lmaydi. Bu fikr    -
la   ga taalluqli emas. CHunki u hozirgi badiiy nutq uchun ham me’yor sanaladi.
So‘zlashuv   uslubida   asosan   bilan     hamda   sheva
variantlari     minan   va   billa   qo‘llaniladi:   Ukam     minan   keldim,
kinoga   billa   borovuza     kabi.   Ilmiy,   rasmiy   uslublar   va   ommabop   uslubning
alohida janrlari uchun faqat adabiy shakl     bilan xos. S.Mutallibov,   H.Ne’matov   tadqiqotlari   shundan   dalolat   beradiki,   ayrim  
ko‘makchilar, jumladan     bilan   va boshqa grammatik vositalar sinonimiyasi  turkiy
tillarda qadimdan shakllana boshlagan. “Bu ko‘makchi, -deb yozadi S.Mutallibov.-
ba’zan   joy,   o‘rin   kelishigi   funksiyasida   qo‘llangan:   Jaqruq   bila   uvut bo‘lmas.
(DLT).Bu   erda   jaqruq	
 bila	 – kal	 odamda   iborasi   o‘rin   kelishigi   ma’nosidadir.
Bularning   har   xil   funksiyada   qo‘llanishiga   adabiy   tilda   ham   misol   ko‘p:   Saroy-
qarshi,	
 er-suv   birla   yo‘q   (Saroylar,   katta   er-suvlar   sanda   yo‘q.   Qut.bilig)”.
(MS,119-120).   H.Ne’matov:   “YOdgorliklar   tilida   birle     ko‘makchili
konstruksiyalar ko‘pincha sintetik qurol-vosita kelishigi formasining (qurol, vosita,
birgalik,   ba’zan   zamon   ma’nolarida)   analitik   sinonimi   bo‘lib   keladi   –   tilin
yarl ы qarda	
 ogun	 birle	 an	 (Q-3960)-	 “(bek)	 til(i)	 bilan	 buyurayotganda,	 (sen)
onging	
 bilan	 uq”;	 sozi	 birle	 yanluq	 ag‘ ы r	 q ы ld ы  	oz	 (Q-207)-	 “odam	 o‘zini	 so‘zi
bilan	
 hurmat	 qildi”;	 chav ы qsa	 ozun	 bu	 edgu	 at ы n	 – “(sening)	 o‘zing	 bu	 yaxshi
nom	
 bilan	 shuhrat	 qozonsang”
SHuning   uchun   bu   davr   tilida   qurol-vosita   belishigining   iste’moldan   chiqa
boshlash   tendensiyasi   ko‘zga   yaqqol   tashlanadi.   Bu   hodisa   esa   birle     k.chisining
qo‘llanish doirasining kengayishiga qulay zamin yaratadi”. (NH,39-40).
Ko‘makchilarning   X   asrlardanoq   sinonimik   holatlarda   qo‘llanila
boshlaganligi   ularni   qo‘llashdagi   stilistik   farqlanishning   boshlanganligidan,
binobarin turkiy til madaniyatining qay darajada bo‘lganligidan    dalolat beradi.
Hozirgi   o‘zbek   tilida   bilan   ko‘makchisining   boshqa   til   vositalari   bilan,
jumladan,   bog‘lovchilar,   ko‘makchilar,   kelishik   qo‘shimchalari   bilan   sinonimik
munosabatga kirish imkoniyatlari keng. Ularni ko‘rib o‘tamiz.
Bilan   –   va   sinonimiyasi.   Bu   yordamchi   so‘zlar   quyidagi   semantik
ma’nolarni   ifoda   etganda   sinonimik   munosabatga   kirishadi:   birgalik
ma’nosi:   Ahmad   bilan   SHavkat	
 darsga	 keldi	 / Ahmad     va     SHavkat	 darsga
keldi;   tenglik ma’nosi:   Doim	
 u   bilan   men.	 U	 o‘xshar	 senga,	 Uning	 ham	 seningday
ko‘zlari	
 xumor   (Zulfiya) /   Doim	 u   va   men.	 U	 o‘xshar	 senga,	 Uning	 ham	 seningday
ko‘zlari	
 xumor. Vaziyatga   qarab   anglashiladigan   birlik   va   tenglik   ma’nosidan   qat’iy   nazar,
ularning   o‘rnini   o‘zaro   almashtirib   qo‘llash   mumkin   va   bunda   uslubiy   g‘alizlik
payqalmaydi.   Lekin   bundan   ularning   o‘rnini   hamma   vaqt   ham   almashtirib
qo‘llayverish   mumkin,   degan   ma’no   kelib   chiqmaydi.   Masalan:   Hikmatillo kechi
bilan	
 indinga	 ertalab	 o‘z	 qismida	 bo‘lishi	 kerak   (O.YOqubov),   Ta’na,	 doshnom,
tanqid	
 va	 boshqa	 ming	 turli	 do‘stona,	 xayrixohona	 tovushlarga	 tahsin	 aralashsa,
quloqqa	
 faqat	 tahsingina	 kiradi   (A.Qahhor).   Matnlardagi   bilan   hamda   va   ni
o‘zaro   o‘rin   almashtirib   qo‘llab   bo‘lmaydi.   Quyidagi   misol   esa   bu   urinishning
qo‘pol   xatoga   olib   kelishi   ham   mumkinligini   ko‘rsatadi:   O‘zbek	
 tilida	 yaxshi
fikr     va     tuyg‘ularni	
 ifoda	 qilib	 bo‘lmaydi	 degan	 nazariyani	 Navoiy	 bundan	 besh
yuz	
 yil	 burun	 tor-mor	 qilgan   (A.Qahhor).
Bu   ko‘makchi   kelishik   ko‘rsatkichlari   bilan   sinonimik   munosabatga
kirishadi:
- da     bilan.   Bunda   vosita   ottenkasini   ifodalaydi:   Qishloqdan     mashina
bilan     keldim	
 /    	Qishloqdan     mashinada       keldim.
Tarz mazmunini bildirganda:   Xonaga	
 astagina   oyoq uchi bilan   kirib	 keldi	 /
Xonaga	
 astagina   oyoq uchida   kirib	 keldi	 .
Holat   ma’nosi   ustun   bo‘lganda:   Qiz	
 kutishning   zavqi   bilan   mast,	 / YAna
yuragida	
 o‘t	 yondi   (Zulfiya)   //	 Qiz	 kutishning   zavqida   mast,	 / YAna	 yuragida	 o‘t
yondi.
Birgalik   ma’nosi   – da     yordamida   ifodalanganda   u     bilan ga   yaqinlashadi:
Ertaga   nima   bo‘lar   ekan,   degan   xayol   bilan   kun   bo‘yi   o‘ylanib   yurdim   /   Ertaga
nima bo‘lar ekan, degan   xayolda kun bo‘yi o‘ylanib yurdim. Bu holat “O‘zbek tili
grammatikasi”da   ham   qayd   etilgan:   ““Birgalik”   ob’ekti   ma’nosi   anglashiladi.   Bu
ma’noda o‘rin kelishigi   bilan ko‘makchisining shunday ma’nosiga sinonim bo‘ladi.
Bunda   “birgalik”   ma’nosi   o‘ta   mavhum   ifodalanadi,   chunki   o‘rin   kelishigi
mavhum   tushunchani   anglatadigan   so‘zga   qo‘shilib   keladi:   Saida	
 gap	 tamom
bo‘ldi	
 degan   xayolda     o‘rnidan	 turmoqchi	 edi,	 Nosirov	 to‘xtatdi   (A.Qahhor)”
(O‘tg, 245). -da     nafaqat   ko‘makchi   bilan   sinonimik   munosabatga   kirishadi,   balki   o‘zi
ko‘makchi   hosil   qiluvchi   vositaga   aylanishi   mumkin.   Bu   haqda   “O‘zbek   tili
grammatikasi”da   quyidagilar   yozilgan:   “Kelishik   formasida   ma’lum   ma’no
taraqqiyotiga   uchrab,   yangi,   mustaqil   mundarija   va   vazifa   kashf   etish   o‘rin
kelishigi  formasidagi  so‘zda ham  anchagina  uchraydi. Bu kelishik  affiksini  olgan
so‘z   o‘z   turkumidan   ajralib   chiqib,   quyidagi   turkum   so‘zga   aylanadi:   …2.
Ko‘makchiga   aylanadi:   haqida,   to‘g‘risida   (Bular   aktiv),   xususida,   borasida,
tarzida,   yo‘sinda,   bobida   (Bular   passiv)   kabi:   Urushga 	ketgan
o‘g‘li     to‘g‘risida     qora	
 xat	 keldi   (A.Qahhor)”. (O‘tg,247-248).
Ko‘rinadiki,   -da     qo‘shimchasining   imkoniyatlari     faqatgina   kelishik   (o‘rin
va payt), yuklama, bog‘lovchilik doirasida chegaralanib qolmaydi. Balki unda so‘z
yasash   xususiyati   ham   mavjud.   Bu   esa   “O‘zbek   tili   morfem   lug‘ati”da   uning
to‘rtinchi   belgisi   sifatida   qayd   etilgan   va   “ un/da/moq,   al/da/moq,   in/da/moq,
hay/da/moq     kabilar   fe’llar   tarkibida   uchraydigan   yasovchi   bo‘lib,   -
la   yasovchisining allomorfidir” deyilgan (G‘A., TA., QR.,410).
Demak,   uning   yangi   imkoniyati   yuzaga   chiqib,   ko‘makchi   hosil   qilishi   esa
bu   maydonni   yana   ham   kengaytiradi:   haq/i/da,   to‘g‘ri/si/da,   xusus/i/da,
bora/si/da,   tarz/i/da,   yo‘sin/i/da,   bob/i/da     kabi.   Ushbu   misollar   yordamchi   so‘z
turkumlarining,   xususan   ko‘makchilarning   yasalmasligi   haqidagi   qarashlarni
o‘zgartirishga   olib   keladi.   Negaki,   bu   so‘zlarning   birontasining   –
da   qo‘shimchasisiz   qismini   ko‘makchi   deb   ayta   olmaymiz   va   ularning   birlashuvi
jarayonini   leksikalizatsiya   hodisasi   deb   tushunamiz.   Ushbu   hodisa   tufayli   tildagi
ikki birlik qo‘shilib, ko‘makchi paydo bo‘lmoqda.
SHunday   qilib,   o‘rin   kelishigi   ko‘rsatkichi   - da vosita,   holat,   birgalik   singari
ma’nolarni   anglatish   barobarida   bilan ko‘makchisiga   sinonimik   munosabatda
bo‘ladi.   Hatto   mana   bu:   Qalandarov	
 bir	 haftaning   ichida   hamma	 rasm-rusumni
joyiga	
 qo‘yib,	 Hurinisoni	 nikohlab	 olibdi     misolidagi   ichida     so‘zini   ichi bilan   ga
almashtirish mumkin. Mazmun  buzilmaydi  va bu erda ham  sinonimik munosabat
mavjud  bo‘ladi.  Ammo   shunday   qilinsa,   nutqdagi   osonlikka   intilish   qonuniyatiga putur etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, - da   ning ham,   bilan ning ham
qo‘llanishida o‘z uslubiy imkoniyati va chegarasi mavjud.
Harqalay, o‘zbek tilida   – da   qo‘shimchasining grammatik imkoniyatlari keng
ko‘rinadi.   U   bir   ma’nosida   bilan     ko‘makchisiga,   boshqa   bir   ma’nosi   bilan   va,
ham bog‘lovchilariga   ham   sinonim   bo‘la   olishi   mumkin:   keldida   ketdi,   kirdida
yotdi,   yotdida   uxladi   /   keldi   va   ketdi,   kirdi   va   o‘tdi,   yotdi   va   uxladi. Bu
qiyoslanayotgan   misollar   o‘rtasidagi   farq   grammatik   emas,   balki   uslubiy   farq
sanaladi.   CHunki   bu   yordamchi   so‘zlar   jumlalarda   bir   xil   grammatik   vazifani     -
tenglikning   ifoda   etayotgan   bo‘lsa   ham,   ma’lum   uslubiy   ayrichaliklarga   ega.
Birinchi   holatda   tenglikdan   ko‘ra   ketma-ketlik   va   ta’kid     ma’nosi   kuchliroq.
CHunki   qo‘shimcha   bu   erda   kelishikka   emas,   balki   yuklamaga   daxldor.   Ammo
A.G‘ulomov   va   R.Qo‘ng‘urovlar   unga   bog‘lovchi   sifatida   qarashadi:   “ -
da.   V   bog‘lovchi,   bunday   vaqtda   u   va,   ham     bog‘lovchilari   bilan   sinonimik
munosabatda   bo‘ladi   (ma’no   ottenkasida   farq   bor):   …keldi/ da   ketdi   //   …
keldi   va   ketdi; kelsa/ da   ishlamadi // kelsa   h am   ishlamadi”. (G‘A.QR. O‘tml, 410).
-dan   bilan.   Sinonimik   munosabatning   bu   ko‘rinishida   biroz   zo‘rama-
zo‘rakilik   borday   tuyuladi.   Bu   – dan     va   bilan   birgalikda   o‘zlari   birgalikda
kelayotgan   so‘z   tarkibidagi   grammatik   o‘zgarishga   bog‘liq   holda   yuz
beradi:   O‘tirishi   bilan     gap boshladi	 /   O‘tirgandan     gap	 boshladi: o‘tirishi   –
o‘tirgan   kabi.
Quyidagi   chiqish   o‘rnini   bildirgan   holatlarda   ular   o‘rtasida   sinonimiyani
payqash   mumkin:   dala   bilan   keldim   /   daladan   keldim,   soy
bilan   keldim   soydan   keldim,   maktab   bilan   keldim   /   maktabdan   keldim   singari.
Bir qaraganda ularni sinonim deb atash qiyin. CHunki   –dan   ishtirok     etgan jumla
to‘g‘ridan-to‘g‘rilik ma’nosini anglatmoqda. Agar   bilan   ishlatilgan holatni birgalik
ma’nosida   tushunsak,   mantiqqa   zid   bo‘lishi   mumkin.   SHuning   uchun   bu   erda
ma’lum   izoh   talab   etiladi.   Bu   izoh   shundan   iboratki,   gapda   har   ikki   vosita   ham
alohida ohang bilan, ya’ni cho‘zib talaffuz etilsagina sinonimik munosabat vujudga
kelishi   mumkin:   maktab   bila-a-n   keldim   /   maktabda-a-n   keldim   kabi.   Mana
shunday   holatda   u   orqali,   tomondan   ko‘makchilari   bilan   ham   sinonim bo‘ladi:   dala   orqali   keldim,   soy   orqali   keldim,   maktab   orqali   keldim;   dala
tomondan   keldim,   soy tomondan   keldim,   maktab tomondan   keldim   singari.
Biroq   hamma   erda   ham   chiqish   o‘rin     ma’nosini   anglatgan   holatlarda   ular
sinonim   bo‘laveradi,   deyish   to‘g‘ri   emas: qishloqdan   keldi,   yurakdan
gapirdi     deyiladiyu, ammo   qishloq bilan gapirdi, yurak bilan gapridi   deyilmaydi.
Harakatning   bajarilishida   vosita   bo‘lganda   sinonim
bo‘ladi:   SHu   yo‘ldan   boradi mening	 yoshlik	 ham,	 O‘sha	 erdan	 tilaydi
sharaf   (Zulfiya),   SHu   yo‘l bilan   boradi	
 mening	 yoshlik	 ham,	 O‘sha	 erdan	 tilaydi
sharaf;	
 Bir	 talay	 sho‘x-shodon	 talabalar   zina bilan     ko‘tarilishmoqda	 edilar	 / Bir
talay	
 sho‘x-shodon	 talabalar   zinadan       ko‘tarilishmoqda	 edilar     singari.
Matndan sabab ma’nolari anglashilganda ham ular sinonim bo‘ladi:   Buncha
go‘zal,	
 bu	 qadar	 dilbar,	 /   Zafar   bilan   yangragan	 bu	 soz!   (Zulfiya)   //   Buncha
go‘zal,	
 bu	 qadar	 dilbar,	 /   Zafardan   yangragan	 bu	 soz!	 G‘arbdan	 kelgan	 zulmat
so‘kildi	
 chok-chok,	 / Sening	 o‘g‘illaring	 ochgan	 o‘t   bilan   (Zulfiya)   //   G‘arbdan
kelgan	
 zulmat	 so‘kildi	 chok-chok,	 / Sening	 o‘g‘illaring	 ochgan   o‘tdan.
Mana   shunday   holatlarda   ular   sababli,   tufayli     so‘zlari   bilan   ham   sinonim
bo‘la   olishi   ma’lum   bo‘lib   turadi.   So‘zlarni   chog‘ishtirish   hatto   bu   ikki   so‘z
va   bilan o‘rtasidagi   sinonimik   munosabatning   – dan   ga   qaraganda   yaqin   va
tabiiyroq   ekanligini   ko‘rsatadi: Mehnat   bilan   zumrad
 dalalar	 / Kundan	 kunga
dilbar	
 bo‘ladi   (Zulfiya)   //   Mehnat sababli   zumrad	 dalalar	 / Kundan	 kunga	 dilbar
bo‘ladi	
 	// Mehnat   tufayli   zumrad	 	dalalar	 	/	 	Kundan	 	kunga	 	dilbar
bo‘ladi.   YAna:   SHirin	
 ekan	 farzand,   u bilan   /	 Oilaga	 kirar	 ekan	 jon   (Zulfiya).
-dan   va   bilan   sinonimiyasida   nozik   holatlar   bor.
Masalan: Sen     bilan   ajralishni	
 istamayman   gapidagi   –ish   birgalik darajasini  emas,
balki   harakat   nomini   ifoda   etgan.   SHunday   ekan,   gapda   harakatning   bajaruvchisi
bir   kishi   va   bu   erda   bilan   ning   ishlatilishi   o‘rinli   emas.Gap   Sendan   ajralishni
istamayman   tarzida   tuzilishi   kerak.   Endi   boshqacha   holatni   tasavvur   qilaylik.   Er-
xotin   o‘zaro   munosabatlarini   aniqlashtirib,   birga   yashash-yashamasliklari   haqida
gap   ketayotgan   bo‘lsa,   unda   har   ikki   gap:   Sen     bilan   ajralishni
istamayman,   Sendan   ajralishni
 istamayman   ham   maqsadga   yaqinlashtirmaydi. Buning   uchun   gapda   harakat   nomini   hosil   qiluvchi   qo‘shimchadan   tashqari   yana
birgalik   nisbatni   hosil   qiluvchi   – ish   qo‘shimchasi   Sen     bilan   ajralishishni
istamayman tarzida   qo‘shilishi   zarur.   Bunday   paytda   ham   – dan     va   bilan   o‘zaro
sinonim   bo‘la   olmaydi.   Masalan:   Sendan   ajralishishni 	istamayman   deb
bo‘lmaydi.   Sen   bilan   ajralishmoqchiman/	
 	Sen   bilan   ajralmoqchiman,   deyish
mumkin   bo‘lgani   holda   Sendan   ajralishmoqchiman,   deb
bo‘lmaydi. Sendan   ajralmoqchiman   gapining   ma’nosi   esa   umuman   ikki   kishi
o‘rtasidagi munosabatni anglatadi.
Bilan     ko‘makchisining   yordamida ,   ko‘magida,   vositasida,
davomida   singari   so‘zlar   bilan   sinonimik   munosabatda   bo‘lishi   ham   uning   bu
boradagi  imkoniyatlari naqadar  kengayib ketganligidan dalolat  beradi:   yordamida
–	
 bilan:	 CHamadonning	 qulfi	 yo‘q,	 qoq	 belidan   tasma   bilan   chandib	 qo‘yilgan
edi   (O.YOqubov)   /	
 	CHamadonning	 	qulfi	 	yo‘q,	 	qoq	 	belidan   tasma
yordamida   chandib	
 qo‘yilgan	 edi;	 ko‘magida	 – bilan:	 YAshnab	 ketdi	 dilda
tilaklar,	
 /   Mehnat   bilan   gulladi	 turmush   (Zulfiya)   //	 YAshnab	 ketdi	 dilda
tilaklar,	
 /   Mehnat   ko‘magida   gulladi	 turmush;	 davomida	 –	 bilan:   Qishi
bilan   etilgan	
 	tuproq	 	/	 	Qiz	 	qo‘liga	 	ochar	 	ko‘ksini   (Zulfiya)   //   Qish
davomida   etilgan	
 tuproq	 / Qiz	 qo‘liga	 ochar	 ko‘ksini     kabi.
“O‘zbek tili grammatikasi”da “Ravishdosh” mavzusi yoritilish jarayonida –
( i)b   qo‘shimchasi   haqida   aytilgan   quyidagi:   “Bog‘lovchilik   vazifasini   o‘taydi   va
shu bilan birga fe’lning qandaydir bir formasi o‘rnida qo‘llanadi. Buni quyidagi bir
misoldayoq   ochiq   ko‘rish   mumkin:   Keksa	
 	master	 	Kuznetsov	 	o‘z
shogirdlaridan     faxrlanib ,	
 u ham	 yaxshi	 bilaklar	 bilan	 bir-ikki	 so‘z	 aytdi-da,
Omonovga	
 o‘rin	 berdi   (Iboxon) .   Misoldagi   faxrlanib   formasi   o‘rnida   faxrlandi-
da     formasini   va   aytdi-da     formasi   o‘rnida   aytib     formasini   qo‘llash   mumkin.
Demak   faxrlanib     formasidagi   – (i)b ravishdosh   yasovchisi   – di     affiksi   bilan     -
da     bog‘lovchisiga   xos   tarzda   qo‘llanayapti”   (O‘tg,516)   mulohaza
doirasini   bilan ko‘makchisi hisobiga kengaytirish mumkin. CHunki ayrim misollar
tahlili   – lanib   va   bilan   o‘rtasida   ham   sinonimik   munosabat   shakllanishini
ko‘rsatadi:   Dunyo
 ortiq	 yorigandi	 sen	 tug‘ilganda,	 / YUragingni   sevinch bilan   tingladi onang   (Zulfiya)   //	 Dunyo	 ortiq	 yorigandi	 sen	 tug‘ilganda,	 /
YUragingni   sevinchlanib   tingladi	
 onang;	 Kunda	 qizib	 yotgan	 qumliklaring
ham	
 /   Jilva   bilan   boqdi	 mehribon   (Zulfiya)   //	 Kunda	 qizib	 yotgan	 qumliklaring
ham	
 /   Jilvalanib   boqdi	 mehribon   singari.
Payt ma’nosini anglatadigan ko‘makchisi bilan ham sinonimik munosabatga
kirishadi:   Qora	
 ko‘zlaringning	 dilbar	 nigohi	 /   Kun   bo‘yi   yashaydi	 aqlu
hushimda   (Zulfiya)     //	
 Qora	 ko‘zlaringning	 dilbar	 nigohi	 /   Kuni   bilan   yashaydi
aqlu	
 	hushimda;Goh	 	qiynaysiz,	 	goh	 	yayratasiz	 	/   Tuni   bo‘yi   bo‘lib
yo‘ldoshim   (Zulfiya)   //	
 Goh	 qiynaysiz,	 goh	 yayratasiz	 /   Tuni   bilan   bo‘lib
yo‘ldoshim     kabi.
O‘rin   kelishigi   qo‘shimchasi   va   bilan     o‘rtasidagi   sinonimik   munosabatlar
R.Qo‘ng‘urovning   “O‘zbek   tili   stilistikasi”   asarida   keng   ko‘lamda   tahlil   qilingan
va unda o‘zaro almashishlar jarayonidagi ular bilan birga keladigan boshqa so‘zlar
tarkibida   yuz   beradigan   o‘zgarishlar,   agar   matn   she’riy   shaklda   bo‘lsa,   vaznning
saqlanishiga ta’siri masalalarida ham to‘xtalib o‘tilgan. Ularni sinonim deb qarash
mumkin bo‘lmagan holatlar haqida ham fikrlar bildirilgan. (QR, 126-129).
SHunday qilib, hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me’yoriy xarakterda bo‘lgan
ko‘makchisining   tarixan   bir   qancha   variantlari   bo‘lgan   va   ularning   juda   oz
qisimgina   badiiy   adabiyot   matnlarida   saqlanib   turibdi.   Bu   ko‘makchining   ayrim
kelishik   qo‘shimchalari   bilan   sinonimik   imkoniyatlari   keng   bo‘lib,   bu   narsa
ularning   uslublararo   vazifaviy   chegaralanishlarini   ham   belgilaydi.   A.Pardaevning
dissertatsion ishida boshqa sof ko‘makchilar ham ana shu tarzda tahlil qilingan.
Hozirgi   adabiy   tilimizda   ham   funksional   ko‘makchilarning   mavjudligi,
birinchidan,   ko‘makchilarning   tarixan   mustaqil   so‘zlardan   iborat   bo‘lganligi   va
ularning   dastlab   leksik   ma’no   anglatganligidan,   ikkinchidan   esa,   bu   jarayon   tilda
hali   ham   davom   etib   kelayotganligidan   dalolat   beradi.   Bu   toifadagi   ko‘makchilar
tilimiz tarixi tadqiqotchilarining kuzatsh ob’ekti bo‘lgan va bu tadqiqotlar natijasi
ularning   asosan   fe’l,   ot,   ravish,   ravishdosh   singari   mustaqil   so‘z   turkumlaridan
kelib   chiqqanligidan   dalolat   beradi.   Ana   shunday   mulohazalarni   U.Tursunovning
“O‘zbek   tilida   so‘ng   ko‘makchilar”,   Kononovning“Poslelogi   v   sovremennom uzbekskom   literaturnom   yaz ы ke”,   A.A.   Koklyanovaning   “Poslelogi   i   slujebn ы e
imena   v   uzbekskom   yaz ы ke”,   G.F.   Blagovaning   “XV-XVI   asrlar   eski   o‘zbek
adabiy   tilidagi   ko‘makchilar   haqida”,   S.Mutallibovning   “Morfologiya   va   leksika
tarixidan   qisqacha   ocherk   (XI   asr   yozma   yodgorliklari   asosida)”,   A.M.
Щ erbakning“Grammatika   starouzbekskogo   yaz ы ka”,   G‘.Abdurahmonov   va   SH.
SHukurovning   “O‘zbek   tilining   tarixiy   grammatikasi”,   H.G‘.   Ne’matovning   “XI-
XII   asr   yozma   yodgorliklarida   ko‘makchilar”,   T.Rustamovning   “Hozirgi   o‘zbek
adabiy   tilida   ko‘makchilar”,“Sof   ko‘makchilar”,   E.   Fozilovning   “O‘zbek   tilining
tarixiy morfologiyasi”, J.Hamdamovning“O‘zbek tili tarixi. Ikkinchi qism. Tarixiy
morfologiya.Ikkinchi bo‘lim” kabi asarlaridan topishimiz mumkin bo‘ladi.
Funksional   ko‘makchilarning   sof   ko‘makchilardan   ajralib   turadigan
xususiyati   ularning   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   bir   tomondan   o‘zning   dastlabki  
leksik   ma’nolarini   saqlab   kelayotganligi   bo‘lsa,   ikkinchi   tomondan   gapning
shakllanishida   ma’lum   grammatik   vazifalarni   bajarishi   bilan   bog‘liq.   Ulardagi   bu
xususiyatni   H.Ne’matov   ravish   ko‘makchilar   misolida   quyidagicha   izohlagan:
“Ravish ko‘makchilar so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi, o‘ta
abstrakt   ma’noga   ega   ekanligi   va   shuning   uchun   kelishik   formalarini
ko‘makchilarga   yaqinlash(tir)sa,   o‘z   grammatik   ma’nosining   mustaqil   so‘z   –
ravishning   lug‘aviy   ma’nosi   bilan   aloqadorligi   va   nutqda   mustaqil   qo‘llana   olish
qobiliyati   bilan   ot   ko‘makchilarga   yaqin   turadi;   ravish   ko‘makchilar   sof   va   ot
ko‘makchilar   orasida   oraliq   o‘rinni   egallaydi.   Bu   oraliq   o‘rin   asosida   ravish
ko‘makchilarda   yo   sof   ko‘makchilarga   (ya’ni   grammatik   ma’nosining   leksik
ma’nodan   batamom   uzilishi)   yoinki   ot   ko‘makchilarga   o‘tish   (ya’ni   egalik   va
kelishik   affikslari   bilan   birikib   kelish)   tendensiyasi   ko‘zga   yaqqol   tashlanadi.
SHuning   uchun   uze,   otru     ravish   ko‘makchilar   o‘z   xususiyati   bilan   sof
ko‘makchilarga   yaqinlashsa   (mas.,   an ы n   otru   (Q.2562)- “bu	 tufayli   and ы n
otru     o‘rnida,   senin   uze   -   sende ” ),   boshqa   bir   necha   ko‘makchilarda
(chunonchi   asra,   tegre,   on,   basa     va   h.k.)   ot   ko‘makchilarga   o‘tishni   ko‘rish
mumkin”. ( Ne’matov	
 H.G‘. XI-XII   asr yozma yodgorliklarida ko‘makchilar, 45). H.G‘.Ne’matov     funksional   ko‘makchilarga   nisbatan   “mustaqil-yordamchi
so‘zlar” atamasini  qo‘llaydi .   Olimning fikri qanchalik ilmiy asosga ega ekanligini
anglab   olish   maqsadida   uning   bu   borada   qayod   etganlarini   batafsil   keltirishga
to‘g‘ri   keladi:   “Mustaqil   va   sof   yordamchi   so‘zlardan   farqlash   maqsadida   ham
mustaqil,   ham   yordamchi   vazifasida   kela   oladigan   so‘zlarni   mustaqil-yordamchi
so‘zlar   deb ataymiz.
Sof ko‘makchilar funksiyasi, morfologik o‘zgarmasligi, alohida urg‘uga ega
emasligi,   mustaqil   so‘zlarsiz   qo‘llana   olmasligi   bilan,   qisman   bo‘lsa-da,
qo‘shimchalarga   (kelishik   affikslariga)   o‘xshasa,   mustaqil-yordamchi   so‘zlar
morfologik   xususiyatlari,   yakka   holda   qo‘llanila   olishi   bilan   mustaqil   so‘zlarga
yaqin   turadi.   Demak,   mustaqil-yordamchi   so‘zlar   sof   yordamchi   so‘zlar   va   sof
mustaqil so‘zlar orasida oraliq o‘rinni egallaydi.
…dialektik   materializm   noantogonistik   qarama-qarshi   tomonlar   bir-birini
rad   etibgina   qolmay,   ularning   birlashishini   ham   tan   olish   dialektikaning   muhim
elementlaridan   biri   ekanligini   uqtiradi.   …Ikki   qarama-qarshi   elementlar
(elementlar   gruppasi)ning   xususiyatlarini   o‘zida   mujassamlashtiruvchi   element
dialektik   logikada   oraliq   uchinchi   (vklyuchenn ы oe   trete)   deb   ataladi   va   u
dialektik logikaning muhim elementlari sanaladi. Dialekti logika ta’limoticha, ikki
o‘zaro qarama-qarshi element orasidagi orliq uchinchi, uning taiati ochilmaguncha,
elementlarning mohiyati o‘rganilgan hisoblanmaydi.
Mustaqil   va   sof   yordamchi   so‘zlar   orasidagi   munosabatlarni   oraliq
uchinchisiz   –   mustaqil-yordamchi   so‘zlarsiz   aniqlash   qiyin.   SHuning   uchun
yordamchi   so‘zlarni   hech   qanday   mustasnosiz   yo   qo‘shimchalar,   yoyinki   so‘zlar
sostaviga   kiritish   bir   tomonlama   fikr   dir;   yordamchi   so‘z   turkumlarida   ularni
qo‘shichalar   bilan   yaqinlashtiruvchi   elementlar   ham,   mustaqil   so‘zlar   bilan   ham
yaqinlashtiruvchi elementlar mavjud.
Oraliq   uchinchining til   sistemasidagi   o‘rni   juda   katta;   ular   til   struktur
elementlari   taraqqiyotining   natijasi   bo‘lib,   til   sistemasining   uzluksizligini   (tildagi
turli   xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   elementlarning   uzluksiz   ravishda   bir-biri   bilan bog‘lanishini)   ta’minlaydi”.   ( Ne’matov   H.G‘.     XI-XII   asr   yozma   yodgorliklarida
ko‘makchilar, 48-50).
Darhaqiqat,   ko‘makchilarning   funksional   ko‘makchilar   deb   ataladigan
ma’lum qismi mustaqil va yordamchi so‘zlar oralig‘ida ekanligiga hech kim e’tiroz
bildirmaydi.   SHunday   ekan,   H.Ne’matovning   bu   boradagi   qarashlari   ham   chuqur
ilmiy asosga egadir.
Bizni   bu   o‘rinda   mavzu   tadqiqi   talabdan   kelib   chiqib,   funksional
ko‘makchilardagi   birinchi   xususiyatni   e’tibordan   qochirmagan   holda   uning
ikkinchi   xususiyati   –   ko‘makchilik   vazifasini   bajarishdagi   o‘ziga   xosligi
qiziqtiradi,   albatta.   Ularning   asosiylari   sifatida   quyidagilarni   ko‘rsatish
mumkin:   avval, avval,	 asno,	 asosan,	 atrofida,	 baravariga,	 beri,	 bo‘yi,	 bo‘ylab,
bo‘lak,	
 bob,	 boshlab,	 boshqa,	 buyon,	 burun,	 davomida,	 deb,	 dovur,	 yoq,    	yon,  
ilgari,	
 ich,	 yo‘lida,	 keyin,    	ketidan,	 ko‘ra,	 misol,	 muvofiq,	 nari,	 nariga,  
natijasida,    	
nisbatan,	 oldin,	 oldida,	 ora,    	orasida,	 ost,    	osha,	 ro‘para,	 sifatida,
so‘ng,	
 soyasida,	 tag,    	taraf,	 tashqari,	 tepa,	 to‘g‘rida/to‘g‘risida,	 tomon,	 tortib,
tub,    	
ust,    	ustida,	 xususan,	 xususida,	 chamasi,	 yaqin,	 o‘zga,	 o‘rniga,	 o‘rtasida,
qarab,	
 qaramay,	 qaramasdan,	 qarshi,	 qatorida,	 qosh,	 holda,	 huzuri	 (-ga,	 -da).
Ishda   hozirgi   o‘zbek   tilida   nisbatan   faol   hisoblagan   ko‘makchilar   atrofida
mulohaza yuritilgan.
AVVAL. “Izohli   lug‘at”da   avval     so‘zining   4   ma’nosi   berilgan   bo‘lib,   u
birinchisida   ot,   ikkinchi   va   uchinchi   ma’nolarida   ravish,   faqat   to‘rtinchi
ma’nosidagina   ko‘makchidir:   “4. ko‘m.	
 (bosh	 kelishik	 va	 chiqish	 kelishigi
bilan)   Biror   voqea,   hodisa   yoki   harakatning   boshqasidan   yoki   shu   haqda   so‘z
borayotgan   vaqtdan   oldin   bo‘lganligini   bildiradi.   Uchrashuvdan	
 avval.	 Bundan
to‘rt	
 yil	 avval ”. (O‘TIL.I,23).
“O‘zbek   tili   sinonimlarining   izohli   lug‘ati”da   bu   so‘zning   sinonimik
qatoriga   ilgari, oldin, burun, qadim     so‘zlari kiritilgan. A.Hojiev bu birliklarning
mustaqil   va   yordamchi   ma’nolarini   farqlab,   quyidagilarni   yozadi:   “ Avval,   ilgari,
oldin,   burun   so‘zlari   chiqish   kelishigidagi   so‘zni   yoki   vaqt   bildiruvchi   so‘zni
boshqarib,   ko‘makchi   so‘z   vazifasida   qo‘llanadi   va   harakat-hodisaning   chiqish kelishigidagi   so‘z   bildirgan   narsa-hodisagacha   bo‘lgan   vaqtga   oidligini   biliradi.
Bunda ularga   muqaddam   so‘zi ham sinonim bo‘ladi”. (HA.O‘TSIL,9).
“O‘zbek   tili   grammatikasi”da   esa   oldin/avval,   burun,
ilgari   ko‘makchilarining   sharhi   berilgan.   Jumladan   quyidagilar   qayd   etilgan:
“ Oldin/avval.   Bu ko‘makchilar   burun     va    ilgari     ko‘makchilariga sinonim bo‘lib,
ular   bildirgan   ma’nolarni   anglatadi:   Urushdan   oldin     (/ avval,/burun / ilgari )
qurilgan”.(I,558).   “ Burun.   Bu   ko‘makchi   ish   va   harakatni   o‘zi   biga   kelgan   so‘z
anglatgan   ish-harakatdan,   voqea   va   bajaruvchi   shaxslardan   oldin   sodir   bo‘lgani
ma’nosini   anglatadi:   Tansiq 	o‘z	 	ishini	 	hammadan   burun   bajarib	 	uyga
qaytdi   (Oybek)”.(I,557).   “ Ilgari.   Bu   ko‘makchi   payt   munosabati   bildirib,   biror
hodisa, ish-harakatning voqe bo‘lishida undan oldin sodir bo‘lgan hodisa yoki vaqt
ma’nosini   bildirish   uchun   qo‘llanadi.   Quyidagi   so‘zlar   bilan   munosabatga
kirishadi:   Ot   va   olmoshlar   bilan   keladi:   Bu	
 korxayr.	 Sendan   ilgari   men
tarafdorman   (Oybek).   Vaqt   bildiruvchi   so‘zlar   bilan   keladi:   Bundan	
 o‘n	 besh
kuncha   ilgari   Kumush	
 onasiga	 bir	 xat	 yozgan	 edi   (A.Qodiriy). Fe’l formalari bilan
keladi:   Amrga	
 e’tiroz	 etishdan	 ilgari	 shu	 to‘g‘rida	 javob	 bersangiz   (A.Qodiriy)”.
(I,558).
Ushbu   ko‘makchi   tadqiqiga   bag‘ishlab   T.Qurbonov   va   N.Ernazarovlar
“YOrdamchi   so‘zlar   stilistikasiga   doir”   nomli   maqola   e’lon   qilishgan   (QT.,   EN.
77-81).   Maqolada   avval   ko‘makchi   sifatida   bosh   yoki   chiqish   kelishigidagi   ot,
otlashgan so‘zlarni boshqarib, ularning hokim bo‘lakka tobelanishini ko‘rsatuvchi,
shu   ma’noda   unga   ilgari,   burun,   muqaddam,   oldin,   qadim     kabi   so‘zlar   sinonim
bo‘lib   kela   olishi,   ular   uchun   umumiy   bo‘lgan   ma’no   xususiyati   –   voqea-hodisa
yoki   ish-harakatning   o‘tgan   vaqtda,   hozirga   qadar   sodir   bo‘lganligini   anglatish
ekanligi,   ammo   ular   hamma   vaqt   ham   funksiyadoshlik   qilavermasligi   haqida   gap
boradi   hamda   oldin     so‘zi   avval     ko‘makchisining   asosan   og‘zaki   so‘zlashuv
nutqiga   xos   sinonimi   hisoblanishi,   o‘zbek   folklori   asarlari   tilida   esa   avval   ning
sinonimi sifatida   qadim     so‘zi ko‘plab qo‘llanganligi ta’kidlanadi. SHundan so‘ng
maqolada yuqorida keltirilgan sinonimik qatordagi so‘zlar o‘zaro vazifadoshligiga
ko‘ra   tahlil   qilinadi.   Birinchi     tartib   soni   ham   ayrim   holatlarda   ko‘makchi vazifasini   bajarib   kelishi   mumkinligi   aytilib   quyidagi   misolni
keltiradi:   Birinchi   o‘zlaring buzasanlar	 qoidani,	 deb	 to‘ng‘illadi     (S.Siyoev).
(QT., EN. 78-79).
Aytilganlarga   quyidagilarni   qo‘shimcha   qilish   mumkin:
dominantasi   avval     so‘zi   bo‘lgan   sinonimik   qatordagi   so‘zlarning   o‘rnini   bemalol
almashtirib   qo‘llash   mumkin   va   bunda   deyarli   mazmunga   putur   etmaydi.   Ular
orasida   faqat   ilgari     so‘zi   bo‘g‘inlar   soniga   ko‘ra   ulardan   farqlanadi   va   buning
she’riy   asarlar   uchun   ahamiyati   bor:   Turkman	
 	qiz	 	quyoshdan
turib   ilgari,   Ko‘tarma	
 	kranda	 	yuksak	 	uylarni…   (Zulfiya)-   Turkman	 	qiz
quyoshdan	
 	turib   avval,   Ko‘tarma	 	kranda	 	yuksak	 	uylarni…Hatto
tomchisidan   ilgari   kelib	
 Terib	 olajakmiz	 har	 ko‘sak	 durni!   (Zulfiya)   -   Hatto
tomchisidan   avval   kelib	
 Terib	 olajakmiz	 har	 ko‘sak	 durni!   (Zulfiya).
Sinonimik   qatordagi   so‘zlarga   uslub   talabi   nuqtai   nazardan   qaraganda   ham
A.Hojievning   quyidagi   fikrlarini   inobatga   olish   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi:
“ Avval,   oldin     so‘zlari   kontekst   yoki   boshqa   biror   vosita   yordamisiz   “o‘tmish”
ma’nosini   aniq   ifodalay   olmaydi.   Ilgari,   burun,   qadim     so‘zlari   esa   “o‘tmish”
ma’nosini   aniq   ifodalay   oladi.   Ilgari   so‘zi,   ko‘pincha,   avval,   oldin   so‘zlariga
nisbatan   uzoqroq   o‘tmishni   ifodalash   uchun   qo‘llanadi.   Oldin   ko‘proq   oddiy
so‘zlashuvga   xos.   Burun   so‘zi   ilgari   so‘ziga   nisbatan   ham   uzoqroq   o‘tmishni
bildiradi.   Lekin   ilgari,   avval,   oldin   so‘zlariga   nisbatan   kam
qo‘llanadi.   Qadim   so‘zi   burun   so‘ziga   nisbatan   ham   uzoq   o‘tmishni   bildiradi”
(HA.O‘TSIL,8). Darhaqiqat, mana bu misollarda bayon etilayotgan voqeadangina
oldin   bo‘lganini   ma’lum   qilish   uchun   ishlatiladi:   Lekin	
 uni	 bag‘rimga
bosishdan     avval,   Temir	
 kishanlarini	 ko‘zimga	 surtdim!   (Zulfiya) .   Mavlono    
Fazliddin      	
devor    	tepasidagi    	xatarga    	Xonzoda    	begim
hammadan   avval   ro‘baro‘    	
bo‘lishidan      	qo‘rqdi-yu,    	zinapoyaga    	birinchi	 bo‘lib    
qadam    	
qo‘ydi     (PQ,YUT,134).   Oldin   ko‘makchisi orqali esa bo‘lib o‘tgan voqea-
hodisaning vaqt nuqtai nazaridan mavhumligi ifoda etilishi ma’lum bo‘ladi:   Ular  
hali    
biror    	marta    	hamsuhbat    	bo‘lmaslaridan	 va	 ruhan    	yaqinlashishga  
ulgurmaslaridan   oldin   boshlangan    	
jismoniy    	yaqinlik    	Bobirga      	uyat    	ishdek   tuyular    va    	uning      	ilgarigi      	musaffo    	tuyg‘ularini    	poymol    	qilayotganday    
bo‘lardi.   (PQ,YUT,158).   Ular    	
ayvonga    	chiqar    	ekanlar,	 Mavlono	 Fazliddin  
bundan    	
salkam	 uch	 yil   oldin   Quvasoy	 bo‘yida	 bo‘lib	 o‘tgan    	qonli    	voqealarni  
yana	
 bir	 esladi   ( PQ,YUT,99).
Bu   holat   uning   rasmiy   va   ilmiy   uslublar   doirasida   ham   faol   qo‘llanilishiga
asos   bo‘ladi:   Ilmiy	
 unvon	 	berish	 	haqidagiqaror	 	o‘n	 yildan	 ko‘proq
vaqt   oldin   qabul	
 qilingan	 bo‘lsa,	 uning	 qanchalik	 asoslanganligi	 xususidagi
masalani	
 attestatsiya	 organlari	 ko‘rib	 chiqmaydi.   (OAK Nizomi,39).
Ilgari     so‘zi   ham   ko‘makchi   sifatida   kitobiy   uslublarda   faoldir:   Kengash
majlisini	
 ochish	 oldidan    	“Ilmiy	 darajalar	 berish	 tarkibi	 to‘g‘risida	 Nizom”ga
muvofiq   ilgari   tuzilgan	
 komissiya	 xulosasining	 loyihalari	 kengash	 a’zolariga
tarqatiladi.   (OAK Nizomi,9).
Ammo   burun,   muqaddam   va   qadim   so‘zlarining   hozirgi   adabiy   tilimizda
qo‘llanish   doirasi   bir   qadar   chegaralanib   qolganligi,   asosan   badiiy   matnlarda
ishlatilayotgani   kuzatiladi:   Bundan    	
uch    	kun   burun   naqshbandiy  
darvishlaridan      	
biri    	Zuhra	 begimga    	SHayboniyxondan        	maxfiy      	bir    	xat
keltirib    	
bergan    	edi   (PQ,YUT,168).   Lekin    	bundan	 	o‘n	 	besh
kuncha     burun   Ahmad	
 Tanbal	 degan	 yana	 bir	 badavlat	 bek	 Mulla	 Fazliddinni
so‘roqlab,	
 kechki	 payt	 uning	 uyiga	 keldi   (   PQ,YUT,15).   G‘ani	 Murodov	 ikki
yil   muqaddam   otpuska	
 olib	 va	 shu	 bilan	 birga    	maktabdan	 ham	 bo‘shab	 ketgan
edi   (P.Tursun) .   Nimadir	
 	qalbimni	 	uyg‘otib,	 	bahordan   ilgari     Qo‘zg‘atar
vulqonday	
 	sevinchbaxsh	 	ilhomlar     (Zulfiya).   SHu   bilan   birga
huquqshunoslar   avval     o‘rniga     muqaddam   ni   qo‘llashni   afzal   ko‘rishadi:…
bundan   muqaddam   sudlanmagan     (tergov   bayonnomasidan).   Qabriston	
 bundan
o‘n	
 yillar   muqaddam     to‘lganligi	 uchun	 marhumlar	 dafn	 etilmay	 qo‘yilgandi,	 shu
sababli	
 bu	 tomonga	 odamlar	 kam	 qatnardi   (I.Nishonov. Qabr ichidagi qasr,2).
Avval   ga   boshda     so‘zning   ham   ko‘makchi   sifatida   sinonim   bo‘la   olishi
mumkinligi   uning   nutqiy   qamrov   ko‘lamini   yanada
kengaytiradi:   Kalavalanmasdan   boshda   shu	
 	gapni	 	ayta	 	qolsang
bo‘lmaydimi!   (So‘zlashuvdan).   Xalq   tilida     avval   boshdan   degan   jumlaning qo‘llanilish ham ularning o‘zaro sinonim bo‘la olishini tasdiqlovchi dalildir. Ishda
boshqa funksional ko‘makchilar ham ana shu tarzda tahlil etilgan.
Adabiyotlar:
1.  Мамажонов  А.   Қўшма гап стилистикаси.- Тошкент, 1990.
2.  Шомақудов	
 А.,	 Расулов	 И.,	 Қўнғуров	 Р.  Ўзбек тили              стилистикаси. –
Тошкент, 1983.
3.  	
Содиқова	 М.  Фdл стилистикаси. – Тошкент, 1975.
4. Қў нғуров
 Р.  Ўзбек тили стилистикасидан очерклар.- Самарқанд, 1975.
5.   Қў нғуров
 Р.   Грамматик   стилистика   //   “Ўзбек   филологияси”   тўплами.
СамДУ асарлари, янги серия, № 315. – Самарқанд, 1975.
6.   Қў нғуров
 Р.   Субъектив   баҳо   формаларининг   семантик   ва   стилистик
хусусиятлари. – Тошкент, 1980.
7.   Қў нғуров   Р.   Стилистика   имени   существительного   в   узбекском   языке.   –
Ташкент, 1983.
8. Қў нғуров Р.  Олмош стилистикасига оид айрим мулоҳазалар // “Ўзбек тили
стилистикасидан кузатишлар” тўплами. – Самарқанд, 1981. 
9.Қў нғуров Р.   Сифат стилистикаси // “Ўзбек тили стилистикаси
ва нутқ маданияти” тўплами. – Самарқанд, 1982.
10.   Қў нғуров   Р.     Каримов   С.     Ўзбек   тили   стилистикаси   ва   нутқ   маданияти.
Библиографик кўрсаткич.– Самарқанд, 1984.
11.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   I     том   –   Тошкент,   1975.   II     том   –   Тошкент,
1975.

Yordamchi so‘zlar uslubiyati. Ko‘makchi uslubiyati. R e j a : 1. Yordamchi so‘zlarning grammatik tabiati. 2. Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlari. 3. Bog‘lovchilarning stilistik xususiyatlari. 4. Yuklamalarning stilistik xususiyatlari. 5. O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar sinonimiyasi.

O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning funksional-stilistik xususiyatlari A.Pardaev tomonidan monografik yo‘nalishda o‘rganilgan va nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlarini o‘rganishda ana shu tadqiqot materiallaridan foydalanamiz. Ko‘makchilar o‘zbek tilshunosligida ushbu tadqiqotga qadar ham o‘rganish ob’ekti bo‘lgan va buning natijasida katta-kichik maqolalardan tortib, monografik yo‘nalishdagi ishlar yuzaga kelgan. Jumladan, H.Berdiyorovning“Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” mavzuidagi (Samarqand, 1949), X.T.Axtamovaning“Hozirgi o‘zbek adabiy tilida murakkab analitik so‘ngshakllar” nomli nomzodlik dissertatsiyalari (Toshkent,1981), A.N.Kononovning“Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” (Toshkent, 1951), SH.SHoabdurahmonovning “O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar” (Toshkent,1953), R.Rasulovning“O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarning semantik-grammatik xususiyatlari” (Toshkent,) T.Rustamovning“O‘zbek tilida ko‘makchilar” (Toshkent,1995), “Sof ko‘makchilar” (Toshkent,1991) monografiyalari bevosita o‘zbek tilidagi ko‘makchilarning lingvistik tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan. “O‘zbek tili grammatikasi, I tom. Morfologiya” (Toshkent, 1975.) akademik nashrida, A.N.Kononovning“Grammatika yaz ы ka tyurkskix runicheskix pamyatnikov.VII-IX vv.” (L.,1980), “Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yaz ы ka” (M.-L., 1960), S.Mutallibovning“Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk” (Toshkent,1959), E.Fozilovning“O‘zbek tilining tarixiy morfologiyasi” (Toshkent,1965), A.M. Щ erbakning“Grammatika starouzbekskogo yaz ы ka” (M.-L.,1962), G‘.Abdurahmonov va SH.SHukurovlarning“O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi” (Toshkent, 1973) singari asarlarda ham ko‘makchilar tadqiqiga doir maxsus bo‘limlar mavjud. Bundan tashqari o‘zbek tili tarixi va adabiy til grammatikasini o‘rganishga doir darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ham ko‘makchilar borasidagi fikrlar anchagina. U.Tursunov, J.Muxtorov, SH.Rahmatullaevlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (Toshkent,1992), SH.SHoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev,

I.Rasulov, X.Doniyorovlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (Toshkent, 1980), G‘.Abdurahmonov, A.Rustamovlarning “Qadimgi turkiy til” (Toshkent,1982), J.Hamdamovning “O‘zbek tili tarixi. Ikkinchi qism.Tarixiy morfologiya.Ikkinchi bo‘lim” (Samarqand, 2003) singari darslik va o‘quv qo‘llanmlari shular jumlasidandir. Ko‘makchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar son jihatdan salmoqli bo‘lganligi uchun ularni ma’lum guruhlarga ajratish mumkin. A.A. Koklyanovaning “O‘zbek tilida so‘ngko‘makchilar va ko‘makchi otlar”, H.G‘.Ne’matovning“XI-XII asr yozma yodgorliklarida ko‘makchilar (“Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Hibatul haqoyiq” materiallari asosida)”, G.F.Blagovaning“XV-XVI asrlar eski o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilar haqida” maqolalari ko‘makchilarni diaxronik, A.G‘ulomovning“Ko‘makchili konstruksiya haqida”, U.Tursunovning“O‘zbek tilida so‘ng ko‘makchilar” maqolalari sinxronik yo‘nalishda o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lsa, O‘.Saidovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilarning o‘rganilishiga doir” maqolasida esa bu borada yaratilgan tadqiqotlarga obzor berilgan. V.Egamovning “O‘zbek shevalarida so‘ng ko‘makchili so‘z birikmalarining semantik-grammatik munosabatlari”, X.Jo‘raevning “Ko‘makchilarni sheva materiallariga taqqoslab o‘rganish”, T.Almamatovning “Xalq shevalarida “tur” ko‘makchi fe’li haqida” maqolalariga sheva materiallari asos bo‘lgan. A.Abdullaevning “Ko‘makchilar yordami bilan tarkib topgan so‘z birikmalarida ifodalangan sintaktik munosabatlar”, O.Amirovaning“Sabab hollarining ko‘makchi konstruksiyali so‘zlar bilan ifodalanishi” ko‘makchilar sintakik munosabatlar doirasida qaralgan. Biz ularga zaruriyatga qarab kerakli o‘rinlarda murojaat qilamiz. Ammo bu sohada maxsus kuzatishlar olib borgan H.Berdiyorov va T.Rustamovlarning tadqiqotlariga to‘xtalish joizdir. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilarni lingvistik tahlil qilishga bag‘ishlangan dastlabki ishlardan biri H.Berdiyorovning “Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” (Samarqand, 1949) deb atalgan nomzodlik dissertatsiyasi bo‘lib hisoblanadi.

Dissertatsion ish ikki qismdan iborat bo‘lib, uning 1-qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, so‘z turkumlarining, jumladan yordamchi so‘zlarning kelib chiqishi, so‘ngko‘makchilarning grammatik va relivatsion ahamiyati hamda ular bilan qo‘shimchalar o‘rtasidagi munosabatlar masalasiga to‘xtalib o‘tilgan. 2- qismida esa bevosita so‘ngko‘makchilarning grammatik tabiati yoritilgan. Ular asl, ravish, ravishdosh, chog‘ishtirma so‘z va affiks so‘ngko‘makchilar tarzida guruhlarga bo‘lib o‘rganilgan. Ko‘makchi otlar keng yoritilgan. Ishning birinchi qismi so‘z turkumlarining, jumladan ko‘makchilarning kelib chiqishini o‘rganishga bag‘ishlangan.Dissertatsiya muallifi ta’kidlaydiki, XIX asrning bir qancha tilshunoslari (L.Nuare, V.Vundt, M.Myuller) so‘z turkumlarining kelib chiqishi to‘g‘risida gapirganda, fe’l turkumini kishilar tomonidan birinchi martaba qo‘llangan so‘zlar deb hisoblaydilar va fe’ldan boshqa so‘z turkumlari ajralib chiqqan deydilar. Demak, bularning fikricha, fe’l boshqa so‘z turkumlarining taraqqiyoti uchun ajralib chiqish imkoniyati bo‘lib xizmat etadi. (BH, 9). H.Berdiyorov N.YA.Marrning “Bir vaqtlar so‘z turkumlari bo‘lmagan edi. Asta-sekin gap bo‘laklaridan harakatni, ya’ni o‘timli fe’l, keyinroq o‘timsiz fe’lni hosil qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ot ajraladi. Ot – aniqlovchi, sifat funksiyasini bajaradi, ot (otlarning ma’lum doirasida) olmosh bo‘ladi, so‘ngra bog‘lovchi bo‘ladi va qolgan so‘z turkumlari yuqorida ko‘rsatilgan so‘z turkumlarining birontasidan hosil bo‘ladilar”. ( Marr N.YA. Izbrann ы e rabot ы , t.II. – M.,1934, s.417. Tarjima H.Berdiyorovniki). (BH,11), degan fikriga tayanib, “birinchi so‘z, turmushda, ishlab chiqarish protsessida kishilik fikrlashi tomonidan ajratilgan, ya’ni predmetlarning nomini va muhit ko‘rinishlarini, hodisalarini ko‘rsatuvchi ot ekan”, degan xulosaga keladi (BH,12) va yana quyidagilarni aytadi:“Umuman biz ayta olamizki, ot, fe’l va olmosh turkumlari til taraqqiyotida sifat, son, ravish va yordamchi so‘zlarga qaraganda eng avval ajralib chiqqan so‘z turkumlaridir”. (BH,12). Muallif tadqiqotda o‘zbek tilshunosligida birinchi marta hozirgi o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lgan ko‘makchilarning o‘zi qo‘shilib kelayotgan so‘zning

qanday semantik ma’nolari reallishuviga hamda gapda qanday vazifalarda kelishiga oid nazariy qarashlarini bayon qiladi. Bu ko‘makchilarning o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan ma’nodosh variantlari to‘g‘risida esa, buni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ymagani uchun, yo‘l-yo‘lakay mulohaza yuritadi. Tilshunoslikda mavjud bo‘lgan an’anaviy usullardan chiqmagan holda biz hozirda “ko‘makchilar” deb o‘rganib kelayotgan til birliklarini oldko‘makchilar ga qarama-qarshi ravishda so‘ngko‘makchilar   tarzida talqin qiladi. Bu qarashlar orasida so‘z turkumlarining, xususan yordamchi so‘zlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi fikrlar muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda o‘rni bilan ayrim faktlarning lingvostitistik tahlili berilganligi xulosalarning ilmiyligini ta’minlashda va amaliy jihatlarini ko‘rsatib berishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Dissertant ish yakunida bugungi kunda ham yordamchi so‘zlar relivatsion tabiatini o‘rganishda ahamiyatli bo‘lgan quyidagi xulosaga keladi: so‘ngko‘makchilar til taraqqiyoti nuqtai nazaridan mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan kelib chiqqandir. Bular hozirgi o‘zbek adabiy tilining gap qurilishida, gaplarning ma’nosini tayinlashda, so‘zlarni o‘zaro munosabatga keltirishda katta rol o‘ynaydi.(BH,126). So‘ngko‘makchilar gapda turli sintaksistik munosabatlarni bajarib, gapning biror bo‘lagiga bog‘langan holda qo‘llaniladi. So‘ngko‘makchilar mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan, mustaqil holda qo‘llana olmasligi, sintagmalarni yoki so‘zlarni birlashtirish, kengaytirish qobiliyatiga ega emasligi, morfologik tomondan ayrim semantik morfemalarga bo‘linmasligi, urg‘uni qabul qilmasligi, gapning biror mustaqil bo‘lagi bo‘lib kelolmasligi bilan ajaralib turadi. Ular gapda ishtirok etgan so‘zlarga bog‘lanib kelgandagina atash, sabab, maqsad, fazo kabi qo‘shimcha ma’nolarni ifodalab keladilar. (BH,127). O‘zbek tili, qolaversa turkologiyada ko‘makchilarni o‘rganishga oid ishlar orasida T.Rustamovning tadqiqotlari ham sezilarlidir. U ko‘makchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan “O‘zbek tilida ko‘makchilar” (Toshkent,1965), “Sof