Undov, modal va taqlidiy so‘zlar uslubiyati.
Undov, modal va taqlidiy so‘zlar uslubiyati. Reja: 1.Undov so‘zlar uslubiyati. 2.Modal so‘zlar uslubiyati. 3. Taqlidiy so‘zlar uslubiyati 4. Ularning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi va uslubiy imkoniyatlari.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanilib kelinayotgan undovlar o‘zgarmas so‘zlar sifatida tadqiq etilgan va ularning grammatik xususiyatlari atroflicha yoritib berilgan. [4] Ammo ularning funksional-stilistik xususiyatlari tahlil etilganligi to‘g‘risida bu gapni aytib bo‘lmaydi. Masalaning bu jihatini ham o‘rganish esa undovlarning lingvistik tabiati haqida keng ko‘lamli xulosalar chiqarishimizga asos bo‘ladi. Undovlarni o‘rganishga bir tizim sifatida qaraladigan bo‘lsa, ularni til sathining turli yo‘nalishlarida o‘rganish bir-biriga chambarchas bog‘liq ekanligi ayon bo‘ladi. Aytaylik, ularning gap tarkibidagi boshqa bo‘laklar bilan grammatik aloqaga kirishmasligi va biron bir bo‘lak vazifasini bajarmasligi; egalik, ko‘plik, kelishik kabi qo‘shimchalarni ola olmasligi, boshqa so‘z turkumlaridan yasalmasligi, ammo boshqa turkumdagi so‘zlarning undovlarga yoki undovlarning boshqa turkumlarga o‘tib turishi mumkinligi, bir tomondan, ularning alohida lingvistik tabiati mavjudligidan dalolat bersa, ikiinchi tomondan, ularning nutqda yashash tarzi ham o‘zgacha ekanligin ko‘rsatadi. SHuning uchun ham, mazkur so‘zlar turkumining funksional-stilistik tabiatni o‘rganish uning tilshunosligimizda hali e’tibor qaratilmagan jihatlarini to‘ldiradi. Har qanday til birligining lingvistik imkoniyatlari matnda namoyon bo‘lishi ayon gap. Bu imkoniyatlar undovlarda ham bor albatta. Agar shunday bo‘lmaganda, ularni alohida kategoriya sifatida o‘rganishga hojat ham bo‘lmas edi. Masalaning mohiyatini anglashimiz uchun nutqiy jarayonda undovlarning o‘rni va lingvistik ahamiyati nimadan iborat degan, savolni o‘rtaga qo‘yishimiz lozim. Buning uchun esa, undovlarning matnda qo‘llanilishidagi lingvistik shart- sharoitlarni, birinchi navbatda, ekstralingvistik omillarni ko‘z oldimizga keltirishimizga to‘g‘ri keladi. Darhaqiqat, o‘zbek tilida o‘ziga xos lingvistik xususiyatlarga ega bo‘lgan ushbu so‘zlar turkumining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan ekstralingvistik omillar mavjud. Bu, birinchi navbatda, su’bektning voqelikka munosabati aks etishi jarayonida yuzaga keladigan his-tuyg‘uning ifodalanishi zarurati. Boshqacha qilib aytganda, fikrni ifodalash masalaning bir tomoni bo‘lsa, shu jarayonda yana
inson his-tuyg‘usining ham qo‘shimcha ravishda berilishi ikkinchi tomonidir. Inson his-tuyg‘usi ifodasida ikki maqsad ko‘zda tutilishi mumkin: birinchidan, qalbdagi kechinmani tashqari chiqarish zarurati va, ikkinchidan, tinglovchiga ta’sir o‘tkazish ehtiyoji. Agar mana shu nuqtai nazardan qarasak, undovlarning nutqda paydo bo‘lish sabablari birmuncha oydinlashadi, tilimizda undov sifatida qarab kelinayotgan ayrim elementlarga bo‘lgan munosabat ham aniq bo‘ladi. CHunkilug‘atlarda undov belgisi sifatida berilgan ayrim so‘zlar mushohadatalabdir. Masalan, «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» (O‘TIL)da keltirilgan xe-xe-xe [5] so‘zining undov ekanligi kishida shubha uyg‘otadi. «Xexelagan kulgi tovushini ifodalaydi» tarzida berilgan izohning o‘ziyoq uning taqlidiy so‘z ekanligini ko‘rsatib turibdi. Insonning ichidan otilib chiqayotgan tug‘yonni, his-tuyg‘u ifodasi bo‘lgan so‘z bilan, tabiat va jamiyatdagi narsa- hodisalar obraziga taqlid natijasida yoki boshqa bir sabab bilan yuzaga kelgan elementlar bir-biridan farqlanishi lozim. Ilmiy manbalarda ba’zan ular modal so‘zlar bilan aralashtirib yuborilganlik holatlari ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, «O‘zbek tili grammatikasi», O‘TIL va boshqa manbalarda undov sifatida keltirilgan alyo, allo [I.70,72], allo, assalom alaykum/assalomu alaykum,/salom alaykum/assalom,/vaalaykum assalom/salom; balli, barakalla /barakallo, bas,balli, jim, qani,qoyil, qulluq, labbay [II.480], marhabo, marhamat (II.549), marsh, navzambillo, omonmisiz, ofarin, rahmat, tavba [III.631], tashakkur, ura, xayr, hormang, xo‘p, shukur, esonmisiz, esiz [V.54], o‘lay [V.147], bolani uxlatish ma’nosini beruvchi ma’nosi izohlangan obbo [III.70] kabi so‘zlarning undov ekanligi kishida shubha tug‘diradi. To‘g‘ri, undovlar va modal so‘zlar stilistik vazifasi jihatidan, sub’ektiv munosabat ottenkasi yaqqol sezilib turishi nuqtai nazaridan nutqda ba’zan bir- birlariga mos kelishi mumkin. shunday bo‘lishi qaramasdan, ularni aralashtirib yuborish maqsadga muvofiq emas. Inson nutqi uning muallifining ehtiyojiga bog‘liq holda turli vaziyatlarda turlicha shakllanadi. Ana shu nutqiy vaziyatda sof til vositlaridan tashqari so‘zlovchi his-tuyg‘ularini ro‘yobga chiqarish, ruhiy holatini ifoda etish bilan
bog‘liq bo‘lgan ohang, pauza, jest va mimikalar singari turli ekstralingvistik omillar ham ishtirok etadi va ular lingvistik vositalar yordamida berilayotgan axborotning ta’sirli va mukammal bo‘lishiga ko‘maklashadi. Binobarin, undovlarning yuzaga kelishi ham ana shu ekstralingvistik omillarga bog‘liqdir. Undovlarning stilistik xususiyatlari Har qanday til birliklari singari undovlar ham o‘z lingvistik xususiyatlaridan kelib chiqib, matnda stilistik imkoniyatlarini namoyish eta oladi. Bu qo‘llanishda uch holat ko‘zga tashlanadi. Birinchidan , undov mustaqil qo‘llanishi, o‘zi alohida gap maqomida bo‘lishi va mana shu holatida muayyan semantik va stilistik ma’no ifodalashi mumkin. Ikkinchidan , o‘zi aloqador bo‘lgan so‘zdagi ma’noning reallashuviga xizmat qiladi. Bunday paytda u yonma-yon kelgan so‘z ma’nosiga qo‘shimcha ottenka beradi. Uchinchidan , shunday holatlar borki, undov so‘z ishtirok etmasa, bu yonma-yon kelgan so‘zning ma’nosi reallashmaydi. Masalan, matnda bosh so‘zini Boshim! tarzida ishlatsak, uning ma’nosi tinglovchi uchun mavhum bir holatda turadi. Kichik matnga bog‘liq ravishda boshning og‘riyotganligi haqidagi xabarni ham, boshqa bir mazmunni, masalan, qaering tegdi, degan savolga javob bo‘lishi ham, Qaerlarga urilmagan boshim! gapining qisqargan shakli bo‘lishi ham mumkin. Lekin, voy boshim, deyilganda ma’no aniq – og‘rigan bosh haqida gap borayotganligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Tahlillar shundan dalolat beradiki, nutqda har qanday undovning qo‘llanishida muayyan sub’ektiv baho ko‘zda tutilgan bo‘ladi. SHu ma’noda ularni shartli ravishda dastlab ijobiy va salbiy emotsiya ifodalaydigan yoki boshqa bir so‘zdagi shu ottenkalarni kuchaytirishga xizmat qiladigan undovlar tarzida ikki guruhga ajratish mumkin bo‘ladi: ijobiy: – Ey , muhtaram domla!..– dedi va chetlanib yo‘l berdi (A.Qahhor); salbiy: Voy ilon-ey! Maktabda intelligent bo‘lib yurasan-da, uyingda aksilinqilobiy faoliyat olib borasan! Xex ! (O‘.Xoshimov).
Undovlar anglatadigan ma’nolarni shartli ravishda ikki – ijobiy va salbiy ottenkalarni ifodalaydigan yoki so‘zlardagi ana shu ma’nolarni kuchaytirishga xizmat qiladigan qutbga ajratadigan bo‘lsak, ayrim undovlarning bu har ikki qutbga daxldorligi va ularning oraliq undovlar ekanligi ma’lum bo‘lib qoladi. Masalan, Ah , yomon ish bo‘ptida. Ah , yaxshi ish bo‘ptida! YOki voy undovi bir o‘rinda kesatiq ma’nosini ifodalasa, ikkinchi bir holatda achinishi, kuyinish ma’nlarini ifodalaydi: Voy , tiling chiqib qolipti-ku!- dedi. – Voy qadrdonim, jigarim (Oybek) kabi. Ilmiy manbalarda undovlar yasalmasligi, ammo boshqa so‘zlarning undovlarga o‘tib turishi mumkinligi haqida fikrlar aytilgan: qarang-a, qani… kabi. [O‘zbek tili grammatikasi, 591]. Darhaqiqat, undovlar tarkibida qatnashadigan ayrim so‘zlar mustaqil ma’noga ega bo‘lgan birliklar hisoblanadi. Masalan, darig‘, hasrat, xudo elementlarini olaylik. Ularga vo birligi , o/yo unlilarining qo‘shilishi natijasida undovlar yuzaga keladi: vodarig‘o [I.464], vohasrato [I.470], xudoyo [IV.421] kabi. Birinchi so‘zda kuchli hayajonni ifodalash uchun vo, o elementlari orttirilgan: darig‘-vodarig‘- vodarig‘o. Keyingi ikki so‘zda esa o yoki yo siz sub’ektiv munosabat yuzaga kelmaydi: hasrat-hasrato, xudo-xudoyo kabi.CHunki vodirg‘ deyish mumkin bo‘lgani holda vohasrat, voxudo deyilmaydi. YO razzoq [III.342], yo rab so‘zlari haqida ham shu gaplarni aytish mumkin. O‘l-a [V.147] so‘zidagi o‘l ham undov emas. Unga a qo‘shilishi bilan undov hosil bo‘ladi. Ana shu element tufayli so‘zning talaffuzi va ohangi o‘zgaradi va shunga bog‘liq holda mazmun ham o‘zgaradi. O‘l – buyruq, a qo‘shilishi bilan buyruq ohangi susayadi, uning o‘rnini istak egallaydi – bu kuningdan ko‘ra o‘lganing yaxshi emasmi mazmunidagi gap shakllandi.YOki O‘TILda keltirilgan attang [I.116] ni ham undov deb bo‘lmaydi. Unga qo‘shilgan a undov. Garchi o‘l-a dagi singari so‘zning mazmunini butunlay o‘zgartirib yubormayotgan bo‘lsa ham, attang ni attang-a bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Attang – umuman afsuslanish, attang-a – afsuslanishning su’bektiv ifodasi, kuchli afsuslanish, bo‘lib