Ona tili darsliklarining qiyosiy tahlili
Ona tili darsliklarining qiyosiy tahlili Reja: 1. Dastlabki darsliklar haqida. 2. Ona tili darsliklarining qiyosiy tahlili. 3. Darsliklarda aks etgan kamchiliklar va uning izohi.
XX asrning boshlarida Turkistonda yaratilgan ilk darslik va qo‘llanmalar sifatida Sh.Bekto‘raning “Tatarcha sarf, nahv” , M.Abdulqodirning “Qavoidi lisoni turkiy” (Turk tili qoidalari), “Sarf-i tyurkiy” (Turk tili grammatikasi), Bekir Cho‘ponzodaning “ Къырымтатар илъмий сарфы ” (Qrimtatar tilining ilmiy grammatiksi) kabi asarlar ona tili o‘qitishdagi dastlabki manbalar edi. Chorizm istilosining ilk davrlarida amaliy xarakterdagi qator asarlar, jumladan, M.M.Faxriddinovning “Turkcha qoida” (T.,1913), Elbekning “Bitik yo‘llari” (T., 1919), “Yozuv yo‘llari” (T., 1921), Shorasul Zunnun ning “O‘zbekcha til qoidalari” (T., 1925), Munavvarqori, Qayum Ramazon va Shorasul Zunnunning “O‘zbekcha til saboqlig‘i” (T., 1925) darslik va qo‘llanmalari yaratildi. Lekin Fitratning “O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba” kitobi o‘zbek tilining fonetikasi, morfologiya va sintaksisi izchil yoritilgan grammatika sifatida yuzaga keldi. Ona tili darsliklarining milliy xarakterga ega emasligi, o‘qitishdagi noqulayliklar sababli 20-yillarga kelib, matbuotda Elbek, Qayum Ramazon, Shokirjon Rahimiy, Shorasul Zunnunlarning o‘zbek tilining tovushlar tizimi, morfo-sintaktik hodisalar yuzasidan maqolalari e’lon qilindi. Bu maqolalarni o‘zbek tili tabiatini yoritishga bag‘ishlangan dastlabki tilshunoslik tadqiqotlari deyish mumkin. Jumladan, Fitrat va Q.Ramazonning “Bitim yo‘llari” qo‘llanmasi ham o‘zbek tilshunosligining nazariy masalalariga bag‘ishlangan edi. O‘zbek tili bo‘yicha tuzilgan ilk darsliklarni boshqa til vakillari yozgani uchun ularda o‘zbek tiliga xos hodisalar o‘zga tillar qonuniyatlari asosida izohlangan hamda arab, tatar, turk va rus tillari grammatikalaridan foydalangan. O‘zbek tilini ilmiy o‘rganish Fitratning “Sarf” va “Nahv” asari va u boshchiligidagi “Chig‘atoy gurungi” faoliyatidan boshlangan. Bu davrda ham tilshunoslik terminlari borasida bahslar bo‘lgan. Ba’zi mutaxassislar arabcha, forscha va ruscha terminlarni qo‘llash tarafdori bo‘lsa, boshqalar bunday terminlarni o‘zbekchalashtirishni yoqlaganlar. Ushbu masalaning yechimida Fitrat va Elbekning faoliyati alohida ahamiyatga ega. Hozirgi o‘zbek tilshunosligida unli tovushlar deb yuritiladigan “unli” Fitrat ishlarida cho‘zg‘i termini bilan ifodalangan. Tadqiqotchilar unlilarning cho‘ziqlik belgisiga diqqat qaratgan holda
cho‘zg‘i terminini qo‘llaganlar. Bundan tashqari, Elbekning ilmiy kuzatishlarida tovush harfi, tovushliq terminlari ham ishlatilgan. 1926-yilga kelib hozir ham ishlatilayotgan unli terminini ishlatish rasmiy tus olgan. Ayni paytda, o‘zbek tili ichki imkoniyatlari asosida ham termin yaratishga harakat qilingan. Jumladan, tovushli (tovishli), unsiz (tovushsiz) terminlari keyinchalik o‘zgartirilgan unli va undosh terminlarining dastlabki muqobillari edi. Bu davr terminologiyasida bosim termini ham bo‘lib, «so‘zning bir bo‘g‘inini qattiqroq cho‘zib aytilishidan iboratdir. Bu bizning tilda ko‘proq so‘zning oxirida voqe bo‘ladi». Anglashilganidek, bosim termini ostida hozirgi paytda urg‘u deb yuritilayotgan hodisa ta’riflagan. Bu vaqtda grammatikaning bir bo‘limi bo‘lgan sintaksis termini ham yo‘q edi. «Nahv» grammatikaning bir bo‘limi nomi sifatidagi ilk terminlardan biridir, unda gap, kesim, ega, aniqlovchi, kirish so‘z, qo‘sh nuqta va boshqalar qo‘llangan. Bu darslikda hozir foydalanilmayotgan nahv (sintaksis), kelishkanlik (moslashuv), eksik gap (atov gap) terminlari ham bor. O‘tgan asrning 30-yillarida ta’lim ehtiyojiga ko‘ra yaratilgan ona tili darsliklari, qo‘llanmalari va lug‘atlar orqali o‘zbek tilshunosligi terminlari paydo bo‘la boshladi, bunda Fitrat, Elbek, O.Usmon, B.Avizov, A.G‘ulom kabilar professional mutaxassis sifatida ish olib bordilar. O‘zbek tilshunoslik terminlarining taraqqiyot bosqichlarini shartli ravishda uchga bo‘lish mumkin: 1. Ilk taraqqiyot bosqichi. Bu davr isloh qilingan arab hamda lotin grafikalariga asoslangan yozuv davri 1920-1940-yillarni o‘z ichiga oladi va ona tilidan bir qadar sodda darslik va qo‘llanmalarning yaratilishi hamda tilshunoslik terminlarining hali to‘liq barqarorlashmaganligi bilan xarakterlanadi. 2. Sho‘rolar davri bosqichi – kirill yozuviga o‘tilishi munosabati bilan rus grammatikalariga asoslanib milliy grammatikalar yaratilgan, terminologiya nisbatan barqarorlashgan va 1940-1990-yillarni qamrab olgan davr. 3. Mustaqillik davridagi taraqqiyot bosqichi. Tilshunoslik terminlari shakllanishining ilk bosqichida qo‘llangan terminlar evolyutsiyasida turli holatlarni kuzatish mumkin. Ba’zi terminlar til hodisasining
mohiyatini to‘la va to‘g‘ri qayd eta olmaganligi tufayli iste’moldan chiqqan bo‘lsa, ba’zilari keyinchalik muqobillarining yaratilishida asos bo‘lib xizmat qilgan. Masalan, kelishiklarning alohida kategoriya ekanligi haqida 20-yillar o‘zbek tilshunosligida aniq shakllangan tasavvur bo‘lmagan. Shu sababli ular maxsus yoritilmay, «belgilar» turkumi ichida sanab o‘tilavergan. Hozirgi o‘zbek tilshunosligi terminologiyasida mavjud bo‘lgan kelishiklar deb yuritiluvchi paradigma «Sarf»da qarash belgisi (qaratqich kelishigi), tushma belgisi (tushum kelishigi), borish belgisi (jo‘nalish kelishigi), chiqish belgisi (chiqish kelishigi), o‘rin belgisi (o‘rin-payt kelishigi) terminlari asosida shakllanganiga shubha yo‘q. Bu terminlar hozirgi kunda bir oz o‘zgarishga uchragan bo‘lsa ham, umuman, lisoniy tushuncha mohiyatiga to‘la mos keladi. Ularning quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga, mukammallikka prinsipi asosida shakllanishini nazarda tutadigan bo‘lsak, lisoniy tushunchalarni anglata olish darajasiga ko‘ra tilshunoslik terminlari asta-sekin barqarorlashib borgan. Har bir termin tushunchani nechog‘li ifodalashidan kelib chiqib, dastlab variant sifatida paydo bo‘lgan. Keyinchalik tushunchani to‘liq va aniq anglata olgan terminlar ilmiy muomalada qolgan, boshqalari iste’moldan chiqib ketgan. Buni suffiks – qo‘shimcha, fonema – tovush, so‘z organlari – nutq a’zolari, logik urg‘u – so‘z urg‘usi, egalik kelishigi – qaratqich kelishigi kabi terminlar juftligida ko‘rish mumkin. Tilshunoslik terminlarining shakllanishini kuzatishdan ma’lum bo‘ldiki, morfemika terminlari ham dastlab o‘zlashma terminlar hisobiga shakllangan, keyinroq milliy tilga oid variantlari yuzaga kelgan. Masalan, 30-yillar grammatikalarida so‘z tarkibi tushunchasi so‘z tuzilishi termini bilan ifodalangan va bu termin ostida o‘zak, negiz, qo‘shimcha (pristavka) anglangan. O.Usmon, B.Avizovlar darsligida shu tushunchaga o‘zak, negiz, suffiks, prefiks hodisasi biriktirilgan. 1943-yildan boshlab so‘z tuzumi termini so‘z sostavi termini bilan almashtirildi va bu doiraga o‘zak, negiz tushunchalari kiritildi, qo‘shimcha terminiga yondosh atama – suffiks ham saqlandi. So‘z sostavi, suffiks, prefiks terminlari 60-yillargacha qo‘llandi Tilshunoslik terminlarining shakllanishini kuzatishdan ma’lum bo‘ldiki, morfemika terminlari ham dastlab o‘zlashma terminlar hisobiga shakllangan,
keyinroq milliy tilga oid variantlari yuzaga kelgan. Masalan, 30-yillar grammatikalarida so‘z tarkibi tushunchasi so‘z tuzilishi termini bilan ifodalangan va bu termin ostida o‘zak, negiz, qo‘shimcha (pristavka) anglangan. O.Usmon, B.Avizovlar darsligida shu tushunchaga o‘zak, negiz, suffiks, prefiks hodisasi biriktirilgan. 1943-yildan boshlab so‘z tuzumi termini so‘z sostavi termini bilan almashtirildi va bu doiraga o‘zak, negiz tushunchalari kiritildi, qo‘shimcha terminiga yondosh atama – suffiks ham saqlandi. So‘z sostavi, suffiks, prefiks terminlari 60-yillargacha qo‘llandi. H.Qayumiylarning ham «Sarf» asari chop etildi. Bir yil o‘tib, O.Usmon va B.Avizovlarning darsligi yuzaga keldi va u 1939- yilda qayta nashr qilindi. Umuman, o‘tgan asrning 40-yillarigacha nashr etilgan darsliklarda morfologiya alohida fan sohasi sifatida o‘rganildi, shu orqali grammatik terminlar tizimi shakllandi. O‘sha paytda yaratilgan terminlarning barchasi hozir to‘liq qo‘llanmasa ham, ular keyingi davr terminologik tizimining taraqqiyoti uchun ta’sir ko‘rsatdi. Morfologiyaga oid terminlarning taraqqiyoti va bu yo‘nalishdagi izlanishlar o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlandi. X.Komilova, S.Fuzailov, A.G‘ulomov kabi tilshunoslarning dastlabki tadqiqotlari morfologiyaga bag‘ishlangani bilan ahamiyatlidir. Buning natijasida «Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili» kitobi yaratildi. A.Hojievning «Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati» yuzaga keldi. Fitrat birinchi bo‘lib, «tilimizning belgili qoidalarini» ishlab chiqdi va o‘zbek tili fonetikasi, morfologiyasi hamda sintaksisiga oid tushunchalarni ifodalovchi terminlarni yaratdi. Uning ot so‘z turkumi haqidagi fikrlari tasnif sifatida emas, balki til hodisalari sifatida qayd qilinadi. O‘sha vaqtda ishlatilgan ayrim terminlar hozirgi variantlari bilan taqqoslanganda, tugal gap hozirgi to‘liq gaplarga, eksik gap to‘liqsiz gaplarga, so‘rash gapi – so‘roq gapga, xabar gapi – darak gapga, tilak gap, qayg‘urishli gap va undashli gap esa buyruq gaplarga teng keladi. «Nahv»da o‘nta tinish belgisi ko‘rsatilgan. Ularning qo‘llanishi haqidagi fikrlarda katta tafovut yo‘q. Elbek o‘zbek tilshunosligi terminlarini tartibga solishga kirishgan ilk tadqiqotchilardan biridir. U imloq (taqlidiy so‘zlar), yolg‘ov (affiks), atama, jo‘rnoq (so‘z yaosvchi qo‘shimcha), tirkalgich (qo‘shimcha) kabi terminlarni iste’molga olib kirdi.