logo

Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

46.54296875 KB
Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar.
Reja:
1. Boshlang`ich sinflarda ona tili darslarining turlari.
2.   Ona tili darslariga qo’yilgan talablar.
3.   Ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar. Boshlang’ich   sinflarda   ona   tili   darslarining   turlari.   Ona   tili   darslari
maqsadga ko’ra to’rt tipga ajratiladi: yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash,
o’tilganlarni   takrorlash   va   malaka   hosil   qilish,   bilim   va   malakalarni
umumlashtiruvchi, bilim va malakalarni tekshirish darslari. 
Y angi   mat erialni   o` rgat ish   v a   must ahk amlash   darslari   ta’lim
jarayonining   asosiy   qismini   tashkil   etadi.   Bu   dars   tipining   asosiy
vazifasi tilning fonetik, leksik, so’z yasalish, grammatik tomonlariga oid
qonuniyatlarini,   orfoepiya,   orfografiya ,   punktuatsiya,   uslubiyatga   doir
qoidalarni   o’quvchilarga   o’rgatish   va   ularni   datslabki
mustahkamlashdan   iborat.   Yangi   bilimlarni   o’zlashtirish   jarayonida
quyidagi vazifalar yechiladi: 
-   o’rgatilayotgan   grammatik   bilimlarning   asosiy   maqsadini
anglash, shu bilimlarning nutq faoliyatidagi rolini fahmlash;
- mavzuga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish; 
- o’rganilgan bilimni qayta xotirlash yo’lini, uni amaliyotda qo’llash
usulini egallash.
Yangi   bilimlarni   o’rgatishda   deduksiya   va   induksiya   usulidan
foydalaniladi.   Hozirgi   dastur   va   darsliklarda   yangi   bilimni   asosan
induksiya   usuli   bilan   o’rgatish   ko’zda   tutilgan.   Ma’lumki,   deduksiyaOna tili 
darslari 
turlari	
Takrorlash	
Umum-
lashti rish	
Tekshirish	
Bilim hosil 	
qilish usulida   umumiylikdan   xususiylikka   qarab   boriladi.   Induksiya   usulida
esa   xususiylikdan   umumiylikka   qarab   boriladi.   Yangi   materialni
tushuntirishda   o’quvchilarning   oldin   o’rgangan   bilimlari,   malakalariga
tayanish   o’quv   materialini   puxta   o’zlashtirishga   zamin   hozirlaydi.
O’rgatilayotgan   mavzuga   aloqador   bilimlarni   takrorlash   yangi
bilimlarni ongli idrok etishning asosiy omili hisoblanadi. 
Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari o’z ichida ikki
turga bo’linadi: 
1. O’ tilganlar takrorlangach, yangi o’quv materialini o’rgatish bosqichi
boshlanadigan   dars .   Darsning   bu   turida   o`rgatiladigan   grammatik
orfografik   qoida ,   ta’riflarning   mazmunidan   kelib   chiqib,   mustaqil   ish
o`tkaziladi, topshiriqning natijasi jamoada tekshiriladi, tahlil qilinadi va
unga tayanib o`quv materiali bayon qilinadi. 
2.   Yangi  o’quv   materialini   o’rgatishdan   boshlanadigan  dars .   Bu   dars
o`quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi. O`quvchilar bajargan
topshiriq   va   qoidalar   ustida   suhbat   o`tkaziladi.   O`qituvchi
o`quvchilarning   xulosalariga,   zarur   bo`lsa,   o`zgarishlar   kiritadi   va
yakuniy xulosa chiqaradi. Keyin mustahkamlashga o`tiladi. 
O’t ilganlarni t ak rorlash v a must ahk amlash darslari . Ona tilidan
o’rgatilgan   bilimlarning   puxtaligi,   ko’p   jihatdan,   o’qituvchining
takrorlash darslarini tashkil qilishiga bog’liq. Bunday darslarda o’quvchi
oldin   o’rgatilgan   nazariy   bilimlarga,   grammatik-orfografik   qoidalarga
takroriy   qaytadi.   Mashqlar   ustida   ishlashda   o’quvchi   o’zi   o’rgangan
qoida   asosida   faoliyat   ko`rsatadi.   Takrorlash   darslarida   oldin   idrok
etilgan   bilimlar   qayta   tasavvur   etiladi.   Takrorlash   darslari,   bir tomondan ,   turli   mashqlar   yordamida   o`quvchilarda   o`rgatilgan
materiallar   doirasida   malaka   hosil   qilishiga   qaratilsa,   ikkinchi
tomondan,   o`quvchilarning   bilimlarini   aniqlashtirish,   kengaytirishga
xizmat qiladi. 
Takrorlash   darslari   yangi   materialni   o`rgatish   darslaridan   tubdan
farq   qiladi.   Yangi   materialni   o`rgatish   darslarida   o`quvchilar   anglab
yetmagan,  ular uchun  mavhum  bo`lgan  til  hodisalari ustida  o`tkazilsa,
takrorlash   darslari   esa   o`quvchilar   o`rgatilgan,   ammo   to`lig`icha
o`zlashtirilmagan   qonun-qoidalarga   tayanadi,   o`rganilgan   bilimlarga
rioya qilib faoliyat ko`rsatadi. Takrorlash darslarida ko`proq turli-tuman
mashqlardan   foydalaniladi.   O`rgatilgan   qonun-qoidalarga   oid   til
dalillari  ustida   o`quvchilarning faoliyati  tashkil etiladi.   Bu   dars  tipining
yana bir muhim belgisi o`quvchilarda malaka hosil qilishdir. Takrorlash
darsining   eng   muhim   xususiyati   uning   yangi   materialni   o`rgatish   va
mustahkamlash darslarining davomi, unga bog`lab tashkil etilishidir.
Bilim   v a   malak alarni   umumlasht irish   darslari .   Bunday
darslarda   ma’lum   mavzu   yoki   bo`lim   bo`yicha   o`zlashtirilgan   bilimlar
qayta tizimga keltiriladi, mavzu yoki bo`lim yuzasidan yakuniy xulosalar
chiqariladi. Bunday darslar o`rganilgan bilim, hosil qilingan  malakalarni
tizimga   keltirish ,   o`quvchilarda   ilmiy   dunyoqarashni   shakllantirishning
asosiy   shakli   hisobanadi.   Ta’lim   jarayonida   bilimlar   emipirik   va
tushuncha   darajasida   umumlashtiriladi.   Emipirik   umumlashtirishda
o`rgatilayotgan   hodisaning   his   qilingan   xususiyatlari   o`zaro
taqqoslanadi,   ikkilamchi   bilimlar   hisobga   olinmaydi,   o`xshash   belgilar
umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi.  Tushuncha   darajasida   umumlashtirishda   ma’lum   grammatik
hodisaning   his   qilinayotgan   konkret   belgilari   emas,   balki   uning
umumiy   xususiyatlari   nazarda   tutiladi.   Bunda   asos   qilib   olingan
xususiyat   o`rganilgan   hodisalarning   bir   qanchasi   uchun   mushtarak
hisoblanadi. 
Bilim   v a   malak alarni   t ek shirish   darslari .   Bu   dars   tipi   ona   tili
ta’limining   ajralmas   qismi   hisoblanadi.   Bunday   darslarda
o`quvchilarning   bilim   va   malakalarini   qay   darajada   egallaganliklari
aniqlanadi,  o`tilgan  mavzular bo`yicha  bundan keyin qilinadigan ishlar
belgilab   olinadi,   o`quvchilarga   o`z   bilimlaridagi   yetishmovchiliklar
ko`rsatiladi.   Bunday   darslarga   diktant,   insho   va   bayon   yozdiriladigan
darslar, test sinovi o`tkaziladigan darslar kiradi. 
Ona   tili   darslarining   turlari   uning   didaktik   maqsadiga   ko'ra
belgilanadi,   masalan:   yangi   materialni   o'rganish   darsi,   bilimni
mustahkamlash darsi, umumlashtiruvchi-takrorlash darsi, bilimlarning
qanchalik о‘zlashtirilganini hisobga olish (tekshiruv) darsi va boshqalar.
Har   bir   dars   turi   muayyan   qurilishi   bilan   boshqasidan   farqlanadi.
Darsning didaktik maqsadi, turi va qurilishi o'rtasida ma’lum bog'lanish
mavjud.   Muayyan   bir   darsning   didaktik   maqsadi   o'rganiladigan
mavzuga   va   bu   darsning   darslar   tizimida   tutgan   o'rniga   qarab
belgilanadi. 
O'qituvchi   dasturda   mavzuga   ajratilgan   soatlar   sonini   va
o'rganiladigan materialning xususisiyatlarini hisobga olgan holda, dars
turini   tanlab,   qurilishini   belgilaydi.   Dars   qurilishida   qat’iy   andaza
bo'lishi mumkin emas. Biroq darsda uy vazifasini tekshirish, takrorlash, yangi   materialni   tushuntirish,   mustahkamlash,   uyga   vazifa   berish
bosqichlariga   rioya   qilish   tajribada   o'zini   oqlayapti.   Shunga   qaramay,
bularga   ijodiy   yondashish,   darsning   maqsadi   va   foydalaniladigan
metodik   usullariga   asoslangan   holda,   darsni   qaysi   bosqich   (yangi
materialni   tushuntirish,   mustaqil   ishni   bajartirish   yoki   uy   vazifasini
tekshirish)   dan   boshlashni   o'qituvchining   o'zi   hal   qilib,   bosqichlar
orasidagi   ichki   bog'lanish,   har   bir   bosqichdagi   ishlarning   mazmunini
aniq belgilab olish katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligi kerak. 
Darsning   barcha   bosqichlarini   bir   jarayonga   birlashtirish
o'qituvchidan   yuksak   mahorat   talab   etadi.   Birinchi   sinfdan   boshlab
o'quvchilar   modul   usulida   mustaqil   ishlashga   o'rgatib   borilsa,   keyingi
sinflarda   ham   shu   kabi   darslarni   tashkil   etish   osonlashadi,   chunki
o'quvchilarda bu haqida ko'nikmalar hosil bo'lib boradi. O'qituvchi dars
davomida dam olish daqiqalarini uyushtirishni ham unutmasligi lozim. 
Umumlashtiruvchi   dars   grammatikadan   maxsus   dars   turi
hisoblanadi. Bu darsda biror mavzu yoki bo'limni o'rganish jarayonida
olingan  bilimlar tizimlashtiriladi.  Bu dars ilgarigi darslarda  o'rganilgan
ayrim nazariy m ateriallarni takrorlab bayon qilish darsiga aylanmasligi
uchun   o'rganilganlarni   o'zaro   taqqoslashni   talab   qiladigan   ish
turlaridan foydalaniladi. 
Umumlashtiruvchi   darslar   qurilishiga   ko'ra   xilma-xil   bo'lib,
tajribalarning natijasiga ko'ra, quyidagi varianti ma’qullangan: 
1.   O'rganilgan   grammatik   tushunchaning   mavjud   belgilari
haqidagi bilimlarni tatbiq qilishga qaratilgan mashqlarni ishlash. 
2. Bilimlarni umumlashtirish va tekshirish.  3. Mustaqil ijodiy ishlar.
Boshlang'ich sinf ona t ili darslariga qo’y ilgan t alablar.  
Boshlang'ich   sinf   ona   tili   darslariga   qo’yilgan   muhim   talablardan
biri   o'quvchilar   bilimini   shakllantirish   borasida   ularning   qobiliyatlarini
o'stirish ustida ishlash bilimlarni ongli bo'lishiga erishish, o'quvchilarga
har bir ishni o'ylab bajarishga odatlantirishdir.
Maktabda   amaliy   ishlarning   ahamiyati   o'quvchilar   tomonidan
to'g'ri   baholansa-da,   o'quvchilarning   nazariy   bilimlaridan   amalda
foydalanishga   qiynaladilar.   Yozma   ishlarni   bajarishda   grammatika
qoidalaridan   kam   foydalanadilar.   Aslida   esa   imlo   savodxonlikni
oshirish uchun ko'chirib yozish va amaliy mashqlar muhim o'rin tutadi.
Psixologik   tadqiqodlardan   ma'lum   bo'lishicha,   imlo   savodxonlik
asta-sekinlik  bilan   shakllanadi.  Amaliy  ishlardan  qoidaga  o'tishda   ham
o'zlashtirish   jarayoni   sekinlik   bilan   kechadi.   Dastlab   o'qituvchi
rahbarligida   og'zaki   muhokama   qilinadi.   Asta-sekin   o'quvchilar   o'ylab,
mulohaza   qilib   anglay   boshlaydilar.   Borcha   yozuv   darslarida
o'quvchilarga   to'g'ri   yozish   qoidalarini   ta'kidlab   turish   va   amaliy
ishlarni   bajarish   orqali   ularning   imlo   savodxonliklarini   oshirish
mumkin.
Barcha   ona   tili   darslarida   o'quvchilar   bilishini   va   malaka
qobiliyatlarini   takomillashtirish   maqsadida   oldin   o'tilgan   darslarni
takrorlashga   vaqt   ajratiladi.   Takrorlash   bilimlarni   aniqlashga,   hisobga
olish   va   shu   bilan   bir   vaqtda   mustahkamlashga   yordam   beradi.
Boshlang'ich sinflarda oldin o'tilganlarni takrorlash bilan bir vaqtda va takrorlash jarayonida oz-ozdan yangi bilimlar berib boriladi. Takrorlash
orqali o'quvchilar o'z bilimlarini tartibga soladilar, mustahkamlaydilar.
Ilg'or   tajribali   o'qituvchilar   darslarni   tashkil   etishda   oldin
o'tilganlarni   mustahkamlash,   yangi   bilimlarni   o'zlashtirish   bilan   bir
vaqtda   keyingi   darsda   o'rganiladigan   mavzu   uchun   zamin
tayyorlaydilar.
Hozirgi   zamon   darsi   shundan   iboratki,   o'quvchi,   tinglovchi,
o'qituvchi esa ma'ruzachi bo'lib qolmasligi kerak. Balki o'qituvchi darsni
kuzatib   tartibga   soluvchi   rejissyorga   aylanmog'i   lozim.   O'qituvchi
darsni   shunday   tashkil   etishi   kerakki   hamma   o'quvchi   shu   mavzu
yuzasidan   mustaqil   fikr  yuritsin,   o'z  fikrini  ayta   olsin,   kamchiligi   bo'lsa
o'rtoqlari   va   o'qituvchi   javobidan   kelib   chiqib   to'g'rilay   olsin.   Darsning
xarakter   xususiyatiga   qarab   dars   interfaol   usulda   bo'lishiga   erishishi
lozim.   Darslarda   testlardan   va   tarqatmali   materiallardan   foydalanish
ham yahshi natija beradi.
Maktabda   dars   o'quv-tarbiya   jarayonini   tashkil   qilishning   asosiy
shakli hisoblanadi. Dars ta’lim-tarbiyani amalga oshirishning eng qulay
va eng zarur omilidir. Darsga qo'yiladigan umumiy talablar quyidagilar:
1. Ta’limiy  t alab . Har bir dars o'quvchiga qandaydir bilim berishi 
lozim. Har bir darsning asosiy maqsadi ham shu. 
2. Tarbiy av iy  t alab . Bu har jihatdan komil shaxsni tarbiyalash 
demakdir. 
3.   Didak t ik   t alablar .   Bu   o'qituvchiga   darsni   to'g'ri   tashkil   qilish:
dars maqsadlarini, turini to'g'ri belgilash, darsdagi u yoki bu materialni o'quvchilarga   yetkazib   berish   usullarini   to'g'ri   tanlash,   o'quvchilar
bilimini tekshirish va baholash shakllarini aniqlab olish demakdir. 
4.  Psixologik  t alablar . Bu  talab shuni nazarda tutadiki,  o'qituvchi
o'z   o'quvchilarining   xarakter-xususiyatini   qanchalik   darajada   yaxshi
bilishi   juda   katta   ahamiyatga   ega.   O   'z   o'quvchilarining   psixologik
xususiyatlarini   yaxshi   bilgan   o'qituvchigina   to'laqonli   dars   uyushtirishi
mumkin.
5. Gigiy enik  t alablar . Bu o‘quvchilar salomatligi haqida qayg‘urish
demakdir.   Sinfda   yorug‘lik,   toza   havo   har   doim   yetarli   bo‘lishi   lozim.
Boshqa   fanlar   kabi,   ona   tili   o'qitishning   samaraliligi   darsning   sifatiga
bevosita bog‘liqdir. 
Darsga   qo‘yilgan   umumdidaktik   talablarni   ona   tili   o'rgatishga
tatbiq   qilib,   metodik   aniqliklar   kiritilsa,   ona   tili   darslariga   qo'yilgan
talablar quyidagicha bo'ladi: 
I.   Y angi   bilim   berish,   ularni   nut q   amaliy ot iga   t at biq   et ish   v a
o'quv chilarni   t arbiy alash.   Ona   tili   darsida   o'quvchilarning   o'quv
faoliyatini   tashkil   etishga,   foydalaniladigan   til   materialining   g'oyaviy-
ijtimoiy, estetik va badiiy qimmatli bo'lishiga, tilni o'rganish jarayonida
bolalarda   dunyoqarash   elementlarini   shakllantirishga   alohida
ahamiyat   berish   zarur.   Insonlarga   xos   eng   zaruriy   hamda   hayotiy,
axloqiy   sifatlar   aynan   ona   tili   darslarida   shakllantiriladi.   Aynan   o'zbek
tili   –   ona   tilimizga   muhabbat   va   so'zga   ehtiyotlik   bilan   munosabatni
tarbiyalash   ona   tili   fanining   asosiy   vazifalaridan   biri   sanaladi.   Tilni
o'rganish   jarayonida   leksik-uslubiy   ishlarga   katta   o'rin   beriladi,
xususan,   darsda   kichik   badiiy   asarlar   yoki   soddalashtirilgan   matnlar bilan birga, yuksak badiiy matnlar ustida ishlash asosida tilning leksik,
frazeologik birliklari alohida tahlilga tortiladi. Bunda o'quvchilarga ilmiy
dunyoqarash   asoslarini   shakllantirish   bilan   birga   odob-axloqlilik,
mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodkorlik kabi sifatlarni ham tarbiyalaydi. 
II.   Darsning   aniqligi   v a   ichk i   mant iqiy ligi,   uning   aniq
maqsadga   y o‘nalt irilganligi.   Yangi   material   o'rgatiladigan   darsning
mazmuni va mantiqiy o'rganiladigan til hodisasi hamda lining lingvistik
mohiyatining   bir-biriga   ta’sir   qilishiga   ma’lum   darajada   sabab   bo'ladi.
O'qituvchi   bu   o'zaro   bog'lanishni   bilishi   va   uni   o'quvchilar   bilan   birga
topshiriqlarni   bajarish   davomida   ochib   borishi   muhim.   Agar   dars
grammatik   bilimlarni   mustahkamlash,   orfografik   ko'nikmalarni
shakllantirish   maqsadini  o'z oldiga   qo'ysa,   darsning  mantiqiy  shartlari
asta murakkablashtirib borilgan mashqlar tizimini aks ettiradi. 
Bolalar biror imlo qoidasini yaxshilab bilib, o'rganib olishlari uchun
bir-ikki   mashq   jamoaviy   ravishda   bajariladi.   O'quvchilar   mustaqilligi
oshgach,   mashqni   mustaqil   ishlaydilar.   Darsda   bajarilgan   mashqlar
o'rtasidagi bog'lanishni shakllantiradigan ko'nikmaning xususiyati ham
sabab   bo'ladi.   O'quv   materialining   mavzuga   va   darsning   maqsadiga
mos   bo'lishi   uning   maqsadga   yo'naltirilishini   ta’minlaydi.   Darsda
foydalaniladigan   barcha   o'quv   materiallari,   ko’rgazmali   vositalar   ham
darsning maqsadiga juda mos bo'lishi shart. 
III.   Ona   t ili   darsi   o'quv chilar   nut qi   v a   t afak k urini   o'st irishga
xizmat   qilishi.   Ona   tili   darslari,   avvalo,   o'quvchilarda   o'z   fikrini
grammatik   to'g'ri,   uslubiy   aniq,   izchil   ifodalash   va   boshqalar   fikrini
anglay   olish   ko'nikmasini   shakllantirishga   qaratilishi   lozim.   O’quvchi nutqi   qachon   ravon   bo’ladi,   qachonki   so’zlarning   leksik   ma’nosini
tushinsa,   konteksda   qo’llanilgan   so’zlarning   sema   va   sememalarini
faqrqlay   olsagina   ularda   nutq   shakllanadi,   rivojlanadi,   so’z   boyligi
ma’lum darajada  o’stirilgan  bolalarda  tafakkur  ham shakllanadi.  Nutqi
va tafakkuri shakllangan o’quvchilar:
 ma’lum tushuncha haqida fikrlay oladi;
 o’z fikrini erkin (og’zaki yoki yozma) ifodalaydi;
 so’zlardan ongli ravishda o’rinli foydalanadi;
 o’zgalarning fikrini anglaydi;
 ma’lum matnni tahlil eta oladi.
Ona tili darslarida nutq o'stirish ko'rsatmasi grammatik materialni
o'rgatishda   o'quvchilarning   tilimizdagi   har   bir   so'z   turkumi   yoki   so'z
qismining   rolini   bilib   olishlariga   erishtiradigan   metodik   usullarni
qo'llashni   talab   etadi,   ya’ni   grammatik   nazariya   grammatik   to'g'ri   va
aniq   nutq   malakalarini   shakllantirishga,   anglab,   tushunib   yozish
malakalarini   o'stirishga   amalda   tatbiq   etish   uchun   o'rgatiladi.   Ona   tili
darsi   o'quvchilar   taffakurini   o'stirish   ustida   ishlash   maqsadiga
yo'naltirilganligiga   qarab   baholanadi.   Bunda   muayyan   grammatik   va
imloviy   materialni   o'rganish   jarayonida   shu   materialni   yaxshiroq
o'zlashtirishni   taminlaydigan,   aqliy   faoliyatni   talab   qiladigan
mashqlarni   o'tkazish   tushuniladi.   Masalan,   ,,O'zakdosh   so'zlar"
tushunchasini   shakllantirish   uchun   so'zlarning   leksik   ma’nosi   va
morfemik   tarkibini   taqqoslashni   (ularning   ma’nolarida   umumiylikni  va
ularda bir xil o'zakning mavjudligini) bilish lozim.  O   'quvchilar   tafakkurini   o'stirish   uchun   o'qituvchi   darsga
tayyorlanganda,   vazifa   turlarini   tanlaydi,   darsning   materialini   va   uni
o'zlashtirishda   o'quvchilar   bajaradigan   aqliy   faoliyat   mashqlarini   ham
belgilab   oladi.   O'quvchilarga   beriladigan   nazariy   bilim   tildan   ongli
foydalanish imkonini beradi. 
IV.   N azariy   bilimni   amaliy ot ga   bog’liqligiga   ahamiy at   berish .
Boshlang’ich   sinflarda   nazariy   bilim   elementar   tarzda   bo'lsa   ham,
o'quvchilarning   til   hodisalari   o'rtasidagi   bog'lanishni   bilib   olishiga
e’tibor berish demakdir. O'quvchilar bunday bog'lanishni bilsalar, nima
uchun   shunday?   so'rog'iga   javob   topa   oladilar.   Ona   tili   darslarining
foydali bo'lishiga darsda  og'zaki va  yozma ishlarni maqsadga  muvofiq
o'tkazish, o'quvchilam ing o'quv ishlarini tekshirib, nazorat qilib borish,
o'z  vaqtida   xatolarning  oldini   olish   va   to'g'rilash,   texnika   vositalaridan
foydalanish kabi omillar katta ta ’sir ko'rsatadi. 
Ona t ili darslarida qo’llaniladigan met odlar.
Ona   tili   darslarida   qo`llanadigan   o`qitish   metodlari   nafaqat
bilimlarni   bayon   qilish   yoki   uni   mustahkamlashga   xizmat   qilishi ,   balki
o`quvchilarning   mustaqil   bilim   olishni   ham   hisobga   olish,   ta’lim
jarayoniga   izlanuvchanlik   va   tadqiqotchilik   unsurlarini   qo`shish   orqali
ularni   ijodiy   faoliyatiga   tayyorlash   lozim.   Ana   shu   nuqtai   nazardan
qaraladigan   bo`lsa,   ta’lim   metodlarini   ikki   katta   guruhga   ajratsa
bo`ladi: 
1. O`quvchi faoliyati bilan bog`liq metodlar.
2. O`qituvchi faoliyati bilan bog`liq metodlar. 
O`quvchi faoliyati bilan bog`liq metodlarni: 1) Bilimlarni tayyor holda bayon etish; 
2) Bilimlarini muammoli yo`l bilan bayon qilish metodlariga ajratsa
bo`ladi.   O`quvchi   faoliyati   bilan   bog`liq   metodlar   o`z   navbatida   qayta
xotirlash,   qisman   izlanuvchanlik   va   izlashga   asoslangan   metodlarga
bo`linadi. 
Bilimlarni   t ay y or   holda   bay on   qilish   me t odi .   Bu   metod   ona   tili
darslarida   eng   ko`p   tarqalgan   metodlardan   biridir.   Bilimlarni   tayyor
holda   bayon   qilish   yordamida   murakkabroq,   ayniqsa,   o`quvchilarga
oldindan   ma’lum   bo`lmagan   ma’lumotlar   izohlanadi.   Ko`pincha   til
hodisalarining   mohiyatini   tushuntirish,   o`quvchilar   bilimidagi   bo`sh
tomonlarni   to`ldirish,   qo`shimcha   ma’lumot   berish,   savollarga   javob
qaytarish   maqsadida   bu   metodga   murojaat   qilinadi.   Mazkur   metod
ham ijobiy, ham salbiy tomonlarga ega. Uning ijobiy tomonlaridan biri
vaqtni tejash imkoniyatini tug`diradi. Bu o`z navbatida bilim, malaka va
ko`nikmalarni   mustahkamlash   va   takrorlashga   ajratilgan   vaqt
miqdorini ko`paytiradi. Bilimlarni tayyor holda  bayon  qilishining salbiy
oqibatlaridan   biri   esa   bu   jarayonda   o`quvchining   fikrlash   faoliyatni
ma’lum   darajada   chegaralanishidir.   Ko`p   hollarda   o`quvchi   ta’lim
jarayonining  faqat  tinglovchisiga  aylanib  qolishi  mumkin.  Bayon   qilish
metodidan   foydalanish   uchun   quyidagilarga   amal   qilish   maqsadga
muvofiqdir: 
-   o`qituvchining   nutq   madaniyatiga   e’tiborini   kuchaytirish.
O`qituvchining   nutqi   mantiqiy   talablarga   javob   berishi   shart:   sodda,
mazmunli ,   ifodali,   izchil   nutq   o`quvchilarda   bilimga   nisbatan   kuchli
qiziqish uyg`otadi;  -   o`quv   materialini   qat’iy   bir   reja   asosida   bayon   qilish   (qat’iy   reja
asosida   bayon   qilingan   fikrlarni   o`zlashtirish   o`quvchi   uchun   ancha
qulay): 
-   bilimlarni   tayyor   holda   bayon   qilish,   ishontirish   va   asoslash.
Ishontirish va asoslash o`rgatilayotgan materialga qiziqish uyg`otadi. 
Yuqorida   sanalganlardan   tashqari   til   hodisalarini   sharhlash
maqsadida   keltiriladigan   misollarning   ilmiy,   badiiy   va   tarbiyaviy
yo`nalishda   bo`lishini   ta’minlash,   o`qituvchi   bayoni   bilan   namoyish
etiladigan   vositalarni   bir-biriga   muvofiqlashtirish   o`quvchining   faollik
darajasini oshiradi. 
Bilimlarni   muammoli   yo`l   bilan   bay on   qilish   me t odi .   Ma’lumki,
izlanishga   asoslangan   har   qanday   faoliyat   sermahsul   faoliyatdir.
O`quvchi   til   hodisalarini   tayyor   holda   o`zlashtirmay,   uni   izlasa,   aktiv
ijodiy   faoliyat   ko`rsatsa,   o`zlashtirish   jarayoni   ancha   samarali   bo`ladi.
Muammoli   ta’lim   ana   shunday   izlanish   uchun   yaxshi   imkoniyat
yaratadi.   Bu   metod   shaxs   va   uning   ijtimoiy   faolligini   har   tomonlama
rivojlantirish   vositasi   sifatida   xizmat   qiladi.   Ona   tili   darslarida
muammoli   vaziyat   yaratishning   quyidagi   usullaridan   foydalanish
mumkin: 
1.   Tilga   oid   dalillarni   tahlil   qilish   asosida   muammoli   vaziyat
yaratish.
2.   Til   hodisalarini   qarama-qarshi   qo`yish   va   taqqoslash   asosida
muammoli vaziyat yaratish. 
3.   Til   hodisalarini   umumlashtirish   orqali   muammoli   vaziyat
yaratish. 4.   Berilgan   matning   mazmunidan   kelib   chiqib,   muammoli   vaziyat
yaratish. 
Qay t a   xot irlashga   asoslangan   me t odlar .   Mazkur   metod   o`quvchi
oldida   muayyan   bir   qiyinchilik   yaratmaydi   va   u   tayyor   o`quv   materiali
bilan   ish   ko`radi.   O`rganilgan   ish   hodisalarini   xotirada   tiklash,
topshiriqni to`laligicha muayyan andaza yoki namunaga qarab bajarish
kabi topshiriqlar shunday topshiriqlar sirasiga kiradi. 
Qisman   izlanuvchanlik   me t odi .   Qisman   izlanuvchanlik   metodi
tarkibida   qayta   xotirlash   asosiy   o`rinni   egallaydi.   Chunki   o`quvchi   ona
tilidan   egallangan   bilimlariga   tayanmay   turib ,   uni   yangi   sharoitda
qo`llay olmaydi. Ona tili mashg`ulotlarida bajariladigan qator mustaqil
ish turlari: 
Izlanishga   asoslangan   met odlar .   Izlanish   til   materiallarini   ijodiy
faoliyat   ko`rsatish   yo`li   bilan   o`rgatish   demakdir.   Shubhasiz,   o`quvchi
ona   tili   mashg`ulotlarida   ma’lum   bir   yangilik   kashf   etmaydi,   balki
berilgan   ma’lumot   mazmunini   ijodiy   yo`l   bilan   o`rganadi.   Bu   metod
o`quvchidan oldin o`rgatilganlarni tamoman yangi sharoitda qo`llashni
talab   etadi.   Ona   tili   mashg`ulotlarida   yoziladigan   insholar,   o`qilganNuqtalar o`rniga zarur harflar, kelishik 
qo`shimchalari, so`zlarni topib qo`yish
Ma’lum bir so`zni uning ma’nodoshi, uyadoshi, qarama-
qarshi ma’noli so`z bilan almashtirish
Berilgan tayanch so`zlar yoki so`z birikmalaridan 
foydalanib, gaplar yoki matnlar tuzish o`quvchilardan 
qisman izlanishni talab etadi	. 	
Berilgan gaplar yoki matnlarning mazmunini saqlagan 
holda shaklini o`zgartirish     badiiy asarga taqriz yozish , maqola yozish, ilmiy ma’ruzalar tayyorlash
o`quvchidan   hech   qanday   andaza   yoki   tashqi   yordam   olmasdan
bajariladigan asosiy ishlardir.  Adabiy ot lar ro` y xat i.
1. Uzviylashtirilgan   Davlat   ta’lim   standarti.     –   T.:   Yangiy o` l   poligraf   service,
201 7 .  – 14-79  b.
2. Uzviylashtirilgan o`quv dasturi.   –   T.: Yangiy o` l poligraf service, 201 7 . –  14-
79  b.
3. Qosimova K., Matjonov S., G`ulomova X., Yo`ldosheva Sh., Sariyev Sh.  Ona
tili o`qitish metodikasi.  –T.: Noshir, 2009.  –  163 b.
4. Matchanov S., G`ulomova X., Yo`ld a sheva Sh., A. Nisanbaeva. Ana     tilin
oq ы tu  ә d і stemes і . – T .:  TDPU,  2013.  –    2 7 7   b .
5. Raxmatullaeva L.I. Metodika prepodavaniya rodnogo yazыka   rodnogo yazыka.
–   T.: Uchebnoe  posobie. Moliya Iktisod, 2007.
6. Husanboeva.Q,   Shodiyev.F,   Hazratqulov.M.   Boshlang`ich   sinflarda
adabiyot o`qitish metodikasi. SamDU.2019.332 b.

Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar. Reja: 1. Boshlang`ich sinflarda ona tili darslarining turlari. 2. Ona tili darslariga qo’yilgan talablar. 3. Ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar.

Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarining turlari. Ona tili darslari maqsadga ko’ra to’rt tipga ajratiladi: yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash, o’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtiruvchi, bilim va malakalarni tekshirish darslari. Y angi mat erialni o` rgat ish v a must ahk amlash darslari ta’lim jarayonining asosiy qismini tashkil etadi. Bu dars tipining asosiy vazifasi tilning fonetik, leksik, so’z yasalish, grammatik tomonlariga oid qonuniyatlarini, orfoepiya, orfografiya , punktuatsiya, uslubiyatga doir qoidalarni o’quvchilarga o’rgatish va ularni datslabki mustahkamlashdan iborat. Yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayonida quyidagi vazifalar yechiladi: - o’rgatilayotgan grammatik bilimlarning asosiy maqsadini anglash, shu bilimlarning nutq faoliyatidagi rolini fahmlash; - mavzuga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish; - o’rganilgan bilimni qayta xotirlash yo’lini, uni amaliyotda qo’llash usulini egallash. Yangi bilimlarni o’rgatishda deduksiya va induksiya usulidan foydalaniladi. Hozirgi dastur va darsliklarda yangi bilimni asosan induksiya usuli bilan o’rgatish ko’zda tutilgan. Ma’lumki, deduksiyaOna tili darslari turlari Takrorlash Umum- lashti rish Tekshirish Bilim hosil qilish

usulida umumiylikdan xususiylikka qarab boriladi. Induksiya usulida esa xususiylikdan umumiylikka qarab boriladi. Yangi materialni tushuntirishda o’quvchilarning oldin o’rgangan bilimlari, malakalariga tayanish o’quv materialini puxta o’zlashtirishga zamin hozirlaydi. O’rgatilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni takrorlash yangi bilimlarni ongli idrok etishning asosiy omili hisoblanadi. Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari o’z ichida ikki turga bo’linadi: 1. O’ tilganlar takrorlangach, yangi o’quv materialini o’rgatish bosqichi boshlanadigan dars . Darsning bu turida o`rgatiladigan grammatik orfografik qoida , ta’riflarning mazmunidan kelib chiqib, mustaqil ish o`tkaziladi, topshiriqning natijasi jamoada tekshiriladi, tahlil qilinadi va unga tayanib o`quv materiali bayon qilinadi. 2. Yangi o’quv materialini o’rgatishdan boshlanadigan dars . Bu dars o`quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi. O`quvchilar bajargan topshiriq va qoidalar ustida suhbat o`tkaziladi. O`qituvchi o`quvchilarning xulosalariga, zarur bo`lsa, o`zgarishlar kiritadi va yakuniy xulosa chiqaradi. Keyin mustahkamlashga o`tiladi. O’t ilganlarni t ak rorlash v a must ahk amlash darslari . Ona tilidan o’rgatilgan bilimlarning puxtaligi, ko’p jihatdan, o’qituvchining takrorlash darslarini tashkil qilishiga bog’liq. Bunday darslarda o’quvchi oldin o’rgatilgan nazariy bilimlarga, grammatik-orfografik qoidalarga takroriy qaytadi. Mashqlar ustida ishlashda o’quvchi o’zi o’rgangan qoida asosida faoliyat ko`rsatadi. Takrorlash darslarida oldin idrok etilgan bilimlar qayta tasavvur etiladi. Takrorlash darslari, bir

tomondan , turli mashqlar yordamida o`quvchilarda o`rgatilgan materiallar doirasida malaka hosil qilishiga qaratilsa, ikkinchi tomondan, o`quvchilarning bilimlarini aniqlashtirish, kengaytirishga xizmat qiladi. Takrorlash darslari yangi materialni o`rgatish darslaridan tubdan farq qiladi. Yangi materialni o`rgatish darslarida o`quvchilar anglab yetmagan, ular uchun mavhum bo`lgan til hodisalari ustida o`tkazilsa, takrorlash darslari esa o`quvchilar o`rgatilgan, ammo to`lig`icha o`zlashtirilmagan qonun-qoidalarga tayanadi, o`rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko`rsatadi. Takrorlash darslarida ko`proq turli-tuman mashqlardan foydalaniladi. O`rgatilgan qonun-qoidalarga oid til dalillari ustida o`quvchilarning faoliyati tashkil etiladi. Bu dars tipining yana bir muhim belgisi o`quvchilarda malaka hosil qilishdir. Takrorlash darsining eng muhim xususiyati uning yangi materialni o`rgatish va mustahkamlash darslarining davomi, unga bog`lab tashkil etilishidir. Bilim v a malak alarni umumlasht irish darslari . Bunday darslarda ma’lum mavzu yoki bo`lim bo`yicha o`zlashtirilgan bilimlar qayta tizimga keltiriladi, mavzu yoki bo`lim yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi. Bunday darslar o`rganilgan bilim, hosil qilingan malakalarni tizimga keltirish , o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning asosiy shakli hisobanadi. Ta’lim jarayonida bilimlar emipirik va tushuncha darajasida umumlashtiriladi. Emipirik umumlashtirishda o`rgatilayotgan hodisaning his qilingan xususiyatlari o`zaro taqqoslanadi, ikkilamchi bilimlar hisobga olinmaydi, o`xshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi.

Tushuncha darajasida umumlashtirishda ma’lum grammatik hodisaning his qilinayotgan konkret belgilari emas, balki uning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Bunda asos qilib olingan xususiyat o`rganilgan hodisalarning bir qanchasi uchun mushtarak hisoblanadi. Bilim v a malak alarni t ek shirish darslari . Bu dars tipi ona tili ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday darslarda o`quvchilarning bilim va malakalarini qay darajada egallaganliklari aniqlanadi, o`tilgan mavzular bo`yicha bundan keyin qilinadigan ishlar belgilab olinadi, o`quvchilarga o`z bilimlaridagi yetishmovchiliklar ko`rsatiladi. Bunday darslarga diktant, insho va bayon yozdiriladigan darslar, test sinovi o`tkaziladigan darslar kiradi. Ona tili darslarining turlari uning didaktik maqsadiga ko'ra belgilanadi, masalan: yangi materialni o'rganish darsi, bilimni mustahkamlash darsi, umumlashtiruvchi-takrorlash darsi, bilimlarning qanchalik о‘zlashtirilganini hisobga olish (tekshiruv) darsi va boshqalar. Har bir dars turi muayyan qurilishi bilan boshqasidan farqlanadi. Darsning didaktik maqsadi, turi va qurilishi o'rtasida ma’lum bog'lanish mavjud. Muayyan bir darsning didaktik maqsadi o'rganiladigan mavzuga va bu darsning darslar tizimida tutgan o'rniga qarab belgilanadi. O'qituvchi dasturda mavzuga ajratilgan soatlar sonini va o'rganiladigan materialning xususisiyatlarini hisobga olgan holda, dars turini tanlab, qurilishini belgilaydi. Dars qurilishida qat’iy andaza bo'lishi mumkin emas. Biroq darsda uy vazifasini tekshirish, takrorlash,