logo

MORFEMIK VA MORFOLOGIK SATH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.2080078125 KB
MAVZU:  MORFEMIK VA MORFOLOGIK SATH  
Reja :
1.So‘zning morfologik strukturasi. 
2.Morfemika. 
3.So‘z turkumlari haqidagi lingvistik nazariyalar 1.So‘zning morfologik strukturasi. 
Tilda son-sanoqsiz so‘zlar bor. Ularni shu holicha o‘rganib bo‘lmaydi.
Uni faqat turkumlarga ajratish orqaligina hal etish mumkin. Grammatikaning
tarkibiy   qismi   bo‘lgan   morfologiya     so‘z   turkumlari   nazariyasi   haqidagi
ta’limdir. 
So‘zlarni   turkumlarga   ajratish   ularning   kategorial   belgilariga   qarab
amalga oshiriladi.
Bu   muammoni   echish   tarixini   shartli   ravishda   uch   asosiy   bosqichga
ajratish mumkin:
1. Strukturalizmgacha bo‘lgan davr
2. Strukturalizm davri
3. Strukturalizmdan keyingi, ya’ni hozirgi davr.
Birinchisi uch belgiga asoslanagan:
- so‘zlarning leksik ma’nosi.
- so‘zlarning morfologik belgilari, ya’ni so‘zning grammatik shakli.
- so‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasi.
Strukturalistlar   so‘zlarning   distributsiyasini   asosga   olishgan.   Bunda
so‘zning   chap   va   o‘ng   tomondan   aloqaga   kirishish   imkoniyatlari   nazarda
tutiladi.
Charlz   Friz :   (Amerika   strukturalisti)   ingliz   tilida   so‘zning   ma’nosini
bilmasdan,   bu   so‘zni   gapda   tutgan   o‘rniga   qarab,   qaysi   so‘z   turkumiga
kirishini  aniq   aytish   mumkin.   Shu   tarzda  u   to‘rt   mustaqil   so‘z  turkumini  va
o‘n beshta yordamchi so‘z turkumini aniqlagan. 
Bu tavsiyaning qiyinchiliklari:
1.U hamma tillar uchun universal bo‘la olmaydi.
2.Mazmun inkor etiladi. Shakl va mazmun dialektikasi buziladi. 
So‘z turkumlarining kategorial belgilari quyidagilar :
1.So‘z turkuml-ng semantik belgisi. 2.So‘z turk-ng morfologik belgisi.
3.So‘z turkuml-ng sintaktik belgisi.
4.So‘z yasalish belgisi.
So‘z   turkumlarining   semantik   belgisi   deganda,   so‘zlarning   konkret
ma’nolari   emas,   balki   uning   umumlashgan   ma’nosi   nazarda   tutiladi:
predmetlik   –   uy,   yalpiz,   do‘stlik,   quyosh;   harakat   –   chekmoq,   o‘qimoq,
yozmoq .
So‘z   turkumlarining   morfologik   belgisi   deganda,   so‘zga   xos   bo‘lgan
grammatik   kategoriyalar,   shakl   yasovchi,   so‘z   o‘zgartiruvchi   affiksal
morfemalar tushuniladi.
Hamma so‘z turkumlari gapda birday vazifa va miqdorda ishlatilmaydi.
So‘zlarning   gapda   boshqa   so‘zlar   bilan   birika   olish   imkoniyati   ham
sintaktik belgi   hisoblanadi. Bunda semantik belgi asosiy rol o‘ynaydi. Mas.,
predmet,narsa – belgi,sifat –harakat-fe’l   singari. Ana shularga qarab so‘zlar
turkumlarga ajratiladi.
Har bir so‘z turkumining o‘ziga xos yasovchilari bor.
Bu kategorial belgilar so‘z turkumlari nazariyasining birinchi prinsipini
tashkil qiladi . Masalan,  rus  tilida semantik belgi bilan bir qatorda morfologik
belgi   ham   etakchidir.   Xitoy   tillari   oilasiga   kiruvchi   tillarda,   masalan,   xitoy,
vetnam   tillarida   affikslar   yo‘q.   O‘zbek   tilida   morfologik   va   semantik
belgilardan keyin sintaktik belgilar hisobga olinadi.
2. Morfemika.  
Morfemika   so‘zning eng kichik ma’noli   qismlari   haqidagi ta’-limotdir.
By   kichik   kismlar   morfema -   lardir:   ishla,   h ayda   so‘zlaridagi   - la   va   - da
umumiy   tarzda   morfema   deyiladi.   Har   bir   ko‘rinish   esa   morf   sanaladi.
Morfema  morflar   yig‘indisidir. 
Bu   turli   ko‘rinishdagi   qismlar,   morflar,   bir-biriga   nisbatan   allomorf
sanaladi. Bu hol o‘zak morfemalarda ham uchraydi:   to‘zg‘i-to‘zi   (-g‘i va -i), qo‘zg‘a va to‘zg‘i  (-g‘a va -g‘i),  to‘zidi-to‘zg‘idi-to‘zg‘oq ,  to‘zi  va   to‘z ,  qo‘zi
va  qo‘z ,  qazi  va  qaz ,  kuchuk uvladi-bo‘ri ulidi  ( uv  va  u, -la  va - li ). 
Morfema   tarkibiga   ko‘ra   fonemalar   kompleksidan,   ba’zan   bir
fonemadan   iborat   bo‘ladi,   bir   qancha   so‘zlarda   takrorlanadi,   muntazamlik
xarakteriga ega bo‘ladi. 
Morflarning   bir   morfema   sanalishi   (- la   va   - da   affikslarini   eslang)
ularning  ma’no   jihatidangina  emas,   balki   formal  tomondan   (material-tovush
tomonidan)   ham   yaqin-o‘xshash   bo‘lishiga   asoslanadi.   Masalan,   islamoq   va
iskamoq  fe’llaridagi - la  va - ka  yasovchi affikslarining semantik funksiyasi bir
xil, demak, bular  sinonim affikslardir .
Morfemalar   vazifasiga   ko‘ra   so‘z   yasalishiga   ham,   so‘z   o‘zgarishiga
ham aloqador. Affikslarning so‘z     yasovchi affikslar   (derivatsion)    va so‘z
o‘zgartuvchilar (relyasion) tusidagi tasnifi shu holatga asoslanadi:   temir+chi
–   temir+ni   –  temir+ga.  Bunda   –ni,  -ga   affikslari  sintaktik  vazifani  bajaradi.
YOki   uzum   –   uzum+chi,   uzum+zor   kabi   hollarda   yangi   so‘z   hosil   qilish
ma’nosida qo‘llanadi. Bunda affiks leksik   funksiyani   bajaradi.
Har bir tilning yasama so‘zlari shu tildagi so‘z yasash modellari asosida
yaratiladi. Masalan, bajaruvchi shaxs otlarining yasalish modellari: ot (o‘zak-
negiz)   +chi   affiksi   ( kran+chi ),   ot+soz   ( samolyotsoz );   sifatning   ma’lum
turlarini   yasashning   modellarn:   ot+li   ( bolali ),   fe’l+q   ( ochiq );   qo‘shma
otlarning yasalish modellari: ot+ot ( non jiyda, qo‘l arra, qo‘l soat ), sifat+ot
( ko‘k   qarg‘a );   abstrakt   ma’noli   otlarning   yasalish   modellari:   sifat+lik
( yaxshilik,   kattalik ),   ravish+lik   ( tezlik );   natija   otlarining   yasalish   modellari:
fe’l+m ( to‘plam, bog‘lam ), fe’l+n ( tugun, bo‘g‘in )   va   b.
Har bir yasalmaning asosida boshqa so‘z yotadi  va bu yasalish ma’lum
modelga   ko‘ra   biror   yo‘l,   usul   bilan   yuzaga   kelgan   bo‘ladi.   Demak,   har   bir
yasalishda   ikki   elementning   munosabati   bor:   yasashga   asos   bo‘lgan   so‘z   va
yasalib chiqqan so‘z (o‘zak yoki negiz).  Yasalgan so‘z bilan yasovchi so‘z o‘zaro yasalmalik munosabati bilan
bog‘langan   bo‘ladi:   bularning   aloqasi   so‘z   yasash   munosabati   sanaladi.   Bu
elementlar orasidagi semantik aloqa sezilmas holga kelsa, orada so‘z yasash
munosabati   bo‘lmaydi,   yasama   so‘z   tub   so‘zga   aylanadi   ( soddalanish
hodisasi). 
So‘z yasalish strukturasi deganda, shu ikki element orasidagi formal va
semantik   munosabatlarning   yig‘indisini   tushunamiz.   YAsama   so‘zning
ma’nosi   yasovchi   so‘zning   ma’nosiga   asoslanadi:   O‘roq   yasalmasining
ma’nosi   o‘rish   harakati   bilan   asoslanadi   ( motivlanadi ).   Shunga   ko‘ra:
birinchi   element   asoslovchi   ( motivlovchi ),   ikkinchi   element   asoslanuvchi
( motivlanuvchi ),   ikkala   elementning   orasidagi   munosabat   motivatsiya
(motivlash,   asoslash)   munosabati   sanaladi.   Demak,   « motivlangan »   so‘zi
« yasalgan » degan ma’noni talqin qiladi. 
Tub   so‘z   motivga   ega   bo‘lmaganligi-   dan,   u   predmet,   hodisa   va
boshqalarni bevosita anglatadi, yasama so‘z motivlangan so‘z bo‘lib, u vosita
orqali   anglatadi.   Misollar:   tuz,   suv,   taramoq,   oq   –   tuzluq   (tuz   orqali
anglanadi),  suvchi  (suv orqali),  taroq  (tarash harakati orqali),  oqarmoq  (rang-
tus   orqali).   Quyidagi   tara→taroq→   taroqchi→taroqchilik   yasalishlari
birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi yasalishlardan iborat.
  «Bu   so‘z   qanday   yasalgan?»   degan   so‘roq   har   gal   bir   butun,   yaxlit
so‘zni, bir jarayonni ko‘zda tutadi  yaxshilik  ( yaxshi  – yasovchi so‘z,  yaxshilik
– yasalma). Bu affiksatsiya yo‘li bilan yasalishdir. Demak, bu so‘z o‘zak va
affiksning   munosabatga   kirishishi   bilan   hosil   bo‘lgan.   Bunday   yasashni
derivatologiya tekshiradi: o‘zak+affiks yoki negiz+ affiks:  no-tinchlik . Bunda
affiks derivator sanaladi.
3.So‘z   turkumlarining   tasnifi   va   ular   to‘g‘risidagi   nazariyalar.   So‘z
turkumlari   nazariyasining   ikkinchi   prinsipi   –   so‘zlarni   turkumlarga   ajratish prinsipidir.   Bu   ham   birinchi   prinsipga   asoslanadi.   So‘z   turkumlari   dastlab
ikki katta guruhga bo‘linadi:  mustaqil so‘zlar  va yordamchi so‘zlar .
Mustaqil   so‘zlar   ma’lum   tushuncha   ifoda   qilib,   biror   predmet,   belgi,
harakat   nomini   ataydi,   gapda   biror   gap   bo‘lagi   bo‘lib   keladi.   YOrdamchi
so‘zlar   tushuncha   ifoda   etmaydi,   ular   faqat   grammatik   ma’no   ifoda   qilib,
gapda   so‘zning   o‘zaro   munosabatini   o‘rganishga   xizmat   qiladi.   Bularning
ba’zilari so‘zlarning analitik formasini hosil qiladi. (mas.,   uyga qadar, ukam
uchun, aytib ko‘r ).
Mustaqil   so‘zlar   ichida   olmoshlar   bir   qancha   xususiyati   bilan   farq
qiladi. Ular narsa va predmetlarni bevosita atamay, bilvosita anglatadi. Ularni
odatda faqat vazifasiga qarab turkumlaydi.
So‘zlarni   turkumlarga   ajratishda   eng   avvalo   so‘z   –   nomlar   ko‘zda
tutiladi. Ot va fe’l asosiy so‘z turkumlaridir.
Ot semantik jihatdan predmetlik tushunchasini ifoda qiladi. Morfologik
jihatdan egalik, kelishik, son kategoriyalariga, kichraytirish, erkalash, hurmat
kabi formalarga ega. Sintaktik jihatdan gapda ega, kesim va ikkinchi darajali
bo‘lak   bo‘lib   kela   oladi.   So‘z   yasalishi   jihatdan   turli   tip   va   modellarga   ega.
Fe’l semantik belgisiga ko‘ra ish-harakat va holatni ifoda qiladi. Morfologik
jihatdan   zamon,   nisbat,   bo‘lishli-bo‘lishsizlik,   shaxs-son   kabi   grammatik
kategoriyalarga   ega.   Sintaktik   jihatdan   fe’l   -   kesim   uchun   eng   mos   turkum.
So‘z yasalishiga ko‘ra turli so‘z yasalish tiplari va modellari mavjud.
So‘z-nomlarga   sifat,   son,   ravishlar   ham   kiradi.   Bular   semantik,
morfologik, sintaktik so‘z yasalish belgilariga ko‘ra o‘zaro farq qiladi.
YOrdamchi   so‘zlarga   ko‘makchi,   predlog,   bog‘lovchi,   artikllar   kiradi.
Bulardan tashqari modal va taqlid so‘zlar ham ajratiladi.
Mustaqil so‘zlar:  ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish; yordamchi so‘zlar:
ko‘makchi, predlog, bog‘lovchi, artekl kabilar. Turli   tillarda   so‘z   turkumlarining   mavjudligi   ularning   universal
ekanligidan dalolat beradi.
So‘z turkumlari turli tillarda umumiylikdan tashqari, har bir tilda o‘ziga
xos grammatik shakllarga ega bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Mirziyoev Sh.   Buyuk kelajagimizni   m ard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz.   – T oshkent : O‘zbekiston .  2017.
2.Mirziyoev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   –   Toshkent:   O‘zbekiston,
2017.
 
3. Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.
4. Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш. -Тошкент, 2009.
5. Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. - Т oshkent, 2013.
6. Тилшунослик   назарияси   ва   методологияси.   Тузувчи:   Ҳ.
Дадабоев. –Тошкент, 2004.
7. Х olmanova Z. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2007.

MAVZU: MORFEMIK VA MORFOLOGIK SATH Reja : 1.So‘zning morfologik strukturasi. 2.Morfemika. 3.So‘z turkumlari haqidagi lingvistik nazariyalar

1.So‘zning morfologik strukturasi. Tilda son-sanoqsiz so‘zlar bor. Ularni shu holicha o‘rganib bo‘lmaydi. Uni faqat turkumlarga ajratish orqaligina hal etish mumkin. Grammatikaning tarkibiy qismi bo‘lgan morfologiya so‘z turkumlari nazariyasi haqidagi ta’limdir. So‘zlarni turkumlarga ajratish ularning kategorial belgilariga qarab amalga oshiriladi. Bu muammoni echish tarixini shartli ravishda uch asosiy bosqichga ajratish mumkin: 1. Strukturalizmgacha bo‘lgan davr 2. Strukturalizm davri 3. Strukturalizmdan keyingi, ya’ni hozirgi davr. Birinchisi uch belgiga asoslanagan: - so‘zlarning leksik ma’nosi. - so‘zlarning morfologik belgilari, ya’ni so‘zning grammatik shakli. - so‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasi. Strukturalistlar so‘zlarning distributsiyasini asosga olishgan. Bunda so‘zning chap va o‘ng tomondan aloqaga kirishish imkoniyatlari nazarda tutiladi. Charlz Friz : (Amerika strukturalisti) ingliz tilida so‘zning ma’nosini bilmasdan, bu so‘zni gapda tutgan o‘rniga qarab, qaysi so‘z turkumiga kirishini aniq aytish mumkin. Shu tarzda u to‘rt mustaqil so‘z turkumini va o‘n beshta yordamchi so‘z turkumini aniqlagan. Bu tavsiyaning qiyinchiliklari: 1.U hamma tillar uchun universal bo‘la olmaydi. 2.Mazmun inkor etiladi. Shakl va mazmun dialektikasi buziladi. So‘z turkumlarining kategorial belgilari quyidagilar : 1.So‘z turkuml-ng semantik belgisi.

2.So‘z turk-ng morfologik belgisi. 3.So‘z turkuml-ng sintaktik belgisi. 4.So‘z yasalish belgisi. So‘z turkumlarining semantik belgisi deganda, so‘zlarning konkret ma’nolari emas, balki uning umumlashgan ma’nosi nazarda tutiladi: predmetlik – uy, yalpiz, do‘stlik, quyosh; harakat – chekmoq, o‘qimoq, yozmoq . So‘z turkumlarining morfologik belgisi deganda, so‘zga xos bo‘lgan grammatik kategoriyalar, shakl yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi affiksal morfemalar tushuniladi. Hamma so‘z turkumlari gapda birday vazifa va miqdorda ishlatilmaydi. So‘zlarning gapda boshqa so‘zlar bilan birika olish imkoniyati ham sintaktik belgi hisoblanadi. Bunda semantik belgi asosiy rol o‘ynaydi. Mas., predmet,narsa – belgi,sifat –harakat-fe’l singari. Ana shularga qarab so‘zlar turkumlarga ajratiladi. Har bir so‘z turkumining o‘ziga xos yasovchilari bor. Bu kategorial belgilar so‘z turkumlari nazariyasining birinchi prinsipini tashkil qiladi . Masalan, rus tilida semantik belgi bilan bir qatorda morfologik belgi ham etakchidir. Xitoy tillari oilasiga kiruvchi tillarda, masalan, xitoy, vetnam tillarida affikslar yo‘q. O‘zbek tilida morfologik va semantik belgilardan keyin sintaktik belgilar hisobga olinadi. 2. Morfemika. Morfemika so‘zning eng kichik ma’noli qismlari haqidagi ta’-limotdir. By kichik kismlar morfema - lardir: ishla, h ayda so‘zlaridagi - la va - da umumiy tarzda morfema deyiladi. Har bir ko‘rinish esa morf sanaladi. Morfema morflar yig‘indisidir. Bu turli ko‘rinishdagi qismlar, morflar, bir-biriga nisbatan allomorf sanaladi. Bu hol o‘zak morfemalarda ham uchraydi: to‘zg‘i-to‘zi (-g‘i va -i),

qo‘zg‘a va to‘zg‘i (-g‘a va -g‘i), to‘zidi-to‘zg‘idi-to‘zg‘oq , to‘zi va to‘z , qo‘zi va qo‘z , qazi va qaz , kuchuk uvladi-bo‘ri ulidi ( uv va u, -la va - li ). Morfema tarkibiga ko‘ra fonemalar kompleksidan, ba’zan bir fonemadan iborat bo‘ladi, bir qancha so‘zlarda takrorlanadi, muntazamlik xarakteriga ega bo‘ladi. Morflarning bir morfema sanalishi (- la va - da affikslarini eslang) ularning ma’no jihatidangina emas, balki formal tomondan (material-tovush tomonidan) ham yaqin-o‘xshash bo‘lishiga asoslanadi. Masalan, islamoq va iskamoq fe’llaridagi - la va - ka yasovchi affikslarining semantik funksiyasi bir xil, demak, bular sinonim affikslardir . Morfemalar vazifasiga ko‘ra so‘z yasalishiga ham, so‘z o‘zgarishiga ham aloqador. Affikslarning so‘z yasovchi affikslar (derivatsion) va so‘z o‘zgartuvchilar (relyasion) tusidagi tasnifi shu holatga asoslanadi: temir+chi – temir+ni – temir+ga. Bunda –ni, -ga affikslari sintaktik vazifani bajaradi. YOki uzum – uzum+chi, uzum+zor kabi hollarda yangi so‘z hosil qilish ma’nosida qo‘llanadi. Bunda affiks leksik funksiyani bajaradi. Har bir tilning yasama so‘zlari shu tildagi so‘z yasash modellari asosida yaratiladi. Masalan, bajaruvchi shaxs otlarining yasalish modellari: ot (o‘zak- negiz) +chi affiksi ( kran+chi ), ot+soz ( samolyotsoz ); sifatning ma’lum turlarini yasashning modellarn: ot+li ( bolali ), fe’l+q ( ochiq ); qo‘shma otlarning yasalish modellari: ot+ot ( non jiyda, qo‘l arra, qo‘l soat ), sifat+ot ( ko‘k qarg‘a ); abstrakt ma’noli otlarning yasalish modellari: sifat+lik ( yaxshilik, kattalik ), ravish+lik ( tezlik ); natija otlarining yasalish modellari: fe’l+m ( to‘plam, bog‘lam ), fe’l+n ( tugun, bo‘g‘in ) va b. Har bir yasalmaning asosida boshqa so‘z yotadi va bu yasalish ma’lum modelga ko‘ra biror yo‘l, usul bilan yuzaga kelgan bo‘ladi. Demak, har bir yasalishda ikki elementning munosabati bor: yasashga asos bo‘lgan so‘z va yasalib chiqqan so‘z (o‘zak yoki negiz).

Yasalgan so‘z bilan yasovchi so‘z o‘zaro yasalmalik munosabati bilan bog‘langan bo‘ladi: bularning aloqasi so‘z yasash munosabati sanaladi. Bu elementlar orasidagi semantik aloqa sezilmas holga kelsa, orada so‘z yasash munosabati bo‘lmaydi, yasama so‘z tub so‘zga aylanadi ( soddalanish hodisasi). So‘z yasalish strukturasi deganda, shu ikki element orasidagi formal va semantik munosabatlarning yig‘indisini tushunamiz. YAsama so‘zning ma’nosi yasovchi so‘zning ma’nosiga asoslanadi: O‘roq yasalmasining ma’nosi o‘rish harakati bilan asoslanadi ( motivlanadi ). Shunga ko‘ra: birinchi element asoslovchi ( motivlovchi ), ikkinchi element asoslanuvchi ( motivlanuvchi ), ikkala elementning orasidagi munosabat motivatsiya (motivlash, asoslash) munosabati sanaladi. Demak, « motivlangan » so‘zi « yasalgan » degan ma’noni talqin qiladi. Tub so‘z motivga ega bo‘lmaganligi- dan, u predmet, hodisa va boshqalarni bevosita anglatadi, yasama so‘z motivlangan so‘z bo‘lib, u vosita orqali anglatadi. Misollar: tuz, suv, taramoq, oq – tuzluq (tuz orqali anglanadi), suvchi (suv orqali), taroq (tarash harakati orqali), oqarmoq (rang- tus orqali). Quyidagi tara→taroq→ taroqchi→taroqchilik yasalishlari birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi yasalishlardan iborat. «Bu so‘z qanday yasalgan?» degan so‘roq har gal bir butun, yaxlit so‘zni, bir jarayonni ko‘zda tutadi yaxshilik ( yaxshi – yasovchi so‘z, yaxshilik – yasalma). Bu affiksatsiya yo‘li bilan yasalishdir. Demak, bu so‘z o‘zak va affiksning munosabatga kirishishi bilan hosil bo‘lgan. Bunday yasashni derivatologiya tekshiradi: o‘zak+affiks yoki negiz+ affiks: no-tinchlik . Bunda affiks derivator sanaladi. 3.So‘z turkumlarining tasnifi va ular to‘g‘risidagi nazariyalar. So‘z turkumlari nazariyasining ikkinchi prinsipi – so‘zlarni turkumlarga ajratish