LEKSIK SATH. LUG‘AT TARKIBI.
MAVZU: LEKSIK SATH. LUG‘AT TARKIBI . Reja : 1. Leksika va leksikologiya haqida umumiy tushuncha. 2. So‘z va uning ta’rifi. Til qurilishida so‘zning o‘rni. 3. So‘zning tovush va ma’no tomonlari. Uning tushuncha bilan aloqasi. 4. Semasiologiya – so‘z va iboralarning ma’nolarini o‘rganuvchi soha. 5. So‘z va uning ma’nosi. 6. So‘z ma’nolari o‘rtasidagi munosabatlar. 7. Omonimlar va ularning turlari. 8. Sinonimlar va ularning tiplari. 9. Antonimlar. 10. Tabu va evfemizmlar.
1. Leksika va leksikologiya haqida umumiy tushuncha. So‘z tilning asosiy va markaziy birligi. Leksika – lug‘at tarkibi. Tilshunoslik fanining til leksikasini o‘rganuvchi bo‘limi leksikologiya (grekcha lexis-«so‘z» va logos-«ta’limot») deyiladi. Tilning lug‘at tarkibiga aloqador barcha birliklar (mas., so‘zlar, frazeologizmlar) lug‘aviy birliklar deyiladi. Ular tematik turlar ga bo‘linadi. Leksik ma’no umumlashtirish xususiyatiga egadir. Leksikologiyada so‘zlar quyidagi xususiyatlari bo‘yicha o‘rganiladi: 1. So‘zning semantik qurilishi. 2. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatlari. 3. Leksikadagi so‘zlarning o‘z yoki o‘zlashgan so‘z ekanligi. 4. Qo‘llanishiga ko‘ra so‘zlarning umumiy yoki chegaralanganligi. 5. Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi. 6. So‘zlarning emotsional-ekspressiv bo‘yoq yoki uslubga munosabati. O‘zbek tilidagi lug‘aviy birliklarning tematik turlar i: Semasiologiya leksik birliklarining semantik qurilishini, ya’ni u tilning barcha ma’no anglatuvchi birliklarini o‘rganadi. Leksikografiya tilshunoslikning lug‘at tuzish ishi bilan, uning nazariy masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidir. Onomasiologiya narsa va hodisa- larga nom berish jarayonini qamrab oladi. Onomastika atoqli otlarni o‘rganadigan fan: antroponimika toponimika , etnonimika dan tarkib topadi. Etimologiya so‘zlarning kelib chiqishi masalalari bilan shug‘ullanadi. Atama ikki ma’noda ishlatiladi: so‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi sohasi; biror so‘zning birinchi asl ma’nosi va shakli ma’nosida. Biror so‘zning kelib chiqishini aniqlashda shu so‘z qardosh tillardagi
so‘zlarning tovush qurilishi va ma’nolari bilan qiyoslanadi. Misollar: arxitektor-quruvchi-haykal quruvchi va binoning loyihasini chizuvchi. Tilshunoslikning frazeologizmlarni ilmiy tadqiq qiluvchi sohasi frazeologiya deyiladi Frazeologizmlar uch xil bo‘ladi: - frazeologik qo‘shilmalar - frazeologik butunliklar - frazeologik chatishmalar. Tarkibidagi bir so‘z to‘g‘ri, ikkinchi so‘z esa ko‘chma ma’noda bo‘lib birikkan iboralar frazeologik qo‘shilmalar deyiladi: hordiq chiqarmoq, so‘zida turmoq, holdan toymoq kabi. Tarkibidagi so‘zlarning ma’nosi va grammatik jihati birikib, umumiy ko‘chma ma’no beruvchi iboralar frazeologik butunliklar deb ataladi: ko‘kka ko‘tarmoq-maqtamoq, eti suyagiga yopishgan-ozg‘in kabi. Tarkibidagi so‘zlarning ma’nolari bilan ibora ifoda etgan ma’no o‘rtasida hech qanday leksik aloqa sezilmagan frazeologizmlar frazeologik chatishmalar deyiladi: sichqonning ini ming tanga bo‘lmoq, oyog‘ini tirab olmoq kabi. Xuddi leksikada bo‘lgani kabi, frazeologiyada ham omonimiya , sinonimiya , antonimiya kabi hodisalar mavjud. Terminologiya fan, texnika, adabiyot, san’at va madaniyatga oid tushunchalarni ifoda etuvchi so‘zlarni o‘rganadi. Terminlar bir ma’noli bo‘ladi. Har bir fanning o‘z terminlar tizimi mavjud. Kelib chiqishi: ichki resurslar, boshqa tillar. Ayrim terminlar ular ifodalaydigan tushuncha va jismning nomi bilan butunlay bog‘lanmaydi. Mas., gagarinit, iravdit .
Har bir fan va texnika sohasiga tegishli alohida terminologik lug‘atlar mavjud. Leksikologiya 2 turga: sinxronik (zamonaviy) va diaxronik (tarixiy) leksikologiyaga ajratiladi. Tavsifiy leksikologiya va qiyosiy leksikologiya . 2. So‘z va uning ta’rifi. Til qurilishida so‘zning o‘rni. So‘z borliqdagi hodisa va narsalarning ma’nosini ifoda etuvchi, grammatik jihatdan shakllangan va jamiyat a’zolari tomonidan bir xil tushuniladigan, tovush shaklida ifodalangan mustaqil va markaziy til birligidir. So‘z shakl (tovush shakli) va mazmun birligiga ega bo‘lib, semantik va grammatik yaxlitlikni o‘zida mujassamlashtiruvchi birlikdir. U to‘rt bosqichda tahlil etiladi: a) fonologik; b) morfologik; v) leksik; g) semantik tomondan tadqiq etiladi. 3. So‘zning tovush va ma’no tomonlari. Uning tushuncha bilan aloqasi. So‘zni tashkil etuvchi tovushlar predmetning qiyofasi bo‘lmay, uning ishorasidir. Unga odamlar tashqari dan o‘z hohish irodalariga qarab ta’sir o‘tkaza olmaydilar. Golovin B.A.: «Kishilarnig ongida ham so‘zning, ham narsaning fizik va moddiy tuzilishi aks etadi. Demak, narsa bilan so‘zning qiyofasi bizning ongimizda birlashib bir butunlikni tashkil etadi». So‘zning fizik qiyofasi bilan u anglatgan narsaning fizik qiyofasi o‘rtasidagi bog‘lanish birligini ma’no deb ataymiz. Demak, ma’no borliqdagi predmetni aks ettiradi, so‘zning moddiy tomoni esa predmetning ishorasi bo‘lib xizmat qiladi . So‘zning ma’nosini signifikat atamasi bilan so‘z anglatayotgan hodisani esa denotat atamasi orqali ifodalanadi.
SHunday qilib, so‘zlar bir-biri bilan bog‘langan uch jihat: shakl , narsa (hodisa) va mazmun dan tashkil topadi. So‘z va u atagan narsa o‘rtasida bevosita bog‘lanish yo‘q. Hozirgi zamon fanining xulosasi shu. Qadimgi YUnonistondagi oqimlar - anologistlar bor degan, anomalistlar - yo‘q degan. So‘z va tushuncha . So‘zning aytilishi bilan predmet yoki hodisa o‘rtasidagi bog‘lanish uning ma’nosini yuzaga chiqaradi. So‘zning predmet va tushuncha bilan bog‘lanishini shartli ravishda qaramoq zarur. hamma so‘zlar nominativ funksiyaga ega emas. So‘z biror tushuncha, predmet, hodisa yoki belgini ifodalay oladi. Lekin so‘z tushuncha va predmetning aynan o‘ziga hech to‘g‘ri kelmaydi. So‘zni boshqa so‘zlardan farqlay oluvchi ma’no leksik ma’no deyiladi. O‘z leksik ma’nosidan tashqari predmetlik va harakat ma’nolarini ifoda qilinishi grammatik ma’nosidir . Grammatik ma’no qo‘shimcha ma’nodir. So‘zning material tomoni uning belgisi deb qaraladi. Til esa ana shunday belgilarning alohida tizimidir. Tilning mazmun planida so‘zning asosiy ma’nosi semema termini bilan ataladi, ifoda planida esa leksema deb yuritiladi. Masalan, bormoq, yurmoq, chopmoq, kelmoq, qadam bosmoq so‘zlari turli leksemalar bo‘lib, « harakat qilmoq »ni ko‘rsatuvchi bir sememaga birlashadi. Ammo bu so‘zlarning har biri alohida sema siga ega. Semalar bir so‘zning ma’nosini boshqa so‘zlardan farqlash uchun xizmat qiladi . Semalar nutq jarayonida oydinlashadi. 4. Semasiologiya – so‘z va iboralarning ma’nolarini o‘rganuvchi soha. So‘zning semantik qurilishi va u bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchi soha semasiologiya deyiladi.