logo

LEKSEMALARARO LISONIY ZIDDIYATLAR VA LEKSIK PARADIGMA

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.607421875 KB
LEKSEMALARARO LISONIY ZIDDIYATLAR VA LEKSIK
PARADIGMA
Reja:
1. Lisoniy ziddiyatlar va ularning turlari. 
2. Leksik sathda lisoniy ziddiyatlarning namoyon bo lishi.ʻ
 3. Leksik paradigma, leksik-semantik munosabatlar va ularning turlari. Sinonimiya.   Shaklan   har   xil,   ammo   bir   tushunchani   turli   bo‘yoq   va   ottenka
tusi bilan ifodalaydigan leksemalar  sinonim  deyiladi (gr.  synonymos  – “bir nomli”).
Sinonim  leksema  orasidagi  munosabat   sinonimiya   yoki   sinonimik  munosabat   deb
yuritiladi.
Sinonim   leksemalar   sememalaridagi   atash   va   vazifa   semasi   aynan   bir   xil
bo‘lib,   ifoda   semasi   farqlanadi.   Misol   sifatida   yuz   –   bet   –   aft   –   bashara   –   turq
qatorini   keltirish   maqsadga   muvofiq.   Ma’nodoshlik   qatoridagi   mazkur
leksemalarning   barchasida   atash   semalari   bir   xil:   «odam   boshi   old   tomoni»,
«peshonadan   iyakkacha».   Ammo   ifoda   semalari   har   bir   leksemada   o‘ziga   xos.
Aniqrog‘i,   «shaxsiy   munosabat»   har   bir   leksemada   boshqa-boshqa   namoyon
bo‘lgan. U   yuz   leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‘rinishida bo‘lsa,   turq
leksemasida «o‘ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat» tarzida.
Ma’nodoshlik   qatoridagi   leksemalarning   ifoda   semasi   turli-tuman.   Ulardan
ayrimlari quyidagilar:
1) ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat semasi; 
2)   leksemaning   qo‘llanish   davrini   ko‘rsatuvchi   sema:   «eskirgan»,   «yangi»,
«o‘ta yangi», «arxaik», «tarixiy»;
3)   leksemaning   qo‘llanilish   doirasini   ko‘rsatuvchi   sema:   «shevaga   xos»,
«so‘zlashuvga xos», «kitobiy», «ko‘tarinkilik» va h.k.
Ma’nodoshlik   qatoridagi   leksemaning   bittasi   dominanta   (bosh)   leksema
bo‘lib,   boshqalari   shu   leksema   atrofida   birlashadi,   ma’nodoshlik   qurshovi   hosil
qiladi.   Dominanta   leksemaning   yuqorida   sanalgan   barcha   ifoda   semasi   neytral,
betaraf.   Masalan,   katta   –   ulkan   –   bahaybat   sinonimik   qatori   «kitobiylik»,
«ko‘tarinkilik» ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi katta leksemasida
bu   sema   belgilanmagan   (neytral) ,   ulkan   va   katta   leksemalarida   ifodalangan,
oydinlashtirilgan.
Ma’nodoshlik   qatoridagi   dominanta   leksemaning   bir   qancha   o‘ziga   xos
xususiyati bor: 1)   dominanta   leksemaning   mazmuni   boshqa   leksemalarnikiga   nisbatan
«kambag‘alroq»   bo‘ladi.   Qiyoslang:   chiroyli,   go‘zal   va   suluv.   Qatordagi   chiroyli
leksemasida  go‘zal  va  suluv  leksemasidagi ko‘tarinkilik bo‘yog‘i yo‘q; 
2)   dominanta   leksemaning   qo‘llanish   doirasi   va   miqdori   boshqa
ma’nodoshlarnikiga nisbatan keng va ko‘p bo‘ladi;
3)   dominanta   leksema   belgilanmagan   ifoda   semasiga   ega   bo‘lganligi   bois
istalgan vaqtda o‘z ma’nodoshlarini almashtira oladi;
4)   ma’nodoshlik   qatori   mansub   bo‘lgan   katta   tizimga   faqat   dominanta
leksema   kiradi.   Masalan,   «kishi   tanasi   a’zolari»   lug‘aviy   ma’noviy   guruhiga   yuz
dominanta   leksemasi   kirib,   quloq,   burun,   lab,   qosh,   peshona   leksemalari   bilan
paradigma   hosil   qiladi.   Boshqa   ifoda   semasi   belgilangan   leksema   «betaraf»
bo‘lolmaganligi  bois yuqori  paradigmaga kira olmaydi  va uning betaraf  vakili bu
huquqqa ega bo‘la oladi, xolos.
Ma’nodoshlik paradigmasi doimo ochiq. Jamiyat, davr talabi asosida keraksizi
iste’moldan   chiqib,   qator   yangilari   bilan   boyib   boraveradi.   Nutqda   ma’nodoshlik
qatorlari nutqning atash birliklari, iboralar, mustaqil leksema sememalarining turi,
yasama   so‘z,   so‘z   birikmasi,   nutqiy   ko‘chma   so‘z   bilan   to‘lib,   kengayib   boradi.
Bular   kontekstual   sinonim   sifatida   nutqning   go‘zalligi   va   boyligini   ta’minlovchi
vosita sanaladi.
Antonimiya   (gr.   antionymo   –   “zid   nom”)   leksemalar   orasidagi   zidlik
munosabatidir:   katta   –   kichik,   yosh   –   qari,   mitti   –   ulkan,   oq   –   qora   va   hokazo.
Antonim   leksemalarning   umumiy,   birlashtiruvchi   semasi   bilan   bir   qatorda,
qarama-qarshi   semasi   ham   bo‘lishi   lozim.   Masalan,   katta   va   kichik   leksemalari
umumiy – «sifat», «ko‘lam» semasi  bilan birga, qarama-qarshi – «nisbatan ortiq»
( katta )   va   «nisbatan   katta   bo‘lmagan»   ( kichik )   semasiga   ham   ega.   Yoki   qish   –
«yilning   eng   sovuq   fasli»,   yoz   –   «yilning   eng   issiq   fasli»,   kirmoq   –   «ichkariga
harakatlanmoq»,   chiqmoq   –   «tashqariga   harakatlanmoq».   Antonim   leksemalar
asosida   borliqdagi   qarama-qarshi   hodisaning   in’ikosi   bo‘lgan   qarama-qarshi tushuncha yotadi. Antonim leksemalar bir turga kiruvchi giponim leksemalar:  issiq
– sovuq  (harakat),  katta – kichik  (hajm),  erkak – ayol  (jins) va hokazolar.
Antonimlarning mantiqiy asosini ikki tur qarama-qarshilik tashkil etadi: 
a) kontrar qarama-qarshilik; 
b) komplementar qarama-qarshilik.
К ontrar   qarama-qarshilik   –   darajalanuvchi   leksema   qatoridagi   tafovutning
farqlarga,   farqning   ziddiyat,   ya’ni   qarama-qarshilikka   o‘sib   borishi   natijasida
birinchi a’zo bilan oxirgi a’zoning antonimlashuvi. Masalan,  kichik – o‘rta  –  katta ,
yosh   –   o‘smir   –   o‘rta   yosh   –   qari   kabi.   Bunda   kichik   va   katta ,   yosh   va   qari
leksemalari   daraja   qatorining   ikki   qarama-qarshi   qatori   a’zolari   o‘rtasida   ikki
antonim   a’zo   belgilarini   o‘zida   mujassamlashtirgan   bog‘lovchi   bo‘g‘in   bor.
Yuqoridagi   o‘rta   leksemasida   kichik   va   katta   leksemalarining   qarama-qarshiligi
so‘nadi. Demak, leksemalarning kontrar  qarama-qarshiligini  ularning darajalanish
(graduonimik) qatoridan izlash lozim.
К omplementar   antonimiyada   qarama-qarshilik   uchinchi,   oraliq   bo‘g‘insiz
bo‘ladi:  rost – yolg‘on, arzon – qimmat, oson – qiyin .  Bu leksemalar orasida oraliq
uchinchi leksema yo‘q.
Antonimlar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) har xil o‘zakli antonim:  katta  –  kichik ,  kirmoq  –  chiqmoq ,  muhabbat  –
nafrat ;
2) bir   xil   o‘zakli   antonim:   madaniyatli   –   madaniyatsiz ,   aqlli   –   aqlsiz ,
ongli  –  ongsiz .
Graduonimiya   (gr.   gradatio   –   “ko‘tarilish”,   “o‘sish”,   onymo   –   “nom”).
Lug‘aviy   birliklar   o‘zaro   ma’noviy   munosabatiga   ko‘ra   ma’lum   bir   darajalanish
qatorini hosil etishi fanga qadimdan ma’lum va uning eng yorqin namunasi –  o‘rta
so‘zini o‘z ichiga olgan so‘zlar qatori. Masalan:
К atta  –  o‘rta  –  kichik
Yosh  –  o‘rta  –  qari Uzoq  –  o‘rta  –  yaqin
Baland  –  o‘rta  –  past
Uzun  –  o‘rta  –  qisqa .
Ma’lumki   o‘rta   so‘zi bilan ifodalangan belgi-xususiyat tom ma’noda o‘rtalik,
oraliq,   ya’ni   ikki   bir-biriga   zid   belgi   oralig‘idagi   holatni   ko‘rsatadi.   O‘rta
leksemasi   antonimlar   oralig‘idan   o‘rin   olsa,   katta   –   o‘rta   –   kichik   darajalanishi
kam seziladi. Lekin   o‘rta   leksemali birliklarni zid belgi asosida emas, ma’lum bir
belgining kamayishi yoki o‘sishi asosida idrok etilsa, ma’noviy darajalanish yaqqol
anglashiladi.
Darajalanish qatori a’zolari kamida uchta bo‘ladi.
Darajalanish munosabatlari bilan bog‘langan so‘zlar qatorini: 
a) g‘ayrilisoniy asos;
b) sof lisoniy asosga   tayanib ajratish mumkin.
G‘ ayrilisoniy omilning mohiyati shundaki, borliqdagi narsa, belgi-xususiyatda
sifat farqi bilan birga miqdor farqi ham mavjud. Masalan, inson go‘daklik, yoshlik,
navqironlik, yetuklik, qarilik holatini, o‘simlik navnihollik, ko‘chatlik, yetilganlik,
quriganlik davrini boshidan kechiradi – o‘sadi. Tabiatdagi rang va boshqa belgilar
shunchalik xilma-xilki, bo‘yoqchilar birgina qora rangning hatto o‘ndan ortiq turini
ajratadilar. Insonning faol ongi ana shu miqdoriy va sifatiy farqni aks ettiradi. Til
ongning ifodasi  bo‘lganligi  bois  u ongdagi  aks ettirilgan mana shunday  miqdoriy
farqlarni   ham   ifodalashi   lozim.   Bunday   miqdoriy   farq   turli   usul   bilan,   jumladan,
alohida-alohida   leksema   bilan   ham   ifodalanadi.   Chunonchi,   nihol   –   ko‘chat   –
daraxt, ninni – chaqaloq, go‘dak –bola, buzoq – tana – g‘unajin – sigir  kabi.
Graduonimik lug‘aviy qatorni ajratishning lisoniy omili quyidagilar:
a) ma’noviy omil; 
b) so‘zlararo paradigmatik munosabat. Graduonimik   qatorni   ajratishdagi   ma’noviy   omilning   mohiyati   shundaki,   bir
qator   leksemalar   sememasida   ma’lum   bir   belgining   oz-ko‘pligiga,   turli   xil
darajalariga   ishora   mavjud.   Masalan,   darcha   –   eshik   –   darvoza   leksemasining
«O‘zbek tili izohli lug‘ati»dagi izohini kuzataylik:
1. Darcha  – ilgari vaqtlarda deraza vazifasini o‘tagan bir yoki qo‘sh tavaqali,
eshik yoki devorga o‘rnatilgan  kichkina eshikcha  (O‘TIL, I, 212.) 
2. Eshik  – uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishida o‘rnatilgan ochib-yopib
turiladigan moslama (O‘TIL, II, 457).
3.   Darvoza   –   hovli,   qo‘rg‘on,   qal’a,   zavod   va   shu   kabilarga   kiriladigan,
ochib-yopiladigan  katta  eshik, qopqa (O‘TIL, I, 209).
Ajratilgan   so‘zlar   miqdoriy   ko‘rsatkichlarni   ifodalovchi   leksemalardir.   Bu
darcha   leksemasi   izohidagi   kichkina   va   eshikcha   so‘zlari,   darvoza   leksemasi
izohidagi  katta  so‘zi .  
Boshqa bir leksema qatorini olamiz:   gulobi – pushti – qizg‘ish – qizil  – ol –
qirmizi.
Bu leksemalar qayd etilgan lug‘atda quyidagicha izohlangan:
1.  Gulobi  – gulob rangli, pushti (O‘TIL, I, 197).
2.  Pushti  – shaftoli guli rangidagi, och qizil (O‘TIL, II, 608).
3 .   Qizg‘ish   –   qizilga   moyil,   qizilga   yaqin   rangdagi,   qizg‘imtir   (O‘TIL,   II,
573)
4.  Qizil  – qon rangidagi, qirmizi, olvali (O‘TIL, II, 570).
5.  Ol  – qizil, qirmizi (O‘TIL, II, 529).
6.  Qirmizi  – qizil rangli, qizil, ol (O‘TIL, II,581).
Bu   tavsif,   albatta,   mukammal   emas.   Chunki   ular   o‘zining   graduonimik
tizimidan   uzib   tavsiflangan.   Agar   ular   bir   sistema   a’zolari   sifatida   tahlil   etilsa,
quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishar edi:
1.  Gulobi  – gulob rangli, oqdan qizillikka, pushtiga moyil bo‘yoqli rang. 2.  Pushti  – shaftoli guli rangidagi, och qizil, gulobidan to‘qroq.
3.  Qizg‘ish  – pushtidan to‘qroq, qizildan ochroq, qizg‘imtir rang.
4.  Qizil  – qon rang.
5.  Ol –  qizildan to‘qroq rang.
6.  Qirmizi  – to‘q qizil rang.
Bu   leksemalar   denotativ   ma’nolaridagi   rangning   miqdoriy   semasi   asosida
quyidagicha darajalanadi:
« qizillik »
                                                                                    
 -3              -2              -1                 0                  1                   2
gulobi      pushti      qizg‘ish        qizil                  ol              qirmizi
Demak,   lug‘aviy   graduonimik   qatorni   ajratish   uchun   ma’noviy   omil   o‘zaro
yaqin tushunchani ifodalovchilar sirasidagi har bir leksemada ma’lum bir belgining
turlicha   darajalanishiga   ishora   mavjudligida   namoyon   bo‘ladi.   Shu   asosda
ma’noviy omilning o‘zi ikki turga bo‘linadi:
1) bir-biriga yaqin va o‘xshash tushunchani ifodalashi;
2) ayni bir belgining turli xil miqdoriga ishora qilishi.
Graduonimik   qator   lug‘aviy   paradigmaga   qo‘yiladigan   quyidagi   talabning
barchasiga javob berdi:
1)   lug‘aviy   paradigmaning   bitta   yetakchi   leksema   (dominanta)   atrofida
birlashishi;
2) lug‘aviy paradigmaning ochiqligi;
3)   lug‘aviy   paradigmaning   boshqa   kattaroq   paradigma   tarkibiga   yetakchi
leksema bilangina kirishi; 4)   lug‘aviy   paradigmadagi   qurshov   leksemaning   dominant   leksema   bilan
osonlikcha almashtirila olishi.
Demak,   leksemalararo   lisoniy   munosabat   sanaluvchi   graduonimiya   hodisasi
bir   necha   leksemaning   ma’lum   bir   belgining   oz-ko‘pligiga   qarab,   lug‘aviy
ma’noviy qatorda, tizimda namoyon bo‘lishi bo‘lib, bunda dominanta va qurshov
leksema farqlanadi.
Lug‘aviy graduonimik qatorda dialektikaning eng umumiy qonunlari mavjud:
a) graduonimik qatorda belgining darajalanib, oshib yoki  kengayib borishida
miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishi qonuni tajallilanadi;
b)   graduonimik   zanjirning   ikki   chekka   uchi   ma’lum   bir   belgining   tasdig‘i
bilan birga, bir-birini inkor etishida inkorni inkor qonuni namoyon bo‘ladi;
d) bir-birini inkor etuvchi (antonimik munosabatda turgan) leksemalarning bir
yetakchi   leksema   (dominanta)   atrofida   birlashib,   bir   lug‘aviy   ma’noviy   qatorni   –
paradigmani, butunlikni tashkil etishda qarama-qarshilik birligi va kurashi  qonuni
voqelanadi. 
Giponimiya .   Leksemalararo   semantik   munosabatning   yana   bir   turi
giponimiya (aniqrog‘i, gipo-giperonimiya), ya’ni tur-jins munosabati.
Giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanadi.
Giperonim   jins   belgisini   bildirgan   predmetning   nomini   ifodalovchi   ko‘pgina
ma’noni semantik jihatdan umumlashtiruvchi mikrotizimning markaziy leksemasi,
dominantasi sifatida namoyon bo‘luvchi lug‘aviy birlik. Giponim esa ma’lum jins
turining   nomini   hamda   o‘zining   semantik   tarkibida   implisit   tarzda   jins   ma’nosini
ham   ifodalovchi,   semantik   jihatdan   giperonimga   nisbatan   boy   bo‘lgan   lug‘aviy
birlik.
Giponim va giperonim orasidagi aloqa mantiqiy asosga ega. Bu esa obyektiv
borliqdagi   umumiylik   tushunchasi   bilan   bog‘liq.   Masalan,   daraxt   giperonimi   jins
ma’nosini   ifodalovchi   leksema   sifatida   daraxtning   barcha   turini   ifodalovchi
leksemalarni   leksik-semantik   munosabat   asosida   birlashtirib,   leksik-semantik guruh hosil qiladi. Shu boisdan  daraxt  leksemasi giperonim sifatida giponimi bilan
leksik-semantik   aloqaga   kirisha   oladi.   Masalan,   daraxt   –   qayin,   daraxt   –   terak,
daraxt – dub, daraxt – archa .
Giponimlar   teng   huquqli   bo‘lib,   giperonimga   munosabati   bir   xil.   O‘z
navbatida, bu munosabat polisemiya va omonimiya hodisasi bilan ham bog‘lanadi.
Masalan, o‘zbek tilidagi  daraxt  nomi dastlab ikki guruhga bo‘linadi:  mevali daraxt
va   manzarali   daraxt .   Mevali   daraxt   o‘z   mevasining   nomi   bilan   ataladi.   Shuning
uchun   bu   leksema   ko‘p   ma’noli   bo‘lganligi   bois   bir   tomondan   meva ,   ikkinchi
tomondan  daraxt  giperonimi bilan semantik munosabatga kirishadi: 
Meva : olma – o‘rik – shaftoli – behi. 
Daraxt : olma – o‘rik – shaftoli – behi.
Daraxt   giperonimi   jins   tushunchasini   ifodalovchi   leksema   sifatida,   birinchi
navbatda,   shu   jinsning   turini   bildiruvchi   so‘z   bilan   bog‘lanadi.   Daraxt   leksemasi
uning turi nomi o‘rnida qo‘llanishi ham mumkin. Lekin giperonim giponim o‘rnida
qo‘llanganda   uning  mohiyatini  yorqin  ifodalay   olmaydi.   Shu  boisdan   o‘z  oldidan
giponimni aniqlovchi sifatida qabul qiladi:  o‘rik daraxti, shaftoli daraxti  kabi.
Giponim   leksemaning   sememasi   giponim   leksemalar   uchun   birlashtiruvchi
sema   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Masalan,   daraxt   giperonim   leksemasining   sememasi
«tanasidan   shoxlanuvchi   o‘simlik»   bo‘lib,   «qizil,   yashil,   yoki   sariq   rangli
yong‘oqdan   piyolagacha   bo‘lgan   hajmdagi   sersuv   meva   beruvchi   daraxt»
sememasiga ega   olma   leksemasining «daraxt» semasi   daraxt   giperonim leksemasi
semasining sememalashgan ko‘rinishi.
Giperonimning   ma’nosi   giponim   leksemanikiga   nisbatan   kengroq   va
«xiraroq»   (noaniqroq),   giponim   leksemaning   ma’nosi   esa   giperonimnikiga
nisbatan   torroq   va   «yorqinroq».   Shu   boisdan,   aytish   mumkinki,   giperonimning
ma’noviy mohiyati barcha giponimining ma’noviy mohiyati yig‘indisiga teng.
Aytilganidek, daraxt mevali va mevasiz daraxtga bo‘linadi. Demak, borliqdagi
bu   bo‘linish   giponimiya   hodisasi   sifatida   tilda   ham   aks   etadi.   Lekin   daraxtning mevali   va   mevasiz   turini   ataydigan   alohida   leksema   o‘zbek   tilida   yo‘q.   Demak,
giponimning o‘rni bo‘sh bo‘lib, ular leksik lakuna (bo‘sh xona) hosil qiladi. Leksik
lakunani   turli   nutqiy   nominativ   birlik   to‘ldiraverishi   mumkin   (Masalan:   mevali
daraxt  va  mevasiz daraxt  so‘z birikmalari).
Har   bir   gipo-giperonimik   qator   cheklanmagan   miqdorda   lug‘aviy   lakunaga   ega
bo‘ladi.   Bu   bo‘sh   xona   ayni   bir   jinsning   turli   belgisi   bilan   chegaralanmagan
miqdorda   to‘lib   borish   imkoniyatiga   ega.   Masalan,   10   ta   uzum   nomini   biluvchi
odam   uchun  o‘zbek  tilidagi   600  ta  uzum   navi   nomining  590  tasi  lug‘aviy  lakuna
hisoblanadi. Demak, lakunalar ijtimoiy ham («mevali daraxt» va «mevasiz daraxt»
tushunchasini ifodalovchi leksemalar), individual ham (mavjud leksemani ma’lum
bir kishining bilmasligi) bo‘lishi mumkin. ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar
1. Jamolxonov N. Hozirgi o‘zbek tili.  1-qism. –T.: O‘qituvchi,  2005. 
2. Sayfullayeva   R.   va   boshqalar.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.   –T.:   Fan   va
texnologiya, 2010. 
Qo‘shimcha  adabiyotlar
3. Rahimov S., B.Umurqulov. Hozirgi o‘zbek tili. –T.: O‘qituvchi, 2003. 
4. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili I-II qism. –T., 2004.
5. Qilichev E. Hozirgi o‘zbek  adabiy tili. –Buxoro, 1999.
6. Qudratov T., Nafasov T. Lingvistik tahlil. –T.: O‘qituvchi, 1981. 
7. Qo‘chqortoev I. So‘z ma’nosi va uning valentligi.  – T.: Fan, 1977.
8. Mirtojiev M.M. O‘zbek tili semasiologiyasi. –T.: Mumtoz so‘z, 2010. 
9. Ne’matov H., Bozorov O. Til va  nutq. –T.: O‘qituvchi, 1993. 
10. Ne’matov   H.,   Rasulov   R.   O‘zbek   tili   sistem   leksikologiyasi   asoslari.   –T.:
O‘qituvchi, 1995. 
11. “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnallari. –T., 1990-2015.
12. “Til va adabiyot ta’limi” jurnallari. –T.,   1990-2015.

LEKSEMALARARO LISONIY ZIDDIYATLAR VA LEKSIK PARADIGMA Reja: 1. Lisoniy ziddiyatlar va ularning turlari. 2. Leksik sathda lisoniy ziddiyatlarning namoyon bo lishi.ʻ 3. Leksik paradigma, leksik-semantik munosabatlar va ularning turlari.

Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka tusi bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi (gr. synonymos – “bir nomli”). Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi. Sinonim leksemalar sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo‘lib, ifoda semasi farqlanadi. Misol sifatida yuz – bet – aft – bashara – turq qatorini keltirish maqsadga muvofiq. Ma’nodoshlik qatoridagi mazkur leksemalarning barchasida atash semalari bir xil: «odam boshi old tomoni», «peshonadan iyakkacha». Ammo ifoda semalari har bir leksemada o‘ziga xos. Aniqrog‘i, «shaxsiy munosabat» har bir leksemada boshqa-boshqa namoyon bo‘lgan. U yuz leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‘rinishida bo‘lsa, turq leksemasida «o‘ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat» tarzida. Ma’nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semasi turli-tuman. Ulardan ayrimlari quyidagilar: 1) ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat semasi; 2) leksemaning qo‘llanish davrini ko‘rsatuvchi sema: «eskirgan», «yangi», «o‘ta yangi», «arxaik», «tarixiy»; 3) leksemaning qo‘llanilish doirasini ko‘rsatuvchi sema: «shevaga xos», «so‘zlashuvga xos», «kitobiy», «ko‘tarinkilik» va h.k. Ma’nodoshlik qatoridagi leksemaning bittasi dominanta (bosh) leksema bo‘lib, boshqalari shu leksema atrofida birlashadi, ma’nodoshlik qurshovi hosil qiladi. Dominanta leksemaning yuqorida sanalgan barcha ifoda semasi neytral, betaraf. Masalan, katta – ulkan – bahaybat sinonimik qatori «kitobiylik», «ko‘tarinkilik» ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi katta leksemasida bu sema belgilanmagan (neytral) , ulkan va katta leksemalarida ifodalangan, oydinlashtirilgan. Ma’nodoshlik qatoridagi dominanta leksemaning bir qancha o‘ziga xos xususiyati bor:

1) dominanta leksemaning mazmuni boshqa leksemalarnikiga nisbatan «kambag‘alroq» bo‘ladi. Qiyoslang: chiroyli, go‘zal va suluv. Qatordagi chiroyli leksemasida go‘zal va suluv leksemasidagi ko‘tarinkilik bo‘yog‘i yo‘q; 2) dominanta leksemaning qo‘llanish doirasi va miqdori boshqa ma’nodoshlarnikiga nisbatan keng va ko‘p bo‘ladi; 3) dominanta leksema belgilanmagan ifoda semasiga ega bo‘lganligi bois istalgan vaqtda o‘z ma’nodoshlarini almashtira oladi; 4) ma’nodoshlik qatori mansub bo‘lgan katta tizimga faqat dominanta leksema kiradi. Masalan, «kishi tanasi a’zolari» lug‘aviy ma’noviy guruhiga yuz dominanta leksemasi kirib, quloq, burun, lab, qosh, peshona leksemalari bilan paradigma hosil qiladi. Boshqa ifoda semasi belgilangan leksema «betaraf» bo‘lolmaganligi bois yuqori paradigmaga kira olmaydi va uning betaraf vakili bu huquqqa ega bo‘la oladi, xolos. Ma’nodoshlik paradigmasi doimo ochiq. Jamiyat, davr talabi asosida keraksizi iste’moldan chiqib, qator yangilari bilan boyib boraveradi. Nutqda ma’nodoshlik qatorlari nutqning atash birliklari, iboralar, mustaqil leksema sememalarining turi, yasama so‘z, so‘z birikmasi, nutqiy ko‘chma so‘z bilan to‘lib, kengayib boradi. Bular kontekstual sinonim sifatida nutqning go‘zalligi va boyligini ta’minlovchi vosita sanaladi. Antonimiya (gr. antionymo – “zid nom”) leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: katta – kichik, yosh – qari, mitti – ulkan, oq – qora va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim. Masalan, katta va kichik leksemalari umumiy – «sifat», «ko‘lam» semasi bilan birga, qarama-qarshi – «nisbatan ortiq» ( katta ) va «nisbatan katta bo‘lmagan» ( kichik ) semasiga ham ega. Yoki qish – «yilning eng sovuq fasli», yoz – «yilning eng issiq fasli», kirmoq – «ichkariga harakatlanmoq», chiqmoq – «tashqariga harakatlanmoq». Antonim leksemalar asosida borliqdagi qarama-qarshi hodisaning in’ikosi bo‘lgan qarama-qarshi

tushuncha yotadi. Antonim leksemalar bir turga kiruvchi giponim leksemalar: issiq – sovuq (harakat), katta – kichik (hajm), erkak – ayol (jins) va hokazolar. Antonimlarning mantiqiy asosini ikki tur qarama-qarshilik tashkil etadi: a) kontrar qarama-qarshilik; b) komplementar qarama-qarshilik. К ontrar qarama-qarshilik – darajalanuvchi leksema qatoridagi tafovutning farqlarga, farqning ziddiyat, ya’ni qarama-qarshilikka o‘sib borishi natijasida birinchi a’zo bilan oxirgi a’zoning antonimlashuvi. Masalan, kichik – o‘rta – katta , yosh – o‘smir – o‘rta yosh – qari kabi. Bunda kichik va katta , yosh va qari leksemalari daraja qatorining ikki qarama-qarshi qatori a’zolari o‘rtasida ikki antonim a’zo belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan bog‘lovchi bo‘g‘in bor. Yuqoridagi o‘rta leksemasida kichik va katta leksemalarining qarama-qarshiligi so‘nadi. Demak, leksemalarning kontrar qarama-qarshiligini ularning darajalanish (graduonimik) qatoridan izlash lozim. К omplementar antonimiyada qarama-qarshilik uchinchi, oraliq bo‘g‘insiz bo‘ladi: rost – yolg‘on, arzon – qimmat, oson – qiyin . Bu leksemalar orasida oraliq uchinchi leksema yo‘q. Antonimlar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) har xil o‘zakli antonim: katta – kichik , kirmoq – chiqmoq , muhabbat – nafrat ; 2) bir xil o‘zakli antonim: madaniyatli – madaniyatsiz , aqlli – aqlsiz , ongli – ongsiz . Graduonimiya (gr. gradatio – “ko‘tarilish”, “o‘sish”, onymo – “nom”). Lug‘aviy birliklar o‘zaro ma’noviy munosabatiga ko‘ra ma’lum bir darajalanish qatorini hosil etishi fanga qadimdan ma’lum va uning eng yorqin namunasi – o‘rta so‘zini o‘z ichiga olgan so‘zlar qatori. Masalan: К atta – o‘rta – kichik Yosh – o‘rta – qari

Uzoq – o‘rta – yaqin Baland – o‘rta – past Uzun – o‘rta – qisqa . Ma’lumki o‘rta so‘zi bilan ifodalangan belgi-xususiyat tom ma’noda o‘rtalik, oraliq, ya’ni ikki bir-biriga zid belgi oralig‘idagi holatni ko‘rsatadi. O‘rta leksemasi antonimlar oralig‘idan o‘rin olsa, katta – o‘rta – kichik darajalanishi kam seziladi. Lekin o‘rta leksemali birliklarni zid belgi asosida emas, ma’lum bir belgining kamayishi yoki o‘sishi asosida idrok etilsa, ma’noviy darajalanish yaqqol anglashiladi. Darajalanish qatori a’zolari kamida uchta bo‘ladi. Darajalanish munosabatlari bilan bog‘langan so‘zlar qatorini: a) g‘ayrilisoniy asos; b) sof lisoniy asosga tayanib ajratish mumkin. G‘ ayrilisoniy omilning mohiyati shundaki, borliqdagi narsa, belgi-xususiyatda sifat farqi bilan birga miqdor farqi ham mavjud. Masalan, inson go‘daklik, yoshlik, navqironlik, yetuklik, qarilik holatini, o‘simlik navnihollik, ko‘chatlik, yetilganlik, quriganlik davrini boshidan kechiradi – o‘sadi. Tabiatdagi rang va boshqa belgilar shunchalik xilma-xilki, bo‘yoqchilar birgina qora rangning hatto o‘ndan ortiq turini ajratadilar. Insonning faol ongi ana shu miqdoriy va sifatiy farqni aks ettiradi. Til ongning ifodasi bo‘lganligi bois u ongdagi aks ettirilgan mana shunday miqdoriy farqlarni ham ifodalashi lozim. Bunday miqdoriy farq turli usul bilan, jumladan, alohida-alohida leksema bilan ham ifodalanadi. Chunonchi, nihol – ko‘chat – daraxt, ninni – chaqaloq, go‘dak –bola, buzoq – tana – g‘unajin – sigir kabi. Graduonimik lug‘aviy qatorni ajratishning lisoniy omili quyidagilar: a) ma’noviy omil; b) so‘zlararo paradigmatik munosabat.