logo

LEKSIKOLOGIYA, UNING TURLARI, O‘RGANISH MANBAI VA PREDMETI. SEMASIOLOGIYA.

Yuklangan vaqt:

29.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.2724609375 KB
LEKSIKOLOGI Y A , UN IN G TURLA RI, O‘RGA N ISH MA N BA I  VA
PREDMETI.   SEMA SIOLOGIY A .
Reja:
1. Leksikologiya ha q ida tushuncha.
2.Leksikologiyaning turlari.
3.Leksikologiya so‘z ha q idagi ta’limot.
4.Tilning asosiy lug‘at fondi va umumiy lug‘at tarkibi.
5.Asosiy lug‘at fondi bilan umumiy lug‘at tarkibining o‘zaro alo q asi,
far q i.
6 . Bir sememali va ko‘p sememali leksemalar. 
7 . S emema va uning tarkibiy qismlari. 
8 .Lisoniy sistema va uning mikrosistemalari.
9 .Lug’aviy tizimdagi pog’onalanish bosqichlari.
10 .Leksik sistema va uning mikrosistemalari. Leksikologiya   haqida   tushuncha.   Leksikologiya   (ot.   grek.   lexikos   –
so‘zga   oid   va   logos   –   ta’limot)   tilning   lug‘at   tarkibini,   leksikasini
o‘rganuvchi   tilshunoslik   bo‘limi.   Leksikologiyaning   o‘rganish   manbai
so‘z bo‘lsa, o‘rganish predmeti uning quyidagi jihatlari:
a)   lisonning   asosiy   lug‘aviy   birligi   sifatidagi   leksema   muammosi,
leksik birlik tiplari;
b) til lug‘at tarkibi strukturasi;
d) lug‘aviy birliklarning qo‘llanilishi;
e) lug‘at tarkibining boyishi va taraqqiyoti;
f)   leksik   birliklarning   tildan   tashqaridagi   borliq   bilan   o‘zaro
munosabati.
So‘z   umumlingvistik   muammo,   shu   boisdan   u   umumiy   so‘z
nazariyasi   doirasida   ham   o‘rganiladi.   Leksik   birlik   doirasiga   nafaqat
alohida   so‘z   (tugal   shakllangan   birliklar),   balki   so‘zga   teng   barqaror
birlik,   murakkab,   tarkibli   so‘z   ham   kiritiladi.   Lekin   so‘z   asosiy   lug‘aviy
birlik sanaladi.
Shakl   va   mazmun   birligidan   iborat   so‘z   til   birligi   sifatida   uch
yo‘nalishda o‘rganiladi: 
a) struktur jihatdan (so‘zning qurilish xususiyatlari);
b) semantik jihatdan (so‘zning lug‘aviy ma’nosi);
d) funksional jihatdan (so‘zning lison va nutq strukturasida tutgan
o‘rni).
Struktur   yondashuvda   so‘z   leksikologik   nazariyasining   asosiy
vazifasi,  uning alohidaligi  va  o‘ziga  xosligi mezonini tiklashdir.  Birinchi
holatda so‘z so‘z birikmasi bilan  qiyoslanib, uning tugal shakllanganlik va   alohidalik   belgilari   ochiladi.   So‘zning   nutqdagi   analitik   shaklining
lisoniy   asosi   yoritiladi.   Ikkinchi   holatda   so‘zning   turli   grammatik
shaklidan hosil qilingan lisoniy invariantini tiklash xususida so‘z boradi.
Shu   munosabat   bilan   grammatik   shakl   olgan   leksema   –   so‘zshakl
tushunchasi muayyanlashtiriladi. Shuningdek, leksemaning turli nutqiy
– fonetik, morfologik, leksik-semantik variantlari o‘rganiladi.
Lug‘aviy   birlikning   semantik   tahlilida,   ular   (lug‘aviy   birliklar)   leksik
semantika  – semasiologiya  tadqiq  manbaiga  aylanadi.  Bunda so‘zning
tushuncha   (signifikat)   va   borliqdagi   atalmish   (denotat)ga   munosabati
o‘rganiladi.   Semasiologiyada   so‘zning   semantik   xususiyati   –   bir
ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, umumiy va xususiy, mavhum va muayyan,
bosh   va   hosila,   to‘g‘ri   va   ko‘chma   ma’nolari   tekshiriladi.   Bunda   asosiy
e’tibor   so‘zning   semantik   strukturasiga,   so‘z   ma’nolari   tipi   va   ularni
ajratish mezoniga, so‘z ma’nolarining o‘zgarishi va taraqqiyoti, so‘zning
ma’nosini   yo‘qotishi   va   grammatik   formantga   aylanishi   –
desemantizatsiya hodisasiga qaratiladi.
Funksional   yondashuvda   so‘zning   nutqda   voqelanish   jarayonidagi
roli,   shuningdek,   boshqa   lisoniy   sath   birliklari   voqelanishiga,   ular
umumiy ma’nolarining parchalanishiga qo‘shgan «hissasi» tekshiriladi.
Masalan,   odamcha   so‘zida   odam   leksemasi   - cha   morfemasining
«kichraytirish-kamsitish»   ma’nosini   qizcha   so‘zidagi   «kichraytirish-
erkalash»   ma’nosidan   farqlagan,   morfologik   sath   birligi   bo‘lgan   -cha
morfemasining   «kichraytirish»   umumiy   ma’nosini   parchalab,   uning
birini ikkinchisidan ajratgan. Leksikologiya leksikaga til tizimidagi ichki sistema sifatida qaraydi.
Shuningdek,   o‘zaro   ma’noviy   umumiylikka   ega   bo‘lgan   lug‘aviy   birlik
yanada   kichik,   ichki   tizimcha   sifatida   qaraladi.   Shu   asosda   katta   va
kichik,   ichki   tizimlarning   pog‘onali,   bir-birini   tashkil   etuvchilik
munosabati ochiladi. Masalan,   olma, o‘rik, nok   kabi ho‘l meva nomi bir
tizimni   tashkil   etadi.   Sabzavot   nomi   boshqa   bir   tizimni   tashkil   qiladi.
Ular yuqoriroqda yana birlashadi – kichik tizimchalardan tashkil topgan
«meva-sabzavot   nomi»   tizimini   tashkil   qiladi   va   umumlashtirish
yuqoriga qarab davom etaveradi. 
Tilning lug‘aviy tarkibi bir xil emas. So‘zlar turli asosga ko‘ra ko‘plab
turlarga ajratiladi. Masalan, qo‘llanish darajasiga ko‘ra umumiy iste’mol
va   chegaralangan   (yoki   xususiy)   leksika,   qo‘llanish   davriga   ko‘ra
eskirgan   so‘z,   zamonaviy   so‘z   va   neologizm,   qo‘llanish   doirasiga   ko‘ra
dialektizm, professionalizm, jargon kabi turlarga bo‘linadi.
Leksikologiya   til   lug‘at   tarkibining   boyishini   o‘rganganda   uning   3
tipini ajratadi. Bulardan 2 tasi (yangi so‘z yasash, so‘zni yangi ma’noda
qo‘llash) ichki boyish  imkoniyati bo‘lsa, bittasi tashqi (so‘z o‘zlashtirish)
imkoniyatdir.
Lug‘aviy   birlikning   borliqqa   munosabatini   o‘rganish   –
leksikologiyaning   muhim   aspektidan   biri.   Bunda   ularning   kishi
hayotiga, amal qilayotgan davrga munosabati ochiladi. Masalan, yaqin
o‘tmishda   savdogar   so‘zida   salbiy   ottenka   bo‘lgan   bo‘lsa,   bugungi
kunda ijobiy bo‘yoqli so‘z sifatida keng iste’molda. 
Leksikologiyaning umumiy, xususiy, tarixiy, qiyosiy, nazariy, amaliy
leksikologiya kabi turi mavjud. Umumiy   leksikologiya   leksikaning   qurilish,   amal   qilish   va   taraqqiy
etishining   umumiy   qonuniyatini   ochsa,   xususiy   leksikologiya   ma’lum
bir tilning lug‘at tarkibini o‘rganadi.
Tarixiy   leksikologiya   so‘zning   tarixiy   shakliy   va   ma’noviy   holatini,
taraqqiyotini tekshiradi.
Qiyosiy   leksikologiya   qarindosh   va   qarindosh   bo‘lmagan   tillarning
leksik   birliklarini   taqqoslash   bilan   shug‘ullanadi.   Masalan,   qalqimoq
so‘zi   o‘zbek   tilida   narsalarning   yuzaga   chiqishini   ifodalaydi   va   uning
turk   tilidagi   varianti   ma’nosi   («kishining   o‘rnidan   turishi»)   farqlanadi
(Saat   kachda   kalkiyursunuz?   –   Qachon   uyqudan   turasiz?)   Yoki
qarindosh   bo‘lmagan   o‘zbek   va   rus   tillaridagi   yabloko   (meva)   va   olma
(meva va daraxt) leksemalarining lisoniy qiymatlari har xil.
Amaliy   leksikologiya   leksikografiya   (lug‘atchilik),   tarjima,
lingvopoetika   va   nutq   madaniyatini   o‘z   ichiga   oladi.   Ularning   har   biri
leksikologik   nazariyani  boyitadi.   Masalan,   tarjima   qiyosiy   leksikologiya
uchun qimmatli materiallar beradi.
Nazariy   leksikologiya   leksikada   lisoniy   va   nutqiy   jihatlarni   farqlab,
ularning tizimiy munosabatlarini tadqiq qiladi.
Leksikologiya   o‘z   o‘rganish   predmeti   tadqiqida   umumlingvistik
tadqiq   usul   –   distributiv   (so‘zning   chegarasini   belgilash,   morfologik
strukturasini   aniqlash),   substitutsiya   (so‘zlar   ma’noviy   xususiyatlarini
tahlil   etish),   komponent   tahlil   (leksema   va   so‘zlar   ma’noviy   tarkibini
aniqlash), transformatsion va statistik metodlaridan foydalanadi.
Tilning   asosiy   lug‘at   fondi   til   leksikasining   yadrosi   bo‘lib,   tilning
umumiy lug‘at tarkibining mag‘zini tashkil  q iladi. Tilning umumiy lug‘at tarkibi   umumxal q   tilidagi   so‘zlarning   ja’midir.   Bu   jihatdan   u   tildagi
barcha   so‘zlar   bilan   bir   q atorda   tilning   asosiy   lug‘at   fondini   ham   o‘z
ichiga oladi. 
Tilning   umumiy   lug‘at   tarkibi   tilning   ahvoli   q anday   ekanligini
ko‘rsatadi,   lekin   tilning   ahvoli,   uning   leksika   sohasidagi   rivojlanish
darajasi  so‘zlarning  umumiy  mi q dori  bilan   emas,  balki  ularning xilma-
xil ma’noga ega bo‘lishi, so‘z ma’nolarining turli tushunchalarni ifodalay
olishi, boy uslubiy imkoniyatdorlik va rang barangligi bilan belgilanadi.
Tilning   lug‘at   tarkibi   konkret   ma’no   bildiruvchi   so‘zlar   bilan   bir
q atorda   mavhum   ma’noga   ega   bo‘lgan   ko‘pgina   so‘zlarni   ham   o‘z
ichiga   oladi.   Xal q   orasidagi   keng   tar q almagan,   ayrim   kasb-hunarga
doir   so‘z   va   iboralar:   xal q   xo‘jaligida,   xal q   maorifi   va   madaniyatining
ayrim sohalarida, ilm-fanning turli tarmo q larida  q o‘llaniladigan hamma
uchun umumiy bo‘lmagan so‘z va atamalar ham tilning lug‘at tarkibida
mavjud bo‘ladi.
Tilning   asosiy   lug‘at   fondi   tarkibidagi   so‘zlar   kishilarning   kundalik
turmushida   keng   q o‘llaniladigan,   shu   tilda   so‘zlashuvchi   jamoaning
istemoldagi so‘zlaridir.
Asosiy   lug‘at   fondi   tarkibidagi   kundalik   muomaladagi   oddiy
so‘zlardan   tash q ari,   q arindoshlik   bildiruvchi,   jonivor   va   o‘simliklarning
nomlari   va   a’zolarini   anglatuvchi,   ishlab   chi q arish   q urollari,   uy-joy   va
ro‘zg‘or asboblari nomlarini ifodalovchi, ozi q -ov q at va ularning turlarini
nomlovchi otlar;  rang-tus,  ma’za-ta’m,  hajm-shakl, masofa  anglatuvchi
sifat   va   ravishlar;   barcha   tub   sonlar;   harakat   va   holat   bildiruvchi   tub
fe’llar kiradi. Bundan ko‘rinadiki, tilning umumiy lug‘at tarkibi bilan asosiy lug‘at
fondi bir-biridan far q li. Bu far q lar asosan  q uyidagilar:
a) asosiy lug‘at fondi tilning tarixiy tara qq iyotida bar q aror va uning
rivoji   uchun   so‘z   yasash   bazasidir.   Lug‘at   tarkibi   tilning   umumiy
ahvolini   bildiruvchi,   hatto   asosiy   lug‘at   fondini   ham   o‘z   ichiga   oluvchi
eng muhim til elementidir;
b)   asosiy   lug‘at   fondining   doirasi   tor,   u   kishilarning   kundalik
turmushida  faol   q o‘llanadigan so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Umumiy lug‘at
tarkibining   doirasi   keng,   chunki   ani q   tushunchalarni   anglatuvchi
so‘zlardan tash q ari, shu til doirasidagi barcha mavhum tushunchalarni
anglatuvchi so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi; 
v) asosiy lug‘at fondi so‘z yasash bazasi hisoblanadi, umumiy lug‘at
tarkibi esa shu hisobga doim o‘sib, o‘zgarib, boyib boradi.
Tilning   asosiy   lug‘at   fondi   va   umumiy   lug‘at   tarkibi   o‘rtasida   ana
shunday far q lar bo‘lishiga  q aramasdan, ular bir-biri bilan chambarchas
bog‘li q .   Sababi   doimiy   ravishda   asosiy   lug‘at   fondi   doirasidagi   so‘zlar
umumiy   lug‘at   tarkibi   doirasidan   mustahkam   o‘rin   olib,
umumistemoldagi  so‘zga   aylangach,   asosiy   lug‘at   fondi  doirasiga   o‘tib
yana yangi so‘zlarning yasalishiga asos bo‘lishi mumkin.
Leksikologiyaning   ob’ekti   tilning   lu gʻ at   boyligidir.   Bu   boylik   tilshunoslikda
leksika  deb ataladi, u muayyan tildagi barcha so‘zlarni va shu so‘zlar boІlanishidan
tarkib topgan ko‘chma ma’noli turІun birikmalarni (frazemalarni) o‘z ichiga oladi.
Leksika   atamasi   ba’zan   tor   ma’nolarda   ham   qo‘llanadi:   dialektal   leksika,   kasb-
hunar leksikasi, ilmiy leksika, vulьgar leksika, Tohir Malik asarlari leksikasi kabi. 
Leksikologiyaning   predmeti   –   luІat   boyligining   strukturaviy   va   sistemaviy
xususiyatlarini,   taraqqiyot   qonuniyatlarini,   tilning   boshqa   sathlari   (fonetik   sath,
grammatik sath) bilan aloqasini tadqiq qilish.
Leksikologiyaning   vazifalari;   a)   muayyan   til   luІat   boyligidagi   eskirish   va
yangilanish jarayonlarini, bu jarayonlarda lisoniy va nolisoniy (lingvistik va ekstra- lingvistik)   omillarning   ishtirokini   o‘rganish;   b)   luІaviy   birliklarning   funksional-
semantik   tavsifini   berish,   eskirgan,   yangi   va   zamonaviy   qatlamlarini,   tematik
guruhlari   va   mikrosistemalarini   aniqlash,   lisoniy   va   uslubiy   xususiyatlarini
yoritish;   v)   talabalarni   leksikaga   oid   nazariy   bilimlar   bilan   qurollantirish,   ularda
leksik-semantik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish.
Leksikologiyaning   boshqa   fanlar   bilan   aloqasi.   Leksikologiya
tilshunoslikning semasiologiya, onomasiologiya, etimologiya va frazeologiya kabi
bo‘limlari   bilan   hamkorlikda   ish   ko‘radi,   bunday   hamkorliksiz   tilning   lu І at
boyligidagi leksik-semantik hodisalarni, lu І at tarkibi taraqqiyotiga oid til faktlarini
to‘ І ri   yoritib   bo‘lmaydi:   semasiologiyada   lu І aviy   birliklarning   mazmun   plani   –
semantik   tarkibi   va   shu   bilan   bo І liq   masalalar   tadqiq   qilinadi;   onomasiologiyada
narsa-hodisalarni   yoki   tushunchalarni   nomlash   prinsiplari   o‘rganiladi;
etimologiyada   so‘zlarning   kelib   chiqishi   aniqlanadi;   frazeologiyada   tilning   lu І at
boyligidagi   ko‘chma   ma’noli   tur І un   birikmalar   –   frazemalar   xususida   bahs
yuritiladi.
Tilning   leksik,   fonetik   va   grammatik   sathlari   ham   o‘zaro   bo І liqdir:   fonetik
birliklar   so‘zni   borliq   tusiga   kiritadi,   morfemalar   yasama   so‘zlarni   shakllantiradi,
so‘zlarning   birikuvchanlik   imkoniyatlari,   uslubiy   vosita   sifatidagi   xususiyatlari
ularning   leksik   va   grammatik   ma’nolariga   hamda   uslubiy   semalariga   tayanadi.
Bular   leksikologiyaning   fonetika,   morfemika,   so‘z   yasalishi,   grammatika   va
uslubshunoslik (stilistika) bilan aloqada bo‘lishini taqozo qiladi.
Leksikologiyada   tilning   lu І at   boyligi   sistema   sifatida   tadqiq   qilinadi,   chunki
bu   boylik   so‘zlar   va   iboralarning   oddiy,   mexanik   yi І indisi   emas,   balki   o‘zaro
aloqada   bo‘lgan,   birining   bo‘lishi   ikkinchisining   bo‘lishini   taqozo   qiladigan
lu І aviy birliklar va elementlar tizimidir, bu tizimdagi so‘z va elementlar yaxlit bir
"organizm"ning   "to‘qimalari"   va   "hujayralari"   munosabatida   bo‘ladi:   so‘zlarning
ifoda   va   mazmun   tomonlari   orasidagi   aloqalar,   leksik   ma’no   va   uning   semalari
o‘rtasidagi   butun   va   qism   munosabatlari,   so‘z   ma’nolarining   paradigmatik   va
sintagmatik  xususiyatlari   shundan  dalolat   beradi.  Bu   tizimning  asosiy   birligi   so‘z
ekanligini   hisobga   olsak,   leksikologiyada   bevosita   so‘zning   o‘zi   bilan   bo І liq
masalalar   ham   ko‘riladi:   so‘zning   til   birligi   sifatidagi   mohiyati,   so‘z   strukturasi
(ifoda   va   mazmun   planlari,   semantik   tarkibi),   leksik   ma’no   va   uslubiy   semalar,
leksik   ma’no   va   etimon,   leksik   ma’no   taraqqiyoti,   uzual   va   okkazional   ma’nolar
shular jumlasidandir.  ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar
1. Jamolxonov N. Hozirgi o‘zbek tili.  1-qism. –T.: O‘qituvchi,  2005. 
2. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T.: Fan va
texnologiya, 2010. 
Qo‘shimcha  adabiyotlar
3. Rahimov S., B.Umurqulov. Hozirgi o‘zbek tili. –T.: O‘qituvchi, 2003. 
4. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili I-II qism. –T., 2004.
5. Qilichev E. Hozirgi o‘zbek  adabiy tili. –Buxoro, 1999.
6. Qudratov T., Nafasov T. Lingvistik tahlil. –T.: O‘qituvchi, 1981. 
7. Qo‘chqortoev I. So‘z ma’nosi va uning valentligi.  – T.: Fan, 1977.
8. Mirtojiev M.M. O‘zbek tili semasiologiyasi. –T.: Mumtoz so‘z, 2010. 
9. Ne’matov H., Bozorov O. Til va  nutq. –T.: O‘qituvchi, 1993. 
10. Ne’matov   H.,   Rasulov   R.   O‘zbek   tili   sistem   leksikologiyasi
asoslari. –T.: O‘qituvchi, 1995. 
11. “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnallari. –T., 1990-2015.
12. “Til va adabiyot ta’limi” jurnallari. –T.,   1990-2015.

LEKSIKOLOGI Y A , UN IN G TURLA RI, O‘RGA N ISH MA N BA I VA PREDMETI. SEMA SIOLOGIY A . Reja: 1. Leksikologiya ha q ida tushuncha. 2.Leksikologiyaning turlari. 3.Leksikologiya so‘z ha q idagi ta’limot. 4.Tilning asosiy lug‘at fondi va umumiy lug‘at tarkibi. 5.Asosiy lug‘at fondi bilan umumiy lug‘at tarkibining o‘zaro alo q asi, far q i. 6 . Bir sememali va ko‘p sememali leksemalar. 7 . S emema va uning tarkibiy qismlari. 8 .Lisoniy sistema va uning mikrosistemalari. 9 .Lug’aviy tizimdagi pog’onalanish bosqichlari. 10 .Leksik sistema va uning mikrosistemalari.

Leksikologiya haqida tushuncha. Leksikologiya (ot. grek. lexikos – so‘zga oid va logos – ta’limot) tilning lug‘at tarkibini, leksikasini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi. Leksikologiyaning o‘rganish manbai so‘z bo‘lsa, o‘rganish predmeti uning quyidagi jihatlari: a) lisonning asosiy lug‘aviy birligi sifatidagi leksema muammosi, leksik birlik tiplari; b) til lug‘at tarkibi strukturasi; d) lug‘aviy birliklarning qo‘llanilishi; e) lug‘at tarkibining boyishi va taraqqiyoti; f) leksik birliklarning tildan tashqaridagi borliq bilan o‘zaro munosabati. So‘z umumlingvistik muammo, shu boisdan u umumiy so‘z nazariyasi doirasida ham o‘rganiladi. Leksik birlik doirasiga nafaqat alohida so‘z (tugal shakllangan birliklar), balki so‘zga teng barqaror birlik, murakkab, tarkibli so‘z ham kiritiladi. Lekin so‘z asosiy lug‘aviy birlik sanaladi. Shakl va mazmun birligidan iborat so‘z til birligi sifatida uch yo‘nalishda o‘rganiladi: a) struktur jihatdan (so‘zning qurilish xususiyatlari); b) semantik jihatdan (so‘zning lug‘aviy ma’nosi); d) funksional jihatdan (so‘zning lison va nutq strukturasida tutgan o‘rni). Struktur yondashuvda so‘z leksikologik nazariyasining asosiy vazifasi, uning alohidaligi va o‘ziga xosligi mezonini tiklashdir. Birinchi holatda so‘z so‘z birikmasi bilan qiyoslanib, uning tugal shakllanganlik

va alohidalik belgilari ochiladi. So‘zning nutqdagi analitik shaklining lisoniy asosi yoritiladi. Ikkinchi holatda so‘zning turli grammatik shaklidan hosil qilingan lisoniy invariantini tiklash xususida so‘z boradi. Shu munosabat bilan grammatik shakl olgan leksema – so‘zshakl tushunchasi muayyanlashtiriladi. Shuningdek, leksemaning turli nutqiy – fonetik, morfologik, leksik-semantik variantlari o‘rganiladi. Lug‘aviy birlikning semantik tahlilida, ular (lug‘aviy birliklar) leksik semantika – semasiologiya tadqiq manbaiga aylanadi. Bunda so‘zning tushuncha (signifikat) va borliqdagi atalmish (denotat)ga munosabati o‘rganiladi. Semasiologiyada so‘zning semantik xususiyati – bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, umumiy va xususiy, mavhum va muayyan, bosh va hosila, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolari tekshiriladi. Bunda asosiy e’tibor so‘zning semantik strukturasiga, so‘z ma’nolari tipi va ularni ajratish mezoniga, so‘z ma’nolarining o‘zgarishi va taraqqiyoti, so‘zning ma’nosini yo‘qotishi va grammatik formantga aylanishi – desemantizatsiya hodisasiga qaratiladi. Funksional yondashuvda so‘zning nutqda voqelanish jarayonidagi roli, shuningdek, boshqa lisoniy sath birliklari voqelanishiga, ular umumiy ma’nolarining parchalanishiga qo‘shgan «hissasi» tekshiriladi. Masalan, odamcha so‘zida odam leksemasi - cha morfemasining «kichraytirish-kamsitish» ma’nosini qizcha so‘zidagi «kichraytirish- erkalash» ma’nosidan farqlagan, morfologik sath birligi bo‘lgan -cha morfemasining «kichraytirish» umumiy ma’nosini parchalab, uning birini ikkinchisidan ajratgan.

Leksikologiya leksikaga til tizimidagi ichki sistema sifatida qaraydi. Shuningdek, o‘zaro ma’noviy umumiylikka ega bo‘lgan lug‘aviy birlik yanada kichik, ichki tizimcha sifatida qaraladi. Shu asosda katta va kichik, ichki tizimlarning pog‘onali, bir-birini tashkil etuvchilik munosabati ochiladi. Masalan, olma, o‘rik, nok kabi ho‘l meva nomi bir tizimni tashkil etadi. Sabzavot nomi boshqa bir tizimni tashkil qiladi. Ular yuqoriroqda yana birlashadi – kichik tizimchalardan tashkil topgan «meva-sabzavot nomi» tizimini tashkil qiladi va umumlashtirish yuqoriga qarab davom etaveradi. Tilning lug‘aviy tarkibi bir xil emas. So‘zlar turli asosga ko‘ra ko‘plab turlarga ajratiladi. Masalan, qo‘llanish darajasiga ko‘ra umumiy iste’mol va chegaralangan (yoki xususiy) leksika, qo‘llanish davriga ko‘ra eskirgan so‘z, zamonaviy so‘z va neologizm, qo‘llanish doirasiga ko‘ra dialektizm, professionalizm, jargon kabi turlarga bo‘linadi. Leksikologiya til lug‘at tarkibining boyishini o‘rganganda uning 3 tipini ajratadi. Bulardan 2 tasi (yangi so‘z yasash, so‘zni yangi ma’noda qo‘llash) ichki boyish imkoniyati bo‘lsa, bittasi tashqi (so‘z o‘zlashtirish) imkoniyatdir. Lug‘aviy birlikning borliqqa munosabatini o‘rganish – leksikologiyaning muhim aspektidan biri. Bunda ularning kishi hayotiga, amal qilayotgan davrga munosabati ochiladi. Masalan, yaqin o‘tmishda savdogar so‘zida salbiy ottenka bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ijobiy bo‘yoqli so‘z sifatida keng iste’molda. Leksikologiyaning umumiy, xususiy, tarixiy, qiyosiy, nazariy, amaliy leksikologiya kabi turi mavjud.

Umumiy leksikologiya leksikaning qurilish, amal qilish va taraqqiy etishining umumiy qonuniyatini ochsa, xususiy leksikologiya ma’lum bir tilning lug‘at tarkibini o‘rganadi. Tarixiy leksikologiya so‘zning tarixiy shakliy va ma’noviy holatini, taraqqiyotini tekshiradi. Qiyosiy leksikologiya qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillarning leksik birliklarini taqqoslash bilan shug‘ullanadi. Masalan, qalqimoq so‘zi o‘zbek tilida narsalarning yuzaga chiqishini ifodalaydi va uning turk tilidagi varianti ma’nosi («kishining o‘rnidan turishi») farqlanadi (Saat kachda kalkiyursunuz? – Qachon uyqudan turasiz?) Yoki qarindosh bo‘lmagan o‘zbek va rus tillaridagi yabloko (meva) va olma (meva va daraxt) leksemalarining lisoniy qiymatlari har xil. Amaliy leksikologiya leksikografiya (lug‘atchilik), tarjima, lingvopoetika va nutq madaniyatini o‘z ichiga oladi. Ularning har biri leksikologik nazariyani boyitadi. Masalan, tarjima qiyosiy leksikologiya uchun qimmatli materiallar beradi. Nazariy leksikologiya leksikada lisoniy va nutqiy jihatlarni farqlab, ularning tizimiy munosabatlarini tadqiq qiladi. Leksikologiya o‘z o‘rganish predmeti tadqiqida umumlingvistik tadqiq usul – distributiv (so‘zning chegarasini belgilash, morfologik strukturasini aniqlash), substitutsiya (so‘zlar ma’noviy xususiyatlarini tahlil etish), komponent tahlil (leksema va so‘zlar ma’noviy tarkibini aniqlash), transformatsion va statistik metodlaridan foydalanadi. Tilning asosiy lug‘at fondi til leksikasining yadrosi bo‘lib, tilning umumiy lug‘at tarkibining mag‘zini tashkil q iladi. Tilning umumiy lug‘at