logo

Falsafa ilmi, uning predmeti va uning muammolari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

50 KB
Mavzu: Falsafa ilmi, uning predmeti va uning
muammolari
Reja:
1. Falsafaning predmeti va ob’ekti
2. Dunyoqarash tushunchasi va uning turlari
3. Falsafiy dunyoqarashning mohiyati
4. Falsafaning jamiyat hayotida tutgan o’rni
Falsafa dunyoqarash sifatida Har   qanday   falsafa   insonning   dunyoga   nisbatan   u   yoki   bu   munosabatini
ifodalab,  muayyan   dunyoqarashni shakllantiradi.  Falsafaga  berilgan   eng  oddiy  va
dastlabki ta’riflar: falsafa - bu dunyoqarash yoki boshqacha aytganda: falsafaning
mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir.
Dunyoqarash   nima?   Hamma   zamonlarda   ham   inson   oldida   uning   atrof
muhitga, boshqa odamlarga, o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatini belgilovchi savollar
ko‘ndalang turadi. Har birimiz unday yoki bunday tarzda ularga duch kelamiz. Bizni
o‘rab   turgan   dunyo   nimadan   tashkil   topgan?   Uni   bilib   bo‘ladimi   va   agar   bilish
mumkin   bo‘lsa,   qay   darajada?   Insonni   o‘zi   nima?   U   qanday   bo‘lishi   kerak?
O‘limdan   so‘ng   bizni   nima   kutadi?   Dunyoni   nima   boshqaradi?   Dunyoda   yovuzlik
muqarrarmi? Inson dunyoni o‘zgartira oladimi?
Mana   shunday   savollarga   javoblardan   inson   dunyoqarashi   shakllanadi.
Dunyoqarash   -   bu   insonni   o‘rab   turgan   dunyo   va   uning   unda   tutgan   o‘rniga
nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi - «Men» (sub’ekt
dunyosi)   va   «Men   -   emas»   (sub’ektga   nisbatan   tashqarida   bo‘lgan   dunyo)
o‘rtasidagi munosabatdir.
Har qanday dunyoqarash tarkibiga: bilim, baholash, e’tiqod va aqidalar kiradi.
Dunyoqarash turli shaklda mavjud bo‘lishi mumkin: kundalik, mifologik, afsonaviy,
diniy, badiiy, falsafiy va ilmiy tusdagi tasavvurlar.
Dunyoqarash   shaxsiy   ong   va   ijtimoiy   ong   dalili   tarzida   bo‘lishi   mumkin.
Masalan,   afsonaviy   dunyoqarash   to‘g‘risida   gapirganda   biz   muayyan   shaxsning
olam   to‘g‘risidagi   tasavvurlari   emas,   balki   qadimgi   zamon   jamoasi   tasavvurlari
haqida  fikr   yuritamiz.  Yohud   biz  xristianlar,  musulmonlar,  buddaviylar   va  boshqa
diniy   guruhlar   dunyoqarashi   to‘g‘risida   gapiramiz.   Shu   bois   dunyoqarash   shaxs,
ijtimoiy   guruh   (diniy,   milliy,   yoshga   oid,   jinsiy,   kasbiy   va   b.),   davlat,   davlatdan
tashqari tuzilmalar dunyoqarashi sifatida ham bo‘lishi mumkin.
Falsafa nazariy tafakkur sifatida
Dunyoqarashning   kundalik,   diniy-afsonaviy   va   badiiy   turlaridan   farqli
ravishda,   falsafiy   dunyoqarash   asosiy   qoidaga   muvofiq   nazariy   shaklda   mavjud
bo‘ladi.   Falsafa   o‘z   oldiga   ongli   tarzda   muayyan   muammolarni   qo‘yadi   va   ularni ma’lum   tamoyillar   asosida   maxsus   joriy   qilingan   va   ishlab   chiqilgan   tushuncha
(kategoriya)   va   usullar   orqali   hal   qiladi.   Falsafa   avval   boshdanoq   nazariydir.
Bundan   tashqari,   u   umuman   tarixiy   jihatdan   tafakkurning   dastlabki   shakli
hisoblanadi.   Falsafa   o‘z   shakllanishining   boshidanoq   tajriba   (amaliy   bilim,   amaliy
malaka,   hayotiy   ko‘nikma   va   an’analar)dan   farqli   o‘laroq,   narsalarni   mantiq   va
dalil,   kundalik   tasavvurlarga   tanqidiy   munosabat,   yuzaki   voqea-hodisalarning
ichki, tashqi nigohdan yashirin mohiyatini to‘g‘ri xulosa, fikr qilish orqali topishga
qaratilgan. Qadimgi Xitoy faylasuflari o‘z davridayoq yakuniy shakldagi dao bilimi
(bevosita   ma’lum   modda   dunyosini   bilish)   va   asosiy   sabab   sifatidagi   dao
(mohiyatni   bilish)ni   farqlaganlar.   Asosiy   sabab   sifatidagi   daoni   bilish   -   yakuniy
shakldagi   daoni   bilish   kalitidir:   «Yer   yuzida   ibtido   mavjud   va   u   Olam   onasidir.
Onani   anglashga   qachon   erishilsa,   demak   uning   bolalarini   ham   anglash   mumkin
bo‘ladi.
Falsafa nazariylash-tirishning yakuniy usuli sifatida
Tajriba   (yakka,   alohida   narsalarni   bilish)   bilan   fan   (narsalar   sababi   va
ibtidosini   umumiy   bilish)   Qadimgi   Yunon   falsafasida   bir   muncha   aniq   ajratilgan.
Qadimgi   Yunon   faylasuflari   e’tiborni   ibtido   va   sababni   bilishga   qaratganlar,
«chunki qolgan hammasi ular orqali tushuniladi»2. Qadimgi (antik) falsafa nazariy
tafakkurning muhim  xususiyati  bo‘lmish  ta’rif («nima»,  «qanday?»  savollari bilan
bog‘liq) bilan tushuntirish («nima uchun?», «qanaqa sabab?» savollariga javob)ni
aniq farqlagan. Masalan: yunon faylasufi Arastu (eramizdan avvalgi 384-322 yillar)
shunday   deb   yozgan   edi:   «Tajribaga   ega   bo‘lganlar   «nima»   ekanligini   biladilar,
ammo «nima uchun ekanligini, ya’ni sababini bilmaydilar»3.
Dunyoning   an’anaviy   diniy-afsonaviy   manzarasi   bilan   qanoatlanuvchi
ko‘pchilik   odamlardan   farqli   o‘laroq,   eng  ilk   davrlardagi  faylasuflar   turli   tabiiy   va
ijtimoiy jarayonlar hamda hodisalarni aqliy yo‘l bilan (nazariy) tushunishga va uni
kelib   chiqish   hamda   kechish   sabablari   va   qonuniyatlarini   tushuntirishga
uringanlar. Faylasuf nigohiga tushgan barcha narsa, ya’ni Quyosh, Oy va ularning
tutilishi,   yulduzlar,   mavsumlarning   almashishi,   musiqiy   asboblarning   tuzilishi,
hayvon   va   odamlarning   kelib   chiqishi,   daryolarning   toshishi,   davlatning   siyosiy tuzilishi   kabi   boshqa   hamma   narsalar   faylasufona   fikr   yuritish   (nazariy   fikrlash)
mavzusi bo‘lgan.
Nazariy   dunyoqarash   bo‘lgan   falsafa,   shu   bilan   birga   mantiqiy
tizimlashtirilgan dunyoqarash hamdir. Boshqacha aytganda, bu inson va dunyoga
bo‘lgan qarashlarning oddiy majmui emas, balki muayyan, rasional-mantiqiy usul
bilan tuzilgan kategoriya (falsafiy tushuncha)lar tizimidir.
Falsafa   inson   nazariy   faoliyatining   yagona   shakli   emas.   Fan   ham   xuddi   shu
kabidir.   Biroq   falsafa   fandan   farqli   o‘laroq,   nazariylashtirishning   yakuniy
(oxirigacha   oborilgan)   turidir.   Falsafaning   yakuniy   nazariyalashtiruvchiligi
quyidagilarda ifodalanadi.
Birinchidan, bu falsafa fanining predmetining xususiyatidadir. Falsafa mavzusi
bo‘lmagan biron-bir bilim yoki hayot sohasi mavjud emas. Shuning uchun ham biz
tabiatshunoslikning   falsafiy   muammolari,   siyosat   va   huquqning   falsafiy
muammolari,   tilshunoslikning   falsafiy   muammolari,   texnikaning   falsafiy
muammolari va boshqalar haqida gapiramiz.
Ikkinchidan,   bu   turli   hodisa,  voqea   va   jarayonlarning   yakuniy   umumiy   ta’rifi
va   tushuntirishdir.   Falsafani   hamma   narsa   emas,   eng   avvalo   umumiy,   universal
hodisalar qiziqtiradi. Falsafa xususiy muammolar bilan shug‘ullanmaydi. Xususan,
rivojlanish   mexanizmini   o‘rgana   turib,   u   biron-bir   rivojlanishning   xususiy   sohasi
(masalan,   biron-bir   muayyan   til   rivoji   yoki   umurtqali   hayvonlar   asab   tizimining
rivojlanishi)ga   daxl   qilmasdan,   rivojlanish   kategoriyasini   universal   qonuniyat
darajasigacha   tahlilini   chiqaradi.   Nazariy   tahlilni   umumiylik   darajasigacha
yetkazish uchun falsafa tomonidan maxsus kategoriyalar - umumiy tushunchalar:
borliq, sifat, mohiyat, sabab, zarurat va boshqalar ishlab chiqilgan.
Uchinchidan,   falsafaning   yakuniy   nazariylashtirishi   uning   refleksiyaga   –   o‘z-
o‘zini   tahlil   qilishga   moyilligi,   ya’ni   o‘z-o‘zini   bilishi,   falsafiy   fikrni   o‘ziga   nisbatan
qaratishi   bilan   xotimalanadi.   Falsafa   nimanidir   o‘rganib   qolmay,   balki   shu
o‘rganishning sharoit va yo‘llarining o‘zini ham faylasufona fikr yuritish mavzusiga
aylantiradi Ko‘rib   turibmizki,   falsafa   turli   jihatlarga   va   ko‘p   vazifalarni   bajarishga   qodir.
Ma’naviy   faoliyatning   o‘ziga   xos   turi   sifatida   unga   dunyoqarash,   bilim,
nazariyasiga   doir,   uslubiy,   integrativ-sintetik,   aksiologik,   tanqidiy,   bashoratlash,
loyihalash,   evristik   va   mafkuraviy   vazifalar   xosdir.   Falsafaning   turli   tomon   va
vazifalarini aniqlash negizida uning predmeti sohasini ham belgilash mumkin.
Falsafaning   mavzu   sohasi   «dunyo-inson»   tizimi   hisoblanadi:   a)   «dunyo»
tizimi,   b)   «inson»   tizimi   va   a)   ular   o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabat   tizimi.   Bu
tizimlarning o‘zi turli darajada tasavvur etilgan. «Dunyo» tushunchasida bir butun
dunyo, uning tarkibiy qismlari (megadunyo, makrodunyo, mikrodunyo; anorganik
dunyo,   organik   dunyo,   ijtimoiy   dunyo   va   hokazolar),   ular   o‘rtasidagi   o‘zaro
bog‘liqlik va o‘zaro munosabat tushuniladi. «Inson» tushunchasida alohida olingan
shaxs, turli darajadagi ijtimoiy jamoalar, bir butun jamiyat tushuniladi.
Falsafani   «dunyo»   va   «inson»   tizimidagi   hamma   narsa   va   «inson»ni
«dunyo»ga bo‘lgan har qanday munosabati qiziqtiravermaydi. Falsafa eng avvalo
umumiylikka,   «dunyo-inson»   tizimidagi   universal   munosabatlarga   yo‘nalgan.
Bularga   ontologik   (borliq   haqida),   gnoseologik   (bilish   haqida),   aksiologik
(qadriyatlar   haqida)   va   praksiologik   munosabatlar   kiradi.   Bu   munosabatlarning
umumiyligi ularning zarur tarzdaligini bildiradi. Insonlar qaerda va qanday davrda
yashamasinlar   albatta   mana   shu   munosabatlar   orqali   atrof   muhit   bilan
bog‘liqdirlar:   ular   -   shu   dunyoning   mahsuli,   ular   shu   dunyoni   o‘rganadilar,   uni
baholaydilar va o‘zgartiradilar.
Shunday   qilib,   falsafa   -   bu   ijtimoiy   ongning   o‘ziga   xos   shakli,   nazariy
dunyoqarash   turidir.   Bunda   insonning   dunyoga   bo‘lgan   universal   munosabatlari
(ontologik,   gnoseologik,   aksiologik   va   praksiologik)   kategoriyalarning   muayyan
tizimi   orqali   umumiylashgan   shaklda   aks   etadi   va   inson   madaniyati   yutuqlari
sintezlanadi.   Shu   bilan   bir   qatorda,   falsafa   umumnazariy,   dunyoni   yaxlitligi   va
biirbutunligicha o‘rganadigan fandir.
Eramizdan   oldingi   I-ming   yillikda   Markaziy   Osiyo   hududida   saklar   va
masmaget qabilalari yashar edilar. Eramizdan oldingi VI asr oxiri V asr boshlarida
saklar   forslar   davlati   tarkibiga   kirdilar,   eramizdan   oldingi   IV   asrda   esa,   Markaziy
Osiyoga   makedoniyalik   Iskandar   Zulqarnayn   qo‘shinlari   hujum   qildi.   Bu   davrda hunarmandchilik,   madaniyat   va   san’at   rivojlandi.   Markaziy   Osiyoga   aramey
alifbosi kirib keladiki, uning asosida xorazmiy va sug‘d yozuvlari vujudga keladiyu
ana shu davrda Markaziy Osiyo xalqlarining adabiy va og‘zaki ijodi shakllanadi.
Xalq   og‘zaki   ijodining   eng   ilk   yodgorliklari   sak   va   massagetlarning
qahramonlik   haqidagi   qissalari   bo‘lib,   ular   asosida   Markaziy   Osiyo   xalqlarining
vatanparvarlik   kurashlari   yotar   edi.   Ushbu   doston   qahramonlarining   bosh
xususiyatlari   –vatanparvarlik,   jasorat   va   sadoqat   edi.   Bu   dostonlarning
qahramonlari   –   malika   Zarina   -   jangovar   kurashchi   va   shaharlar   bunyodkori;
malika   Sparetra   qo‘shin   to‘plab,   jangda   fors   davlatining   asoschisi   Ki   ustidan
g‘alaba qozonib, o‘z erini asirlikdan ozod qilgan; malika To‘maris – u bilan bo‘lgan
jangda   Ki   qo‘shinlari   mag‘lub   bo‘lib,   uning   o‘zi   halok   bo‘lgan;   Doro   qo‘shinlarini
hiyla bilan sahroga olib borgan cho‘pon Shiroq o‘ldiriladi, ammo o‘z hayoti evaziga
uning xalqi o‘z ozodligini saqlab qoladi.
Eramizdan   oldingi   VI   asrdan   boshlab   Markaziy   Osiyoda   zardushtiylik   paydo
bo‘lib, eramizning III asrigacha hukmronlik qiladi. Zardushtiylikning vatani sifatida
Markaziy Osiyo (Baqriya, Xorazm) va Eronni (Midiya) ko‘rsatadilar. Zardushtiylikda
eng   qadimgi   davrlardan   boshlab   (eramizdan   oldingi   3-2-nchi   mingyilliklar)
eramizdan   oldingi   1-mingyillik   o‘rtalarigacha   bo‘lgan   Markaziy   Osiyo   va   Yaqin
Sharq xalqlarining diniy tasavvurlari aks etgan.
«Avesto»   kitobiga   binoan,   Koinot,   yer,   okean,   osmon,   nurli   doira   va
jannatdan iborat. Yer dumaloq bo‘lib, atrofi okean bilan o‘ralgan va obu-havo, yil
fasllari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   yetti   qismdan   iboratki,   bu   bobilliklarning   yetti
shamollar haqidagi qadimgi tasavvurlaridan iqtibos qilingan. Osmon to‘rt doiradan
tashkil topgan: yulduzlar doirasi, oy doirasi, quyosh doirasi va jannat doirasi yoki
nur   makoni.   Yulduzlar,   Oy   va   Quyosh   xudo   Axura   Mazdaning   badani   sifatida
tasvirlanadi. Ular hurmatga sazovor edilar.
Zardushtiylikning   jamiyat   tarixi   haqidagi   tasavvurlari   Injil   va   Qur’ondagi
afsonalar   bilan   o‘xshab   ketadi.   Avesto   bo‘yicha   birinchi   odam   Yimadir   barcha
odamlar   undan   kelib   chiqqan.   Bu   davr   oltin   asr   sifatida   tasvirlanadi:   insonlar
abadiy hayotga ega edilar, xudo Axuramazda abadiy bahor yaratgan bo‘lib, kishilar
farovonlik   va   baxt-saodat   yashar   edilar.   Ammo   kunlardan   bir   kun   ular   gunohga botdilar: ular ta’qiqlangan mol go‘shtini yeb qo‘ydilar. Ziyonkor ruh Anxra Maynyu
ularga   sovuq   va   qor   yubordi.   Yima   odamlarni   sovuqdan   qotib   qolishlaridan
saqlash   uchun   uy   qurib,   unga   barcha   tirik   jonzotlardan   bir   juftdan   yashirdi.   Bu
afsona Shumer, Bobil, Injil va Qur’ondagi Butun dunyoni tufor bosganligi haqidagi
afsonaga ochiqdan ochiq o‘xshashdir. Tarixning birinchi davri bo‘lgan – oltin davr
shunday   tugallanib,   ikkinchi   davr   bo‘lgan-yaxshilik   bilan   yomonlik   o‘rtasidagi
kurash davri boshlanadi. Uchinchi davr, ya’ni insoniyat kelajagi Avestoda qadimgi
davr   kishilarining   baxt-saodat   haqidagi   orzulari   sifatida   tasvirlanadiki,   unda
yaxshilik   bilan   yomonlik   o‘rtasidagi   kurashda   xudo   Axuramazda   g‘alaba   qiladi   va
o‘shanda yaxshilik saltanati barqaror bo‘ladi. O‘liklarning tirilishi va mashhar kuni
haqidagi tasavvurlar ham mavjud.
Qadimgi Bobil va Misrda tabiiy-ilmiy bilimlar va falsafaning paydo bo’lishi.
Eramizdan   oldingi   IV   mingyillikning   oxiri   III-mingyillikning   boshida   qadimgi
Bobil va qadimgi Misr madaniyati o‘z taraqqiyotining yuqori nuqtasiga erishadi. Bu
davlatlarda falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi, bir tomondan, dunyo haqidagi fanlar
bo‘lgan - Astronomiya, kosmologiya, matematika birinchi odimlari bilan yaqindan
bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, afsonalar bilan bog‘liq edi. Eng muhim
ilmiy   yutuqlar   (hisobning   oltmishtalik   tizimi,   yilning   uzunligi,   geometrik   shakllar
hajmining  hisoblab  chiqilishi va  boshqalar)  amaliy  ahamiyatga  ega bo‘lib, xo‘jalik
yuritishda   qo‘llanilar   edi.   Qadimgi   Bobil   va   Misr   olimlari   oy   va   kun   tutilishi
davriligini   aniqlashga   muvofiq   bo‘ldilarki,   bu   ularga   bu   hodisani   oldindan   aytish
imkonini   berdi.   Bu   ham   amaliy   ahamiyatga   ega   edi.   Masalan,   Misr   uchun   eng
muhim   hodisa   bo‘lgan   –   Nil   daryosining   har   yilgi   ko‘tarilishi   vaqt   jihatdan
osmonda yorug‘ yulduz bo‘lgan - Suhayl (Sirius)ning paydo bo‘lishi bilan muvofiq
kelar   edi.   Misrlilar   yulduzlar   turkumi   vaziyatida   ko‘rinadigshan   Yerning   Quyosh
atrofidagi   yo‘li   joylashgan   tekislikni   (ekliptika)   aniqladilar   –   va   uni   burjlarni
(osmonda   sayyoralar   harakat   qiladigan   chambar   yo‘l)   tashkil   etgan   12   qismga
bo‘ldilar;   har   biri   30   kundan   iborat   bo‘lgan,   12   oydan   tashkil   topgan   taqvimni
vujudga   keltirdilar.   Bir   kecha   va   kunduzning   vaqti   suv   va   Quyosh   soatlari   bilan
o‘lchanar edi. Bobilliklarda bo‘lgani kabi qadimgi misrliklarning papirus qog‘ozlari
(tropik   qamishdan   qilingan)   tabobatni   sehrgarlik   usuli   bilan   davolashdan
ajratilganligini ko‘rsatadi. Qadimgi bobilliklar  va  misrliklarda ilm-fan   bilan   kohinlar  shug‘ullanar  edilar.
Ilm-fan   bilan   shug‘ullangan   misrliklar   va   bobilliklar   umuman   dunyoga   afsonalar
orqali qarar edilarki, bu haqda ular tomonidan yulduzlarni juda ham katta va uzun
yulduzlar   turkumlari   guruhlariga   bo‘lib   chiqqanliklari   va   oqibatda   ularni   mistik-
matematik ramzlar bilan belgilanganliklari guvohlik beradi. Shunday asarlar paydo
bo‘la   boshlaydiki,   ularda   afsonalarni   falsafiy   talqin   qilishga   urinishlar   ko‘zga
tashlanadi   («Arfa   chaluvchining   qo‘shig‘i»,   «Dunyodan   xafsalasi   pir   bo‘lgan
kishining   o‘z   ruhi   bilan   suhbati»,   «Hayot   ma’nosi   haqida   xoja   va   qulning   savol-
javoblari» va boshqalar). Garchi Qadimgi Misr va Bobilda falsafiy tafakkur Qadimgi
Yunoniston   saviyasiga   erishmagan   bo‘lsa   ham,   ularning   yutuqlari   Ellada
madaniyatiga   oz   ta’sir   ko‘rsatgani   yo‘q.   Masalan,   eramizdan   oldingi   I-nchi   ming
yillik   o‘rtalarida   fir’avnlar   yunoncha   turmush   tarziga   rioya   etar   edilar,   ularning
ko‘plari yunonlilar bilan qarindoshchilik iplari bilan bog‘langan edilar. Yunonlilarga
Misrda   umumiy   turarjoylar   tashkil   etishga   ruhsat   etilgan   edi.   Ular   ilm-fan   va
falsafada   misrliklarni   juda   ham   orqada   qoldirib   ketgan   vaqtlarida   ham,   Misrga
donishmandlik   manbasi   sifatida   qarab,   unga   bo‘lgan   o‘z   hurmatlarini   saqlab
qoldilar.
ramizdan   oldingi   birinchi   ming   yillik   o‘rtalarida   Hindistonda   Vedalar
mafkurasidan   holi   bo‘lgan   va   insonning   jamiyatdagi   o‘rni   masalasiga   yangicha
yondashadigan   ta’limot   paydo   bo‘ldi.   Yangi   maktablarning   ko‘pchiligi   ichidan
jaynizm va buddaviylikgina umumhind ahamiyatiga ega bo‘ldi. Jaynistlar ta’limoti
sa’naviyat   (dualizm)ni  e’lon   qildi.   Inson   mohiyati  ikki  xil  moddiy   (adjiva)   va   ruhiy
(jiva)   bo‘lib,  ularni  bog‘lab  turuvchi halqa  nozik   modda  tariqasida  tushuniladigan
karma bo‘lib, ruhni qo‘pol modda bilan qo‘shilishiga imkon beradi. Jonsiz moddani
karma   iplari   vositasida   ruh   bilan   qo‘shilishi   oqibatida   yakka   olingan   shaxs   kelib
chiqadi, karma esa  ruhni cheksiz qayta tug‘ilish va o‘zgarishlar  silsilasida  kuzatib,
unga   doimiy   hamrohlik   qilib   boradi.   Ruhni   karma   ta’siridan   xalos   bo‘lishi,   ya’ni
sansaraga faqat zohidlik va biror xayrli ish qilish yo‘li bilan erishish mumkin.
Eramizdan   oldingi   VI   asrda   Hindiston   shimolida   buddaviylik   paydo   bo‘ldiki,
uning  asoschisi   Sidxarta  Gautama  (er.ol.   583-483   yy.)   edi.   Keyinchalik   uni  Budda
deb atadilar. Buddaviylik   markazida   to‘rt   haqiqat   yotadi.   Ularga   binoan   insonning
mavjudligi azob-uqubat bilan chambarchas bog‘liq. Tug‘ilish, kasallik, qarilik, o‘lim,
ko‘ngilsiz  narsalar   bilan  to‘qnashuv  va  yoqimli  narsalardan   judo  bo‘lish,  orzudagi
narsaga erishib bo‘lmasligi – bularning hammasi jafo chekishga olib keladi. Azob-
uqubatning   sababi   quvonch   va   ehtiroslar   orqali   o‘zgarishlarga,   qayta   tug‘ilishga
olib   boruvchi   ishtiyoq   (trshna)dir.   Azob-uqubat   sababini   bartaraf   qilish   ana   shu
ishtiyoqqa   barham   berishda   yotadi.   Azob-uqubatga   chek   qo‘yishga   olib
boriladigan yo‘l, ya’ni xayrli sakkiz o‘lchovli yo‘l bo‘lib, to‘g‘ri hukm yuritish, to‘g‘ri
qaror  qabul qilish, to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri  hayotiy yo‘l tutish, to‘g‘ri niyat  va orzu,
to‘g‘ri diqqat-e’tibor va to‘g‘ri razm solmoqlikda o‘z ifodasini topadi. Hissiy lazzat
olishga   bag‘ishlangan   umr   ham,   tarki   dunyochilik   va   o‘z-o‘zini   qiynashga
qaratilgan yo‘l ham rad etiladi.
Shunday   qilib   bu   yo‘l   uch   omildan   tashkil   topadi   –   ma’rifat   (pradjna),   xulq-
atvor   (shila)   va   diqqat-e’tibor   samadxi   yoki   razm   solish.   Bularning   barchasiga
nirvonada,   ya’ni   nurlangan   holatdagi   Budda   kayfiyatida   erishish   mumkin.
Buddaviylik   markazida   shunday   tasavvur   yotadiki,   har   bir   odam   Budda   holatiga
erishish   imkoniyatiga   ega.   An’anaviy   buddaviylik   tajriba   yo‘li   bilan   asoslashga
imkon   bermaydigan   majhul   va   metafizik   masalalardan   uzoqlashadi.   An’anaga
ko‘ra,   Budda   dunyoning   oxiri   borligi   yoki   cheksizligi,   hamda   «Nurlangan   shaxs»
uchun o‘limdan keyingi hayotning imkoni borligi yoki yo‘qligi haqidagi masalalarni
muhokama qilmagan. U bunday masalalar javobsiz bo‘lganligidan kishilarni to‘g‘ri
yo‘ldan chalg‘itadi, deb hisoblagan.
Shu bilan birga bir qatorda u o‘zining axloqiy falsafasi asoslarini yaratib, azob-
uqubatning keng va chuqur sabablarini tahlil qilish bilan birga, uni bartaraf qilish
vositalarini ham ko‘rsatib berdi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
-   ashyolarning   mavjudligi   shartligini   tan   olish,   ya’ni   sababiyatning   umumiy
qonun ekanligini;
-   u   yoki   bu   shaxsning   borligini   uning   oldingi   hayotining   oqibati   sifatida,
kelajakni   esa   bugungi   mavjudlikning   oqibati,   deb   qarovchi   karma   ta’limoti,   ya’ni
sababiyatning umumiy qonunining ifodasi yoki namoyon bo‘lishi; -   o‘zgaruvchanlik   haqidagi   ta’limot,   ya’ni   umumiy   beqarorlik,   ashyolar
tabiatining   o‘tkinchiligi   haqidagi   nazariya-barcha   mavjud   narsalar   muayyan
sharoitlarga  ko‘ra   paydo   bo‘ladi,   ularning  yo‘qolishi  bilan   barham   topadi,  barcha
narsaning ibtidosi va intihosi bor.
-   o‘zgarmas   mohiyat   bo‘lgan   mustaqil   javharning   o‘z-o‘zicha   yashashini   rad
etish,   ya’ni   ruhning   abadiyligini,   insonning   «Men»ini.   Inson   xuddi   ikki   g‘ildirakli
arava   o‘zining   o‘qi   va   shotisi   uchun   majmua   bo‘lganidek,   moddiy   jism   (kaya)   va
nomoddiy   ong   (vidjnyana)   ning   turli   tarkibiy   qismlaridan   tashkil   topgan   shartli
majmuadir.   Insonning   mavjudligi   ana   shu   majmuaga   bog‘liq   bo‘lib,   qachonki,   u
bo‘linib ketsa, insonning hayoti barham topadi. Ruh yoki men ana shu majmuadan
boshqa narsa emas, degan ma’noni anglatadi.
Shunday   qilib   buddaviylik   falsafasining   markaziy   ta’limoti   barcha   mavjud
narsalarning   o‘zaro   aloqada   (pratitya)   ekanligidadir,  ya’ni   barcha   ashyolar   u   yoki
bu   holatlar   ta’siri   ostida   paydo   bo‘ladilar.   Doimiy   o‘zgarishlarga   duchor   bo‘lishi
shart   bo‘lgan   voqeylik   muayyan   zamon   lahzalarida   faqat   tajriba   orqaligina   bilib
olinadi va shuning uchun ham asosiy fikrni fahmlashga berilib ketmaydi.
Buddaviylik   bu   faqat   axloqiy-falsafiy   ta’limotgina   emas,   balki   din   hamdir.   U
eng qadimgi jahon miqyosidagi dindir. Ammo yakka xudolikka asoslangan boshqa
dinlardan   farqli   o‘laroq,   unda   yagona   Xudoga,   ruhning   abadiyligiga   ishonish
yo‘qdir,   shuningdek,   unda   Xudo   bilan   odamlar   o‘rtasida   vositachilik   qiluvchi
cherkov ham yo‘qdir. Bular o‘rniga buddaviylik yo‘lidan borishga yordamlashuvchi
e’tiqod   quyganlar   jamoasi   bordir.   Buddaviylik   shuning   uchun   ham   dindirki,   unda
najot   topishga   ishonch,   ya’ni   ko‘ngilga   yorug‘lik   kirituvchi   –   nirvonaga   erishish
imkoniyati   mavjuddir.   Biroq   buddaviylik   oqimlarining   ko‘pchiligida   e’tiqod,
dastlabki  shart   hisoblanadi.   Najot   insonga   o‘zining   tirishqoqligi   natijasida,   avvalo
meditatsiya (karaxtlik)  holatida keladi.  Haqiqatan, muayyan  bosqichlarda,  aholini
ko‘proq   jalb   etish   maqsadida,   «keng   yo‘l»   deb   atalgan   osonroq   yo‘l   ham   paydo
bo‘ldi.   Gautama   donishmandlik   o‘qituvchisidan   Xudoga   aylantirildi.   Jannat
haqidagi tushuncha paydo bo‘ldi. Buddaviylikning ko‘p xudolari jasadi qo‘yiladigan
sog‘ana (panteon) o‘ziga Budda Shakyamuni (Gautama) dan tashqari yana mingta
Buddalarni qamrab oldiki, ulardan eng mu’tabarlari Budda-Maytreya –kelajakdagi Budda bo‘lib, hozirgisini dunyo hukmdori sifatida almashtiradi va Budda Amitaba
–   jannatning   afsonaviy   sohibi   va   boshqalar   to‘g‘risidagi   tushuncha   paydo   bo‘ldi.
Najot   topish   ularga   sajda   qilish   va   ular   ismini   yodga   olish   bilan   bog‘liq   ekanligi
ta’kidlandi.
Eramizning   boshidan   boshlab   buddaviylikning   ikki   asosiy   yo‘nalishi   –
Xinayana (ikki g‘ildirakli kichik arava) va Mohayana (katta yoki keng ikki g‘ildirakli
arava) shakllandi. Ikki g‘ildirakli arava yoki deganda shunday vosita tushuniladiki,
ushbu   an’anaga   e’tiqod   ko‘yganlarni   maksadga,   ya’ni   nurlangan   holatga   olib
boradi.   Umuman   bu   ikkala   yo‘nalish   ham   buddaviylik   uchun   umumiy   bo‘lgan
asosan   intilishi   lozim   bo‘lgan   orzu   va   maqsadni   tushunishdadir.   Xinayanada
umuminsoniy   emas,   balki   o‘zining   muammolarini   bartaraf   etish   yotadi,   ya’ni   o‘z
shaxsining   ko‘ngli   nurlanishiga   erishib,   ozod   inson   maqomi   bo‘lgan   –   Arxat
darajasini qo‘lga kiritish nazarda tutiladi. Mohayanada asosiy maqsad Botxisattva
orzusiga   erishishdir.   Botxisattva   –   «nurlangan   borliq»   ma’nosini   anglatadi.   Bu
shunday   zotdirki,   oliy   ruhiy   uyg‘onishga   ega   bo‘lsa   ham,   o‘zining   ketidan
boshqalarni   ergashtirish   va   barcha   aqliy   mavjudotlarni   umumiy   tarzda   najot
topishlari uchun ularga yordamlashish maqsadida abadiy tinchlik, ya’ni nirvonaga
ketishga   qaror   qilmagandir.   Mohayana   an’analari   Xitoy,   Quriya   va   Yaponiyada
yyoyildi
Hinduviylik
Eramizning   boshiga   kelib   Hindistonning   ma’naviy   hayotida   hinduviylik   hal
qiluvchi   mavqega   ega   bo‘ldi.   U   o‘ziga   xos   ravishda   hodisalarni   butun   holda   olib
ularning  tarkibiy   qismlariga   yagona   va  bir-biriga   bog‘li,  deb   qarab   tekshirgan   din
bo‘ldiki, unda faqat Vedalar davri Hindistonining ilohlari va braxman kohinlarining
rasm-rusumlarigina   emas,   balki   mahalliy   ilohlarning   bir   qator   marosimlari   ham
o‘zlashtirib olingan edi. Barcha ilohlar zumrasidan birinchi radifga Vishnu va Shiva
olib chiqildi. Hinduviylikning eng mashhur asari axloqiy masalalarga bag‘ishlangan
va   shaklga   shaxs   sifatida   kirgan   xudoga   sadoqatni   e’lon   qilgan   «Bxadavadgita»
(«Ilohiy   ashula»)   dir.   Hinduviylikning   falsafiy   asosi   o‘z   ifodasini   quyidagi   olti
tizimda topgan: Sankxya, Yoga, Vaysheshika, Nyaya, Mimansa, Vedanta. Sankxya   ta’lim   beradiki,   dunyoning   birinchi   moddiy   sababi   bo‘lgan   –prakriti
mavjuddir. His-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan prakritining dunyoviy mavjudotlarga
aylanganligi quyidagi  uch  sifatiy  unsurlar  ta’siri  ostida  ro‘y  beradi:  rajas   (intilish),
tamas (qorong‘ulik) va sattva (oydinlik). Har bir ashyoda, uning xususiyatiga ko‘ra,
ushbu  uch   unsurlardan  biri ustunlik  qiladi.  Go‘zallik,  donishmandlik   va  haqiqatga
moyilligi bor ashyolarda sattva ustunlik qilsa, tamas barcha bo‘sh, chegaralangan,
noaniq   narsalarda   hal   qiluvchi   unsurdir.   Rajas   esa,   barcha   faol,   g‘ayratli,
tajovuzkor   narsalarda   ustunlikka   ega.   Prakriti   bilan   bir   qatorda   Sankxyada
dunyoning moddiy asosidan mustaqil bo‘lgan purushi (mutlaq ruh) ning mavjudligi
tan olinadi. Uni barcha ashyolarda ishtirok etishi va u tufayli mavjud bo‘lgan tirik
jonzotlarda   mavjudligiga   qaramasdan,   kuzatish   va   topish   mumkin   emas.   Prakriti
bilan purushining qo‘shilishi chog‘ida 25 tayanch negiz kelib chiqadiki, ular orasida
moddiy (suv, tuproq va shunga o‘xshash) narsalar bilan bir qatorda ma’naviy (o‘z
mohiyatini anglash, aql) narsalar ham mavjud bo‘ladi.
Yoga ruhiy tushunchalarni tadqiq qilish va amaliy ruhiy ta’limga urg‘u beradi;
ko‘pincha   ilgari   mavjud   bo‘lgan   turli   tizimlarning   meditatsiya   (karaxtlik)   holati
haqidagi qoidalardan kelib chiqadi.
Vaysheshika   doimiy   o‘zgarishlar,   abadiy   va   davriy   paydo   bo‘lish   va   zavol
topish   jarayonlari   mavjudligiga   asoslanadi.   Biroq,   bu   jarayonda   turg‘un   unsur
bo‘lgan   atom   ham   bor.   Atomlar   abadiy   bo‘lib,   zavol   topmaydilar,   ular   hech   kim
tomonidan   yaratilgan   emaslar.  Atomlarning  vaqtinchalik   qo‘shilishlaridan   bizning
his-tuyg‘ularimizga   yetib   kelishi   mumkin   bo‘lgan   jonli   va   jonsiz   ashyolar   paydo
bo‘ladilar.   Bunday   holatda   boshqachaga   aylanish   atomlarning   doimiy   ravishda
bo‘linishi va qo‘shilishi natijasida kelib chiqadi. Ruh nomoddiy, abadiy va beintiho
bo‘lib   ikki  shaklda  mavjud   bo‘ladi:   mutlaq,   mukammal   va  hamma   joyda   hozir   va
alohida. U hayotning cheksiz charxipalagida sarson-sargardonlikda yuradi.
Nyaya   maktabi   Vaysheshika   bilan   chambarchas   bog‘langan   bo‘lib,   unda
asosiy   e’tibor   mantiq   va   bilish   nazariyasi   masalalariga   qaratiladi,   jumladan,   his-
tuyg‘u ishonchli, haqiqiy bilim vositasi bo‘lib, xulosaga olib keladi. Xulosa esa qiyos
vositasida chiqariladi. Foydalanilgan adabiyotlar
Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993; 
Moʻminov   I.   M.   Oʻzbekistondagi   tabiiyilmiy   va   ijtimoiyfalsafiy
tafakkurtarixidan lavhalar, T., 1998; 
Klassicheskaya   nauka   Sredney   Azii   i   sovremennaya   mirovaya
sivilizatsii, T., 2000; 
Diogen   Laerte   kiy,   O   jizni,   ucheniyax   i   izrecheniyax   znamenitix
filosofov, M., 1979.

Mavzu: Falsafa ilmi, uning predmeti va uning muammolari Reja: 1. Falsafaning predmeti va ob’ekti 2. Dunyoqarash tushunchasi va uning turlari 3. Falsafiy dunyoqarashning mohiyati 4. Falsafaning jamiyat hayotida tutgan o’rni Falsafa dunyoqarash sifatida

Har qanday falsafa insonning dunyoga nisbatan u yoki bu munosabatini ifodalab, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi. Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta’riflar: falsafa - bu dunyoqarash yoki boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir. Dunyoqarash nima? Hamma zamonlarda ham inson oldida uning atrof muhitga, boshqa odamlarga, o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatini belgilovchi savollar ko‘ndalang turadi. Har birimiz unday yoki bunday tarzda ularga duch kelamiz. Bizni o‘rab turgan dunyo nimadan tashkil topgan? Uni bilib bo‘ladimi va agar bilish mumkin bo‘lsa, qay darajada? Insonni o‘zi nima? U qanday bo‘lishi kerak? O‘limdan so‘ng bizni nima kutadi? Dunyoni nima boshqaradi? Dunyoda yovuzlik muqarrarmi? Inson dunyoni o‘zgartira oladimi? Mana shunday savollarga javoblardan inson dunyoqarashi shakllanadi. Dunyoqarash - bu insonni o‘rab turgan dunyo va uning unda tutgan o‘rniga nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi - «Men» (sub’ekt dunyosi) va «Men - emas» (sub’ektga nisbatan tashqarida bo‘lgan dunyo) o‘rtasidagi munosabatdir. Har qanday dunyoqarash tarkibiga: bilim, baholash, e’tiqod va aqidalar kiradi. Dunyoqarash turli shaklda mavjud bo‘lishi mumkin: kundalik, mifologik, afsonaviy, diniy, badiiy, falsafiy va ilmiy tusdagi tasavvurlar. Dunyoqarash shaxsiy ong va ijtimoiy ong dalili tarzida bo‘lishi mumkin. Masalan, afsonaviy dunyoqarash to‘g‘risida gapirganda biz muayyan shaxsning olam to‘g‘risidagi tasavvurlari emas, balki qadimgi zamon jamoasi tasavvurlari haqida fikr yuritamiz. Yohud biz xristianlar, musulmonlar, buddaviylar va boshqa diniy guruhlar dunyoqarashi to‘g‘risida gapiramiz. Shu bois dunyoqarash shaxs, ijtimoiy guruh (diniy, milliy, yoshga oid, jinsiy, kasbiy va b.), davlat, davlatdan tashqari tuzilmalar dunyoqarashi sifatida ham bo‘lishi mumkin. Falsafa nazariy tafakkur sifatida Dunyoqarashning kundalik, diniy-afsonaviy va badiiy turlaridan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash asosiy qoidaga muvofiq nazariy shaklda mavjud bo‘ladi. Falsafa o‘z oldiga ongli tarzda muayyan muammolarni qo‘yadi va ularni

ma’lum tamoyillar asosida maxsus joriy qilingan va ishlab chiqilgan tushuncha (kategoriya) va usullar orqali hal qiladi. Falsafa avval boshdanoq nazariydir. Bundan tashqari, u umuman tarixiy jihatdan tafakkurning dastlabki shakli hisoblanadi. Falsafa o‘z shakllanishining boshidanoq tajriba (amaliy bilim, amaliy malaka, hayotiy ko‘nikma va an’analar)dan farqli o‘laroq, narsalarni mantiq va dalil, kundalik tasavvurlarga tanqidiy munosabat, yuzaki voqea-hodisalarning ichki, tashqi nigohdan yashirin mohiyatini to‘g‘ri xulosa, fikr qilish orqali topishga qaratilgan. Qadimgi Xitoy faylasuflari o‘z davridayoq yakuniy shakldagi dao bilimi (bevosita ma’lum modda dunyosini bilish) va asosiy sabab sifatidagi dao (mohiyatni bilish)ni farqlaganlar. Asosiy sabab sifatidagi daoni bilish - yakuniy shakldagi daoni bilish kalitidir: «Yer yuzida ibtido mavjud va u Olam onasidir. Onani anglashga qachon erishilsa, demak uning bolalarini ham anglash mumkin bo‘ladi. Falsafa nazariylash-tirishning yakuniy usuli sifatida Tajriba (yakka, alohida narsalarni bilish) bilan fan (narsalar sababi va ibtidosini umumiy bilish) Qadimgi Yunon falsafasida bir muncha aniq ajratilgan. Qadimgi Yunon faylasuflari e’tiborni ibtido va sababni bilishga qaratganlar, «chunki qolgan hammasi ular orqali tushuniladi»2. Qadimgi (antik) falsafa nazariy tafakkurning muhim xususiyati bo‘lmish ta’rif («nima», «qanday?» savollari bilan bog‘liq) bilan tushuntirish («nima uchun?», «qanaqa sabab?» savollariga javob)ni aniq farqlagan. Masalan: yunon faylasufi Arastu (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) shunday deb yozgan edi: «Tajribaga ega bo‘lganlar «nima» ekanligini biladilar, ammo «nima uchun ekanligini, ya’ni sababini bilmaydilar»3. Dunyoning an’anaviy diniy-afsonaviy manzarasi bilan qanoatlanuvchi ko‘pchilik odamlardan farqli o‘laroq, eng ilk davrlardagi faylasuflar turli tabiiy va ijtimoiy jarayonlar hamda hodisalarni aqliy yo‘l bilan (nazariy) tushunishga va uni kelib chiqish hamda kechish sabablari va qonuniyatlarini tushuntirishga uringanlar. Faylasuf nigohiga tushgan barcha narsa, ya’ni Quyosh, Oy va ularning tutilishi, yulduzlar, mavsumlarning almashishi, musiqiy asboblarning tuzilishi, hayvon va odamlarning kelib chiqishi, daryolarning toshishi, davlatning siyosiy

tuzilishi kabi boshqa hamma narsalar faylasufona fikr yuritish (nazariy fikrlash) mavzusi bo‘lgan. Nazariy dunyoqarash bo‘lgan falsafa, shu bilan birga mantiqiy tizimlashtirilgan dunyoqarash hamdir. Boshqacha aytganda, bu inson va dunyoga bo‘lgan qarashlarning oddiy majmui emas, balki muayyan, rasional-mantiqiy usul bilan tuzilgan kategoriya (falsafiy tushuncha)lar tizimidir. Falsafa inson nazariy faoliyatining yagona shakli emas. Fan ham xuddi shu kabidir. Biroq falsafa fandan farqli o‘laroq, nazariylashtirishning yakuniy (oxirigacha oborilgan) turidir. Falsafaning yakuniy nazariyalashtiruvchiligi quyidagilarda ifodalanadi. Birinchidan, bu falsafa fanining predmetining xususiyatidadir. Falsafa mavzusi bo‘lmagan biron-bir bilim yoki hayot sohasi mavjud emas. Shuning uchun ham biz tabiatshunoslikning falsafiy muammolari, siyosat va huquqning falsafiy muammolari, tilshunoslikning falsafiy muammolari, texnikaning falsafiy muammolari va boshqalar haqida gapiramiz. Ikkinchidan, bu turli hodisa, voqea va jarayonlarning yakuniy umumiy ta’rifi va tushuntirishdir. Falsafani hamma narsa emas, eng avvalo umumiy, universal hodisalar qiziqtiradi. Falsafa xususiy muammolar bilan shug‘ullanmaydi. Xususan, rivojlanish mexanizmini o‘rgana turib, u biron-bir rivojlanishning xususiy sohasi (masalan, biron-bir muayyan til rivoji yoki umurtqali hayvonlar asab tizimining rivojlanishi)ga daxl qilmasdan, rivojlanish kategoriyasini universal qonuniyat darajasigacha tahlilini chiqaradi. Nazariy tahlilni umumiylik darajasigacha yetkazish uchun falsafa tomonidan maxsus kategoriyalar - umumiy tushunchalar: borliq, sifat, mohiyat, sabab, zarurat va boshqalar ishlab chiqilgan. Uchinchidan, falsafaning yakuniy nazariylashtirishi uning refleksiyaga – o‘z- o‘zini tahlil qilishga moyilligi, ya’ni o‘z-o‘zini bilishi, falsafiy fikrni o‘ziga nisbatan qaratishi bilan xotimalanadi. Falsafa nimanidir o‘rganib qolmay, balki shu o‘rganishning sharoit va yo‘llarining o‘zini ham faylasufona fikr yuritish mavzusiga aylantiradi

Ko‘rib turibmizki, falsafa turli jihatlarga va ko‘p vazifalarni bajarishga qodir. Ma’naviy faoliyatning o‘ziga xos turi sifatida unga dunyoqarash, bilim, nazariyasiga doir, uslubiy, integrativ-sintetik, aksiologik, tanqidiy, bashoratlash, loyihalash, evristik va mafkuraviy vazifalar xosdir. Falsafaning turli tomon va vazifalarini aniqlash negizida uning predmeti sohasini ham belgilash mumkin. Falsafaning mavzu sohasi «dunyo-inson» tizimi hisoblanadi: a) «dunyo» tizimi, b) «inson» tizimi va a) ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tizimi. Bu tizimlarning o‘zi turli darajada tasavvur etilgan. «Dunyo» tushunchasida bir butun dunyo, uning tarkibiy qismlari (megadunyo, makrodunyo, mikrodunyo; anorganik dunyo, organik dunyo, ijtimoiy dunyo va hokazolar), ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro munosabat tushuniladi. «Inson» tushunchasida alohida olingan shaxs, turli darajadagi ijtimoiy jamoalar, bir butun jamiyat tushuniladi. Falsafani «dunyo» va «inson» tizimidagi hamma narsa va «inson»ni «dunyo»ga bo‘lgan har qanday munosabati qiziqtiravermaydi. Falsafa eng avvalo umumiylikka, «dunyo-inson» tizimidagi universal munosabatlarga yo‘nalgan. Bularga ontologik (borliq haqida), gnoseologik (bilish haqida), aksiologik (qadriyatlar haqida) va praksiologik munosabatlar kiradi. Bu munosabatlarning umumiyligi ularning zarur tarzdaligini bildiradi. Insonlar qaerda va qanday davrda yashamasinlar albatta mana shu munosabatlar orqali atrof muhit bilan bog‘liqdirlar: ular - shu dunyoning mahsuli, ular shu dunyoni o‘rganadilar, uni baholaydilar va o‘zgartiradilar. Shunday qilib, falsafa - bu ijtimoiy ongning o‘ziga xos shakli, nazariy dunyoqarash turidir. Bunda insonning dunyoga bo‘lgan universal munosabatlari (ontologik, gnoseologik, aksiologik va praksiologik) kategoriyalarning muayyan tizimi orqali umumiylashgan shaklda aks etadi va inson madaniyati yutuqlari sintezlanadi. Shu bilan bir qatorda, falsafa umumnazariy, dunyoni yaxlitligi va biirbutunligicha o‘rganadigan fandir. Eramizdan oldingi I-ming yillikda Markaziy Osiyo hududida saklar va masmaget qabilalari yashar edilar. Eramizdan oldingi VI asr oxiri V asr boshlarida saklar forslar davlati tarkibiga kirdilar, eramizdan oldingi IV asrda esa, Markaziy Osiyoga makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn qo‘shinlari hujum qildi. Bu davrda