MORFOLOGIK TAHLILNING AVTOMATIK TIZIMI
MORFOL OGI K TA HL I L N I N G A V TOMA TI K TI ZI MI Реж а : 1. O‘zbek morfologiyasini modellashtirish. 2. Morfemalarni birikish mexanizmini tavsiflash. 3. Affikslarni guruhlarga bo‘lish yo‘llari va modellari. 4. So‘z yasalish jarayonini modellashtirish
O‘zbek morfologiyasining qoidalarini kompyuter modellashtirish usullari va vositalarini tadqiq etish va so‘zlarni morfologik sintez qilishga mo‘ljallangan programmalar majmuini o‘rganishdan iborat. So‘zlarning avtomatik morfologik aniliz va sintez ularni turli shakllarini aniqlash, leksik-grammatik axbarotlar yig‘ish hamda so‘z tuzilishining to‘g‘ri va noto‘g‘ri ekanligini kompyuter yordamida aniqlash maqsadida bajariladi. Bajarilagan masalalar quyidagilardan iborat: 1) tabiiy til mantlarini modellashtirish usullari va vositalarini o‘rganish; 2) o‘zbek tili morfologiyasi qoidalarining formal tavsifini berish; 3) ismni anglatuvchi so‘zlarni morfologik sintez qilish algoritmlari bilan tanishamiz; 4) algoritmni kompyuterda amalga oshirish programmalari majmuasini o‘rganish. O‘zbek t ili morfologiy asining ba’zi umumiy masalalari. Boshlang‘ich t ushunchalar. Morfema (o‘zak yoki affiks) – bu minimal til birligi bo‘lib, u biron ma’noni anglatuvchi va boshqa soddaroq qismlarga bo‘linmaydigan minimal til birligidir.
So‘z shak li – morfemalarning til qoidalari tizimi va meyorlar asosida tuzilgan va tartiblangan ketma-ketligidir. Ko‘pgina turkiy tillarda so‘z shakllari singarmonik xususiyatga ega. O‘zak – so‘zning o‘zgarmas qismi bo‘lib, uning barcha shakllarida qatnashadi. Turkiy tillarda majburiy yoki fakultativ turga bo‘linadi. So‘z shakllarining minimal modeli uchun majburiy affikslarning ishtirok etishi zaruriy shartdir. Masalan, ismni anglatuvchi barcha o‘zbek so‘zlari son va kelishik kategoriyasini bildiruvchi affikslarni o‘z ichiga oladi. Fakultativ affikslar yordamida shakl yoki so‘z yasash munosabatlari ifodalanadi. Affikslar so‘z yoki so‘z shakllarida bir necha xil singarmonik variantlarda (allamorflar) ifodalanishi mumkin. Allamorflar soni turli tillar uchun turlicha. U tilning qanday darajasida singarmonik regulyarligidan bog‘liq holda birmuncha katta chegaralar orasida o‘zgarishi mumkin. Singarmonika keng tarqalgan tillar affikslarning ko‘p sondagi allamorflariga ega. Bunday tillarga oltoy, boshqird, tuva, yaqut va shu kabi tillarni misol qiib ko‘rsatishg mumkin. Ba’zi tillarda singarmonika kamroq yoyilgan bo‘lib, ularda affikslarning allamorflari ko‘p emas. O‘zbek va uyg‘ur tillari shunday tillar safiga kiradi. Boshlang‘ich ma’lumot lar. Bitiruv ishida quy-ilgan masalalarni hal qilish uchun o‘zbek tilidv mavjud morfemalar
to‘plamini oshkor shaklda berishimiz zarur. Bu to‘plamga ismni anglatuvchi so‘zlarda uchraydigan affikslar ro‘yxatini kiritamiz. 1) –chi va –gar affikslari: til+chi, el+chi, +baliq+chi va h.k. yoki zar+gar, chilan+gar va h.k. 2) –dosh affiksi: zamon+dosh, sir+dosh va h.k. 3) –lik affiksi: tinch+lik, ozod+lik va h.k. 4) –chilik affiksi: dehqon+chilik, xato+chilik va h.k. 5) –dagi affiksi: shahar+dagi, osmon+dagi, uy+dagi va h.k. 6) –day yoki –dek affikslari: darax+dek, oltin+dek va h.k. 7) –li affiksi: aql+li, sir+li, taniq+li, baho+li va h.k. 8) –siz affiksi: aql+siz, baho+siz, tosh+siz va h.k. 9) –niki affiksi: qiz+niki, ota+niki va h.k. 10-11) son kategoriyasi affikslari: birlik (Ø) va 0ko‘plik (–lar). Masalan,qush+lar, bola+lar, kitob+lar va h.k. 12-19) egalik kategoriyasidagi affikslar: ota+m, ota+ng, ota+miz, ota+ngiz, ota+si. 20-25) Kelishik kategoriyasidagi affikslar: –ni, –ning, –ga,/ka,/qa, – da, –dan. 26-33) Shaxs kategoriyasidagi affikslar: ota+man, ota+san, ota+Ø, ota+miz, ota+siz. 34-35) so‘roq va tasdiq affikslari: ota+mi, ota+Ø.Affikslarning to‘liq ro‘yxati 1-jadvalda keltirilgan. Hamma affikslar 7 sinfga (kategoriya) bo‘lingan va sinflarning komlari jadvalning2-ustunida yozilgan. Bu yerda quyidagi belgilashlar olingan:
1) OZK – o‘zak morfemalar sinfi; 2) SYM – so‘z yasovchi morfemalar sinfi; 3) ITER – iterativ affikslar (ikkilamchi o‘zaklar yasashda takror ishtirok etishi mumkin bo‘lgan affikslar) sinfi 4) SON – son affikslari sinfi; 5) EGA – egalik affikslari sinfi; 6) KLSH – kelishik affikslari sinfi; 7) SHAXS – shaxs affikslari sinfi; 8) SOR – so‘roq affikslari sinfi; Birinchi jadvalning 4-ustunida affikslarning allamorflari, 3- ustunda esa ularning kodlari yozilgan. O‘zbek tilida (boshqa tillarda ham)o‘zak morfemalar sinfining katta hajmi juda katta va shuning uchun ularning to‘liq ro‘yxatini berish amalda mumkin emas. Lekin, biz so‘z o‘zaklari ilgaridan aniqlangan deb hisoblaymiz va bitiruv ishida quyilgan masalalarni hal qilish uchun o‘zaklarning chekli ro‘yxatini keltiramiz. O‘zbek morfologisini modellasht irish. Morfemalarni birik t irish mexanizmini t av sifl ash Turkiy so‘zlarni morfemalarning chiziqli tartiblangan ketma- ketliginidan iborat deb qarash mumkin. Ammo bunday tasvirlash barcha hollarda o‘rinli deb bo‘lmaydi, chunki iterativ affikslar deb ataluvchi va bir so‘z tarkibida bir necha bor uchrashi mumkin bo‘lgan morfemalar chiziqli tartibni buzishi mumkin. Masalan, uy +Ø+da+gi+lar+imiz+nik i –