logo

XIZMAT OTLARI TRENINGI VA DRESSIROVKA QILISH ASOSLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

30.4140625 KB
XIZMAT   OTLARI   TRENINGI   VA   DRESSIROVKA
QILISH  ASOSLARI.
Reja: 1. Qulunlarni qo’lga o’rgatish. 
2. Toylarni mashqqa tayyorlash
3. Qulunlarning mo t sion – treningi
4. Toylarning otxonadagi rejimi
5. Toylar treningining vazifalari  
6. Toylarni minishga o’rgatish
7. Ishchi yo’lakchaga chiqish
8.  Bir yashar toylarning yozgi treningi
9. Ot allyurlari va ularning ahamiyati 1. Qulunlarni qo’lga o’rgatish . 
Yangi   tug’ilgan   qulunning   shartli   –   reflektor   faoliyati   qachon   boshlanadi?
Bunga   aniq   javob   berish   qiyin.   Kuzatishlar   bu   jarayon   qulun   tug’ilgandan   so’ng
birinchi   kunlardan   boshlanishini   ko’rsatadi.   Mashq   qildirishning   bu   muhim   davrida
odamning aralashishi   b i r i n c h i   navbatda   muloyim bo’lishi lozim. Odam ovozi ko’p
marotaba ko’rish, eshitish va sezish omillari bilan qo’shilib, qulunning kelajakdagi
harakatlari   va   xulqiga   asos   soladi.   Qulun   qo’pol   va   muloyim   ohanglarni   juda   tez
ajrata   oladi   va   shartli   –   reflektor   faoliyat   qonuniyatiga   asosan,   odam   buyruqlarini
bajarishga   boshlaydi.   Qulun   tug’ilgandan   keyin   20   kun   o’tgach   unda   shartli
reflekslarni   ishlab   chiqarishga   kirishiladi.   Birinchi   navbatta   qulunni   o’z   o’rnidan
turib   otboqar   ishi   uchun   joy   bo’shatishga   o’rgatish   lozim.   Buning   uchun   otboqar
dennikka   kirib   muloyim,   lekin   qatiy   ohangda   qulunga   qarab   "tur"   deyishi   lozim.
Bunda qo’l bilan birorta harakat qilinsa yanada yaxshi bo’ladi.           Keyin u qulun	
oldiga  borib   ehtiyotkorlik   va   muloyimlik   bilan   uni   yotgan  	o’rnidan turg’izib, iloji	
bo’lsa kichik sabzi bo’lagini berishi lozim.	
Refleksii  tez  va mustahkam  ishlab  chiqish  uchun qo’yidagi talablarga  	rioya	
qilish zarur :	
1. Mashq bir kunda bir necha marotaba o’tkaziladi.
2. Otxonada tinchlik saqlanadi.
3. Qo’llanadigan qo’zg’ovchi usullar va vositalar bir xil va doimiy bo’ladi.       
4. Ishlab chiqilgan refleks doim	o mustahkamla	nadi	.	
Qulunni   urish   yoki  unga   nisbatan   qo’pol     munosabatda   bo’lish     katiyan	
man 	etiladi.  	Bir xafta	 –	 10 kundan so’ng qulunga no’xta kiygiziladi. No’xta yengil	
va	 ixcham bo’lishi kerak. Birinchi kun	da	 no’xta 2 soatga, keyinchalik yarim kun	ga	
– ertalabdan tushgacha kiygiziladi. No’xtani o	hista va e’tibor bilan kiygizish 	lozim.	
Qulun no’xtaga to’liq o’rgangandan so’ng uni otboqar o’z qo’llarida ushlab	,	
qulunni   harakatga   o’rgatishi   kerak.   Buning   uchun   otboqar   quluning   chap
tomonidan   turib	,  no’xta   xalqasidan   ushlab   uni   dennikdan   onasi   orqasidan  	yetalab	
chiqarishi lozim. Bunda qulunning tanasi biror narsaga urilib 	shikastlanmasli	gi	 kerak. Qulun   tashqariga   chiqarilgandan   so’ng   no’xtaning   xalqasiga   yengil   jilov	
bog’lanadi.   Otboqar   chap   qo’liga   jilovning   ikki   uchini   oladi,   o’ng   qo’lida   esa
no’xtaga   jilov   bog’langan   joyini   ushlab   qulunni   ohista   onasining   orqasidan
ergashtirib   yurgizadi.   Bir   necha   kundan   so’ng   qulun   onasining   yonida   doimo
yurgiziladi. Qulunni yurgizganda unga qarash mumkin emas, aks holda u  	yurmaydi,	
orqasiga   tisariladi.   Keyinchalik   qulunlarga   ikki   tarafga   tortib  	bog’lash,   taqalash,	
yurgizish reflekslari o’rgatiladi (ishlab chiqiladi).2. Toylarni mashqqa tayyorlash	
Otlarni   yuganga  o’rgatganda  dastlab  u  no’xtaning   ustidan   erkin  	kiygiziladi   va	
toy no’xtaning uchidan ushlab yetaklanadi. Yetakka yaxshi 	moslashgandan keyin, 	8 –	
9	 oylik   toylar   maxsus   qurilgan  	y o p i q	 xonalarda  	(manejda)   yoki   ochik   xavoda	
(kordada)  aylanib chopishga o’rgatiladi. 
Yopiq   xonalarda   toyni   jilovsiz   aylanib   chopishga   o’rgatish   mumkin.
Buning   uchun   o’rgatavchi   xona   o’rtasida   turib,   toyning   chopishini   uzun   kamchi
bilan   boshqaradi.   Choptirish   mashqi   davrida,   asta–sekin,   toyni   bir   xil   yurishdan
ikkinchi xil yurishga o’rgatish kerak. Toy bir yoshga to’lganda egar– jabduqqa va
aravaga   qo’shishga   o’rgatiladi.   Aravaga   qo’shiladigan   toy   jilovga   o’rgangan
bo’lishi   lozim.   Aravaga   yoki   kachalkaga   (2   g’ildirakli   sport   aravasi)   faqat   egar   –
jabduq,   yugan,   jilov   orqali   boshqarilishga,   o’nga,   chapga   burilishga   va   to’xtashga
to’liq  o’rgangan toylar qo’shiladi.
             Issiq kunlar boshlanishi bilan mashq to’xtatilib, toylar 1,5 – 2 oy  muddatga
yalovga   erkin   qo’yib   yuboriladi,   undan   keyin   tizimli   individual   mashq   qildirishga
o’ tiladi.   O’rgatavchi   toylarning   yoshiga,   rivojlanishiga   va   mashqni   bajarish
qobiliyatiga   qarab,   ularni   guruhlarga   bo’ladi.   Har   bir   guruh   uchun   kalendar   ish
rejalari tuziladi. Bajariladigan ish rejasida yo’rtish turlari va yaylovga olib chiqish
vaqti   aniq   ko’rsatiladi.   Yaxshi   rivojlangan,   o’rtacha   semizlikda,   qobiliyati   yuqori
bo’lgan toylar sinash uchun ippodromga yuborish uchun tayyorlanadi. 
3. Qulunlarning mo t sion – treningi
Qulun   tug’ilishining   birinchi   kunidan,       uning   kerakli   harakatlari   doimo
trenerlik   rejimi   bo’yicha   bajarilishiga   e’tibor   berish   kerak.   Motsion   –       treningni bajarish,   ya’ni   toylarning  to’liq,   yaxshi   harakatlanishini   ta’minlash maqsadida,
ularni yaylovga yoki otxona yonida qurilgan levadaga kun    bo’yi erkin holda yurgizish
uchun chiqarish lozim.
Cho’l   yoki   yaylov sharoitida   mosionni   (sayr) o’tkazish   uchun   qulunlar
uyuri   ikki   chavandoz kazatuvida chiqariladi. Bir chavandoz uyur oldida keta turib
unga   tezlik,   kerakli   allyur   va   yo’nalishni   ko’rsatadi.   Ikkinchi   chavandoz  uyur
orqasida  yurib, uning cho’zilib ketmasligi  va tarqalmasligini  kuzatadi. Sayr     qilish
masofasi   3–4   km   tashkil   qiladi.  Sayr   ohirida  qulunlarning   c h o p i b   h a r akatlanishi
albatta oddiy qadamlab yurish bilan tugallanadi. Allyurlar    almashinib turishi trener
orqali kuzatiladi va belgilanadi. 
Qulunlarning   ahvoli,   sog’ligi   va   rivojlanishiga   qarab   ularni   i k k i   guruhga
bo’lish maqsadga muvofik.   Qulunlarni yaylov, levada yoki otxona yaqinida qurilgan
levadada   mosion   qildirish   mumkin.
Motsion   –   trening   rejimi   bilan   qulunlar   10–12   oylik   bo’lganlaricha
tarbiyalanadi, keyin esa ular umumiy biyalar to’dasiga o’tkaziladi.
4. Toylarning otxonadagi rejimi
Qulun hayotining dastlabki 3–4 kunida maxsus bo’linmada  saqlanadi, so’ngra
u onasi bilan mosionga chiqariladi va kun sayin uning sayr  qilish muddati uzaytirilib
boriladi. Biyalar 5–7 kunlik qulunlar bilan kichik guruhlarda asraladi. Quluni 10–15
kunlik   bo’lganda   esa   biya   umumiy     podaga   qo’shiladi.   Qulunlar   dastlabki   1   oy
mobaynida   o n a s i n i   har   soatda   emishi   kerak.   1–1,5   chi   oyidan   boshlab   qulun
o’simliklar   bilan   oziqlana   boshlaydi.   Hayotini   ikkinchi   oyidan   uni   o’rgatish
boshlanadi.   Qulun   konsentrat   oziqlarni   dastlab   200–300   g   dan,   onasidan   ajratish
davrida esa 3 –3,5 kg dan iste’mol qilishi kerak.
Qulunlar   onasidan   6–7   oyligida   ajratiladi    va   jinsi   bo’yicha    guruhlarga
bo’linadi  (avgust, setyabr,  oktyabr  oylarida).    Onasidan   ajratilgan   qulunlar   bittadan
yoki ikkitadan bo’lmalarga  joylashtiriladi. Bo’lmalar kengligi 9 m 2
 atrofida bo’lishi
lozim. Bo’lmalar  avtomatik suvdon bilan jixozlangan, quruq  va yorug’ bo’lishi zarur. 10–15  bosh      qulunlar    zallarda  (75 m 2
),   umumiy      guruhda         saqlanishi
mumkin .   Bo’lmalar   kuniga   2   marotaba,   zallar   esa   asrash   davrida   1–2   marotaba
tozalanadi.
Yosh toylar  1 kunda 4 marta oziqlantiriladi.   Konsentralar ertalab,          peshin
va   kechqurun   beriladi.   Pichan   3   marta,   shirali    oz u q a l ar       2    marta     beriladi.
Kech va nimjon tug’ilgan hayvonlar alohida ajratiladi. Ularga 3– 8 litrdan obrat yoki
suyultirilgan  sigir   suti  beriladi   (1  l  sutga  25  g qand  qo’shiladi).   Oktyabr   – yanvar
oyigacha toyning har 100 kg tirik vazniga – 2,8,  biyalarga – 2,5 oziqa birligi beriladi.
Yanvar oyidan yem miqdori  2,5–2,3   kg ni  tashkil qilishi kerak. Bunda har bir oziqa
birligiga  105–106   g hazmlanuvchi    oqsil, 6,5–7,5 g kalsiy, 5,56 g fosfor va 20 mg
karotin to’g’ri kelishi lozim.
Dastlabki   oylarda   toylar   rasionini   50–60   %   (to’yimligi   bo’yicha)   omixta
ozuqalar tashkil etishi kerak.
5. Toylar treningining vazifalari  
Mashq   qildirish   va   sinash   otlarning   sog’ligini   yaxshilaydi,   ish   qobiliyatini,
sharoitga   moslashuvchanlik   xususiyatini   va   har   xil   kasalliklarga   chidamligini
oshiradi. Chunki  tizimli  ravishda  mashq  qil dirib   va   sinab   turilmasa,   har   qanday   ot
zoti   ham   takomillashmaydi,   avlodlari   yaxshi   xususiyatlarini   o’zida   saqlab
qololmaydi.
Mashq   qildirish   deb   har  xil  uzoqlikdagi  masofani  turli  allyur, usullar  va   turli
tezlikda bosib o’tishiga aytiladi. Otlarning zotiga va tipiga qarab,  mashqlar turlari va
bajarilish usullari har xil bo’ladi.
Otlarni mashq qildirish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ot shunchalik  yaxshi
chiniqadi,   ish   qobiliyati   yaxshi   bo’ladi,   harakati   silliqlashadi,   bajariladigan   ish
miqdoriga avvalgiga qaraganda kam kuch sarflaydi. Bundan    tashqari tizimli mashq
qildirish   davomida   otlarning   yurak,   o’pka,   muskullari   va   markaziy   asab   tizimi
yaxshi rivojlanadi, ozuqaga bo’lgan talabi oshadi. Organizmda modda almashinuvi
kuchayadi, eng muhimi, asta –  sekin ularning potensial imkoniyatlari ochila boradi.
Ma’lumki   madaniy   ot   zotlarining   kelib   chiqishida   xillash   va
tanlashning asosiy elementlari – mashq qildirish va sinashning roli g’oyat  k attadir. 6. Toylarni minishga o’rgatish
Toy  bir yoshga to’lganda uni egar jabduqqa va aravaga qo’shishga o’rgatish
lozim.   Aravaga   qo’shiladigan   toy   jilovga   o’rgangan   bo’lishi   lozim.   Arava   yoqi
kachalkaga faqat egar jabduq, yugan, jilovga; o’nga, chapga burilishga  va to’xtashga
to’liq   urgangan   toylar   qo’shiladi.     Toy   hayotining   dastlabki   bir   yarim   yilida   uning
yetarlicha va kerakli  harakatlanishi qo’yidagi rejali usullar orqali amalga oshiriladi:
1. Tug’ilgandan to onasidan ajratilgancha onasi bilan sayr qildirish.
2. Sutdan ajratilgandan to 10 oygacha cho’l yoqi levadada yayrab yurish. 
3. 10  oyligidan boshlab manejda ishlash va tartibli xaraqatlantirish. 
4. Mashq qildirish.
Dastlabqi treningga yondashishdan avval uning vazifalarini aniqlash  va ularni
yechish uchun barcha tadbirlarni o’tqazish qyeraq.   Dastlabqi treningning maqsadi –
yosh otni ipodromda ishlash va  sinovlarda qatnashishga tayyorlash.
Dastlabqi trening davrining asosiy vazifasi – toyning chopish   tezligiga uncha
axamiyat   bermasdan   uning   organizmi   barcha   tizimlarini   har   tomonlama
rivojlantirish va harakat tartibini taqomillashtirishdir.
          Iqqinchi   vazifa   –   ot   og’zini   suvliqqa   o’rgatish,   jilovning   eng   noziq
xaraqatlarini   sezishga   tayyorlash,   chunqi   og’iz   chavandoz   va   otning   bog’laydigan
yagona nuqtasi.
  7. Ishchi yo’lakchaga chiqish
Yo’laqchaga   birinchi   marotaba   chiqishda   yosh   otni   minmasdan   yonida   yurib
yo’lakcha   bilan   tanishtirish   lozim.   Bunda   trenerga   ikki   otboqar   yordam   beradi.
Trener   va   toy   orasida   ishonch   va   tushunarlilik   to’liq   bo’lganligiga   amin
bo’lgandagina otboqarlarga javob beriladi.
Toylarni  manejda choptirish asta  sekinlik bilan kechadi.  Dastlab  o’rgatilgan
shartli   reflekslar   mustaxlamlanadi.   “Zayezdka”   yoki   oddiy   qilib   aytganda   yosh
otlarni egar ostida yurish, aravaga qo’shish, chavandoz amriga bo’ysundirish ishlari
ishchi   otlar   uchun   2–2,5   yoshligida,   zotdor   salt   miniladigan   otlar   uchun   1,5
yoshligida,   yo’rtoqi   otlar   uchun   10–12   oyligida   boshlanadi.   Bu   davr   O’zbekiston
sharoitida aprel – may  oylariga to’g’ri keladi. Mashq   qildirishning   dastlabki   davri   qishda   o’tkaziladigan   mashqlarni
takrorlashdan, ya’ni toylarni abzallarga o’rgatishdan boshlanadi.
Mashq   qildirishda   toylar   yoshi   va   umumiy   rivojlashishiga   qarab   guruhlarga
ajratiladi .   Yo’rtoqi   zotga   mansub   yosh   toylar   tizimli   mashq   qildirilishiga   1,5
yoshdan boshlab o’rgatiladi. Ular  odimlatib sekin va tez yo’rtish,  razmashka va  max
kabi usullarda o’rgatiladi.
Doimiy   tizimli   mashqlar   nixoyasida   har   bir   toy   1600   m   masofani   3
daqiqadan tez yo’rtib o’tishi kerak.
8.  Bir yashar toylarning yozgi treningi                Yaylovga   chiqish   davri   boshlanishi   bilan   kupchilik   otchilik	
xo’jaliklarida   toylarni   yo’lakchada   mashq   qildirish   to’xtatiladi.   Ularni    	katta	
yoshdagi   otlardan   ajratib,   jinsi  bo’yicha   guruhlar   tuzib   yaylovga    	chikaradilar.  	Bir	
yashar   toylarni   yezda   xam   yo’lakchada   mashq   qildirish   –   yosh   hayvonning
rivojlanish   jarayonini   tezlashtirish   yullarining   biridir.   Ammo   toylarni     yezda
yaylovdan   to’lik   maxru   m   musobaqaib,   to’lik  mashq   qildirish   maqsadga   to’g’ri
kelmaydi.    Yozgi     trening    davri    yaylovda    erkin    yurish     bilan    birgalikda
treningni     xam     uz     ichiga     olib     rasional     taksimlanishi       kerak.       Bunday
ta	ksimlanish yozgi oziqlantiruvchi levadalarda amalga oshirilishi mumkin.	
Toylar   yo’lakchaga   kunaro   chiqariladi.   Yo’lakchada   ish   yarim   kun	
bajariladi. 	Yozgi    treningda toylar     yo’rtirilmaydi.    Uning    vazifasi     ishchi	
ko’nikmalarni o’rganish va asosiy ishga sekinlik bilan kirishishdir. 
Yoz oxiriga ish
miqdori 5 km gacha yetkaziladi. Allyurlardan yengil   razmashqa va trot qo’llaniladi.
Yo’ rtoki   otlar   treningi   o’zgaruvchan,   almashinadigan   allyurlarni   bajarish
bilan o’tkaziladi.
9. Ot allyurlari va ularning ahamiyati
  Umuman   olganda   otlarning   yurish   usullari   allyur   deb   ataladi.   Yurish
sifatlariga qarab ularning xo’jalik uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini      aniqlash
mumkin.     Otlar to’g’ri     yoki     noto’g’ri   harakatlanishi     ularning      harakat tizimi
qay     holatda   ekanligini     ko’rsatadi.     Shuning   uchun     otni
baholashda turli usullarda yurgizib ko’riladi. Allyurning xarakteri otning    markaziy asab       tizimiga,         gavda       tuzilishiga,   suyak,   muskullar   va   p aylarrivojlanganligiga
bog’liq.
Odatda   tabiiy   va   sun’iy   allyurlar   farq   qilinadi.   Tabiiy   allyurlar     odimlab
yurish, yo’rtish, yo’rg’alash va chopish kabilarga bo’linadi.
Odimlab   yurish   –   otning   eng   sekin   yurishi   hisoblanadi.   Bu   og’ir   yuk
tortuvchi   otlarga   xos   tipik   xususiyatlaridan   biridir.   Ot   odimlab   yurganda
oyoqlarining   ko’tarilishi   va   tushi rili shi   har   xil   bo’ladi.   Odimlab   yurish   2   xil:   sekin
odimlab   yurish   va   tez   odimlab   yurishga   bo’linadi.   Sekin   yurganda   orqa   oyoqlar
oldingi oyoqlar izigacha yetmaydi.
Yo’rtish   –   oldingi   o’ng   oyoq   ko’tarilganda   orqa   c h a p   oyoq   ko’tariladi   va
hokazo.   Yo’rtish   usullari:   trot   –   sekin   (qadam   kengligi   2m),   1km   yulni   4,5–5
daqiqada   yo’rtib   o’tish,   razmashqa   –   trotga   qaraganda   tezrok   –   2,5–3   daqiqada
yo’rtish,   max   –   qadamni   keng   tashlab   yo’rtish.   Juda   tez   yo’rtish   –   1   km   yo’lni   1
daqiqada   bosib   o’tish     (1   soatda   30   km)
Yo’rg’alash   –   ot   old   va   orqa   oyoqdarini   parallel   ravishda   b i r   taraflama
ko’tarib tashlaydi.
Chopish   –   (galop)   otning   tez   chopishi   yoki   alohida   –   alohida   sakrashi.   Sof
qonli   otlar   1   daqiqada   1   km   masofani   chopib   o’tadilar.   Tez   chopish     karyer
deyiladi. Foydalanilgan adabiyotlar:1. Tashtemirov R. M., 	Narziyev B.D., 3. 	Uzakova D.P. 	Ot treningi asoslari	.	
O’
quv qo’llanma. Samarqand, 2009

XIZMAT OTLARI TRENINGI VA DRESSIROVKA QILISH ASOSLARI. Reja: 1. Qulunlarni qo’lga o’rgatish. 2. Toylarni mashqqa tayyorlash 3. Qulunlarning mo t sion – treningi 4. Toylarning otxonadagi rejimi 5. Toylar treningining vazifalari 6. Toylarni minishga o’rgatish 7. Ishchi yo’lakchaga chiqish 8. Bir yashar toylarning yozgi treningi 9. Ot allyurlari va ularning ahamiyati

1. Qulunlarni qo’lga o’rgatish . Yangi tug’ilgan qulunning shartli – reflektor faoliyati qachon boshlanadi? Bunga aniq javob berish qiyin. Kuzatishlar bu jarayon qulun tug’ilgandan so’ng birinchi kunlardan boshlanishini ko’rsatadi. Mashq qildirishning bu muhim davrida odamning aralashishi b i r i n c h i navbatda muloyim bo’lishi lozim. Odam ovozi ko’p marotaba ko’rish, eshitish va sezish omillari bilan qo’shilib, qulunning kelajakdagi harakatlari va xulqiga asos soladi. Qulun qo’pol va muloyim ohanglarni juda tez ajrata oladi va shartli – reflektor faoliyat qonuniyatiga asosan, odam buyruqlarini bajarishga boshlaydi. Qulun tug’ilgandan keyin 20 kun o’tgach unda shartli reflekslarni ishlab chiqarishga kirishiladi. Birinchi navbatta qulunni o’z o’rnidan turib otboqar ishi uchun joy bo’shatishga o’rgatish lozim. Buning uchun otboqar dennikka kirib muloyim, lekin qatiy ohangda qulunga qarab "tur" deyishi lozim. Bunda qo’l bilan birorta harakat qilinsa yanada yaxshi bo’ladi. Keyin u qulun oldiga borib ehtiyotkorlik va muloyimlik bilan uni yotgan o’rnidan turg’izib, iloji bo’lsa kichik sabzi bo’lagini berishi lozim. Refleksii tez va mustahkam ishlab chiqish uchun qo’yidagi talablarga rioya qilish zarur : 1. Mashq bir kunda bir necha marotaba o’tkaziladi. 2. Otxonada tinchlik saqlanadi. 3. Qo’llanadigan qo’zg’ovchi usullar va vositalar bir xil va doimiy bo’ladi. 4. Ishlab chiqilgan refleks doim o mustahkamla nadi . Qulunni urish yoki unga nisbatan qo’pol munosabatda bo’lish katiyan man etiladi. Bir xafta – 10 kundan so’ng qulunga no’xta kiygiziladi. No’xta yengil va ixcham bo’lishi kerak. Birinchi kun da no’xta 2 soatga, keyinchalik yarim kun ga – ertalabdan tushgacha kiygiziladi. No’xtani o hista va e’tibor bilan kiygizish lozim. Qulun no’xtaga to’liq o’rgangandan so’ng uni otboqar o’z qo’llarida ushlab , qulunni harakatga o’rgatishi kerak. Buning uchun otboqar quluning chap tomonidan turib , no’xta xalqasidan ushlab uni dennikdan onasi orqasidan yetalab chiqarishi lozim. Bunda qulunning tanasi biror narsaga urilib shikastlanmasli gi kerak.

Qulun tashqariga chiqarilgandan so’ng no’xtaning xalqasiga yengil jilov bog’lanadi. Otboqar chap qo’liga jilovning ikki uchini oladi, o’ng qo’lida esa no’xtaga jilov bog’langan joyini ushlab qulunni ohista onasining orqasidan ergashtirib yurgizadi. Bir necha kundan so’ng qulun onasining yonida doimo yurgiziladi. Qulunni yurgizganda unga qarash mumkin emas, aks holda u yurmaydi, orqasiga tisariladi. Keyinchalik qulunlarga ikki tarafga tortib bog’lash, taqalash, yurgizish reflekslari o’rgatiladi (ishlab chiqiladi).2. Toylarni mashqqa tayyorlash Otlarni yuganga o’rgatganda dastlab u no’xtaning ustidan erkin kiygiziladi va toy no’xtaning uchidan ushlab yetaklanadi. Yetakka yaxshi moslashgandan keyin, 8 – 9 oylik toylar maxsus qurilgan y o p i q xonalarda (manejda) yoki ochik xavoda (kordada) aylanib chopishga o’rgatiladi. Yopiq xonalarda toyni jilovsiz aylanib chopishga o’rgatish mumkin. Buning uchun o’rgatavchi xona o’rtasida turib, toyning chopishini uzun kamchi bilan boshqaradi. Choptirish mashqi davrida, asta–sekin, toyni bir xil yurishdan ikkinchi xil yurishga o’rgatish kerak. Toy bir yoshga to’lganda egar– jabduqqa va aravaga qo’shishga o’rgatiladi. Aravaga qo’shiladigan toy jilovga o’rgangan bo’lishi lozim. Aravaga yoki kachalkaga (2 g’ildirakli sport aravasi) faqat egar – jabduq, yugan, jilov orqali boshqarilishga, o’nga, chapga burilishga va to’xtashga to’liq o’rgangan toylar qo’shiladi. Issiq kunlar boshlanishi bilan mashq to’xtatilib, toylar 1,5 – 2 oy muddatga yalovga erkin qo’yib yuboriladi, undan keyin tizimli individual mashq qildirishga o’ tiladi. O’rgatavchi toylarning yoshiga, rivojlanishiga va mashqni bajarish qobiliyatiga qarab, ularni guruhlarga bo’ladi. Har bir guruh uchun kalendar ish rejalari tuziladi. Bajariladigan ish rejasida yo’rtish turlari va yaylovga olib chiqish vaqti aniq ko’rsatiladi. Yaxshi rivojlangan, o’rtacha semizlikda, qobiliyati yuqori bo’lgan toylar sinash uchun ippodromga yuborish uchun tayyorlanadi. 3. Qulunlarning mo t sion – treningi Qulun tug’ilishining birinchi kunidan, uning kerakli harakatlari doimo trenerlik rejimi bo’yicha bajarilishiga e’tibor berish kerak. Motsion – treningni

bajarish, ya’ni toylarning to’liq, yaxshi harakatlanishini ta’minlash maqsadida, ularni yaylovga yoki otxona yonida qurilgan levadaga kun bo’yi erkin holda yurgizish uchun chiqarish lozim. Cho’l yoki yaylov sharoitida mosionni (sayr) o’tkazish uchun qulunlar uyuri ikki chavandoz kazatuvida chiqariladi. Bir chavandoz uyur oldida keta turib unga tezlik, kerakli allyur va yo’nalishni ko’rsatadi. Ikkinchi chavandoz uyur orqasida yurib, uning cho’zilib ketmasligi va tarqalmasligini kuzatadi. Sayr qilish masofasi 3–4 km tashkil qiladi. Sayr ohirida qulunlarning c h o p i b h a r akatlanishi albatta oddiy qadamlab yurish bilan tugallanadi. Allyurlar almashinib turishi trener orqali kuzatiladi va belgilanadi. Qulunlarning ahvoli, sog’ligi va rivojlanishiga qarab ularni i k k i guruhga bo’lish maqsadga muvofik. Qulunlarni yaylov, levada yoki otxona yaqinida qurilgan levadada mosion qildirish mumkin. Motsion – trening rejimi bilan qulunlar 10–12 oylik bo’lganlaricha tarbiyalanadi, keyin esa ular umumiy biyalar to’dasiga o’tkaziladi. 4. Toylarning otxonadagi rejimi Qulun hayotining dastlabki 3–4 kunida maxsus bo’linmada saqlanadi, so’ngra u onasi bilan mosionga chiqariladi va kun sayin uning sayr qilish muddati uzaytirilib boriladi. Biyalar 5–7 kunlik qulunlar bilan kichik guruhlarda asraladi. Quluni 10–15 kunlik bo’lganda esa biya umumiy podaga qo’shiladi. Qulunlar dastlabki 1 oy mobaynida o n a s i n i har soatda emishi kerak. 1–1,5 chi oyidan boshlab qulun o’simliklar bilan oziqlana boshlaydi. Hayotini ikkinchi oyidan uni o’rgatish boshlanadi. Qulun konsentrat oziqlarni dastlab 200–300 g dan, onasidan ajratish davrida esa 3 –3,5 kg dan iste’mol qilishi kerak. Qulunlar onasidan 6–7 oyligida ajratiladi va jinsi bo’yicha guruhlarga bo’linadi (avgust, setyabr, oktyabr oylarida). Onasidan ajratilgan qulunlar bittadan yoki ikkitadan bo’lmalarga joylashtiriladi. Bo’lmalar kengligi 9 m 2 atrofida bo’lishi lozim. Bo’lmalar avtomatik suvdon bilan jixozlangan, quruq va yorug’ bo’lishi zarur.

10–15 bosh qulunlar zallarda (75 m 2 ), umumiy guruhda saqlanishi mumkin . Bo’lmalar kuniga 2 marotaba, zallar esa asrash davrida 1–2 marotaba tozalanadi. Yosh toylar 1 kunda 4 marta oziqlantiriladi. Konsentralar ertalab, peshin va kechqurun beriladi. Pichan 3 marta, shirali oz u q a l ar 2 marta beriladi. Kech va nimjon tug’ilgan hayvonlar alohida ajratiladi. Ularga 3– 8 litrdan obrat yoki suyultirilgan sigir suti beriladi (1 l sutga 25 g qand qo’shiladi). Oktyabr – yanvar oyigacha toyning har 100 kg tirik vazniga – 2,8, biyalarga – 2,5 oziqa birligi beriladi. Yanvar oyidan yem miqdori 2,5–2,3 kg ni tashkil qilishi kerak. Bunda har bir oziqa birligiga 105–106 g hazmlanuvchi oqsil, 6,5–7,5 g kalsiy, 5,56 g fosfor va 20 mg karotin to’g’ri kelishi lozim. Dastlabki oylarda toylar rasionini 50–60 % (to’yimligi bo’yicha) omixta ozuqalar tashkil etishi kerak. 5. Toylar treningining vazifalari Mashq qildirish va sinash otlarning sog’ligini yaxshilaydi, ish qobiliyatini, sharoitga moslashuvchanlik xususiyatini va har xil kasalliklarga chidamligini oshiradi. Chunki tizimli ravishda mashq qil dirib va sinab turilmasa, har qanday ot zoti ham takomillashmaydi, avlodlari yaxshi xususiyatlarini o’zida saqlab qololmaydi. Mashq qildirish deb har xil uzoqlikdagi masofani turli allyur, usullar va turli tezlikda bosib o’tishiga aytiladi. Otlarning zotiga va tipiga qarab, mashqlar turlari va bajarilish usullari har xil bo’ladi. Otlarni mashq qildirish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ot shunchalik yaxshi chiniqadi, ish qobiliyati yaxshi bo’ladi, harakati silliqlashadi, bajariladigan ish miqdoriga avvalgiga qaraganda kam kuch sarflaydi. Bundan tashqari tizimli mashq qildirish davomida otlarning yurak, o’pka, muskullari va markaziy asab tizimi yaxshi rivojlanadi, ozuqaga bo’lgan talabi oshadi. Organizmda modda almashinuvi kuchayadi, eng muhimi, asta – sekin ularning potensial imkoniyatlari ochila boradi. Ma’lumki madaniy ot zotlarining kelib chiqishida xillash va tanlashning asosiy elementlari – mashq qildirish va sinashning roli g’oyat k attadir.