logo

Sud tomonidan nikohni bekor qilish tartibi va asoslari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.02734375 KB
Sud tomonidan nikohni bekor qilish tartibi va asoslari
Reja:
1. Oila huquqi bo’yicha nikoh tushunchasi va tuzish tartibi
2. Nikohdan   ajartish to'g'risidagi   ishlarni sudda va 
sudsiz   ko'rish   asoslari                             .-
3. Nikohni haqiqiy emas, deb topish to'g'risidagi ishlarni ko'rish Oila huquqi bo’yicha nikoh tushunchasi va tuzish tartibi
Nikoh oilani mustahkamlashning asosi bo‘lib, avvalambor, bolalar tarbiyasi uchun 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarbiya o‘chog‘idir. Shuning uchun ham qonuniy 
tuzilgan nikohdan davlat manfaatdor bo‘lib, undan ajralish jamiyat manfaatlariga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan ham nikoh-oila masalasi er-xotinning shaxsiy 
ishi doirasidan chetga chiqadi.
Oilada oilaviy munosabatlar qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, uning 
shunchalik mustahkam bo‘lishi, bu, o‘z   navbatida , jamiyatning ham 
mustahkamlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi amaliyotda sinovdan o‘tgan 
omillardandir. Ana shu holatlarni e’tiborga olgan davlatimiz nikoh, uni tuzish 
tartibi va shartlari,   nikohdan ajralish , nikohni haqiqiy emas deb topish bilan 
bog‘liq munosabatlarga befarq bo‘lmay, ularni tartibga soluvchi huquqiy asoslarni 
belgilab qo‘ygan. Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan-bir asos bo‘lgani bois, u
faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga 
solinishi oila davlat himoyasida bo‘lishini huquqiy ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi 2-qismida: “Nikoh 
tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi,” ─ deb 
belgilangan. Nikoh insonlarga mas’uliyat yuklaydi.   Chunki oilada erning ham , 
ayolning ham o‘z vazifalari bor: ularning har biri o‘z vazifasini to‘la ado etishga 
mas’uldir. Nikoh ota-ona o‘zidan so‘ng zurriyod qoldirib, naslning davom etishi 
mezoni hisoblanadi. Sotsiologik jihatdan nikoh deganda, “ayol va erkak 
o‘rtasidagi   tarixan shakllangan , qonuniylashgan va jamiyat boshqaruvidagi 
munosabat shakli bo‘lib, ularning bir-biriga va bolalarga bo‘lgan munosabati aniq 
belgilangan”ligi tushuniladi. Nikoh va oilaviy munosabatlar o‘z rivojlanishtarixi va
taraqqiyoti bo‘yicha dastlabki qadamlaridanoq nikohning sof, samimiy hamda 
poklik ramzi asosida oilaning vujudga kelish negizi vazifasini o‘taydi. Nikoh 
oilaning vujudga kelishida qon-qarindoshlik bilan birga asos bo‘lgani bois, u 
nafaqat axloq normalari, balki maxsus qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Amaldagi Oila kodeksida nikoh tushunchasiga ta’rif berilmaydi. Shu sababli  mazkur tushunchaning ta’rifini   nikohning huquqiy tabiati , qonunchilikda unga 
nisbatan belgilangan qoidalar hamda erkak va ayolning o‘zaro istak-xohishi natijasi
sifatidagi kelishuv ekanligidan kelib chiqib, unga nisbatan quyidagi umume’tirof 
etilgan ta’rifni berish mumkin: Nikoh (arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, qo‘shilish 
degan ma’noni anglatadi) – bu fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida
tuziladigan, o‘zaro   muhabbat va hurmatga , o‘zaro yordamga va bir-birining oldida 
javobgarlikka asoslangan erkak va ayolning ittifoqidir.
Qoidaga ko‘ra nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida tuziladi.
Mazkur organlarda nikohni tuzish tartibi quyidagi asosiy qoidalarga ko‘ra amalga 
oshiriladi:
- nikoh faqat nikohga kirishuvchilarning ishtirokida tuziladi;
- nikohga kirishuvchi shaxslarning fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish 
organiga ariza topshirgan kundan bir oy o‘tgach ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
- qoidaga ko‘ra fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organ binosida 
ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
- nikohning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi xususidagi ma’lumot er-xotinning 
pasportiga kiritiladi.
Biroq ushbu holatlarga nisbatan istisnolar ham mavjud. Jumladan, nikoh tuzish 
muddati qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin. Biroq buning uchun qonunda 
nazarda tutilgan muayyan sabablar mavjud bo‘lishi talab etiladi.
Ikkinchidan, nikoh har qanday kelishuv sifatida muayyan shartlarga   muvofiq 
tuzilishi lozimki , mazkur shartlarga rioya etmaslik oqibatida u haqiqiy emas, deb 
topilishi mumkin. Bunday shartlarga quyidagilar kiradi:
- erkak va ayolning nikoh tuzishga ixtiyoriy roziligi;
- erkak va ayolning   nikoh yoshiga yetganligi ;
- agar nikohlanuvchilardan biri boshqa nikohda turgan bo‘lsa, nikoh tuzishning 
mumkin emasligi; - yaqin qarindoshlar, farzandlikka oluvchilar va farzandlikka 
olinganlar o‘rtasida hamda nikohlanuvchilardan birining loaqal bittasi ruhiyat 
buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga  layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi.
Har qanday bitim kabi nikoh ham tugatilishi mumkin.   Bundan tashqari , nikohga 
nisbatan har qanday bitimga nisbatan qo‘llaniladigan haqiqiy emaslik chorasi 
tatbiq etiladi. Nikohdan   ajartish to'g'risidagi   ishlarni sudda va
sudsiz   ko'rish   asoslari                             .-
Ko'p yillik tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqi qadimdan ota-bobolar an'analariga
sodiq bo'lgan holda axloq tamoyillariga asoslangan oilani mustahkamlash, ona va
bolalar manfaatlarini har tomonlama mu-hofaza qilish va har qaysi bolaga baxtli
bolalikni   ta'minlash,   kishilarda   oila   oldida   mas'ul   bo'lish   hissini   tarbiyalash   —
nikoh va oila to'g' risidagi qonunchilikning muhim vazifalaridan biri hisoblangan.
O'zbekiston   Respublikasi   Oila   kodeksining   37-moddasida   belgi-langanidek,
nikoh er-xotinning hayotligida ulardan biri yoki har ikkisining arizasiga muvofiq|
ajralish yo'li  bilan tugatilishi  mumkin. Sud ajralish to'g'risida ariza bergan er va
xotinni yarashtirish uchun barcha choralarni ko'rishga majbur. Bunday toifadagi
ishlarni   ko'-rishda   sudlar   Ularning   daxlsizligiga,   milliy   xususiyatlarga   e'tibor
berishlari lozim.
Amaldagi   nikohdan   ajralish   to'g'risidagi   qonunlarni   shariat   huquqiy
me'yorlariga to'g'ri kelishini quyidagilardan anglash mum-kin.   Masalan, shariatga
ko'ra,   oila   nikoh   qilish   bilan   tuzilishi   va   agar   er-xotinlardan   birontasining   vafot
qilishidan boshqa qandaydir sabablarga asosan hayotligida ajralishga to'g'ri kelsa,
taloq qilish bilan buzilishi ko'rsatilgan.
Sud er-xotinning kelgusida birgalikda oilaviy turmush qurish   va   oilani saqlab
qolishjmkoniyati   yo'q,   deb   topgandagina   nikohdan   ajratilishi   mumkin.Voyaga
yetmagan   farzandlari   bo'lmagan   er   va   xotinning   ajralishlikka   o'zaro   roziliklari
bo'lgan   taqdirda,   agar   ular   o'rtasida   mulk   to'g'risida   va   bir-birlarining   ta'minoti
uchun   aliment   undirilishi   to'g'risida   da'vo   bo'lmasa,   nikoh   fuqarolik   holati
dalolat-nomalarini qayd qilish organi (FHDY)da bekor qilinishi mumkin.
Belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan,  deb topilgan  shaxslar, ruhiy kasatlik
yoki   aqli   zaif   bo'lganligi   tufayli   muomalaga   layoqatsiz,   deb   topilgan   shaxslar,
shuningdek,   kamida   uch   yiJ   muddatga   ozod-likdan   mahrum   etilishiga   hukm qilingan shaxslar bilan bo'lgan nikoh ham fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd
etish organ-larida, ammo nizo bo'lgan taqdirda, bunday nikoh sud tartibida ko'rib,
hal qilinadi.
Demak   nikohdan   ajralish   to'g'risidagi   ishlar   ikki   guruhga:   birin-
chidan,   nizosiz   bo'lganligi   tufayli   fuqarolik   holati   dalolatnomalarini   qayd   etish
organlarida   ko'riladigan   ajralish   to'g'risidagi   ishlar   va   ikkinchidan,   ajraluvchilar
o'rtasida   nizo   bo'lgani   tufayli   umumiy   da'vo   ishi   tartibida   sudda   ko'riladigan
ajralish to'g'risidagi ishlarga bo'linadi.
Ajralish   to'g'risidagi   ishlarning   ikki   guruhga   bo'linishiga   asos   —   er   va
xotinning   ajralishga   bo'lgan   huquqlarini   nizoli   yoki   nizosiz   (ma'muriy   tartibda)
bo'lishidir.   Er   va   xotin   ajralishga   bo'lgan   huquqlarini   fuqarolik   holati
dalolatnomalarini yozish organlarida ikki holda: birinchidan, ajralish uchun er va
xotinning   o'zaro   rozi   bo'lganlarida   va   ikkinchidan,   ajraluvchi   er   va   xotinning
voyaga yetmagan farzandlari bo'lmaganida amalga oshiradilar.
Ajralishga   bo'lgan   huquqning   nizosiz   bo'lishi   tufayli   fuqarolik   holati
dalolatnomalarini yozish organlarida ajralish huquqini beradigan boshqa yuridik
faktlar   ham   bor.   Bunday   ishlarning   ayrim-larini   alohida   tartibda   ko'riladigan
ishlar turkumiga kiritsa ham asosli bo'ladi. Bular quyidagilar: birinchidan, er yoki
xotinning   belgilan-gan   tartibda,   bedarak   yo'qolgan,   deb   topilish   fakti;
ikkinchidan,   er   yoki   xotinning   ruhiy   kasalligi   yoki   aqli   zaifligi   sababli   qonun
bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz, deb topilish fakti; uchinchidan,
er   yoki   xotinning   jinoyat   qilganligi   uchun   kamida   uch   yil   muddatga   hukm
qilinish   faktidir.   y^Oila   kodeksining   39-moddasida   belgilanganidek,   xotinining
^"nomiladorlikvaqtidavabolatug'ilganidankeyinbiryil   mobaynida   er   nikohdan
ajralish   to'g'risidagi   ishni   xotinining   roziligisiz   qo'z-g'atishga   haqli   emas.
Hududiy sudlovlik to'g'risidagi  umumiy qoida-larga binoan nikohni bekor  qilish
to'g'risidagi nizoli ishlar javobgar-ning turar joyidagi sudga tegishli bo'ladi. FPKning   241   -moddasida   da'vogarning   tanlashi   bo'yicha   sudlovlik
to'g'risidagi qoidalar berilgan. Bu moddada da'vogarga uning tar-biyasida voyaga
yetmagan bolalari bo'lganida yoki salomatligi tufayli javobgarning turgan joyiga
borish   imkoniyati   qiyinlashganida   ajralish   to'g'risidagi   da'voni   o'zining   turgan
joyida   qo'zg'atishi   mumkinligi   to'g'risida   amaldagi   Fuqarolik   protsessual
kodeksidagi qoida ona va bolalarni manfaatini ko'zlab, ularga berilgan imtiyozlar
hisoblanib,   sudlovlikni   bu   ko'rinishi   bunday   turkumdagi   ishlarni   o'ziga   xos
protsessual  xususiyatiga  ega  ekanligini  ham   anglatadi.  FPKning  243-moddasiga
ko'ra, ajralish to'g'risidagi  ish er va xotinning o'zaro kelishuvi  bo'yicha ham har
qaysilarning turar joyidagi sudda ko'rilishi mumkin.
O'zbekiston   Respublikasi   sudlari   tomonidan   nikohdan   ajratish   haqidagi
ishlarni   ko'rishda   qonunlarni   qo'llash   amaliyoti   to'g' risidagi   1998-yil   ll-
sentabrdavaunga2002-yil   14-iyundakiritil-gan   o'zgartirish   bilan   qabul   qilingan
plenum   qarorida   sudlovlik   tushunchasiga   yanada   aniqlik   kiritilib,   bunga   ko'ra,
agar Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga kirgan davlatlarga ketgan va manzilgohi
ma'lum   bo'lgan   shaxslar   bilan   nikohdan   ajratish   haqidagi   da'vo,   da'vogarning
xohishiga   qarab   (javobgarning   oxirgi   yashash   joyi   yoki   uning   yangi   yashash
joyida),   Mustaqil   Davlatlar   Hamdo'stligi   tarkibiga   kirmaydigan   boshqa
davlatlarga   ketgan   shaxslar   bilan   ni kohdan   ajratish   haqidagi   da'volar   esa
da'vogarning yashash joyidagi sudda qo'zg'atilishi mumkinligi ko'rsatilgan.
Nikohdan   ajratish   haqidagi   beriladigan   arizaning   ham   xusu siyatiga   taraf
e'tibor   berishi   lozim.   Nikohdan   ajratish   to'g'risidagi   ariza   yozma   shaklda   bayon
etilishi lozim. Arizaning mazmunida er yoki xotinning ajralishni xohlashlarigina
ko'rsatilmasdan,   balki   ajralish   sabablari   ham,   shuningdek,   ajraluvchilarning
familiyalari,   ismlari,   otalarining   ismlari,   tug'ilgan   yillari   va   turar   joylari   ham
ko'rsatilishi   lozim.   Arizada   bu   ma'lumotlarning   ko'rsatilishi   ishning   taalluqli
bo'lishligini to'g'ri belgilash va taraflarni sudga chaqirish uchun zarur.
Ajraluvchilarning   farzandlari   bo'lganida   arizada   ularning   nom-lari,   yoshlari,
shuningdek, er-xotindan qaysi biri bolalarni o'z qaramog'i va tarbiyasiga olishligi ko'rsatiladi.   Bundan   tashqari,   bolalarni   kelgusida   boqish   va   tarbiyalash   tartibi
to'g'risidagi masala yuzasidan o'z mulohazalari ko'rsatilishi talab etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarini sudda ko'rishga puxta tayyorlash
zarurligiga   e'tibor   berish   lozimligi   haqida   1998-yil   11-sentabrdagi   plenum
qarorining 12-bandida ta'kidlangan. Bu qoidada quyidagilar ko'rsatilgan:
—   ishni   sudda   ko'rishga   puxta   tayyorlash   zararligiga   sudlarning   e'tiborini
qaratish,   sudya   tomonidan   FPKning   161-moddasiga   mu-vofiq,   olib   borilgan
barcha tayyorgarlik harakatlari ajrimda o'z aksini topishi shartligi;
—   sudya   nikohdan   ajratish   haqidagi   arizani   qabul   qilib,   javob-garni
chaqirishi,   uning   ushbu   arizaga   munosabatini   aniqlashi,   er-xotinni   yarashtirish
choralarini ko'rishi shartligi, qolaversa, sudya taraflarning har biri bilan alohida,
shuningdek,   ularning   har   ikkisi   bilan   birgalikda   oilani   saqlab   qolish   masalasida
suhbat o't-kazishi lozimligi;
-— nikohdan ajratish haqidagi ishlarni ko'rishda sud er-xotinni yarashtirish va
oilaviy vaziyatni sog'lomlashtirish choralarini ko' rishga majburligi;
—   er-xotinni   yarashtirish   choralarini   ko'rishda   sud   taraflarning   yoki   ulardan
birining   iltimosiga   yoxud   o'z   tashabbusiga   ko'ra,   ish-ning   ko'rilishini   boshqa
vaqtga qoldirishiga va er-xotinga yarashishlari uchun Oila kodeksida ko'rsatilgan
doirada,   lekin   uch   oydan   kam   bo'lmagan   muhlat   belgilashga   haqli   ekanligi
ta'kidlangan.
Nikohdan ajratish to'g'risidagi ishni sudda ko'rishga tayyor-lashning o'ziga xos
xususiyatlari boshqa fuqarolik ishlarini sudda ko'rishga tayyorlashdan farqlanadi.
Bunday   ishlarda   er   va   xotinning   nikohdan   ajralishga   qaratilgan,   o'ylamasdan
shoshma-shosharlik   bilan   qilingan   harakatlarning   oldini   olish   choralarini
belgilash ham ko'zlanadi.
Demak,   sudyani   ajratish   uchun   murojaat   qilgan   er   va   xotinni   ishning   sudda
ko'rilishiga   qadar   yarashtirish   uchun   choralar   ko'rishi   bu   ishlarning   muhim xususiyatlaridandir.   Nikohdan   ajratish   to'g'risidagi   ishlarni   sudda   ko'rishga
tayyorlash FPKning 158—160-moddalariga muvofiq o'tkaziladi.
Sudya,   odatda,   ishning   sudda   ko'rilishidan   awal   suhbatlashish   uchun   er   va
xotinning har ikkisini bir vaqtga chaqiradi. Nikohdan ajratish bilan bog'liq nizoli
ishlarning   xususiyatlari   umumiy   qoidaga   ko'ra,   er-xotinning   bevosita   o'zlari
ishtirokida ko'rilishidir. Biroq, qayd qilib o'tilgan Oliy sud plenumining qarorida
alohida hollarda bunday turkumdagi ishlarni ham vakillar orqali yuritishni mum-
kinligini   ta'kidlaydi.   Bularga   taraflardan   birining   og'ir   kasalligi,   uzoq   muddat
bo'lmasligi va boshqa holatlar nazarda tutilgan (plenum qarorining 32-bandi).
Ishni   sudda   mazmunan   ко   'risk   jarayoni.   Nikohdan   ajratish   to'g'risidagi
ishning sudda ko'rilishida taraflarning ishtirok etishi zarur shart bo'lib, busiz sud
oilani mustahkamlash bo'yicha yukla-tHgan vazifalarni bajara olmaydi.
Sud   majlisiga   chaqirilgan   taraflarning   kelmasliklari   tubandagicha   oqibatlarni
tug'diradi:   birinchidan,   taraflardan   bin   kelmaganida   ishning   ko'rilishi   boshqa
vaqtga   qoldiriladi,   taraflar   qaytadan   cha-qiriladilar.   Ikkinchidan,   agar   javobgar
ikkinchi   marotaba   chaqi-rilsa-yu,   uzrsiz   sabablar   bilan   kelmasa   va   sudda
chaqiruv   xatining   topshirilganligi   to'g'risida   ma'lumotlar   bo'lsa,   ish   uning
ishtirokisiz ko'riladi.
Nikohdan ajratish  to'g'risidagi  ishlarni   sud  majlisida  boshqa   fiiqarolik ishlari
bo'yicha   o'tkaziladigan   sud   majlisidan   o'zining   maqsadi,   uni   olib   borish   tartibi,
usuli   jihatdan   ham   farqlanishiga   ahamiyat   berish   lozim.   Bunday   turkumdagi
ishlarda sud ishning holatlarini uni mazmunan hal qilish uchungina emas, balki er
va xotinni yarashtirish uchun choralar ko'rishi lozim.
Oilani mustahkamlash masalasining muhimligini e'tiborga olib, qonunlarimiz
sudlarga   zarur   hollarda   ajralish   to'g'risidagi   ishning   ko'rilishini   boshqa   vaqtga
qoldirish hamda er va xotinga yarashish uchun muhlat tayinlash huquqini berdi.
Bu   muddat   da'vo   ishining   holatlariga   qarab   sud   tomonidan   belgilanadi,   ammo
Oila kodeksining 40-moddasida ko'rsatilganidek, olti oydan oshmasligi kerak. Sud nikohdan  ajratish  haqidagi  da'vo  talablarini  rad etgan  hollarda nikohdan
ajratish bilan bog'liq bo'lgan boshqa talablarni ham ko'rmaydi. Agar sud ajralish
to'g'risidagi   ishning   qo'zg'atilishi   chuqur   o'ylanilgan   va   asoslantirilgan   vajlar
bo'yicha bo'lganligini va nikohni kelgusida saqlash axloq prinsiplariga zid keladi
deb   bilsa   va   er-xotinning   kelgusida   birga   yashashlari   uchun   lozim   darajadagi
sharoitlar   yaratilishi   mumkin   emasligiga   va   bolalarni   tarbiyalash   uchun   kerakli
sharoitlar   bo'lmasligiga   ishonsa,   nikohdan   ajralish   to'g'risida   qaror   chiqarishi
lozim.
Sudning   ajralish   to'g'risidagi   ishning   o'ylab,   har   tomonlama   mulohaza   qilib
ko'rishi,   ajraluvchi   er   va   xotinda,   shuningdek,   sud   majlisi   zalida   bo'lgan   barcha
fuqarolarda   chuqur   ta'sir   qoldira-digan   tarzda   o'tkazilishi,   er   va   xotinni   o'z
oilalarini   mustahkam-lashga,   ularni   chuqur   o'ylamasdan   nikohdan   ajralishga
bo'lgan niyatlaridan qaytarishga qaratilgan bo'lishi kerak.
O'zbekiston   Respublikasi   Oliy   sudi   bunday   turkumdagi   ishlar   yuzasidan
chiqariladigan   hal   qiluv   qarorlarning   mazmuniga   e'tibor   berish   lozimligi   haqida
sudlarga   rahbariy   tushuntirishlar   berib,   bunga   ko'ra,   hal   qiluv   qarorining
asoslantirish   qismida   sud   tomonidan   aniqlangan   er-xotin   o'rtasidagi
kelishmovchiliklarning sabablari sudning oilani saqlash imkoniyati borligi yoxud
uni   batamom   barbod   bo'lganligi   haqidagi   xulosaga   kelishi   uchun   asos   bo'lgan
dalillar,   sudning   u   yoki   bu   dalillarni   inobatga   olmasligi   uchun   asos   qilib   o]gan
vajlari 1
, sud qo'llagan qonunlar ko'rsatilishi lozimligi ta'kidlangan.
Sudning   nikohdan   ajratish   to'g'risidagi   talabni   qanoatlanti-radigan   hal   qiluv
qarori qonuniy kuchga kirganidan boshlab, ni kohdan ajratishni qayd qilish uchun
FHDY   organiga   murojaat   qilganda   esa   bunday   ajralish   qayd   qilingan   vaqtdan
e'tiboran  er   va  xotinning  bir-birlariga  nisbatan  bo'lgan   huquq  va  burchlari  tuga-
tilgan bo'ladi (Oila kodeksining 47-moddasi).
Nikohdan ajratish to'g'risidagi  ishlar  yuzasidan chiqarilgan sudning hal  qiluv
qarori   FPKning   310—323-moddalariga   muvofiq,   umumiy   asoslarda   shikoyat qilinishi   mumkin.   Bu   turkumdagi   ishlarni   apellatsiya,   kassatsiya   va   nazorat
tartibida ko'rishda quyi sudlar tomonidan ko'rilgan ishlar bo'yicha yo'l  qo'yilgan
moddiy   va   protses-sual   huquq   normalarini   jiddiy   buzilganligini   aniqlash   zarur
bo'ladi.
  Nikohni haqiqiy emas, deb topish to'g'risidagi ishlarni ko'rish
  Nikohni   haqiqiy   emas,   deb   topish   haqidagi   ishlarni   sudda   Ko'rish   va   hal
qilish   tartibi   nikohdan   ajratish   to'g'risidagi   da'volarni     ko'rishning   protsessual
tartibidan huquqiy jihatidan farqlanishiga ahamiyat berish lozim. Nikohni haqiqiy
emas,   deb   topish   to'g'ri sidagi   da'volar   ham   sudga   taalluqli   ekanligi   qonunda
belgilangan.   Bunday   turkumdagi   ishlar   nizoli   ishlar   bo'lganligi   sababli   umu miy
da'vo   ishlarini   ko'rish   tartibida   hal   qilinadi   (Oila   kodeksining   40-moddasi,
FPKning 239-moddasi).
Qonunga   ko'ra,   nikoh   tuzish   shartlarini   buzib   qayd   qilingan   nikoh   sud
tomonidan   haqiqiy   emas,   deb   topilishi   mumkin,   ma-salan,   nikoh   tuzish   uchun
nikohlanuvchilarning   o'zaro   roziliklari   bo'lrnasligi,   boshqa   bekor   qilinmagan
nikoh   mavjud   bo'lishi,   ruhiy   kasalligi   yoki   aqli   zaifligi   sababli   sud   tomonidan
muomalaga   layoqatsiz,   deb   tanilgan   yoki   nikoh   yoshiga   yetmagan   shaxs   bilan
nikohga kirilgan boigan holatlar ko'rsatilgan.
Qonunda   taraflarning   yoki   ulardan   binning   oila   ko ' rish   maq - sadini   ko ' zlamay
qayd   qilingan   ( soxta   nikoh )   nikohlari   ham   haqiqiy   emas ,   deb   topiladi .   Nikohni
haqiqiy   emas ,   deb   topish   to ' g ' risidagi   ishlarni   sudda   ko ' rish   vazifalari   nikohdan
ajralish   to ' g ' risidagi   ish - larni   ko ' rishdan   ham   farqlanadi .   Bunday   ishlarni
ko ' rishda   qonun   sudlarga   er - xotinni   yarashtirish   va   oilani   saqlash   majburiyatini
yuk - lamaydi ,   chunki   davlat   ham ,   jamiyat   ham   qonunni   buzib   tuzilgan   nikohni
himoya   qilmaydi .
Nikohni   haqiqiy   emas ,   deb   topish   to ' g ' risidagi   da ' voni   qanoat - lantirish
haqidagi   sudning   hal   qiluv   qarori   mazkur   nikohning   qayd   qilinishi   fakti   —
huquqiy   munosabatning   ( nikohning )   vujudga   keltirilmaganligini ,   er - xotin   uchun
o ' zaro   huquq   va   majburiyatlar   tug ' dirmaganligini   tasdiqlaydi .   Ammo   nikohning
haqiqiy   emas ,   deb   topilishi   bunday   nikohda   bo ' lgan   davrda   tug ' ilgan   bolalarning
huquqlariga   ta ' sir   etmaydi  ( Oila   kodeksining  56- moddasi , 3- qismi ).  Ular haqiqiy, deb   topilgan   nikohda   bo'lgan   shaxslardan   tug'ilgan   bolalar   bilan   teng   huquqqa
ega bo'ladilar.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevralda qabul 
qilingan  «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash 
sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–
5325-sonli   farmoni ning 7-ilovasi — Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila 
institutini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda 
tutilgan.
Hujjatda bir qator yangiliklar nazarda tutilmoqdaki, ular yakunda nikoh va oila 
to‘g‘risidagi qonunchilik   hujjatlariga kiritiladi, deb   yozadi   Norma.uz.
Birinchidan,   nikoh tuzmoqchi bo‘lgan shaxslarga tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha 
ma'lumotnoma berishda ularning sog‘liqliklari haqida yolg‘on va noto‘g‘ri 
ma'lumot bergan tibbiyot muassasasi rahbari va xodimlarining mas'uliyati 
kuchaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha ko‘rik natijalari uchun mas'ullik faqat uni o‘tkazgan
vrach zimmasida edi.
Ikkinchidan,   turmush qurmoqchi bo‘lgan shaxslar maxsus o‘quv dasturiga ko‘ra 
oila asoslari bo‘yicha majburiy o‘quv kurslarini o‘taydi. U ilg‘or xorijiy tajribalar 
asosida ishlab chiqiladi.
Ayni paytda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish qoidalarining 78-bandiga 
ko‘ra, ariza qabul qilishda FHDYo organi turmush qurayotganlarga uning tartib va 
shartlari, bo‘lajak er-xotin va ota-onani huquq va majburiyatlarini tushuntirish 
bilan cheklanadi. FHDYo organi turmush qurayotgan shaxslarning bir-birlarining 
salomatlik holati, oilaviy ahvolidan xabardorligini ham tekshirib ko‘radi va nikoh 
tuzishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar yashirilmasligidan ogohlantiradi. Uchinchidan,   nikohni qayd etish muddati uzaytiriladi (ayni damda muayyan 
muddat ko‘rsatib o‘tilmagan). Bugungi kunda Fuqarolik holati dalolatnomalarini 
yozish qoidalarining 73-bandiga ko‘ra, turmush qurishni istaganlar o‘rnatilgan 
tartibda ariza topshirishganidan so‘ng bir oy muddat o‘tgach, FHDYo organi 
tomonidan nikoh qayd etiladi. Bu muddat hayotda bunday jiddiy qadam tashlash 
uchun yetarli emas, deb topilgan.
To‘rtinchidan,   nikohni bekor qilishni faqat sud tartibida amalga oshirish 
rejalashtirilmoqda.
Ayni paytda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish qoidalarining VI bobi 1- va 
2-paragraflariga binoan, voyaga yetmagan umumiy farzandlar bo‘lmagan holatda 
er-xotinning o‘zaro roziligi bilan bu ishni FHDYo organi amalga oshiradi. Bundan 
tashqari, er-xotinning voyaga yetmagan umumiy farzandi bor-yo‘qligidan qat'i 
nazar, FHDYo organi er-xotindan birining dom-daraksiz ketgan, ruhiy kasallik 
tufayli layoqatli emas deb topganda, yoki er-xotindan biri 3 yildan ortiq muddatga 
ozodlikdan mahrum etilganda nikohni bekor qilishi mumkin.
Beshinchidan,   yarashuv uchun ajratilgan muddat 1 yilgacha uzaytiriladi. Ayni 
paytda Oila kodeksining 2-qismi 40-moddasiga ko‘ra, sud ishni ko‘rib chiqishni 
kechiktirib, er-xotinga yarashish uchun 6 oygacha muddat ajratishga haqli.
Oltinchidan, nikohni bekor qilishda er-xotinning mulkiy javobgarligini joriy etish 
taklif etilmoqda. Gap tovon puli haqida ketmoqda va u jahon yuridik amaliyotida 
ajrashish uchun tashabbuskor bo‘lgan oila a'zosi tomonidan to‘lanadi.
Qayd etmoq joizki, butun 2018 yil davomida o‘tuvchi me'yoriy hujjatlarni qayta 
ishlash jarayonida ko‘rsatib o‘tilgan yangiliklar tahrirlanishi ham mumkin. Adabiyotlar:
1.
Pedagogika. O‘quv qo‘llanmasi. Munavvarov A tahriri ostida. –
Toshkent, O‘qituvchi, 1996.
2.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi. -
Ma'rifat g., 1993 yil, 3 mart.
3.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent, 
O‘zbekiston, 1992.
4.
O‘zbekiston Respublikasi – mustaqil davlat. – Toshkent, 
Adolat, 1995.
5.
Mahmudov R. Huquq va madaniyat. Zaripov Z.S tahriri ostida. 
– Toshkent, O‘zbekiston, 1993.
6.
Nikitin A. Otvetstvennost nesovershennoletnix. – Moskva, 
Prosvehyenie, 1990.
7.
Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. 2-
tomlik. –Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,
1998.
8.
Yusupov E. Inson kamolotining ma'naviy asoslari. – Toshkent, 
Universitet, 1998.

Sud tomonidan nikohni bekor qilish tartibi va asoslari Reja: 1. Oila huquqi bo’yicha nikoh tushunchasi va tuzish tartibi 2. Nikohdan ajartish to'g'risidagi ishlarni sudda va sudsiz ko'rish asoslari .- 3. Nikohni haqiqiy emas, deb topish to'g'risidagi ishlarni ko'rish

Oila huquqi bo’yicha nikoh tushunchasi va tuzish tartibi Nikoh oilani mustahkamlashning asosi bo‘lib, avvalambor, bolalar tarbiyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarbiya o‘chog‘idir. Shuning uchun ham qonuniy tuzilgan nikohdan davlat manfaatdor bo‘lib, undan ajralish jamiyat manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan ham nikoh-oila masalasi er-xotinning shaxsiy ishi doirasidan chetga chiqadi. Oilada oilaviy munosabatlar qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, uning shunchalik mustahkam bo‘lishi, bu, o‘z navbatida , jamiyatning ham mustahkamlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi amaliyotda sinovdan o‘tgan omillardandir. Ana shu holatlarni e’tiborga olgan davlatimiz nikoh, uni tuzish tartibi va shartlari, nikohdan ajralish , nikohni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq munosabatlarga befarq bo‘lmay, ularni tartibga soluvchi huquqiy asoslarni belgilab qo‘ygan. Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan-bir asos bo‘lgani bois, u faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi oila davlat himoyasida bo‘lishini huquqiy ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi 2-qismida: “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi,” ─ deb belgilangan. Nikoh insonlarga mas’uliyat yuklaydi. Chunki oilada erning ham , ayolning ham o‘z vazifalari bor: ularning har biri o‘z vazifasini to‘la ado etishga mas’uldir. Nikoh ota-ona o‘zidan so‘ng zurriyod qoldirib, naslning davom etishi mezoni hisoblanadi. Sotsiologik jihatdan nikoh deganda, “ayol va erkak o‘rtasidagi tarixan shakllangan , qonuniylashgan va jamiyat boshqaruvidagi munosabat shakli bo‘lib, ularning bir-biriga va bolalarga bo‘lgan munosabati aniq belgilangan”ligi tushuniladi. Nikoh va oilaviy munosabatlar o‘z rivojlanishtarixi va taraqqiyoti bo‘yicha dastlabki qadamlaridanoq nikohning sof, samimiy hamda poklik ramzi asosida oilaning vujudga kelish negizi vazifasini o‘taydi. Nikoh oilaning vujudga kelishida qon-qarindoshlik bilan birga asos bo‘lgani bois, u nafaqat axloq normalari, balki maxsus qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Amaldagi Oila kodeksida nikoh tushunchasiga ta’rif berilmaydi. Shu sababli

mazkur tushunchaning ta’rifini nikohning huquqiy tabiati , qonunchilikda unga nisbatan belgilangan qoidalar hamda erkak va ayolning o‘zaro istak-xohishi natijasi sifatidagi kelishuv ekanligidan kelib chiqib, unga nisbatan quyidagi umume’tirof etilgan ta’rifni berish mumkin: Nikoh (arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, qo‘shilish degan ma’noni anglatadi) – bu fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida tuziladigan, o‘zaro muhabbat va hurmatga , o‘zaro yordamga va bir-birining oldida javobgarlikka asoslangan erkak va ayolning ittifoqidir. Qoidaga ko‘ra nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida tuziladi. Mazkur organlarda nikohni tuzish tartibi quyidagi asosiy qoidalarga ko‘ra amalga oshiriladi: - nikoh faqat nikohga kirishuvchilarning ishtirokida tuziladi; - nikohga kirishuvchi shaxslarning fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza topshirgan kundan bir oy o‘tgach ro‘yxatdan o‘tkaziladi; - qoidaga ko‘ra fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organ binosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi; - nikohning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi xususidagi ma’lumot er-xotinning pasportiga kiritiladi. Biroq ushbu holatlarga nisbatan istisnolar ham mavjud. Jumladan, nikoh tuzish muddati qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin. Biroq buning uchun qonunda nazarda tutilgan muayyan sabablar mavjud bo‘lishi talab etiladi. Ikkinchidan, nikoh har qanday kelishuv sifatida muayyan shartlarga muvofiq tuzilishi lozimki , mazkur shartlarga rioya etmaslik oqibatida u haqiqiy emas, deb topilishi mumkin. Bunday shartlarga quyidagilar kiradi: - erkak va ayolning nikoh tuzishga ixtiyoriy roziligi; - erkak va ayolning nikoh yoshiga yetganligi ; - agar nikohlanuvchilardan biri boshqa nikohda turgan bo‘lsa, nikoh tuzishning mumkin emasligi; - yaqin qarindoshlar, farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar o‘rtasida hamda nikohlanuvchilardan birining loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga

layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi. Har qanday bitim kabi nikoh ham tugatilishi mumkin. Bundan tashqari , nikohga nisbatan har qanday bitimga nisbatan qo‘llaniladigan haqiqiy emaslik chorasi tatbiq etiladi.

Nikohdan ajartish to'g'risidagi ishlarni sudda va sudsiz ko'rish asoslari .- Ko'p yillik tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqi qadimdan ota-bobolar an'analariga sodiq bo'lgan holda axloq tamoyillariga asoslangan oilani mustahkamlash, ona va bolalar manfaatlarini har tomonlama mu-hofaza qilish va har qaysi bolaga baxtli bolalikni ta'minlash, kishilarda oila oldida mas'ul bo'lish hissini tarbiyalash — nikoh va oila to'g' risidagi qonunchilikning muhim vazifalaridan biri hisoblangan. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 37-moddasida belgi-langanidek, nikoh er-xotinning hayotligida ulardan biri yoki har ikkisining arizasiga muvofiq| ajralish yo'li bilan tugatilishi mumkin. Sud ajralish to'g'risida ariza bergan er va xotinni yarashtirish uchun barcha choralarni ko'rishga majbur. Bunday toifadagi ishlarni ko'-rishda sudlar Ularning daxlsizligiga, milliy xususiyatlarga e'tibor berishlari lozim. Amaldagi nikohdan ajralish to'g'risidagi qonunlarni shariat huquqiy me'yorlariga to'g'ri kelishini quyidagilardan anglash mum-kin. Masalan, shariatga ko'ra, oila nikoh qilish bilan tuzilishi va agar er-xotinlardan birontasining vafot qilishidan boshqa qandaydir sabablarga asosan hayotligida ajralishga to'g'ri kelsa, taloq qilish bilan buzilishi ko'rsatilgan. Sud er-xotinning kelgusida birgalikda oilaviy turmush qurish va oilani saqlab qolishjmkoniyati yo'q, deb topgandagina nikohdan ajratilishi mumkin.Voyaga yetmagan farzandlari bo'lmagan er va xotinning ajralishlikka o'zaro roziliklari bo'lgan taqdirda, agar ular o'rtasida mulk to'g'risida va bir-birlarining ta'minoti uchun aliment undirilishi to'g'risida da'vo bo'lmasa, nikoh fuqarolik holati dalolat-nomalarini qayd qilish organi (FHDY)da bekor qilinishi mumkin. Belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan, deb topilgan shaxslar, ruhiy kasatlik yoki aqli zaif bo'lganligi tufayli muomalaga layoqatsiz, deb topilgan shaxslar, shuningdek, kamida uch yiJ muddatga ozod-likdan mahrum etilishiga hukm