logo

KRIMINALISTIKA VA SUD PSIXOLOGIYASIDAGI PSIXOLINGVISTIKA

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.0009765625 KB
 KRIMINALISTIKA VA SUD PSIXOLOGIYASIDAGI
PSIXOLINGVISTIKA  
Reja:
1. Tergov jarayonida nutq informatsiya manbasi sifatida
2.  Yolg‘on fikr ifodalash   psixolingvistikasi
3.  Psixolingvistik ekspertiza     1. Tergov jarayonida nutq informatsiya manbasi sifatida
Avvalo,   bu   o‘rinda   ikki   holat   bilan   to‘qnashiladi:   1)   atributsiya   (aniqlash)
vazifasi   bilan,   ya’ni   matnning   muallifligini   –   ma’lum   matnni   mazkur   shaxsga
tegishli   ekanligi   yoki   bu   shaxsga   tegishli   emasligini   aniqlash;   2)   subyektning
o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot olish vazifasi bilan –  yoshi, jinsi, u yoki
bu ijtimoiy guruhga tegishliligi, ona tili, u yoki bu viloyatdan kelib chiqqanligi va
h.k.   
Matnning   atributsiyasi   faqatgina   kriminalistik   amaliyotda   amalga
oshirilmaydi 1
.   Matnni   aniqlash   tarix   va   filologiya   fanlarining   yordamchi   sohasi
hisoblangan,   badiiy   va   boshqa   asarlar   matnlarining   yaratilishi   tarixi,   taqdirini
o‘rganadigan manbashunoslikning ham muhim masalalaridan biridir. 
Matnni   to‘liq   va   ishonchli   aniqlash   manbasi   sifatida   grafik   va   yozuv
ekspertizasini qayd qilish mumkin. Grafik va yozuv ekspertizasi matnning yozuvi,
orfografiyasi,   matnning   sahifada   joylashuvi   va   boshqa   jihatlarini   tahlil   qiladi.
Grafik ekspertizada orfografik, leksik, kompozitsion va h.k. identifik xususiyatlar
e’tiborga olinadi. 
Ekspertizaning   vazifasi   atributsiya   bo‘lmaganda   psixolingvistikaning   roli,
hatto grafik ekspertizada ham ortadi. Masalan, bir kuni A.A.Leontev va bir guruh
psixolingvistlar matn ijrochisi mazkur matn uchinchi shaxs nutqidan sinxron yozib
olingan,   deb   iddao   qilayotgan   matn   haqida   xulosa   berishi   kerak   bo‘lgan.   Biroq
qo‘lyozmaning   qator   belgilari   (yangi   qator   yoki   betga   ko‘chirishlar,
qisqartmalarning   mavjud   emasligi   yoki   ularning   har   xilligi   va   h.k.)dan   kelib
chiqqan   psixolingvistlar   ushbu   qo‘lyozma   ko‘chirilgan   yoki,   hatto   tahrir   qilingan
degan xulosaga kelishgan. 
  Boshqa   bir   tergov   jarayonida   ham   psixolingvistlar   qiziq   voqeaga   duch
kelishgan.   Tergovdagi   shaxs   ko‘rsatma   matnini   tergovchining   diktovkasi   ostida
yozganligini   aytib,   tergovchini   ayblagan.   Tergov   organlarida   “Shunday   bo‘lishi
mumkinmi?” degan tabiiy savol tug‘ilgan. Ekspertlar guruhi ko‘rsatma matnlari va
mazkur ijrochiga tegishli  bo‘lgan boshqa matnlarni tekshirish natijasida tergovchi
1
  Леонтьев А.А. Основы психолингвистики: Учебник для студ. высш. учеб. заведений. –М.: Смысл,   1999. –C. 248. tahlil   qilinayotgan   mantning   muallifi   emas,   biroq   mazkur   matn   mazmunining
muallifi,   ya’ni   u   tergovdagi   shaxsga   nima   yozish   kerakligini   aytib   turgan,
tergovdagi shaxs esa ayni mazmunni “o‘zining so‘zlari bilan” bayon qilgan degan
xulosaga kelishgan 2
. 
So‘zlovchini   identifikatsiya   qilish   yoki   uning   alohida   kategorial   belgilarini
aniqlash   maqsadida   og‘zaki   nutqning   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   foydalanish
mumkin.   Birinchi   guruh   og‘zaki   nutqning   fonetik   xususiyatlaridir.   Ular   o‘z
navbatida   individual   va   guruhiy   xususiyatlarga   ajraladi.   Ayniqsa,   ovoz   tembri   va
balandligi,   intonatsiya,   nutq   tezligi,   xarakteri,   pauzaning   davomliligi   va
taqsimlanishi,   mantiqiy   ajratishning   xarakteri   va   darajasi,   fonetik   reduksiya
darajasi ishonchli bo‘lgan individual fonetik belgilar hisoblanadi. Guruhiy belgilar
sirasiga dialektal xususiyatlar va chet tilidagi aksentni kiritiah mumkin. Umuman,
psixolingvistik   tahlil   bir   qator   holatlarda   istisnolarga   yo‘l   beradi:     agar   mazkur
shaxsning   yoshi   aniqlanmagan   bo‘lsa,   hech   bo‘lmaganda   uni   muayyan   yosh
guruhiga   kiritish   mumkin.   Bu   ijtimoiy   va   professional   xususiyatlarga   ham
taalluqli.   
Ikkinchi   guruh   og‘zaki   nutqning   semantik-grammatik   xususiyatlari   bo‘lib,
unga   pauzani   to‘ldirish   xarakteri   (immm...;   anaqa...);   so‘z   va   konstruksiyalarni
tanlash; ifodalilik me’yori; nutq madaniyati darajasi; matnni tashkil qilish me’yori
va h.k. kiradi.  
11. 2.     Yolg‘on fikr ifodalash   psixolingvistikasi
    Yolg‘on   fikr   ifodalash   deganda   narsa   va   hodisalarning   haqiqiy   holatini
ataylab   noto‘g‘ri,   buzib   tasvirlash   nazarda   tutiladi.   Mazkur   muammo
psixolingvistika   paydo   bo‘lmasidan   oldin   ko‘rsatma   berish   jarayonida   haqiqatni
qaror   toptirish   maqsadida   tortishib   kelingan   masalalardan   biri   bo‘lib   kelgan.
Psixolingvistikada   yozma   va   og‘zaki   yolg‘on   fikr   ifodalash   yuzasidan   amalga
oshirilgan   talaygina   nazariy   va   eksperimental   tadqiqotlar   mavjud.   Ushbu
tadqiqotlarda “Yolg‘on xabarni planlashtirish va amalga oshirishda uning muallifi
2
  Леонтьев А.А. Основы психолингвистики: Учебник для студ. высш. учеб. заведений. –М.: Смысл,   1999. –C. 2 50 . o‘zining   individual   nutqiy   amaliyotida   hamda   u   mansub   bo‘lgan   ijtimoiy
guruhning   nutqiy   muamalasida   qo‘llanish   chastotasi   kam   bo‘lgan   so‘zlarni
muayyan   qiyinchiliklar   bilan   faollashtiradi”   degan   muhim   xulosaga   kelingan
(Leontev, Shaxnarovich, Batov 1977, 37-bet). 
Keng   omma   uchun   yolg‘on   fikr   ifodalash   muammosi   “yolg‘on   detektori”
yoki   poligraf   qo‘llash   bilan   bir   xil   hisoblanadi.   Mazkur   yo‘nalishning   asoschisi
sifatida   1920-yillarda   “O‘zaro   bog‘langan   metodika   usuli”ni   ishlab   chiqqan
A.R.Luriyani   ko‘rsatish   mumkin.   A.R.Luriyaning   ingliz   tilida   nasr   qilingan   “The
nature of Human Conflicts” (Luria, 1932) nomli kitobida bu usul batafsil yoritilgan
va   AQSHda   katta   muvaffaqiyat   qozongan.   AQSHda   poligrafning   amaliy
qo‘llanishi   keng   tarqalgan.   A.R.Luriyaning   yozishicha   “bu   tadqiqot   yolg‘on
detektorining   dastlabki   modeli   bo‘lib,   u   kriminalistlarning   faoliyatida   amaliy
jihatdan katta yordam bergan” (Luriya, 1982, 23-bet). 
 3.  Psixolingvistik ekspertiza
Ekspertiza   tushunchalari .   Ekspertizaning   turlari   ko‘p   bo‘lgani   uchun   uni
huquqiy maqomga ko‘ra sud ekspertizasi va kriminal ekspertizaga ajratib o‘rganish
maqsadga   muvofiqdir.   Exspert   sud   ekspertizasida   yakuniy   xulosa   beruvchi   shaxs
hisoblanadi.   Ekspertiza   deganda   keng   ma’noda   jinoyatni   ochish   jarayonida
(sudgacha va sud jarayonida) gumondor shaxsni, vaziyatni, jinoyat sodir etilganda
foydalanilgan   vositani   topish,   gumon   qilinayotga   shaxsning   psixologik   holatini
aniqlash,   shuningdek,   jarayonga   taalluqli   qo‘shimcha   ma’lumot   olish   maqsadida
maxsus   bilim   va   tajribaga   ega   mutaxassisning   kriminal   tekshiruvi   va   h.k.ni
tushunish mumkin.
Agar  ekspertiza  dastlabki  tergov doirasida  amalga  oshirilayotgan  bo‘lsa,     u
kriminal ekspertiza, sud tergov ishlari doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa unda
sud ekspertizasi  hisoblanadi. Umuman, fuqarolik, xo‘jalik va  konstitutsiyaviy sud
jarayonlarida ham kriminal va sud ekspertizalaridan foydalanish mumkin, biroq bu
o‘rinda uning vazifalari cheklangan bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, ekspertiza turlarining umumiy tasnifi mavjud emas.
Ko‘pincha kriminal ekspertiza quyidagi turlarga ajratiladi:
a)   trasologik   ekspertiza   (avtotransport   hodisalari   izlarini   aniqlash
ekspertizasi);
b)   ballistik   ekspertiza   (o‘qotar   qurollari   izlarini   aniqlash   yuzasidan   olib
boriladigan ekspertiza);
d) hujjatlar ekspertizasi (hujjatlardagi imzolar, muhrlar, shtamplar, yozuvlar
yuzasidan olib boriladigan ekspertiza); 
e)   gabitologik   ekspertiza   (shaxsning   tashqi   belgilariga   ko‘ra   aniqlash
ekspertizasi).   Ekspertiza   sistemasida   sud   psixologik   ekspertizasi   (kriminal
ekspertiza va sud ekspertizasidan tashkil topgan) asosiy o‘rinni egallaydi. 
Sud psixologik ekspertizasi.   Sud psixologik ekspertizasining asosiy vazifasi
psixologik   mazmunga   ega   bo‘lgan   muammolarni   yechishda   adliya   organlariga
yordam   berish,   uning   funksiyasi   esa   maxsus   psixologik   bilimlar   va   metodlar
vositasida   aybdorlar,   guvohlar   va   jabrlanuvchilar   psixik   faoliyatining     individual
xususiyatlarini   obyektiv   baholashga   imkon   beradigan   yangi   dalillarni   qo‘lga
kiritishdan iborat. Sud psixologik ekspertizasining predmeti ish yuzasidan obyektiv
haqiqatni   aniqlashda   muhim   ahamiyat   kasb   etgan   inson   psixik   faoliyati
komponentlarini bir butunlikda belgilash va baholash hisoblanadi.    
  Psixolingvistik   ekspertizaning   turlari   va   tushunchalari.   Psixolingvistik
ekspertiza odatda,  mutaxassislar  tomonidan lingvistik va yozuv   ekspertizasi  bilan
bir   qatorga   qo‘yiladi.   Biroq   ekspertiza   vositasida   hal   qilinadigan   masalalar
aksariyat   hollarda   ekspertizaning   barcha   turlari,   jumladan,   psixolingvistik,
lingvistik va yozuv ekspertizalarining ishtirokini talab qiladi. 
Ekspertizani maqsadiga ko‘ra ham turlarga ajratish mumkin: 
a) mualliflik ekspertizasi – matn muallifini aniqlash yoki shu matnni yozishi
mumkin   bo‘lgan   shaxsni   aniqlash.   Bunda   shaxsning   jinsi,   yoshi,   millati,   ona   tili,
tug‘ilgan joyi, yashash joyi, ma’lumoti va h.k. tekshiriladi; 
b)   matn   muallifining   vaqtinchalik   belgilariga,   masalan,   uning   emotsional
holatini aniqlashga qaratilgan ekspertiza;   d)   tekshirilayotgan   matnni   yaratishdagi   u   yoki   bu   sharoitlarni   aniqlashga
qaratilgan ekspertiza; 
e)   matndagi   ma’lumotlarni   ataylab   buzib   ko‘rsatilishini   aniqlashga
qaratilgan ekspertiza; 
f)   matn   muallifini   javobgarlikka   tortish   uchun   asoslarning   yetarliligini
aniqlashga   qaratilgan   ekspertiza.   Bunda   asarlarda   bo‘hton,   tuhmat,   shaxsni
haqoratlash,   millatchilik,   diniy   kelishmovchiliklarni   yuzaga   keltiruvchi,   urushga
yoki davlat to‘ntarishiga chorlovchi mazmunning mavjudligi tekshiriladi 3
.  
  Lingvistik   ekspertiza.   Tergov va sud amaliyotida psixolingvistik ekspertiza
bilan bir qatorda  lingvistik  ekspertiza ham keng tarqalgan. “Sena slova. Iz praktiki
lingvisticheskix   ekspertiz   tekstov   SMI   v   sudebnыx   protsessax   po   zaщite   chesti,
dostoinstva   i   delovoy   reputatsii”   nomli   maqolalar   to‘plamida   T.V   Gubayeva
lingvistik   ekspertizani   shunday   tasvirlaydi:     “ Lingvistik   ekspertiza   protsessual
harakat bo‘lib, til fani sohasida maxsus bilimga ega exspertning turli xil murakkab
masalalarni   tadqiq   etishi   va   ularga   xulosalar   berishidan   iboratdir” 4
.   Ko‘rinadiki,
mazkur   ta’rifdagi   mezonlar,   xususan,   qanday   masalalarni   nazarda   tutilganligi
lingvistik   ekspertiza   xususiyatini   aniqlab   berishga   yaramaydi.   A.A.   Leontevning
fikricha,   qayd   qilingan   to‘plamning   aksariyat   mualliflari   matnlar   ekspert
tadqiqining o‘ziga xos xususiyatlari va ekspert vazifalari haqida yetarli tasavvurga
ega   emaslar.   Masalan,   Ye.I.Galyashina   mavjud   ekspertizalarning     kamchiligi
sifatida   “xulosalar   qat’iy   shaklda   emas,   balki   ehtimoliy   tarzda   beriladi,   shuning
uchun ulardan sud ekspertizalari sifatida foydalanib bo‘lmaydi” 5
, deb qayd qiladi.
Biroq matn bilan ish ko‘radigan har qanday ekspertiza (masalan, mualliflik)  faqat
yuz   berishi   ehtimol   tutilgan   informatsiyanigina   bera   oladi.   Exspertning   vazifasi
qat’iy   javob   berish   emas,   balki   qo‘llanilgan   usullarni   obyektivlashtirish   orqali
javoblarning   yuqori   ehtimollik   darajasini   ta’minlash   va   xulosani   asoslashdan
iborat.   Bu   xulosani   protsessda   qay   tarzda   qo‘llash   yoki   qo‘llamaslik   exspertning
3
  Леонтьев   А.А.   О психолингвистической экспертизе   // Методология современной психолингвистики:   Сборник статей.
- Москва-Барнаул: Изд-во Алт. ун-та, 2003. 
4
  Цена   слова.   Из   практики   лингвистических   экспертиз   текстов   СМИ   в   судебных   процессах   по   защите   чести,
достоинства и деловой репутации. 2-е изд. –М., 2002. –С.  237.
5
  Ko‘rsatilgan asar, 235-bet.  emas,   balki   sudning   ishidir.   Ekspertning   so‘rovi   exspert   xulosasining
ishonchliligini aniqlash maqsadlaridan biridir. 
Bugungi   kunda   rivojlangan   mamlakatlarda   qidiruvdagi   jinoyatchining
individual   ovoz   xususiyatlarini   maxsus   kompyuter   dasturlariga   kiritish   orqali
aniqlash keng tarqalgan.   ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1 .   Usmanova   Sh.     “Psixolingvistika”   fanidan   ma’ruza   kurslari .   – Toshkent:
Universitet, 2014.
2.   Usmanova   Sh.     Psixolingvistika.   O‘quv   qo‘llanma.   – Toshkent:   Universitet,
2015. (Elektron variant).
3 . Belyanin V. P. Psixolingvistika.  Uchebnoe posobie.  –M.: Flinta, 2008.
4. Gluxov V.P. Osnovы p sixolingvistiki.  Uchebnoe posobie.   – M.:  ACT: Astrelь,
2008.
5 .   Karaseva   O.F.,   Safonova   O.A.     Psixolingvistika:   novыe   texnologii   analiza
poeticheskogo teksta. Uchebnoe posobie.  – Krasnodar, 2012. 
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6 .   Axutina   T.V.   Porojdenie   rechi.     Neyrolingvisticheskiy   analiz   sintaksisa.   -   M.:
MGU, 1989. 
7.   Baskakov   N.A.,   Sodiqov   A.S.,   Abduazizov   A.A.   Umumiy   tilshunoslik.   –
Toshkent: O‘qituvchi, 1979. 
8.   Batov   V.I.   O   sudebnoy   psixologo-lingvisticheskoy   ekspertize   //Voprosы
sudebno-psixologicheskoy ekspertizы. –M., 1974.
9 . Belikov V. I., Krыsin L. P.  Sotsiolingvistika. –M., 2001.
1 0 .   Bыkova   G.   V.,   Fraerl   V.   L.   Lakunы   russkogo   yazыka.   Pod   nauch.   red.   I.A.
Sternina. – Blagoveщensk: Izd-vo BGPU, 2008.

KRIMINALISTIKA VA SUD PSIXOLOGIYASIDAGI PSIXOLINGVISTIKA Reja: 1. Tergov jarayonida nutq informatsiya manbasi sifatida 2. Yolg‘on fikr ifodalash psixolingvistikasi 3. Psixolingvistik ekspertiza

1. Tergov jarayonida nutq informatsiya manbasi sifatida Avvalo, bu o‘rinda ikki holat bilan to‘qnashiladi: 1) atributsiya (aniqlash) vazifasi bilan, ya’ni matnning muallifligini – ma’lum matnni mazkur shaxsga tegishli ekanligi yoki bu shaxsga tegishli emasligini aniqlash; 2) subyektning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot olish vazifasi bilan – yoshi, jinsi, u yoki bu ijtimoiy guruhga tegishliligi, ona tili, u yoki bu viloyatdan kelib chiqqanligi va h.k. Matnning atributsiyasi faqatgina kriminalistik amaliyotda amalga oshirilmaydi 1 . Matnni aniqlash tarix va filologiya fanlarining yordamchi sohasi hisoblangan, badiiy va boshqa asarlar matnlarining yaratilishi tarixi, taqdirini o‘rganadigan manbashunoslikning ham muhim masalalaridan biridir. Matnni to‘liq va ishonchli aniqlash manbasi sifatida grafik va yozuv ekspertizasini qayd qilish mumkin. Grafik va yozuv ekspertizasi matnning yozuvi, orfografiyasi, matnning sahifada joylashuvi va boshqa jihatlarini tahlil qiladi. Grafik ekspertizada orfografik, leksik, kompozitsion va h.k. identifik xususiyatlar e’tiborga olinadi. Ekspertizaning vazifasi atributsiya bo‘lmaganda psixolingvistikaning roli, hatto grafik ekspertizada ham ortadi. Masalan, bir kuni A.A.Leontev va bir guruh psixolingvistlar matn ijrochisi mazkur matn uchinchi shaxs nutqidan sinxron yozib olingan, deb iddao qilayotgan matn haqida xulosa berishi kerak bo‘lgan. Biroq qo‘lyozmaning qator belgilari (yangi qator yoki betga ko‘chirishlar, qisqartmalarning mavjud emasligi yoki ularning har xilligi va h.k.)dan kelib chiqqan psixolingvistlar ushbu qo‘lyozma ko‘chirilgan yoki, hatto tahrir qilingan degan xulosaga kelishgan. Boshqa bir tergov jarayonida ham psixolingvistlar qiziq voqeaga duch kelishgan. Tergovdagi shaxs ko‘rsatma matnini tergovchining diktovkasi ostida yozganligini aytib, tergovchini ayblagan. Tergov organlarida “Shunday bo‘lishi mumkinmi?” degan tabiiy savol tug‘ilgan. Ekspertlar guruhi ko‘rsatma matnlari va mazkur ijrochiga tegishli bo‘lgan boshqa matnlarni tekshirish natijasida tergovchi 1 Леонтьев А.А. Основы психолингвистики: Учебник для студ. высш. учеб. заведений. –М.: Смысл, 1999. –C. 248.

tahlil qilinayotgan mantning muallifi emas, biroq mazkur matn mazmunining muallifi, ya’ni u tergovdagi shaxsga nima yozish kerakligini aytib turgan, tergovdagi shaxs esa ayni mazmunni “o‘zining so‘zlari bilan” bayon qilgan degan xulosaga kelishgan 2 . So‘zlovchini identifikatsiya qilish yoki uning alohida kategorial belgilarini aniqlash maqsadida og‘zaki nutqning o‘ziga xos xususiyatlaridan foydalanish mumkin. Birinchi guruh og‘zaki nutqning fonetik xususiyatlaridir. Ular o‘z navbatida individual va guruhiy xususiyatlarga ajraladi. Ayniqsa, ovoz tembri va balandligi, intonatsiya, nutq tezligi, xarakteri, pauzaning davomliligi va taqsimlanishi, mantiqiy ajratishning xarakteri va darajasi, fonetik reduksiya darajasi ishonchli bo‘lgan individual fonetik belgilar hisoblanadi. Guruhiy belgilar sirasiga dialektal xususiyatlar va chet tilidagi aksentni kiritiah mumkin. Umuman, psixolingvistik tahlil bir qator holatlarda istisnolarga yo‘l beradi: agar mazkur shaxsning yoshi aniqlanmagan bo‘lsa, hech bo‘lmaganda uni muayyan yosh guruhiga kiritish mumkin. Bu ijtimoiy va professional xususiyatlarga ham taalluqli. Ikkinchi guruh og‘zaki nutqning semantik-grammatik xususiyatlari bo‘lib, unga pauzani to‘ldirish xarakteri (immm...; anaqa...); so‘z va konstruksiyalarni tanlash; ifodalilik me’yori; nutq madaniyati darajasi; matnni tashkil qilish me’yori va h.k. kiradi. 11. 2. Yolg‘on fikr ifodalash psixolingvistikasi Yolg‘on fikr ifodalash deganda narsa va hodisalarning haqiqiy holatini ataylab noto‘g‘ri, buzib tasvirlash nazarda tutiladi. Mazkur muammo psixolingvistika paydo bo‘lmasidan oldin ko‘rsatma berish jarayonida haqiqatni qaror toptirish maqsadida tortishib kelingan masalalardan biri bo‘lib kelgan. Psixolingvistikada yozma va og‘zaki yolg‘on fikr ifodalash yuzasidan amalga oshirilgan talaygina nazariy va eksperimental tadqiqotlar mavjud. Ushbu tadqiqotlarda “Yolg‘on xabarni planlashtirish va amalga oshirishda uning muallifi 2 Леонтьев А.А. Основы психолингвистики: Учебник для студ. высш. учеб. заведений. –М.: Смысл, 1999. –C. 2 50 .

o‘zining individual nutqiy amaliyotida hamda u mansub bo‘lgan ijtimoiy guruhning nutqiy muamalasida qo‘llanish chastotasi kam bo‘lgan so‘zlarni muayyan qiyinchiliklar bilan faollashtiradi” degan muhim xulosaga kelingan (Leontev, Shaxnarovich, Batov 1977, 37-bet). Keng omma uchun yolg‘on fikr ifodalash muammosi “yolg‘on detektori” yoki poligraf qo‘llash bilan bir xil hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishning asoschisi sifatida 1920-yillarda “O‘zaro bog‘langan metodika usuli”ni ishlab chiqqan A.R.Luriyani ko‘rsatish mumkin. A.R.Luriyaning ingliz tilida nasr qilingan “The nature of Human Conflicts” (Luria, 1932) nomli kitobida bu usul batafsil yoritilgan va AQSHda katta muvaffaqiyat qozongan. AQSHda poligrafning amaliy qo‘llanishi keng tarqalgan. A.R.Luriyaning yozishicha “bu tadqiqot yolg‘on detektorining dastlabki modeli bo‘lib, u kriminalistlarning faoliyatida amaliy jihatdan katta yordam bergan” (Luriya, 1982, 23-bet). 3. Psixolingvistik ekspertiza Ekspertiza tushunchalari . Ekspertizaning turlari ko‘p bo‘lgani uchun uni huquqiy maqomga ko‘ra sud ekspertizasi va kriminal ekspertizaga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Exspert sud ekspertizasida yakuniy xulosa beruvchi shaxs hisoblanadi. Ekspertiza deganda keng ma’noda jinoyatni ochish jarayonida (sudgacha va sud jarayonida) gumondor shaxsni, vaziyatni, jinoyat sodir etilganda foydalanilgan vositani topish, gumon qilinayotga shaxsning psixologik holatini aniqlash, shuningdek, jarayonga taalluqli qo‘shimcha ma’lumot olish maqsadida maxsus bilim va tajribaga ega mutaxassisning kriminal tekshiruvi va h.k.ni tushunish mumkin. Agar ekspertiza dastlabki tergov doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u kriminal ekspertiza, sud tergov ishlari doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa unda sud ekspertizasi hisoblanadi. Umuman, fuqarolik, xo‘jalik va konstitutsiyaviy sud jarayonlarida ham kriminal va sud ekspertizalaridan foydalanish mumkin, biroq bu o‘rinda uning vazifalari cheklangan bo‘ladi.

Shuni ta’kidlash joizki, ekspertiza turlarining umumiy tasnifi mavjud emas. Ko‘pincha kriminal ekspertiza quyidagi turlarga ajratiladi: a) trasologik ekspertiza (avtotransport hodisalari izlarini aniqlash ekspertizasi); b) ballistik ekspertiza (o‘qotar qurollari izlarini aniqlash yuzasidan olib boriladigan ekspertiza); d) hujjatlar ekspertizasi (hujjatlardagi imzolar, muhrlar, shtamplar, yozuvlar yuzasidan olib boriladigan ekspertiza); e) gabitologik ekspertiza (shaxsning tashqi belgilariga ko‘ra aniqlash ekspertizasi). Ekspertiza sistemasida sud psixologik ekspertizasi (kriminal ekspertiza va sud ekspertizasidan tashkil topgan) asosiy o‘rinni egallaydi. Sud psixologik ekspertizasi. Sud psixologik ekspertizasining asosiy vazifasi psixologik mazmunga ega bo‘lgan muammolarni yechishda adliya organlariga yordam berish, uning funksiyasi esa maxsus psixologik bilimlar va metodlar vositasida aybdorlar, guvohlar va jabrlanuvchilar psixik faoliyatining individual xususiyatlarini obyektiv baholashga imkon beradigan yangi dalillarni qo‘lga kiritishdan iborat. Sud psixologik ekspertizasining predmeti ish yuzasidan obyektiv haqiqatni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etgan inson psixik faoliyati komponentlarini bir butunlikda belgilash va baholash hisoblanadi. Psixolingvistik ekspertizaning turlari va tushunchalari. Psixolingvistik ekspertiza odatda, mutaxassislar tomonidan lingvistik va yozuv ekspertizasi bilan bir qatorga qo‘yiladi. Biroq ekspertiza vositasida hal qilinadigan masalalar aksariyat hollarda ekspertizaning barcha turlari, jumladan, psixolingvistik, lingvistik va yozuv ekspertizalarining ishtirokini talab qiladi. Ekspertizani maqsadiga ko‘ra ham turlarga ajratish mumkin: a) mualliflik ekspertizasi – matn muallifini aniqlash yoki shu matnni yozishi mumkin bo‘lgan shaxsni aniqlash. Bunda shaxsning jinsi, yoshi, millati, ona tili, tug‘ilgan joyi, yashash joyi, ma’lumoti va h.k. tekshiriladi; b) matn muallifining vaqtinchalik belgilariga, masalan, uning emotsional holatini aniqlashga qaratilgan ekspertiza;