logo

PSIXOLINGVISTIKANING AHAMIYATI VA UNING BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI

Yuklangan vaqt:

29.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.630859375 KB
PSIXOLINGVISTIKANING AHAMIYATI VA UNING BOSHQA FANLAR
BILAN BOG‘LIQLIGI   
Reja:
1. Psixolingvistikaning obyekti va predmeti
2. Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari
3. Psixolingvistika psixologik fan sifatida
4. Psixolingvistika va tilshunoslik 1. 1.  Psixolingvistikaning obyekti va predmeti
Psixolingvistikaning asosiy tadqiqot  obyekti  nutqiy faoliyat subyekti bo‘lgan
shaxs,   til   egasidir.   Rus   tilshunosligida   mazkur   soha   rivojiga   katta   hissa   qo‘shgan
A.A.Zalevskaya   psixolingvistikaning   vazifasini   “tilning   amal   qilinishini   psixik
fenomen sifatida tavsiflash va tushuntirish” bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edi 1
.
Psixolingvistika   fanining   obyekti   –   u   o‘rganadigan   individual   obyektlar
majmuyidan iborat. Turli fanlarda umumiy, bir tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin.
Biroq   ularning   predmeti   bir-biridan   farq   qilishi,   ya’ni   ayni   obyektga   bo‘lgan
qarashi   turlicha   bo‘lishi   mumkin.   Jumladan,   inson   ham   tibbiyot,   ham
psixologiyaning   tadqiqot   obyekti   sanaladi.   Lekin   har   bir   fan   unga   o‘zining
qarashidan   kelib   chiqqan   holda   yondashadi.     Til   va   til   belgilarining   tizimi
lingvistika,   adabiyotshunoslik,   antropologiya,   dasturlash   va   psixolingvistika
fanlarining   tadqiqot   obyekti   bo‘lishi   mumkin.   Ya’ni   mazkur   fanlarning   umumiy
obyekti – turli maqsadlarda va turli vaziyatlarda qo‘llaniladigan inson tili va nutqi
bo‘lishi mumkin 2
. 
Psixolingvistika   fanining   obyektini   aniqlashtirishda   A.A.Leontev   qayd
qilgan   freym   tushunchasini   keltirish   maqsadga   muvofiqdir.   Freym   u   yoki   bu
obyekt   yoxud   hodisani   tasvirlovchi   o‘lchovlar   tizimini   ifodalaydi.   Masalan,
“Ishlovchining   shaxsiy   varaqasi”   (o‘lchovlari   aniq   shaklda   keltirilgan)da   mazkur
shaxsning   eng   kamida   uni   ishga   qabul   qilinishi   bilan   bog‘liq   xususiyatlarini
tasvirlovchi freym mavjud bo‘ladi. Fanda modellashtirilgan aniq hodisalar, odatda,
freym   tamoyiliga   ko‘ra   tavsiflanadi.   Masalan,   psixologiyada   aksariyat   hollarda
“faoliyat freymi” ishlatiladi. Unda hodisalarga muayyan savollar (Maqsad? Motiv?
Sharoit?   Qanday   faoliyat   turi?   va   h.k.)   beriladi   va   mazkur   o‘lchovlar   asosida
hodisalar tavsiflanadi. Psixolingvistikadagi turli yo‘nalishlar uning obyekti bo‘lgan
aniq nutq hodisalariga turli freymlarning “prizmasi” orqali yondashishadi 3
.
Biroq   har   qanday   holatda,   nutqqa   har   qanday   metodologik   yondashuvda
ushbu freymning tuzilishida  nutq subyekti, nutq obyekti  yoki  adresat,  motiv yoki
1   Залевская   А.А.   Введение   в   психолингвистику.  Учебник   для  студентов   высших  учебных   заведений.  –М.,
1999. –С.25. 
2  Белянин В. П. Психолингвистика. –М., 2004. – C . 8. 
3  Леонтьев А.А. Основы психолингвистики: Учебник для студ. высш. учеб. заведений. –М.: Смысл,   1999. – C . 15-16.  ehtiyoj,   niyat   yoki   nutqiy   maqsad,   nutqiy   muloqotning   mazmuni   va   predmeti,
lisoniy   yoki   semiotik   vositalar   tavsifi   e’tiborga   olinadi.   Xullas,
psixolingvistikaning obyekti qanday tushunilishidan qat’iy nazar, har doim nutqiy
hodisalar yoki nutqiy vaziyatlar majmuyidan iborat bo‘ladi. Bu obyekt tilshunoslik
va boshqa nutqiy faoliyat bilan bog‘liq fanlar bilan umumiy hisoblanadi. 
Psixolingvistikaning   predmeti   turli   –   obyektlarning   mavhum   tizimi   yoki
ayrim   obyektlarning   mavhum   tizimi   hisoblanadi.   Psixolingvistika   fanining
predmetini   belgilashda   ayrim   pisxolingvistlarning   qarashlarini   keltirish   o‘rinli
bo‘ladi.   Amerikalik   psixolingvistlarning   fikricha,   “psixolingvistika   so‘zlovchilar
niyatining   mazkur   madaniyatda   qabul   qilingan   kodda   signallarga   aylanishi   va   bu
signallarning   tinglovchilar   tushunchasiga   aylanishi   jarayonlarini   o‘rganadi.
Boshqacha   aytganda,   psixolingvistika   kodlash   va   dekodlash   jarayonlarini
o‘rganadi” 4
.   Shunga   o‘xshash   qarashlarni   yevropalik   psixolingvistlarning
tadqiqotlarida   ham   uchratish   mumkin.   Jumladan,   P.Fress   psixolingvistikani   “til
orqali   taqdim   etiladigan   bizning   ekspressiv   va   kommunikativ   ehtiyojlarimiz   va
vositalarimiz   o‘rtasidagi   munosabatlar   haqidagi   fan”,   -   deb   izohlagan 5
.   T.Slama-
Kazaku   psixolingvistikaning   predmeti   xususida   “muloqot   vaziyatining   xabarga
ta’siri”   degan   qisqacha   xulosaga   keladi 6
.   Rus   psixolingvistikasi   nazariyasining
asoschisi   A.A.   Leontev   shunday   yozadi:   “Psixolingvistika   –   til   tizimi   va   lisoniy
qobiliyat orasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan” 7
.   Bu o‘rinda tubandagi sharh
lozim   bo‘ladi.   A.A.Leontev   F.de   Sossyurning   til   va   nutqni   farqlashi   xususida
to‘xtalib,   bu   farqlash   ikki   mezondan:   til   (ijtimoiy)   –   nutq   (individual)   va   til
(abstrakt)   -   nutq   (konkret)dan   o‘tishini   ta’kidlaydi.   Bu   ikkala   qarama-qarshilikni
faqat ikki tushuncha doirasida birlashtirish qiyin. Shuning uchun bu yerda uchinchi
tushuncha, hatto F. de Sossyurning o‘zida ham mavjud bo‘lgan “lisoniy qobiliyat”
tushunchasi   kerak   bo‘ladi.   Lisoniy   qobiliyat   ijtimoiy   hodisa   bo‘lgan   tildan   farqli
o‘laroq,   har   bir   individga  tegishlidir.   Biroq   u  nutqdan   farqli   o‘laroq,  mavhumdir.
4  Psycholinguistics. A Survey of Theory and Research Problems. 2 nd
 ed. –Bloomington, 1965. –P. 3.
5  Fraisse P. La psycho-linguistique // Problems de psycho-linguistique. –Paris, 1965.  –P. 5. 
6  Slama-Cazacu T. Indroduction to Psycholinguistics. –The Hague-Paris, 1973. –P. 57.
7  Леонтьев А.А. Язык, речь, речевая деятельность.–М., 1969. Lisoniy   qobiliyat   –   individual   til,   u   mavhum   ijtimoiy   tildan   konkret   individual
nutqqa   o‘tish   imkonini   beradigan   ko‘prik   hisoblanadi.   Chunki,   nutqda   darhol
bevosita   ijtimoiy   til   emas,   balki   ongda   mavjud   bo‘lgan   uning   nusxasi   –   lisoniy
qobiliyat   qo‘llaniladi.   A.A.Leontevning   belgilashicha,   psixolingvistikaning
predmeti ijtimoiy til va individual lisoniy qobiliyat orasidagi o‘zaro munosabatdir.
U   psixolingvistikani   yanada   kengroq   tavsiflab:   “Nutqiy   faoliyat   va   uni   kompleks
modellashtirish   qonuniyatlari   psixolingvistikaning   predmeti   hisoblanadi”,   -   deb
qayd   qiladi.   Shuning   uchun   ayrim   adabiyotlarda   psixolingvistika   termining
sinonimi  sifatida   nutqiy faoliyat   nazariyasi   termini  qo‘llaniladi. A.A.Leontevning
ta’kidlashicha,  nutqiy faoliyat nazariyasi  termini psixolingvistika shug‘ullanadigan
masalalar doirasini aniqroq belgilab beradi. 
Psixolingvistika   nutqiy   faoliyatni   nutq   akti   mazmuni   bilan   so‘zlovchining
maqsad-niyati orasidagi aloqadorlik nuqtayi nazaridan o‘rganadigan fan. U nutqni
idrok   etish,   tilni   egallash   kabi   masalalarni   o‘rganadi.   Psixolingvistikaning   diqqat
markazida   individ   va   kommunikatsiya   turadi.   Unga   ko‘ra,     so‘zlovchi   nutqni
yuzaga chiqarar   ekan, o‘zi o‘ylagan niyatini ma’lum qoidalar asosida aniq tilning
nutq   birliklariga   uzatadi.   Tinglovchi   nutqni   qabul   qilar   ekan,   nutq   ifodalarining
tashqi shaklida o‘z aksini topgan ma’noni chiqarib oladi. 
Charlz Osgudning fikricha, “Psixolingvistika so‘zlovchi niyatining muayyan
madaniyat   kodida   (tilida)   qabul   qilingan   signalga   aylanishi   va   bu   signallar
tinglovchining   interpretatsiyasida   qaytadan   namoyon   bo‘lishi     jarayonlarini
o‘rganadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   psixolingvistika   kommunikatsiyaning
kodlash   va   dekodlash   jarayonlari   bilan   shug‘ullanadi”.   Shuni   ta’kidlash   joizki,
psixolingvistikaning   tadqiqot   predmeti   faqat   kod   (til)   strukturasi   va   signal   bo‘lib
qolmay,     balki     matn   yaratish   va   uni   tushunish   bilan   bog‘liq   jarayonlar,     kishilar
muloqotidagi barcha murakkab omillar hisoblanadi. 
Inson   tilni   to‘liq   egallash   imkoniyatiga   ega   bo‘lib   tug‘iladi.   Biroq   bu
imkoniyatni   amalga   oshirish   kerak   bo‘ladi.   Buni   qanday   yuz   berishini   tushunish
uchun psixolingvistika bolalar nutqining rivojlanishini o‘rganadi. Psixolingvistika,
shuningdek,   nutqiy   faoliyat   va   uning   harakatga   kelish   jarayonining   me’yordan chiqib   ketish   sabablarini   tadqiq   qiladi.   Kattalar   va   bolalar   nutqidagi   buzilishlarni
o‘rganadi.
Psixolingvistika   ba’zan   til   va   tafakkurni   o‘rganadigan   fan   sifatida
belgilanadi.     Psixolingvistikaning   asosiy   maqsadi   insonning   so‘zlash   va   tilni
tushunish   qobiliyati   zamirida   yotgan   struktura   va   jarayonlarni   aniqlashdir.
Psixolingvistlarning   kishilar   orasidagi   o‘zaro   til   munosabatlari   bilan   qiziqishlari
shart   emas.   Ular   individning   ichida   kechayotgan   hodisalarni   tadqiq   qilishga
harakat qiladi.  
1. 2. Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari
P sixolingvistikaga   qiziqish   bildirgan   tilshunoslarning   maxsus   adabiyotlar
bilan tanishish  jarayonida o‘ziga xos psixik to‘siqlarga duch kelishi  tabiiy holdir.
Chunki,   muayyan   “ilmiy   paradigma”   doirasida   “tarbiyalangan”   tilshunosning
boshqa “ilmiy paradigma”ga kirishi, yangi terminologiya, tushunchalar, materiallar
va   noan’anaviy   vazifalarni   qabul   qilishi   qiyin   kechadi.   Shunda   tilshunos   o‘zi
uchun qulay bo‘lgan yondashuvdan kelib chiqqan holda shunday xulosaga keladi:
“Psixolingvistika shug‘ullanadigan masalalar juda qiziqarli bo‘lishi mumkin. Lekin
bu   tilshunoslik   emas!”.   Bu   o‘rinda   psixolingvist   L.V.Saxarniy   tomonidan   qayd
qilingan   zamonaviy   nazariy   tilshunoslikning   quyidagi   ziddiyatini   keltirish   o‘rinli
bo‘ladi:   “Tilshunos   tilni   kishilarning   aloqa   qilishi   va   fikrlash   vositasi   ekanligini
e’lon qiladi, biroq tilni tadqiq etishda til egalarining umuman keragi bo‘lmaydi. Til
strukturasi   uni   yaratgan,   undan   foydalanayotgan   inson   faoliyatidan   mustaqil
ravishda   tasvirlanadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   zamonaviy   tilshunoslikning
ziddiyati   shundaki,   inson   tilini   o‘rganayotgan   tilshunoslik   insonsiz   ish   ko‘radi” 8
.
O‘z   davrida   mashhur   psixolog,   nutq   bo‘yicha   mutaxassis   N.I.   Jinkin   shunday
yozgan   edi:   “Agar   lingvistika   va   psixologiya   aniq   tafakkur   jarayonini   tadqiq
etishni   rad   etsa,   ular   juda   katta   yo‘qotishga,   ya’ni   inson   va   uning   nutqi   tushib
qolgan  yo‘qotishga   uchraydi” 9
.    Afsuski,   bunday   yo‘qotishni   tilshunoslik   tarixida
kuzatish   mumkin.     Binobarin,   XX   asrning   boshida   F.   de   Sossyur   (1857-1913)   va
8  Сахарный Л.В. Введение в психолингвистику. –Л.: Изд-во Ленинградского ун-та, 1989. –С.6. 
9  Жинкин Н.И. О кодовых переходах во внутренней речи // Вопросы языкознания. 1964. -№ 6.  –С.28.  uning   izdoshlari   nutqiy   faoliyatni   “til”   va   “nutq”,   aniq   va   mavhum,   ijtimoiy   va
individual hodisalarga ajratganda vaziyat murakkablashgan edi 10
.  
Psixolingvistikaning   diqqat   markazida   inson   turadi.   Uning   eng   muhim
xususiyati   inson omili   hisoblanadi.  Binobarin,  inson  nutqni  yaratadi   va uni   idrok
qiladi.   Psixolingvistika   bu   omilni   nafaqat   nutqning,   balki   eng   muhimi   –   tilning
o‘zini   ham   xarakterini,   mohiyatini   aniqlaydigan   majburiy   omil   sifatida   o‘z
modellarining   tavsiflari,   asos   qilib   olingan   hukmlariga   faol   tatbiq   qiladi.   Bunda
qandaydir mavhum “umuman odam” emas, balki real harakatdagi xotiraga ega real
odamlar, ularning yoshiga oid xususiyatlari,  shaxsiy tajribasi,  ijtimoiy roli va h.k.
nazarda tutiladi. 
Psixolingvistika nutqni F. de Sossyur tushunchasidek cheklab o‘rganmaydi.
Agar   inson   omili   hisobga   olinsa,   nutqiy   faoliyatdagi   til   tilshunoslar
tasavvuridagidan butunlay boshqacha “g‘aroyib olam” ekanligi ko‘zga tashlanadi.
Sossyur   va   uning   izdoshlari   tomonidan   tuzilgan   til   modellarida   yaxshi
“ishlaydigan”   til   va   nutqni   farqlash   nutqiy   faoliyatni   psixolingvistik
modellashtirishda jiddiy tahrir talab qiladi. 
Psixolingvistikaning   o‘ziga   xos   xususiyatlariga   inson   omilini   kiritish   –   bu
muhim, biroq u nutqiy faoliyatga psixolingvistik yondashuvni tavsiflovchi yagona
jihat  emas. Modomiki,  so‘zlovchi  va tinglovchi  omili  kiritilgan ekan, o‘z-o‘zidan
vaziyat   omili   ham   kiritilgan   sanaladi.   Binobarin,   kishi   qandaydir   vaziyatda
gapiradi   va   eshitadi.   Buning   ustiga   shunchaki   qandaydir   vaziyatda   emas,   balki
belgilangan, aniqlangan vaziyatda   gapiradi va eshitadi. Agar til va nutqni klassik
qarama-qarshi   qo‘yishda   barcha   vaziyatlar   faqat   nutqqa   taalluqli,   tilga   esa
vaziyatlardan   holi,   barqaror   tizim   sifatida   qaralgan   bo‘lsa,   psixolingvistik
yondashuvda   murakkab   va   harakatdagi   vaziyat   omili   inson   omilidek   nafaqat
nutqda, shuningdek, tilda ham mavjud bo‘ladi.       
Nihoyat   uchinchi   jihat   psixolingvistik   tadqiqot   xususiyatini   amalda
tushunish   mumkin   bo‘lgan   eksperiment   omilidir .   Umuman,   psixolog   ham,
tilshunos   ham   psixolingvistikani   o‘rganishga   jalb   qilingan.   Har   ikkalasi   ham
10  Соссюр Ф. де. Курс общей лингвистики // Соссюр Ф. де. Труды по языкознанию. –М., 1977. –С. 52-55.  sotsiolog  hisoblanadi.  Shu tomondan  ularning masalaga   yondashuv  usuli   ham  bir
xil   bo‘ladi.   Barcha   sotsiologlar   gipotezalarni   shakllantirish   va   sinash   bilan
shug‘ullanishadi.   Boshqa   tomondan   esa   psixologlar   o‘z   gipotezalarini,     asosan,
sinchiklab   boshqariladigan   eksperimentlar   orqali   tekshirishadi.   Tilshunoslar   o‘z
gipotezalarini   “kabinet”   usulida   tekshirishadi.   Ular   eksperiment   usuliga   shubha
bilan   qarashadi   va   eksperimental   vaziyatlarning   keskinligi   ba’zan   noto‘g‘ri
natijalarga   olib   keladi,   deb   o‘ylashadi.   Boshqacha   aytganda,   eksperimentlardan
“g‘alati”   kutilmagan   natijalar   olinganda,   tilshunosda   darhol   mazkur   eksperiment
natijalari asosida mavjud til qoliplarida qandaydir tuzatishlar qilish   kerak bo‘ladi,
degan   shubha   tug‘iladi.   Holbuki,   eksperimental   natijalar   asosida   nutqiy
faoliyatning yanada kuchli va haqiqiy qoliplarini qurish mumkin bo‘ladi 11
. 
1. 3. Psixolingvistika psixologik fan sifatida
Rus   psixolingvistikasi   nazariyasining   asoschisi   A.A.   Leontevning
ta’kidlashicha,   “psixolingvistika   o‘zining   rivojlanishining   zamonaviy   bosqichida
uzviy ravishda psixologik fanlar tizimiga kiradi”. Agar A.N.Leontev izidan borgan
holda psixologiyani “individlar hayotini bevosita aks ettiradigan reallikning psixik
ifodasining   shakllanishi,   harakatda   bo‘lishi   va   tuzilishi   haqidagi   aniq   fan”
(A.N.Leontev,   1977,   12-b.),   deb   tushuniladigan   bo‘lsa,   u   holda,   til   va   nutqiy
faoliyat   mazkur   psixik   ifodaning   shakllanishi   va   harakatda   bo‘lishi,   kishilar
faoliyatini  aks ettirish jarayonida ishtirok etadi. Shu sababdan psixolingvistika va
psixologiyaning   boshqa   sohalari   kategoriya   va   tushuncha   jihatidan   birlashadi.
Nutqiy   faoliyat   tushunchasining   o‘zi   faoliyat   turlari   (mehnat,   bilish,     o‘yin   va
h.k.)ga,   uning strukturalari va xususiyatlarining umumpsixologik talqiniga kiradi.
Nutqiy   faoliyat   o‘ziga   xos   xususiyatga   ega   bo‘lishi   bilan   birga,   har   qanday
faoliyatning   shakllanishi,   harakatda   bo‘lishi   va   tuzilishi   singari   umumiy
qonuniyatlariga   bo‘ysunadi.   Shaxsning   u   yoki   bu   talqini   bevosita
psixolingvistikada   aks   etadi.   Biroq   psixolingvistikaning   asosiy   tushunchalaridan
biri bo‘lgan  ma’no  bevosita psixik ifoda bilan, xususan, dunyo obrazi konsepsiyasi
11  Сахарный Л.В. Введение в психолингвистику. –Л.: Изд-во Ленинградского ун-та, 1989. –С.7-8.  bilan  bog‘liq.  Bunda   psixolingvistika   psixologiyaning   boshqa   sohalari   tomonidan
amalga   oshirilgan   tadqiqotlardagi   tushunchalar   va   natijalardan   shunchaki
foydalanib   qolmaydi,   balki   bu   sohalarni   ular   uchun   imkonsiz   bo‘lgan   nazariy   va
amaliy masalalarni hal qilish orqali to‘ldiradi 12
.  
Psixolingvistika psixologik fan sifatida   umumiy psixologiya , ayniqsa,   shaxs
psixologiyasi   va   kognitiv  psixologiya   bilan   chambarchas   bog‘liq.  Psixolingvistika
muloqot   bilan   bevosita   munosabatda   bo‘lgani   uchun   ijtimoiy   psixologiya   va
muloqot   psixologiyasi   bilan   ham   aloqada   bo‘ladi.   Lisoniy   qobiliyat   va   nutqiy
faoliyatning   shakllanishi   va   rivojlanishi   psixolingvistika   doirasida   o‘rganilgani
uchun   u   bolalar   va   kattalar   psixologiyasi   bilan   chambarchas   bog‘lanadi.
Shuningdek, u  etnopsixologiya  bilan ham o‘zaro munosabatga kirishadi. 
Amaliy   jihatdan   psixolingvistika   psixologiyaning   barcha   amaliy   sohalari:
pedagogik   psixologiya,   patopsixologiya,   tibbiyot   psixologiyasi,   neyropsixologiya,
psixiatriya,   defektologiya,   harbiy   psixologiya,   sud   va   yuridik   psixologiya,   siyosiy
psixologiya,   ommaviy   kommunikatsiya   psixologiyasi,   reklama   va   targ‘ibot
psixologiyasi   bilan   o‘zaro   bog‘liq.   Aynan   ana   shu   amaliy   vazifalar
psixolingvistikani mustaqil fan sifatida shakllanishiga turtki bo‘lgan.  
1. 4. Psixolingvistika va tilshunoslik
Tilshunoslikka tilni muloqot vositasi sifatida o‘rganadigan fan, deb qaraladi.
Shunga ko‘ra, uning predmeti aniq belgilanmagan.
Ma’lumki,   tilshunoslik   obyekti   nutqiy   faoliyat   (nutq   aktlari,   nutq
reaksiyalari)   hisoblanadi.   Lingvistikaning   predmeti   kommunikatsiyada
qo‘llaniladigan   til   vositalarining   tizimi   sanaladi.   Psixolingvistikaning   predmeti
lingvistikanikidan farq qiladi. Psixolingvistikani mazkur belgilar tizimining ishlash
jarayoni,   xususan,   belgilarning   yaratilish   va   qabul   qilinish   jarayonlari   qiziqtiradi.
Psixolingvistika   nutqiy   faoliyat   haqidagi   fan   bo‘lib,   uning   obyektini     u
o‘rganadigan   induvidual   obyektlar   majmuyi   tashkil   qiladi.   Lingvistika   nutq
tuzilishini   til   qonunlariga   ko‘ra   o‘rganadi.   Psixolingvistika   esa   nutq   hosil   qilish,
12  Леонтьев А.А. Основы психолингвистики: Учебник для студ. высш. учеб. заведений. –М.: Смысл, 1999. – C . 20-21. nutqni   qabul   qilish,   shuningdek,   ona   tili   va   chet   tilini   o‘zlashtirish     jarayonlariga
murojaat qiladi.  
Hozirgi   kunda   ko‘p   tilshunoslar   til   faktlarini   to‘liq   tushunish   uchun
lingvistika   ramkasidan   chiqib,   individning   psixik   jarayonlari   doirasiga   kirish
lozimligini   tan   olishadi.   Binobarin,   til   materiali   kishi   miyasida   tashkil   topadi   va
kerak   paytda   chiqariladi.   Bunday   psixik   jarayonlar   psixolingvistikaning   predmeti
hisoblanadi. 
Psixolingvistika   tilni   psixikaning   fenomeni   sifatida   o‘rganadi.
Psixolingvistika   qarashicha,   so‘zlovchi   va   tinglovchi,   yozuvchi   va   o‘quvchining
ichki   dunyosi   qanday   bo‘lsa,   til   ham   shu   darajada   mavjud.   Shu   bois,
psixolingvistika   faqat   matnlargina   saqlanib   qolgan,   bu   matn   yaratuvchilarining
psixik olamlari  bo‘lmagan o‘lik tillar  (masalan,  eski  slavyan yoki yunon tillari)ni
o‘rganish bilan shug‘ullanmaydi. 
Psixolingvistika   tilni   o‘rgangani   uchun   tilshunoslik   fanlariga,   tilni   alohida
aspektda, xususan, psixikaning fenomeni sifatida o‘rgangani uchun esa psixologiya
fanlariga aloqador bo‘lgan kompleks fan hisoblanadi.  
Xullas,   psixolingvistika   umumiy   tilshunoslik   bilan   chambarchas   aloqada
bo‘ladi.   Bundan   tashqari,   u   sotsiolingvistika,   etnolingvistika,   amaliy   tilshunoslik
va kompyuter lingvistikasi bilan ham o‘zaro bog‘langan.   ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1 .   Usmanova   Sh.     “Psixolingvistika”   fanidan   ma’ruza   kurslari .   – Toshkent:
Universitet, 2014.
2.   Usmanova   Sh.     Psixolingvistika.   O‘quv   qo‘llanma.   – Toshkent:   Universitet,
2015. (Elektron variant).
3 . Belyanin V. P. Psixolingvistika.  Uchebnoe posobie.  –M.: Flinta, 2008.
4. Gluxov V.P. Osnovы p sixolingvistiki.  Uchebnoe posobie.   – M.:  ACT: Astrelь,
2008.
5 .   Karaseva   O.F.,   Safonova   O.A.     Psixolingvistika:   novыe   texnologii   analiza
poeticheskogo teksta. Uchebnoe posobie.  – Krasnodar, 2012. 
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6 .   Axutina   T.V.   Porojdenie   rechi.     Neyrolingvisticheskiy   analiz   sintaksisa.   -   M.:
MGU, 1989. 
7.   Baskakov   N.A.,   Sodiqov   A.S.,   Abduazizov   A.A.   Umumiy   tilshunoslik.   –
Toshkent: O‘qituvchi, 1979. 
8.   Batov   V.I.   O   sudebnoy   psixologo-lingvisticheskoy   ekspertize   //Voprosы
sudebno-psixologicheskoy ekspertizы. –M., 1974.
9 . Belikov V. I., Krыsin L. P.  Sotsiolingvistika. –M., 2001.
1 0 .   Bыkova   G.   V.,   Fraerl   V.   L.   Lakunы   russkogo   yazыka.   Pod   nauch.   red.   I.A.
Sternina. – Blagoveщensk: Izd-vo BGPU, 2008.

PSIXOLINGVISTIKANING AHAMIYATI VA UNING BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI Reja: 1. Psixolingvistikaning obyekti va predmeti 2. Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari 3. Psixolingvistika psixologik fan sifatida 4. Psixolingvistika va tilshunoslik

1. 1. Psixolingvistikaning obyekti va predmeti Psixolingvistikaning asosiy tadqiqot obyekti nutqiy faoliyat subyekti bo‘lgan shaxs, til egasidir. Rus tilshunosligida mazkur soha rivojiga katta hissa qo‘shgan A.A.Zalevskaya psixolingvistikaning vazifasini “tilning amal qilinishini psixik fenomen sifatida tavsiflash va tushuntirish” bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edi 1 . Psixolingvistika fanining obyekti – u o‘rganadigan individual obyektlar majmuyidan iborat. Turli fanlarda umumiy, bir tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin. Biroq ularning predmeti bir-biridan farq qilishi, ya’ni ayni obyektga bo‘lgan qarashi turlicha bo‘lishi mumkin. Jumladan, inson ham tibbiyot, ham psixologiyaning tadqiqot obyekti sanaladi. Lekin har bir fan unga o‘zining qarashidan kelib chiqqan holda yondashadi. Til va til belgilarining tizimi lingvistika, adabiyotshunoslik, antropologiya, dasturlash va psixolingvistika fanlarining tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin. Ya’ni mazkur fanlarning umumiy obyekti – turli maqsadlarda va turli vaziyatlarda qo‘llaniladigan inson tili va nutqi bo‘lishi mumkin 2 . Psixolingvistika fanining obyektini aniqlashtirishda A.A.Leontev qayd qilgan freym tushunchasini keltirish maqsadga muvofiqdir. Freym u yoki bu obyekt yoxud hodisani tasvirlovchi o‘lchovlar tizimini ifodalaydi. Masalan, “Ishlovchining shaxsiy varaqasi” (o‘lchovlari aniq shaklda keltirilgan)da mazkur shaxsning eng kamida uni ishga qabul qilinishi bilan bog‘liq xususiyatlarini tasvirlovchi freym mavjud bo‘ladi. Fanda modellashtirilgan aniq hodisalar, odatda, freym tamoyiliga ko‘ra tavsiflanadi. Masalan, psixologiyada aksariyat hollarda “faoliyat freymi” ishlatiladi. Unda hodisalarga muayyan savollar (Maqsad? Motiv? Sharoit? Qanday faoliyat turi? va h.k.) beriladi va mazkur o‘lchovlar asosida hodisalar tavsiflanadi. Psixolingvistikadagi turli yo‘nalishlar uning obyekti bo‘lgan aniq nutq hodisalariga turli freymlarning “prizmasi” orqali yondashishadi 3 . Biroq har qanday holatda, nutqqa har qanday metodologik yondashuvda ushbu freymning tuzilishida nutq subyekti, nutq obyekti yoki adresat, motiv yoki 1 Залевская А.А. Введение в психолингвистику. Учебник для студентов высших учебных заведений. –М., 1999. –С.25. 2 Белянин В. П. Психолингвистика. –М., 2004. – C . 8. 3 Леонтьев А.А. Основы психолингвистики: Учебник для студ. высш. учеб. заведений. –М.: Смысл, 1999. – C . 15-16.

ehtiyoj, niyat yoki nutqiy maqsad, nutqiy muloqotning mazmuni va predmeti, lisoniy yoki semiotik vositalar tavsifi e’tiborga olinadi. Xullas, psixolingvistikaning obyekti qanday tushunilishidan qat’iy nazar, har doim nutqiy hodisalar yoki nutqiy vaziyatlar majmuyidan iborat bo‘ladi. Bu obyekt tilshunoslik va boshqa nutqiy faoliyat bilan bog‘liq fanlar bilan umumiy hisoblanadi. Psixolingvistikaning predmeti turli – obyektlarning mavhum tizimi yoki ayrim obyektlarning mavhum tizimi hisoblanadi. Psixolingvistika fanining predmetini belgilashda ayrim pisxolingvistlarning qarashlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi. Amerikalik psixolingvistlarning fikricha, “psixolingvistika so‘zlovchilar niyatining mazkur madaniyatda qabul qilingan kodda signallarga aylanishi va bu signallarning tinglovchilar tushunchasiga aylanishi jarayonlarini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, psixolingvistika kodlash va dekodlash jarayonlarini o‘rganadi” 4 . Shunga o‘xshash qarashlarni yevropalik psixolingvistlarning tadqiqotlarida ham uchratish mumkin. Jumladan, P.Fress psixolingvistikani “til orqali taqdim etiladigan bizning ekspressiv va kommunikativ ehtiyojlarimiz va vositalarimiz o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi fan”, - deb izohlagan 5 . T.Slama- Kazaku psixolingvistikaning predmeti xususida “muloqot vaziyatining xabarga ta’siri” degan qisqacha xulosaga keladi 6 . Rus psixolingvistikasi nazariyasining asoschisi A.A. Leontev shunday yozadi: “Psixolingvistika – til tizimi va lisoniy qobiliyat orasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan” 7 . Bu o‘rinda tubandagi sharh lozim bo‘ladi. A.A.Leontev F.de Sossyurning til va nutqni farqlashi xususida to‘xtalib, bu farqlash ikki mezondan: til (ijtimoiy) – nutq (individual) va til (abstrakt) - nutq (konkret)dan o‘tishini ta’kidlaydi. Bu ikkala qarama-qarshilikni faqat ikki tushuncha doirasida birlashtirish qiyin. Shuning uchun bu yerda uchinchi tushuncha, hatto F. de Sossyurning o‘zida ham mavjud bo‘lgan “lisoniy qobiliyat” tushunchasi kerak bo‘ladi. Lisoniy qobiliyat ijtimoiy hodisa bo‘lgan tildan farqli o‘laroq, har bir individga tegishlidir. Biroq u nutqdan farqli o‘laroq, mavhumdir. 4 Psycholinguistics. A Survey of Theory and Research Problems. 2 nd ed. –Bloomington, 1965. –P. 3. 5 Fraisse P. La psycho-linguistique // Problems de psycho-linguistique. –Paris, 1965. –P. 5. 6 Slama-Cazacu T. Indroduction to Psycholinguistics. –The Hague-Paris, 1973. –P. 57. 7 Леонтьев А.А. Язык, речь, речевая деятельность.–М., 1969.

Lisoniy qobiliyat – individual til, u mavhum ijtimoiy tildan konkret individual nutqqa o‘tish imkonini beradigan ko‘prik hisoblanadi. Chunki, nutqda darhol bevosita ijtimoiy til emas, balki ongda mavjud bo‘lgan uning nusxasi – lisoniy qobiliyat qo‘llaniladi. A.A.Leontevning belgilashicha, psixolingvistikaning predmeti ijtimoiy til va individual lisoniy qobiliyat orasidagi o‘zaro munosabatdir. U psixolingvistikani yanada kengroq tavsiflab: “Nutqiy faoliyat va uni kompleks modellashtirish qonuniyatlari psixolingvistikaning predmeti hisoblanadi”, - deb qayd qiladi. Shuning uchun ayrim adabiyotlarda psixolingvistika termining sinonimi sifatida nutqiy faoliyat nazariyasi termini qo‘llaniladi. A.A.Leontevning ta’kidlashicha, nutqiy faoliyat nazariyasi termini psixolingvistika shug‘ullanadigan masalalar doirasini aniqroq belgilab beradi. Psixolingvistika nutqiy faoliyatni nutq akti mazmuni bilan so‘zlovchining maqsad-niyati orasidagi aloqadorlik nuqtayi nazaridan o‘rganadigan fan. U nutqni idrok etish, tilni egallash kabi masalalarni o‘rganadi. Psixolingvistikaning diqqat markazida individ va kommunikatsiya turadi. Unga ko‘ra, so‘zlovchi nutqni yuzaga chiqarar ekan, o‘zi o‘ylagan niyatini ma’lum qoidalar asosida aniq tilning nutq birliklariga uzatadi. Tinglovchi nutqni qabul qilar ekan, nutq ifodalarining tashqi shaklida o‘z aksini topgan ma’noni chiqarib oladi. Charlz Osgudning fikricha, “Psixolingvistika so‘zlovchi niyatining muayyan madaniyat kodida (tilida) qabul qilingan signalga aylanishi va bu signallar tinglovchining interpretatsiyasida qaytadan namoyon bo‘lishi jarayonlarini o‘rganadi. Boshqacha qilib aytganda, psixolingvistika kommunikatsiyaning kodlash va dekodlash jarayonlari bilan shug‘ullanadi”. Shuni ta’kidlash joizki, psixolingvistikaning tadqiqot predmeti faqat kod (til) strukturasi va signal bo‘lib qolmay, balki matn yaratish va uni tushunish bilan bog‘liq jarayonlar, kishilar muloqotidagi barcha murakkab omillar hisoblanadi. Inson tilni to‘liq egallash imkoniyatiga ega bo‘lib tug‘iladi. Biroq bu imkoniyatni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Buni qanday yuz berishini tushunish uchun psixolingvistika bolalar nutqining rivojlanishini o‘rganadi. Psixolingvistika, shuningdek, nutqiy faoliyat va uning harakatga kelish jarayonining me’yordan

chiqib ketish sabablarini tadqiq qiladi. Kattalar va bolalar nutqidagi buzilishlarni o‘rganadi. Psixolingvistika ba’zan til va tafakkurni o‘rganadigan fan sifatida belgilanadi. Psixolingvistikaning asosiy maqsadi insonning so‘zlash va tilni tushunish qobiliyati zamirida yotgan struktura va jarayonlarni aniqlashdir. Psixolingvistlarning kishilar orasidagi o‘zaro til munosabatlari bilan qiziqishlari shart emas. Ular individning ichida kechayotgan hodisalarni tadqiq qilishga harakat qiladi. 1. 2. Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari P sixolingvistikaga qiziqish bildirgan tilshunoslarning maxsus adabiyotlar bilan tanishish jarayonida o‘ziga xos psixik to‘siqlarga duch kelishi tabiiy holdir. Chunki, muayyan “ilmiy paradigma” doirasida “tarbiyalangan” tilshunosning boshqa “ilmiy paradigma”ga kirishi, yangi terminologiya, tushunchalar, materiallar va noan’anaviy vazifalarni qabul qilishi qiyin kechadi. Shunda tilshunos o‘zi uchun qulay bo‘lgan yondashuvdan kelib chiqqan holda shunday xulosaga keladi: “Psixolingvistika shug‘ullanadigan masalalar juda qiziqarli bo‘lishi mumkin. Lekin bu tilshunoslik emas!”. Bu o‘rinda psixolingvist L.V.Saxarniy tomonidan qayd qilingan zamonaviy nazariy tilshunoslikning quyidagi ziddiyatini keltirish o‘rinli bo‘ladi: “Tilshunos tilni kishilarning aloqa qilishi va fikrlash vositasi ekanligini e’lon qiladi, biroq tilni tadqiq etishda til egalarining umuman keragi bo‘lmaydi. Til strukturasi uni yaratgan, undan foydalanayotgan inson faoliyatidan mustaqil ravishda tasvirlanadi. Boshqacha qilib aytganda, zamonaviy tilshunoslikning ziddiyati shundaki, inson tilini o‘rganayotgan tilshunoslik insonsiz ish ko‘radi” 8 . O‘z davrida mashhur psixolog, nutq bo‘yicha mutaxassis N.I. Jinkin shunday yozgan edi: “Agar lingvistika va psixologiya aniq tafakkur jarayonini tadqiq etishni rad etsa, ular juda katta yo‘qotishga, ya’ni inson va uning nutqi tushib qolgan yo‘qotishga uchraydi” 9 . Afsuski, bunday yo‘qotishni tilshunoslik tarixida kuzatish mumkin. Binobarin, XX asrning boshida F. de Sossyur (1857-1913) va 8 Сахарный Л.В. Введение в психолингвистику. –Л.: Изд-во Ленинградского ун-та, 1989. –С.6. 9 Жинкин Н.И. О кодовых переходах во внутренней речи // Вопросы языкознания. 1964. -№ 6. –С.28.